Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Tarix qaytariladimi yoki bizda zamonlar o‘tsada insonlar o‘zgarmaydimi? Abdulla Avloniy tomonidan yozilgan quyidagi maqola e’lon qilinganiga bir asrdan oshdi. Undagi ko‘tarilgan masalalar esa eskirgani yo‘q. Shu sababli izohga ham hojat bo‘lmasa kerak. Shunchaki, uni o‘qing va bugungi hayotimiz bilan qiyoslang. KIM NIMANI YaXShI KO‘RAREhtimol, bizning xalq ilmu ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish.Eshonlarimiz toat va ibodat, pandu nasihat, zikru tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar.Ulamolarimiz darsu ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi ko‘rurlar.Imomlarimiz, xaloyiqg‘a va’z va nasihat o‘rnig‘a, to‘y va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi ko‘rurlar.Boylarimiz orqa-o‘nglarig‘a qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarig‘a raqobat qilaman deb, «bonka» va «kridit»larini ko‘payturub, do‘ffilari tor kelganda rus va yahudiylarning mollarini bukub-sinishini yaxshi ko‘rurlar.Mo‘ysafidlarimiz namoz va niyoz o‘rnig‘a, masjid eshigiga yig‘ilub o‘turub, har kimni g‘iybat va shikoyat qilishni yaxshi ko‘rurlar.Muallimlarimiz bir-birlaridan qizg‘onishub, bolalarni arzon o‘qitaman deb, bir o‘zlariga yuz, yuzdan ortuq bola yig‘ub, o‘zlari to‘y va ma’rakalarda bolalarning umrini bekor o‘tkarishni yaxshi ko‘rarlar.Savdogarlarimiz: «To‘ylikni to‘yi o‘tar, to‘ysizni kuni o‘tar» degan so‘zga amal qilmay, qaysi mahallada to‘y bo‘lsa, dasturxonchilik qilishni yaxshi ko‘rurlar.Muazzinlarimiz azonni yaxshilab adoyi maxraj qilub aytishni o‘rganmay, bir joyda to‘y bo‘lub qolsa, «Falonchinikiga oshga-ho!» deb qiroat ila qichqirishni yaxshi ko‘rurlar.Do‘kondorlarimiz ishlarini tartib-la solmay, zamonag‘a muvofiq ish yuritmay, Mallaxon zamonidan qolg‘on eski do‘kon, eski tos, eski tartiblarini yaxshi ko‘rurlar.Onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushub-talashub qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar.Otalarimiz bolalarig‘a o‘qutmak va ta’lim bermak o‘rnig‘a «O‘g‘lum emdi kattakon yigit bo‘lding, shuncha o‘quganing yetar, pul top!» — deb «tashishka» — hammollik qildirishni yaxshi ko‘rurlar.Kosiblarimiz bir-biridan mollarini arzon sotaman deb, tezgina yirtiladurg‘on, tikishlar undan urub, mundan chiqg‘on, suvni yetti chaqirim yerdan chaqiradurg‘on mahsi va etiklar tikub, sotishni yaxshi ko‘rurlar.Zargarlarimiz yigirma tiyinlik kumush, o‘n tiyinlik tillo orasig‘a mum va saqichlar joylab, ismini qiz hayron, zebigardon qo‘yub, besh-o‘n so‘mga sotishni yaxshi ko‘rurlar.Tabiblarimiz dolchin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha attorni qutisida yo‘q narsalardan murakkab doru va ma’junlar yasab, bechora nodon xalqni pulini olishni yaxshi ko‘rurlar.Mashshoq va hofizlarimiz to‘y va bazmlarga bir mardakni(ng) ismini bachcha qo‘yub, o‘zlari ila barobar olib yurub, «milliy adabiyot» o‘rnig‘a «Xonim yalola, begim yalola» deb bachchaga tashlanayotgan pullarni bo‘lub olishni yaxshi ko‘rurlar.Savodxonlarimiz jarida va jurnallar, tarix va ro‘monlar o‘rnig‘a Daqyonus zamonidan qolg‘on, xurofotlar ila to‘lg‘on «Andog‘ urdilarki, gard-gard bo‘lub ketdi», deb loflar yozilg‘on kitoblarni og‘izlarini qufurturub o‘qumoqni yaxshi ko‘rurlar.Yigitlarimiz milliy majlis va suhbatlar o‘rnig‘a to‘kma va samavarlarda, rasta va do‘konlarda o‘lturub, «Falonchining o‘g‘li xo‘b yaxshi bola bo‘lubdur, kecha falonchining mehmonxonasig‘a qamab, qiyqirtirub bazm qilduk. Emdi falonchining o‘g‘lini(ng) ham bir bazm qilsak, dunyodan armonsiz ketar eduk» deb, islomiyatdan uzog‘ insoniyat nomiga yarashmagan ishlarni qilmoq va so‘zlashmoqni yaxshi ko‘rurlar.Yoshlarimiz ilm va ma’rifatli bo‘lishni, hunar, san’at o‘rgonishni o‘rnig‘a, o‘zlariga zeb berub tor shim ila kalta kamzul, qotirma yoqalarga bino qo‘yishni yaxshi ko‘rurlar.Ishchilarimiz ilm va hunardan mahrumligi sababli boshqa millatlar ilmu ma’rifatlari soyasida kuniga 4—5 so‘m ishlab turgan bu zamonda kuniga uch tangag‘a mardikorlikni, oyig‘a o‘n besh so‘mg‘a qorovullikni, yigirma so‘mg‘a fanar yoqishni, o‘n so‘mg‘a ko‘nka yo‘lini tozalashni va shularga o‘xshash eng past va og‘ir xizmatlarni yaxshi ko‘rurlar.Bolalarimiz otalarimizning ilm qadrin bilmagan, ilm uchun pulni ko‘zlari qiymaganlik sababli o‘qumoq va o‘rganmoq o‘rniga «Oh pul, jonim pul», deb «tashishka» — hammollikni yaxshi ko‘rurlar.Muharrirlarimiz ko‘b-ko‘b oqcha olib, oz-oz yozishni yaxshi ko‘rurlar.Mushtariylarimiz foydali maqolalar o‘rnig‘a xabarlarni yaxshi ko‘rurlar.Dumalarimiz majlisga kelub, ustulga suyolub farog‘at qilub turg‘on vaqtlarida, bir tarafdan qattig‘roq tovush chiqsa cho‘chib uyg‘onishni yaxshi ko‘rurlar.Shoirlarimiz milliy she’r va adabiyot yozishni o‘rnig‘a muvashshahmi yoki «qoshingdan, ko‘zingdan», — deb, javonlarni maqtab fasod axloqg‘a sabab bo‘ladurg‘on she’rlar yozishni yaxshi ko‘rurlar.Ammo men bo‘lsam, hozirgi zamonda indamasdan turishni yaxshi ko‘rurman. ABDULLA AVLONIY. 1913 yil

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiYig‘la Turkiston yoxud O‘zbekiston: Bir asrdan buyon o‘zgarmayotgan jamiyat
Muallif(lar)i rost24.uz
Yozilgan vaqti27.11.2022
Internetga joylangan vaqti27.11.2022
Kiritilgan vaqti21.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://rost24.uz/uz/news/1267
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator