Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, endilikda vazirlik IIB tomonidan o‘ldirilgan fuqarolar haqida birinchilardan bo‘lib ma’lumot berar ekan. Afsuski, katta vazirlikning matbuot kotibi tomonidan bu savolga “…endilikda fuqarolar IIB tomonidan o‘ldirilmaydi”, degan oddiygina javob berilmadi. Farg‘onadagi o‘smir va shu kabi holatlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bunday vaziyatlar nima uchun oxirgi paytlarda ko‘p kuzatilyapti? Nega ularning soni e’lon qilinmaydi?Rost24.uz muxbiri Ichki ishlar vazirligi mutasaddilariga «9 oy ichida qancha IIB xodimi ish jarayonida vafot etgani haqidagi ma’lumotni keltirdingiz. Lekin nima uchundir ana shu vaqt (9 oy ichida) ichida qancha fuqaro kechagi 15 yoshli bola kabi IIB tasarrufida bo‘lgan vaqtda vafot etganini ochiqlamagansizlar? Qachon shunday ma’lmuotlar ochiqlanib boriladi», deya savol berdi.IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov esa “O‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday holatlar ichki ishlar organlarida bo‘ladi. Hech bo‘lmasa nima sababdan vafot etgani so‘raladi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan bunday holatlarning har biri olinadi. Mana o‘sha 15 yoshli boladan keyin ham, «probasiya» xizmatiga chiqqan muqaddam sudlangan shaxs yana vaqtincha saqlash xonasiga qaytarilgan, sababi u qonuniy tartibda belgilangan talablarni bajarmagan. Qaytib kelgandan keyin o‘zining kamerasida yuragi yomon bo‘lib vafot etgan. Buni o‘sha yerdagilar ham ko‘rgan. Lekin biz o‘zimizning xatoyimizni tushunib, tezgina jamoatchilikka xabar bermaganimizda edi. Ayrim jamoatchilik vakillari tomonidan bu narsa yana suiis’temol qilinardi. Bunday keyin ichki ishlar organlarining binosida yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan holatni birinchi manba sifatida e’lon qilishni o‘zimiz uchun rejalashtirdik”, deb javob berdi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiIIB tomonidan o‘ldirilgan fuqarolar haqida ma’lumotlar nega ochiqlanmaydi?
Muallif(lar)i rost24.uz
Yozilgan vaqti01.12.2022
Internetga joylangan vaqti01.12.2022
Kiritilgan vaqti21.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://rost24.uz/uz/news/1280
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator