Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Ayolning xayoli eri va suruvga og‘ib turganida, birdan esiga daydib ketgan o‘g‘li tushib qoldi. Bolani eslashi bilan boshqa ayollar kabi, voy-y, xudoyim, ishqilib, tinchlikmikan, deya sarosimaga tushib turmadi, bu haqda o‘rmak to‘qiyotgan qiziga ham bir og‘iz churq etmadi, xuddi hozir kimningdir shartta yoqasidan oladigandek, yo‘l-yo‘lakay yenglarini himargancha, boyasaroq o‘zi soylik girdiga jildirgan to‘riq otning yoniga urib bordi. O‘ta oshiqqan kezlarida, chapdast yigitlardek, azaldan otni salt minishga odatlangan emasmi, to‘riqqa egar urmoqni xayoliga keltirmadi, turgan gap, bunga sabri ham yetmasdi. Ayol yerga qoqilgan temir qoziqni jahdla sug‘urdi-da, jundan eshilgan uzun arqonni qoziq tutgan so‘l qo‘liga tezgina yig‘ib, yoshi va to‘laroq jussasiga unchalik mos bo‘lmagan ajib bir chaqqonlik bilan yengil sakrab, to‘riqning yalang‘och yag‘riniga minib oldi. Qo‘lidagi chilvir bilan otning sag‘risiga qarsillatib tushirishdan avval, bolasi tushmagur balki otasi yonidadir, degan umid va ilinjda boshda yaylovni tik kesib, suruv tomon jilmoqchi bo‘ldi. Keyin, tabiatning g‘aroyib bir sinoati – onalar qalbi hech qachon aldamaydi – ichki sezgisiga bo‘ysinib, ot boshini archazor qiyalikka tutash do‘nglik sari burdi. Onasining bu xatti-harakatlaridan ajablanib, qoshiga yugurib chiqqan Barno qizning: “Voy-y, o‘lay, yo‘l bo‘sin, ena? – degan savoliga bergan javobi shu bo‘ldi:

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiEna bo‘ri
Muallif(lar)i saviya.uz
Yozilgan vaqti24.03.2022
Internetga joylangan vaqti24.03.2022
Kiritilgan vaqti21.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://saviya.uz/ijod/nasr/ena-bori/
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator