Kontekst:
Ammo, So‘poqdan farqli o‘laroq, Ena bo‘ri tezgina bo‘y bermas, kunlab, gohida haftalab uni obdon sarson-sargardan qilar, gohida esa chinakamiga bo‘zlatardi. Tabiiy, bu hol So‘poq biror-bir o‘zga qanjiqqa ko‘z suzib qo‘ygan kezlarda yuz berardi. Ammo shunchaki arazlashuvlarda tashabbus hamisha Ena bo‘ridan chiqar – toshga aylangan juftini sanoqli daqiqada misli mumday eritib olardi. Ana shunda mumday erigan So‘poq naq oyoqlari ostida eshilib-erkalanib yotgan arlonini mehr bilan shu qadar yalab-yulqalardiki, bu kabi farahbaxsh damlarda Ena bo‘ri o‘zini go‘yo yettinchi osmonda qalqib yurgandek his etardi. Tarxash esa So‘poqning to‘kilgan bir mo‘yiga ham arzimaydi – o‘z nafsidan boshqasini o‘ylamaganidek, bolalariga otalik ham qila olmaydi. Ana, u yoniga erkalanib borgan bolalaridan biriga, xuddi yetti yot begonaday, irillab berdi. Keyin nimadir esiga tushganday, o‘rnidan ilkis qo‘zg‘oldi-da, kunchiqardagi o‘rliklar bag‘ridagi butazorga sho‘ng‘ib, zumda ko‘zdan yo‘qoldi.
Manba:
Nomi | Ena bo‘ri |
Muallif(lar)i | saviya.uz |
Yozilgan vaqti | 24.03.2022 |
Internetga joylangan vaqti | 24.03.2022 |
Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
Qo‘llanish sohasi | OAB |
Matn tipi | muhokama |
Uslubi | Publisistik |
Auditoriya yoshi | 18+ |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
NET-manzili | https://saviya.uz/ijod/nasr/ena-bori/ |
Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
Gap soni | 0 |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Operator |