Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Shifokor deganda insonlarning dardiga darmon bo‘ladigan, ezgulik va oliyjanoblikni kashf eta olgan tibbiyot xodimlari har qancha e’zozga, e’tirofga munosib. Shu boisdan ham bu soha xodimlari timsolida o‘z halo-vatidan kechib, kunni tunga, tunni esa kunga ulab, xalq salomatligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan sharafli kasb egalarini ko‘ramiz.Darhaqiqat, inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, shifo-korlar esa ana shu boylikning fidoyi posbonlaridir. Bugungi kunda tibbiyot tizimida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshiril-moqda. Yangidan yangi tibbiyot muassasalari va ularning moddiy-texnika bazalari yangilanib borilayapti. Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufida bo‘lgan bo‘limlar ham zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan binolarga ko‘chirib o‘tildi. Bu esa salomatlik posbonlariga e’tibor va albatta bemor-larimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi, deyish mumkin. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli "Shoshilinch bo‘limi", "Qabul bo‘limi" hamda travpunkt, reanimatsiya, ichki kasalliklar, bolalar, nevrologiya, tug‘ruq, yuqumli kasalliklar va boshqa bo‘limlar birin-ketin yangi binolarga ega bo‘lishdi. Barcha qulayliklarni o‘zida mujassam etgan mazkur tibbiyot mas-kanlarida shifokorlar o‘zlariga berilayotgan bunday imkoniyatlarga javoban xalqimizga beminnat xizmat qilishayapti. "Yuqumli kasalliklar bo‘limi" 2016-yil 1-sentyabrda foydalanishga topshirilgan edi. Mazkur bino 30 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda 36 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Bugungi kunda bo‘limda 19 nafar tibbiyot hamshiralari, 2 nafar shifokor va 16 nafar kichik tibbiy xodimlar mehnat qilishmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bo‘lim boshlig‘i Jomurot Mamatqulov, katta hamshira Feruza Ibragimova, muolaja hamshiralari Iroda Tursunova, Nigora G‘afforova, Nasiba Hamidova, navbatchi hamshiralar Sadoqat Qarshiyeva, Soragul Ashurova, Fazilat Ibragimova, Oyto‘la Abduvoyitova, Charos Norqulova, xo‘jalik bekasi Dilafro‘z Jabborova, kichik tibbiy xodimlardan Manzura Aliqulova, Malohat Mamaziyayeva, Saida Abdurahimova, Mahfuza Asadova, Malohat Hamroyeva, Rushana Sobitova va boshqalar bor bilim va tajribalarini ishga solib, o‘z kasblarini sharaf bilan bajarishmoqda.- Nabiram Sabrina Salomxonovani "Yuqumli kasalliklar" bo‘limiga olib kelgan vaqtimda bizni xushmuomalalik bilan qarshi olgan shifokorlarni ko‘rishim bilan darddan forig‘ bo‘lganday o‘zimni yengil his qildim, - deydi Olchintepa mahallasining Beshkal qishlog‘ida yashovchi Shoira Ishmamatova. - O‘sha payti bir ahvolda edim. Bizni xushmuomalalik bilan kutib olishgan shifokorlardan behad minnatdorman. Ular nafaqat nabiramni yaxshi davolashdi, balki mening ham dardimga darmon bo‘lishdi. Tez kunda nabiram gepatit kasalligini yengib o‘tdi. Bu borada qo‘li em tibbiyot xodimlarining xizmatlari tahsinga loyiqdir. Shuni ham ta’kid-lashni istardimki, bu tibbiyot muassasasiga kiraverishdagi ochilib turgan rang-barang gullar hamda katta zalni burkab turgan anvoyi gullar har qanday insonga zavq bag‘ishlaydi. Chunki bu go‘zallikni ko‘rgan har bir kishi o‘z-o‘zidan tushkunlik va kayfi-yatsizlikdan xalos bo‘lar ekan. - Bu shifoxonada nafaqat bemorlar, balki ularning ota-onalari uchun ham qulay sharoitlar yaratib berilgan, - deydi Pichoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi Lutfiya Jo‘rayeva. - Shifo istab, dardiga darmon izlab kelgan bemorlardan shifokorlarimiz o‘z maslahat-larini ayashmayapti. Kezi kelganda, har bir bemorning boshida parvona bo‘lishmoqda. Negaki, ular bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘zlari, qaynoq mehri bilan darddan forig‘ etishayotir. Bir so‘z bilan aytganda, bo‘limda faoliyat ko‘rsatayotgan bilimga chanqoq yosh shifokorlar bilan birgalikda o‘z sohasining haqiqiy bilimdoni, qo‘li em shifokorlar yuzlab bemorlarga shifo baxsh etishmoqda. Ularning sog‘ligiga sog‘lik, umriga umr qo‘shish-moqda. Inson salomatligini asrash va mustah-kamlashdek oliyjanob ishga o‘z hayotini bag‘ishlagan barcha shifokorlarimizga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, el-yurtimiz sog‘ligini saqlashdek sharafli ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!Sunnatullo IBRAGIMOV.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiSharafli kasb egalari DARDGA DARMON SHIFOKORLAR
Muallif(lar)i oqdaryoovozi.uz
Yozilgan vaqti28.08.2023
Internetga joylangan vaqti28.08.2023
Kiritilgan vaqti28.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://oqdaryoovozi.uz/tu/56540-ch.html
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator