Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Xullas, ana shunday xotiralar ta’sirida borar manzilim — litsey bo‘sag‘asidan qanday xatlaganimni ham sezmay qoldim. Bir odam peshvoz chiqdi va meni bufet sari boshladi: direktor qahva ichib, meni shu yerda kutib o‘tirgan ekan. Biz xuddi eski qadrdonlar kabi suhbatga kirishdik. Chunki, Ortiqboy domla ham shoir tabiatli inson ekan. Gap-so‘zlarimiz tezgina qovushdi. Men yo‘lda xayolimdan o‘tkazganlarimni gapirdim. Olimpiada hayajonlari xususida… “Ha, shunday bo‘ladi o‘zi”, — deya fikrimni quvvatladi domla. “Bir gal Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan muallimlar, ota-onalar, o‘quvchilar bilan duch keldik. Hammasi gerdaygan, qo‘llarida qimmatbaho telefonlar… Bizlarniki oddiygina. “Ada, bular hamma medallarni ilib ketsalar kerak. Yurishlariga qarang, yurishlariga…” deya tashvishlandi o‘g‘lim Jahongir. “Bolam, gap yurishdamas, gap — kallada!”, deya tasalli berdim. Xuddi aytganimday bo‘ldi. Bellashuvlar yakunida ularning o‘quvchilari auditoriyadan yig‘lab chiqib ketdilar. Bizning o‘quvchilar esa juda yaxshi natijalarga erishdilar…”

Oldingi

Manba:

NomiUchinchi Renessans yolqinlari yoki jahon bilan bo‘ylashayotgan litsey
Muallif(lar)i uzhurriyat.uz
Yozilgan vaqti04.05.2022
Internetga joylangan vaqti04.05.2022
Kiritilgan vaqti28.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://uzhurriyat.uz/2021/10/06/uchinchi-renessans-yolqinlari-yoki-jahon-bilan-buylashayotgan-licey/?lang=lat
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator