Kontekst:
Viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘z nutqida «Trastbank»ning Termiz filiali 2009 yilning 18 dekabr kuni, ya’ni bundan 11 yil avval viloyatda tashkil etilganligi, bugungi kunda mijozlar soni ortgani, yangi zamonaviy binoga bo‘lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari va boshqaruvi tomonidan zamonaviy va ko‘rkam binoning qurilishi ma’qullanganligi viloyat aholisiga quvonch baxshida etganligini alohida ta’kidladi. Albatta, bankning bu filiali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish bilan birga, mamlakatda biznes yuritishni istagan ishbilarmonlik vakillari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mijozlarga tez va samarali xizmat ko‘rsatish va qolaversa, viloyat miqyosida ajratilgan bank kreditlari hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida o‘zining yangi filiali eshiklarini ochayotganligini qayd etib o‘tdi.
Manba:
| Nomi | «Trastbank»ning Termiz filiali yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi |
| Muallif(lar)i | Kun.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 02.03.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://kun.uz/uz/news/2020/03/02/termiz-filiali-yangi-binosining-ochilish-marosimi-bolib-otdi |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |