Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Ijtimoiy yordam faqatgina jamoat fondlari orqali amalga oshirilyapti. Davlat tomonidan alohida ijtimoiy yordam yo‘q. Rasmiy ishlab turganlar ishga chiqmagan taqdirda qandaydir kompensatsiyalar olishi mumkin. Ko‘pchilikning rasmiy ishlamasligini hisobga oladigan bo‘lsak, Moskva shahrida “Saxovat” markazi tashkil etildi, bizning markazimiz tomonidan yordam ko‘rsatilyapti, “Zakat” degan fond ham bor. Oxirgi paytda migrantlar federatsiyasi tomonidan ham yordam e’lon qilindi. U yerda ham anketa to‘ldiriladi, chindan ham muhtoj deb topsa, yordam ko‘rsatishlari mumkin. Davlat tomonidan tizimli amalga oshirilayotgan ish yo‘q. Davlat xizmatchilari, amaldorlar bir narsani inobatga olishmayapti – jamoatchilik kuchidan yaxshi foydalansa bo‘ladi. O‘zbekistonda butun xalq o‘z yordamini bera oladigan fond tashkil etildi, bu o‘z samarasini ko‘rsatyapti. Rossiyada ham elchixonalar, konsulliklar yordamida buni tashkil qilsa bo‘ladi. Hisobraqam ochib, istovchilar pul o‘tkazib, muhtojlarga yordam ko‘rsatishsa bo‘ladi. Chunki jamoat fondi, mustaqil yuristlarinng imkoniyati bilan elchixona imkoniyati o‘rtasida katta farq bor. Bunda firibgarlik holatlari oldi olinadi, ortiqcha xarajatlarning oldi olinadi. Biz ochgan koll-markazni Rossiyaning boshqa regionlarida ham ochish mumkin. Talabalar negadir faol emas. Talabalarning ko‘pchiligi rus tilini yaxshi biladi. Oddiy tez yordamni chaqirish kabi ishlarni tashkillashtirishda yuristlar va talabalar yordam ko‘rsatishsa, yaxshi bo‘lardi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiKoronavirus, charter reyslar va patent – Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan huquqshunoslar bilan suhbat
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti22.04.2021
Internetga joylangan vaqti11.05.2020
Kiritilgan vaqti22.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2020/05/11/koronavirus-charter-reyslar-va-patent-rossiyadagi-ozbekistonliklarni-qiziqtirayotgan-savollar-yuzasidan-huquqshunoslar-bilan-suhbat
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator