Kontekst:
Xususan, men tumandagi “Zarafshon” MFY ga qarashli Rivoj qishlog‘ida yashayman. Avvallari ham tomorqamizga turli sabzavotlar ekib, ro‘zg‘orimizga yetarli hosil olib turgandik. Ammo, bu faqat yoz mavsumidagina bo‘lib, kelgusi pishiqchilikkacha bozordan sotib olishga to‘g‘ri kelardi. Shu sabab yerdan unumli foydalanish maqsadida issiqxona tashkil qilishni niyat qildik. Biroq uni qurishga yetarli mablag‘imiz yo‘q edi. Mahalla raisining maslahati bilan imtiyozli kredit oldik. Bu ishda hokim yordamchisi ko‘mak berdi. 30 million kredit mablag‘i bilan xo‘jaligimizda ikkita to‘rt sotixli issiqxona qurdik. Tomorqamizdagi bu issiqxona bugun xonadonimizning daromad manbaiga aylangan. Tomorqadan daromad olish bilan birga aholi dasturxonining qishda ham yoz mahsulotlari bilan ta’minlanishiga o‘z hissamizni qo‘shib kelyapmiz.
Manba:
| Nomi | Yer daromad manbai faqat undan foydalana bilish kerak |
| Muallif(lar)i | xs.uz |
| Yozilgan vaqti | 25.05.2023 |
| Internetga joylangan vaqti | 25.05.2023 |
| Kiritilgan vaqti | 29.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://xs.uz/uzkr/post/er-daromad-manbai-faqat-undan-fojdalana-bilish-kerak |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |