Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

— Ushbu forumda biz innovatsion ijtimoiy loyihamiz bilan ishtirok etyapmiz, —deydi Buxoro shahridagi “Zamin madad tayyorlov savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mamlakat Sodiqova. — Unga ko‘ra, chekka tumanlarda yashovchi ishsiz ayollar o‘qitilib, har tomonlama qulay ish bilan ta’minlanadilar. Bilasiz, pishiqchilik mavsumida tut, o‘rik, olxo‘ri kabi shirindan-shakar mevalarning ko‘p qismi qayta ishlanmasligi oqibatida nobud bo‘lmoqda. Biz loyihaga muvofiq, ishsiz qolgan xotin- qizlarga quritish uskunalari ajratib, ularni kasanachilik asosida ishga jalb etamiz. Tayyor mahsulotni esa ulardan o‘zimiz sotib olamiz. Natijada u yoki bu ayol ro‘zg‘oridan uzoqlashmagan holda oilasiga daromad keltiradi. Shu tariqa 70 ta doimiy, 50 ta mavsumiy ish o‘rni yaratamiz. Loyihamiz ikkita mahallada sinovdan o‘tdi. Tajriba qunt va ishtiyoq bilan ishlaydigan xotin-qizlar ko‘pligini ko‘rsatmoqda.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiBuxoroda “Oilam baxti o‘z qo‘limda” oyligi doirasida forum o‘tkazildi. Unda besh yo‘nalishda ish olib borish belgilandi
Muallif(lar)i xs.uz sayti
Yozilgan vaqti21.04.2021
Internetga joylangan vaqti29.09.2020
Kiritilgan vaqti21.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://xs.uz/uz/post/bukhoroda-oilam-bakhti-oz-qolimda-ojligi-doirasida-forum-otkazildi-unda-besh-jonalishda-ish-olib-borish-belgilandi
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator