Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Tor ko‘chada, qo‘shnimizning eski, shaloq eshi- gi oldida mening chol bobom o‘z o‘rtog‘i — uzun soqolli, yirik jussali, kar quloq mo‘ysafid bilan nimalar to‘g‘risidadir ezmalanib so‘zlashadi. Bo bom oriq, kichkina gavdasini devorga suyab, cho‘q- qaygan; hassasini tizzalari orasiga qadagan. 0 ’rto- g‘i esa qo‘pol, eski sag‘ri kavush kiygan, uzun ser- tuk oyoqlarini uzatib, oftobga yag‘rinini tutgan holda, yerga yonboshlab o‘tiribdi. Ko‘chadan ot, arava o‘tmaydi; shovqin-suron yo‘q. Siyrak o‘tkin- chilar albatta qoT qovushtirib «Assalom!» deb o‘tadilar. Chollardan biri yoki ikkovi birdan javob beradi: «Vaalaykum...» Men chollarning atrofida aylanaman. Dam bo- bomning, dam o‘rtog‘ining govronday uzun hassasini *ot» qilib minaman, tuproqda hassalar chizgan izga qiziqib qarayman. Keyin bu quruq tayoqlarni taraqlatib uloqtiraman. Bobom o‘siq qoshlari tagi- da yashiringan ko‘zlarini yolg‘ondaka olaytirib, ko‘rsatkich barmog‘i bilan po‘pisa qiladi, men1 has- salarni tixirlik bilan egalariga qaytaraman. Keyin bobomning tizzasini quchoqlayman, bir tutam soqolini ushlayman, og‘zini ochishga qistab, tish- larini qidiraman. — Tishing qani? — so‘rayman labini cho‘zib tortib. Bobom yuqori jag‘idagi qoraygan yarimta tishi- ni ko‘rsatib, barmog‘i bilan likillatadi, men kula- man. Zerikib do‘ppimni osmonga otaman, tuproqqa «po‘p» etib tushadi. Bobom noxushlanib, do‘ppim- ni qoqib-suqib kiygizib qo‘yadi. — Qani, o‘gTim, kechagi cho‘pchakni ayt! Juda yaxshi cho‘pchak-da, — qistaydi bobom meni. 1 Kursivda beriigan so‘z va jumlalar asarlarning boshqa matnlari dan olib kiritildi — nashrga tayyorlovchilar Aytmagunimcha qo‘yib yubormasligini bilaman- da, yod olganim ibratli bir cho‘pchakni aytib bera- man. «Ofarin, ofarin!» deydi ikkovi ham qih-qih kulib. Chol meni qo‘yib yubormaydi. — Qani, endi bir afandi aytib bersin! — deydi bir ko‘zini qisib bobomning o‘rtog‘i. — Biladi, biladi. Qani, o‘g‘lim, afandining baq- qoldan moy olganini ayt, — deydi orqamni qoqib bobom. Men jindak tixirlik qilgandan so‘ng to‘tiday g‘ujillab beraman. Bobom quchoqlab yuzimdan o‘padi. 0 ’rtog‘i soqolini selkillatib kuladi: — Esing bajo. Ilohim mingga kir! — deydi chol. Men yana o‘yin qidiraman. Yupqa devor tagidan oqib chiqib hovuzchaga quyilayotgan suvni shapil- latmoqchi bo‘laman, lekin katta laganday ho- vuzchada yong‘oqday kichik ikki-uchta og‘rigan olma raqs etadi, sharsharakchaga yaqinlashib birin-ketin sho‘ng‘iydi. Men qiziqib, uzoq tikila- man. Olmalar «men sendan qolamanmi?» deb bir- biri bilan talashganday, galma-gal sho‘ng‘ishadi. Yo‘q, endi sabrim tugaydi — engashib ularni olmoqchi bo‘laman. — Hoy, yiqilib ketasan, huvari! — koyinadi bobom o‘rnidan bazo‘r turib, qo‘limdan ushlaydi- da, uyga olib jo‘naydi. Uning qaddi juda bukilgan. Juda sekin yuradi. Har qadamda «Senga top- shirdim. Tosh omon bo‘lsin!» deb yolg‘iz o‘gTini, qishloqdagi dadamni duo qiladi. 0 ’ymakor gullari bilinmaydigan darajada o‘chgan, qo‘sh tabaqali eski eshikka kiramiz. Ustunlari, to‘sinlari yo‘g‘on otxonada bir ko‘zi ko‘r, qo‘ng‘ir sigirimiz pishillab yotadi. Xarida musichalar kukulashadi. Bobom meni bir tomoni otxonaga yopishgan uyiga to‘ppa-to‘g‘ri yetaklay- di. U yoq-bu yoqni timirskilab namatning tagidan katta bir kalitni topib oladi-da, to‘rdagi sandiqni ochadi. Suyunib sandiqqa ko‘z tikaman. Qog‘ozlardagi, talinkalardagi har xil shirinliklar- dan — qand, parvarda, popuk rusta va hokazolardan hovuch-hovuch olib, etagimni to‘ldirsam-da, yeyaversam... Yo‘q, bobom ichimni tirnagan bu havasni bilganday meni sekin chetga itaradi. Atigi bir-ikki chaqmoq qand, bir-ikki dona yopishqoq popukni qo‘limga tutqazadi va darrov sandiqni darang-durung qilib qulflaydi. «Buvingga ko‘rsat- ma, uqdingmi?» deb tanbehlaydi chol. Bu sandiqning yagona xo‘jayini buvim ekanini, shirinliklarni ko‘z qorachig‘iday ayab saqlashini yaxshi bilaman. Shuning uchun hovliga chiqishga, akamga yo biron boshqa bolaga ko‘z-ko‘z qilishga o‘zim ham qo‘rqaman. Nimqorong‘i uyda qandni qasirlatib tez-tez chaynayman. Ammo nima bo‘la- di-yu, lop etib buvim kirib qoladi. Uzun bo‘yli, oriq kampir katta ko‘zlarini olaytiradi: — Buvang qursin, nega muncha sani yaxshi ko‘rmasa! — deb qichqiradi. Men hovliga yuguraman, olma tagida yolg‘iz o‘zi tinchgina o‘ynab yurgan akam — Isamuham- madga ko‘z-ko‘z qilaman. U juda yuvosh, shovqin- suronsiz, xarxashasiz bo‘lganidan, qiziqib qaraydi- qo‘yadi. Ayvonda do‘ppi tikib o‘tirgan onam buvimning tovushini eshitib, undan noxushlangan- day qovog‘ini solib, yana qatim tortaveradi. U mo‘min-ma’qul kelinlardan bo‘lgani uchun buvimning chizig‘idan chiqmaydi, u bilan aytishmaydi. Opam Karomat — hali paranjisiz yosh qiz — maktabdan qaytadi. Men uning mahallamizdagi maktabini — otin bibining uyini yaxshi bilaman. Bir kun opamga ergashib borganman. Ayvonda ancha qizlar — katta-kichik aralash — qator tizilib o‘tirib, chuvvos bilan kitoblar o‘qishardi. Otin bibi — qari, jiddiy, sersavlat xotin, qo‘liga ingich- ka, uzun tayoqni ushlab, qizlardan ko‘zlarini uzmas, qurt shimgan, saqich chaynagan qizlarni tayoq bilan asta urib, o‘qishga undar edi. Men opamning jildidan qalin kitobni — Qur’on bo‘lsa kerak — olib, palapartish varaqlayman. Opam kuyunib, qo‘limdan yirib olmoqchi bo‘ladi. Men bermayman. Ayvonning u boshidan bu boshiga olib qochaman. Og‘ir kitob qo‘limdan tushib ketadi, men ustiga yiqilaman. Shunda onam qo‘limdan kitobni tortib olib, o‘pib jildga soladi-da, baland qoziqqa osib qo‘yadi. Keyin akam bilan nimanidir talashib, urishaman. Ustunga suyalib, oftobda yamoq yamab o‘tirgan buvimning ko‘zoy- nagini yoki angishvonasini olib qochaman. Kampir xunob bo‘lib koyiydi. Men shodlanib kulaman... * * * Qiyom vaqti. Og‘ilda sigir ma’raydi. Uni poda- ga yubormaydilar: bir ko‘zi ko‘r bo‘lganidanmi podadan qaytishda shoxi bilan konkaning oynasini sindirib qo‘ygan. Bobom qattiq xafa bo‘lib, bir so‘mmi, yarim so‘mmi jarima to‘lagan. Onam baland, dudburonli oshxonada kuymalan- moqda. Men ayvonda yostiqlarni ustma-ust qalab, o‘ynab o‘tiribman. Buvim torgina, cho‘zinchoq hovlini qirtishlab supurar edi, keyin ayvonga kelib, ikki ustun o‘rtasiga qurilgan belanchakka ko‘z tashlaydi-da, birdan qandaydir vahimali tovush bilan qichqiradi. — Sho‘rim qursin... Shahodat! Kel! Onam oshxonadan yugurib keladi. Men ham belanchakka yaqinlashaman. Kasai ukam Hojining sap-sariq yuzi, g‘alati ochilib qolgan ko‘zi qo‘r- qinchli edi. Onamning rangi qum o‘chgan, ko‘zla- ridan yosh qaynab to‘kiladi. Buvim qaltiragan qo‘li bilan bolaning ko‘zlarini asta silaydi. Ko‘p o‘tmasdan qo‘ni-qo‘shnilar chiqishadi. Bobom hassasiga suyanib, o‘pkasini tutolmay, ho‘ng- ho‘ng yig‘laydi. Men bo‘zarib, bo‘ynimni egib qola- man. Menga hamma yoq bo‘m-bo‘sh, har narsa sovuq tuyuladi... * * * Bir oqshom, kutilmagan vaqtda ko‘chamizda tuyalarning baqirishi, havoni yangratgan qandaydir notanish ovozlar eshitiladi. Akam yuguradi, orqasidan men ham chopaman. Ko‘chada yuk ortilgan tuyalar ko‘p. Qing‘ir-qiyshiq ko‘cha ular uchun go‘yo sichqonning qopqoniday bo‘lganidan tiqilib qolishgan. Osilgan lablaridan har yoqqa ko‘pik sachratib, boshlarini jahl bilan keskin silki- tishadi, shunda bo‘yinlariga osig‘liq qumg‘onday qo‘ng‘iroqlar qattiq jaranglab ketadi. Uvada ki- yimli, yirik gavdali, notanish odamlar «chix- chix»deb, oldingi tuyalarni cho‘ktirmoqda. Men devorga qisilib, tura qolaman. Bobom hassasini do‘qillatib eshikdan chiqishi bilan so‘raydi: — Tosh omonmi? — Xudoga shukur, Toshmat akam salomat, — javob beradi bir tuyakash. Shunda men bularning qishloqdan, dadamning oldidan kelganini payqayman. Juda sevinaman. Hatto endi tom baravar tuyalar ham ko‘zimga yoqimtoy bo‘lib ko‘rinadi. «Ar-ar» deb ularga tegajaklik qila boshlayman. Tuyakashlar katta qoplardagi g‘allalarni yel- kalariga chapdastlik bilan olib, bizning omborga bo‘shataveradilar. Bolalar, yigitchalar yig‘ilishadi. Qiy-chuv... Qo‘shnimiz kekirdagini cho‘zib, qishlo- qilarni so‘ka boshlaydi: — Tuyangni tort! Devorimni qulatadi hozir... Boshqa bir mahsido‘z qo‘shnimizning novcha, rangpar xalfasi bitta qopga pichoq urib yuborsa sharaqlab yerga yong‘oq to‘kiladi. Xalfa ham boshqa bolalar chuvvos bilan shosha-pisha tera boshlaydilar. Bobom payqab qolib, hassasi bilan o‘dag‘aylab, ularni quvlaydi. Keyin yerga qapishib, to‘kilgan yong‘oqlarni bittalab teradi. U hozir juda tetiklangandek. Hammadan, cholning tuyadan qo‘rqmasligi meni qiziqtiradi. U notinch tuyalar orasida munkillab, kalovlanib bemalol yuradi... Bir kun chol boshqa odamlarni boshlab keladi. Ular bug‘doy va yong‘oqlarni qoplarga soladilar- da, katta eshaklarga, kesak otsang quloq qimirlat- maydigan juda yuvosh otlarga ortib jo‘naydilar. Omborxonaga kirsam bo‘m-bo‘sh. Cholning bu ishi- dan jahlim chiqadi. Nega berib yuboradi? Tushunmayman, ayniqsa yong‘oqlarga achinaman. Ayyor ko‘zlarini javdiratib, ildam yo‘rg‘alagan sichqonlar ham meni qiziqtirmaydi. Onamga ayt- sam, kuladi: — Bizniki emas, o‘g‘lim, dadangning xo‘jayi- niniki. Onamning javobi qalbimni tirnab yuboradi. Qovog‘im soliq, ko‘chaga chiqib ketaman. Bu vaqtlarda yoshim to‘rtdan oshmagan bo‘lsa kerak... * * * Ko‘cha bugun jonlangan. Bo‘zchilar tanda yoyib, ipni ko‘k bo‘yoqqa bo‘yaydilar, bir tomoni dag‘al, qilli, g‘o‘laday og‘ir asbobni tanda ustidan yuritib, ipni silliqlaydilar. Bo‘zchilarning ko‘pi qari-qartang odamlar. Sal sho‘xlik qilsang: «G‘ivil- lama oyoq ostida!» deb jerkishadi ular. Men ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» o‘ynab o‘tirsam, uyidan o‘rtog‘im A’zam otilib chiqadi. Ko‘zlari allanechuk besaranjom. Qarasam, qo‘lida bir tilim handalak. Men unga: «Shirinmi?» deb tikilaman. U havasim kelganini biladi shekilli, qo‘lini orqasiga oladi-da, boshini liqillatib maq- tanadi: — Dadamlar olib keldilar, yana bor. Ah, shirin... Men loyni otaman. Yugurib Mirahmad otaning uyiga kiraman. Supuriqsiz qarovsiz qolgan keng hovlida juda baland, beo‘xshov eski paxsa devorli xonaning kichkina, shaloq darchasi oldida bobom o‘rtog‘i bilan gaplashib o‘tiribdi. Men pinjiga tiqi- laman: — Buva, handalak... Chol quloq solgisi kelmaydi, hassasining uchi bilan yerni urib, gapiradi: — Bilaman, bilaman, Musulmonqulning odami edi u, shaytonga dars berardi... — Balli, esingizda ekan... — eski do‘ppili boshi- ni og‘ir chayqab, so‘zini davom ettiradi Mirahmad ota: — Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘limda shashpar... 0 ’ziyam devday baquw at, zug‘umli yigit edi-da... Men chollarning gapiga beixtiyor berilaman. Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. Ular allaqanday xonlar, beklar, qo‘rg‘onlar, urush- lar to‘g‘risida so‘zlashadi. Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo‘ygan, kimlardir sha- harga suv bermagan, bog‘dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog‘larda mevalar pishib, sasib- chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday, boshlarini quyi soli- shadi. Men bobomning qo‘lidan tortaman: — Handalak... — Tek tur, huvari. Hali pishgani yo‘q... — deydi bobom. Men yana qistayman. QoTidan astoydil tortaman. Mirahmad ota meni aldamoq uchun govronday hassasini qoTdan qoTga chaqqon olib, xirilla- gan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula aytib beradi. Yo‘q, menga kor qilmaydi. Axiri, bobom o‘rtog‘iga deydi: — Nima qilamiz? Bola. Bolaning ko‘ngli poshsho... Bu gapning ma’nosiga tushunaman. Chunki men o‘z tilagimni unga qabul qildirsam, u har vaqt atrofdagilarga yoki o‘z-o‘ziga shunday deb qo‘yardi. Bizning uydan tor ko‘cha bo‘ylab yuz qadamcha yurilsa, tosh terilgan katta ko‘chaga — «Oqma- chit» mahallasiga chiqiladi. Bu yerda uchta do‘kon bor: biri qassoblik, ikkisi baqqollik. Musa baqqol- ning do‘koni ko‘zimga har vaqt quruq ko‘rinadi. U faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo mu- loyim, shirin so‘z, sersoqol keksa Sobir baqqolda esa pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshik- kulcha, «ot non»lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko‘mir, quruq beda, «makka sano»gacha har narsa topiladi. Biz shu do‘konga boramiz. Sobir baqqol ohang- dor mayin ovoz bilan: «Barakalla, azamatcha, bu- valari to‘ylarini ko‘rsin», deb meni erkalab qo‘yadi. Bobom qalashib yotgan handalaklardan bitta kichkinasini oladi-da, hidlab qo‘limga tutqizadi, keyin bahosini so‘raydi. Baqqol bir nima deydi. Bobom o‘siq qoshlarini chimirib, bir qaraydi-da, uzun, keng oq surp ko‘ylagining cho‘ntagidan bir necha chaqa chiqaradi, har birini ko‘ziga yaqin tutib, obdan tikilib, baqqolning oldiga tashlaydi. Sobir baqqol boshini chayqaydi. — Bo‘lmaydi, otajon, picha qo‘shing, — deydi. — Bas. Bahosi yaxshi bo‘ldi, — deydi bobom jerkib, uyga buriladi. Sobir baqqol orqadan yana astoydil qichqiradi: — Dadaqo‘zi ota, bir nima qo‘shmasangiz bo‘lmaydi! Bobom unga qiyo boqmaydi. Tor ko‘chaga kir- gach, o‘z-o‘zicha gapirib ketadi: «Insof bilan sot- da. Og‘zingga siqqanicha aytaverasanmi!» Keyin mendan ham ranjiydi: «Tentak, sabrni bilmaysan. Bozordan kattasini olib kelardim». Men handalakni qoTtiqlaganimcha shamolday yuguraman. Ayvonda do‘ppimi, jiyakmi tikib o‘tir- gan onamdan pichoq so‘rayman. Akam ham, bir chekkada nimanidir o‘zicha chatib-tikib o‘tirgan opam ham sevinishadi. Mana, chol ham asta kirib keladi. — Qimmatga oldim. Bozorga tushardimu, lekin ko‘nmadi o‘g‘ling, — deydi u onamga. — Bolaning ko‘ngli tilla... Omon boTsin, orqamda qolsin. Bu tentakni juda yaxshi ko‘raman. Shundan keyin chol har ikki-uch kunda eshikdan terlab-pishib kiradi, qo‘ynidan kattaligi piyo- laday «uoT-uoT» handalakni chiqarib beradi, keyin onamgami, buvimgami bozorning g‘ovur-g‘uvuri- dan shikoyat qiladi... * * * Onam menga qizil, oq yo‘lli tikdan uzungina, kenggina yangi ko‘ylak kiydiradi ham eskigina paranjisini yopinib, akamning qo‘liga kichkina tugunchakni beradi. Biz buvimning (ona tomon- dan) uyiga ketamiz. Bu — juda yaqin. Bizga yon- dosh mahalla — Quyi Oqmachitda. Hatto onam ham ba’zi vaqtlarda yaxtak yopinib, besh-o‘n qo‘shni uylari osha tomma-tom ham borib keladi. Sobir baqqolning do‘koniga bir zum ag‘raya- man: eski, pachoq qo‘l tarozisini o‘ynagim keladi. Keyin pastak kursichada mudrab o‘tirgan yum- yumaloq, sep-semiz Niyoz qassobga ham qarab qo‘yaman. Atrofida g‘uv-g‘uv uchgan arilardan qo‘rqmaganiga hayron qolaman. Tanish eshikka hammadan ilgari yuguraman-da, to‘ppa-to‘g‘ri do‘konxonaga kiraman. Kichkina, siniq ko‘zli deraza tagida beti yeyilib silliqlangan qalin «to‘nka» — kunda yonida charm kesib o‘tir- gan bobom — yumaloq boshli, keng yuzli, toza, oq soqolli, to‘la, sersavlat chol — qalin lablarini jo‘rttaga qavartirib: «Bo‘b-bo‘b-bo‘b... Aylanay shirintoydan», deydi. Tog‘alarim — Egamberdi va Rahimberdi — meni bir-bir quchoqlab, ishga beri- ladilar. Issiqda tor do‘konxonada ishdan zerikib, diqqi-nafas bo‘lgan xalfa va shogirdlar hazillasha boshlaydilar: biri boshimdan do‘ppimni shunday chaqqonlik bilan yulib oladiki, qayga yashirganini bilmay qolaman. Boshqa biri orqada mushuksimon «pix» deb meni cho‘chitmoqchi bo‘ladi. Bobom hammasiga o‘qraygan ko‘zlarini tikib baqiradi: — Enalaring qiladimi ishni, badbaxtlar?! Uning tovushidan quloqlar yorilguday bo‘ladi. Hazilkashlarning nafasi ichiga tushadi. Men «chamanda gul» do‘ppimni issiqdan yap-yalang‘och bo‘lib olgan oriq, rangpar, qarimsiq yuzli xalfa- ning tizzasi orasidan yulib olaman-da, ivirsiq do‘konxonada titina boshlayman: shonlar, qolip- larni taraqlatib, goh u tokchaga, goh bu tokchaga teraman. Tayyor bo‘lgan bachkana mahsilarni taxlayman, ba’zilarini oyoqlarimga o‘lchab ko‘ra- man. Bobom peshin namoziga ketgach, darrov uning o‘rniga o‘tiraman. Xuddi bobom kabi jiddi- yat va qunt bilan ishga kirishmoqchi bo‘laman: chol o‘tkir gazanlarni mendan yashirib ketgan ekan. Kichkina, o‘tmas gazan bilan charmlarni ho‘llab, kunda ustiga qo‘yib, ko‘va bilan urib te- kislashni juda sevaman. Mahalla machitining minorasidan bobomning baland, toza yangragan ovozi eshitiladi (u muazzin edi). — Buvam! — deyman birdan qichqirib. — Minoradan tusholmay qoldi buvang. Tushirib qo‘y! — deydi cho‘tir xalfa. Jahlim chiqadi, lekin indamasdan, ko‘vani kun- daga uraveraman. Quloqlari bitgan shekilli, ko‘- vani qo‘limdan tortib olishadi. Men ichkari hovliga kiraman. Ayvonda buvim — Hurmat bibi bilan onam choy ichib har vaqtdagiday, gaplashib o‘tiri- shibdi. Buvim yumshoq semiz qo‘llari bilan bo- shimni silab, odaticha, peshonamdan o‘pib qo‘yadi. Ayvonning piromonidagi indan mo‘ltayib qara- gan bir juft musicha bolasiga ko‘zim tushgan hamon o‘rnimdan sapchiyman. Ularni pastga tu- shirmoq uchun uzun yog‘och qidirar ekanman, buvim astoydil koyiydi meni: — Ha, shumtaka, onasi qarg‘aydi. Musicha aziz qush, — deydi-da keyin, qushchalarni yutmoq uchun shift orasida ilon paydo bo‘lganini, ularga achinib, kunduzlari ikki ko‘zi shiftda, kechalari uxlamasdan poylab chiqqanligini so‘zlaydi. Haqi- qatan kampir jonli maxluqqa zarracha ozor yetkazishdan qo‘rqardi. Qurt-qumursqa, kapalak, qo‘ng‘iz — hammasini himoya qilardi. Men quloq solmayman. Nima qilib bo‘lsa ham musichalarning payiga tushaman. Lekin endi onam meni qarg‘ay boshlaydi. Uning kichkinagina, etsiz, lekin iliq yuziga qarab, sal haddimdan oshsam meni tutib olib urmoqqa tayyor ekanini payqay- man-da, ilojsiz qolaman. * * * Ertalab choy ichamiz. Onam, opam, akam, bobom, buvim va men — hammamiz ayvonda, dasturxon atrofida davra qurganmiz. Bobom to‘rda, men uning pinjida o‘tiraman. Pastda, samovarning yonida onam choy quyib ulgurmay- di. Choy va non chakkaga tekkan! Na qand, na turshak! Men jizzali va piyozli nonlarni juda yoqtiraman, ammo bunday lazzatli nonlarni buvim ahyon-ahyonda yopadi. Birpasda bobomning yelkasiga osilib olaman, quloqlarini ushlayman, burushiq yuzlarini silay- man. — Hoy, qo‘y bolam, tek o‘tir! Choyni to‘kding- ku, xumpar! — deydi bobom koyinib. Bobom munkillagan qariya odam. Qoshlari o‘siq, siyrak soqoli oppoq. Burushiq qo‘llarida tom irlar qavargan, yirik barmoqlari qadoqli, oriqligidan gavdasi cho‘kkan, yelkasi chiqqan. — Jim o‘tir deyman, sho‘xliging qursin! — qarg‘aydi onam. — Sho‘x-da ayni g‘ayratga kirgan! — mening yonimni oladi bobom. Buvimning butun gapi faqat tirikchilikdan. Uning gapida maqollar, turli ajoyib iboralar ustma- ust quyilib kelaveradi. U novchadan kelgan, baquv- vat, pishiq, lekin cho‘pday oriq. Bobomga o‘xshash munkillagan emas, tirikkina kampir, hassa tut- maydi. U hech tinmaydi: non yopadi, o‘choqqa olov yoqadi, hovlini qirtishlab supuradi, namatlarni qoqadi. Har kuni ertalab dasturxon ustida o‘tirganimiz- da katta ko‘k it eshikdan asta kirib keladi. U ayvonga juda yaqin kelmasdan, nariroqda — hamisha bir joyda to‘xtaydi va orqa oyoqlarida turib, mo‘ltillagan ko‘zlari bilan menga tikiladi. Bu qorovulning iti. Kelishgan, gavdali, zo‘r it, odatda shunday tentib yuradi. 0 ’rnimdan turib: «Ma, ma, Ko‘ktoy» deb nonni ko‘rsataman va non bilan aldab turib, tokchadan sekin gugurtni olaman. Niyatimni payqagan it tura qochadi. U gugurtdan juda qo‘rqadi. Orqasidan nonni otaman, yugurib qaytadi-da, nonni olib, g‘izillaganicha chiqib ketadi. Hammamiz kulgidan qotib qolamiz. — Bo‘yning cho‘zilmagur, — deydi kampir, — nonni otding-a, uvol... Itga xudoyim suyakni chiqargan. Opam qoziqdan jildini olib bo‘yniga osadi-da, maktabiga jo‘naydi. Akam shoyi qiyiqni hafsala bilan taxlab, yaxtak ustidan beliga bog‘lar ekan, amakimning o‘g‘li Qodir shoshilib eshikdan kelib kiradi. — Tez yur, Isavoy, kechikamiz, — deydi akam- ni qistab. Qayergadir bormoqchilar. Men har vaqtdagiday ularga ergashib, xarxasha qilaman. — Ko‘r bo‘lib ketmagur! — ranjiydi onam. — Zig‘irdaysan, o‘zingdan kattalarga ergashasan, bular uzoqqa ketyapti. Bobom inqillab, bazo‘r o‘rnidan turadi: — Qani yur, bolam, ko‘chaga chiqamiz, — deydi devorga suyangan jing‘il hassasini olib. Men o‘ynab o‘tirgan gugurt cho‘plarini nari- beri qutichaga solib tokchaga tashlayman-da, bobomning oldiga tushib yuguraman. Yelkasi chiqiq, munkillagan qari bobom hassasini do‘qillatib, bitta-bitta bosib boradi. Egniga surp yaxtak ustidan eskigina chopon, boshiga sarg‘aygan tamiya kiygan. Yalang oyoqlarida qo‘pol, pishiq kavush. — Qayoqqa boramiz, buva, Mirahmad buvaning oldigami? Yaxshi ko‘raman-da o‘rtog‘ingizni, — deyman bobomning oldida pildirab. — Ha, xumpar, bilasan o‘zing, — javob beradi bobom kulimsirab. — Tez-tez yuring-e, buva, muncha imillaysiz, — deyman to‘xtab. Bobom qotib kuladi-da oppoq soqollarini silab deydi: — Qanday qilay, bolam, qarib qoldim, misoli bir quruq daraxtman-da... Ko‘chadan ozgina yurgandan so‘ng, tor, egri jin ko‘chaga qayrilamiz. Qiyshaygan eski eshikni sekin ochamiz-da, Mirahmad boboning keng hovlisiga kiramiz. Chol yirik gavdali, peshonasi keng, soqollari qalin, ustida bo‘z yaxtak, eskigina chopon; devorga suyanib, go‘yo uxlaganday ko‘zlari yumuq sokin o‘tiribdi. — Ha, o‘tiribsizmi oftobda miriqib? — deydi bobom miyig‘ida kulib va hassasini devorga suyay- di. — E, kel-kel, zerikib o‘tiribman. Hech kim yo‘q, Mirmahmud bo‘lsa dalada, kampir rahmatlikdan ajraganimdan beri ahvol shu, yolg‘iz qoziq boiib o‘tirganim-o‘tirgan, — deydi oyoqlarini uqalab, keyin surilib, eskigina ko‘rpachadan bobomga joy beradi. Chol butun umri sipoh — jangchi bo‘lgan. Uning yirik novcha gavdasi, hanuz qirg‘iydek ko‘z qarashlari yoshlikdan jasur, polvon kishi bo‘lga- nidan ishorat beradi. Farg‘ona vodiysida, Chimkent, Turkiston, Sayram atrofi sahrolarida sipohlik qilib ko‘p kezgan. Ruslar kelgandan so‘nggina ten- tirashlarga barham beriigan. Almisoqdan qolgan ko‘hna uyning to‘kilib tur- gan ayvonida ikki chol — qadim do‘stlar, odatdagi- day bitmas-tuganmas suhbatlarga kirishib ketadi. Men darrov ayvon oldida oftobda mudrab yotgan zanjirband it oldiga yaqinlashaman. It ko‘zlarini yalqovgina asta ochib, bir irillaydi. Men cho‘chib o‘zimni ikki qadam orqaga tashlayman. U juda zo‘r, eshakday katta targ‘il it. Men astagina yana yaqin boraman va cho‘qqayib, «ma-ma-ma» deyman tegajaklik bilan qo‘limni uzatib. It indamaydi, ammo shu on dumiga qo‘ngan bir pashshani chay- namoqchi bo‘lib, g‘ijinib dumini qayta-qayta tish- laydi, keyin butini ko‘tarib qashinadi. Men astoydil tegajaklik qila boshlayman. U birdan gurillagan baland ovozi bilan vovullab yuboradi. Cho‘chib yana o‘zimni orqaga tashlayman. — E, tegma, it yomon, — deydi bobom meni chaqirib. Chollar nimanidir gaplashib o‘tiradilar. Men bobom oldida birpasgina o‘tiraman-da, yana zerikib hovli yuziga tushaman. Cholning yolg‘iz, bitta-yu bitta ko‘r tovug‘i bor. Tuxum qiladimi, qilmaydimi — bilmayman, lekin oriqqina, qari, yuvosh tovuq. Kesak otib, quvlay boshlayman. — Bas, bas, tegma, uvol-ku, axir, — qichqiradi bobom ranjigan ohangda. Men chollar oldidan asta o‘tib uyning ichiga suqilaman. Nimqorong‘i xona ichi bo‘m-bo‘sh, hech vaqo yo‘q. Taxmonda eski bir sandiq, bur- chakda cheti siniq zil xumcha. Yerda bir parcha eski namat ustida kir ko‘rpacha bilan bir yostiq xolos. Yog‘och qoziqda kir chopon osig‘liq. Uyning to‘rida, shipiga yaqin baland yog‘och dor, unda ham eskigina olacha paxtalik. Tokchada uchta-to‘rtta sopol piyola, qalin, og‘ir sopol tovoqlar, besh-olti qo‘pol-qo‘pol yog‘och qoshiq. Bular cholning ko‘p, xilma-xil hunarla- ridan dalolat. Xonaning har bir burchagi, har bir tokchasini timirskilab yuraman-da, birdan shipda eski qinga tiqilgan qadim zamonning katta bir qilichi osig‘liq turganiga ko‘zim tushadi, yuragim hapriqib ketadi. 0 ’ymakor yog‘och eshikli pastak darchaga yugurib chiqaman, yuqoriga osilaman. Bo‘yim yetmaganidan xunob bo‘lib, darchadan cholga qichqiraman: — Buva, qilichni olib bering! — yalinaman sabr- sizlanib. Mirahmad chol jahli chiqib bir xo‘mrayadi, keyin yumshab, kulimsirab, muloyim ohangda: — Ey, o‘g‘lim, qilich shipga osig‘liq, g‘alva qilma, — deydi yo‘talib va uzoq yoshligini ta- savvur etganday bir lahza xayolga beriladi, keyin so‘zida davom etadi. — Lekin bir zamonlar xo‘p qiliclibozlik qilganmiz. Tulpor otlarni osmonga sapchitib, qilich solardik. E-e, bu qilich ham endi menday keksa. Esiz-esiz, o‘tdi-ketdi yoshlik, yul- duz oqqanday oqdi-ketdi. — Jon ota, bir ushlab ko‘ray, — yalinaman yig‘lamsirab. Bobom meni aldab-suldab chaqiradi- da yoniga o‘tqizadi. — 0 ’tir, o‘g‘lim, o‘tir, qilich nima degan gap. Endi qilichbozlik yaroq zamoni o‘tib ketdi. 0 ’qi, o‘g‘lim, ulg‘ayib, mulla bo‘l! — deydi orqamni qoqib. — Qani boshlang, do‘stim, Farg‘onada Ma’dalixon taxtdan tushirilganini so‘zlang. Musa- voy eshitsin, bir yaxshilab hikoya qiling, — deydi bobom o‘rtog‘iga qarab. — Qani boimasa, tingla, o‘g‘ilcha, — deydi chol va yo‘talib, tarixni boshlaydi. Es-es bilaman, tushdagiday qiziq voqealar, ajoyib sarguzashtlar chol xotirasidan buloqday quyilib ketadi. Farg‘ona janglari, Buxoro g‘azovoti. Qo‘- qon va Xorazm talonlari... keyin ruslarning ke- lishi. Hikoyaga men berilib quloq solaman, jim tinglayman. Chol hammasini birma-bir eslab, uzoq so‘zlaydi. Xotiralar ko‘p. Bular hanuz g‘ira-shira esimda. — 0 ’tdi-ketdi umr, ey-voh, bevafo dunyo! — deydi chol va yo‘talib, xayol og‘ushida yana uzoq sukut etadi. — Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra, dey- dilar. Quturgan bir daryo edik, mana ko‘ribsizki, bo‘yra bo‘lib qolibmiz, — deydi chol xo‘rsinib. Bobom va chol endi har xil hazil-huzil gaplarga o‘tishadi, to‘yib ezmalanishadi, men ularning hazillarini tinglashni ham sevaman. Peshin vaqti yaqinlashganda asta uyga jo‘naymiz. * * Ayvonda buvim bilan pochcham o‘tirishibdi. Dasturxon yozilgan, qand-qurs joyida, samovar shaqirlab qaynab turibdi. Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar. Tishlari tushgan, soqollari oqargan, yuzi burushiq, xunukkina kishi. Ustida uzun yaxtak, boshida beso‘naqay o‘ralgan katta qo‘pol salla, oyoqlarida churuk mahsi. Doimo eng aw al uning shu churuk mahsilariga ko‘zim tushadi, bugun ham yalt etib avval uning oyoqlariga qarayman va o‘sha churuk saxtiyon mahsini ko‘raman. Hayron qolaman, nahotki hech yangi mahsi olmasa? Pochcham Labzakda turadi. U so‘kfurushlik qiladi. So‘kchilik g‘oyat og‘ir va iflos ish. Ehtimol shuning uchundir, pochcham boyoqish hamisha kir va horg‘in yuradi. Oilasi juda katta. Birinchi xoti- ni — katta ammam o‘lgan, keyin kichik ammamga uylangan. Uning ancha-muncha mayda bolalari bor. Bobom eshikdan kirishi bilan: — Keling, keling, omonmisiz? — deydi va pochcham bilan ko‘rishib, sihat-omonlik so‘raydi- da, to‘nini qoziqqa osib, to‘rga o‘tiradi. — Bay- bay, kun isib ketipti, — deydi chordana qurib. Bobom darrov pochchamning ishlaridan, narx- navodan surishtira boshlaydi. Pochcham har vaqt dagiday so‘kfurushlikdan, tirikchilikning mashaq- qatlaridan, hayotning og‘irligidan shikoyatomuz so‘zlay boshlaydi. Men pochchamning og‘ziga jimgina qarab o‘tiraman. Ayniqsa uning o‘siq qoshlarini, sertomir bo‘ynining qaltirashini, tomog‘i- dan choyning quit-quit o‘tishi va chirik tishlari orasida qandning kusurlashini tomosha qilaman. Pochchamni juda tez unutaman, dasturxondagi qand, parvarda va turli mevalar ko‘zimni oladi. Patnisni tiq-tiq etib, chetini chertib qo‘yaman, lekin qo‘l uzatishga buvimdan qo‘rqaman. Buvim ham mening bezovtalanganimni darrov seza qoladi. — Muncha g‘ivirlaysan, jim o‘tir, o‘ynab kel- sang boimaydimi! — deb turtib qo‘yadi. — 0 ’zim... Parvardani sanayapman ichimda, — deyman izza bo‘lib. Bobom qotib kuladi: , ol, huvari, — deydi bobom parvardani ko‘rsatib. Buvim bir oq qand va bir parvardani uzatadi: — Bor, ket, yo‘qol, ko‘chaga jo‘na, yeganing hamisha shirinlik, issig‘ing oshmaganiga hayron- man, — deydi noxush ohangda. — Sandiqning kaliti o‘zingizda-ku, qachondan beri bermaysiz, toshday qattiqsiz, — deyman buvimga qandni kusurlatib. Samovar yonida choy qo‘yib o‘tirgan oyim lablarini tishlab, eshikka ishora qiladi, men g‘izil- lab ko‘chaga yuguraman. * * * Oqshom. Oyoqlarim yalang, ustimda yangi chit ko‘ylak, boshimda eskigina do‘ppi, mahallada yura- man. Bizning mahalla — Govkush. Govjum ko‘cha, katta-kichik har xil yoshdagi bolalar juda ko‘p. Hammamiz o‘yinda. 0 ’yinning ham xillari ko‘p, kattalar oshiq, chillak o‘ynaydi, biz — kichiklar tol kesib, ot qilib minamiz-da, tor ko‘chaning changi- ni burqiratib chopamiz, charchashni bilmaymiz. Tol otni bezashda o‘rtoqlarimdan qolishmaslikka tirishaman, o‘zimcha turli popuklar, shokilalar yopishtiraman. Bolalardan birortasi tegsami, ha- yiqmay yoqalashib ketaveraman. To‘satdan, lop etib, Xumsondan otam kelib qoladi. Otam otdan tushgan hamon men uni quchoqlab yopishaman. — 0 ’gTim, omonmisan? — deydi otam meni quchoqlab, keyin otni yetaklaganicha hovliga kiradi- da, egardan xurjunni oladi. Sevinishib yugurgan buvim va bobom bilan ko‘rishib, ayvonga o‘tiradi. Oyim, uzoqda turganicha «assalom» deydi va samovarga yopisha ketadi. Opam bilan Isa akam ham, otam kelganini eshitib, darrov allaqaydan yetib keladilar. Otamning qovog‘i soliq, indamasdan nos chekib o‘tiradi, gapirmaydi. Men ham, mum tishlaganday sukutda, bobom yoniga tiqilib o‘tiraman. — Nima bo‘ldi, gapir, qalay yumushlaring? — so‘raydi og‘ir sukutdan keyin bobom. Dad am, Toshmuhammad, baland bo‘yli, sariq- dan kelgan, soqol-mo‘ylovi qora, ust-boshi qo‘pol- gina kishi. U bobomga javob bermaydi. Yana anchagina jim o‘tirgandan keyin nosvoyini tupurib tashlaydi-da, qisqagina qilib to‘ng javob beradi: — Uch kun boTdi — do‘konga o‘g‘ri tushdi, qolgan mollarni nari-beri sotdim-da, do‘konni tashlab, Xumsondan ketdim. Ish shunday rasvo... Hamma jim, qotib qoladi. Uzoq sukutdan so‘ng birdan bobomning fig‘oni falakka chiqib ketadi, u jahl ustida to‘lqinlanib gapiradi: — Xumson ham rasvo bo‘ldi degin, ha, axir odamlari insofli edi-ku?! — Xumsonning xalqi yaxshi, lekin o‘g‘rilar bor- da, — deydi otam kalta qilib. Bobom g‘oyat xafa, boshini quyi solib o‘tiradi. — Toleyimiz qursin! — ho‘ngrab yig‘laydi buvim. Onam asta, tovushsiz yigTaydi, faqat yuzlari- dan oqib tushgan ko‘z yoshlari go‘yo bizning yuraklardan sirqiganday, akam, opam va men goh otamga, goh onamga tikilib, qayg‘u og‘ushida jim qotib o‘tiramiz. Bobom bir so‘z qotmasdan o‘rnidan qo‘zg‘aladi. Yelkasiga g‘am yuki cho‘kkanday, gavdasini bazo‘r ko‘taradi va har kundagidan bukchayganroq holda asta u urib, machitga — xufton namoziga jo‘naydi. Endi buvimning fig‘oni to‘g‘oni buzilgan daryo- day ko‘pira boshlaganda otam darrov kesib tashlaydi: — Bas-bas, boTdi endi, xudodan ko‘r, — deydi jahl bilan, keyin sal yumshoqroq ohangda: — Tirikchilikni bir amallab o‘tkazarmiz, xafa boTma, daladan ovqat topiladi, — deydi kaftiga nos to‘kib. Onam yig‘lab yurib samovar olib keladi, das- turxonda non burdalanadi. Hammamiz jim, so‘zsiz, ishtahasiz choy ichamiz. * * * Ertasiga har kungidan ham vaqtlik choyga o‘tiramiz. Dadam to‘rda, xafaligidanmi dasturxon- ga qo‘l urmaydi, og‘zida nos, boshi quyi egilgan, jim. Men dadamga zehn solib, termilib o‘tiraman. Soqoli siyrak, yuziga ajin tusha boshlagan, ko‘zlari yirik. U har vaqt shunday, nos chekib, xayolga berilib, uzoq o‘tirishni yaxshi ko‘radi. Bobom choyni katta-katta ho‘playdi, gapiradi, o‘zi xafa bo‘lsa-da, dadamga nasihat qilishga tirishadi. Dadam ha demay, be demay, bir nuqtaga qarab o‘tiradi. — Bas, o‘tgan ishga salavot, unut, — deydi bobom yo‘talib. — Harakat qil. Toji aka kuni kecha Yangibozordan keldi, oldiga chiqib maslahat so‘ra. Keyin Yangibozorga bor, qozoqlar odobli, shafqatli, toza xalq. — Tirikchilik dardidaman, mening ishim albatta, cho‘lda tentirash, — to‘ng‘illaydi dadam va nosni chekib bo‘ladi-da, achchiq choydan ichadi, keyin indamay ko‘chaga chiqib ketadi. Bobom uzoq o‘tirgandan so‘ng: «Uh!» deb og‘ir xo‘rsinadi, hassasini do‘qillatib, asta qadam bilan ko‘chaga jo‘naydi. Karomat opam ham noxush holda jildini qoziqdan olib, bo‘yniga osadi, kitobining yoniga yarimta nonni tiqishtiradi-da, maktabga ketadi. Demak, bugun tushda «nonxo‘rak»ka uyga kelmas ekan, deb o‘ylayman ichimda. U juda dono qiz, Navoiy, Mashrab, Hofizlarni mayin, yoqimli ovozi bilan, chiroyli ohang berib, juda ravon o‘qiydi. Men uning pinjida jim quloq solib uzoq tinglashni yaxshi ko‘raman. Isa akam ham Oqmachitdagi maktabga qatnaydi. U juda yuvosh, bo‘shgina bola, bugun jimgina maktabiga jo‘nadi. Onam boyoqish bugun nihoyat xafa. U o‘rta bo‘yli, oriqqina, rang-boshi durustgina, mehnat- kash xotin. Uy ishidan jindek bo‘sh vaqti bo‘lsa darrov jiyakmi, do‘ppimi tikishga o‘tiradi. Bugun ham onam dasturxonni chaqqongina yig‘ishtiradi- da, ish tikishga o‘tiradi. — Dadamning do‘konini o‘g‘ri bo‘shatib ketgan bo‘lsa, endi dadam Xumsonga bormaydimi? Juda ichim achishyapti, oyi, gapiring, dadam o‘g‘rini nimaga darrov qidirib topmaydi? — so‘rayman onamning yoniga o‘tirib. — 0 ’g‘rilar ayyor bo‘ladi, o‘g‘lim. Ular tun qorong‘isida keladi-da, birpasda shipiradi-keta- di, — deydi onam xafa holda. Chaqqon qatim tortib, sekin gapira boshlaydi oyim. Tog‘lar-toshlar, qoyalar, uchirimlar, ular orasida sharqirab oqqan suvlardan gapiradi. — Yong‘oq, olcha, asal — hammasi tog‘dan keladi, uqdingmi? Eshitganman, Xumson tog‘lari juda baland, chiroyli emish, bag‘rida katta daryo ko‘pirib oqarmish. Men xayolimda o‘zimni tog‘lar orasida tasavvur etaman. Esiz-esiz Xumson. Men dadamning o‘rnida bo‘lsam o‘g‘rini darrov ushlardim-da, o‘xshatib do‘pposlab, mollarni cho‘z derdim o‘g‘riga. Hovliqib gapirgancha o‘rnimdan turib ketaman. Oyim jilmayib kulib qo‘yadi. — Baqqolchilik yaxshi hunar, oyi. Do‘konda hamma narsa bo‘ladi: bug‘doy, arpa, un, sabzi, piyoz, choy, qand, yong‘oq, mayiz. Mana, Oqmachitda baqqol bor-ku, nimani qidirsangiz topasiz undan. 0 ’tganimda havasim keladi, qand- qurslari, biram jiydalari borki... Havasim kelib, qarab o‘taman, bittayam bermaydi-ya. Dadamning do‘koniyam shundaydir-a, oyi? Dadam yozda meni olib boraman, degan edi. Esiz... Xayolim Xumsonda edi-ya! Oyim ishpechni tokchaga qo‘yib, samovarning kulini qoqadi-da, g‘ivirlab, oshxonaga kirib ketadi. Orqasidan qarab, xafalikdan oyim kuyib ketdi, deyman ichimda. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng dadam Yangibozorga jo‘nashga tayyorlik ko‘ra boshlaydi. Qarz- havola bilan amal-taqal qilib, chit, tik, trinka oladi va bir sahar, qorong‘ida, otda jo‘nab ketadi. Bobom va buvim duo qilib yig‘lab qoladilar. Onam ancha tinchigan. U peshinga yaqin kichik bobomnikiga — otasinikiga chiqmoqchi bo‘lib, meni oldiga soladi. Onam paranjida, baqqollar yonidan o‘tib borayotsak soqollari oq, tanish Sarvi baqqol sekingina eshitilar-eshitilmas: «Qurvaqa» deydi. Jahlim chiqqanidan qaltirab ketaman. — Yur, tez-tez... — deydi onam. — «Qurvaqa» deyapti-ku, har kuni meni ko‘r- ganda «Qurvaqa» deydi, — deyman oyimga ranjigan ohangda. — Ha, qo‘yaver, ermak qiladi-da, hammaning ham shunday bir laqabi bo‘ladi, parvo qilma, hammasi hazil, — deydi onam. — Bu — bobomning laqabi. Burchakka yetganda jindak to‘xtayman. Bu yerda xashak ustida qish-u yoz bir devona yotadi. Soqollari o‘sgan, kiyimlari juldur bir keksa devona. Har kuni sham u oqib, go‘shtsiz qora sho‘rva qaynatadi. Hozir esa bir nimalar haqida xonish bilan va’zxonlik qilmoqda. Birpas to‘xtab tinglayman. Onam anchagina ilgari ketib qoladi. Machit oldidan o‘tib ketayotganda yana to‘xtay- man. Machit minorasi baland, savlatli. Har o‘tga- nimda lahzagina to‘xtab, minoraning tagidan boshiga qadar bir ko‘z yugurtiraman. Buvimlarnikiga yetamiz, onam orqasiga bir qa- raydida, mening qoramni ko‘rgandan so‘ng ich- kariga kirib ketadi. Men tashqarining to‘ridagi do‘konga kiraman. Katalak do‘konchada bobom, ikki tog‘am, to‘rtta xalfa mahsi tikmoqdalar. — E, kel-kel, kamnamosan?! — deydi kinoya bilan shartta-shartta qatim tortib, bigiz bilan mahsi tikayotgan Ergash xalfa. — Assalom! — deyman va to‘ppa-to‘g‘ri to‘r- dagi bobomnnig oldiga o‘taman. Bobom meni qattiq quchib, qo‘li bilan orqamni bir ikki qoqadi-da, tag‘in ishga tutinadi. Dam tog‘alarimga, dam xalfalarga bir oz tegajaklik qilgandan keyin ichkariga kirib ketaman. Torgina hovli. Bobom ota-bobolaridan qolgan churuk uyni buzib, ming mashaqqat bilan yangi imorat solgan. Kichkina, nihoyat tor hovlida bir nav tuzukkina ikki uy va bir ayvon. Hovlining burchida kattakon, yo‘g‘on, tarvaqaylab o‘sgan bir tup olma. Buvim har bahor daraxt oldiga bolta ko‘tarib boradi-da: «Kesaman, kesaman sen oTgur- ni!» deb po‘pisa qiladi. Ayvonda oyim bilan buvim so‘zlashib o‘tiri- shibdi. — Kela qol, bolam, kel, aylanay, — deydi buvim quchoqlab ikki yuzimdan choTp-choTp o‘pib. U savlatli, toTagina, oppoq, ko‘zlari yirik, ziyrak va shirin so‘z xotin. Men darrov o‘yinga tushaman, ermak axtara boshlayman. Ayvonda gir aylanib, bemalol kezib yurgan musichalarni quvlayman. — Bay-bay-bay, sho‘xsan-e... — deydi onam qoTini siltab. Shipga ko‘zlarim tushadi: — Voy, bola ochipti, bittasini tushiraman, kaltak yo‘qmi? — 0 ’choq boshiga, kelin oyim oldiga yuguraman. — Uvol-ku, axir, bermang! — deydi ayvonda turib onam. Yana dam ammamning g‘iybati, dam buvimdan shikoyat, uzoq bitmas-tuganmas suhbatlarini davom ettiradilar. — Yur, ukam, mashinada tikishni o‘rgataman. Biram mashinaki, shatillatib tikib beradi. Yur, o‘zing ko‘r, uch kun burun gorddan tog‘ang olib keldi. Kelin oyim meni uyga boshlaydi. Oldiga tushib uyga chopaman. Yaraqlagan yangi mashina ekan. Kelin oyimni nari surib, mashinaning qulog‘ini egallayman, o‘ngu teskari aylantiraman, u yoq-bu yog‘ini ochib ko‘raman. Kelin oyimning jahli chiqib «tegma, bu nozik narsa» deydi va o‘tirib mah- silarning qo‘njiga mashinada gul sola boshlaydi. Bu yangilikdan ham tez zerikaman-da, tashqariga, do‘konga yuguraman. Bobom peshin namoziga ketgan, u ko‘pdan beri machitning ixlosli so‘fisi. Uning baland, gurillagan ovozi minoradan yangrab, uzoqlarga, allaqaylarga ketadi. Har gal u azon aytarkan, quloq solib tura- man-da, «mening bobom» deb qo‘yaman o‘rtoq- larimga. Bobom biror kunni kanda qilmaydi, har kun besh mahal minoraga chiqib azon aytadi. Men do‘konda bobomning yo‘qligidan sevina- man-da, darrov kundaga mukka tushib olaman. Qo‘limga tushgan eng yaxshi charmlarni ko‘va bilan urib-urib, bizbizak kesishga kirishaman. Lekin bizbizak o‘lgurni yaxshi o‘xshata olmayman. Shu chog‘ to‘satdan katta tog‘am Egamberdi qilmishimni ko‘rib qoladi-da, ranjib, meni koyiy boshlaydi: — E-e, jinni bo‘lib qoldingmi? Voy-bo‘y, qiy- malab tashlabsan-ku butun charmlarni, tentak. Jo‘nab qol hozir, buvang kaltaklaydi. — Qo‘limdan gazanni yirib oladida, qiymalangan charmlarni yig‘ishtiradi. Lekin parvoyim yo‘q, pisand qilmasdan xalfa- shogirdlar bilan hazillashib o‘tiraman. Bobom peshin namozidan qaytib, ishga o‘tirgan hamon mening qilmishlarimni sezib qoladi: — lya, bu nimasi? Uvol-ku, tentak! — Ozmuncha charmmi! Jo‘na ko‘chaga, — baqiradi jahldan qizarib. Men qovog‘imni solib, xafa o‘tiraman. — Bor, suv olib kel, shirach qoramiz, — deydi bobom yumshagan tovush bilan kulimsirab. Zarang tovoqni ko‘tarib, darrov ichkariga yuguraman va g‘izillaganim cha birpasda zarangni limmo-lim to‘latib suv olib chiqaman. — Barakalla, xumpar-e, chaqqonsan-da o‘zing, — maqtaydi meni bobom tukli qulog‘ini jimjilog‘i bilan qashib. Xalfalarga xalaqit bermasin deydi shekilli, buyuradi: — Tur, bir o‘ynab kel! Ko‘chaga chiqqim kelmaganidan g‘ivirlab, uni- buni o‘ynab o‘tiraman. Katta va kichik tog‘alarim boshlarini ko‘tar may ish tikadilar. Katta tog‘am mahsi tikmoqda. U baland bo‘yli, qotmadan kelgan, silnamo, oriqqina kishi. Ko‘zlari yirik, qoshlari payvasta, mo‘ylovi o‘ziga yarashgan... U bedana- boz, bedanani juda yaxshi ko‘radi va uning tilini yaxshi biladi. Har kun peshinda yoki kechqurun Balandmachitga chiqib o‘rtoqlari bilan samovarda jindak gaplashib o‘tiradi. Ust-boshi ozoda, boshida hamisha yangi do‘ppi, belida qo‘sh shohi belbog‘ — oliftanamo yigit. Kichik tog‘am bo‘lsa past bo‘ylikkina, mo‘ylovlari siyrak, zaif va ko‘rimsizgina. U erta- dan kechga qadar siljimay, biron so‘z qotmay mahsi tikadi. Shogird va xalfalar besh kishi, ko‘zlari va qo‘l- lari ishda, astagina xirgoyi qilishadi yoki ermak uchun undan bundan, oldi-qochdi voqealardan gaplashib, turmushdan nolib, turli mashaqqatlar- dan zorlanib o‘tirishadi. Ularning qo‘llari juda chaqqon, birpasda bigizni shartta-shartta tiqib, ipni u yoq-bu yoqqa qulochlab, chok tikadilar. Mana oriq, qotmagina, silnamo, soqoli juda siyrak bir xalfa sekin qo‘shiq aytadi: Jon-jon Latifa!.. Gul maydon Latifa. Shoxida o‘ynang, bargida sayrang, Jon Latifa! Uning ovozi yoqimli, ohangi may in, dardli. — Ju ft bo‘lsin! — qichqiradi birov. — Barakalla, ofarin, ustaxon, qani tag‘in ay- ting, qo‘shiqning konisiz-ku, — deydi lo‘ppigina yosh bir xalfa. Ammo bobomnnig jahli chiqib ketadi: — E, bas, ishingni qil! Hazilning ham, qo‘shiq- ning ham bir shingili yaxshi, ortiqchasi yarash- maydi, taomil shu! — deydi keskin tarzda. — Jon aka! — deydi ko‘rimsizgina bir keksa xalfa. — Ishni qilib o‘tiribmiz, ishimiz yomon emas, ammo zerikamiz, qo‘shiq bo‘lsa jonga rohat, vaqt o‘tganini, charchaganimizni bildirmaydi, ermak-da, ermak... — deydi ranjigan tovush bilan boshini ishdan ko‘tarmasdan... Bobom unga bir o‘qrayadi-da, qizarib bo‘kiradi: — Olio, de, olloga sig‘in! — Keyin yumshoqroq tovush bilan: — Dard ko‘p, davo yo‘q... Eshonga qo‘l ber, keksayib qolding, qo‘shiq senga chiko- ra! — deydi. Uy ichi suv quyganday jimjit bo‘ladi. Xalfa- shogirdlar, tog‘alarim jim ish tikadilar, yolg‘iz pashshalar g‘uvillab aylanadi. Ularning xiraligidan diqqat bo‘lgan shogirdlar goho «ah» deb bilaklari- ga yoki bo‘yinlariga bir urib qo‘yadilar. Juma kunlari xalfa va shogirdlar ozod. Katta- kichik tog‘alarim samovarga chiqib ketadilar. Ammo boyoqish bobom ishni uzmaydi. 0 ’zi yolg‘iz ish tikadi. To‘p otarda ishini tugatadi-da, tahorat qilib, machitga jo‘naydi. Oqmachitda juma namozi- ni o‘qigandan keyin bizning mahallaga yaqin — Mo‘g‘ul ko‘chadagi machitga, eshonning oldiga boradi. Machitda odam qalin. Hofizlar yig‘i-sig‘i bilan ishqiy va so‘fiyona g‘azallar o‘qishadi. Bobom «hu!» deb darrov o‘rtadagi zikrchilarga qo‘shilib, zikr tushib ketadi. Jon-dili bilan, astoy- dil zikr qiladi. Bobom kambag‘al, ro‘zg‘orini zo‘r-bazo‘r sur- gab, tamaddi qilardi, kecha-kunduz tinmasdan ish- lardi, ammo ozgina vaqt topsa, darrov namoz-ibo- datga berilardi. * * * Bir kuni bobomning ustaxonasida o‘tirsam kir paranjiga o‘ralgan, qaddi bukik, oriq bir xotin salom berib kiradi va sekingina deraza tagiga cho‘kadi. — O, aylanay, pirim, mehribonim! — deydi kampir bobomga murojaat etib. — Huzuringizga keldim. Bobom boshini ko‘tarmasdan alik oladi-da, kam- pirdan so‘raydi: — Ha, ishing qalay kampir? Kampir uzoq gapiradi, bolasining ishsiz sarson- ligidan hasrat qiladi, turmushdan zorlanadi: — Sizga sig‘inib keldim, aylanay usta, o‘g‘limni ishga oling, aqlli, mo‘min-qobil bola... Bobom indamaydi, do‘q-do‘q qilib shonni urib qo‘yadida, birpasdan keyin noxush tovush bilan deydi: — Shum bola. Bilaman uni, bir vaqt ishlagan. Takabbur, qo‘rs, pichingni yaxshi ko‘radigan, shilqim bola, tushundingmi? Kampirning nafasi bir lahza ichiga tushib ketadi keyin yalinchoq tovush bilan gapiradi: — Gapingiz to‘g‘ri, usta. Hammasi rost, qanday qilay, yomon, qo‘rs bola, oiguday o‘jar, dilozor. 0 ’zim ham bilaman, taqsir. Yo‘lga soling. Lekin aqli raso. Odam bo‘ladi, degan umidim bor, taqsir. Yordam bering, yaxshiligingizni sira unutmaymiz, ochmiz... — deb piq-piq yig‘laydi kampir va so‘zida yana davom etadi. — Dardimiz ko‘p, hasratimiz ko‘p, birpasga tashqariga chiqsangiz, jindak gapim bor edi, — deydi yana yalinib. Bobom to‘ng‘illab deydi: — Kampir, xalfalarning qulog‘i berk, aytaver, nima gap? — Falakning dastidan o‘ldik, dodimizni eshi- tadigan kishi yo‘q. — Bas, bas, o‘zi nima gap? Po‘skallasini gapir! — deydi bobom. Kampir bir on sukut qiladi, keyin yig‘i aralash, shivirlab gapiradi: — Boyvachcha o‘lgurning bolalariga, erkatoy- lariga kinna solish, qoqish-suqish uchun goho borib turardim. Kelin picha dimog‘dor boisa ham, «ke- ling, keling» deb turardi boyoqish. Bir kun u «nevarangizni menga bering, chaqalog‘imni ko‘ta- rib yuradi, kiyim-bosh qilib beraman, ovqati shu yerdan o‘tadi», deb yalindi. 0 ’n uchga kirgan yoshgina popukday qiz edi. «Xo‘p, bolam!» dedim, suyunib ketdim, jilla bo‘lmasa qorni to‘yadi-ku, deb o‘yladim. Uyga borib maqtadim — boy juda badavlat, yer-suvlari ko‘p, dedim. Nevaram ham suyunib ketdi, darrov oldimga solib boyning hov- lisiga olib bordim. Bolalari ko‘p, o‘yi bag‘-bug‘. Kelin gerdayib: «Yaxshi qildingiz, buvi, neva- rangiz yolchib qoladi», deb maqtandi. Men nodon, g‘aflat bosgan boshim, suyunib, duo qilib uyga qaytdim. Olti-yetti oy o‘tdi. Nevaram boyoqish goh-goh uyga bir zumgina kelib ketardi. «Buvijon, ish ko‘p, juda zerikdim», deb zorlanardi. «Hechqisi yo‘q, ishga pishasan, qorning to‘q bo‘lsa bas, chi- rog‘im», deb aldab-suldab jo‘natardim men gum- roh. Lekin boyvachcha o‘lgur qizga ko‘z qirini tashlab yurar ekan. «Oppoq qizim, yaxshi qizim», deb aldab yurar ekan juvonmarg bo‘lgur. Xalfalar, shivirlashib, bir-birini turtib qo‘yisha- di. Ular gapga zimdan quloq solar edilar. — Bir kun kelin yasanib, bolalarini yasantirib onasinikiga ketgan ekan, boyvachcha qizni aldapti, avrapti, xullas yopishipti. E, usta ahvolimiz shu, nevaram shumshayib uyga kelib o‘tiripti... Dardimiz behisob. Ilohim, boyvachchalarga o‘lim bersin, xonavayron bo‘lsin! — ho‘ngrab yig‘lab yuboradi kampir. Xalfalar, tog‘alarim, g‘azabdan titraydilar, bobom oqarib ketadi. — Boyvachchang kim? Oti nima ablahning? — so‘raydi baqirib. — Buni sir saqlayman, usta, mabodo boy bilsa, tinch qo‘ymaydi bizni, — dedi kampir sekin tovush bilan. — Boyvachchalarni pul quturtiradi. Itvach- chalar... — bo‘g‘iladi keksa xalfa. — Turgan-bitgani ifloslik u ablahlarning, — deydi ikkinchi bir xalfa. Bobom uzoq va og‘ir sukutdan so‘ng kampirni ovutadi: — Bas, yig‘lama, zolimlar ko‘p, xoinlar ko‘p, ularning shunday noma’qulchiliklari, itliklari bo‘- lib turadi. Ko‘p ko‘rganmiz, ko‘p eshitganmiz bun- day voqealarni. Sabr qil, tangrim o‘zi beradi ularga jazoni! — Biroz o‘ylanib o‘tirgandan so‘ng, boshini ko‘tarib so‘raydi: — Xo‘sh, o‘g‘ling usta Mir- hamiddan ketib qoldimi? — Urishib qolipti... Yo‘q demang, oling, tasad- duq!.. — tutilib yalinadi kampir. — Kampir, yubor o‘g‘lingni. 0 ’zim yaxshilab bir gaplashaman. Xo‘p ezib, innaykeyin ishga ola- man ablahni. Kampir uzundan-uzun duo qilib, churuk paran- jisining etaklarini yerga surgagan holda chiqib ketadi. Men angrayib o‘tiraman. * * * Havo haddan tashqari isib ketadi. Oftob omon- siz. Xalfalar va tog‘alarim ter quyib ishlaydilar, dam jiqqa ho‘l ro‘mollari bilan yelpinib, dam engashib manglaylaridan terni sidiradilar, ammo bobom tushkur munchoq-munchoq ter bossa ham pisand qilmaydi, bemalol ishlaydi, shartta-shartta charm qirqadi, ishdan tinmaydi. — Shu tobda, jardagi muzday suvga bir sho‘ng‘ib rohatlanib chiqsang! — deydi lo‘ppi xalfa. Bobom bir xo‘mrayib qo‘yadi. Goho mahallaning bekorchilari kiradi. Undan bundan gaplashib, ba’zilari ermak uchun mahsi- larni bo‘yab, pardozlab o‘tiradilar. Bekorchi kam- bag‘allar ko‘p. Xalfalar, tog‘alarim issiqdan esan- kiragan hoida sustgina ishlab o‘tirganda, to‘satdan keksa xalfa sukutni buzadi: — Ha, rostdan, bugun seshanba. Erta chorshan- ba, bozorga boramiz, xo‘pmi, usta? Mahsilarni do‘ndirib sotamizda, salqin samovarda quling o‘rgilsin qaymoqdek nonni j inday murabbo bilan urib olamiz. Keyin achchiq ko‘k choyni bostirib ichamiz. — Ko‘saning yuziga tabassum yoyiladi. — Suf sizga, do‘stim! — deydi darrov unga javoban ikkinchi bir xalfa. — Vag‘illamang behu- da, bu gal navbat bizniki. Yangi olacha yaxtak ham intizor bo‘lib turipti, yasanib biz ham bir gal bozorga borib, gasht qilaylik... Bizning ko‘ngil ham qushdek talpinadi. Usta xo‘p deng! — Yalingan ohang bilan bobomga qaraydi. — Bozor yaxshi-da. G‘alva-g‘ulva ko‘p. Odam qalin, misoli daryoi kabir, — deydi xalfa. — Bo‘ldi, bo‘ldi, bas! Ishga qaranglar, bir gap bo‘lar! — deydi bobom charmdan boshini ko‘tar- may. Yana uyga og‘ir, zeriktiruvchi sukunat cho‘- kadi. Qulochlanib tortilgan iplarning, kesilgan charmlarning shirtillagani eshitiladi xolos. Hamma issiqdan bo‘shashib, jim, yalqovgina ishlaydi. Men ko‘chaga chiqaman. Allaqanday bir aravakash bir arava qumni ko‘chaga tushiradi-da, ketib qoladi. Bolalar, sevinib, oltin kabi qumga yopishamiz. * * * Buvim hovliga bir parcha kigizni tashlab, qayta- qayta supiradi. 0 ’zi kigiz qoqish, hovli supurish, suv sepishga o‘xshash ishlarni juda ham yaxshi ko‘radi. Sira tinmaydi. Undan bundan, zamonaning turli voqealaridan, tirikchilikdan gapirib o‘tirgan bobom ayvondan asta turadi va hovliga, buvim tayyorlagan salqin joyga o‘tirib, tizzalarini uqalaydi. — O! — deydi bobom boshini qimirlatib. — Umr degan bir lahzada suvday oqdi-ketdi! Davr ham ketdi, tuyam ketdi, pulim ketdi. E, bir zamonlar bor edi, tuyada kayf qilib, hali Chimkentga, hali Sayramga, hali qarabsizki, Qarqaraga qatnardik. 0 ’tib ketdi davr. Ko‘rdim, yurdim, ha, Tosh omon bo‘lsin endi, bolalariga o‘zi bosh bo‘lsin! Buvim kichkina bir ko‘rpachani kigizning bir chetiga soladi-da, boshidagi eski yengil ro‘molini qaytadan bog‘lab, qo‘lidagi bir kalava ip bilan bobomning yoniga o‘tiradi. — Ha, umr ham, davr ham ko‘z ochib yumgun- cha o‘tar ekan, ketar ekan. Ilohim, Toshmat omon bo‘lsin, o‘g‘il-qizlari ko‘paysin! Duoyim shu. — Bir on o‘ylanib keyin so‘zida davom etadi. — Lekin j in day bog1 yoki picha kenggina hovli yo‘q. Shu kaft- day hovlida o‘tiribmiz... — E-e, — deydi bobom yerdan ko‘zlarini uz- masdan, — qaydagi gaplarni boshlaysan. Butun umr tuyada, otda o‘tdi. Qor, jalalarga qaramasdan tog‘-u toshlarni kezdik. Tirikchilik o‘ng‘ay emas, eh-yeu!.. Lekin ot jonivor asl narsa. Ot tog‘da, tosh- da, dashtda odamning do‘sti, misoli ot bilan odamning dardi birdek. Yurib ko‘rganmiz ko4p. Ot boyoqishning go‘ngi xazina. Tappi qilib yoqasanmi, ayniqsa dehqonga gavhardek bebaho. Eshitganman, ot go‘ngi hakimlarga tilladek zarur emish. Lekin biyaning qimizi dorilarning asili. Qani bo‘lsa, bir shimirsang! Ayniqsa ot jonivor jangda, uloqda quturib ketadi. Xayolimda odamlarga qaraganda otlarda zavq ko‘p deyman-ov! Ayniqsa, yo‘rg‘a otlarga minganda zavqqa to‘lasan kishi. Burgut otlarni, yo‘rg‘a otlarni ko‘rdik xo‘p. Havasing keladi. Hazrat Alining ham burgutday uchqur Duldul degan otlari bo‘lgan ekan. — Bir oz sukutdan keyin davom etadi. — Ammo tuya dashtda, sahroda misoli azim daryo. Cho‘lda yegani cho‘p, xolos. Uch kun, to ’rt kun sahroda yurasiz, bir qatra suv yo‘q. Jonivor chidaydi. Quyosh jahan- namday yonadi, shunga tuya chidaydi-da. Lekin sutidan qumron yasaydilar. Toti yaxshi bo‘ladi. Xo‘p ko‘rdik, xo‘p ichdik. Kampir, esingda bormi, birdan tuyamiz tug‘ib qo‘ygan edi. Bola-chaqa, ayollar chandon xursand bo‘lgan edi. Popukday bo‘ta edi, esingdami? — Ha, esimda, bo4aloq biram ko‘hlik, ko‘zlari katta-katta, muloyim, yoqimli, ziyrak ediki, ham- maning havasi kelardi, — deydi kampir kulib. — Sutiniyam ichganmiz. Tag‘in bobom boshlaydi gapni. Ko‘zlari ozgina namday. — Ha, lekin tuya mingan kishi tuyaning qadri- ni, ishining zavqini biladi. E-e, o‘tdi umr, suvdek oqdi-ketdi. Chaqmoqdek yarq etib yondi-yu, o‘chdi. Buvimning ensasi qotadi. — E, nolimang sira, shukur qiling, saksonga kirdingiz. Oshingizni oshadingiz, yoshingizni yashadingiz, — deydi buvim labini burib. Bobom miyig‘ida kulib, barmoqlari bilan oppoq soqolini taraydi. — Sirasini gapiraman-da, kampir, nevaralar- ning to‘yini ko‘rsam deyman. — Ha, keyin nevara kelin ko‘rsam dersiz. Ho, jon shunday shirin bo‘ladi qarilarga, — deydi kampir piching bilan. Bobom eskidan tuya mingan. Boylarga xizmat qilgan. Har xil matalarni, choy va mayizlarni ortib, turli shaharlarga, hatto orqa, Qarqara kabi uzoq joylarga borgan. Bobomning yetti tuyasi bo‘lgan ekan. Qahraton qish kunlari tuyalariga biroz dam berarkan. Mahalla va qarindoshlar: «Ye- e! Soting bu tuyalarni, qishi bilan boqasizmi? Yem- xashak deb daxmaza qilib yurasizmi?! Sotib yubo- ring, ko‘klam keldi deguncha bozordan darrov boshqalarini olasiz!» deb maslahat berar ekanlar. Ammo bobom o‘jar ekan: «Yo‘q-yo‘q! Bo‘lmagan, bema’ni gapni qilmanglar, tuyani buzruk deydilar, aziz narsa, axir! Xashak, kunjara serob. Itniyam boqadi-ku odamlar, bular tuya-ku, buzruk max- luq», der ekan. Bobom kuchuk, tovuqlarni yomon ko‘rardi. Sira boqmasdi ularni. Molxonamiz keng-qovul. Bobom cho‘p-xashak, kunjaralarni vaqtida ko‘p qilib g‘amlar ekan. Aytishlaricha, tuyalari semiz, yaltirab turar ekan. Uzoq qish kunlari bobom kuni bo‘yi ularning tagini tozalab, supurib, ovqat berib, to‘ydirib yurarkan. Goh-goh tuyalarini eslab, maqtar edi chol. Juda ham yaxshi ko‘rar ekan tuyalarini. «Jon ichida saqlardim ularni. Tog‘da, toshda yurardim ten- tirab, attang, o‘tib ketdi davr...» derdi bobom ularni eslaganda. Mening otam ham yoshligidan bobom bilan birga tuyada yurgan ekan. Uzoq dalalardan guruch, poxol, xashak keltirib, qishda shaharda sotisharkan. Bobom juda qattiq qish sovug‘ida, yoz issig‘ida biron samovarda to‘xtab choy ichishganda, bir choynak choyni tugatib: «Tosh! Yugur samovardan suv oqizib kel, shamasi yaxshi, uvol-ku, axir!» der ekan. Otam: «Jinni boTdimi chol, uyat-ku...» der ekan ichida va qovog‘ini solib o‘rnidan turarkan-da, bobom bilmas, choy solib damlab olib kelarkan, keyin samovarchi- ga asta pul tashlab, tuyaga minib ketarkan. — Buva, hammasini eshitdim. Bizga kichkina bir bog‘ bo‘lsa, — deyman men turib-turib, — mayli quruq joy boTsayam, o‘zim shaftolilarni sa- ralab, giloslar, o‘riklar ekaman. Keyin yaxshi, quling o‘rgulsin toklar o‘tqazamanki, ko‘rasiz. Siz nuqul tuyalarni gapirasiz, o‘tgan zamoningizni maqtaysiz. Menga tuya emas, bog‘ kerak! Sha- harning issig‘ini ko‘ring, jahannam. Dala yaxshi- da. G‘ir-g‘ir shamol. Suvlar ko‘p. Qovun-tarvuz serob, uzumlar ko‘p. Bobom kulgidan qotib qoladi. — Ey, tavba, o‘g‘lim, nima deyapsan o‘zing! Dalani maqtaysan-a, o‘zim bilaman dalaning gash- tini, dardisar pul yo‘q. Boqqa pul kerak, bolam, pul boTsa changalda sho‘rva. Katta bo‘lib, toparmon boTsang, o‘zing olasan arshi a’loday bir bog‘ni. Men indamayman, qovog‘imni solib, yana bir- pasgina bobom va buvimning gaplariga quloq sola- man va payt poylab, bobomga yalinaman: — Guzarga qovun tushdi, biram shirinki, yu- ring, buva, qovun chiqibdi! — Bobomning qo‘llari- ga yopishib surgay boshlayman. — E-e, qo‘y, o‘g‘lim, hali pishmagan, sabr qil, pulim ham yo‘q, — deydi bobom. — Bas-e, yomon bo‘lib ketibsan, chaqa anqoning tuxumi! — deydi buvim jahl bilan. Qovog‘imni solib, xafa holda ko‘chaga chiqib ketaman. * * * — Toshga nima bo‘ldi? Tinchlikmikan? Sog‘- mikan? Musofirlik qursin, ilohim, — deydi buvim bobomga tikilib. — Nima qilib yalpayib o‘tiribsiz?! Turing hozir! Hasan kelibdi, uchrashing! — deydi yalingan tovush bilan. Chol tasbehni ko‘rpachaga qo‘yib, deydi: — Bordim Hasanga... — birozdan keyin ovozini balandroq qo‘yib deydi: — Yuripti-da sahroda gazbozlik qilib, tentirab... — Uch oy boTadi ketganiga, dom-darak yo‘q, bitta-yu bitta o‘g‘lim. Bemehrsiz!.. — Buvimning yuzidagi ajinlari ko‘payib ketganday tuyuladi menga. — Bilmadim... Xumsondaligida har o‘n besh kun g‘irillab xabar kelib turardi, chog‘i. Yangibozorga bordi-yu, jimjit bo‘ldi-qo‘ydi. — Biroz sukutdan keyin davom etadi bobom: — Yurgandir-da jazirama sahrolarda bola-chaqa, chol- kampir, deb. Tirikchilik shunday og‘ir yuk, azob-u uqubat bo‘ladi... Chumoli doim ishda, kecha-kunduz mehnat qiladi. Odamlar ham bamisoli chumoli... Besh vaqt namozingda duo qilib o‘tiraver. Bizlarning qoTimizdan shu keladi, xolos. Charxni g‘iz-g‘iz aylantirib kampir gapiradi: — Og‘ir zamon boTdi, hali suv puli, hali yer puli, soliqlarning son-sanog‘i yo‘q, tirikchilik bir dardisar bo Tib qoldi. Bu Nekalay juvonmargning xalq bilan sira ishi yo‘q... — Uzoq xo‘rsinadi- da: — Ishqilib, Tosh omon boTsin.. — deydi buvim yigTamsirab. Bobomning ham ko‘zlariga jiqqa yosh toTgan. Hassasi qo‘lida, bukchayib Mirahmad otanikiga chiqib ketadi. 0 ’yin yaxshi narsa. Men yuraman tentirab, erta ham, kech ham o‘ynaganim-o‘ynagan. O‘rtoqlarim juda-juda ko‘p. Qodir, A’zam, Turg‘un, Ahmad, Hoji, Sobir... Qodir mo‘mingina ko‘rinadi, ammo jahli chiqsami qo‘ymaydi, yoqalashib ketadi. Ahmad tentakroq, oshiqboz, juda kambag‘alki... Hojining otasi mardikor, bazo‘r kun kechiradi. Lekin quvgina kishi. 0 ’g‘li ham shundayroq. Sobir kichkina-yu, pishiqqina. Mahallada bolalar ko‘p, lekin bir-biriga o‘xshamaydi. Bizga har narsa o‘yin: hali oshiq, hali arava o‘yin, hali chillak, hali ot bo‘lib chopish, kim o‘zish. Bulardan zerikish yo‘q. Har kun necha daf’a qayta-qayta o‘ynaymiz. Men hali maktabga qatnamasam ham Qur’on- ning ayrim kichik oyatlarini, Mashrabning ba’zi g‘azallarini suvday bilaman. Karomat opam o‘rgat- gan edi menga bularni. «Birpasda suvday bilib ol- ding-a!» deb yana o‘zi hayron bo‘lardi. Bobom zimdan sinchiklab razm solib o‘tiradi va uzoq sukutdan keyin onamga qarab deydi: — 0 ’g‘ling ziyrak, Shahodat, mulla qilamiz o‘g‘lonni. — Ha, o‘qitaylik. Ammo Karom ham o‘qiy- versin, aqli yetuk qiz. Mana Navoiyni, Hofizni biram o‘qiydiki, sel qilib yuboradi. Otin buvi ham doim hammaga Karomni ta’rif qilib yuradi. 0 ’qigan yaxshi. Qiz bola birovning xasmi. Mayli, o‘qisin. Men o‘zim omiman. He, desa, be deyman. Toshni jindaygina o‘qitdim, chalasavod u. Nevaralar mulla bo‘lsin, mayli o‘qisin. — Bobomning yuzlariga tabassum yoyiladi, keyin xursandlikdan kulib yuboradi. * * Otamning ketganiga olti oy deganda, bir kun oqshomda to‘satdan eshikdan kirib keladi. Onam, buvim yig‘lab ko‘rishadilar. Men sekin quchoqlay- man. Kamgap dadam indamaydi. Bobo ko‘rishib, qayta-qayta so‘rashadi: — Omonmisan, omonmisan, o‘g‘lim; — Ha, yuribmiz sahroda, — javob beradi otam qisqagina. Bobom qozoqlarning tirikchiligidan, sahro hayo- tidan, qo‘ylar-echkilardan qancha ezmalab so‘rasa- da otam faqat «ha» yoki «yo‘q» deb kalta javob beradi, xolos. Bobom biroz sukut etadi, keyin boshini ko‘tarib so‘raydi: — Qancha turasan? — Uch kun, — javob beradi otam keskin ra- vishda. Buvim yig‘i aralash gapiradi; — Oy yur, bolam, omon yur, qayda bo‘lsang ham omon bo‘l, boshing toshdan bo‘lsin! Har kun besh vaqt namozimda duo qilaman. 0 ’g‘lim, hazir bo‘l. Yomonlar ko‘p. Ulardan uzoq bo‘l, ham- rohlaringga hamisha yaqin tut o‘zingni. Eson bo‘l, olloga topshirdim seni!.. — Yig‘lagan holida o‘rnidan turib, oshxonaga, oyimning oldiga ketadi. Boshini egib xomush o‘tirgan bobom har turli ibratli so‘zlar bilan otamga nasihat qila boshlaydi: — G‘anim ko‘p, ular har yerda bor. Yaxshiga ulfat bo‘l. Qozoqlar bilan ulfatchilik qil. Qozoqlar odamga mehribon, yaxshilik qiladigan xalq. Qozoqlar bilan ko‘p yurganman. Ular tinchlikni yaxshi ko‘radi, — deydi ta’kidlab bobom. — Qo‘rslik qilma, muloyim bo‘l! Bilaman seni, ko‘p qo‘rssan. Gap-gashtaklaring ham bor, bilaman. Betoqatlanib o‘tirgan otam asabiylashib deydi: — Bas, bas, yetar! Zaharday achchiq choyni qand tishlab tez-tez ho‘playdi-da, o‘rnidan turib, samovarga chiqib ketadi. Darrov men ham ko‘chaga otilaman. Oktabr oyi. Havoda salqin shabada. 0 ’riklar, olmalar, teraklar bargi oltinlangan... Yaproqlar yerda gilam-gilam... Osmon ko‘m-ko‘k... Quyosh yoqimli... Havoda to‘da-to‘da bulutlar kezadi... Bog‘bonlar shaharga ko‘chib kelganlar. Ko‘chada, har vaqtdagiday, kattalar urishib- mushtlashib oshiq o‘ynamoqdalar. Kichkinalar yong‘oq o‘ynaydi. Darrov cho‘ntagimdan bir ho- vuch yong‘oq olib, o‘yinga kirisha ketaman. Ertasi kun otam bozordan qaytganda yaraqlagan bir juft kalishni menga kulimsirab uzatadi: — Mana, kiy! Kalishni mahkam quchoqlab, tizzaga qadar tuproqqa qorilgan oyoqlarimga yalt etib qarayman va darrov birin-ketin ikki oyog‘imni ariqdagi muzday suvda shapillatib chayaman-da, kalishlarni kiyib olaman. — Sag‘al katta-ku? — deyman sevinganimdan entikib. — Kiyaver, o‘g‘lim, mahsi bilan juda loyiq keladi, — javob beradi otam yumshoq tovush bilan. Otilib hovliga kiraman-da, oshxonaga, osh damlayotgan onam oldiga yuguraman: — Oyi, oyi, buni qarang, yaxshimi? Ertaga so‘fi buvamga chiqib,— deyman oyog‘imdagi kalishlarni ko‘rsatib, — mahsi olaman. — Buyursin!.. Ajabmi!.. — deydi oyim kalish- larga qarab. Ayvonda dadam kulib, nimalarnidir bobomga gapiradi. Dadamning bugun kayfi chog‘. — Qarib qoldim, mazam yo‘q, madorim yo‘q... Umr tugayapti... — deydi bobom xo‘rsinib. — Baquvvatsiz, ota, rangingiz yaxshi, — deydi dadam muloyim tovush bilan. — E-e. Kuch ketdi, quvvat ketdi, bolam! — deydi bobom so‘zlarni bir-bir chertib. — Ha, shunday, putur ketdi endi. Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a namozga borib kelaman, xolos! Saksonga kirdimu, o‘tirib qoldim, o‘g‘lim. Tez-tez kelib tur... Uqdingmi? — Tirikchilik-da, qanday qilay ota? — deydi dadam parishon holda. — Na ostimdagi otim tina- di, na o‘zim... Hali dashtga, chorshanba bozorga, hali Sharobxonaga, hali Turbatga... 0 ’zim ham jon deb tez-tez kelib turardim-u, ilojim yo‘q. Qarzlarim ko‘p, mana bugun ham nasiyaga mol oldim, — deydi otam yerga qarab. Bobom xayolga botib uzoq jim o‘tirgandan keyin, namozga otlanadi. Ertasi qorong‘ida, baquvvat yo‘rg ’a otiga minib, dadam jo‘nab ketadi * * * Azonda uyg‘onaman. Hamma yoq oppoq qor. Pag‘a-pag‘a mayin qor osmondan quyilib turardi, shamolning sekin, bo‘g‘iq guvillashi eshitiladi. Qar- g‘alar «qag‘, qag‘, qag‘» deb, qor o‘yinini boshlab yuborgan. Ular hali qanotlarini keng yoyib uchadi, hali shod va mag‘rur chayqalib, yumshoq qor ustida yuradi. Ba’zilari so‘ngak g‘ajib, talashadi. Oyim va buvim yalang oyoqlarga kavush kiy- gan, g‘arch-g‘urch qor bosib, sovuqdan qaltiragan holda nam atlarni, ko‘rpachalarni uyga, hovli yuzidagi temir-tersaklarni oshxonaga tashib, ham- mayoqni saranjom-sarishta qilishmoqda. Boshimni yostiqdan bir uzib, hovlini tomosha qilaman. Tomni, hovlini, daraxtlarni oppoq qor burkagan. Sevinib ketaman. Ayvon labida momiq- day qor. Qo‘llarimni uzatib, hovuchlayman. Qor nafasi yuzlarimga yana yaqinroq uriladi. Qor sovug‘i qo‘llarimni va yonoqlarimni, peshonamni va burun uchini yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuladi... Buvim shart-shart qilib, ayvonning faqat yarmisiga pana bo‘lib turgan chodirni qoqadi: — Tur endi! Yotasanmi cho‘zilib! Qorni ko‘ryap- sanmi, biram chiroyli yog‘yapti, — deydi yonimga kelib. Uning ko‘zlari sovuqdan yoshlangan, burushiq yuzlarida tabassum... Osmondan qorning quyilishini, daraxtlarning momiqday qor ko‘mgan nozik novdalarini uzoq tomosha qilib yotaman. Buvim joynamoz ustida tasbeh o‘girib o‘tiribdi, ammo burushiq yuzidagi ko‘tarinki ruh uning ham xayolxonasida uzoq umrining hayajonli xotiralari mavj urganini ko‘rsatar edi. Nihoyat erinibgina o‘rnimdan turaman. Nari- beri paxtalik to‘nni kiyaman-da, choy ichmasdan ko‘chaga yuguraman. Hammayoq jim jit. Asta amakimning eshigidan qarayman. Qodir keng hovlida qor o‘ynab, qandaydir bir ashulani g‘ing‘illab yuribdi. Shu tobda manzildan bobom qaytib qoladi. U sovuqdan qaltirab, hassasini arang ushlab kelardi. Bobomga ergashaman. Bobom hovliga kiradi-da, ayvondagi issiq jazillab turgan tanchaga suqiladi. — 0 ’tir, kun sovuq, tanchaga kir! — deydi bobom. Oyoqlarimni tanchaga tiqib, bobomning pinjiga kiraman-da, ashula boshlayman: Qorda qarg‘a cho‘mildi, Ikki ko‘zi yumildi, Buvim ning qo‘lidagi Kosov bilan quvildi. M inishga ulov bo‘lsa, Qish keldi, olov bo‘lsa! Qor qalin, sovuq qattiq! Sergo‘sht yog‘liq palov bo‘lsa. Oyim shaqillab qaynab turgan samovarni olib keladi. Gangur-gangur bilan choy icha boshlaymiz. Dasturxonda har kungi non, faqat non. Yog‘ ham yo‘q, sut ham yo‘q. Sigirni allaqachon sotib yubor- ganmiz. Qand ham yo‘q, turshak ham yo‘q. «Hech bo‘lmaganda jiyda bo‘lsa-chi», deb o‘ylayman ichimda, ammo indamayman. Isa bilan Karom opam nari-beri non chaynab, bir piyoladan choy ichishadida, jildlarini bo‘yinga osib, maktabga yugurishadi. Men ham ularga ergashib ko‘chaga chopaman. Bir gala bola qor to‘zitib o‘ynamoqda. Men ham qo‘shilib ketaman. Muzday qorni ho- vuchlarimizda yumaloqlab, bir-birimizga otamiz. Dam urishib, dam yarashib, to‘yguncha, charcha- guncha o‘ynaymiz. Qorning ertalabki shiddatli yog‘ishi to‘xtagan, faqat yengilgina uchqunlamoq- da. Quyosh bulutlar ostidan goho bir lahza chiqib qolsa, daraxt novdalariga chiroyli yastangan qor uchqunlanib ketadi. 0 ’yindan zerikkandan keyin, bolalar hammamiz katta ko‘chaga, guzarga tushamiz. Guzarda qator, o‘tirib, qo‘ng‘iroqlarini jaranglatib o‘tgan kon- kalarni uning hansirab chopgan otlarini tomosha qilamiz. Guzarda odam qalin, yalangoyoq, yupun kiyingan, qaltiragan odamlar ko‘p. Baqqollar sovuqdan qaltirab, oyoqlarini zig‘irday tanchaga tiqib, sabzi to‘g‘rab o‘tirishadi. Boyvachchalar bo‘lsa otda, izvoshda taltayib o‘tadi. Tomlarda qor kuraganlar ko‘p. Hazillashib, to‘satdan bolalarning boshiga tomdan kimdir qor tashlab yuboradi. Bizning yelkamizda, boshlarimiz- da qor, tomdagi yigitlarni hazillashib so‘kamiz. Ba’zan shovqin ko‘tarib, gaplashib qo‘yamiz: — Ha, men yaqinda dadam bilan konkaga tush- ganman. Maza qilib uzoqqa, gorodga borganmiz... Yana dadam bilan tusham iz. Otlari judayam chopqir, — deydi bir bola. — Men konkaga sira tushgan emasman, pulimiz yo‘q... — deydi yana bir bola. To‘satdan qorovul kelib qoladi. — Xo‘sh, nima qilib turnaqator terilib o‘tirib- sanlar?! — baqiradi ko‘zlarini xunuk olaytirib. Men yuvosh tovush bilan javob beraman: — Amaki, qor yaxshi, tomosha qilib o‘tiribmiz. U g‘oyat badjahl, ko‘rimsizgina, xunuk, uzun mo‘ylovli, ko‘zlari ola-kula, tishlari so‘yloq, ban- ginamo kishi. Biz juda qo‘rqamiz undan. Mahallada kichik bir hujrada yolg‘iz yashaydi. Qo‘lidagi tayoqni ko‘tarib, po‘pisa qiladi: — Haromilar! Hayda, jo‘nalaring! Hozir hush- takni chalib yuboramanki... Bolalar, hammamiz duv etib qochamiz, bo‘shgi- na bir bola odatdagidek, qorovulning qo‘liga tusha- di-yu, ho‘ngrab yig‘lab yuboradi. Quyosh bulutlardan allaqachon chiqib olgan. Tom bo‘g‘otlaridan, tarnovlardan chak-chak suv tomadi. Tomlar tutashib ketgan, hammasi bo‘g‘ot. Onda-sonda tunuka tom ko‘rinadi, bu albatta boyning ichkari-tashqari hovlisi, deyavering. Bizning uyda Isadan boshqa qor kuraydigan odam yo‘q. Bobom hassada, keksa, men boTsam kichkina. Maktabdan qaytgandan so‘ng Isa tomga chiqadi, erigan qorni zo‘rg‘a-zo‘rg‘a hovliga tash- laydi. Har tashlaganda bir «uh!» deb qo‘yadi. Men bir belni surgab, narvonga chiqaman. Oppoq qor bosgan togTar yaqin ko‘rinadi. — E-e! Qo‘y! Belni tashla! — qichqiradi tomdan Isa. — Qo‘shnilardan so‘rasam bittasiyam kuragini bermaydi, hammasi, o‘zimizga kerak, deydi, — deyman noxush tovush bilan, belni yerga otaman-da, burnimdan kelgan suvni yenglarim bilan artaman. — Tush pastga, falokat yomon boTadi-ya, tush, tom juda sirg‘anchiq! — deydi Isa tomdan turib. Narvondan asta, istamasdangina tushaman-da, ko‘chada biroz aylangandan keyin Toji buvimniki- ga chiqaman. 0 ’spirin o‘g‘li Mo‘min qorni kurab, narvondan tushib kelmoqda. — Ha, og‘ayni, keling-keling, bir cho‘pchak topib qo‘ydim, — deydi Mo‘min kulib. — E-e, cho‘pchak kechasi yarashadi, — deyman Mo‘minga. — BoTmasa, sen ayt, biz eshitamiz. Ermak-da, tanchada o‘tirib maza qilib eshitamiz, — deydi Mo‘- min kurakni qordan tozalab, ayvonning devoriga suyab qo‘yadi, kaftlarini ishqalab, tanchaga tiqiladi. — Xo‘bam qor tushdi-ya, bug‘doyga baraka! — deydi menga joy ko‘rsatib va yonidan ko‘rpaning bir chetini ko‘taradi imlab. Issiq tanchaga suqilaman. Toji buvim, semiz, baquvvat kampir tanchaga boshini tiqib, kichkina kurakcha bilan olovni ochadi. Tancha bozillab ketadi. — Cho‘pchakni kechasi aytaman, — deyman Mo‘minga qarab. Shu payt uydan Mo‘minning akasi Turob akam chiqib qoladi. U qop-qora, boshi katta, kiyim-boshi tuzukkina, o‘n to‘qqiz-yigirmalarda, eslikkina yigit. — E-e, bilmaysiz siz, bu xumparning dardi tu rshak, — deydi iljayib. — Lekin shart shuki, xufton boTmasa ham cho‘pchakni aytasiz, keyin turshak sizniki. Men sevinib ketaman va darrov ko‘naman. Bular bog‘dor. Kuzda bog‘dan turshak, mayiz, shinni ortib-tortib kelishadi. Turshaklari moTu, ammo eti danagiga yopishgan, bemaza turshak. Shunday bo‘lsa-da, turshak yeyman deb Toji buvimnikiga tez-tez chiqib turaman. — Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kambag‘al yigit bor ekan... — Uzundan uzoq, qiziq, hamma eshitib kuladigan bir yaxshi cho‘pchakni aytaman. Hammalari qotib-qotib kulishadi, men burnimdan bugun ko‘proq oqib turgan suvni tez-tez yengim bilan artib qo‘yaman. — Qani endi cho‘zing turshakni, — deyman cho‘pchakni tamomlagach Turob akaga qarab. — Shoshma, yana bir g‘alati qiziq, cho‘pcha- ging bor-ku, o‘shani aytsang ikki hovuch turshak beraman, — deydi Mo‘min. — Yo‘g‘-e, unisi esimdan chiqib ketgan, bering turshakni, — deyman. Toji buvim kulib deydi: — Qolganini kechqurun aytadi, va’da shu, — va semiz gavdasini bazo‘r ko‘tarib, o‘rnidan turadi, hujradan burushgan, toshday qattiq bir hovuch turshakni olib chiqadi-da, telpagimga to‘kadi. Kalishlarimni oyog‘imga nari-beri ilib, ura qochaman. Shu paytda mahallada qandaydir ur-sur, janjal, to‘polon boshlanib ketadi. Bunday janjallar bizning mahallada tez-tez bo‘lib turar edi. Bizning tor, tiqilinch xonadonlar bir-biriga siqilgan mahallada har bir oilaning ahvoli, g‘am-g‘ussasi hammamizga ma’lum. Turmush qurg‘ur nihoyatda og‘ir. Har kun deyarli hammaning qozonida yovg‘on xo‘rda, qora sho‘rva, ahyon-ahyonda yarim qadoq go‘sht bilan palov damlansa — uyda to‘y his qilasiz... Hammaning ahvoli tang, ojizlik, g‘ariblik , qashoq- lik har bir xonadon, har bir oilaga og‘ir cho‘kkan... Mana, bizning yon qo‘shnimizda shovqin ko‘ta- rildi. G‘affor aka janjalning boshi. Uning yuzi xo‘- rozday qip-qizil, ko‘zlari ayyorgina. To‘rva soqoli moshkichiri, keng yag‘rinli, o‘rta bo‘yli kishi. Yoz- da saharlab, qorong‘ida bozorga jo‘naydi, mardikor- chilik qiladi. Qishda u supurgichi. Togk-tog‘ supurgini tayyorlab, uzoq kechalari mijja qoqmay zo‘r hafsala bilan bog‘lab, peshindan so‘ng supurgini keng yelkasiga ortib, bozorga ketadi. Shu yo‘sin katta oilasini bir amallab boqadi. Mahallamizda birov bo‘zchi, birov mahsido‘z, birov baqqol... Har bir oilaning o‘ziga yarasha tirikchiligi, bitmas- tuganmas, qiyinchiligi, g‘am-hasrati bor... G‘affor akaning xotini Rohat kelin oyi oppoq- qina, ko‘zlari o‘ynoqi, isimlikkina juvon. U hozir ho‘ng-ho‘ng yig‘lab, nimalarnidir kuyunib gapir- moqda. — E, haromi, bas deyman senga, shallaqi! Xo‘rdani ming shukur deb ichib o‘tiraver! — vag‘illaydi. G‘affor aka. — Palovjonni men ham xo‘p bilaman, lekin qani daromad?! 0 ’zim bo‘lsa, yozda mardikor, qishda supurgichi! Bilasan-ku, buni, chulchit?! Xotini eridan baland kelib baqiradi: — Ha, bilaman, toshdan qattiqligingni bilaman! Pul deganda joningni berasan. Ha desa — qanoat, ha desa — qanoat! 0 ’lib ketsin, qanoat bundan ortiq bo‘ladimi?! Qachondan beri qora qozon o‘lgur palov ko‘rmadi! Shu bugun kuni bilan ko‘z tutdim, go‘sht-yog‘ ko‘tarib kelarmikan deb, bolalarga bir siqim palov qilib beramanmi deb, yer yutgur imon- siz!.. Bolalar chuvvos, G‘affor aka so‘kib vag‘illaydi. Qo‘shnilarning, ayniqsa, erkaklarning bu janjal- ga ishi yo‘q, beparvo. Har kungi mashmasha, hamma o‘rganib qolgan. — 0 ’zlari tinib qolar, — deydi buvim qo‘lini si 1 tab. Ammo er-u xotin janjali tinmaydi, borgan sari avj oladi. Rohat kelin oyi bizning hovliga yon- dosh omonat devorga minib oladi-da, qo‘lini paxsa qilib qichqira boshlaydi. — Rohat, hoy Rohat, bo‘ldi, bas! Bu nima degan narsa, uyat-ku axir, nomus qil! — yalinadi onam. — Voy-voey, aylanay sizdan, o‘ldim-ku, axir! Ko‘rdingizmi u to‘rva soqol o‘lgurning og‘zidan chiqayotgan gaplarni?! — deydi Rohat kelin oyi. Ayvondan buvim cholga gapiradi: — Uyat bo‘ladi, G‘afforjon! Tinchgina o‘tirish kerak. Hammamiz faqirmiz, hammamiz kamba- g‘almiz, olloga sig‘inaylik! Sen ham Rohat, bas qil, vaysama! Bolalaring katta bo‘lsin, yorug‘likka chiqib qolarsan, sabr qil! — Sabr ham o‘lsin, ilohim! — deydi Rohat kelin oyi va yig‘lab axir devordan tushib ketadi. G‘affor aka yana biroz urushib, so‘kib, xullas, keyin nafasi o‘chadi. * * * Qahraton qish... Izg‘irin, shamol... G‘arch- g‘urch qalin qor... Quyosh goh-goh bir ko‘rinib qo‘yadi. Biz ayvondan uyga ko‘chib olganmiz. Kabutarlar, chumchuqlar va musichalar patlarini hurpaytirib, sovuqdan titrab och, parishon tenti- raydi. Ularga achinaman-da, maydalab, hovuch- hovuch nonni to‘kaman. Ba’zan tunda sovuqdan qotib o‘lgan bir chumchuqni yoki musichani buvim avaylab devorning tagiga ko‘mib qo‘yadi. Bizda tinim yo‘q, j inday qor o‘ynab, danak o‘ynab, yoqalashib, yarashib, kun o‘tkazamiz. Qop- qora, qalin bulutlar orasidan mo‘ralagan quyosh sira isitmaydi. Shunday sovuq kunlarning birida hammamiz yig‘ilib hovuz ustida, muzda to‘polon bilan sirg‘anar edik. Qo‘qqisdan muz ustidagi teshik- ka — huqqiga bir bola tushib ketadi. Bolalar qichqirib, chuvvos ko‘taramiz. Yetti-sakkiz yosh- larda, pishiqqina bola edi. Atrofda kattalardan hech kim yo‘q. Shovqin-suronimizni haytovur eshitgan shekilli, Lavang Maxsum kelib qoladi (U juda lavang bo‘lganidan, biz uni shunday deb ataymiz). — Nima gap o‘zi? — deydi ko‘zlarini ola-kula qilib. — Bola cho‘kib ketdi! — deymiz hammamiz bir og‘izdan. Lavang Maxsum indamaydi, chaqqonlik bilan choponini yechib irg‘itadi-da huqqidan hovuzga o‘zini tashlaydi. Hovuzning tor teshigidan pastga sho‘ng‘ib ketadi. Hammamiz jim, nafasimiz to‘xta- ganday, ko‘zlarimizni teshikdan uzmay turibmiz. Birdan Lavang Maxsum bolani suvdan tashqariga, muz ustiga irg‘itib yuboradi-da, o‘zi dir-dir qaltirab hovuzdan chiqadi va darrov choponiga o‘ralib oladi. Kattaroq bolalar bolani ko‘tarib hovuz chetiga yotqizadilar. — Tirik! Tirik!.. — qichqirishadi bolalar. Birpasda odam yig‘ilib qoladi. Bir yigit darrov bolani ko‘tarib, bir-ikki silkitadi. Og‘zidan laq-laq suv keladi. Bola ko‘zini sekin ochib, atrofga qaraydi. — Ishqala, oyoq-qo‘lini ishqala! — deydi bir chol haligi yigitga. — Tirik, odam bo‘ladi. Onasiga olib boringlar, tezroq, tanchaga tiqib isitsin, — deydi bolaning ko‘kragini silab. Yigitlardan biri, bolani qo‘liga ko‘ndalang ko‘tarib oladi. QoTlarini orqasiga qo‘yib bukchayib kelayotgan bir chol bizlarga do‘q qilib deydi: — Hey, bolalar, chiroqlarim, bu hovuz jahan- namday chuqur... Ehtiyot bo‘linglar. 0 ’ynayman desanglar, ana, qor ko‘p, — qo‘lini ko‘tarib, hovuz yonidagi maydonga ishorat qiladi. — Bolalarim, ana keng maydon, yaxmalak otinglar, qor 0’ynanglar, qorbobo yasanglar, lekin zinhor hovuzga yaqin yurmanglar. — Otam to‘g‘ri aytyapti. Hovuz chuqur. Tushib ketsak oTamiz xuddi. Yozda mumkin, maza qilib cho‘milamiz, — deydi bir bola. Hammamiz duv etib, bolaning ketidan ergashamiz. * * * Bobom kichkina, zax, qorong‘i hujrasida o‘tirib- di. Omonatgina, eshigi kichkina, sovuq hujra. Bobom yelkasiga qalin paxtalik choponini tashla- gan, boshiga eski kir telpagini bostirib kiygan. Qoshlari o‘siq, soqoli uzun, tishlari yo‘q. Allaqanday chuqur xayol og‘ushida, boshini quyi solib, jim o‘tiribdi. Oyog‘im bilan asta eshikni itaraman, bobomga moshxo‘rda olib kiraman. — Moshxo‘rda... Qaynoqqina oling, buva, — deyman kosani uzatib va tanchaga tiqilaman. Bobom g‘ivirlab, ko‘rpacha tagidan bir narsa oladida, menga uzatadi: — Ma, ol! Lekin buving bilmasin, uqdingmi? — deydi yuzlariga tabassum yoyilib. Bobomning qoTidan bir hovuch popuk va qand olaman. Sevinganimdan entikib ketaman. Bobom ham mamnun holda boshini asta qimirlatib deydi: — Kalitni topib, sandiqni sekin ochdim-da, shu popuklarni senga deb oldim. Lekin zinhor buving bila ko‘rmasin. Kampir ziqna... — deydi yog‘och qoshiq bilan moshxo‘rdani shopirib. Buvim uyda yo‘q. Labzakka, ammamnikiga ketgan. Pochcham doim bosh og‘riq, echki so‘yib ko‘chiriq va xudoyi qilamiz, deb kecha buvimni olib ketishgan. Bobom sekin-sekin non kavshab, moshxo‘rdani ichadi. Men boTsam popuklarni, qandni qurs-qurs chaynayman. Bobom oshni ichib tugatadi, bir-ikki kekiradi, birdan hiqichoq tutadi. Hiqichog‘i bosilishini kuta- man. — Buva, gapiring o‘tgan zamonlardan, — yalinaman qandni chaynab. — 0 ’g‘lim, tek o‘tir, cho‘pchaklar esimdan chiqib ketdi, ko‘p bilardim, — deydi buvam soqol- larini silab. — Ayting, jon buva, bilamiz, sizda juda cho‘pchak ko‘p, — deyman xiralik qilib. — Huvari o‘lmagur, qarib qoldim, bilganlarim hammasi yoddan ko‘tarildi-ketdi. Yoshligimda uzun-uzun cho‘pchaklarni ko‘p bilardim, hammasini unutdim. Aql-farosatdan ajrayapman. Cho‘t qoqib, hisob-kitobni birpasda boplardim, — deydi bobom yo‘talib. Uzoq sukut etadi bobom, balki o‘ylab-o‘ylab, yodiga tushirar. «0’ho‘, o‘ho‘», deb yana qattiqroq yo‘talib oladida, sekin so‘zlarni bitta-bitta salmoq- lab gapiradi: — Qani, yaxshilab quloq sol! Senga bir alia aytay. Esimdan chiqib ketganu, lekin esda qolganini aytaman, — deydi bobom va ohangga solib ayta boshlaydi: Tizza bo‘yi qor ko‘cha, Bu kecha oydin kecha. Qo‘shni qizga to‘y keldi, Dumbasi katta qo‘y keldi. O‘choqlar ham o‘yildi, Kelgan qo‘ylar so‘yildi. Oshni yog‘siz, demanglar, Bo‘rdoqi qo‘y so‘yilgan. Uyni sovuq demanglar, O‘t qalatib qo‘yilgan. Kampirlar qoldi ayvonda, Betin sovuq olmasin. Choy qaynating qumg‘onda, Tag‘in shovqin solmasin. Qizlar marjon taqishdi, O‘rtaga o‘t yoqishdi. Qizlar boshladi o‘yinni, Q izitdilar to‘yini. Yor-yor o‘yin boshlandi, Qancha ko‘zlar yoshlandi. Men qiziqib, maroq bilan tinglayman. — Sob bo‘ldi, o‘g‘il! — deydi bobom kulib. Men mahliyo bo‘lib qotib qolaman. — Allangiz yaxshi ekan, yana ayting! — yalinaman bobomga. — Esda qolmagan, butunlay hammasini unut- ganman, — deydi-da, bobom yana o‘ylanib qoladi va bir ondan so‘ng davom etadi: — Ertagiyo erta- gi, echkilarning bo‘rtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, o‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg‘a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul; ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor. Kunlarning birida Tulki ketayotgan edi, bir tovus dumini setora-setora qilib kelaverdi. Shunda Tulki aytdiki: «Ey, Tovus, ajab-ajab o‘yinlaring bor ekan, bir yaxshilab o‘ynab bergin». Tovus dumini setora-setora qilib, o‘yinga tushaverdi. Tulkining qorni och edi, o‘ynab turgani paytida uni ushlab oldi. Bir vaqt Tovus qarasa, Tulkining avzoyi buzuq, uni yemoqchi boTib turipti. Tovus: «Ey, Tulki, nima qilyapsan?» dedi. Tulki aytdi: «Mening qornim och edi, seni yegim kelib qoldi». Tovus: «Xo‘p mayli, meni yegin, lekin ko‘z oldim- da bir fotiha o‘qib yesang, hech armonim qolmas edi», dedi. Shunda Tulki pichir-pichir qilib qoTini ko‘tardi: «Omin ollohu akbar», degan edi, Tovus Tulkining oldidan «var» etib uchdi-ketdi... BoTdi! Tamom! Qarilik oTgur yomon ekan. Darmonim yo‘q, uyqu bosgani bosgan... — Biroz sukut etadida, keyin boshini chayqab deydi: — Lekin jahonni xo‘p kezdik. Tuya minib sahrolarda xo‘p yurdik... — Buva, ayting, yana ayting! Qo‘shiqni juda yaxshi ko‘raman, — deyman bobomning soqollari- ni silab. — Bas, o‘gTim! Esimga tushsa erta-perta aytib beraman, — deydi bobom qurishiq qoTlari bilan peshonamni silab. — Xo‘p, buva, ertaga, — deyman bobomning fikr toTa ko‘zlariga tikilib, tizzasini quchoqlay- man. Bobom asta ko‘zlarini yumadi-da, allaqanday uzoq bir xayolga ketadi. * * * Bahor keladi. Birin-ketin o‘riklar, shaftolilar, olcha-olxo‘rlilar, bahor ishqi bilan bovar, xilma-xil nafis gullarga tantana ila burkanmoqda. Daraxtlarning bunday fusunkor gullari, ko‘m-ko‘k mayin yaproqlari ruhlarni ko‘taradi, zavqlarni chayqaydi. Bahor shamoli bizlarga hamqur. Bizlar hammamiz tomda. Hammamiz varakka yopishganmiz. G‘ir-g‘ir shamol. Tomda maysalar ko‘rkam. Ayniqsa, hammamizning dardimiz, havasimiz «quroq»da. Quroq baquvvat, rangdor qog‘ozlardan quralib yasalgan zo‘r, katta varrak. Shunday quroqlar boTadiki, bolalar fanor yoqib uchiradilar. Mahkam bilan Mo‘min quroqning ustasi. Tun qorong‘ilarida fanorlari yulduzday chaqnagan quroqlar vang‘illab turadi. Men ham bolalarga ergashib, havas bilan urina-urina kichik bir o‘rgamchik varrak yasayman. Tomning u boshidan bu boshiga yugurib uchira boshlayman. Havo yoqimli. G‘ir-g‘ir mayin bahor shamoli... Qo‘yosh osmonda ulug‘vor kezadi... Tomlarda, ayniqsa, o‘tgan kuz suvoqdan qolgan eski tomlarda, turli mayin o‘tlar, har xil gullar ko‘p. Endi bizning o‘yin sahnimiz — tom. Tomdan tomga oshib, varrak uchiramiz. Varrakdan zerikib, tomdan ko‘chaga o‘zimni tappa tashlayman. Bobom boshini egib, o‘ychan holda, oftobda maza qilib o‘tiribdi. Mahallamizda bir vaqtlar bo‘zchilar ko‘p bo‘lgan. Hozir ular uncha-muncha shohi to‘qishga boshlaganlar. Tor ko‘chada tandani bar yoqlama tortib, yoyib tash- lashibdi. Tanda murakkab narsa. Chollar tanda yoyganda men nari siljimayman. To‘quvchilar tanda qurganda bobom chetda devorga suyanib, oftobda ular bilan suhbat qilishni sevadi. Bobom cho‘chib ketadi. — Huvari, tomdan tashlading-a! — deydi ranji- gan holda. Men kulib, pinjiga tiqilaman. Bobom bir qoTi bilan meni quchib, suhbatini davom ettiradi. — Ermat, chirog‘im, shogirding ketib qoldimi? Kamgap, indamas, mo‘mingina yigit edi. Gapir! — Ha, ketdi. Farg‘onaga ketdi. Gazlama ko‘paydi-yu, ishimiz kasod bo‘ldi. Shoyi to‘quvchi- lar juda oz qoldi, onda-sonda... Yaqinda men ham ishni yig‘ishtiraman shekilli. Xarajatni ko‘tarmay- di, axir. — Novcha, elliklarga kirgan ko‘sa kishi tandani tortib, sekin gapiradi. — Odamlarning barisi avval bo‘z kiyardi. Ayollar, qizlar hammasining kiyishi bo‘z edi. Chit chiqdi-yu, bo‘zchining ishi rasvo boTdi, gaping to‘g‘ri. Fabrikantlar xo‘p pulga botdi. Yangi-yangi tovarlar, duxobalar, movutlar, shoyilar, ishqilib, alvon-alvon narsalar chiqdi. Zamon xo‘p o‘zgardi. Lekin o‘gTim, zamon yomon. Zulm-vahshat oshib ketyapti. Adolat, to‘g‘rilik butunlay bitdi. Yolg‘iz olloning o‘ziga sig‘inaylik, inim! — deydi bobom to‘quvchiga. — To‘g‘ri, otaxon, to‘g‘ri aytganlaringiz. Be- choralar, qashshoqlar zor-u, to‘qlar boTsa aysh-u ishratda. Bobom xomush holda astagina soqolini tutamlab bo‘zchiga gapiradi: — Sabr qil, murodingga yetasan, o‘gTim. Lekin senga maslahatim shuki, tashla bo‘zchi- likni. Hunar ko‘p, zamonga monand boshqa birorta hunarni tut. Inshoollo, omad kelib qo- lar, — deydi kulib. Bo‘zchi jilmayib qo‘yadi-da, tandasini tor- taveradi. Bobom ham bo‘zchilikni yaxshi biladi. Yigitga yetmish turli hunar ham oz, deb otasi Hasanboy o‘rgatgan ekan yoshligida. Men bobomning qo‘llaridan surgab yalinaman: — Yuring, bobo, guzarga tushamiz! — Tentak-ey, yur-yur... — deydi-da, qiynalibgi- na o‘rnidan turadi. Yetaklashib guzarga jo‘naymiz. * * * Bobom tobi qochib, kasalmand bo‘lib surgalib yuradi-da, birvarakay yotib qoladi. Endi u ayvon- dan siljimaydi. Ba’zan qaddini bazo‘r ko‘tarib, yos- tiqqa suyanib oftobda o‘tiradi. — Tosh kelsa boTardi. Mazam yo‘q, uyqu bosa- di meni, bu oTimning daragi, kunim bitganga o‘xshaydi... — deydi bobom har kun buvimga. Qo‘qqisdan otam kelib qoladi. Bobom xastaligi- dan shikoyat qilar ekan, otam uni ovutib: — Qo‘rqmang, yaxshisiz, ota, rangingiz yaxshi, hali uzoq yashaysiz... — deydi kulib. Ammo otam ichdan xafa. Ammam boTsa hamma bola-chaqalarini boshlab kelgan. Ko‘zining yoshi tinmaydi. — YigTama, qo‘y, qizim. OTim otadan meros... — deydi bobom. Esimda, goho bobom ammamning qizini va singlim Shafoatni (bular chaqaloq) titroq qoTlariga olib: — Onion boTishsin! Ilohim omon boTishsin, mingga kirsinlar! — derdi qayta-qayta o‘pib, keyin onalariga uzatar edi. Men bobomning soqollarini ushlab, yuzlarini silab yonida o‘tiraman. — 0 ’yna, o‘yna, bolam, o‘tiraverma, bor o‘rtoq- laringnikiga chiq, — deydi bobom sekin orqamni qoqib. Bobom uch kunmi, to‘rt kunmi shunday yotdi- da, to‘satdan o‘lib qoldi. Men ko‘chada edim. U’yimizdan yig‘i chiqadi. Chopib kirsam otam, buvim, onam, ammam bobomning boshida yig‘lab o‘tirishibdi. Otam ko‘zlarini ro‘molchasi bilan artib, menga qaraydi. — Yugur tezroq, Karomat opangni maktabdan chaqirib kel! — deydi-da, o‘zi ham shoshib mahal- laga chiqib ketadi. Darrov bobomning boshiga amakim, Toji buvim va yaqin qarindoshlar yig‘ilib qolishadi. Men machit tomon yuguraman. Machitning oldida otin bibimizning hovlisi. U, baquvvat kampir, mahal- lamizning qizlariga saboq beradi. Darvozadan keng hovliga chopib kiraman, Karomat opamning oldiga borib, shivirlayman: — 0 ’ldi... buvam o‘lib qoldi... Tez yuring! Karomat opam oqarib ketadi, bir on qotib turadi-da, keyin ho‘ngrab yig‘lab yuboradi. Otin bibi pichirlab, ikki qo‘lini yuziga suradi, keyin Karomat opamga nimadir deydi. Karomat opam titroq qo‘llari bilan kitoblarini shoshib jildiga sola- di va jim uyga yuguramiz. Mahalla, qo‘ni-qo‘shni, qarindoshlar, hammasi bizning uyga yig‘ilgan. Peshin vaqtida bobomni qabristonga olib ketadilar. Beshyog‘ochga, Bo‘rjar tomonga qarab uzoq yuramiz. Kamzul ustidan belimga belbog‘ bog‘lashgan, boshimda eskigina do‘ppi, oyoqyalangman. Qoqilib-suqilib, yig‘lab boraman... Quyoshning issig‘i avjida, havo dim. Tashnaligimdan tomog‘im qaqragan. Beshyog‘och- da, katta anhor oldida to‘xtab, suv ichaman. Qabristonga yetamiz. Bobomni ko‘mayotganlarida engashib, qabr ichiga qarayman. Dahshat! Amakim urishib, chetga haydaydi meni. Shunday qilib, bobomni qabrga qo‘yadilar. Keyin qarigina bir qori Qur’on o‘qib yuboradi. Hamma sukutda. Suv quy- gandek jim jit. «Boyoqish bobom shu chuqur, qorong‘i go‘rda qoladimi? Hozir Munkar-Nakir kirsa-уa!» deb o‘ylayman ichimda. Meni titroq bosib ketadi. Katta qabriston og‘ir sukutda. Bu yer butunlay boshqa bir dunyoday ko‘rinadi menga. Dahshat, dahshat! Odamlar hammasi birdan qo‘l- larini yuzlariga silab, fotiha o‘qiydilar. Tez yurib, hammamiz qabristondan chiqib ketamiz. Bizlarni qarshilaganda oyim, ammam, Karomat opam juda qattiq yigTaydilar. Buvim jim, xomush o‘tiradi. Goho ko‘zlaridan bir ikki tomchi yosh dumalaydi. Oqshom qorong‘isi tushmasdan ilgari buvim uyning burchagiga sham yoqib qo‘yadi, bobomga bag‘ishlab Qur’on o‘qiydi. Karomat opam, Isa — hammasi birin-sirin uyga kirib, Qur’on o‘qib chiqishadi. Men uyda yolg‘iz o‘tirib qolaman. Bobom o‘rgatgan qandaydir bir oyatni shivirlab o‘qiyman. His bilan, ko‘ngil bilan yigTab o‘qiy- man. Yuragim qonga toTganday boTadi, ho‘ngrab yigTab yuboraman. Hislarim toshib ketadi. Bobomning har bir so‘zini, gaplarini yodlayman. Qalbim ham shu uyday bo‘sh va qorongT. Uzoq vaqt jim o‘tiraman. Ohista yurib onam kiradi. — QorongTda nima qilib o‘tiribsan?! Yomon boTadi-ya! Yur! — deydi titroq tovush bilan. QoTimdan yetaklab, ayvonga olib chiqadi. * * * Ertalab vaqtlik turaman-da, shoshilib tezgina kiyinaman. Kuz fasli. Daraxtlar mash’alday. Ariqlardagi suvlar shishaday tiniq. Havoda yengil tuman. Atir gullar, ko‘rkam karnay gullar, xil-xil gulbeor kuzning birinchi izg‘irinlarini pisand qilmaydi. Ariq bo‘yida shoshilib yuz-qoTimni yuvar ekan- man, qoTida choynak bilan onam qarshimda to‘xtaydi. — Vaqtlik turibsan-ku, yotar eding uxlab, — deydi kulib. — Samovar qaynadi. 0 ’tirib choy ich. Toza ko‘ynagingni beraman, trinka kamzulingni kiygin, basavlat bo‘lasan. Domlang pokizalikni yaxshi ko‘radi. Onam o‘zi meni kiyintirib, o‘zi tikkan yangi do‘ppini mehr bilan boshimga qo‘ndiradi. Shoshilib, sabrsizlik bilan, nari-beri choy ichaman. Onam boyoqish o‘zi chiroyli qilib yo‘ngan yangi taxtani qo‘limga tutqazadi. — Ko‘r, yaxshimi? Domlang alifbeni yozadi taxtaga, — deydi onam va boshimdan oyog‘imga qadar mehr bilan sinchiklab qaraydi. — Darrov o‘qiyman, birpasda yodlab olaman sabog‘imni, — deyman shodlikdan entikkan holda taxtani mahkam quchib. Onam bir so‘lkavoy pul va kattakon dasturxon- ga yumshoq yog‘li kulchalarni tugib oladi. Qo‘l- tig‘imda taxta, onamning oldiga tushib yuguraman. Bobomnikiga ketamiz. Bobom har kun saharlab ishga tushadi. Xalfa- lar, shogirdlar, har ikkala tog‘am ish bilan band. — Assalom! — deydi paranjida, bo‘sag‘a oldida to‘xtab onam. Dasturxonga tugilgan kulchalarni, pulni bobomga uzatadi. — Buvasi, Musavoyni mak- tabga olib boring. Bobomning burishiq yuzi ruhlanib ketadi, ko‘zlarida tabassum bilan: — Barakalla! 0 ’qisin, o‘qisin, mulla bo‘lsin! Hamamamiz savodsiz, omimiz... Balli, o‘qisin! 0 ’qigan odam bilgich bo‘ladi, olim bo‘ladi, o‘qima- ganlarning ko‘kragi ko‘r... — deydi-da, shoshilib ishini yig‘ishtiradi. Tog‘alarim, xalfa, shogirdlar kinoya bilan ku- lishadi. — 0 ’qi, o‘qi! Lekin maktabdan sira qocha ko‘rma, uqdingmi, jiyan? — deydi Rahimberdi tog‘am boshini qimirlatib. — Shu vaqtgacha yurarding laqillab, faqat shaytonning mardikori eding. Bas endi, es-hushing o‘qishda bo‘lsin! — deydi ta’kidlab. — 0 ’qirmidi? Qarab turlaring, ikki kunda g‘ir etib qochib keladi. 0 ’qish osonmi, hazil gap emas! — deydi pishillab cho‘tir xalfa. — Unday demang, amakisi, o‘qiydi, aql-hushi joyida, ziyrak bola, — e’tiroz bildiradi onam noxush ohang bilan va asta yurib ichkariga kirib ketadi. «Nafasing qursin, cho‘tir», deyman ichimda, tovushsiz va xalfaga ters buraman yuzimni. — Qani, bolam, ketdik! 0 ’qishga jazm etdingmi, bas, quloq solma, — deydi bobom qat’iyat bilan. Bir lahzada maktabga yetib olamiz. Maktab bir katta xonadan iborat. Bo‘sag‘adan kirganim hamon yuragim hapriqib, shig‘ etib ketadi. — Assalom-u alaykum! — o‘rinlaridan duv turib, bir og‘izdan qichqirib salom beradilar bobomga shogirdlar va chuvvos bilan qayta o‘tiradilar. Domla bobom bilan ko‘rishadi. — Vaalaykum assalom, keling-keling, zaifan- giznikimi bu o‘g‘il? — so‘raydi boshimdan oyog‘imga qadar razm solib. — Shunday, qizimniki,— javob beradi bobom va sekin domla oldiga kulchalarni qo‘yadi, pulni uzatadi. Domla oriqqina, soqollari uzun, ko‘zlari yirik va ma’noli, yuzi qoramag‘iz, sallasi katta, savlatli, shijoatli kishi. Pulni darrov soat cho‘ntagiga qisti- radida, qo‘llarini keng yoyib fotiha o‘qiydi. Bobom ham ixlos bilan: — Omin, o‘qisin, mulla bo‘lsin! — deydi qo‘lla- rini yuziga surtib. — Qani, Musavoy o‘g‘lim, o‘tir! — qarshidan joy ko‘rsatib, ishora qiladi domlam. Qizarib cho‘kkalayman. Domlam taxtani bir qo‘- li bilan tizzasida tutib, siyoh bilan yoza boshlaydi. — Xayr, taqsir, uring-so‘king, mulla qiling, eti sizniki, suyagi bizniki! — Xayrlashib, qayta-qayta egilib qulluq qilgancha chiqib ketadi bobom. Domlam birpasda chiroyli xushxat bilan taxtaga alifbeni yozib chiqadi: — Alif, be, te... — salmoq bilan, cho‘zib, tan- tanali ohang ila o‘qiydi domlam. — Alif, be, te... — zavq, maroq bilan qaytarib- qaytarib takrorlayman men. — Borakallo! Yaxshi yigit, bo‘ladi, bas! Anov joyga o‘t, o‘tir! Saboqni yaxshilab yod ol! — deydi domlam taxtani qo‘limga tutqazib. Uyalganimdan dovdirab va turtinib kichkinalar oldiga bazo‘r o‘tib o‘tiraman. Maktabda shovqin zo‘r. Shogirdlarning hammasi bir varakay qichqirib o‘qiganlaridan kuchli chuvvos maktab xonasidan toshib, tashqariga yangraydi. Kattalar baland, ohangli ovoz bilan Qur’ondan, Hofizdan, Fuzuliydan, Navoiydan o‘qiydilar. Men bo‘lsam kichkinalarga ergashib, shavq bilan alifbeni takror-takror o‘qiyman. Uzoq o‘qiyman. Horib holdan ketaman. Tomog‘im qurib, meni ter bosadi. Goho domlam qator-qator o‘tirgan bolalar orasi- dan asta yurib, qamchi bilan qars-qars bolalarni urib o‘tadi. Bolalar shunda yana balandroq ovoz bilan baqirib o‘qiydilar. Men qo‘rqqanimdan qaltirab taxtani yuzimga yanada yaqinroq tutib, berilib o‘qiyman. Nihoyat charchayman. Peshin vaqti bo‘ladi. Domlam va bolalar ozgina qur’on o‘qib, fotiha qiladilar. Shogirdlar duv etib o‘rinlaridan turib, ko‘chaga yuguradilar. Men ham suron bilan ko‘chaga otilaman. * * * Har kuni boraman maktabga. Bolalarning hammasi saboqlarini barobariga qichqirib o‘qiganlari uchun maktabda hamisha chuvvos, shovqin bo‘ladi. 0 ’n yetti, o‘n sakkiz yoshdagi yigitchalar ko‘p. Bular shovqindan foy- dalanib, bemaza askiyalar aytishga, sekin turtish- larga, bir-biriga zimdan musht ko‘rsatib, do‘q qi- lishlarga odatlanishgan. Isa o‘rtog‘i bilan sekin nimanidir gaplashmoq- da. Quloq solaman, ammo tushunib bo‘lmaydi. Keyin payqab qolaman: ular atayin, boshqalar tushunib qolmasin deb, o‘zlaricha qo‘l ishoralari bilan so‘zlashar ekanlar. Yetti-sakkiz katta-kichik qori bolalar bor. Ular hamisha domlam oldida qiroat bilan tinmay Qur’onni yod o‘qiydilar. Boyoqishlar holdan ketib, tomoqlari qirilib, ko‘zlari yumuq, o‘qiydilar. Domlam bir qori bolani yoniga yaqin o‘tqazadi. — Qani, o‘qi! — deydi qovog‘ini solib. Bola qiroat bilan yoddan Qur’onni o‘qiy boshlaydi. — Qola, yamla yut... — der ekan titroq tovush bilan qori bola, domlam shaq etib sha- paloq bilan tushirib qoladi. Bolaning quloqlari yonib ketadi. — Zeri zabar qani, nodon?! Tag‘in qaytar! — qichqiradi domlam jahldan qizarib. Bola qo‘rqibgi- na asta turadi-da, bir qo‘li bilan yuzini ushlab, qori bolalar yoniga o‘tadi. Domlam o‘zi qiroatni yaxshi biladi va bolalar- dan ham to‘g‘ri, yaxshi qiroatni talab etadi. Men alifbeni o‘qishdan bir zum tinmayman. Horganimdan va tomog‘im quriganidan, ovozim past va bo‘g‘iq. — Hoy, Musavoy, beri kel! Qo‘chqor o‘ynay- miz, — deydi sekingina bir bola. — Mana, qara, qo‘chqorim juda yaxshi... — Zimdan ko‘rsatadi u bo‘yra cho‘pni. Domladan qo‘rqqanimdan taxtadan ko‘zlarimni uzmasdan, sekingina javob beraman: — Yo‘q, bo‘lmaydi, domlam ko‘rib qolsa uradi- ya! Menda ham qo‘chqor bor, senikidan zo‘r. Keyin ko‘rsataman... — deyman ishoralar bilan imlab. * * * Men kichkina shogirdlar bilan juda tez tanishib olaman. Bizga nuqul kattalar saboq beradi, domlaning biz kichkinalar bilan uncha ishi yo‘q. U goho biror- tamizni ro‘parasiga cho‘kkalatib, o‘qitib tinglaydi, xolos. Mabodo, bolalardan bittasi oshmi, kulchami, patirmi olib kelib qolsa bormi, domlam juda mam- nun bo‘lib, o‘zida yo‘q sevinib ketadi. — Qani, chirog‘im Musavoy, beri kel! Alifbeni o‘rgandingmi? — so‘radi domlam ikki hafta o‘tgandan keyin. Taxtani qo‘limda tutib, uyalibgina domlam qarshisiga o‘tiraman-da, ovozimni baland qo‘yga- nimcha, alifbeni boshdan oyoq birpasda sharillatib o‘qiyman. — Borakallo, lekin ozgina bor. Kattalarning oldiga o‘tir, o‘qitib qo‘yadi, — deydi domlam, burnini tortib, qattiq aksirib yuboradi. Men mo‘ylovi chiqqan, novcha bir shogird oldiga boraman. — E-e, senlarning saboqlaringdan oTdik-ku! — deydi u ensasi qotib. — Yo‘qol, domlam o‘lgur o‘zi o‘qitsin. Pul olishni biladi! — deydi yuzini ters burib. Men yalinaman: — Ozgina o‘qita qoling. — Zerikdim juda, hali o‘qi, hali o‘qit.., 0 ’tir, qani, jinday o‘qitaman, — deydi shogird horg‘in tovush bilan. Jahlim chiqib ketadi. — Mayli, qo‘yaver o‘zim ham suvday bila- man... — Burilib joyimga o‘tiraman. Darslar va kunlar shunday davom etadi. Bolalarga ergashib, sekin-sekin men ham sho‘xlik boshlayman. «Qo‘chqor», yong‘oq, hatto pinhon oshiq ham o‘ynaymiz. Mabodo domlam xabar topib qoldimi — ollohu akbar — qamchin bilan ham- mamizga, yalpisiga shaq-shaq solib o‘tadi. Bolalar hadeb tashqariga yugurishadi. Hojat- xona ermak, bahona... Birpasgina hovlida yoyilib, hazillashib, kulishib, orom olamiz. Hovlida hovuz bor. Ermak uchun asta-asta yuz-qo‘llarimizni yuvib, suvdan ichib o‘tiramiz. Yoki darrov soqqa- mi, «achipti»mi o‘ynab olamiz. Domlam mug‘ambir, bunga ham qarshi chora topa qoladi. Novchadan keigan, hushyor, o‘qishda zo‘r bir shogirdni oldiga chaqiradi: — Sen terakdan bir novda kesib, yaxshilab yo‘n! — Xo‘p bo‘ladi, ustozim, jonim bilan! — buki- ladi shogird qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib. — Bir marta ham buyurgan edingiz. Xo‘p, ikkita xatcho‘pni yaxshilab yo‘nib kelaman, — deydi va shoshilib chiqib ketadi. Hammamiz hayron bo‘lib, birpas jim qotamiz. Keyin shivir-shivir gaplashamiz. Novcha shogird birpasda ikkita cho‘pni boplab tayyorlab keladi-da, domlam oldiga qo‘yadi. Cho‘p- lar sozlab shilingan, yo‘nilgan, bir uchiga ip bog‘- langan. — Borakallo! — deydi domlam cho‘plarni qo‘liga olib. — Mana, xatcho‘pni ko‘ringlar! — bizlarga ko‘rsatadi. — Agar kimiki qistansa, «Domlam, ijozat», deysiz. Keyin xatcho‘pni tu tqazib, ijozat beraman. — Qani, o‘qinglar! — buyuradi domlam xatcho‘plarni yerga qo‘yib. Shogirdlar shundan keyin hovliga chiqishga bir- muncha barham beradilar. Qistab qolsa, domladan ijozat so‘rab: bitta cho‘pni olib, yakka-yakka g‘izil- lab chiqib kelamiz. Shu taqlid qattiq tartib olti- yetti kun davom etadi. Keyin bir kun bolalar bosh qo‘shib, xatcho‘pni yo‘qotamiz. Kattalardan biri tomga irg‘itadi. — He, bilaman. Shum bolalar ko‘p. Tur, chiq hovliga, bir juft xatcho‘p yasab kel! — buyuradi yana bir shogirdga domlam. Bunisi ham ikki kunda yo‘q bo‘ladi. Domlam asabiylashadi, kayfsiz tovush bilan qichqiradi: — Xatcho‘pni yana yo‘qotdilaringmi? Mayli, bas... Yomonlar bor-da. Bilaman o‘zim. — Qoshlarini chimirib bir oz sukut qiladi, keyin ovozini pasaytirib gapiradi. — Bolalar, qilichini surgab qish keldi. Havo buzuq, ehtimol qor yog‘ar. Hammanglar bir so‘lkavoydan ko‘mir puli kelti- ringlar! Shuv etib, bolalar shivirlasha boshlaydi. Domlam tovushini yumshatib, davom etadi: — Xo‘sh... Bolalar, chiroqlarim, yana bo‘yra puli olib kelinglar... Tuproq bo‘ldi-ku, bo‘yralar, uyat-ku, axir! Bo‘yra puli — uch tanga! Ota-onala- ringga aytib jadallab yig‘ib kelinglar! Muhlat — bir hafta... Qani o‘qishga! — deydi domlam cho- ponining etaklari bilan tizzasini o‘rab. Yetim, kambag‘al bolalar «Nima qilamiz endi?» deb shivirlashadi. Dillarimiz g‘ash. Bir ozdan keyin domlam qo‘zg‘aladi. 0 ’n sakkiz- yigirma yoshlardagi mullayoqa ko‘ylak kiygan, oriqqina, cho‘pday ko‘r qori yigitchaga murojaat qilib deydi: — Sen qarab tur bolalarga, picha ishim bor, darrov kelaman. Domlamning qorasi o‘chishi bilan xonada ur- yiqit, to‘polon boshlanib ketadi. Boyoqish ko‘r qori ingichka ovozi bilan ming‘irlab qichqiradi: — Qo‘yasanlarmi, yo‘qmi?! Mana qamchinni ko‘ringlar! 0 ’qilaring! — Qori do‘q qilib ko‘radi, keyin yalinadi: — Bolalar, insof bormi?! — qichqiradi yig‘lamsiragan ovoz bilan. Bolalar parvo qilishmaydi, o‘zaro turli ishoralar bilan imlashib, qorini masxara qilib kulishadi. Shovqin-to‘polon avjga chiqadi. Jang bo‘ladi. Kichkinalar goh qo‘l ushlashib arg‘imchoq bo‘la- miz, goh do‘ngalak o‘ynaymiz. Kattalar so‘kishib, yoqalashib ketadi. Qorilar ham o‘rinlaridan turib ketgan. Bittasini o‘lasi qilib urishadi. Kurashga, mushtlashga usta, zo‘r yigitlar bor. Bir to‘da bolalar hovliga chiqib, «achipti» o‘ynashga kirisha- di. Shu vaqt qo‘qqisdan hovliga domla kirib keladi. Duv etib, hammamiz xonaga yuguramiz. Joyla- rimizga o‘tirib, darrov saboqlarimizga yopishamiz. Xona ichi quyuq chang, bo‘yralar burda-burda. Domla jim, g‘azabi ichida, ko‘rpachaga o‘tiradi. — Taqsir! — qaltirab, naq miyovlaganday shikoyat boshlaydi ko‘r qori. — Urishdim, baqirdim... Hech iloj topmadim... Ko‘rman, nima qilay, bolalarni eplay olmadim, birontasi quloq sol- maydi gapimga... Domla juda xafa bo‘ladi. — Och derazani! — buyuradi bittasiga. — Bay- bay-bay! Yopiray, changni... — Aha-ahalab, uzoq yo‘talib oladi, qizarib qichqiradi: — Darslaringni o‘qinglar, badbaxtlar! — qo‘liga qat’iyat bilan qamchinni tutadi, ammo negadir hech kimni urmaydi. * * * Domlam ko‘krak cho‘ntagidan soatini chiqarib qaraydi: — Dars bitdi, bolalar! — deydi. — Sen, sen, sen... — ko‘rsatkich barmog‘i bilan ishora qiladi o‘nga yaqin bolani tanlab, — kiyinib ozoda bo‘lib kelinglar. Bir bemorga chillayosin o‘qiymiz. Ziyofat quyuq, — jilmayadi domlam. Qisqagina Qur’on o‘qib, hammamizni ozod qiladi. Uyga kelishim bilan onamga yalinaman. — Domlam, ko‘mir puli, bo‘yra puli, dedi, hozir topasiz. — Voy, o‘la qolay jinni bo‘ldingmi? He yo‘q, be yo‘q — pul nimasi?! — ayvonda do‘ppi tikib o‘tir- gan onam ranjigan tovush bilan urisha boshlaydi. — Jinnimisan?! Hali bo‘yra puli, hali ko‘mir puli, qamchi puli... Domlang o‘lgur nima qiladi pulni?! — Topasiz! BoTmasa domlam ertaga maktabga kiritmaydi, — deyman qat’iy ravishda. — Nima deyapsan?! — vag‘illaydi uy ichidan turib buvim. — Domlang oTgur ziqna, ochko‘z, hadesa — pul, hadesa — pul. Pul yasayapmanmi men? 0 ’zi o‘lgur boy, otli, ulovli, hech pulga to‘ymaydi. Domlang to‘qlardan, puldorlardan olsin ko‘mir pulini! Otang boyoqish, bechora yolg‘iz o‘gTim ahyon-ahyonda uch-to‘rt so‘mni zo‘rg‘a- zo‘rg‘a jamg‘arib yuboradi... — zorlana boshlaydi ko‘rpachani yamab o‘tirgan buvim. Na buvimning, na onamning e’tirozini pisand qilaman, avvalgidan balandroq do‘q bilan, jahl bilan onamga qichqiraman: — Ertalab vaqtlik cho‘zasiz pulni, bo‘lmasa maktabga bormayman! Shu payt eshikdan kirib kelgan Isa mening xarxashamni payqadi shekilli: — Nima shovqin solasan? Domla bir hafta muhlat berdi-ku, bir gap bo‘lar axir! — deydi jildini qoziqqa ilib. — Bu bizning ikki oyog‘imizni bir etikka tiqib xunob qilyapti. Holimiz og‘ir, qo‘limiz qisqa... — deydi onam xo‘rsinib kayfsiz tovush bilan. — Ko‘rarmiz, besh-o‘n kun sabr qil! Balki pul kelar dadangdan. Shu vaqt qo‘qqisdan mahallada to‘polon ko‘ta- rilib qoladi. Ko‘chaga yuguraman. Uzun Sara bilan Kalta Sara degan kampirlar xo‘rozga o‘xshab avji jangda edi. Bularning uylari yaqin, ko‘chaning ikki yuzida, eshiklari qarshima-qarshi. Hozir har biri o‘z eshigida, bir-birini so‘z bilan yulmoqda. Kampirlar ovsin. Lekin bir-biriga mehribon emas, nihoyat g‘ash. Erlarining munosabtlari ham shunday, og‘a-iniga sira o‘xshamaydi. Men tomosha qilaman. Jang avjida. — Bu ikki lo‘li kampir zerikishgan shekilli, yana jang boshlashipti, — deydi o‘tib ketayotgan bir yigit ko‘zini qisib. Sekin-sekin hovlilardan ayollar, bolalar chiqishadi. Uzun Sara — baland bo‘yli, do‘rillagan ovozli kampir. Lekin Kalta Sara — past bo‘yli, zaifgina pakanagina va kalitday burushiq yuzi bor, tishlari yo‘q bedavo bir zahar kampir. — Ho! — deydi Kalta Sara ikki qo‘lini beliga tirab. — Bilaman, siz o‘lgurning butun kirdiko- ringizni. Eshitdim bir joydan, to‘yga boribsiz, kazo-kazolarnikida yana maddohlik qilgandirsiz... Uch kun dom-daraksiz yo‘qolib ketdingiz! Yana, kerilasiz-a?! Uyatsiz toat-ibodat bilan uyda o‘tir- sangiz o‘larmidingiz?! Charx yigir, paxta sava, ish ozmi! Hali eshonnikiga, hali to‘yga, hali azaga! Shallaqi, o‘lim bersin xudoyim senga!.. — Bema’ni, tirriq kampir! — yulinadi Uzun Sara. — Yopiray, bu yer yutgurning vag‘illa- ganini qaranglar-a! Ha, o‘lgur, quloq sol, eshon oyimlarning huzurida xizmatda edim. To‘rt dahadan katta-katta obro‘yli xotinlar keldi, bechora-faqir xotinlar ham yig‘ildi, zikr bo‘ldi, buni eshit, nomusulmon o‘lgur! Qaytishda birpasgina, muborak bo‘lsin, deb o‘rtog‘imnikiga boshimni suqib chiqdim. — Yig‘ilgan mahalla xotinlariga qarab davom etadi gapni: — To‘yam o‘lsin, sovuqqina bo‘ldi. Chelakdan quyganday biram jala quydiki, qochdim... — Ovsiniga qaraydi: — Kimdan eshita qolding, sen pakana fitna?! Ilohim chaqimchilar o‘lsin-a! Sening nima ishing bor? Yurdim yallo qilib, qo‘lingdan kelsa kishanlab qo‘y! Chidasang shu, chidamasang burningni tishla!.. — Him... — deydi Kalta Sara alamiga chidama- ganidan depsinib. — Eshonlarning tovog‘ini yalab yurdim, deng! Uyda o‘tirib ish qil! Do‘ppi tik! Xudoning bergan kuni tentiraysan, laqillab yur- ganing yurgan! Senga zikrni kim qo‘yibdi, sadqayi zikr ket! Isqirt! Isqirt, cho‘ri o‘lgur!.. Mahallani boshiga ko‘tarib Uzun Sara bo‘kiradi: — Senga o‘limni bersin, sassiq kampir!!! Tomosha qilib turgan mahalla xotinlari yalina boshlaydilar: — Uyat axir, bo‘ldi endi, bas! Bir gapdan siz qola qoling, ovozingiz Oqmachitda-ya, bas qiling! — deydi bir xotin Uzun Saraga. Navbat Kalta Saraga o‘tadi, u yana vag‘illay boshlaydi. — BoTdi endi, oyi, uyaltirib o‘ldirdingiz-ku, shunchayam sharmandalik boTadimi?! — surgaydi ichkariga Kalta Sarani kelini. Ammo kelin bas kelolmaydi. Ikki Sara bir soat ortig‘i bilan ko‘p olishadilar. Bu har kungi ahvol bo‘lgani uchun erlarining ishi yo‘q edi. «Ikki kam- pirning tilini yana burga chaqiptimi!..» deb qihil- lab kulib, o‘tib ketadi chollardan biri. Buvim sekin oyimga shivirlaydi: — U dunyoda ham jannatning bir eshigidan ikki kundosh kirarmish-u, lekin ikki ovsin kirmasmish, bildingmi, Shahodat!.. Kalta Sara, Uzun Sara xo‘p urishib charchagan- dan keyin jim bo‘lishadi. * * * Domlam bir kun to‘satdan meni chaqirib, qarshisiga o‘tqazadi: — Qani o‘qi! Sabog‘ingni o‘rganib bo‘ldingmi? — Suvday bilaman, taqsir! — javob beraman shoshilib. Harflarning biriga qarab, biriga qaramasdan, to‘xtovsiz sharillatib o‘qib beraman. Men endi alifbeni shunday o‘rganib olganmanki, agar uyqudan uyg‘otib so‘rasalar ham hammasini yoddan aytib bera olaman. — Borakallo, o‘g‘lim, ofarin! Durust, durust. Alifbe tamom bo‘ldi. Ertaga haftiyak bilan birga yaxshi yog‘li patirlar, bir so‘lkavoy pul olib kela- siz, yigitcha, uqdingizmi? — deydi domlam kulim- sirab. — Xo‘p, taqsir, — deyman boshimni qimirlatib. Maktabdan chiqqandan so‘ng chopaman. Biror joyda to‘xtamasdan g‘izillaganimcha uyga kelaman. Domlamning gaplarini hammasini oyimga aytib beraman. — Ha tuzuk... — deydi onam ham sevinib, ham ichdan uh tortib. — Chiqim, chiqim... Dadangdan dom-darak yo‘q. Jiyakning puli ovqatga yetsinmi, domlagami?! Haqiqatan, hali Isa, hali Karomat opam, domla- ga patir yoki palov, deb hiqillab turar edilar, endi qatorga men ham qo‘shildim. — Albatta bugun patir yopasiz, jon oyi, keyin... keyin bir so‘m pul berasiz, — yalinaman onamga. Ertasi emas, indinga bir dasturxon kumurlaydi- gan yog‘li patir va uch tanga pul ko‘tarib, domla- ga olib boraman. — Borakallo! 0 ’tir, chirog‘im, o‘tir! Patir olib keldingmi? E, borakallo. Tuzuk, — deydi tan- galarni cho‘ntakka solib. Shu choq yana bir shogird bir dasturxon yogTi kulcha, bir tog‘ora qaynoq palov, do‘ppi va «So‘fi Olloyor» ko‘tarib keladi. U bir boyning arzandasi, erkasi. Domlam o‘zida yo‘q sevinib ketadi. Darrov palovni, kulchalarni, men keltirgan patirlarni shogirdlardan birortasiga buyurib, uyiga jo‘natib turganida, to‘satdan qalin bir oshnasi kelib qoladi. — Keling, keling, marhamat! Qaynanangiz suyar ekan, qani hovliga, osh yeymiz! — deydi domlam do‘stiga. Oshnasi jilmayib, qulluq qiladi. Birgalashib boloxonaga yoT oladilar. Odatdagi gap, domlaning qorasi o‘chdimi, darrov to‘polon-da! — Tush o‘rtaga, sen, sen! Ko‘ramiz kim zo‘r! — buyuradi zo‘rlardan bittasi. Endigina mo‘ylovlari ko‘ringan, kelishgan ikki yigitcha naq xo‘rozlarday patir-putur yoqalashib ketadi. Kurash zo‘r bo‘ladi. O, dahshat! Eshak-kur- silar singan, og‘iz-burunlar qon!.. Yana yangi-yangi botirlar o‘rtaga tushadi. Xo‘p qiziq kurash bo‘ladi. — Bo‘ldi-bo‘ldi, bas! Domlam! — qichqiradi ovozi do‘rillab bir yo‘g‘on shogird. Birovining peshonasi yorilgan, birovining burni qonagan, hars-hurs bilan burunlarini tortib, kurashchilar joylariga o‘tirishadi. Uy chang, to‘zon... Hammamiz hayajonda. — Beting qon-ku, badbaxt? — so‘raydi domlam bir shogirddan. Keyin to‘satdan singan kursilarni ko‘rib qoladi-da, ko‘zlari olayib ketadi. — Eshak sinipti-ku?! Kimning ishi bu? Qani o‘rtaga tush- sin! — Domlam g‘azab bilan qizarib, qo‘liga qamchi oladi. Domlam bolalarning boshimi, yelkasimi, yuzi- mi, ko‘zimi pisand qil may, qamchi bilan bir-ikki daf’a qarsillatib savab o‘tadi. Qamchining zarbidan birovlar piq-piq yig‘laydi, birovlar pinagini buzmay bo‘zrayib qotib turadi, birovlar esa qo‘rqqanidan ikki qo‘li bilan yuz-ko‘zini yashiradi. Qamchi shartta uziladi. — Mana, qamchi ham eskiripti, — deydi domlam qamchini chetga uloqtirib. — Ertaga hammang bir tangadan olib kelasanlar. Yangi qamchi olamiz! — jahl aralash baqiradi domlam. — Xo‘p taqsir! — deyishadi qamchidan olovday yongan yelkalarini, yuzlarini ishqalab bolalar. — Qani, o‘qilaring! — buyuradi domlam, o‘tirib nafasini rostlagandan keyin. 0 ’qish shovqini boshlanib ketadi... * * * Maktab jahannam kabi tuyuladi. Har soat, har daqiqa «ozod» so‘ziga intizormiz. Maktabdan chiqqanimizda yengil tortib, uyga yuguramiz. Nari-beri ovqatlanib, ko‘chaga — o‘yinga yig‘ilamiz. Qishda ba’zan kuchuk urushtirib o‘ynashni ham odat qilganmiz. Kuchuklarning biri og‘zi- burni qon bo‘lib qochadi, shunda biz tinamiz. Sho‘xmiz. Oyoqlarimizda eski kalish, yirtiq kavush, ba’zi- larimiz hatto yalangoyoq. Hali yiqitib, hali yuma- lab kurashamiz. Boshlar g‘urra bo‘lguncha, burun- dan qon kelguncha mushtlashamiz... Yo‘qolgan kuchugimizni izlab, machit hovlisida- gi kichkina xarob bir uyga boshimizni suqamiz. Bu — tobut turadigan uy. Bunda Usmon pari sovuqdan qochib, tobutda yotadi. Sharpaday oriq, cho‘pchakdagi jinlar kabi, indamas bir kishi. Biz cho‘chib ketamiz, duv etib ura qochamiz. — Yopiray, jinmi? — so‘raydi qo‘rquvdan qaltirib bir bola. — Hey, bu Usmon pari. Dadam aytdiki, u boyoqish bir zamon bitta qizning ishqida devona bo‘lib qolgan ekan, — deydi A’zam. — Ishq shunday yomon-da, — deydi mah- madona Turg‘un. — To‘g‘ri. Usmon pari — devona. U hamisha, yoz-u qish tobutda yotadi. Rasul aka bor-ku? Shuning bir tug‘ishgan ukasi bo‘ladi. Bildila- ringmi?! Ha, pari qizlarning oshig‘i emish... — deydi Ahmad. Bolalar Usmon pari haqida turli voqealarni gapirayotganda, birdan yonimizda uning o‘zi paydo bo‘lib qoladi. Qip yalong‘och taniga eski, kir, jul- dur, yupun bir chopon kiygan. Na ishtoni bor, na ko‘ylagi! Oyoqyalang. Boshida iflos, isqirt bir do‘ppi, rangi ham, guli ham bilinmaydi. Hammamiz duv etib, har tomonga qochamiz. Usmon pari ochlikdanmi, sovuqdanmi yurol- maydi. Kalovlab asta chayqalgan holda amakimning eshigiga yetib, devorga suyanadi. Qaltiragan qo‘li bilan eshik halqasini ushlab, taq-taq qoqadi: — Ochman, non bering... — deydi allaqanday titroq, bo‘g‘iq tovush bilan. Achchiq izg‘irinli shamol esar edi... * * * Bahor keladi Gul mavsumi boshlanib ketadi. Daraxtlarda gul, bolalarning do‘ppilariga lolalar qistirilgan. Savatlarda uyum-uyum gunafshalar. Hammayoq gul! Gul!.. Bahor faslining zavqi boshqacha... Qo‘qqisdan osmonni bulut qoplaydi-da, chelak- chelak suv quyadi. Xo‘p yog‘adi... Lahza o‘tmas- dan, erka quyosh jilmayib chiqib keladi. Hammayoq yarqirab ketadi... Olchalar, giloslar, olmalar, shaftolilar hammasi avji gulda... Saharlab mardikorlar, yalangoyoq yelkalarida yaroqlatib peshlangan katta ketmonlar, bozorga, ishga chopadilar... Bizlar paxtalik choponlarni, to‘nlarni, yirtiq- yamoq kalish-kavushlarni otganmiz. Yengil kiyin- ganmiz, hamisha oyoqlar yalang... Hammayoqda bahor! Bahor nash’asi ko‘n- gillarga ham kirib olgan... Oyoqlar tosh bog‘lan- gandek, maktab tomon bazo‘r yuradi, lekin maktabdan «Ozod!» deganda, qushday yengil uchamiz. Azondan o‘qish. Peshin bo‘lganda domlam kichkinalarga — bizlarga javob beradi. Kattalar peshindan keyin yana maktabga qaytib, xat mashq qiladilar. Men hanuz haftiyak o‘qiyman. Haftiyak nihoyat zeriktirgich bir narsa. Hadeb *vazava-vazava»ni javrab o‘tirganim-o‘tirgan... Har payshanba shogirdlar domlaga kulcha, patir, boyvachchalar pul keltirishi odat. Ayniqsa, shu kuni o‘qish tugashini sabrsizlik bilan kutamiz. Ko‘zlarimiz osmonga, quyoshga ko‘proq termiladi. «Ozod!»ga quloqlar, ko‘ngillar intizor... Mana, momaqaldiroq havoni yangratib yuboradi. Haligina tiniq yarqirab turgan havoni bir onda qop-qora bulutlar burkab oladi. Oyim paxtaday oppoq yuvgan kirlarini arqondan yig‘ib ham ulgur- maydi. Yomg‘ir sharroslab quyadi. Buvim ayvonda ixlos bilan tasbeh o‘girib o‘tiribdi: — Alhamdulillo! Obirahmat bu! — deydi, ko‘zlarini osmondan uzmaydi, burushiq yuzlarida ko‘tarinki ruh... — Obirahmat bu, olloga shukur, qurg‘oqchilik edi, jala quydi. Bug‘doy, arpa bitdi de! Olloning ishi bu! — tushuntiradi menga. Ayvon chetida, oyoqlarimni tarnovdan shar- qirab kelgan suvga tutib, o‘ynab o‘tiraman. Qarsillagan chaqmoqlarga qarab: «Xudo bulut ichida yurganmikan? Qanday ekan», deb o‘ylayman ichimda. Qop-qora, go‘yo yerga yaslanadiganday og‘ir, dahshatli bulutlar. Taxminan to‘rt soat jala quyadi. Ariqlardan suv toshib ketadi. Tarnovlardan suv sharaqlab quyib turadi. Unda-munda chaqmoqlar, olov qilichday yarqirab ketadi... Jala tinadi. Qop-qora bulutlar asta surgalib, tog‘ tomon yuradi. Bulutlarning to‘kilib ketayot- ganidan hanuz yog‘ib borayotganini o‘ylayman. Bir vaqt bobom tushuntirgan... 0 ’qtin-o‘qtin uzoqda momaqaldiroqning qarsil- lagani eshitiladi, chaqmoq ko‘rinadi. Ajoyib fasl! Daraxtlar nafis ko‘m-ko‘k yaproqlar bilan yasanib olgan! Tabiatning go‘zalligi ko‘n- gillarga quyiladi... * * — Oyi, uch kundan keyin domlam bilan dalaga chiqamiz. Navro‘z! — deyman sevinganimdan yuragim hapriqib. — Domlam, yaxshi kiyinib kelinglar, dedi. — A, rostdanmi? — deydi onam kulib. — Yaxshilab yuvinib, boringni kiyasan-da. Biroz sukutdan keyin yerga qarab deyman: — Oyi, domlam ikki so‘m pul olib kelinglar, deb buyurdi... Sekin boshimni ko‘taraman, onamning yuzidagi sevinch, tabassum birdan yo‘qolgan, lekin u zo‘raki iljayadi: — Domlang tushkur alomat-da... Xo‘p pul beray, lekin bir so‘m senga, bir so‘m Isaga. Qandoq qilay berardim... yo‘qchilik... — Nima gap tag‘in? — so‘raydi buvim. Onam tushuntirgandan keyin kampirning fig‘oni oshadi: — Domlang ham o‘lsin ilohim! Yeb to1 u mas, ayyor o‘lgur, har xil na’ma chiqaradi-ya! — ming‘irlab qarg‘ay boshlaydi buvim. — Oyim beradi pulni, sizdan so‘rayapmanmi? — do‘q qilaman kampirga. — Bahor chog‘i, navro‘z yaqinlashayapti, o‘ynab kelamiz. Sizdaqa kampirlar o‘tirsin uyda!.. — Bas, bas! Haddingdan oshma! 0 ’zingdan kat- taning dilini og‘ritma, yomon bo‘ladi-ya! — deydi onam menga ranjigan ohangda, keyin buvimga murojaat qilib: — Hammaga kelgan bayram, hamma bolalar ham boradi-da, bitta bularmi? — deydi yalingan yumshoq tovush bilan. Juma. Birovlar yaxshi, birovlar o‘rta, birovlar har kungi eski yamoq bo‘lsa ham yuvilgan, ozoda kiyimda... Har kim o‘z holicha yasangan. Domla boshliq yo‘lga tushamiz. Piyola, choynak va bozor- dan go‘sht, moy, guruch, non, mayiz — hammasi olingan. Bularni domlaning o‘rtog‘i — bir qari chol aravaga ortib olib ketadi. Yo‘l-yo‘lakay bir necha guzar uchraydi. Juma kuni bo‘lganidan samovarlarda odam qalin. Guzarlarda qator baqqollar. Otnon, pecheniy, par- varda... Ko‘zlar o‘ynaydi. Lekin boyvachchalarga maza, ular unda-munda to‘xtab, otnon chaynaydi... Dalaga, Kamolonga piyoda yurib, charchab, axir yetamiz. Hammayoq ko‘m-ko‘k, azim daraxtlar ko‘p. Chiroyli qadimgi machit atrofida avliyolarning katta-katta qabrlari. Domlam tag‘in Qur’ondan boshlaydi. Qori bolalar ko‘zla- rini yumib, chayqalib, qiroat bilan o‘qiydilar. Shu tarzda machitda uzoq Qur’on o‘qiladi. Qorinlar ochlikdan achishib ketadi. — Bolalar! Boringlar, samovar qaynaguncha o‘ynab kelinglar, dala keng, suvlar ko‘p. Yayranglar, o‘g‘illarim, — deydi domlam mayin ohangda. Hammamiz duv etib, shovqin-to‘polon bilan machitdan chiqamiz. Birovlar darrov chillak, kop- tok o‘ynagani tushadi, birovlar sayr qilib ketadi. Men esa bir to‘da bolalar bilan qorong‘i, dahshatli g‘orlarni keza boshlayman. Bir g‘orda og‘ir sukutda bir kishi o‘tiribdi. Soqoli o‘siq, ko‘zlari yongan, darveshnamo. Ikkin- chi g‘orda yalang‘och bir chol, ustida yolg‘iz kir ishton xolos. Uning ham soqoli o‘sgan, ko‘zlari yumuq, yonida kir sopol tovoq! Churq etmay, butun dunyoni unutganday jim, mahliyo o‘tiribdi. Biz nafasimizni yutib, asta turamiz. Lekin chol sharpamizni sezadi shekilli, bir xo‘mrayadi, avzoyi xunuk buzilib ketadi. Ura qochamiz. Dalani aylanamiz. Havo musaffo. 0 ’riklarda dovuchchalar g‘ij-g‘ij, giloslar hali g‘o‘ra. Ko‘p yuramiz, lekin qorin ochligidan domlam oldiga shoshilamiz. Samovar baqillab qaynamoqda. Domlam va chol hammamizni o‘tqazib, bittadan non, bir siqimdan qurt yegan kir mayiz ulashadi. Choydan keyin domlam bir to‘da katta shogird- larga imlab ishora qiladi. Bolalar birdan tiniq, yangragan baland tovush bilan Navoiydan, Xo‘ja Hofizdan yod o‘qiy boshlaydilar. Ketma-ket bir necha g‘azallarni o‘qib, keyin Fuzuliyga o‘tadilar: G‘unchasin gul bulbulin qatlina paykon aylamish. Bulbul ochilgan guli yuzina qalqon aylamish. Gul arusin sulh uchun bulbul nikoh etmish magar, 0 ’zini yoshil budog‘ ichinda pinhon aylamish. G‘uncha paykonini tez etm aklik uchun shohi gul Jism ini boshdan ayog‘a misli suhon aylamish. Dahr aro gar bir siniq devor ko‘rsang, o‘yla, bil: Ul Sulaymon m ulkidirkim , charx vayron aylamish. Ey Fuzuliy, mehrina oldanma charxin gardishi, Ko‘kka yeturm ish valek xok ila yakson aylamish. Yana boshqa bir g‘azalni boshlaydilar: Nay kimi hardamki, bazmi vaslini yod aylaram. To nafas vordir quru jismimda, faryod aylaram. Ro‘zi hijrondir sevin, ey m ur’i ruhim kim, bugun Bu qafasdan man sani albatta ozod aylaram. Vahm edib to solmaya san moha mehrin hech kim, Kima etsam zulm u javringdan anga dod aylaram... G‘azal nihoyat ta ’sirli. Ayniqsa, uch-to‘rt bolaning ovozi juda yoqimli, ohangdor. Hammamiz jim tinglaymiz. Men sel bo‘lib, erib ketaman. Fuzuliyning she’rlarini sevaman. She’rlari nafis. 0 ’zim gul va mahbub haqida go‘zal she’rlarini bilaman. Opam o‘rgatgan. Kichkinalar bilan men ham sekin-sekin kattalarga ergashaman. Muzika yo‘q, childirma, dutor, tanbur yo‘q, ammo she’r bor, qo‘shiq bor! Faqat yosh, tiniq tovush bilan, ohang bilan she’rlarga ko‘ngilga yetib boradigan muzika beramiz, jon beramiz!.. Domlam cholg‘uni sira yoqtirmaydi: «Gunoh, turgan-bitgani gunohi azim. Zinhor-zinhor qo‘lingizga cholg‘u ushla- mang!» deb uqtirardi, tanbehlardi. — Bas, yetar! Borakallo, yetar! — deydi domlam bolalarga va cholga murojaat etib: — Vaqt bo‘ldi, pir, muncha eridingiz?! Oshga olov yoqing! — deydi kinoyali kulib cholga. Chol ko‘zlari yumuq, boshini quyi solib o‘tiradi. — Bay-bay-bay! Fuzuliy ajoyib shoir-da! — deydi va oyoqlarini ishqalab o‘rnidan turadi. Biz yana dalani aylangani chiqib ketamiz. To‘da-to‘da tarqalib toza kezamiz. Bahor. Har xil gullar ko‘p. Quchog‘imni to‘latib, gul teraman. Horib machitga qaytganimizda palov tayyor ekan. Go‘shti, yog‘i oz bo‘lsa ham palov! Sopol laganlarga suzilgan oshni maza qilib, ishtaha bilan oshay boshlaymiz. Lekin to ’ymaymiz... Qorin juda ochiqqan. Namozgar yaqinlashgan, domlam Qur’on boshlaydi. — Tag‘in-a! — shivirlashadi bolalar. Fotihadan so‘ng hammamiz duv qo‘zg‘alib, yo‘lga tushamiz. * * * lyun oyi. Issiq. Havo lovullaydi... Bodring, handalak serob. Ko‘ksulton, gilos, olchaning avji pishgan vaqti. Lekin pul qani... Hovlimizda yaxshiki yakka tup o‘rik bor. G‘uj-g‘uj qilgan. Butun hovlimizga ko‘lanka solgan katta daraxt. 0 ’rikka suv yugurib yiltiraganidan boshlab Karomat opam, Isa va men yeya boshlaymiz. Tag‘in bir tup olma bor, lekin zaharday nordon. Bugun buvim ertalabdan otlanadi. Ammam- nikiga bormoqchi. Men ham buvimga ergashmoq- chiman, shuning uchun har kungiday maktabga shoshish yo‘q. Bolalarning ko‘pi boqqa ko‘chgan, maktabda shogirdlar oz. Nega bizning bir parcha bog‘imiz yo‘q, deb kuyinaman ichdan. — Maktabga bor! — deydi onam. — Bora qolsin, Shahodat bonu, bola boyoqish o‘ynab kelar. Hamma bog‘da, tog‘da, bu bechora qon bo‘lib ketdi-ku... — paranjisini yopinib deydi buvim. «Bugun buvim judayam mehribon?» deb o‘ylay- man ichimda, sevinganimdan uning oldiga tushib yuguraman. Buvim ko‘chada har bir uchragan xotin bilan to‘xtab ko‘rishadi, gaplashadi. «Qatdan kelyapsiz? Bozordanmi? Do‘ppilarning narxi qanday? Yaxshi foyda qildingizmi?» deb, zerikmasdan igi-jigini surishtiradi. Tuzukroq bir imorat uchrasa, albatta to‘xtaydi. Menga qarab: «Ko‘rkamgina, pishiqqina ekan», deb tomosha qiladi. Biroz yurgandan keyin kattakon anhor bo‘yiga chiqamiz. Sermanzara suv bo‘yidan o‘tamiz. Suv bo‘ylab objuvozlar, tegirmonlar. Unda-bunda to‘- dalanib o‘rdaklar suzadi. Darrov to‘xtayman-da, suv labiga o‘tirib, o‘rdaklarga tega boshlayman. Ular duv etib, suvning o‘rtasiga qochishadi. 0 ’r- daklar go‘zal, ayniqsa gajak dumlari, boshlarini suvga tiqib, chiroyli o‘ynaydilar. Gajaklarini kelin- lar quloqlariga qistirganini ko‘rganman... — Voy shum-ey, hazir bo‘l, toyib ketasan-a! — qichqiradi vahima bilan buvim. Kampir ikkovimiz unda-munda to‘xtab, jar bo‘ylab boramiz. Buvim ham menga o‘xshash, tegirmon va objuvozlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘radi. Suvning ustiga tashlangan yakkacho‘pga yetganda, yugurganimcha yog‘ochning yarmisiga borib, suvning qoq o‘rtasida to‘xtayman. Suzib kelayotgan o‘rdaklarning yo‘lini to‘saman. Yog‘ochga minib olaman-da, oyoq-qo‘llarimni ishga solib, «Kish-kish-kish!» deyman. Suv guvullab, pishqirib oqmoqda. Buvimning rangi o‘chib, qaltirab ketadi. — Omonat, qil ko‘prik-a! Qo‘rqmaysan, shumta- ka, darrov o‘t bu yoqqa! Ikkinchi seni mehmonga olib yurmayman... — ran jib qichqiradi buvim. Haqiqatan ko‘prik omonat. Bitta churuk yog‘och, xolos. Odamlar ahyon-ahyonda noiloj o‘tadi. Bolalar bo‘lsa, sho‘xlikdan, o‘yin qilib ermak qilib, o‘tadilar. Suvning pishqirishiga nazar solaman, yuragimga vahima tushadi. Sekin qirg‘oqqa o‘taman. — Esing qursin, hech aql kirmadi-kirmadi senga. Dadang kelsin, chaqaman! — deydi koyinib buvim. — 0 ’rdaklarning egasi ko‘rib qolsa, o‘xshatib kaltaklaydi seni, — deydi boshini qimirlatib. — Gajaklaridan bir dona Karomat opamga olay degan edim-da, — deyman jiddiy tusda buvimga. — Hm, — deydi xolos buvim, ensasi qotib ketadi. — Tez-tez yur, alla-palla bo‘lib qoldi-ya! — qoshini chimirib deydi buvim. Tegirmonlarning oldida to‘da-to‘da eshaklar. Odamlar eshaklarga bug‘doy, so‘k ortib keladi va un, tolqon qilib ketadi. Bir-ikki tegirmonga sekin boshimni tiqib chiqaman. Tegirmon shovqin. Ichida boshdan oyoq oppoq unga belangan odamlar. Ular suvning guvullashidan bir-birlarining so‘zlarini bazo‘r eshitadilar. Pochcham objuvozning boshida edi. Soqollari o‘sgan, ust-boshi chang-to‘zon. Bizni ko‘rishi bilan: — E, jiyan, kel-kel! — deydi va buvim bilan ko‘rishgan hamon, odatdagidek shikoyatni boshlaydi. — Mazasi yo‘q boshimning. Kecha-kunduz miya og‘riqman. — Doim ahvolingiz shu! — deydi buvim ensasi qotib. — 0 ’qiting, irim-sirimini qiling, tayibga ko‘rining! — deydi va pochchamning javobini kut- masdan ichkariga kirib ketadi. Duv etib, mayda-chuyda churvaqa bolalar buvimni o‘rab oladi. Hammasi kir, iflos, uvada. Ammam tutundan yo‘tala-yo‘tala katta qozon ostiga hadeb qamish tiqmoqda. Ammam xafa, horg‘in holda buvim bilan ko‘rishadi va pishillab qovurilib turgan so‘k to‘la katta qozon boshiga boradi. — Hamisha ishing shu! So‘k, so‘k! 0 ’ladigan bo‘lding! — deydi kuyinib buvim. Men ham cho‘g‘day bozillab turgan so‘kning tepasiga boraman. Uni hovuchlab bo‘lmaydi, issiq. Qamishni tutam-tutam o‘choqqa tiqa boshlayman. Ammam va buvim qozon boshida cho‘qqayisha- di. Ezmalanishib hasratni boshlaydilar. Eshikdan kirib kelgan pochchamning jahli chiqib, ko‘zlari olayib ketadi. — Kuyib ketdi-ku! — qichqiradi bo‘g‘ilib va chopib kelib so‘kni katta kapgir bilan shoshib- pishib ola boshlaydi. Endi men so‘kdan zerikaman. Sekin tashqariga, objuvozga yuguraman. Pochcham qo‘sh objuvozni ijaraga olgan. Biri bog‘liq turibdi: anov biri bo‘lsa, gurs-gurs qilib, yerni larzaga solib tariq oqlamoqda. Biroz jim qotib, objuvozning ishini tomosha qilaman. Suv dahshatli pishqirib guvullaydi. Keyin sekin atrofga razm solaman. Burchakda siniq, kuya bosgan chi- roq, tumshug‘i siniq choynak, chegalangan iflos bir piyola... Yarmisi taqir, eski po‘stak, yag‘iri chiqqan kir chopon. Sekin objuvozning boshida aylanib yuraman. Bo‘sh objuvozning yoniga o‘tib, yog‘ochini bo‘shat- sam, birdan shaqillab yurib ketadi. Qo‘rqqanimdan qaltirab shoshib qolaman. Qanday to‘xtatishni bil- mayman, bo‘sh objuvoz gurs-gurs uradi. G‘izilla- ganimcha uyga yuguraman: — Pochcha! — qichqiraman entikib. — Tez yu- ring, hozir objuvoz yurib ketdi! Buvim bilan ammam vang bo‘lib qoladilar. — E, tentak! — deydi pochcham tashqariga yugurib. — Taqilgansan-da, o‘ziga jon bitiptimi?! Men indamayman, pochchamning orqasidan chopaman. Pochcham hech qiynalmay, birpasda juvozni to‘xtatadi. — Yo‘qol! — deydi qo‘pol, qo‘rs tovushi bilan to‘ng‘illab. — U aziz narsa-ya, bunga yaqin yurish uchun hunar kerak, tilini bilish kerak, — deydi biroz yumshab. Objuvoz atrofida, tegirmonlardagi kabi chum- chuqlar, musichalar serob. Men endi ularni quvlashga tutinaman. Qo‘qqisdan bir to‘da bolalar paydo bo‘lishadi-da, nari-beri yechinib, kiyimlarini chetga otgancha ketma-ket suvga sho‘ng‘iydilar. Quloch tashlab, rosa maza qilib suzishadi. Keyin atrofdagi katta tol, qayrag‘ochlarning shoxiga chiqib, guppa-guppa suvga kalla tashlaydilar. Suvning tagida ancha vaqt yo‘q bo‘lib ketadilar-da, uzoqdan qalqib chiqadilar. Juda havasim keladi. «Cho‘milsammikan?» deb o‘ylayman. Lekin suzishni bilmaganim uchun qo‘rqaman, rost, bolalardan uyalaman. Ermak qilib, oyoqlarinmi suvda shapilla- tib o‘tiraman. Suv bo‘yida kezaman. Tollarning nov- dalari egilib suvga tegay-tegay deydi. Hammayoq ko‘m-ko‘k maysa. Ko‘kka qarab yotaman. Maza!.. To‘satdan pochchamning tovushini eshitaman. — Ey, falokat bosib novga tushib ketma! Bas, uyga bor! — deydi-da, tag‘in juvoz ichiga kirib ketadi. Ammam kuya bosgan pachoq samovarini olib kirib, dasturxon yozadi. Burda-burda qattiq non- larni eski bir patnisda ko‘tarib keladi. Hovlida shoxlari tarvaqaylab o‘sgan qari, yo‘g‘on yakka bir tut bor. — Bu yil tutimiz haddan tashqari ko‘p qildi. Kutdik, kutdik kelmadinglar... Ozgina shinni qay- natdik. Qaray-chi, qoldimikan? Ammam boyoqish yugurib hujraga kiradi-da, bir piyolada ozgina shinni ko‘tarib chiqadi. — Juda shirin shinni-ya? — deyman non botirib. Pastakkina, qorong‘i uy, to‘kilib turgan ay von, yonida ko‘mir to‘kadigan kichkina tor hujra. Shinni bilan choy ichib, dasturxon yig‘ilgandan keyin tomga chiqaman. Atrofda qo‘shnilar ko‘p. Tomlar bir-biriga tutashib ketgan. 0 ’ynab yuraman. Bir vaqt ko‘chada bir to‘da xalq yuzga kirib o‘lgan bir kampirni ko‘tirib ketayotganini ko‘raman. Buni tomda o‘ynab yurgan bolalar aytishadi. Qarilar, bolalar, yoshlar juda ko‘p. Qirq- ellikka yaqin yosh bolalar to‘n kiygan, bellari bog‘liq, «buvim»lab yig‘lab bormoqdalar. Tomma-tom sakrab, ammamning hovlisiga engashaman. — Buvi, buvi! Yuzga kirgan kampir o‘lipti!.. Olib ketishyapti. Odam qalin!.. — deyman qichqirib. — A, nima deyapti o‘zi, kim o‘lipti? — so‘raydi buvim. — Choping eshikka! Ko‘rasiz, tabarruk kampir emish, — deyman buvimga. Ammam o‘choq boshida g‘ivirlab nimadir qilmoqda, boshini ko‘tarib buvimga deydi: — Boyoqish juda tabarruk kampir, bir yuz uchga kirgan. Go ho yonimga chiqib, gaplashib o‘tirardi. Kampir pishiq edi. G‘ozday, tikka yurar- di. Nevara-evaralari ko‘p, achib yotipdi. — Voy bechora, xudo rahmat qilsin! Hamma- mizga uning yoshini bersin! — deydi buvim qo‘lla- rini yuziga surtib. Ammam ham nimalarnidir pichirlab, fotiha qiladi. — Siz mingga kirasiz, hali otdaysiz, buvi! — deyman. Kuni bilan tomma-tom kezib, xo‘p o‘ynayman. Kechqurun halimday yumshoq moshkichiri yeb, buvim ikkalamiz uyga jo‘naymiz. * * * Qo‘lida gardish va jiyagini ko‘tarib Rohat kelin oyi eshikdan kiradi-da, to‘g‘ri ayvonga, oyimning yoniga o‘tirib ishini boshlaydi. — 0 ’rtoqjon, yakka o‘zim xunob bo‘lib ketdim. Hasratlashib, birga tikaylik, deb chiqdim. Onam xursand bo‘lib gapiradi: — Voy, yaxshi qilibsiz, o‘zim ham zerikib o‘tir- gan edim. Hech kim yo‘q, oyim ham zerikib, qa- yoqqadir, bilmadim, 0 ’rin buvinikigami chiqib ket- dilar, — deydi ipakni qatimlab. Rohat kelin oyi bigiz bilan chaqqon va pishiq jiyak to‘qiydi. U jiyak to‘qishga juda usta. Odat- dagidek, darrov eridan hasrat boshlaydi. Ermagi shu — eri. Dam yig‘lab, dam kulib ishlaydi. — Sabr qiling, — jiyakka gul tikib, deydi onam, — o‘g‘il, qizlaringiz o‘ssin, ehtimol, a jab emas, baxtingiz ochilib, yorug‘likka chiqib qolar- siz. Xudoyim yarlaqasa, birpasda tole keladi. Keyin faqirlikdan, g‘urbatdan xalos bo‘lasiz... Faqat tole- da butun gap! — E-e, qo‘ying! Tole o‘lsin! Butun umr faqir- miz. Otam, onamdan, bobolarimdan tortib faqir- miz... — deydi xo‘rsinib Rohat kelin oyi. Shu tarzda ikki qo‘shni, ikki o‘rtoq biri jiyak to‘qiydi, biri jiyakka gul tikadi. Goh o‘tgan-ket- gandan, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y orasidagi voqealardan so‘zlashishadi. Suhbat uzilmaydi. Eshikdan Karomat opam paranjida kelib kiradi. Uning endi bo‘yi cho‘zilgan, katta qizlar qa- torida. Shu payt yana bir qo‘shni kampir kiradi. Sergap, bilimdon, gapga chechan kampir. — Shahodatoy, zerikib birpasga chiqdim oldin- gizga. Kunam isib ketyapti. Nima gap o‘zi, xo‘pam chiroyli o‘tiribsizlar? Karomoy, jinday Mashrab- dan o‘qing. Baraka topgur, xudoyim yaxshi ku- yovlar buyursin! — deydi kampir kulib. Karomat opam qizarib yuzini ters buradi. — Qo‘ying-e, ish tikaman, — deydi tokchadan ish pechini olib opam. Kampir xiralik qilib, qayta-qayta qistaydi. Unga Rohat kelin oyi qo‘shiladi: — Bo, muncha noz qilmasang, otincha?! 0 ’qish- ni bilmaymanda, boTmasa senga yalinarmidim?.. — Ha, o‘qiy qol, Karom, — deydi onam, keyin sekin kulib qo‘shib qo‘yadi: — Hikmatli, ma’noli gaplaridan topib-topib o‘qigin! Karomat opam o‘n ikki, o‘n uch yoshlarda, qaddi kelishgan, istarasi issiq, juda ko‘rkli qiz. G‘azallarni yoqimli ovoziga chiroyli ohang berib, ravon o‘qiydi. Erinibgina o‘rnidan turadi-da, tokchadan Mashrabni, Fuzuliyni oladi, joylashib o‘tiradi va ko‘zlarini suzib, zavq-maroq bilan berilib o‘qiy boshlaydi: Mashrab seni deb, kechdi jahondan, Boshini qo‘ydi ostonalarga. Ey, m ayfurushim , bir kosa may her! Vahdat mayidan ichkoli keldim. — Hay-hay-hay! Baraka top, otin qiz! Mash- rabning g‘azallari sel qilib yuboradi odamni... Erib ketdim-ey... Mashrab ajoyib qalandarnamo ki- shi, — deydi yig‘lamsiragan tovush bilan kampir. Karomat opam nasrni o‘qiganda, ba’zan to‘xtab kulimsiraydi va uyatli gaplarini tashlab o‘qiydi. — Sidirg‘asiga o‘qiyver, bu nimasi, bizlar ham eshitaylik, shayton qiz! — deydi Rohat kelin oyi. — Yo‘q, o‘qimayman Mashrabni, Fuzuliy yaxshi, — deydi opam qizarib. — Mashrabning g‘azallari ko‘p hikmatli, — deydi kampir boshini qimirlatib. — U katta darvesh, olloning oshig‘i! Olio deb dunyoning aysh- ishratidan kechgan. Ovozingdan o‘rgilay, o‘qi, o‘zim qoqindiq! — deydi kampir Karomat opam- ning orqasini qoqib. Opam o‘qiy boshlaydi: Parishonholing o‘ldim, so‘rmading holi parishonim, G‘amingdan darda dushdim, qilmading tadbiri darmonim, Na dersan ro‘zgorim bo‘ylami kechsin go‘zal xonim? Go‘zim, jonim, afandim , sevdigim davlatlu sultonim... — Oh-oh-oh, shunday shoirlarning sadag‘asi bo‘lsang arziydi, — deydi Rohat kelin oyi ko‘zla- rining yoshini artib. — Fuzuliyning o‘zi oshiqlikda jigari kabob bo‘lgan, deydilar. Uning oshiqona g‘azallari odamning yuragini eritib, mast qilib yuboradi, — deydi kampir yumilgan ko‘zlarini ochib. — Fuzuliy otin oyisining qiziga qattiq oshiq ekan, lekin vasliga yetolmay, butun umr hijronda o‘tgan emish. Uning g‘azallaridagi o‘t, hasrat shundan... Eshitganman... — deydi onam. Men ayvonning chetida chiviq yo‘nganimcha opamning o‘qishiga jim quloq solib o‘tiraman. Sevaman Fuzuliyni. — Yugur, Musavoy, Shayxantovurga borib kel. Ipagim sob bo‘lib qoldi, — buyuradi onam menga. — Ha, xo‘p, pulni cho‘zing, — deyman o‘rnim- dan turib. Onam har xil kerak ipaklardan namuna beradi va bir so‘m pulni ro‘molchaga tugib ta’kidlaydi: — Mahkam ushla, pulga hazir bo‘l, yo‘qotib qo‘yma, uqdingmi? Ko‘chaga yuguraman. Ko‘chada A’zam xipchindan ot minib, o‘ynab yurgan ekan. — Shayxantovurga boramiz, shuyam o‘yinmi? Qo‘y-e! — deyman jiddiy tusda. — Zerikkanimdan ermak qilib yuribman-da, yur, — deydi A’zam xipchinni bir chetga otib. A’zam menga tengdosh. Ikkovimiz qalin o‘rtoq, do‘stmiz. Oqmachit ko‘chasidan jadal yurib, Shayxantovurga jo‘naymiz. Yo‘lda unda-bunda to‘da-to‘da uchragan bolalar oldida to‘xtab, ularning o‘yinla- rini tomosha qilamiz-da, tag‘in chopamiz. Shayxantovurga yetganda bir ariq oldida to‘xtaydi A’zam. — Birpas o‘tir! — deydi suv bo‘yiga o‘tirib. Yuzimizning terini etaklarimizga artamiz, ikki qo‘limiz bilan suvni hovuchlab to‘yib-to‘yib icha- miz. Madrasa atrofida asrlar umr ko‘rgan qadim chinorlar, quyuq ko‘lankali qayrag‘ochlar ko‘p. Daraxtlar salqinida to‘da-to‘da shogirdlar allaqan- day masalalar ustida talashib qizg‘in bahs yurgiz- moqdalar. Atrofda kayflari taraq nashavon, ko‘k- nori, bangilar ham oz emas. — Hozir bir ish qilamiz, jim!.. — deydi bir daraxt orqasiga pusib A’zam. — Qanday ish? — so‘rayman toqatsizlik bilan A’zamdan. — Sekingina kesak tashlaymiz ko‘knorilarga. Cho‘chib bir irg‘ib tushishadi. Qarab tur, juda qiziq bo‘ladi. Sekin pusib turib, men va A’zam bittadan kesak otamiz. Kayfi zo‘r ko‘knorilar birdan cho‘chib, alanglashadi. Ikkovimiz jimgina kulamiz. Ingich- ka, qil bo‘yinlarini cho‘zib ko‘knorilar u yoq-bu yoqqa qarashadi. Sap-sariq silnamo kishi chayqalib o‘rnidan turadi. — Ey, kimdi? Kayfim uchib ketdi-ya... — deydi va gandiraklab bir-ikki qadam tashlaydi. — Kelyapti, tur qochamiz!.. — shivirlayman-da A’zamga, qochaman. Shu paytda ko‘knori A’zamni tutib oladi. A’zam oqarib ketadi. — Yo‘q, biz emas, — deydi qaltirab. — Haromi valad! — deydi ko‘knori A’zamning yelkasidan ushlagan holda bir siltab. — Kesakni g‘ir-g‘ir otding, endi tuya ko‘rdingmi — yo‘q, biya ko‘rdingmi — yo‘q!... Ablah, jig‘ingni ezib qo‘yaman! Men tikka ko‘knorining oldiga boraman. — Amakijon! Qo‘yvoring! — deb yalinaman. — Rost, biz otdik, lekin sizga emas, qushlarga otgan edik... Ana qarang, daraxtlarda qush ko‘p ekan. — Ey ko‘nori, qo‘yvor! Dillarini og‘ritma go‘daklarning! — qichqiradi samovarda o‘tirgan- lardan birov. Samovarda odam qalin. Ko‘knorining g‘azabdan ko‘zlari bejo. Ko‘zining oqiga qadar sarg‘ayib ketgan, tumanli xira ko‘zlari xunuk olayadi. A’zamni bir siltab tashlaydi-da, pastak qorong‘i hujraga kirib yo‘qoladi. Tura qochamiz. Qator attorlar va bazzozlar. Ularning do‘konlari kichik-kichik va bir-biriga yondashgan. Ikkovimiz har bir do‘kon oldida mol- larini tomosha qila-qila, nay va koptoklarning narx-navosini surishtirib, xaridor-u, do‘konlarning uzoq tortishma savdosiga quloq solib yura-yura kichik bir do‘koncha oldida to‘xtaymiz. Attor — muloyim, kamtar, sariqqina kelgan, uzun soqolli kishi. — Amaki, assalom-u alaykum! — deyman bir sum pulni va namuna ipaklarni uzatib. — Borakallo! Vaalaykum assalom! — deydi kulib chol. — Rangdor ipaklardan kerakmi, a? Xo‘p- xo‘p, ipak ko‘p, o‘g‘lim. — Pulga, ipak namu- nalariga bir-bir qarab chiqadi. — Bargikaram, qovoq sariq, go‘los, pistoqi, nimpushti... — deydi chol ipaklarni bir-biridan ayirib. A’zam va men qafasdagi qushlarga hushimiz og‘ib, jim qotib tomosha qilamiz. — Amaki! — deyman hapriqib. — Bu qanday qush? — 0 ’g‘lim, bu bulbul jon. Eshitganmisan bulbul degan qushni? Qushlarning asili shu. — Ko‘rgan emasman, — deyman ko‘zlarimni qushlardan uzolmasdan. — Oyim aytgan edi, ahyon-ahyonda, tong payti, gullar ochilganda keladi, deb. Sayraganini eshitganman, amaki, bir sayrating, — yalinaman cholga. — 0 ’zing aytding-ku, o‘g‘lim, bulbul gul ochilganda kelarmish, deb. Ha, gulning oshig‘i bu... — asta kuladi chol. Bulbul sira sayramaydi. — Amaki, bulbul nima yeydi? — so‘rayman choldan. — Qurt yeydi, o‘g‘lim, tushundingmi? — javob beradi chol hamoh kulimsirab va davom etadi: — Bulbulni boqish juda qiyin, negaki bu nozik-da, nozik. Ammo sayrab bersami, ko‘ngilni yayratib, mast qilib yuboradi. A’zam ikkinchi qafasga qo‘li bilan tegib deydi: — Men ko‘rganman bu qushni. Bu mayna. Tumshug‘i sariq, qora patli kattagi- na qush. — Men ham ko‘rganman. Sayraganini ham eshitganman, — deyman jiddiy tusda. — Amaki, qushlaringiz qachon sayraydi? — Sayraydi, o‘g‘ilcham, o‘zi sayragisi kelganda sayrab yuboradi! Xil-xil ipaklarni bir qog‘ozga o‘rab menga uzatadi chol. Ipaklarni ehtiyotlab, qo‘ynimga tiqaman-da, A’zamga qarayman. — Shoshma, birpas o‘tiramiz. Zora qushlar sayrab qolsa. — Yo‘g‘-e, bulbul ham, mayna ham sayramaydi. Bozorda, shunday shovqinda sayrarmidi? Ket- dik! — shivirlaydi A’zam. Tez yurib ketamiz. Qo‘qqisdan orqadan mayna- ning sayraganini eshitamiz. Taqqa to‘xtayman. — Ana, aytmovdimmi, ovozini qara, juda yoqimli-ya? — deyman A’zamga. — Qo‘y shu qushlarni, yur konkalarni tomosha qilib, katta ko‘chadan ketamiz, — deydi A’zam mening qoTimdan tortib. Shayxantovurda qassoblar, baqqollar, sartarosh- lar, somsapazlar, zargarlar juda serob. Ayniqsa zargarlarni tomosha qilib, pastga katta ko‘chaga tushamiz. Otli konka ketmoqda. — Esizgina, o‘tib ketipti-da, konkaga osilib ketardik, — achinadi A’zam. — Attang, chakki boTdi! — deyman men ham. Lo‘killab uyga chopamiz. * * * Tong payti. Bog‘larda ishkomlar uzumga to‘la. Chillaki endi qizara boshlagan. Havoda qushlar ovozi yangraydi... Tong shabadasining salqini ko‘ngillarga orom beradi... Men va A’zam aravada ketmoqdamiz. Biz endi yorishib kelayotgan osmonning mayin shohisini, sehrli musiqa va ohangga, mislsiz husn-latofatga to‘la bog‘larni tantanali sayr etib boramiz. Qalbimizda his-tuyg‘ular, shodlik, zavq toshadi. Kecha maktabdan qaytganimda onam oppoq qilib yuvgan ko‘ylak-ishtonlarimni arqonga yoyar ekan, meni kulib qarshi olgan edi. — Ertaga jo‘naysan, — degan edi ko‘zlarida mehr, sevinch chaqnab. — Qayerga? — deb so‘radim hapriqib. — Yangibozorga borasan. Hali to‘satdan dar- vozani qoqib bir kishi keidi. Darrov chiqdim, dadangning oldidan kelipti. Tayyor bo‘lib tursin Musavoy, ertaga, tongda olib jo‘nayman, dedi. A’zam ham boradi, buvasi chaqirtiripti, oyisiga aytib keldim. Men o‘zimda yo‘q xursand edim. Birpasda cho‘llar, buyuk tog‘lar ko‘z oldimga keladi. Qozoq ovullari, nortuyalar, chopqir otlarni ko‘rganday bo‘laman. Mana, sehr va go‘zallik to‘la tong og‘ushida A’zam ikkovimiz nihoyat shod, mamnun ketmoqdamiz. Aravada yuk ko‘p. Qand, choy, lampashisha, ip- igna kabi ikir-chikir. Aravakash mo‘mingina, muloyim, k am gap kishi. Goh-goh «chuh!» deb otga bir qamchi urib qo‘yadi va o‘zicha ming‘irlab qan- daydir bir qo‘shiqni, ehtimol ermak uchun, sekin aytadi. Katta suvning bo‘yidagi bir samovarga yetamiz. Aravakash otdan tushadi. — Tushinglar, yigitchalar, tushinglar! — deydi aravakash. A’zam ikkovimiz irg‘ib aravadan o‘zimizni otamiz. — G‘ishtko‘prik deymiz bu manzilni, birpasgina chiqaraylik otni, beda yesin, yayrasin jonivor, — deb otning yuzini, yolini silaydi va uni aravadan chiqara boshlaydi. Pastda keng «Zax» anhori oqmoqda. Samovar atrofida aravalar, otlar, eshaklar ko‘p. Shovqin- suron. Samovarda g‘uj-g‘uj odam. Samovarchi ellikdan oshgan oriqqina kishi. Almisoqdan qolgan, zang bosgan kichkina patnisda ikkita suvi qochgan non bilan tumshug‘i tunuka choynak va chegalangan ikkita piyolani taq etib oldimizga qo‘yib ketadi. A’zam ikkovimiz oyilarimiz yopib bergan yumshoq nonni xaltamizdan olib burdalaymiz. Samovarchi sira tinmaydi. Ikkita katta kir, iflos samovar qaynab turibdi. Egasi o‘lgur bu sabil qol- gurlarni kuzdan beri yuvmagan desa bo‘ladi. «Samovarchi, beda!», «Darrov bitta choy!» deb tin- may chaqiradilar, u boyoqish: «Hozir! Hozir!» deb, samovarning u boshidan bu boshiga yuguradi. Gasht qilib choy ichamiz. — Isib ketdim-a, uh! — deydi A’zam yelpinib. — Isidi kun, — deyman osmonga qarab. Indamay horg‘in o‘tirgan holda ozgina non yeb, ikki piyola choy ichgandan keyin nosvoy chekadi aravakash. Vaqt choshgoh bo‘lgan. Otni aravaga qo‘shib, yana yo‘lga tushamiz. Cho‘l boshlanib ketadi. Unda-munda mujiklar- ning uylari ko‘rinib qoladi. Ular bu yerlarda dehqonchilik qiladilar. Quyosh osmonning qoq o‘rtasida. Havo dim. — Qalay, issiqmi? Chidanglar, yigitchalar! — deydi aravakash bizning betoqatlanganimizni sezib. — Buni, cho‘li biyobon, deydilar. Qaranglar, o‘tlarning qovjiraganini ko‘rdinglarmi? — deydi aravakash qo‘lini qulochkashlab. — Menga issiq yoqadi, issiq sira bilinmaydi, — deyman o‘zimcha. — Tog‘larni qara, A’zam, qanday ulug‘vor, savlatli... Sevaman tog‘larni... Chiroyli manzara!.. — deyman ko‘ngilda chayqal- gan hislardan, shodlikdan entikib. Quyosh nurida jimirlagan tiniq osmonda goho bir kalxat paydo bo‘ladi va aylanib bir-ikki doira chizadi-da, qaygadir sho‘ng‘ib ketadi. Cho‘lda to‘da-to‘da qushlarning ovozi yoqimli yangraydi. Men sevinchimni, hislarimni sig‘dirolmayman. Gapiraman, gapiraman. Dam A’zamga, dam aravakashga gapiraman. — Qachon yetamiz Yangibozorga? — so‘rayman aravakashdan, ko‘zlarimni uzoqlarga tikib. — Uzoq yo‘l, ikki kun yuramiz, o‘g‘lim! — javob beradi aravakash. Qalpog‘ini ko‘tarib, peshonasidan quyilgan terlarini artadi. U endi charchaganidanmi, o‘zini egarga tashlagan — bukchayib o‘tiradi. — Yo‘l shunday og‘ir bo‘ladi. Lekin Yangibozor bir bema’ni joy-da. Hayronman, nima qilib otalaring senlarni chaqirtirib yuripti? Taajjub! Hammayoq dasht-u biyobon! A’zam darrov so‘zga tushadi: — Amaki, unday demang, bo‘lmagan gap. Bilaman-ku men, Yangibozor juda obod joy. Ko‘p borganman, ko‘rganman. — E, tavba! Bir dala-da. Bozor o‘tdimi — hammayoq jimjit, hech kim qolmaydi. Haftada bir marta bozor. Mayli, chirog‘im, Musavoy ham ko‘rsin-chi, qani... Lekin men Yangibozorning ta’rifini, ayniqsa qo- zoqlarni o‘zimcha maqtab, aravakashga gapiraman: — Yo‘q, yo‘q-yo‘q! Yangibozor ajoyib, yaxshi joy emish, eshitganman? Tog‘lari, uvalari ko‘p, qimiz serob... — To‘g‘ri aytasan, misoli jannat, — ta’kidlaydi A’zam. — Men uch marta borganman Yangibozorga, otam olib ketgan oyim ikkovimizni. — Esimda bor, Yangibozorda uzoq qolib ket- gansan, — deyman jiddiy tus bilan. Shu tarzda gaplasha-gaplasha Darvishakka yetamiz. Arava to‘xtamasdanoq bizlar irg‘ib tushib olamiz. Kun nihoyat issiq. Ot boyoqish suv terda. Aravakash shoshib otni aravadan chiqaradi. Otga juda achinaman. Atrofida aylanib, otning yuzini, bo‘yinlarini silayman. Havo issiqdan yonadi. Hammayoq cho‘l. Kichkina bir samovar, yonida bitta-yu bitta qurigan daraxt qaqqayib turibdi, xolos!.. Ko‘rimsiz, qotma, lavanggina bir samovarchi bizni qarshi oladi. Samovar G‘ishtko‘prikdagidan ham battar. Eski, kir namat, singan-uchgan chega- lik piyola-choynaklar. — Qani, choy olib keling, juda tashnamiz, — deydi aravakash horg‘in o‘tirib. Haqiqatan qattiq chanqaganmiz. A’zam ikkovimiz darrov quduq boshiga yuguramiz. Quduqdan suv tortib pachoq chelakni navbatlashib boshimiz- ga ko‘taram iz, quit-quit ichamiz. Juda ko‘p ichamiz. Suv sho‘r. Aravakash bo‘g‘ilib, samo- varchiga do‘q qiladi: — Tashnamiz axir, choy ber deyman! — qichqiradi u. — Hozir, hozir, qaynasin, — deydi samovarchi yalqovgina g‘imirlab. Kichkina, mayishgan, sirsiz bir patnisda ikkita qattiq non keltirib qo‘yadi. Soqollari oppoq, kelishgan bir qozoq chol to‘sat- dan do‘mbirasini chertib yuboradi. Shunda men birinchi m arta do‘mbirani eshitaman. Berilib tinglayman. Chol do‘mbirasiga jo‘r boTib, boylar zulmidan shikoyat qiladi, yoqimli, yangragan ovoz bilan mungli qo‘shiq aytadi. Do‘mbirani, cholning qo‘shig‘ini tinglab, uchovimiz ham jim o‘tiramiz. Qozoqlar hayotining o‘zi go‘yo: JabinV jaug‘a minbe jali jo‘q deb, Jam anning qizin alma mail ko‘p deb. Jetpeydi jam an adam qadringga, Jaqsidan quri qalma mail jo‘q deb. Dunie degen ulken biri o‘tkel2 edi, O‘tkel qurip ata-babang o‘tken edi. Duniege ne bir erler kulip kelib, Aqiri bir qayg‘ini shekken edi. Kech kirib, salqin tushishi bilan yoTga chiqa- miz. Qir oqshomining o‘ziga xos go‘zalligi bor. 1 Yosh toy 2 Ko‘prik Yoqimli, orombaxsh shamol esadi. Sekin-sekin birin-sirin yulduzlar chiqib keladi. Osmon go‘zal, keng bir gumbaz... Aravakashning ham vaqti chog‘ bo‘lib ketadi. U tinmay hirgoyi qilib, ashula aytadi. Uzoq-uzoqlar- da qozoq ovullarining olovi ko‘rinib ketadi. Aravakash boshini tebratib, ashula aytadi: Gul bo‘libdi qayrag‘och, bulbul bo‘libdi qaldirg‘och. M en uzoq yo‘ldan kelurman, ey nigorim, eshik och, Eshik ochib to‘rga boqsam, to‘rda bir oy o‘lturur, Qoshlari qiygan qalamdek, bir parizod o‘lturur, Sochlari belga tushadur, bellari xipchincha yo‘q, Ishqim iz sizga tushibdur, boshqalar bir pulcha yo‘q!.. Aravakash «Chuh!» deb otiga bir qamchi uradi- da, jim bo‘ladi. — Ayting, amakijon, ayting yana yaxshisi- dan, — yalinaman men, — qo‘shiqni juda yaxshi ko‘raman. Aravakash belini bir tiklab, o‘tirishini o‘zgartib oladi-da, jinday sukut qiladi, keyin kulib yuboradi: — Ermak-da, ermak, ukajonlar. Uzoq yo‘lda qo‘shiq yaxshi do‘st. Mana eshitinglar, — deydi va ashulani davom ettiradi: Yuqoridan kelaman, belimda o‘q yoy, dilbarim, Qaysi joyning qizisan? Ko‘zlaring sho‘xo, dilbarim, Ko‘zginangni sho‘xligi, ko‘ngilginamning to‘qligi. M ol berib olar edim, attang, m olimning yo‘qligi. — Qalay, qorin ochdimi, og‘aynilar? — so‘radi aravakash birdan ashulasini to‘xtatib. — Ochdi, amaki, lekin chidaymiz, — deymiz. — Ha, — deydi aravkash, — payqab turibman, bekat yaqin qoldi. Bir achchiq palov yeyish kerak edi, pul yo‘qda, jiyanlar, — davom etadi kulib aravakash. — Mayli, nasyaga qilamiz. Bir quling o‘rgilsin achchiqqina aravakash palov yasaymiz. Ustaman palovga. Lekin uyda, bolalar, xo‘rda oshi, ugra oshi, moshxo‘rda, keyin chakkamga tegdi, ayniqsa, padar la’nat atalasi... Kambag‘almiz-da, pul osmonda... Uzoq yuramiz. Osmon yulduzlarga to‘la. «Mana, mana yetdik!», «Mana yetib qoldik», deb aravakash bizni aldaydi. Kecha salqin. Junjib o‘tiramiz. Uyqu keladi, lekin aravadagi qoplar, yashiklar uyquni qochiradi. Yarim kechada bekatga yetamiz. Qorin o‘lguday och. Samovarda milt-milt chiroq yonadi. Hammayoq uyquda. A’zam ikkovimiz yarim qorong‘i samovarda poxolgami o‘tirib olamiz. Aravakash otni bedaga qo‘yib, samovarga kiradi. Samovarchi qalqib o‘tiribdi. Uzoq-yaqin atrofda itlarning ovozi tinmaydi. Havo salqin. — Qani, do‘stim, uyquni yig‘ishtiring! Qorin och. Go‘sht, yog‘, sabzi, piyoz toping, palovjonni birpasda o‘zim tayyor qilaman. Manov jo‘jalarga javr bo‘lmasin, jadallang, qani! — shoshiradi aravakash samovarchini. — Palov?! Palov nimasi?! — deydi uyqusiragan- da hanuz ko‘zlari yumuq samovarchi. Keyin bazo‘r ko‘zlarini ochadi. — E, birodar, sabzi yo‘q, guruch yo‘q. Yotinglar, tong otsin, palov qochmaydi. Aravakashning jahli chiqib ketadi, qovog‘ini soladi, lekin indamaydi. Bizning yonimizga, poxol- ga horg‘in o‘tiradi. Bizlar ishtahani palovga tikkan edik, endi noiloj, bo‘shashib, churq etmasdan o‘tiramiz. Samovarchi o‘rnidan turadi-da, baqra- yib, bizlarga bir-bir qarab chiqadi va astagina qo‘zg‘alib, xira chiroqda, burchakda g‘ivirlaydi, nihoyat kichkina kir patnisda bir yarimta qattiq non bilan choynakda aynagan iliq choy keltiradi- da, yana xurrakni boshlaydi. Aravakash nimadir deb to‘ng‘illaydi. Keyin nonni qo‘liga olib: «Qattiq- ku!» deb zo‘rg‘a ushatadi. Noiloj qattiq nonni bir- ikki chaynab, uyquga ketamiz. Xullas, chang yutib, ikki kun yo‘l bosamiz va nihoyat namozshomda Yangibozorga yetamiz. Dadam bizni ko‘rgan hamon o‘zida yo‘q sevinib, yugurganicha qarshi keladi. Meni aravadan ko‘tarib olib, yuzlarimdan o‘parkan, dadamning bo‘ynini qattiq quchoqlayman. — Yur, o‘g‘lim, bilasan-ku, Hasan akani? Yaxshi odam, o‘shaning uyiga boramiz. — Bilaman, dada, huv bir marta biznikiga bor- gan, — darrov shoshib javob beraman. A’zam yugurganicha otasining oldiga, o‘zlari- ning hovlisiga jo‘naydi. Qorong‘i aylanma yo‘llardan ketamiz. Onda- sonda bitta-yarimta xira chiroq uchraydi. Dadam kichikkina bir eshikni itaradi, katta bir hovliga kiramiz. Ayvonda miltirab chiroq yonmoqda. Hasan aka yo‘q ekan, lekin menga tamom notanish bir kishi salomimga alik olib, qarshilaydi. — Barakalla, keling mehmon! — deydi kulib va darrov hovlining o‘rtasiga bir kigiz yoyib, quroq ko‘rpacha solib, dadamni va meni o‘tqazadi. — Yigitchaga bir kosa issiq sho‘rva olib kelay, ozmuncha yo‘l bosib keldimi! Yo‘l azobi — go‘r azobi... — deydi-da, qorong‘i hovlining bir bur- chagidagi o‘choqboshiga yuguradi. Hovli qorong‘i, jimjit. Yulduzlar chaman. Lekin oy yo‘q... Yolg‘iz chigirtkalarning chirillagani va otlarning kart-kurt beda chaynagani eshitiladi. Baland bo‘yli, cho‘pday oriq kishi bir kosa sho‘rvani va ikkita nonni oldimga qo‘yadi. — Qani, jiyan, nonni to‘g‘rab sho‘rvani urib oling, — deydi nonlarni burdalab. — Xotin, bola- chaqa — hammasi Toshkentda, musofirmiz! — Ertaga bozor bo‘ladi. Sho‘rvani ich, tiniqib uxla, vaqtli uyg‘otaman, durustmi? — deydi dadam muloyim tabassum bilan yuzimga tikilib. — Bozorni tomosha qilasan, qimiz ichasan, — deydi oriq kishi. — Ot minishni bilasanmi, jiyan? — so‘raydi og‘ziga nos tashlab. — Picha biladi, endi mana, sahroda chavandoz bo‘ladi, — deydi dadam. — Bilaman. Yaxshi ot bo‘lsa minish qiyin emas, — deyman jiddiy tus bilan va apir-shapir sho‘rvani ichib, ko‘rpaga kirib, qattiq uyquga ke- taman. * * * Bozor shovqin-suron. Havoda to‘zon buluti. Uzoq-yaqin dalalardan, qirlardan qozoqlar biri otda, biri tuyada, biri eshakda, ba’zi kambag‘allar yayov kelgan. Xotinlar kam ko‘rinadi. Boylar, qo‘yfurushlar, gerdayib, g‘urur bilan bozorni ot ustida oralaydilar. Bozorni aylanib yurarkanman, qo‘qqisdan yaqin bir do‘kondan A’zamning tovushini eshitaman. Yugurib boraman. A’zamning otasiga salom berib, ko‘rishaman. U semiz, moshkichiri soqolli, qoshlari o‘siq, katta sallali, devday kishi. Qavatlab solingan ko‘rpacha ustida chordona qurib o‘tiribdi. Kichkina do‘konning pastdan shiftigacha chit qalashgan. — Yur, o‘rtoq, bozor oralaymiz, tomosha qilamiz, — deyman A’zamni qistab. — Ha, bor, bor! Savdoga yaramaysan, o‘g‘lim, aylanib kel! — deydi otasi boshini qimirlatib. A’zam qovog‘i soliq o‘rnidan qo‘zg‘aladi, do‘kondan chiqqan hamon yerga qarab, deydi: — Chol juda qattiq. Bir tiyinning ustida o‘zini o‘ldiradi! — Rostdanmi? Unaqaga o‘xshamaydi-ku? — deyman taajjublanib. Avval bozorning bir chetidan boshlab, attorlar, baqqollar, samovarchilar, bazzozlar va hokazo yonida aylanamiz. Ba’zilar menga kulib: — Tosh akaning o‘g‘limisan, chiroq? — deb so‘raydilar. Men qizarib-bo‘zarib ketaman, A’zamning qo‘lidan tortaman: — Yur tez! Bozorning ichini oralaymiz! Qo‘y bozoriga birga kiramiz. Qo‘y serob. Changning ham eng qalin joyi shu. Savdo qizg‘in. Qo‘ychi boylar cho‘p bilan yerga nimalarnidir chi- zib o‘tiradilar. Xaridorlar — bularning ko‘pi o‘z- bek — qo‘ylarni sinchiklab ko‘zdan kechiradilar, dumbalarini salmoqlab, biqinlarini ushlab ko‘radi- lar va qo‘y egalarining qo‘lini olib: *Qo‘ylar chakki emas. Qani, o‘tog‘asi, aytganimizga xo‘p deng!» deydilar, uch-to‘rt, ko‘p marta qo‘llarini qisib sil- taydilar. «Qo‘ylarni ko‘r, meni ko‘p aylantirma. Barisi bo‘rdoqi, so‘z bir bo‘ladi», deydi qo‘y egalari beparvolik bilan va mag‘rur o‘tiradi. Tortishib, talashib, tixirlik bilan savdo qiladilar. Cho‘ponlarning ko‘pi qashshoq, kiyimlari jul- dur, xarob. Boy qozoqlar, biylar, bo‘lislar yaxshi, pishiq kiyingan. Boshlarida suvsar telpak, ba’zila- rida oppoq chaqnagan qalpoq. Girda uzoq aylanamiz. Keyin samovarga kelamiz. Qozoqlarning biri qimiz ichib, biri achchiq famil choy ichib o‘tiribdi. — Qimiz ko‘p, arzon, esizgina, pul yo‘q-da, — deydi A’zam noxush tovush bilan. Naq shunda bizning oshna aravakash uchrab qolsa bo‘ladimi! Oldida bir chirpit qimiz: — Qani, o‘tirlaring, jiyanlar, qani-qani! lya, pul yo‘qmi? — so‘raydi menga qarab. — Yo‘q... — deyman qizarib. — Otangiz bermadimi pul? — deydi kulib. Indamasdan yerga qarayman. Aravakash katta piyolaga qimizni to‘latib uzatadi. A’zam bir piyola, men bir piyola ichamiz. Qimiz achchiqnamo ko‘rinadi, bazo‘r tugatamiz. — Mazalaring yo‘q, xumparlar, qimiz jumla kasallarning davosi! — Menga qaraydi aravakash. — Sen qimizni ko‘p ich. Baquvvat qiladi, rangingni qara! — deydi boshini tebratib. Yura-yura charchab machitga kelamiz. Hech kim yo‘q, suv quyganday jimjit. Baquvvat solingan machit, ammo tomi qamish bo‘g‘ot. Ichida bir-ikki bo‘yradan boshqa hech vaqo yo‘q. 0 ’ng tomonda, jar boshida pastakkina kichkina bir uydan shovqin eshitilmoqda. A’zam ikkovimiz sekin mo‘ralaymiz. Gavdali, soqollari qop-qora, ustiga keng oq mullayoqa yaktak kiygan savlatli domla o‘tiribdi. 0 ’n-o‘n besh chamasi shogirdlar uyni buzadiganday shovqin-chuvvos bilan o‘qimoq- dalar. Bularning uch-to‘rttasi qozoq bolalar, boshqalari o‘zbek. Shu choq ko‘zlarimga o‘zimning domlam ko‘rin- ganday bo‘lib ketadi. Rangim o‘chgan bo‘lsa kerak, qaltirab ketaman. Ikkovimiz ham ura qochamiz. Taqachilar oldiga yetganda to‘xtaymiz. — Dardisar-ku bu, agarda dadalarimiz, maktab- ga qatnaysanlar, desa ish nima bo‘ladi? — deyman A’zamga tashvishli tovush bilan. — Mening otam aytmaydi, sira ishi yo‘q, — deydi A’zam beparvogina qo‘lini siltab. Keyin kulib yuboradi. — Sening otang badjahl odam. «Bor!» desa majbursan, ilojing yo‘q. Men indamayman, bir lahza xomush o‘ylanib qolaman. Taqachilar tinmaydi. Ish ko‘p. Qo‘l-qo‘lga tegmaydi, ishning avji qizigan payti. «Qani, chi- rog‘im, tez, tez boT!» deb qozoqlar taqachilarni shoshiradilar. Asov otlarga xodalar bilan o‘rab, panjara qilingan. Yuvosh, mo‘min otlar go‘yo, mayli qoqaver, deganday, oyoqlarini ko‘tarib jim turadi. Ammo dala, qir otlari bari asov. Ular hatto ko‘prikni ham bilmaydi. Ko‘prik qolib, suvdan sapchib ketaverarkan. Taqachilar terlab azob bilan otlarning oldida ishlaydilar. A’zam ikkovimiz bir chetga cho‘qqa- yib, bu ajoyib ishni tomosha qilamiz. Taqachi baquvvat, sersoqol kelishgan kishi. Ikkinchisi, uning o‘g‘li qoshlari o‘siq, boshi katta, yag‘rini keng, kuchda otasidan qolishmaydigan, mo‘mingina, yuvoshgina yigit. Yalangoyoq, suv terda ishlamoqda. — Hoy, — deydi taqachi o‘g‘liga, — ag‘rayma bu olifta bolalarga, ishingni qil! — jerkib tashlaydi o‘g‘lini. — Senlar Toshkentdanmi? — po‘ng‘illaydi taqachi. — Ha, Toshkentdan keldik. Bechoramiz, nima- ga bizni olifta deysiz?! — qat’iy ravishda e’tiroz qilaman. — Qo‘y, o‘rtoq, aytishma! Aytdi-qo‘ydi-da. Yur ketamiz, — deydi A’zam meni turtib. Ikkovimiz ham yurib-yurib dadalarimizning oldiga qaytamiz. Otam pastakkina, kichkina, tor, g‘aribgina do‘konida o‘tiribdi. — Qayerda yuribsan tentirab? — so‘radi otam. — Aylanib yurdik-da, A’zam ikkovimiz, — deyman sekin. — Bozorni ko‘rdingmi? Qo‘y bozoriga ham bor- dingmi? — so‘raydi dadam muloyim tabassum bilan. — Bordik. Qo‘y ko‘p. — Do‘konga razm solib, birdan dadamdan: — Do‘koningiz kichkina-ku, mol qani? — deb so‘rayman taajjublanib. — Ey, pul kerak, o‘g‘lim. Dunyoda mol ko‘p. Lekin pul yo‘q. Yoshsan, tirikchilikning kulfatini bilmaysan hali, — deydi dadam istehzo bilan jil- mayib. Birpas sukutdan keyin gapira boshlayman: — Ba’zi chit do‘konlarda savdo qizg‘in. Atlas, duxobalargacha bor-a! Shu tobda kichkina bir otda jarchi qozoq paydo bo‘lib qoladi. 0 ’rta bo‘yli, soqoli oqargan, boshida beso‘naqay o‘ralgan kir salla, egnida eski yag‘ir chopon. Yugurib do‘kondan chiqaman. — Ey, xaloyiq! Ey, xaloyiq! Kimki... Jarchi yo‘qolgan mol haqida jar soladi. Gapga usta, so‘zamol, chertib-chertib gapiradi. Cholning gaplari yoqadi menga. U qayta-qayta takrorlab o‘tib ketadi. — Ey, qariya, charchading, bas! Senga tomoq, bizga quloq kerak. Eshitdik, jo‘na nari, ezma! — degan qozoqlar ham ko‘p. — E-e, bir joyda tentirab yurgandir yoxud birov boylab qo‘ygandir, chiqib qolar, — deydi birov. — Tomoqdan o‘tib ketgan bo‘lsa-chi?! Tuya- niyam butun yutadiganlar bor, bu-ku sigir ekan! — kuladi yana birov. Bozor oralab, baqira-baqira ketayotgan jarchi- ning tovushi hanuz eshitiladi. Menga jarchining gaplari moyday yoqib qolgan. Qo‘limdagi qimiz to‘la piyolani shoshib, chetga qo‘yaman-da, uni quvib ketaman. — Ey, xaloyiq! Ey, xaloyiq! Ola sigir, ola sigir yo‘qoldi. Bir shoxida nuqsoni bor, dumi kesik, bir emchagi... — Har qadamda to‘xtab, qayta-qayta takrorlaydi. Dam ovozini barala qo‘yib qichqiradi, dam bo‘g‘ilib, pasayadi. Chol xunukkina, yuvosh otida yuradi. Men unga angrayib yuraman. Hammayoqda otliq, men jarchiga ergashib, uzoq yurgach, do‘konga qaytaman. Savdo chaqqon. Ayniqsa nosfurushlarning qo‘li- qo‘liga tegmaydi. Ur-yiqit. Kech yaqinlashadi. Qozoqlar to‘da-to‘da bo‘lib qirga, toqqa tarqay boshlaydilar. Dadam do‘konni yopadi. — Yur, o‘g‘lim, Zulfining oldiga boramiz, — deydi horg‘in ohang bilan. Dadam bilan birgalashib boramiz. Zulfi ammam — dadamning jiyani. — Voy, o‘zim tasaddiq! Omonmisan, eson- misan? — quchoqlab, yuzlarimdan cho‘lp-cho‘lp o‘padi. — Buvimlar salomatmi? Oyiginang esonmi, Karomatoy... — Hammasi salomat! Salom aytib yubordilar! — deyman Zulfi ammamga qarab. — Men ketdim, — deydi dadam. — Musavoy qolsin. Xayr! — Shoshilib chiqib ketadi. * * * Uyg‘onsam vaqt alla-palla bo‘lgan, oftob yoyil- gan. Hovlida tikkaygan daraxt yo‘q. Nari-beri nazar solaman, yuvinishga suv topmaganimdan, ko‘chaga chiqib atrofi tollar bilan qurshalgan, qur- baqalar, itbaliqlar to‘la hovuzdagi sasigan iflos suvga yuvinaman. Choydan keyin A’zamning oldiga chiqaman, uning turgan joyi bizga yaqin, qo‘shni. Ikkovlashib ko‘chalarni keza boshlaymiz. Bozor suv quyganday jimjit. Onda-sonda bitta-yarimta do‘kon ochiq. — Dadam saharlab otda bir yoqqa jo‘napti, — deyman A’zamga. — Hammasi birgalashib jo‘nashgan, — deydi u. — Uzoqqami? — so‘rayman men. — Sharobxonaga ketishdi. Uzoq qirlardan odamlar yig‘ilib, savdo qilishadi, tushundingmi? — Hammayoq cho‘l-u biyobon, — deyman atrofga qarab. A’zam indamaydi. Qo‘y bozor, ot bozorlarni tentib chiqamiz. Bo‘m- bo‘sh, kimsa yo‘q. Horib, bir berk do‘kon oldidagi toshga o‘tiramiz. — Yaxshi-ya, o‘rtoq! — deydi A’zam qo‘lini keng yoyib. — Tinch joy. Tog‘larga qara! Havoning pokligini ko‘r! Juda yaxshi ko‘raman Yangi- bozorni. — Ehtimol dadamlar Chimkentga ketgandir, — deyman A’zamning gapiga quloq solmasdan. — Hay, qiziq ekansan-ku, Sharobxonaga dedim- ku, axir, — asabiy o‘qrayadi A’zam. — Haftada bir daf’a bozor bo‘lsa, juda zerikadi- gan joy-ku bu yer. lekin, to‘g‘ri aytasan, havosi baland, moyday singadi kishiga, — deyman A’zamning jahli chiqqanini sezmaganday. — Hov anov tog‘ni Qozig‘urt deydilar. Ko‘rdingmi qanday bahaybat! Qara! — deydi A’zam. — Manzara yaxshi. Lekin tog‘lar ancha uzoq, — deyman uzoq tog‘larga qarab. Shunday qilib, uni-buni gapirib yuramiz, o‘tiramiz. Oxiri zerikib, A’zam uyiga jo‘naydi, men Zulfi ammamnikiga qaytaman. Bir amallab kunni kech qilamanda, oqshom kirishi bilan dadamni qarshi olgani ko‘chaga chiqaman. Botayotgan qu- yoshning yallig‘ida tog‘lar nihoyat go‘zal. Toshga o‘tirib, manzaralarning go‘zalligi, osmonning har on o‘zgarib turgan rangini uzoq tomosha qilaman. 4 — 4452 Quyuqlashgan qorong‘ilikdan ot dukuri eshitila- di-yu, lahza o‘tmay, qarshimdan dadam kelib chiqadi. — Nima qilib o‘tiribsan yakka qoziqqa o‘x- shab? — kulib so‘raydi d^dam. Dadamni ko‘rib sevinib ketaman. — Attang, kech bo‘lib qoldi-da, otga minib bir aylanib kelardim. Dada, ertaga uydamisiz? — so‘ray man birdan jiddiy tus bilan. — Ey, o‘g‘lim, bizga tinim yo‘q sira, — deydi dadam otdan tushib, — erta ham daydib ketaman. 0 ’rtoqlaring bilan o‘ynab yur, yolg‘iz yurma! Endi bor, uxla! — deydi orqamni qoqib. Men indamayman. Sekin yurib, yana Zulfi ammamnikiga kelaman. Ammamning eri — Zokir pochcha endigina uyga qaytgan ekan. U novcha, oriq, qisqa soqol, ko‘rnamo kishi. — Qani jiyan, o‘tira qoling, bir qiymali moshkichiri yeymiz. Bilingki, moshkichirining yaxshisi palovdan a’lo! — deydi joylashib o‘tirib Zokir pochcha. Zo‘r ishtaha bilan dasturxon oldiga o‘tiraman. * * * Bozor jimjit. Bir to‘da yoshlar shashka o‘ynay- dilar. Qiziq o‘yin. Ermak-da. Onda-sonda bitta- yarimta qozoq nosvoy olgani kelib qoladi. Hammayoq suv quyganday... — Beri kel, o‘g‘lim, yugur, hovuzdan suv olib kel! — buyuradi menga qoragina, ko‘zlari shilpiq bir baqqol. G‘izillab hovuzdan bir obdasta suv keltiraman. — Barakalla, o‘g‘lim! Jinday suv sachrat, chang burqib ketdi... — yana buyuradi baqqol. Chelakdan ozgina suv sepaman-da, darrov qo- chib qolaman. «Bu yerlarda chang serob» deyman ichimda. Do‘kondorlar o‘taketgan xasis. Butun kunga bir non kifoya ularga. Kechqurun bir qoshiqqina xo‘rda qiladilar. Issiq baland. Cho‘l simobday erigan. A’zam ikkovimiz qirga ketamiz. — Burgut! — qichqirib yuboraman qo‘qqis- dan. — Hov ana, toshda o‘tiribdi, — deyman. — A? — deydi sabrsizlik bilan alanglab A’zam. — Ana, ana! — qo‘lim bilan ishora qilaman. — Ulug‘vor, ajoyib qush-da. A’zam og‘zini ochib, qotib qoladi. — Qushlarning asili! — deydi A’zam meni tu rtib. Asta yurib boramiz. — Tosh otsak-chi? — hovliqaman men. — Qozoqlar balo-da. Birpasda tutib oladi, — deydi A’zam jiddiy tusda. Ikkovlashib tosh ota boshlaymiz. Toshlar havoni g‘iz-g‘iz yorib uchadi. — Tegmaydi, yana yaqinroq boramiz! — deyman A’zamning yengidan tortib. Sekin-sekin yaqin boramiz. Biqinib, nafaslari- mizni yutib turib, hay a jon bilan bittadan tosh otamiz. Toshlar g‘iz etib burgutning yonidan o‘tib ketadi. Burgut yalqovgina, ammo viqor bilan boshini biz tomonga buradi-da, qanotlarini keng yoyib uchib ketadi. — Attang! Esizgina! — deb og‘izlarimizni ochib, osmonga qarab qolamiz. Keng qirni, qarshidagi yarim doira ufqqa chizil- gan togTarni tomosha qilib uzoq yuramiz. To‘sat- dan bir ovulda to‘yga yoTiqamiz. Bir o‘tovda odam tiqilinch. Atrofda to‘da-to‘da otlar. Ayollar erlar- dan qochmaydi, aralash-quralash. Bir-birlarining yelkalarini qoqib, bemalol hazillashib so‘zlashisha- di. Ba’zi ayollarda duxoba ko‘ylaklar, qoTlarida qo‘sh-qo‘sh bilaguzuk, quloqlarida katta halqalar. Lekin ust-boshi kir, yirtiq-yamoq kambag‘allar bisyor. — Qaydan keldi bu sartning bolalari? 0 ’tir, o‘tir — deydi bizlarni o‘tovga o‘tqazib bir chol. — Kimning bolalari? — so‘raydi savlatli bir kishi. — Tosh akaning o‘gTiman, — deyman uyalibgi- na va A’zamni ko‘rsatib: — 0 ’rtog‘im, Toji akaning o‘g‘li, — deyman. — Aylanib yurgan edik, to‘yga yoTiqib qoldik, — deydi jiddiy ohang bilan A’zam. — Voy-bo‘y! — deydi bir nechalari bir og‘izdan. — Tosh akani, Toji akani bilamiz, o‘zimizning tomirlar. Eski og‘aynimiz. — Qani, yigitlarga qimiz quy! — deydi haligi savlatli chol bir yigitchaga va keyin oldimizga bir hovuch bo‘g‘irsoq to‘kadi. — Shimir, shimir, o‘g‘il! — deydi yana birisi zarang kosalarda menga va A’zamga qimiz uzatib. Ikkovimiz ham tashna, halqumlar issiqdan qurigan. Kosalarni boshimizga ko‘tarib, birpasda bo‘shatamiz. — Barakalla, — deydi bir yigit kulib. — Tag‘in toTat! — buyuradi yigitchaga qarab. — BoTdi, amaki, — deydi A’zam. Qozoqlar qistaydilar, ammo ichmaymiz. — Rahmat! Sal turib ichamiz, — deymiz qizarib. Bo‘g‘irsoqni ikkovimiz ham xo‘p tushiramiz. Oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan, ovozi yoqimli oqin do‘mbirasini chertib, oTan aytmoqda. Hajviy aytishuvlar, kulgi, oTan tinmaydi. Ko‘p o‘tmasdan sergo‘sht, juda mazali shavla tortiladi. Ishtaha bilan xo‘p uramiz. Keyin sekin tashqariga chiqamiz. Birdan qozoqlar tipirchilagan, osmonga sapchiy- digan argTmoqlarga minib, uloqni boshlab yubo- radilar. Bir ajoyib qiziq tomosha boTadiki, A’zam ikkovimiz nafasimizni yutib, qimir etmay, qotib qolamiz. Odam qalin. Davra juda katta. Otliq- larning hammasi uloqqa yopishadi, butun dunyoni unutganday shavq bilan berilib, uloqni yulib qochishga tirishadilar. Birdan keksa, novcha, kalta soqolli, pishiq gavdali kishi otini sapchitib o‘rtaga, uloq ustiga yopirilib talashib turgan to‘daga bir sho‘ng‘iydi-da, uloqni yulib taqimiga bosadi. Qalin odamlar orasidan jonivor ot o‘qday uchib ketadi. Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar ko‘pir- gan, quturgan daryoday, duv etib, orqadan quvib ketadi. Tomoshabin xalq qattiq hayajonda kuzata- di. Uloqchilar biridan biri, biridan biri uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi. Uloqchi- largina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglaganday, shavq bilan chopadi. Bir otning to‘xtab qolganini, qamchidan qo‘rqqanini ko‘rmaysiz! Otlar yiqilgan, odamlar uchib tushgan, oyoq-qo‘llar shartta singan... Ur-yiqit, to‘polon... qiziqib, berilib tomosha qilamiz. Quyosh og‘ganda uloq tamom bo‘ladi. Qizlar, ayollar o‘tovda o‘tiribdi, ularning oldiga bir to‘da yasangan yigitlar kiradi. Biz ham ergashamiz. Darrov kelinga ko‘zimiz tushadi. Yumaloq, qip- qizil loladay yuzli, ko‘zlari uchqunli, boshida jig‘a, popukday, yaxshigina, go‘zalgina qiz. Qozoq- larning rasmicha qizlar baland, qo‘ng‘iroq ovoz bilan, jonli imolar bilan, ko‘zlarini chiroyli o‘yna- tib shunday qo‘shiq aytishadiki, A’zam ikkovimiz hayrat bilan baqrayib, es-hushimiz og‘ganday, mahliyo bo‘lib qolamiz. Qizlar, yigitlar bir-biri bilan shunday sho‘x, shunday usta aytishadiki, birortasi javob topol- may, labini tishlab qolmaydi. Nozik pichinglar, o‘tkir kinoyalar bilan, bir-birlaridan o‘zishadi. Kulgi, qiyqiriq, o‘lan tinmaydi. Bir-biriga ulashib boradi. Kuyov puxta kiyingan, baland bo‘yli, keng yag‘rinli yigit. Uyalibgina, past ovoz bilan o‘lan aytadi: Qasi qara qag‘azding qalaminday, Alemge bitemeken qiz-da sendey. Qilipti quda istiq juldizingdi, Ko‘rmedim bul duniede qizdi sendey. Aq juzingde jiltildag‘an qara ko‘zing, Arziydi m ing tildag‘a aytqan so‘zing. Ko‘nglimdi sag‘an aytpay kimge aytam, Arziysin talay qizg‘a jalg‘iz o‘zing. Qiz yangroq ovoz bilan javob beradi: Salibsan esinginge qara quip, Turadi qalg‘an ko‘lding suvi jimip, Qilipti quday istiq juldizingdi. Baradi senge qarab ko‘zim tinip. M ingening jas vaqtda qizil do‘nen, Dariyadan o‘termedi suv bilmegen. Ko‘nglimdi sag‘an qo‘ydim shinimenen, Ko‘ngling sening mende bo‘lsa shinimenen. Mehmonlar gur kulgi bilan, chuvvos bilan qarshilaydi. Yigit hayallamay, o‘rtoqlari tashlagan bir-ikki so‘zga ko‘zlarining imosi bilan tezgina javob beradi-da, yoqimli ovozi bilan qisqa, ammo mazmundor javob qaytaradi. — Musavoy, ketmaymizmi? Kech qolamiz- ku, — deydi sekin shivirlab menga A’zam. Aslo ketgim kelmaydi. Sekin o‘rnimizdan turib tashqari chiqamiz. — Esizgina, — deyman A’zamga, olovlangan ufqqa, qoraya boshlagan osmonga qarab. — Birpasda kech tushib qoldi-ya! Biz ketmoqdamiz, orqamizda to ’y bazmi, qizlarning qo‘ng‘iroq ovozi, kumushdek jarang- lagan kulgilar davom etmoqda. Tez yuramiz, shunday bo‘lsa-da, biz qishloqqa yetganda quyuq qorong‘ilik tushib qoladi. — Haromi valad! — bo‘g‘ilib qichqiradi xasta ovoz bilan A’zamga otasi. — Bu qanday sayoqlik! 0 ’ho‘, o‘hu... — deb uzoq yo‘talib qoladi. — Musavoy ikkovimiz yurdik... — javob beradi qo‘rqibgina A’zam nafasini yutib. — To‘yga bordik, amaki, — deyman men dadil tovush bilan. — Qimiz ichdik, uloq ko‘rdik... Biram qiziq to‘y bo‘ldiki... — Uyga kir! — keskin ravishda buyuradi otasi A’zamga. Keyin menga deydi: — Qarab tur, seni otangga chaqmasammi!.. — o‘dag‘aylaydi chol. Indamayman. Qo‘rqibgina sekin yurib, hovliga kirib ketaman. * * * Jaziram a oftob. Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. Ahyon-ahyonda birorta qozoq otdami, eshakdami yoki piyodami kelib qoladi, nosvoymi, qandmi yo choymi olib ketadi. — Jeka, eshagingizda bir aylanib kelay, — yali- naman men. — Xo‘p, chirog‘im, min eshakka, — deydi biri. Sevinib eshakka minib ketaman. Baqqollar, nosvoychilar menga ko‘p hazilkash- lik qiladilar. Ular menga ko‘rsatmay, eshakning dumi ostiga bir chimdim nosvoymi, bilmadim, qalampirmi sepib qo‘yadilar. Eshak chopadi. Du- mini tishlab, chichonglaydi. Baqqollar qotib kula- di. Men toshgami, tuproqqa uchib tushaman. Muloyim, yuvosh bir baqqol bor. Soqollari moshkichiri, peshonasi do‘ng, ko‘zida oynak, hamisha mutolaa qilib o‘tiradi. Uning kitoblari juda ko‘p. Ayniqsa undagi mashhur «Ming bir kecha»ga nihoyat qiziqaman. Ammo o‘qishni bil- mayman, faqat «Qur’on» o‘qiyman. Domlam, xatga hali picha bor, deb hanuz «Qur’on» o‘qitadi. Men sabrsizlik bilan kitoblarga o‘tishni kutaman. — Jon amaki, «Ming bir kecha»ni jinday o‘qing, eshitamiz! — yalinaman baqqolning pinjiga tiqilib. — 0 ’qirdim, ammo yoshsan, go‘daksan. Arablarning bu kitobi juda ibratli. Xayol olami katta, lekin uyat gaplar ko‘p-da, — deydi baqqol boshini tebratib. Men qistayman. Baqqol uzoq axtarib, bir hikoyatni topadi, o‘qiydi, men jim tinglayman. — Amaki, hikmatli gaplar ko‘p ekan. Tasviri ham joyida, — deyman. — Arablarda shunday hikmatomuz hikoyatlar ko‘p, — deydi baqqol. Kunlar shunday o‘tadi. Yakshanba — bozor kuni, azonda qozoqlar kela boshlaydi. Bozor sust. Munday qarab razm solsam, ko‘pchiligining qo‘lida kosov, bolta, o‘roq... Oralarida ayollari ham ko‘p. To‘da-to‘da bo‘lib nimadir gaplashadilar. Bilmadim, soat o‘n birlar- dami, qozoqlar birdan «Olosh!» deya qichqirishadi va hujumga kirishadilar. Men qattiq sarosimada, biroz qotib qolaman. Keyin dadamning oldiga yuguraman. — Dada, dada, bu nima gap, qozoqlar hujum boshladi?! — deyman hovliqib. Dadam kuladi-da, beparvogina qo‘lini siltaydi: — Qozoqlarning bir eli ikkinchi elidan xun talab qiladi. Tushundingmi? — deydi menga. Keyin, ozgina sukutdan keyin davom etadi: — G‘ovg‘a kechgacha boradi... Hm... Savdo buzildi, degin! — bozor tomon qarab dadam boshini chayqaydi. Men qo‘y bozoriga tomon yuguraman. Qo‘ylar oz, to‘polon avjda. A’zamni topib olaman. U oyoq ostida, dam o‘zini u yoqqa, dam bu yoqqa olib, angrayib yuribdi. — Bu qanday g‘ovg‘a? Pichoq, boltalarga qara! — deyman A’zamning qo‘lini ushlab. Shu paytda bolta, pichoqlar bilan qurollangan yangi bir to‘da qozoqlar paydo bo‘ladi. Baqirishib, jangga kirishib ketishadi. «Hoy-hoy» qichqiriqlar, to‘polonlar, bosh yorilib, ko‘z chiqishlar uzoq davom etadi. A’zam ikkovimiz o‘zimizni dam chet- ga olib, dam girdob ichiga tiqilib, toza tomosha qilamiz. Keyin qozoqlarning kattalari — biylar paydo bo‘ladi. Uzoq muzokara boshlanadi. So‘z jangi ham anchagina davom etadi. Zo‘r-bazo‘r sulhga kelib bitishadilar. Keyin savdo qizimaydi. * * * Kun shanba. Otam barvaqt do‘konni yopadi. Hamrohlari bilan Qozig‘urt tog‘iga bormoqchi. Otam meni ham ola ketmoqchi. Sevinib ketaman. Otlanamiz. Dadam otda, men orqasida. Shishaga poyaki nosvoy to‘ldirarkan, otimiz ikkinchi bir ot bilan birdan tishlashib ketsa bormi, men otamni ushlashga ulgurmayman, uchib xarsang tosh usti- ga borib tushaman. Qattiq yig‘lab yuboraman. Otamning oshnasi Hasan aka chopib keladi-da, meni qo‘liga ko‘taradi. Meni u yaxshi ko‘rardi, turli qiziq gaplarni aytib, kuldirib, hazillashib yuradi. U meni ko‘targanicha do‘konga olib kiradi. Otam orqamizdan yuguradi. — Oyog‘i ozgina shikast yepti. Hechqisi yo‘q, o‘g‘lim, yigitga bu hech gap emas, polvonsan- ku! — deydi Hasan aka meni ovutib. Darrov yangi doka topib, oyog‘imni mahkam tang‘ib bog‘laydi. — Tur, yigTama, o‘gTim, — deydi dadam orqamni qoqib. — Qozig‘urtga borib aylanib kelamiz, tomosha qilasan. Darrov ovunaman. Ko‘zlarimni artaman. Bir talay otli kishilarga qo‘shilib, birvarakay yoTga tushamiz. Hammamizning otlarimiz yaxshi. Qirlar, uvalar, jarlardagi uchirim laridan osha uzoq yuramiz. Quyosh endi boshini ufqqa qo‘ygan. Qirlarning g‘ir-g‘ir shamoli, o‘pkalarga moyday tuyulgan totli havosi hammamizning ruhimizni birdan ko‘tarib yuboradi. Dam hazil-huzul aralash qizg‘in gap bilan, dam tabiatning husni, nash’asini his etib, sukutda bormoqdamiz. Men ufqdagi alvon g‘urub- ni, togTar cho‘qqisidagi oltin chizgilarni, yumshoq maysalarda otlarimizning tovushsiz dukurini, soy- larning toshlarida tuyoqlar ostidan chaqnagan uch- qunlarni sayr etib, go‘zallikka maftun, ko‘nglim ravshan holda jim bormoqdaman. Afsuski, oyog‘im- ning og‘rig‘i ko‘nglimni xira qilibroq turibdi. Tog* etaklarida ko‘m-ko‘k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. Daraxtlar siyrak, onda-sonda pakana daraxtlar uchrab qoladi. Otlar balandlik, tepalikka intilib, oyoqlarini g‘urur bilan chiroyli tashlaydi, boshla- rini ko‘rkam tutadi. Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash’a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini ko‘raman. Naqadar go‘zal jonivor bular... Sevaman, ko‘ngildan, chindan sevaman otlarni!.. Dam tepaliklar bo‘ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. Goh-goh qozoq ovullari yo‘liqadi, o‘tovlar atrofida to‘da-to‘da otlar, boshlarini chiroyli ko‘tarib, mag‘rur cho‘kkan tuyalar, gala-gala qo‘ylar... 0 ’choqlardan burqsib osmonga intilgan tutunlar... Hammasi hayotning jonli lavhasi, ko‘rki... Quyuq qorong‘ilikda ulug‘vor yaslangan Qozig‘urt tog‘iga yetamiz. Bir-biriga chirmashgan zich daraxtlar tagidan kichkina irmoq sharqirab oqmoqda. — Juda baland tog‘ ekan, dada, ertaga chiqamiz-a? — so‘rayman qalbimdan toshgan shod- lik va hislardan entikib. — Albatta, albatta chiqamiz, o‘g‘lim! — deydi dadam boshini qimirlatib. Hammalari otdan tushadilar. Men ham irg‘ib tushishga jazm qilarkanman, oyog‘imda qattiq og‘riq sezaman-da, ikki qo‘llab egarga yopishaman. — lya, shishkanmi, a? — so‘raydi dadam va darrov ko‘tarib meni otdan oladi. Bizni qarshi olgan qozoq yigitlarining biri o‘tovdan katta oq namat chiqarib yozib tashlaydi. Ulfatlar hammasi namat ustida biri yonboshlab, biri chordana qurib joylashib oladi. Dadam tashvish va sarosimada yuzimga tikiladi. — Qani, bos oyog‘ingni, bosib ko‘r-chi? — deydi sinovchi ohang bilan. Og‘riqdan labimni tishlab, sekin qadamlar bilan namatning bir chetiga o‘zimni tashlayman. Ulfatlar xurjunlaridan choy, non, qand olib, ko‘m-ko‘k tiniq suvdan choydishni to‘latib, choy qaynatadilar. Idish-tovoq but. Qozoqlar darrov bir qo‘zini bo‘g‘izlab, et osadilar. Osmon yulduzlari- dan boshqa chiroq yo‘q. Yigitlardan biri allaqayer- dan yarimta shishalik bir xira lampani amallab topib keladi. U lfatlar hazil-mutoyiba, askiyani boshlab yuborishadi. Galma-gal jinday-jinday nayaki tor- tishadi, dadam ham ozgina tortib qo‘yadi. Salqin tushadi. Men dadamning choponini yel- kamga tashlayman. Bulbullar bu yerda ko‘p bo‘lar ekan. Goho ularning yoqimli yangroq tovushlari havoni to‘ldirib yuboradi. Bulbulni tinglashni sevaman. Kuylari qalbimda allaqanday yoqimli hislarni chayqatib yuboradi. Buni sezganday Hasan aka tabassum bilan orqamni qoqadi: — Tingla o‘g‘lim! Bulbulning sayrashi dunyo- ning eng baland lazzati... Mening marhum otam aytar ediki, bulbulning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish, deb. Shundan beri bul- bullarning xil-xil maqomlarini sanayman. Uchiga yetolmayman. Ha, o‘g‘lim, bulbul jonivor qush- larning asili, tushundingmi? Men bu gaplarga qoyil qolaman. Ulfatlar dam jiddiy suhbatga, dam askiya, qiyqiriqqa o‘tib, uzoq o‘tiradilar. Turmushdagi ba’zi nodir voqealarni, o‘tmish zamonlarda boboy- lar hayotidan turli hodisalarni ko‘p ezib gaplashadilar. Yangi oy oltin o‘roq kabi porlaydi. Daraxtlar guvullashi, irmoqlar sharqirog‘i, dev qoyalar tun qo‘ynida allaqanday vahimali, sirli tuyuladi. Sho‘rvadan jinday totinib, uxlab qolaman. Bir mahal ko‘zimni ochsam g‘ira-shira tong otmoqda. Yulduzlar galma-gal botganday, sekin- sekin so‘na boradilar. Sovuqdan qotib qolibman. Asta qimirlasam, dadam payqab qoladi-da, sekin shivirlaydi: — Uxla, o‘g‘lim, hali vaqtlik. Keyin sovuqdan junjiganimni sezadi shekilli, qalin chakmonini ustimga tortadi. Uyqu qochadi. Bulbullar qo‘shig‘i tinmaydi, uzluksiz sayrab turadilar. Havo nihoyat toza, musaffo. Ko‘p o‘tmasdan dadam qo‘zg‘aladi. Qumg‘onga suv to‘latib, olov yoqib yuboradi. Birin-sirin ulfatlar uyg‘onadi. Ufqda qirmizi shafaq ko‘rkam yoyilmoqda. Quyosh ham oltin nurlarini to‘kib, mag‘rur ko‘tariladi... Bilmadim... Oqshommi go‘zalroq, tongmi?.. Bir-biridan go‘zal, bir-biridan fusunkor. Tabiat shunday boy, shunday mohir... — Turasizmi, o‘g‘lim? — so‘raydi yumshoq tovush bilan dadam. — Turing, turing, ana toqqa bir qarang! — QoTini keng yoyib tog‘ni ko‘rsatadi. Turaman, lekin oyog‘im zil. Bosolmayman. Hasan aka va dadam hayron boTib, dovdirab qo- lishadi. — Og‘riq zo‘rmi? — so‘raydi dadam. — Og‘riyapti, — deyman og‘riqdan qoshlarimni chimirib. — Yot, yot, chirog‘im! — deydi menga Hasan aka. Keyin dadamga sekin shivirlaydi: — Singan- da. — Darrov, shoshilinch bilan qaygadir yuguradi. Dadam xomush o‘tiradi. Choy qaynaydi. Dasturxonga bir katta lagan yogTi et bilan issiq bo‘g‘irsoq olib kelishadi. Shu paytda qo‘lida bir tuxum ushlagancha Hasan aka kelib qoladi. Avaylab dokani yechib, tuxum bilan oyog‘imni yaxshilab silaydi. Uzoq silaydi. Menga ham go‘yo og‘riq kamayganday tuyuladi. Hasan aka oyog‘imni qalin qilib, qattiq tang‘iydi. — Yot, birpasdan keyin toyday chopib ketasan, o‘g‘lim! — deydi Hasan aka yelkamni qoqib. — Bo‘pti, kechgacha toqqa chiqadigan boTasan, sabr qilib yot, o‘g‘lim, — deydi dadam mehribon tovush bilan. Osmonga qarab yotaman. Borgan sari oyog‘im- ning shishi ko‘payganini sezaman. Dadam ham tez- tez razm solib turganidan shishning zo‘rayib bor- ganini payqaydi shekilli, boshini quyi solib xafa o‘tiradi. Tush bo‘lgan. Dadamga qarab: — 0 ’zingiz boravering, dada, toqqa. Men yotib tomosha qilaman, — deyman. Dadam bilan ulfatlari qo‘llariga bittadan hassa tutib, tirmashib, toqqa chiqib ketadilar. Hasan aka mening yonimda qoladi. Indamas bir novcha yigit bilan birga jarkopga hozirlik ko‘ra boshlaydilar. — Yoqmadi tuxumingiz. Ko‘ring, oyog‘im borgan sayin shishib ketyapti, — deyman Hasan akaga. — Tek yot, tuzuk boTib qolasan. Davosi tu xum! — deydi kulib jarkopga piyozni maydalab to‘g‘rayotgan Hasan aka. Toqqa qarab yotaman. Qoyalar, o‘pqonlarga hayron qolaman. Tog‘ ulug‘vor. Ammo esizki, toqqa chiqolmay- man. 0 ’ksinaman. Hasan akadan kiyiklar, ayiqlar haqida so‘rayman. — E, o‘g‘lim, hammasi bor. Bo‘rilar, ehtimol sherlar ham bordir, — deydi Hasan aka ko‘zlarini qisib. Dadamlar uzoq yurganlaridan juda charchab, horib qaytishadi. Dadam bir dasta xushbo‘y tog‘ gullarini menga olib keladi. Sevinib ketaman. Jarkopni ishtaha bilan yeb, kechga yaqin Yangibozorga qarab yoTga tushamiz. * * * Tikkaygan daraxt yo‘q. Cho‘l kabi keng hovli- ning bir chekkasida, ayvonda yolg‘iz yotibman. Otdan yiqilganimga, chamamda o‘n kuncha boTgan, ammo hanuz oyoqni yerga bosolmayman. Zo‘r-bazo‘r, oqsab-oqsab, bir-ikki qadam qo‘yaman. Ertadan kechgacha osmonga qarab yotaman. Ayvonda chumchuq uyalari ko‘p. Chumchuqlar inga kelganini, bolachalari chug‘urlab bo‘yinlarini cho‘zib, sap-sariq tumshuqlarini katta ochganlarini tomosha qilaman. Bulardan zerikkanimda, hovli yuzini toTatib yurgan xo‘roz va tovuqlarni ermak qilaman. Xo‘roz ulug‘vor, ko‘rkam. U donmi, chigirtkami topa qolsa, darrov tovuqlarni chaqiradi. Tovuqlar «qa-qa-qa» deb uni o‘rab oladilar. Mabodo birorta tovuq tomgami, qo‘shni 109 tarafgami chiqib qolguday bo‘lsa, xo‘roz go‘yo do‘q, zarda bilan oldiga solib quvlab keladi. Xayolga ketaman. 0 ’ylar va hislar ketma-ket ulanadi. Olisdagi tog‘lar xayolimda juda yaqin- day ko‘rinadi menga. Tog‘lar orasida allaqanday xiyobonlar, bog‘lar, saroylar ko‘ringanday bo‘la- di. Birdan jin-ajinalar, parilar qarshimda paydo bo‘ladi. Fikrlar chuvalanadi, chigallanadi. Ammo men dam hushimda, dam behushday beparvo yotaman. Quyosh omonsiz, cho‘ldan uning yallug‘i uradi. Zulfi ammam ahyonda bir yonimga kelib, «0’1a qolay, haliyam oyog‘ingning shishi qaytmadimi- ya?» deydi-da, tag‘in kuv pishish, qatiq ivitish kabi ikir-chikir ishlariga urinib ketadi. A’zam tez- tez oldimga kiradi. Zerikkanini, bolalar bilan urishganini aytib beradi. — Tezroq tuzal, ikkovlashib ulardan o‘chimizni olamiz. Hammasi qo‘rqoq. Hamasi yuraksiz. — Yo‘q, o‘rtoq, zo‘rlari ham bor. Jikkak bir bola bor-ku? Ayniqsa ana shunisi zo‘r. Hazir bo‘l, urushma, yomon do‘pposlaydi. Ishqilib, do‘st bo‘l! — deyman ta’kidlab. A’zam qovog‘ini solib yerga qaraydi, indamay- di. Zerikib undan-bundan, qurumsoq, ziqna boy- larning xasisligi, qattiqligidan gaplashamiz. Otam har kuni ertadan kechga qadar ot ustida tentiraydi. Namozgardami, shomdami birrov oldimga kiradi. Ust-boshi chang, charchagan, hori- gan bo‘ladi. — Qalay, yaxshimisan, o‘g‘lim? — deb so‘raydi, goho bir hovuch jiyda bilan besh-o‘nta yong‘oqni oldimga to‘kadi, jinday o‘tirib chiqib ketadi. Kunlardan bir kun dadam bilan Zokir pochcha maslahat qilishib, otda meni qozoq tabibiga olib jo‘naydilar. Qirlar, tepalar oshib, bir ovulga yetamiz. Otdan tushamiz. Ustida oppoq toza ko‘ylak, nimcha, boshida kiymachak va lachak, gav- dali bir qari ayol bizni qarshi oladi... 0 ’tovga kirib o‘tirgandan keyin, bir tovoq qimiz tutadi menga. n o — Suvsaganning davosi bu, chirog‘im! — deydi ayol mehribon tovush bilan. Zokir pochcha kampir bilan quyuq so‘rashgan- dan so‘ng deydi: — Shu bolachamiz otdan yiqilib, oyog‘i shikast topdi. Sizga keldik, bir ko‘ring. Kampir menga tikilib qaraydi. — Qani, qarog‘im, ko‘rsat! — deydi va o‘zi ehtiyotlik bilan oyog‘imdagi kir dokani yechib, sekin bir-ikki silaydi. — Chiqqan, — deydi dadamga va Zokir pochcha- ga qarab. Keyin menga: — Chirog‘im, darrov yaxshi bo‘lasan, toyday chopib ketasan, — deydi. Men ozroq qo‘rqaman ichimda. Birdan qattiq bosib yuborsa suyagim shiq etadi. «Voy!» deyman sekin, butun og‘riq bir onda yo‘q bo‘lganday tuyuladi. Sevinib ketaman. — Bo‘ldi-bo‘ldi, qutulding, chirog‘im! Endi sog‘san! — deydi boshimni silab ayol. — Bechora bolani shuncha kun qiynabsizlar, mana, ko‘zi moshday ochildi, —deydi ayol kulib, otamga qarab. — Balli, rahmat, kampir! — deydi dadam qulluq qilib. — Yaxshi bilgich tabib ekan, — shivirlaydi Zokir pochchaga engashib. Tabib qattiq tang‘ib bogTaydi oyog‘imni. Sevinganimdanmi, og‘riqdan qutulganimdanmi, o‘zimni juda yengillashgan his etaman. Dadam pul berib, yana qayta-qayta minnat- dorchilik bildiradi. YoTga tushamiz. Ertasiyoq o‘yinga kirib ketaman. 0 ’yinlar ko‘p — «qushim boshi», chillak, yong‘oq, oshiq... Ba’zan dadam Hasan aka bilan meni biror qozoq oshnasinikiga boshlaydi. Ba’zan «Yur, gasht qilib baliq tutasan, o‘ynab kelasan», deb biror suvning bo‘yiga olib boradi. Otda dalalar, qirlar oshib uzoq yurishni sevaman o‘zim ham. Bir necha kundan keyin dadam orqamni qoqib: — Bas, o‘gTim, erta azonda Toshkentga jo‘naysan. 0 ’ynading, kulding, boTadi, — deydi muloyim tabassum bilan. 111 Indamayman. «Yurgan edim maza qilib» deyman ichimda. — A’zam ham ketadi. Otasi bilan gaplashdik. Erta bir aravakash bug‘doy ortib ketyapti, birga jo‘naysizlar. Azonlab, barvaqt A’zam ikkovimiz yo‘lga tushamiz. Aravaga juda ko‘p bug‘doy ortilgan. Qoplar orasida amallab suqulib o‘tiramiz. Aravakash ko‘saroq, muloyimgina kishi. Biz xomush boramiz. Cho‘l-u biyobon. Keng, ulug‘vor sahrolar ufq- dan ufqqa tutashgan. Kuz fasli. Shamollar mayin, yoqimli esadi. Quyoshning issig‘i kuydirmaydi, erkalaydi. Tiniq, ko‘m-ko‘k osmonda onda-sonda yengil bulutlar asta kezadi. Yuksak togTar tuman- da. Men tomosha qilib boraman, rang-barang ranglar tinmay o‘zgaradi. «Tabiatning siri, ma’- nosi chuqur», deyman ichimda. Peshinga yaqin qorin ochadi. Yonimizda bir tiyin yo‘q. Sekin A’zamga shivirlayman: — Cho‘ntagimizda xemiri ham yo‘q, aravakash- dan uyat-ku, axir! — Otalarimiz toshday qattiq. Ayniqsa, dadam pul desa tomdan o‘zini tashlaydi, — kuladi A’zam zaharxanda bilan va davom etadi, — oyim sho‘rlik mehnat-mashaqqatdan chiqmaydi. Men kulib deyman: — OTdimi, balki otalarimiz pulni aravakashga bergandir... Ikki kun yoT yuramiz. YoT-yoTakay har bir uchragan choyxonada aravakash bizni to‘ydirib boradi. Hali moyli sho‘rva, hali o‘z qoTi bilan damlangan palov. A’zam ikkovimiz shodmiz. — Amaki, katta boTganda uzamiz qarzni, — deya kulamiz. Aravakash ham bizga qo‘shilib kuladi. Xuftonga yaqin Toshkentga yetib, aravakash- ning uyida to‘xtaymiz. — Bolalarim, bugun biznikida qo‘nasizlar. Kech boTib qoldi, — deydi. 112 Kelin bizga eskigina bir ko‘rpa, bir uzunchoq yostiq berib, ayvonga yotqizadi. Ertasi saharlab uyg‘onamiz. Aravakashning o‘zi kabi muloyimgina ayoli sut va non bilan mehmon qiladi. Keyin xayrlashamiz. — Yo‘lni bilasanlarmi, xumparlar? Adashib ket- malaring! — ta’kidlaydi aravakash. — Uyimiz yaqin, amaki, yo‘lni o‘zimiz bi- lamiz, — deyman jiddiy tus bilan. — Anov o‘g‘ri ko‘chadan tik tushamiz-da, uyimizga yetamiz, — deydi beparvolik bilan A’zam. 0 ’g‘ri ko‘cha osha Govkushga yetgach, A’zam yugurib uyiga kirib ketadi. Uning uyi katta ko‘chaga yaqinroq. Ust-boshim kir, tuproq, oyoqyalang to‘satdan uyga kirib boraman. Hammalari dasturxon oldida o‘tirishbdi. Onam har vaqtdagiday samovar yonida choy quymoqda. Yugurib qarshi oladi. Hamma men bilan sevinib, quchoqlab ko‘rishadi. — Gapir, qani, otang salomat yuriptimi? Qachon keladi, turmushi qalay? — ejikilab so‘ray boshlaydi buvim. — Dashtda yuripti. Salom, dedi, qachon kelishi- ni aytmadi, — deyman-da, sabrsizlik bilan xoti- ralarimni batafsil boshlab yuboraman. * * * — Tezroq yur! Hazir boT, ko‘zingga qara! — deydi har qadamda buvim. Buvim paranjida, boshi da bir katta tugun. Eski paxta. Mening boshimda kichikroq tugun — zavodga paxta ottirgani olib ketmoqdamiz. Ko‘chada odam serob. Bolalar to‘polonda, baqir- gan, yoqalashgan... Angrayib, boshimda tugun, dam tuyalarga, dam daraxt boshidagi qushlarga qarab, qoqila-suqila boraman. Chorsuvdan o‘tib, Bedabozor tomon qayrilamiz. Paxta tozalaydigan zavod keng maydonning yonboshida. Balanddan suv haybatli sharqirab tushib turibdi. Kampir orqasiga qarab: — Uf... yetdig-e, — deydi-yu, tugunni yerga tashlab, tappa o‘tirib oladi. Shu tobda bir to‘da g‘ozlar qaydandir paydo bo‘ladida, bizni quvishga tushadi. Hammasi biqqa semiz, oppoq, boshlarini baland ko‘targan holda bizga yuguradi. Men boshimdagi paxtani ikki qo‘lim bilan mahkam ushlab, oyoqlarim bilan g‘ozlarni haydashga urinaman. — Voy, o‘la qolay! Bular nima deydi-ya, yotsang yovga yoqar, degan gap bor. Hayda, bolam! — deydi buvim, ko‘ylagining keng yenglarini havoda yalviratib o‘zi ham g‘ozlarni quvlashga tirishadi. G‘ozlardan zo‘r-bazo‘r qutulamiz, ikkovimiz- ning ham nafasimiz tiqilgan, harsillab, zavod oldidagi bir yerga o‘tiramiz. — Hoy, bolam, beri keling! — chaqiradi buvim zavod ishchilaridan birini. Shu paxtalarni yaxshilab ottirib bering. Bola-chaqangizning rohatini ko‘ring... — Uzundan uzoq duosini boshlaydi buvim. Oriq, soqollari o‘sgan, ko‘zlari kichikkina, ust- boshi iflos bu kishi indamasdan ikki tugun paxtani ko‘taradida, olib ketadi. Kampir suvlarga, uzoqda yurgan g‘ozlarga qaraydi. Zavod shovqin-suron. — Tavba, qiziq gap, ha yo‘q, be yo‘q, ko‘tardi- ketdi, kelmasa-ya? — deydi buvim tashvishli tovush bilan. — Keladi, buvi, vahima qilmang! — deyman beparvolik bilan, suv bo‘yida tentirab yuraman. Kattakon charxpalak aylanib turadi. Suv vahimali shovqin bilan oqmoqda. Asta-asta zavod ichiga kiraman. Hammayoq paxta. Odamlarning bosh-ko‘zi chang, to‘zon. Aylanib-aylanib buvimning oldiga qaytaman-da, yerga cho‘qqayaman. Shu paytda haligi ishchi qor- day oppoq paxtani ko‘tarib keladi-da, buvimning oldiga qo‘yadi. — Mana, ko‘ring, ona! «Oh, paxta!» deysiz, — deydi kulib ishchi. 114 Kampir paxtani ushlab-ushlab ko‘radi. — Ikki tanga berar ekansiz, — deydi ishchi. Buvim sevinib, yana uzundan uzoq duosini boshlaydi. Ro‘molining uchidagi tugunni yechadi va qayta-qayta sanab, qirq tiyin pulni ishchiga uzatadi. Bir tugundagi paxtani menga imlab, o‘zi katta tugunni boshiga ko‘taradi. — Qani, o‘g‘lim, ketdik, — deydi. Tugunlarimiz avvalgidan kattaroq bo‘lsa-da, ukkiday yengil his qilaman. Bozor orqali uyga qay- tamiz. Odam avvalgidan qalin, bozor qozonday qaynaydi. Qatiq, qaymoq, zig‘ir yog* kabi narsalar qadamda uchraydi. Men atrofga alanglab, boraman. Buvim tez-tez to‘xtab, orqaga qayriladi, meni urishadi. — Anqayma! Ko‘zingga qara! Mana mashhur devona. U hamisha eshakda, qo‘lida qarg‘a, o‘zi oriq, ingichka ko‘sa, boshida katta kir sallasi, egnida yirtiq-yamoq, yag‘ir ki- yimlari. — Ana, darvesh! Buvi, ko‘ring! Qarg‘asi biram sayraydi, — deyman buvimni to‘xtashga qistab. — Yer yutsin, jinni-ku! Qarg‘asi nimasi, kelish- magan... Jinnini jinni desa arpa bo‘yi qo‘shiladi... Yur-e! — qichqiradi kampir menga. — Yo‘q, buvi, birpas to‘xtang! Ehtimol darvesh qarg‘asini o‘ynatar, hunari ko‘p juda. — Qani, o‘ynasin qarg‘a, bir o‘ynab ber- sin! — xiralik qilishadi bir necha bekorchi yosh- yalanglar. Devona barmoqlari bilan asta turtadi qarg‘asini: — Qani, sayrang, bitta sayrang! — atrofini o‘ragan katta-kichik yoshlarga qaraydi: — Ammo, yoronlar, qarg‘a tabarruk, aziz maxluq. Pay- g‘ambarimizning duosi ketgan, ming yil yashay- di... Qarang, razm soling, bechora qarg‘am yalin- yapti, gapiryapti, aqcha deyapti... To‘satdan qorovul devonaning ustiga bir chelak suv sepib yuboradi. — Ko‘r bo‘lgur! Qarg‘aning qarg‘ishidan qo‘rq, nodon!.. — tutaqib so‘kadi devona va eshagini «qh»lab, ikkinchi rastaga buriladi. Men devonaga, qarg‘aga achinaman. «Esizgina, qarg‘a xo‘p sayrardi-yu, qorovul o‘lgur ishni ishkal qildi» deyman, ichimda achchig‘imdan qorovulni so‘kaman. — Devonaning dilini og‘ritish yaramaydi! — ranjib deydi chetda, xarsang ustida chilim tutib o‘tirgan bir chol. Buvim ikkovimiz charchab, horib uyga qay- tamiz. Jinnilar ko‘p. Bizning Govkushda ham mo‘- mingina, yuvosh bir kishi to‘satdan jinni bo‘lib qolgan. Odamlarning gapiga qaraganda, bu kishi gap yer ekan. Bir kun ulfatlari hazillashib: «Qoq yarim kechada mozorga bora olasanmi? Dahshat. Zimiston. 0 ’liklar tovushsiz gaplashib yotadi!» deyishibdi. Yurakli kishi ekan. *Bo‘pti, borganim bo‘lsin!» depti-da, pichog‘ini yalt etti- rib qinidan sug‘uribdi. «Ammo shartim shuki — qirq kishiga quyuq ziyofat berasiz!» depti yigit do‘stiga qarab. «Xo‘p! Qirq yigitga ziyofat bera- man», depti do‘sti. Yigit mozorga boribdi, ammo jinni bo‘lib qaytibdi. * * * Kunlar salqinlashgan. Kuz payti. Havoda yaproqlar uchadi. Men ko‘chada o‘rtoqlarim bilan o‘ynab yuraman. Qo‘qqisdan uyidan devona yigit zanjirni uzib, ko‘chaga yugurib chiqadi. U qip yalang‘och. Hammamiz chet-chetga qochamiz. Biz ham qo‘rqamiz, ham tomosha qilgimiz keladi. Jinni yugurganicha machitga boradi. Machitning ayvo- nidan kattakon zilday qozonni ko‘tarib oladi-da, hovuzga tashlab yuboradi. Biz qo‘rqqanimizdan tura qochamiz. — Jinni! Jinni keldi! — deb baqiramiz. U bizni quvlab ketadi. Shovqinni eshitib lie yig‘ilgan odamlar jinnini bazo‘r tutib, uyiga olib kiradilarda, yana kishanga soladilar. Bolalar hammamiz bu jinnidan juda qo‘rqamiz. «Ana jinni!» desa birov, barchamiz in-inimizga kirib ketamiz. Men yolg‘iz qorong‘ida yurganimda «Mabodo jinni chiqib qolsa-ya?!» degan vahima hamisha tashvishga soladi. * * * Har oilada o‘tin-ko‘mir, don-dun tashvishi — dag‘dag‘asida loppa qish tushadi. Qish qattiq. Tog‘- tog‘ qor yog‘adi. Hovuz qattiq yaxlaydi. Har qishdagi kabi hovuz ustida sirg‘anish, ko‘chada yaxmalak otib o‘ynashga berilamiz. Ayniqsa qordan odam yasashni yaxshi ko‘ramiz. Ko‘mirdan qosh, ko‘z qo‘yamiz. Bulardan zerikkanda birorta dar- voza oldida A’zam, Hoji, Ahmad, men — bir talay bolalar yig‘ilishib, cho‘pchak aytishamiz. Ayniqsa cho‘pchakka Ahmad usta. U ko‘zlari o‘tli, ziyrak bola. Otasi o‘lib ketgan, hozir buvisining qo‘lida. Buvisi cho‘pchakning koni. Ahmad buvisidan butun eshitganlarini bir so‘zini oqizmay-tomizmay, balki qo‘shib-chatib bizga aytib bera oladi. Shu sababli biz ko‘proq cho‘pchak aytishga Ahmadni qistaymiz. U o‘zi ham zavq bilan, kampir-chollarday, sirli cho‘pchakni dahshatli ranglar bilan qiyib yuboradi. Qorga, sovuqqa, izg‘iringa qaramay, ko‘chada o‘tirib uzun-uzun cho‘pchaklarni tinglaymiz. Ahmad charchagandan keyin A’zamga yali- namiz. U ham bir dunyo cho‘pchak biladi. Shunday qilib, bir-birimizga buvilarimizdan, bobolarimizdan eshitgan, bilgan cho‘pchaklarimizni aytamiz. Goho kechalari qo‘shnimiz Rohat kelin oyi chiqadi biznikiga. Jiyakni to‘qib o‘tirarkan, uzundan uzoq, bitmas-tuganmas cho‘pchaklarni aytishni o‘zi ham yaxshi ko‘radi. Cho‘pchakka usta, ajoyib gapdon xotin. U ham o‘zining otasidan o‘rgangan ekan: «Otam juda kambag‘al, qashshoq edi, ammo cho‘pchakka boy edi», deb kuladi u. Karomat opam, oyim gangur-gungur jiyak tikib o‘tiradilar. Rohat kelin oyi devlar, yalmog‘iz kam- pirlar, arslonlar, bo‘rilar, tasavvur etish qiyin afsonaviy qushlar haqida sira tutilmagan cho‘p- chaklarni aytadi. Qish chillasi kirguncha ayvonni tark etmaymiz. Ayvonga tutilgan katta chodir gupullab yoqqan qorlarga picha pana bo‘ladi. Men tanchaga suqilib: — Qani, boshlang, jon kennoyi. Yaxshisidan, vahmalik, dahshatligidan bo‘lsin! — deyman yali- nib. Cho‘pchaklari shunday uzun bo‘ladiki, eng qiziq joyiga yetganda «Ming bir kecha»dagi kabi, «qol- gani ertaga» deb ishpechini ko‘targancha chiqib ketadi. * * * Bizning Govkush mahalla asrlar bo‘yi yangi- yangi bo‘g‘inlar orasida bo‘lina-bo‘lina kichiklash- gan, asalari uyasi kabi bir-biriga yondashgan zich, katalak hovlilardan iborat. Shu sababdan bo‘lsa kerak, mahalla ahlining ko‘pchiligi o‘zaro uzoq- yaqin chatishgan qarindosh. Umuman aytganda, mahalla ahil, ammo goho xonadonlar orasida oldi-qochdi, g‘iybat, ur-surlar bo‘lib turadi. Ayniqsa, ovsinlar — Kalta Sara bilan Uzun Sara ham er-u xotin — G‘affor aka bilan Rohat kelin oyi o‘rtasida tez-tez yong‘in kabi qo‘qqisdan janjal ko‘tarilib qoladi. G‘affor aka yangasi bilan ham sira chiqishol- maydi. Hovlilari ay rim, ro‘zg‘orlari boshqa bo‘lsa ham ular tez-tez urishib qoladilar. Mana tag‘in mojaro ko‘tarildi. Kampir bizning hovlida omonat devorga suyalgan narvon ustiga o‘tirib olgan: — Ha, yer yutgur, G‘affor chatoq, uyalmaysan- mi! — qichqiradi qo‘lini paxsa qilib yangasi. — Bitta-yu bitta arzanda o‘g‘lim bor: yuvosh, mo‘min-qobil, odobli bola, uni hamisha so‘kkaning- so‘kkan, tiling kesilgur! G‘affor aka jahlidan bo‘g‘ilib, hovlisidan bo‘- kiradi: — Bema’ni kampir! Supurgi boylashdan bo‘shaymanmi? Shumtaka o‘g‘lingga picha nasihat qildim, vasallom. Vang-vang qilasan, tush narvon- dan! Jo‘na uyingga! Lekin kampirga u bas kelolmaydi. Kampirning qarg‘ash, vaysashi sira uzilmaydi: — Voy-voy, sassiq chol! Soqoli oqaripti-yu, aqli kirmadi. San o‘lgurning ishing nima, uyda o‘tira- manmi, ko‘chada yuramanmi?! 0 ’zim bilaman. 0 ’zimga xon, o‘zimga bekman. Tilingni tiy! Bolam- ga yana bir til tegdir — soqolingni bittalab yula- man, och arvoh! G‘affor aka ham bo‘sh kelmaydi, qo‘lidagi su- purgini otib, devor tagiga keladi: — Bas qil, shum kampir!.. Mojaro birpasda avjga chiqadi. Duv etib qo‘shnilar yig‘ilib qolishadi. Lekin hammalari mum tishlaganday jim qotib turadilar. Tor hovlining bir burchagida sopol jomashovda jim kir ezg‘ilab o‘tirgan Rohat kelin oyi ensasi qot- ganidan labini burib-burib qo‘yadi. G‘affor aka va kampir bir-birlarini kurakda tur- maydigan gaplar bilan xo‘p haqorat qiladilar. G‘af- for chatoq asabiylashib xo‘rozday qizarib, og‘zidan chiqqan kufurni bilmaydi. So‘kish-qarg‘ash uzoq davom etadi. Nihoyat qo‘shnilar aralashib, «BoTdi, boTdi, bas!» deb janjalni bazo‘r bosadilar. G‘affor aka va kampir charchaganlaridanmi yoki qo‘shni- lardan uyalgandanmi o‘zlarini in-inlariga uradilar. Men xafa holda guzarda ishlab o‘tiradigan kosiblar oldiga chiqib ketaman. Har kun maktab. Qish bo‘yi o‘qib, «Qur’on»ni tugataman. Domlam meni bir kun oldiga chaqiradi: — «Qur’oni sharif»ni xo‘p ijtihod bilan o‘rgan- ding, borakallo, o‘g‘lim! Xo‘sh... Endi «So‘fi Olloyor» keltir, lekin... — Domlam ko‘zlarini yumib, bir zum o‘ylagach davom etadi: — shart shulki, «So‘fi Olloyor» bilan bir tog‘ora moyli, etli osh, bir dasturxon moyli kulcha, bir so‘m pul! Durustmi? — tik qaraydi menga. Yerga qarab, bo‘ynimni bukaman, so‘zsiz, tovushsiz, ta’zim bilan boshimni qimirlataman. 0 ’qishdan keyin chopa-chopa uyga kelaman. — Oyi, oyi, «Qur’on»ni tugatdim. «So‘fi Olloyor »ga tushdim. Domlam aytdiki, non, bir so‘m pul, — deyman oyimning bo‘ynini quchoqlab. — Oyijon, albatta domlamning aytganlarini olib bo- rishim kerak, yo‘qsa... Onam ham meni quchoqlaydi. — 0 ’zim tasadduq sendan! — deydi meni qayta- qayta o‘pib. Bir zumgina ko‘zlarida yongan shodli- gi so‘nadi. — Domlang yaxshi odam, lekin sul- lohligi bor. Jonim bilan osh qilardim, uyda hech vaqo yo‘q, qani iloj! Butun kun tixirlik, xiralik bilan xo‘p janjal qilaman. Nihoyat xotirimda yo‘q, ertasi oshmi, nonmi tayyorlab beradi onam boyoqish. Bir so‘m pul va *So‘fi Olloyor» bilan maktab boraman. So‘fi Olloyorning kichkina kitobi diniy she’rlar- dan iborat. Payg‘ambarlar haqida, qiyomat kun haqida ko‘p dahshatli she’riy hikoyalari bor. She’rlari sodda, tili yaxshi. Lekin nuqul xurofot!.. Har kun halqumim qurigancha, ko‘zlarim tin- gancha o‘qiyman. Juda tez tuzukkina o‘qiydigan bo‘laman. Bahor keladi. Hammayoqda ko‘rkam lolalar, ko‘m-ko‘k maysalar. Suvlar sharqirab, ariqlarda to‘lib oqadi. Daraxtlar gulda. Samoda atlasday yongan bulutlar kezadi. Har narsa bahor zavqida. Tag‘in navro‘z bayramini qarshi olgani dalaga chiqamiz. Urish, yoqalash bilan kunni bemaza, betayin o‘tkazib qaytamiz. * * * Bir kun ertalab, buvim meni oldiga solib oladi. Kalta Sara, Uzun Sara, G‘affor akaning yangasi — kampir va ko‘p ayollar biz bilan birga yo‘lga tushadi. Mening boshimda katta tugunda kulcha, oldin- da ketmoqdaman. Konka yuradigan ko‘chaga chiqamiz. Juma kuni bo‘lganidan guzar obod. Keyin jar bo‘yiga tushamiz. Bir vaqt qarasam, jar- dan bir ot chopib kelyapti. U egasini yiqitib qochgan. Go‘yo boshimdan uchib o‘tdi deyman. Xotinlar sarosimada shoshilib o‘zlarini chetga oladilar. Juda zo‘r, ko‘rkam ot. Qalt etib to‘xtaga- nimcha, orqasidan uzoq qarab qolaman. Lahza o‘t- gach, jardan egasi oqsoqlanib chiqib keladi. Ham- mayog‘i ho‘l, harsillagan holda otining orqasidan yuguradi. Olmazor ko‘chasi bo‘ylab uzoq boramiz. Badjahl mirshablar mahkamasidan o‘tamiz. Beshyog‘ochga yaqin qolganda, o‘ng tomonga, ingichka bir ko‘chaga qayrilamiz. Ikki tarafi gullarga, quyuq daraxtlarga to‘la bog‘ hovlilardan iborat, sersuv, salqin, tinch ko‘cha. Har ikki tomonda devorlardan baland ko‘tarilgan so‘rilar, novdalari ko‘chaga to‘kilib tushgan daraxtlar. Tomlarda ko‘k maysalar, qizg‘aldoqlar gilam. Kattakon bir darvozadan ichkari kiramiz. Ayollar, kampirlar juda ko‘p. Urushib, talashib yurgan bolalar ham serob. Hovlining ikki tomonida qamish bo‘g‘otli, lekin pishiq-puxta solingan qator yangi uylar. Hovlida gul ko‘p. Sariq, qizil, oq —- xilma- xil gullar. Kiyingan, sersavlat tabarruk eshon oyim hovlining o‘rtasida, kursida gumbazday bo‘lib o‘tiribdi. Buvim va birga kelgan xotinlar yugur- ganlaricha borib eshon oyim oyog‘iga yiqiladilar. Etaklaridan, qo‘llaridan o‘pib, ba’zi keksalar ko‘z yoshlarini artadilar. Yasangan-tusangan olifta boyvuchchalar ko‘p. Ularda pul serob, jarang-jarang oltin tangalarni, besh so‘mlik, o‘n so‘mlik qog‘ozlarni eshon oyim oyog‘iga ketma-ket tashlab turadilar. Eski-tuski kiyingan, amal-taqal qilib, bir so‘mmi, yarim so‘mmi ko‘tarib kelgan kampirlarni boyvuchchalar qosh-ko‘zlarining imolari bilan masxara qiladilar. Kursida qaqqayib o‘tirgan eshon oyim semiz, qoshlari kerilgan, ko‘zlariga surma tortilgan, qipqizil xo‘rozday xotin. Oq shohi ko‘ylak ustidan uzun qora duxoba peshmat, boshida mayin misqoli doka ro‘mol ustidan tovar durracha tang‘igan, olifta. U qovog‘i soliq, indamas, goho atrofida parvona bo‘lib yurganlarga bilinar-bilinmas tabassum bilan nimanidir shivirlab qo‘yadi. Hovlida ayollar ko‘p. Eshon oyim sekin kursidan qo‘zg‘aladi. Darrov xotinlar keng davra quradi. Eshon oyim vazmin qadamlar bilan zikr boshlab yuboradi. Kampirlar «huv-huv»lab qo‘llarini, bo‘yinlarini u yoqqa-bu yoqqa tashlab, gir-gir aylanadilar. Birpasda ko‘p- larining jazavalari tutib, yanada qattiqroq qich- qirib, bo‘g‘iladilar. Hovlida otin oyilardan beshtasi g‘azal o‘qib turibdi. Ayniqsa ikkitasi chiroyli, ke- lishgan yosh juvonlar. Ustlarida sipoyi, lekin asl ko‘ylak, uzun kamzullar, boshlarida oppoq chaqnagan ro‘mollar. Ovozlari yoqimli. Mashrabdan, Yassaviydan so‘fiyona g‘azallarni his bilan, samimiy tuyg‘ular bilan o‘qiydilar. Og‘zim ochilib tinglayman. Uzoq tinglayman... Ajoyib bir musiqa qalbimga to‘lgan- day, ruhimda eriganday his etaman... Kalta Sara, Uzun Sara ikkovi ham zikr dav- rasida. Ularga qarasam, kulgi ichimdan tiqilib keladi. Ayniqsa Kalta Sara avjda. Uning bo‘g‘ilgan ovozi xasta, tupuklari sachraydi. Uzun Saraning ovozi baland gurillab chiqadi. Bu zikrning boshi. Buvim boyoqish past ovozi bilan «huv-huv» deb chetda turibdi. Eshikdan yangi-yangi xotinlar duv-duv kirib kelmoqdalar. Zerikkuncha, ko‘ngilga tekkuncha tomosha qilaman. Keyin o‘riklar, yong‘oqlar, giloslar, tar- vaqaylab o‘sgan katta-katta olma daraxtlari orasi- ga o‘ynab ketaman. Menga o‘xshash bolalar juda ko‘p. Gilosga endi suv yugurgan, endi qizara boshlagan. Kattakon bir daraxtga sekin o‘rmalayman. Bir vaqt qarasam, o‘zim bilmabman, tik tepasida turib- man. Hovuchlab-hovuchlab gilos terib cho‘ntaklarimga tiqa boshlayman. Qo‘qqisdan xizmatkor ko‘knori chol qandaydir paydo bo‘lib qoladi. Jahldan bo‘g‘ilgan, xunob bo‘lgan chol so‘ka boshlaydi. — Ey, tush, haromi!.. Balandda, chayqalib turgan novda ustidaman. — Ota, xotinlar ko‘p. So‘kmang, uyat bo‘la- di-ya! — deyman qichqirib. — Pastga tush hozir, haromi! — o‘dag‘aylaydi chol. Bir zum o‘ylayman. Bu cholning qo‘liga tushish hazil gap emas. Mundoq qarasam — gilos yonida pastakkina oshxona turibdi. Bir amallab gilosdan oshxona tomiga bazo‘r sakrayman-da, ura qo- chaman. Ko‘knori chol «tavba-tavba, shum-e», deb yoqasini ushlaganicha hayron bo‘lib qoladi. Men tomdan tomga o‘tib, bemalol aylanib yuraman. Tomga tikilib, egilgan novdalardan dovuchcha, olcha, giloslarni to‘ya-to‘ya yeyman. Keyin pastgi- na devor topib, hovliga irg‘iyman. Zerikib ko‘chaga chiqaman. Bolalar juda ko‘p. Kurash boshlanadi. Maydon katta, keng. Bolalar to‘polon bilan, chuvvos bilan kurashga tushadi. Bular 12—13—V yoshlilar. K attalar tushsa kurash zo‘r bo‘ladi. Men tomosha qilaman. Havas bilan, yuragim bilan berilib tomosha qilaman. 0 ’zim ham tushar edimu, lekin yurak betlamaydi. Kurashga kattalar belbog* bilan tushadi. Onaboshi bo‘yni g‘ildirak, xumkalla, ko‘krakdor. «San tush, san dam ol!», «Ye, mazang yo‘q, nuqul qoqilasan!» deb o‘rtada yuradi u. Bolalarga belbog4 katta gap. Onaboshi kurashga tushadiganlarning belbog‘ini bog‘lab qo‘yadi. Ba’zi bolalar: «Ho, bel- bog‘ingiz bo‘sh-ku, onaboshimiz, ko‘ring bu kishimni!» deb janjal ko‘taradilar, qiyiqlik qiladilar. Umuman, janjal ko‘p. Ba’zi yiqilganlar izza bo‘lganidan yig‘lab yuboradi. «Halol bo‘lmadi, g‘irromlik qildi, boshqatdan boshlaymiz» deb cha- toqlik qiladilar. Bir juft bola kurashga tushadi. Oho, nuqul pay, go‘shti pishiq, yuragi baquw at, miqti yigitchalar. Bularning oldida avvalgilar bir pul! Kurashning cho‘qqisi bular. Ko‘tarib, chir- chir aylantirib, bir-birini gum-gum yerga uradi, lekin birontasining kuragi yerga tegmaydi. Onaboshi jiddiy tusda berilib ta’qib etadi. Chorakam bir soatmi, xotirimda yo‘q, bular ikkovi zo‘r kurash tushadi. Ikkovi ham jiqqa ter bo‘ladi. Onaboshi: — Bas, bo‘ldi, balli, otalaringga rahmat! Ikkovlaring ham polvon chiqasizlar, — deydi. Kurashchilar harsillab ajralishadi. — Oting nima? Qaysi mahalladan boiasan? — so‘raydi biri ikkinchisidan, terlarini artib mag‘rur holda. — Ko‘kchadanman, otim Bo‘taboy. 0 ’zingiz- chi? — so‘raydi ikkinchisi. Yerga o‘tirib olgan birinchi kurashchi: — Shayxantohurdan bo‘laman. Hech kimim yo‘q. Yolg‘iz bir kampiru men. G‘isht quyaman. Ishim shu. Ko‘rdingmi, bilagim pay? — deydi qo‘llariga ishora qilib. Men so‘zga aralashaman: — Ko‘kchada qarindoshlarim ko‘p. Tanidim. Otang sag‘rifurush, — deyman birinchi kurashchi- ga. — Lekin zo‘r polvon bo‘lasan. Go‘shting nuqul pay! Hazil-mazax bilan o‘tgan-ketganlardan gaplashib o‘tiramiz. Dumbul olcha va giloslar ichimni ko‘p sidirgan shekilli, qornim juda ochadi. Bizlarga ovqat berish- ni hech kimsa o‘ylamaydi. Asta eshikdan kelib, buvimga yalinaman. — Qorin och axir! Jilla bo‘lmasa bir burda non toping! Tinka quridi-ku! — deb shivirlayman. Eshon oyim o‘lgur ko‘chadan kelgan tugun- tugun kulchalar, patirlar, oshlarning barchasini qulf-kalit qilgan. Zahargina, mujmaygan, mush- tumday bir kampir qorovul. — Jinday sabr qil, uyat bo‘ladi-ya, — deydi labini tishlab buvim. G‘oyat ochman. Kechga yaqin bemaza moshxo‘rda tortiladi. Kosaning tagida, suyuqqina ayna- gan moshxo‘rdani topib keladi buvim. — Icha qol! Tabarruk osh! — deydi meni o‘tqa- zib. Eshon oyimni so‘ka-so‘ka ochligimdan kosani boshimga ko‘taraman-da, buvimga engashib shivirlayman. — Eshon oyingizning joni pul. Siz ham ancha pul bergandirsiz, a? Buvim dovdirab qoladi: — Voy oTa qolay, og‘zingni yum-a, shumtaka! Gunoh boTadi-ya! Eshon oyim erta-yu kech toat- ibodatda, pok, asl ayol. Payg‘ambarning avlodi, hmm... — jahl bilan chimchilab uzib oladi biqi- nimni. — E, tavba! — deyman ko‘zlarimni ola-kula qilib kampirga. — Pok ayolga pul nimaga kerak ekan?! — Jim o‘tir! — turtadi meni buvim ranjigan ohang bilan. Kosani bo‘shatib, taq etib yerga qo‘yaman: — Buvi, buvi, — deyman past ovoz bilan, — eshon oyimingizning to‘rtta satang qizlari bor ekan. Narigi hovlida ko‘rib oldim. Bir olifta, bir dimog‘dorki, bay-bay-bay, ularning pardoz-andoz- lari! Yurishlari!... Nega erga tegmaydi ular? Yuzini burishtirib, ko‘zlarini olaytirib yuboradi kampir: — Be’mani, bas endi! Sharmanda qilasan meni... — yana chimchilab, uzib oladi. Men qotib-qotib kulaman. Namozgar boTganda butun qo‘shnilar bilan birga uyga qaytamiz. — Oyi, ovqat! — baqiraman eshikdan kirishim bilan. — Och qoldingmi? Nahotki och qolsang shunday katta dargohda? — deydi taajjub bilan onam. — Eshon Oyim biram qattiq, ochko‘z ekan, uning oldida bizning domla holva-ku! — deyman tokchadagi qutidan darrov non izlab. 125 Buvim menga bir xo‘mrayib qaraydi, ammo indamaydi, ters burilib omborxonaga kirib ketadi. Onam oldimga bir kosa ugra oshi qo‘yadi. Kosaga qarab burnimni jiyiraman-da, shoshilib icha bosh- layman. Onam qarshimga o‘tirib, yuzida yengil tabassum bilan menga quloq soladi. Men oshni icha-icha, eshon oyimnikida ko‘rganlarimni oqiz- may-tomizmay gapiraman. * * * Goho chillak, yong‘oq ko‘nglimizga tekkanda arava o‘yinini boshlaymiz. Qizlar, o‘g‘il bolalar — hammamiz aravaga tushamiz-da, navbatlashib, ikkita-ikkita bo‘lib, aravani tortamiz. Govkush tor mahalla, lekin ko‘chaning burilish joyida j inday maydoncha bor, aravakashlar arava- larini shu yerga qo‘yadilar. Arava bolalar bilan liq to‘la. Men ot o‘rnida, ikki qo‘lim bilan shotiga yopishganman. TVsatdan, arava bosib ketadi-yu, men shotida osmonga uchaman. Qaytib yerga urilaman. Qo‘llarim uzildi, tovonlarim yondi, deyman. Bolalar qo‘rqqanlaridan bir zum nafaslari ichiga tushib jim qotib qoladilar. Keyin aravadan duv tushib, boshimga yig‘iladilar. — Qating og‘riydi? Shikast yemadingmi? — so‘raydi A’zam. 0 ’rnimdan turaman-da, oqsoqlanib ikki-uch qadam qo‘yaman, keyin kulib yuboraman. — Jinnilar, xuddi osmonga yetdim, dedim-a. Aravani bosib yubordinglar. — Ha, zarari yo‘q, maza qilib uchib tushdin- giz, — kuladi xaxolab Hoji. Tag‘in aravaga yopishamiz. Shu paytda novcha, burushiq yuzi oftobda qorayib ketgan, burni teshik chol aravasida kelib qoladi. — Qoch-qoch, haromilar! Yiqilib o‘lasanlar-a! — bo‘g‘ilib baqiradi chol. Hammamiz jim, ko‘chaning chetiga qator o‘tirib olamizda, o‘zaro shivirlashib, cholning burniga, qalpog‘iga kulamiz. Chol tinkasi qurigan, oriq, yag‘ir, xunuk otini aravadan chiqaradi. — Bay-bay-bay, o‘tinday qoqlanipti ot boyoqish. Olamda yo‘q shunaqasi! — kulamiz ham, achinamiz ham. Chol qovog‘i soliq holda, lash-lushlarini aravadan oladi-da, otni haydab yuboradi. 0 ’rgan- gan ot bechora boshini quyi solib, bitta-bitta horg‘in odimlaganicha tanish eshikka kirib ketadi. Chol aravani tuzatishga kirishadi. Arava shaloq, xarob. Unga tunukadan yamoqlar tushgan. G‘ildi- rakka eski-tuski temirlar qoplangan. Hammasi omonat. Antiqa arava! Bizlar picking bilan tegajaklik qilamiz: — Aravangiz pishiqqina, mustahkamgina, lekin jinday shaqir-shuquri bor-da... Chol oftobda ter to‘kib, ikki qo‘li qop-qora moy, aravasini tuzatadi. Dam aravaning gupchagiga mix qoqadi, dam moylaydi. Qora moyga bo‘yalgan qo‘llari bilan yuzidan terni bir sidirdimi, yuz-ko‘zi bo‘yaladi. Bizlar bir-birimizni turtib qotib-qotib kulamiz. — Almisoqdan qolgan arava. Usta omon bo‘lsa, hali bu arava ko‘p yamaladi... — shivirlaydi A’zam mening qulog‘imga. Shu payt mashhur Rasul o‘ris kelib qoladi. Gapiga chalakam-chatti rus so‘zlarini aralashtir- gani sababidan unga «Rasul o‘ris» laqabi qo‘yilgan. Uncha-muncha so‘zlarni, ayniqsa ruscha so‘kish- larni biladi. Novcha, ingichka burushiq yuzli, ko‘zlari xunuk, jag‘i oldinga chiqqan. Qo‘lida hassa, barmoqlarida katta-katta uzuk, tishlarida doimo papiros. — Marsh, xuliganlar! — baqiradi Rasul o‘ris bizlarga, keyin cholning boshiga borib o‘dag‘aylay- di. — Ey, sen, aravachi chol, pashol atsuda, svinya.... Devorimni rasvo qilding-ku, ko‘tar ara- vangni! Ko‘zing bormi? Qara buni! — Hassasi bilan devorning sho‘ralagan, nuragan joylarini turtadi, yana ruschasiga so‘ka boshlaydi. Chol jahldan qaltirab, aravani ko‘chaning nari- gi yuziga sudraydi. 127 — E, menga qara, ablah, devolingga nima bo‘pti? Ko‘r bo‘lgur, devol joyida turipti-ku? — baqiradi chol. Rasul o‘ris hassasini ko‘taradi, bobillab cholga yuguradi: — Svolichni urib o‘ldirmasammi!.. Chol bo‘ynini cho‘zib, bo‘g‘ilib, uyat gaplar bilan so‘ka boshlaydi. Rasul o‘ris chalakam-chatti ruschalab so‘kishini davom ettiradi. U doim mast, bozorda eski-tuski temir-tersak buyumlarni, lash- lushlarni sotib o‘tiradi. Ruschani yaxshi bilaman, deb maqtanadi, ammo bilgani faqat so‘kish. Chol bilan u yoqalashishgacha yetadi. Mahalla aralashadi. — Bachchag‘ar, kofir, churchit! — qichqiradi chol xunob bo‘lib. — Ey, xaloyiq! 0 ’ladigan bo‘ldim bu kufurdan! Man ishimni ko‘chada qilyapman, devolga qo‘l tegizganim yo‘q! Araqni ichib mast bo‘ladi-da, har kun g‘alva qiladi, hech kimga kun yo‘q! Rasul o‘ris hassasini ko‘tarib yana cholga o‘dag‘aylaydi, vag‘illab so‘kadi. — San to‘xtab tur, palisaga arz qilaman, ana shunda «vah» deysan! Man araqni sening pulingga ichibmanmi, go‘rso‘xta, padles... Ayt hozir! Politsiya deganda hamma titraydi. Bir necha mahalla kishilari o‘rtaga tushadi: — Bo‘l-bo‘ldi, bas. Jilla bo‘lmaganda soqolining oqini hurmat qil, — deb aldab-suldab Rasul o‘risni uyiga kirgizib yuboradilar. Mahallada g‘avg‘o ko‘tarib turadigan kishilar- ning biri shu Rasul o‘ris. * * * Mahallada hech kim yo‘q, suv quyganday jimjit. Endi-endi xashaki olma pishgan. Biz bolalar egasi boqqa ko‘chib ketgan bir hovlining devoridan oshib tushamiz. Olma baland o‘sgan, ko‘p shoxlari qurigan, qari. Uchta bola olmaning ustiga chiqib o‘lgu- day qoqamiz. To‘yguncha yeymiz, qo‘ynilarimizni to‘ldiramiz. Olma paxtaday, bemaza, qurtlagan. Hali biz olmadan tushganimizcha yo‘q, to‘satdan eshikning zanjiri shaqirlaydi. Eshik ochiladi-da, qarshimizda uy egasi paydo bo‘ladi. Uzun bir xipchin bilan — bilmadim darrov qaydan topgan — bolalarni shartta-shartta ura ketadi. A’zam, men Hoji olmada bo‘zrayib o‘tiramiz. — Tush, zumrashalar! — baqiradi bizga boshini ko‘tarib. Biz oqarib, qaltirab ketamiz. Olmadan tush- maslikning sira iloji yo‘q. Qochishga yoT yo‘q. Oyoq-qo‘llarimiz qaltirab, sekin daraxtdan tushamiz. Uyning egasi naq boshimizda, havoda xip- chinini bir-ikki aylantiradi-yu, lekin negadir urmaydi, po‘pisa qiladi. — Agar yana ikkinchi devordan tushsalaring, olmaga tegsalaring, oyoqlaringni sindiraman! — qichqiradi ko‘zlariga g‘azab to Tib. — Jon akal Tavba qildik, bundan buyon sira tegmaymiz! — yalinamiz uchovimiz ham bir ogTzdan. Uy egasi indamaydi, uyga kirib ketadi. Darrov g‘ir etib qochamiz. Quyosh olovday yonadi. Tuproq cho‘g‘day oyoq- qa jaz-jaz yopishadi. Havoda doira chizib, bir kalxat asta aylanadi. Chumchuqlar uni xo‘p laqillatadilar. Yaqin boradilar-da, birdan pastga sho‘ng‘ib ketadi- lar. Kalxat aldanadi. Biz tomosha qilamiz. Keyin baland ikki qavat tom ustiga chiqib, jibla- jibon bolasini qidira ketamiz. — Topdik, topdik!.. — deyman shivirlab. Tuxum bosib yotgan jiblajibon qo‘rqqanidan par etadi-da, uchib ketadi. Bolalar havas bilan tuxum- ni avaylab ushlab ko‘radilar. — Tuxumiga tegmaylik, o‘rtoqlar, — deyman. — Tuxumlarni ochsin, bolachalari sal katta boTsin, keyin kelamiz. Tomma-tom o‘tib, hatto Oqmachit, Baland- machitga qadar yetamiz. Tom issiq, havo olovday. Lekin biz o‘yinqaroqlar issiqni pisand qilmaymiz. 5—4452 Puldorlar, boyvachchalar pastdan turib so‘kadi bizni: — Ey, yo‘qollaring tomdan, nima qilib yurib- sanlar, gadoyvachchalar. — Ziqna boy! Xassis boy! Ahmoq boy! — deb qichqiramiz, kesak otib qochamiz. Kunlar shunday o‘tadi. Har kun maktabga qat- naymiz. 0 ’qish juda og‘ir. Ko‘p bolalar olti yil, besh yil, to‘rt yil o‘qib-o‘qib, haftiyakda qochib ketadilar. 0 ’qishda muntazam bir tartib, qoida, ayrim sinflar yo‘q. Hammamiz bir uyda, shovqin solib, doimo baland ovoz bilan o‘qiymiz. Bog‘dorlar butun bahor, butun yoz bog‘da bo‘ladi. Shaharda qolganlar, shu jumladan men, issiqdan garang bo‘lsak ham, o‘qishdan bezsak ham, maktabga qat- naymiz. Bog‘dorlarga havasim keladi, koshki edi bir parcha bog‘imiz bo‘lsa, deymiz. — Ha, dadamlar aytdilarki, pulni yig‘ib-yig‘ib biz ham bog‘ olamiz, — deydi xo‘rsinib bir bola. — Bog‘ qimmat, pulni qisib-qimtib yig‘sa bo‘ladi. Tog‘amlar hayitda kelganda miri-miri pul beradi, darrov qutiga qulflab qo‘yaman. Axir bir kun olamiz-da bog‘ni, — deydi yana bir bola. — 0 ’ttiz, qirq yildan keyin olsak ham mayli... Dadamlar aytadilar, toma-toma ko‘l bo‘larmish. Hammamiz xaxolab kulamiz. — Bog* yaxshi narsa, lekin pul yo‘q-da. — Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva. Bizdaqa kam- bag‘allarning hammasining ahvoli shu. Dadam sar- tarosh. Pul yig‘ib bo‘ladimi! Qozon bazo‘r qaynay- di, bir kun atala, bir kun qora sho‘rva... — ma’yus gapiradi bir bola. Men xomush holda indamasdan o‘tiraman. Maktabda, hovuz bo‘yida soyasi quyuq ikki ko‘rkam shotut bor. Domlam shogirdlarga shu tut- lar tagiga ko‘chishni buyuradi. To‘polon ko‘tarib bo‘yralarni, domlamning eski ko‘rpachasi va taqir po‘stagini olib, tutlar tagiga ko‘chamiz. Tut pisha boshlagan, bitta-yarimta tushib tu- radi. — Bolalar! Ko‘ringlar, bo‘yra juda titilib ketib- di. Bir so‘lkavoy boylarga, yarim so‘lkavoydan kambag‘allarga! — deydi domlam qat’iy buyruq bilan. Aksariyat bolalar, dadamlarga pul tushganda olib kelaman, deb har kun va’da qiladilar. Ayniqsa kambag‘allar bo‘yra puli deganda juda xafa bo‘lib, tashvishga tushadilar. Issiq baland. Daraxtlarning yaproqlari qimir etmaydi. Goho bizlar issiqdan, o‘qishdan toliqib, uyqu bosib, jinday tinib qolamiz. Shunda domlam to‘satdan qarsillatib savab ketadi hammamizni. — Taqsir, uch kundan buyon Ali kelmaydi, daragi yo‘q. Ijozat bersangiz, uyiga borsam, — so‘raydi ta’zim qilib A’zam. Domlam A’zamga yomon bir xo‘mrayadi va jerkib deydi: — 0 ’tir! Q’qi sabog‘ingni. — Keyin menga va o‘n besh yoshlardagi ikki baquvvat shogirdga buyuradi: — Topib kelinglar badbaxtni! Sevinib yugurgancha ketamiz uchovimiz ham. Alining uyi Jarko‘chada. — Assalomu alaykum! — deymiz Alining onasi- ga. — Ali qani? Izlab keldik. — Keldinglarmi? — deydi sevinib onasi. — U dilozor narigi hovlida arg‘imchoq uchib o‘tiripti. Sekin boringlar-da, tappa ushlanglar! Oyoq uchida, bitta-bitta yurib boramiz. Haqi- qatan Ali arg‘imchoq uchmoqda. Bir chetda gulzor oralab, ikkita chiroyli qiz gul terib yuribdi. Arg‘imchoq qayrag‘ochga solingan. Ali vaqti xush, juda berilib arg‘imchoqda uchmoqda. To‘satdan bosamiz Alini. Alining rangi quv o‘chadi, o‘zini arg‘imchoqdan yerga tashlaydi. Sherigimizning biri Alining qo‘llarini orqasiga qayiradi. — Tez yur! G‘iring desang — chalpak qilamiz, — deydi do‘q qilib. Qizlar hayron bo‘lib, dam Aliga, dam bizga qarab, qotib qolishadi. Bola bir siltab Alining qo‘llarini qo‘yib yuboradi. — Qani yur, jildingni ol! — deyman men. Ali bir daqiqa qaltirab, jim turadi. Keyin, qovog‘i soliq, yerdan ko‘zini uzmay deydi: — Domlam badjahl, uradi... Buguncha teg- manglar menga, ertaga o‘zim boraman, — yalinadi bizlarga. — Yur, o‘rtoq, o‘qish oson emas, quduqni igna bilan qazish degan gap, — deydi bolalarning biri yumshoq tovush bilan, — lekin o‘qishni tashlama, keyin achinasan. Olifta qo‘shni qizlar qovoqlari soliq, xomush holda uyga kirib ketishadi. Ali bo‘shashib, jildini bo‘yniga osadi-da, oldimizga tushadi. Ammo ko‘chada bir yiqilgan devor oldiga yetganda Ali qochib ketadi. Duv etib, uchovimiz ham quva ketamiz. Ali pastakkina devordan oshib ikkinchi bir hovliga o‘zini uradi, undan narvon bilan tomga chiqib ketadi. — Tomga qochsang oyog‘ingdan, yerga kirsang qulog‘ingdan tortamiz! — Qochib qutula olmaysan! — deydi kattaroq shogird. Uchovimiz ham narvonga o‘rmalaymiz. Ali tomning u chetidan bu chetiga qochadi, lekin iloji yo‘q. Biz quvlaymiz. Axir tutib, narvonga sur- gaymiz. Alining nafasi ichiga tiqilgan, entikkan. — Qo‘yvoringlar, o‘zim tushaman. Xo‘p, maktabga boraman, — deydi Ali. Men va shogirdlar xo‘mrayib, Alining qoTini qo‘yib yuboramiz. Birdan Ali orqa tomonga irg‘iydi. Tomning narigi tomoni pastak ekan. Ali o‘zini yerga tashlaydi. — Qochdi, qochdi! — qichqiraman ko‘zlarimni Alidan uzmasdan. Bolalar tomdan irg ’ib, quva ketishadi. Narvondan yumalaganday tushib, men ham yugu- raman. Ali o‘qday chopadi. Lekin bolalar ham «hap sanimi» deb quvlashadi. Ali to ’ppa-to‘g‘ri Shayxantohurga qarab ketadi. Biz orqasidan yugu- ramiz. Har bir duch kelgan odam hayron bo‘lib, orqamizdan qarab qoladi. Hammamizning nafa- simiz o‘pkamizga tiqilgan, charchagan, chanqa- ganmiz. Axir Alini tutamiz. Qo‘llarini orqasiga qayirib, o‘zining belbog‘i bilan mahkam bog‘laymiz-da, so‘kib, urib maktabga surgaymiz. — Yo‘q, bormayman! — deydi Ali oyoqlarini tirab. U qalt-qalt titraydi. Do‘q qilamiz, yalinamiz — bo‘lmaydi. Keyin ikki bola ikki qo‘ltig‘ida, orqasi- da men, itarmalab, surgab jo‘naymiz. Ali baqirib yig‘lab, depsinib qo‘llarimizni tish- laydi. Baqqollar, qassoblar kulishadi. — Maktabdan qochdimi? Jazosi, surganglar! Oqmachitga yetganda Ali yig‘lab, yalinadi. Indamaymiz, surgab maktabga olib kiramiz. Ucho- vimiz bir-birimizning so‘zlarimizni bo‘lib, ba’zan uchovimiz ham birdan hammasini domlaga so‘zlab beramiz. Alining ko‘zlari yerga qadalgan, qovog‘i soliq, qaltirab turibdi. Qo‘llarini bo‘shatib yubo- ramiz. Domlam lablarini qattiq qimtib, qamchini ko‘taradi. Uchovimiz birga yalinamiz. — Tavba qildi, taqsir, endi qochmaydi. Bizlarga ko‘p va’da qildi, sira qochmaydi. Jon taqsir!.. Domlam asta qamchisini ko‘rpacha tagiga qo‘yadi. — 0 ’tir, o‘tir! — qichqiradi xo‘mrayib. Ali holsiz bir oqarib, bir qizarib, tappa yerga o‘tiradi-da, kitobini ochadi. To‘p otar chog‘i. Men A’zamning yoniga o‘tirib kitobimni ochaman. Alini tutib kelish voqeasini A’zamga batafsil asta-sekin shivirlab hikoya qil- moqchi boTsam, domlam yalt etib o‘qrayadi. — 0 ’qi! * * * Har kun maktabdan qaytar ekanman, birrov ko‘rib chiqay deb, bobomning do‘koniga kiraman. Xalfalar, shogirdlar issiqdan kuyib, ter quyib ish- lab o‘tiradilar. Bir kun maktabdan qayta turib yana bobomnikiga kiraman. Bobom namozga ketgan ekan, darrov charmdan xatcho‘p, bizbizak kesa boshlayman. Bizbizakni g‘iz-g‘iz o‘ynayman. Birdan bobom kelib meni koyiydi: — E-e, bu nima qilganing uvol-ku axir! — ran- jigan tovush bilan gapiradi. — 0 ’zing yaxshisanu, lekin sho‘xsanda, tentak! Mahallada mahsido‘z ko‘p. Bobom menga ish buyurib, shirach, shon olib kelgani usta o‘rtog‘inikiga yuboradi. Qing‘ir-qiyshiq ko‘chalar- dan yuguraman. Ustaning uyi xiyla uzoq. Xalfa, shogirdlar bilan ish tikib o‘tirardi. Ustaning tashqari hovlisida qaychirayhon, sadarayhon, gul- tojixo‘rozlar yashnab turibdi. Ayniqsa gulxayrilar ko‘p. Hazillashib, meni biroz gapga tutadi. — Shonim yo‘q, o‘g‘il, ajina o‘g‘irlab ketdi, — birpas sukutdan so‘ng, — lekin qurbaqadan ko‘p... — deydi. Juda jahlim chiqadi. Mahallamizda hammaning laqabi bor, laqabni yaxshi ko‘radilar. Lekin bobom- ni «qurbaqa» desalar, jahlim chiqib ketadi. Zerikib o‘tirgan xalfalar mayna qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ozgina tamakini sersoqol, g‘ilay, tili chuchuk, qarigina xalfa kaftida yaxshilab ezadi va chilimga solib tutadi. — Tatib ko‘r, akasi, kayf qilasan! — deydi menga. Yo‘q deganimga qo‘ymasdan og‘zimga tiqadi. Men tortmasimdan ilgari chilimning orqa teshigi- dan puflab yuboradi-da, og‘zimni zahar suvga to‘ldiradi, ichimga suv ketadi, o‘qchib-o‘qchib yo‘talaman. Xalfani so‘kaman. Hammasi kulgidan qotib qoladi. Shonni va shirachni olgan zamon, tura juftakni rostlayman. Lekin hovliga chiqib olgach: «Bo‘rdoqi!» deb so‘kib qochaman. Usta yolg‘onda- kam po‘pisa qilib, shogirdlariga: — Ushla, ushla, churvaqani ushla! — deb kulib qoladi orqamdan. * * * Bobomning oshnalari, mahalla ahlidan bitta- yarimtasi zerikib, har kun uning oldiga kiradi. 0 ’tgan-ketgandan gaplashib, ermak qilib o‘tiradi- lar. Bobomning madrasada o‘qigan bir oshnasi bor. Savlatli, soqoli kalta, ko‘zlari aqlli, boshida yangi do‘ppi, ozoda kiyingan, ellikdan oshgan va butun umr uylanmay toq o‘tgan kishi. Ahyonda bir kelib uzoq suhbatlashadi. — Taqsir, o‘tgan voqealardan bir hikoya qi- ling, — deydi bobom. U Qashqardagi Yoqubbek haqida ajoyib sargu- zashtlardan, Xitoy voqealaridan ibratli so‘zlar bilan uzoq gapirib ketadi. Men hayron boTib, jim o‘tirib tinglayman. Eshitgan gaplarimning mag‘zini chaqaman o‘zim- cha. — Taqsir, Xudoyorxon o‘ris poshshosiga asir tushgan, eshitishimga qaraganda xotinlarini shahri Turkistonga tashlab ketgan. Lekin Makkaga ket- ganmish. Gapiring, taqsir, nima boTgan? Makkaga ketganmi yo hanuz asir o‘tiriptimi? — so‘raydi bobom ijikilab. Chol vazminlik bilan, shoshmasdan gapni uzoq- dan boshlaydi. Voqealarni birma-bir gapiradi. So‘zni tarixdan olib keladi. Podshohlardan, xon- lar-u beklardan, Temur zamonidagi turli voqealardan, mashhur sarkardalar haqidagi qiziq gaplardan xo‘p gapiradi. Keyin Xudoyorxonga o‘tadi. — Ammo Xudoyorxon fisq-fasoddan in qurgan, aysh-ishratga botgan ko‘r, zolim xon edi. Haytovur daf boTdi, — deydi chol. — Hammasi bir go‘r. Poshsho ham zolimlikda qolishmaydi, — deydi bobom. — Ha, hammasi bir go‘r. Odil bir podshoyi olam kerak, — deydi biroz sukutdan keyin chol. Men bir chetda, bobomning orqasida jim o‘tirib tinglayman. Ketgandan keyin bobomdan: — Qachon keladi bu oshnangiz? — deb so‘rab olaman. — Keladi tag‘in, yanagi hafta payshanba kuni keladi, o‘g‘lim! Bu kishi Qashqarda ko‘p yashagan, asli toshkentlik. Ko‘p mulla, asl yigit. Tarixni suv- day biladi, — maqtaydi uni bobom. * * * Oqmachitda, bobomning eshigi oldida g‘ildirak o‘ynab yuraman. Bu o‘yinni yaxshi ko‘raman. Oqmachit bilan Balandmachit o‘rtasida yugurga- nim-yugurgan. Men tuproqni yengilgina to‘zg‘itib bormoqdaman. TVsatdan otda mirshab kelib qoladi. Mo‘ylovi uzun, soqoli kalta, qilich taqqan, popoq kiygan, nihoyat badjahl, zolim kishi. Bobomning yon qo‘shnisi u. Mahalla undan juda qo‘rqadi. Hamma yalinib kun ko‘radi. Otini yonimda taqqa to‘xtatib baqiradi: — Nimaga chang burqitib yuribsan? Otni cho‘chitib yubording, ablah! Qaltirab ketaman. — Assalomu alaykum! — deyman shoshib. — Shunday... o‘zim o‘ynab yurgan edim... Taqsir... Mirshab indamaydi. Bobomning eshigini taq-taq uradi qamchi bilan: — So‘fi! Bu yoqqa qarang! Bobom ichkaridan qoqila-suqila yugurib chiqadi. — Assalom! — deydi qo‘lini qovushtirib. — Nima gap o‘zi, taqsir? — so‘raydi bobom dam mir- shabga, dam menga qarab. — Kimning bolasi? — so‘raydi dag‘allik bilan mirshab, meni qamchisi bilan ko‘rsatib. — Taqsir, mening bolam, bilasiz-ku o‘zingiz. Tentak juda sho‘x, lekin ma’qulgina bola, — deydi kulib bobom. Mirshab meni juda yaxshi biladi, jo‘rttaga qilayotgan dag‘dag‘asi. Menga qarab bir yomon xo‘mrayib qo‘yadi. — Nimaga ko‘chani changitib yuripti, xo‘sh? — deydi bobomga o‘dag‘aylab. — Ot hurkib ketdi. Lekin, so‘fi aka, bu gal kechirdim. Jazosini toza berardimu, ayadim tentakni. Bola sizniki, adabini berib qo‘ying o‘zingiz. Podshoyi olamning davri bu davr! Tartib-intizom qani? — o‘qrayadi bobomga va og‘ziga bir kaft nos tashlaydi. Bobom menga po‘pisa qilgan bo‘ladi, keyin mir- shabga: — Bola-da, bola... — deydi yalingan tovush bilan. — Yosh-da, yosh, kechiring, amakisi. Juda jahlim chiqqan, lekin ilojim yo‘q, jim tura- man. Mirshab indamaydi, o‘z eshigi oldida sekin otdan tushadi-da, qovog‘i soliq holda «Haromi, chuh-eу!» deb otini bir turtadi, ot boyoqish mir- shabning oldiga tushib hovliga kirib ketadi. Mirshab ko‘zimizdan yo‘qolgandan keyin bobom bechora qo‘limni ushlab uyga yetaklaydi. — Yur! — deydi menga qarab. Do‘konga kiramiz. Xalfalar, shogirdlar, tog‘alarim so‘rashadi: — Nima bo‘ldi, nima gap o‘zi? Bobom tushuntiradi ularga. — M irshabni pichoq bilan tilim -tilim qil- sam!.. — xunob bo‘lib gapiradi bir shogird. — Zolimlar bisyor, og‘ayni, olloga sig‘in, — deydi qari xalfa. Bobom menga qarab ta’kidlaydi. — Badbaxt zolim u. Ilojimiz yo‘q-da, — deydi o‘rniga o‘tirib. — Qachonki unga duch kelsang «Assalom!» degin. Zinhor-zinhor! Zolimdan qoch, uzoq yur... Jahlim chiqadi. Churq etmayman. Allaqanday xayollar ichida Govkushga — uyga jo‘nayman. * * * Buvim ayvonda, ko‘zoynak taqib ermak uchun allanimani yamab o‘tiribdi. Boshida yengilgina peshonabog*. Ayvonda g‘uv-g‘uv pashshalar. Buvim boyoqish xira pashshalardan bezor. 0 ’zicha asta qandaydir bir qo‘shiqni aytmoqda. Oxir peshin. Jahannam issig‘i. — Assalomu alaykum! — deb birdan eshikdan Muslim tog‘a kirib keladi. — Keling-keling, — deydi buvim va ko‘zoy- nagini ehtiyotlab olib tokchaga qo‘yadi-da, yamoq- larini yig‘ishtiradi. Oyim bilan opam darrov o‘rinlaridan turib salom beradilar. Keyin onam hovliga tushib, samovarga unnaydi. — Qalay, bardammisiz? — so‘rashadi Muslim tog‘a ko‘rpachaga joylashib o‘tirib. — Xudoga shukur! — deydi buvim va fotiha o‘qigandan keyin uzundan uzoq so‘rasha boshlaydi, — Xayrinisobonu eson-omonmi? Kelin yaxshi yuriptimi? Oy-kuni yaqinlashgandir?.. Muslim tog‘aning ustida uzun keng yaxtak, eskigina to‘n, odatdagi yag‘ir do‘ppisi. U novcha- dan kelgan, to‘rva soqol, qoshlari o‘siq. Kir oyoq- larida qishin-yozin birda kattakon sag‘ri kavush. Muslim tog‘aning ham hovlisi Govkushda, xuddi aravalar turadigan keng maydonchaning o‘zida. Hovlisi katta, uylari pastgina. Ariq bo‘yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, pastda namozshomgul, gultojixo‘roz, sadarayhon o‘sib turadi. Bular kech kuzgacha ochilgani-ochilgan. Men tog‘aning hovlisiga tez-tez kirib turaman. Buvimning otasidan qolgan joy. Xayriniso opoq oyim ko‘ksov. Doim ko‘rpa-yostiqda. Tashqarida keng maydon. Bir tup yayrab o‘sgan, ser ko‘lanka, qirmizak olma bor. Har yil boshini yeb meva qiladi, lekin qurtli. Men kuniga boraman. Qo‘ynimni to‘latib olib kelaman. Hovlimizda uzum yo‘q, shaftoli yo‘q, hech vaqo yo‘q. Maydonning bir chetida otxonaga yaqin bir tut bor. Pishganda u tutdan tushmayman. To‘yib- to‘yib yeyman. Daraxtdan tushgandan keyin, o‘t yulib, otxonada qantarilib turgan bechora otga beraman. Muslim tog‘a chakkasidan so‘lg‘in rayhonni olib Karomat opamga uzatadi. Opam yengil tabassum bilan rayhonni oladi. — Hidla, chirog‘im, rayhon. Jannatdan chiqqan, — deydi Muslim tog‘a kulib. — Qalay ishlaringiz? Zarkentdan qachon keldin- giz? — so‘raydi buvim. — Tirikchilik g‘amida amal-taqal qilib yurib- mizda. Ikki kun bo‘ldi shaharga tushganimga, — deydi tog‘a soqolini silab. U Zarkentda baqqolchilik qiladi. Do‘konida ip- ignadan tortib sumak-tuvakka qadar ikir-chikir narsalar bormish. Shaloq bir aravasi, qoq suyak yag‘ir oti bor. Oti aslo arpa ko‘rmaydi, hamisha chaynagani nuqul xashak va xazon. Tog‘a o‘lguday qattiq, xasis. Shu fe’li bilan hammaga mashhur ham masxara. Buvim o‘tgan-ketgan gaplardan keyin o‘zining hasratini boshlaydi: — Yetti oy bo‘ladi, Toshning daragi yo‘q. Guruch yo‘q, mosh yo‘q, xumlarning tagi ko‘rinib qoldi. Ozgina bug‘doy bor, xolos. Kelin bilan nevara jiyak tikib, dekchani qaynatib o‘tirishipti. Har zamonda Tosh uch so‘m, to‘rt so‘m yuborib qo‘yadi. Muslimjon, hasratim ko‘p, dardim ko‘p. — Xafa boTmang, sabr qiling. Toshning picha qarzi bor-da, qutulib olsin, tinchib qolasiz. Tosh qo‘li ochiq, saxiy odam... — deydi boshini qimir- latib tog‘a. — Ilohim, baraka topsin, orqamda qolsin, bolalarini o‘zi boqsin, — deb kampir yig‘i aralash duo qila boshlaydi. Ikkovlari ezmalashib uzoq suhbatlashishadi. Tog‘a xotinidan gap ochib, zorlanadi: — Hamisha kasalmand. OTdim uning kasalidan. 0 ’ziyam cho‘p bo‘ldi. Dam ko‘chiriq deydi, dam folbin deydi... G‘avg‘o ko‘p-da... Ey... — deydi qo‘iini siltab. — Kelin yaxshi ayol. 0 ’g‘il-qizlarini boqaman deb ado bo‘ldi. Yaxshilik qiling, yaxshi gapiring. Kasali og‘ir. Muslimjon, saxiy bo‘ling, zinhor tor- lik qilmang... Oyim shaqirlab qaynab turgan samovarni olib keladi. Dasturxon yoyilgandan keyin kampir non, qand, mayiz qo‘yadi. Gangur-gungur suhbat ustida xo‘p miriqib choy ichishadi. — Qani, fotiha bering, amma, — deydi tog‘a so‘zlarni salmoqlab. — Ertaga hovliga boring. Bozordan kallapocha olib kelaman. Yaxshi ko‘raman, juda xush ko‘raman kallani. Yaxshi taom-da o‘zi. Hasip ham solsak chakki bo‘lmasdi, lekin attang, qimmatroq. Ko‘ramiz, mabodo arzon- roq uchrab qolsa, olib kelamiz, — deydi Muslim tog‘a gapni dargumon qilib. Kampir iljayibgina javob beradi: — Xo‘p, ertaga boraman. Zerikdim, mayli, rohatlanib kelaman. Muslim tog‘a temirday qattiq, zil kavushlarini kiyib, xayrlashadi. Uning qorasi yo‘qolgandan keyin onam va opam qotib-qotib, tog‘adan rosa kulishadi. Buvim Muslim tog‘aning butun fe’l-atvorini yaxshi biladi, lekin juda yaxshi ko‘rganidan, birov masxara qil- guday bo‘lsa, darrov yoqlashga urinadi. — Pishiq, puxta odam. Bug‘doyni, guruchni vaqtida, arzon narx bilan topib olsa yomonmi? Igna bilan quduq qaziganday, ming azob-uqubat bilan topgan davlatini shamolga sovursinmi?! Men kulib deyman: — Tog‘am yaxshi, lekin qurumsoq. Otlari antiqa, aravasi o‘lgur charxpalak. Oqchasi xum- chada. Oyog‘ida almisoqdan qolgan sag‘ri kavush. Boshida yag‘ir do‘ppi, egnida bo‘z ko‘ylak. Toshdek qattiq, ziqna kishi. Buvim qarg‘aydi. Men ko‘chaga qochaman. •k ’k -k Hovliqib uyga yuguraman. Buvim, yonboshida charx, ip yigirmoqda, oyim ko‘zlarini tizzasidagi jiyakdan uzmasdan ish tikmoqda. — Oyi, oyi, juda qiziq bo‘ldi! — Nima gap ekan? — so‘raydi oyim ishida davom etib. — Otin buvim Qur’on o‘qib o‘tirgan edi, qo‘qqisdan ko‘rpalari lov etib yonib ketdi. Innaykeyin otin buvim bilan Sulton aka o‘tni darrov o‘chirishdi. Yomon yondi... — entikib gapiraman. — 0 ’zim tomdan ko‘rib turdim. Jinlar, parilar, olov tashlab ketdi, dedi otin oyim... Sulton aka-chi, qovog‘ini solib, xo‘mray- di. Yodgorga tegajaklik qilib, parilar goho kelib turadi, shularning ishi, dedi Sulton aka. Oyim buvimga qaraydi: — Tavba, Yodgorning parilari bor, deyisha- di-ya, qaydam... Jinlar Yodgorga yaqinmish, bir kun deraza parda o‘zidan o‘zi yonipti-ketipti. Bir kun Sulton aka endi namozdan qaytib, hovliga kiraman deb eshik ostonasiga shunday qadam qo‘ygan ekan, birov shaq etib peshonasiga uripti. «Kim?» deb alanglapti, hech kim ko‘rinmasmish. Xullas, shunday gaplar ko‘p-da. Jinlarning qilig‘i, deyishadi. Hammasini qo‘shnilardan eshitaman, — deydi oyim. — Be! — deydi buvim qo‘lini siltab. — Men ham eshitganman, ishoninqiramayman. Shu tobda Uzun Sara eshikdan gapirib kiradi: — Voy-bu! Nima balo, karmisizlar, gungmisiz- lar?! Ish tikib o‘tirishipti-ya, tavba! Mahalla to‘polon boTib ketdi-ya! Otin oyi yonib ketay dedi! — vaysagancha kelib ayvon labiga o‘tiradi. — Eshitdik! — deydi buvim, ensasi qotib. Keyin kampir juda loqaydlik bilan gapiradi: — 0 ’t yomon narsa. Suv balosidan, o‘t balosidan saqlasin. — Charxini yig‘ishtirib, «Asta’firullo!» deb yonbosh- laydi buvim. Uzun Sara og‘zini to‘ldirib, lablarini qiy- shaytirib, gapira ketadi: — Parilarning qilig‘i shunday bo‘ladi. Bay-bay, ular bir g‘ash bo‘ldimi, kun bermaydi-ya! Kelindan ajralsa, ana shunda qutuladi otin oyim ham, Sulton ham bu xarxashadan... — deydi, keyin ovozini pasaytirib shivirlaydi: — Yodgorning eri Eshvoy ham o‘lguday lavangda. Erta-yu kech samovarda chapanilar bilan nasha chekadi. Parilar erini xohla- maydi. Bir kun Eshvoy xurrakni xo‘p tortib uxlab yotganda parilar tars etib shapaloq tortib ketipti- ku!.. Oyim gapga aralashadi: — Ins-jins yomon narsa. Ko‘p ko‘rib, ko‘p eshit- ganmiz. Yodgor eri javob bersa — shu bugun jon deb ketadi. Shaylanib o‘tiripti. Tez erim javobimni bersin, deydi. Ehtimol yolg‘ondan, jinlarim bor, deydigandir. Ehtimol jinlari bordir. Yodgor istarasi issiqqina juvon, eriga ko‘ngli yo‘q. Uzun Sara qoTini paxsa qilib yana gapiradi: — Yodgorning parilari bor, bilaman, o‘zi ayt- gan menga. Parilar erini xohlamaydi, g‘ash bo‘lib qolgan. Kechalari parilari kelarmish, otin oyim buni biladi, hasrat qildi menga, pinhon. Buvim, oyim, Uzun Sara xo‘p ezmalik qilishadi. Mahallada qo‘shnilarimiz bu xususda yangi-yangi gaplarni har kuni to‘qiydilar. Bu gap ham mahal- lamizning xotin-xalaji orasida katta voqea. Goho bunga erlar ham aralashib qo‘yadilar. * * * Chorshanba bozor. Har bozordagi kabi vaqtlik turaman. Oyim u chorshanbadan bu chorshanbaga qadar o‘zining va Karomat opamning tikkan jiyak- larini ro‘molchaga tugadi-da, qayta-qayta: «Ehti- yot boT, ot-aravaning tagida qolma!» deb ta’kidlab, duo bilan jo‘natadi meni. Do‘ppi, jiyak bozori Eskijo‘vada. Ko‘pchilik xotinlar. Hammasi xarob, g‘irt bechora, kambag‘al xotinlar. Kir, yirtiqyamoq, juldur paranjilarda, aksariyati kampirlar. Ular ko‘z nurini to‘kib, kecha-kunduz tikkan do‘ppi, jiyaklarini bir necha tangaga sotishga uri- nadilar. Tirikchilik shunday mashaqqat... Bozorning o‘ziga xos suroni, g‘ovur-g‘uvuri bor. Men jiyaklarni bilagimga tashlab, tiqilinchda tentirayman. Har uchragan xaridorga: «Oling yaxshi jiyak, nuqul ipak!» deb maqtayman. Jiyak bozor hamisha sust. Ko‘pincha, sotib boTsam ham maktabdan qutulish niyatida bozorni aylanib yuraman. Butun bozorni kezaman. Gazlama rastalari- dan boshlab, to attorchilikka, beshik bozoriga, nosvoyfurushlar, shinnifurushlar, hatto ko‘mir- o‘tin bozoriga qadar hammasini tentib chiqaman. Bazzozlar, vofurushlar taglarida qat-qat ko‘r- pacha, bozorning sarasi biz, deganday gerdayib o‘tiradilar. Qishda ustlarida pocha-po‘stin, yozda xitoy jujun. Ko‘kraklarida soatning oltin zanjiri osigTiq, oyoqlarida g‘arch-g‘urch amirkon mahsi- kavush, etik. Ba’zan do‘konlarda taxt-taxt molni qalashtirib yahudiylar o‘tiradi. Ular mol sotishga juda usta. Turli ipakli, shol, atlas tovarlarning xaridorlari nuqul boyonlar. Sinchiklab kuzatib o‘taman bu rastalarni, to‘xtab savdo-sotiqqa quloq solaman. Bozor boshdan oyoq tim. Yozda salqin, qishda yog‘ingarchilikka boshpana. Qator-qator timlarni tomosha qilishni, bittasini qoldirmasdan kezib chiqishni yaxshi ko‘raman. Aravakashlar chaqqon, tinmasdan qatnaydilar. To‘p-to‘p gazlama tushiradilar. Meshkobchi mach- choyilar «Po‘sht-po‘sht! Po‘sht-po‘sht!» deb mesh- larda suv tashiydilar. Tinmasdan yozda ketma-ket suv sepib turadilar. Mesh juda katta boTadi. «Qanday ko‘tarar ekan?» deb ichimda hayron qo- laman. Chor tarafga angraya-angraya attorlikka o‘ta- man. Attorlarning savdosi qizg‘in. «Qoch-qoch, yo‘qol!» deb meni va menga o‘xshash bolalarni yaqin yoTatmaydi ular. Chinni bozoriga o‘taman. Chetlariga turli g‘azallar, baytlar yozilgan gardin piyolalardan boshlab, turli tovoq, qoshiq, qozonga qadar hammasini topasiz. Kambag‘allar ko‘p. Hunar ahli xarob. Zo‘r- bazo‘r, amal-taqal qilib kun kechiradilar. Chet-chetda mardikorlar, hammollar boshlarini quyi solib, qachon menga xaridor keladi, deb inti- zorlikda o‘tiradilar. Tilanchilar, gadoylar behisob, har bir o‘tkinchiga titroq tovush bilan duo qilib qo‘l cho‘zadilar, ko‘zlarida ma’yuslik, g‘am-g‘ussa tumani... To‘da-to‘da darveshlar, qalandarlar bozor kezadilar. «Haq do‘st, yo olio!» deb qichqiradilar. Boshlarida kuloh, egnilarida uzun chakmon — janda, bellarida kattakon qovoq kashkullar, ola- bula munchoqlar. Qo‘llarida uzun hassa, o‘tdonda isiriq, allanimalar... Ular Mashrabdan va ba’zi fors shoirlardan chuqur so‘fiyona diniy g‘azallar o‘qib bozorni kezadilar. Men orqalarida ergashib bu g‘azallarini tinglashni sevaman. Bozor ajoyib. Katta dosh qozonday qaynaydi. Xil-xil, turli-tuman odamlar, bozorning o‘ziga xos ajoyib gaplari. Bu gaplarni soatlab tinglashni yaxshi ko‘raman. Shunday qilib, o‘lguday sang‘ib kunni kech qil- gandan so‘ng, horib uyga qaytaman. — Qatda qolding, ko‘zim to‘rt bo‘ldi-ya, xavotirda o‘tiribman? — tashvishli tovush bilan so‘raydi onam meni qarshilab. — lya, bozor sustki, bazo‘r pul qildim jiyagin- gizni... Savdo karaxt... Tez, oyi, ovqat! — deyman oyimni shoshirib. — Yolg‘on! Aldashni ham o‘rganyapsan, — deydi ranjigan tovush bilan onam. * * * Turg‘un ikkovimiz qalin do‘st, tengdoshmiz. U quvgina, betayinroq boTsa-da, yaxshi fazilatlari ko‘p. Epchil, har narsaga aqli yugurik, keksalar kabi gapdon. Mahallamizga yaqinginada ko‘chib kelgan bo‘lsa-da, juda tez do‘stlashib qolganmiz. — 0 ’rtoq, — deydi u bir kun menga, — bozorga borgan edim, nog‘oralar biram bisyorki, ko‘zlarim o‘ynaydi. Olardim-u... Dadam, kambag‘alchilikda senga nog‘ora chikora, deb koyib berdi. Men bir g‘arib suvoqchi bo‘lsam, sening darding nog‘orada, yarashmagan gap, deb urushdi dadam. Xullas, nog‘ora orzum chippakka chiqdi... Esiz-esiz nog‘ora, — deydi Turg‘un boshini chayqab. Turg‘unning otasi — suvoqchi, kasalmand odam. Ba’zan jinday ish topib qoladi, aksari vaqt bekor. Ming mashaqqat bilan hayotini yarim och, yarim to‘q surgab turgan ko‘p bechora kishilarning biri u. — Men bozorga borganda nuqul nog‘orachilar ichida yuraman, — deydi xomush tusda Turg‘un. — Ular chaladilar, o‘tirib maza qilib eshitaman, goho, mullakajon, bitta chalay, deb yalinaman. Men ham bozorga borganimda nog‘oralarga, childirmalarga havasim kelardi. Ularni maqtayman Turg‘unga. — Menga qara, Turg‘unvoy, nahotki dadang nog‘oraga pul bermaydi? — so‘rayman achinib. — E-e! — deydi Turg‘un qo‘lini umidsizlarcha siltab. — Yalinaman, yig‘layman, befoyda! Nog‘ora bu yerda — yuragimda... — deydi ikki qo‘li bilan ko‘kragini urib. Bir lahza sukutdan keyin zaharxanda bilan aytadi. — Otam ham o‘lguday ziqna-da, toshday qattiq. Bir kun olib beraman, sabr qil, sabr tubi — sari oltin, deydi. Ha, shunday, puch yong‘oqqa qo‘ynimni to‘ldiradi-qo‘yadi. Yugurganimcha uyga kiraman. Oyim bilan opam jiyak tikib o‘tirishibdi. — Oyi, oyi, bozorda nog‘ora juda serob. Ovozi baland, chalish oson... Olib berasiz! — Onamning pinjiga suqilib yalina boshlayman. — Nog‘ora asl narsa, har xil usulga chalsa bo‘ladi. Dardim nog‘orada, ishqim nog‘orada... Onam ishidan boshini ko‘tarmaydi, horg‘in tovush bilan gapiradi. — Bu xarxasha yana qaydan chiqdi? — so‘raydi mendan. — Chapanilarning ishi, obermang! — deydi Karomat opam chiroyli qoshlarini chimirib. — Sizning ishingiz bo‘lmasin, — deyman jahl bilan opamga va tag‘in onamga yalina boshlayman. Yig‘layman, xarxasha qilaman. Onam shartta o‘rnidan turib, xipchin bilan bir- ikki achchiq savalagandan so‘ng, nog‘oradan umid uzaman. * * * Machitda, hovuz bo‘yida dardisar saboqni biz yuz daf’a, ming daf’a qayta-qayta o‘qiymiz. Halqumlar quriydi, ko‘zlar tinadi. Qo‘llarda taxta, haftiyak, Qur’on... Navoiy, Hofiz, Bedil... Tebranib o‘tirib o‘qiymiz, o‘qiymiz... Hovuzda qurbaqalar sayraydi. Daraxtlar uchida chumchuqlar chug‘ullaydi. To alifbedan tortib Qur’ondan oyatlar. Navoiy, Fuzuliyning g‘azallari, Bedilning forsiy baytlari — hammasi qo‘shilib, aralashib, havoda hamisha allaqanday bir shovqin — ovoz buluti turadi. Bu shovqin quloq- larni toTatadi... Boshlar ham, quloqlar ham garang boTadi... Kim yoniga, kim oldiga chayqalib, kim yumuq ko‘zlar bilan tiniq osmonga termilib o‘qiymiz... o‘qiymiz... Maktabimizning naq to‘g‘risida qator-qator mirshablar o‘tiradi. Bu yerda ularning mahkamasi bor. Biri kirib, biri chiqib, izg‘ib turadi. Hammasi badjahl, qo‘rs, badqiyofa odamlar. Bir lahzagina domlam bizni yolg‘iz qoldirguday boTsa, duv etib, o‘zimizni ko‘chaga uramiz, mahkama oldini, undagi shovqin-to‘polonni tomosha qilamiz. Yo‘rg‘a otlarda, yaraqlagan izvoshlar- da kekkayib o‘tgan boy, boyvachchalarga m ir shablar ikki bukilib ta’zim qiladilar. Kambag‘allar, mardikorlar, g‘ariblar mirshablarning zug‘umidan, 146 qahridan dir-dir qaltiraydi. Men o‘ylayman: nega mirshablar bunday yomon, badbaxt bo‘lar ekan? Nega mirshablar orasida birortagina faqirga mehribon, rahmdili topilmas ekan?.. Domlam paydo bo‘lishi bilan hammamiz yana maktabga yuguramiz. Boy bolalaridan biri menga maqtanadi: — Yangi, kattakon nog‘ora oldim, — deydi qulochi bilan ishora qilib. — Hali peshindan keyin biznikiga yur, chalamiz. — Oldingmi-ya? — so‘rayman darrov undan, bir lahza sukutdan keyin. — Oyimlarga pul tushgan zamon men ham olaman, — deyman yerga tikilib. — Kecha dadamlarga ayta qolgan edim, kechqu- run darrov gumashtasi g‘irillab nog‘orani olib keldi. Pul degan narsa bizda tayyor-da. Pul asl, pul bo‘Isa changalda sho‘rva. Birpasda nog‘ora qo‘lga tegdi, — valdiraydi boyvachcha. «Buning ham oyisi uzoq tunlar qadalib o‘tirib, kerosin bo‘lmaganda sham yorug‘ida jiyak tiksa, o‘zi menga o‘xshash jiyak sotib, bir necha tangani ro‘mol uchiga tugib, uyga yugursa, mundaqa valdiramas edi», deb o‘ylayman ichimda. Darsdan keyin boyvachcha meni uyiga surgaydi. Keng tashqarida, sharqirab oqib turgan katta ariq bo‘yida chamanday gulzor. Hovli bo‘ylab, haqiqatan go‘zal, hashamatli imorat, o‘ymakor panjaralar. Bola g‘izillab ichkaridan kattakon nog‘orani olib chiqadi. Nog‘ora barmoq tegib ketsa bom-bom qiladi. Nog‘ora cho‘pni ushlab bola chala boshlaydi. Birpas qarab turaman-da, kulib yuboraman. Boyvachchaning qovog‘i solinadi-yu, lekin indamaydi. — 0 ’rtoq, tuppa-tuzuk chalasan, ammo maqom- ni bilmaysan, — deyman. Boyvachcha picha yengillashadi, nog‘ora cho‘pni menga uzatadi. — Qani, chal o‘zing, ko‘ramiz, — deydi nog‘orani men tomon surib. Men nog‘ora chalishni sal-pal bilaman. To‘ylar- da, hayitlarda, ayniqsa o‘ttiz kun ro‘zada Shayxantovurda, madrasaning tornida qozonday katta nog‘ora chaladilar. Men, Mahkam, Hoji, Turg‘un — hammamiz barvaqt borib, nog‘ora chalinishini kutib o‘tiram iz. Soat o‘n ikkida nog‘ora-surnay boshlanib ketadi. Nog‘orachi oriq, pakana, surnaychi bo‘lsa qorni meshday semiz odam. Nog‘ora-surnay boshlanganida qimir etmay o‘tirib tinglaymiz. Uyga kelib, buvimning kepchigini nog‘ora qilib chalaman. Buvim *bir kaming nog‘orachilikmi?» deb meni qarg‘aydi, koyiydi, kepchigini hamisha allaqayerlarga yashirib qo‘yadi. — Qaydam, esimdan chiqib qolganmikan? — deyman nog‘orani barmoqlarim bilan chertib. — Chal-chal, bilasan, xumpar! — deydi boyvachcha ming‘irlab. Mening xayolim uzoqda. Maqomlarni qidira- man. Birdan gumburlatib chalib yuboraman, o‘zim ham hayratda qolaman. — lya, usta ekansan-ku, tuppa-tuzuk chalasan-a. Nog‘orachi bo‘l! — deydi boyvachcha pastki labini osiltirib. Jindaygina chalishim bilan boyvachcha nog‘o- rani yig‘ishtiradi. — Bo‘ldi, zerikdim nog‘oradan! — deydi osmonga qarab. Achinaman, endigina maqomni topib, dadil cha- layotgan edim, esiz! Shartta turaman-da, indamasdan chiqib ketaman. Menda nog‘oraga chindan muhabbat, ishtiyoq zo‘r. Har kun onamga xarxasha qilaveraman, yig‘layveraman, onam uradi ham, so‘kadi ham, bo‘lmaydi. Bu niyatdan qaytmasligimni payqagan Karomat opamning rahmi keladi shekilli, endi o‘zi oyimga yalinadi, axir ko‘ndiradi. Chorshanba kuni oyim jiyaklarni ro‘molga tugib beradi, Turg‘un bilan bozorga yuguramiz. Eskijo‘va tiqilinch. Do‘ppi, jiyak ko‘targan ayollar juda ko‘p. Bozor sust. Turg‘un shum, quv, epchil emasmi: — Oling, aka, juda pishiq-da, ipagini qarang, biram quyuq tikilgan. Juda arzon beryapmiz, zarur ishimiz bor. Asl jiyak, jon aka, ola qoling! — deb har bir duch kelganning yo‘lini to‘sadi. Axir jiyaklar sotiladi. Ko‘ylagim ichidagi yashirin cho‘ntakka pulni ehtiyotlab joylayman-da, Turg‘un ikkovimiz nog‘ora bozoriga ravona bo‘lamiz. Bozorda nog‘ora juda ko‘p. Xilma-xil. Biz bozorni xo‘p oralaymiz. Axir arzonroq kichkina bir nog‘orani mo‘ljallaymiz. — Mulla aka, necha pul beraylik? — so‘rayman nog‘orani qoiim ga olib. — Uch tanga, akasi. Juda pishiq-da. Terisini qara, gumburlaydi, — deydi nog‘oraning egasi, sariqdan kelgan cho‘tir kishi. — Yo‘g‘-a, arzimaydi! — deydi Turg‘un nog‘orani kamsitishga tirishib. — Nog‘oraning asili kattasi. Bu nima, shuyam nog‘orami? Zig‘irday-ku, po‘killaydi... — Yengimni tortib imlaydi Turg‘un go‘yo yoqtirmaganday. Boshqa nog‘oralarga qarab ketamiz. Bir-ikki daf’a ketib-kelib, axir nog‘orachini ko‘ndirib narxini yarim tanga tushiramiz. Ikki yarim tangaga olamiz. Nog‘orani galma-gal qu- choqlab, harsillaganimizcha Govkushga yuguramiz. Mahallada duv etib bolalar yopishadi bizga. — Qani, o‘rtoq, eng yaxshi maqomdan olib yubor! — deydi Turg‘un cho‘plarni qo‘limga tutqazib. Nog‘orani yerga qo‘yib chalib yuboraman. Bolalar jim, qotib tinglashadi. — Xudoning bergan kuni saharda tomga olib chiqamiz, — deydi Turg‘un keksalarday salmoq- lanib. — Nog‘orani Musavoy chaladi, sizlar quloq solib sel bo‘lasiz. Buguncha bas! — deydi Turg‘un nog‘orani ko‘tarib. — Hm, yangi qiliq! — deydi Uzun Sara eshikdan boshini chiqarib. — Sog‘ quloqlarning pardasi endi yirtiladigan bo‘pti. Bu shumtakadan hech kimga kun yo‘q, — chiyillaydi qarshi eshikdan ensasi qotib Kalta Sara. Men nog‘orani yana gumburlataman. * * * Egamberdi tog‘am surgalib yurib, axir dardga yengiladi — yotib qoladi. Oyim har kun xabar olgali birrov chiqib keladi. Buvim, ayniqsa bobom ichdan yonadilar. Kelin oyimning chehrasi bir zum ochilmaydi, hamisha qovog‘i soliq. Qo‘li ishga bor- masdan, g‘imirlab yuradi. Egamberdi tog‘am dam cho‘zilib yotadi, dam orqada qo‘sh yostiq, devorga suyanib o‘tiradi. Goho ko‘ngli kelsa zerikib, picha qiziq gaplardan so‘zlab beradi menga. Rangi siniqqan, awalgidan ham ozib ketgan. Bobom ketma-ket yosh-qari har xil tabiblarni olib keladi. Turkona dorilarni, xilma-xil giyohlarni iste’mol qilishga qistaydi tog‘amni. Men har kun ikki-uch qatnab turaman. — Kel, jiyanim, kel! — deydi tog‘am meni oldiga chaqirib. Uning vaziyatiga, kayfiyatiga qarab, goh birpas o‘tiraman, goh soatlab o‘tira- man. Yaxshi ko‘raman uning suhbatini. — Avji bedana vaqti kelyapti, jiyan, — deydi tog‘am, ko‘zlarida g‘am va dard tumanini ko‘raman, ichdan xo‘rsinaman. — Tuzuk bo‘lay, ikkovimiz cho‘lga chiqib, tuzoq bilan bedanalarni qirib yuboramiz... — Bo‘pti, tezroq tuzuk bo‘ling... — deyman sevinib. Haqiqatan bu tog‘am juda bedanaboz, bedana- ning tilini yaxshi biladi. Tog‘am yangi bedana olib kelgan kuni menga sekin shivirlab, eshik-derazani yop, derdi. Men darrov eshik-derazalarni avaylab bekitardim-da, burchakda tog‘amning qarshisiga asta o‘tirardim. — Tovushi chiqdi, yaxshi-ya, qara, jiyan, zo‘r bedana! — derdi tog‘am sevinib. Qanotlarining ostiga, ustiga suv purkab, yengiga solib, samovar- ga jo‘nardi. Mabodo bedanasi qochguday bo‘lsa, menga berardi. — Ma, ol, sen bop bedana, — derdi kulib. Bedanani qo‘ynimga solib, Govkushga yugurardim. Bedana boqish, bedana parvarishini juda joyiga qo‘yardi tog‘am. Eshakqurt, pashsha, go‘sht, ari- ning uyasi... allanima balolarni axtarib yurardi hamisha. «Bedananing piri shu!» deb menga shi- virlab qo‘yishardi xalfa-shogirdlar. Tog‘amning xastaligini, ahvolining og‘irlash- ganini payqaganimdan men ham xafa edim. Baland bo‘yli, qoshlari payvasta, kiyimlari o‘ziga yarash- gan, chiroyli tog‘am endi cho‘pday oriqlagan, rang- lari sarg‘aygan, siniqqan, to‘shakda yotibdi. Oldida jim, sokin o‘tiribm an termilib. Tog‘am yumuq ko‘zlarini ochmasdan «dard meni yengdi...» deydi goho shivirlab. Quyilib kelgan ko‘z yoshlarimni yashirishga uringanimdanmi, ko‘chaga otilaman. Ko‘chada darrov o‘yinga berilib ketaman. Yaqin bir boy qo‘shnimiz bor. Keng sahnli ichkari- tashqari hovlilarda, tunuka tomli dang‘illama uylarda gilamlar to‘shalgan, rux karavotlar, sandiq-sandiq mollar... Boy soqoli oppoq, qorni katta, bir arava et, dumaloq kishi. Uning bir gala mayda-chuyda bolalariga ergashib, goho hovlisiga kiraman-da, bir chekkada biqinib turaman. Birinchi daf’a grammofonni shu boynikida eshita- man. Yangi yaraqlagan quticha ustiga kattakon bir karnay o‘rnatilgan. Qutichaning qulog‘ini burasa, ustida qop-qora lagancha gir-gir aylanadi. Quti chaning ichidan birov karnay orqali qo‘shiq ayt- ganday boTadi. Karnaydan qo‘shiqlar, kuylar yangraydi. Hammasi nuqul ruscha, bironta so‘zga tushunmayman. Ammo men taajjublanib, qiziqib quloq solaman. Urishib, tortishib o‘tirgan boy bolalarining biridan asta so‘ray man: — Yopiray, tilsimmi o‘zi? Oti nima? — deyman. Bolalar qotib-qotib kulishadi. — Buning oti grammofon. Toshkentda yo‘q narsa. Dadamlar Maskovdan olib keldi yaqinda, — deydi ko‘zlarini o‘ynatib bir o‘g‘ilchasi. — Hamma gap shu laganchada, shu chaladi kuylarni, — deydi qo‘li bilan aylanib turgan laganchani ko‘rsatib. — Juda ko‘p laganchalar, xilma-xil ashulalar. Bas, boshqa vaqt eshitasan, — deydi shartta grammofonni yig‘ishtirib. Grammofonning ovozi o‘chganiga achinaman. Havasim keladi, ushlab ko‘rsam, yana eshitsam, deyman ichimda... Ko‘chaga chiqib ketaman... * * * Uzoq yotib, Egamberdi tog‘am saratonda o‘ladi. Oyim, buvim, qarindoshlar chuvvos ko‘tarib yig‘laydilar. 0 ’sha paytni o‘ylarkanman, hanuz bobom qarshimda gavdalanadi. U shu qadar qattiq kuydiki, ho‘ngrab-ho‘ngrab yig‘ladi, oppoq soqol- lari ustiga ko‘z yoshlari buloqday quyildi. Men ham juda yig‘ladim. Yaxshi ko‘rardim shu tog‘amni. U meni yetaklab Balandmachitga, samovarga olib chiqardi. 0 ’tirib choy ichardik. 0 ’rtoqlari bilan suhbat qilganda qiziq gaplarini, askiyalarini qiziqib tinglardim. Hammasi hanuz yodimda... Vaqt peshindan oqqanda Beshyog‘ochdan qabris- tonga eltib ko‘mamiz tog‘amni... * * * Yoqimli sentabr kunlari keldi. Pishiqchilik. Xil- xil mevalar, qovun-tarvuzlarning g‘arq pishgan, to‘kin, serob vaqti. Ammo to‘yib-to‘yib yeya olmaymiz... Baqqollar oldidan qarab-qarab o‘tamiz. Yolg‘iz tomosha... Dadam juda siyrak keladi. Ba’zan olti oylab yo‘qolib ketadi. Kelganda ham uch-to‘rt kungina turadi-da, tag‘in g‘iz etib ketadi-qoladi. «Qarzi ko‘p-da» deb o‘ylayman ichimda achinib. Maktabdan keyin bar kun ko‘chada tentiraymiz. Ba’zan bir o‘yinga yopishib olamiz. Men oshiq o‘yiniga ustaman. Hoji mendan ham yaxshi o‘ynay- di. Xullas, bu bobda ikkovimiz mahallada bi- rinchimiz. Har kun peshindan keyin, juma kunlari kun bo‘yicha o‘ynaganimiz oshiq. Mahallada bolalarning oshiqlarini yutib-yutib, hafsalamiz pir bo‘lganda, cho‘ntagimizda oshiq, goh Balandmachitga, goh Degrez mahallaga yo‘l olamiz Hoji ikkovimiz. Sekin shivirlashib, ko‘zlar bilan imo qilib oshiqlarni qirib-qirib yutamiz-da, birdan jo‘nab qolamiz. Bolalar chuvvos ko‘tarib chopadi- lar bizni tutishga. Yetib olsalar, yoqalashish bosh- lanadi. Biz bo‘sh kelmaymiz. * * * Kechqurunlar qizlar, Karomat opamning teng- doshlari bizning hovlida koptok o‘ynagani yig‘iladilar. Ular yigitlar, ayniqsa chollar yo‘q joyni qidiradilar. Bizning hovli qizlar o‘yiniga bop, tinch hovli. Bir to‘da qizlar: — 0 ’n yetti, o‘n sakkiz, o‘n to‘qqiz, yigir- ma... — deganda qattiq urilgandan koptok juda balandga chiqadi-da, hovlining bir burchiga ketib, suvga tushadi. Yaqin qo‘shni qiz Salom «uh!» deb qo‘li bilan peshonasidan terni sidirib tashlaydi-da, ayvonning labiga o‘tirib oladi. Qizlar chuvvos ko‘tarib, bir lahza «Mening galim!», «Ho, mening galim!» deb navbat tala- shadilar-da, yana o‘yinda davom etadilar. Bular aksariyat kambag‘al, faqir qizlar. Nimchalarining cho‘ntagiga bittadan qo‘ldan so‘qma to‘r koptoklarini solib chiqadilar. Ular koptokni paxtadan, yengil bo‘lsin uchun ko‘pincha jundan yasab ustini rang-barang ipaklar bilan pishiq-puxta qilib to‘rlar edilar. Bunday koptok shalop etib ariqqa tushsa bormi, suvga bo‘kadi-qoladi. Shu sababdan boyoqish qizlar juda ehtiyot bilan o‘ynaydilar. Ikki qizda rezinka koptok bor. Toji ingichka kelgan, nozikkina, ko‘zlari uch- qunli, burni pistaday bejirim, o‘rimi sanoqsiz sochlari taqimiga tushgan, ko‘rkam qiz. Chir-chir aylanadi. Uzoq, juda uzoq aylanadi. Axir koptok qochadi. — 0 ’la, yer yutgur, muncha koptokka yopish- masang! Baribir, qolding-ku, nafasingni rostla- ya! — deydi ko‘zlarini ola-bula qilib pakana Savri. Toji ham Savrini uzib-uzib oladi: — Doim ishing kamsitish. Qani, ko‘ramiz!.. — deydi labini burib. Karomat opam go‘zallikda ham, sho‘xlikda ham, o‘yinga ustalikda ham o‘rtoqlaridan qolish- maydi. So‘zda, o‘yinda tortishuvlar, janjallar, arazlar qizlarda tez-tez bo‘lib turadi. Shunday paytda o‘yinni to‘xtatib, ba’zan bir-birlariga burun qiyshaytirib, ters burilib qolishadi. Onaboshi dam birini qarg‘ab, dam aldab, ovutib, yarashtiradi. 0 ’yin tag‘in davom etib ketadi. Bularning ona- boshisi — qaqildoq Salom. Novchadan kelgan, bilak- lari temirday, peshonasi keng, mahmadona qiz u. Men o‘yinlarini tomosha qilishni, ularning hazi- lini tinglashni yaxshi ko‘raman. — Qurib ket, iloyim! Tekin tomoshami? Tur o‘rningdan, koptokni tashavor bu yoqqa, — boshi- ni siltab buyuradi menga Salom. Men bir sakrab, ilib olaman-da, tomga otaman yoki qo‘shni hovliga oshirib, tura qochaman. Opamni ranjitib, tegajaklik qilaman. Qizlar terlab, po‘rsillab, yonoqlari loladay qizarib, jon-dillari bilan qiziqib o‘ynaydilar. Uzoq, soatlab davom etgan koptok o‘yindan charchagandan keyin, qizlar o‘tirib gapga tushadi- lar. Hasratlar, hazillar, sirlari ko‘p... Sekin, juda sekin shivirlashib, birdan qiqir-qiqir kuladilar. Nima gap ekan, deb qiziqaman. G‘azallar, qo‘shiqlar aytishadi. Sevgi, muhabbat haqida juda ham maxfiy ishoralar bilan suhbat yuritadilar. Sovchilar kelganini bir-birlariga aytishib, ba’zan sevinib, ba’zan g‘amgin, xomush o‘tiradilar. Oqshom bo‘lib, qorong‘ilik quyuqlashganda biri paranji, biri yaxtak yopinib, uylariga jo‘naydilar. Aksariyat qizlar, juvonlar kechalari ham ish- pechlarini ko‘tarib, biznikiga chiqadilar. Biznikiga yig‘ilib, yarim kechagacha jiyak, do‘ppi tikish odat bo‘lib qolgan. Dam qahqaha kulgi to‘la gap, dam qo‘shiq bilan ish tikadilar. Goho bittasi uzundan uzoq cho‘pchakni boshlab yuboradi. Men sevinib, siljimasdan o‘tirib eshitaman. Cho‘pchak tugab qolsa «qani boshlab yuboring yaxshisidan» deb yalinaman. Oyilaridan, buvilari- dan eshitgan cho‘pchaklarni qizlar ba’zan menga aytib beradilar. Goho endigina boshlangan cho‘p- chakni shartta bo‘laman: «Boshqasini ay ting, eshitganman buni, o‘zim bilaman», deb shovqin ko‘taraman. Shunday qilib, ayniqsa qish kechalari, qizlar suhbati qoq yarim tungacha cho‘ziladi. * * * Turg‘un ikkovimiz shoshilib bozor tomon yugu- ramiz. Soat o‘n bir, o‘n ikki. Qirq tiyin pulni bel- boqqa qattiq tugib olganman. Egnimda uzun yaxtak, boshimda yangi do‘ppi, oyoqyalangman. Havo bulut, quyosh dam yalt etib bir ko‘rinib qoladi, dam bulutlar ichiga bekinib oladi. — Kitob judayam qimmat... — Meni alday bosh- laydi Turg‘un. — Olamiz bir mazalik narsa... — Yo‘q-yo‘q! — deyman darrov uning niyatini payqab. — Kitob yaxshi narsa. Hali qarab tur, unda har bir ajoyib baytlar borki, tushunmaysan, e, qo‘y-yey. — Bir zum sukutdan keyin davom eta- man: — Marojniy shirin narsa-yu, lekin oyimdan qo‘rqaman, pulni Karom opam kitobga deb bergan. Tortisha-tortisha bozorga yetamiz. Bozor qizg‘in. Aravalar, otlar, xachirlar, eshaklar tiqi- linch. Nonvoylar serob. Birining boshida savat, birining qo‘lida savat: «Jizza non, yumshoqqina, barragina...» deya qichqira-qichqira bozor oralab yuradilar. Turg‘un ikkovimiz ot-aravalar orasidan suqilib, kitob do‘konlariga yetamiz. Kitob rastasi sokin. Ahyon-ahyonda uzun, keng yaktakda kir sallali, soqollari o‘sgan, oriqqina, rangpar biror mullavach- chaning kitob varaqlab turgani ko‘rinadi. Jim jit. Go‘yo butun kitobfurushlar mudroqda deysiz. Turg‘un ikkovimiz har bir do‘kon oldida to‘xtab rastani xo‘p aylanamiz. Tomda urishib-talashib yurgan kuchuklarga Turg‘unning ko‘zi tushib qoladi: — E, attang... — deydi meni turtib. — Biror joy yo‘qmikan tomga chiqishga? Kuchuklar ko‘p ekan, yaxshisini tanlab olib ketardik... — Jinni-m inni bo‘ldingmi? — deyman qovog‘imni solib. — Tappa talaydi-ya! Nuqul diniy, xurofot kitoblar do‘konlarda liq to‘la. Jamiki do‘konlarda Qur’on topamiz. Arabiy, forsiy kitoblar serob. — Amaki, Muqimiy bormi? Ishqiy baytlari- dan... — so‘ray man kitobfurushdan, bir do‘kon oldida to‘xtab. — Hov, — deydi kitobfurush, oq soqolli, peshonasi keng, shirin so‘zli, muloyimgina kishi. — Kichkinasan, yoshsan-ku, o‘g‘lim. Lekin Muqimiy bor, — deydi yumshoq tabassum bilan. — Har xil kitoblarni o‘qiyman, — deyman-da, birdan kulib yuboraman, — qizlarga kerak edi. Muqimiyni yaxshi ko‘rib o‘qiydi qizlar. Yaxshi baytlari bor-da, amaki. Choi xaxolab kulib yuboradi. Keyin sekin qo‘zg‘alib pastni, yuqorini kovlashtiradi. Muqimiy bayozini topib, menga uzatadi. Avaylab qo‘limga olaman. Yaxshi ishlangan, chiroyli muqova, kichkina kitob. Asta varaqlay- man, pichirlab, ichimda o‘qiyman. — Ota, necha pul? — so‘rayman kitobni yopib. — Yur-e, yomon kitob, bo‘lmaydi, olma! Oshiq- ma’shuqdan boshqa gap yo‘q ichida, — qistaydi meni turtkilab Turg‘un. — Omisan-da, ma’nosini tushunmaysan. Muqimiy ajoyib shoir. Opam aytgan, topib kel shu kitobni, degan, — jahlim chiqib tushuntiraman Turg‘unga. Choi ko‘zlarini qisib, kulib qo‘yadi: — Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqimiyni ko‘rgan- man. Xushfe’l, dono odam edi marhum. Muqimiy kattakon shoir. Qo‘qonda turardi u kishi. Bu — shoirning yurak parchasi! Bolam, narxi ikki tanga. 01, qizlar ishqining davosi, — deydi yuziga yoyil- gan tabassum bilan menga ma’noli qarab. «Karom opam o‘zi ham ikki tanga bergan edi, bilar ekan narxini», deyman o‘z-o‘zimga va tan- galarni avaylab belboqdan yechib olaman-da, tavoze bilan cholga uzataman. Kitobni qo‘ltig‘imga tiqaman. Bozordan chiq- qandan so‘ng, jar yoqasida bir pas o‘tirib, suv ichamiz. Yo‘l-yo‘lakay qovurma baliq, go‘shtkuydi, kaboblar har qadamda. Ularning burqiragan hidi juda yaxshi. Ammo chaqa qani? Hadraga yetib olgandan keyin, qadamni sekin- lashtiramiz. Muqimiyni asta, bir-bir varaqlab ichimda o‘qiy boshlayman. — E, o‘qisang eshittirib o‘qi-ya, bo‘lmasa qadamingni tezlat, — deydi Turg‘un o‘qrayib. Men kitobdan ko‘zimni uzmasdan kulaman. Sekin o‘qiy boshlayman: Surm a qo‘ymay muncha ham jono qarodur ko‘zlaring, H ar biri jon qasdiga boqqan balodur ko‘zlaring. Qumri, sarvi qaddu, bulbul gul yuzingning volasi, M en M uqimiyga hamisha muddaodur ko‘zlaring. — Xo‘sh, ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq? Bu bayt qo‘shiqdek totli, ma’nodor narsa. — Mengayam qaymoqday yoqadi, lekin baliq qorinni to‘ydiradi. Esing yo‘q, bu baytdan qorning to‘ydimi? Xumpar! — deydi Turg‘un qo‘lini siltab. Uning gapi qulog‘imga kirmaydi, xayolim ki- tobda... 157 * * * Quyosh endi kuydirmaydi. Goho osmonda bulutlar kezadi. Barglar to‘kila boshlagan. Qushlar ham birin-sirin issiq mamlakatlarga yo‘l olgan. Meni g‘am bosadi — mahsi-kalish yo‘q. Sovuqlar bosh- lanadi, yalangoyoq, diydirab maktabga qatnayman- mi?! Yangibozordan, dadamdan darak yo‘q, xat ham yozdim, jimjit. Onam boyoqish Oqmachitga chiqib buvimga hasrat qiladi. — Dadang ham o‘lgiday ziqna-yu, yalinib- yolvorib so‘rasang yo‘q demas, berar mahsini. Lekin kalish dardisar, o‘zing amallab olib berarsan. Hademay qilichini ko‘tarib qish ham keladi, sovuq ham tushadi, bechora bolaginangning g‘amini yegin tezroq, — deydi buvim oyimga. Bobom kelgandan keyin onam sekin silliqlik bilan gap boshlaydi. — Ey, qizim, qanoat qil, bor boricha, yo‘q holicha. Xarajatim boshimdan oshgan, — deydi bobom qovog‘ini solib. — Hasratimni sizdan boshqa kimga aytaman, dadajon. Kuyovingiz bo‘lsa cho‘lda tentirab yurip- ti. Jiyak tikib qozon qaynatib oHiribman, qanoat bundan ortiq bo‘ladimi?! 0 ’zingiz tikib berasiz, albatta, Musavoyga mahsini. Bobom javob bermaydi, bir lahza o‘ylanib o‘tir- gandan so‘ng asta turib tashqariga chiqib ketadi va hayallamay, qo‘lida bir juft mahsi, kulib eshikdan kiradi. — Mana, bolam, kiy, pishiqqina mahsi. — Ajabmi, buyursin-ey, — deydi buvim sevin- ganidan shoshilib. Mahsilarni mahkam quchoqlab onamni ham kut- masdan Govkushga yuguraman. Orqamdan bobom: — Bergan xudoga yoqipti, — deb qahqahla- ganicha kulib qoladi. Ertasi dadamdan to‘satdan pul keladi. Darrov bozorga tushib kalish olamiz. * * * Har kun maktabga qatnayman. Bir kun peshinda domlam meni chaqirib: — Qani yur, o‘g‘lim, katta bo‘lding, biz bilan birga chillayosin o‘qiysan, bir bemor bor, — deydi. — Yo‘g‘-e...— qizarib yerga qarayman. Domlam bosh-oyog‘imga bir razm soladi va tushunadi shekilli: — M-m... — deydi o‘ylanib, — yugur, kiyinib kel. Ozoda bo‘lsa bas! Govkushga yuguraman. — Tez bo‘ling, oyi! Salla qani? — Nima gap o‘zi? — so‘raydi onam tushunmas- dan. — Chillayosin o‘qiymiz, chillayosin! — deyman jiddiy tovush bilan va shoshilib ustimga paxtalik chit to‘n, oyoqlarimga yangi mahsi-kalish kiya- man. Qoziqdan buvimning doka ro‘molini olib boshimga naridan beri o‘rayman-da, maktabga chopaman. Maktabda o‘n choqli bola yig‘ilgan, hammasi o‘n besh-o‘n olti yoshlarda, eng kichki- nasi men — endi o‘nga to‘lganman. Bolalar meni ko‘rishlari bilan nimanidir shivirlashadi. Domlam payqaydi shekilli: — Yosh bo‘lsa ham pishiq, sizlardan qolishmay- di, chandir, — deydi hazillashib. Men qizarib chetga qarayman. Domlam oldinda, hammamiz jim, ko‘chaga chiqamiz. Boradigan joyimiz yaqin. Jinko‘chaga burilar ekanmiz, to‘polon ustidan chiqamiz. Bir to‘da odamlar mushtlashmoqda. Domlam hayron bo‘lib qotib qoladi. Qarilar darrov domlamga yali- na boshlaydilar: — Ajrating, ajratib qo‘ying bularni, taqsir! Domlam jahldan oqarib ketgan: — Bas, bas! — deydi u bo‘g‘ilib. — Ollodan qo‘rqinglar, nodonlar! Mushtlashayotgan yoqavayron bir necha kishi- lar asta chetlashadi. 159 — Taqsir, taqsir, uzr... — deydilar ular. — Nima gap o‘zi, nima g‘avg‘o? — so‘raydi domlam, hanuz jahldan tushmagan holda. Qarilar domlamga tushuntiradilar: — Bir kambag‘alning qarzi bor edi, nochorlik- dan, qoTi kaltalikdan sotyapti hovlini... Hovli talash, xolos! Men olaman, men olaman, degan to‘qlar ko‘p-da. Domlam kulib yuboradi: — E, hovli janjali denglar, bundan oson ish bormi? Tog1 toqqa qovushmas, ammo odam odamga qovushar. Yaxshilik bilan bitishinglar, tinchlik yaxshi, tinchlik boTsa olam guliston. Yuringlar! — deydi bizga qarab. Ozgina yurgandan keyin muyulishda chap qoTdagi hovliga kiramiz. Muloyimgina, pakana, o‘ttiz besh-qirq yoshlardagi kishi shoshilib bizni qarshilaydi. Keng rovon ayvonda bemor yotibdi. Uyning egasi qoziqdan katta shol ro‘mol oladi-da, shoshilib bemorning yuzini yopadi. — Taqsir, marhamat! — deydi, ta’zim bilan ko‘rpachalarni ko‘rsatadi. — Zaifangiz qalay? — so‘raydi domlam kavush- larini yecha turib. — Taqsir, kundan kun orqaga ketyapti, — shi- virlaydi uy egasi... — Chillayosindan keyin zoraki boshini ko‘tarsa. — Qur’on — tangrining so‘zi. Chillayosin ko‘p hikmatli narsa, duo — ins-u jinsni qochiradi. Olio taolo o‘zi shifo bersin, chiqmagan jondan umid; noumid shayton. — Kasalning qarshisiga chordana qurib o‘tiradi domlam va: — Qani boshlaymiz, — deydi bizlarga qarab. Hammamiz uning atrofidagi yumshoq ko‘rpachalarga o‘tiramiz-da, boshlab yuboramiz. Hovli kichikroq bo‘lsa ham, uy va ayvon qutichaday shinam. Tunuka tom, rovonlar sir- langan, hovli yuzi to‘la gul. Qur’onni o‘qiy- o‘qiy hammasiga asta razm solaman. Oshxonada bir kampir katta qozonda dumba eritmoqda. Jizzaning hidi hovlini tutgan. Bir kichkina qiz bola paqirni zo‘rg‘a ko‘tarib, oshxonaga suv tashimoqda. Yosinni hammamiz bir og‘izdan, qoidasi va qiroati bilan vazmin o‘qimoqdamiz. Domlam goh-goh «suf» deb qo‘yadi, bizlar ham u bilan birga bemorga asta egilamiz. Uzoq o‘qiymiz. Hammamiz ham charchaymiz. Domlam ko‘zini yumib tiniq ovoz bilan, qiroat bilan og‘ir o‘qiydi. Uning charchagani bilinmaydi. Bolalar goho bir-birini turtib, hazillashib qo‘yadi. Ikki soat o‘qib, yosinni tamomlaymiz. «Uh» deymiz asta hammamiz birdan. Domlam ulug‘vor o‘tiribdi. — Uh, suv... — deydi sekin bemor g‘ivirlab. Uy egasi shoshilib xotinga bir piyola suvni tutadi. — Marhamat, taqsir, marhamat, uyga kirsin- lar, — deydi qo‘lini qovushtirib boy. Domlam boshliq hammamiz uyga kiramiz. Domlam to‘rga, yangi ko‘rpachalarga o‘tiradi. Ko‘rpachalar ustiga yumshoq yostiqlar terilgan. Xonadagi jihoz ko‘rkam. Qator-qator sandiqlar, idish-asboblar to‘la. To‘rda, burchaklarda ikkita asl xitoy ko‘ra. Hammamiz jim tomosha qilamiz. Domlam ko‘ralar ustida so‘z ochadi. Boy asta kulib gapiradi. — Padarimiz rahmatlik Qashqardan olib kel- ganlar. Men yosh edim, xo‘p asl narsa, — deydi g‘urur bilan. Dasturxon yoziladi. Yumshoq nonlar, qand- qurslar va shaqillab qaynab turgan samovar kelti- riladi. — Oling, oling, — deb boy domlani va bizlarni dasturxonga da’vat etadi. Biz uyalibgina non tish- laymiz, shirinliklardan uncha-muncha totinamiz. Ko‘r qori qand-qursni xo‘p tushiradi. Men bo‘lsam uyalganimdan juda sipo o‘tiribman. Yog‘liq, sergo‘sht osh keladi. Domlam ishtaha bilan palovga kirishadi. 6 — 4452 — Qani, olinglar, bolalar juda lazzatli osh bo‘pti. Hech iqlimda yo‘q palov bo‘pti! — bizlarni qistaydi domlam. Bizlar ham ishtaha bilan palovni tushiramiz. Palovdan so‘ng achchiq-achchiq choy ichib, keyin domlam «Omin!» deydi qo‘llarini ko‘tarib. Uzoq duo o‘qiydi. Xayralshib chiqib ketamiz. Goho bitta-yarimta odamlar kelib, domlamga yalinishadi: — Taqsir, shu piyolaga (yoki kosaga) duo bitib bering. Birisi «qizim kasal», birisi «kelinim og‘ridi» yoki «ayol notob» deydi. Domlam darrov ishga kirishadi. — Hozir, hozir... Duo mushkullarga davo. Payg‘ambarlarimiz aytganlar: «Duo har dardga shifo beradi». Arabcha duolarni kosaga, laganlarga siyoh bilan yozib beradi domlam. Bolalar bunday paytlarda sekin o‘yinga kirishadilar. Domlam payqab qolarkan: «Ey, bas, o‘qinglar!» deydi bir lahza to‘xtab. Duoni odamiga topshirib, domlam pulni oladi, keyin qamchini qattiq tutib, bolalarni sharaq- sharaq urib qo‘yadi. * * * Juma. Havo bugun tiniq. Quyosh mavjida. Bobom peshinni o‘qigandan keyin meni oldiga solib ketadi. Kayfim yo‘qroq. — Yigit bo‘lding, namoz o‘qi, odamlarga salom ber. Sho‘xlikni bas qil, — deydi bobom. Yumshoq tovush bilan gapiradi: — Onang xo‘p chaqdi seni, qaysar boTib ketyapti, deydi. Eshonning oldiga olib boraman, duosini olasan, o‘g‘lim. Ammo men g‘iq etmasdan jim boraman. Negadir ko‘nglim xira. Allaqanday xayollarda boshimni quyi egib yalqovgina ketmoqdaman. Eshonning uyi bizga uzoq emas. Jarko‘chada. Bobom har juma peshin namozni o‘qib eshonga boradi. Goho biz ham — bir to‘da bolalar — o‘ynab yurib, borib qolamiz. Machitga kiramiz. Odam ko‘p. Bobom kavushi- ni yechib, chetroqqa ehtiyotlab qo‘yadi-da, xonaqo- ga kirib ketadi. Bolalar oz. Bitta bola yerga nimanidir chizib o‘ynab o‘tiribdi. Men ham zerikib, cho‘p bilan yerni chiza boshlayman. «Juda usta ekansiz», deb bola mening yonimga suriladi. Shu choq meni birdan bobom chaqirib qoladi. Darrov xonaqoga kiraman. Xonaqo keng. Eshon ko‘zlari chaqnagan, soqoli quyuq, uzun yaxtak ustidan keng malla to‘n kiy- gan. Burni katta, peshonasi yapasqi, pachaqqina, ammo savlatli keksa. Uyalib ketganimdan bo‘lsa kerak, shoshilib: «Assalom», deyman. — Taqsirim, duo qiling, nabiram... Pishiqqina bola, ammo sho‘x, so‘zga kirmaydi, badjahl, — deydi kulib bobom. — Qani, beri kel, bolam, — deydi eshon va menga tikilib biroz qarab turgandan keyin: — Juda mo‘min-ku, — deya jilmayadi bobomga. Uyalganimdan terlab ketaman, boshimni quyi solaman. Eshon ichida nimalarnidir shivirlaydi va qo‘limni ushlab: — Og‘zingni och, — deydi ko‘zlarimga tikilib. Men hayron bo‘laman. Og‘zimni katta ochsam, eshon «tuf» deydi. — Tur, ishing bitdi, duo qildim, bolam, ma’qul bo‘l! Otangni, onangni hurmat qil, — deydi eshon. G‘izillab terlaganimcha xonaqodan tashqari yuguraman, yirganib tufuraman. Boshimda g‘alati- g‘alati o‘ylar. Birdan hovliga shovqin-suron bilan kirgan bolalar fikrlarimni bo‘lib yuboradilar. — Yong‘oq o‘ynaymizmi? — deyishadi chuvil- lashib katta-kichik o‘rtoqlarim. — Pulim yo‘q, qarzga bo‘lsa mayli. Yutsam beraman yong‘oqni, — deyman ularga. — E-e, — kulishadi bolalar, — qiziq ekansan, yo‘q, qarzga bo‘lmaydi! Keyin qayoqqadir g‘oyib bo‘lishadi. Xonaqo xalqqa liq to‘la. Birdan «hu, ho-hu» deb qarilar o‘rtaga tushib ketishadi. Keyin atrofni o‘ragan xalq ham huhulab o‘rtaga tusha boshlaydi. Zikirchilar Mashrabdan, Xo‘ja Hofizdan, So‘fi Olloyordan baytlarni ta’sirli ohang, hayajon bilan qattiq o‘qiydilar. Eshon jiddiy holda ohista «Huv- huv!» deb turibdi. Odamlar «ho-hu», deb shiddat bilan aylanadilar. Og‘zi-burnidan ko‘pik-ko‘pik oqib, ba’zi keksalar yiqiladilar. Xalq hayajonda, ho‘ngrab yig‘laydi hammasi. Zikr avjiga chiqadi. Yiqilgan kishilarni astagina chetga tortadilar. Ular sekin-sekin hushlariga keladilar. Eshon yana xalqni hayajonga soladi, endi hofizlar ham yig‘lab g‘azal o‘qiydilar. Eshon past ovoz bilan vazmin gapirib, dunyoning poymolligidan, oxiratdan, ulviy pok qalb haqida so‘z boshlaydi. Bobom asta yurib, ichida huhulagancha yig‘i aralash zikr qiladi. Dod-voydan zerikaman. Machit hovlisida katta- katta qozonlarda moshxo‘rda qaynamoqda. Nuqul mosh, guruchdan darak yo‘q, bemazaligi hididan ma’lum. — Mosh pok, ulug‘ narsa. Yolg‘iz so‘filar taomi, — deydi har vaqt bobom. Astagina yurib bir qozonning boshiga boraman. — Qani suzing, tog‘a! — deyman oriqqina maj- mag‘il odamga. Darrov kir, iflos bir sopol kosada moshxo‘rda uzatadi menga. Chetroqqa borib, xarsangga o‘tiraman-da, icha boshlayman. Bemazaki, hech u yog‘i yo‘q! Bir-ikki qoshiq ichaman-da, kosani qaytaraman. Uyga jo‘nayman. * * * Oqshomlari bolalar «kerak-kerak», goho «qushim boshi», shuningdek har xil o‘yinlarni tin- may o‘ynaymiz. Xuftondan keyin duv etib hammamiz birpasda, inlariga biqingan qushlar kabi — uylarimizga kirib ketamiz. Men yolg‘iz qolgani qo‘rqaman, o‘rtoqlarim bilan izma-iz hovliga yuguraman. «Xuftondan keyin ko‘chamizdagi Poch- chaariqda, katta suv bo‘yida ajinalar, jinlar yig‘ini boshlanadi», deguchi edilar buvilarimiz, oyilari- miz. Pochchaariq jinlarning yaxshi ko‘rgan, suy- gan joyi emish! Olov sochli mushukka, echkiga, bo‘riga o‘xshash maxluqlar suratidagi jinlar o‘yin boshlarmish. Turli burchaklardan chiqib kelgan jinlarning dumlari ba’zi duch kelgan odamlarga tegib ketsa bormi, bu odamlar shaytonlab, yo esi past bo‘lib, yoki shol bo‘lib qolarmish, ishqilib, bir illatga chalinarmish. Odatda kampirlar, ayollar na- mozshom bo‘lganda shavlami, bo‘tqami qilib Pochchaariqning labiga qo‘yib keladilar. Men namozshomda yolg‘iz qolganimda Pochchaariqdan yuragimni hovuchlab, tez-tez yurib o‘taman. Bu jinlar haqida mahalla xotinlari orasida bitmas- tuganmas mishmishlar: «Falonchining ko‘ziga mushuk bo‘lib ko‘rinibdi!», «Falonchining ko‘ziga olov bo‘lib ko‘rinibdi!..» Machit yonidagi hovuzning atrofiga ham jinlar yig‘ilarmish. Bu yerdan ham men qorong‘ida cho‘chib-cho‘chib g‘izillab o‘taman. Mahallamiz- dagi arava turadigan maydoncha ham xavfli joy emish. «Jinlar arava o‘yinni juda yaxshi ko‘radi», deyishadi. Ular tong otguncha shotiga yopishib ucharmish. Mahallamizda jinlar, parilar haqida oldi-qochdi gaplar og‘izdan tushmaydi. Dadam kech qaytganida buvim: «Daydisan-eу, yarim kechalari samovarmi, balomi, allaqayoqlarda tentirab yurasan. Jinlar, ajinalardan qo‘rqmaysan- mi?» deb koyiydi jahl bilan. «Menda jinlarning ishi yo‘q. Kimga tegishni ular yaxshi biladi. Bilmadim, xalq «jin-jin» deydi, men shu yoshga kelib biror marta sharpasini ko‘rmadim», deydi dadam kulib. «Asta’firullo, de!» deydi buvim va shivirlab ichida duo o‘qiydi. Kunduz kunlari bolalar goho zerikib jinlardan, parilardan vahimali gaplarni, dahshatli oldi-qochdi voqealarni uzoq so‘zlashamiz. Ayniqsa A’zam jinlar cho‘pchagini ko‘p biladi, o‘zi ham ishonadi va juda qo‘rqadi. Ahmad uni masxara qilib kuladi: — Mening buvim tirikchilik dardida kechamikunduzmi surishtirmay, uzoqlarga ketadi. Men bo‘lsam huvullagan hovlida yolg‘iz yotaveraman, baloyam urmaydi. Biror marta ko‘zimga ko‘rinsa deyman, qanday ekan ajina? Lekin ko‘rinmaydi. Ba’zan o‘zim ham oz-moz cho‘chib qo‘yaman. Shunda ko‘rpani boshimga tortib uxlab qolaman. Mahallada g‘avg‘o ko‘p. Jin, parilar haqidagi gaplar ham ko‘p. Men ba’zan ular haqida o‘zimcha yolg‘iz xayol suraman, xayolda tasavvur etishga tirishaman, allaqanday dahshatli voqealar ko‘z- larimga ko‘rinib ketganday bo‘ladi. Goho dalada yurganimda, uyda yolg‘iz qolganimda allaqanday sharpalar sezganday ham bo‘laman. Keyin-keyin, aqlim kira boshlagandan so‘ng jinlar deganda men ham dadamday kulib qo‘yadigan bo‘laman. * * * Ko‘chada gulxan. Terak va o‘rik sarjinlar char- sillab yonmoqda, alanga osmonga chirmashadi. Bir to‘da yosh ayollar, kampirlar, qizlar yig‘ilgan. Yoshlardan ba’zilari paranjida, ba’zilari chopon yopingan, kampirlar bo‘lsa ochiqdan ochiq bemalol yuradilar. Bolalar shovqinda, birisi qamishni yoqib osmonda chir-chir aylantiradi, ikkinchisi cho‘g‘ o‘ynaydi. Shovqin zo‘r. Otin buvi, Uzun Sara, Kalta Saralar boshliq... Buvim qovog‘i soliq, xafa holda olov oldida turibdi, ixlos bilan berilib, qan- daydir bir duoni shivirlab o‘qimoqda. «Safar oyi — falokat oyi, g‘am-g‘ussa oyi. Payg‘ambarimiz safar oyida xayr-sadaqa bilan ofatlarni qaytarish lozim, deganlar», deyishadi kampirlar. Shu oyda quruqchilik, sel, turli ofatlar, yurtda g‘alayon bo‘larmish. Odamlar safar oyi bo‘ldimi, albatta to‘ylarni to‘xtatadi. — Qani, bolalar, kuchukni topinglar! — deydi Kalta Sara tashvishli holda. — Qodir, topib kela- man, degan edi-ku, qaysi baloga yo‘qoldi? Xotinlar orasida g‘avg‘o. Bolalar chuvvos bilan bir og‘izdan qichqiradilar: — Hozir keladi, kuchukni topib kelishadi!.. — Beri kel, Turg‘un. Biznikida kuchuk bor, olib chiq, — deydi Uzun Sara. — Ha, irimi, irimi bor shunday, — deydi buvim, o‘ziga o‘zi gapirganday. — Rasmi, kuchukni astoydil urib, kaltaklab olovdan sakratish kerak, — deydi bilimdon Kalta Sara qovog‘ini solib. Gulxan joyida, olov baland. Shu payt Qodir, A’zam, Mahkam, Ahmad harsillagancha Oqma- chitdan bir kuchukni sudrab keladilar. Yunglari o‘siq, tishlari tushgan qoq suyak bir kuchuk. — Be, shuni topdinglarmi! — deyman masxara qilib. — Har zamonda ko‘rinib qolardi boyoqish, juda qaripti-ya! — Ha, ahyonda sang‘ib kelardi bechora, judayam ozib ketipti, — deydi onam achinib va Uzun Saraga yalinadi: — Irimiga sal-pal urgan bo‘lib qo‘ya qolinglar, uvol-ku. Kuchuklarning g‘aribi shu-da. Bolalar ko‘nmaydi: — Uramiz, azob berib o‘ldiramiz! «Safar qoch- di»da kuchukni o‘ldirmasa bo‘ladimi?! — Davosi o‘ldirish. Ins-jinsu, turli balolarni shu qaytaradi, — deydi bir keksa xotin. Chuvvos yana kuchayadi. Bolalar shovqin-suron bilan olov ustidan sakray boshlaydilar. Kuchuk qo‘rqib, olovdan hurkib, g‘ingshiydi. Qochishga payt poylaydi, butun vujudida dir-dir titroq. Ko‘z- larida vahima. Yalinganday har kimga termiladi. Bolalar, xotinlar chuvvos bilan: «Mushkullarni oson qilg‘ay, xudoyim!» deb kuchukni urib, olovdan hatlashga qistaydilar. Kuchuk boyoqishning ko‘zlarida yosh, alam, hayajon. Bolalar: «Safar qochdi! Safar qochdi!» deb kuchukni olovga itaradi- lar. Onam koyinib: «Bo‘ldi, bas endi, o‘ldi-ku, boyoqish! » deydi, xotinlarga yalinadi. Kuchuk gul- xanning chet yoqasidan oshib g‘ingshiganicha qayoqqadir qochadi. Oqmachit tomonga yuguradi. Bolalar chuvvos bilan duv etib, quvlab ketadilar. Yosh xotinlar olovdan sakrab, har qanday falokat- lardan xalos bo‘lishlarini duo qilib tilaydilar. Keksalar faqat duo bilan cheklanadilar. Xotinlar irim-sirim, eski odat, rasm larga ishonadilar, e’tiqodlari zo‘r. Lekin, ayniqsa, Uzun Sara bu odat- larni boshiga kiyib olgan, o‘zini vazifashunos tuya- di, yenglari shimarig‘liq, g‘ayratga kirgan. Men olovdan sakrashni yaxshi ko‘raman. Xotinlarga ergashib, qandaydir duolarni pichirlayman. Bolalar kuchukni topolmasdan qaytib kelishadi: — Esizgina, qo‘ldan chiqardi-ya, «safar qochdi» bu gal joyiga tushmadi, — deydi xunob bo‘lib Mahkam. Uning kampir onasi goh osmonga, goh pastga qarab bir duoni pichirlaydi. — Mayli, irimini qildik, bo‘ldi-da. It-kuchuk ins-jinsga qalqon, o‘lguday urdinglar, bas. Xudoyim o‘zi hamisha boshimizga panoh bo‘lsin, omin! — qo‘llarini baland ko‘tarib, yuzlariga surkaydi otin bibi. Ayollar asta tarqaladi, lekin biz kul-cho‘g‘larni sochib uzoq o‘ynaymiz. Naq jinlar to‘yiga o‘xshagan bunday kechalar uzoq moziydan chiqib, hanuz yodimda, qarshimda turadi. * * * Kuz vaqti, dadam Yangibozordan kelgan. Buvim, dadam va oyim xuftondan keyin uzoq shivirlashib qolishadi. Men bir chetda quloq solib o‘tiraman. Karomat opam eski omborxonada do‘ppi tikmoqda, Isa akam uning yonida nimanidir hikoya qilib o‘tiribdi. Ayvonda xira chiroq miltiraydi. Sandalda bozil- lagan cho‘g‘. D araxtlar butunlay yalang‘och. Achchiq kuz sovug‘i, osmonda — bulut orqasida oy xiragina ko‘rinadi. — Yaqinda to‘yni boshlaymiz, amakim xat yozib, jadallab meni chaqirtirdi, o‘ylab qarasam ma’qulga o‘xshaydi, — deydi dadam kulimsirab va nosvoy chekadi. — Tengini topsang — tekin ber, degan gap bor. Turobjon mo‘mintoygina, aqli hushi j oyida, topishi yaxshi yigit. Unga bermaganda kimga berardik, azaldan Karom seniki, derdim, lafzda turish kerak axir. 0 ’zlari bog‘rog‘lik... — deydi buvim vaqti xush holda. Dadam nosvoyni tuflaydi. — Ma’qul, ma’qul, didimga to‘g‘ri keladi. Onam xomush vaziyatda jim o‘tiradi. — Nima deysan, senga ma’qulmi? To‘yni boshlaymiz deyapman, nega indamaysan? — so‘raydi dadam onamga qarab: — Mayli, o‘zingiz bilasiz. Menga ham ma’qul. Lekin... har tomondan sovchilar ko‘p kelyapti. Qarindosh-urug‘lardan ham og‘iz solganlar ko‘p. Turobjon aqlli yigit, biroq... — tutliqadi onam, — juda ham habashday qora... Umr savdosi — qiyin savdo. Karomdan bir og‘iz so‘rasak yomon boTmas- di... Teng tengi bilan, tezak qopi bilan... Buvim va dadamning jahldan ranglari o‘chib ketadi... — Bas! Bu qanday noma’qulchilik?! — deydi dadam to‘ng‘illab. Buvim tasbehni shildiratib hovuchiga yig‘ishti- radi, burushiq yuzi yana xunuklashadi, lablarini cho‘zib, nihoyat ranjigan tovush bilan gapiradi: — Shahodat, esingni yebsan! Karom ham xohlaydi, lekin xohlaydimi-xohlamaydimi, deb o‘tirmaymiz, baribir beramiz Turobga. Javob beraver! Uzoqning donidan yaqinning somoni yaxshi, degan maqolni bilasan-ku! — deydi dadamga qarab, ensasi qotgan holda. — Ma’qul, taqdiri shu ekan, — deydi onam ma’yus holda yerga qarab. U endi churq etmaydi, sukutda o‘tiradi. Ertasiga dadam katta amakimning uyiga chiqib uzoq gaplashadi. Fotiha o‘qiladi. Sersavlat, hamisha yasanib yuradigan, qoracha kelgan Umar amakim zavq bilan kuladi: — Tayyorligingni ko‘raver, Tosh! 0 ’zim boshqosh bo‘laman. Oliq-soliq ishlarini keyin gapla- shamiz, ma’qulmi? Kengashli to‘y buzilmas, deganlar boboylar. — Siz nima desangiz shu-da, — deydi dadam yerga qarab. * * * To‘y yaqin. Bir kun choshgohda tugun-tugun issiq patirlar, somsa, qand-qurslar bilan yasangan- tusangan opog‘oyim kirib keladi. U ko‘rpachaga o‘tirib uzoq fotiha o‘qiydi: — Baxtli bo‘lsin, toleyi baland bo‘lsin, orqa-oldi o‘g‘il-qizga to‘la, evarali-chevarali bo‘lsin! — Aytganingiz kelsin, aytganingiz kelsin, o‘rgilay, xush kelibsiz, — deya ko‘zlari yoshlanib ixlos bilan duo qiladi buvim. Qo‘shni xotinlar yig‘ilgan, g‘ovur-g‘ovur katta. Kampir o‘zida yo‘q xursand. «Olinglar, tasadduq, yenglar!» deb qo‘shnilarga tinmay mulozamat qiladi, nihoyat vaqti chog‘, go‘yo osmonda deysiz uni. Oyim ham xursandday, indamay iljayib yuradi, lekin ichida allaqanday yashirin bir g‘am borday. Xotinlar ivir-shivir gaplashib o‘tiradilar: — Turobning toleyi baland ekan, oyday qizni olyapti, — deydi qo‘shni kampir. — Yigit ham og‘ir, bosiq, aqlli yigit. Qorachagina, do‘ndiqqina bola! — javob beradi opog‘oyim, kampirning gapini bo‘lib. Men goh xotinlarning gapini o‘g‘irlab, goh qozon boshiga suqilib, aylanib yuraman-da, ombor- xonaga kiraman. Burchakka tiqilib o‘tirgan Karomat opamni ko‘rishim bilan, darrov eshikni yopib, oldiga boraman. Eshik tabaqalari qiyaroq yopilgan pastakkina deraza yonida opam do‘ppi tikib o‘tiribdi. «Kuyovga tikyapti-ku» deb o‘ylay- man ichimdan kulib. Uning yuziga tikilib, ko‘zla- rida, yuragida allaqanday bir g‘am sezaman. — Opa, to‘y-ku, nima qilib ishlab o‘tiribsiz? Patir olib kiraymi? — so‘rayman xursand holda. Karomat opam indamaydi. Ichdan bir uh torta- di-da, xomush holda deydi: — Yemayman, bas, tegajaklik qilma! — Birpas sukutdan keyin asta deydi: — Falakning ishi, taqdir, Musavoy. G‘amim ko‘p, hammasi ichimda, yuragimda. Dard ko‘p, lekin davosi yo‘q. Taqdir deb shuni aytadilar... — Xomush holda ishida davom etadi. Shunda mening yuragim ezilib ketadi, indamay- man, o‘zimni o‘qday ko‘chaga otaman. Bir hafta o‘tar-o‘tmas to‘y ham bo‘ladi. Mahalla, qarindosh-urug‘, jamoat jam. Qizoshiga behisob qizlar yig‘ilgan. Dutorga jo‘r bo‘lib birpas qo‘shiq aytishadi, «sen tur, sen tur» deb bir-bir- larini turtkilashib, o‘yinga tushishadi. Ertasi nikoh bo‘ladi. Odatdagi g‘ovur-g‘ovur. Har bir to‘ydagi kabi yor-yor aytishadi. Kuyovning uyi yaqin, eshigimiz qarshima-qarshi. Mahalla- mizdagi xotinlar, qavmi qarindoshlar birisi yigTab, birisi kulib, baland ovoz bilan yor-yorni boshlaydilar: Nim a kiysang yarashar Bo‘yginangga, yor-yor. O‘lan aytay, deb keldim To‘yginangga, yor-yor. Suuni suluv ko‘rsatgan Toshi bo‘lar, yor-yor. Qizni suluv ko‘rsatgan Qoshi bo‘lar, yor-yor. O tang qilgan bu eshik Yopilmaydi, yor-yor. Qizim tengi dunyoda Topilmaydi, yor-yor. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, K im ning to‘yi, yor-yor? Oq gul bilan qizil gul Qizning to‘yi, yor-yor. Yig‘lama, qiz, yig‘lama, To‘y seniki, yor-yor. Ostonasi tilladan Uy seniki, yor-yor. Shunday qilib, Karomat opam kelin bo‘ladi. Esimda, uch kun o‘tgandan so‘ng dadam qovog‘i soliq, nosvoyni cheka-cheka buvimga va oyimga jahl va dimog‘ bilan deydi: — Xarajat katta bo‘ldi, hammasi chirting- pirting. Mana, yana nasiyaga mol oldim. Tash- vishdan chiqmagan sho‘rlik bosh. «Darding bo‘l- sa bo‘lsin, qarzing bo‘lmasin», derdi rahmatlik otam. Anoyi emas juhud, molni nasiyaga ber- ganda qiymatga beradi. Chora yo‘q. Nima desa, xo‘p deyman... Ertasi azonda dadam jo‘nab ketadi. Ro‘zg‘or qup-quruq, qopning tagida ozgina undan boshqa hech narsa qolmagan. — Olloga topshirdim yolg‘izimni, mayli, oy yursin, omon bo‘lsin! — uzoq duo qiladi buvim. Biroz jim o‘tirgandan keyin: «Yurgan yo‘ldan topadi, o‘tirgan qaydan topadi», deb qo‘yadi o‘z- o‘ziga. Buvim maqolning koni. * * * Maktabdan ko‘nglim aynib, lanj bo‘lib qayta- man. Isitmadan bo‘rtib qizarganman, ayvonda o‘zimni yostiqqa tashlayman. Yugurib boshimga onam keladi: — Voy, o‘la qolay, senga nima bo‘ldi? Yonib ketyapti-ya! — deydi dovdirab, peshonamni ushlab. Ayvonning devoriga suyanib, tasbeh o‘girib o‘tirgan buvim: — Be, vahmang qursin, Shahodat, sho‘x-da, o‘rgilay, bu bolang. Tomga, toshga uradi o‘zini. Issig‘i oshiptimi, davosi yovg‘on xo‘rda. Buvimning gaplari menga ta ’sir qilganidan ensam qotadi. — Yonyapman-ku, sho‘xlikdan emish, bema’ni kampir! — jahl bilan yuzimni teskari o‘giraman. Onam boyoqish oshxonaga yuguradi, yovg‘on xo‘rda qaynata boshlaydi. Borgan sari isitmam oshganidan o‘zimni u yoq- bu yoqqa tashlayman, urinaman. Anchadan keyin buvim g‘imirsib o‘rnidan turadi-da, tasbehini tokchaga qo‘yib, sekin oldimga keladi. Qurishgan quruq suyak qo‘llari bilan peshonamni ushlaydi: — Ajab bo‘pti, shumtaka, birpas tiniming yo‘q, haddan tashqari urinasan, mana endi tort jazong- ni! Jahlim chiqqanidan kampirni qo‘llarim bilan turtib haydayman. — Tur, tur, kampir, nima qildim, yuribman- ku?! Arpangni xom o‘rdimmi? Oshxonadan, birpasda tayyorlagan xo‘rdadan yarim kosa ko‘tarib onam keladi. Bir-ikki qoshiq qatiq solib, yog*och qoshiq bilan shopiradi: — Qani, j inday ich, davo boTadi, — deydi onam xafa holda. Arang boshimni ko‘taraman-da, xo‘rdadan bir- ikki totib, yana o‘zimni yostiqqa tashlayman. Ertasi isitmam yana oshadi. Tomog‘im bo‘g‘iq, tashnalikdan og‘zim qaqragan, lablarim qovjira- gan. Tinmasdan suv shimiraman. Nonushtadan keyin kampir engashib yuzimga razm soladi: — Shahodat, men 0 ’rin buvimni aytib kel- masam boTmaydi. Kinna kirganga o‘xshaydi bu tentakka, — deydi tokchadan yamoq paranjisini qo‘liga olib. — Meniyam ko‘nglimga kelib turgan edi, to‘g‘ri aytasiz, oyi. 0 ’rin buvimni oldingizga solib ke- ling, — deydi onam sevinib. 0 ’rin buvi — mashhur kampir. Govkush mahallada, bizga yaqin, bir ko‘cha narida turadi. Uning o‘g‘li Islom aka yalqovgina kishi, hunari kavush tikish. U imillab bir juft kavushni besh-olti kunga cho‘zadi. Onasi 0 ’rin buvi juda epchil, ziyrak, shaddod, har narsaga aqli tez yetadigan bilgich 173 xotin, uning asli ishi doyachilik. Besh-o‘n mahal- laning hamma xotinlarini u tug‘diradi. Ba’zan uzoq joy lardan ham kelib yalinib-yolvorib olib ketishadi. Kampirning ikkinchi hunari — kin- nachilik. Shuning uchun bir kun o‘tirmaydi, hech kim unday kinna solishni bilmaydi. U buvimning qadrdon egachisi, oxirat do‘sti. Uch-to‘rt kunda bir-birlarini ko‘rmasalar iloji yo‘q. 0 ’rin buvi bilan buvim birpasda yetib kelishadi. — Musavoy, chirog‘im, nima bo‘ldi senga? — Boshiga yopingan yaktagini yig‘ishtirib, yenglarini shimaradi, eskigina peshonabog‘ini to‘g‘rilab o‘raydi. — Qani, Shahodatbonu, darrov bir kosa kepak bilan to‘rtta tuz olib kel. Dard boshqa, ajal boshqa. Hechqisi yo‘q, kinna kirgan-da. Musavoy o‘zi ko‘zga yaqin, — deydi va yonimga chordana qurib o‘tirib oladi. Onam birpasda oshxonadan bir kosa kepakni ko‘tarib keladi. 0 ’rin buvi bilan buvim turli-tuman oldi-qochdi gaplardan gaplashib ezmalik qilishadi. Men tutaqib qichqiraman: — Oyi, suv! Kuyib ketyapman, muzday suv! — Bir ro‘molcha bering, bekachim, — deydi 0 ’rin buvi oyimga. Shu topda 0 ’rin buvining yo‘tali tutib qoladi, bo‘g‘ila-bo‘g‘ila uzoq yo‘taladi. Yo‘talidan qutulib olganidan keyin kinnani boshlab yuboradi: — Bo, kinna kirgan, ko‘rdingizmi, o‘rtoq, bosh- lamasdanoq xurish qilyapti-ya, — deydi yolg‘ondakam esnab. — Bismillohu rahmoni rahim, mening qo‘lim emas, tabarruk eshon oyimlarning qo‘li! — Dokaga o‘ralgan kosani boshlarimdan o‘giradi. — Bolaginamning aziz boshiga kirgan bo‘1 sang chiq, quralay ko‘zlariga kirgan bo‘lsang chiq, chiq, chiq, chiqmasang senga la’nat, chiqar- masam menga la’nat. — Qayta-qayta zo‘raki esnay- di. Asta ro‘molni ochadi: — Voy, o‘rtoqjon, o‘g‘lonchamizga yomon kinna kirgan ekan, buni qarang, kepakning o‘pirilganini qarang. Yana ichida pichirlab, allaqanday duolarni o‘qib, kepakni boshimdan, ko‘kragimdan o‘giradi: «Chiq, chiq», deb allanimalarni gapiradi, bir soat- ga yaqin uzoq kinna soladi. Oshxonadan xokandozda to‘rtta cho‘g‘ ustida isiriqni tutatib onam boshimga keladi. — Buvisi, bir yo‘la isiriqni ham solib qo‘- ying, — kulimsirab uzatadi 0 ’rin buviga. — Xo‘p, aylanay bekachim, — deydi 0 ’rin buvi va xokandozni ustimdan o‘giradi: Isiriqjon isiriq, Sizni bizga berdilar. Bizga kelgan baloga Sizni qalqon dedilar. Qayta-qayta duolar o‘qib, xokandozni onamga uzatadi. — Ana endi o‘g‘ilginang hech narsani ko‘rma- ganday, otday bo‘lib ketadi. Parilarim xabar qildi, butun illatlari chiqib ketdi. Tan sog‘liq — tuman boylik, chirog‘im! Ikki kampir oldiga dasturxon yozilgandan keyin ularning uzoq suhbatlari boshlanadi. Ko‘zimni yumib kampirlarning gapiga quloq solib u otaman: — Aylanay, o‘rtoq, qarang, Musavoy uyquga ketdi, dard ketganda uyqu keladi, ha shunday! — deydi 0 ’rin buvi. — Aytganingiz kelsin, tasadduq! — deydi buvim choyni ho‘plab. Ikki-uch kun yotib sog‘ayib ketaman. Men kinnaga ishonardim. Jinlar, parilar ba’zi odamlarga bir o‘chakishib qolsa yomon boTadi, degan gaplarga ham juda ishonardim. Shuning uchunmi, o‘zimni yengillashganday his qilardim. Keyin-keyin borib ongim tiniqlashadi, xurofotlar- dan qutulaman. 175 * * * Peshinda barcha bolalar maktabdan chiqib, to‘g‘ri guzarga yuguramiz. — Tilsim, tilsim! — Yo‘q, ajoyib-u g‘aroyib! — Tramvay, tramvay deyishadi uni! Odamlar- dan eshitdim, otsiz yurarmish! — deydi bolalarning biri. Qor dahshatli yog‘moqda. Boshimda eski kir tel- pak, ustimda eski paxtalik to‘n, oyoqlarimda gul- chini yirtiq mahsi va teshilgan siyqa kalish. Yo‘lkaning chetida turna qator terilib, tramvayni poylab o‘tiramiz. Qaydandir hovliqib Turg‘un keladi. Egnida eskigina kamzul. Do‘ppisi ustidan kir chochiqni tang‘ib olgan. U sovuqda quloqlarini hamisha shunday bekitib yuradi. — Yopiray, judayam g‘alati narsa ekan, — deydi u A’zam bilan mening o‘rtamizga o‘tirib. — 0 ’zim Qoryog‘digacha borib keldim. Ichida bir kishi patta sotib yuribdi. Zinapoyasiga osildim, pattachi sharaq etib bir shapaloq qo‘ydi, arang qochdim. Ammo ajoyib-a! Yangi yarqiragan uy, ichida rat-rat kursi. G‘ir etib, lahzada bir chaqirim joyga yetib oladi-ya. — Eshigi bormi? — so‘raydi hang-mang bo‘lib, og‘zini ochib o‘tirgan bir bola. — Ha, bor. Kiradigan eshigi bor, chiqadigan eshigi bor. Ammo otlari yo‘q, g‘irillab yuradi-ke- tadi. — Tilsim! Tilsim! — deydi bir bola. Samovarda, baqollar yonida, yoTkalar chetida qovoqlari soliq qarilar sokin o‘tiradilar. — Qiyomat yaqinlashgan. Har xil hodisalar, xilma-xil hikmatlar ro‘y beryapti. Olio taoloning qudrati bu, o‘zi yaratgan hammasini, — deydi bir chol siyrak soqollarini tutamlab. Birdan, Xadra tomondan guldirab, qo‘ng‘iro- g‘ini jaranglatgancha tram vay kelib qoladi. Hammamiz suron bilan o‘rinlarim izdan turib ketamiz, gir aylanib, chet-chetdan tramvayni tomosha qilamiz. Ammo bir lahzada g‘izillagancha jo‘nab qoladi. Qatorterakka borib to‘xtaydi. Hammamiz harsillab orqasidan duv chopamiz. Biz yet- masdan yana yurib ketadi. — Hozir yana boshqasi keladi, — deydi sho‘x, o‘ynoqi Turg‘un. — Keng-qovul, bemalol katta, bir uy desang bo‘ladi, ko‘rding-ku, Musavoy! — yengimdan tortadi Turg‘un. — Ajoyib hikmat-a! Eshitdimki, shu tortilgan simlardan quvvat oqib kelarmish, rostmikan, o‘rtoq? — so‘rayman ko‘zlarim bilan yuqoridagi simlarga imo qilib. — Unisini bilmayman, ishqilib, joni yo‘q, yura- di-da! — javob beradi Turg‘un sovuqdan qizargan qo‘llarini ishqalab. Hammamiz u yoqdan kelayotgan, bu yoqdan ketayotgan har bir tramvayni qarshilab, jo‘natib, Balandmachitdan Xadraga, Xadradan Qatorterakka halloslab piyoda lo‘killaymiz. Charchashni bil- maymiz. Bir musulmon kishi tramvay izini qunt bilan tozalaydi. — Meniyam ishga olishsa qoyil qilib bajarardim shu ishni, — deydi Turg‘un bir-ikki qadam unga ergashib. — Tur-e, burningni epla! — jerkib tashlaydi u kishi Turg‘unni. — Bunga tushib bir gasht qilardik, mullajiring yo‘q. Osilsak pattachidan kaltak yeymiz, — deydi o‘rtoqlarimizdan biri. Uzoq tomosha qilamiz va qorong‘i tushgandan keyingina uyga jo‘naymiz. * * * Juma kuni, iyunning boshlari bo‘lsa kerak. Mahallada birmuncha oilalar birin-sirin boqqa ko‘chgan. Shuning uchunmi, ko‘chamizda bolalar avvalgiday ko‘p emas. Soat taxminan o‘nlar. Havo tiniq, ko‘k. Yoz issig‘i boshlangan. A’zam, Ahmad hunar o‘rganishga kosiblarga shogird bo‘lgan. Turg‘un, Hoji, men qoiganmiz. Ustida eskigina yaktak, kir ishton, lekin boshi- da yangi do‘ppi, Turg‘un uyidan yugurib chiqadi. — Mana, Musavoy, bu nusxaga qara. *Cha- manda gub degan do‘ppi shu bo‘ladi, — deydi Turg‘un do‘ppisini menga uzatib. — Do‘ppi yomon emas, — deyman uni qo‘I- larimda aylantirib. — Lekin nusxasi bachkana, ti- kilishi ham qo‘pol. Piltalarini qara, shaldiroq qog‘ozdan shekilli. — Bas, bas! Do‘ppini tanimaysan, — deydi qo‘limdan yulib. — Buni menga ammam kiygizdi. 0 ’zingning do‘ppingga qara, almisoqdan qolgan, gadoy ham kiymaydi, sen ko‘tarib yuribsan bo- shingda. Ikkovimiz hazillashib, birpas bir-birimizni tur- tib-urib to‘polon qilamiz. — Yetar, bas, hazilning bir shingili yaxshi, quloq sol, o‘rtoq, gap bor, — deydi Turg‘un. — Tomlarda giyoh sarg‘aydi, endi tomda o‘ynab bo‘lmaydi, kuyib ketamiz. Havo yaxshi, bir dalaga chiqib kelmaymizmi? Askiya juda maza joy. Havosi yaxshi, nuqul quling o‘rgilsin bog‘lar. Ama- kimning sigirini ola ketamiz. Kennoyim o‘lgunday xasis, sigirining bir qultum sutini ko‘zi qiymaydi. Amakim urib-so‘kib yo‘lga solib turadi u xotinni. Bir pakana, bedavo qizlari bor. Kennoyim amakim- ga bildirmasdan sut sotib, pul yig‘adi. Hadeb shu qizga atlaslardan ko‘rpa-yu, to‘shag-u, gulko‘r- palar, zardevorlar, xilma-xil mollarni yig‘adi. Yemaydi, ichmaydi, mol yig‘adi. — Bo‘ldi-bo‘ldi, kampirlarday ezmalik qila- san, — deyman jerkib Turg‘unni. — Qani yur, sigirni yetakla, ketdik. Bittadan non solsak bas. Yo‘l-yo lakay bog‘lardan bildirmasdan o‘rik qoqib yeb ketamiz. Bittadan nonni belimizga tugib, Turg‘unning amakisinikiga kiramiz. Sigirni oldimizga solar ekanmiz, kelin oyisi oqarib ketadi. — Voy o‘la qolay, qayoqqa juvonmarglar? — o‘dag‘aylab Turg‘unning yo‘lini to‘sadi. — Tushuntir o‘zing! — deydi menga jahldan qizarib Turg‘un. Men sekin tushuntiraman: — Dalada boqarniz, to‘ydirib, qornini meshday qilib kelamiz, ehtimol, sizga olma, o‘rik ham olib kelarmiz, — deyman. — Vo-ey, mayli-mayli, baraka topinglar, xashak yo‘q, beda qimmat, sigirginam och yotgan edi, bitta qop ham ola ketinglar, ukalarim. 0 ’t olib ke- linglar, o‘zim tasadduq, — yalinadi kelin va bir zumda allaqanday qalin katta bir qopni keltirib menga tutqizadi. — Bu shum bola sigirning boshiga yetmasin, Musavoy, o‘zing qara, senga ishonib yuboryapman, aylanay ukam, — deydi menga kelin, sekin Tur- g‘unni qarg‘ab. — Chuh-chuh, qani yur jonivor, — deydi Turg‘un, qarigan, cho‘pday ozg‘in, dumi cho‘ltoq, bo‘yniga tumor va ko‘zmunchoqlar osilgan sigirni haydaydi. — Bas-e! Ezma xotin, javrayveradi! — so‘kadi Turg‘un, kelinoyisiga eshittirmasdan. Qopni qo‘ltiqlab, sigirni haydab ketamiz. Balandmachitdan o‘tib, Beshyog‘ochga chiqa- miz. Issiq tuproq jazillaydi, havo dim. Ayniqsa sigir boyoqishga jabr. Oriqlikdan suyaklari terisini turtib chiqqan, oyoqlari chalishib, bazo‘r boradi. Beshyog‘ochda quyuq ko‘lankali azim tollar osti- da samovarlar ko‘p. Ko‘prik tagidan suv hayqirib oqib turadi. Qator-qator baqqollar. Mosh, guruch, sabzi-piyoz, turshak, mayiz, alvon-alvon mollar. Sigirga pichagina shu yerda dam bermoqchi bo‘lamiz. Turg‘un suv bo‘yiga bog‘langan otlar, eshaklar tagidan qidirib yurib bir quchoq beda aralash xashak topib keladi. — Yaxshi qilding, xumpar, birpasgina huzur qilsin bu jonivor, — deyman va sigirni chetroqda- gi bir tolga bog‘layman. Charchaganidan sigirning xashakka qarashga ham holi yo‘q, bitta-yarimta chimtib, kavshana boshlaydi. Bizlar: «Ye, ye, mo‘-mo‘, ye, jonivor, safar uzoq, oshab ol!» deb, uning tumshug‘iga bedani tiqamiz. Shu paytda birdan yahudiylar o‘lik ko‘tarib o‘tib qolishadi. Qarindoshlari ko‘p ekan, ham- malari ola bayroq to‘n kiygan, yig‘lab borar edilar. — Ehtimol boylar, dabdabasi juda zo‘r, — deydi Turg‘un. — Dadam aytadi, bular o‘likni ko‘mgan- dan keyin uyga qaytib, yuzta tovuqni yeb, ustidan quling o‘rgilsin yaxshi musallasni ichisharmish. Ochiqqanimizdan qornimiz ham tirishgan. Men belimdagi suvi qochgan nonni olaman. — Sening noning tura tursin, Turg‘un, keyin yermiz, — deb qoq o‘rtasidan bo‘laman. K atta anhor labiga o‘tiramiz-da, nonni burdalaymiz, bir burdadan suvga tashlaymiz. Non rosa iviydi, yeb yana ikkinchi burdani oqizamiz. Birpas oqizoq o ’y n a y m i z . — Yaxshisi shuki, Askiyaga bormaymiz. Bir marta oyim, buvim hammamiz aravaga tushib, Qatortolga borganmiz, juda ajoyib joy. Suv ko‘p, bir tomoni ketgan jarlik, tepa, namozshom bo‘ldi deganda jarga o‘g‘rilar yig‘ilarmish, xatarli joy, lekin havosi yaxshi. Sigir ham zap to‘yadi-da, o‘t qalin. Turg‘unga gapim yoqmaydi, birpas sukut qil- gandan keyin o‘rnidan irg‘ib turadi: — Aynading-a, u yer pastqam yer, o‘g‘rilarning makoni, Askiya bo‘lsa quling o‘rgilsin joy. Tur, ezmalik qilma! Yana biroz Qatortolni maqtab ko‘rdim, urindim, ammo Turg‘unni ko‘ndirolmagandan keyin noiloj unga ergashib, Askiyaga yo‘l oldim. Yo‘l juda og‘ir. Havo issiq, dim va chang. Bilq- bilq issiq tuproqqa botib bormoqdamiz. Sigir yiqil- gunday, Turg‘un surgab, men orqasida haydab ket- moqdamiz. Borgan sari har ikki tomonda bog‘lar ko‘paymoqda. — Sigirning ahvoli judayam xarob, — deyman yana Turg‘unni aynitishga tirishib. — Mana arpa, beda, kartoshka o‘sipti. Ariqlarda ajiriq o‘tlar mo‘l ekan. Ajiriq sigirning joni. Turg‘un ko‘nadi: — Askiyaga yaqin qoldi, mayli jinday o‘tlasin, keyin yana yo‘lga tushamiz. Sigirni ariq bo‘yiga qo‘yib yuboramiz-da, o‘zimiz bir lahza dam olamiz. 0 ’rik endi-endi sarg‘aygan. Qornimiz yana ochiqqan, qolgan bitta nonni talashib yeb olamiz-da, sekin ariq bo‘ylab yuramiz. Turg‘un bir daraxt yonida to‘xtab, atrofga alanglaydi. — Hech kim yo‘q joy ekan. Musavoy, ko‘ksul- tonni ko‘r, g‘ij-g‘ij! Men sevinib ketaman, daraxtga qarayman: — Voy-bo‘, judayam qilipti-ya, mush-mush. Egasi bordir. Hech kim ko‘rinmaydi, suv quyganday jimjit!.. U birdan ko‘ksultonga o‘rmalab chiqa ketadi. U juda epchil bunday ishlarga. Og‘zini to‘latadi-da, yerga bir hovuch tashlaydi. — 01, ye, maza qilasan, qand. Chiq sen ham, bir to‘yamiz, qo‘ynilarimizni ham to‘ldiramiz, — deydi Turg‘un va yana balandroq o‘rmalaydi. Yerdan hali g‘o‘ra ko‘ksultonni terib yeyman. — Yaxshi, juda totli, qani, tashla, — deyman Turg‘unga. — Chiq, tezroq, — qistaydi Turg‘un. — Qara, qancha balandga chiqdim. Hammayoq yaqqol ko‘rinib turipti, maza qilasan. Hech kim yo‘q, qo‘rqma. Men endi ortiq o‘ylab turmayman, epchillik bilan daraxtga yopishaman. Bir shoxga chiqib olib, endi hovuchimni to‘latib, qo‘limni qo‘ynimga sol- ganimda, pastdan birov baqiradi: — Haromilar, qani tush! Yuragim shig‘ etib to‘xtadi, deyman. Sha- tirlatib ko‘ksultonni qirayotgan Turg‘un jim bo‘lib qoldi. Men asta pastga qarayman: oriqqina, lekin novcha bir kishi g‘azab to‘la ko‘zlari bilan bizga tikilib turibdi. Ikkovimiz ham sekin pastga tushamiz, u kishi ikkovimizning ham bilaklarimizdan chandir qo‘llari bilan mahkam ushlab oladi. — Qayerdan keldilaring? Shahardanmi? — Ha, Toshkentdan kelganmiz, shu sigirni bir o‘tlatib ketaylik degan edik, — deyman sekin yerga qarab. Turg‘un qovog‘i soliq, jahli chiqqan holda: — Askiyaga, qarindoshlarimiznikiga ketyap- miz. Ko‘ksultonga endigina chiqqan edik, qo‘yvo- ring, — deydi qo‘lini tortib. Ko‘ksultonning egasi xaxolab kulib yuboradi. — Endi chiqdik deydi-ya, badbaxt, qo‘yning liq to‘la-ku. Turg‘un bir qo‘li bilan keskin ravishda shimi- dan ko‘ylagining etaklarini tortib yuboradi, ko‘ksulton duv etib yerga to‘kiladi. — Shuyam matohmi, to‘rtta ko‘ksulton-a?! Shungayam so‘kadi-ya! — deydi Turg‘un zaharxan- da ohangda. — Senda-chi? — mendan so‘raydi u kishi. — Yo‘q-yo‘q, amaki, xudo ursin, menda hech narsa yo‘q, mana ko‘ring, — deyman shoshilib. — Qaysi mahalladansanlar? — so‘raydi ko‘ksul- tonning egasi. — Ishingiz nima? Qo‘yvoring! — deyman men bezovtalanib. — Govkushdan, — javob beradi Turg‘un. — Ayb menda! — Ha, — kuladi ko‘ksulton egasi, — Govkushdanmiz denglar. Govkush — asli ho‘kiz o‘g‘rilar mahallasi. Birdan shaq etib, bir shapaloqni Turg‘unning betiga qo‘yib yuboradi u, keyin menga navbat kela- di-yu, men chaqqonlik bilan engashaman, qo‘llarim bilan yuzimni to‘saman. Shapaloq tegmaydi. — Xumpar-ey, mug‘ambir ekansan, jazolaring- ni beraman hozir! — do‘q qiladi u. Shu paytda yonimizda ikki muloyim, nuroniy chol to‘xtaydi: — Shapalog‘ingizni uzoqdan eshitdik, — deydi biri ziyolinamo chol. — Xo‘sh, nega uryapsiz yi- gitchalarni? U kishi chollarga voqeani qisqacha tushuntirib bergandan keyin: — Bolalarning sho‘xligi-da, — deydi ikkinchi chol. — Asta tushuntiring, yaxshi gapiring, — deydi noxush ohangda va bizlarga qarab muloyim tovush bilan gapiradi: — Bolalarim, avvalo ko‘ksulton pishsin, keyin bu odam o‘zi qoqibmi, teribmi bozorga olib tushadi, keyin sizlar chaqaga sotib olishlaringiz mumkin. Ana, taomil shunday, o‘g‘illarim, har narsaning davosi chaqa. Ko‘ksultonning egasi qo‘llarimizni bo‘shatadi. — Ammo juda bezbet ekan bular, qo‘ymasdimu, qariyalar aralashdi-da. Qariyalarga ichimizdan rahmat aytib, darrov qochamiz, ular kulib qolishadi. Sigirning oldiga yuguramiz. Yalqovgina o‘t chaynab yurgan sigirni oldimizga solib jo‘naymiz. — Yo‘lning ikki yuzi nuqul ekin. Sigirni o‘tlatishga bo‘yraday bo‘sh joy yo‘q. Qop ham qo‘ltiqda quruq. Yana bir baloga uchramasdan jo‘naylik uyga, — yalinaman Turg‘unga. — Rost aytasan, o‘rtoq, sigir no‘xatga tegdi, tezroq qochmasak bo‘lmaydi, — deydi Turg‘un. — Askiya xo‘bam soz joy edi-yu, ish chippakka chiq- di-da. Qara, yuzim shapaloqdan lov-lov yonyapti. Bachchag‘arning qo‘li temirday qattiq ekan. — Qariyalar kelmaganda ish tozayam rasvo bo‘lardi, zap qutuldik, — deyman sigirni «chuh- chuh» haydab. Beshyog‘ochga yetgach, tag‘in jinday dam olamiz, keyin Tuproqqo‘rg‘on oldidan aylanamiz. Katakday kichik, yer bag‘irlagan qing‘ir-qiyshiq xarob uylarda rus ishchilari yashaydi. Unda-bunda xotinlar to‘da-to‘da yig‘ilishib, qandaydir asabiy, jahli chiqqan holda gaplashmoqda. Birpas ag‘rayib to‘xtaymiz. Ruschani sira tushunmayman, bir musulmon yigitchadan so‘rayman: — Nima g‘avg‘o, aka? — E-e, — deydi yigit, — masteravoylar, ayniqsa xotinlari hukumatdan norozi. Oq posh- shoga qarshi so‘zlayapti bular. Oziq-ovqat yo‘q, tishimiz go‘sht ko‘rmaydi, deyapti bular. Xiyla uzoq turamiz, qaydandir paydo bo‘lgan politsiyachilar do‘q bilan xotinlarni hayday boshlaydi. Xotinlar ham bo‘sh kelmaydi, so‘z jangidan qaytmaydilar, ba’zilar tosh ham otadi. Shu tobda suron bilan mirshablar yetib keladi. Turg‘un ikkovimiz shoshilib sigirni haydaymiz. Ikkovimiz ham o‘lguday charchaganmiz, jazira- ma oftobda ming azobdan uyga horib-charchab yetamiz. Vaqt oxir peshinga yaqinlashgan, sigir to‘ymagan, qop bo‘sh. — Voy, o‘la qolay! — qichqiradi kelin ko‘zlari olayib. — Barvaqt qaytibsizlar, ha, o‘t qani? — E-e, — deydi Turg‘un, — butun jahon ekin- zor bo‘lib ketibdi, o‘t ham yo‘q, o‘tlatadigan joy ham yo‘q. Sigirniyam xo‘p o‘limtik qilibsiz, ming «chuh» deganda bir qadam bosadi-ya. Molni shunday boqadimi! Uh! — deydi Turg‘un sigirni joyiga bog‘lab. — Nima qilipti sigirga, popukday sigir, — deydi kelin sigirning sirtini silab. — Nima balo qildilaring, boyoqishning madori qolmapti. Shuncha yurib qopniyam bo‘sh olib keladimi, sening ham shuding yo‘q, o‘linglar iloyim, — deydi menga qarab. Turg‘un ikkovimiz ham indamaymiz. Shu topda ikkovimizga ham hech qanday xarxasha yoqmaydi. Ammo kelin javray bergandan so‘ng men javob beraman: — Kelin oyi, ko‘p ajoyib voqealar bo‘ldi. Bog‘- dorlar bizni quvladi. Mayli, bir kun sigiringizni Oqtepaga olib borib, o‘ynatib kelamiz, xafa bo‘lmang. Uyga jo‘nayman. — Vaqtlik qaytibsan? — deydi onam va ahvolimga razm solib koyinadi. — Itday charchab- san o‘zing ham, senga nima azob, shu issiqda uyda o‘tirsang bo‘lmasmidi? Ayvonning chetiga o‘tirib, sekin onamga so‘zlay boshlayman. — Beshyog‘ochga bordik. Mastiravoy rus ishchilarning xotinlari juda to‘polon ko‘tarishdi. Palisalar, mirshablar haydadi ularni. Voqealar juda ko‘p. Onam hayron bo‘ladi: — Tavba, rostdanmi? Tinchlik bo‘lsin-da, zamon tinch bo‘lsin. U sho‘rliklarning ham ahvoli og‘ir, hammamizning ko‘rgan kunimiz bir. Ona-bola uzoq gaplashib o‘tiramiz. Bolalikda ko‘rganlarim, eshitganlarim hammasi esimda. Ayrim hodisalar, xotiralar hozir ham quyoshdan bir tomchi kabi yalt etib ketadi xayo- limda. Umuman aytganda, bizning bolalik hayotimiz bo‘sh, bema’ni — zeriktirgich, qayg‘u-alamga to‘la bir hayot bo‘lgan. Ro‘za oylari men sahar turishni yaxshi ko‘rardim, ammo ro‘za tutishga sira toqatim yo‘q edi. Ertasi tushda, ko‘pincha ertalaboq ro‘zamni ochib yuborardim. Qornim darrov ochib ketardi. Buvimning jahli chiqar, «Ochofat, ro‘zaning uvoli- ga qolding!» deb vaysar edi. «Jilla bo‘lmaganda ro‘zaning boshida, o‘rtasida, oxirida uch kundan tut. Qanoat lozim, qanoat qorin to‘ydiradi», derdi buvim xunob bo‘lib. — Hali kichkinaman, olio taolo kichkinalarning og‘zi tinmasin, degan. Sizdaqa qariganimda tuta- man ro‘zangizni, — deb buvimning jig‘iga tegardim. Onamning ishi bo‘lmas va: «Toliqib qolasan, o‘g‘lim, ro‘za bizlarga farz, sabog‘ingni o‘yla!» der edi xolos. ...R o‘za oqshomlari Shayxantovurda odam qalin. Bunday kechalar bozorshab deyiladi. Xuftondan keyin bir to‘da bolalar Shayxantovurga yuguramiz. Shayxantovurda chiroqlar ko‘p, yaqinda elektr paydo bo‘lgan. Choyxonalar toza, ozoda, har kun To‘ychi hofiz bir to‘da muzikachilar bilan ashula aytadi, hamma jim, sel bo‘lib eshitadi. Oshpazlar kabob-u manti, palov-u sho‘rva pishirishadi, ularning bozori chaqqon! Bir chekkada bolalar, yigitchalar ot o‘yinda, garmon bilan aylanadi. U yerda ham tiqilinch, kissasida yarim tangasi bo‘lgan har kimsa aravasi- ga tushib maza qilishi mumkin. Ammo bizdaqa bechoralar ko‘zimizni lo‘q qilib tomosha qilamiz, xolos. Kino ham bor, taxta devor bilan o‘ralgan. Turli oldi-qochdi kartinalar ko‘rsatilib turadi. Bolalar juda ko‘p, bozorshabning har burchida tentirab yurishadi. Daraxt tepalariga qo‘nib, tomosha qiladilar. Politsiyalar, mirshablar bilsa jazoni beradi, qo‘ymaydi. Har xil suratlar — oq poshsho, uning oilasi, to‘ra va ministrlari, Anvar poshsho, Istanbul ko‘rinishlari, xalifa va hokazolarni durbinda ko‘rsatadigan olifta kiyingan, mo‘ylovlari o‘siq, kelishgan bir kishi baqirib tushuntiradi. Bu yerda uch-to‘rt kishi sig‘adigan kursi qo‘yilgan va atrofi parda bilan o‘ralgan. U kishi vaysab bo‘lgandan keyin, odamlar duv etib chiqib ketadi. U choygami, nongami ketganda bizlar astagina durbinga yopishamiz. Agarda egasi kelib qolsa, bizni oldiga solib quvlaydi. Baqqollar kichkina-kichkina do‘konchalarida yarim kechaga qadar savdo qiladilar. Pashmak, turli-tuman xil-xil holvalar, pista-bodom, achchiq- chuchuk mag‘izlar, now ot, parvardalar, otnon, xo‘rozqandlar serob. Yemasak ham tomosha qilish- ni yaxshi ko‘ramiz. Shunday qilib, bozorshabning bironta burchagi- ni qoldirmasdan tomosha qilib kelsak ham, charchashni bilmaymiz. Sahar bo‘ldi deguncha madrasa tomiga, nog‘ora tomoshasiga yuguramiz. Semiz baqaloq kishi katta nog‘oralarni olov yoqib qizitib o‘tiradi. «Jon amaki, men qizitay, men olovga o‘tin qalab yuboray», deb yalinamiz hammamiz. Yuzi jiddiy ifodali bu go‘shtdor kishi: «Bo‘ldi-bo‘ldi, tur, qoch!» deb koyiydi. Soat o‘n ikki bo‘lishini sabrsizlik bilan kutamiz. Naq o‘n ikki bo‘lganda olovga qizib turgan nog‘oralarning «takatum — baka-bang»i boshlanib ketadi. Unga surnaychi jo‘r bo‘ladi. Bizlar jim qotib tinglaymiz. Nog‘ora bazm uzoqlarga ketadi. Nog‘ora chalinishi — saharning belgisi. Yosh-qari hamma saharlikka turadi. Oshmi, sho‘rvami, shavlami, kambag‘al bechoralar quruq non-choy totinib, ro‘za tutadi. «Qanoat qorin to‘ydiradi», deydi bobom, u bu so‘zni juda yaxshi ko‘radi. Nog‘ora-surnayni biroz eshitgandan keyin, bu yerdan ham jo‘nab qolamiz. Buvim bilan onam har kun meni urishib qarshi olishadi. — Ajinadan, jinlardan qo‘rqishni, cho‘chishni bilmaysan, — koyiydi onam. — Yolg‘iz yuribmanmi, o‘rtoqlarim bilan yurib- man, — deyman gapimni ma’qullab. Bir kun oqshom hech qayerga bormadim. Bir to‘da o‘rtoqlarim, har kundagi kabi yig‘ilishib Shayxantovurga ketishdi. Men zerikkanimdan vaqtlik ko‘rpaga kirdim. Soat o‘n yarim edi chamasi, bolalar hovliqib kelib qolishdi. — Tur, Musavoy, eshitdingmi gapni?! Oq poshsho urushga kiripti. Girmonimi, fransmi, oting qurg‘ur bir xalq bilan urusharmish. Shayxantovur toTa gap!.. — deydi Turg‘un ko‘zla- rini o‘ynatib. — Rostdanmi? — o‘rnimdan irg‘ib turaman. — Oq poshsho, bilasanmi, Petrburgda yashar- mish, ha! — deydi yana bilimdon Turg‘un. — Ha, Shayxantovurda chiroqlar yoppasiga 187 o‘chirildi, chuwos to‘polon bo‘lib ketdi. Xalq duv tarqaldi!.. — deydi bolalarning biri. — Nimadi? — so‘raydi onam hovlidan. Shu paytda devordan Rohat kelinoyining jaranglagan ovozi eshitiladi. — 0 ’rtoq, voqeani eshitdingizmi? — ovozini pasaytirib shivirlaydi narvon ustida turib, — urush bo‘larmish, oq poshsho farmon chiqaripti, erim hovliqib keldi ko‘chadan. — Katta-katta bir dasta davlatlar urusharmish, — shivirlaydi yana Rohat kelinoyi, — erim tushuntirdi hammasini. — Ilohim, urushning yuzini bizdan ters qilsin, — deydi onam ma’yus holda. Qorong‘ida turtingan holda otin bibi paydo bo‘ladi: — O, yurtning boshiga falokat ag‘darildi, eshitdingizmi, Shahodatbonu? — Ha, ha, eshitdik, — javob beradilar oyim bilan Rohat kelinoyi bir og‘izdan. Otin bibi ayvonga chiqib chiroq yoniga o‘tiradi. Doka ro‘molining bir uchini boshiga sallachaday bir o‘rab, orqaga tashlaydi. Ko‘zlari o‘tkir, o‘zi dono, ziyrak, shaddod xotin u. — Rasiy juda uzoq, katta mamlakat, — deydi kampir ko‘zlarini bir yumib ochib. — Boshi, poyoni yo‘q. Mana Turkiston krayni birpasta qamradi oldi. Inim aytadiki, Nekalay poshshoning qudrati bamisoli burgutday zo‘r, askarlari ham g‘ij-g‘ij, chumoliday behisob, besanoq emish. Lekin inim aytadiki, girmon poshshosi nayrangchi, farang emish. Ishqilib, dunyoda bir katta mahshar bo‘ladi- da, Shahodatbonu! Ishqilib biz musulmonlarni xudoyim o‘zi asrasin, o‘zi panoh bo‘lsin boshi- mizga! — Musulmonlar qo‘yday yuvosh, xudoning mo‘min bandasi, — deydi onam. Devordan turib Rohat kelinoyi gapga arala- shadi: — Qiyin-qiyin kambag‘allarga qiyin. Narx- navoni endi ko‘rasiz, osmonga sapchiydi. 188 Birpasgina eshitgan, bilgan gaplarni to‘kib ko‘ngillarini bo‘shatgandan keyin otin bibi chiqib ketadi. Rohat kelinoyi narvondan tushadi. Turg‘un boshliq o‘rtoqlarim ham uylariga jo‘naydi. Men uzoq xayolga cho‘maman, bola fikrlarim uyqu bermaydi. Onam oshni damlagach, buvimni uyg‘otadi. — Buvi, buvi, urush boshlandi, sizning xabaringiz yo‘q, — deyman sirli tovush bilan asta shivirlab. — A, nimani sandiraydi bu o‘zi? Yomon nafas qilma! — deydi kampir qattiq seskanib. Men yana takrorlayman. Buvim ensasi qotib deydi: — Uyqum bezovta bo‘ldi, har xil tushlar ko‘rdim. Olio taolo musulmonlarga o‘zi mehribon- chilik qilsin. Nekalay xo‘p xalqni qisgan edi, jaza- si endi! — ariq labiga o‘tirib yuz-ko‘zini shap-shap yuva boshlaydi. * * * Turkiston boylari, yer egalari, mushtumzo‘rlar juda sevinadilar. «Oq poshsho hazratlari urushga kiribdilar, albatta g‘olibiyat bilan ustun chiqur- miz» deb vaysaydilar. Toshkent xalqini, kambag‘al mehnatkashlarni gubernator va chor politsiyasi zulm bilan, qattiqlik bilan ushlab turadi. Xalq bezovta. — Ehtiyot boTish kerak, — astagina shivirlab nasihat qiladi xalfa va shogirdlarga bobom. — Shu kunlari palisa g‘iz-g‘iz sang‘ib qoldi, chaqimchi voqeanavislar urchib ketdi, ularning ming xil yo‘li bor, aldaydi-avraydi, so‘zga soladi, keyin sekin laqqa qoTga tushiradi. Zinhor-zinhor turmushimiz og‘ir, boshimizda falokat ko‘p, dardimiz zo‘r demanglar. Bilamiz, turmushimiz nihoyatda ma- shaqqatli. Bechoralar, qashshoqlar ko‘p, ammo dardi g‘azabimiz ichimizda bo‘lsin. Samovarda, ko‘cha-ko‘yda jim o‘tiringlar, birorta ayg‘oqchini payqab qolsalaring, darrov tura jo‘nanglar. 189 Xalfalar, shogirdlar kulishadi. — E-e, ota, boshimizga kelganini ko‘ramiz- da, — deydi qari xalfa. Uyimizda qo‘shnilarning kirish-chiqishi ko‘pay- gan. Dadam hamisha dalada yurganidan bizning uy xotinlarning yig‘ilishlari uchun eng qulay joy. Ular orasida gap-so‘z, mish-mish ko‘p bo‘ladi. 0 ’g‘rilardan, sayoqlardan, buzuqi erlardan alvon- alvon mavzularda so‘z ochilib ketadi, lekin urush boshlanishi bilan bu xildagi gaplar unutiladi. Onaboshi kampir — otin bibi qarindoshlarnikidan, inisinikidan eshitgan, yig‘ib kelgan gaplarini bir- bir aytadi. — Eshitinglar, dahshatli voqealar behisob, mamlakatlar ikkiga bo ’ liny apt i. Hamma joyda qattiq jang boshlanib ketganmish, ha! — og‘zini ko‘pirtirib gapiradi kampir. — Og‘ir-og‘ir, xalqqa og‘ir. Butun mamlakatlar do‘stlik bilan, ittifoqlik bilan yashasalar bo‘lmasmidi-ya?! Qurib ketgur poshsholar!.. Har ikki tomonda askar chumolidan battar g‘ij-g‘ij emish. Ayniqsa dengizlarda kemalar nobud bo‘lib qirilayotganmish. Ha, hammasi rost, inimdan eshitdim. Ayniqsa girmonning nayrangi kattamish. Xil-xil dev zambaraklar, xil-xil qurol- lar. Qo‘yingchi, ta’rifga sig‘maydi, sanog‘i qiyin. Qo‘shnilar urush haqida qayta-qayta ezib gaplashishadi, tag‘in so‘z Toshkentga, turli voqealarga ko‘chadi. — Juvonmarg bo‘lgur G‘afforingiz topib keldi bu gapni, — deydi Rohat kelinoyi o‘sma bilan tutashtirilgan qoshlarini o‘ynatib, tizzasidagi kash- tani tika-tika. — Uch-to‘rt odam samovarda choy ichib, bittasi sho‘rlik turmushning og‘irligidan has- rat qilipti. Chetroqda ko‘rinishi bo‘sh-bayovgina, xunukkina, ko‘ziga oq tushgan, kalta soqol bir kishi o‘tirgan ekan. U juvonmarg voqeanavis, so‘z o‘g‘irlab yuradigan odam ekan, o‘zini yol- g‘ondakam uyquga solib, mudraganday o‘tirgan ekan. Birdan irg‘ib turib ketipti-yu: «Qani, yuring, xo‘p hasratni to‘kdingiz, ig‘voni ko‘tardingiz!» deb 190 do‘q bilan surgapti sho‘rlik kambag‘alni. U og‘zini ochib, hayron bo‘lib qotib qolipti. Soqoligacha titrarm ish. Atrofdagi odamlar sekin-sekin tum- taraqay qocha boshlapti. «Bola-chaqam ko‘p, xato qilibman, taqsir, sartaroshman, jo‘jabirday jonmiz, tavba qildim, kechiring!» deb yig‘lamsirab yali- narmish, Go‘rso‘xta ayg‘oqchi pisand qilmasmish, nuqul do‘q qilarmish. Keksalar o‘rtaga tushib yolvorishipti: «Aylansin bolam, g‘aribga jabr qilma, shafqat qilish kerak» deyishipti. Surbet ayg‘oqchi o‘lgur kambag‘al boyoqishning qo‘lidan mahkam ushlab: «Yurasan palisaga!» dermish. Samovarda bir yigit boshini yerga solib jim o‘tirgan ekan, birdan irg‘ib o‘rnidan turipti-yu, ayg‘oqchi- ga: «Beri keling, sizga gapim bor» deb, chetroqqa imlapti, aldab nima balolarni shivirlagan bo‘pti. Shu paytda kambag‘al derazadan o‘zini tashlapti, shartta qochipti. Voqeanavis: «E-ye, qani bu gunohkor, qochirib yubordinglar, ablahlar!» deb odamlarni so‘karmish. Otasi har kun qop-qop mash- mashalarni topib keladi. Har kun bir orqa supurgi- ni tayyorlab, bozorga chiqadi, uni sotib bo‘lguncha arava-arava oldi-qochdi eshitadi. Lekin narx-navo soatlab oshib turganmish. — Ha, qiyin ahvolga qoldik, — deydi onam. — Narx-navo osmonga sapchipti. Odamlarning yura- gida g‘am-g‘ussaning ayni toshgan vaqti. Ayg‘oq- chilar har joyga qulog‘ini suqadi-da. — Boylar o‘lgurning pichog‘i moy ustida. Hammasi quturgan, hammasi olifta, kekkaygan, firoq-dimog‘li, — deydi Uzun Sara quv ko‘zlarini katta ochib, ustida keng yamoq ko‘ylak, boshida kir peshonabog*. — Qirilgurlar dang‘illama uylar, yigirma tanob, o‘ttiz tanob bog‘lar, qo‘sh-qo‘sh qo‘ralar soladi. Urush boshlandi-yu, un, yog‘, oziq- ovqat bilan savdo qiladigan yangi-yangi boylar tug‘ilipti. Ishqilib, zamon buzildi, yaqinda ehtimol oxir zamon bo‘lar... Otin bibi zamonning og‘irligidan, zolim pod- sholardan shikoyat qiladi. 191 — Ulamo-avliyolarning hammasi pulning quli bo‘lib kelgan. Mana ko‘ring, Sebzorda katta bir eshon bor, — so‘zida davom etadi otin bibi, — o‘zi avliyo odam, ko‘p muridlari bor, lekin xotin quli. To‘rtta xotini bor u zormandaning, biri biridan ko‘rklik. Eshon katta eshon oyimni yaqinda qo‘yib yubordi-da, o‘n besh yashar popukday bir qizni nikohlab oldi. Nazr qilinipti boyoqish. — E-e, — deydi Uzun Sara, — qadimgi avliyo- lar qolmagan sira, buzildi olam. - Ibodat buvim hovlida g‘ivirlab, ariq chetlarini tekislab, supurib, chinniday qiladi. U shunday ish- larni yaxshi biladi. — Bas-bas! Ulamolarga til tegizmanglar, g‘iybat-ig‘voning foydasi yo‘q. Ulamolar sha- riatning quli. Zolim boylarning, qonxo‘r poshshoning jazosini bersin xudoyim. Ishqilib, ollo- ning buyurgani bo‘ladi, — deydi buvim qat’iy ohangda. Qo‘shnilar birpas jim bo‘lishadi. Keyin Uzun Sara yana asta so‘z boshlaydi: — Hasratimizdan chang chiqadi. Turmush kun- dankun qiyinlashib ketyapti. G‘amni yutib o‘tira- veramizmi, sirasini aytamiz-da. Endi gap ulanmaydi. Qo‘shnilar birin-sirin tar- qalishadi. Namozgar yaqinlashgan. Oyim o‘choq boshiga borib olov yoqadi, ozgina piyozdog‘ qilib, yovg‘on moshxo‘rdaga urina boshlaydi. — Yana moshxo‘rdami? Chakkaga tegdi-ku! — deyman onamga zarda bilan. — Qandoq qilay, bugun palov qilsam bir hafta qozon qaynamaydi. Dadang o‘lgurning beparvoligi- dan kuyib ketaman, — deydi onam astagina. — Qarg‘ama, yursa tirikchilikning g‘amida yuripti, sening, mening, bolalarning tashvishida yuripti, o‘ynab yurgani yo‘q. Qanoat qil, yaxshi xotin suv kelsa simiradi, tosh kelsa kemiradi, — deydi buvim onamga o‘qrayib. Men qovog‘imni solganimcha ko‘chaga chiqib ketaman. Bir to‘da bolalar chuw os ko‘tarib, 192 «Kerak-kerak» o‘ynamoqda. Men ham o‘yinga qo‘shilib ketaman. * * * Xalq hayajonda. Bozorlarda, ko‘cha-ko‘ylarda, tramvaylarda — hamma joyda gap. Podsho hazratlari okop qazish uchun mardikorlikka Turkiston oTkasidan, musulmon yigitlaridan olinsin, deb farmon chiqargan. Gubernator janob oliylari Turkiston oTkasining butun viloyatlaridagi shaharlarga, qishloqlarga, dalalarga, ovullarga bu farmonni yetkazib xabar qilmoqda. Mahallaning hokimi — ellikboshi. «Oq poshsho hazratlarining oliy farmoni bu, bas, itoat etmoq farz. Oq poshsho hazratlari buyuribdimi, beramiz mardikor yigitlarni. Mahallaning eng dev, eng baquvvat yigitlarini, yigitlarning sarasini o‘zimiz ajratamiz», deb gubernatorga va’da berganmish hamma ellikboshilar. Shahar fuqarosi asabiy va xafa. «Boylarning, savdogarlarning, mushtumzo‘r- larning arzandalari albatta xatda yo‘q», deydi xalq. Bizning Govkush ham to‘polon, janjal. Biz bolalarning ham avvalgi sho‘xligimiz yo‘q. «Taqsir, boylarning, savdogarlarning ham o‘g‘ilchalarini biting ro‘yxatning boshiga. Har joyda ular ilg‘or, qani ko‘raylik-chi bu gal!» deydi hamma bir og‘izdan. Boshida yoz-u qish olifta o‘ralgan salla, egnida uzun jujun kamzuli, ustida hamisha ko‘krak cho‘n- takdagi kumush soatning yo‘g‘on zanjiri osigTiq mahallamizning gerdaygan ellikboshisi tikanday ko‘zlarini o‘qraytirib, qichqiradi: — Xaloyiq, tarqal, jo‘na ishingga. Hamma ish olloning irodasi bilan. Boylar, savdogarlar obro‘yimiz, faxrimiz, ko‘r boTgur gumrohlar! — Olloga sig‘ining, ibodat qiling, zeroki mushkullaringiz oson boTg‘ay! — avraydi to‘qlar- dan biri. Xalq g‘amgin, g‘azabkor, yuraklari ezilgan 7-4452 holda tarqaladi. Mahallaning boylari, ellikboshi, imom, kazo-kazolari asta shivirlashadi, maslahat qilishadi. Ularning tili bir, bir yoqadan bosh chiqarganlar. Bir oqshom, har vaqtdagiday, to‘satdan dadam daladan keladi. — Qozoqlar tinchmi yoki u yerda ham g‘avg‘omi? — so‘raydi onam va chaqqonlik bilan dadamga ko‘rpacha soladi, orqasiga yostiq qo‘yadi. — E, nimasini so‘raysan, qiyomat, ur-sur... Dunyo buzildi... Qalay, qarindosh-urug‘lar omon- mi? Ularning ahvoli nechuk bo‘ldi ekan, deb shoshilinch yo‘lga tushdim. Juda vahima bo‘lib ketdi dalada. — Qilning ustida turipti hammasi, — javob beradi onam xo‘rsinib. Dadam tinmay nosvoy chekadi, xomush holda og‘ir sukutda o‘tiradi. — Xudoyim sartga, qirg‘izga, qozoqqa — jami- iyki ulusga tinchlik ato qilsin, zolimlarga insof, tavfiq bersin! — deydi buvim ko‘zlariga yosh olib. — Rasiy degan mamlakat judayam olis emish, sart, qozoqning o‘spirinlari, avji qirchillagan yigit- lar... sovuqda och-yalang‘och qirilib ketmasin yana, kulfatga qoldik! Onam samovar keltiradi. — Hech tashvishlanma, qornim to‘q, — nosvoyni tuflaydi dadam. — Choy bo‘lsa bas. Men qo‘rqa-pisa astagina gapiraman: — Agar Turkiston fuqarolari mardikorlikka yigit bermasa, u yurtni qonga g‘arq etaman, depti. To‘p-aslaha bilan qurollangan askarimni bir tash- layman-u kulini ko‘kka sovuraman, depti oq poshsho. Dadam hayron bo Tib, yuzimga bir zum tikiladi, keyin asta deydi: — Urush qursin-da. U ofat! Lekin Nekalay ayt- ganini qiladi, qo‘ymaydi. Yigitlarni olaman deydi- mi, albatta oladi. Ko‘pga kelgan qismat bu, aslo iloj yo‘q... — Choyni katta-katta ho‘playdi. — Tur, o‘g‘lim Musavoy, otni oxurga boylagin- da, ombordan ikki bog‘ beda chiqarib sol. 0 ’rnimdan sakrab turaman. Otxonaga yugura- man. * * * Maktabimiz Ikkinchi Oqmachitga ko‘chgan, bu biznig Govkush mahallaga yaqin, chiroyli, yangi machit, qadimgi vaqf joy. Domlamiz har kun yangi-yangi vahimali xabar- lar keltiradi. — Bolalar, chiroqlarim, — deydi domlam g‘oyat xafa holda. — Dinimiz muqaddas din. Yolg‘iz Olloga va rasul A’zamga sidqidil bilan ibodat qi- laylik, sig‘inaylik. Yolg‘iz Olloga ishonamiz, ixlos bilan dinimizni dilda mahkam tutam iz, yuragi- mizdagi pok muhabbat bilan birga asraymiz. Barcha mushkulotlar oson boTsin. Qani, shogirdlar, Olloning nomi bilan, gulduros bilan boshlaylik darslami! Hammamiz astoydil shavq bilan, diniy hislarga berilib, tomoqlar qaqraguncha, ovozlar bo‘g‘ilgun- cha o‘qiymiz. Maktabdan guzar aylanib qaytayotganda, Ba- landmachitda janjal, suronga duch kelamiz. — Nimaga janjal ko‘tarasan, deysiz. Ko‘taramiz janjalni! Kambag‘allar, kosiblar, qashshoqlar, g‘ariblar — barchamiz «dod» deymiz! Nega to‘qlarning, katta to‘ralarning, boylarning olifta boyvachchalari, qoladi-yu, biz ketamiz azobga?! Yo‘q, bunday boTmaydi ish, ular ham borsin, biz bilan birga borsin, ana shunda churq etmay ketaveramiz, ko‘pga kelgan to‘y deb jo‘naymiz. Xo‘sh, nega olayasiz?! — qichqiradi g‘azabdan tutaqqan bir jasur yigit. — Bolam, insof qil, chirog‘im, — ellikboshiga yalinadi bir keksa. — Kambag‘almiz — mayli, nochormiz — mayli, lekin nega puldorlarning o‘g‘ilchalari chetda qolyapti, qani ayt? Birpas jim o‘ylanib turadi-da, ellikboshi keyin asabiy holda bo‘g‘ilib qichqiradi: — Pastkashlar, haromilar, bezbetlar, tarqa- linglar! Hozir palisaga xabar qilaman, inlaringga daf bo‘linglar! — Osib yubor-e! — qichqiradi birov xalq ichi- dan. — Zulmdan o‘ldik, zarra insof bormi sizlar- da?! Qatra vijdon bormi?! — Dod! 0 ’ldik Nekalaydan, zolim to‘ralar dasti- dan o‘ldik! — qichqiradi ayollar. Ular turmushdan noliydilar, boylar va zolim amaldorlardan zor- lanadilar, qarg‘aydilar. Ellikboshi qo‘rslik-qo‘pollik bilan xotinlarni jerkib tashlaydi, ammo xotinlar bo‘sh kelishmaydi: — Bola bermaymiz! — 0 ’zing bor, go‘rso‘xta! — Kambag‘allarga shu yerdagi azob-u uqubat- lar ham yetadi. M ardikorlikka boyvachchalar borsin! — Ha, ha, to‘qlar borsin! — qichqiradi ayollar. Ellikboshi qizarib, xotinlarni so‘kadi: — Yo‘qolinglar, sharmandalar, uyda o‘tiringlar! Toshkentning to‘rt dahasida, har mahallada shunday g‘avg‘o. Shahar olovda, xalqning g‘azabi baland. 0 ’rta Osiyoning butun shaharlari, butun qishloqlari zilzilada. Kattalardan eshitar edim hammasini. Xalq ellikboshilar haqida turli-turli qo‘shiqlar ham to‘qigan. Mana esimda qolganlari: Saydahm ad toming baland, Tomingdan naming baland. Yigitlarga qo‘l qo‘ygan, Padaringga m ing la’nat! Baxm al po‘stin og‘ir deb Otga solgan Saydahmad. «Yigitni biz beramiz» deb. Xatga solgan Saydahmad. Assalom-u alaykum, Omonmisiz, ellikboshi? M ardikorni men beray, deb, Qo‘l qo‘ydingiz, ellikboshi. Bizlarni olib pullarga sotgan X otin taloq ellikboshi!.. Katta boyonlar, chor hukumat vakillaridan boshlab ellikboshilarga qadar barchasi ishga tushadi. Olovi ko‘ksiga tiqilib turgan bir yonar tog‘day Toshkent chayqalib ketadi, birdan g‘azabi yoriladi. Ertalab barvaqt baqqoldan beda olish uchun Balandmachitga tushaman. Guzar asabiy, serg‘al- va. Xalq Shayxantovurdan, Sebzordan, Ko‘kchadan Olmazor tomon oqmoqda. Xotinlar oq poshshoni qarg‘ab, dod-faryod bilan yigTab erlar bilan birga bormoqdalar. Do‘konini shoshilinch yig‘ishtirayotgan baqqoldan yalinib-yolvorib olgan to ’rt bog* bedani yelkamga tashlab, uyga yuguraman. Otning oxuriga bedani irg‘itaman-da, eshikka otilaman. Kir yuvib o‘tirgan onam orqamdan qichqiradi: — Yana qayerga, daydi, otning tagini tozala- maysanmi? Javob bermasdan ko‘chaga chopaman. Olmazor ko‘chasida ketma-ket borgan sari qalin- lashib ketayotgan to‘da-to‘da odamlar orasidan goh yugurib, goh tez-tez yurib o‘sha yerdagi oq uyga — politsiya mahkamasiga yetaman. Odam qalin. Olomon g‘azabda. Mahkamaning keng bog‘-hov- lisining yashil bo‘yoq bilan sirlangan panjaralariga yopishgan odamlar g‘azablanib qichqiradilar: — La’nati zolimlar, bermaymiz bolalarimizni! Nekalay yo‘qolsin! — Juvonmarg boTsin, dod dastidan! — jabr- zulmga qarshi dadil qichqirishadi ayollar. Ayollarning yig‘i-sig‘isi, qarg‘ish aralash faryo- di, erlarning so‘kish-la’natlashlari yer-u ko‘kka sig‘maydigan vahimali, suronli, zo‘r isyon. Mahkamaning derazalaridan, eshigidan ranglari o‘chgan, yuzlari vahimadan bujmaygan to‘rtta- beshta mirshab ko‘rinadi. — Yo‘qol, gumrohlar, la’natilar! — tupugini sachratib qichqiradi mirshablar. Ularni hech kim pisand qilmaydi. Erlar, xotinlar g‘azab bilan, hayqiriq, suron bilan panjarani qarsillatib yorib mahkamaning keng hovlisiga kiradilar, derazalarga, mirshablarga hech nimadan tap tortmasdan tosh otadilar. Mirshablar qo‘rqib ichkariga yashirinishadi va panada turib o‘q uzadi- lar. Olomon biroz chekinadi, ammo birdan qahr- g‘azabi ortib yana hayajonga keladi, tag‘in duv qaytib, olg‘a suriladi. Xalq to‘lqini qaynaydi. Boshlaridan oyoqlariga qadar chang bosgan eski- tuski paranjilarda xotinlar, ba’zilarining chach- vonlari orqaga tashlangan, yuzlari ochiq. — Xoinlar! Muttahamlar! Oq poshshoga o‘lim! Zolimlarni yanchib tashlaymiz! — qichqiradi omma g‘alayonda. Zolimligi bilan mashhur Mochalov degan politsmeyster eshikni ochib tashqariga chiqadi, u g‘azabda turgan xalq qarshisida oqarib ketadi-da, shoshilgancha o‘zini ichkariga oladi, eshikni taqqa yopadi. Eski shaharliklarning hammasi uni yaxshi ta- niydi. Ko‘rinishi joyida, pogonlari savlatli, ustida yaxshi forma, keng yag‘rinli, shop mo‘ylov, lekin qip-qizil yuzidan zahar tomgan, hamisha qovog‘i soliq, badjahl Mochalov ko‘chada yurganda qarilar, yoshlar, baqqollar, savdogarlar, samovarchilar, ishqilib duch kelgan har kimsa qo‘rqa-pisa darrov salom beradi. Doimo qo‘lida uchi ingichka maxsus qamchi. Mabodo birov g‘ing degudek bo‘lsa, qam- chini bilan shart-shurt urib savaydi. Bu ishga u misli yo‘q mohir. Agar birov bilmasdanmi, ko‘rmasdanmi salom bermay o‘tib ketsa ham «Qizingni...» deb savab qoladi. (Chorizmning ashaddiy iti edi u.) Men uni juda yaxshi bilaman, ko‘chada uchratganimda bir zum to‘xtab qotaman- da, «assalom» deyman, lekin ichimda-ku, astoydil so‘kaman o‘zini. Ommaning isyoni borgan sari toshadi, mahkamani xalq qattiq toshbo‘ronga tutib, hamma de- razalarni sindiradi. To‘satdan yangi shahar tomondan qilich taqqan otliq kazak soldatlar yetib keladi. Mochalov ularni shoshilinch ravishda chaqirib olgan. Qilichlarini qinidan sug‘urib kazaklar birdan xalq ustiga bostirib keladi. Tars-turs o‘q otib, olomonni haydaydi. Xotinlarning yonib qarg‘ash- lari, yig‘ilari, erkaklarning kinli hayqiriqlari, so‘kishlari yangraydi. Yiqilganlar, yaradorlar, o‘lganlar ko‘p. Xalq noiloj, xalq qurolsiz. Ba’zi bir yoshlarning qo‘lida pichoqlar yaltirab ketadi. Olomonning zich to‘dasi buziladi, men yig‘lab, mahkama bog‘idan chiqaman, xalq bilan birga chekinaman. Politsiya qo‘zg‘olonni dahshatli va shafqatsiz ravishda bosadi. Uyda oyimga, buvimga, qo‘shnilarga ko‘rgan- larimni batafsil aytaman. Mahalla ahli, xotinlar, erlar faqat shu dahshatli voqea ustida gap yuri- tishadi. Hamma iztirobda. Gubernator oq poshshoga telegramma qoqib ijozat so‘raganmish, «sartlarni qonga g‘arq qilaman, shaharni o‘rab, kul tepaga aylantiraman», deganmish, kabi xilma-xil mishmishlar... Devordan Rohat kelinoyi ko‘rinadi: — G‘afforingiz ko‘chadan yana gap topib keldi. Toshkentni zambarakka tutisharmish. Sho‘rimiz qursin, nima qildik? — deydi u rangi o‘chgan holda. Buvim ayvonda ko‘rpa-yostiq qilib cho‘zilib yotibdi, u ikki-uch oydan buyon bemor — falaj bo‘lib qolgan. — Dalaga jo‘naganimiz ma’qul edi-yu, — deydi buvim oyimga qarab, — ot-ulov qani, u yerda osh- nonning iloji yo‘q. Qarindoshlar xohlaydimi, xohla- maydimi... 0 ’zimni yotishim, ahvolim bu, Toshkentni o‘t olsa ham o‘tiramiz-da, na chora?.. — Yo‘q, tavakkal! — deydi onam. — OTdimi, hukumat ozgina to‘polon uchun shunday shahri azimga o‘t qo‘ydirsa. — Xavf-xatar juda katta, — deydi buvimning yonida o‘tirgan Uzun Sara, — boyonlar, qorni kat- talar aravada, otda, izvoshda sekin-sekin bog‘lari- ga, dalalariga jo‘nab qolishyapti, qiyin-qiyin kam- bag‘allarga qiyin. Toshkentni o‘t olsa ham, yer yutsa ham cho‘kib o‘tiraveramiz. — Ha, boshga kelganni ko‘z ko‘radi. Ko‘pga kelgan to‘y-da, — deydi qo‘shni kampir. Uzoq hasratlashib, qo‘shnilar birin-sirin uylariga tarqalishadi. Kechqurun men guzardan aylanib kelaman. Guzarda xalq awalgidan siyrak, baqqollar unda- bunda. Lekin Yusuf garang bemalol bedasini sotib o‘tiribdi. Qaydandir halloslaganicha Turg‘un yetib keladi. — Ko‘rinmading, Musavoy, juda to ’polon bo‘ldi-da. — Eh-e, — deyman jiddiy tusda, — avji to‘polonda men o‘shatda edim, izladim seni, top- madim-ku? — Ha, keyinroq borib qoldim, — deydi Turg‘un chakkasini qashib. — Lekin xotinlar bo‘sh kelma- di. Ikkita ayolga o‘q tegib, qonga belanib qolishdi. Ha, o‘zim aniq ko‘rdim. Xalq majaqlandi, ko‘plari otlarning tuyoqlari ostida mayib boTdi. 0 ’qqa uch- ganlar ozmunchami! Men qovog‘im soliq, xafa holda deyman: — Toshkentga o‘t qo‘yisharmish, rostmikan bu gaplar, Turg‘un? — E, mish-mish gap, — javob beradi Turg‘un kattalarday. — Boylar, shahardan boshlarini olib qochyapti, payqadim. Dadam boTsa uyda o‘tirib, nuqul namoz o‘qiydi, yigTab, allanima duolarni pichirlaydi, xudoga sigTnadi. Bachchag‘ar mirshablar awalgidan battar quturyapti. Xullas, zulm oshdi, jon halqumga keldi, o‘rtoq. Toqqami, dashtgami ketmaymizmi? Nima deysan? Beg‘al- vagina yurardik-da? — E, ovsar, joning shirin-a? Yurtga kelgan jafoni birga tortamiz, — deyman Turg‘unga. Shu topda gurs-gurs qadam tashlab bir to‘da piyoda soldatlar aravaga ortgan zambaraklar bilan Eski shahar tomonga o‘tib ketadi. Guzardagi odamlarning qovoqlari soliq, jim o‘tiradilar. Bizlar ham churq etmay uyga jo‘nay- miz. Ko‘rganlarimni onamga bir-bir aytaman. — Olio taoloning o‘zi rahm qilsin, boshimizdan kulfatlarni daf qilsin! — deydi onam uzun uh tor- tib. G‘affor aka ovozini baland qo‘yib hovlisidan gapiradi: — Qo‘rqmanglar, hammasi po‘pisa. Hukumat o‘ldimi, Toshkentday shahri azimni kuydiradimi? 0 ’zigayam shahar kerak! Biz biroz tinchlanamiz. Asta, uzoq gaplashib o‘tiramiz. Ko‘rpalarni endigina yoyib, yotishga tayyorlanar ekanmiz, dadam kirib keladi. Oyim va men ko‘rgan, eshitganlarimizni aytamiz. Dadam jim, so‘zsiz yerga qarab uzoq o‘tiradi. — Shahar juda xavf-xatarda, sabr qilamiz, tavakkal... — deydi sekin. * * * Eski shahardagi mashhur xonaqoga soldatlar to‘plangan. Ertasi soat o‘n bir-o‘n ikkilarda u yerga Turg‘un ikkalamiz qo‘rqa-pisa boramiz. Soldatlar u yoq-bu yoqqa yurib turishibdi. Sekin qochamiz. Xotirimda yo‘q, soldatlar ikki-uch kundan keyin Yangi shaharga qaytib ketdi chog‘i. Nikolayning aytgani bo‘ladi. 0 ’rta Osiyo xalqlarining yigitlari, kambag‘al mehnatkashlar- ning bolalari chertib saralandi. «Oq poshsho hazrati oliylariga ixlos bilan xiz- mat qilinglar, gunohlaringizni yuvasizlar, oq poshshoning himmati keng, sizlarni kechiradilar», deb xalqqa vaysaydi mingboshi va ellikboshilar. Shunday qilib, zolim Nikolayning yana bir zulmi xalqning qalbini qon bilan, dard bilan to‘latadi. * * * Bizning mahallada ham motam. Safarga tayyor- langan yigitlar yig‘i-sig‘i qilib, qarindoshlari bilan, bola-chaqalari bilan xayrlashadilar. Ko‘chamizda qiyomat, suron. Men, Turg‘un, A’zam, Ahmad bir to‘da o‘rtoqlarimiz bilan Balandmachit guzariga tushamiz. Odamlar otliq, arava, tramvayda, aksari piyoda vokzalga qarab ketmoqda. Biz ham ergashamiz. Turg‘un bo‘lsa tramvayga osilib jo‘nab qoladi. — Knyazning bog‘i oldida sizlarni poylab tura- man, — deb qichqiradi bizga u tramvayda keta turib. — Xumpar shum-da, a? — kuladi A’zam. — Sharaq etib shapaloq yeydi kando‘xtirdan, — deydi Ahmad. Yura-yura charchab knyazning bog‘iga yetamiz. Uzoqdan, bog‘ oldidan u yoq-bu yoqqa yurib bizni kutib turgan Turg‘unni ko‘ramiz. A’zam uni urishadi. — Nima bo‘pti, maza qilib keldim, kando‘xtir ham ko‘rdi, indamadi, — deydi Turg‘un maqtanib. — Yolg‘on hammasi, — deydi Ahmad. — Agar kando‘xtir ko‘rsa, teringni shilardi. Knyaz bog‘ini to‘xtab-to‘xtab, panjarasidan tomosha qilamiz. D araxtlar yuksak, quyuq ko‘lankali ozoda xiyobonlar... Hashamatli ko‘rkam saroy... Havasimiz keladi. Bir kishi suv sepib yuribdi. Eshik oldida yaraqlagan ajoyib yumshoq izvosh. Yiltiragan ikki asov arg‘umoq yer tepadi. Olifta kiyingan izvoshchi — rus yigit kekkayib o‘tiribdi. Biz sekin izvoshga yaqinlashamiz. Eshikda tu rgan qorovul gulduroq yo‘g‘on tovush bilan qichqiradi: — Jo‘nalaring! Nima qilib yuribsanlar?! Knyaz chiqib qolsa bormi! Biz qochamiz. Shu tariqa unda-bunda to‘xtab, horib, axir vokzalga yetamiz. Vokzalda baqqollar, 202 magazinlar, suv sotadigan do‘konlar ko‘p. Vodoprovoddan galma-gal to‘yib suv ichamiz, juda chanqaganmiz. Vokzalda odam qalin, yig‘i-sig‘i, to‘polon. Biz odamlar orasida yurib, o‘zimizning Govkush mahalla yigitlarini uzoq qidiramiz, lekin topol- maymiz. Amakimning o‘g‘li, yosh yigitcha Mo‘min akam ham jo‘nab ketyapti. Men yig‘lab, uni izlay- man, topolmayman. Parovozlar pishqirib turadi, goh-goh birdan gudok chalib yuboradi, cho‘chib tushamiz. Bir chetda bir to‘da qozilar, ulamolar turishibdi. Ular orasida bittasi notiqlik qilmoqda, uzoqdan eshitaman: — Podshoh hazrati oliylari hozir zo‘r muhori- bada, boshlarida ko‘p mushkulotlar bor, sadoqat bilan ishlagaysiz, yigitlar! Yana allanimalarni gapiradi, eshitolmayman. To‘satdan poyezd qo‘zg‘aladi. Yig‘i-sig‘i avjiga chiqadi. Poyezd g‘iz etadi-yu, ketadi-qoladi. Men qichqirib yig‘layman. — Bas, yig‘lama, bir kun akang kelib qoladi, — deydi Ahmad yelkamdan quchib. Ko‘zdan yo‘qolgan poyezd orqasidan qarab uzoq turamiz. — Ketdik, qorin ham shunday ochdiki, piyoz- ning po‘sti bo‘lib ketdi, — deydi Turg‘un bizni ketishga qistab. Xalq yana otda, tramvayda, piyoda jo‘naydi. Hamma motamda. Charchab kelsam, hovlida yig‘idan ko‘zlari xun bo‘lgan Toji buvim Mo‘min akamni gapirib, hasrat qilib o‘tiribdi. — Kech qolding-e, juda xavotir oldim, vokzal- gayam bordingmi? Mo‘min akangni ko‘rdingmi? — so‘raydi onam mendan. Bir zum o‘ylanib qolaman, keyin yuzimga tikilib turgan Toji buvimga qarab gapiraman: — Ko‘rdim, Mo‘min akamni qidirib ko‘p yigitlar orasidan topib xayrlashdim, hammaga salom degin, yaqinda kelib qolamiz, xafa bo‘lishmasin, dedi Mo‘min akam. Toji buvim ho‘ngrab yigTab yuboradi. Buvimning va onamning turli-tuman savollari- ga kalta-kalta javob beraman, ko‘rgan voqealarim taassurotida uzoq sukutda o‘tiraman, quloqlarimda xalqning gulduros ovozi... Dadam ham vokzalga borgan ekan. Kech, xafa holda charchab, uyga qaytadi. Ertasi saharlab tag‘in dalaga jo‘naydi. Domlam Qur’on o‘qiydi, bemorlarga davo, deb laganchalarga, kosa-piyolalarga duolar bitadi, qori bolalar sho‘xlik qilsa shaq-shaq uradi, charchagan- da birpas mudrab ham oladi. Qorong‘i tusha bosh- iaganda, namozshomda bizni ozod qiladi. Bir vaqt men So‘fi Olloyorni o‘qiyotganimda, zimdan quloq solib o‘tirgan domlam: — Suvday silliq o‘qiysan, balli-balli, o‘g‘il- cham! — deydi kulib. — So‘fi Olloyorni uch karra o‘qib tushirdim, ko‘p g‘azallarini yoddan ham bilaman! — javob beraman uyalib. — Rostdanmi! — so‘raydi domlam taajjubla- nib. — Pishiqsan-da o‘zing ham, borakallo! Ertaga Navoiyni boshlaymiz. Lekin shart shuki, yogTiq osh, bir savat non, keyin surati kattakon pul, uq- dingmi? — iljayadi u. Kechqurun onamga yalinaman. «Xo‘r» deydi onam, lekin birpas sukutdan so‘ng: — Qimmatchilik, bolam, domlang qurmagur palovni yaxshi ko‘radi, bilaman, lekin eplash- tirolmayman, bir savat kulcha bilan besh so‘m pul beraman, mayli... — deydi onam orqamga qoqib. Ertasi bir savat non bilan, xotirimda yo‘q, besh so‘mmi pul beradi onam (pulning qadri kundan kun keta boshlagan). Jildimga Navoiy g‘azaliyotini solib, maktabga xushnud jo‘nayman. Domlam qo‘limdan kitobni olib oldidagi pastak taxta kursi ustiga qo‘yadi-da: — Qani, boshlaymiz, bismillo! — deydi va salmoq bilan bitta-bitta o‘qiy boshlaydi. Men ergashaman: Ashraqat min aksi shamsil-qa’si anvorul — Xudu, Yor aksin mayda ko‘r deh, jom din chiqdi sado. G‘ayr naqshidin ko‘ngul jomida bo‘lsa zangi g‘am, Yqtur, ey soqiy, mayi vahdat m asallik amzudo. Ey, xush ul maykini, anga za rf o‘lsa bir sing‘on safol, Jom o‘lur getinamo Jam shid, ani ichgan gado. Ko‘nglim yorishib, ravshan bo‘lib ketadi, ramz- lari, hikmatlari, pishiq rangdor qofiyalari go‘yo ko‘nglimga to ’ladi. Baytlari ishqiy, falsafiy, chuqur mazmunli. — Navoiyning g‘azallari ishqiy, ammo u Olloning oshig‘i, shu sababdankim, baytlari pok muhabbatni kuylaydi. 0 ’qiy ber, borib-borib tushu- nasan, — deydi domlam. Haqiqatan, Navoiy menda pok sevgi yaratadi. lining she’rlarini zavq bilan, chuqur his bilan o‘qiyman. Pok muhabbatni, chuqur ma’noni, yoqimli hisni ilk daf’a Navoiydan o‘rganaman. * * * Yana bahor. Daraxtlar sekin-sekin kurtaklana boshlagan. Kosiblar, ularning xalfa, shogirdlari bahorni ayniqsa yaxshi ko‘radilar. Dehqonlar bo‘lsa toqatsizlik bilan bahorga intizor. Bahor serzavq, rangdor fasl. Hali qarasangiz tog‘lardan karvon-karvon bulutlar keladi-da, yomg‘ir sel bo‘lib quyiladi, hali qarasangiz, darrov bulutlar tarqaladi, osmon oynaday musaffo bo‘ladi. Kulgan quyoshdan olam yarqirab ketadi. Mahallada bolalar tomma-tom yurib, varraklar, katta, bahaybat quroqlar uchiradilar. Men ham, odatdagidek, ashaddiy varrakchiman. Maktabdan kela solib nari-beri quyuqmi-suyuqmi bor taomdan tamaddi qilaman-da, narvondan tomga g‘izillab chiqib, quroqni uchiraman. Mabodo qiirog‘im yir- tilsa bormi, darhol hujraga tiqilib, yangisini yasashga kirishaman. Savag‘ichni baqqoldan olib kelaman, shirachni yalinib-yolvorib bobomdan ola- man. Lekin quroqni savlatli va chiroyli yasashga urinaman. Agar havo varrakbop bo‘lib shamol tursa, varrakni shoshib-pishib shirachlayman-da, qurimasdanoq ko‘tarib tomga yuguraman. Shamol turganda qorong‘i kechalarning qoq yarmisida bo‘lsa ham chillakdagi ipning hammasini qo‘yib, ustunga bog‘layman va quroqning vag‘illab uch- ganini zavq bilan eshitib o‘tiraman. Agar birontamizning qurog‘imiz uzilsa, bolalar chuvvos ko‘taramiz. Ayniqsa uzilgan quroq boshqa mahalladan bo‘lsa men va o‘rtoqlarim u tushar- tushmas talashib-tortishib talon qilib olishga shoshilamiz. Oqmachitdan, Degrezdan quroq egalari tomma-tom oshib, yugurgancha kelishadi. Ana shunda bo‘ladi jiq-jiq mushtlash, urish, jang!.. Bir kuni, martning boshlaridamikan, juma kuni shekilli, ertalabdan guzarda o‘ynab yurarkanman, kattalar orasidan chaqmoqday bir gap qulog‘imga chalinadi: — Nekalay taxtdan tushdi! — Zolimdan qutuldik! — Toji taxti parchalandi! — Daf boTsin Nekalay, ochlikdan, muhtojlikdan o‘ldik-ku! Duv-duv gap. General-gubernator xalqqa Petrograd voqealari- ni bildirmay, birinchi kungi telegrammalarni bosib o‘tirganiga qaramasdan, xalq bor gapni bilib olib- di. Ertasi choydan keyin shoshib ko‘chaga yuguraman. Guzarda har kimning so‘ziga quloq solaman. Birdan Xadradan ziyolinamo odamlar ko‘rinadi. Oralarida bitta-yarimta kosiblar, kambag‘allar ham bor. Chala-chulpa allaqanday muzika eshitiladi, uning ohangini ham payqab bo‘lmaydi. Orkestr yaqinda rasm bo‘lgan, muzikachilar xalqdan chiqqan havaskorlar. — Tavba, muzika degan narsa chiqibdi-ya, eshitdingizmi? — so‘raydi bir baqqol ikkin- chisidan. — Yopiray! — deydi ikkinchisi yoqasini ushlab. — Bitdi istibdod! Qonxo‘r, zolim Nekalay daf bo‘ldi! Y ashasin vaqtli hukum at! — qichqiradi ziyolilar va yangi shahar tomon o‘tib ketadilar. Bizning guzar xalqi ham duv etib yangi shahar tomon yo‘l oladi, biz bir to‘da bolalar ularga ergashamiz. Yangi shaharda rus ishchilari, rus ziyolilari ko‘p. Notiq bir rus ishchi harorat bilan, zavq bilan nimanidir gapirmoqda, ruschadan birorta so‘z bil- maganimdan, hech narsa anglamayman. Faqat odamlarning ko‘zlari va yuzlari ifodasidan biror narsa anglashga tirishaman. Uyga horib peshinda qaytaman va ko‘rgan- eshitganlarimni bir-bir onamga gapirib beraman. — Xullas, iflos, badbaxt, zolim Nekalay taxtdan ag‘anadi, jahannamga ketdi, eshitdimki, vaqtli hukumat degan narsa mamlakatning jilovini qo‘liga olarmish... — Eshitdik, eshitdik, qo‘shnilardan eshitdik, Rohat ham topib keldi bu gapni. Juvonmarg Nekalay daf bo‘ldi, ajab bo‘ldi! — deydi onam buvimga qarab. * * * Vaqt, zamon, voqealar buyuk sur’at bilan ketmoqda. Boylar, yer egalari, savdogarlar avvalgidan bat- tar quturmoqda. Dabdabali, hashamatli to‘ylar, bazmlar, ziyofatlar, aysh-u ishratlar tinmaydi... Lekin xalq yupun-yalang‘och, kambag‘allar, yetim- bechoralar bir burda nonga zor. Ulamolar bo‘lsa vaqfdan katta-katta daromad oladi. Muvaqqat hukumat, boylar va yer egalari dehqonlarni, ishchilarni aldaydi. «Urushdan keyin, buyuk g‘ala- balarga yetishgandan keyin yer-suv masalasi hal bo‘ladi», deb yolg‘on va’dalar bilan bularning qo‘ynilarini puch yong‘oqqa to‘ldiradilar. Ulamolar va jadidlar nizo chiqarib, janjal, ur- sur, to‘polon ko‘tardilar. Arabcha, forscha gaplar, haybatli diniy iboralar bilan jar soladilar. Ulamolarning murakkab tiliga xalq tushunmaydi. Jadidlar: «Millatni ma’rifat yo‘liga solamiz, Turkiston o‘lkasi muqaddasdir, boyonlarimiz yo‘l boshlaydi!» deb ayyuhannos soladilar. Jadidlar bilan boylar «Sho‘royi islom»ni tashkil qiladi. Ulamolar esa «Ulamo jamiyati» degan diniy jami- yatni tashkil qiladi. Es-es yodimda, iyunda dumaga saylov bo‘ladi. Saylov qizg‘in talash, janjal bilan davom etadi. Butun ulamo oyoqqa turadi. Teskarichi ruslar, boylar ularga qo‘shilib birga ish ko‘radi. Xalq tushun- masdan ulamolar tashviqotiga uchadi — avomlarga din bo‘lsa bas. Ulamolar tashviqotga astoydil kirishadi. Shunday qilib bular Eski shaharda ni- yatlariga erishadilar. 30 iyul kuni. Balandmachitda tumonat xalq saylovga yig‘ilgan. Saylov natijasidan mamnun ulamolar «Ibroz tashakkur» deb, bir tashakkur- noma bosib tarqatadilar. Bolalar, o‘rtoqlarimdan biri «o‘qi» deb menga bir nusxa tutqazishadi. (Mazmuni diniy ekanini bilaman, lekin tafsili xoti- ramdan chiqib ketgan. Yaqinda onamdan qolgan eski kitoblar orasidan qidirib topdim, tubanda keltiraman): «Hamdlar o‘lsin. Diyonatparvar, g‘ayrat va hamiyat egasi bo‘lgan Toshkent musulmon aholisi ushbu 1917-yilda 30-iyul gilasni saylovida o‘z zim- malariga lozim va vojib bo‘lgan milliy vazifalarni va muhim burchlarni o‘tab dunyoda rahbar va oxi- ratda shafoatlari mamul bo‘lgan va umidlangan ulamo kiromlarin izlaridan yurub va degan so‘zla- riga baltu’ va alrug‘ba amalda bo‘lunub husn- e’tiqod va samim qalb ila har bir mahalla ahllari o‘z uchastkalariga erta bilan soat 9 dan hozir bo‘lub qo‘llaridagi saylov konvertini aziz imonlaridek mahkam saqlab, necha makkor va frebgarlarni shaytonat vasvasasig‘a quloq bermasdan kamol sabr va matonat ila to‘rt va besh soat to‘xtamakka to‘g‘ri kelsa ham kalalat va malolatga yo‘l bermas dan dehqonlar sahrodan tushub kor-u borlarini va ahl va ayollarini yolg‘uz xudog‘a tobshurub mo‘ysafidlar esa yoshlardek, betoblar esa tandrost- lardek bir-birlariga ozorsiz jang va jadal qilmasdan ushbu izdahom va qo‘rqinch bo‘lg‘an og‘ir saylovni nihoyat tinch va g‘oyat osoyishtalik ila o‘tkarulari va kelajakda baxtiyor va mas’udona yashamoqlari uchun o‘z manfaat va foydalari qayu tarafga da- vush bermakda ekanin aql va vijdonlari ilan o‘zlari bilib o‘shal taraf isfiskasini o‘z ixtiyoru rag‘batlari ila qabul ay lab, molik bo‘lgan soqalarini hech ahdi- dan iqroh va ijborsiz o‘z joyiga tobshururlar. Borakallo, yashasun haqiqiy musulmonlar va samimiy dindoshlar, qutlug4 o‘lsun huriyat kun- laringiz va muborak o‘lsun yangi dumalaringiz». Tili ham, mazmuni ham xalqqa yot bo‘lgan bu uzundan uzoq murojaatnoma bilan ulamolar mehnatkashlarni chalg‘itish, kurashdan chetga tor- tishni ko‘zlar edilar. Ular dinni qurol qilib xalqni aldashga, avrashga mohir edilar. Fojiali kunlar. Ulamolar hammayoqni egalla- gan, butun ishni boshga kiygan, jadidlar bo‘lsa burjuaziya bilan butunlay og‘iz-burun o‘pishgan, ular «Millat!» deb vaysaydilar, lekin butun najotni burjuaziyadan kutadilar. * ’k * Aravada ketmoqdaman. Aravakash muloyimgi- na, yaxshi chol. Baquvvat, semiz qorabayir ot qo‘shilgan aravaga yozgi qizil olma ortilgan. Vaqt peshin. Quyosh yolqini toshqinda, dim havo nafas- ni bo‘g‘adi, aravada lohas boraman. Yo‘lda bilq- bilq tuproqning changi ot tuyoqlaridan, arava ortidan bulutday ko‘tariladi. Osmondan nur seli yog‘adi. Ko‘katlar, o‘simliklar sarg‘ayib, qovjiray boshlagan. Qarshidagi ulug‘vor tog‘lar, uvalarni tomosha qilib, xayolga botgan holda, aravada liqil- lab, lanj boraman. — Ota, issiq juda dahshatli-ku, bekat olismi? — so‘ray man peshona terimni artib. Ustida kir yaktak, boshiga kir qalpog‘ini bostirib kiyib olgan, qotmadan kelgan, siyrak soqolli aravakash erinchoqlik bilan javob beradi: — Bekat uzoq, o‘g‘lim, picha sabr qil, avji sara- ton. Mayli isisin, arpa-bug‘doy, jamiki mevalar avji pishadigan vaqt, mayli, chirog‘im isisin. Quyosh zo‘r hikmatli narsa. Issiqning foydasi ko‘p. Bemorlar qumga, tuproqqa tushib, dardiga davo topadi. Ishqilib, hamma narsaga quyoshning nafi tegadi, bebaho narsa. — Ota, bekatni so‘rayapman, qancha chaqirim qoldi? — deyman yana toqatsizlanib. — Olis, olis sabr qil! — deydi chol otni qamchi- lab. Biroz sukutdan keyin kulimsirab gapiradi: — Ashula ayt yoki Qur’oni karimdan ta’sirli bir surani o‘qib yubor. Men yetim qolib, maktab yuzi- ni ko‘rmadim, o‘g‘lim, — deydi u o‘ksingan ohang- da. Men uyqudan uyg‘onganday birdan yorishib ketaman. — Qur’onni takror-takror o‘qib zerikkanman. U boshdan oyoq butun arabcha, tushunmaymiz, ota, ma’nosini ko‘pchilik domlalarning o‘zlari ham bi- lishmaydi. Qo‘shiq aytishni sira bilmayman, uquvim yo‘q. — Tavba, ovozim kepchik degin, uka! — kuladi chol. Men cholning gapidan ta’sirlanaman, jiddiy tusda deyman: — Ota, bir voqeani gapirib beraman sizga, haqiqatan boshimdan o‘tgan, chin narsa. — Qani, gapir, — deydi aravakash qiziqib. — Bir kun dadam xat yozib meni Yangibozorga chaqirdi. Men juda suyundim, tezroq jo‘nashning payiga tushdim. Bozorda dadamning o‘sha tomonda turadigan yaqin bir oshnasini ko‘rib qoldim. Bozordan juda kelishgan jiyron ot olgan ekan. Shu otda ketishing mumkin, dedi. Yangibozorda otni o‘g‘liga topshirishimni uqtirdi. Kechqurun otni bizning hovliga olib keladigan bo‘ldi, ot minishni bilasanmi, deb qayta-qayta so‘radi. «Ye, bilganda qandoq!» dedim kerilib. Dadamning oshnasi xaxolab kuldi. Keyin Xadrada turadigan yangibozorchi Qosim cho‘tir degan bir aravakashni qidirib borib yo‘liqdim. U, erta-indin Yangibozorga jo‘nayman, degan edi. Yag‘rindor, mo‘ylovli, baroq qoshli, bad- jahl kishi edi. Ovqat yeb o‘tirgan ekan: «Kel, o‘g‘lim, dadangga xat olib keldingmi?» deb so‘radi sho‘rva liq to‘la katta bir kosani boshiga ko‘tarib. Bir chetda urvaqa-churvaqa bir to‘da bolalari talashib-tortishib handalak yeyishyapti. «Sho‘rva- dan opke, hey, qayerdasan? Musavoy keldi!» deb qichqirdi oshxona tomonga qarab. «Rahmat», dedim. Hozir ovqatlanib kelganimni aytdim. Keyin muddaoga o‘tib, Yangibozorga qachon ketishini so‘radim, kimdan ot topganimni aytdim. Meni birga ola ketishini iltimos qildim. «0’sha qashqa burun ot berdimi-ya? Ziqnayam odamgarchilik qilishni bilar ekan!» deb masxara qildi. Keyin ertasi barvaqt tayyor bo‘lishimni uqtirdi, birga jo‘naydigan bo‘ldik. Juda suyunib uyga qaytdim, oyim ham hamroh topilganiga xursand bo‘lib, darrov meni safarga tayyorlash taraddudiga kirishdi. Quvon- chimdan terimga sig‘may Turg‘un degan o‘rto- g‘imnikiga yugurdim. Otasining bir nimadan jahli qo‘zib, o‘rtog‘imni xo‘p savalab, ko‘chaga chiqib ketgan ekan. Qovog‘i soliq, ko‘zlari jiqqa yosh. Hayron bo‘ldim, nima gap o‘tganini so‘radim. 0 ’rtog‘im birdan kulib yubordi, o‘zi juda serzavq dali-g‘uli, sho‘x bola. Qo‘lini siltadi: «E, qo‘yaver, dunyoning shunday dahmazalari ko‘p. 0 ’zing nimaning tashvishida yuribsan, xumpar?» deb so‘radi mendan. Ertalab saharda Yangibozorga jo‘nashimni, quling o‘rgilsin jiyron ot topganimni maqtanib gapirdim. «Rostdanmi, yo‘g‘-e!» dedi, ishonqiramadi o‘rtog‘im. «Xudo ursin, hali kechqurun ko‘rasan, o‘h, otki, olamda yakka!» dedim hovliqib. Birpas o‘ylanib qoldim, keyin yana to‘- qishga tushdim: «Dadamning oshnasi, qalin do‘sti bozordan olgan yangi ot, qozoq oti, ta ’rifi zo‘r, uloq chopsa birinchi emish poygada, g‘ir etarmish-u marraga o‘zi birinchi borib turarm ish, otni oldiga tushirmasmish, barcha olomon ofarin dermish». Turg‘un hayron bo‘lib qoldi. Shu tobda bir to‘da o‘rtoqlarim allaqayoqdan kelib qolishdi. Yangibozorga ketayotganimni ularga ham aytdim. Bolalar indashmadi. 0 ’yinga kirishib ketdik. Dadamning oshnasi otni xuftonda tashlab ketdi. Qorong‘i edi, lekin darrov sinchiklab razm soldim — bo‘yi o‘rtacha, semizligidan yiltiraydi, yuvoshgina ot ekan. Yugani yangi, lekin egari jo‘n, ko‘rimsiz edi, yoqmadi. Otni oyimga juda maqtadim, oldiga bir quchoq beda tashladim, bo‘ynini siladim, yuvosh ekan, deb o‘yladim ichimda. Bir nimadan shu tobda hurkdi shekilli, birdan orqa oyoqlarini ko‘tarib tashladi. Qo‘rqib o‘zimni chetga oldim. Ertalab uxlab qolishdan qo‘rqib, barvaqt yotdim, lekin qani uyqum kelsa, shodligimdan sira ko‘zim yumilmay- di. Oyim lampa yoniga o‘tirib, jiyak to‘qishga kirishdi. Oyimga, saharda yulduzlar botmasdan uyg‘oting, deb tayinladim. «Uxla, uxla safaring uzoq, tiniqib ol, o‘g‘lim», dedi oyim. Arang uyquga ketdim. — So‘zimni bo‘lib, biroz sukut qilaman. Aravakash chol nosvoy chekib, otni qamchi bilan astagina urib qo‘yadi. Ot boyoqish terdan suv bo‘lib ketgan, rahmim keladi. — Qani, gapir ertagingni, — deydi aravakash qalpog‘ini yana ham bostirib. Men kulaman. — Ermak-da, — deydi aravakash va qamchini bilan etigining changini qoqib qo‘yadi. — Shunday qilib, bazo‘r uyquga ketdim. Bir vaqt cho‘chib uyg‘ondim-da, sapchib o‘rnimdan turdim. Oy xira, osmon yorishganroq, unda-bunda bulutlar yuripti. Oyim boshini ko‘tardi. «Hali vaqtlik, o‘g‘lim, yotatur», dedi. Indamadim, kiyi- na boshladim. Oyim turib, chiroq yoqdi. Kampir ham uyg‘ongan edi, g‘ivirlab turib o‘tirdi. «Yolg‘iz o‘g‘limga salom ayt, yo‘lda hazir bo‘l, otni ehtiyot q ib , deb tayinladi, duo qildi. Apir-shapir yuvin- dim-da, xurjunni orqalab, qo‘limda qamchin, ot- xonaga kirdim. Otni egarlab, xurjunni egar ustiga tashladim, keyin otni yetaklab, ko‘chaga chiqdim. Oyim: «Vaqtlik shekilli, o‘g‘lim, ehtiyot bo‘l, omon bo‘l!» deb tashvish bilan xayrlashdi, duo qilib qoldi. «Yopiray!» deb bir sakradim, bazo‘r egarga chiqib oldim. «Chuh!» deb asta qamchi urgan edim, ot jonivor yo‘rg‘alab ketdi. Ko‘chalar zim-ziyo, jimjit, hech kim yo‘q. Yuganni mahkam ushlab ketyapman. Xadraga yetganda, jin ko‘chaga — dadamning oshnasining ko‘chasiga qayrildim. Ikki tabaqali o‘ymakor eski eshik oldida to‘xtab, qamchi dastasi bilan eshikni shaq-shaq urdim. Jim jit. Biroz quloq solib kutdim, hech kim chiqaverma- gandan keyin qattiqroq yana ustma-ust bir necha marta eshikni qoqdim. Hech kim chiqmadi, ko‘cha qorong‘i, ba’zan itlarning hurgani eshitilardi, xolos. Kechikkan bo‘lsam, ketib qolganmikan, deb o‘yladim ichimda. Yana bir marta qattiqroq qoqib ko‘rdim-da, ortiq kutmadim, sabrim chidamadi, uning ketganligiga ishondim, «chuh!» deb otga qat- tiq bir qamchi urdim-da, jo‘nadim. Yo‘l-yo‘lakay hech kim uchramaydi, faqat unda-munda mudrab o‘tirgan qorovullar ko‘rinadi. Taxtapulda dahshatli guvullab oqayotgan Kalkovuz ko‘prigidan o‘tayot- ganimda jim jit ko‘chalarni otimning dukuri toidirib yuborganday bo‘ldi. Shunda men ham hali tong otmaganligini payqadim, «attang, shoshib- man-da, vaqtlik uyg‘onibman», dedim o‘z-o‘zimga. Ko‘nglimga vahima tushsa ham «Tavakkal!» deb otni qamchilardim. Yunusobodga o‘tdim. Daraxt- larning shovullashi, qamishlarning shatir-shutiri vahimani borgan sayin oshiradi, lekin nuqul otni qamchilayman, tezroq biror choyxonaga yetib olishni mo‘ljallayman. Onda-sonda dehqonlarning uylari ko‘rinadi, itlarning vovullagani eshitiladi. Bir vaqt qarasam uzoqda, yo‘lning chetida bir qora ko‘rinyapti, yaqinlashishim bilan u asta yo‘lning o‘rtasiga tushdi. Men yaqinlashganimda: «To‘xta, bola, shahardan chiqdingmi? — deb so‘radi mendan xunuk bo‘g‘iq ovoz bilan boshiga bostirib tel- pak kiygan, siyrak soqolli pakana kishi. — Tush otdan!» dedi otning jiloviga qoT uzatib. «Jon aka, yoTimni to‘smang, Yangibozorga ketyapman, ehti- mol hazildir, lekin otni bermayman», deyman keskin. «Yaxshilik bilan tush, boTmasa xafa qilaman! » deb xirillaydi pakana. «Xo‘p, xo‘p, hozir tushaman», deyman, lekin yuragim shuv etib ketadi, jonholatda jilovni ikkinchi tomonga qarab siltab yuboraman. Ot hurkib ketadi, sakrab depsinadi, ustma-ust qamchi solaman. Ot pishqirib, chopib ketadi, ehtimol ot ham odamning yomon sharpasi- ni payqagandir, qattiq chopadi. Orqamdan «Bad baxt!» deb qichqirgani-yu, dumalanib quvlaganini eshitaman, lekin ot bir zumda yelday uchib uzoqqa olib ketadi. Yana hamma yoq jim-jit. Faqat yura- gimning gurs-gurs urgani, otimning dukurini eshitaman. Tong endi-endi oqara boshladi shekilli, bitta-yarimta odam ko‘rindi. Endi yo‘lto‘sardan qutulganimga ishondim, otni ham sekinroq yo‘rt- tirdim. Shabada esib, osmonning cheti qizara bosh- laganda, men G‘ishtko‘prikka yetib, choyxona oldida to‘xtadim. Samovarchi o‘rnidan turib, tagidagi yamoq ko‘rpachani yig‘ishtirayotgan ekan. «Xo‘sh, saharlab nima qilib yuribsan, tinchlikmi o‘zi», so‘radi ariq chetiga cho‘qqayib yuz-qoTini yuva- yuva. «Kelmadimi?» deb so‘radim undan to‘rt yoqqa alanglab. «Kim?» dedi taajjub bilan samovarchi ariqdan boshini ko‘tarib. «Dadamning oshnasi-da, bilasiz-ku Qosim cho‘tirni?» dedim. «Ha, bilaman, e-e, vaqtlik turgansan-da, kelib qoladi, xotirjam bo‘l, uka, otni huv otxonaga boyla», deb choyxonaning yonboshidagi eski bir otxonaga ishora qildi. «0’tir, damingni ol, birpas- da choy qaynataman», dedi samovarchi. Suv quyib, o‘tin yorib, ikir-chikir ishlariga kirishib ketadi. Otni otxonaga boylab, oldiga beda tashladim, choyxonaga qaytib, yo‘ldagi voqeani ichimga sig‘dirolmaganimdan samovarchiga aytdim. Hovliqib, ko‘pirtirib gapirdim. «Rostdanmi? E, tavba, ha, shunday yomon odamlar bo‘ladi, haromilarU deb so‘kdi boshini chayqab samovarchi. U dadamni yaxshi tanirdi. «Rost, amaki, lekin xo‘p olishdim, jag‘iga o‘xshatib solardimu, qo‘rqinqiradim, yosh- man-da. Qosim aka yonimda bo‘lganda-ku, bemalol olishar edim-a!» dedim. «Xumpar-eу, yoshsan-ku!» deb qotib kuldi samovarchi, yakkam-dukkam tish- larini ko‘rsatib. Tong tamom otganda samovar burqirib qaynadi. Xurjundan bir kulcha olib burdaladim-da, ishtaha bilan yedim, ustidan issiq choyni ho‘plab-ho‘plab ichdim. Oftob chiqdi. Birin- ketin yoTchilar kela boshladi. Bir vaqt qarasam, «Assalom!» deb, otini yetaklab Qosim aka ko‘rinib qoldi. Men suyunganimdan irg‘ib o‘rnimdan tur- dim-da, unga qarab yugurdim: «E, tavba! Sho‘t- damisan?» deydi Qosim aka yoqasini ushlab. «Qiziq boTdi, bir vaqt uyg‘onsam hammayoq yop-yorug‘, shoshilinch bilan otni egarladimu, sizlarnikiga jo‘nadim. Xo‘p eshigingizni qoqdim, ichkaridan birorta tovush boTmagandan keyin, ketib qolgan- siz, deb o‘ylabman. Yanglishibman-da, oydin ekan, tong otdi debman, qoq yarim kechada yo‘lga tushibman. YoTda biram dahshatli voqea boTdiki, hozir aytib beraman. Qosim aka, otingizni bering, boylab kelay!» dedim-u, otni yetaklab ketdim. Qosim aka hayron boTganicha qotib qoldi. «Yopiray, nima voqea bo‘ldi?» deb so‘radi u men otni boylab kelib oldiga o‘tirganimda. «Govkushga bir bosh tiqib chiqay dedim-u, lekin balki Musavoy aynigandir deb qayrilmasdan yoTga tusha qolgan edim», dedi. Men bugun boTgan gapni Qosim akaga so‘zlab berdim. Voqea shu, dedim aravakashga qarab. — E, yolg‘on gapga o‘xshaydi-ku, — dedi u ishongisi kelmay. Yo‘g‘-e, xudo haqqi, hammasi rost! — deyman gapimni uqtirib. — E, tavba! — deydi aravakash otni sekin haydab, — yomonlar ko‘p-da, ko‘p yomonlar. Men o‘zim bu yo‘llarda ko‘p yuraman, zim-ziyo kechalarda yop-yolg‘iz yuraman, ammo biror marta bitta ham qaroqchi ko‘rmadim, sira ko‘rmadim. Ot o‘g‘rilari ko‘p, deb eshitaman, lekin o‘zim yo‘liq- madim, tole-da, xudoga shukur, tole, — deydi aravakash boshini qimirlatib. Olisda ko‘kimtir, viqorli tog‘lar tizmasi ko‘rina- di, cho‘l olovday yonadi, o‘tlar, gullar hammasi qovjiragan. Xullas, chang yuta-yuta nihoyat bir manzilga yetamiz. Birdan bu yerda ham bir voqea ro‘y beradi. Katta bir karvon, necha-necha aravalar Yangibo- zordan bug‘doy ortib kelgan ekan, to‘satdan bir ot kasal bo‘lib o‘lib qolibdi. Aravakashning xo‘jayini semiz, sersoqol o‘rta yoshli kishi jahldan bo‘g‘ilib qichqiradi: — Aytmadimmi, dayus, otni yeding! Shoshma, jazzangni beraman, haromi, itvachcha! Yigirma bir-yigirma ikki yoshlardagi yuvoshgina aravakash yigit: — Xo‘jayin, faqir odamman, hech gunohim yo‘q, — deydi ko‘z yoshlarini to‘kib. Men aravakash boyoqishga achinaman. Shu topda otning boshida to‘dalanib turgan aravakash- lardan keksagina bir kishi engashib otni ko‘ra boshlaydi: — Bas-bas! — deydi bo‘ynini tiklab, yosh aravakashga. — 0 ’ldi, vassalom. Ehtimol, nuxala bo‘l- gandir, ehtimol, boshqa bir darddir, ishqilib o‘ldi- da, yig‘laganning foydasi yo‘q. Lekin, chirog‘im, bu yuvosh bola ekan, — deydi keksa aravakash otning egasiga qarab. — Bu mo‘min bola, tegma. — Mo‘min emish-a, bu bachchag‘ar, lavashang, otning tilini bilmaydi, haromi! — qichqiradi xo‘jayin bolaga do‘q qilib. Birdan u aravakash yigitchani shaq-shaq ura boshlaydi. Men yigitchaga achinaman, yig‘lab yuboraman. Keksa aravakash oqarib ketadi. Darrov yigitchani chetga oladi-da, xo‘jayiniga g‘azab bilan qichqiradi: — Alam qildimi, mo‘ltoni, otning xuni kerak bo‘lsa men beraman! Xo‘jayin indamaydi, xo‘mrayib jim qoladi. — Bas, buning yukini ikki qopdan bo‘lib aravalarga ortinglar-da, g‘ir etib Toshkentga ravona bo‘linglar. Ishning ko‘zini bilish kerak, — deydi keksa aravakash. Ikki kun yo‘l bosib, oqshom paytida Yangibozorga yetamiz. * * * Yaktak ustidan uzun kamzul kiygan dadam quvonganicha yugurib kelib meni qarshi oladi. — Yur, ketdik, nosvoychi bor-ku, o‘zing bilasan, chaqiryapti, — deydi kulib dadam. Dadam bilan ikkovimiz go‘ng bosgan, iflos va chang ko‘chalardan nosvoychinikiga qarab ketamiz. Oqshom tushgan, osmon yulduzlarga to‘lib ketgan. Qarshimda oqshom yulduzi porlaydi. Men yul- duzni zavq bilan tomosha qilaman. Ufqqa mayin atlas urtilgan, uzoqda ulug‘vor qad ko‘targan Qozig‘urt xo‘mrayib turibdi. Dadam ikkovimiz Karim nosvoychining hovlisi- ga kirib borsak, u tashqaridagi supasida bir necha bazzozlar, baqqollar bilan o‘tirgan ekan. Nosvoychi bizni ko‘rishi bilan iljayib kulib, o‘tirgan joyida qo‘lining uchini uzatadi. Bizdan so‘ng yana uchta-to‘rtta do‘kondor kirib keladi. Oriq-tiriq, ziqna, ko‘pchiligi pastkash odamlar. Bular bilan bultur yozda kelganimda ta- nishganman. — Musavoy, Toshkentda nima gap? — deydi cho‘tirnamo bir baqqol og‘zidagi nosvoyni qo‘li- ning uchiga olib irg‘itarkan. Men u yoq-bu yoqdan gapirib, so‘ng ohista deyman: — Toshkent tinchlik. Ammo zamon og‘ir, becho- ra xalq qiyinchilik tortyapti, qorinlari nonga to‘ymaydi. Mastiravoylar g‘azabda, ishqilib, yurt bejo. Ish sakkiz soat bo‘lsin, ish haqi ko‘paytirilsin, deb talab qilishayotganmish. Non, go‘sht yo‘q... — Eha, shunaqa degin, o‘g‘lim, — deydi keksa baqqol. — Nekalay taxtdan tushib ish rasvo bo‘ldi. Ammo xalq, qonxo‘r zolim Nekalay taxtdan tushdi, la’nati oq poshsho tamom bo‘ldi, deb ura-ura qilgan edi. Biroq, mening fikrimcha, oq poshsho yaxshi edi, odil edi, lekin siyosatli edi. Odamlar qo‘rqardi. Palisaning qo‘lida hamisha qamchi hozir bo‘lganidan tartib-intizom joyida edi. Hozir-chi? Tartib buzildi! — To‘g‘ri, to‘g‘ri! Boshboshdoqlik boshlanib ketdi, — deydi sepkil bashara cho‘tirnamo baz- zoz. — Vaqtli hukumat ishni bo‘sh olib boryapti. Aqcha masalasi xurjun, Kerenskiyning puli arzi- maydigan qog‘oz, juda kichkina, mana munchagi- na, — deydi u qo‘li bilan ko‘rsatib. — Aqcha degan basavlat boiishi kerak, axir. — E, buzildi tartib, to‘g‘ri aytasiz. Narx- navo, o‘zingiz bilasiz, kun sayin ko‘tarilyapti, — deydi past bo‘ylikkina, ko‘zlari qisiq olifta kishi. — Turkiston o‘lkasida huquq ishlariga odil ulamolar boshchilik qilib, diniy huquq, shariat masalalari o‘shalarga topshirilarmish. Bu og‘ir, jiddiy masala. — To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deb ma’qullashadi hamma do‘kondorlar. — Fuqaroga ahli ulamo rahbarlik qilishi kerak!.. — Yo‘q, unday emas, ishchilar, mehnatkashlar yurtni o‘zimiz idora etamiz, deydilar. Zolim Nekalaydan qutulganimiz yomonmi?! Xalqni ezdi- ku xo‘p, — deyman astoydil kuyunib. Dadam bo‘lsa churq etmay o‘tiradi. Keyin hech kimga murojaat qilmay vazmin gapiradi: — Xudoyi taolo xalqqa tinchlik bersin, zamon qaltis! — Keyin ta’kidlaydi: — Lekin xalqdan chiqqan bilgichlar axir to‘g‘ri yo‘lni topadi-da! Birdan mezbon norin olib kiradi. Do‘kondorlar «Bismillo!» deb o‘zlarini ovqatga uradilar. Men qornim och bo‘lsa ham uyalib, noringa har zamon- da bir qo‘l uzataman. Sur va sho‘r go‘shtdan qilin- gan norinni xo‘p yegach, ustidan besh-o‘n choynak choy ichadilar. Fotiha o‘qilgach, hamma o‘rnidan qo‘zg‘aladi. Xira chiroq miltillab yonib turgan kimsasiz samovarga qaytib kelamiz. — O-ho, keldingizmi, Musavoy! — deydi birdan qayoqdandir paydo bo‘lgan toshkentlik samovarchi va piyola-choynaklarni yig‘ishtira boshlaydi. Namatlari eskib ketgan, tor va pastakkina bu choyxona yakshanba — bozor kunlaridan tashqari deyarli yopiq turadi. Dadam shu yerda yotadi. Mana, uning yoniga men ham qo‘shildim. Dadam birdan samovarchiga buyruq beradi: — Musavoyga joy solib ber, ozodaroq yostiq qo‘y. Samovarchi menga qirq yamoq ko‘rpa bilan yostiq olib keladi. Charchaganimdan yostiqqa bosh qo‘yishim bilan uxlab qolaman. — Musavoy, tur! Bozor boshlandi-ku, — meni uyg‘otadi samovarchi ertalab. Tursam qo‘y bozori g‘ala-g‘ovur, qiy-chuv. Qo‘ychi qozoqlar ko‘chani changitib, qo‘y-echkila- rini haydab kelmoqdalar. Men yangi do‘ppi, eski- gina yengil kamzulimni kiyaman. Lekin odatdagidek yalangoyoqman. Bozorni kezaman. Bir vaqt qornim ochib samovarga qaytib kelaman. — Lekin bozor sust, — deydi samovarchi. — Ko‘rdingmi, bu yer cho‘l-biyobon, oftob yer-u ko‘kni yondirib yuboraman deydi... — Toshkent boTmaydi, dala yaxshi, — deb e’tiroz bildiraman men. — Havosi toza, baland- baland tepalar ko‘rinib turadi. Menga dala yoqa- di, — deyman ko‘k choyni ho‘plab-ho‘plab. * * * Dadam har kuni gazmol, bo‘z, ip-igna to‘la xur- junini yelkasiga tashlagancha azonlab otda chiqib ketadi. Tentirab yurib oqshomda horib-charchab qaytib keladi. Seshanba va shanba kunlari qozoqlar bozor qilmaganliklari uchun dadam bo‘sh bo‘ladi. 0 ’shanday kunlardan biri. Dadam bu yerdagi qozoqlar uchun kiyim tikadigan bitta-yu bitta mashinachi do‘sti bilan suhbatlashib o‘tiradi. Men bir chetda odatdagidek eng katta orzum — toycha haqida xayol surib o‘yga tolganman. — Sabr qil, sabr kerak, tentak, — deydi dadam. — Olib berasizmi? Rostdanmi? Qachon olib be- rasiz? — deb xarxasha qilaman men. Xunukkina, qotma, oriq mashinachi menga qarab sekin shivirlaydi: — Yaxshi toycha bor, suluv toycha!.. — deb meni quturtiradi. Men bo‘lsam ishonib, dadamga yig‘layman. Dadam do‘stiga qarab jahli chiqib, uni koyiydi: — Qo‘ysang-chi, yosh bolani taltaytirib nima qilasan! Aqcha kerak avvalo! Mashinachi kulib menga gapiradi: — Bir hisobda, hali ot minolmaysan, oriqsan, cho‘pdaysan, otdan uchib tushasan. Ozroq semir, xumpar. Bo‘za ichsang semirasan. Bo‘za dori bo‘ladi, qozoqlar doimo bo‘za ichadi. Dadam boyoqish ham uning gapiga qo‘shiladi: — To‘g‘ri, o‘g‘lim, men ham ichganman. Haqiqatan ham foydasi bor. Ertasiga dadam: — Yur, o‘g‘lim, otlan! — deydi. — Bo‘za ichib kelamiz. Men sevinib ketaman. Dadam meni otiga min- gashtirib oladi. Baland-pastliklar, jarliklar osha o‘tib qirga qarab yuramiz. Havo nash’ali. Qirda o‘t-o‘lanlar qovjiragan bo‘lsa-da, jarliklar va ba’zi joylarda hali ko‘m-ko‘k. Yam-yashil qamishzor yonidan o‘tamiz. 0 ’mrovli, kelishgan semiz ot to‘da-to‘da yilqi uyurlari ko‘ringanda kishnab qo‘yadi. Dalada qo‘y-qo‘zi, mollarini boqib yurgan erkaklar, ayollar, bolalar uchrab qoladi. — Assalom alaykum, o‘tog‘asi! — deb salom berishadi ular dadamni ko‘rib. — Vaalaykum assalom! Hormanglar! — deydi astagina kulib dadam. Ko‘p yo‘l yurgach bir o‘tovga yetib borib, otdan tushamiz. Pastda bir ariq suv oqmoqda. Tepada chumchuqlar g‘ij-g‘ij uya qurishgan. Men aylanib yuribman. Birdan katta qozonda bo‘za qaynab tur- ganini ko‘rib qolaman. 0 ’choqqa o‘t qalab, issiqdan bo‘g‘riqqan ikki xotin qozonni kovlamoqda. Dadam qichqirib meni o‘tovga chaqiradi. Men yugurib ichkariga kiraman. 0 ’tovda o‘tirgan olti- etti kishiga salom beraman. — Kel, chirog‘im, o‘tir. Bo‘za ich, — deydi siyrak soqolli savlatli bir chol. Asta dadamning yoniga o‘tiraman. Shu payt eshikdan qoshlari o‘sgan, ko‘zlari qisiq, qora mo‘ylovli, novcha bir kishi kirib keladi. Menga qarab jilmayadi: — Ha, jiyan, bo‘za ichgani keldingmi? Bizda bo‘za ko‘p, serob. — Amaki, bo‘za achchiq bo‘ladimi? — deb so‘rayman men jonlanib. U menga yana jilmayadi: — Tort, jiyan. Kayfi yaxshi bo‘ladi, chiroq. Dadam unga qarab kulib gapiradi: — Kosani to‘latib ber, ichsin. Haligi yigit menga bir zarang kosada limmo-lim bo‘za uzatadi. — Ich, chiroq, ich, — deyishadi o‘tovdagi qozoqlar. — Foydali, arshi a’loga chiqasan, ich, — deydi boyagi chol meni qistab. Qo‘lansa hid burqib turgan bo‘za lim to‘la kosani qo‘limga olib birdan ko‘taraman, achchiq ekan. Yarmiga yetganda kosani yerga qo‘yaman. Qozoqlar xaxolab kulishadi. — Yaxshi ichding, bolakay, yaxshi, yaxshi... — Mazang yo‘q, — deydi dadam. — E, hidi yomon, zahardan ham achchiq ekan, — deyman men og‘zimni qo‘llarim bilan artib. Menga darrov bo‘g‘irsoq berishadi. Bo‘g‘irsoqni maza qilib yeyman. — Qorning ochgan ekan, bo‘zaga bo‘g‘irsoqdan sol, — deydi dadam kulib. Men bir hovuch bo‘g‘irsoqni olib zarang kosada- gi bo‘zaga solaman, kayfi taraq bir kishi do‘mbi- rani chalib yuboradi. Men diqqat bilan tinglayman. Kuy juda yoqimli, atrof-tevarakdan kelgan ayollar, kuy tinglamoqdalar. Do‘mbirachi qadimgi qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. Goho hazil, kinoya, uchuriq so‘zlarni qo‘shib qo‘yadi. Qozoqlar bo‘zani ichib, do‘mbirani zavq bilan tinglaydilar. Ba’zi bir joylarda bo‘lsa, zavq-shavqdan turli xi- toblarni qichqirib aytadilar. Men bo‘zadan biroz mast bo‘lib dardli, hazin qo‘shiqlarga quloq sol- moqdaman. — Qani ich, ich! — deb qo‘yadi dadam meni qistab. Men ikkinchi kosani arang ichaman. Biroz o‘tir- gach o‘tovdan chiqaman. Qozoqlar men bilan hazil- lashib xayrlashadilar: — Har kuni kelib tur, chiroq. Otga minib Yangibozorga jo‘naymiz. * * * Do‘konlardagi baqqollar jazirama issiq va g‘uv- g‘uv pashshadan yelpig‘ich bilan jon saqlaydilar. 0 ’spirinlar va yigitlar ermak uchun shashka o‘ynaydilar. — Aka, uring, uring birato‘la ikkita shashkasi- ni urib oling, — deb qo‘yaman shivirlab va turtib o‘yinchilardan birini. Ba’zilari menga o‘qrayib: — Jim o‘tir-e, — deb qo‘yishadi. Lekin ayrim o‘spirinlar astoydil xunob bo‘lib, diqqatlik bilan haydashadi: — Bor, bor, uka, xalaqit berma! Toshingni ter! Men azbaroyi zerikkanimdan tovuqlar bilan xo‘rozlarni qiyqirtirib quvlab yuraman. Tutib olsam, yangi tanishgan o‘rtoqlarim bilan birgalik- da tarafm a-taraf bo‘lib urishtiramiz, deb xo‘roz- larni quvganim-quvgan. Lekin ular tutqich ber- maydi. Bir kun azonda dadam: — 0 ’g‘lim, yur, juma boramiz, bugun bozor, — deydi. Men darrov eski qalpog‘imni olib, kir yakta- gimni kamzulim ustidan kiyib olaman. Dadam katta xurjunga ikir-chikir mollarni joylashtirib egar ustiga tashlaydi-da, otga irg‘ib minadi. Oyoqlarini uzangiga tirab: — Qani, mingash! — deydi shoshirib. Egarning orqasidagi ko‘rpachaga joylashib o‘tiraman. Ot o‘zi bilganidek yurib ketadi. Qir va tepaliklardan oshib taxminan ikki soatlardan keyin bozorga yetib boramiz. Bozor biyobonga joylash- gan. Uzoq-uzoq cho‘l-u dashtlardan keladigan qozoqlar bu yerdan kam-ko‘stlarini bitirib ketadilar. Kattagina qizg‘in bozor. Toshkent, Chimkent, Yangibozor va boshqa joylardan o‘zbeklar otlarga ortib gazlama, bo‘z, turshak, yong‘oq, jiyda, mayiz, har xil ip-igna, lampashisha kabi ikir-chikir mollarni olib keladilar. Hozir bozor ayni avjida. Men otni bir chetga bogTab, oldiga beda solaman- da, tepa bo‘ylab bozorni aylangani ketaman. Kiyimlari bashang, oyoqlariga puxta etik kiygan qozoq biylari, boTislari va qo‘ychi boylar viqor bilan ot ustida yuradilar. Ba’zilari unda-bunda to‘dalashib chordona qurgancha sekin suhbatlashib o‘tirishadi. Ammo ularning cho‘ponlari, ayniqsa qarollari nochor, och-yalang‘och, hollari juda ham ayanchli. Keza-keza ot bozorga boraman. Bu yerda savdo sust. Aylanib kirib, taxminan ikki yoshlardagi ko‘rkam jiyron otni ko‘rib qolaman. Uning qomati baland, bo‘yni adl, quloqlari tik, ko‘zlari odamning ko‘zlaridek ma’nodor va tiyrak. Xullas, unga hushim ketib mahliyo bo‘lib qolaman. Egasi otni silab-siypab atrofida aylanadi. Men asta yondashib jiyronning yuzini silayman hamda barmoqlarim bilan yolini asta-asta tar ay man. Suluv ot bo‘ynini yana ham cho‘zib, yoqimli kishnab yuboradi va oldingi o‘ng oyog‘i bilan depsinib qo‘yadi. — Necha pul, amaki? Jiyronning narxi qancha? — deb so‘rayman. Oq namat qalpoq, chakmon kiygan, bir ko‘zi sal g‘ilayroq, yum-yumaloq, semiz qozoq otning tizgi- nini qaroliga tutqazib, menga g‘oyat beparvolik bilan shoshmasdan javob beradi: — Jiyan, bor jo‘na! Otni qo‘y, tegma! Otangni chaqir, toyga ishqivoz bo‘lsang. Men qizarib-bo‘zarib unga jon-dilim bilan tushuntira boshlayman. — Qoch, qoch, tixirlik qilma, — deydi u. — E, olmaysan, ammo ot qimmat. Chop, otangni olib kelib, keyin savdosini qilamiz! Men tag‘in yopishaman. — Jon aka, narxini ayting! — deb yalinaman. Otning egasi noxushlik bilan jilmayadi. Men yaxshi bilamanki, dadam kelmaydi. *Yo‘qol, xarxasha qilaverma!» deb jerkib beradi, gapimga quloq solmaydi. Xafa bo‘lib otning atrofi- dan yana bir marta aylanaman-da, keyin xomushlik bilan uzoqlashaman. Dadamning oldida ahyon-ahyonda bitta-yarimta xaridor paydo bo‘ladi-da, gazlamalarning deyarli hammasini, bo‘z va chitlarni ezg‘ilab, cho‘zib, tor- tib, oftobga solib ko‘radi, uzoq savdolashgach oladi yoki kelisholmay tashlab ketadi. Oxir peshin. Bir lahzada hammayoqni chang- to‘zon qoplaydi. Ko‘zni ochib bo‘lmaydi, tuproq yog‘iladi. Birdan qattiq bo‘ron boshlanadi. Odam- lar tuproq buluti ichida qo‘y, echki, ot, tuya, eshaklarini qidiradilar. Birdan qayoqdandir kelgan quyun hammani esankiratib qo‘yadi. Men zo‘rg‘a turibm an. Dadam sho‘rlik xurjunga yopishib olgan. Xayriyatki, mollarini xurjunga tiqib ulgur- gan. Otni bazo‘r qidirib topamiz. — Bo‘ron birpasda bosiladi, Musavoy. Har zamonda shunday bo‘ron bo‘lib turadi, keyin birdan tinib qoladi, — deydi dadam menga tushuntirib. Dadamni ham, meni ham boshdan oyoq chang bosgan. Ko‘zim, quloq-burunlarim tuproqqa to‘l- gan. Qalpog‘imni bir qo‘lim bilan bostirib kiyib olaman. Yer va osmonni chang-tuproq quyuni chulg‘a- gan. Bir boshi osmonga yetgan, etagi yerga surgal- gan tuproq quyunlari bir lahzada paydo bo‘ladi-da, shu onda yana qayoqqadir yo‘qoladi. Bunday quyun- lar ketma-ket o‘tadi. Bir soat chamasi davom etgan qattiq bo‘ron qanday dabdurustdan boshlangan bo‘lsa, shunday tuyqusdan tinib qoladi. Avji qiziganda buzilgan bozor endi qizimaydi. Qozoqlar asta-sekin ot-tuyalari, echki-qo‘ylarini haydab tarqala boshlaydilar. Savdogarlar, chorbo- zorga, otlariga minib Beshiktovga, Qoratoshga, Yangibozorga, Chimkentga qarab yo‘l oladilar. Dadam bilan men Yangibozor emas, boshqa tomonga qarab jo‘naymiz. Uzoq yuramiz. Mening qornim och, otamning qovog‘i soliq. Goh-goh cho‘ntagidan shishasini olib nos otadi. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovullatib, botib bormoqda. Mayin shabada esadi. Unda-munda ovullar ko‘rinib qoladi. Kelinchaklar va qizlar suvga, mollarni qarshi olgani ketmoqdalar. Boshlariga katta-katta lachak o‘ragan kelinchaklar sirg‘a, munchoqlar bilan bezanganlar. Qizlarning boshlarida loladay durrachalar. Har qayer-har qayerda bedanalarning sayrashi eshitiladi. Bedana deganda o‘laman, bu ham menga tekkan kasal. Ayniqsa uzoqdan sayrashini yaxshi ko‘raman. 8—4452 — Qarang, bedana, bedana! — deyman parr etib bedana uchgan tomonni dadamga ko‘rsatib. — Bedana serob ekan. Qarang, huv ana, bedana past- ga sho‘ng‘idi! Dadam to‘ng‘illab qo‘yadi. Sermanzara dalalarni tomosha qilib boraman. Suvi shishadek ko‘m-ko‘k kichkina ariq qayoqqadir shildirab oqmoqda. Bir chaqirimcha joydan qozoq ovuli ko‘rinadi. Sigir-buzoqlar, ayniqsa qo‘y-qo‘zi, echki-uloqlar ko‘p. To‘da-to‘da bo‘lib yurishibdi. Xotin-xalaj sigirlar va sovliqlarni sog‘moqda. 0 ’choqlarga qalangan tezak tutuni oqshom osmoni- ga o‘rlamoqda. Dadamning chehrasi ochilib jilmayadi. Ovulga yetgach bir o‘tov oldida otdan tushamiz. Xotinlar bukilib salom berishadi. 0 ’tovdan keksagina bir kishi chiqib keladi. — Assalom alaykum! — deb biz bilan so‘rashadi. — 0 ’g‘lim, o‘g‘lim bu, lekin sho‘xroq, — deydi dadam. Choi qo‘l olib ko‘rishgach, ichkariga taklif qiladi: — Qani o‘tovga kiringlar, marhamat! — deydi. Dadam xurjunini orqalab o‘tovga kiradi va uh tortib o‘tiradi. Men ham darhol o‘tirib olaman. 0 ’tov o‘rtacha, lekin ozoda. Taxminan olti va sak- kiz yoshlardagi ikki bola nimanidir o‘ynab o‘tiribdi. Darrov urishib qolib to‘polon ko‘tarishadi-da, qayoqqadir chiqib ketishadi. Dadam u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tirgach, birdan cholga qarab buyuradi: — Darvoqe, otga yem bering, och qolmasin. — Xo‘p, o‘tog‘asi, hozir-hozir, — degancha chol o‘rnidan turib chiqib ketadi. Men g‘alati bo‘lib ketaman. — Uyat-ku, dada! — deyman. Dadam xaxolab kulib yuboradi, menga sekin uqtiradi. — Bularda yem-xashak mo‘l bo‘ladi, o‘zlarining fe’llari keng bo‘ladi, tentak. Men o‘ylanib qolaman. Dadam kulib gapida davom etadi. — Rasmi, ovulga mehmon kelsa — tanishmi, notanishmi, otdami, piyodami, sovuqdami, issiqda- mi, qor bo‘rondami baribir — qozoqlar uni yaxshi qabul qilishadi. Cho‘p, beda, tayyor. Bor ovqatini oldingga qo‘yadi, kambag‘almi, boymi — holicha. Azaldan beri bu narsa qozoqlarga odat bo‘lib qol- gan. Men u yoq-bu yoqqa alanglab sandiqlar, qutilar, sholcha, namat, o‘tovning qanot va keragalarini ko‘zdan kechirib, otamga gapiraman. — Tuzuk o‘tov ekan, o‘rtahol odamlarga o‘xshaydi. — Ehtimol, sigir-buzoqlari, qo‘y-qo‘zilari ko‘proq ko‘rinadi, — deydi dadam. Chol kirib dasturxon yozadi. Bir kosachada sariyog‘ bilan tovoqda bo‘g‘irsoq qo‘yadi. Meshni urib-urib, kattakon zarang kosada dadamga qimiz tutadi. Dadam «Bismillo!» deb qimizni ishtaha bilan ko‘taradi va zarang kosani bo‘shatib cholga qaytaradi. Qornim ochligidan men bo^’irsoqni oshalab yeyman. Chol kosani menga uzatadi. — Ich, yigit, ich, — deb undaydi. Simirib ichaman, lekin yarmiga yetganda kosani dasturxonga qo‘yaman. — Voy, juda achchiq ekan! — Mazang yo‘q-ku, yigitcha! — deydi kulib chol. — Toshkentlik-da. Toshkentda qimiz yo‘q, o‘rganmagan, o‘tog‘asi, — deydi dadam cholga murojaat qilib. — 0 ’rganib qolar. Lekin o‘g‘lim savodli, xat yozishni, kitob o‘qishni biladi, qur’on- ni yoddan sharillatib o‘qiydi. — Voy-bo‘, rostdanmi? Bilgichmisan? Ilm yaxshi narsa. Bizlarning birontamiz ham xat tani- maymiz. Eshikdan jengasha bir lagan beshbarmoq ko‘tarib kiradi. Xamiridan go‘shti ko‘p ovqatni ishtaha bilan birpasda yeb, fotiha o‘qiymiz. Men asta turib tashqariga chiqaman. Osmonda g‘ildirak bo‘lib qolgan oy. Onda-sonda xira chiroq- lar, miltillagan o‘t ko‘rinadi. G‘ir-g‘ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. Allaqayerdan o‘lan yangraydi. Itlarning tinmay vovillashi eshitiladi. Goho echkilar va qo‘ylar ma’rab qoladi. Bizning otimiz ho‘l bedani kasir- kusir chaynamoqda. Uzoq yuraman, hislar va o‘ylarga botaman. Yulduzlarga qarayman. Hislarim va xayollarim bit- mas-tuganmas. 0 ’tovga kirib o‘zimni o‘ringa tappa tashlayman. Tongda uyg‘onsam dadam yo‘q. Mezbon chol namoz o‘qib bo‘lgach, menga kulib deydi: — Dadang seni tashlab, qochib ketdi! Men g‘alati bo‘lib ketaman, lekin darrov hazilni payqayman-da kulib yuboraman: — Yolg‘on, payshanba bozoriga ketgandir? — Tur chirog‘im, — deydi mezbon chol kulib. — Havo juda yaxshi. Ariqdan sharqirab suv oqib turipti, muzdek. Yuvinib ol. 0 ’rnimdan turib tashqariga chiqaman. Quyosh bulutlarni oltin rangga bo‘yab tog4 orqasidan ko‘tarilib kelmoqda. 0 ’tovning orqasidagi jarlikka tushaman. Jildirab oqayotgan suv yaxdek. Maza qilib yuvingach, o‘tovga qaytib kiraman. Bo‘- g‘irsoq va qatiq bilan nonushta qilgach, xotin-xalaj bilan birga yovshan tergani ketaman. Uzoqdan qo‘y-qo‘zilar ko‘rinadi. Qirlar bo‘ylab chopaman. Bir cho‘pon cholning oldida to‘xtayman: — Assalom, jeka! Boshiga kir qalpoq kiygan, egnida juldur, qo‘pol chakmon, oyog‘ida yamoq choriq, ko‘zlari ma’- nodor, yuzi serajin, siyrak soqol oriq chol menga tikilib so‘raydi: — Qaydansan? — Toshkentdan. Elatlarga keldik, — deyman tetik holda. Ikkovimiz yonboshlagancha, u yoq-bu yoqdan so‘zlashib yotamiz. — Jeka, ay ting-chi, bo‘ri bormi bu joylarda? — so‘rayman qiziqib. — 0 ’ybayov, bor. Kelib turadi, chiroq. Men jonlanaman. — Jon jeka, ay ting, bo‘ri qanday bo‘)adi? Qo‘yni birdan bo‘g‘ib o‘ngarib ketarmish-a? Chol kulib so‘raydi: — Ko‘rmaganmisan? Bo‘rini hech ham ko‘rma- ganmisan? — Yo‘q-yo‘q, hech ko‘rgan emasman. Aft- basharasi qanaqaligini buvim, oyim, o‘rtoqlarim- dan ko‘p eshitganman. Ular ham ko‘rmagan, boshqalardan eshitgan-da. Chol nosvoyini tuflab biroz o‘ylanib turgach, gapirib ketadi: — Awalo qashqirni sartlar bo‘ri deydi. Qashqir yovuz narsa, qashqir desa cho‘ponlarning joni halqumiga keladi. Bo‘ri zoti qo‘yga o‘ch bo‘ladi. Qo‘y yovosh maxluq. Bo‘ri asta-sekin keladi, qo‘y- larni ko‘zdan kechirib, payt poylab yotadi-da, keyin lop etib bo‘g‘adi-yu, o‘ngarib jo‘nab qoladi. Cho‘ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo‘ridan ayyor. Bir xil itlar borki, bo‘ri bilan tik olishadi. Bo‘ri to‘g‘risidagi qiziq hangomalar ko‘p, o‘g‘lim, eshitaverasan. Men angrayib qolaman. — Qani, amaki bittasini gapirib bering. Bo‘rilar otga ham, eshakka ham o‘zini otarmish. Shu rost- mi? — To‘g‘ri, o‘g‘lim. Och qolsa bo‘ri nihoyatda vahshiy bo‘lib ketadi. Otni ham, eshakni ham yeydi. Men bilag‘on bu donishmand cholni birpasda yaxshi ko‘rib qolaman. Ammo suhbatimiz buziladi. Birdan ikkita otliq kishi paydo bo‘ladi. Biri o‘ttiz besh-qirq yoshlarda, kiyimlari bashang, yalpoq yuzli, xo‘rozdek qip-qizil, ko‘zlari yomon. Ikkinchisi siyrak mo‘ylov, qotma, yosh yigit, qam- chisini havoda o‘ynatadi. Darrov o‘rnimdan turib salom beraman. Ular menga qarashmaydi ham. nimadir deb ming‘irlab qo‘yadi. Chol asta-sekin o‘rnidan turadi. — Xo‘sh, nega mollarni o‘z holiga tashlab qo‘yib, ezmalik qilib o‘tiribsan? — deydi yigit cholga qarab. — Taqsir, mollar bemalol o‘tlab to‘yib yuriship- ti, cho‘ponlar ham shu yerda...— deydi chol biroz dovdirab. — Ha, qayerda daydib yuribsiz? — deb so‘raydi o‘zini darrov tutib olgan chol. — Ehtimol, Turbatda yurgandirsiz, qimorga tikilgan bo‘lsa kerak butun hamyon, kissa bo‘sh, xurjun bo‘sh, endi alamni bizdan olyapsizmi? — Qari it, sening nima ishing bor? Mening molimga sen xo‘jayinmisan? — g‘azabdan qizargan boyvachcha qamchisini havoda g‘izillatib aylantira- di. — Soqolingning oqi bor-da, bo‘lmasa... — Otangiz rahmatlik xo‘p molni topdi, — deydi chol boyvachchaning g‘azabiga nihoyat beparvolik bilan. — Siz bo‘lsangiz yelga sovuryapsiz, oxiri xayrli boisin, chiroq. Otangiz rahmatlik qarollarni aldab-avrab ishlatishga usta edi. Men qarib qoldim, ish boshimdan oshib yotipti. Kampir bo‘lsa xotin- laringiz oldida doim xizmatda, insof qiling. Otangiz rahmatlik pishiq edi, ammo uncha-muncha aqcha berib turardi, siz bo‘lsangiz, hemiri yo‘q, nuqul do‘q qilasiz. — Bas-bas, ezma chol, sendan boshqa quriptimi, qashshoq ko‘p, bukilib, xizmatingizga tayyorman deb kelaveradi! — deydi kekkayib boyvachcha. — Bu sartning o‘g‘li nima qilib yuripti? — so‘radi menga imo qilib. — Toshkentlik bola, — deydi ikkinchi otdagi yosh yigitcha, — bular kichkintoy bo‘lsa ham shum, ayyor bo‘ladi, qarang, churq etmay gap tinglab turipti. Men indamay jahlimni bosib turgan edim. Endi g‘azabim toshib ketadi: — Boy aka, oppoq soqolli chol odamni so‘kkaningizga hayronman. Ota bilan birpas suhbat qildim, aqlning koni... — Bo‘ldi, mahmadona, yo‘lingdan qolma! — qichqiradi menga olifta boyvachcha. Olishib o‘tirishni istamayman, foydasi yo‘qligi- ni bilaman, ta’bim ancha xira bo‘lib, allaqanday xayollar bilan asta ovulga qaytaman. Ovulda yigit- lar, o‘spirinlar, o‘z tengim bolalar ko‘p. Men ular bilan juda tez tanishib olaman. Otda, eshakda, xachirda ular bilan birga uzoq-uzoqlarga —yilqi- lar, qo‘ylar boshiga boraman. Xotinlar, bolalar bilan tezak teram an, o‘tin yig‘aman. Bular samimiy, pok ko‘ngilli, mehmondo‘st, vafodor odamlar. Uch kun o‘tgandan keyin dadam qaytadi. — Qalay, qimiz ichishni o‘rgandingmi? Bir mazasiga tushunib olsang, keyin xumor qiladigan bo‘ladi, — deydi dadam yelkamni quchib. — Yaxshi yuribman, o‘rtoqlarim ko‘p, — javob beraman. — Shunday joylarda yursang turm ushni bilasan, ovulda yashashning o‘zgacha kayfi bor. Dadam choy ichib birpas rohatlangandan keyin, xurjunidan bir dumaloq choy, bir hovuch qandni uyxo‘jasiga berib xayrlashadi, otga mingashib Yangibozorga jo‘naymiz. Yangibozorda ortiqcha hayallamay Toshkentga ketaman. Ertasigayoq jildimni bo‘ynimga osib maktabga yalqovgina boraman. Machit hovlisidagi zaxgina bir yerda, suv yoqasida o‘tirib dars o‘qiymiz. Tor boloxonada qorilar, biri ko‘zi yumuq, biri osmonga tikilgan, boshlarini tebratib, Qur’on yodlaydilar. Domlam bir lahza ko‘zdan nari bo‘lsa, darrov o‘tgan-ketgan voqealardan, oldi-qochdi gaplardan boshlab yuboramiz. Ustida ola bayroq to‘n, boshida katta salla, oyoqlarida yangi mahsi-kavush, g‘arch-g‘urch yurib domlam kirib keladi. To‘rdagi eski ko‘r- pachaga o‘tirgandan keyin menga qaraydi: 231 — Tag‘in Yangibozorda tentiradingmi? — Ha, taqsir, sahroda yurdim. Turmushning mashaqqatini, achchiq-chuchugini totdim... Domlamning ensasi qotadi, indamaydi, keyin bir zumgina jim bo‘lgan bolalarga buyuradi: — 0 ’qinglar darsni, qani! Bolalar gulduros bilan darsni boshlab yuboradi- lar. Men Fuzuliyning go‘zal she’rlarini qayta-qayta berilib o‘qiyman. — Chirog‘im, — deydi yumshoq tovush bilan domlam, — oldingga ol bularni, picha sabog‘ini o‘rgat, — kichkinalardan bir necha shogirdlarni ko‘rsatadi. — Jonim bilan, xo‘p taqsir, — deyman, oldimdagi kitobni avaylab yopaman. Domlamni juda hurmat qilganimdan menga nima ish buyursa astoydil bajarishga tirishaman. Domlam dars orasida goho zamondan shikoyat qiladi, yomonlarning, olchoqlarning ko‘pligini aytib: «Xudoyim oson qilsin mushkullarini!.. Ulamolarni izzat qiling, shariatni, oxiratni o‘ylang, ahli ulamo — xalqning yolg‘iz rahbari», deydi. Peshinda ozod bo‘lamiz. Tutqundan xalos bo‘lgan qushdek bir zumda duv etib hammamiz tar- qalamiz. Ammo katta bolalar uchun bu faqat «non xo‘rak». Ular qaytib, yana allamahalgacha xat mashq qiladilar. Yaqindan beri men ham xat yozishni o‘rgana boshlaganman. Keyin odatdagidek ko‘chada, tomda, guzarda vaqt o‘tkazaman. Tur- g‘un, A’zam, Hoji hamisha birga bo‘lamiz. Lekin boy bolalari bilan o‘ynagani sira hushim yo‘q. * * * Govkush mahalla ahlining aksariyati kosib. Ahmad bilan A’zam ikkovlari kosibga shogird tushganlar. Men zerikib, tez-tez ularning oldiga borib turaman. Kosib baqaloq, semiz kishi. Qo‘llari bir zum tinmaydi, doim ishda, lekin o‘zi sho‘x, ulfat, gap biladigan so‘zamol odam. Bir kun ustaxonaning ostonasiga qadam qo‘yishim bilan Ahmad o‘rnidan chaqqon turdi-da, tokchadan bir qalin kitobni avaylab oladi. — Ko‘r buni! — deydi menga uzatib. Qiziqib varaqlayman. — Qayerdan olding? Yangi-ya juda? — deyman kitobning muqovasini ushlab. — Topdim-da, — deydi Ahmad kulimsirab. — Pul yig‘ib-yig‘ib oldim axir. — Qani, bir o‘qib yuboring, mulla, eshitaylik, yaxshi kitob, nuqul jang, — deydi usta ko‘zoy- nagini tuzatib. Bu kitob forschadan tarjim a qilingan bo‘lib, unda xurofiy qissalar, turli janglar, sherlarday pahlavonlar, o‘q-yoy va qalqonlar, dahshatli urush- lar hikoya qilingan. Ahmad kavushga cho‘p mixni qoqa-qoqa jim quloq soladi, jiddiy berilib tinglaydi, go‘yo xayolida mag‘zini xo‘p chaqib o‘tirganday. A’zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tika- di, ammo o‘zi hayajondan, o‘qtin-o‘qtin yurakdan uh tortadi. «Azamatlar-ey!», «Otlari bulutday-a!» deb qo‘yadi. Men to‘xtamay o‘qiyman. Pahlavonlarning dahshatli tig‘i, o‘qlarning uchishi, qalqonlarning va nayzalarning jangi! Haqiqiy mard pahlavonlarning bemisl mohirligi, ayyorlarning hiyla- nayranglari... — U zamonning odamlari go‘yo devday, bosh- lari qozon, bo‘ylari osmonga yetadi, kiftlari ikki toqqa ko‘prik bo‘larkan. Bora-bora mushukday bo‘lib qolibmiz-da, — deydi A’zam. U jim o‘tirol- maydi, hayajoni, hislari ko‘kragiga sig‘maydi. — Bas jim o‘tir, jang avjiga chiqdi, eshitaylik axir, — deydi Ahmad noxush ohangda. Men berilib, ehtiros bilan o‘qiyman. Kitobda jang va suronlar orasida yorqin parchalar, ajoyib hikoyalar bor-ki, xayolimni allaqaylarga olib qochadi, parizodlar, malikalar go‘zalligi ko‘ng- limni sehrlaydi. Usta «puf-puf» deb charmga suv purkaydi-di, yana ezmalik bilan jonga tegadi. — Ha, Ahmadvoy, parizodning oshig‘i bo‘lib... — Usta, bir gap aytardimu, — kesadi ustaning gapini Ahmad, — lekin otamday kattasiz, ayay- man. Qani, Musavoy, Rustam Dostondan, Afrosiyobdan o‘qi! — Ha, ha, chirog‘im jonon mahbubalardan o‘qi, eshitaylik, — xiralik qiladi usta. Ustaning gaplari qulog‘imga kirmaydi. Berilib, shavq bilan o‘qiyman. Janglarda qurbon bo‘lgan bahodirlar uchun yuragim yonadi, goho yoshimni sekin artib qo‘yaman. Mag‘rur shahzodalarning dabdabali qasrlariga, saroylariga kiraman, ma’- shuqa malikalarning firoq alangasini ko‘raman, ayyor josuslardan, ularning badbashara qiyofalari- dan nafrat qilaman. Afrosiyob kabi qahramonlarga muhabbatim toshib ketadi. Shu choq eshikdan harsillagancha Turg‘un kelib kiradi. — Nima gap? — so‘rayman kitobga xatcho‘p qo‘yib yoparkanman. — Yur, tez bo‘l! Yig‘ishtir kitobingni, hammasi xurofot-e, mahallada jiqqamushtlashki, yur tez! — Mahallaning qorovulimisan yo mir- shabimisan? G‘alva qilma, tu r jo‘na! — usta jerkib o‘qrayadi Turg‘unga. — 0 ’qi, Musavoy, qani, eshitaylik. Men indamayman, kitobni tokchaga qo‘yaman- da, Turg‘un bilan ko‘chaga chiqaman. — Shayxantovurda majlis bo‘larmish, yur, o‘sha yerga boramiz, — deyman Turg‘unga qarab. — E-e, alomat bir janjal bo‘lyapti, tomosha qil- maymizmi? Rasul o‘ris mardikorlari bilan musht- lashyapti. Mardikorlar, haqimni berasan, deydi, Rasul o‘ris, bekor aytibsan, deydi. — Bas! Sening izlaganing janjal. — Shayxantovurga boshlayman Turg‘unni. Shayxantovurda — hovuzlar bo‘yida qator-qator samovarlar, madrasalar, machitlar bor. Tollar, qayrag‘ochlar ostida, odatdagidek ariqchalarda suvlar sharqirab oqib turibdi. Machit hovlisining sahniga xalq to‘plangan. Turg‘un ikkovimiz kishilarning gaplariga, ivir- shivirlariga quloq solib, biroz angrayib yurgandan keyin bir qayrag‘ochga suyanib cho‘kamiz. Ayvon- da eskigina movut yopilgan bir stol atrofida o‘n- o‘n besh kishidan iborat hay’at o‘tiribdi. Bularning hammasi ziyolilar, ko‘pchiligi jadidlar. Xalq orasida yoshlar ko‘p, uzun jujun kamzul ustidan beqasam to‘n kiygan, ba’zilarida oq kanop kamzul, razm solsam, oliftalar ham oz emas. Unda-bunda katta sallali, uzun trinka kamzul ustidan banoras yoki ola bayroq to‘n kiyganlar, lekin aksariyat kir, yirtiq yaktak kiygan, yalang oyoqlarida kavush surgagan faqir odamlar. Jadidlar Muvaqqat huku- mat ishga tushgan paytlardanoq tantana-dabdaba bilan «Sho‘royi islom» tashkil etganlar. Samar- qand, Qo‘qon, Andijon kabi shaharlarning bar- chasida bu tashkilot tuzilgan. Turg‘un ikkovimiz nutq so‘zlayotgan kishiga angrayib quloq solamiz. — Zavolli Turkiston o‘lkasi faje, rek qarong‘u zulmatda yotdik. Ammo Turkiston diyori, oltin tuprog‘imiz, buyuk daryolarimiz uzra butun olam- ga o‘rnak bo‘lgan shavkatli davr tariximiz qaytib kelar ehtimol. Lekin, afandilar, ziyolilar va xalo- yiq, chorizm istibdodidan xalos bo‘ldik. Awalo siz bilingizki, muqaddas dinimiz, pok, muqaddas shariatim iz, payg‘ambarimiz Muhammad alay- hissalom va so‘ngra shonli bayroqlarimiz, milliy ruh bilan sug‘orilgan urf-odatlarimiz bor. Muvaqqat hukumatimiz oz-moz erkinlik berdi. Afandilar, huquqimizni, muqaddas ishimizni, shavkatimizni, taqdirimizni unutmaylik, Muvaqqat hukumat oldida arz va iltimosimizni bayon etaylik. Ehtimol mushkullarimiz oson bo‘lar. Lekin, afandilar, Turkiston o‘lkasiga avvalgi shon-shavkatlar qayta- jak, asosan boylar, zanginlar va ulug‘ yer egalari birlashib, ahil va hamjihat boTib, tadbir-choralar bilan harakat aylab, shavkatimizni, baxtimizni va milliy ehtiyojimizni shoyad barpo etsak. Balki orzularimizga muyassar bo‘lurmiz. Vazifalarimiz og‘ir va mushkuldir. Islom buyrug‘i bilan bu vazi- falarni chindan berilib, inshoollo, ado etgumizdir. Afandilar, vazifa shuldirki, dinimizni muqaddas qilib, ilm va fan, handasa, falakiyot, riyozat va hokazo bilan maktablarni, madrasalarni sekin-asta borgan sari o‘stirib, yuksaltirgumizdir. Omin, xudo va payg‘ambar m ushkullarimizni oson qilg‘aylar! Notiq uzoq va’zxonlik qiladi, uning ustida kanop kamzul, boshida kir duxoba do‘ppi, ingichka mo‘ylovli, ko‘zlari qattiq, peshonasi yotiq kishi. Nihoyat u charchab, stulga o‘tiradi. Men hayron bo‘lib, jim tingladim. Lekin Turg‘un xafa bo‘ladi. — Yur, ketamiz, bozorlarni aylanib kelamiz. Bolalar oshiq o‘ynashyapti! Cholning maynasini ko‘ramiz, yur! — qistaydi u meni turtib. — Jim tur, birpas quloq solaylik, va’zxonlikni ko‘r, ana, yangisi chiqdi minbarga, — deyman qo‘llarim bilan yangi notiqni ko‘rsatib. Notiq nosvoyni tuflab «uh» deb yo‘talib oladi: u oriq, silnamo. Lekin ko‘zlari quvgina, egnida eski kamzul ustidan aynagan keng yalang qavat chopon. U tupuk sochganicha, Turkiston oTkasining xalqlari haqida ko‘p diniy iboralar keltirib uzoq so‘zlaydi. Gapning oxirida yana bir karra Muvaq qat hukumatni maqtaydi, adolatli hukumat, musul- monlarga albatta toTa huquq va ozodlik berajak, deydi, og‘ziga bir kaft nosvoyni solib o‘rniga o‘tiradi. Turg‘un jahl bilan yelkamni turtadi: — Yur, endi ketamiz, va’zxonlik chakkamga tegdi! Men churq etmay tinglab, notiqlarning har bir aytgan so‘zlarining mag‘zini chaqishga tirishaman. — Shoshma, o‘rtoq, qiziq gaplar bo‘lyapti. — Gap, gap! Buning nima qizig‘i bor! — shart- ta o‘rnidan turadi-da, qayoqqadir ketadi Turg‘un. Har bir so‘zga chiqqan notiq aw alo islom dini- ni maqtaydi, keyin Turkiston oTkasi ozodiigi, taraqqiyoti haqida gapiradi. Kimdir birov xalq orasidan qichqiradi: — Olio haqqi, bu qanday gap! Notiqlar faqat nasihatga usta. Xalq nonga zor, nasihatga emas! Ulamo hazratlar, boylar, ziyolilar nega bu haqda churq etmaydi?! Men darhol u odamni izlayman, u pastda — machitga yaqin joyda, quyuq daraxtlar tagida turar edi. Darrov taniyman, u menga tanish kosib. 0 ’ttiz-o‘ttiz besh yoshlardagi bu oriq kishi Balandmachitdagi tor, kichkina do‘konxonasida yonida shogirdi bilan sahardan to kechga qadar mahsi tikadi. Ovozi yoqimli, men uning hazin kuy- larini tinglashni, suhbatini sevar edim. Yaqin borib salom beraman, u menga qarab kulimsiraydi: — E, sen ham shu yerdamisan? — Qachondan beri tinglab o‘tiribm an, bu gaplarning mag‘zini chaqish mushkul. Ammo, usta, siz boylarni xo‘p bopladingiz! — deyman ovozimni pasaytirib. — Ket, yo‘qol! Xalqqa fitna solma! — qichqiradi bir necha kishi ustaga qarab. Albatta bular boylar. Xalqda shivir-shivir, hayajon. Boshida chiroyli o‘ralgan oppoq salla, uzun yangi jujun kamzul ustidan beqasam to‘n kiygan, past bo‘yli, qora kalta soqolli kishi o‘raid an turadi. Sho‘royi islomchilarning rahbarlaridan boTgan bu kishining laqabi — Qori. U so‘zlarni bir-bir chertib, past ovoz bilan salmoqli so‘zlaydi, katta- kichik jim boTib tinglaydi. — Afandilar, hazrat ulamo janoblari! Turkiston oTkasi asriy zulmatlardan qutulib, endi oyoqqa turmoqda. Ufqimiz endi sekin-sekin yorishmoqda. Lekin hanuz o‘t va yong‘indamiz. Hayot og‘ir, vazifalarimiz mas’uliyatlidir. Petrogradda tadbirli va ko‘p hushyor odamlar hukumat boshiga o‘tirdi, mashhur Kerenskiy janoblari ish boshiga qo‘yildi. U zo‘r berib, harbga va harbu ashyoga tadbirlar ko‘rmoqda va siyosiy, ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanmoqda. Har qalay mushkul voqealar, ancha murakkab masalalar bor. Turkiston o‘lkasi- da yashagan musulmonlar, turk avlodi buyuk ta- rixiy shavkat, tarixiy voqealar, dabdabaga ega edi bir vaqtlar. 0 ’rta Osiyo yana uyg‘ondi, ko‘zini ochdi. Farg‘ona musulmonlari, Toshkent aholisi zo‘r g‘ayrat bilan dini islom bayrog‘i ostiga to‘plandilar. Qo‘qon boylari, jadidlar, ayniqsa ulamo hazratlari shavq va zo‘r ijtihod bilan bugun ulug‘ millatimiz oldida turgan muqaddas vazi- falarimizni ado etishga bel bog‘ladilar. Lekin, afsus, ulamo jamiyatida bir necha zotlar ziyoli ahliga bo‘lmagan fisq-fasod bilan noo‘rin bo‘hton- lar, ginalar taqib, hanuz ziyon yetkazmoqdalar. Ulamo hazratlari va islomning barcha xodimlari, ziyolilar birlashib, ahil bo‘lib, tadbir va choralar izlasalar, asli maqsadga yetgan bo‘lur edik. Ziyolilar, yoshlar g‘ayrat va imon bilan ishlamoq- lari zarur, xalqni, kosiblar va ishchilarni qorong‘u zulmatdan qutqarish ularning asli vazifasidir. Birmuncha kambag‘allar va ishchilarni rus ishchi- lari turli tashviqotlar yuritib, aldaydilar. Ulamo hazratlari, jadidlar, ziyolilar, turli tadbirlar bilan musulmon ahlini tarbiyalab, dini islomni o‘rgatish ularning vazifasidir. Shunday afandilar, ziyolilar va boylar xalqni o‘rgatishi, ongini oshirishi lozim. Qimmatchilik haddan ortiq oshib bormoqda, becho- ra g‘ariblar mushkul ahvoldadir. Lekin, olloga ishonamizki, mushkullarimiz oson bo‘lib, yaqin kunlarda xalqimiz arpa-bug‘doyga yolchib qolajak. Vazifa va burchlarimiz zo‘r, masalalar muhim. Zero ulamo hazratlarining yetakchiligida bar- chamiz birga asta-sekin ishlab, shoyad maqsadimiz- ga yeturmiz. Maktablar masalasi g‘oyat mushkul masala. Eski maktablarimiz g‘oyat faje voqeadir. Ulamo hazratlarning bu yana eng zarur vazifasidir. Toshkent aholisi yangi maktab, eski maktab- ning ma’nosini tushunmaydi, lekin zamon 238 o‘zgarib, fan-ilm sohasida ko‘p yangiliklar, tilsi- motlar mavjud bo‘lmoqda. A walo maktab masalasi boylarning ishidir. Lekin boylarimiz g‘oyat bepar- vodirlar, ko‘zlari o‘z hamyonlaridan boshqa narsani ko‘rmaydi. Bu ularning omiliklaridan, fikrlari torligidan kelib chiqadi. Lekin vaqt yetdi, ilm-fan aw alo boylarning ishi. Ulamolarimiz, ziyo- lilarimiz maktab-madrasalarni munosib tadbirlar bilan yo‘lga solmoqlari lozimdir. Olio taolo yorda- mi ila bu vazifalarni chin ko‘ngil bilan, toza yurak bilan ishlasak maqsadga yeturmiz. Omin, mushkullarimiz oson bo‘lg‘ay! Unda-bunda sustgina chapak chalinadi. Qori odatdagidek iljayib o‘rniga o‘tiradi. Kech bo‘lib qolgan. Turg‘un aylanib yurib yana yonimga keladi. Ikkalamiz Oqmachit tomonga yuguramiz. Men uyga kiraman, onam sho‘rlik sho‘rva qilgan ekan, jahlim chiqib: «Yog‘i yo‘q, go‘shti yo‘q, bu qanday sho‘rva? Shuyam sho‘rvami!» deb kosani itarib qo‘yaman-da, yarim- ta nonni olib, yana ko‘ehaga chopaman. — Otang dalada, qandoq qilay, yer yutmagur, menga oson tutma!.. — deydi onam va orqamdan yana nimalardir deb qoladi. * * * Mahallada biroz aylangandan keyin zerikib ustaxonaga kiraman. Usta qarigina, burni cho‘tir- roq, ammo juda so‘zamol mahmadona kishi. Bitta- yu bitta xalfasi bor, u indamas, yuvosh, mo‘min. Goh-goh usta har xil oldi-qochdilardan gapirardi, chok tikayotgan xalfasi ahyonda «him-him» deydi, xolos. Usta bo‘lsa toqati tugab, xunob bo‘ladi: — Mum tishlab o‘tirasanrni! Gapir! Ammo ishni uzma. Maria ol, farq qilamiz. Teshaboyning og‘zi doim gapda, vag‘illagani vag‘illagan. Lekin baraka topgurning ishi unumli, puxta. Turmush serdiq- qat, kulishib, hazillashib turmasang bo‘lmaydi. Odamning tili o‘tkir bo‘lsa, shartta-shartta gapir- sa, so‘zida ma’no bo‘lsa, ibratli so‘zlarni aytsa. Lekin sen-chi, indamas, bo‘zrayib o‘tirasan. 0 ’ttiz- ga kiribsan, lekin «he»ni bilmaysan... Xalfa farg‘onalik yigit. Uning o‘rtog‘i bor, paxta zavod ishchisi. Goho xalfaning oldiga kelib, holidan xabar olib, jinday gaplashib ketadi. U o‘ttiz ikkilarda bo‘lib, novcha, yag‘rindor, ko‘zlari o‘tkir, manglayi keng, yuzi qoramtir. Men kirib borganimda u ustaga ehtiros bilan gapirmoqda edi: — Shunday, usta, gap ko‘p. Ayniqsa rus ishchi- lari g‘azabda. Ular zavodchi va fabrikantlarni g‘oyat yomon ko‘radi. Lekin rus ishchilari ham kambag‘al, xullas, bizday hammasi. Fabrikant, zavodchi boylar, savdogarlar, ayniqsa paxtachi boylarning hamyonlariga pul yog‘adi, aysh-ishrat- lari avjida. Rus ishchilar: «Oq poshsho taxtdan tushdi, lekin burjuylar, yer egalari hali ham tepamizda. Endi gap burjuylarda, bular ham gum- don bo‘ladi», deyishadi, uqtiradi yigit. Usta qovog‘ini uzoq solib o‘tiradi. — 0 ’g‘lim, tushundim. Ishchilar, dehqonlar, kambag‘allar, muhtojlar olamda juda ko‘p. Hech misli yo‘q. Lekin boylar, savdogarlar, sudxo‘rlar, yer egalari, qo‘ying-chi, hokazolar hammasi te- kinxo‘r. Ammo, to‘g‘ri, zulm haddan oshdi. Qani, koshki edi bilimdon, aqlli-hushli, odil, dono bosh bo‘lsa. Qani, yo‘q-da axir. Shoyad odil, insofli, tadbirli odamlar chiqib qolsa, po‘choqni po‘choqqa, mag‘izni mag‘izga ajratar. Og‘ir o‘y surayotgan ishchi cho‘ntagidan arzon papiros olib tutatadi-da, xomush holda chekib o‘tiradi. Xalfa mahsini qolipdan tortib birdan ingichka tovush bilan ming‘illaydi: — 0 ’rgulay, payg‘ambarimiz sahobalaridan Abubakir, Umar, Usmon, AH choryor odil va chin shariat yo‘lidagi zotlar edi. Koshkiydi payg‘am- barimiz Muhammad alayhissalom birdan bosh ko‘tarib chiqsalar, mushkullarimiz oson bo‘lardi. Afsus, afsus, bas, qiyomatgacha endi zulmatda, qorong‘ida o‘tamiz! Usta va ishchi biroz vaqt hayron bo‘lib angrayib 240 qoladilar, keyin ishchi birdan kulib yuboradi va xalfaga qarab deydi: — Tavba, indamas eding, Mahmud... Pay- g‘ambar va sahobalarni eslashning foydasi yo‘q. Hozirgi dardimizni o‘yla. Och-yalang‘och Turkiston haqida o‘yla. Boylarimiz ochko‘z, ziqna boy- vachchalar boTsa aysh-ishratda. Mana bu gaplarning mag‘zini chaq. Xalfa o‘zining xunukkina tovushi bilan yana e’tiroz boshlaydi: — E, hammasi xudodan, hamma gap ollohning ixtiyorida. — Ishonaman olloga. Lekin zamonni ko‘r. Boyonlar va yer egalari iflos, qabih odamlar. Xalq och-yalang‘och, — deydi ishchi. Usta charmni suv purkab ezadi va gapirib ketadi: — Savdo ahli bilan burjuylar qirilib ketsin! — deydi xunob boTib. — Dono, aqlli, obroTi rahbar darkor bizga. Ammo yo‘q-da shunday rahbar. — E, lekin bor, masterovoylar ishning ko‘zini biladiganlar, ilmli, o‘qigan odamlar bor ruslardan. Hammasi ruslarda. limning koni ularda. Tash- kilotlari, uyushmalari bor, bilaman, hammasi oshkora. Musulmonlar boTsa, hammasi g‘irt omi. Bizda ustalar jamiyati bor. Bular rus ishchilari- ning yordamida ish boshlab yubordi. Usta hayron qolib, deydi: — 0 ’qigan yaxshi gap-da, o‘qimishli odamning aqli toTiq boTadi, har narsani bilasan, dunyoning bordi-keldisidan xabardor boTib turasan. Afsuski, hammamiz g‘irt omimiz. Lekin, Sodiq, sen rus- chani baloday eplashtirib so‘zlaysan. Anavi kuni bir mastiravoy keldi-ku, chug‘ullashib gaplashib ketding, yopiray, deb qotib qoldim. Sodiq, albatta ularning safiga, uyushmasiga kir. Sodiq aka mo‘ylovini burab, mamnun holda deydi: — Ruschani uncha-muncha gapiraman-u, ammo savodim yo‘q. Maktabda domlam aytgan edi-ya, o‘qi, o‘qi, savod lozim, deb. Ro‘zg‘or, tirikchilik mushkul bo‘ldi, payshanba bo‘lganda albatta non, yog‘li-yog‘li patir, sornsa, qatlama olib borish kerak. Domlam yaxshi ko‘rardi olish- ni. Turmush balosi, yo‘qchilik, og‘ir zamonlar bo‘ldi, o‘qiy olmadim. Aylanib yurib Toshkentga kelib qoldim. Mana endi zavodda ishlab yuribman. Ishchilarga yopishib boray deymanu, andak mulohaza qilaman. Lekin ko‘ramiz-da, ko‘ramiz. Petrogradda ishchilarning tashkilotlari ko‘p, pishiq emish. Ishchilar ahil, jasur. Tashkilotlari «sovet» deb ataladi. Hammasi inoq, deyishadi. Toshkentda ham shunday tashkilot bor. Pet- rograd ishchilari Muvaqqat hukumatni qo‘ymay- di, to‘polon ko‘tarib yiqitadi, degan gaplar qulog‘imga chalindi. Toshkent ishchilari zo‘r berib tayyorgarlik ko‘ryapti chamamda. Birdan Rasul o‘ris kelib qoladi. U oltmishlarga borgan, ko‘zlarini shilpiq bosgan, mahalla ahli undan hali ham bezor, hamisha shirakayf, temir- tersak, lash-lushlar, eski-tuskiiar bilan savdo qiladi. Bola-chaqasi yo‘q, yaqinda popukday qizga uylanib olgan. Mahalla ahli, kofir, deydigan, machit yuzini ko‘rmagan bu odam bir kuni to‘sat- dan machitga kirib domlaga arz qildi, tavba qildi: «Ko‘rkam minora solib beraman, taqsir, fotiha bering, boshlayman ishni», dedi. Govkushda duv- duv gap bo‘ldi, minorani boshlab yubordi. U, doim qoTida olib yuradigan hassasini yerga qadab poy- gakroqda to‘xtaydi: — Xo‘sh, ustaboy, anavi yigit bilan siz nimani vag‘illab o‘tiribsiz? Masteravoylar haqida bu ko‘p aljiraydi... — Ruschasiga so‘kib ketadi birdan. — Paxta zavodda ishlaysanmi? — qaraydi Sodiqqa jahli chiqib. — Albatta boyga chaqaman seni! — deydi hassasini yerga bir-ikki urib. — Ishchilar xo‘jayinga sodiq kishilar bo‘lishi kerak. Oralarida senga o‘xshash bitta-yarimta buzuqilari bor. Lekin hazir bo‘l, qadamingni to‘g‘ri bos, bo‘lmasa chirpi- rak qilib qamatib yuboraman!.. Usta, Sodiq va Mahmud hammalari hayron bo‘lib qotib qoladilar. — Nima ishing bor? 0 ’tgan-ketgandan gapirib o‘tiribmiz, — deydi usta jahli chiqib. — Pul- dorlarni picha chaynadik. Rasul o‘ris ayyor ko‘zlarini ola-kula qiladi: — Masteravoylarni yoqlab, ko‘p og‘iz-burun o‘pishib o‘tiribsanlar, bilaman! — Ustaga qarab hassasini pesh qilgancha davom etadi: — falokat bosgur usta, fitnaning koni sen o‘zing! Lekin hazir bo‘l, tavba qilmasang boshingni olaman! — Machitga bor, ustalar pulga qarab o‘tiripti. Lekin minora osmonga yetsin, seni arshi a’loga olib chiqadi, qari xo‘roz! — qichqiradi bo‘g‘ilib usta. — Ha, ishchilar aytishadiki, fabrikachi, zavodchi boylar bilan zolim amaldorlarning ozgina tanobini tortib qo‘yish kerak! — deydi Sodiq. — Gaplashsak arziydigan gap. Birdan xalfa hiringlab kulib yuboradi va Rasul o‘risga qaraydi. — Choping, hovliga boring, tahorat qilib, tas- beh o‘giring. Machit, namozni kanda qilmang, domlaga va’da qilgansiz, yo‘qsa, joyingiz jahan- namda bo‘ladi. Usta va Sodiq piqillab kulib yuborishadi. — Hazillashdik, Rasuljon, — deydi usta Rasul o‘risga jiddiy tus olgan bo‘lib. — Turmush og‘ir, qimmatchilik, hammasi o‘zingizga ma’lum. To‘qlarning ishi yo‘q, dardimiz ko‘p. Rasul o‘ris ustani so‘ka-so‘ka papiros chekadi. — Hazir bo‘l, usta jahannamga ketasan! — deydi qo‘lini paxsa qilib, keyin chiqib ketadi. — Voqeanavislar ko‘p, lekin Rasul o‘ris vag‘il- lab-vag‘illab, so‘kdi-so‘kdi ketdi, ammo voqea- navislardan ehtiyot bo‘lish kerak, ular xavfli, — deydi usta Sodiqqa shivirlab. Men ham birdan ularga jiddiy holda shivirlay- man. — Tog‘am bozordan chiqib, xalfalarga gapirdi, bozorda voqeanavislar juda ko‘p emish, tog‘am samovarda ulfatlari bilan o‘tirgan ekan, bitta olif- tanamo kishi samovarga kirib kelipti, undan bun- dan gapirib, avrab, hukumatdan zorlanipti. Keyin fahmlab qolishipti, u voqeanavis ekan. Keyin hammalari ura qochishipti. Keyin-chi, Toji buvim bor- ku, bilasiz-a, usta? Qarindoshlarinikiga borgan ekan, pochcham miskar edi, mo‘min-qobil kishi edi. Toji buvim aytib keldi, voqeanavis ketiga tushib, undan bundan miskarni gapga solipti, birdan qarabsizki: «Miskar» yuring, palisaga boramiz», deb shoJrlikni oldiga solib olib ketipti. — Ofarin, senda ham gap ko‘p ekan, chakki emassan! — deya kuladi usta. Sodiq bilan Mahmud qotib kuladilar. — lya, ehtiyot zarur, kulmanglar, hammasi chin. Uzoq suhbatdan so‘ng namozgarda Sodiq aka o‘rnidan turib xo‘shlashib chiqib ketadi. Usta bilan xalfa ovqatlangani hovliga jo‘nadilar. Men ko‘chada bolalar bilan ertak, cho‘pchak, turli ashu- lalar aytishib xuftonga qadar o‘tiraman. * * * Chorshanba kuni ertalab Turg‘un ikkovimiz maslahatlashib, men onasi oldiga kiraman. — 0 ’rtog‘im bozorga borsin men bilan, xolal Ruxsat bering, bozor-o‘char qilamiz. Turg‘un epchil, birpasda xaridor topadi, jiyaklarni darrov sotib qaytamiz, — deb yalinaman. — Doyim meni aldab-suldab boshlab ketasan. Bugun bolalarga qarasin, kirlarim bor edi, suv tashisin, o‘tin yorsin, — deydi onasi to‘ng‘illab. — Hash-pash deguncha yetib kelamiz, — deyman Turg‘unga ko‘zinmi qisib. Men oyim tikkan jiyaklarni ko‘tarib Eskijo‘vadagi bozor rastalarida kezib yuribman. Ayyor va shum Turg‘un ham yonimda. Bozorda odam qalin. Ayniqsa, paranjili kam- pirlar, yosh xotin-qizlar ko‘p. Hammasi jiyak, do‘ppi, paxta kalava, ip-ipaklar sotadi. Ammo jiyak savdosi kasod. Do‘ppifurushlar xotinlarni avrab do‘ppilarni suv tekinga oladilar. Men pishiqman, ayniqsa ayyor Turg‘un juda biladi bozor savdosini. Xullas, ikkovimiz ham pishiq- miz. Yamoqchi xonish qilib, mahsi yamamoqda. Ana, juldur kiyimli cho‘tir turna maxsum lun- jini shishirgancha, barmoqlari bilan nog‘ora qilib, chertmoqda. Uning ham dardi pul. Gadoy- lar, folbinlar, tilanchilar behisob. Bir to‘p qalandarlar qo‘llarida zang, ustlarida janda, bel- larida katta qovoq kashkul, boshlarida kuloh, «Haq do‘st, yo olio!» deb baqirib-chaqirib yura- dilar. Turg‘un shayton qalandarlarning j ahlini chiqarishni yaxshi ko‘radi. — Dangasalar, tekin tomoq bangilar! — deb qochadi. Eskijo‘vada hangoma ko‘p. Bir tomonda siniq chinnilar yamoqchisi — chegachilar, g‘uv-g‘uv avjda. Bir chegachining oldida to‘xtab tomosha qilamiz: — Voy-voy, birpasda piyolani uladi-ya! — deyman. — Zap hunar-da, bo‘pti, chegachi bo‘Ia- man! — deydi Turg‘un o‘ylab. — Qara, birpasda piyolani qotirib tashladi, pulni sipiradi-ku. Lekin joyida, chegachi xor bo‘lmaydi, kunini ko‘radi. — Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinadi, degan- lar. Mayli, bo‘pti, chegachi bo‘l! Turg‘un menga xo‘mrayib qaraydi. Aylanib-aylanib, durbini bor tanish cholning oldiga boramiz. Mo‘min muloyim bu indamas kishi durbinida Arabiston cho‘llari, Nil daryosi, ehrom- lar, Bag‘dod ko‘rinishlari, Istambul ko‘chalari, Ayo So‘fi, sulton Abdulhamid jomisi rasmlarini ko‘rsatadi. Tomosha bir tiyin turadi. Ikkovimiz asta keksa oldiga o‘tiramiz. — Ota, jon ota, mumkinmi bir ko‘rsak? Lekin nasiya, bugun pulimiz yo‘q, ertaga albatta bir tiyin topib kelaman, xo‘p deng!.. — deydi Turg‘un yali- nib. Mo‘ylovi uzun, ko‘zlari quyuq qoshlariga bekingan sersavlat chol ko‘k choyni quit-quit ichib to‘ng‘illadi: — Tur, tur, jo‘na, tegma durbinga!.. Mullajiring yo‘qmi, bas. Arabistonu Istambul sharifni orzu qilma! — Pashshalarga yem bo‘lib o‘tiravering! — deydi kinoyali tovush bilan Turg‘un, o‘rnidan sapchib turib. — Peshin bo‘lib qoldi, yur o‘rtoq, jiyakni tezroq sotish kerak, — deyman men va jiyakni ikki boTib, bir qismini Turg‘unga tutqizaman: — lekin o‘rtoq, bo‘sh kelma, xaridor bilan tortish, xo‘pmi? — Bilaman o‘zim, o‘rgatma, — deydi Turg‘un siltab. Eskijo‘vadan yana do‘ppi, jiyak bozoriga qarab ketamiz. «Jiyak! Yaxshi jiyak! Asl ipak!» deb yugu- radi u. Xotinlar Turg‘unga qarab: «Shayton-da, shayton, hali u yerda, hali bu yerda oyog‘imizning tagida o‘ralib yurgani yurgan!» deyishadi ensalari qotib. Turg‘un yonib, terlab pishib, jiyakni kishilarning burniga tiqib maqtaydi. Ko‘p sarson bo‘lib, nihoyat jiyakni pullaymiz, lekin arzon ketadi. Men pulni qayta-qayta sanab belbog‘imga puxtalab tugaman. Bozor ichida aylanib, tuyalar, otlar, xachirlar, eshaklarning dumidan tortib uzoq yuramiz. Keyin yana Eskijo‘vaga jo‘naymiz. Meni Turg‘un «Beglar begi» madrasasiga boshlaydi. — Qara, madrasaga kazo-kazo odamlar yig‘i- lipti. Birgalashib madrasaga kiramiz. Tumonat odam. Ikkovimiz odamlar orasidan suqilib boramiz. Voizlarning va’zi avjida, hammasi katta-katta ulamolar. Salla o‘raganlar, mullavachchalar, qorni katta boylar... Turg‘un meni turtadi: — Ketdik, va’z-va’z, tayini yo‘q, nuqul nasihat. So‘zlari nuqul arabcha, forscha, falakning gardishiga o‘xshagan rang-rang gaplar... Kamba- g‘allar och-yalang‘och, bular bo‘lsa nuqul dinni gapiradi. Non bersin! Men qotib kulaman: — Rost, o‘rtoq, sening bilganing rost! * * * Har kuni maktabga boraman. Machit orqasidagi tor hovlida, tollar orasida oqqan muzday suv bo‘yida o‘tiramiz. Hammamiz chuwos bilan, o‘qish bilan mashg‘ulmiz. Domlam bir chetda po‘stak ustiga to‘rt qat taxlab solingan eskigina ko‘rpacha ustida qo‘shni boy ota bilan gaplashib o‘tiribdi. Boy gavdasi semizgina, ustida yarqiragan yangi yalang to‘n, boshida katta salla, qulog‘iga bir atir- gul qistirgan, chap qo‘li bilan qalin soqolining uchini o‘ynab-o‘ynab o‘ng qo‘lidagi yirik qahrabo tasbehni barmoqlari orasida tinmay aylantiradi. Ularga yaqin o‘tirganim uchun suhbatlarini eshita- man. Domlam piyolaga quyuq famil choydan ozgina quyadi-da, ehtirom bilan boyga uzatadi. — Ahvol g‘oyat mushkul, chalkash voqealar bisyor, taqsir, — deydi boy. — Ulamolar g‘oyat mushkilot bilan va’z-nasihat qilib, ommani tizgin- ga solmoqda, yo‘q esa xalq juda bebosh bo‘lib ket- moqda. Ayniqsa, qimmatchilik, don-dun tanqis, narx-navo oshib, fuqaroning hasratidan chang chiqadi. Zamon buzildimi bilmadim, yomonlar, fisq-fasodchilar ko‘p, kasaba degan tashkilotlarmi, padariga la’nat, eshitganman, ammo o‘zim tushun- mayman. Ustalar ham ruslarga ergashib, xaloyiq ichida g‘alva ko‘tarib yurishgan emish. Ba’zi haromzoda jadidlar «maktab islohoti» degan noma’qul masalalar ko‘tarib, shariatni oyoq osti qilmoqda. Maktab masalasi payg‘ambarimiz davri- dan qolgan meros, arabcha qur’on o‘qish farz-sun- nat. Zamon g‘oyat qaltis, taqsir. Xudoga munojot qilaylikki, mushkullarini o‘zi oson qilsin. Domlam choy quyib «ha-ha, himm» degancha, shogirdlarga imlab o‘qishga da’vat etadi. Bolalar chuwos bilan o‘qib, avjga chiqadilar. — Bay-bay-bay, harorat baland-e, taqsir, — deydi boy dastro‘moli bilan yelpinib va terini artib. — Russiya, ayniqsa Petrburg, eshitishimga qaraganda, besaranjom emish. Podsho hazratlari taxtdan tushdi-yu, buzg‘unchilik paydo bo‘ldi. Lekin xalq g‘oyat suyundi, uni qonxo‘r va zolim, derdi. To‘g‘ri, Nekalayning qo‘li qattiq, zabardast edi. Bu omi xalqqa shunday bo‘lmasa bo‘lmaydi axir, taqsir. Ammo zamon tinchib qolar. Muvaqqat hukum at sekin-sekin intizom o‘rnatar. Tash- kilotlarni bir-bir quritar. Eshitdim, hammasini asta-asta yo‘q qilarmish. Zodagonlar bilan hukumat rahbarlari Petrburgda yangi podsho ko‘tarar ehtimol. Bir odil podsho topilar. Ammo u Turkiston o‘lkasida yashagan xalqlarga birmuncha huquq berish tadbirlarini ko‘rsa kerak. Ulamo hazratlari va boyon ahli zo‘r g‘ayrat bilan ishlab, xalqni to‘g‘ri yo‘lga solib, ayniqsa, hukumatga itoat ettirish choralarini ko‘rmoqlari lozim. Lekin zamon toshqin suvday bejo. Inshoollo, tinchib qolar. Domlam va boy ikkovlari gangir-gungir suhbat qilib, hangomalashib o‘tiradilar. Tush boTgach, boy o‘rnidan qo‘zg‘alib «uh», deya kerishadi-da, tizzalarini ishqalab, terini qayta-qayta artib, domlam bilan xayrlashadi va salmoqlanib sekin-sekin yurib chiqib ketadi. Bizlar och, horib charchaganmiz, tomoqlarimiz bo‘g‘ilgan. «Shin-shin, bo‘ldi peshin! Zot-zot, bo‘ldi ozod!» deymiz. Domlam «Bas!» deydi. Bolalar chuwos bilan, qiroat bilan bir shingil Qur’on o‘qiydilar-da, duv turib, bir zumda shovqin bilan tarqaladilar. Domlam menga va o‘ntacha bolaga javob bermay olib qoladi. — Darrov yaxshi kiyimlar kiyib, salla o‘rab ke- linglar, — deydi sekin. — Oqmachitda bemor bor ekan, hali odam kelib tayinlab ketdi, ziyofat quyuq, tezdan yuguringlar. Hammamiz duv ko‘tarilib, uy-uyimizga cho- pamiz. Odatda maktabdan qaytgach koptok o‘ynaymiz yoki oftobda tomma-tom to‘polon qilib yuramiz. Ahyon-ahyonda xo‘roz urishtirishni havas qilib qolaman. Ataylab Yangibozordan bir xo‘roz olib kelganman. U juda rangdor, patlari yalt-yult qiladi, qip-qizil to j lari kelishgan, sersavlat. Bir-bir, asta bosib, mag‘rur yuradi. Bu xo‘rozga xaridorlar ko‘p. Bolalar «qani urishtiram iz» deb xo‘rozlarini ko‘tarib kelishadi. Awalo raqibimning xo‘roziga nazar solaman. Keyin xo‘rozimni davraga qo‘yib yuboraman. Bolalar jim bo‘lib, havas bilan tikilib qolishadi. Men titrab oppoq oqarib, qarab turaman. Xo‘rozlar astoydil tashlashib, yulqishishadi. Bolalar ham jim, tiq etgan tovush yo‘q. Raqib xo‘roz juda zo‘r. Mening xo‘rozim yaxshi urishadi, qolishmaydi. Ularning patlari yulinib, hammayoqlari qonga belanadi, rosa charchab holdan toyadi. «Bas, bas, holdan ketdi, biroz dam olsin!» deb xo‘rozlarni ajratib olamiz. Men xo‘rozimni quchoqlab, «joni- vor» deb patlarini silayman, tojlarini o‘paman. Bolalar birisi maqtab, birisini kamsitib o‘tiradilar. Turg‘un asta qulog‘imga shivirladi: — Hey, ehtiyot bo‘l. Ahmadning xo‘rozi turqi sovuq, zo‘rga o‘xshaydi chamamda. Xo‘rozingni urintirib qo‘yma. — Tole-da, tole, mayli, ammo chamamda meni- ki polvon, bilaman o‘zim. Birpas tindirib, xo‘rozlarni yana o‘rtaga tash- laymiz. Jang awalgidan ham qiziydi. Ikkala xo‘roz zarb bilan tepishadi. Bir-biri atrofidan gir-gir aylanib, yana bir-birining patlarini yulishga kirishadi. Goho payt poylab, bir-biriga shartta chovut soladi. Birdan Ahmadning xo‘rozi baland kelganday bo‘ladi, mening xo‘rozim bir-ikki qattiq hamla qiladi, lekin Ahmadning xo‘rozi charchadi shekilli, to‘satdan, o‘zini davradan tortib, bir chetga qochadi. Bolalar chuwos ko‘tarishadi. Men xo‘rozimning yoniga borib, erkalab, qo‘limga olaman. Mahalla bolalari duv etib, ketimdan ergashib, xo‘rozni silab- siypab, o‘pib, quchoqlab, men bilan birga yuradilar. Men xo‘rozni mag‘rur holda ko‘tarib, uyga kiraman. Uni tashlab, ko‘chaga chiqaman. Ammo Ahmad sho‘rlik qovog‘ini solib, yig‘lamsirab o‘z xo‘rozini olib hovlisiga ketgan bo‘ladi. Hafsalam pir bo‘lgach, xo‘rozga xaridor ko‘p bo‘lgani uchun bir kun sotib yuboraman. Yoz birpasda o‘tib ketadi. * * * Sentabr oylari... Bir kuni Turg‘un ikkovimiz ko‘mir bozorga boramiz. Bozorda aravalarda, tuyalarda bog‘-bog‘ beda, qop-qop tappi, g‘aram- g‘aram pichan, sarjin-sarjin o‘tin... Odamlar orasidan turtina-turtina bedana bozorga o‘tamiz. Bu yerda bedanabozlik avjida. Bu bozorda so‘kish, urish, janjal ko‘p bo‘lib turadi. To‘da-to‘da beda- nabozlar yeng uchlarida bedana, har qayer-har qayerda davra bo‘lib, zavq bilan, ehtiros bilan berilib bedana urishtirish bilan mashg‘ullar. Tuzoqchilar olib kelgan xalta-xalta bedanalarni yigitlar va chol- lar birpasda talab, qo‘ynilariga solib oladilar. Biz yosh bolalar yalinib-yolvorib ham quruq qolamiz. Turg‘un menga qarab: — Olasanmi, olmaysanmi? Oladigan bo‘lsang yaxshisini, zo‘ravonini ol! Bir ko‘taramiz, keyin bozorga solamiz! — deydi. Men hayron bo‘laman: — Bir necha marta qo‘lga tushganman. Bultur, uzog‘ yili bozorga kelib bedana oldim: chollar, o‘spirinlar, yaxshi, zo‘r, mana ko‘r, arzon-a, arzon, vag‘illab turipti, o‘zing qara, deyishadi. Oldim, o‘lguday urinib, necha kun havas bilan ko‘tardim, lekin qochoq chiqdi. Dehqondan olish kerak, — deyman. Turg‘un ag‘rayib qoladi: — Aldaydi-da, aldaydi bular. Hammasi tirriq. To‘g‘ri aytasan, dehqondan olish kerak, yangi, zo‘r bedana bo‘lishi kerak. Aylanib yurarkanmiz bir dehqon kelayotganini ko‘rib qolamiz. Yugura borib, zo‘r berib yalinamiz. — Jon aka, o‘rgilay aka, urishqog‘i bo‘lsin, bitta yaxshisidan bering! — Mana ol-e! — deydi dehqon bir xaltadan bedana chiqazib. — Pulini cho‘z darrov! — deydi u yaktagining changini qoqib. Belbog‘imdan ikki tanga chiqarib beraman: — Zo‘rmi, amaki, rostini ay ting? — deyman bedananing tumshug‘iga qarab. Turg‘un bedanani qo‘limdan oladi. — Chakki emas! Ko‘tarish kerak-da, mullaka, rostmi, — deydi u dehqonga. — Ko‘tarsang zo‘r bo‘ladi. Bas, jo‘na! — deydi dehqon. Hovliga chopamiz. Bedana goh Turg‘unga, goh menga o‘tadi. Uyga kelgach, eshakqurti izlashga kirishamiz. Sentabr oyi bo‘lgani uchun eshakqurtlar in-iniga kirib ketganmi, hech topilmaydi. Zax joylardan, go‘ng orasidan, kesaklar, g‘ishtlar tagidan qidi- ramiz. Ko‘p urinib, besh-o‘nta qurt topamiz va bedananing tum shug‘ini yirib og‘ziga tiqishti- ramiz. Suv purkab, yengimning ichiga olib, usti- dan qo‘limga katta belbog‘ni o‘ray man. — Chigirtka topamiz, juda mast qilarmish bedanani, — deydi Turg‘un va chigirtka izlab qa- yoqqadir yuguradi. Men kosiblar oldiga kirib, qo‘limda bedana, mag‘rur o‘tiraman. Ular hayron bo‘lishadi. — Qani , e-ha, ko‘raylik, zo‘rmi? — deydi xal- falardan biri. — Bir yaxshilab terlasin, yangi, hali asov, — deyman. Ular ko‘rsatmaganimga qo‘yarda-qo‘ymay bedanani qo‘lma-qo‘l o‘tkazishadi. — Semiz ekan, yaramaydi, urishmaydi, yigit- cha, ovora bo‘lma. Zo‘r bedana darrov bilinadi, — deydi usta. Men bedanani olib yana belbog4 bilan o‘rayman. — Ovchidan oldim. Bedanam og‘ir, turishi chakki emas, — deyman jiddiy tusda. Shogirdlar qalin kitobni qo‘limga tutqazishadi: — Qani, jinday o‘qi! Bedana bir qo‘limda, ikkinchi qo‘limda «Jangnoma». Ovozimni baland ko‘tarib, ohang bilan o‘qiy boshlayman. Ertalab maktabga ketarkanm an, Turg‘unga bedanani berib, tayinlayman: — Mana, ko‘tar, lekin eshakqurti topib ber, davosi shu. Bedanani uch-to‘rt kun urinib ko‘taraman, donni o‘lguday oshalaydi, lekin «churq-churq» etadi xalos, boshqa gapi yo‘q. Ayniqsa Turg‘un xunob bo‘ladi. Qayerdandir eski to‘rqovoq topib, yamab, shirachlab bedanani ichiga solamiz. Eski pachoq suvdonga suv to‘latamiz, don solamiz, to‘rqovoqni shiftga osamiz. Ikkovimiz dilgir bo‘lib, falakning gardishidan bir-birimizga shikoyat qilib, xafa bo‘lib yuramiz. Bir kun zerikkan vaqtimda men Turg‘unga maslahat solaman. — Bozorga borsak, meva g‘arq pishgan hozir... Arzon olma, olxo‘ri topib, dehqonlardan olsak, o‘tirib sotsak, nima deysan-a? Turg‘un hovliqib, hayajon bilan o‘rnidan turib ketadi: — Qoyil, mana bu gapingga qoyilman. Bozorda turli-tuman meva mo‘l. Olxo‘ri ayniqsa chaqqon, o‘ziyam arzon-da axir. Ammo pul yo‘q-da? 0 ’zing topasan pulni, o‘rtoq, dastmoya kerak! — deydi o‘ylanib. — Bedana qimmatga tushdi, bu bir. Oyimdan, dadamdan yalinib bitta-bitta yiqqan pulim olti tanga xolos. Narx-navo oshgan, olti tanga ozlik qiladi. Otangga yalin, Turg‘unboy, sen ham olti tanga qo‘sh. Unda ham ozlik qiladi-yu, lekin har kun bozorga borib aylantirsak tug‘ib beradi. Harakatda barakat, deyishadi boboylar. Sekin-sekin Turg‘unlarning uyiga kiramiz. Turg‘unning silnamo bukchaygan otasi ayvonda, orqasida yostiq, devorga suyangancha oftobda cVtiribdi. — Dada, lekin eshiting avvalo gapimni... — deydi Turg‘un dadasi oldiga yaqin cho‘qqayib, yalingan ohangda. — Bozorda meva ko‘p, haddan tashqari ko‘p. — To‘g‘ri, meva ko‘p, lekin tanga yo‘q bechoramiz, — deydi dadasi kulimsirab. — Qovun deganda ayniqsa og‘zimizning suvi keladi, go‘dak- lar. Po‘chog‘iga zormiz. Turg‘un tajang bo‘ladi: — E, tushunmaysiz, sabr qilib eshiting axir, jon dada, eshiting gapni. Musavoy ikkovimiz tushamiz bozorga. Musada olti tanga bor, naqd pul, men qo‘shaman olti tanga, olxo‘ri olamiz, arzon, bog‘dordan narxni pishitib olamiz. Balandmachitga olib kelib, chakanalab sotamiz. Har kuni ertalab bozordan arzonga olxo‘ri olib kelib foydasiga sotamiz. Tushundingizmi? Qarabsizki, besh-o‘n kunda mo‘may pul bo‘ladi. Innaykeyin pulga yolchib qolamiz. Go‘sht-moy chaynaymiz. Lekin Musavoy balo, bu aqlni u topdi. Qani, yo‘q demang, olti tanga bering hozir, bozorga chopamiz! Endi men otani ustalik bilan avray boshlayman. Choi o‘ylanib, keyin deydi: — To‘g‘ri, o‘ylaganlaring joyida, lekin, Musavoy o‘g‘lim, o‘zing bilasan, Turg‘un yolg‘onni ko‘p gapiradi. Pul beramanu, bozorga borsa manti, go‘sht kuydi, har xil taomlarni yeb yurmasin tag‘in. Turg‘unning joni chiqib ketadi. Men uni bosaman: — Turg‘unboy, dadang hazillashyaptilar... Turg‘unboy pul desa o‘zini arshi a’lodan tashlay- di, — deyman otasiga, — pulning qadrini biladi, bering, ko‘rasiz, har kuni g‘archcha moy, go‘shtu halvoyu, pashmak chaynaysiz. Choi boyoqish, yostiqdan o‘zini uzib, qo‘ynidan xaltasini oladi-da tanga-chaqa aralash olti tangani qayta-qayta sanab Turg‘unga uzatadi. — Agarda sarf qilib qo‘ysang, jag‘ingni ombir bilan sug‘urib tashlayman! Meva bozorda savdo sust. Tilanchilar va devo- nalar, boshqa deyarli hech kim ko‘rinmaydi. Vaqt peshindan oqqan. Biz tentirab yurib, unda-bunda to‘xtab olxo‘ri qidiramiz. Bozorda xilma-xil olxo‘ri ko‘p, ammo juda qimmat. Biz esa arzonini izlaymiz. Nihoyat topamiz, ammo dumbul, mayda, olxo‘riga o‘xshagan tusi yo‘q. Yag‘ir, iflos, ko‘zlari shilpiq yigitdan so‘rayman: — Narxi qanday bo‘ldi? Arzonroq bersangiz olamiz, aka. Shilpiq chiyillab gapiradi: — Narxi arzon, qand chaynaysan, qand, jiyan! — deydi. To‘satdan bir chol bizga yopishadi: — Beri kellaring, olxo‘rimi o‘sha ham? Puf sas- siq, odam yeydimi shuni? — shivirlaydi sekin. — Mana bu shaftolijonni tomosha qillaring! Mana, liq etib o‘zi tomoqdan o‘tib ketadi-ya. Narxi ham arzon!.. Biz shaftolini ko‘zdan kechiramiz. — E,-e, bo‘lmaydi hammasi chirigan, qorayib ketgan-ku! — Yo‘-yo‘-yo‘q, ollaring o‘g‘illarim, arzonga beraman. Nariroq turib maslahatlashamiz. — Mayli, bering, necha pul narxi? — so‘raydi Turg‘un. — Qadog‘i bir tanga, suv tekin-a, chiroqlarim, juda arzon. Chol belbog‘idan silliq nosqovoq olib kaftiga to‘kadi-da, og‘ziga qoqadi. — Arzon-a? — deb shivirlashamiz. Savdo zo‘r bo‘ladi. Talashib, tortishib qadoglni bir miri kam bir tangadan, jami o‘n ikki tangaga shaftoli olamiz. Ezilgan, chirik, qorayganlar aralash tortib, uydan olib kelgan katta savatga solamiz, shaftoli savatning tagida qoladi. G‘izillab bozordan chiqib Balandmachitga boramiz. Nafs o‘lgur yomon. Qorayganlaridan ikkitasini qo‘limga olaman va bittasini Turg‘unga uzataman. Shu tariqa o4ntachasini yeb qo‘yamiz. — Yomonsan-da, yutmasam o‘rioqlikdan chiqa- man-da, — deydi Turg‘un koyigan bo‘lib. Balandmachitda samovar baqqolchiliklar ko‘p, Kattakon hovuz bo‘yida savatni oldimizga qo‘yib o‘tiramiz. — Tosh-tarozi yo‘q-ku, Turg‘un? — deyman birdan esimga tushib. — Endi nima qildik, a? — Xaridor kelsa anovi baqqoldan chopib tortib kelaman, — deydi Turg‘un. — Baqqollar bizni ko‘rib, ensasi qotib qoldi-ku? — E, amakimning hujrasida bir tarozi ko‘rgan edim, — deydi o‘ylab-o‘ylab Turg‘un. — Bo‘pti, hozir g‘izillab olib kelaman! Hozir! — deb chopib ketadi. Oldimdan katta-kichik odamlar o‘tib turadi, lekin shaftoliga kimsa boqmaydi, hech kimning ishi yo‘q. Bitta-yarimta xaridorlar baqqollardan chiroyli, yaxshi pishgan shaftolilarni oladilar. Mana, Turg‘unning qorasi ko‘rinadi. Yonimga yet- ganda ko‘ramanki, tarozi pallalari qozonday, iplari ham biri kalta, biri uzun, biri ip, biri zanjir. Toshi bo‘lsa — bir qadoqligi rasmiy qadoq tosh, yarim qadoqligi — bir parcha g‘isht? — Sotdingmi? — so‘radi Turg‘un. — Qancha pulga? — Yo‘q, xaridor yo‘q, — deyman u yoq-bu yoqqa qarab, ich-etimni yeb. — Yo‘g‘-e, xudo xohlasa sotamiz! — deydi kaft- larini bir-biriga ishqalab Turg‘un. Uning vaqti xush, g‘ayrati toshgan. — Qani, shaftoli qand, olib qolinglar! N aw ot shaftoli, asl shaftoli! Asl-da, asl! — qichqiradi Turg‘un tik turib baland ovoz bilan. — Yo‘qol, haromilar! Shaftoling qursin, chirik- ku! Hammasini to‘k ariqqa! — deyishadi baqqollar. Men uyalib yerga qarayman, ammo Turg‘un pisand qilmay shaftolini maqtaydi. Mana birdan Turg‘unning ukalari — yetti- sakkiz yashar bola va olti yoshlarda qizaloq g‘izil- lab kelib qolishadi. — Shaftolimi? Qani, ko‘ray, — deydi o‘g‘il ukasi savat oldiga cho‘qqayib. — Yo‘qol! Yo‘qol, ketlaring! — deydi Turg‘un do‘q qilib. Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftolidan beraman. Sevinishib, og‘izlari qulog‘ida, yugurib ketishadi. Bitta-yarim ta bola-baqra, kampirlar oldimizda bir lahza to‘xtab so‘rab o‘tadilar. Turib- turib: «Chirigan ekan!» deb ketib qoladilar. Xunob bo‘lib o‘tirganimizda bir bola to‘xtab, shaftolilarni qo‘llarida aylantirib ko‘radi. — Tort yarim qadoq, narxi necha pul? — deb so‘raydi u. Ikkovimiz birgalashib maqtaymiz. — Asl shaftoli! Arzon o‘ziyam! Tanlab beramiz! Bir tanga qadog‘i! Turg‘un zavq bilan tarozini rostlab, shaftolini tortadi. — Mana, og‘ayni, og‘iri sizniki! — deydi Turg‘un. Xuftondan keyin ko‘chada qatnov tamom tin- gandan so‘ng och, horg‘in, savat va tarozini ko‘tarib mahallaga qaytamiz. Shaftoli sho‘rlikning ikki-uch qadog‘i bazo‘r sotilgan. Turg‘un xafa, jahli chiqqan, asabiy. — Nima deyman axir otamga? Xo‘p o‘ylaymiz ikkalamiz. Kassirlikni men qil- ganman. Pulni qayta-qayta sanab: — Uch tanga, to‘qqiz pul bo‘pti, — deyman. — Lekin ertaga albatta sotib qo‘yamiz, o‘ldimi axir! Lekin ehtiyot qil kamimasin! 01 mana uch tangani! — deyman pulni uzatib. — Dadangga ber. Vaqtlik turib guzarga chiqamiz. Ishqilib, pul- laymiz-da, o‘rtoq. Xafa boTma, vaqtixushlik bilan kir, chol fahmlab qolmasin ishning pachavaligini. Ammo shaftolini odam ko‘rmas joyga qo‘y, — deb qayta-qayta tayinlayman. Charchab hovliga kiraman. Buvim, ayniqsa oyim jahli chiqqan. — Daydi o‘lmagur, qayoqda qolding? — so‘- raydi buvim. — Yo‘qolib ketding, xavotir olib o‘ldik-ku? — deydi onam yuzimga sinchiklab tikilib. Qovog‘imni solib deyman. — Yurgan edim... Xavotiri nimasi? Qornim ochdi... Ariqda naridan beri qo‘limni chayaman-da, ayvon labiga o‘tiraman. Kampir shang‘illay boshlaydi: — Shahodat, biror hunarga ber buni, tezdan ber buni, tezdan ber! 0 ’rgansin bir ishni, tirikchilik- ning qadriga yetsin! Qachongacha daydib yuradi? Onam kosada moshkichiri olib kiradi va buvim- ga qarab deydi: — Qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin! Ikki «pishiq»ning barbod bo‘lgan shaftolifu- rushligini bilib qolishlaridan qo‘rqib, yuragim po‘killaydi. * * * «Zarqum» degan kitob bor. Bir kun bozorga borib, sahhoflikdan olganman. «Bozordan «Zarqum» kitob oldim» desam, onam sevinib: «Eshit- ganman, juda ajoyib kitob. Jiyakning puliga olgandirsan-a? Ha mayli, yaxshi qilibsan, bir vaqt o‘qiganman», degan. Ayvonda kitobni varaqlab, chiroq oldida o‘tira- man. Kitob g‘oyat diniy — Hazrat Ali jang qilib, kofirlarni qirib musulmonlarni ularning jabr-zul- midan qutqardi, deb hikoya qilardi bu kitob. Buvim o‘rnidan boshini ko‘tarib o‘tiradi. — Qani o‘qi, din, shariat, payg‘ambarimiz ha- qidagi hikoyatlarni topib o‘qi! Bir kun bozordan almoyi-aljoyi narsalarni olib kelgan eding, bilma- dim, «Mushuk va sichqon»midi, esimda yo‘q. Esiz- esiz pul. Otang kelsin Yangibozordan, sani xo‘p chaqaman, qarab tur. Qani o‘qi! — deydi jahl bilan. 9 —4452 — Bas-e, ko‘p urishmang, kampir, «Mushuk va sichqon» hikoyasi biram ajoyibki, to‘q odamlar bilan faqir odamlarni mushuk bilan sichqonlar orqali hikoya qiladi u kitobda. Maqsadi juda ibrat- omiz. Mushuk iflos, poraxo‘r, to‘q, ochko‘z odamlarni fosh qiladi, sichqonlar bo‘lsa faqir, mushtipar, miskin, g‘arib, mo‘min-qobil kishilarni tasvir etadi. Uqdingizmi, kampir? Lekin ibratomiz kitob. Buvim ensasi qotib ketadi. — Sen shum bola, o‘zingga yetgan mah- madonasan, — deydi yuzini teskari o‘girib. Qoshiq-tovoqlarni yig‘ishtirib, onam ham ayvonga kelib o‘tiradi. — 0 ’qi jinday, hazrat Ali voqealaridan eshitay- lik, — deydi tizzasiga ishpechini olib. Men kitobni asta varaqlashda davom etaman va hikoyalarni zavq, ehtiros bilan o‘qiyman. Onam boyoqish ishpechi tizzasida, ammo jim, xayol sur- gan holda, ko‘z yoshlarini arta-arta tinglaydi. Birdan hovliga bir to‘da bolalar kirib kelishadi. — Samovar to‘la odam. Tez yur, qiziqchi kelip- ti, juda mashhur qiziqchi, — deydi Turg‘un. Bolalar birin-ketin chuvillab qistashadi meni. Irg‘ib o‘rnimdan turaman-da, kitobni tokchaga ota- man; bolalar bilan Oqmachitga yuguraman. Samovarga yetib boramiz va hovuzning bir chetida o‘tiramiz. Samovarning sahni keng. Bir yonida kichik maktab, bir tomonida katta chuqur hovuz, atrofida azim tollar, qayrag‘ochlar, baland, adl te- raklar. Qadim zamonlardan beri bir vaqf joy. To‘rida katta bir qabr-sog‘ana bor edi shekilli. Burchakda qadimdan mashhur devona o‘tiradi. Ba’zan xonish qilib qo‘yadi. Bir vaqt buvim hikoya qilishicha otamning bobosi aytgan ekan. Katta bobom vaqtida bu devona yigitcha bo‘lgan, uning ustaxonasida mahsi tikkan. 0 ’zi xush ovoz, doim qo‘shiq aytarkan, chiroyli, aqlli, kelishgan yigit ekan. U bir qizni yaxshi ko‘rarkan, qizning ota- onasi dastidan zolim falak yigit va qizni bir-biridan judo qilgan, keyin ishq dardida yigit savdoyi devona bo‘lib, esi hushidan ajrab, tentirab qolgan. Endi u qarigan, siljimay bir burchakda o‘tiradi. Samovar g‘ich odam. Supalar, so‘rilardagi namatlar, sholchalarda xalq zich o‘tiribdi. Unda- bunda katta osma chiroqlar charaqlaydi. Uzun yak- tak, yangi beqasam to‘nmi, unutdim, olacha to‘nmi kiygan Jo‘ra qiziq qarg‘a shohi qiyiqcha yelkasida, do‘ppi yarimta, hovliga tushadi. Xalq kulib jim bo‘ladi, biz bolalar ham teraklar ostida jim o‘tirib- miz. Jo‘ra qiziq qiziqchiligini boshlab, har xil oldi- qochdi voqealarni valdirashga tushadi. Xalq kulib- kulib qo‘yadi. Ammo, avval eshitganman qiziqchi- larni, ular xalqni hayajonga soladigan, g‘oyat kulgili, ibratli, turmush, tirikchilik haqidagi ajo yib gaplarni aytishardi. Lekin Jo‘ra qiziqning qi- ziqchiliklari unday nozik emas, qo‘pol, uyatli so‘zlar yog‘ib turadi. Xullas u menga yoqmaydi. Birdan indamasdan o‘rnimdan turaman. — 0 ’tirsang-chi, askiyani qiyib yuboradi, — deydi ko‘ylagimni tortib Turg‘un. — Hammasi oldi-qochdi, kufur to‘la, hayo yo‘q, — deyman va uyga jo‘nayman. * * * Maktabdan qaytganimdan keyin hamisha guzarga shoshaman. M iskarlar, tunukasozlar, kosiblar oldida o‘tirishni, oldi-qochdi gaplarni, burungi zamonda o‘tgan voqealarni eshitishni yaxshi ko‘raman. Miskarlar, chegachilar, tunukasozlar ko‘p antiqa gaplarni, har qaysilari o‘zlari- ning pirlarini, risolalarini yaxshi biladilar, shular haqida ko‘p gapiradilar. «Temirni topgan usta Dovud payg‘ambar bo‘ladilar, ko‘p hikmatlarni, ajoyib tilsimlarni bilganlar», «Miskarchilik Odam Atodan boshlangan», deyishadi. — Miskarlar risolasida aytilganki, miskarlik Odam Atodan qolgan hunar, Odam Atoga bihisht- dan Jabroil alayhissalom olio taoloning buyrug‘i bilan keltirgan ekanlar. Miskarlik nihoyat a’lo hunar, hunarlarning gavhari, — deydi uzun soqol- larini tutamlab miskar chol. U miskarlikni maqtashni juda yaxshi ko‘radi. Kulganda qisiq ko‘zlari yumilib ketadi va og‘zida qolgan oldingi ikkitagina tishi so‘zlaganida liqillab turadi. Bu muloyim faqir miskar hanuz ko‘z oldim- da. — Hunarlarning eng muqaddasi baqqolchi- lik, — deydi Karim baqqol. — Odamlarning hojatini chiqarib o‘tiradi baqqol, ko‘p savob ish baqqolchilik. Ayniqsa tuzfurushlikning sadag‘asi ketsa bo‘ladi. Taomlarni laziz qiladigan eng zarur narsa tuz-da, axir. Ming yog‘ soling, go‘sht soling, tuz boTmasa taomingiz bir chaqa- ga arzimaydi-da. Men miskarlarning, baqqollarning gaplarini diqqat bilan tinglayman. Zerikkanimdan so‘ng kosiblar oldiga o‘taman. — E, og‘ayni, keling-keling, bir kitob topib qo‘ydim, qani bir o‘qib bering, ajoyib, tabarruk hikoyalar, bir o‘qib bering, chirog‘im Musavoy, — deydi o‘rta yoshlardagi, qora soqolli, rangpar kosib. Men kitobni olib, sekin varaqlayman, hafsala- sizgina bir-ikki rivoyatni o‘qiyman. Zerikib ikkinchi do‘konga o‘taman. Balandmachitga qarshi kichkina tor do‘kon bu. Kosib- ning, ismi xotirimda yo‘q, burni tushgan, hamisha qalin qog‘oz bogTab yuradi. Lekin o‘zi oTguday olifta, o‘ttizga borganmi, bormaganmi, bilmayman. Boshida hamisha yangi chamandagul do‘ppi, bilagi- ga xilma-xil munchoq taqilgan. Ayniqsa shu mun- choqlariga qarasam kulgim qistaydi. Usta mahsi tikadi. Uning o‘n olti-o‘n yetti yoshlardagi shogir- di bor. Shuning uchun tez-tez, deyarli har kuni bu do‘konga kirib, jinday o‘tiraman. Abror kamgap, indamas, jiddiy yigitcha. — Usta, yaxshimisiz, ishlar qalay? — deyman eshikka yaqin joyga cho‘kkalab. — Chakki emas, inim, yig‘ib qo‘ygan gaplarim ko‘p, — deydi puchuq usta kulib. Lekin Abror churq etmaydi, ipni qulochkashlab tortib, chokni pishiq tikadi. Pastgina kursida de- raza oldida o‘tiradi u. Usti boshi yupun, mo‘ylovi endigina ko‘rina boshlagan, yuzi jiddiy, qoshlari o‘siq, ko‘zlari ma’noli bu yoqimli yigit Degrez mahallalik, faqirgina oiladan. Usta oldidagi kunda ustida charmni qirqa-qirqa tinmay undan mundan ezmalik qilayotganida Abror birdan uning gapini bo‘ladi: — Xo‘sh, Musavoy, o‘qishing yaxshimi? — E, nima bo‘lardi, eski maktab-da, chakkamga tegdi! — javob beraman unga. Abror indamaydi, yana uzoq sukutda ishni tikaveradi. Usta tag‘in gapini davom ettiradi, tur- mushning og‘irligidan, sa’yi-harakatdan gapiradi: — E, o‘qish to‘qlarning ishi, maktabni ularga chiqargan xudoyim, kambag‘alga chikora! Musavoy ukam, hunardan unar, deydilar. Mahsi tik, kavush tik, sartaroshlik qil, ishqilib, har bir yigit qanday bo‘lmasin bir hunarni o‘rganishi kerak. Miskar bo‘l, baqqol bo‘l, mana bizga o‘xshash kosib bo‘l, tirikchilik qil. Bir yigitga qirq hunar oz, deganlar boboylar, hunar o‘rgan! — To‘g‘ri aytasiz, hunar xazina, — deydi Abror ishdan boshini ko‘tarmay, — lekin, usta, xazina- ning eng ulug‘i — maktab! — Ko‘zlarini o‘ynatib bir qarab qo‘yadi bizga. Uning bu gapi menga juda yoqib ketadi. — Indamas balo-ku! — deydi kulimsirab usta boshini liqillatib Abrorga imo qilib. — Anov kuni kechqurun mahallamizdagi olifta- lar, tomosha ko‘rasan, yur, deb meniyam surgash- di, — deydi Abror ustaning gapiga parvo qilmas- dan. — Gorodning uzun katta ko‘chalaridan yura- yura bir katta boqqa chiqdik, «tiyatir» degan katta bir binoga kirdik. Ha, «tiyatir bu», deb o‘rtoqlarim tushuntirishdi menga. Yig‘ilganlarning aksariyati olifta-olifta yoshlar edi. Bir vaqt qarasam, to‘r tomonga tutib qo‘yilgan parda ochildi, qarshida bir supa ayon bo‘ldi, uni «sahna» deyisharkan. «Baxt- siz kuyov» degan tomosha ko‘rsatishdi. Abdulla Qodiriy degan bir kimsa yozgan ekan. Shunday fojiali voqealarni ko‘rsatishdiki, qotib qoldim. Dunyoni unutib yubordim, go‘yo shu dahshatli voqealarning ichida o‘zim ham yurganday bo‘ldim, ko‘zlarimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. Men hayron bo‘lib, angrayganimcha qiziqib tinglayman. — Artistlarning hammasi havaskor, yosh erkak- lar, lekin bir-ikkitasi xotincha kiyinib olgan, — kulib yuboradi Abror, — ovozlaridan bilasan erkak ekanini. — E, hammasi oldi-qochdi gaplar-da, — deydi usta charmga suv purkab. — Turmushda har bir fojiali, dahshatli voqealar bo‘ladiki, ko‘p ko‘rgan- miz. Qani jiyan, bitta suv olib kel-chi, — uzatadi menga sopol kosani. Dik etib turaman-da, hovuzga chopaman. Hovuz yaqin, guzarning o‘zida. Kosaga limmo-lim suv to‘latib do‘konga qaytaman. Shu payt ustaning oshnasi, tramvay ishchisi men bilan oldinma-ketin do‘konga kirib keladi. Ust-boshi yupungina, o‘ttiz-o‘ttiz besh yoshlarda u. Ovozini hamisha baralla ko‘tarib gapiradi. Hozir ham eshikdan kirib so‘rashishi bilanoq ustaga nimanidir baqirib gapira boshlaydi. Abror jimgina chok tikmoqda. Uning allaqanday xayol og‘ushida o‘tirganini yuzlarining, ko‘zlari- ning ifodasidan bilaman. — Ishim Piyonbozorda, — deydi ustaning oshnasi. — Tramvayning izini hali qarasangiz u yoqqa, hali qarasangiz bu yoqqa ochib turaman. — Tramvay yoTning kalidi menda, deng? — kuladi usta. — Ha, topdingiz usta, sal xayol uchsa bormi, tramvay bu izga emas, u izga uradi ketadi, ana shunda ko‘rasiz qiyomatni! Ilohim, ko‘rsatmagay u kunni, — deydi u, ko‘zlarida bir zum vahima ko‘rinib ketadi. — Lekin nihoyat ehtiyotlik zarur. Hunarim chakki emas, ammo moyana qurg‘ur ozroq-da. Mayli amal-taqal qilib jo‘jalarimning rizqini topib turibman. Tramvay haydovchilar, pat- tachilar mendan tuzukroq oladi chaqani. Lekin tramvaydan keladigan foydaning o‘ndan to‘qqizi xo‘jayinlarning hamyoniga tushadi!.. Tushundingizmi, jo‘ra? Ishning butun chatog‘i shunda!.. — Bir lahza jim bo Tib o‘ylanadi-da, yana gapga tushadi u: — Nekalay zolim daf boTdi, ko‘p yaxshi ish boTdi, bizdaqalarga kun tug‘di, ozodlikka chiqib qoldik. Lekin haliyam boylar jilovni o‘z qoTida ushlab turipti. Mayli, urinib ko‘rsin, ammo davr o‘zimizniki, usta, axir hamma yoqni qoTimiz- ga olamiz. Ishchilarning tashkiloti bor, kir sen ham, deb har kun jo‘ralarim qistashadi, men sho‘rlik rus tilini bilmasam, omi boTsam, kitob o‘qiy olmasam, gazit o‘qiy olmasam, bir ishning boshida boTolmasam, qoTimdan nima keladi? — Og‘ziga bir kaft nosvoy tashlaydi u. Shunda birdan Abror ishdan boshini ko‘taradi: — Yo‘q, aka, darrov kirib oling tashkilotga, rus ishchilari birpasda butun yoT-yo‘riqni o‘rgatib qo‘yadi, alifboni o‘rgansangiz bas, o‘qish qiyin emas, — kuyunib gapiradi u. — E tavba, shundaymi-ya?.. Kirsammikin? — deydi nosvoyni tuflab ishchi. — Bola-chaqalar bilan maslahat qilay-chi. Rus og‘aynilarim, sen ham kir, deb qistashyapti, o‘ylab ko‘ray-chi. — Dini islom kerak! — deydi jim ishlab o‘tirgan usta. — Ulamo hazratlari biladi oqu qorani, ana ular bilan maslahat qiling. Abrorning jahli chiqib ketadi ustaning gaplari- dan bo‘g‘iladi: — Ulamolar bu dunyoni o‘zlari olib, u dunyoni bizga bergan! — zaharxanda qiladi. — Amaki, yaxshisi ishchi o‘rtoqlaringiz qay yoT- dan borsa, siz ham shu yoTga kiring, o‘shalar bilan birga bo Ting! Gangur-gungur, hazil-jiddiy har xil gaplar uzoq davom etadi. Tirikchilikdan, kundalik voqealardan, urishdan... Xullas, gap ko‘p. Men shirach qoraman, ipni mumlayman, o‘zim- cha gapning mag‘zini chaqib o‘tiraman. Namozgardan keyin uyga yuguraman. Yuragida tuyg‘ulari, hislari ko‘p edi Abrorning, ko‘pincha chuqur xayol og‘ushida, go‘yo o‘zi bilan so‘zsiz gaplashayotganday, jim ishlardi u! * * * Odatdagidek Balandmachitga tushaman. Guzar- da tirikchilik, qimmatchilik, ayniqsa, arpa-bug‘- doyning narx-navosi haqidagi gaplar, qayg‘u-has- rat avjida... Ellik yoshlarga yetgan, gapga usta bir sar- taroshning do‘koniga boraman. — Nima qilib zerikib, o‘tiribsan, savdo kasod- mi? — so‘rayman men yoniga o‘tirib. Sartarosh «ho-o-oy», deb uzoq kerishadi va «voy-voy belim-ey» deydi. Biroz sukutdan keyin gapiradi: — Og‘ayni, tirikchilik og‘ir, uyda hech vaqo yo‘q, arpa nonga muhtojmiz. Boy akamlar doim aysh-ishratda, qo‘sh-qo‘sh xotin. Pul desang varaq- varaq, tilla desang xum lari to‘la. Falakning gardishi shunday, og‘ayni chalish! Olamning ishi shunday pachava! Men hayron va xomush unga tikilib o‘tiraman. Keyin sartarosh jiddiy so‘zlay boshlaydi: — E, manga qara, domlang tushgur g‘oyat mutaassib, go‘rso‘xta kishi. 0 ’qitishlari Qur’on-u haftiyak xolos. — To‘g‘ri gapingiz, juda eskicha hammasi, topdingiz. — 0 ’qi, lekin o‘qi, tentak, ruscha o‘qi, rus tilini o‘rgan, foydasi bor. Rusiya g‘oyat zo‘r, katta mamlakat. — Ishchilar, mastiravoylar, — ovozini juda pasaytiradi, — yer, zavod-fabrika, hammasi xalqniki, deyishayotganmish, tushundingmi, a? — Yana ham pasaytiradi ovozini. — Lekin, Musavoy, g‘alva ko‘p. Yer egalari, zavod-fabrika xo‘jayin- lari, Turkiston boyonlari, Muvaqqat hukumatni pesh qilib, xalqni aldayapti. Gazetxonlardan eshit- dimki, Petrogradda hukumat arboblari, boylar, urushni yenggunimizgacha davom ettiramiz, deyishayotganmish. Haromi zolimlar! Shunday, uka, zamon qaltis, sertashvish. Sartarosh kichkina qovoq chilimni olib, qutichadan chimdib ozgina tamaki tashlaydi va gugurt chaqib quldiratib uzoq-uzoq tortadi, bo‘g‘i- lib yo‘taladi, echki soqolini tutunlar tarab o‘tadi, kir dastro‘mol bilan ko‘z yoshlarini artadi. — Og‘ayni chalish, o‘tgan-ketgandan gapir, — to‘satdan kulib qo‘yadi sartarosh. — Yog‘liqqina, quling o‘rgilsin moshkichiri yegim kelyapti. Lekin go‘shti bo‘lmasa ham mayli, yuziga achchiq piyoz sepilgan bo‘lsa!.. Hay-hay-hay, moshkichirijon... Sartaroshning yuzi yana birdan jiddiylashadi. — Erta-indin qish tushadi, bechora xalqning usti yupun, sufrasi qoq, holi nima bo‘ladi, ukajon? Ulamo ahlining g‘arib, faqir bechoralar bilan hech ishi yo‘q, shunga dog‘man. Dinu shariat bo‘lsa bas, namoz-niyoz, toat-ibodat qilinglar, olio mushkul- laringni oson qiladi, deydilar, xolos. Sartarosh kuyunib o‘zining, xalqning kulfati- dan uzoq shikoyat qiladi. Men ham uncha-muncha so‘z qotib qo‘yaman. Keyin mayda-chuyda gaplarga o‘tamiz. — Amaki, menga kastum-shim juda yoqadi, ba’zi yigitlarda ko‘rib havas qilaman. Sartarosh kulib yuboradi: — Oblohu akbar, fason katta-ku, voy-voy! Bilmadim, endi oxiratni o‘yla, qo‘zim, yaxshi o‘yla. Katta bo‘l, moltopar bo‘l, zamonaga qarab kiyaverasan. Ammo kastum uzunroq bo‘lishi kerak. — Uzun kiyish yaxshimi? Yo‘g‘-e, yarashmay- di, uzun kamzul qolib ketadi, amaki. — Rasmi uzun kiyish qadimdan qolgan, savlatli, musulmonliging bilinib turadi. Lekin yaqindan boshlab boyvachchalar oliftagarchilikka zeb beradigan bo‘lishdi, kastum desangiz qo‘sh- qo‘sh! — Aksirib, yo‘talib qo‘yadi sartarosh. — Lekin musulmonmisan, bas, oyog‘ingni qarab bosishing kerak. Do‘konga soqol oldirgani bir kishi kelib qoladi. Sartarosh o‘rnidan chaqqon turadi: — E, og‘ayni, bormisan! Qalay, nemislar zo‘rmi yoki ruslar zo‘rmi? Rabochiylarning holi qanday, gapir? — deydi uni o‘rindiqqa o‘tqazib, yelkasiga sochiq tashlaydi va sochini suv bilan ishqalab ivita boshlaydi. — E, do‘stim, — deydi mo‘ylovi uzun, ko‘zlari quvgina, o‘ttiz yoshlardagi yag‘rindor kishi. — Nikolay yiqildi, olam guliston bo‘ldi, ozgina qoldi azob-u uqubatning barham yeyishiga. Nuqul xan- daq — okop qazidik. Rosa jonga tegdi. Ishqilib, omon-eson qaytdik. Lekin haqiqatda ruslar bo‘sh kelmaydi, urushda hammasi jasur. Petrogradda bo‘ldim, rabochiylar juda serg‘ayrat, qo‘rqmas, ularning zo‘r tashkilotlari bor. Sartarosh uning sochini ishqalagancha gapiga quloq soladi: — Urush qursin, jonga tegdi-ya, e-e-e! — deydi sartarosh qo‘llari ishqalashdan tinmay. — Narx-u navoni ko‘rmaysanmi? — Rost, rost, haddan tashqari oshib ketyapti, — deydi sartaroshning tanishi. — Lekin frontga borib, rabochiylar bilan so‘zlashib, turmushning qadrini bilib keldik. To‘satdan Turg‘unning terlab-pishib to‘rt parcha taxtadan qoqib-suqib ishlangan omonatgina aravachada changday mayda xoka ko‘mirni qayoq- dandir surgab kelayotganini ko‘rib qolaman. Yugurib oldiga boraman. — Og‘ayni, nima gap? Turg‘un to‘xtab terini yengi bilan artadi: — E-e, tirikchilik, goroddan kelyapman. E-e... Otamning oshnasi berdi bu ko‘mirni, ammo tekinga tushdi hisob. Saharda ketganimcha endi kelyapman, juda qorin ochdi, hali tuz totganim yo‘q. Men Turg‘un boyoqishga achinaman: — Ko‘mir iskalat uzoqmi, a? — deb so‘rayman. — E, vokzalning oldida, o‘ldim, charchadim, aftimning kuyasini ko‘r! — Bas-bas, menga ber aravangni, — deyman va og‘ir yukli zilday aravani arang siljitib, g‘ildiratib ketaman. Ikkovimiz Govkushga ravona bo‘lamiz. * * * Tush. Issiqlaganimdan ko‘ylagimni yechib tash- laganman, qoTimda tol shoxidan ishlangan, ovozi quloqni yirtadigan o‘tkir hushtak. Uni bor huna- rimni ishlatib havas bilan yasaganman. Yura-yura zerikib, Oqmachitga — bobomnikiga boraman. Do‘konda bobomning o‘rni bo‘sh, xalfalar issiqdan ko‘ylakchan bo‘lib, mahsi tikib o‘tirishibdi. Sho- girdlardan so‘rayman. — Buvam qani? — Buvang kasal, bilmadim, ichi og‘riptimi, — javob beradi birisi. Yugurib ichkariga kiraman. Bobom hovlida — olma tagida yoyilgan namat ustida yotibdi. Sho- shilib hushtakni lipamga qistiraman. — Buva, nima boTdi sizga? — so‘ray man yoniga cho‘kkalab. Bobom ko‘zini ochadi, mehribon tovush bilan deydi: — Tobim qochdi, bolam, bilmadim, haroratim baland... Yana ko‘zlarini yumib oladi. Men qayg‘urib bobomga telmuraman. U sap-sarig‘, ko‘zlariga qadar sarg‘aygan. Buvim ayvonda non yasab o‘tiribdi. Uning qovog‘i osilgan. Men asta buvim- ning oldiga boraman-da, jiddiy holda shivirlayman: — Buvamning mazasi yo‘q, tog‘amga ayting, tabib olib kelsin. Buvim kulchani yasay turib xafa holda deydi: — Olloning ishi, taqdir... tuzalib qolar buvang, gavdasi pishiq odam. Rahim kelsin, tabibga yubo- ramiz. 0 ’z bilgimcha turkona dori berdim, shifo bo‘lsin. Bobomning oldiga qaytib kelaman, harorati tag‘in ham oshganday, po‘rsillab yotadi. Jim tel- mirib yonida oHiraman. Bobom ko‘zlari yumuq, goho behushday allanimalarni shivirlab qo‘yadi. Govkushga, onamning oldiga yuguraman. — Tez chiqing, buvam betob, juda qattiq kasal, ko‘rpada yotipti. Onam dovdirab qoladi. — 0 ’tgan kuni chiqqanimda do‘konda tuppa- tuzuk ishlab o‘tirgan edi, — deya shoshilib nim- chani boshiga iladi-da, narvondan chiqib tomma- tom oshib ketadi. Ayvonda xomush o‘tiraman, xayolim bobomda. Bobom hali baquvvat, g‘ayratli, balki to‘qsonga, yuzga kirar, deb o‘zimni ovutmoqchi boTaman. Kenjatoyimiz Sharofat qizlar bilan hovlida o‘ynab yuribdi. Katta buvim hovli o‘rtasiga qator qo‘yil- gan uchta sandal kursida ko‘rpada shal boTib yotibdi. U saksonga kirgan. Buvim yalinib-yolvorib qizlarga piyolasini uzatadi: — Oppoq qizim, yaxshi qizim, ariqdan muzday suv olib ber. Qizlar hammasi duv etib buvimning oldiga kelishadi. «Menga bering, menga bering!» deb piyo- lani talashadilar. Zerikkanimdan, ehtimol, ko‘ngil g‘ashligidanmi, uydan siyoh, qalam va qalin qog‘oz topib olib chiqaman. Men har vaqt tanish sartaroshning do‘konidagi devorga qoqilgan «Abuba- kir, Ali, Usmon, Umar» deb xushxat bilan yozil- gan, rang-barang naqshlangan lavhani tomosha qilardim. Qamish qalamni siyohga botirib diqqat bilan qog‘ozga mukka tushganim holda urina-urina o‘shanaqa lavha yozishga kirishaman. Oqshom tushadi. Onam tag‘in tomma-tom qaytib keladi, shoshib o‘choqqa olov yoqa boshlaydi. Men boTsam hanuz sahobalarning ismlarini xushxat qilib asta chizmoqdaman. Onam oshxo- nadan turib qichqiradi: — Chiroqni yoq, yer yutmagur, bas qil xa- tingni!.. — Hozir. Sabr qiling! Juda yaxshi chiqyapti... Mana, mana bitdi! — deyman, qog‘ozdan boshimni ko‘tarmay. * * * Ko‘chada bolalar bilan nimadir o‘ynab yursam, birdan onam Oqmachitdan yig‘lab keladi. — Bechora otam dunyodan o‘tdi. Men bir zum qotib, bo‘zrayib qolaman. — Rostdanmi?! — qaltirab so‘rayman. — Birpasda xazon bo‘ldi, buvangdan ayrilib qoldik! — ho‘ng-ho‘ng yig‘laydi onam. — Tezroq kiyimlaringni kiyib chiq! Men ham ho‘ngrab yig‘lab yuboraman. Yig‘lab yurib tez kiyina boshlayman, to‘n ustidan belbog‘ bog‘lab, oyoqyalang, onamning oldiga tushib Oqmachitga yuguraman. Eshikka yetganimizda ko‘zlari qizargan xalfa, shogirdlar bilan boshlarini quyi solib machitdan tobut olib kelayotgan bir necha odamni ko‘ramiz. Men eshikdan «dod» deb kirib boraman. Buvim yig‘lab tingan, ko‘zlari yosh, siponamo o‘tiribdi. Tog‘am, qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar yig‘lagan. Xafa. Bobom uyda ko‘rpa ustida, ko‘zlari yumuq, uxlaganday yotibdi. Uch kungina xasta yotdi bobom. — Qayerda eding, mana, buvang olamdan o‘tdi! Rahmatlikning judayam erkatoyi eding. Mana yotipti, nuroniy pok buvang!.. — deydi tog‘am yig‘lab. Mening shunday o‘pkam to‘lib ketadiki, o‘zimni bobomning ustiga tashlab, o‘krab-o‘krab yig‘lay- man. Peshinga yaqin bobomni olib yo‘lga ravona bo‘lamiz. Onam bo‘zlab yig‘laydi, eshikkacha yig‘lab chiqadi. Tog‘am, qarindoshlarimiz ham- mamiz yig‘lab boramiz. Xalq qalin, bobomni qo‘lma-qo‘l olib ketmoqda. Men boshimni yerdan ko‘tarmay qattiq xafa ketmoqdaman, yig‘idan tomoqlarim bo‘g‘ilgan, ko‘zlarim shishgan. Bobomni g‘oyat yaxshi ko‘rardim. Shu tobda har narsa bir-bir xayolimdan o‘tdi. Bobomga taal- luqli xotiralarim... Bobomning so‘zlari hozirgina aytilganday qulog‘imda yangraydi, uning o‘lga- niga hech ishongim kelmaydi, hayajonda ketmoqdaman. Qancha-qancha xotiralarim bor: chorshanba bozorlari, mahsi bozor, shovqin-suron ichidan samovarga chiqib, yaxshi issiq non, ozgina murabbo bilan ikkimiz gangir-gungir choy ichib o‘tirardik. Masalan, Yangibozorga borib kelganimda, bobomning do‘konida o‘tirib unga gapirardim, cho‘l-biyo- bonlar, dasht-sahrolar haqida bilmadim, o‘pqonlar, baland tog‘lar, xullas hammasi haqida oshirib- toshirib gapirardim. Ovchilik, to‘rlar haqida zavq bilan gapirib, ajoyib voqealarni so‘zlab berardim. Ayniqsa bedana ovi haqida maroq bilan toshib gapirardim. Bobom ishdan boshini ko‘tarmay charmni ko‘va bilan taq-taq urib: — Ha-ha, voy-voy, tavba, gapir, o‘g‘lim, yur- dingmi qozoq cho‘llarida? Qani gapir. Ovullar, qozoq hayoti, uloqlardan gapir, — derdi kulimsirab. To‘qson-yuzga kiradi, deb orzu qilgan bobom oltmish ikki yoshida vafot etdi-ya! 0 ’zi semiz gavdasi pishiq odam edi. Mozorga boramiz, men go‘rga yiqilguday yaqin turaman. Bobom kafanga o‘ralgan holda bir zumda ko‘z o‘ngimdan yo‘q bo‘ladi. Lahzada tuproq uyulib, go‘r paydo bo‘ladi-qoladi. «Munkar-Nakir dahshatli qorong‘i go‘r ichiga kirgandir», deb o‘ylayman, titrab ketaman. «Bobom doim olloga sig‘inardi, pok edi, albatta Munkar-Nakir yaxshi so‘roq qilar», deyman ichimda. Qabristondan namozgarga yaqin qaytamiz. Yig‘lab uyga kirarkanman, buvim meni quchoqlab qarshi oladi. — Yig‘lama, bolam, taborakni o‘qi, — deydi yelkamga qoqib. 0 ’tirib taborakni o‘qiyman. Yosh ko‘nglim bi- rinchi marta hasratga to‘lib ketadi. Keyin jim o‘tirib uzoq xayolga berilaman, bobom butun xoti- ramda, fikrimda... * * * Jum a kuni. Meva to‘kin. Ayniqsa sersuv va xilma-xil uzum ko‘p. Qorajanjal, bedona, sohibi, dili kaftar, buvaki — xullas, bularning navi behi- sob. Ko‘zim o‘ynaydi, ammo mullajiring yo‘q. Piyo- da Oqtepaga — amakimning bog‘iga jo‘nayman. Ko‘cha chang, bilq-bilq tuproq. Yalang oyoq tuproq kechaman. Chaqqon va chayirman, bir lahzada g‘izillab, Oqtepaga yetib olaman. Toji buvi gumbaz- day bo‘lib, tomda mayizlarni yig‘ib yuribdi. Darrov narvondan tushadi va quchoqlab, o‘pib ko‘rishadi. — Ish ko‘p, o‘tin kesdik, o‘riklarni butadik. Yaqinda uzumdan shinni pishiramiz, boqishgani kelasanmi? — deydi kulib. Shaftoli va uzumlarga ko‘zim yuguradi. Toji buvi boTsa meni oldiga o‘t- qazib, buvim, oyim, ammam va boshqalarni so‘rab zeriktiradi. Ancha ezmalikdan keyin nihoyat pi- choq olib, paqir ko‘tarib ishkomga kirib ketadi. 0 ’tirsam bitta qo‘shni bola kelib qoladi. — Mana zaxcha, oling, yaxshi qush, xo‘p say- raydi, — deydi menga qoTidagi qushni ko‘rsatib. Men quvonib ketaman. — Qani ko‘ray, — deyman qushni qoTimga olib. — Bunga ozgina go‘shtni oq yem qilib berib turasiz, yaxshi yeydi. Vaqtim chog‘ boTganidan bolani quchoqlab olaman, keyin qushning ustiga ehtiyot bilan tog‘ora to‘nkarib qo‘yaman. Toji buvim chelak tagida uzum olib keladi. Nonga uzum qo‘shib ishtaha bilan xo‘p yeyman. Qorin to‘ygandan so‘ng, gasht qilib, ko‘chaga chiqib ketaman. Uzoq yuraman tentirab. Har yer-har yerda boylarning paxta dalalari. Avji paxtaning ochilgan vaqti. Qarollar va chorakorlar hammasi paxta termoqda. Yura-yura samovarga chiqib qolaman. Samo- varda odam qalin. Bir boy karavotda kerilib, mag‘rur o‘tiribdi. Qoshlari baroq, gavdasi duma- loq, baqbaqasi bo‘yniga sig‘maydi. — Ko‘r bo‘lgur, boqdim, osh berdim, kiyim berdim, haromi! — deb kimnidir so‘kmoqda. Men u yoq-bu yoqqa qarayman va chetda yakka o‘tirgan qarolni ko‘raman. Gavdasi pishiq, ammo juda oriq, o‘ttizdan oshganu, yuzida ajin, usti boshi kir, yamoq. — Ollodan qo‘rq, la’nati, mo‘min-qobil odam eding, birdan aynading. Buzuqi xoinlarga ergash- dingmi? Qarolning rangi quv o‘chib g‘azabdan oqarib ketgan. Ko‘zlarida kin va g‘azab yonadi. Menda ham boyga nisbatan ichimda nafrat to‘lqinlanib ketadi. — Bas, yuvindi ichib azobu uqubatda, ma- shaqqatda yurdim. Sakkiz yil bo‘ladi dargohingizga kelganimga, boy aka, har kun ish, doyim ish, ot-ara- va, ekin-tekin, paxta ter, beda o‘r, hammasi yel- kamda. Insofi yo‘q! — deydi odamlarga qarab qarol. — Uch-to‘rt kundan beri qayoqlarda daydib yuribsan? Xo‘sh, gapir? Lekin eshitganman. Rusiyadan qaytgan haromilarga qo‘shilib, o‘ris mastiravoylarga uchrashib, majlisbozlik, va’zxon- lik qilib yurgansan, ablah, hammasini eshitdim. Dindan chiqdingmi? — Boy odamlarga qaraydi: — Asta’firullo, bu kofirlarni din, islom uradi, elga-yurtga olloning g‘azabini keltiradi bu la’nati- lar. Qarol o‘rnidan irg‘ib turadi-da, juldur kamzuli etaklarini qoqib taxtaga o‘tiradi va choy chaqiradi. — Boy aka, so‘kdingiz ham, kaltakladingiz ham indamadim, churq etganim yo‘q. Mayli, ammo qilgan jabru zulmingizning jazosini tortasiz bir kuni. Albatta, haqlik, adolat bir kun yuzaga chiqadi. Lekin, boy aka bo‘ldi, haqimni bering! Boy unga quloq solmagan bo‘lib yonidagi bir- ikki ulfatlari bilan gaplashib o‘tiradi. Birozdan keyin qaroliga gapiradi: — Kechdim gunohingni, chirog‘im, ishga jo‘- na, — kulimsiraydi boy. — Xoinlar bilan yurma, bas, jo‘na dalaga, paxtaning avji vaqti. Qish kelib qoladi. Ozgina po‘pisa payg‘ambarning ishi! To‘g‘ri yo‘lga solmoqchiman, qiztaloq. Odam ishlatish og‘ir ish-da, — deydi ulfatlariga qarab, — bad- baxtlar hammasi o‘zboshimcha, qiyiq. Samovarda o‘tirgan to‘qlardan biri boshini liqil- latadi: — To‘g‘ri, boy aka, zamon buzilyapti. Samovardagi kambag‘allar, qarollar to‘da bo‘lib, choy ichib shivirlashib o‘tiradilar. — Bo‘ldik, kuchimizni xo‘p to‘kdik, bas! Endi dalangizda o‘zingiz ishlang! Siz ham bir terlab ko‘ring, shunda bilasiz, — deydi boyning qaroli. Boy jahlidan oqarib ketadi: — Zoti past, ablah, ko‘r bo‘lgur, sharaq-sharaq pul berdim, haromi! Buning qaranglar so‘zini! Qarollardan biri boyga qarab, muloyim gapiradi: — Boy aka, insof qiling, bu boyoqish sakkiz yil- dan beri sovuqda, qorda, yomg‘irda, jazirama sara- tonda halol mehnat qilib keldi. Tinmay mashaqqat chekdi. Ehtimol uncha-muncha pul olgandir, ammo sizda haqi ko‘p, qani bir hisobini qiling-chi! Boy istehzo bilan kuladi: — Eha, qozilar ko‘p ekan, tushundim. Ko‘ra- miz, haqi qolmagan menda, bir cho‘t qoqsak ma’- lum bo‘ladi-qo‘yadi. Men bu hodisadan hayron qolib, bir chetda quloq solib o‘tiraman. Janjal tobora qizishadi, jan- jal avjiga yetganda samovarchi qarshimda to‘xtab, o‘dag‘aylaydi: — Hey, bola, jo‘nab qol! 0 ’ralashma! Asta turib ketaman janjal avjiga yetganda. Toji buvim suzib kelgan moshxo‘rdani yaxshi ishtaha bilan uraman. Keyin boyagi tog‘orani qidi- raman. — Tog‘ora qani, qani zaxcha? — so‘rayman shoshib Toji buvimdan. — Ah, — deydi g‘alvirda mayizni tozalab o‘tir- gan Toji buvi, — bilmadim, xabarim yo‘q, bolalar olib ketishgandir-da. Xafa bo*lib ketaman, darrov qo‘shni bolaning bog‘iga yuguraman. — Bilmadim, xabarim yo‘q, qoTingizga berdim- ku, tuhmat qilmang-e!.. — deydi bola ranjib. — Bolalar yurgan edi Toji buvimning bog‘ida. 0 ’shalar olib qochishgandir... Bo‘shashib qaytib chiqaman. Toji buvimga qarashib mayiz-turshaklarini xaltalarga yig‘aman. Kech bo‘ladi. Toji buvim ro‘molchada bir-ikki bosh uzum beradi. Xayr-ma’zur qilib shaharga ildam yoT olaman. * * * Guzarda tuyalar, otlar, izvoshlar serqatnov, yangi shahardan kelayotgan avtomobil eski shahar tomon g‘izillagancha o‘tib ketadi. Angrayib orqasi- dan qarab qolaman. Yaqindan beri har zamonda shu avtomobil o‘tib turadi. Baqqollardan biriga qarab deyman: — Ko‘rdingizmi, ajoyib, hikmatli narsa. Baqqollar kulishadi. — Bu avtomobilni Petrograddan janobi Kerenskiy yuboripti, — deydi ulardan biri. — Ichida o‘tirgan hammasi xotin-ku. Bittasi erkak xolos. — Generalning xotinlari hammasi, — deydi baqqol kulib. — Yo‘g‘-e, bilmas ekansiz, ruslar atigi bitta xotin oladi, eshitganman. Baqqollardan biri nos chekib, yo‘taladi, ko‘ksov edi u, lablarini yamlab deydi: — To‘g‘ri, ruslarda shunday zakon bor, ya’ni qonun, qonun, qonun bor, bilasanmi? — deydi u baqqolga qarab. — Tug‘sa tug‘masa baribir, xotin bitta boTadi. 274 — E-e, qo‘ying-e, — deydi ikkinchi baqqol, — aysh-ishrat dunyoning lazzati, axir. 0 ’rgulay o‘zi- mizning islom shariatidan! To‘rt xotinning o‘rtasi- da davr sursang. Muhammad payg‘ambarimiz o‘zlari ham olganlar. Yana bitta uylanay, armonda ketmay deymanu, kampir ko‘nmaydi, uka. Ikki baqqol va men uzoq tortishamiz... Yo‘lakda ikki yoshgina o‘spirin, oliftanamo birisining qo‘lida kitob, nima haqdadir bahslashib bormoqdalar. Kitobga tikilib razm solsam Tavallo- ning kitobi ekan. — E, mulla aka, qatdan oldingiz bu kitobni? — so‘rayman ergashib. Yigitchalar kulishadi, novcharog‘i to‘xtaydi: — Ha, bola, maktabda o‘qiysanmi? Mashhur shoir ajib Tavallo janoblarining yozgan kitobi bu. Ammo turm ushning faje voqealaridan ibratli lavhalardir. Jaholatu zulmatni, jahannamday ha- yotimizni yozgan bu shoir, — deb hamrohining orqasidan oshiqadi. Yugurib hovliga kelaman. Onam jiyak tikib o‘tiribdi. — Birovdan eshitdim. Tavallo juda yaxshi, ibratli baytlar yozarmish. — E, qoch nariga, har kun bir mashmasha topasan. Turmushning mashaqqatini bilmaysan! Qoq boTib o‘tiribmiz. Isa akam tog‘am yoniga kirishib mahsi tika boshlagan edi. Undan, yalinib-yalvorib, axir ellik tiyinmi, oltmish tiyinmi olaman-da, Xadraga yuguraman. Xadradagi tramvay to‘xtaydigan joyda kichkina kitob do‘konchasi bor. Do‘konchada kitob- lar ko‘p. Ular orasida Avloniyning she’rlari, «Oyina» jurnali, birinchi, ikkinchi, uchinchi sinf darsliklari, Munavvar qorining namoz, ro‘za va axloq haqidagi nasihatlari, samarqandlik mashhur domla Vasliy janoblarining she’rlari, Ham- zaning milliy ashulalari, kuylari, mashhur shoir Sirojiddin maxdum Sidqiy-Xandaqliyning «Toza hurriyat» kitoblari turibdi. Qani pul bo‘lsa-yu, hammasini olsam. — Amaki, menga «Ravnaqil isIom»ni bering, ana turipti, Tavvallo majmuasi! — deyman kitob- furushga. Sovuqqina, badbashara, ammo oliftanamo sotuvchi polkadan kitobni olib oldimga tashlaydi. Kitobning narxini qaraymanu, bor pulimni sotuv- chiga tutqazib, uyga yuguraman. Ayvonda muk tushib, Tavalloning she’rlarim o‘qishga kirishaman. Hajviy she’rlarida eski odam- larning to ’y-hashamlarini xo‘p tanqid qilgan. Ko‘pgina she’rlarida hayot lavhalari, manzaralari yaxshi tasvir etilgan. Menga juda qattiq ta’sir etadi. To‘yu bazmlar, boylarning fisqu fujuri, xalqning savodsizligi, madaniyatsizlik, qoloqlik to‘g‘risidagi har xil o‘tkir iboralar menga g‘oyat ta’sir qiladi. Ayniqsa maktab masalasi, teatr haqi- da, yoshlarning birinchi marta tomosha qo‘ygan- lari haqida yozganlari g‘oyat ta’sirli. 0 ’qiyman, diqqat bilan berilib uzoq o‘qiyman. Ba’zi she’rlari esa yuzakiroq ko‘rinadi. Ammo hajvlari o‘tkir, so‘zlari yurakdan aytilgan, samimiy*. Eshikdan Turg‘un kirib keladi: — Xo‘sh, nima qilib o‘tiribsan? Yana she’rmi? E-e! Bas-e, jinni, yur, guzarga tushamiz. Men kulaman. — E, qo‘y-e, ertaga tushamiz. Tavalloni eshit- ganmisan? Xurofotu jaholat, eski odatlar, bid’at ishlar, hammasini qotirib yozipti. Turg‘unning jahli chiqadi: — 0 ’rtoq, yur, chopib o‘zishamiz. Bu narsa polvonning ishiday zo‘r ish. — Xo‘p, o‘rtoq, ertaga. 0 ’tir, shu kitobdan o‘qib beray, xo‘pmi? She’rning yaxshisidan o‘qiy- mi? — deyman kitobni varaqlab. — Qani, o‘tir. * Zamonaviy voqealarga yaxshi tushunmay, ichkilikka berilib, pastlashib ketgan bu shoirning boylarga moslab yozgan she’rlari ham ko‘p edi. 270 Qovog‘i soliq holda Turg‘un ayvonning chetiga omonat o‘tiradi. Men hayajon va maroq, ko‘tarinki ruh bilan bir she’rni o‘qiy boshlayman: Yoshlar bugun bilingiz, him m at. g‘ayrat qilingiz, M aktab sari yuringiz, o‘tm asin oy, yilingiz. Ko‘chada yurib bekorga, bedona, kaklik boqarga, Chiqishib samovarga o‘tm asin oy, yilingiz. Belboqni katta boylab, orasiga pulni joylab, Qaboqni eshigini poylab, o‘tm asin oy, yilingiz. Elni ko‘rib uyalmay, bir zarra ibrat olmay, Tramvaydan tusholmay o‘tm asin oy, yilingiz... Ko‘zlarni emdi yoshlang, piva, aroqni tashlang, Yoshlarni yo‘lga boshlang, o‘tm asin oy, yilingiz, Bizlarni Ovrupada yurgizm ayur piyoda. Ko‘krak ochiq yoqada, o‘tmasin oy, yilingiz. Olamda bizmu tanho, ko‘z bormu yoki a ’mo, Budir sizga Tavallo, o‘tmasin oy, yilingiz. — Qani ayt, ma’qulmi? — so‘rayman she’rni tugatib. — Tavallo menimcha zo‘r shoir! — dey man jiddiy holda. Turg‘un diqqat bilan tinglab, mag‘zini ehaqib o‘tirgan boTsa kerak, ta’sirlanib gapiradi: — Tramvay to‘g‘risidagini boplab aytipti, juda do‘ndiripti! Tramvayda har xil fisq-u fasod gaplar serob. Tavallo janoblari ham eshitganlarini yozgan- da. Qiziq voqealar achib yotipti. Esiz-esiz, o‘qi- madim-da, mulla boTsam hammasini qoyil qilib yozardim-a! Qani, yaxshisidan o‘qi! — deydi Turg‘un joylashib, chordana qurib. Men kitobni varaqlab ayrim joylarini avvalo ichimda o‘qiyman, ko‘zdan kechiraman. She’rlar rangdor, jonli, tili o‘ziga xos, ravon. Men «Ibrat bog‘inda» she’rini o‘qiy boshlayman. Yoz fasli oq badanlar, oq kiyim lar kiysalar, Paxtalikni tashlamay, yelkaga chiqqan yog‘imiz. Uch qabat kam zilni ustidan yana bir kattakon Bog‘labon mahkam qilib sakkiz quloch belbog‘imiz. Ko‘tarib ishtonni tizdan yuqori, ko‘krak ochiq. Ko‘rsatib ko‘krakda jun necha semiz qursog‘imiz... Turg‘un zavq bilan qotib-qotib kuladi. Ibrat- omuz kulgili gaplarni takrorlab-takrorlab qo‘yadi. She’rlar unga yod bo‘lib qoladi. Birdan chuvvos ko‘tarib hovliga bolalar kirib kelishadi. — Ana qaranglar, onaboshining ahvolini, u ham kitobni tushunadigan bo‘pti, maza qilib eshitib o‘tiripti! — deydi Ahmad kesatib. Turg‘un bolalarga imo qilib, menga: — 0 ’rtoq, bas qil, kitobni yig‘ishtir, ertaga o‘qiymiz, xo‘pmi? — deydi-da, o‘rnidan chaqqon turadi. * * * Dadam sahroda, to‘rt-besh oyda bir keladi, uch- to‘rt kun turgandan keyin, yana dashtga qarab jo‘naydi. Shuning uchun ham xotinlar uyimizga hamisha biri kirgan, biri chiqqan. Kampir otin bibi juda mahmadona, so‘zga chechan, bilag‘on xotin. lining eri Xumsonda baqqolchilik qiladi. Otin bibi gapni juda do‘ndiradi: — Qarindoshlarimga borgan edim, gap-so‘z ko‘p, — deydi u jiyak to‘qib o‘tirgan oyimga. — Eshitamiz, qani gapirsinlar, — deydi oyim ishdan ko‘zini uzmay. — Istambulning xalifasi, mashhur podshohi, a’zam hazratlari tantana bilan ming-ming lashkar tortib, ot-u tuyalarga lak-lak to‘p-u to‘pxona, qurol-yarog‘ ortib, tantana-dabdaba bilan Turkis- tonga kelayotganmishlar. Sulton hazratlarining kuyovlari mashhur Anvar poshshoning askarlari Istambul atrofida, oti nima ham edi, ha, anglis-u faranglar bilan jang qilib, qonli urushlardan keyin, dushmanlarning hammasini butun qurol-u asla- halari bilan dengizga ag‘daripti. Lekin Turkiyada qurol-aslaha nihoyat ko‘pmish. Xalifa hazratlari, Anvar poshsho Arabiston-u Misrda ham farang-u anglis askarlari bilan qattiq jang qilishganmish. Anvar poshsho jahonda misli yo‘q jasur, pahlavon emish. He gap ko‘p... Xalifa hazratlari askarlari bilan yurtimizga kelayotgan bo‘lsalar, inshoollo, shoyadki yaqin orada Toshkentda ko‘rsak!.. Ammo namoz, ro‘za, toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib turaylik. Qo‘shinlar birin-ketin kirib, ancha xotin-xalaj yig‘iladi. Gap-so‘z avjida. Rohat kelin oyi bijillab, eshitganlariga qo‘shib-chatib, mardikorlik, ustalar tashkilotlari haqida uzoq gapiradi, G‘affor akaning ulamolardan qo‘rqishini aytadi. Uzun Sara so‘zamol kampir, pir xizmatida tura- digan zikrchi xotinlarning bilarmoni, onaboshisi. — Pirim aytdilarki, zamon og‘ir tahlikada, ehti- mol Dajjol chiqar, toat-ibodatda bo‘linglar, nazir- niyoz qilinglar, dedilar. Otin buvi, sulton-xalifayu Anvar poshsho bilan lashkarlarini maqtab, qa- yoqdagi gaplarni gapirasiz-a. Xalifa hazratlari o‘z taxtlarida o‘tirganmishlar, u kishi bu yoqqa kel- maydilar. Eshitganman, xalifam kanizlari — huri- liqolar bilan ovora emishlar!.. Otin bibining jahli chiqadi, qizarib-bo‘zarib yana gapira ketadi. Go‘yo ikkisini qo‘yib yuborsan- gizu, xo‘rozday patir-putur tepishib, bir-birining patini yulsa. Men xotinlarning gapiga kula-kula quloq solib o‘tiraman. — Gap-gap, qiladigan ishinglar yo‘qmi, qurib qolganmi ish? Juvozkashlarday yakkash g‘ir-g‘ir gap aylantirasizlar!.. — deyman tegajaklik qilib. Otin bibi va qo‘shnilarimiz meni haydaydilar: — Aylanay, tur, ko‘chaga chiq, xotinlarning ichida o‘tirma! — Agar men sen bo‘lsam ko‘chadan beri kel- masdim, — deydi istehzo bilan Rohat kelin oyi. Men bir-ikki g‘ijirlashib ko‘chaga jo‘nab qola- man. Qarshimdan Turg‘un chiqib keladi. — Ko‘rinmaysan? Yur guzarga! — deyman. Turg‘un ohista shivirlaydi: — Folbinga borgan edim... Mashhur, juda top- gich xotin. Oyim injiqnamo kasal, bilasan-ku. Folbin buyurgan edi, go‘sht olib kelyapman. — Ey o‘rtoq, hamma kasalning davosi ovqat. Oying yaxshi ovqat yesa tuzalib, otday bo‘lib ketadi. — E-e, nonga zormiz, yaxshi ovqat qayoqda? Oyim nuqul, folbin, deydi. Turg‘un va men ikki qadoq go‘sht ko‘tarib, ularning hovlisiga kelamiz. — Yaxshi go‘sht, — deydi Turg‘un, — ko‘r, tushimda ko‘raman har kun bunday go‘shtni, — kuladi u. — Lekin folbin norin qildirib, olib ketadi uyiga. Innaykeyin, yana tovuq so‘ydik, bozordan otam olib keldi, semiz tovuq. Ozginasini oyimga berdi-da, qolgan hammasini folbin o‘zi oladi. To- g‘amning uyiga folbin kelganda ham qo‘y so‘yish- gan edi, hammasini olib ketgan. Lekin u folbin zo‘r, juda mashhur edi, ko‘ramiz, uyda o‘tiripti, — deydi menga shivirlab Turg‘un. Men oyoq uchida yurib ayvonga chiqaman va sekin derazadan qarayman. Bemor to‘shakda yotib- di. Ko‘rpasi ustida bir dasta tol xipchin. Bemorning boshi bog‘langan. Folbin qarshida ko‘rpachada childirmani gumbirlatib, sirli bir maqomda chalmoqda. U imlab, atrofiga alanglab, sirli nidolar bilan parilarni chaqirmoqda. Folbin ingichka, uzun, qop-qora . abashday, ko‘zlari g‘i- laynamo, sirli qiyofadagi yuzi qat-qat tirish, ustidagi kiyimi qora, peshonabog‘i ham to‘q jigar- rang. Men uning haybatidan cho‘chib ketaman. Turg‘un sekin oldimga keladi. — Qalay folbin? Bachchag‘ar o‘lgunday sovuq, badbashara. Oyim yalindi, uyini qidira-qidira uzoq katta jarning yoqasidan topdim. Hovli xuddi to‘qayga o‘xshaydi, qop-qorong‘i. Hammasi chaka- lakzor. Har biri eshakday keladigan uchta it zan- jirda. Badburush zo‘r itlar. Qo‘rqib ketdim. Supada bo‘lsa uch og‘ayni, hammasi nashavon, qimorboz, takasaltang. Og‘izlaridan chilim uzil- maydi. Folbinning o‘zi yo‘q ekan. «Hozir keladi, chilim tut, birpas kut» deyishdi. Qarta o‘yin bor- ku, bilasanmi? Hammasi qarta o‘ynab o‘tiripti. Bu ham qimorning kattasi-da. Kuta-kuta folbin ham tugun-tugun narsalarni ortib-tortib qayoqdandir keldi. Yalinib-yolvordim kampirga. Kampir supada o‘tirib, avval: «Juvonmag bo‘lgurlar qimorlaring qurib ketsin, yig‘ishtir!» deb o‘g‘illarini urishdi. Keyin menga qarab: «Anavinisi o‘ttiz ikkida, anavi shayton yigirma sakkizda, manavi ko‘hlikkinam yigirma beshga to‘ldi, lekin hammasi ishyoqmas, tekinxo‘r. Suluv-suluv qizlar ko‘p, hammasi jon deydi-yu, lekin bu la’natilar bo‘ydoqlikni yaxshi ko‘radi», deydi ezmalanib kampir. «Kampir-ey, vaqt-soatida bo‘ladi har ish, mayli men ehtimol toq o‘tarman, xohlasa kenjatoyni uylantiraver, popuk- dayini top» deydi bittasi. Keyin ikkinchisi: «Aya, kichkinani uylantir, bu oliftanamo bachchag‘aring sho‘x!» deydi. Yonboshlab yotgan kichkinasi bo‘g‘ilib gap boshlaydi. «Ye, aya, kichkinaman-ku, chaqaloqman-ku! Lekin, ona, yaxshi qiz yoqadagi qunduz, degan maqol bor. Shundaqasini topsangiz, mayli, yo‘q, demayman. Ammo, ay a jon, sizni boshimda ko‘tarib yuraman, lekin shart shuki, har kuni mullajiringni cho‘ntakka to‘kib turasiz», deb tirjayadi erkatoyi. Folbin nosni burniga tiqib «apshu-apshu», deb aksiradi, keyin to‘ng‘illab: «Men ketdim, samovarni qo‘yib, issiqqina ser- go‘sht palovxon to‘ra bor manov tog‘orada, yeng- lar!» deydi. Shundan so‘ng yo‘lga tushdik. Shunaqa gaplar, o‘rtoq. Turmushning g‘alvasi hammasi. Ana folbin o‘rnidan turdi, vaysab ketdi-ya, voy ablah-ey, chir-chir aylanishini qara, ajinaga o‘x- shaydi! Men qotib kulaman: — Rost! U xuddi parilar bilan jinlarni chaqi- rayotganga o‘xshaydi, vaysayapti. Ammo to‘g‘ri aytasan, juda bahaybat, badbashara kampir ekan. Hammasi bo‘lmagan gap, xurofot menimcha. — Qara, folbin oyimning kiftiga minib oldi, «ko‘ch-ko‘ch», deb imlayapti. Men folbinning tovushidan vahimam kelib imoratlari past, to‘kilib turganday omonat kul- badan qochib ko‘chaga yuguraman. * * *A* Dastyorchilikdan bo‘shagach, guzardagi temir- chining pastgina do‘konxonasida o‘tiribman. Te- mirchi oriqqina yuzini ajin bosgan, soqollari siyrak, terdan, olovdan qoraygan manglayi keng kishi. Yordamchisi polvon, gavdasi pishiq yigit. Qish-u yoz egnida eskigina yirtiq kir chopon. Usta temirni cho‘g‘ga solib bolg‘alaydi, cho‘- zadi, yassilaydi, yana olovga soladi. Yigit esa tin- may dam bosadi. Usta ketmon, tesha, taqa, arava, mix, ishqilib, har xil ikir-chikirni boplaydi. Usta zerikib, o‘tgan-ketgan, oldi-qochdi gaplar, turmushning qiyinchiliklari, tashvishlaridan gapiradi. — Chirog‘im, temirni Dovud payg‘ambar top- gan, simobday eritgan. Ha, olovning tishi yo‘q, ho‘l-quruq bilan ishi yo‘q. Dovud payg‘ambar innaysigin omochga tish, ketmon yasagan, hamma ummatlarga bergan. U kishi katta usta bo‘lgan, ko‘p hikmatlarning egasi bo‘lgan. — Birpas sukut qiladi. — Falakning ishi doim g‘alvasozlik. Lekin maqol borki, buyurgan oshga tish tegar, yoz tegmasa qish tegar. Zamon o‘zgarib turadi. Kam- bag‘allar, ochlar, qashshoqlar, bir kun kelarki, albatta yorugiikka chiqar. Sudxo‘rlar, qorni katta boyonlar qilmishlarining jazosini tortar. Dunyoda adolat bo‘lsa shunday bo‘lar, haqiqat, odillik, jiyan, zo‘r narsa. Masalan, rus mastiravoylar bosh ko‘tarib chiqib, hukumat bizniki deyishyapti. Albatta yorug‘likka chiqamiz, jiyan. Men ustaning gaplariga churq etmay quloq solib o‘tiraman, To‘satdan ustaning duradgor og‘aynisi kelib qoladi. U novcha, soqoli moshkichiri, qoshlari o‘siq, ko‘zlari quvgina kishi. — E-e, qalay ishlar, ko‘rinmaysiz? — deydi usta temirni bolg‘alashdan picha tinib. U nosni tuflab, keyin ustaga deydi: — Gap ko‘p. Ustalar jamiyati har kun yig‘ilish o‘tkazadi. Lekin ulamo hazratlari: «Kofir, chur- chit, ablahlar jamiyatini quritish kerak, bo‘lmasa, ularni olomonga solamiz!» deb do‘q qiladi. Ba’zi ulamolar nasihat qilib, oxiratning azobi yomon, deb qo‘rqitadi. — Ulamo hazratlari o‘z nafsini biladi-yu, ammo xalq g‘amini yemaydi, — deydi usta g‘azabi qo‘- zib. — Zamonlar o‘zgarib, ustalar jamiyati tashkil etildi. Menimcha yaxshi bo‘ldi. Mastiravoylar ish biladi, bizni o‘rgatadi. Qayoqqadir chiqib ketgan yordamchining o‘rni- ga dam bosib, ustaning gaplariga quloq solaman. Usta ketmonni qattiq bolg‘alaydi, ovozi Baland- machitga eshitiladi. — Qani gapiring, mastiravoylardan so‘zlang. Zavod-fabrikalarni, yer-u suvlarni xalqning o‘ziga topshirsin, deb rus mastiravoylar majlis qilgan- mish, to‘g‘rimi shu gap? — so‘raydi temirchi. Duradgor ustaga yaqinroq o‘tirib deydi: — Goroddan kelayotib xiyobonda — bilasan-ku, mashhur bog‘ — o‘shaning oldida birpas to‘x- tadim. Tumonat odam. Askarlar ham bisyor. Mastiravoylar minbarga chiqib va’z aytishyapti. Vaqtli hukumat yo‘qolsin, boylarni qo‘llab-quvvat- layapti, zavod, fabrika, yer-suv hammasi bizniki, deyishyapti. Xaloyiq, «malades», «ura» deb ma’- qullayapti. Ruscha bo‘lgani uchun ko‘p gaplariga tushunmadim, buni ham yon-verimdagilardan so‘- rab oldim. Notiqlar ketma-ket minbarga chiqib tu- rishipti. — Mastiravoylar biladi, do‘stim, — deydi usta jiddiy holda, — gaplari to‘g‘ri. Boylar, savdogarlar fabrika, zavodlarni bizga bersin deyishadimi — yaxshi gap, to‘g‘ri bu. Duradgor supaga o‘tib o‘tiradi. Qo‘lidagi to‘rvada ozgina mosh. U to‘rvani avaylab tizzasiga qo‘yadi. — E, gap ko‘p, og‘ayni, taqir-tuquringizni birpas qo‘yib turing. Usta kuladi: — Qani, to‘xtataylik ishni, gapiring. — Og‘ayni, ruslar olamning sirini biladi. Urush maydonida ham, Petrogradda ham g‘alayon. Ish- chilar miltiq, yarog‘ bilan qurollanganmish. Gap ko‘p, ruslar biladi ahvolni. Mana, Toshkentda ham ahvol jiddiy. Gorodda ishchilar nihoyat ko‘p yig‘ilgan, oralarida musulmon ishchilari ham anchagina. Ulamolar xalqni tizginlab, ruslarga sotilma, kofir bo‘lasan, toshbo‘ron qilamiz, deb do‘q qiladi. Xalqni puch gaplar bilan aldab: «Muxtoriyat qilamiz», deydi qo‘qonlik boylar, zi- yolilar, jadidlar. Temirchi so‘raydi: — Ziyolilar degani kimlar? — Ziyolilar deganimi?.. Xo‘sh... Bilmadim, o‘zim ham yaxshi tushunmayman. Eshitishimga qaraganda, ziyolilar o‘qigan, bilimdon, dono kishi- iarmish. — E, bilgich emas, kaltadum deng, olifta deng? — kulib qo‘yadi temirchi mo‘ylovini burab. — Ziyolilar, bilmadim, kaltadummi, ammo bilgich, o‘qigan odamlar-da, — deydi takrorlab duradgor. — Ulamolar fuqaroni o‘zlaricha tarbiya qilib maqsadlariga yetishmoqchi. Bunisi bizga rav- shan... Men temirchining do‘konidan chiqib Govkushga jo‘nayman. To*g‘ri Turg‘unning oldiga boraman. — Qani, gorodga chiqamiz. Turg‘unga eshitganlarimni qisqa gapirib bera- man. Onasi xo‘mrayadi. — 0 ’tinni yor, bas, yer yutgur! — deb ayvondan baqiradi. — Hozir kelaman, oyijon, ozgina ishim bor edi, — deydi Turg‘un va men bilan ko‘chaga cho- padi. Ko‘chada bolalarning to‘p o‘yini qizigan payt. — Qani, og‘aynilar, gorodga! — deydi Turg‘un. Bolalar o‘yinni tashlab bizga qo‘shiladilar. Balandmachitga kelgach, maslahatlashamiz. Tram- vayga pulsiz tushib bo‘lmaydi, pattachi ko‘rsa xo‘p uradi. Tinchgina aravaga osilish mumkin. Keyin ehtiyot bilan izvoshga osilsa bo‘ladi. Bolalardan olti kishini tanlaymiz, boshqalarining — mahalla- ga, uy-uylariga ketishlari kerakligini uqdiramiz. Birinchi uchragan aravaga A’zam ikkovimiz osi- lamiz. Men vahimadaman. Turg‘un bo‘lsa izvoshga osilgan. Turg‘unning qulog‘iga birdan charsillab qamchi tegadi shekilli, o‘zini tappa yerga tashlaydi. Men: «Arava tinch, bu yoqqa kel, yaxshi ketyapmiz!» deb sekin imlayman. Aravakash indamaydi. Ammo Turg‘un yana bir boshqa izvoshga osilib oladi. Aravakash bizni sezib qolib, xipchin bilan o‘qtalgancha shovqin soladi: — Shumtakalar, yo‘qol hammangl A’zam ikkovimiz o‘zimizni yerga tashlab, hay- tovur, qutulib qolamiz. — Qalay, Turg‘unboy, xipchin qalay? — so‘raydi A’zam. Turg‘unning qovog‘i solinadi: — Sal tegdi-da. Ha, senga xipchin tegmagan- midi?! — Bas, endi oyoqni ishga solaylik, — deydi A’zam. Bir-birimiz bilan o‘zisha-o‘zisha yugurib, Shay- xantovurga yetamiz. Hammamizdan sharros ter quyilmoqda. Bir do‘konning oldida lahzagina cho‘kib nafasimizni rostlaymiz. Turg‘un bir aravakashga yalinib, aravasiga chiqib oladi. A’zam va men piyoda ketamiz. Aravakash bizni yupatgan bo‘ladi: — Chiroqlarim, yuk ko‘p, bo‘lmasa sizlarni ham aravamga chiqarib olardim. 0 ’rdaga yetib boramiz. Tor ko‘prik chetida bizni kutib turgan Turg‘un papiros chekib yo‘taladi. — Ma, chek, — deydi menga Turg‘un. — «Roza» degan papiros. Bir rus chol chala tashlagan ekan, darrov ilib oldim. A’zam papirosni Turg‘unning qoTidan yulib oldi-da, anhorga uloqtiradi. Bu yerda baqqollar, qassoblar ko‘p. Pastda samovar. Oshxonadan kabob va go‘sht kuydi hidi anqiydi... — V i yog‘i gorod, chegaraga yetdik, — deyman men ko‘prik chetiga o‘tirib. Turg‘un somsapazning do‘koni tomonga qa- raydi. — Somsa yaxshi-da! Bay-bay! — deydi havasi kelib. — Lekin katta bo‘lganimda, qarab turlaring, albatta oshxona ochaman. Ana shunda ko‘ribsizlar- ki, mullajiring sharaq-sharaq. A’zam o‘choqqa o‘t qalab turadi. Musa ovqat tashiydi, men xo‘jayin bo‘lib to‘rda o‘tiraman. Mening ishim faqat pul sanash bo‘ladi. Qotirib tashlayman!.. A’zamning jahli chiqib Turg‘unning yuziga tarsaki tortib yuboradi. Turg‘un alamiga chidayolmay o‘rnidan irg‘ib turadi. Men o‘rtaga tushib, ajratib qo‘yaman. — Mahallada gaplashamiz, hali mahallada gaplashamiz! — deydi Turg‘un A’zamga do‘q qilib. Birdan qayoqdandir otliq askarlar paydo bo‘ladi. Qovoqlari solingan soldatlar miltiq ko‘tarib ketmoqdalar. Tramvay yoTidan piyoda Aleksandrov bog‘iga boramiz. — Rus bolalar tutmasmikan? — deydi A’zam birdan. Turg‘un javob beradi: — Rus bolalari yaxshi, rabochiylarning bolalari bizga tegmaydi. Men bir kun goroddan qopda so‘k orqalab kelayotgan edim, har qadamda to‘xtayman. Jiqqa terga botdim. Birdan ikkita rus bola uchrab qoldi, rahmi keldi shekilli, qopni ko‘rsatib, menga ber, bola, dedi. Hayron bo Tib to‘xtadim. Ichimda beraymi, bermaymi, deb o‘yladim. Oddiy kiyingan, rus bolasi, shapkasi kir, kiyim-boshi o‘rta, o‘n besh yashar, baland, baquvvat bola edi. Ikkinchisi kichkina edi. Qopni berdim, orqalab oldi-da, gTzil- lab ketdi. U bir nimalar deydi, lekin tiliga tushun mayman. YolgTz bilganim: ispasiba. Otam o‘rgat- gan, ispasiba desang olam guliston, deb. Shunday qilib, haligilar qopni galma-gal ko‘tarib chopishdi. Qoryog‘diga keldik. Rus bolalar, mana stariy gorod, deb qopimni berishdi, qayta-qayta ispasiba, deb qopni orqaladim. 0 ’lguday duo qildim. — Yana qanday ruscha so‘zlarni bilasan? — so‘ray man Turg‘undan. — «Xarasho», «tavarish» degan so‘zlarni bila- man, — javob beradi kulib Turg‘un. Tushdan oqqanda horib-charchab Piyonbozorga yetib boramiz. Turg‘un balo, birpasda xabar topib keladi: — Aleksandrov bog‘ida miting oxirlab qolganga o‘xshaydi. Mish-mish gap... Rabochiylar burjuy- larni ezamiz deydi. — Burjuy deganing nima? — so‘raydi A’zam. Turg‘un jiddiy ravishda tushuntiradi: — Burjuy degan narsa, xo‘sh, olib sotar, sav- dogar degani bo‘lsa kerak-da. ... Aleksandrov bog‘iga yuguramiz. Mitingda ko‘pchiligi ruslar, musulmonlar ham bor. Minbarga oddiygina kiyingan, katta soqolli, qora- gina bir xushbichim kishi chiqadi. U zulm, vahshat, haqsizlik to‘g‘risida shunday ta’sirli gapi- rardiki, og‘zim ochilib qoladi. Notiq mehnatkash- larning og‘ir ahvoli, tekinxo‘r boylarning aysh- ishratda yashayotganliklari to‘g‘risida ibratli mi- sollar bilan gapiradi. — 0 ’lkamiz albatta hurriyat, adolatga erishadi, xalqning orzusi ro‘yobga chiqadi. Biz haq- huquqimizni qo‘limizga olamiz! — deydi notiq gapining oxirida. Uning so‘zini ma’qullagan sadolar yangraydi. Mahallaga bazo‘r yetib kelamiz. Onam boyoqish mendan xavotir olib, diqqati oshgancha tashvishlanib o‘tirgan ekan. — Oyi, juda gap ko‘p!.. — deyman ariq suvida shapir-shapir yuvinib. — Gorodga bordik... Ovqatingiz bormi? Onam urishib koyiydi: — Yomon sayoq bo‘lib ketyapsan! — Oyi, ovqat! — deyman supa labiga cho‘kka- lab. Onam moshkichiri olib keladi. — Burjuylarning tagiga suv ketyapti! — deyman ovqatni tiqila-tiqila chaynab. — Burjuy deganing kim? — so‘raydi onam yonimga o‘tirib. Biroz o‘ylab javob beraman: — Ruslar boylarni burjuy deydi!.. * * * Onamga nosvoy olib kelish uchun bozorga ket- moqdaman. Do‘ppifurushlarning kichik-kichik do‘konchalari oldidan o‘tib borayotib bir uyda suvoqchilar, mardikorlar, ustalar tiqilib o‘tirgan- larini ko‘raman-da, qiziqib, men ham boshimni suqib mo‘ralayman. Deyarli barchalarining ustida yirtiq-yamoq kiyim, ko‘plari yalangoyoq, eski choriq kiyganlar. Uyning to‘rida qo‘ldan so‘qma taxta stol oldida besh-olti kishidan iborat hay’at o‘tiribdi. Notiq qattiq hayajonda terlab-pishib gapirmoqda. — Kimdi bu? — so‘rayman eshikka yaqinroq turgan bir o‘spirindan. — Ochil aka-ku, ustalarning boshlig‘i! — javob beradi yigitcha shivirlab. Ochil aka yirik gavdali, savlatli, oq soqolli, ko‘zlari ma’noli, qoshlari quyuq kishi. Oppoq ko‘ylak ustidan yengil yaktak kiygan, boshida moshrang duxoba do‘ppi. So‘zlarni chertib, har xil misollar, maqollar bilan salmoqlab gapirmoqda: — Birodarlar, o‘rtoqlar, gap shunday, zamon bizniki. Ustalar jamiyati, suvoqchilar, mardikorlar, butun mehnatkashlar birlashib, rus og‘aynilar masterovoylar bilan birlashib, huquqimizga, tilak- orzularimizga yetishaylik. Petrograd ishchilari zavod-fabrikalar, yer-suv, jamiki hammasi boylar- dan tortib olinsin, hammasi mehnatkash xalqniki, deyapti. Toshkentdagi rus ishchilari uyushib zo‘r tashkilotga aylanib qoldi, ular sho‘ro mahkamasi tuzib, qattiq ishlayapti. Musulmon boylari bir yoq- dan, ulamo hazratlari bir yoqdan din-u islomni pesh qilib xalqni aldayapti. 0 ’rtoqlar, rus ishchilari bilan birlashib, hammamiz ahil bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqarib, Vaqtli hukumatni hay- dasak, boylar, savdogarlar zulmidan qutulamiz, ozodlikka, baxt-saodatga erishamiz. Bu kurashda mehnatkash xalqqa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, rahbarlik qilish bizning burchimizdir. — To‘g‘ri! To‘g‘ri! — deb qichqiradi ko‘plar. Ochil aka yana gapda davom etadi. Ishchilarning og‘ir hayoti, ulamo va boylarning hiyla- nayranglari haqida tag‘in uzoq gapiradi. Men ixlos bilan tinglayman. Tushunmagan so‘zlarni yonimdagilardan so‘rab olaman. U peshonasining terini artib o‘tirgach, yana uch-to‘rt kishi so‘zga chiqib, turmushning mashaq- qatidan, zamona ahvolidan, mehnatkashlarning oldida turgan vazifalardan gapiradilar. — Ulamolar, boy-u kambag‘al birlashib, din-u islom bayrog‘i ostida to‘planmog‘imiz zarur, dey- dilar. Turkiston o‘lkasida muxtoriyat quramiz, dermishlar. Bizlarni quruq gaplar bilan aldab, yana bo‘ynimizga zanjir solmoqchilar. 0 ’rtoqlar, hush- yor bo‘linglar, hozir butun mehnatkash, butun ishchilar va kambag‘al dehqonlar rus ishchilar bilan yakdil, yaktan bo‘lib ish ko‘raylik, — deydi o‘rta yoshlarda, kalta soqolli bir kishi. Keyin jadidnamo, olifta kiyingan, boshida yangi duxoba do‘ppi, jujun kamzulli, tilla ko‘zoynakli bir kishi so‘zga chiqadi. U so‘zni tarixdan boshlab, Temur dabdabasidan, «oltin tuproqli Turkiston o‘lkasi» degan iboralar bilan ezmalanib asabiy so‘zlaydi: — Afandilar, hammamizning dinimiz bir, ollomiz bir, payg‘ambarimiz, sahobalarimiz bir, turk avlodimiz, tariximiz cho‘q porloq, o‘tmishi- miz, shon-shavkatimiz ulug‘dir. Ulamolar va boyonlarimiz millatimizning homiylaridir. Albatta, ziqna boylarimiz ham yo‘q emas, xudodan tilaymiz- ki, o‘zi ularga insof bergay. Hammamiz hamjihatlik bilan birlashsak, inshollo, baxtimiz tug‘ular. Issiqdan terlab ketganimdan odamlar orasidan bazo‘r sirg‘alib chiqib tashqariga otilaman. Poyakilikdan nosvoyni olaman-da, tanish ipakfu- rush yahudiydan onam buyurgan ipaklarni xarid qilgani jo‘nayman. * * * Kuz. Yaproqlar asta to‘kilmoqda. Tunlari izg‘irinli sovuq. Bir-ikki yog‘in ham bo‘lib o‘tgan. Bugun havo yaxshi, osmon zangori. Dadam Yangibozordan kelgan. U uyga har kun o‘tin, ko‘mir, yog‘, mosh, xullas, ro‘zg‘orga ke- rakli ikir-chikirni tashiydi. Narx-navo oshgan, bahorda yomg‘ir bo‘lmaganidan arpa-bug‘doy bit- magan. Dadam bozordan jo‘xori olib keladi. Faqir odamlar, kosiblar, m ardikorlarning ahvollari harob. Ertalab men, choydan keyin otni minib jarga jo‘nayman. Jarda tollar, qayrag‘ochlar to‘la. Jim jit. Otni sug‘orib tursam, to‘satdan dahshatli miltiq sadolari yangraydi. Bu nima bo‘ldi? Yangi shahardamikan? Sadolar yaqindan yangraydi. Jardan chiqqanimda miltiq ovozlari kuchayadi. Ot choptirib bir zumda guzarga yetib kelaman. Baqqollar, samovarda o‘tirgan odamlar hayron bo‘lib, bir-birlariga qaraydilar: «Nima g‘avg‘o?» Uyda darrov otxonaga otni bog‘lab chiqaman. — Nima balo, miltiq otilyaptimi? — deydi onam kir yuvib o‘tirgan joyida. — Guzardagilar, qo‘zg‘olonga o‘xshaydi, deyishyapti!.. Onam hayron bo‘lgancha angrayib qoladi. Men yana guzar tomon yuguraman. Guzardagi xaloyiq hamon sarosimada. Hech kim hech narsa bilmaydi. Baqqollar, qassoblar birin-ketin do‘konlarini yig‘moqdalar. Lekin samovarda odam to‘la. Otishma ovozlari borgan sari kuchayib avjiga chiq- moqda. Izvoshchilar birin-ketin Eski shahar tomon ketmoqdalar. Qator-qator bo‘sh tramvaylar Yangi shahar tomon o‘tmoqda. — Qo‘zg‘olon! Katta qo‘zg‘olon! — deydilar izvoshda kelayotganlar oldilaridan to‘sib so‘ragan odamlarga. * * * Men i yoq-bu yoqdan so‘z o‘g‘irlab, tentirab yuraman. Tushda uyga ravona bo‘laman. Yangi shaharda otishma hanuz tinmagan, aksincha, borgan sari kuchaymoqda. — Oyi-chi, oyi, — deyman ayvonga o‘tirib. — Qo‘zg‘olon bo‘lyapti. Mana, gorodda taraq-taraq otishma. Vaqtli hukumat bilan boylar bir tomonda, ikkinchi tomondan — ishchilar, kambag‘allar. — Eshitdim, otin buvim chiqib aytdilar. Shayxantovurga qarindoshlarinikiga borgan ekan, eshitib kelipti. Rusiyada bir shahar bor-ku, oti nima ham edi, o‘sha ishchilarga o‘tipti. Ish boshida ishchilar emish. — Petrograd u shaharning oti! — deyman hov- liqib. — Inqilob o‘sha yerdan chiqipti! Bilmadim, inqilob, inqilob deyishadi, usta akam: «Hurriyat oftobi shu, uka!» deydi. Kechqurun Turg‘un keladi: — Musavoy, yur tez! — Nima bo‘ldi, og‘ayni, ko‘rinmaysan? — deyman tashvishlanib. — Avji qo‘zg‘olon hozir, miltiq ovozlarini eshityapsanmi? Qayoqlarda tentirab yuribsan? — Og‘ayni, gap ko‘p. Sen o‘zing uyga tiqilib o‘tiribsan, — deydi labini yalab Turg‘un. — Qani, ayt! — qistayman qiziqib. — Ikki kun burun dadam bilan dalada turadigan ammamning bog‘iga borgan edik. Juda uzoq, taxminan yigirma-o‘ttiz chaqirim keladi. Borib, choy-poy ichgandan keyin xazon terishga tushdik, bilasan-ku, buzog‘imga ovqat kerak. Tog‘amga yalinib-yolvorganimda, ma, ola qol, deb bergan edi shu buzoqni, xazon serob dalada, qop-qop yotipti. Dadam ikkovimiz katta uzun supurgi bilan xazon- ni yig‘dik. Havo yaxshi, dalada dehqonlar yig‘im- terim bilan ovora. Bir ariq suv sharqirab oqib turipti, ichi to‘la baliq, o‘zim ko‘rdim. Lekin attang qarmoq bo‘lmadi-da, xo‘p tutardim. — Voy, tentag-ey, bo‘ldi, muncha ezmalik qilasan! — deyman men toqatsizlanib. — 0 ’rtog‘-ey, sabr qil, eshit axir, gapni bo‘lding-ku. Shunday qilib, uch kun xazon yig‘dik. innaykeyin, dadamning o‘rtog‘i, o‘zi eski tanish, qo‘ltiqqa sig‘maydigan juda katta tarvuz berdi. Bir tanish dehqon qirg‘ovul berdi. Pochcham bir yaxshi pichoq berdiki, juda ham o‘tkir, uyga ber- kitib qo‘ydim... 0 ’tmas bo‘lib qolmasin, deb... — Ezmaliging yomon-da, gapni cho‘za- verasan, — deyman men. — E-e, gapning qizig‘iga endi yetganda yana cho‘p solding-a, tentak. Mayli, eshit, shunday qilib, dadam, qorong‘i tushib qoldi, bu kecha yotaylik, ertaga ketamiz, dedi. Ammam boyoqish, yog‘liq qayla qildi. Ishtaha bilan u edim. Kechasi pochcham bilan dadam hasratlashib, o‘tgan turm ush voqealari, qattiqchilik, qashshoqchilikdan boshlab, hozirgi Vaqtli hukumat, boyonlar, kambag‘al- bechoralar ustida ko‘p suhbat qilishdi. Chol musulmon batraklar, rus ishchilari haqida ko‘p narsa bilarkan. Ertalab quyuq qaymoq bilan choy ichdik. Choyni ichib, ota-bola xazonlarni bostirmaning bir burchagiga joyladik. Dadam boyoqish qanor qopga xazonni tiqib-tiqib og‘zini chandib bo‘g‘di, qopni orqalab, arqonni ko‘kragidan aylantirib bog‘ladi. Ammam ancha jiyda, kattakongina qovoq, suzma berdi menga. Pochcham va ammam bilan xayr- lashib, bir haftadan keyin xazonga kelamiz, deb choshgohda yo‘lga tushdik. Ko‘p yurdik, ayniqsa, dadam sho‘rlik tolib qoldi, qanorga xazonni juda ko‘p tiqqan ekan o‘zi ham. Ora-chora dam ola-ola avji peshinda bazo‘r gorodga yetib keldik. Hech kim yo‘q, ko‘chalar jimjit. Ammo ahyon-ahyonda uzoqda tars-tars ovoz eshitilib turipti. Soldatlar biqina- biqina allaqayoqqa chopib ketishyapti. Yo‘lda bitta- yarim ta o‘tkinchi uchrab qoladi. Qo‘rqa-pisa kelyapmiz. Rus xotinlar eshiklarini yopib, deraza pardalarini tushirib qo‘yishgan. Rus boboylar eshikka chiqib: «Hoy, ket-ket, tez jo‘na, uyingga, esing joyidami o‘zi, pastqam yo‘ldan yur, o‘q yog‘ilib turipti», deyishadi bizga. Dadam hayron bo‘lib, qotib qoldi. Men dadilman: «Yuring, qo‘z- g‘olon boshlandi, aytdim-ku, ishchilar anoyi emas, axir o‘z huquqlarini topib oladi. Eshitganman, burjuylarning onasini ko‘rsatadi», deb tushuntirdim. E-e, past-baland, aylanma-aylanma yo‘llardan yura- yura xo‘p kezdik. Birdan ishchilar ko‘rindi, ham- masining qo‘lida miltiq, daraxtlar orasida yer bag‘irlab yotib poq-poq otishadi. Oralarida soldatlar ham ko‘p. «Hoy, birodar, nima qilib yuribsizlar, bir o‘q tegsa qulaysan, jo‘na!» deb qichqirdi bir musulmon. Astagina pana joyga burildik. Har joy-har joyda — ishchilar orasida miltiq ko‘targan musulmonlar ham ko‘rinadi. Ular otamga hazil qilib: «Xazoningiz nimasi bu qiyomatda?» deyishadi. «Jo‘nang tezroq!» deydi bittasi jahl bilan. Xo‘p tentirab yurdik, qarasak, daraxtning tagida yarador odam yotibdi. Dadamga qarab imlaydi. «Suv, suv!» dedi ingrab. Darrov qo‘limdagi hamma narsalarni yerga qo‘yib, do‘ppimda ikki marta suv olib kelib, ichirdim. «Ispasiba, ispasiba, malades! Idi, idi!» dedi qayta-qayta. Shu tobda daraxtlar orasidan buqinib, yer bag‘irlab yarador ishchining oldiga bir juvon keldi-da, shoshilib yarasini bog‘lay boshladi. «Sestra, ispasiba, sestra» degan yaradorning tovushi hali qulog‘imda turibdi, Musavoy. Ko‘- chama-ko‘cha yurib, knyazning bog‘i orqasidagi ko‘chalardan o‘tib, 0 ’rdaga chiqdik. Ishqilib, uyga namozgarda yetib keldik. Lekin, o‘rtoq, dahshatli, qonli urush. Vaqtli hukumat ag‘darildi deyaver shu bugun! Bugun-erta yiqiladi. Men ham ko‘rgan-bilganlarimni gapirib beraman. TAHRIRIYATDAN Asarni shu yerida muxtasar qildik. Qolgan uch sahifadagi gaplar zamona zayli va chor impe- riyasining o‘rniga kelgan va barchaning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirgan yangi qizil imperiyaning bosimi ostida yozilgan satrlardir. Darhaqiqat, xalqimiz yozuvchi tilga olgan «inqilob» dan ko‘p narsa kutgan edi. Afsuski unday bo‘lmadi. Qo4 uchida kun ko‘rayotgan hunarmand va kosiblar artellarga majburan birlashtirildi. Dehqonlar qo‘lidagi uncha-muncha yerlar, chorvalar, mol-mulklar kollektivlashtirish bahonasi bilan tortib olindi. Boylarni ishbilarmonligi, tad- birkorligi uchun otishdi. Mo‘min-musurmonlarni dindor deb osishdi. Millat manfaatini himoya qilib chiqqanlar xalq dushmaniga aylandilar. Xullas otish va osishlar, surgun va qamashlar asr boshidan to elliginchi yillargacha davom etdi. Millatimizning guli bo‘lgan ne-ne insonlar yakson qilindi. Bu azob va sitamlar yozuvchimizni ham chetlab o‘tmadi. Cheksiz va chegarasiz qayg‘u va iztiroblar katta notiq, so‘z ustasi Oybek domlani duduqlik kasaliga mubtalo qildi. Va bu dard umr- larining oxirigacha i kishini ta’qib etdi. Xalqimiz buyuk yozuvchimiz orzu qilgan chin hurriyat kunlariga ham yetib keldi. Bugun o‘zbek- ning o‘z Prezidenti, o‘z Konstitutsiyasi, o‘z Bayrog‘i, olz Madhiyasi, o‘z pul birligi bor. Oybekning «Bolalik» asari bugun yana qo‘limizda. Mustaqilligimizni mustahkamlashga, uning har bir kuni, oyi va yillarini qadrlashga hissa qo‘shishi tayin. Chunki bugungi kun kechagi kunning saboqlarisiz yasholmaydi. Ana shu jihat- dan asar yoshlarimiz uchun chin ko‘zgu bo‘ladi degan umiddamiz. Hikoyalar FONARCHI OTA Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqazilgan bir fonarning titroq nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo‘yli, burushiq yuzli bir chol kelib yoqib ketar edi: Biz uni «Fo- narchi ota» der edik. Juda yuvosh, indamas kishiy- di, kichkina, narvonchasini qo‘yib, allaqanday usta- lik ila chiqar, qo‘ltig‘idan kir ro‘molchasini olib avaylab, fonar oynalarini artardi, fonarni yoqqach, yerga tushib obkashdek bukulgan yelkasiga narvonchasini qo‘yib birpasda ko‘zdan yo‘qolar edi. Fonar qurilgan vaqtlarda butun mahalla qu- vonib unga allaqanday mehr ila qaragan bo‘lsalar- da, faqat bu mehr uzoqqa cho‘zilmagandi. Keyin- cha har kim unga parvosiz bo‘la boshladi. Ayniqsa, mahalla bolalari ila fonar orasida anglashilmas bir dushmanlik uyg‘onmishdi. To‘p- lanishib, avvalo, bir-birimizning do‘ppimizni oti- shar, fonarga do‘ppi kiygizgan o‘rtoq merganligi ila kerilar edi. Keyincha bu ham bizni zeriktira boshla di, chunki piston qadalgan yoki har turli ipaklar ila bezalgan do‘ppini kiyib olib, fonar chiroyli bir tus olar, bizni masxara qilganday bo‘lar edi. Shuning uchun qo‘limizga tosh, kesak olib fonarga hujum qilishni o‘rgandik. Bunda u juda kuchsiz edi: kichkina bir kesak yoki tosh parchasi bechora fonarning oyna ko‘zlarini o‘pirib tushirardi. Keyin-keyin «Fonarchi ota» haftada uch-to‘rt m arta unga «yangi ko‘zoynak» taqib ketishga majbur bo‘ldi. U ketdi, darrov biz «yangi ko‘zini» o‘yib olar edik. Shunday bo‘lsa-da, «Fonarchi» ota lorn deb og‘iz ochmasdi. Uning bu qilig‘i bizga sira yoqmas, bizni quvlasa, tutib olish uchun bizni poylasa, hatto birontamizni tutib ursa ekan der edik. Ammo shu tilaklardan bittasi ham yuzaga chiqmasdi. Bir kun namozshom vaqti ko‘chada bolalar ko‘p edi. Ichimizda eng qo‘rqmaydigan, eng battol — Qosim cho‘loq: — Bolalar! — dedi. Changga botgan yuzlarimiz yangi bir narsa kutib uning ko‘zlariga tikildi. — «Fonarchi ota» keladigan vaqt yaqin. Sindiramiz. Nima qilar ekan, — dedi-da, qo‘lga ili- nadigan bir narsa qidira boshladi. Qo‘llarimizdan g‘izillab uchgan tosh-kesaklar fonarning hamma ko‘zlarini teshib o‘tgan edi. Uzoqdan «Fonarchi ota»ning bukulgan kichkina qomati yaqinlasha boshladi. Narvoncha yelkadan tushib ta’zim ila devorga suyandi. «Fonarchi ota» uning ustiga chiqdi-da, «chirt» etib gugurtni yoqdi: fonar to‘rt tarafi qulagan uy kabi ajava tusda, yana bir tomonga qiyshayib turar edi. Biz hammamiz kerilib turar edik. Ba’zilar piq-piq ku- lishdi. Chol kasal odamga o‘xshash sekin-sekin pastga tushdi. 0 ’siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko‘zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi-da, kuchsiz, mayin bir tovush bilan dedi: — Tentak bolalarim, bu qanday gap?! Fonarga tegmasanglar bir narsa boTadimi, u yuqorida, sizlar pastda, o‘ynayveringlar-da. Bolalar jim boTgan edi. — Sizlar hali yosh, ko‘zlaringiz o‘tkir. Qorong‘i ham, yorug‘ ham baravar. Xufton boTmasdan onalaringizning quchog‘ida pish-pish uxlab qolasiz hammangiz. Bizga o‘xshash qari-qartanglar uchun chiroq judayam kerak, — dedi. Bolalarning ko‘zi cholda edi. — Tunov kuni kechasi qattiq yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buyoqqa kelsam, ko‘cha qop-qorong‘u. Fonarning teshik oynasidan shamol kirib o‘chirib qo‘ygan. Ana u ariqning bo‘yiga borganimda bir nima suvni shapillatadi, yopiray, nima ekan deb, fonarchamni ariqqa tutsam, mandan ham qari bir kishi, ariqdan chiqolmay yotgan ekan. MUSICHA Yoshlikda qushlarning orasida eng yomon ko‘rganim — musicha edi. Uning na mungli qo‘shig‘i, na ipak qanoti bor. So‘ngra unda «val- fajrxon» qaldirg‘ochning sho‘xligi, moviy ko‘k- larda o‘ynagan raqqos kabutarning ustaligi yo‘q. Musicha ahmoq, go‘l bir maxluq. Turmush uchun kurashda ham juda no‘noq, bolalari uchun durust- gina pishiq in ham qurolmaydi. In uchun har vaqt noqulay joy tanlaydi. Tuxum qo‘yish uchun bizning oshxonada yaxshi o‘rinlar bor bo‘lsa-da, musicha bulardan foydalanmas. Oshxonadagi g‘alvirga, qoziqqa osilgan xurmachaning ustiga bir qancha cho‘p-xas keltirib mukka tushib yotaverar- di. Shuning uchun bolalarning qoTida har vaqt qiynoq ko‘radigan — musicha. Men musichani qancha sevmasam, qancha qiy- nasam, buvim shuncha muhabbat va hurmat ila ularni muhofaza qilardi. Bilmadim, nimadan? 0 ’zi ham musicha kabi sodda, go‘l bo‘lgandanmi? Buvim bahor kunlari ayvonning labiga po‘stak solib o‘tirib, qushlarning fazilatlaridan so‘zlab berishni yaxshi ko‘rardi. Men uning hamma degan- lariga qo‘shilardim. Ammo, musichaga, aslo! — Musicha suhin qush. Qarg‘ishi o‘tadi, — derdi. Buni buvim har choq qaytarmasin, musichaning boshqa fazilatlaridan qancha gapirmasin, mening qarashimni o‘zgartira olmas edi. Men musichalar- ning bir qanchasini uyga qamab olar, so‘ngra hammasini ketma-ket «ko‘r mulla» qilardim. Buni ko‘rgan buvim qoTiga hassasini olib hovlida meni quvlar, faqat tezda halloslab hassasiga suyanib qolar va *ko‘ngling toshdan ham qattiq!» derdi. Musicha — «ko‘r mulla» qoTidan chiqib havoda gandiraklar ekan, ko‘zlarimda shodlik toshar edi. SINGAN UMID «Laylining tomiga chiqdim bir qizil olma uchun». Xotin ovozi kabi ingichka, silliq tovush kichkina do‘konxonani yangratardi. Pakana kursida o‘tirgan yigit tasmaga oyoqlarini tirab qatim tortar va har gal mumlangan ipni qo‘llari ila dirilla- tib pishitib borardi. Yigitning ko‘ngli bu kun juda shod. Qo‘llari — chaqqon. Uning sarg‘aygan, oriq yuzida allaqanday kuch sezilib turadi. Boshqa vaqtlardagi kabi bitta payvandni tikib bo‘lgach, kerishib xomushlikka berilish yo‘q. Bachkana maxsilar uning tizzasidan tez-tez tushib do‘konxona to‘rida o‘tirgan ustaning yonida yig‘ilmoqda edi. Usta gazanni qayroqqa surtib-surtib: — Aylanay, Egamberdim, bormisan, To‘ychi hofizning xuddi o‘zi-ya, — deb yarim hazil, yarim jiddiy tusda xalfasiga so‘z tashlab qo‘yardi. Egamberdi bodom qovoqlari tagidagi qiyiq qora ko‘zlari ila ustasiga muloyim bir qarash tashladi, ortiqcha so‘z so‘zlamasdan yana ishiga berilardi. Saxiy quyosh tuynukdan bir o‘ram oltin nurini yuborib, do‘konxona o‘rtasida yorug4 bir murabba yasaydi. Bu murabba — Egamberdining soati. U vaqtni shu bilan o‘lchaydi. Ammo, bugun Egamberdi qaraganda, murabba uning boshida unutila- yozgan uzoq suratlarni uyg‘otdi: Egamberdi onasi ila birinchi marta do‘konxonaga kirganda ham, xuddi mana shu murabba xona o‘rtasida iljayib yotgan edi. Bu yil o‘tsa, to‘qqiz yil to‘ladi. To‘rt yil haftada 10—15 tiyin «juma puli» olib shogird bo‘lgan. Besh yildan beri xalfa. So‘ngra onasining yig‘i aralash mungli tovush ila: «Otasi yo‘q. Yetimcha. Qo‘lingizdan kelganini ayamang. Hunar o‘rgating. Bu yil 13 ga kirdi. Sho‘xroq o‘zi. 0 ’z bolangizdek ko‘rib otalik qiling», deganlari uning quloqlarida kechagina eshitilgan ovozdek tuyuldi. Egamberdi «Otalik qiladigan vaqt endi keldi, usta!» — degan kabi ko‘z qirini maxsini shonalab o‘tirgan oq aralash cho‘qqisoqolli kishiga tashladi- da, yana allaqanday totli, mayin va qonlarga sur’at beruvchi xayollarga berilib, to‘xtovsiz qatim tor- tarkan: «Hormasinlar!» — degan tanish kuchli ovoz Egamberdini xayollaridan ayirdi. U kechasi chiroyli tushlarga qoniqmasdan uyg‘ongan kishi kabi ko‘nglida bir g‘ashlik sezdi-da, yana bildirmasdan: — E... E... Qoravoy, bormisan? Daladan tushging kelmaydi-ya, — deb o‘rtog‘iga kulib qa- radi. Yangi shavron etigidan changlarni artib o‘tirgach: — Uh, shaharing qursin, hammayoq yonyap- ti, — dedi Qoravoy. — Ha, Boqi-toqi, yamoq bitdimi? Bitgan bo‘lsa, darrov olib ber, ketaman. Tayyor maxsilarni qoragul ila pardoz qilib o‘tirgan shogird bola — «Boqi: «Allaqachon bitka- zib qo‘yganman-ku,» — deb tokchadan bir juft qurishgan eski maxsini olib berdi. Qoravoy maxsini qo‘liga olib; — Boplabsan, uka! Roziya xolang juda xursand bo‘ladi-da. Qo‘ynidan patillatib bir bedana chiqardi, Boqiga uzatdi. Katta va semiz bedana Boqining kichkina qo‘llariga sig‘mas. Ingichka oyoqchalarini tipirla- tib chiqib ketmoqchi bo‘ladi. Sevingan Boqi bedananing xoldor bo‘yniga ko‘z solib: — Voybo4... Makiyon ekan! — deya do‘ppisining tagiga joyladi. — Makiyondan zo‘r chiqsa — tullakni qochira- di. Makiyon — manjalaqi bo‘ladi. — Usta bu so‘z- lari bilan Boqining ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘ldi. — Usta, ertaga dalaga chiqib borasiz, Egamberdi bilan. — Xo‘sh, nima gap? — Ustaning suyungan yuzida savol alomati chizildi. — Akamning xotini o‘g‘il ko‘rdi-ku. Ertaga katta ziyofat. Usta suyunganidan o‘rnidan bir qo‘zg‘alib oldi. Qoravoy jonli, sho‘x ko‘zlari bilan: «Albatta-ya, albatta, — ... deb Egamberdiga tikildi, — u ana o‘rtoqlar ko‘p bo‘ladi. Man sani ko‘rpachaga o‘tqazib qo‘ymayman. Axir, choy-poy qilib xizmat- da turasan. Egamberdi: — Endi... o‘rtoq. qaydam... Uyda mayda-chuy- da ishlar bor edi. Usta g‘azablanib ketdi: — Yomonga yog‘ yarashmas, xiyobonga bog‘ yarashmas. Jum a kuniyam ish. Dalada bahri-diling ochiladi, ahmoq. Erta-indin uylanasan, kuch yig‘, — derkan, Qoravoy: — 0 ’h-o‘... to‘y yaqin desangiz-chi. Juda yaxshi. Juda yaxshi. Qamishdan bel bog‘lar ekan- miz, ha, ha, ha... Egamberdi ham o‘zini kulgidan to‘xtatolmadi: — Qarigan bo‘lsayam, usta shunaqa gaplarni yaxshi ko‘radi. — Xayr, keyin yana gaplashamiz, — deya Qoravoy chiqib ketdi. Usta peshin namozini o‘qib kelib, kir sallasini qoziqqa ildi-da, tayyor dasturxonga o‘tirdi. Boqi qo‘lni kuydiradigan piyolani puflab-puflab tezdan bo‘shatdi. Burni puchuq choynakdan choy quyib, ustaga uzatdi. Usta mog‘orlagan chap-chap nonni to‘rt bo‘lib piyolaga soldi, shirach yuqi ketmagan barmoqlari ila bosib-bosib qo‘ydi. Egamberdi, kun- ning issiqligidanmi, nonga u qadar ishtaha ila qaramasa-da, nimrang choyli piyolani dam o‘tmasdan bo‘shatib turardi. Usta uvitilgan nonni og‘ziga solib, ustidan bir qultum choy ho‘plab: — To‘yni, — deb gapira boshlagandi, qalqib ketdi. Moshdek non ushog‘i Egamberdining burniga qo‘ndi. — Uzoqqa cho‘zma, gap-so‘z chiqaveradi. Onang u kuni kelganida, qiz kiyimi — raso, chok yigirib-yigirib xonatlas ko‘ylak, duxoba kamzul, amirkon kavush-maxsi olib qo‘yganman, biroz pul ham bor, — degandi. 0 ’zingdayam pul bor chiqar? — Yetmas, deyman usta?!. — Yetmasa pul topib beraman, ishlab vaqtida uzsang, bas... Oliq-soliqqa o‘zim boraman. Gap bilan tovlash kerak. Ha, kampirga yalinaver. Kampiring aqlli xotin, baaqlli. Ustaning so‘zi Egamberdining tor, siqiq ko‘kragini bosib turgan og‘riqni olib tashladi: — Kampir boyaqishga achinaman, usta! Shu kunlarda es-hushi kelinda, kechasi bilan uxlamas- dan chiqdi. Bugun patir yubormoqchiydi. Unim kam-bunim kam, deb hiyla mashaqqat chekdi. — Inshoollo, patir ketgan bo‘lsa, qo‘lga ilindi, o‘g‘lim. Qiz qalay, tuzukkina emishmi, a... — Obbo, borgan sari yosh bo‘lib ketyapsiz, oppog‘oyimga chaqmasam bo‘lmaydi. — Ha, bizda hali to‘rtta yigitning kuchi bor. 0 ’zimiz qaridik. Ko‘ngil qarimaydi. Aytaver. — Kulib yubordi. Uning burushiq yuzlarida turli naqshlar paydo bo‘ldi. Dasturxonni yig‘ishtirib tu rgan Boqi kulgidan choynakni ag‘dara yozgan edi. — Qosh-ko‘zi popukdek. Oppoqqina, qaddi- qomati raso, — dedi oyim. Yana kelganda ko‘rarmiz, — dedi-da, — Egamberdi kulib yaktagi- ni kiya boshladi. Oriq, ingichka yuzida beo‘xshov qo‘nqaygan uzun, katta burniga ko‘zoynagini mindirib usta ham teri kesishga o‘tirdi. Zig‘ir moyli palovdan shoshib-pishib ancha oshaladi-da, Egamberdi qo‘lini artdi. Rangi o‘cha- yozgan amirkon etikni, har payshanbadagi kabi lak surkab pardoz qilmasdan oyog‘iga ildi. Qoziqdan tegdo‘z do‘ppi ila bitta yuvilgan olacha yaktagini olib kiydi. — Do‘konni qulflab, kalitini berib ket akasi, — deb Boqiga buyurdi. Shorn vaqti. Haryoq jim jit. Tor changli ko‘chalardan kunduzning issiq, yoqimsiz nafasi hali ko‘tarilgani yo‘q. Egamberdi hech yoqqa boq- may g‘izillab ketar edi. Hech qanday hordiq sez- mas, umid va sevinch ila qanoatlanib uchar edi: «Kampir to‘rt ko‘zi bilan kutib o‘tiribdi desang- chi. Bugundan boshlab hovlida endi to‘y. Katta ammalarim qolgan bo‘lishsa kerak. «Kuyov- kuyov», — deb bezor qilishadi hali». Egamberdi shunday fikrlar bilan mashg‘uldi. Katta ko‘chaga chiqqach, yo‘lkada qarshidan keluvchilarga o‘zini bir qancha daf’a urib oldi. Uyiga yaqinlashganda nafasini rostlab olish uchun sekinroq yura boshladi. Qorong‘i yo‘lkadan o‘tib hovliga kirdi. Atrofi buzuq, ikki tomoni past, qiyshiq paxsa devorlar ila o‘ralgan kichik hovli qorong‘i, jimjit. Hovlining o‘rtasiga yetgach: — Oyi, oyijon! — qichqirdi yigit. Ayvondan: — Onang o‘lsin! — degan tovush eshitildi. Egamberdi yugurib onasiga yaqinlashdi: — Ha, kampir, nima bo‘ldi, gapir-gapir! — Mungli tovush ila so‘radi Egamberdi. Kampir piq-piq yig‘lardi. — A, muncha xudo peshonamni baxtsiz yarat- gan ekan, u hamma patirni, hamma meva- chevalarni qaytarib yuboribdi, uying kuygur. Egamberdi ham onasining yoniga cho‘qqaydi. Uning ko‘zlariga-da yosh to‘lgandi. — Qizning amakisi o‘lgur allaqayoq yurtda sav- dogar ekan. Kelibdi. Saodatni bir yetimcha kosibga beramanmi, o‘zim bosh bo‘lib obro‘li badavlat joyga uzataman, debdi xonasallot. Kampirning yig‘isi yana avjiga chiqdi. Egamberdi sekin o‘rnidan turdi. Faqat a’zosi bo‘shashgan, bo‘sh qopdek yiqilishga tayyor edi. Ayvonning ustuniga borib suyaldi. Uning yigit ko‘ngli kecha qadar qorong‘i, tubsiz, bo‘sh edi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiBolalik
Muallif(lar)i A.S.Sagdullayev
Yaratilgan vaqti14.05.2023
Nashr yili2022
Nashr parametri2022
NashriyotiO'zbekiston
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiDramatik
Janriadabiy maktub
Voqea vaqti va joyi1978
Matn tipidetektiv
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshi18 yoshgacha
Auditoriyaning salohiyat darajasiadabiyotshunoslik
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiKamoliddin