Kontekst:
XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV YOKI S E H R G A R L A R JANGI Ertak-roman To‘rt jildlik Birinchi jild Toshlcent Yangi asr avlodi» O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, bolalarimizning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning sara asarlarini to*rt jildda kitobxonLir hukmiga havola etmoqdamiz. Birinchi jildda «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi» ertak-romani o‘rin olgan. Xudoyberdi To* xtaboyevning «Sehrli qalpoqsha» kitobini o‘qigansiz. Esingizda bo‘lsa, o*sha kitob qahramonlari orasida Akbar degan bola ham bor edi. Ha, ha, Hoshimjon Ro‘ziyevning yaqin do‘sli, bo‘ri bolasini chenaga qo‘shib tomosha ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bir oz xayolparast, bir oz o‘yinqaroq Akbarjon. Ushbu fantastiksarguzasht romanda Akbarjon oz sarguzashtlarini davom ettiradi. Shirin qovunlar mamlakalini har xil illatlardan tozalash maqsadida Sehrgar Iblis bilan jang qiladi. Bu kurashda unga ustozi — professor Dar Daraja va Sehrli Qalpoqcha yaqindan yordam berishadi. ISBN 5-633-61855-9 © Xudoyberdi To‘xtaboyev. «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi». «Yangi asr avlodi». NABIRALARIMGA OCHIO XAT Rostini aytsam, mana yetmish to‘rtga kiryapman, oltita o‘g‘il-qizhn, 19 ta nabiram bor. Lekin shu kungacha biron o‘g‘il-qizimga yoki nabiramga ochiq xat yozgan etnas ekanman. Ushbuni yozishni menga sevimli shoirimiz Normurod Narzullayev maslahat berdi. «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi» asaringizda qanday sehr, qanday siru asror borkiy mana 20 yildan buy on qayta-qayta bosilyaptiy ko‘plab xorijiy tillarga tarjima bo‘layapti, shidar haqida nabiralaringizga ay ting, dedi. Rostini aytsam, juda-juda ham xursand bo‘ldim. Shu bahonada ancha-muncha gaplarimni ham aytib olaman, deb o‘yladim. Asarning «tarji?nai holi» quyidagicha: U 1986 - yili «Yosh gvardiya» nashriyotida chop etilgan. «Cho‘lpon» nashriyotida folklorshunos olim Omonullo Madayevning so‘nggi so‘zi bilan yana 100000 nusxada chop etilgan. Oradan bir yil o‘tgach, ya’ni 1989-yili O‘zbekiston davlat mukofotiga sazovor bolgan... Shularni o‘yladimUy kundaligimni varaqlab o‘tirib qiziq-qiziq voqealarni qayd qilgan ekanman, o‘shalarga ko‘zim tushib qoldi. 1985-yil 11 sentabr, Yozuvchilar uyushmasi, kichikzal, «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi». Asarim muhokanui bo‘lyapti. Ishtirok etishyapti: Hakim Nazir, Ibrohim G‘ofurov, O‘tkir Hoshimov, Abdug‘ofur Rasulov, Anvar Obidjon, Xurshid Davron, Mirpo‘lat Mirzayevlar. Birinchi bo‘lib Abdug‘ofur Rasulov so‘zga chiqdi va muhokamani boshlab berdi. O‘g‘il-qizlarim, endi gapning ochigini aytadigan payt. keldi. O‘sha kuni meni ham maqtashdi, ham tanqid qilishdi. Maqtov: Xudoga shukur, o‘zbek bolalar adabiyotida hamy mana nihoyat chinakam fantastik asar yaratildi. Muallifni chin dildan tabriklaymiz va noshirlardan uni ko‘p nusxalarda tezroq chop etishlarini so‘raymiz, degan mazmunda bo‘ldi. Tanqid esa.., Rostini aytsam tanqid qismi eslashga arzimas ekanda, to‘g‘ri emasmi? Mening nazcirimda, asardagi to‘rt holat uni o‘qishli boiishigay qo‘hna-qo‘l bo‘lib o‘qilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. 1. Fantastik holatga ko‘proq o‘rin bcrilganligi; 2. bnkon darajada yumorning kuchaytirilgani; 3. Qarama-qarshi holatlar — konfliktning oxirigacha saqlab qolinganligi; 4. Hayotiy haqiqat, xulqi-axloqdagi illatlar ustidan boplab kulganim. O‘zbek xalq ertaklaridan birida g‘alati bir sujet bor. Kambag‘al-bechorahol odamning eshagiga yag‘ir toshadi. Tabibga olib borsa, davosi oson, bitta yong‘oq olginda, chaqib yarmini chaynab eshak belidagi yag‘irga bos, yarmini o‘zing yegin, deydi. Kambag‘al kishi tabibning aytganini qiladi: ertalab chiqib qarasa, e tavbay eshakning ustidan bir tup yong‘oq o‘sib chiqibdi. Shig‘il-shig‘il hosil tukkan emish. Kambag‘al kishi eshagini yetaklab, shudgorga olib boradi-day kesak otib yong‘oqlarni qoqa boshlaydi. Ey tavbay na yong‘oq tusharmishy na kesak! Daraxtga chiqib qarasa, daraxtning ustida ikki paykal yer pay do bo‘lib qolgan emisb. Kesak otganda kesakka qo‘shilib bir dona qovun urug‘i ham o‘sha yerga tushgan ekan. Unib chiqibdi, hosilga kiribdi. Oovunlarki, har bittasi sandiqcha kelarmish. Yonidan pichog‘ini olib bittasini chaqmoqlab ko‘ray desay pichog‘i qovwining ichiga tnshib ketibdi. Engashib qarayman desaf o‘zi ham tnshib ketibdi. Pichog‘ini axtarih yurgan ekan, bir odam nchrab qolibdi. Undan dandon sopli pichoq ko‘rmadingizmi desa, pichog‘ingni ko‘rmadimn, lekin men 40 ta tuyamni yo‘qotib, o‘shalarni axtarib yuribman, depti. Men bn ertakni bolaligimda eshitgan edim. Undagi xayolot-fantaziyaning kiichliligiga qoyil qolib yiirardim. «Shirin qovunlar yoki sehrgarlar jangi»ga sujet axtarganimda undan foydalandim. Omadiyurmagan Akbariy ham to‘satdan qovun ichiga tushib qoladi va bir-biridan qiziq sarguzashtlari boshlanib ketadi. Maqsadi?n Akbariyning sarguzashtlar orqali hayotdagi yalqovlik, yolg‘onchilik, ko‘zbo‘yamachilik, maqtanchoqlik, ichiqoralik, hasadgo‘ylik singari illatlarning ustidan kidish edi. Xayolot-fantaziycidan ko‘proqy laiumliroq foydalanishga, kitobxonda ham xayolotgay fantaziyciga berilish holatini tarbiyalashga, rivojlantirishga harakat qildim. Har birimiz ozpii-ko‘pmi xayol surish, fantaziyaga berilishga harakat qilishimiz — o‘zimizdagi Olloh bergan ana shu nodir xayolotni tarbiyalashga harakat qilishimiz kerak. O‘g‘il-qizlarim, nabiralarimga aytadigan gapim shukiy xayolot-fantaziyci odamlarga qanot bog‘lab osmonlarga uchiradi, yangi-yangi kashfiyotlar qilishga maydon ochadi. Buyuk insonlarning tarjimai holini sinchiklab o‘rgansangiZj ularning ko‘pchiligi bolaligida xayolot-fantaziyaga qattiq berilgan. Xayolida o‘zicha osmonda muallaq turadigan shaharlar qurgan. Osmon bilan yer o‘rtasida yomg‘irlarni to‘plab beradigan suv omborlarining rejasini tuzishgan. Xayolot insonni o‘ziga o‘zini tanitadi. O‘zini tanigan ins on nimaga qobiliyatli ekanligini darrov anglab oladi Ham o‘zi uchun, jamiyat uchun foydali inson bo ’lib yetishadi. Demaky hunnatli o‘g‘il-qizlarim^ aziz nabiralarim, men «Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi» romanimni yozayotganimday eng avvalo, sizdagi Olloh bergan xayolot-fantaziyciga berilishdek fazilatni rivojlantirishga hissa qo‘sharkanmany deb o‘ylaganman. So‘ngra Mat va sarqitlar ustidan kulayotganimda Siz ham menga qo‘shilib yashashga imkoniyat bermaydigan ana shu qusurlar ustidan kularsiZy demak poklik va go‘zallik uchun birgalashib kurashamiz, deb o‘ylaganman. X.To‘xtaboyev SHIRIN OOVUNLAR ’V MAMLAKATI I MEN AKBAR OOVUNCHI BO‘LAMAN ’XJ G ap qo‘shmay tursangiz, h a m m a s i n i bir boshdan s o ’ z l a b b e r a m a n , b o ’ l g a n voqea q a n d a y yuz bergan bo‘lsa, qasam ichib aytamanki, hech narsa qo‘shmasdan, hech narsani olib tashlamasdan shundayligicha aytaman. Yolg‘onchi emasman. Yolg‘on gapirgan odamni ko‘rsam, meni yetti kun hiqichoq tutadi. Uyog‘ini so‘rasangiz, yolg‘on gapirishni, birga o‘nni qo‘shib so‘zlashni Hoshimga chiqargan. Hoshimni taniysizmi? Ro‘zivoy akaning sartarosh o‘g‘lini tanimaysizmi? Yo‘q, taniysiz. Hozir esingizga tushiraman. Lining to‘g‘risida To‘xtaboyev degan yozuvchi k i t o b ham yozgan. O‘sha k i t o b n i maqtanchoq o‘rtog‘im Hoshim yana ham maqtanib yurish uchun ataylab yozdirgan. Yozuvchi amaki ta’tilini o‘tkazish, s h i r i n - s h a k a r mevalardan yeb, soylarda maza qilib cho‘milish uchun qishlog‘imizga mehmon bo‘lib keluvdilar. Hoshim u n i n g soch-soqolini tekinga olib qo‘ygan, atirlarning ham eng tozasi, eng xushbo‘ylaridan sepgan bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, o‘sha paytda Hoshimlarning ola sigiri tuqqan edi, yozuvchiga qatiq olib o‘tganini qishloqdagi bolalar bir necha bor ko‘rishgan ekan. Bo‘lmasa, s h u n c h a a’lochi bolalar buyoqda qolib, borib-borib maqtanchoq Hoshim haqida kitob yozarmidi? Bundan tashqari, diqqat qilgan bo‘lsangiz, o‘sha kitobdan yangi ivitilgan qatiqning hidi kelib turadi. Men hidni yaxshi bilaman, ming bir narsaning hidini ming metr naridan turib farqlay olanian. Hoshim rosa maqtangan bo4lsa kerak. Hatto mening ham noniimni o‘sha yozuvchi bir necha bor tilga olib o‘tgan. O‘qigan bo‘lsangiz, esingizdadir, o‘sha kitobda «Akbar bo‘ri ushlabdi» degan bob ham bor. Bo‘rining bolasini ushlab olganim to‘g‘ri, uni aravachaga qo‘shib sirk tomoshasi ko‘rsatmoqchi bo‘lganim ham rost. Lekin Hoshimning shu bo‘ri bolasiga mahliyo bo‘lib Akbar yaxshi o‘qiy olmay, oltinchi sinfda qolib ketdi, degani g‘irt yolg‘on. To‘g‘ri, men o‘sha yili oltinchi sinfda qolib ketganman, lekin yomon o‘qiganim uchun emas, yo‘q, zinhor bunday deb o‘ylamang. O‘sha yili, sizga ochig‘ini aytsam, butun maktabimiz bo‘yicha to‘rt va besh baholar zaxirasi kamayib shunaqa baholar solinadigan xaltachalar bo‘shab qolgan ekan. Shuning uchun muallimlar menga nuqul yo uch, yo ikki qo‘yishavergan. O‘qituvchilar: «Akbarjon, sen o‘zi ajoyib bolasan-u, lekin bari bir senga ikki qo‘yishga to‘g‘ri keladi-da», deb bir necha bor uzr so‘rashgan. Xullas, ayb menda emas edi. Hoshim qurg‘ur butun aybni men bilan bo‘rining bolasiga to‘nkab, o‘zini oppoq qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Xullas, mana shunaqa gaplar. Xo‘p, nima deyayotgan edim? Ana xolos, hammasi esimdan chiqcli-qoldi! Uf, o‘zi men sal shunaqaroqman. Bir narsa haqida gapirib turaman-u, to‘satdan esimga boshqa narsa kelib qoladi. Keyin o‘sha haqda xayol surib ketaman. Mana masalan, jo‘g‘rofiya darsida o‘tiribmiz deylik. Muallim yo‘qlamani qilib bo‘lgach, o‘tgan darsda qaysi mavzuni o‘tgan edik, deb so‘raydi, hamma qo‘l ko‘taradi, men ham ko‘taraman. Muallim: «Akbar Madumarov, doskaga chiq», deydi. Chiqaman. «Demak, «Gibraltar bo‘g‘ozi»ni o‘tganmiz, shundaymi?» «Shunday», deyman, «Qani, boshla», deydi muallim. Ko‘zlarimni xiyol qisib, chakkamni qashlab, bir oz jim t u r a m a n - d a , boshlab y u b o r a m a n . G i b r a l t a r bo‘g‘ozining qaysi dengizlarni tutashtirib turgani, bu dengizlar qaysi mamlakatga qarashli ekanligi, bo‘g‘ozning yuk tashishdagi ahamiyati, bu bo‘g‘oz tufayli... deyman-u, keyin miyamda bo‘g‘oz degan so‘z aylanaveradi... To‘satdan, sigirimiz bu yil bo‘g‘oz emas, esizgina, qisir qoldi-ya, deb o‘ylayman. Keyin o‘yimni davom ettirib, endi sut-qatiq masalasi chatoq bo‘ladi-da, shirguruch qilmoqchi bo‘lsak, tovoq ko‘tarib Hoshimlarnikiga chiqishga to‘g‘ri keladi. Maqtanchoq H o s h i m n i n g buvijonisi sut berguncha, landovur dadang bitta sigirniyam qochirolmabdi-da, deb shunaqa diydiyo qiladiki, oxiri shu sutni ichgandan zahar ichgan ma’qul deb qaytayotganda sut to‘la idishlarni yerga urging keladi... Ana shunaqa gaplarni o‘ylab ketaman. Qancha o‘ylasam, o‘yim shuncha chuvalashib ketaveradi... — Nega jim qolding? — deb so‘raydi muallim. — Jim bo‘lganim yo‘q, — deyman hamon o‘yga tolib. — Gapir bo‘lmasa, — deydi muallim yana. — Sigirimiz bo‘g‘oz emas, — deyman. — Nirna?! — deydi muallim o‘rnidan xiyol qo‘zg‘alib. — Endi sut masalasi chatoq bo‘ladi-da. — Nima-nima?! — deb muallim o‘rnidan turib ketadi. — Hoshimning buvisidan sut so-’ragandan ko‘ra... — deya duduqlana boshlayman. — Tavba! — deya muallim yoqasini ushlab qoladi. — Mahallamizda yaxshi buqa yo‘q, — deyman-u, gapiinning uyog‘ini aytolmayman. Nega desangiz sinfda gurillab kulgi ko‘tariladi. Muallim ham kula boshlaydi. Ko‘pchilikdan qolish yaxshimas deb o‘zim ham jo‘r bo‘laman. Miriqib-miriqib kulaman. Muallim kulgidan to‘xtab, qovog‘ini uyib: — O‘tir, — deydi, — bahong — ikki! Mana shunaqa kamchiligim bor. Zarur gapni o‘rnida aytolmayman. Shuning uchun ham tengqurlarim menga «Oovunchi» deb laqab qo‘yishgan. Ya’ni men tez-tez qovun tushirib turarmishman. Laqabim qovunchi bo‘lgunga qadar qovun tushirdi degan gapning mazmuniga uncha tushunmas edim. Keyin o‘ylab ko‘rsam, o‘rnida aytilmagan har bir gap, o‘rnida bajarilmagan har bir yumush keraksiz joyga qovun tushirgandek bir gap ekan... Xullas, mana shunaqa gaplar... Uyog‘ini surishtirsangiz, o‘zim ham qovunni o‘lguday yaxshi ko‘raman. Laqabim Akbar qovunchi bo‘lgani uchun emas, yo‘q, yo‘q, unday deb o‘ylamang, qovun shirin bo‘lgani, boz ustiga eyayotganda tani-jonim yayrab ketgani uchun yaxshi ko‘raman. Qovunni ko‘p yeganim va yana shu haqda kechasiyu kunduzi o‘ylaganim uchunmi, uning haqidagi ma’lumotim eng zo‘r muallimlarnikidan ham ko‘proq. Yolg‘on so‘zlayotganim yo‘q, rost aytayapman. Beinaza qovunning urug‘i ko‘p bo‘ladi, degan maqol bor, to‘g‘rimi? Xo‘sh, to‘g‘ri bo‘lsa ayting-chi, nega uning urug‘i ko‘p bo‘ladi, nega? Ana, bilmas ekansiz-ku! Men bilaman. Aytib beraymi? Quloq soling bo‘lmasa. Qovun gul tashlagandan keyin bosh barmoqdekkina xamakcha paydo bo‘ladi. Xamakcha yangi tug‘ilgan buzoqcha onasining emchagini so‘rgandek palakni so‘rib katta bo‘ladi. Tomirlarda paydo bo‘lib, palaklar orqali oqib kelayotgan oppoq sut xamakchaning og‘ziga quyilib turadi. Ana shu sutni urug‘lar ko‘proq so‘rsa, ular ko‘payib ketadi-yu, q o v u n n i n g eti bemaza b o ’ l i b qoladi. Qalay, bilar ekanmanmi? Men yana qovunlarning yetmish olti xilini hidiga qarab ajrata olanian. Ko‘zimni yetti qavat doka bilan boylab, qovunni orqangizga berkitsangiz: — Bu bosvoldi, bu chala pishgan begimsuydi, bu banjida bo‘lgan oq urug‘, bu bir yoniga oftob tegmagan qizilurug‘, — deb bexato aytaveraman. Mahallamizda Savri xola degan kampir bor. Bir kuni ko‘chamizdagi bolalar bilan bas boylashib, bir arava qovun yutib olganimni ko‘rib: «Suf-suf, bolam, ko‘z tegmasin. Odamlarning aqli kallasida bo‘lardi, sening aqling burningda ekan, burningni ehtiyot qil», deb nasihat qilgani hali-hali esimda. Ishonsangiz, o‘shandan buyon goho yomon bolalar bilan mushtlashib qolguday b o i s a m kallamni emas, burnimni ehtiyot qilaman. Mening boshqalarda uchramaydigan yana bitta fazilatim bor. Aytib berardirn-u, lekin ban bir ishonmaysiz-da. Ha, mayli, ishonmasangiz ham aytaman. Men qovunni qo‘limga olishim bilan uning ichida necha dona urug‘ borligini ham bexato ayta olaman. Qovunni kaftimga qo‘yib ko‘zimni yuniishim bilan ko‘z o‘ngimda televizor ekraniga o‘xshash sarg‘ish bir lagan paydo bo‘ladi-yu, shu lagan sathida urug‘lar dona-dona bo‘lib bir tomonga surilib o‘taveradi. Eh-he, bu haqda avval ko‘chamizda, keyin maktabda, u n d a n keyin t u m a n markazida o‘tkazilgan katta qovun sayllarida necha-necha martalab bahs boylashlar bo‘lib o‘tmadi deysiz! Faqat bir martagina xato qilib qo‘yganman xolos. Qirqma qovunni qo‘limga tutqazib: — Ayt! — deyishdi. Ko‘zimni cliirt yumib, sarg‘ish ekranda namoyon bo‘lgan dona-dona urug‘larga bir nigob tasbladim-da: — Yetti yuzu qirq! — dedim. — So‘y! — deyishdi. So‘yib, sanab ko‘rishsaki, yetti yuzu qirq bitta urug‘i bor ekan. Rosa xafa bo‘ldim, dardi-dunyom qorong‘i bo‘lib ketdi. Urug‘larni o‘zim qaytadan sanay boshladim. Ehha, mana, xato qayerda ekan. Urug‘lardan biri egizak, ya’ni maqtanchoq o‘rtog‘im Hoshimjonning tili bilan bayon qiladigan bo‘lsak, Hasan-Husan ekan. Hasani yaxshi rivojlanib, Husanini tagiga bosib olgani uchun ko‘z tashlaganimda yaxshi ilg‘amay qolgan ekanman... Xullas, mana shunaqa gaplar... Xo‘p, nima deyayotgan edim, ha, esimga keldi. Xullas, o‘rtog‘imning yolg‘onyashiq gaplari orqali men ham sizga qisman tanishman. O‘zimni qaytadan tanishtirib o‘tirishimning hech hojati yo‘q demoqchiman-da. Mabodo tog‘ orasidagi mana shu Soyboshi qishlog‘iga yo‘lingiz tushib, egri-bugri ko‘chako‘ydami, surnay chalinib ziyofat berilayotgan to‘yma’rakadami o‘rta bo‘y, g‘ippa semiz, cho‘ziqdan kelgan yuzi s a r g ’ a y i b p i s h g a n h a n d a l a k k a xiyol o ’ x s h a b ketadigan, qop-cjora ko‘zlari hamisha kulib, charaqlab, sergo‘sht lablari qiziq bir narsa aytmoqchiday tabassumga moyilnamo qimtinib turadigan yigitchaga duch kelsangiz — bu menman! Mana, qarshingizda o‘tiribman. Hikoyani davom ettiraveraymi? Xo‘p bo‘lmasa, jinday suv ichib olay, suv ichsam gapim ravonroq ketadi-da. Sizga aytadigan eng katta hikoyamni boshlashdan oldin yana bir voqea esimga kelib qoldi. Ruxsat bersangiz shuni ham tugatib olsam. Sizga Katta tagoblik Hoshimjon bilan qanday tanishligimni aytdim-u, undan qanday ajralganimni va ajralishganimizdan so‘ng boshimdan nimalar o‘tganini aytmabman. Shularni aytib bersam maylimi, shoshayotganingiz yo‘qmi? OYIJONIM BURNIMNI KESIB TASHLAMOOCHI BO‘LGANI -SJ T o‘g‘ri, oltinchi sinfda qolib ketdim, buni hech kimdan yashirmayman. Lekin, sababi, hali aytganimdek yomon o‘qiganim uchun emas. Balki maktabimizda yaxshi baholar tugab qolgani uchun shunaqa bo‘ldi. Axir yomon baholarni ham kimdir olishi kerak-ku. Ilgari ham bir shunaqa b o ’ l u v d i m . T o ’ r t i n c h i sinfda h a m ikki yil o ’ q i b , boshlang‘ich ta’lim poydevorini obdan mustahkamlab o l g a n m a n . O l t i n c h i d a ham s h u n d a y q i l a r m a n deb o‘yladim-u, uncha xafa bo‘lmay qo‘ya qoldim. Lekin bu niyatim amalga oshmay qoldi. Nega desangiz, qishlog‘imizdan uch chaqirim yuqoriroqdagi, to‘rt tomoni baland tog‘lar bilan o‘ralgan Soyboshi degan qishloqqa ko‘chib ketdik. Dadam asli o‘sha yerlik ekan-u, bundan yigirma yilmi, o‘ttiz yil mi oldin buyoqqa kelib qolgan, oyim ikkovlari shu yerda topishib, shu yerda turmush qurishgan ekan. Katta bobomdan qolgan bog‘, olti xonali uy, yigirmata mol sig‘adigan og‘ilxona dadamga meros bo‘libdi. O‘shalar xarob bo‘lmasin, eng muhimi — begona odamlar qo‘liga o‘tib ketmasin deb, dadam o‘sha yoqqa ko‘chishga qaror qilgan ekan... Bu yerda ishlarimiz juda gumbur boiib ketdi. Dadam magazinga mudir, oyim sotuvchi, o‘zim bo‘lsam sakkizinchi sinfga eson-omon joylashib oldim. Ko‘chib kelgan kunimi? ertasiga Ortiqali degan chap qo‘lida oltita barmog‘i boi o‘zim tengi bir bola bilan tanishgan edim, keyinchalik do‘st bo‘lib ketdik. Ortiqali, sakkizinchi sinfga kirib o‘qiyver, nega desang bu yerda muallimlar o‘quvchilarning bilimiga qarab emas, dalada qanday ishlaganiga qarab baho qo‘yishadi. Sen jussalikkina ekansan, kuching ham bor shekilli, qara, bilagingdagi mushaklaring o‘ynab turibdi. hashar paytida o‘zingni bir ko‘rsatsang, ehtimol a’loch 1 ham bo‘lib ketarsan, olti-yetti deya boshingni og‘ritib yurma, deb maslahat berdi. — Demak, bizning maktabga o‘xsharkan-da, — dedim xursand bo‘lib. — Eng muhimi, progul qilmasang bo‘lgani, — deb tushuntirdi yangi do‘stim, — sinfdan-sinfga o‘zlari o‘tkazib qo‘yishaveradi... Lekin, Akbarjon, bitta narsa so‘rasam yo‘q demaysan, xo‘pmi? — Istaganingcha so‘rayver, — deb qo‘ydim. — Sening burning yaxshi hid olarmish, shu rostmi? — Rost. — Iskovuch itdan ham zo‘rmishsan, to‘g‘rimi? — To‘g‘ri. — Faqat qovunning hidini yaxshi farqlay olasanmi? — Nega endi faqat qovunnikini bo‘larkan? — Shunday deb aytishdi-da. — Bo‘lmagan gap, — dedim negadir shu paytda juda maqtangim kelib, — men ming xil hidni bir-biridan farqlay olaman. — Yo‘g‘-e! — dedi Ortiqali ishonqiramay. — Ishonmaysanmi? — Ishonay d e y a p m a n - u , axir n e g a d i r i s h o n g i m kelmayapti. — Uch chaqirim naridagi narsaning ham hidini seza olaman. — Sen... g‘alati ekansan-ku! — deb qo‘ydi Ortiqali hayrati oshib. O‘sha kuni suhbatimiz rosa qizib ketdi. Lekin qizigani ham yaxshi bo‘ldi, nega desangiz ko‘chib kelganimizga o‘n kuncha bo‘lgan bo‘lsa ham hali bironta bola bilan durustroq tanishib, miriqibroq suhbatlashganim yo‘q edi. Shunaqa suhbatni juda, juda ham qo‘msab yurgan edim. Suhbatimiz b o r i b - b o r i b Shokirali boboga taqaldi. Biz k o ’ c h i b kelmasimizdan bir kun oldin uyini o‘g‘ri urib ketibdi. Ikkita o‘g‘li armiyada xizmat qilayotgan ekan. Kelishsa ikkisining to‘yinj bir kunda o‘tkazamiz, deb ikki sandiqni to‘latib mol-dunyo yig‘ib qo‘yishgan ekan. Pombarxit, machalkabarxit degan yaltiroq matolardan naq o‘n yetti kiyimlik ekan, hammasini urib ketishibdi. Militsiya kepti, topolmabdi, rom ochishilxli — foydasi bo‘lmabdi, qishloq erkaklarini yig‘ib, obdastagardon qildirishibdi — nafi tegmabdi... Cholu kampir hozir sal g‘alatiroq bo‘lib qolishgan emish... — Akbar, — to‘satdan jonlanib ketdi Ortiqali nimadir esiga tushgandek. — Nima deysan? — biron gap bo‘ldimikan deb uyoqbuyog‘imga bir qarab oldim. — Nahotki chol-kampirga achinmasang? — Achinaman, — deb qo‘ydim. — Achinsang narsalarni topishga yordamlashib yubor. Xo‘p degin, jon o‘rtoq, men uchun xo‘p degin. Agar yordamlashsang, jonajon o‘rtoq bo‘lib qolamiz. Insholaringga yordamlashib yuboraman, o‘zim mana shu qo‘llarim bilan yozib beraman. O‘ylanib qoldim. Men militsioner ham, izquvar ham emasman. Bularning ishiga aralashsam qalay bo‘larkin? Lekin chol buvaga ham achinib ketyapman. Kampiri childirma chalib, o‘yinga tushib yurgan emish. Demak, sal anaqaroq bo‘lib qolgani aniq. Xo‘p ana, aralashdim ham deylik, biror ish chiqara olmasam-chi? Axir, o‘g‘rilar ham anoyi emas. Allaqachon narsalarni gum qilib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin... Bordi-yu vahima kuchayib, narsalarni qishloqdan tashqariga olib chiqib ketishga ulgurmagan bo‘lishsa-chi, axir o‘g‘rilik kunduzi yuz bergan-ku?.. Agar yaqin o‘rtaga berkitilgan bo‘lsa... bemalol topsa bo‘ladi... Nega desangiz, har bir narsaning rangi, shakli bo‘lganidek, uning ufurib turgan hidi ham bo‘ladi. Rangni, shaklni berkitsa bo‘ladi, hidni berkitib bo‘lmaydi. Ko‘msangiz tuproqdan bahra olib, yana tiniqlashadi, puflasangiz liavo bilan qo‘shilib, yana kuchayadi. Rost aytyapman, buni men ham bir necha bor sinab ko‘rganman. Hatto o‘zimcha bitta hikmatli gap ham to‘qiganman. Rang ko‘rkamlik alomati, hid oshkorlik alomati, degan gapni o‘zim ichimdan to‘qib chiqarganman... Lekin qalay bo‘larkan, ilgari hech o‘g‘irlik mol orqasidan quvmaganman. Hid bilishimni qovun saylidan boshqa joyda ishlatib ham ko‘rmaganman. To‘g‘ri, bir marta sigirimiz adashib boshqa qishloqqa o‘tib ketganda, e m c h a g i d a n t a r a l a y o t g a n sut hidini h i d l a y - h i d l a y adashmasdan orqasidan yetib borganman. — Ketdik, — dedim asta o‘rnimdan turib. — Yordam berasanmi? — shoshilib so‘radi Ortiqali. — Bir unnab ko‘raman, — lanjroq javob qaytardim. Nega desangiz o‘zim o‘zimga uncha ishonmayotgan edim-da. Shokirali buva hovlisidagi katta nok salqinida eski to‘shakka yonboshlab yotgan ekan. O‘y surishga shunaqa berilib ketibdiki, hatto kirganimizni ham payqamay qoldi. Yaqinrog‘iga borib, tomoq qirib yo‘taldik. Yo‘q, uxlab qolganga o‘xshaydi, ko‘zini ochmadi. — Buva, men Ortiqaliman, — dedi nihoyat sherigim kelganimizni sezdirish uchun. Shokirali buvam uyg‘oq ekan, yoshovrab turgan nursiz ko‘zlarini xiyol ochib: — Imm, — deb qo‘ydi. — O‘zi tuzukmisiz, bobo? — negadir bu gal shoshilib so‘radi Ortiqali. Bobo javob qaytarmadi-yu, o‘rnidan qo‘zg‘alib, chordana qurib oldi, qo‘lidagi chorsi bilan xira pashshalarni haydagan bo‘ldi: — Nima qilib yuribsanlar? — Sizga yordam bergani keldik. — Yordam bergani? — nazarimda Shokirali boboning nursiz ko‘zlari kattaroq ochilganday bo‘ldi, bir nafas bizga tikilib turdi-da, — qanaqa yordam? — deb so‘radi. — O‘g‘rilarni tutgani, — qat’iy bir ohangda dedi sherigim. — Nima?! — Shokirali bobo o‘ng qo‘lini o‘ng qulog‘i suprasiga karnay qilib biz tomonga xiyol burgandek bo‘ldi. — Sherigimning burni juda zo‘r, — tushuntira boshladi Ortiqali. Bobo qoiidagi chorsi bilan yana pashshasini qo‘rib: — Yordam bermagan ikkoving qoluvding, — dedi-da, boshini yana tizzasiga solintirib oldi. Ortiqali bidirlab, bu o‘rtog‘imning burni yaxshi hid oladi, bu xususda eng zo‘r itlarni ham yo‘lda qoldi rib ketadi, degan mazmunda gapira boshlagan edi, chol bobo qo‘li bilan «daf bo‘linglar» degandek ishora qilib qo‘ydi. Juda noqulay ahvolda qoldik. Turaverishni ham, chiqib ketishni ham bilmaymiz deng. Xuddi shu paytda burnimga g‘alati-g‘alati hidlar gupillab urila boshladi. Kuyadorining garang qiluvchi achchiq hidi, xushbo‘y yalpizning dimoqni erkalovchi atri, yaxshi pishgan non behining ishtaha qo‘zg‘ab, og‘izdan so‘lak oqizuvchi hidiga qo‘shilib, aralashib, to‘lqin-to‘lqin bo‘lib dimog‘imga urilaverdi. Miyamga g‘alati bir fikr keldi-yu, ko‘zlarim charaqlab ochilib ketganday bo‘ldi. Ro‘paradagi ikki qanoti lang ochiq turgan uyga qarab yura boshlaganimni o‘zim ham sezmay qoldim. Sherigimning, o‘g‘irlangan mollar mana shu uyda saqlanardi, degan palag‘da tovushi qulog‘imga yo kirdi, yo kirmadi. Ha-ha, degan o‘y yashin tezligida o‘ta boshladi boshimdan, kelin-kuyovlarga atalgan qimmatbaho kiyimliklar mana shu tuyasandiqlarda saqlangan. Kampir xolamiz bu sandiqlarda eng oldin belli saqlagan bo‘lsa ham ajab emas. Keyinchalik kiyimlarini joylagan. Ularga kuya tushmasin deb oldin yalpiz urug‘ini sepgan, bo‘lmagandan keyin tuman markazidan^kuyadori oldirib kelgan... Otilib ; i7 urn* tashqariga chiqdim. Ichkarida tuyganim aralash hidlar ko‘rinmas ipdek cho‘zilib, eshilib-buralib bog4 tomonga o‘tib ketgandek, bamisoli burnimga buroviq solib o‘sha tomonga qarab tortayotgandek. Orqamdan halloslab kelayotgan Ortiqalining: «Oayoqqa yuguryapsan, eshik buyoqda-ku», deganini yo eshitdim, yo eshitmadim. Nazarimda, mana shu hidlardan yaralgan yo‘lakcha meni to‘ppa-to‘g‘ri o‘g‘irlangan mollar berkitilgan tomonga olib boradigandek. Ha-ha, xuddi shunday bo‘ladiganga o‘xshaydi! Bo‘sh kelma, o‘zingi ko‘rsat, qadrdon burnim! Seni har kuni ertalab iliq suvga chayganim bo‘lsin, ustingdan yumshoq moylardan surtganim bo‘lsin, lekin meni sharmanda qilma. Mana shu daqiqalarda egangning taqdiri hal bo‘ladi, yo o‘g‘irlangan mollarni topib Soyboshi qishlog‘i bolalari o‘rtasida nomi s h o n u s h u h r a t g a k o ’ m i l a d i , yoki... meni, q a d r d o n burniginam! Mana shu orqamdan tilini osiltirib yugurgilab kelayotgan oqko‘ngil Ortiqali oldida yuzimni yorug‘ qil, insholarimni yozib beraversin... Bog‘ devoridan oshib o‘tib, yuzasini sariq jangalu pakana o‘sgan har xil butalar qoplab yotgan, shuning uchun ham yugurish xiyla qiyin bo‘lgan pastu baland adirlardan chopqillab borardim. Goho pastlikka tushib ketaman, tushishim bilan aralash hidlar pasayib, burnimning ichi bo‘m-bo‘sh qolgandek seziladi. Yugurib yuqoriga chiqamanu, to‘xtab, xuddi chegarachilarning itiga o‘xshab iyagimni yuqori ko‘tarib, kuyadori, belli va yalpizning aralash hidi u f u r i b turgan izni qaytadan topib olaman. Oltinchi tepalikdan o‘tganimdan keyin endi haligi aralash hidlar orasidan rezinka kalishning hidi ham kela boshladi. Rezinka oftobda kuyganda qanaqa hid chiqarsa, bora-bora atrofni shunday hid qoplab oldi, boshqa hidlarni bosib ketgandek bo‘ldi. Poyonsiz sayhonlikda behisob yantoq g‘aramlari turibdi. Oishda qo‘ylarga yedirish uchun dehqonlar chopib, uyub ketishganga o‘xshaydi. G‘aramlardan birining yoniga borib to‘xtadim. O‘g‘irlangan mol shu yercki, dedim o‘zimgao‘zim va chuqur-chuqur nafas ola boshladim. Har gal nafas olganimda, ishonsangiz, avvalgi hidlar yoniga yana boshqalari kelib qo‘shilaveradi. Mana bunisi amirkon mahsiga surilgan lakning hidi, mana bunisi popukli jun ro‘molga ishlatilgan bo‘yoqniki, deya ko‘nglimdan ham o‘tkazib turibman deng. — Juda chopag‘on ekansan-ku! — deb qo‘ydi Ortiqali yetib kelgach. — Hid oluvchilar chopag‘on bo‘ladi o‘zi, — deb kuldim, — o‘g‘irlangan mol mana shu yerda, g‘aram ostida. — Yanglishayotganing yo‘qmi? — so‘radi sherigim quvonchdan ko‘zlari parpirab yonib. G‘aramning yon tomonidan yarmigacha ochib, to‘rtta shakar qop bir-biriga suyab qo‘yilganini ko‘rdik. — Shu, — dedi Ortiqali irg‘ishlab. So‘ng gap yo‘q, so‘z yo‘q qishloq tomonga qarab o‘qdek uchib keta boshladi. Bir mahal chopishdan to‘xtab, kaftlarini og‘ziga ko‘zacha qildi-da, sen qimirlamay tur, deya baqirdi. Ko‘z yumib-ochguncha hammayoqni odam bosib ketdi. Shokirali bobo, kampiri, ikkita kuyoviyu qizlari... Bir mahal qarasam, yantoq g‘aramlari orqasidan halloslaganicha dadam ham chiqib kelyapti. Shokirali bobo shakar qoplar atrofida gir-gir aylanib, halol edi, hammasi peshona terga kelgan edi, o‘ttiz yil yiqqanman-a, o‘ttiz yil desa, kampiri cho‘kka tushib, ho‘ng-ho‘ng yig‘lab, xudoga shukur, o‘g‘illarimning peshonasi yarqiragan ekan, deydi deng. Boshqa bir xotin bo‘lsa, voy aylanay romchi buvimdan, mol tashqariga chiqqani yo‘q, dedilar-a, karomatlaridan o‘rgilay, deb javrayapti. O‘sha kuni hech kinming men bilan ishi bo‘lmadi, hatto Ortiqali ham unutib yuborgandek bo‘ldi. Lekin ertasiga, hay-hay, burnimning hid olish xislati haqida mish-mishlar shunaqangi kuchayib ketdiki, ishonsangiz, tomosha qilgani kelgan odamlar dastidan ko‘chada ham yurolmay qoldim. Indiniga esa meni butunlay sehrgarga chiqarib qo‘yishdi. Mish-mishning uchqur qanoti bor deganlari paqqos rost ekan. Qishloqdan qishloqqa uchib o‘tib, oxiri tuman markaziga ham borib yetibdi. Gazetadan fotomuxbir kelib, burningni suratga olib, gazetada bosib chiqaraman, deb turib olsa bo‘ladimi! Hay-hay, o‘sha kunlari bema’ni savoljavoblardan qiynalganim. Lekin bular ham hali holva ekan. Mashmashaning eng kattasi shu voqeadan o‘n kun o‘tgandan keyin bo‘ldi. Kechki payt edi. Dadam magazinga savdo qilgani ketgan. Oyim suprani keng yozib, maydalab ugra kesayotgandi. Men bobomizdan meros t e k k a n katta hovlini c h a n g i t i b supurayotgan edim. Militsiya formasini kiygan, o‘rta yoshlardagi, dadamdek norg‘ul bir odam kulimsiragancha kirib kela boshladi. — Akbarjon Madumarov o‘zingiz bo‘lsangiz kerak? — deb so‘radi qarshimda to‘xtab. — O‘zimman, — deb qo‘ydim. — Oani bir omonlashib qo‘yaylik-chi. Men bilan, negadir, juda iliq so‘rashdi. So‘rashayotganda ko‘zlari kulib, yuzlaridan nur yog‘ilib turgandek bo‘ldi. So‘ng oyijonim uydan olib chiqqan siniq kursiga o‘tirib, o‘zini tanitgach, gapni juda uzoqdan boshladi. Mendek o‘g‘ilni tarbiyalab, voyaga yetkazayotgani uchun ota-onamga rahmatlar aytdi. Shu bilan birga tuman militsiyasi jinoyat qidiruv bo‘limi ixtiyorida g‘oyat zotdor, g‘oyat aqlli bir iskovuch it bor ekan. Bundan olti oy oldin to‘satdan o‘lib qolibdi. O‘sha o‘lgandan buyon o‘g‘irlangan mollarni topish mumkin bo‘lmayotgan emish. Agar mening oyim, ya’ni Sarviniso Madumarova rozi bo‘lsa, meni, ya’ni Akbar Madumarovni militsiya kapitani o‘rtoq Ergashev sakson so‘m maosh bilan o‘ziga ishga olmoqchi ekan... Oyijonimning qoshlari pastu baland bo‘lib ketdi. Yuzlarida g‘alati-g‘alati tugunchalar paydo bo‘ldi, lablari pirpirab ucha boshladi. Oo‘lidagi zuvalani tapillatib supraga urdi-da shartta o‘rnidan turib: — Itingiz o‘lib qolibdi-da? — deb so‘radi. — Ha, o‘lib qoldi, — dedi kapitan achinib, — ko‘p ajoyib it edi-da. — Demak, mening o‘g‘limdan uning o ’ m i d a foydalanmoqchi ekansiz-da ? — Agar rozi bo‘lsalaring... — Demak, men bola emas, it tuqqan ekanman-da! Yo‘qoling hozir, bo‘lmasa mana shu pichoq bilan, — oyijonim engashib oshpichoqni qo‘liga oldi-da, kapitanning ustiga bostirib kela boshladi, — mana shu pichoq bilan awal sizni, keyin o‘zimni chavaqlab tashlayman. Tilabtilab olgan bolamni iskovuch it o‘rnida ishlatarmish! Yo‘qoling, hozir yo‘qoling deyapman! Oyijonim maqsadini yaxshi anglatolmay hangu mang bo‘lib qolgan kapitanni goh biqinidan, goh yelkasidan turtib naq ko‘cha eshikkacha itar-itar qilib bordi-da, o‘sha yerga yetganda shunaqangi qattiq itardiki, kapitan o‘zini to‘xtatolmay, dadam ishlayotgan magazinning hovlisigacha yugurib borgan bo‘lsa ham ajab emas. So‘ng... uf, buyog‘ini aytgani tilim bormaydi... Oo‘lidagi oshpichoqni o‘qtalib, boshimni g‘alvadan chiqarmayotgan o‘sha burningni kesib qutulmasammi, deya meni cjuvlab ketdi. Har qalay, o‘sha kuni burnim kesilmadi-yu, lekin qattiq qo‘rqqan ekanman, bir oygacha uxlasam ikki qo‘llab burnimni changallab yotadigan bo‘ldim. SHISHA ICHIDAGI JINLAR H ali aytganimday, bu yerda ishlarimiz gumbur bo‘lib ketdi, dadam magazinni qabul qilib olgandan keyin oyijonimni o‘ziga yordamchi qilib oldi. Nega desangiz, dadam uyoq-buyoqqa ketganda magazin berkilib qolsa, xaridorlar xafa bo‘lar ekan. Katta ukam Asqar juda uyquchi deng. Ovqat yeb o‘tirgancb ham ko‘zi uyqucb boiadi. Dalaga mol olib chiqsa, daraxtga bog‘lab qo‘yadi-da, marzaga bosh qo‘yib kun botguncha uxlayveracli. Dars paytida ham uxlagani-uxlagan. Ko‘pincha oxirgi qo‘ng‘iroqni cshitmay, sinfda eitasigacha qolib ketadi. Oyijonim jig‘ibiyroni chiqib: — Nahotki kechasi uyg‘onmagan bo‘lsang? — deb so‘rasa, ukam bir esnab oladi-da: — Nega uyg‘onmas ekanman, — deb to‘ng‘illab qo‘yadi. — Nega bo‘lmasa uyga kelmading? — yer tepinib deydi oyijonim. — Ertaga tag‘in qaytib kelgandan ko‘ra shu yerda uxlaganim yaxshi-da, — deydi Asqar. Ana shu ukamni, beshinchi sinfga qabul qilishdi. Yo‘q, eng muhimi bu emas, muhimi uni tozalik komissiyasiga rais qilib qo‘yishdi. Maktabdan kela solib papkani hovlidagi so‘riga irg‘itdi-da, bir umr suv tegmagandan qasmoq bog‘lab ketgan qo‘llarini sovunlab yuvishga tutindi. — Betingni ham yuvgin, — deb maslahat bergan edim: — Ban bir kir bo‘lib qoladi, yaxshisi uni ertalab yuvaman, — deb javob qaytardi. Undan keyingi ukamning ismi — Azlar. U shunaqangi qaysarki, ta’rifiga so‘z topolmaysiz. Nima desangiz, o‘shaning aksini qiladi. — Yur! — desangiz. — Bormayman! — deydi. — Xo‘p, shu yerda o‘tirib tur bo‘lmasa, — desangiz: — Yo‘q, endi orqangdan boraveraman, — c!a vdi. Dadam negadir uni hammamizdan ortiq sevacli. Gc 10 elkasiga qoqib, katta bo‘lsa qishloqqa bosh buxgalter oo‘ladi, deb qo‘yadi. Xullas, qishloqning bo‘lajak bosh buxgalteri uchinchi sinfga qatnay boshladi. Muattar singlimni dadam uyimizning bulbuli deb ataydi. O‘ziyam biram shirinki, oyijonim uni shunaqa yasatadiki, xuddi magazinlarda sotiladigan yelim qo‘g‘irchoqning o‘zginasi deysiz. Uni gapga solganimiz-solgan. Yetti uxlab tushingizga kirmaydigan g‘alati-g‘alati so‘zlarni topib aytadi. Hoy, Muattar, ko‘zingga qarab yur, desangiz, yurishdan to‘xtab aka, ko‘zimga qarasam, yurolmayman-ku, deb qo‘yadi. Hoy, bulbulcha, og‘zingga qarab gapir, desangiz, aka, bo‘lmasa qo‘limga oyna berib qo‘ying, o‘shanda og‘zimga qarab gapiraman, deya sizni mot qilib qo‘yadi. Ana shu qaqajon singlimning yoshi yetmagan bo‘lsayam bari bir birinchi sinfga qabul qilishdi. O‘zim bo‘lsam hali aytganimday sakkizinchiga qatnay boshladim. O‘qishning birinchi kuni xonaning bir chekkasida o‘zimni kamtar qilib ko‘rsatish maqsadida xuddi uyat ish qilib qo‘ygan boladay qimtinibgina o‘tirgan edim, sinf rahbari menga bir oz tikilib turdi-da: — Yangi mehmon kelibdimi? — deb so‘radi. Ortiqali shoshilib o‘rnidan turdi: — Magazinchining o‘g‘li, — deya mening o‘rnimga javob qaytardi. — Oting nima? — deya so‘radi muallim. — Akbar. — Akbarjon degin, yaxshi. Familiyang? — Madumarov. — Yaxshi, qaysi maktabda o‘qigansan? — Makarenkoda. — Yaxshi, yettinchining tabelini olib keldingmi? — Yo‘q. — Yaxshi, ertadan qolmay, albatta^ olib kelgin, xo‘pmi? — Xo‘p. — Yaxshi, Soyboshida yashayotganlaring haqida qishloq yig‘inidan ma’lumotnoma keltirasan. — Xo‘p. Xuddi shu paytda Ortiqali yana dik etib o‘rnidan turdi: — Domla, bunga ma’lumotnomaning keragi yo‘q. — Nega? — hayron bo‘ldi muallim. — Soyboshida yashayotganini men tasdiqlab berishim mumkin. — Yaxshi, — deb xiyol kulimsiraganday bo‘ldi sinf rahbarimiz, — bo‘lmasa sening o‘zingni ma’lumotnoma sifatida Madumarovning hujjatlari tiriklay yopishtirib qo‘yaman. Ertasiga tabel haqicla ham, Ortiqalini mening hujjatlarim tiriklayin yopishtirib qo‘yish haqida ham bir og‘iz so‘z bo‘lmadi. Nega desangiz butun malctab bo‘yicha katta hasharga katta safarbarlik e’lon qilindi. Oishlog‘imizning clioi qismidagi paxtasini yig‘ishtirib olish uchun men tengimen tengi azamat yigit-qizlardan ikki yuztasi yetishmayotgan ekan. Oish tushguncha mazza qilib o‘sha yoqda yashadik. Ortiqali o‘rtog‘im to‘g‘ri aytgan ekan. Menga o‘xshagan mehnatsevar, gap qaytarmaydigan, esli-hushli bolalarning qadri bu yerda juda baland ekan. Normani ortiq bajarsang — besh, xirmondagi paxtani qoplashga yordamlashsang — besh, ertalab barvaqt turib bak qaynatsang — besh, tushlikda muallimlar yaxshi ovqat eyayotganini ko‘rib hech kimga aytmasang — besh, yigirma sakkizinchi dekabrgacha shunaqangi a’lochi bo‘lib ketdimki, besh baholarim shunaqangi ko‘payib ketdiki, kattatagoblik o‘rtog‘im Hoshimga o‘xshagan dangasa o‘quvchilardan o‘ntasiga ulashsang ham yana uch kishiligi ortib qolardi. Yo‘q, o‘lay agar, rost gapiryapman, chindan ham beshlarimning hisobi yo‘q edi. Xullas, ishlarimiz gumbur bo‘lib ketayotgan edi... Lekin to‘satdan, ha-ha, to‘satdan dadam ichkilikka shanaqangi ruju qilib qoldiki, asti qo‘yaverasiz. Yo‘q-yo‘q, men dadajonimni hecham yomonlamoqchi emasman. U kishi juda mehribon, bayramlarda hammamizga yangi kiyimlar olib beradi, bo‘lar-bo‘lmasga urishib-so‘kavermaydi liam. Kiyim-boshidan terlagan otning hidi kelib turadigan uchastka boshlig‘i Oo‘ziyev amakim, urushda bir oyog‘ini tashlab lcelgan, qo‘ltiqtayocili Alivoy tog‘a uchovlari ichishadi. Goho uyga yarim kechasi bir-birini qo‘ltiqlashib, asluila aytib kelishadi. Bechora oyijonim yig‘lab-yig‘lab tong otguncha ularga xizmat qiladi. Keyin... U yog‘ini aytgani, ishonsangiz, tilim bormaydi. Ha, mayli, keyin biri ko‘cha eshikning ostonasiga boshini qo‘ygancha, biri hovlidagi so‘riga chalqancha tushib, uchinchisi o‘choqboshidagi kir po‘stakka dumalab uxlab qolishadi. Goho oyijonim kuyib ketganidan: — Shishadagi jin bir kunmas-bir kun dadangni boshini yeydi-da! — deb zorlanadi. Qaqajon Muattar: — Oyijon, chindan ham shishaning ichida jin bormi? — deb so‘ raydi. — Bor, — deydi oyijonim ma’yus tortib. — O‘sha jinning ola-bula ko‘zlari ham bormi? — Bor, qizim. — Keyin qo‘1-oyoqlari ham bormi, dadajonimni bo‘g‘ib oladimi? Oyim javob qaytarmaydi. Xo‘rsinib qo‘yadi. To‘qqizinchini bitirayotgan paytim edi. O‘qishlar taqqa to‘xtab, yaganaga chiqib ketgan edik. Magazinga to‘satdan tekshiruv kelib qopti. Dadam, hisob-kitobga qarashib yuborsin, deb sinf rahbarimizdan meni so‘rab oldi. Kalta sochlari nayzadek tik o‘sgan, peshonasi keng, iyagi behad ingichka, shuning uchun ham yuzi uyasidan mo‘ralab turgan tipratikonga juda, juda ham o‘xshab ketadigan bir amaki tekshiruvchi bo‘lib kelgan ekan. O‘n bir kun davomida rosa tekshirtekshir qildi. Men ombordagi qiyshayib qolgan yashiklarni pulga o‘tkazish uchun uyoq-buyog‘ini tiklash bilan mashg‘ul edim. To‘satdan dadam ikkovlari o‘rtasidagi qisir-bo‘g‘oz ovozlarni eshitib qoldim: — O‘h-ho‘, Madumarov aka, ishlar chatoq-ku! — dedi tekshiruvchi amaki. — Ochiqroq aytavering, — shivirladi dadam. — Kamomat juda katta. — Yo‘g‘-e! — Mana, o‘zingiz qo‘l qo‘ygan hujjatlar. — Oaytadan cho‘tga soling-chi. — Ellik martalab solib ko‘ryapman, bari bir juda katta. — Sal pasaytirishning iloji yo‘qmi? — dedi dadam yolvorib. — Bu sizga bog‘liq... — negadir tekshiruvchi amaki tomog‘ini qirib, yo‘talib oldi. — Ko‘p kerakmi? — Ming so‘msiz bitmaydi. — E, sal insof qiling-da, — dadam qoiini Wksiga qo‘yib yana yolvorishga tushdi, — axir men ham bola-chaqaliman, to‘rttasi yeyman-ichaman deb turibdi. — Hujjatni topshirsam... Sizni qamashadi. — Uf! — dedi dadam. — Pulni keyinroq bersam ham bo‘laveradimi? — Yo‘q, hozir berganingiz ma’qul... Madumarov alca, meni to‘g‘ri tushuning. Berayotgan pulingizdan uchdan biri ham menga tegmaydi. Men ham kattalarning tomog‘ini moylab turaman. Yana ixtiyor o‘zingizda. Har ehtimolga qarshi hujjatlarni ikki xilda tuzib borgan edim. Bittasini tanlang. Yo uyog‘liq bo‘lasiz, yo... Har qalay bola-chaqangiz bor, yaxshilab o‘ylab W r i n g . Men ilgari pora degan so‘znj eshitar edim-u, qanaqa lx)’lishini, qay sharoitda, qanaqa yo‘sinda topshirilishini bilmas edim. Pora uzatayotgan kishining ko‘zlari bilinar-bilinmas yoshovrab turarkan, xo‘rligi kelib, bilinar-bilinmas uf tortarkan. Olayotgan odam, hay-hay, ko‘zlari quvonchdan chaqnab, yuzlari gulgun yashnab ketarkan... G‘alati ahvolga tushib qoldim. Oo‘l-oyog‘im muzlab kela boshladi, ich-ichimdan qaltiroq turdi. Dadamga, xuddi ajdaho qarshisida turgan quyon boladek dovdirab, ojiz, notavon bo‘lib qolgan mehribon dadajonimga ich-ichimdan achinib ketdim. Chindan ham tipratikon boshli tekshiruvchi amaki ko‘zimga xuddi ertaklardagi ajdahoga o‘xshab ko‘rina boshladi. U hozir dadajonimni tiriklay yutadi, keyin meni, magazindagi mollarni yuta boshlaydi, deb o‘yladim-u, ichimdagi haligi qo‘rquv aralash cjaltiroq hiqichoqqa aylanib, tomog‘iga don tiqilgan jo‘jaxo‘rozday nag‘ma qila boshladim. Yo‘lakdagi siniq yashikni jahd bilan tepib, ko‘chaga chiqib ketdim. Kechgacha yig‘ladim. Yo‘q, kechasi uyqumning ichida ham yig‘lab chiqdim, shekilli... Bir mahal uyg‘onib ketdim. Oarasam, dadam bilan oyijonim uxlashmalxli. Nazarimda, magazindagi sakkiz ming so‘mlik kamomatning o‘mini to‘ldirish uchun kimdan qarz so‘rasak ekan, deb maslahat qilishayotganga o‘xshaydi. — Aytmadimmi, mana shu aroq zormanda bir kuni boshingizni yeydi deb, — kuyinib shivirlayapti oyijonim. — Uh! — dedi dadam. — Yana diydiyongni boshladinga. Ichsam bir butilka icharman, ikki butilka icharman, aytdim-ku, pulni o‘rniga qo‘yib borganman, deb. Uf, meni Hamdam cho‘loq chuv tushirganga o‘xshaydi. Pakturani hamisha qalbaki yozadi u. Hamdam cho‘loq... taniyman uni. Matlubot jamiyatida omborchi bo‘lib ishlaydi. Dadam ikkimiz mol olgani borganda necha bor ko‘rganman. Ko‘zlari qisiq, yuzi dumdumaloq, o‘ng oyog‘ini siltab-siltab tashlaydi. Lekin o‘zi juda shirinsuxan, so‘zlaganda tilidan chakillab bol tomadi, dadamga hamisha «akajon» deb murojaat qiladi. Fakturaga sakkiz yuzta paxta gulli piyola yozadi-yu, yuztasini bermay turib oladi. Uch yuz metr atlas yozsa, albatta, o‘ttiz metr kam bo‘ladi. — Uf, — deydi dadam bosh qashib. — Unday demang, jon aka, — deydi Hamdam cho‘loq yig‘lamsirab, — menga ham oson emas. Malol kelsa olmay qo‘ya qoling. — Axir men ham plan bajarishim kerak-ku, — deydi dadam tutaqib. — Besh-o‘n qop tuz berishim mumkin, — bo‘sh kelmaydi Hamdam cho‘loq. — Soyboshida tuzdan boshqani yeyishmaydimi ? — Bo‘lmasa kir sovun olaqoling. — Xo‘p, necha yashik berishingiz mumkin? — Awal siz ayting, akajon, yashigiga necha so‘mdan berasiz? — Uch so‘mdan. Ombor mudiri ikki qo‘lini baravar ko‘ksiga qo‘yadi... — O‘ndan kamiga bo‘lmaydi. — Ha, mayli, uch yarimdan beraman. — Siz o‘zimning akamsiz. Mayli, to‘qqizdan bera qoling. — To‘rt so‘mdan. — Yettitadan kamiga bo‘lmaydi. — Beshga ham yo‘qmi? — Obbo, akajon-ey; kulib turganingizni yaxshi ko‘ramancla, ha, mayli. Lekin sizni yaxshi ko‘raman. Halol yigitsiz, pok yigitsiz, lekin menga ham oson emas. Tepamdagi ajdaholar yutaman deb turibdi. Jon aka, yana ellik tiyinlik qo‘shing! — Uf! — deydi dadam manzilga a rang yetib kelgan parovozd^k uzoq dam chiqarib... O‘y-xayollarim xuddi shu yerga kelganda meni yana uyqu elita boshladi. Ko‘z oldimni qop-qorong‘i tumanlik qoplab keldi. Tumanliklar orasidan oldin tipratikon boshli tekshiruvchi amaki, ketidan qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iljaygancha omborchi chiqib keldi-da, qiziq, bir nalasda dahshatli ajdahoga aylanib, dadajonimni ikki tomondan iskanjaga olishdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman, uxlab qolibman. Tekshiruvchi amaki kuzga borib yana keldi. Necha kun tekshirgani aniq esimda yo‘q. Lekin ketayotgan kuni dadamning pul axtarib, uyma-uy yurgani hali-hali esimda. Keyin... Keyin dadajonim qamalib ketdi. Tag‘inam sudya amaki insofli ekan. Tog‘amdan uch ming so‘m olib, qamoq muddatini anchaga kamaytirib berdi. Yana ham kamaytirsa bo‘lardi-yu, lekin pullaring juda oz ekan, debdi. IMTIHONDA OYOG‘IM OSMONDAN KELGANI L aqabim qovunchi ekanligiga endi ishonch hosil qilgandirsiz. Rostini aytsam, shu odatim o‘zimga ham yoqmaydi. Zarur gaplar buyoqda qolib, hamisha nozarur gaplarni aytib, dakki eshitganim-eshitgan. Bo‘lmasa burnimni ishga solib o‘g‘irlangan mollarni topganimu dadamning qamalganini aytishning nima hojati bor edi, to‘g‘rimi? Aslida men sizga Shirin qovunlar mamlakatiga safar qilganim, u yerda ko‘rganim ajoyib va g‘aroyib hodisalar haqida so‘zlab, boringki meditsina fanlari doktori, professor Akbar Akbariy deya ulug‘langanim, burnimga haykal qo‘yganlari haqida gapirib bermoqchi edim, to‘g‘rimi? Mana, tag‘in qovun tushirib qo‘ydim. Xafa emasmisiz? Unda yana davom etaman... O‘sha kunlari, ya’ni shisha ichidagi jinlar dadamning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qamoqxonaga sudrab ketgan paytlari butun oilamiz bilan tushkunlikka tushib qoldik. Rosa uh tortdik. Uh tortish aslida bizga dadamdan yuqqan. Oyijonim bilan ukalarimni aytmayman-u, ammo men juda q u v n o q b o l a m a n . G ’ a m u t a s h v i s h n i tez unutadigan odatim bor. To‘g‘ri-da, ko‘z yoshi to‘kib, qovoqtumshuq qilib o‘tirishning nima hojati bor. O‘ninchini bitirish arafasida edim, davlat imtihonlariga yaqin qolgandi. Ehtimol, sizlarda boshqacharoqdir. Lekin bizda imtihonlar ochiq havoda, ya’ni dala shiyponida bo‘ladi. Lekin bir jihatdan shunisi ham yaxshi. Nega desangiz, sinfxonada o‘tirganda odamning yuragi siqilib ketadi. Keyin imtihonni dalada topshirishning yana bir yaxshi tomoni shundaki, fanlardan qo‘yiladigan baholarni ko‘pincha tabelchi bilan brigadirlar hal qilishadi. Nazarimda uncha to‘g‘ri aytmadim shekilli, sal boshqacharoq. Ya’ni aytmoqehimanki, baholar o‘shalarning maslahati bilan qo‘yiladi. Bunckm ham aniqroq qilib aytadigan bo‘lsam, kechga yaqin shiyponning qoq o‘rtasiga uchta stol qo‘yiladi, o‘rtasidagiga brigadir, chap tomonga tabelchi, o‘ng tarafga muallim o‘tiradi. Biz quyiroqqa cho‘kib, birimiz chordana qurib, birimiz yonboshlab olamiz. Tog‘ tomondan g‘ir-g‘ir shabboda esib, tanimizga rohat bag‘ishlab, ruhimizni erkalab turadi. — Abdullayeva, — deydi ro‘yxatga qarab muallimimiz. Arofat shoshilib o‘rnidan turadi. Brigadir amaki unga boshdan-oyoq razm solib chiqadi. So‘ng negadir yonboshini payjiaslab: — Bobong haliyam nos qilib sotyaptimi? — deb so‘raydi. Keyin haligi payjiaslagan joyidan shishacha chiqarib, kaftiga qoqadi. — Sotyaptilar, — sekingina deydi Arofat. — Ertaga menga bir shisha olib kelgin. Xo‘pmi, qizini? — Xo‘p. — Domlasi, shu qizimga yaxshi baho qo‘yvoring. G‘o‘zani yagana qilishga usta ekan, ishi toza. Navbat boshqa o‘quvchiga keladi. — Boymirzayev, — deydi yana ro‘yxatga qarab muallim. Sobitali dik etib o‘rnidan turadi. — Oo‘lingdagi nima? — so‘raydi brigadir. — Daftar, — deydi Sobitali ikki qo‘lini orqasiga berkitib. — Daftar, qanaqa daftar, nos o‘raydiganmi? — Yo‘q, algebra daftar. — Nega paykalning ichida uni ko‘tarib yuribsan? — Charchaganimda o‘qiyman-da. — Charchaganimda o‘qiyman? — brigadirimiz jahli chiqqannamo o‘rnidan bir qo‘zg‘alib qo‘yadi. — Bekor aytibsan. Uch-to‘rt marta ko‘rdim, kesak ustida cho‘nqayib o‘tirganingni. Sen o‘zi bu yerga daftar o‘qigani kelganmisan yoki hasharga kelganmisan? Ishni ishdek qilish kerak-da. Oltmish gelctar yaganasiz yotibdi, pastki paykallarni o‘t o‘rab ketgan, buyoqda pilla shoshirib turibdi. E, o‘rgildim-e, sendaqa yordamchilardan. Nima, men kuzga borib majburiyatga algebra topshiramanmi. Biz ham o‘qiganmiz o‘sha algebrangni. Lekin biz kechasi hammani uxlatib qo‘yib o‘qirdik. Ikki qo‘ying bu bolaga! Muallim o‘rtaga tushadi. Sobitali hiqillay-hiqillay kechirim so‘raydi. Bir amallab unga ham uch qo‘yib yuborishadi. Men esa, o‘zi omadli bolaman-da, hamma fanlardan yo to‘rt, yo besh olaman. Nega desangiz, brigadirimizning aytganini joyida hozir qilaman. To‘satdan qalbimga o‘qish ishtiyoqi tushib qoldi. Institutni bitirib, fan nomzodimi yoki sal boshqacharoqmi, ishqilib, katta olim bo‘lgim kelib qoldi. Soy ko‘chada Umar aka degan yigit bo‘lardi. Hozir shaharda turadi. Katta olim bo‘p ketgan. Oarib qolgan onasiga oyiga yuz so‘mdan jo‘natib turadi. Men ham katta olim bo‘lib ketsam qulog‘idan qarzga botib yotgan oyijonimga yordamlashaman, uyquchi ukam Asqarga, qaysar Azlarga, till shirin singlimga har xil kiyim-boshlar, qimmatbaho sovg‘a-salomlar jo‘natib turaman, deya shirin-shirin orzularga berildim-u, o‘rtoqlarimga qo‘shilib shaharga otlandim. Awaliga oyijonim ko‘nniadi. Endi sen ham meni tashlab ketasanmi, deb yig‘ladi, to‘yib-to‘yib yig‘ladi. Keyin to‘satdan insofga kelib qoldi shekilli, kechasi bilan uxlamay sutli patir yopdi, danak chaqib, bir xalta mag‘iz ham qilib berdi. Ortiqalining engashib yuradigan kampir ammasi bor edi, o‘shanikiga tushdik. O‘rtog‘im tanishganimizdan buyon mol doktori bo‘laman deb yurardi. Hujjatlarini veterinariya texnikumiga topshirdi. Men boTsam qaysi institutni tanlashni bilmay, garang edim. — Biron fanga qiziqasanmi o‘zi? — oxiri jerkib berdi o‘rtog‘im. — Qiziqaman. — Qaysiga axir? — Tarixga dedim-ku! — Bo‘lmasa hujjatingni pedinstitutga topshiramiz. — Pedinstitutmi, medinstitutmi menga ban bir. — Medinstitutda tarix o‘tmaydi-ku? — yana jig‘ibiyroni chiqdi o‘rtog‘imning. — Ehtimol o‘tar. — Yo‘q, o‘tmaydi, — dedi o‘rtog‘im qo‘limdan tortib, — qani ketdik, pedinstitutga topshiramiz. Hujjatlarni eson-omon topshirib olgandan keyin, ohoh menda shunaqangi bir shirin kayfiyat, ko‘tarinki ruh paydo bo‘ldiki, nazarimda qanot bog‘lab yengil-yengil uchib yurgandekman. Hammaga yaxshi gapirgim, kimlargadir yaxshilik qilgim kelardi. Sochimni «polboks» qildirib, yuzlarimga atir-upalar ham septirib oldim. Pulim ozroq ekan, oyijonim berib yuborgan mag‘izni ham sotib, qo‘shibchatib jinsi shim oldim. Hoshim o‘rtog‘imga yolg‘on-yashiq gapirib, odamlarni laqillatib yurguncha, bitta-yarimta institutni bitirib olsang o‘lasanmi, degan mazmunda xat ham jo‘natib yubordim. Lekin ketma-ket ishimning chatog‘i chiqa boshladi. Ya’ni aytmoqchimanki, qovun tushira boshladim. Oayoqdan ham shu engashib yuradigan kampirning uyiga tushgan ekanmiz. Hovlisining orqasida kichkinagina bog‘chasi bo‘lib, ichi toia shaftoli deng. Marg‘ilon luchchagi, oylar shaftoli, loladay qip-qizarib pishadigan, po‘stini artib, tanglayingizga bosib suvini quit-quit yutsa bo‘ladigan oq shaftolilar... Bir-biridan totli, hidini aytmaysizmi, mast qilaman deydi-ya! Dars qilish bahonasida o‘sha bog‘chaga ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olib, s h a f t o l i l a r d a n y e y a b e r i b m a n , y e y a b e r i b m a n . Oxiri sovuqligim shunaqangi oshib ketibdiki, gapiray desam, so‘lagimni boshqarolmayman. Shunaqangi uyquchi bo‘lib qoldimki, asti qo‘yaberasiz. Kitobni oldim deguncha, ikki ko‘zim baravar yumilib keladi, konsultatsiya paytida orqa partaga o‘tirib olib gumburlatib xurrak otaman. Institutdan qaytayotganda avtobusda uxlab qolib, ikki marta shahardan tashqariga chiqib ketibman deng. Bular ham hali holva ekan, eng xunugi imtihon paytida bo‘ldi. Menga o‘xshab ilm talab bo‘lib kelgan bir yuzu yigirma bolani katta bir zalga to‘plab, doskaga insho mavzuini yozib qo‘yishgan. Xohlaganimizni tanlar emishmiz. Xo‘sh, xohlamasak-chi? Ana, x o h l a d i k h a m deylik, lekin x o h l a g a n i m i z n i y o z o l m a s a k - c h i , u n d a b e s h n i n g teskarisi b o ’ l a d i , shundaymi?.. Lekin shimning xo‘p chiroylisidan oldim-da, degan fikr o‘ta boshladi boshimdan. Xayriyat, tezgina o‘zimni to‘xtatib oldim-u, shosha-pisha yana doskaga tikildim. 1. Hamza Hakimzodaning«Boy ila xizmatchi» pyesasidagi G‘ofir obraziga xarakteristika. 2. Oybekning «Fanga yurish» she’rining g‘oyaviy mazmuni. 3. Erkin mavzu. Bor-yo‘g‘i shu. Xo‘sh, men bulardan qaysi birini bilaman? Bilgan taqdirimda ham qanday qilib yozaman? Umrimda bir marta insho yozganman, uniyam o‘rtog‘im Ortiqalidan ko‘chirganman... Hamza Hakimzoda... To‘g‘ri, shunaqa yozuvchi bor, o‘tganmiz, dindorlar urib o‘ldirgan... Nega endi she’r yozavermasdan pyesa yozdi ekan? G‘ofir obrazi... Hech eslay olmayapman. G‘ofirboy tog‘ani bilaman, suvchilik qiladi. Oachon qarasang qumg‘on qaynatib, purillatib choy ichgani-ichgan... Yo‘q, men bu mavzuni yozolmayman. Yaxshisi ikkinchi mavzuni tanlayman. E, ana buni qarang! Domla xato yozib qo‘yibdilar-ku! «Panaga yurish» deyish o‘rniga «Fanga yurish» deb yozibdilar-a. Fanga yursa, uni oyog‘osti qilsa, uvol bo‘ladi-ku, nahotki shuni ham tushunmagan bo‘lsalar. Demak, katta muallimlar ham xato qilar ekan-da. Ha, mayli, «Oybek o‘zining «Panaga yurish» degan she’rida, — deb yoza boshladim, — panaga yurishning foydasi haqida gapirgan. Masalan, daladan makka o‘g‘irlab kelayotganingizda brigadir ko‘rib qolmasligi uchun ataylab panadan yurasiz. Yoki bo‘lmasa askarlar razvedkaga ketayotganida dushman sezib qolmasligi uchun qamishzorlar oralab panalab borishadi. Demak, Oybek panaga yurishning foydasi haqida yozgan». Tamom, uyog‘iga so‘z topolmay qoldim. O‘qimaganingdan keyin ichingdan to‘qib chiqarish juda qiyin bo‘lar ekan. Lekin odam astoydil o‘ylasa, esidan chiqib ketgan narsalar ham xotirasida qaytadan jonlanishi mumkin ekan. To‘satdan, ha-ha, to‘satdan «Boy ila xizmatchi» pyesasini o‘tganimiz esimga kelib qoldi. O‘shanda muallima qo‘lidagi bir dasta sadarayhon bilan yuzini yelpib-yelpib so‘zlagan edi. Qarang, shu paytda oldin dimog‘imga gupillab rayhon hidi urildi, keyin pyesani eslab ketdim. — Ikkinchi mavzu. G‘ofir obraziga xarakteristika, — deb inshomning davomini yozishga tushdim, — to‘g‘ri G‘ofir suvchi emas, balki boyning xizmatchisi bo‘lgan. G‘o‘zasini chopadi, yagana qiladi, o‘tdan tozalaydi, xullas rosa abjag‘i chiqadi. Buning evaziga boy uni uylantirib qo‘yadi. Keyin xotinini tortib olmoqchi bo‘ladi. Ikkovlari rosa mushtlashishadi. Oxiri boy zo‘r kelib, G‘ofimi qamatmoqchi bo‘ladi. G‘ofirning xotini Jamila kelinoyim yig‘lab erining bo‘yniga osiladi. «Dadajonisi, sizsiz men bu to‘rtta bolani qanday katta qilaman, magazinchi bo‘lmay keting, araq boshingizni yedi-ku», deydi. G‘ofir xotinining boshini ohista-ohista si lab: «Yig‘lama, onasi, — deydi, qaddingni tik tut, dadil bo‘l. Besh yil nima bo‘pti, birpasda o‘tadi-ketadi. Ammo eson-omon kelsam, mana shu kunlarni boshimga solgan poraxo‘r revizoru cho‘loq omborchi bilan boshqacha gaplashaman, o‘ttiz ikkita tishini qoqib olaman. Yig‘lama, onasi, yig‘lama»... Shu yerga kelganda o‘ylanib qoldim. Qiziq, bu gaplarni G‘ofir aytganmidi, yolo qamalish oldidan dadam aytganmidi? Ikkdlana boshladim. Yo‘q, yaxshisi erlcin mavzuda yozganim ma’qul. Ha-ha, erlcin mavzu lcishiga erk beradi. Erkin mavzu. Kelajakda kim bo‘lmoqchiman, deya shoshilib inshoning davomini yozishga tutindim. Kelajakda olim bo‘lmoqchi elcanligimni oldin sizga ham aytuvdim, shekilli. Ehtimol shuning uchundir, ruhimdagi ikkilanish yo‘qolib, dadillik paydo bo‘ldi. Miyam ham yog‘langan motordek gupillab ishga tushib ketdi. To‘qqizinchi betni to‘ldirib, navbatdagi varaqni endi ochayotgan edim, muallim kelib, vaqt tugadi, deya yozganlarimni yig‘ishtirib oldi. Xursand edim. Ha-ha, shodman. Sheriklarim to‘rt-besh qog‘ozdan oshirolmabdi. Men bo‘lsam... To‘qqiz qog‘oz-a! Demak, besh tayin. Og‘zakisidan ham bir amallab beshga to‘g‘rilab olsak... Obbo, o‘zim ham xo‘p baxti kulgan bolaman-da! O‘sha kuni shaftolizorga chiqib mazza qilib luchchaklardan so‘rdim. To‘yib-to‘yib uxladim. Og‘zakiga ataylab kechikibroq kirdim. Muallimlar charchab qolsa, savol-javobni kamroq qilisharmikan, deb shunday qildim. — Familiyangiz? — so‘radi o‘rtada o‘tirgan ko‘zoynakli muallim. — Madumarov. — Otingiz? — Akbaijon. — Varaqa nomeringiz? — Ikki yuzu qirq. Uch muallim xuddi yelimlab yopishtirib qo‘yilgandek yonbosh o‘tirishgan ekan. Inshomni qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazib, xoxolab kula boshlashdi. Chap tomondagi pakana muallim qornini sillcita-silldta, og‘zini katta ochib, ovoz chiqarmasdan kulardi. Kayfiyatlari yaxshiga o‘xshaydi, demak buyog‘i ham zo‘r bo‘ladi shekilli, deb o‘yladim-u, xursandchiligimni ichimga sig‘dirolmay men ham xoxolab kula boshladim. O‘rtadagi muallim, o‘ti o‘chib qolgan motordek to‘satdan jim bo‘ldi-da, ko‘zoynagini qo‘liga olib, menga tikilib qoldi. Bir oz boqib turdi-da, yana kulib yubordi: — Demak, Oybek «Panaga yurish», deb yozgan ekanda? — Ha, shunaqa deb yozgan, — deya dadil javob qaytardim. — Demak, G‘ofirning xotini Jamila sizga kelinoyi bo‘lar ekan-da? — Ha, bizda o‘zidan katta ayollarni kelinoyi deb chaqirishadi. — Demak, G‘ofir eson-omon qaytib lcelsam, revizor bilan omborchini savalayman, debdi-da? — Ha, shunday degan. — Menga qarang, o‘rtoq Madumarov, institutga hujjat topshirayotganda sog‘lig‘ingiz to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ham qo‘shib topshirganmisiz? — Qo‘shib topshirganman. — Ma’lumotnoma berishdan oldin doktorlar tekshirishganmidi ? — Tekshirishgan. — Miyangizni rentgen ham qilishganmi? — Oilishgan. — Hmmm... Mabodo, bolaligingizda yiqilib, miyangiz lat yemaganmidi? — Yo‘q. — Hmmm, qani, mening orqamdan yuring-chi. Ko‘zoynakli muallim meni «Qabul komissiyasi»ning raisiga ro‘para qilib, bolani qabul qilayotganda uyoqbuyog‘iga qarab olish kerak-da, qip-qizil jinni-ku bu, deb yozgan inshomni uning oldiga otib, tap-tup qadam tashlab chiqib ketdi. «Jinni emishman, — deya qaltirab o‘ylay boshladim, — uch-to‘rt qog‘oz yozganlar sog‘ emish-u, to‘qqiz qog‘ozni qoyillatib qo‘ygan men jinni emishman! Ehtimol... o‘zing jinnidirsan». ESHAK — «JIGULI» EMAS ayriyat, oyijonim xafa bo‘lmadi. Nazarimda andak xursand ham bo‘ldi, shekilli. Yelkamni silab, qaytaga dadang kelguncha yonimda bo‘lganing ma’qul, o‘qish bo‘lsa bir gap bo‘lar, deb qo‘ydi. Aytuvdim-ku, Soyboshining odamlari juda mehribon, juda rahmdil deb. Oyijonimni qishlog‘imizdagi aralash bog‘chaga mudir qilib o‘tkazishibdi. Marhamatlarini mendan ham ayashmadi. To‘qson besh so‘mlik oylik bilan pochtachi etib tayinlashdi. O‘zi aslida dunyoda pochtachilikdan yaxshi kasb yo‘q ekan. Ertalab markaziy pochtaxonadan gazeta, jurnallarni, xat-xabarlarni olasiz-da, uyma-uy tarqatib bo‘lgach, xohlasangiz uxlaysiz, xohlasangiz Hoshimjonning sartaroshxonasiga borib, laqillashib o‘tiraverasiz. Xatlarni adashtirib qo‘ysangiz yoki pensiya puli kechikib qolsa, kampirlar onda-sonda: — Dadangga o‘xshab sen ham piyonista bo‘p qoldingmi, pulni qachon berasan? — deb nomigagina xarxasha qilib qo‘yishadi. Boshqa vaqtda nuqul mazza. Lekin yana ishning chatog‘i chiqdi... Eh, aytganday, sizga aytmabman... Soyboshi qishlog‘iga olib boradigan yo‘l shu yil qishda jarga o‘pirilib tushgandan buyon buyoqlarga mashina qatnamaydigan bo‘lib ketgan. Asosan transport — eshak. Ehtimol shuning uchundir tog‘ qishloqlarda eshak qimmat turadi. Soyboshida eshak ko‘p bo‘lgani va ko‘pincha bir-biriga o‘xshash bo‘lgani uchun adashtirib qo‘ymaylik deya odamlar o‘z eshagining peshonasiga xuddi «Jiguli»nikiga o‘xshatib nomer osib qo‘yishadi. Uyini, o‘g‘ri urib ketgan Shokirali bobo narsalarini topib berganim uchun meni yaxshi ko‘rib qolgan ekan, bitta eshagini berib: — Lekin bolam, bu «tulpop>ni ehtiyot qil, — deb tayinladi. «Tulpon> xiyla qarib qolgan bo‘lishiga qaramay hali baquwat. O‘ziyam naq tuyacha keladi. Quloqlari uzun, oyoqlari yo‘g‘on, yo‘rg‘asini ko‘rsangiz! Xalani qattiq bosib, biqiniga ikkita niqtab qo‘ysangiz, xoh ishoning, xoh ishonmang, to‘rtinchi tezlikda kelayotgan «Jiguli» ham yetolmay qoladi. Aqlliligini aytmaysizmi, qaysi hovliga xat tashlamoqchi bo‘lganimni oldindan sezib, o‘sha yerda to‘xtab, hangrab, uy egasini chaqirib beradi deng... Men bora-bora tog‘ orasidagi qishloqlarda, eshak «Jiguli»dan yaxshi ekan, degan fikrga borib qoldim. Benzin so‘ramasa, meni moylab qo‘y demasa, remont talab qilmasa, eng muhimi minib olganingizdan so‘ng ustida mudrashingiz yoki istagancha xayol surishingiz mumkin. Markaziy p o c h t a x o n a g a k e t a y o t g a n d a ustiga c h o ’ z i l i b yotib qo‘llarimni osiltirib olaman, qaytayotganda osmonga qarab yotib, shirin-shirin xayollar suraman. Qani endi, deyman o‘zimga-o‘zim, eshagim hozir vertolyot bo‘lib qolsa-yu, o‘ng qulog‘ini burab osmonga ko‘tarilsam, olis-olis ellarga sayohat qilsam, o‘rtog‘im Hoshim ko‘rmagan narsalarni ko‘rsam-u, unga aytib berib, havasini keltirib, og‘zidan so‘laklarini oqizib yuborsam... Qani endi, deya shirin xayollarimni yana davom ettiraman. Ho‘, jar tubidagi ulkan chinorlarga oqurug‘ qovunlardan payvand qilsang, har bittasi tandirdek keladigan qovunlar pishsa, oh, mazza bo‘lardi-da, yarmini yozda yeb, yarmini qishga qoqi qilib qo‘yardim-da. Lekin hali aytganimday, ishning chatog‘i chiqib qoldi. Yozning qoq o‘rtasida «tulpop>imning ustini oppoq yara qoplab ketdi. Yetaldab mol doktoriga olib borgan edim, uyog‘ini ko‘rib, buyog‘ini ko‘rib, issig‘ini ham o‘lchagandan keyin: — Oo‘rqma, — deya menga dalda bergan bo‘ldi, — yag‘ir bo‘pti. Oadim zamonlardan buyon ota-bobolarimiz eshak yag‘ir bo‘lsa, yong‘oq chaynab bosishgan. Uyda yong‘oq bormi? — Qo‘shnilardan surishtiraman, — dedim shosha-pisha. — Bitta yong‘oqni olgin-da, chaqib yarmini o‘zing yegin, — maslahatini davom ettirdi doktor, — yarmini chaynab yag‘ir bo‘lgan joyga bosgin. Bir haftada hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketadi. «Tulpor»imni yetaklab uyga qaytdim-da, Shokirali bobodan bir etak yong‘oq olib chiqib, xuddi doktor aytganday qilib, yag‘ir bosgan joylariga yumshoq-yumshoq malham qo‘ydim... Ertalab o‘rnimdan tursam, yo‘g‘-e, nahotki tush ko‘rayotgan bo‘lsam, angrayganimcha qotib qoldim. Ko‘zlarimga ishonmay ishqalab ko‘rdim, yo‘q, o‘ngim ekan. Yugurib ukalarimni chaqirib chiqdim. Ular ham xuddi jin chalib ketganday og‘izlari bir tomonga qiyshayib, tarrakdek qotib qolishdi... Eshagimning ustidan katta bir yong‘oq o‘sib chiqibdi. Yana-tag‘in shig‘il hosil tugibdi deng. Yong‘og‘i rostakammi yoki kechasi jinlar plastilindan yasab, osib ketishganmikan deya, bilmoqchi bo‘lib eshagimni yetaklab hovlimiz orqasidagi shudgorga olib o‘tdim-da, yengimni shimarib, daraxtga qarab kesak ota boshladim. Qiziq, na yong‘oq tushadi, na kesak. Ikki paykal yerning kesagini otib bo‘ldim hamki, na unisidan darak bor, na bunisidan. Qani, tepada nima hodisa yuz berayotgan ekan bilay-chi, deb yong‘oqning ustiga chiqqan edim, xoh ishoning, xoh ishonmang, ikki paykal yer paydo bo‘lib, sharqirab suvlar ham oqib yotibdi. Hayajondan terlab k e t g a n e k a n m a n , a r t i n i b olay deb c h o ’ n t a g i m d a n ro‘molchamni chiqarayotgan edim, bilmadim qachon solib qo‘ygan ekanman, ikki dona qovun urug‘i ilashib chiqib yerga tushib ketdi. Shu zahotiyoq unib chiqib palak ota boshladi. Yo navzambillo, deb yoqamni yirtvorguday qilib ushlab turibman. Palak yetti metrga yetganda qovunchalar tuga boshladi. Ko‘zimni yumib-ochishimni bilaman, har qovunlar pishibdiki, eng kichkinasi yuz litr suv sig‘adigan yog‘och bochkacha keladi deng. Bunaqangi bochkalar dadamning magazini oldida qalashib yotardi. Cho‘ntagimdan pichoqchamni olib chaqmoqlab ko‘rmoqchi bo‘luvdim, cho‘lp etib ichiga tushib ketsa boiadimi? Qani, nima bo‘lar ekan deb engashib qaramoqchi bo‘luvdim, o‘zim ham oyog‘im osmondan bo‘lib, ichiga yiqilib tushdim. Bilmadim, bir kun salanglab uchdimmi, ikki kun uchdimmi, ehtimol bir oy uchgandirman, nega desangiz o‘sha paytda men qattiq qo‘rqqanim uchunmi o‘zimdan ketib qolgan edim. Bir mahal ko‘zimni ochsam, noma’lum shahar chekkasidagi tashlandiq uyning tomida yotibman. Xayriyat, uy yonida o‘sgan olmaning shoxlari tomga yopirilib tushgan ekan. Emaklab tagiga kirib oldim. Mevasi ovqatu, shoxlari boshpana bo‘ldi. Bargidan sidirib ostimga to‘shab ham oldim. Bu o‘lkada o‘tkazganim bir yildan ortiq vaqt ichida boshimdan kechgan ajoyib va g‘aroyib voqealarni sizga so‘zlab o ’ t i r m a y m a n . Nega desangiz, keyingi sarguzashtlarim ulardan o‘n chandon qiziqarliroq bo‘ldi. Shaharning nomi Tarvuz deb atalib, odamlari ham bamisoli tarvuzga o‘xshab dum-dumaloq bo‘larkan. Kimga asrandi o‘g‘il bo‘lganim, ochdan o‘lmaslik u c h u n qanaqangi yumushlarni bajarganimni ham aytib o‘tirmayman. Bir yil o‘tar-o‘tmas tillarini o‘rganib oldim. So‘zlari juda oson, sodda, yo bir, yoki ikki bo‘g‘indangina iborat bo‘larkan. Ta, tu, ki, pi... xullas mana shunaqa so‘zlar. Odamlari negadir bizning qishloqdagilarga juda-juda ham o‘xshab ketadi deng. Gavdasi, rangi-ro‘yi, goho kiyinishlarida ham juda ko‘p o‘xshashlik bor. Faqat yeganlari tarvuzu, ichganlari qovun sharbati bo‘lgani uchunmi, diqqat qilib qarasangiz, biri, hali aytganimday tarvuzgayu boshqasi qovunga o‘xshab ko‘rinardi. Lekin hammalari ham shirin, yesangiz... Kechirasiz, adashib ketdim, suhbatlashsangiz mazza qilasiz. Birovlar mamlakati har qancha go‘zal bo‘lmasin bari bir tug‘ilib o‘sgan yurtingni qo‘msayverar ekansan. Bir yildan keyin o‘zimni qo‘ygani joy topolmay qoldim. Qochish uchun tayyorgarlik ko‘ray desam, uddasidan chiqolmasdim. Ana shunday kunlarning birida shahar markazidagi katta yalanglikda qovun-tarvuzlar ko‘rgazmasi bo‘lib qoldi. Bu mamlakatda birgina qovunning o‘zidan yetti yuz xili o‘stirilarkan. Ko‘rgazmaga angishvonadek keladigan xamakchadan tortib kattaligi rosmana uydek keladigan qovunlar ham qo‘yilgan deng... Tomosha qilib yurib, to‘satdan bir qovun oldida to‘xtab qoldim. Hay-hay, tepasiga qarasangiz do‘ppingiz tushib ketaman deydi. «Sehrli qovun», deya taxtacha ham osib qo‘yishibdi. Sehrli degan so‘z miyamga qattiq o‘rnashib qoldi. Men ichiga tushib ketgan qovun ham, nazarimda, sehrli edi, shekilli. Demak, ikkovining urug‘i bir, amallab ichiga tushib olsam o‘z mamlakatimda paydo bo‘lib qolishim ham mumkin. Kechasi el yotar paytida qo‘shnimizning o‘n yetti pog‘onali narvoni bor edi, o‘shani keltirdim-da, sehrli qovun ustiga chiqib, go‘sht chopadigan o‘tkir bolta bilan (o‘sha kunlari men kushxonada qassobga yordamchi bo‘lib ishlayotgan edim) urib bir amallab tuynukcha ochdim. N i m a bo‘lsa p e s h o n a m d a n ko‘rdim dedimu o‘zimni tuynukcha ichiga otdim. Qovun chindan ham sehrli ekan. Ichiga t u s h i s h i m bilan o s m o n d e k kengayib ketdi. Qushlardek yengil ucha boshladim. Odam bolasining qo‘llari zarur bo‘lganda qanotga aylanar, oyoqlari esa birlashib, yaxlit bir dum holiga kelarkan. Poyonsiz fazoda bir necha kun parvoz qilganimdan so‘ng, nihoyat charchadim shekilli, dum va qanotlarim ishlamay qolib, boshim bilan pastga sho‘ng‘ib keta boshladim. Keyin... Har qalay yiqilgan bo‘lsam kerak, ancha mahal behush yotgandek bo‘ldim. Asta-sekin o‘zimga kelayotganimni sezib turardim. Lat yemadimmikan, deb eng avval oyog‘imni, ketidan qo‘llarimni silkitib ko‘rdim, yo‘q, hammasi joyida. Xafa bo‘lishimni ham, xursand bo‘lishimni ham bilmasdim. Turib beixtiyor atrofga tikildim. Ko‘z o‘ngimda g‘oyat go‘zal manzaralar namoyon bo‘la boshladi. Poyonsiz bo‘shliq, maysalar gurkirab o‘sib yotibdi. Osmonda qushchalar uchib charx urishadi. Ho1 naridagi bog‘lardan bo‘lsa kerak, gul ishqida mast bo‘lgan bulbullarning ovozi kelyapti. Borliqni yetilib pishgan ananas qovunning hidi qoplab ketibdi. Rang-barang kapalakchalar quvlashib, guldan-gulga qo‘nishadi. Yonginamdagi ariqda sharqirab oqayotgan suv bamisoli yoqimli kuy chalayotganga o‘xshaydi. Ajoyib vodiy ekan, deb o‘yladimu boshim oqqan tomonga qarab keta boshladim. Qancha yurganim esimda yo‘q, bir mahal mol boqayotgan bolalar qarshisiga borib qolibman. Qiziq, bu yerda bolalar molning ustiga minib olib boqisharkan. O‘zbekchalab so‘rasam tushunisharmikan deya bir oz o‘ylanib turdim-da, so‘ng Tarvuz shahrida o‘rgangan tilimda: — Ey bola, — deya qo‘rqibroq murojaat qildim. Sigir ustidagi bola men tomonga xiyol burilgandek bo‘ldi. — Bu qaysi mamlakat? — deb so‘radim yana. — O‘zing bilmaysanmi? — to‘satdan men o‘rgangan tilda so‘zlab yubordi bola. — Yo‘q, bilmayman. — Nega bilmaysan? — Esimdan chiqib qoldi. — Bilmasang, bilib qo‘y, — bola gapning qolgan qismini dona-dona qilib ayta boshladi, — bu mamlakatni Shirin qovunlar mamlakati deb atashadi. Bari bir begona yurtdan chiqib ketolmabman-da, deb o‘yladimu xafa bo‘lganimdan andak bo‘lmasa yig‘lavoray dedim. Sehrli qovun meni mamlakatning u chekkasidan bu chekkasiga keltirib tashlabdi, ko‘rsatgan karomati boryo‘g‘i shu bo‘pti, xolos... Ehtimol, bola yanglishayotgandir, degan fikr o‘tdi boshimdan. Har ehtimolga qarshi: — Shirin qovunlar mamlakati dedingmi? — deb so‘radim. — Ha, — yana o‘z tilida javob qaytardi bola. — Mazza ekan-ku? — Bo‘lmasa-chi. — Oting nima? — deya so‘radim suhbat boshlanib ketganiga xursand bo‘lib. — Xa Mak. — A!? — Qulog‘ing karmi, Xa Mak deyapman. — Nega Xa Mak bo‘larkan? — O‘zing bilmaysanmi? — Yo‘q. — Aslida qayerliksan? — Osmondan tushganman. — Osmondan? — nazarimda bola qo‘rqib ketganday bo‘ldi. — Ha. — Iye, u yerda qanaqa mamlakat bor? — Soyboshi degan mamlakat. — Hech eshitmagan ekanman. — Hoshimjon Ro‘ziyev degan bolani eshitganmisan? — Uniyam eshitmaganman. — Men o‘shaning o‘rtog‘i bo‘laman, — shoshmasdan o‘zlarining tilida dona-dona qilib tushuntira boshladim, — u n i n g to‘g‘risida lcitob ham yozishgan. Ehtimol o‘qigandirsan ? — O‘qiganim yo‘q. — Nega o‘qimading? — Biz kitob o‘qish o‘rniga televizor tomosha qilamiz. — Yaxshi emas, — nasihat qilgan bo‘ldim, — kitob — bilim m a n b a i - k u . Kitob o‘qigan bola aqlli bo‘ladi. Televizorni ko‘p tomosha qilsang dangasa bo‘p qolasan, bildingmi? — Bildim. — Oting nega Xa Mak ekanligini aytmading-ku? — Aytdim. Aytganing yo‘q. — Aytdim. — Aytganing yo‘q. Naq yarim soat chamasi tortishdi. Bu bola ham mening narigi dunyoda qolib lcetgan ukam Azlarga o‘xshab a desang, be deydigan xilidan ekan. Oxiri bir amallab ko‘ndirgan edim: — Ha, mayli, yana bir marta aytsam ayta qolay, — deya rozilik bildirdi, — bizda bolalarning nomi yoniga Mak so‘zi qo‘shib aytiladi. Mak degani bola degani, g‘o‘r degani, bildingmi? — Bildim. Familiyang nima? — Qo Oi. — A?! — Karmisan? Oo Oi deyapman. — Familiyang shiringina ekan. — Biz hammamiz shirinmiz. — Lekin qishda uchraganingda yeb qo‘yardim-da, — dedim labimni chapillatib. — Nima, sen odamxo‘rmisan? — Ba’zan, bitta-ikkitasini yeb turaman. Bola mendan shubhalana boshladi shekilli, teskari o‘girilib, minib turgan sigirini niqtab nari keta boshladi. Mening esa undan ajralgim yo‘q, to‘yib-to‘yib gaplashgim, begona mamlakat haqidagi ko‘p narsalarni undan so‘rab bilgim kelardi. — Xa Mak, jon uka, to‘xta, — deb yolvordim, — yana bitta narsa so‘ray. Bola sigirning boshini tortib, yelkasi osha menga xo‘mrayib qaradi: — Yeb qo‘yaman deyapsan-ku. — O‘lay agar, hazillashdim. — Nimani so‘ramoqchisan o‘zi? Rostdan ham endi nimani so‘rasam bo‘lar ekan? Ko‘p narsani bilgim bor-u, lekin shu paytda esimga hech narsa kelmayotganini qarang. Yopiray, endi nima qildim... — Sen... sen juda yaxshi Xa Mak ekansan, — deya duduqlana boshladim, — nega sigiringni minib olding? — Minib olmasam qochib ketadi-da. — Minganingdan so‘ng opqochib ketsa-chi? — Bahonada kataysa qilib kelaman. — Yaxshi, yaxshi. Sen, Xa Makjon, nechanchi sinfda o‘qiysan ? — Oltinchida. — Uy vazifalarini bajarib qo‘yganmisan? — Bizda uy vazifalari berilmaydi. — Iye, nega? — Muallimlarning o‘zlari ishlab, o‘zlari baho qo‘yishaveradi. — Yaxshi ekan. Ayt-chi, mana bu katta yo‘l qayoqqa olib boradi? — Shaharga. — Shaharning nomi nima? — Handalak. — O‘ziyam shiringina bo‘lsa kerak-da? — Ilgari shirin bo‘lgan deyishadi. — Hozir-chi ? — Pishib o‘tib ketgan deyishadi. — Demak, achqimtirroq ekan-da? — Shunaqa bo‘lsa kerak. Dimog‘imga nahorda uzilgan xushbo‘y handalakning hidi gupillab urilganday bo‘ldi. Tanim yayrab ketdi. Ko‘zimni yumib, shirin-shirin entika boshladim. Tasawurimda oldin yegan handalaklarim jonlandi-yu, og‘zimdan so‘lak ham oqa boshladi... Ko‘zimni ochib bunday qarasam... E tovba, e tovbangdan ketay, bu qanaqasi bo‘ldi-a? Na bola bor, na sigir bor, na yashnab turgan o‘tloq! Yaydoq dashtda so‘ppayib bir o‘zim turibman. Yana sehrli voqea yuz berganga o‘xshaydi deb o‘ylab qo‘rqib ketdim. — Xa Mak, qayerdasan ukajon? — vahima ichida qichqira boshladim. HANDALAK SHAHRI E ndi kimsasiz dashtda baqirib-chaqirib o‘tirishdan hech foyda yo‘q. Kech paytgacha Handalak shahriga yetib olishim zarur, deb o‘yladim-da, katta asfalt yo‘lga tushib oldim. Yo‘q, asfalt emas, yo‘q-yo‘q, xato qildim, shishadan ishlanganga o‘xshaydi. Shunaqa silliqki, bamisoli xokkey maydoni deysiz. Shunaqa tiniqki, qarasangiz aksingiz ko‘rinadi. Engashib sochlaringizni ham bemalol tarab olishingiz mumkin. Bir oz yurgan edim, orqamdan yoqimli kuy eshitilganday bo‘ldi. O‘girilib qaradim. Qiziq, orqamda ulkan bir qovun turibdi. Qovunning rezinka g‘ildiraklari ham borga o‘xshaydi. Yana ham sinchiklabroq boqqan edim, qovun shaklida ishlangan avtobus ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. — Hurmatli yo‘lovchi, qayoqqa bormoqchilar? — yana yoqimli kuy eshitilganday bo‘ldi. Demak, haligi kuy mashinaning signali ekan, bizga o‘xshab diditlatishmas ekan. So‘nggi yoqimli kuy hoynahoy shofyorning ovozi bo‘lsa kerak, deb o‘yladim-u: — Handalakka bormoqchi edim, — deb qo‘ydim o‘zlarining tilida. Avtobusning eshigi ovozsiz ochildi: — Marhamat, chiqsinlar. Chiqib, o‘tirib oldim. Besh-olti ayol, y e t t i - s a k k i z e r k a k bor. Ayollari oyijonimgayu erkaklari dadamga juda, juda ham o‘xshab ketadi. Faqat farqi shundaki, xuddi to‘yga borayotganday bashang kiyinib olishgan. Birining yonida chelakda uzum, boshqasida bir tog‘ora pomidor, yoshgina juvon to‘rtta tovuqni oyog‘idan bog‘lab, boshini yerga qilib, osiltirib ketyapti. Bozorga borishayotganga o‘xshaydi, deya o‘ylab qo‘ydim. Xuddi shu paytda haydovchi o‘tiradigan kabina ochilib, qo‘g‘irchoqdekkina bir qiz chiqib kela boshladi. Oo‘lida patnis, patnis ustidagi stakanlarda sharbat borga o‘xshaydi. Qarshimda to‘xtab, xiyol tabassum qilganday bo‘ldi: — Kechirasiz, qaysi biridan ichadilar? Yuragim taka-puka bo‘lib ketdi. Qiz g‘oyat ko‘rkam bo‘lgani uchun emas, yo‘q, ovozi behad darajada yoqimli, bamisoli kumush qo‘ng‘iroqning jarangidek mayin bo‘lgani uchun ham shunday bo‘ldim shekilli. O‘lay agar, boshqa bir payt bo‘lganda men mana shu qizni sevib qolgan b o i a r d i m . Lekin hozir to‘g‘ri kelmaydi. O‘zim qay ahvoldaman-u, yana sevgiga balo bormi? — Qay biridan ichadilar? — takror so‘radi qiz. O‘y surib ketganim uchun xijolat chekkannamo: — Kechirasiz, bu o‘zi nima? — deb so‘radim ataylab bilib turgan bo‘lsam ham. — Sharbatlar. — Nimaning sharbati? — Mana bunisi — qovunniki. — Bunisi-chi? — Tarvuzniki. — Bunisi-chi? — Olmaniki. — Pulim yo‘q-da, bo‘lmasa hammasidan ham oz-oz tatib ko‘rgan bo‘lardim, — deya ochiq iqror bo‘ldim. Rost gapirganim qizga ma’qul bo‘ldi shekilli, yana tabassum qildi. Tabassum emas, yo‘q, bamisoli yuzida chiroyli bir gul ochilganday bo‘ldi: — Chanqoqbosdi uchun bizda haq olinmaydi. — Avtobusga qancha to‘layman? — Handalakka borasizmi? — Ha. — Yigirma tiyin. — Bir tangani uzatib, t o ’ r t stakanni pok-pokiza tushirdim-da, dadamga o‘xshab kaftim bilan lablarimni artib oldim. Avtobusning ichini tomosha qila boshladim. Avtobus emas, kelinchalclarning yasatilgan uyiga o‘xshaydi. Derazalarga oq, ko‘k shoyilardan pardalar tutilgan, oyoc[ ostiga g u l d o r gilamlar t o ’ s h a l g a n , o ’ r i n d i q l a r n i n g yumshoqligini aytmaysizmi, suyanchiqlar par solingan parqu bolishdek, sal orqaga tashlansangiz ichiga botib ketasi?. Oq sadafdan yasalgan tugmachani bossangiz, shoyi pardalar bir tomonga shirillab surilib, tashqaridagi go‘zal manzaralar ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Ko‘k tugmani bosgan edim, priyomnik ekan, allaqaysi xonandaning «0’ylasam bu dilbarim makkoraga o‘xshaydi-ku!» degan ovozi gurillab eshitila boshladi. Yo‘q, qo‘shiqning so‘zlari butunlay boshqacha edi, men sizga uni ataylab o‘zbekchalab tushuntiryapman. Beixtiyor boshqa bir kishiga sharbat ichirayotgan haligi qizga ko‘z tashladim. Chindan ham makkoraga o‘xshaydi, yurakdan yomon oldi-ku, sevib qolsam-a!.. Birovga aytmang-ku, lekin o‘zim ham pinhona ana shunday bir qizni sevsam deya shirin-shirin orzular qilib yurardim. Hamonki shu mamlakatda qolib ketadigan bo‘lsam, axir men ham birontasiga uylanib olishim kerakda, shunday emasmi? — Gol!!! — orqamda o‘tirgan kishi baqirib yubordi. E’tibor bermabman, ro‘paramdagi, haydovchi o‘tirgan oynaband kabinaning shundoqqina orqasiga televizor o‘rnatilgan ekan, ekrani uncha katta emas, haligi qiz ko‘tarib yurgan kumush patnischa keladi, xolos. Futbol o‘yini ketayotibdi. Joni-dilim futbol emasmi, qizni ham unutib, butun xayolim o‘yinda bo‘lib qoldi... — Kechirasiz, qayerda tushmoqchilar? — kumush qo‘ng‘iroq yana nozik jaranglaganday bo‘ldi. Es-hushim, hozir aytganimday futbolda emasmi, o‘zimga a rang keldim. Jodugar qiz tepamda kulimsirab turardi. — Nima? — deb so‘radim. — Oayerda tushmoqchilar? — Menmi? — Ha, siz. — Men musofirman. — Musofir bo‘lsangiz ham, bari bir, biron joyda tushishingiz kerak-ku axir? — shunday deyotganida nazarimda qizning yuzu ko‘zlarida achinish alomati paydo bo‘lgandek bo‘ldi. Ey xudoyim, uyam meni sevib qolganda qanday yaxshi bo‘lardi-ya, degan fikr o‘tdi boshimdan. — Boradigan joyim yo‘q. — O‘zi qayerdan kelyapsiz? — Narigi dunyodan. Qizgina menga qayta boshdan razm sola boshladi. Miyig‘ida kulib qo‘ydi. Qop-qora ko‘zlarida g‘alati bir nur barq urdi. Nazarimda uning ham qalbida iliq hislar to‘lqin urayotganga o‘xshaydi. Ovozi ham yanada mayinlashib qoldi. — Handalakda qarindoshingiz yo‘qmi? — Yo‘q. — Bo‘lmasa... Mehmonxonaga bora qoling. — Yaxshi bo‘lardi. — Yaxna besh tiyin to‘laysiz. — Jonim bilan. A v t o b u s d a n h a m m a t u s h i b k e t i b b o ’ l d i . Xoli qolganimizdan foydalanib, qizni gapga solmoqchi bo‘ldim. Bilasiz-ku, biz qishloq yigitlari bunaqa paytda og‘zimizdan bol tomib, o‘zimiz ham eshilib-buralib ketamiz. Otini so‘ragan edim, yo Gu Li dedi yoki Gu La dedi, hayajonlangan edim-da, yaxshi eshitolmay qoldim. Navbat endigina turaijoyini aniqlashimga kelgan edi hamki: — Mehmonxona bekatiga keldingiz, — deb so‘nggi savolimga negadir zardali javob qaytardi. Mehmonxonaga joylashishim ancha qiyin bo‘ldi. Nega desangiz, bu yerda hujjat talab qilisharkan. Tarvuz shahrida bir amallab to‘g‘rilab olgan edim, shoshilinchda esimdan chiqarib kelibman. Soyboshida mehmondan hujjat talab qilishmas edi. Bu yerda, uf, tartib shunaqa qattiq ekanki, asti qo‘yaberasiz. Madumarov magazinchining to‘ng‘ich o‘g‘liman desam ham, hech ishonishmadi. Xayriyat, cho‘ntagimda To‘lg‘on xolamning pensiya daftarchasi bor edi, bu mamlakatga kelganimdan buyon uni ehtiyotlab yuruvdim, o‘shani ko‘rsatib, mana shu kampirning nabirasi bo‘laman deb turib oldim. Bilasiz-ku, biz butun avlodimiz bilan qaysarmiz, o‘lsak o‘lamiz-ku, ammo gapimizdari qaytmaymiz. — Ha, mayli, — dedi nihoyat administrator ayol, — familiyangni ayt. — Otaxonova, — dedim shosha-pisha. — Isming? — To‘lg‘on kampir. — Axir bu ayol kishining ismi-ku? — Erkak kishiligimga ishonmasangiz... nima qilay bo‘lmasa? Ayol dadamga o‘xshab bir uf tortib oldi. «Otaxonova To‘lg‘on kampirga o‘n ikkinchi xonadan joy berilsin», deb yozib berdi. Eson-omon joylashib olgach, ovqatlanish va begona shaharni bir aylanish niyatida tashqariga chiqdim. Endi nima desam ekan, yo‘q, ban bir, men gapga no‘noqman, ta’riflay olmayman. Ko‘chalarning ozodaligi, yo‘lakchalarning sarishtaligi, imoratlarning ko‘rkamligi... unisini aytsam, bunisi esdan chiqib qoladi. Har imorat qarshisida yarim gektarcha gulzor, gulzorlar o‘rtasiga rangli faworalar o‘rnatilgan, favvora emas, yo‘q, yer ostida kimdir sehrli kuylar chalayotgandek tepaga rangli suv emas, kuy, ohang otilib chiqayotgandek. Dam olish uchun qo‘yilgan stollar, nima balo, shamshod yoki yong‘oq daraxtidan ishlanganmi, xushbo‘y hid taratib turibdi. Gaz budkalaridan suv emas, sharbat oqayapti. Mashinalar... mashinalar hali aytganimday, biri qovun, boshqasi tarvuz nusxali. Qizig‘i, yurib emas, dumalab borayotgandek taassurot qoldiradi. Undan ham muhimi, energiyani to‘ppa-to‘g‘ri quyoshdan olayotgani uchun orqasidan tutun ham chiqarmas ekan. Signal o‘rniga hali yo‘lda ko‘rganimday, nuqul yoqimli kuylar chalinyapti deng! Shahar ko‘chalari, imoratlar har kuni ikki marta xlor aralashtirilgan sovunli suv bilan yuvilgani uchun yaraqlaydi, na chang, na yoqimsiz hid bor. Ko‘chalardan o‘tib borar ekansiz, bamisoli gulzor ichida o‘tirib, to‘yibto‘yib nafas olayotgandek o‘zingizni yengil his qilasiz... Bu yerda navbatda turish degan narsa yo‘qqa o‘xshaydi. Nega desangiz, magazinlar oldidan o‘tib qolsangiz, sotuvchilar yugurib chiqib: — Hurmatli xaridor, molni bizdan xarid qiling! — deya yolvorib yo‘lingizni to‘sishadi. — M e n g a h e c h n a r s a k e r a k emas, — deysiz, cho‘ntagingiz qup-quruq ekanligini eslab. — Iltimos, yarim bahosiga beramiz, — deya iltijo qila boshlashadi yana, — oy oxirlab qoldi, planni bajarolmay turibmiz, ul-bul narsa olsangiz, ajoyib massajchimiz bor. Qo‘loyog‘ingizni uqalab ham qo‘yadi, qushdek yengil bo‘lib chiqasiz. Sanoat mollari magazinidan bir so‘m yetmish tiyinga bitta neylon paypoq sotib olgan edim, gaplari rost ekan, massajchi taxta karavotga yotqizib olib suyaklarimni qisirlatib rosa uqalab, so‘ng hammomchasiga olib kirib yuvintirib ham qo‘ydi. Yelkamga shapatilab-shapatilab, teztez kelib turing, deydi deng! Lekin bu mamlakatda ham ketma-ket qovun tushira boshladim. O‘zi shunaqaman. Yaxshilik qilgan odamga bilmasdan yomonlik qilib qo‘yaveraman. Xursand qilgan kishini, ko‘pincha, dilini xufton qilib yuboraman. Taksida shahar aylangan edim, tushayotganda bir so‘m qirq tiyin o‘rniga ikki so‘m berib yubordim. — Qaytimini oling, — dedi haydovchi yigit tanga uzatib. O‘zimizni mamlakatda yurganimda dadam bilan goho tuman markaziga borardik. Qaytayotganda taksiga o‘tirsak, masalan, uch so‘m ko‘rsatsa, haydovchi to‘qqiz so‘m qilib olmaguncha eshikni ochmay, mabodo bir amallab tushib olsak, ostonamizgacha orqamizdan quvib borar edi. Shuni o‘yladimu cho‘ntagimdan yana ellik tiyinni chiqarib: — Bor pulim shu, — deb qo‘ydim. — Oaytimini oling deyapman, — sal qaltiraganday bo‘ldi taksichining ovozi. Ikki qo‘limni barobar ko‘ksimga qo‘ydim: — Yo‘q, men roziman. — Ol deyapman! — Roziman, deyapman-ku. Bola-chaqangizga muzqaymoq olib berarsiz. — Olmaysanmi? — Yo‘q. — Shunaqami hali? — Mang, mana bu ellik tiyinni ham oling-da, menga javob bering. Shunday deyishimni bilaman, taksichi eshikni qarsillatib ochdi-yu, ikki hatlab yonimga keldi. Yoqamdan siqib, jonijahdi bilan silkita boshladi: — Sen meni tilanchi, pastkash deb o‘yladingmi, gapir! — Mayli, yana bir so‘m beraman, — dedim arang nafas olib. — Nima?! — Bir so‘m, o‘lay agar bor-yo‘q pulim shu, men musofirman, jon amaki! — Meni shunaqa razil deb o‘yladingmi-a? — Unday emassiz. — Qaroqchi, o‘g‘ri, muttaham ekanman-da bo‘lmasa? Kuppa-kunduz kuni yo‘lovchini talaydigan ablah ekanmanda! Yo‘q, sen meni haqorat qilding, sudga beraman seni... Taksichining tutqanog‘i bor ekan, og‘zidan ko‘pik kelib, ko‘zlari orqasiga tortib keta boshladi. Tomog‘imda turgan qo‘li tarashaday qotib qoldi. Bir siltanib yoqamni bo‘shatdimda, yashil rangga bo‘yalgan ko‘p qavatli imorat orqasiga o‘tib, uyog‘iga, yashirinib nima qilaman, juftakni rostlab qoldim. Bu shaharda uch-to‘rt yil yashaganimdan keyin bilsam, men bechora taksichini behad haqorat qilgan ekanman. Odamlari shunday pok, shunday halol yashar ekanki, birovning haqiga bir tiyin xiyonat qilish — kechirilmas gunoh, choychaqa olish xo‘rlik hisoblanib, ayollar biron kishi bilan urishib qolsa, xudoyo boshing choy-chaqa olishdan chiqmasin, deb qarg‘ar ekan. Buni men, hali aytganimday, keyinroq bildim. Hozir esa yashil imorat orqasiga o‘tib it quvgan soqovday qochib borar edim. Xayriyat, quvlamayotganga o‘xshaydi. Oancha yugurganim esimda yo‘q, bir mahal katta gulzor o‘rtasidagi oshxona yoniga kelib qolibman. Lazzatli taomlar hidi dimog‘imga urilib, ishtahamni qitiqlab yubordi. O‘ziyam hali avtobusda ichib olganim aralash sharbatlarni hisobga olmaganda, bu dunyoga kelganimdan buyon tuz totganim yo‘q. Oshxona gulzorlarning qoq o‘rtasida, stollar ustiga har bittasi chinni kosaday bo‘lib ochilgan oq, sariq atirgullar shundoqqina egilib turibdi. Oizil atirgul salom berib turgan stolga cho‘kib, ofitsiantka kelishini kuta boshladim. X o ’ r a n d a l a r n i n g m e n b i l a n ishi y o ’ q , y e b - i c h i b chaqchaqlashib o‘tirishibdi. Goho-goho stollariga egilib turgan gullardan hidlab-hidlab ham qo‘yishyapti deng. O ’ t i r g a n stolimda a f t i d a n m e n d a n oldin bezorilar ovqatlanishganga o‘xshaydi. Ustiga «kabob», «qovurilgan jo‘ja», «qaynatma sho‘rva», deb yegan taomlarining nomini qalamtarosh bilan o‘yib yozib ketishibdi. Bezorilar hamma joyda ham t o p i l a r k a n - d a , s h u n d a y chiroyli stolni buzishganini qarang, deb o‘yladim-da, cho‘ntagimdan narigi dunyodan esdalik sifatida olib yurganim konvert qirqadigan qaychi bor edi, o‘shani chiqarib, bezorilarning dastxatlarini bir boshdan qirib o‘chira boshladim. Baravariga ikki ayol yugurib kelib: — Nima qilyapsiz! — deya so‘rashdi rangi-qutlari o‘chib. — Bezorilarning xatini o‘chiryapman, — deb tushuntirdim. — Oanaqa xat? — Mana ko‘ringlar, hammayoqqa yozib ketishibdi. Ikki ayol baravariga kulib yubordi. Kula-kula stoldagi yozuvlar sizga tavsiya qilinayotgan taomlarning nomi, yozuvlarni bezorilar emas, bizning o‘zimiz yozganmiz, — deya tushuntirishgan bo‘ldi-da, oriqrog‘i: — Xo‘sh, qanaqa taom yemoqchisiz? — deya murojaat qildi. — Oaynatma sho‘i^va, — dedim shu esimga kelganidan xursand bo‘lib. — Oaynatma sho‘rva degan yozuvni bosing, — tushuntirdi semizrog‘i. Aytgan yozuvini bosgan edim, stolning chap tomonidagi qopqog‘i ovozsiz ochildi-yu, bug‘i ko‘tarilib turgan sergo‘sht sho‘rva paydo bo‘lib qoldi. — Yana nimani xohlaydilar? — kesatganday bir ohangda so‘radi orig‘i. — Oovurilgan jo‘ja, — men ham xuddi o‘sha ohangda javob qaytardim. — Endi mana bu yozuvni bosing. Aytganini qildim. Kiprik qoqquncha fursat ichida stolning o‘ng tonionidagi qopqog‘i bir ko‘tarilib-yopilganday bo‘ldi. Qip-qizil qilib qovurilgan jo‘ja tarelkasi bilan men tomonga surilib kelmoqda edi. Taomlar yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi bilolmay qoldim. Demak, hamma narsa mexanizatsiyalashgan ekan, men bo‘lsam uni tushunmay apparatni ishdan chiqarib qo‘yayozibman. Ya’ni qishloqchasiga aytadigan bo‘lsak, yana bitta qovun tushiribmiz. Lekin shunday bo‘lsa ham sir boy bergim kelmay: — Taomni chaynab beradigan apparatlaring yo‘qmi? — deb so‘radim. — Yo‘q, — dedi semiz ayol. — Chaynalgan taomni yutishga yordamlashadigan apparat-chi? — Unisi ham yo‘q hali, — dedi oriq ayol. — Orqada qopsizlar, — deya to‘ng‘illab qo‘ydim. ADOLATLI KONKURSLAR E rtasiga shahar aylanishni davom ettirdim, bu yerda tomosha qilsang arziydigan, ko‘rganingni birovga aytib bersang, og‘zi ochilib qoladigan narsalar ko‘p edi. Aylanib yurib, to‘satdan, ha-ha, to‘satdan «Rostgo‘ylik va halollik tajriba instituti» qarshisiga kelib qolibman. Rostgo‘ylik va halollik... Bu qanaqasi bo‘ldi ekan-a, deb o‘yladim, m e d i n s t i t u t m i k a n , p e d i n s t i t u t m i k a n ? Lekin qanaqa bo‘lsayam menbop ekan. Nega desangiz narigi dunyoda mendan rostgo‘y, mendan halol bola yo‘q edi. Bilasiz-ku, butun orzum institutga kirib o‘qib, katta olim bo‘lish. Ehtimol bu yerga kirib olsam, a’lochi ham bo‘lib ketarman. Ana unda Hoshimning qalbiga o‘t yoqib, bir kuydirgan bo‘lardim-da! Darvozadan o‘tib, qaysi fakultetga kirsam ekan deya uyoq-buyoqqa razm sola boshladim. Chindan ham bu yerda rostgo‘ylik va halollik tantana qiladiganga o‘xshaydi. Hamma narsani ochiq-oydin qilib yozib qo‘yishibdi. Oo‘sh qanotli bir eshikning tepasiga «Dadasi amaldorlar tajriba fakulteti», ikkinchisiga «Cho‘ntagi chuqurlar tajriba fakulteti», uchinchisiga esa «Bilimdonlar tajriba fakulteti», deb hozir aytganimday, ochiq-oydin yozib qo‘yishibdi. Har yozuvlarki, boqsang ko‘zing yayraydi. Qalbim quvonchlarga to‘lib ketdi. To‘g‘ri-da, yozib qo‘yishmaganda, menga o‘xshab chekka qishloqdan kelgan bolalar yanglishib boshqa fakultetga kirib qo‘yishi, oyog‘i osmondan kelishi hech gap emas-da. Dadam amaldor emas, deya o‘ylay boshladim, boryo‘g‘i magazin sotuvchisi, yana-tag‘in tavbaxonada yotibdi. Yo‘q, bunisi bizga to‘g‘ri kelmaydi. Cho‘ntagi chuqurlar fakulteti-chi? Buni qishloqcha tilda tarjima qilsak, puli ko‘plar fakulteti bo‘lib chiqadi. Shundaymi? E, attang, uchastka boshlig‘imiz Anorboy tog‘aning qizi Arofat kelganda mazza qilarkan-da. Odamlarning aytishicha, dadisi pulning sassig‘iga yotolmay, kechalari yurib chiqarmish... D e m a k , mulla Akbariy p u l d o r l a r f a k u l t e t i g a ham kirolmaydi. Araqxo‘r dadasining kamomadi tufayli oilasi cjulog‘idan qarzga botib yotibdi. Bunday o‘ylab qarasam, men uchun eng o‘ng‘ayi, «Bilimdonlar fakulteti» ekan. Sizga aytuvdim shekilli, yo‘q, aytmagan ekanman, ha mayli, keyinroq aytri b berarman. Xullas, brigadirimizning fikricha, maktabimizdagi eng a’lochi o‘quvchi men e k a n m a n . Shunday b o i g a c h , bilimdonlar fakultetiga kirganim ma’qul, to‘g‘rimi? Lekin ishim yana yurishmaydiganga o‘xshaydi, bu fakultetdagi imtihonlar haftaning oxirida bo‘larkan. O‘sha kungacha ko‘nglim sovub qolsa, unda nima bo‘ladi, shuni o‘ylab qo‘rqib ketdim. Yo‘q, deb o‘zimga dalda berdim yana, ungacha boshqa fakultetdagi imtihonlarni kuzatib, ko‘zimni pishitib olaman. «Otasi amaldorlar tajriba fakulteti» qabul komissiyasi katta zalga joylashgan ekan. Xuddi narigi dunyodagi Omon brigadirning dala shiyponicha keladi deng. Uyoq-buyoqqa alanglab turgan edim, kimdir vahimali ovozda: «Shar Manda mashinadan tushdilap>, deb shivirladi. Hammayoq olatasir bo‘p ketdi. Menga o‘xshab merovsirab turganlar o‘zini panaga oldi. Hujjatlarni qabul qilayotgan qizchalardan bir xili engashib stol ostiga kirib ketishdi. Halidan buyon kekkayib kirib-chiqayotganlar bilan dimog‘ida gaplashib o‘tirgan, yoshi dadam tengi keladigan bir kishi, shu zalning boshlig‘i bo‘lsa kerak, Shar Manda deyishlari bilanoq tarrakdek qotib qoldi. Berkingan joyimdan asta mo‘ralay boshladim. Awaliga odamlar yuzida o‘rmalab yurgan vahimani ko‘rib odamxo‘r dev kelayotgan bo‘lsa, bitta-yarimtasini yutsa kerak deb o‘ylagan edim. Xayriyat, unaqa bo‘lmadi. Eshikdan chiroyli kiyingan, o‘rta bo‘y, moy surtilgan sochlari silliq taralgan, yuzlarida tabassum o‘ynab turgan, farishtaligina bir kishi kirib lcela boshladi. Shunaqangi xushro‘y, shunaqangi yoqinitoyki, yugurib borib orqasidan achomlab, bo‘ynidan o‘pib olging keladi. Hali tarrakdek qotib qolgan boshliq asta-sekin o‘ziga kelib, boshini kungaboqarga o‘xshab egdi-da: — Assalomu alaykum, — deya qo‘ltig‘i tagidan ovoz chiqardi. — Vaalaykum... — deb alik oldi Shar Manda, — xo‘sh, ishlar qalay? — Hammasi joyida, xo‘jayin. — Bizning qo‘zichoq hujjat topshirdimi? — Topshirdilar, xo‘jayin. — Xo‘sh qalay? — Buyuk iste’dod egasi ekanlar. Aslo tashvishlanmasinlar, — «Guloftobparast» asta-sekin qaddini rostlay boshladi. Yuzi ham, o‘xshatishni to‘g‘ri qilgan ekanman, gullagan guloftobparastdek qip-qizarib ketibdi, — xudo xohlasa, hammasi joyida bo‘ladi. Muallimlarga maxsus ko‘rsatma berildi. O‘g‘limiz imtihonlarga kelayotganlarida charchab qolmasinlar deb alohida mashina ajratdik. Kun issiq, mabodo terlab qolsalar yelpib tursin deb bir ayolni birkitib qo‘ydik. O‘tirishlari ehtimol tutilgan kursilarga o‘g‘limizning yumshoq joylariga ozor yetmasin deb to‘rttadan par yostiq qo‘ydik. Chanqab qolsalar tanlab-tanlab ichsinlar deb o‘n to‘rt xil sharbat keltirish haqida buyruq berildi. Sharbatlar, albatta, kumush qadahlarda beriladi. Insho yozayotganlarida qo‘llari toliqib qolishi mumkin. Buni ham hisobga oldik. Eng tajribali massajchimizni navbatchi etib tayinladik. — Menga qarang, — to‘satdan qovog‘i uyulib kela boshladi Shar Mandaning. Lekin qovoq solganida ham har qanday kulib turgan kishidan chiroyliroq ko‘rinar ekan, — ortiqeha savol berib, uni qiynab qo‘ymanglar tag‘in. — Hech tashvish tortmasinlar, — «Guloftobparast»ning qaddi yana egilib tusha boshladi. Shar Mandaning yuzini to‘satdan dahshat qopladi, qo‘rqinchli bo‘lib qoldi. Oisilgan ko‘zlari o‘qlangan miltiqning og‘ziday bo‘lib ko‘rina boshladi. Yutinib yer tepindi: — Savol bergan muallimning tilini sug‘urib olaman! — Aslo tashvishlanmasinlar! — O‘ttiz ikkita tishini ham qoqib olaman, — shunday deb Shar Manda asta burilib, chiqib keta boshladi. Eshik oldiga yetganda to‘satdan to‘xtab orqasiga o‘girilgan edi, hay-hay, yuzlari yana tabassum nuridan gul-gul yashnab ketibdi. Ko‘zlarida muloyimlik, samimiyat chirog‘i parpirab yonib turibdi. Yana, ishonsangiz, yugurib borib achomlab olgim kelib qoldi. — Xo‘sh, bizga qanaqa iltimos bor? — so‘radi orqasidan ergashib kelayotgan «Guloftobparast»dan. — Yaklcayu yagona iltimos shuki... — Xo‘sh? — Baxtimizga uzoq yashasinlar. — Yana? — Uy ichlari bilan salomat bo‘lsinlar. — Bo‘ladigan gapni aytsangiz-chi? — Tilini bormaydi-da, xo‘jayin. — Aytavering. — Yoshim ham o‘tib qoldi. Mabodo qazo kunim yetib... — «Guloftobparast» bir xo‘rsinib oldi, — olamdan ko‘z yumsam, egallab turgan kamtargina lavozimim o‘g‘limga qolsa devdim. Ko‘rib turibsiz, bu dunyoda mendek adolatli, mendek halolu pokiza odam bo‘lmasa kerak. Shu halolligu poklik yana davom etsa... — Bu lavozim aslida katta buvingizdan qolganmidi? — moy surilgan chiroyli qoshlarini g‘alati chimirib so‘radi Shar Manda. — Yo‘q, katta bobomdan meros teguvdi. — Endi nabiramga qolsa deysizmi? — Yo‘q, o‘g‘limga qolsa devdim. — Demak, vasiqa kerak, shundaymi? — Agar malol kelmasa... — Yaxshi, vasiqani shu bugunoq olasiz. Oabulxonam lcotibasidan berib yuboraman, — gapining uyog‘ini xuddi qasamyod qilayotganday bir ohangda davom ettirdi Shar Manda. — Yuz yilgacha sizning avlodingizga birov g‘ing demaydi. G‘ing deganning tilini sug‘urib, o‘ttiz iklcita tishini qoqib olaman. — Olam turguncha turing! — qo‘l ochib duo qildi « Guloftobparast». Qiziq, qayerda t u r g a n i m esimda yo‘q, men ham h o v u c h i m n i o c h i b f o t i h a o ’ q i b y u b o r i b m a n deng. «Guloftobparast» vasiqaning daragini eshitib, behad xursand bo‘lib ketdi shekilli, minnatdorchiligini ifodalash maqsadida bo‘lsa kerak, xo‘jayinning orqasidan ko‘chagacha emaklab chiqib, beti bilan tuflisining yuzini ham artib qo‘ydi. Shar Manda o‘g‘lini «Oo‘zichoq» deb ataganda men hayron bo‘luvdim. Lekin yanglishgan ekanman. Chindan ham, bir xil onasidan erta ajralib, sutga to‘ymay qolgani sabab tanasi kichrayib, juni o‘sib ketadigan qo‘zichoqlar bo‘ladi-ku, ana o‘shanga o‘xsharkan. Soch demagani o‘sib bo‘ynini qoplab tushibdi. Vilvet shimi dumbasining ikki pallasini tarvuzdek do‘ppaytirib turibdi. Bel ingichka, oyoq kalta, yo‘q, to‘g‘ri aytibdi, baayni sutga to‘ymagan qo‘zichoqning o‘zi, faqat bo‘ynida qo‘ng‘irog‘i yo‘q, xolos. Konkurs qatnashchilari bo‘lmish ota-bolalar oyimchaqovoqning yarim pallasiga o‘xshab ketadigan shinam mashinaga o‘tirib jo‘nab ketishgach, «Guloftobparast» qaddini rostlab, ichkariga kirib ketdi. Endi uyoqqa kirishga hech qiziqmay qoldim. Xo‘sh, kirganimda ham nimani ko‘rardim. Amaldor bo‘lganidan keyin do‘q uradi-da. Do‘q urmasa uni kim amaldor deb hisoblaydi, to‘g‘rimi? Undan ko‘ra cho‘ntagi chuqurlar konkursini tomosha qilganim yaxshi emasmi? Ehtimol, men uchun foydali biron gap o‘sha yerdan chiqib qolar. Narigi binoga o‘tib awal ko‘rganimdan ham kattaroq bir zalga lardim. Zalning o‘n to‘rt joyiga o‘n to‘rtta stol qo‘yishibdi. Har bir stol qarshisida qiyofalari jiddiy, bashang kiyingan, nuroniy qiyofali, olimnamo kishilar savlat to‘kib o‘tirishibdi. Bir-biridan ulug‘sifat deng. Ko‘zlari shunday muloyim boqyaptiki, xuddi ko‘rinmas qo‘l bilan boshingizni ohistaohista silayotgandek. Ovozlari ham mayin, erlcalovchi. Eshitsangiz yayrab ketasiz. Imtihon oluvchilar bo‘lsa kerak, deb o‘yladim-u, negadir yaqinroq borgani yuragim dov bermay, shundoqqina eshik oldida to‘xtab qoldim. Qiziq, har bir muallimning stoli ustida dorixonalarda ishlatiladiganga o‘xshash kichkina-kichkina tarozilar ham turibdi, bir kilolik, yarim kilolik, ildd yuzlilc, yuz grammlik toshlari ham bor. Adashib bozorga ldrib qoldim sheldlli, deb o‘ylab endigina burilib chiqib ketmoqchi bo‘luvdim, qulog‘imga g‘alati bir suhbat chalinib qoldi. Yonginamdagi stol qarshisida o‘rtog‘im Hoshimjonning buvijonisiga o‘xshab boshiga oq ro‘mol tashlab olgan bir kampir tik turib stolning narigi tomonidagi Oq Sochli degan ldshi bilan qattiq-qattiq gaplashyapti. — Jon buvijon, tushunsangiz-chi, — deyapti Oq Sochli o‘zini g‘oyat sipo tutib. — Tushunib turibman, — deyapti buvijon. — A y t a y a p m a n - k u , t a n g a pul k o n k u r s g a qabul qilinmaydi, deb. — Voy bolam, nega unday deysiz? Men bu pullarni qatiq sotib, qaynioq sotib naq o‘n ikki yil yiqqanman-a. — To‘g‘ri, lekin, buvijon, bari bir tanga pul konkurs shartiga to‘g‘ri kelmaydi. — Xo‘sh, qanaqasi to‘g‘ri keladi bo‘lmasa? — Uf, obbo buvijon-ey, ming marta aytyapman, beli sinmagan qog‘oz pullar to‘g‘ri keladi. — Bo‘lmasa, jon bolam, qog‘oz pullarimni yana tortib ko‘r, onaginang o‘rgilsin. O‘g‘lingga to‘y qilsang, kelib yoryor aytib beraman. Qara, bir xalta keladi-ya. Nevaraginam bu pulni to‘plaguncha naq adoyi tamom bo‘ldi-ya, ikki yil nowos boqdi. Biram suzong‘ich ekanki, arqonni uzib andek bo‘lmasa hammamizni chavaqlab qo‘yayozdi. Voy qurib ketmagurning shoxi, shox emas xanjar ekan!.. Jon bolam, pulni yana bir tortib ko‘r. — Tortdim, buvijon. — Xo‘sh, qancha ekan? — Bor-yo‘g‘i to‘qqiz yuz gramm, xolos. — Shuncha pul yetmayaptimi ? — Yetmaydi, buvijon, yetmaydi. Institutga kirish uchun, konkurs shartiga ko‘ra, nabirangiz yigirma bal olishi kerak. — Xoy b o l a m , o n a g i n a n g o ’ r g i l s i n , m e n g a sal tushuntiribroq ayt. Hozirgina pul deyayotgan eding shekilli, endi bol deyapsan. — Bol emas, buvijon, bal deyapman! — Ishqilib asal so‘rayapsanmi, axir? — E, asalingizni boshimga uramanmi! Qanaqa savodsiz o‘zi bu kampir. Bal bilan bolning farqiga bormaydi-yu, yana nabirasini o‘qishga kiritmoqchi emishlar. — Voy, nega tushunmas ekanman, bolam? Men ham juda orqada qolgan ayollardan emasman. Avtobusda yetti yil pattachilik qilganman. Sanoq komissiyasiga ikki marta rais bo‘lganman. Prezidiumlarda o‘tirardim. Unaqa dema, bolam. Ha, mayli. Pulning ustiga yana o‘qishni bitirguncha senga qaymoq jo‘natib turaman. — Nima?! — Qaymoq d e y a p m a n . Sigirim t u q q a n , bolam. Qaymog‘im biram yog‘liki. — Menga pora tavsiya qilmoqchimisiz? Haqorat qilyapsiz meni. — Voy bolam, nega qizisbasan. Oizishma. Qaymoq yeging yo‘q bo‘lsa, mayli. Duo qilaman. O‘lgunimcha duo qilaman. — Duolar zamoni o‘tib ketgan, tushunsangiz-chi, kampir. — Xo‘p. O‘sha konkursingga yana qancha pul kerak? — Yana to‘qqizta nowos boqasiz. — Voy bolaginam-ey, endi sen meni tushunmayapsan. Hozirgina aytdimu, og‘ilxonamiz tor deb. Bitta mol arang sig‘adi. Bo‘yginangdan o‘rgilay... Buvijonning ko‘zlarida yosh aylanib qoldi. Bilasiz-ku, ko‘z yoshiga toqat qilolmayman. O‘zim ham qo‘shilib yig‘lab yuboradigan odatim bor. Endi chiqib ketayotgan edim, eshikning tepasida turgan mikrofondan qiz bolaning: — Yog‘och bazasining sovrindor direktori tashrif buyurdilar, — degan mayingina ovozi eshitilib qoldi. O‘n to‘rt imtihonchi baravar o‘rnidan turib, baravariga qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Bir xillari shirin taomning nomini eshitgan chaqaloqdek lablarini chapillatib ham qo‘yishdi. Hov chekkada o‘tirgan ikkitasining og‘zidan allaqachon so‘lagi ham oqa boshladi. Lekin bag‘oyat madaniyatli kishilar ekan. Cho‘ntaklaridan shosha-pisha atir hidi ufurib turgan ro‘molchalarini chiqarib, lab-lunjlarini artib olishdi. Uchtasi yugurgilab kelib, eshik oldida bir-birini turta boshladi. Itaritar qilayotganlarning yuzlaridagi hozirgina men ko‘rib turgan sipolikdan, o‘rmalab yurgan ulug‘vorlikdan asar ham qolmadi. Kimdir qo‘li bilan sidirib olgandek bo‘ldi. — Bu meniki bo‘ladi, — deydi bittasi yosh boladay irg‘ishlab. — Senda o‘zi insof b o r m i ? — deydi ikkinchisi yig‘lamsirab. — Ikkovingni ham hozir bo‘g‘izlab tashlayman, — dedi Oq Sochli, — ko‘rib turibsizlar-ku, ertalabdan buyon quruq o‘tiribman. Xuddi shu paytda yog‘och bazalarida sotiladigan har bittasi to‘qqiz kubmetrdan keladigan g‘o‘lalar bo‘ladi-ku, ana o‘shanga o‘xshab ketadigan, oyog‘idan tortib boshigacha bir tekis semirgan, katta yuzi ham xuddi yog‘ochdan yo‘nilganday sipsilliq, boringki, bolalarning tushiga kirib chiqadigan devlarga o‘xshash bahaybat bir kishi eshikdan yon bosh o‘tib, asta-seldn kirib kela boshladi. Ko‘zlari ham katta, har bittasi chinni kosaday keladi deng. Mo‘ylovini aytmaysizmi. Bay-bay, buralibeshilib bo‘yin tomoniga o‘tib ketibdi. Leldn qorindan ham bergan ekan. Xoh ko‘ring, xoh lco‘rmang, xuddi men ichiga tushib ketgan sehrli qovuncha keladi-ya! Orqasidan xushbichim, xushro‘ygina, bo‘yni to‘la shoda-shoda oq marvarid bir ayol bosaymi-bosmaymi deya tamanno bilan yurib lcelyapti. Tovus patidan yasalgan ixcham yelpig‘ichi bilan goho chiroyli yuzini yelpib-yelpib qo‘yadi. Yelpiyotganda olamni atir-upa hidlari qoplab ketgandek bo‘ladi. Ayolning boshqa qo‘lida bizning qishloqlarda endigina rasm bo‘lib kelayotgan va nomini negadir diplomat deb atashadigan to‘rt burchakli yashil chamadoncha. Opamiz oyoq tashlashlariga moslab ana shu chamadonchani silldtib-silldtib qo‘yyaptilar. — Oadamlariga hasanot, azizim Chinor Chinoriy, — ta’zim bajo keltirdi Oq Sochli. So‘ng devqomatli kishining qo‘ltig‘iga kirib, o‘zi o‘tirgan o‘ringa qarab surgay boshladi. — Ha, sen ham shu yerdamisan? — deb qo‘ydi Chinor Chinoriy. — Qani, marhamat qilib, mana bu kursiga o‘tirsinlar. — Kursing ko‘tarolmaydi meni. — Bo‘lmasa taglariga ko‘rpacha solib beraman. Har ehtimolga qarshi uydan ko‘rpacha olib keladigan odatim bor. Sizga o‘xshagan azizlar kelganda shoshib qolmay deyman-da. Qani, yonboshlasinlar. — Yonboshlasam turolmayman. — Yo‘q-yo‘q, o‘zim turg‘azib qo‘yaman. — Obbo, qo‘ymading-da, Oq Sochli. — Oyoqlarini uqalab qo‘yaymi? Yengil tortadilar. Qani, qizim, siz ham o‘tiring, o‘tirsinlar. Obbo oppoq qizim-ey. Oq Sochli gapga chechan desam, qo‘li-oyog‘i ham chaqqongina bir kishi ekan. Massajga shunaqa usta ekanki, hammomdagi xodimlar uning oldida ip esholmaydi desam ishonavering. Chinor Chinoriyning bor vujudini erinmasdan bir boshdan uqalab chiqa boshladi. — Lekin, azizim, qizaloqni bizga olib kelib ko‘p yaxshi qilibsiz-da. Imtihon paytida o‘zim otaliq qilib turaman. Ko‘rinishlaridan chinakam huquqshunos chiqadiganga o‘xshaydilar. Qizim, yayrabroq o‘tiring. Homiladorga o‘xshaydilar, eson-omon ko‘z yorib olsalar, xudo xohlasa farzandlarini ham o‘zim ko‘tarib katta qilib beraman. Lo‘ lo‘-lo‘... Bola yupatishga juda ustaman-da... — Bu mening xotinim bo‘ladi, — deb qo‘ydi Chinor Chinoriy. — Qarang-a, — o‘ng‘aysizlanib bir oz jim qoldi Oq Sochli, — lekin juda yosh ko‘rinadilar. Mayli, ayol kishining kechroq bo‘lsayam o‘qigani yaxshi. Huquq ilmini egallasalar, nur ustiga a’lo nur! Ro‘zg‘orda adolatli tartib o‘rnatiladi. — Hoy, Oq Sochli, buncha bulbuligo‘yo bo‘p ketding, bu o‘qimaydi deyapman-ku senga. — Unda, azizim, o‘zlarini o‘qitar ekanmiz-da. Oh-oh, qanday soz, yog‘och bazasining shavkatli direktori sirtqi bo‘lim talabasi bo‘lsa. Axir, bu biz uchun obro‘-ku, faxriftixor-ku. Lekin ofarin, ming ofarin! Huquqshunos bo‘lsalar yog‘och bazasidagi mahsulotlar ham adolat nuridan bahramand bo‘ladi. — Karmisan, men o‘qimayman deyapman. — A?! — Qizim o‘qiydi. — E, ha, shunday demaydilarmi, azizim. Imtihonchi g‘o‘lani dumalatganday Chinor Chinoriyni uyoq-buyoqqa ag‘anatib, obdan uqalab bo‘lgach, yelkasiga beozorgina qilib bir-ikki shapatilab ham qo‘ydi. — Qizimiz tashqaridamilar? — Uyda, — yalang‘och yelkasiga kitelini tashlab davom etdi Chinor Chinoriy, — uxlab yotibdi. — Lekin uxlaganlari ko‘p yaxshi bo‘pti, — yana gapga tushib ketdi Oq Sochli, — qiz bola ko‘p uxlasa, yuzi shirmonday qip-qizil bo‘ladi. Xo‘sh, konkursga qatnashadilarmi? — Qatnashaman. Chamadonchadagi pullarni toroziga qo‘yishgan edi, tosh yetishmay qolsa bo‘ladimi, o‘n to‘rt kursida o‘tirgan o‘n to‘rt imtihonchi o‘-o‘lab o‘rnidan turib ketishdi. So‘ng, eng yuqori balni sizning qizingiz oldi, deyishib ketma-ket kelib Chinoriy bilan xotinini qutlay boshladilar. TEMIR ODAM BILAN KALLA URISHTIRGANIM ihoyat, men imtihon topshiradigan muddat ham keldi. Lekin negadir kunning ikkinchi yarmiga qo‘yishibdi. Aslida ertalabga qo‘yilganda soz bo‘lardi. Nega desangiz mening miyam ertalab yaxshi ishlaydi. Bir necha bor sinab ko‘rganman. O‘zimni charchatib qo‘ymaslik uchun bir xayolim imtihon paytigacha yotib uxlayberay ham dedim. Lekin uyqusi qurg‘ur ham hadeb kelavermas ekan. O‘n olti soatdan ortiq uxlay olmaydigan bo‘lib qolganman. Kiyinib shaharga chiqib ketdim. Uyoqqa alangladim, buyoqqa alangladim. Oxiri oyoqlarim tolib, go‘zal xiyobonlardan biriga burildim. Andak istirohat qilmoqchi edim. Kimdir uzun skameykaga gazeta yozib o‘tirgan ekan, dumbasining izi tushib qopti. Esidan chiqqanmi, har qalay, gazetani tashlab ketibdi. Olib uyoq-buyog‘ini ko‘ra boshladim. Shu yerda chiqadigan «Handalak oqshomi» gazetasi. Miyamni charchatmaslik uchun o‘qimoqchi emas edim-u, ammo joni-dilim sport xabarlari. Futbol, xokkey, basketbol haqidagi axborotlarni o‘qiganda tanam yayrab ketadi. To‘rtinchi betini ochayotib, e’lonlarga h a m ko‘zim tushib qoldi. O‘qidim, yana o‘qidim. Uf, ish chatoq bo‘pti. N a h o t k i shu gaplar rost boisa, takror o‘qiy boshladim. E’LON Culgun yashnayotgan shahrimizning barcha pok vijdonli fuqarolari diqqatiga! O‘tgan chorshanda kuni pistapo‘choq ko‘chasining muyulishida quyidagicha voqea sodir bo‘lgan. Taksida kelayotgan noma’lum yo‘lovchi tushib ketayotganda haydovchi Shamol Shamoliyga bir so‘m qirq tiyin o‘rniga ikki so‘m uzatgan. Qaytimini oling, deganda, zarda qilib yana ellik tiyin tashlab, ko‘p qavatli imorat orqasiga qochib o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. O‘ttiz yil davomida halol ishlab, birouning bir tiyiniga ham xiyonat qilmagan Shamol Shamoliy yigitchaning bu harakatini o‘zi uchun haqorat deb bilgan. Haqorat azobiga chiday olmay o‘zini yong‘oq daraxtiga osib o‘ldirgan. Pok vijdonli, halqumi toza do‘stimiz Shirin qovunlar dunyosidan ko‘z yumish oldidan: «Do‘stlar, meni haqorat sirtmog‘iga osgan kelgindi maqtanchoqni ushlab, o‘chimni oling, bo‘lmasa to qiyomatgacha go‘rimda tik turaman, alvido», deb jon bergan. Aniqlanishicha, pokdomon taksichimizni haqoratlagan nomalum shaxsning yoshi o‘n oltro‘n yettilarda, sariqqa moyil yuzi yetilib pishgan handalakday dum~dumaloq, burni angishvonaga o‘xshash, ko‘zlari kulib turuvchi bir yigitcha bo‘lgan. Ko‘rganlar yoki qayerda yashab turganini eshitganlar bo‘lsa, zudlik bilan bizga xabar qilishlarini so‘raymiz. Handalak shahar soqchilar boshqarmasining jinoyat qidiruv bo‘limi. Gazeta qo‘limdan sirg‘alib tushib ketdi. Bu qanaq;isi bo‘ldia, qanaqa dunyoga kelib qoldim o‘zi? Buyoqda porani kilolab olib turishsa, uyoqda oltmish tiyin u c h u n o‘zini osib turishsa, hech t u s h u n o l m a y qoldim. Demak, meni qidirishayotgan e k a n - d a , qo‘lga t u s h i b q o l s a m - a ! Q o c h a y m i k a n , x o ’ s h , qochganimda nima qilardim, qayoqqa boraman, kimdan panoh so‘rayman!.. Lekin Shamol Shamoliy ajoyib inson ekan. O‘lmaganda oyog‘iga yiqilib, kechirim so‘rardim. Siz o‘lguncha men o‘lay, deb o‘sha yong‘oqqa o‘zimni osgan bo‘lardim... Yig‘lagim kelyapti, yo‘q, allaqachon yig‘lab ham yuborgan el<anman. Ko‘zlarimdan shovillab yosh quyila boshladi. Yig‘la, yig‘layver, inulla Akbar. Qayoqlarga kelib qolding o‘zi, na bir mehriboning, ko‘ngil so‘rovchi na bir qarindoshing bo‘lmasa, yig‘la, to‘yib-to‘yib yig‘lab ol. Lekin bulardan nima foyda, tong otguncha yig‘laganimda ham u qaytib kelmaydi-ku endi. Eson-omon institutga kirib olsam, hammasi, ehtimol, unut bo‘lib ketar. Axir men bu dunyoga nuqul qovun tushirish uchun kelmaganman-ku, yorug‘ lamlar ham bordir. Oh do‘stginam Hoshimjon, hozir sen yonimda bo‘lganingda dardimni olarding. Tuf bunaqa gaplarga, deya ko‘nglimni ko‘tararding... Yo‘q, o‘zimni qo‘lga olishim kerak. Shartta o‘rnimdan turib, ko‘z yoshlarimni arta-arta imtihon sari otlandim. «Bilimdonlar fakulteti» darvozasidan kirishim bilan yana bir qiziq hodisaga duch keldim. Xafa bo‘lishimni ham, xursand bo‘lishimni ham bilmasdim. Hayratdan yoqa ushlab, besh minut chamasi o‘tirib qoldim. Bu yerda kirish imtihonlarini temir odamlar — robotlar olar ekan. To‘g‘ri, ilgari robotlar haqida ko‘p eshitganman, ikki marta kinofilm ham ko‘rganman. Leldn bir vaqt kelib o‘shalar bilan yuzmayuz bo‘lish yetti uxlab tushimga ham kirmagan edi. Omading keldi-ku, mulla Akbar, deyman o‘zimga-o‘zim, qishloqqa esonomon qaytib borsang, xo‘p maqtanadigan bo‘lding-da, og‘ayni. Robotlaming ko‘rinishi siz bilan mendan ham farq qilmaydi. Yuradi, gaplashadi. Hatto bittasi bir-ildd marta «ap-chu» deya c h u c h k u r i b ham oldi, shekilli. Shunaqangi bashang kiyinishibdiki, hay-hay, naq kuyovbolami deysiz. Yurganda sal chayqalibroq yurisharkan. Lekin xonani, elelctr simi «zamekaniya» bo‘lganda g‘alati bir hid chiqaradi-ku, ana o‘shanga o‘xshash hid qoplab ketibdi. Keyin bilsam, robotlarning oshqozoniga, qishloq ko‘chalarida tarillab yuradigan moped velosipedlar bor-ku, o‘shalarga qo‘yiladigan gugurt qutisidek keladigan akkumulyator bo‘ladi, ana o‘shandan bittadan joylab, har kuni ertalab zaryadlab qo‘yisharkan. Demak, birontasining oshqozonida zamekaniya bo‘layotganga o‘xshaydi. O‘ylanib tumvdim, peshonasi yiltiroq robot men tomon nazarimda yurib emas, surilib kela boshladi: — Xush ko‘rdik, yigitcha, — dedi qarshimda to‘xtab. — Vaalaykum assalom, — deb yuboribman deng. — Oaysi fakultetga kirmoqchisiz? — Bilimdonlar fakultetiga. — Oaysi bo‘limiga? — Tarix bo‘limiga. — Familiyangiz? Suhbatimiz mana shu yerga kelganda o‘ylanib qoldini. Nima deb javob qaytarsam ekan. Sizga ham aytuvdim shekilli, Handalakka kelganimdan buyon yonimda hujjatim yo‘q. To‘lg‘on xolamning pensiya daftarchasi bilan yuribman. O‘z ismi-familiyamni aytsam, hoynahoy uni tasdiqlaydigan hujjat so‘rashadi. Handalak — hujjatlar shahri. Usiz bir odim ham yurolmaysiz. Bolalar otasiga murojaat qilishdan oldin awalo shu odamning o‘g‘li ekanini tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatislii shart, eri ishdan qaytayotganda uyiga kirishdan oldin xotiniga nikoh guvohnomasini ko‘rsatmasa ichkariga qo‘ymas ekan... — Familiyangiz, — yana so‘radi robot. — Otaxonova, — dedim boshqa ilojim qolmagach. — Ismingiz? — To‘lg‘on kampir. — To‘lg‘on kampir Otaxonova, imtihonga tayyormisiz? — TayyQrman. — Marhamat qilib orqamdan yuring. Peshonasi yiltiroq robot meni qorong‘i koridorga kiritib yubordi. Xayolimda shuv etib yer ostiga tushib ketganday bo‘ldim. Behisob lampochkalar yonib-o‘chyaptimi yoki ko‘zlarim ichida nurlar chaqnayaptimi bilolmasdim. Nazarimda avval meni tortib ko‘rishdi, keyin bo‘yimni o‘lchashdi, qornimga lenta o‘rab, yana yechib olishganday bo‘ldi. Turgan joyim qop-qorong‘i, shunday bo‘lsa ham peshonam bilan orqa miyamni rentgen n u r l a r i orqali qayta-qayta suratga olayotganlarini payqab turibman... Keyin to‘satdan men turgan kabina shunaqangi yorishib ketdi ki, qornimdagi ichakchavoqlarimni, tomirlarimda chopib yurgan qonlarimni aniq ko‘rganday bo‘ldim. Oo‘rqib ketganimdan shosha-pisha ko‘zimni yumib oldim. Ochsam, yana dastlabki kirganim katta zalda paydo bo‘lib qolibman. Oarshimda tirjayganicha peshonasi yiltiroq robot turilxli. Hali diqqat qilmagan ekanman, yuzlari sip-silliq, xuddi toshdan yasalganga o‘xshaydi. Ko‘zlari ham o‘lgan sigirning ko‘ziday harakatsiz. — Mana oling, — shunday deb robot qo‘limga bir varaq qog‘oz tutqizdi. — Imtihondan o‘tdimmi? — shoshilib so‘radim. — O‘qing, — buyurdi robot. Hoynahoy imtihondan o‘tganligim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bo‘lsa kerak deb sevinganimdan, ishonsangiz, robotni achomlab olibman deng. Badani qattiq va yana muzdekkina ekan, qishloqchasiga bir-ikki ko‘tarib tashlayman degan edim, o‘rnidan qo‘zg‘ata olmadim. Oiziq, negadir shu paytda oyijonim bilan Hoshimjon o‘rtog‘im ko‘z o‘ngimdan o‘tganday bo‘ldi-ya, tavba. Nega bunaqa bo‘ldi ekan? — O‘qing, — buyrug‘ini takrorladi robot. O‘qiy boshladim. ROBOTLAR KOMISSIYASINING OARORI Ismu familiyasi — qalbaki. Asli ismi — Akbar. Familiyasi — Madumarov. Yoshi — o‘n yettida. Bo‘yi — bir yuzu oltmish ikki santimetr. Ogirligi — ellik to‘rt kilogramm. Jismoniy rivojlanishi — yoshiga mos. Aqliy o‘sishi — oltinchi sinf darajasida. Fanlarni bilishi — to‘rtinchi sinf hajmida. Imtihondan otmadi. Belcor aytibsan, deya qog‘ozni g‘ijimlay boshladim bekorlarni aytibsan! Sening o‘zing hali rivojlanmagansan. Aqling past, miyang yog‘ochdan, qalbing temirdan! To‘rtinchi sinf darajasida emish, yolg‘on! Fanlarni qanchalik chuqui o‘zlashtirganimni brigadirimiz biladimi yo sen bilasanmi? Dala fanlarining hammasidan besh olganman, besh! — Eshikni topolmayapsizmi ? — temirdek sovuq bii ohangda so‘radi robot. — Y o l g ’ o n ? — q i c h q i r i b y u b o r d i m u peshonasi yiltiroqning yoqasidan siqib oldim. Hozir bo‘lganimcha bo‘laman. Men ham haqoratni kechirib ketadiganlardan emasman, meni Akbar qaysar deydilar. Yuziga musht tortib yubordim, qo‘lini zirqirab ketdi. Bunisi bilan urgan edim, tirqirab qon chiqdi. Yo‘q, o‘lsam o‘lamanki, ammo haqorat uchun o‘ch olmagunimcha qo‘ymayman. Yugurib kelib qorniga kalla solgan edim: — Bom-m, — etgan ovoz eshitildi. Ha-ha, o‘zingning iching bo‘sh ekan-ku, o‘zing qupquruq ekansan-lcu! Yana kalla solishga chog‘lanayotgan edim, boshqa robotlar chopqillab lcelishib meni har tomondan qurshab olishdi. — Akt tuzilsin, — dedi soch qo‘ygan badbashara robot. — Besh yilga ketasan endi, ahmoq, — dedi soqoli ko‘ksiga tushib turgan robot. — Bosh boshqarmaga telefon qilinsin, — dedi torgina jinsi shim kiyib olgan urg‘ochi robot. Besh yil degandayoq o‘zimga kela boshlagan edim. Tutqanog‘im tutgan ekan, bosildi-yu, ko‘zlarim yaraqlab ochilib ketganday bo‘ldi. Qovun tushirib qo‘yding, mulla Akbar, degan fikr yalt etib o‘tdi boshimdan, qoch, juftakni tezroq rostla endi! Davra olib turgan robotlar orasidan lip etib o‘tdim-da, o‘zimni eshikka urdim. Lekin o‘sha kuni o‘ziyam boshqacha bo‘lib ketdim-da. Boshqa bir paytda o‘shanaqangi kuch, o‘shanaqangi shijoat bilan yugursam, o‘lay agar, dunyo chempioni bo‘lib ketishim hech gap emas edi. PROFESSOR DAR DARAJA BILAN UCHRASHDIM imani o‘ylamay, oxirida, yo‘q, bari bir o‘zimni o‘ldiraman, jonimga tegib ketdi bu diqqinafas dunyo, degan o‘y boshimga kelaverdi. T o ’ g ’ r i - d a , begona mamlakatda sarson bo‘lib yuraverishning menga nima keragi bor, buning ustiga ishim qovun tushirish bo‘lsa! Buyoqda soqchilar qidiruv boshqarmasi e’lon qilgan, uyoqda m e h m o n x o n a mudiri, qarzingni to‘lamasang ko‘tar ko‘rpangni, deb qistalang qilib turibdi. Yonimda bir chaqa ham yo‘q. Budkalar yoniga borib, tekinga qovun sharbat ichib kun ko‘ryapman. Buning ustiga, mana, ko‘rib turganingizdek, robotlarni o‘zimga yov qilib oldim. Hammasiga ham chap berib yashayverar edim-u, ammo ishq dardiga m u b t a l o bo‘lib qolganga o‘xshayman. Avtobusda t a n i s h g a n i m anovi kungi qizni hech unutolmayapman. Tushimda ham, o‘ngimda ham o‘sha. Kechalari shunday qattiq oh uramanki, ko‘ksimdan uzilib chiqqan olov mehmonxona shiftini kuydirib yuboray deydi. G‘amu tashvishlar oyog‘imga chirmoviqday o‘ralib olgan. Shirin qovunlar mamlakatidan chiqib ketishning esa hech iloji yo‘q. Darvozasi bormi, tuynugi qayerda — bilmayman. Yo‘q, bari bir o‘zimni o‘ldiraman! Suvga tashlasammikan yoki arqonda bo‘g‘ilib o‘lganim ma’qulmi, qiziq, qaysi birida jon qiynalmas ekan? Yo‘q, o‘zimni arqonga osolmayman, tomog‘imda qitig‘im bor. Yaxshisi suvga! Lekin bunisiyam bo‘lmaydi, shekilli. Tashlaganimdan so‘ng, mabodo o‘lgim kelmay qolsa, suzishni bilmayman, qaytib chiqolmay, o‘lib qolishim mumkin... Lekin o‘lgandan o‘lmagan yaxshi, shunday emasmi? O‘lganimni eshitsa, oyijonim rosa yig‘laydi. U kishining ko‘z yoshlariga hech toqat qilolmayman. Mehribonim hozir nima qilayotgan ekan, ukalarim-chi? Sizlarni sog‘indim, o‘lib o‘lolmayman, yurib yurolmayman, begona yurtlarda sarsonu sargardonman. Qornim ocb, uch kundan buyon sharbat ichaverib ichim shildiraydigan bo‘lib qoldi. Bo‘ynimda qarz, orqamdan soqchilar quvib yuribdi... Yo‘cj, yaxshisi, o‘ldiraman!.. — O‘ldirmaysan, — degan ovoz eshitildi yonginamdan. Bir cho‘chib tushdim. Goho achchiq, goho shirin xayollarga berilib, yonimga kelib o‘tirgan oppoq sochi jo‘janing patidek mayingina bir kishini sezmay qolibman. Soqol-mo‘ylovi yo‘q, egnida ketvorgan kostyum-shim, qo‘lida dastasi kumushli hassa, hassaga iyagini tiragancha menga qarab jilmayib turibdi. Oiziq, qo‘lida hassayu o‘zi qirchillama yigitlardek ko‘rinadi, ovozi ham yosh, xuddi dadamnikiga o‘xshaydi. Sergo‘sht yuzida bitta ham ajin yo‘q, pishay-pishay deb turgan handalakday sip-silliq, labida tabassum bo‘lgani uchunmi, yuzi g‘oyat yoqimli ko‘rinyapti. Butun borlig‘idan gupillab xushbo‘y atirning hidi ham kelib turibdi. Sal nariroq surilib oldim. — O‘ldirmaysan, bo‘tam, — shunday deb chol bir qo‘lini yelkamga tashlab oldi, — qaytar dunyo deb shuni aytar ekanlar-da. Bundan yetmish yil oldin men ham xuddi mana shu yong‘oq ostida o‘tirib, unda bu daraxt ancha yosh edi, o‘zimni osganim ma’qulmi yoki suvga tashlaymi, deb xayol qiluvdim. Yashagim kelmay qoluvdi-da. Nazarimda yurgan yo‘lim faqat to‘siqlardan iborat, odamlarda rahm-shafqat tugab ketgandek, hammasi o‘zim bo‘lsam deyotgandek, ishim hech o‘ngidan kelmay qolgan edi o‘shanda. To‘g‘ri yo‘lda ham qoqiladigan bo‘lib qoluvdim. O‘zimni o‘ldirishga qaror qildimu arqon olib, mana shu yong‘oq ostiga kelib uzoq o‘tirdim. Qarindoshlarimni, negadir, allaqachon olamdan o‘tib ketgan bobomni ham eslab ketdim. O‘shanda donishmand bobomning, agar omad senga kulib boqmasa ishni qaytadan boshla, ikkinchi bor ham omading kelmasa, unda baxtli bo‘lishning bittayu bitta yo‘li qoladi, ya’ni hammasini qaytadan boshlaysan, deb aytgan hikmati yodimga tushdi-yu, qo‘limdagi jun arqonni otib yuborib, hayot uchun jang qilishga qaytadan yeng shimardim. To shu kungacha yengim shimarilgan. Hayot uchun har kuni, har soatda jang qilaman. Aslida, bo‘tam, nasihat tariqasida shuni senga aytib qo‘yay, bu dunyo jangchilar dunyosi, uning shavqi-zavqi, lazzati uchun kurashmagan inson bu dunyoda yashamagani ham ma’qul. Lekin shuni ham ta’kidlab qo‘yaman, bo‘lar-bo‘lmasga jang qilmaslik kerak, oliy niyatlar uchun, yuksak maqsadlar uchun kurashgan inson o‘zi ham oliy, hayoti ham mazmundor bo‘ladi... Yuksaklik va tubanlik... ikkovining boshlanishi bir joydan, ammo biri yuksakka, boshqasi tubanlikka ketadi. Sen, bo‘tam, hozir jarga qulash oldida turibsan. — Bobojon, siz o‘zi kim bo‘lasiz? — dedim qo‘rqa-pisa. — Meni bobo dema. Hali uncha qariganimcha yo‘q, endigina to‘qsonga kirdim, xolos, — qornini bilinarbilinmas silkitib kuldi noma’lum kishi. — To‘qsonga? — dedim hayratim oshib. — Men bo‘lsam sizni oltmishlarga kirgan deb o‘ylabman. — Demak, xato qilibsan, bo‘tam, senda sinchkovlik yetishmas ekan. — Bo‘lmasa, sizni amaki deb chaqirsam maylimi? — Amaki ham dema. Bugundan boshlab menga shogird tushadiganga o‘xshaysan. Ustoz deb murojaat qilaber, xo‘pmi ? — Xo‘p. — Xo‘sh, oting nima? — Otim... sal anaqaroq-da. — Qani, aytaver-chi. — Asli ismim Akbarjon. — Bizning yurtdagi nomlarga o‘xshamas ekan. — O‘zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman. — Sayohatchimisan? — Yo‘q. Adashib kelib qoldim, shekilli. — Xo‘sh, qayerdan adashib kelib qolding? — Soyboshi mamlakatidan. — Eshitmagan ekanman. — O‘lka geografiyasini o‘qimaganmisiz? — E, bo‘tam, o‘qishga o‘qiganman, ammo bunga sakson yillarcha bo‘ldi-yov. Esda qolibdi deysanmi? Xo‘sh, hali nima haqda gaplashayotgan edik? — Esimda yo‘q. — Inson o‘z oldiga qo‘yishi kerak bo‘lgan yuksalc maqsadlar haqida so‘zlashayotgan edik, shekilli, shunday, bo‘tam, maqsad qancha yuksak bo‘lsa, parvoz ham shuncha yuksak bo‘ladi. Maqsad past bo‘lsa, odamning o‘zi ham kun sayin pasayib boraveradi. Tushunarlimi ? — Sal... tushunmayroq turibman. — Insonni kuchli qiladigan, uni bezaydigan narsa maqsadi, to‘g‘rirog‘i, maqsadlar birligi. Go‘zal orzular bilan yashagan odam hamisha go‘zal bo‘ladi. Endi tushundingmi ? — Yo‘q, — dedim ataylab chol buvani ko‘proq gapga solish maqsadida. — Xo‘p, mayli, bu gapni hozircha qo‘yaturaylik. Qani, Akbar Akbariy, menga ochiq ayt-chi, nega o‘zingni o‘ldirmoqchi bo‘lding? — O‘ldirmoqchi bo‘lganimni siz qayoqdan bildingiz? — Bildim-da. — Jon amaki, ochiq ayting, siz ochiq aytsangiz, menam hammasini aytib beraman. — Men, bo‘tam, sehrli bir ilm egasiman. — Robotmisiz? — Unday dema, xudoga shukur, men hali qalbimni y o ’ q o t g a n i m yo‘q. Senga o ’ x s h a g a n bir i n s o n m a n . To‘g‘rirog‘i, senga o‘xshab adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun yeng shimargan bir kishiman. — Men yo‘ldan adashganmanmi ? — Ha, seni adashtirishgan. — Siz buni darrov qayoqdan bila qoldingiz? — Shoshmasang, bo‘tam, hammasini t u s h u n t i r i b beraman. Aytdim-ku, uncha-muncha sehrgarlikdan xabarim bor deb. Bu odamga nisbatan miyamda har xil mulohazalar tug‘ila boshladi. Afti-angori qishlog‘imizdagi chollarga juda o‘xshab ketadi. Ammo mulohazalariga... hech tushunmayapman. Ehtimol, soqchilarga xizmat qiladigan yashirin agentdir, aldab-suldab ushlab olsa-ya! Juftakni rostlab qolsammikan? Lekin unchalik yovuz niyatliga o‘xshamaydi, yuzidan nur yog‘ilib turibdi, so‘zlarida mehr-shafqatning hidi bor. Ehtimol, u robotdir?.. Awalgi kuni ulardan biriga kalla solganman, besh yilga q a m a t i b y u b o r m o q c h i bo‘lishuvdi. Meni ushlagani kelgan bo‘lsa-ya! Oochib qolsammikan? — Yo‘q, bo‘tam, qochishni o‘ylama, — so‘zida davom etdi chol. — Men sen o‘ylayotganingdek soqchining yashirin agenti ham, robot ham emasman. Aslida ularni uncha xushlamayman, ko‘rgani ko‘zim yo‘q. — Men ham ularni yomon ko‘rib qoldim, — deb yuboribman deng beixtiyor. — Ana, fikrimiz bir joydan chiqyapti. — Amaki? — Amaki dema, ustoz cle. — Ustoz... kechirasiz, ustoz amaki, mening miyamdagi fikrlarni siz qanday bilib olyapsiz? — Men birovlarning fikrini o‘qiy oladigan sehrli ilm egasiman. — Sehrgarmisiz? — shunday deb sal nariroq o‘tirib oldim. — Butunlay bo‘lmasa ham, har qalay uncha-muncha xabarim bor. Qani, biror narsa o‘ylagin, topa olarmikanman. — O‘yladim. — Bu chol bari bir robot bo‘lsa kerak, deb fikringdan o‘tkazding. — Voy, topdingiz, xuddi shunday deb o‘ylayotuvdim, — ham qo‘rquv, ham sevinch vujudimni qamrab oldi. Beixtiyor o‘rnimdan turib ketdim, — yana o‘ylaymi? — O‘yla, xohlaganingcha o‘ylayver. — O‘yladim. — Oh, shu ilmni men ham o‘rgansam qanday soz bo‘lardi-ya, degan fikr o‘tdi boshingdan. Topdimmi? — Amakijon! — shu daqiqalarda men hayrat ham quvonchim oshganidan bo‘lsa kerak, o‘zimni yo‘qotgudek bir ahvolga tusha boshlagan edim. Ootib qoldimmi, sakrab turib, chol buvani o‘pib oldimmi, ehtimol, unisiyam, bunisiyam bo‘lib o‘tgandir, rostini aytsam, bilolmay qoldim. — Yetmish yildan buyon har kuni shu yong‘oq tagiga bir kelib ketishim bor, — yelkamdan ohista-ohista silab davom etdi chol buva, — chunki, bo‘tam, shu yong‘oq ostida men qaytadan tug‘ilganman. Qalbimda umid chiroqlari qaytadan yongan. Bugun ham bir kelib, yangitdan tug‘ulishimga guvoh bo‘lgan sehrli daraxtni bir tavof qilay dedim. Kelsam, sen o‘tiribsan. Yoningga cho‘lckanimni sezmading. Miyangdan lov-lov etib hovur ko‘tarilyapti. Men, bo‘tam, inson vujudidan ajralib chiqadigan biologik energiyani o‘rganish ilmi bo‘yicha ham mutaxassisman. To‘g‘rirog‘i, eshityapsanmi, to‘g‘rirog‘i shu ilmga asos solganlardan biri bo‘laman. Yuzga yaqin ilmiy ishlariin e’lon qilingan. Hoynahoy, eshitmagandirsan? — To‘g‘ri aytdingiz, mutlaqo eshitganim yo‘q. — Keyinchalik bu kitoblarni senga beraman, o‘qib chiqasan... Odam bolasi fikrlayotganda, fikrlash marka?i, ya’ni miyada juda ko‘p energiya sarflanadi. Ana shu energiyaning bir qismi miyada qat-qat bo‘lib taxlanib yotgan so‘zlarni qo‘zg‘ash, bir-birlari bilan qo‘shish, ajratish uchun sarflanadi. Energiyaning boshqa bir qismi esa miyadan yuqoriga ko‘tarila beradi. Ko‘tarilayotganda so‘zlarning shakli bilan aralash-quralash bo‘lib ko‘tariladi. Tushunyapsanmi ? — Hech narsa tushunmayapman, — dedim battar xijolat bo‘lib. — Sen, Akbariy, rostgo‘y bola ekansan. T u s h u n maganingni ochiq aytyapsan. Mana shu fazilating menga ma’qul kelyapti. Umr bo‘yi rostgo‘y odamlarni axtaraman. Rostgo‘ylik qalbning pokligi, shaxsning kamoloti belgisi. Rostgo‘y odamlar bilan yashash — quvonchli bo‘ladi, huzur qilasan. Xo‘sh, nima deyotgan edim?.. O‘sha miyadan ko‘tarilayotgan energiya o‘zi bilan birga miyadagi so‘z shakllarini ham tashqariga olib chiqadi, chiqadi-yu, darhol so‘na boshlaydi. Diqqat qilgan odam bu so‘zlarni bemalol o‘qisa bo‘ladi. Lekin, bo‘tam, bu xususiyat, ya’ni hovurga aralashib ko‘tariladigan so‘zlar shaklini ajrata bilish xislati hammada ham uchray bermaydi. Xudoga ming qatla shukur, tabiat shu fazilatni menga ato qilgan ekan. Lekin inson bolasidagi har qanday fazilat ham tinimsiz mashqu erinmasdan o‘tkaziladigan tajribalar tufayli kamol topadi. O‘ttiz yil mashq qildim, tushunyapsanmi, bo‘tam? — O‘ttiz yil deganingizga tushundim-u, boshqasiga aqlim yetmayroq turibdi. — Yana haq gapni aytding, — kulib hikoyasini davom ettirdi chol buva, — oqko‘ngillik ham rostgo‘ylik singari insondagi eng yaxshi fazilatlardan. Bunday kishilar hamisha yoqimtoy, hamisha suyukli bo‘ladilar... Shunday qilib, yoningga kelganimni sezmay qolding. Ichingga o‘t ketganmi, boshingdan lov-lov alanga ko‘tarilyapti. Alanga aralash chiqayotgan so‘zlarni o‘qiy boshladim. O‘lishim kerak, o‘lishim kerak, deb takrorlayapsan. Bir mahallar o‘zim ham mana shunaqa ahvolga tushgan emasmanmi, senga rahmim kelib ketdi. Bu yigitchani og‘ir ahvolidan qutqarishim, albatta, qutqarishim zarur, deb o‘yladim. Baxtsizlikka u c h r a g a n bir i n s o n g a y o r d a m i m tegmasa m e n i n g olimligimdan nima foyda... Oani endi, bo‘tam, menga nega o‘zingni osmoqchi bo‘lganligingni bir boshdan so‘zlab berchi. So‘zlaysanmi? — Jonim bilan, — dedim shoshilib. Qasam ichib aytamanki, men bu cholni astoydil yaxshi ko‘rib qoldim. Sehrli ilm egasi bo‘lgani uchun emas, yo‘q, bu ilmga hali men u n c h a t u s h u n m a y r o q t u r i b m a n , robotlarni hushlamagani uchun ham emas, yo‘q-yo‘q, yuzidan nur yog‘ilib turgan bu amakini mendan ko‘ngil so‘ragani, o‘zimga o‘xshab rostgo‘yu ochiqko‘ngil bo‘lgani, meni o‘ziga teng olib so‘zlashayotgani uchun ham yaxshi ko‘rib qoldim. Biron kishini xush ko‘rib qolsam, qulfi dilim ochilib ketadi. O‘rtog‘im Hoshimjonga o‘xshab bulbuligo‘yo bo‘lib qolaman. Esimni taniganimdan beri xotiramda nima saqlanib qolgan bo‘lsa, hammasini bir boshdan so‘zlashga tushdim. Hech narsani yashirmadim, o‘zimdan hech narsa qo‘shmadim ham. — Achinarli, g‘oyat achinarli kechinmalar, — dedi so‘zimni tugatishim bilan Dar Daraja, bu mo‘tabar kishining ismi shariflari ana shunaqa ekan, yelkamni silab qo‘ydi, — lekin, bo‘tam, buning uchun o‘zingni osishing shart emas edi. — Unda nima qilishim kerak edi? — Yordam so‘rab, mening huzurimga bormabsan-da. — Men sizni tanimas edim. — Lekin buyog‘i ham bor. — Amaki? — Meni hamma ustoz deb chaqiradi. — Menda ham ajoyib bir fazilat bor. — Qani, eshitaylik-chi. — Burnim g‘oyat rivojlanib ketgan. — Ya’ni? — Ya’ni, masalan, ming xil hidni bir-biridan ajrata olaman. — Yo‘g‘-e! — O‘lay agar, rost aytyapman. Hatto militsiyada meni iskovuch it o‘rnida xizmatga ham olmoqchi bo‘lishgan. Oyim ko‘nmagan. Ishonmasangiz sinab ko‘rishingiz mumkin. Aytaymi? O‘rnimdan salcrab turib, o‘n metr nariga bordim-da, ikki ko‘zimni chirt yumib, burnim orqali chuqur-chuqur nafas oldim: — Chap yelkangiz ostiga chipqon chiqqanga o‘xshaydi. Yara madda olib, patosga aylanibdi. Maddadan qo‘lansa hid taralyapti. — Lekin, bo‘tam, to‘g‘ri aytding. E, tovba! — Yana aytaymi? — Oani-qani. — Kostumingizning o‘ng cho‘ntagiclan taxi buzilmagan qog‘oz pullarning hidi ufuryapti. — Ofarin! — Shimingizning chap cho‘ntagida atir sepilgan ro‘niolcha borga o‘xshaydi. — Yopiray! — Ikki poy paypog‘ingiz bir-biriga sira ham o‘xshamaydi, — deya yana to‘yib-to‘yib havo simirdim, — bir oyog‘ingizda ip paypoq, kecha yuvilgan bo‘lsa kerak, kir sovunning hidi bor. Boshqasida neylon. Neylon bilan terning qorishgan hidini sezyapman. Dar Daraja shoshilib botinkasini yechdi-yu, qishloqchasiga qilib aytadigan bo‘lsak, tarrakdek qotib qoldi. So‘ng asta-sekin o‘ziga kelib, qichqirib yubordi: — O‘g‘lim, bo‘talog‘im, — qulochini keng yozgancha yalangoyoq holida menga qarab tashlandi, — kel, bir bag‘rimga bosay, kelaqol, o‘g‘lim. Xudo haqqi, bunaqa fazilat egasini men salkam o‘ttiz yildan buyon axtarardim. Topdim uni, ha-ha, topdim! O‘g‘lim, biz birgalashib ishlaymiz endi. Mening biotok o‘qish qobiliyatim bilan sening hid olish holating qo‘shilsa buyuk kashfiyotlar tug‘iladi. Insoniyat yengil nafas oladi endi. Qani, ketdik biznikiga. Bugundan boshlab menga ham suyukli o‘g‘il, ham tirishqoq shogird bo‘lasan. Istiqboling porloq, burning qurmag‘ur! Bir emas, bir necha fanlardan doktor bo‘lasan, professor bo‘lasan! — Mehmonxonadagi qarzim nima bo‘ladi? — tortinibroq so‘radim o‘rnimdan turayotib. — O‘zim to‘layman, tashvishlanma, To‘lg‘on qampir! Qani ketdik, biznikiga boramiz. Birga yashaymiz. UMRNI UZAYTIRADIGAN INSTITUT X aloskorim professor Dar Daraja chindan ham ajoyib odam ekan. Mehmonxonadagi qarzimni to‘lab, To‘lg‘on kampir Otaxonovaning nafaqa daftarchasini qaytib olgach, uyiga olib ketdi. Shahar chekkasida turarkan. To‘rt xonali uy, pishiq g‘ishtdan tiklangan, ko‘rimsizgina. Ammo yarim gektarcha keladigan bog‘iga, hay-hay, gullarni shunaqa ko‘p ekibdiki, shunaqangi xillabdiki, bu dunyoda qancha navi bo‘lsa, hammasidan ko‘kartiribdi desam ishonavering. Yo‘q, bari bir ta’riflay olmayman. Ko‘z ko‘rgan bilan, til ojiz bo‘lgandan keyin odamning qo‘lidan nima ham kelardi. Bamisoli gul bargidan atir tayyorlaydigan zavodga kirib qolganday bo‘ldim. Xushbo‘y hidning mo‘lligidan ham odam bolasi mast bo‘lishini men o‘shanda ko‘rdim. Ruhimga charog‘onlik, qalbimga quvonch quyila boshladi. Shirin-shirin e n t i k y a p m a n . Entikkanim sari n a z a r i m d a yosharib borayotgandekman. Gullar hididan odam yosharar ekan-da, degan fikr ham o‘tdi boshimdan. Chaqchaqlashib sayrayotgan qushlarni aytmaysizmi. Men ularning nomlarini bilmayman. Ovozini ham ilgari eshitmaganman. Qiziq, qushlar ovoziga diqqat bilan quloq solsangiz, bora-bora o‘zligingizni unutib, ularning dunyosiga ketib qolar ekansiz. Xuddi xayoldek yengil q a n o t bog‘lab, uchayotgandek, o‘shalarga qo‘shilib chaqchaqlashayotgandek his qilarkansiz o‘zingizni. Oyijonim, odam bolasi begunoh bo‘lsa o‘lganda alba tta jannatga tushadi, jannatda anvoyi gullar ochilib, ilohiy qushlar sayrab turarmish, degan edi. Kim biladi deysiz, men o‘lgandirmanu, jannatga tushib qolgandirman. Dar Daraja jannat malikalarining katta bobosidir-u, meni o‘ynatib yurgandir... Yo‘q, bu gaplar hammasi afsona, yolg‘on. Men o‘lgan emasman. Xaloskorim o‘z qo‘li bilan yaratgan go‘zal bog‘da sayr qilib yuribman. Shirin-shirin entikyapman. Mana, entikayotganimni sezib turibman-ku, axir. Ustozimning jufti haloli bundan o‘n yil oldin rashk kasaliga chalinib, olamdan ko‘z yumgan ekan. — U paytda, — deya negadir izoh bera boshladi ustozim, — hali rashk kasalining davosi topilmagan edi. — Hozir-chi, — deya so‘radim garchi bu kasalning ma’nosiga tushunmasam ham. — Hozir... hal qilganmiz, — o‘ychan javob qaytardi ustozim. Sakson yoshligi nishonlanayotgan kuni ustozim begona bir kampir bilan bir-ikki bor ko‘z urishtiribdi, o‘sha kampir bir quchoq gul keltirgan ekan. Ustozim sovg‘ang uchun katta rahmat, degan ma’noda ko‘z qisgan ekan. Xotini, uning ismini so‘rab o‘tirmadim, zimdan kuzatib turgan ekan, sen chol o‘lgur, mana shu kampir bilan yurasan, shekilli, ko‘pincha cho‘ntagingdan kinoning qo‘shaloq biletini topib olardim, yashamay o‘lgur, meni o‘sha tishi tushgan kampirdan qayerim kam, deb janjal ko‘taribdi. Bo‘pti janjal, bo‘pti to‘polon, yubiley azaga aylanibdi. Rashk o‘ti yomon bo‘larkan-da. Kampir o‘sha o‘t ichida yonib o‘libdi. Ustozim yakkayu yolg‘iz qizi va yakkayu yolg‘iz Mu Ti ismli nabirasi bilan turarkan. Bularning otasi mening dadamga o‘xshab araqxo‘r ekan. Dadam-ku, oshkora ichardiya, u bo‘lsa yashirib icharkan. Dadam ichgandan so‘ng hovlini boshiga ko‘tarib ashula aytardi. Bu odam bo‘lsa, ichgach hidini birovga sezdirmaslik uchun bo‘lsa kerak, kafti bilan og‘zini berkitib, baqraygancha, miq etmay o‘tiraverarkan. Bir kuni xuddi shu ahvolda — baqraygancha o‘lib ham qopti. Bu voqeani men ancha keyin eshitganman. Lekin, gap navbati kelib qolgani uchun aytayapman-da, mavridi kelib qolgani uchun yana bitta gap aytsam xafa bo‘lmaysizmi? Mu Ti haqida so‘zlamoqchi edim. Shu qizcha meni o ’ l d i r i b qo‘yayozdi. Ertakni s h u n a q a yaxshi ko‘rarkanki, ishdan qaytishim bilan, qani boshlang, deydi. Ovqatga o‘tirsam, yo‘q, keyin yeysiz, deydi. Hatto, kechalari ham turtkilab uyg‘otib, davomini aytasiz, deb turib oladi. G o h o siz y a s h a g a n m a m l a k a t d a q u r u t n i t e k i n g a u l a s h i s h a d i m i , m u z q a y m o q n i n g kilosi n e c h a p u l , qo‘g‘irchoqlar ashula aytishni biladimi, deya savolga tutib jig‘i-biyronimni chiqarib yuboradi. Lekin o‘zi juda shirin. Xuddi narigi dunyoda qolib ketgan uyimizning bulbulchasi Muattar singlimning rassomlar tomonidan ishlangan nusxasimi deysiz. Kunbo‘yi bobosining gulzorida bulbulday chahchahlab yuradi. Uning onasi Xol Dor kelinoyim haqida hech narsa aytmayman. Kelgan kunim ertasiga qoshiq bilan vilkani ishlatishni bilmas ekansan, deb biqinimni shunaqangi qattiq chimchiladiki, haligacha lovullab turibdi. Shuning uchun ham uning haqida hecham gapirmayinan, o‘la-o‘lgunimcha ham gapirmayinan. Xullas, to‘rtovlon yashay boshladik. Ertasiga nonushtadan so‘ng ustozim ishlayotgan ilmiytekshirish instituti tomon yo‘l oldik. Ilm dargohiga birinchi bor yo‘l olishim, birinchi mustaqil qadam tashlashim. Ehtimol, shuning uchundir, kayfi chog‘, o‘zim ham qushdek yengil, nazarimda yurib emas, uchib borayotgandekman. Yo‘l chetidagi gullar egilib menga salom berayotgandek, yo‘love hilar oq yo‘l tilayotgandek. Ashula aytgim kela boshladi: Olim bo‘lsang, olam seniki, Taqir-tuqur mehnat yo‘q. Hurmat-e’zoz joyida, Listing butu qorning to‘q. — Nima deb g‘ingshiyapsan? — deb so‘rab qoldi bir mahal ustozim. — Ashula aytyapman, shekilli, — deya ochiq iqror bo‘ldim. — Ashulaga hali erta emasmikan? — Xursand bo‘p ketyapman-da, ustoz. — Yaxshi niyat hamisha xursandchilik keltiradi, — deya miyig‘ida kulib qo‘ygandek bo‘ldi ustozim. Institut darvozasi peshtoqiga «INSON» deb oltin harflar bilan yozib qo‘yishibdi. Yo‘q, oltin suvi yugurtirilgan harflar emas, harflarni rosmana oltindan quydirishibdi. Ouyosh nuri tushib, xuddi mash’aldek lovillab yonib turibdi. Darvozadan ichkari kirishimiz bilan ustozim bir boshdan tushuntira boshladi: — Institutning asl maqsadi inson umrini uzaytirish yo‘llarini axtarib topishdan iborat. Tushunarlimi? — so‘radi ustozim. — Tushundim, — deb qo‘ydim. Nega desangiz, chindan ham tushungan edim. Inson umrini uzaytirish yo‘llari ko‘p ekan. Odani umriga zavol bo‘ladigan, ya’ni ajaldan besh kun oldin o‘ldirib yuboradigan sabablar undan kam emas ekan. Lekin o‘sha yo‘llaru o‘sha sabablarning hammasini bir yo‘la o‘rganish qiyin, hatto mumkin ham emas ekan. «Inson» institutining ilmiy xodimlari hozircha umrni uzaytirishning beshta usuli ustida tajriba olib borishni ma’qul ko‘rishibdi. Shahar ma’muriyati juda katta mablag‘ ajratibdi. Ko‘k rangga bo‘yalgan bino qarshisida to‘xtadik. — Professor Dar M o n n i n g laboratoriyasi, — tanishtirishni boshlab yubordi ustozim, — bu yerda inson umrini uzaytirishda vitaminlarning qanchalik rol o‘ynashi muammolari o‘rganiladi. Ikki beti naqsh olmaday qip-qizil, do‘mboq-do‘mboq odamlar har xil mashg‘ulotlar bilan band. Birovi savatda yangi uzilgan olma ko‘tarib o‘tyapti, birovi sabzi archib o‘tiribdi, yana bittasi baqlajonni siqib suvini ehiqaryapti. Chiroyligina bir ayol qovunning sharbatini shishaga solib, silkitayotgan ekan: — Qoyil, — dedim labimni chapillatib. Nega desangiz shu paytda qovun yegim kelib qolsa bo‘ladimi? — Nimasi qoyil? — so‘radi ustozim. — Mazza qilib yeyishadi-da. Ustozim qo‘l siltadi: — Taom yeyish bilan umr uzayadigan bo‘lsa, mechkaylar yeng uzoq umr ko‘rgan bo‘lardi. Gap tamom. Boshqa savolga o‘rin qolmadi. Nari keta boshladik. Sariq rangli bino oldida, umrida ovqat yemagandek qotma, yog‘ochoyoqdek novcha, lekin shunday bo‘lsa ham ranglari toza, harakatlari yengil odamlar qarshisida to‘xtadik. Birinchi qavatdagi katta zalda yoshlarini aniqlab bo‘lmaydigan kampiru chollar har xil mashqlar bajarishyapti. Bitta kampir velosiped minib yuribdi. Ikkita chol, kosovdek oriq qo‘llarida charm qo‘lqop, boks tushayotgan bo‘lsa kerak, bir-birlarining yuzini mo‘ljalga olib turishibdi. Boshqa bir kampir haligi velosiped mingan kampirning yoniga kelib, hov ovsin, tushing endi, navbat menga keldi, deyayotganini aniq eshitdim. La bora tori yaga mashhur sportchi, dovrug‘i olamga ketgan katta olim Chaq Oon rahbarlik qilarkan. Uning, ya’ni mana shu dovrug‘i olamga ketgan olimning fikricha, inson umrini uzaytirishning birdan-bir yo‘li sport bilan muntazam shug‘ullanish ekan. Chaq Qon xalqaro simpoziumda so‘zga chiqib, sog‘ tanda sog‘ aql bo‘ladi, sog‘lom tana har qanday kasallikni tez yenga oladi, jismi sog‘lom kishining dili ham ravshan bo‘ladi, ruhi pok va sog‘lom kishining xulqi ham pok bo‘ladi, degan nazariy fikrni olg‘a surib, olimlarning olqishiga sazovor bo‘libdi. — Tushunarlimi, — odatdagi savolini takrorladi ustozim. — Yo‘q, — deya odatdagiday javob qaytardim men ham. — Nimasiga tushunmading? — Simpoziyum deganingizga tushunmadim. — Simpozium degani — kengash degani-da, bo‘tam. — Ruhi pok deganingiz-chi? — Buni keyinroq tushuntiraman. Hali ko‘p narsaga aqling yetmaydi, shekilli. Lekin shunday bo‘lsayam aytib qo‘yay, professor Chaq Qon o‘zi katta olim-u, nazariy jihatdan jindek chalkashlikka yo‘l qo‘yyapti. Tadqiqotlari asosiga jismoniy tarbiyani olgan. Men bo‘lsam jismoniy mehnatni olgan bo‘lardim. Faqat jismoniy mehnatgina umrga umr qo‘shadi, kishida ma’naviy qoniqish hissini uyg‘otadi. Ma’naviy qoniqish kishi qonini suyultirib, kayfiyatini sozlaydi. Yaxshi kayfiyat umrning uzayishi demakdir. Lekin uyog‘ini surishtirsang, o‘zim ham har kuni sport bilan shug‘ullanaman. Lining xosiyati ko‘p. Lekin sportni hayotning birdan-bir maqsadi qilib olmaslik kerak. Ha, bo‘tam, bu mashg‘ulot umrni uzaytirishda yordamchi vosita deb ta’riflanishi kerak edi. — Amaki? — Ustoz de meni, deyapman. — Ustoz? — Labbay. — Men bari bir sportni yaxshi ko‘raman, mehnatga, negadir toqatim yo‘qroq. — Hozirgi yoshlarning ko‘pchiligi shunaqa, bo‘tam. — Joni-dilim futbol. — Osh bo‘lsayu ish bo‘lmasa, degan ekan bir dangasa, — ustozim chuqur xo‘rsindi. — Ustoz. — Labbay. — Bir narsa so‘rasam maylimi? — Mayli. — Nega bu mamlakatda qovunni yaxshi ko‘rishadi? — Shirin mamlakatning taomi ham shirin bo‘lmog‘i darkor... Lekin, bo‘tam, bu savolingni hozir o‘rganayotgan narsalarimizga daxli yo‘q. Bu haqda keyinroq, bafurja gaplashamiz. Qani yur, endi «OLIMLAR» laboratoriyasi bilan tanishtirib qo‘yay. Keyin vaqtimiz bo‘lmaydi. Bu yerda Un Von degan yuzlari nuroniy, o‘zi ham yoqimtoygina bir kishi bosh-qosh ekan. Menga uning qiziq bir gap aytmoqchiday lablarini qimtib, kulimsirab turishi yoqib qoldi. Lekin bir odatini eshitib, sal g‘alatiroq bo‘lib ketdim. Hamma unvonlarini qopchaga solib, ishga kelganda ham, ketayotganida ham yelkasida ko‘tarib yurarkan. Majlisda so‘z berishsa unvonlarini sanab bo‘lguncha majlis tugab, odamlar tarqab ketarkan. Lekin shunday bo‘lsa ham kamtargina ekan, men bilan qo‘l berib so‘rashdi! Ixtiyoridagi olimlar ham shunaqa zo‘r ekanki, ustozimning qayta-qayta ta’kidlashicha, agar astoydil tikilishsa, toshni yorib yuborishlari ham mumkin ekan. Hammalari birlashib, Shirin qovunlar mamlakati odamlarining umrini yana ham uzaytirish uchun nimalar qilmoq darkorligi haqida bosh qotirisharkan. Ularning fikricha, ilm odam bolasini ichichidan yoritib turadigan mash’al emish. Sportchiga ham, vitaminxo‘rga ham ilm darkor ekan. Masalan, vitaminxo‘r vitamin haqidagi ilmlarni yaxshi bilmasa, undan ko‘p yeb qo‘yib, bo‘kib qolishi yoki sportchi ilm orqali o‘z tanasini yaxshi o‘rganmasa, ortiqcha yugurib qo‘yib, o‘zini-o‘zi nobud qilishi hech gap emas ekan. Gulzor tomondagi deraza yonida o‘tirgan olim olovni otashkurak bilan ushlashning foydasi borligini aslida xalq topgan, lekin shu kashfiyot zamirida qanday haqiqat yotadi, degan mavzuda ilmiy kashfiyotlar qilib, Shirin qovunlar mamlakatiga dovruq taratibdi. Bu olim ham kamtargina ekan. Kirib chiqayotganlarga o‘zini tanishtirib qimmatli vaqtini behuda sovurmaslik uchun peshonasiga taxtacha osib qo‘yibdi. Taxtachada: Professor, fan doktori, Shirin qovunlar mukofoti sovrindori, yetti shogird ustozi, besh bolaning otasi, xotinining eri, qaynona buvisining kuyovi, degan yozuvlar ham bor. — Zo‘r olim ekan! — deb yubordim beixtiyor. — Havasing kelyaptimi? — kulimsiradi ustozim. — Unvonning o‘zidan yigirmata-ya! — Ba’zan uning ko‘pligi ishga xalaqit beradi. — Lekin qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, — dedim shavqu zavqimni yashirolmay, — masalan, professor Akbar Akbariy desalar buning nimasi yomon. — Lekin, b o ’ t a m , s e n d a h a m o ’ s h a n a q a kasal boshlanayotganga o‘xshaydi. — Oanaqa kasal? — Unvon kasali. — Iye, — dedim hayron bo‘lib. — Shunaqa kasal ham bo‘ladimi? — Bo‘lganda qandoq, bo‘tam. — Qani, tushuntirib bering-chi bo‘lmasa. — Vaqti kelib o‘zing bilib olasan. — Bo‘lmasa endi o‘zingizning laboratoriyangizga bora qolaylik. — Buncha oshiqmasang? — Ilmiy ishni tezroq boshlab yuborgim kelyapti. — Ulgurasan hali, — odamning jahli chiqadigan darajada bosiqlik bilan davom etdi ustozim, — eng awal, bu institutning maqsadi va mohiyatiga tushunib ol. Men qachonki bu yerga shogird boshlab kelsam, ishni mana s h u n d a n , ya’ni t u s h u n t i r i s h d a n boshlayman. Qani, tushungan bo‘lsang ayt-chi, institutning maqsadi nima ekan? — Unvon solingan xaltachalarni ko‘tarib yurishdan... Ustozimning qoshlari pastu baland bo‘lib ketganini ko‘rib gapimning uyog‘ini aytolmay qoldim. Ishonsangiz, andak qo‘rqib ham ketdim. — Nima?! — deya menga xunuk bir qarash qildi Dar Da raja. — Kechirasiz, xato qildim. — Kechirasiz emish... Bunaqa beparvo bo‘lsang, — xayriyat, ustozimning yuzlarida o‘rmalab yurgan jahl qayoqqadir yo‘q bo‘lib, o‘rnini kishi birovni kechirmoqchi bo‘lganda yuz va ko‘zlarida allaqanday nuroniylik paydo bo‘ladi-ku, ana o‘shanga o‘xshash mayinlik qopladi, — xullas, bo‘tam, beparvo bo‘lma. Beparvolik odam bolasida boshlanayotgan lavashanglik kasalining alomatidir. Xo‘sh, institutning maqsadi nima ekan? — Umrni uzaytirish yo‘llarini axtararkan. — Xayriyat, sal yaqinlashding, shekilli. Qani, yur, yana bir laboratoriya bilan t a n i s h t i r a m a n . Lekin ichiga kirmaymiz. Keyinroq o‘zing o‘sha yerda ishlayotganlar bilan aloqa o‘rnatib olasan. Ehtimol do‘stlashib ham ketarsizlar. Yaxshi yigitlar ishlaydi. Bir-biridan dilkash. Iste’dod, qobiliyat hammasidan ham mo‘l-ko‘l ularda. Laboratoriyaning nomini «ADABIYOT» deb atasa ham bo‘ladi. — Vatan adabiyotimi? — Ha, shunga o‘xshashroq. Asosan shoir, yozuvchilar o‘tirishadi bu dargohda. Kechasi ijodu kunduzi ilmiy ish. Umrni uzaytirishda badiiy asarning roli tadqiq qilinadi. Badiiy asarlar kishining ma’naviyatini boyitadi, shundaymi? — Shunday, — dedim garchi uncha tushunmagan bo‘lsam ham. — Ma’naviyati boy odam tez kamolotga yetadi, shundaymi? — Shunday. — Kamolga yetgan kishi o‘zini yaxshi anglaydi, bunisiyam tushunarlidir? — Tushunarli. — O‘zini anglagan odam, o‘ziga-o‘zi hukmron ham bo‘la oladi. O‘ziga hukmron bo‘lgan odam, foyda bilan zararni farqlay olgani uchun yomonlikdan tiyilib, yaxshilikka rivoj beradi. Ruhiyatida olijanob xislatlar h u k m r o n bo‘la boshlaydi. Ko‘ngli ham ravshan, umri ham uzun bo‘ladi. Eshityapsanmi? — Eshityapman, — dedimu shosha-pisha so‘rab ham cio‘ydim, — demak, bu yerda yozuvchilar o‘tirarkan-da? — Ha, yozuvchilar o‘tiradi. — Kitob yozishadimi? — Bo‘lmasa ashula aytisharmidi. — Yana bitta savol bersam maylimi? — Xo‘sh? — O‘rtog‘im Hoshimjon to‘g‘risida kitob yozgan yozuvchi ham shu yerdami? — Obbo, bo‘tam-ey, hamon beparvosan. Nazarimda burningning hid olish xislatidan boshqa bironta ham fazilating rivojlanmaganga o‘xshaydi. Xayriyatkim, menga u c h r a b qolganing. Bo‘lmasa bu yurtda rosa sarson b o ’ l a r k a n s a n . A y t d i m - k u , bu yerda safarga kelgan yozuvchilar yashaydi, deb. Ularning asosiy qismi poytaxtda yashashadi. Poytaxt degan so‘zga tushunarsan. O‘zimdan-o‘zim uyalib ketdim. O‘lay agar, juda qattiq uyaldim. Qarang-a, butunlay boshqa mamlakatda, ulkan qovun ichida yuribman-u, narigi dunyoda qolib ketgan yozuvchini surishtirib o‘tiribman-a. Professor Dar Darajani kecha bir marta yaxshi ko‘rgan boisam, endi ikki marta yaxshi ko‘rib qoldim. Shunday ulug‘ bir odam meni o‘ziga teng bilib erinmasdan butun institut dargohini aylantirib chiqdi-ya. Bilmaganimni bildirib, xato qilsam, kechirib bordi-ya. Peshingacha aylandim. O ’ h - h o ’ , bu yerda ajoyibotlar shunaqangi ko‘p ekanki, kibernetik kabinalar, hisoblash mashinalari, qonlarni tekshirib, tarkibini aytib beradigan apparatlar, miyani suratga oladigan mashinalar, tajriba o‘tkaziladigan maydonchalar, vitaminlarni qaynatadigan angishvonadek-angishvonadek qozonchalar, vitamin yeb, semirib yotgan ayollar, sport bilan shug‘ullanib bir yuzu yigirma yoshga kirgan erkaklar... Eh-he, hammasini sanayman desam yana bir kun kerak bo‘ladi. Biriga tushundim, biriga tushunmadim. Tushunsam xursand bo‘ldim, tushunmasam xafa ham bo‘lmadim. Eng muhimi, ta’riflab bo‘lmaydigan darajada kamtar, xuddi o‘zimga o‘xshash oqko‘ngil, hech erinmaydigan, hamisha erkalovchi bir ohang bilan so‘zlaydigan, so‘zlaganda kulib turadigan ustozim Dar Darajani, hozirgina aytganimday, joni-dilimdan sevib qoldim. Endi u kishining etagini qattiq ushlayman. Biron fandan olim bo‘lib yetishmagunimcha qo‘yib yubormayman. SAROITLAR OABRISTONI stozim o‘zi rahbarlik qilayotgan laboratoriya joylashgan bino qarshisiga kelganda, hovlidagi dushxonaga boshladi. Ichkariga Icirish oldidan cho‘milib, pok-pokiza bo‘lib, kiyimlarimizni ham almashtirmog‘imiz, lx)ringki, egnimizga oppoq xalatu boshimizga chuchvara nusxa xaltacha kiyib olishimiz shart ekan. Bo‘lmasa o‘zimiz bilan olib yurganimiz har xil kasallik mikroblari ichkari kirib, laboratoriyani ostinustin qilib yuborishi hech gap emas ekan. Bilasiz-ku, jonidilim muzdek suv, ko‘rganda baliq bo‘p ketaman. Pishqirapishqira naq yarim soat chamasi boshimdan quyib turdim. Nihoyat o‘zim orziqib kutgan laboratoriyaga yo‘l oldik. Eshik oldida ustozim qo‘limdan tortib to‘xtatdi: — Engashib ostonani o‘p! Hayron bo‘lib qoldim. — O‘p deyapman, — keskinroq qilib dedi ustozim. Hamon hayron edim. Tovba, nega bunday qildiryapti ekan, deya bir-ikki bor yelkamni qisib ham oldim. Miyamda charx urayotgan fikrlarni ustozim allaqachon uqib oldi, shekilli: — O‘g‘lim, — deya yumshoqqina qilib gapira boshladi, — har bir kishi o‘zi ishlaydigan dargohni muqaddas bilib, uning ostonasini o‘pishi shart. Kasbga muhabbat degan gapni eshitganmisan ? — Eshitganman. — Bo‘lmasa, engashib ostonani o‘p. Barakalla, yana o‘p. Bu boshqa gap! Qani, endi orqamdan yur. Mana bu zalni men qasamxona deb atayman. Menga shogird tushmoqehi bo‘lgan har bir yigit-qiz shu yerda qasamyod qilib olishga majbur. Devordagi suratlarni ko‘ryapsanmi? Qani, bir boshdan ayt-chi. — Nomlarini bilmayman-da. — Yaqiniga borib, ostidagi yozuvni o‘qi. Suratlar ostidagi yozuvlarni bir boshdan o‘qishga tushdim. — Yo‘q, ovoz chiqarib o‘qi. Ovoz chiqarib o‘qiy boshladim. Ro‘yxatni oxirigacha yetkazolmay, ey tovba, deya yoqamni ushlab tek turib qoldim. Nihoyat, ustozimga yuzlandim: — Bu olimlarning surati bizning maktabimizda ham bor edi shekilli, tag‘in o‘g‘irlab keltirishgan bo‘lmasin? Ustozim kulib yubordi, uzoq kuldi. Meni g‘o‘r, sodda deb kulayotgan bo‘lsa kerak. Kulsa kulaversin, bari bir o‘z f i k r i m d a q o l a m a n . Axir bu s u r a t l a r n i n g k o ’ p i n i direktorimizning xonasida ham ko‘rganman, oiay agar, bir necha marta ko‘rganman... Xayriyat, ustozim kulishdan to‘xtadi. — Buyuk olimlar, — deya o‘z odaticha yana bosiqlik bilan so‘zlay boshladi, — barcha mamlakatlarning olimi hisoblanadi. Tushundingmi? Xo‘sh, nimaga kelib to‘xtagan edik? — Esimda yo‘q, — deb qo‘ydim xijolat bo‘lib. — Demak, menga shogird tushasan, shundaymi? Uf, muncha ezma ekan bu chol. Kechadan buyon topib olgani shu-ya! — Ha, tushaman. — Fan yo‘liga o‘zingni bag‘ishlaysan, shundaymi? — Shunday. Cho‘kka tushib, buyuklar nomiga qasamyod qilishim kerak ekan. Dar Daraja nima desa, o‘shani men ham takrorlab turdim. «Men kim, Soyboshi mamlakatining fuqarosi Akbar Akbariy, ilm dargohiga qadam qo‘yar ekanman, bu dargohni hamisha muqaddas bilib, uni pok saqlayman. Ilm egallash yo‘lidagi barcha mashaqqatlarga chidayman. Buyuklarni hurmat qilaman. Egallagan ilmimni jamiyat yo‘lida sarflayman. Kerak bo‘lsa, ilm yo‘lida jonimni ham qurbon qilaman va yana qasamyod qilib aytamanki: — Mehnatsevar bo‘laman. — Kamtar bo‘laman. — Kattayu kichikka bir ko‘z bilan qarayman. — Manmansirab ketmayman. — Hasad yo‘liga kirmayman...». Nazarimda ikki yuz martacha qasam ichdim, shekilli. Oxiri nima deyotganimni o‘zim ham sezmay qoldim. — Endi buyoqqa yur, — dedi ustozim boshqa bir zalga boshlab, — bu xonaning nomini hamkasblarim hazillashib «Sarqitlar qabristoni» deb atashadi. Mana bu shisha idishlardagi qonlar... sarqitlar namunasi, tushundingmi? — Yo‘q, — dedim, c h i n d a n ham hech narsaga tushunmay. — Mana bu byurokratning qoni. — Mana bu ig‘vogarning qoni. — Mana bu poraxo‘rning qoni, — ustozim bir yuzu yettita s h i s h a c h a k o ’ r s a t d i . Bosh b a r m o q d e k - b o s h barmoqdelc shishachalarda bin da bir, boshqasida ikki tomchi qon yiltirab turardi. Eng vomoni bu xonadan chindan ham qabristonning hidi kelib turgandek, burnim o‘z-o‘zidan jiyirilib ketaverdi. Mening ham qonimni so‘rib olish uchun aldab olib kelgan bo‘lsa-ya, keyin odamlarga, mana bu ishyoqmas, kelgindining qoni, deb ko‘rsatib yursa-ya. Oo‘rqib ketdim. Yuragim gurs-gurs ura boshladi. — Xo‘sh, Akbar Akbariy, leksiyani boshlaymizmi? — xayolimni bo‘ldi ustozim. — Oanaqa leksiya? — Axir sen, bo‘tam, menga shogird tushding. Demak, seni o‘qitishim darkor. — Necha soat o‘qiymiz? — Charchaguningcha. — Tanaffus ham qilamizmi? — Mayda-chuyda savollaringni yig‘ishtirib qo‘y endi. Qani, joylashibroq o‘tirib ol... Shunday qilib, bo‘tam, Handalak shahri ma’muriyati mehnatkashlarning umrini uzaytirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Negaki, turmush shirin, hayot go‘zal, hammayoqda mo‘l-ko‘lchilik, ma’murchilik, odamlar uzoq yashasam deydi. To‘g‘ri-da, bunday shirin turmushni kimning ham t a s h l a b ketgisi keladi. S h u n d a y qilib, m a ’ m u r i y a t odamlarimizning umrini uzaytirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Lekin narigi laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy kuzatishlarga men goh qo‘shilaman, goh qo‘shilmayman. Masalan, mana sport bilan shug‘ullanuvchini olaylik. Badaniga tarbiya berib, umrini uzaytirishmoqchi. Bu yaxshi deylik, lekin to‘satdan bir ig‘vogar uning ustidan yuqoriga tuhmat yozib yubordi deylik. Tuhmat nimaligini bilasanmi? — Yaxshi bilmayman, — dedim. — Ig‘vogar-chi? Ig‘vogar yaxshimi? — Unaqasiniyam hali ko‘rganim yo‘q. — Shu ikkoviga duch kelganda odam bolasi uzoq yashay oladimi? — Oay dam. — Barakalla, o‘g‘lim. T u s h u n m a g a n i n g n i ochiq aytyapsan. Mana shu fazilating menga ma’qul bo‘lyapti. Seni shogirdlikka tanlab yanglishmaganga o‘xshayman. Dunyoda zaharning turi ko‘p, bo‘tam. Ilondan, chayondan, qora-qurtdan olinadigan zaharlar bo‘ladi. Lekin bulardan ham o‘tkirrog‘i ig‘vogarning ig‘vosida, tuhmatchining tuhmatida bo‘ladi. Eshityapsanmi, nega angrayapsan? — Bir marta chayon chaqib oluvdi, hozir o‘sha esimga tushib ketdi. — Chayon chaqqan edi degin? — Ha, urg‘ochisi chaqqan edi, shekilli, og‘rig‘i juda qattiq bo‘lgan. — Xo‘sh, og‘riq necha kun davom etgan edi? — Bir kechayu bir kunduz edi, shekilli. — Ig‘vogar solgan zahar esa bir umr og‘riq beradi. Dilingni yaralab, bu dunyoni ko‘zingga qorong‘i qilib qo‘yadi. Awaliga uncha e’tibor bermadim. Yo‘q, unaqa emas, e’tibor berdim-u, yaxshi tushunmadim, shekilli. Bora-bora fikrimga fikr, aqlimga aql qo‘shilayotgandek bo‘laverdi. Butun vujudim quloqqa aylanib, ustozim nima desa hammasini esxonamga joylab olishga harakat qila boshladim. Ustozimning aytishicha, insoniyatda ig‘vogarlik, chaqimchilik, ichi qoralik, poraxo‘rlik, byurokratlik singari qusurlar ko‘p bo‘larkan. Bu hodisani laboratoriya xodimlari illat deb ta’riflashibdi. Ustozimning fikricha, ana shu illatlami butunlay tugatmaguncha odam bolasining umrini uzaytirib bo‘lmas emish. Handalak shahar ma’muriyati ham shunday fikrda emish. Illatlarni tugatish uchun shahar ma’muriyati bir necha bor qarorlar qabul qilibdi. Lekin juda g‘alati bo‘j^ti. Haligi qassoblar qanoraga go‘sht osib qo‘yganda qovog‘arilar gurillab yopirilib keladi-ku, qassoblar ulami haydamocjchi bo‘lib gavron bilan urganda bitta-yarimtasi o‘lib, qolgani uchib ketadi-ku, ig‘vogarlar bilan poraxo‘rlar ham shunaqa bo‘pti. Oarorlar chiqishi bilan bittayarimtasi qo‘lga tushsa tushib, qolgani gurillab uchib ketaveribdi. Ya’ni ustozimning qayta va qayta ta’kidlab aytishicha, o‘sha uchib ketganlar jamiyat boshiga yana yopirilib kelib, nozik joyini qayta-qayta chaqaveribdi. — Bu arilarni butunlay qirib tashlash kerak! — ustozim shunday deb jahl bilan o‘rnidan turib ketdi. — Poraxo‘rni ham, — deya men ham o‘rnimdan turib oldim. Nega desangiz, shu paytda tipratikan tumshuqli amaki esimga tushib ketgan edi. — Xo‘sh, qanday qilib tugatamiz ularni? — Bilmayman-da, ustoz. — Bo‘tam, bir sen emas, ko‘pchilik bilmaydi hali, men bo‘lsam, uning yo‘lini allaqachon topib qo‘yganman. Xo‘sh, Akbariy, leksiyamizning ikkinchi qismini tinglashga tayyormisan ? — Tayyorman, kutib turibman. — Gap bunday, bo‘tam, qani yaqinroq o‘tir-chi. Hozirgina biz sarqitlar deb atagan hodisani boshqa olimlar ruhning holati, ya’ni xulq-axloqning namoyon bo‘lishi deyishadi. Men bo‘lsam, yo‘q, hamkasblar, yanglishyapsiz, illatlar — bu qonning holati, ya’ni jamiki illatlarning manbai qonda bo‘ladi, deb aytaman. Mening sehrgarligim ham mana shu yerda. Insoniyat qonini illatlar mikrobidan tozalamoq darkor. Tushunyapsanmi ? — Yo‘q, hech narsa tushunmayapman. Mana shu gapimdan keyin aksiga yurib leksiya yana m e n t u s h u n m a g a n t o m o n g a q a r a b og‘a b o s h l a d i . Angrayganimcha jim o‘tiraverdim. Bir tomchi qonda o‘n ikki ming zarracha bo‘larkan. Zarralar foydali, zararli deya ikki t u r g a b o ’ l i n a r e m i s h . B y u r o k r a t n i n g q o n i d a byurokratlik harakatlarini keltirib chiqaradigan zararli zarrachalar ko‘proq to‘plangan bo‘larmish. — Grippga qarshi ulcol qilamiz, shundaymi? — to‘satdan so‘rab qoldi ustozim. — Shunday, — deb qo‘ydim o‘yga tolib. — Ichburuqqa qarshi dori ichamiz, shundaymi? — Xuddi shunday, ustoz. — Xo‘sh, nega endi poraxo‘rga qarshi dori ishlab chiqarmas ekanmiz? — Shunaqa dorini tayyorlasa bo‘ladimi? — Bo‘ladi, Akbariy, bo‘ladi. Buning u c h u n , hali aytganimday, ko‘p izlanishlar qilishga to‘g‘ri keladi. Men bunday dorilarning ko‘pini tayyorlab ham qo‘yganman. Anuv kuni aytuvdim-ku, uncha-muncha sehrgar hamman, deb. Sehrimni bu noyob dorilarga qo‘shib yuborganman. Sinovlar ham tugay deb qoldi. Bugun-erta buyuk safarbarlik boshlab, illatlarni butunlay qirib tashlaymiz. Dorilar zo‘r, o‘tgan hafta shahardagi eng ashaddiy bir yolg‘onchini topib, bir chimdim kaftlatgan edim, yolg‘onchilik bilan o‘tgan umriga afsuslanib, ho‘ng-ho‘ng yig‘lab yubordi. Endi, bo‘tam, mashg‘ulotimizning uchinchi qismini boshlaymiz. Ya’ni sening o‘zing mustaqil ish boshlaysan. Men narigi xonalardan bir xabar olay, shogirdlar nima qilayotgan ekan, ko‘zdan kechirib qo‘yay. Sen, bo‘tam, mana bu lug‘atdan o‘zingga yoqmagan, ya’ni odam bolasining dilini xira qiladigan so‘zlarni, hoy bo‘tam/nega angrayasan, senga aytyapman... Illat deb atasa bo‘ladigan so‘zlarni alfavit bo‘yicha ro‘yxat qilib chiq. Bir vacjt kelib bu so‘zlarni insoniyatning imlo lug‘atidan butunlay o‘chirib tashlaymiz. — Butunlay yangi lug‘at tuzar ekanmiz-da? — Ehtimol, shunday qilishga ham to‘g‘ri kelib qolar. Dar Daraja keksalarga xos og‘ir, vazmin qadam tashlab chiqib ketgach, anchagacha g‘alati bir kayfiyatda o‘tirdim. Yuragimda g‘ashlikka o‘xshash bir narsa qo‘zg‘algandek bo‘ldi. Bir o‘zi dunyodagi barcha sarqitlarga qarshi kurashmoqchi ekan, bitta-yarimta poraxo‘r ushlab olib, o‘ldirib qo‘ysa nima bo‘ladi, unda hamma ish tamom, shundaymi? Yoki bu gaplarni meni sinab ko‘rish uchun aytyaptimi ekan? Tovba, hech tushunolmay qoldim. Nima bo‘lganda ham ustozimning birinchi topshirig‘ini bajarishim, izohli lug‘atni ko‘zdan bir kechirib qo‘ymog‘im shart. Shunday deb o‘yladimu qalin kitobni varaqlashga tushdim. Lekin shu paytda yana bir fikr boshimga kelib qoldi. Ustozim ertalabdan buyon byurokrat degan so‘zni o‘n yetti marta tilga olib o‘tdi. O‘n yetti martagacha hech narsaga tushunganim yo‘q. Oani, izohli lug‘atdan topib o‘qib ko‘raychi, ma’nosi nima ekan, deya o‘yladim-u, ovoz chiqarib o‘qiy boshladim: «Ishga, o‘z vazifasiga rasmiyatchilik bilan qarovchi, hayotdan, jamiyatdan ajralgan, qog‘ozboz to‘ra, sansalorlikni avj oldiruvchi shaxs. Bunday shaxslar rahbar bo‘lgan idorani xudo urgan bo‘ladi». — O‘h-ho‘, rasvo ekan-ku, — dedim-cla, lug‘at kitobini nariroq surib qo‘ydim. Demak, ustozim ana shularga qarshi kurashmoqchi ekan-da. Men bo‘lsam shunday mo‘tabar kishining niyatiga shak keltirib o‘tiribman-a. Yo‘q, Akbariy, endi ikkilanishga chek qo‘y. Yengni shimarib ishga kirishdim. Be harfini ochib qo‘ygan ekanman. Shu harf ostidagi bemaza so‘zlarni daftarimga ko‘chira boshladim. Shaharda illatlar batamom tugatilib, lug‘at qayta tuzilsa, shu so‘zlarni chiqarib tashlanglar, deya tavsiya kiritaman, deb o‘yladim. Bordiyu, bu so‘zlarni shahar lug‘atidan hoziroq o‘chirib tashlab q o ’ y a q o l s a m - c h i , l u g ’ a t d a yo‘q b o ’ l s a i s h l a t m a y qo‘yaqolishadi, demak, illat ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladiqo‘yadi... Axir bu katta kashfiyot bo‘ladi, shunday emasmi? Qarang, shuncha ilmu shuncha aql bilan ustozim shuniyam bilmabdi-ya! Kashfiyot to‘satdan, kutilmaganda tug‘iladi, deganlari rostga o‘xshaydi, ha-ha, rost ekan. Mening ham kashfiyotim to‘satdan bo‘ladiganga o‘xshaydi. Tez kunda dovrug‘im olamga yoyilib ketsa-ya, kechagina bir ahvolda yurgan yigitcha qildi bu kashfiyotni, deya mening haqimda ham kitoblar yozishsa-ya! Shishadagi qora t u s h n i n g qopqog‘ini ochdim-da, Handalak shahri lug‘at kitobidagi o‘zimga yoqmagan illat tashuvchi so‘zlarni bir boshdan o‘chirishga tushdim. O‘ziyam bu mamlakatga kelganimdan buyon berilib ishlaganim shu bo‘lsa kerak. Berilib ishlashning gashti, o‘lay agar, boshqacha boiarkan. Bir lug‘at kitobni tugatib, endigina ikkinchisini ochayotgan edim chuchkira-chuchkira ustozim kirib kela boshladi. — Ap-ch-chu... Xo‘sh, ishlar qalay, — ustozim qattiq tumov bo‘lganga o‘xshaydi, javobimni kutmasdan yana birikki chuchkurib oldi. — A’lo darajada, — quvonchimni ichimga sig‘dirolmay o‘rnimdan turib ketdim, — kashfiyot qildim, ustoz, kashfiyot! — Ap-ch-chu .... Oanaqa kashfiyot? — Shahar fuqarosini illatlardan xalos etishning oson yo‘lini topdim. — Ap-chu, ap-ch-chu... — O‘zingiz bemaza so‘zlarni shahar lug‘atidan o‘chirib tashlaydigan vaqtlar ham keladi devdingiz-ku. O‘sha vaqtni men tezlashtirib yubordim. — Awal illatni tugatamiz devdim, shekilli, ap-ch-chu... Kashfiyotinming mazmunini bayon qilmoqchi edim, Dar Darajaning oq oralagan quyuq qoshlari goh yuqoriga ko‘tarilib, goh pastga tushib o‘ynay boshlaganini ko‘rib qoldim. Ancha mahal yuzimga ma’nosiz tikilib turdi. So‘ng, lug‘atni rasvo qilibsan, galvars, dedi-da, yana bir chuchkirib tashqariga chiqib ketdi. — Qiziq, galvars degani nima ekan? Nahotki buyam Handalak shahri mehnatkashlarining oyog‘ini chirmovuqday o‘ragan illatlardan biri bo‘lsa? Ustozim tashqarida turib ketma-ket chuchkura boshladi: Ap-ch-chu, ap-ch-chu... CHINAKAM KASHFIYOT unday qilib desangiz, bir kun undoq, bir kun bundoq bo‘lib yashayverdim. Biron ishni qoyil qilgan kunim ustozim ham, hamkasabalarim ham rahmat aytishadi. Akbar Akbariy tirishqoq yigit, shu ketishida ketaversa kattakon olim bo‘ladi, deya bir xili peshonamdan o‘pib, bir xili yelkamni beozorgina silab qo‘yadi. Ko‘pincha qovun tushirib qo‘yaman. Shunday paytda hamkasabalarimning qovoqlari ayron xaltaday osilib ketadi. Bir oy deganda nihoyat men bop bir shtat topilib qoldi. Laboratoriyalardan birida ishlayotgan ayollardan biri homilador ekan, tuqqani ketibdi. O‘rniga meni o‘tqizib qo‘yishdi. Ishim uncha qiyin emas, o‘n to‘rtta xonani supurib-sidiraman. Yo‘q, bu ish menga yuklatilmagan. O‘zim ishqiboz b o ’ l g a n i m u c h u n qilaman. Shishachalardagi qonlarni u xonadan bu xonaga yetkazib beraman. Goho katta olimlar choy so‘rab qolishadi. Yo‘q, demayman, ataylab achchiq-achchiq damlayman. Mendan boshqa bu yerda yana o‘n ikki xodim bor. Hammasi ham yaxshi. Bir-biridan dilkash, bir-biridan mehribon, boshqa mamlakatdan kelganim uchunmi menga boshqacha mehr bilan boqishadi. Professor Dar Darajaning suyumli shogirdi deb goho erkalab qo‘ygan paytlari ham bo‘ladi. Laboratoriya xodimlari qoq ikki gruppaga bo‘linishgan. Bir gruppasi, hali aytganimday, illat tashuvchi qonlarni tekshiradi. Boshqasi yaxshilik tashuvchi qonlarni o‘rganadi. Oqko‘ngil, samimiy, rostgo‘y, pokiza, rahmdil, dilbar, quvnoq, mehribon, kamtar, mehnatkash, vafoli... xullas shunga o‘xshash odamlardan olingan qonlar ustida kunbo‘yi bahslashib yotishadi. Ko‘piga t u s h u n a m a n , ko‘piga tushunmayman. Undoq bo‘lgandayam, bundoq bo‘lgandayam bari bir choyni achchiq-achchiq damlayveraman. Gruppalar bir-birini musobaqaga chaqirgan, haftaning oxirida yakun bo‘ladi. Mukofotiga ananasga o‘xshash qovunlar beriladi. Bu yurtda qovunni shunaqa ulug‘lashadiki, asti qo‘yaverasiz. Hatto mukofotlarining nomi ham «Ananas», «Oqurug‘», «Bosvoldi» deb atalib, o‘sha mukofotlarga ana shu qovunlarning surati tushirilgan bo‘ladi. Qarang, shuncha ulug‘lashadi-yu, yana-tag‘in yeganlari qovun! Nahotki odam o‘zi ulug‘lagan narsani o‘zi yesa, deb o‘ylanib ketaman. Xullas, ikki gruppaga bir xilda xizmat qilganim uchun unisi g‘olib chiqsa ham, bunisi g‘olib chiqsa h a m m u k o f o t g a s h e r i k m a n . H a f t a d a qovunxo‘rlik. Ishim yaxshi, kayfiyatim soz bo‘lgani uchunmi rang-ro‘yimga ham qon yugurib, tanimga et bitib, bir chiroyli yigit bo‘lib qoldimki, asti qo‘yaverasiz. Yosh-yosh qizlarning ko‘zi menda. Turgan gapki, Akbariy ham jim turmaydi. Birining biqinidan chimdib, boshqasining sochidan tortqilab qo‘yadi. Xonalardan xonalarga qon tomizilgan shishachalarni olib o‘tayotganimda ko‘pincha burama qopqog‘ini ochib, bilasizku, yangi hid kashf qilishni juda yaxshi k o ’ r a m a n , ichidagisini qayta-qayta hidlab lco‘rardim. Bora-bora bu mashg‘ulotimga shunaqa berilib ketdimki, bir yuzu yetti shishachadagi qonlarni ko‘zimni chirt yumgan holda ham hidiga qarab, bu byurokratniki, bu ichi qora odamniki deya bemalol ajrata oladigan bo‘ldim. Xizmat qilayotganimning to‘qqizinchi oyimidi, o‘ninchi oyimidi aniq esimda yo‘q, har qalay bahor payti edi-da, o‘sha kuni ustozim Dar Daraja beli og‘rib, xizmatga chiqmadi. Ish buyuradigan odam yo‘q. Zerikkanimdan qonlarning o‘zim tuygan hidini daftarga yoza boshladim. Har narsa bo‘lay agar, buni men kashfiyot uchun emas, shunchaki zerikkanimdan qilayotgan edim. Ig‘vogarning qonidan sassiq qo‘ng‘izning hidi keladi, poraxo‘rning qoni sariqqa moyil bo‘lib, palag‘da tuxumning sasigan hidi bor, byurokratning qoni rangsiz, aynigan mol go‘shtinikiga o‘xshash hid tarqatadi, deya yoza boshladim. Kechga tomon yozishga qattiq berilib ketgan ekanman, belini ushlab inqillagancha kirib kelgan ustozimni ham sezmay qolibman. — Nima qilyapsan, bo‘tam? — deya so‘radi tepamga kelib. — O‘zingiz aytgansiz-ku, bekor o‘tirguncha bekor ishla deb, qonlarning hid orqali farqlanishini yozyapman. — Hid orqali farqlash ham mumkin ekanmi? — Mumkin ekan. — Qani, daftaringni buyoqqa ber-chi. Ustozim yozganlarimni bir o‘qidi, ikki o‘qidi, so‘ng apgraygancha menga uzoq tikilib qoldi. Ko‘zi ochiq holda uxlab qoldimi, uyg‘oqmi bilib bo‘lmasdi. Bir mahal stolni qattiq urib, qichqirib yubordi. — Obbo, galvarsginam-ey! — Nega urishasiz? — dedim andak cho‘chib. — Buyuk kashfiyot-ku bu! Shunday deb, ustozim daftarni bag‘riga bosgancha, bel og‘rig‘ini ham unutdi, shekilli, yigitchalardek yengil-yengil qadam tashlab chiqib ketdi. Ertasiga.,. Ha, ertasiga shonu shuhratlarga ko‘milgan kunlarimning boshlanishi bo‘ldi. Gap shundaki, Handalak shahri olimlari to shu kungacha qonda faqat bir xil hid bo‘ladi deb hiosblab kelishayotgan ekan. Bir yo‘la bir yuzu yetti xil qonning hidiga ta’rif berilishi hammalarini dovdiratib qo‘yibdi. Laboratoriyamizdagi katta-kichik olimlar tuni bilan uxlamay, biz ham buyuk kashfiyotning tug‘ilishiga guvoh bo‘laylik deb, har tomonga zir yugurishibdi. Biri mikroskopga yopishgan, ilckinchisi qizil va oq qon tanachalarini fotosuratga olgan, uchinchisi hisoblash mashinasiga programma tayyorlagan... Ertalab kelsam, sarqitlar xonasiga odam sig‘may ketibdi, har olimlarki savlatidan ot hurkadi deng. Institutimiz direktori Ustun Ustuniyning ko‘zlari menga tushishi bilan: — Ana, o‘zi ham kelib qoldi, — deya uymalashib yotgan xodimlarni uyoq-buyoqqa surib, men tomonga yo‘l ochdi. Ertalab chaqirilgan ilmiy kengash bir tomondan mening kashfiyotimni tasdiqlab, jahonshumul deb atabdi va yana shunchalik buyuk kashfiyotni mendek oddiygina bii yigitchaning qilishiga andak shubha bildirib, tag‘in bu kashfiyotni o‘g‘irlab olgan bo‘lmasin, axir odam bolasi birgina qonning o‘zida bir yuzu yetti xil hid borligini bilolmaydi-ku, deya pastu baland gaplar ham aytishibdi. Ustun Ustuniy meni bag‘riga olib, o‘pib, tabriklagan bo‘ldi-da, so‘ng yonidan joy ko‘rsatib: — Marhamat qilib o‘tirsinlar, — deb qo‘ydi. H a m m a m i z o‘tirdik. G‘alati jimlik cho‘kdi. Men qishloqlik bir bola emasmanmi, bunaqangi katta olimlar davrasida birinchi bo‘lishim edi, andak o‘ng‘aysizlana boshladim. Uyalganimdan goh barmoqlarimni qisirlatib uqalayman, goh hech zarurati bo‘lmasa ham qo‘llarimni cho‘ntagimga yashiraman. Jimlikni Ustun Ustuniyning yo‘g‘on ovozi buzdi: — Muhtaram yosh olim, sizdan bir-ikki savol so‘rasak malol kelmaydimi? — Yo‘q, malol kelmaydi,— dedim hamon o‘ng‘aysizlanib. — Bu kashfiyot yolg‘iz o‘zingiznikimi? — Yolg‘iz o‘zimniki. — Necha yil davomida qildingiz bu kashfiyotni? — Kecha ertalab boshlovdim. — Demak, hurmatli hamkasaba, siz qonning hidiga qarab o‘sha qon egasining xulqi-axloqidagi qusurni aytib bera olasiz, shundaymi? — Xuddi shunday. — Sinab ko‘rsak, malol kelmaydimi? — Yo‘q, malol kelmaydi. Ko‘zimni yetti qavat qora latta bilan bog‘lab qo‘yishdi. Kimdir qarshimdagi stolga shishacha keltirib qo‘ydi. Turgan gapki, bu shishacha ustiga yopishtirilgan qog‘ozga kimdan, qachon olinganligi, ushbu qon egasining xulqi-axloqida q a n d a y q u s u r k u z a t i l g a n l i g i h a m qayd q i l i n g a n . Shishachaning burama qopqog‘ini ochib, bir-ikki hidlab ko‘rdim: — Chaqimchining qoni. Boshqa shishachani keltirishdi. — Hasadgo‘y, ichi qora odamning qoni. Uchinchi shishacha kelib tushdi: — Amalparastniki! Shundan so‘ng shishachalar ketma-ket kelib tushaverdi. Men ham: — Maqtanchoqniki! — Oo‘rqoqniki! — Yolg‘onchiniki! — Laqmaniki! — deya belgisini aytaverdim. Bir mahal, bilmadim, qirqinchisiga borgandami, yoki elliginchisidan keyinmi, chuqur-chuqur nafas olaverganimdan bo‘lsa kerak, burnimning ichi xuddi olov yoqilgan tandirdek qizib ketganini sezib qoldim. Buyog‘i endi qandoq bo‘lar ekan, deb turuvdim, xuddi shu daqiqada tomni ko‘chirgudek gulduros qarsak yangrab qolsa, bo‘ladimi! Kimdir ko‘zimni echa boshladi. Ustun Ustuniy meni dast ko‘tarib, yuzu ko‘zlarimdan o‘pa ketdi. Institutimizning shonu shuhratini olamga yoyadigan bo‘lding, degani elas-elas qulog‘imga chalinib ham turibdi. O‘sha kuni, o‘sha zahotiyoq ilmiy kengashning qarori o ’ q i b e s h i t t i r i l d i . M e n g a , y a ’ n i xorijiy Soyboshi mamlakatidan kelib, professor Dar Darajaning qo‘lida tahsil ko‘rayotgan yosh olim Akbar Akbariyga meditsina fanlari nomzodi degan unvon berildi. Yana qarsak yangradi, har tomondan olqishlar yog‘ila ketdi. Biri o‘pib, boshqasi qo‘limni siqib tabriklashardi. Kimdir biqinimga shunaqangi qattiq turtdiki, tilimni tishlab qoldim. Nega bunday qilganiga haligacha tushunolmayman. To‘polonda kimligini ham bilolmay qoldim. Bilganimda ham bari bir hech narsa deyolmas edim. Nega desangiz, shunday xursand, shunday shod edimki, kallamni olib qo‘limga tutqazib ketishganda ham g‘ing demagan bo‘lardim. Tabrik kechgacha to‘xtamadi. Institutimizda qancha ilmiy xodim bo‘lsa, hammasi yopirilib kelaverdi. Men kashfiyot qilganim uchun emas, kashfiyot shular ishlab turgan institutda bo‘lgani uchun xursand edi ular. Kechgacha mast odamday dovdirab, gandiraklab yurdim. Nima deyishayotganini, nima qilishayotganini yaxshi anglamasdim. Shuning u c h u n ham erta va indinisiga nechta muxbir bilan suhbatlashdik, necha marta suratga tushdim, bular o‘zi qaysi gazetadan kelishdi — ana shularni ham payqamay qoldim. Uchinchi kuni tabriklar oqimi bir oz susayib, entikishu hayajonlar ham kamayib, sokin daqiqalar endi boshlanayotgan edi, to‘satdan gazetalarda mening haqimda yozilgan maqolalar paydo bo‘la boshladi. Oh-oh, shunaqangi shirin so‘zlar, chiroyli maqtovlar ediki, agar bu olqishlarning o‘ndan biri maqtanchoq do‘stim Hoshimjonning sha’niga aytilganda, b u t u n obro‘yimni o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, yuragi yorilib o‘lgan bo‘lardi. Gazetalarda bosilayotgan suratlarim chindan ham rang-barang edi. Birida ustozim Dar Daraja ikkovimiz laboratoriyada shishachalarga ko‘milib o‘tiribmiz. Ostiga «Ustoz va shogird» deb yozib qo‘yishibdi. Boshqasida yolg‘iz o‘zim. Iyagimni kaftimga tiragancha, ko‘zlarimni bir nuqtaga tikib, qotib turibman. Ostiga «Yosh olim xayol surmoqda» degan so‘zlarni yozishibdi. Uchinchisida qovun so‘yayotgan paytim suratga olingan. Xullas, gazetalar bong urishda bir-birlari bilan musobaqa o‘ynayotgandek edi. Hatto shahar gazetasida mana bunday maqolani ham bosib chiqarishibdi: <<I<ASHFIYOT O‘Z BAHOSINI OLMADI Hech shubha yo‘qki, «Inson» instituti mamuriyati ilmiy xodimlarining unumli ishlashi uchun zarur sharoit yaratib bergan. Ahillik muvaffaqiyat garovidir. Mana shularning natijasi o‘laroq yosh olim Akbariyning ilmiy kashfiyoti bo‘ldi. Ammo olamshumul bu kashfiyot ilmiy kengash tomonidan yetarli baholanmaganga o‘xshaydi. Handalak shahar olimlari dunyoda yetti xil hid borligini aniqlaganlar. Har bir hid aniqlanganda uni topgan olimga fan doktori unvoni berilgan. Xorijiy olim Akbar Akbariy bo‘lsa, bir yo‘la bir yuzu yetti xil hid borligini aniqlagan. Asrimizning buyuk kashfiyoti bu! Ko‘p sonli gazetxonlar redaksiyamizga murojaat qilib, yosh olimga berilgan ilmiy daraja yetarli emas, deb hisoblamoqdalar. Institut ilmiy kengashi oz qarorini qayta ko‘rib chiqishi, yosh olimning buyuk izlanishlarini yetarli baholashi, kamida fan doktori ilmiy darajasini berishi kerakka o‘xshaydi. Redkollegiya» Hatto kechqurun uyga kelganda ham gazetchilar savoljavobidan qutula olmadim. Bolalar uchun chiqariladigan «Duvaralc» nomli gazetaning muxbiri kelib o‘tirgan ekan. Yaxshi bilamanki, ularga gap qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun adi-badi aytishib o‘tirmasdan, tayyorlab kelgan savollariga shartta-shartta javob qaytaraverdim. — Kashfiyotga necha yoshda kirishgansiz? — Onamning qornidaligimdayoq. — O‘rta maktabda qanday o‘qigansiz? — Nuqul «besh»ga. — Ustozingiz? — Professor Dar Daraja. — Sevgan ovqatingiz? — Chuchvara. — Yaxshi ko‘rgan hidingiz? — Ananas qovunning hidi. — Eng yaqin o‘rtog‘ingiz? — Hoshimjon Ro‘ziyev. — Yaxshi ko‘rgan kiyimingiz? — Jinsi shim. — Orzungiz? — Tarix fakultetiga kirib o‘qish. — Yomon ko‘rgan odamingiz? — Peshonasi yiltiroq robot. Suhbatimiz chala qoldi. Tashqaridan mashinaning cho‘zib-cho‘zib chalgan signali eshitildi. Nima gap bo‘ldi ekan deb endi o‘rnimdan turayotgan edim, shu payt halloslagancha ikkita ilmiy xodim kirib kela boshladi. Ilmiy kengash a’zolari yana majlisga to‘planishibdi. Borishim shart ekan. — T i n c h l i k m i ? — dedim n e g a d i r o y o q - q o ’ l i m bo‘shashib. — Tashvishlanmasinlar, xushxabar bor, — deb qo‘yishdi aytgani kelganlar. Chindan ham meni xushxabar kutayotgan ekan. Haha,xushxabarning eng kattasi, eng quvonchlisi! Ilmiy kengash mening kashfiyotimni qayta ko‘rib chiqib, o‘n ikki varaqlik daftarga yozgan qaydlarimni dol<torlik dissertatsiyasi sifatida baholabdi va menga meditsina fanlari doktori ilmiy darajasini berishga qaror qilibdi. Ko‘zlarimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. Kechagina eshak minib, uyma-uy xat tarqatib... yo‘q, uyog‘ini aytmasam ham o‘zingiz bilib turibsiz. Qiziq, juda qiziq, shunday emasmi! Hayajonim zo‘ridan o‘sha kuni tuni bilan uxlay olmay chiqdim. Yig‘lab ko‘chama-ko‘cha yugurib yurgan oyijonim ko‘z o‘ngimdan nari ketmadi. Goh ukajonlarim chopqillab kelib, bo‘ynimga osilishadi, tabriklashgan bo‘lishadi. Goh dadajonim ko‘zimga ko‘rinib ketadi. O‘sha kuni tushlarim ham sal g‘alatiroq bo‘ldi. O‘rtog‘im Hoshim ikkovimiz beliga yag‘ir toshgan eshagimga mingashib, poygaga qatnashayotgan emishmiz-u, nuqul orqada qolib ketar emishmiz... ISHO DARDIGA DAVO BORMI M en uni o‘sha qovunnusxa avtobusda ko‘rganimdayoq, yuragim taka-puka bo‘lib; sevib ham qolgan ekanman. Ustozimga yo‘liqqunimga qadar ko‘chalarda sarsonu s a r g a r d o n y u r g a n p a y t l a r i m d a u n i n g yodi b i l a n yashaganimni sizga ham aytganman. Hatto oh ursam mehmonxonaning tomini kuydirib yuboradigan darajada edim, deb eslovdim shekilli. Kir ko‘ylakka zar jiyak deganlaridek, o‘zim kimmanu yana-tag‘in birovning qizini sevishimga balo bormi, deb ko‘ksimga bir-ikki urib, uni unutishga harakat qiluvdim, unuta olmagan ekanman. Ishlarim yurishib ketgach, qalbimning bir chetida ustini kul bosib yotgan ishq cho‘g‘i qaytadan alanga olib, butun borlig‘imni lovillatib kuydira boshladi. Ishq jinnilikka o‘xshash bir narsa bo‘larkan. Men ham o‘zimni unutib, jinniga o‘xshab qoldim. O‘ngimda ham, tushimda ham faqat o‘shani ko‘raman. Munchoqdek qopqora ko‘zlari tonggi shabnam qo‘ngandek yiltirab turadigan uzun kipriklari, yangi ochilgan atirgulning bargidek tiniq yuzlari, kumush qo‘ng‘iroqdek jarangli ovozlari, ibo bilan ko‘zlarini suzib g‘alati boqishlari... Yo‘q, men uni izlab topishim kerak. Bordi-yu, topolmasam-chi ? Xo‘p, ana izlab topdim ham deylik, ro‘baro‘ kelishga uyalsam-chi? Xo‘p ana, uyatchanligimni bir amallab yengib, ro‘baro‘ ham keldim deylik, xo‘sh, unga qanday qilib gap qo‘shaman, so‘zimni nimadan boshlayman? Yoki o‘zini ko‘rmasdan, g‘oyibona sevib yuraverganim m a ’ q u l m i k a n ? Lekin qachongacha yuraman, yonib ketyapmanku, axir! Ishtaha yo‘q, uyqu buzilgan, boshim ari to‘ldirilgan qovoqdek guvillagani-guvillagan. O‘zim ham ozib keta boshladim. Burnim osilib, negov qovoqdek bo‘lib qoldi. Bas, yetar, dedim bir kuni o‘zimga-o‘zim. liyatchanligu tortinchoqlik ham evi bilan-da! Axir kichkina odam emasman, fan doktori degan nomim bor. Ertalab turib, obdan yuvinibtarandim. Eng chiroyli kiyimlardan tanlab kiydim, sochimga atir sepib betimga yengilgina upa surtdim. Avtobus bekatida ajralishgan edik. O‘sha yerga borib, jo‘nab ketayotgan, qaytib kelayotgan mashinalarni kuzatib kunni peshin qildim. Yo‘q! Qiziq, yo‘q bo‘lsa qaytaga yana yaxshi, ertaga uchrasharmiz, ungacha o‘zimni ancha bosib olaman, deb o‘ylayman-u, ammo bari bir, bu yerdan qo‘zg‘algim kelmaydi deng. Kech kira boshladi. Qornim ochligidanmi yoki ko‘p hayajonlanganimdanmi, vujudimda qaltiroq turdi. Isitmam ko‘tarilayotganga o‘xshaydi. Xo‘rlikkami, haqoratgami o‘xshash bir tuyg‘u tomog‘imdan g‘ippa bo‘g‘ib oldi. Yig‘lagim kela boshladi. Nimagadir shu paytda oyijonimni ko‘rgim kelib qoldi. Ko‘rganimda, o‘lay agar, issiq ko‘ksiga boshimni qo‘yib, yig‘lab-yig‘lab olgan bo‘lardim. Bekatga so‘nggi avtobus kelib to‘xtadi. Yo‘lovchilar ham tushib bo‘ldi. Yana ko‘rinmayapti... To‘satdan, ha-ha, to‘satdan butun vujudim muzlab ketganday bo‘ldi, qalqib ketdim. O‘sha, xuddi o‘shaning o‘zi. Bir quchoq guldek yashnab tushib kelyapti. Qp’lida o‘shanda ko‘rganim yiltiroq sumkacha, egnida o‘shanda ko‘rganim yal-yal yonib turgan zar ko‘ylak, qora qoshlar andak chimirilgan, qizil gul g‘unchasidek lablar xiyol qimtilgan, chiroyli yuzlarida o‘shanda ko‘rganimdek quvnoqlik, ibo gullari ochilgan... Qarshimda lovillab alanga yongandek bo‘ldi — men tomonga qarab kelmoqda edi. Xuddi shu paytda burnimning kattaligi, bo‘ynimdagi galstugim ustozim Dar Darajaniki ekanligi, qo‘llarim ham uzun va beso‘naqayligi haqidagi bir bemaza o‘y yashin tezligida fikrimdan o‘tdi-yu, ertalabdan buyon mashq qilgan so‘zlarim tomog‘imga g‘ippa yopishib, o‘zim ham Handalak markazidagi marmardek qotdim-qoldim. Xo‘sh, mulla Akbar, ahvollari qalay endi, deydigan odam yo‘q. Oiz ichkariga kirib ketgach, aftidan kassaga pul topshirgani o‘tdi shekilli, yana o‘zimga kela boshladim. Shu holatimdan uyalib o‘zim-o‘zimga xunuk ko‘rinib ketdim. Bir xayolim bugunga shunisi ham yetar, deya shataloq otib qochib qolay ham dedim-u, lekin visol umidida ertaga yana iztirobga tushishimni o‘ylab joyimdan qo‘zg‘almadim. To‘g‘risi, qo‘zg‘ala olmas edim. Negaki, oyoqqo‘limda jon yo‘q, tile turganimcha o‘lib qolgandek edim... Oiz qo‘lidagi sumkachasini o‘ynatgancha, ichkarida qiziqroq bir gap eshitgan bo‘lsa kerak, kulimsirab chiqib qoldi-da, menga orqamdan yuring degandekmi yoki qanaqa bezbet yigitsan, haligacha bezrayib turibsanmi degandekmi, ishqilib, g‘alatiroq bir nigoh tashlab katta yoiga burildi. Orqasidan ergashdim. To‘g‘risi, oyocjlarim o‘zicLm-o‘zi o‘sha tomonga qarab ketgandek bo‘ldi. Oiz xavfsirab, orqasiga bir-ikki qarab oldi-cbi, meni bezori yoki yo‘lto‘sar deb o‘yladimi, qadamini xiyol tezlatgandek bo‘ldi. Men ham tezlashtirdim. Yugura boshlagan edi, turgan gapki, ortda qolmaslik uchun mening ham kunbo‘yi tile turib charchagan sho‘ring qurg‘ur oyoqlarim o‘z-o‘zidan ishga tushib ketishdi. Lekin bu harakatlarim hammasi ixtiyorimdan tashqari yuz beryapti. Yo‘q-yo‘q, deb o‘ylayman, biron so‘z aytishim kerak. O‘sha qalbimni kuydirayotgan muqaddas so‘zni aytish uchun ertalabdan buyon tik turibman axir! Oiz to‘xtadi. Charchaganga o‘xshaydi, qisqa-qisqa nafas olyapti. Ko‘zlari bejo. Vujudidan nafrat yog‘ilib turibdi. Oiziq, bu holatida ham g‘oyat yoqimli, ta’rifga sig‘maydigan darajada go‘zal edi! — Nega orqamdan quvyapsiz? — dedi entikib. — Quvganim yo‘q, — deyman men ham qisqa-qisqa nafas olib. — Soyadek ergashib kelyapsiz-ku? — Kechirasiz... men... men... — Nima men? —Men... — Nima axir?! — Biz, kechirasiz... tanishmiz! — Men sizni tanimayman. — Avtobusda... har xil sharbatlar beruvdingiz. — Biz hammaga sharbat beramiz. — Men... sal boshqacharoq tanishman. — Qanaqaroq? — G‘alatiroq. Oizning yuzu ko‘zlarida istehzogami, mazaxgami o‘xshash bir ifoda barq urib o‘tgandek bo‘ldi: — Jinniroqmi? — Topdingiz, — dedim shosha-pisha, — shu kunlarda jinniga o‘xshab qolganman. — O‘zim ham shunday deb o‘ylovdim. — Nima deb o‘ylovdingiz? — Ertalabdan buyon avtobusda o‘n uch marta kelibketdim, — xayriyat qiz yengilgina kulib qo‘ygandek bo‘ldi. Kulmadi, yo‘q, yuzida qizil gul ochilgandek bo‘ldi, — qachon kelsam o‘rtada qoqqan qoziqdek serrayib turasiz. — Men sizni kutgan edim. — Meni-ya?! — Ha. — Tavba! Gapingiz bormidi? — Bor, bilasizmi... — Ayting tezroq. Tezroq emish, qandoq aytaman axir. Bordi-yu, aytishim bilan tushingizni suvga ayting, deb jo‘nab qolsa-chi? Yo‘q, bir oz yumshatish kerak, otdan tushsa ham egardan tushmay turibdi hali... Buning ustiga, ehtimol, mening kimligimni ham bilmas. Bilsa uncha-muncha yigit emasligimga ishonch hosil qilsa, qalbim o‘rtanayotganligini tushunar, deb o‘yladim-u: — Kechirasiz, meni taniyapsizmi? — deb so‘radim. — Yo‘q, — qiz keskin burilib, jo‘nab keta boshladi. Yoniga tushib oldim: — Men Akbar Akbariy bo‘laman. — Akbariy bo‘lsangiz nima qilay? — Gazetalarda suratimni ko‘rgandirsiz? — Men gazeta o‘qimayman. — Hecham-a? — Hecham. — Men... fan doktoriman. — Nima?! — Fan doktoriman, deyapman. — Demak, hali to‘g‘ri aytgan ekansiz. — Nimani? — Jinniman, devdingiz-ku... — To‘g‘ri. Ishq odamni jinni ham qilib qo‘yar ekan. Kechirasiz, Ismingiz Gu Lamidi? Avtobusda uchrashganimizda shunday degan edingiz, shekilli? — Xotirangiz zo‘r ekan, bunaqa xotira bilan akademik bo‘lib ketishingiz hech gap emas, — qiz to‘xtab, menga qarab iliq tabassum qilgandek bo‘ldi, — xayr, yaxshi yetib oling. — Nega bunday deysiz? — Men uyimga keldim. — Iye, shu hovlida turasizmi? — Ha. — Darvozalaring chiroyli ekan. — Xayr. Endi keting. — Y a n a u c h r a s h u v g a so‘z b e r m a g u n i n g i z c h a ketmayman, mana shu yerda yotib olaman. — Haligi bekatga keling bo‘lmasa. — Oachon kelay? — Xohlagan paytingizda. Darvozaning eshikchasi ovozsiz ochilib, yana shunday berkildi. Qulog‘imni eshik tirqishiga bosgancha ancha mahal jim qoldim. Gu La asfalt yo‘lakchadan yurib borayotgan lx)’lsa kerak, baland poshnali tuflisining taq-tuqi eshitilyapti. Keyin yuragimning urishi ham, tuflining taq-taqi ham birdan tingandek bo‘ldi. O‘zimda yo‘q xursand edim. Bo‘lmasa-chi? Axir men uni, tunlari uyqumni, kunduzlari oromimni o‘g‘irlagan Gu Lani ko‘rdim, ovozini eshitdim. Eng muhimi, ko‘ksimdan itarib tashlamadi, uchrashuvga va’dasini ham oldim. Baxt n a s h ’ a s i d a n mast edim. Goh g a n d i r a k l a y m a n , goh q u v o n c h i n i ichiga sig‘dirolmayotgan yosh boladek lrg‘ishlayman. Goho butunlay begona yo‘lovchilarni quchib: — Meni tabriklang! — deya qichqiraman. JODUGAR OIZ ALDAB KETDI E rtasiga ishim o‘ngidan kelmadi, Gu Lani uchrata olmadim. Uchratsam o‘sha qora qoshligimga ko‘p narsalarni, hatto burnimning hid olish xislati zo‘rligigacha hamma-hammasini so‘zlab bermoqchi edim. Ertasiga ham, incliniga ham, boringki o‘n besh kungacha bekatga qatiiayverib, naq oyog‘imdan qoldim. Keyin o‘sha ko‘chadagi o‘ttiz sakkizinchi uyning qo‘sh qanotli darvozasini poylay boshladim. Xuddi shtatli qorovuldekman. Tunu kun poylayman. Yerga kirdimi, osmonga chiqdimi, bilib bo‘lmaydi. Oalbimdagi alanga esa o‘chakishgandek kuchayib bormoqda edi. Yana ozib-to‘zib ketdim. Burnim tag‘in ham kattalashgandek... Bordi-yu xat yozsam-chi? Ha-ha, yozaman. Axir sevishganlar ko‘pincha xat orqali ham birbirlariga rozi dil aytishadi-ku! Kitoblarda shunday, kinolarda shunday. Xo‘sh, nega endi Akbariy shunday qilmas ekan? Maktubimning birinchi jumlasini, ishonsangiz, naq uch kun o‘yladim. Jonginam Gu La, deb boshlayman, o‘chirib tashlayman. Azizim deyman-u, qog‘ozni yirtishga tushaman. Oaysi so‘zni tanlamay, o‘sha so‘z qalbimdagi dardimni ifodalay olmayotganday, dilini ranjitib, meni hamma narsadan mahrum qilib qo‘yayotganday, oxiri Gu La deya oddiygina qilib yozdim-da, ketiga uchta undov belgisi qo‘ydim. Undovlar qalbimdagi muhabbat otashining ifodasi bo‘lsin deb shunday qildim. «0’sha kundan buyon sizni axtaraman. Nazarimda ko rishmaganimizga ming yil bolganga o‘xshaydi. Ko‘z o‘ngimda hamon gul-gul yashnab turibsiz. O‘zim esa qarib qolayotganga o‘xshayman. Jonim, azizim, mehribonim!!! Yana bir marta ko‘rishaylik, kumush qo‘ng‘iroqdek yoqimli ovozingizni yana bir eshitay, qop-qora qoshlaringizning tamanno bilan chimirilganini, tabassum qilganingizda yuzingizda anvoyi gullar ochilganini yana bir tomosha qilay. So‘ng, maylit o‘limimga ham roziman. Mabodo, o‘lguday bo‘lsam, boshqa joyda emas, ostonangizga bosh qo‘yib jon beraman. Tabarruk va shifobaxsh javobingizni quyidagi adresda kutaman. «Inson» instituti, «Sarqitlar laboratoriyasi». Ishqingizda shamday yonib ado bo‘lib borayotgan Akbar Akbariy». Konvert ustiga «Gu Laxonimga» deb yozdim-da, pochtachilarga ishonmay, o‘z qo‘lim bilan o‘ttiz sakkizinchi nomerli uyga o‘zim eltib tashladim. Oradan ikki hafta o‘tib ketdi hamki, javob bo‘lmadi. Noumid shayton, der edi dadam, men ham umidsizlikka berilmadim. Qayta xat yozayotganimda tanim rohatlanib, qalbimga quvonch, orom quyilayotganini his qilib turardim. «Gu La!!!! — deya bu gal to‘rtta undov qo‘ydim maktubimga. — Ehtimol biron harakatim bilan sizni ranjitib qo‘ygandirman. Agar shunday bo‘lsa, oyog‘ingizga yiqilih million bor uzr so‘ray man. Gunohimni yuvish uchun har qanday jazo bersangiz roziman. Xohlasangiz borib bog‘laringdagi qovunlarni chopib, sabzilaringizni o‘tab beraman. Xohlasangiz, agar qo‘ylaring bo‘lsa, junini olib beraman, fun qirqishga juda ustaman. Xohlasangiz, devorlaringni bo‘rlab beraman} bo‘r suvoqda mening oldimga tushadigani yo‘q. Faqat meni kechirsangiz has. Nega javob yozmayapsizy nega! Ehtimol meni ko‘cha-ko‘yda sanqib yurgan mishiqi bir yigitcha deb o‘ylayotgandirsiz, Unday emas. Chindan ham men katta olimman. Shubhangizni tarqatish umidida «Meditsina fanlari doktori» degan diiplomimdan nusxa olib jo‘natayotirman. favobingizni ming yil kutdim. Endi toqatim tugadi. O‘zim ham o‘lar holatga yetib qoldim. O‘lar holatga yetdim, ishqingda, jonon, Yuzingni ko‘rsam erdl, bir lahza, bir on, Shukur etib ketar edim narigi dunyoga, Oyog ingga qo‘yib bosh taslim etsam jon. Baxti qaro oshiq Akbar Akbariy». Ochig‘ini aytsam, bu maktubimga ham javob kutmagan edim. Lekin, dadam aytganidek, sabr qilgan qui murodiga yetar ekan, dushanba kuni ertalab oyog‘imni arang sudrab bosib, telbalardek o‘zim bilan o‘zim gaplashib ishxonaga borsam, laborant qizlar qiqir-qiqir kulishayotibdi. Hech bunaqa odatlari yo‘q edi. Hayron boidim. Ho‘ birda sizga, bir qizning dumbasini chimdilab olganim uchun xafa bo‘lmagan ekan, tabriklash uchun bir quchoq gul keltirdi, deb aytuvdim-ku, o‘sha qiz stolim ustiga tap etkazib konvert tashladi: — Siz ham pismiq ekansiz-ku! — dedi negadir alamli bir ohangda. Xatga ko‘zim tushishi bilan entikib ketdim. Nazarimda oyog‘im ostidagi yer chayqalgandek, hovlidagi dov-daraxtlar, osmonda uchib yurgan qushchalar bir yo‘la ashula boshlab y u b o r g a n d e k , olarnni m u a t t a r hidlar qoplagandek, hammayoq shodligu quvonchlarga to‘lib ketgandek... Yeru ko‘kni to‘ldirgan bu tuganmas masrurlikni konvert ustiga bitilgan «Gu La xonimdan» degan birgina so‘z olib kelgandek. Konvertni o‘pdimmi yoki uni keltirgan do‘ndiq qizni quchib o‘pdimmi, bilolmay qoldim. Faqat uning: — Uyatsiz! — degan so‘zini arang eshitdim, xolos. Konvertni ko‘ksimga bosgancha ko‘chaga yugurib chiqib ketdim. Ehtimol hamkasblarim meni jinni deb o‘ylashayotgandir. O‘ylashsa o‘ylashar, aslida ham shundaymanku, axir. Xilvat xiyobonlardan biriga borib, xatni qaytaqayta o‘qiy boshladim. Yo‘q, bu maktub emas, qalbim yarasiga bir malham edi. Tunlari uxlamay chiqqan iztiroblarimga yuborilgan bir mukofot edi. Yana boshidanoyoq hazil bilan yozilganini aytmaysizmi! Qizlarning hazil qilganini yaxshi ko‘raman. Hazillashish ko‘ngil yaqinligi alomati. Hazil dillarni dillarga payvand qiladi. O‘rtadagi begonasirash pardasini olib tashlaydi. Jon ato qiluvchi shifobaxsh bu maktubni siz ham bir tinglang. «Azizim Akbar Akbariy, voy xudoyim-ey, haliyam tirik ekansan. Men senl tavba qildim deb gapiray, ormonzorda bo‘lgan katta jangda shahid bo‘lgansan deb yurardim. Oti o‘chgur qora xat ham keluvdl shekilli. Yaratganga ming qatla shukur, tirik ekansan. Ko‘rishmaganimizga ming yil bo‘ldi, debsan. Voy, xudo olguney, vahimarig haliyam qolmabdi-ya. Bomyo‘gi qirq bir yil bo‘ldi, xolos. Har kunini sanab o liribman-a. Hoy, nega otingni o‘zgartinb olding. Ak Bor eding shekill’rku. Ha, mayli, nima bo‘lsa ham link ekansan, shunisiga ham ming qatla shukur. Hoy, >1/? Bony turmush quraylik deb yozibsan. Esing joyidami, munkillab qolgan kampirni endi boshingga urasanmi? Yoki qariganingda beling og‘risa, kepak qlzdinb bosadigan daslyor kerak bo‘lib qoldimi? Voy o‘lmaguney, haliyam hazilkashliging qolmabdrya. Hamon o‘sha~osha qiziqsan. Kelsang haftaning oxiriga, shanba kuni kel. Ungacha uyoqbuyog‘imni sal tartibga keltirib olay. Yo‘lingni qirq bir yil intizor Cu La lang». poylagan Ko‘ryapsizmi, m e n t a n l a g a n q i z n i n g q a n c h a l i k hazilkashligini. O‘zim ham andak hazilkashroqman. Dadamning aytishicha, hazilkash odamlarning umri shirin kecharkan. Uzoq yasharkan. Eson-omon turmush qurib olsak, nazarimda biz ham uzoq yashaydiganga o‘xshaymiz. Shanba kuni ertalabdanoq yetib bordim. Darvozani uchto‘rt qoqdim. Ovoz bo‘lmadi. Bilasiz-ku, bunaqa paytda odiim bolasicki sabr-toqat degan narsa tugab qolgan bo‘ladi. Eshikni qiya ochib: — Kim bor? — deya chaqirdim qo‘rqa-pisa. — Kelaver,— xastaroq bir ovoz eshitildi ichkaridan. Yurak q u r g ’ u r yana hapriqa boshladi. Ertalabki jasoratimdan asar ham qolmadi. Hovliga kirdim. Xarob bo‘lib yotibdi. Yo‘laklar supurilmagan, o‘rtadagi maydonchaga gul ekishgan ekan, yaqin o‘rtada suv quyilmaganga o‘xshaydi, qovjirab yotibdi. Ayvondagi yog‘och so‘ridan bir kampir inqillab boshini ko‘tardi: — Kelaver, bolam, kelaver. Ko‘zim atrotda. Gu Laxonni axtaraman. Buvisining oldida ko‘rishishimiz noqulay bo‘lmasmikan, deya ikkilanib ham turibman. — Yal Piz kampirning nabirasimisan? — so‘radi buvi. Nima qildim endi, yo‘q, qizingiz Gu Laxon bilan ko‘rishgani keldim desam, odobsizlik bo‘lmasmikan. — Ha,— deya yaqinroq borib, tavoze bilan salom berdim. Kampirning sochlari oppoq oqarib ketibdi, o‘zi ham n u r o n i y g i n a e k a n , xuddi o ’ r t o g ’ i m H o s h i m j o n n i n g buvijonisiga o‘xshaydi deng. Qo‘li bilan karavotga o‘tir, deya ishora qildi. O‘tirdim. Birgalashib fotiha o‘qidik. Hamon ko‘zim atrofda — Gu Laxonni axtaraman. Nega ko‘rinmayapti, uyalayotgandir-da... Umuman, qizlar sal uyatchanroq bo‘lgani ham ma’qui. Uyatchanlik qiz bolaning h u s n i g a h u s n q o ’ s h a d i , degan g a p l a r n i ilgari k o ’ p eshitganman. — Oalay, Yal Piz kampir eson-omon yuribdimi? — so‘radi buvi. — Yuribdi, — deb qo‘ydim talmovsirab. — Nega kecha kelmading? — Vaqtim bo‘lmadi. — Bolam, yosh ekansan. Endi bitta-ikkita yumushimga qarashib yuborasan-da. — Bajonidil, buvijon. — Xudoyo buvijon degan tillaringdan o‘rgilay! Bugun bu yerga juda mo‘tabar bir mehmon kelmoqchi. O‘zim bo‘lsam, mana ko‘rib turibsan, o‘rnimdan turolmaynian. Bel q u r g ’ u r qotib qoldi, b o d n i n g yovvoyisi kelganga o‘xshaydi. Bugun oyoqdan olsa, ertaga beldan olyapti, oting o‘chgur. Kecha oqshom ham beldan, ham oyoqdan ushlab qolsa bo‘ladimi?! Tur, bolam, hovlini supur, hali aytdimku, ko‘p aziz mehmon tashrif buyuradi bugun. Ko‘p aziz degan so‘zlar menga moydek yoqib tushdi. Tanim yayrab ketdi. Demak, ular meni aziz kimsa deb qabul qilisharkan. Xayriyat, chekkan azoblarim bekor ketmabdi. Buning ustiga xolajonim meni tanimayapti. Tanimagani ham ma’qul... Hovlini supurib, chelakda suv sepdim. Oassobxonadan go‘sht keltirib, gaz qozonga sho‘rva soldim. Vodoprovodga shlanga ulab, gulzorga suv jildiratib qo‘ydim. Hammasini shunday chiroyli, shunday sarishra bajaryapmanki, ishonsangiz o‘zimning o‘zimga havasim kelib ketyapti. Suyukligim uchun qilyapman, kuyovlikka meni tanlashgani uchun xasta onasi oldida xijolat chekmasin deb o‘ylayapman... Tog‘orada suv keltirib, bo‘lajak qaynbuvimning boshini yuvishga ko‘maklashib yubordim, piyolaning orqasiga o‘sma siqib berdim. — Endi, bolam, biz ayol zoti hammamiz ham shunaqami’/, — dedi buvijon xo‘rsinib. — Oanaqa? — deb qo‘ydim. — Qarib-chirib qolsak ham o‘zimizni begona erkakka bepardoz ko‘rsatgimiz kelmaydi. Tovba, qabrga uzatishayotganda ham qoshimizga o‘sma qo‘yib qo‘yishlarini so‘raymiz... O‘sma siqilgan piyolani xontaxta ustiga qo‘yaturib to‘satdan, ha-ha, to‘satdan o‘zim yozgan xatlarga ko‘zim tushib qoldi. To‘qqizta maktub to‘qqizovining ham ustiga Gu Laxonimga deb yozganman. Qiziq, nahotki qizi onasidan yurak sirlarini yashirmasa. Lekin... Akbariy, to‘xta-to‘xta... — Xolajon, kimni kutyapsiz o‘zi? — E, bolam, qari buvingning kimi ham bo‘lardi? Turmush ko‘rmaganman. Shuning uchun bola-chaqa ham yo‘q. Qarindoshlar bo‘lsa, allaqachon olamdan o‘tib ketishgan. Baxtimga eslci bir qadrdonim topilib qolsa bo‘ladimi. Butun vujudim muzlab kela boshladi: — Buvijon, oti nima edi o‘sha qadrdoningizni? — Ak Boriy edi, o‘zgartirib Akbariy deb olibdi. — Buvijon... — Voy, bolaginam-ey, nima bo‘ldi senga? Ranging bo‘zday oqarib ketdi. O‘tir, o‘tir deyapman, tentagim. — Buvijon... otingiz nima edi sizning? — Gu Li xolang bo‘laman, Yal Piz kampir aytmabdida... Voy sho‘rim, yuraging kasal ekan, nega aytmading, og‘ir ish qildirmasdim-ku. Ma, manavi dorini tilingning ostiga tashlab ol. O‘tir, birpas o‘tirgin, o‘tib ketadi. — Buvijon... umuman qizingiz ham yo‘qmidi? — Turmush qurmaganman dedim-ku, bolam. — Bu uyda... bir qiz turardi, shekilli? — Ha, ijaraga turardi. Arang qutuldim u shaytonvachchadan. Voy xudoyim-ey, shunaqa sho‘x, shunaqa shaddod ediki, yarim kechasi uyg‘otib, magnitafon qo‘yib, tansa tushamiz, deb holi-jonimga qo‘ymasdi. — Ismi nima edi? — Nima balo, bolaginam, senam uning jazmanlaridanmisan? Surishtirib qolding. Oti Gu Li edi. Tanishganingda so‘rab olmagan ekansan-da? Hammasi ravshan. Gu Li meni ahmoq qilib, oldimga poxol solib ketibdi. O‘rta ichida bechora xolajonimning eski yarasini tirnaganim qolibdi. SEHRGAR IBLISNING DUNYOGA KELISHI N ima desam ekan? Nima desam ham endi bari bir, yuragimdagi alam, qalbimdagi hasratni aytib ado qilolmayman. Jodugar qiz boplab aldab ketdi. Buni o‘zingiz ham ko‘rdingiz. Tamom bo ldim, nazarimda ichim yonib, burnimdan tutun chiqayotganga o‘xshaydi. Ko‘chaga chiqdim deguncha bitta-yarimta qizga ko‘zim tushib qolsa, biror jihati bilan Gu Liga o‘xshab ketsa, o‘shanga qarab angrayib qolaman. Goho orqasidan ergashib, to ko‘cha eshigiga peshonam taqillab tekkuncha boraveraman. Hammadan ham Gu La xolamga jabr bo‘ldi. Dardini yangilab qo‘ydim. Tiq etsa ko‘chaga yugurayotgandir. Ehtimol, butunlay yotib ham qolgandir. Bechora xolaginam, men galvars sizni ham qiynab qo‘ydim-a... Ish stolimga ko‘ksimni bergancha shu yo‘sin o‘y surib o‘tirgan edim, ustozim kirib kelib qoldi. U kishi doim shunaqa, gapirganda qattiq gapirmaganidek, yurganida ham beozorgina, sharpasiz yuradi. — Nimalarni o‘ylayapsan, o‘rinbosar? — erkalovchi bir ohangda so‘radi. Asta boshimni ko‘tardim: — O‘zim, shunday... — Tinchlikmi? — bu gal ustozimning ovozida tashvish, bezovtalik bor edi. — Tinchlik. — Lekin... Juda ham tinchlikka o‘xshamaydi. Ko‘zlaring ich-ichiga botib ketibdi. — Uyqumning mazasi yo‘q. — O‘zim tayyorlagan doridan picha beraymi? — Ichib ko‘rdim, kor qilmayapti. — Sening yoshingda... Dori ham kor qihnaydigan darajada uyqusizlik... uning davosi vasl bo‘ladi. Demak, kimnidir sevib qolibsan, o‘g‘lim. Bundan oltmish yil muqaddam men ham sening ahvolingga tushgan edim. Bir yil zardob yutganman. Jinniga o‘xshab o‘zim bilan o‘zim gaplashadigan, bekordan-bekorga qiqirlab kuladigan, goho ko‘cha o‘rtasida qoqqan qoziqdek tik turib qoladigan qiliqlar chiqargan edim... Lekin hozir o‘ylab qarasam, o‘sha damlar hayotimning eng shirin daqiqalari ekan. — Keyin nima bo‘luvdi? — Keyinmi... keyin nima bo‘lardi, to‘y bo‘ldi-da, bo‘tam. Ayt, kimni sevib qolding, o‘zim sovchi bo‘laman, tortinmay aytaver. Oiziq, hozirgina hasratimni kimgadir to‘kib solib, yuragimni bo‘shatsam deb turuvdim, ustozim sevgi haqida so‘z ochishi bilan o‘zimdan o‘zim uyalib, hamma narsani unutdim-qo‘ydim. Ehtimol, sholg‘omdek qizarib ham ketgandirman. — Nega boshingni egib olding? — yana so‘radi ustozim. — Oromingni o‘g‘irlagan qiz kim bo‘ldi o‘zi? — Hech kim o‘g‘irlagani yo‘q, — dedim boshimni ko‘tarib. — Lekin ishonsangiz, o‘zini yig‘lavoray-yig‘lavoray deb turibman. — Rost aytyapsanmi? — Rost... aytyapman. — Unda yana ham yaxshi, o‘g‘lim. Bir-ikki yil o‘zingni mana shunday mashmashalardan tiyib turganing ham ma’qul. Negakim, oldimizda buyuk vazifalar turibdi. Sarqitlarni tugatish, shahar fiuqarosi hayotidan dilisiyohlik, asabbuzarlikni olib tashlash, bu oson ish emas. Ma’muriyat noyob dori tayyorlashni tezroq tugating, tajribani boshlab yuboring, deya tiqilinch qilyapti. Ko‘rib turibsan, butun boshli bir institut ochib qo‘yishibdi. Behisob mablag‘ sarflanayapti. Tajribani boshlab yuboradigan kunlarimiz ham oz qoldi, shekilli. Shunday noyob dorilar tayyorlayapmanki, uning tarkibida sehr ham, aql ham qorishib ketgan. Oanaqaligini ishlata boshlaganimizda ko‘rasan. Yashash r o h a t - f a r o g ’ a t g a aylanadi. Birov-birovdan xavfsiramaydi, umr ham uzayib, kamida ikki yuzga cho‘zilishiga imonim komil. Endi, bo‘tam, gapimning buyog‘iga ham diqqat bilan quloq sol. Mavridi kelib qolgani uchun yana bitta leksiya o‘qib bermoqchiman. Tayyormisan? — Tayyorman, ustoz. — Barakalla, bo‘tam. Sening mana shu «hamisha tayyorman» deyishingni yaxshi ko‘raman. Hayot — bu oqsillarning yashash formasidir. — Biz buni maktabda o‘tganmiz, — deb luqma tashlab qo‘ydim. — O‘tgan bo‘lsalaring yana yaxshi. Endi, bo‘tam, uyog‘iga quloq sol. Umr — bu asab tolalarining — nervlarning yashashi demakdir. Olimlarning hisobiga qaraganda har bir odam tanasida milliard-milliard asab tolalari bo‘larkan. Kishi nafratlanganda, qayg‘urganda, qo‘rqqanda, vahimaga tushganda, qattiq iztirob chekkanda yoki g‘azabi avj olganda asablarning o‘lishi o‘n sakkiz-yigirma barobar tezlashib ketarkan. Buni men hisoblaganim yo‘q. Boshqa olimlarning hisobidan olib aytyapman. Ya’ni, nerv tolasi — asab o‘lganda umr qisqararkan... Oani ayt-chi, bo‘tam, illati bor odamga duch kelganingda asabing qo‘zg‘aydimi-yo‘qmi? Qo‘zg‘aydi, deyapsanmi, barakalla. Vijdonsizni ko‘rganda-chi, qaltirab qolaman, deysanmi, ofarin! Mana shulaniing hammasi asabiy holat deb ataladi. Asabiy holat — hozir aytganimday inson u m r i n i n g zavolidir. U n i t u g a t m o q u c h u n a s a b n i qo‘zg‘aydigan holat — ya’ni illatlarni tugatmoq darkor. Bu haqda senga yuz martalab aytdim, shekilli? — Yo‘q, ming martacha aytdingiz. — Barakalla, bo‘tam. Demak, sen bilan men ana shu illatlarni tashiydigan zarralar qonda bo‘ladi deb hisoblaymiz, to‘g‘rimi? — To‘g‘ri. — Go‘zal fazilatli kishilar qonida ham hid bor degan eding, aniqlashga kirishdingmi? — Allaqachon kirishganman. — Xo‘sh, natijasi qanday bo‘lyapti? — Chakki emas. — Ochiqroq qilib ayt. Butun laboratoriyamiz jamoasi, butun institut qiziqyapti bu nazariy fikrga. — Ba’zilarini yozib, ta’riflab ham qo‘ydim. — Qani, menga ko‘rsat-chi? — Yo‘q, xatim xunuk, o‘qiyolmaysiz. — Bo‘lmasa o‘zing o‘qib ber. — Og‘zaki ham aytishim mumkin. Hammasi esimda turibdi. Ustozimni go‘zal fazilatli kishilardan olingan qon la r saqlanayotgan laboratoriyaga boshladim. Yuzlab shishachalar qator, goho ustma-ust terilgan javonni ochib, bir boshdan ko‘rsatishga tushdim. — Rahmdil odamning qoni, — deya birinchi shishani qo‘limga oldim. — Xo‘sh? — shoshilib so‘radi ustozim. — Tongda ochilgan atirgulning hidi keladi. — Ofarin! — Mana bu oqko‘ngil odamning qoni. — Xo‘sh? — Ra’no gulning hidi bor. — Ofarin! — Mana bu adolatli odamning qoni. — Xo‘sh? — Sadarayhonning mast qiluvchi bo‘yi taralyapti. — Barakalla! — Mana bunisi kamtar odamdan olingan. — Oani-qani? — Jiyda gulining atirga boy hidi ufurib turibdi. — Barakalla, bo‘tam! — Mana bu halol va pok yashayotgan odamdan olingan qon. — Xo‘sh? — Yangi gullagan yalpizning hidi kelyapti. — Ofarin! — Mana bunisi esa, hurmatli ustoz, mehnatkash odamdan olingan qon. — Qani, ta’rifini ayt-chi? — Butun bir gulzorning hidi bor bunda. Nazarimda, q o ’ l i m d a s h i s h a c h a emas, bir quc’hoq gul u s h l a b turgandekman. Mang, ishonmasangiz, hidlab ko‘ring. — Bo‘tam, kashfiyotchi o‘g‘lim, kel yana bir bag‘rimga bosay seni, peshonangdan o‘pay. Faqatgina keksa Dar Darajaning emas, butun institutning faxri-iftixori bo‘lib qolasan, shekilli. Faxrim, iftixorim, ofarin senga! To‘lqinlanib ketgan ustozim meni bag‘riga olib, goh peshonamdan, goh yuzlarimdan o‘pardi. Nimadanligini bilmayman, xira ko‘zlarida miltillab yosh tomchilari ham ko‘rinib qoldi. O‘sha kuni sevimli ustozim bilan goh quvonchdan entikishib, goho chuqur o‘ylarga berilib, peshonamizni tirishtirib yana ko‘p narsalar haqida fikrlashib oldik. Keyinchalik, juda katta ilmiy kashfiyotlarga yo‘l ochib bergan, modomiki hid bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurar ekan, demak, u ko‘zga ko‘rinmas, g‘oyat mayda zarralardan iborat ekan-da, bu zarralar boshqa bir kattaroq zarralardan uzilib chiqar ekanda, demak, birlamchi zarralar hamisha h a r a k a t d a bo‘lib, hamisha o‘zidan mayda zarrachalarni tashqariga chiqarib turar ekan. Modomiki shunday, ya’ni zarralar hamisha haralcatda ekan, demak, masalan aytaylik, dangasa odamning qoniga ishchan, serg‘ayrat odamning qoni qo‘shilsa, masalan aytaylik, bir normaga besh norma qo‘shilsa, qalay bo‘larkin? Yo‘q, qalaypalayi ketmaydi, besh norma bir normani yutib yuborislii tabiiy, degan gaplarni ham gaplashib oldik. — Lekin, — deya davom etdi Dar Daraja, — bu usul bilan tayyorlangan malhamga men sehr qo‘shib yaratgan noyob doridan bir-ikki tomchi qo‘shilmasa, bari bir foydasi bo‘lmaydi. — O‘sha sehrni menga ham ayting, — degan edim, yoshing to‘qsonga kirgan kuni, albatta, aytaman, deya kulib, yelkamni silab qo‘ydi ustozim. Direktor yo‘qlayotgan ekan, ustozim shoshilib chiqib ketdi. Ammo men fikrimni to‘xtatolmas edim. Goho o‘zi s h u n a q a b o ’ p q o l a m a n . Miyamda ixtiyorimdan tashqari biron fikr qo‘zg‘aladi-da, c h u q u r l a s h g a n d a n c h u q u r l a s h i b boraveradi... Besh n o r m a zarralar bir norma zarralarni yutib yuborishi aniq. Demak, yolg‘onchilik kasaliga mubtalo bo‘lgan kishini rostgo‘y odamning qoni bilan davolasa bo‘ladi. Bunisi aniq. Lekin unisidan qon olib, bunisiga quyish shartmi. Buning ustiga yolg‘onchi, men yolg‘onchiman, deb aybini darrov bo‘yniga olmaydi-ku. Tergov o‘tkazish, sudga berish, h u k m chiqarish, e h - h e ish juda cho‘zilib ketadi. Buning o‘rniga hidlar tarkibida bo‘lgan zarralardan foydalanilsa b o ’ l m a s m i k a n ? Rostgo‘y o d a m n i n g q o n i d a n sada rayhonning hidi kelishi aniqlangan. Sinab, tekshirib ham ko‘rdim. Qondagi hid bilan gulzordan yangi uzib kelingan rayhon hidi teng kelyapti. Demak, ikkovida ham bir-biriga o‘xshash zarra bor. Shu hid zarralarini qondan olguncha rayhonning o‘zidan olsam-chi? Axir, buni laboratoriya yo‘li bilan bal qilsa bo‘ladi-ku. Demak, sadarayhonning kiichaytirilgan hidi bilan yolg‘onchini davolasa bo‘ladi. Yoki shunga o‘xshashroq usul bilan qallobni ham davolasa bo‘lmasmikan-a? Bo‘ladi, albatta, bo‘ladi! — Topdim! — qichqirganimcha sakrab o‘rnimdan turib ketdim. Yugurib tashqariga chiqib borayotgan edim, direktor huzuridan kelayotgan ustozimga urilib, andak bo‘lmasa yiqitib yuborayozdim. Xayriyatki, ushlab qoldim. Quchoqlab, dast ko‘tarib oldim-da, qishlog‘imizdagi polvonlarga o‘xshab, girillatib aylantira boshladim. Shod edim, xursand edim, navbatdagi kashfiyotimdan mast edim. — Bas, bas deyapman, — deydi ustozim ikki qo‘llab ko‘ksimdan itarib. — Yo‘q, yo‘q! — deyman battar avjiga chiqib. Nihoyat ustozimni yerga qo‘ydim. Ikkovimiz ham charchagan ekanmiz, qisqa-qisqa nafas olib, bir-birimizga tikilishib qoldik. — Tinchlikmi? — Topdim! — hamon quvonchimdan paydo bo‘layotgan to‘lqinlar ko‘ksimga sig‘mayotgandek edi. — Nimani topding? — Illatlarni tugatishning oson yo‘lini. — Yana kashfiyot degin? — Xuddi shunday, ustoz. — Qani ayt-chi, tezroq ayt, shoshib turibman. — Yo‘q, sinab ko‘rmaguncha aytmayman. O‘zingiz bir gapni poyoniga yetmagunicha birQyga ayta ko‘rma, xom gap kishini xijolat qilib qo‘yadi, der edingiz. Sizdan bir narsaga ruxsat olmoqchiman. «To‘g‘rilik va halollik tajriba instituti»ga borib kelsam. Huquqshunoslik fakultetida poraxo‘rlar bor. O‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Kashfiyotimni o ’ s h a yerda sinab, p o r a x o ’ r l i k n i b u t u n l a y t u g a t i b kelmoqchiman. — O‘zingni bos, o‘g‘lim, zinhor bunday qila ko‘rma. Nega deb so‘rama ham. Bari bir hali yoshsan. Ko‘p narsaga aqling yetmaydi. U yerda poraxo‘rning borligini shahar ma’muriyati ham biladi. Ataylab indashmaydi. Poraxo‘rlikka qarshi kurash bu shaharda ancha ilgari boshlangan. Lekin ko‘pchilik bu o‘zi qanaqa illat, poraxo‘rning qiyofasi qanaqa bo‘ladi — yaxshi tasawur qilolmas ekan. Eshitgan boshqa yu, ko‘rgan boshqa ekan. Sen ularni ko‘rgansan, xo‘sh, qalay ekan ular? — Jirkanch odamlar. — Qiyofalari-chi? — O‘liknikiga o‘xshaydi. — Harakatlari-chi? — G‘azab qo‘zg‘aydi. — Barakalla, boshqalarda ham bu illatga qarshi ana shunday nafrat, g‘azab qo‘zg‘ash uchun ularga ataylab tegishmaydi. Vaqti-soati kelsa hammasi bir kunda gumdon bo‘ladi. Xo‘sh, qanaqa kashfiyot qilding yana? — Bari bir aytmayman. — Ha, mayli. Hozircha aytmay turganing ham ma’qul. Komandirovkaga boradigan bo‘lib qoldim. Qovunchi xo‘jaliklarga borib, qovunning foydasi haqida leksiya o‘qishim kerak ekan. — O‘zlari bilishmasmikan? — Kim biladi deysan. Shunaqa qaror chiqarib qo‘yishibdi, hoziroq ketaman. Sen bu yerdagi ishlardan xabardor bo‘lib tur. Keyin kechqurunlari mening suyukli nabiram Mu Tini zeriktirib qo‘yma. O‘ynatgani olib chiq, ertaklar aytib berib tur. Keyin mana bu xonalarni tez-tez shamollatib turish yodingdan chiqmasin. Qani, tur endi, yana bir achomlashib olaylik. Barakalla, munosib o‘rinbosar bo‘lib yetishayot ganingdan xursandman. Xo‘p, xayr endi. Ustozim yoshiga yarashmagan bir holatda yugurgilab chiqib ketdi. Demak, qovunchilarga qovunning foydasi haqida leksiya o‘qish g‘oyat zarur ekan-da. Bo‘lmasa bunchalik shoshmagan, uyga borib, suyumli nabirasi bilan albatta xayrlashgan ham bo‘lardi... Bu odam haqida anchagacha o‘y surib o‘tirdim. Shunaqangi bolajonki, asti qo‘yaverasiz. Awaliga men faqat o‘sha injiq nabirasini yaxshi ko‘radi, deb yurardim. Xato qilgan ekanman. Mahallada qancha bola bo‘lsa, hammasini ham joni-dilidan ortiq ko‘rarkan. Kechqurunlari hovlisi ortidagi katta maydonga chiqib, mishiqi bolalarni to‘plab olib, allaqanday o‘yinlar o‘ynashadi. Birgalashib ashula aytgan paytlari ham bo‘ladi. Yoshi to‘qsonga borib qolgan odam churvaqalar bilan quvlashib o‘ynasa, qo‘l ushlashib ashula aytsa, juda g‘alati ko‘rinarkan. Shahar bog‘chalarida qancha o‘yinchoq bo‘lsa hammasi ustozimning puliga kelgan desam ishonavering. Qiziq, nega endi bog‘chaga o‘tkazilgan pullariga karavot yoki kiyim-bosh emas, albatta, o‘yinchoq olishlarini talab qilarkan, men mana shunisiga ham hech tushunmayman. Hatto bir-ikki marta pulim ko‘payganda shahar chekkasiga ustaxona qurib, b u t u n dunyo bolalariga qo‘g‘irchoq ulashardim, deganini ham o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Hech tushunib bo‘lmaydi bu odamga! O‘zi sehrli qovunning ichiga tushib ketib, mana shu Shirin qovunlar mamlakatida yashayotganimdan buyon men t u s h u n m a y d i g a n narsa va hodisalar kun sayin ko‘payib boryapti. Uyog‘ini surishtirsangiz, o‘zimga fan doktori degan daraja berib yuborganlariga ham haligacha aqlim yetmaydi. Ustozim esa, hamon jumboqligicha turibdi. Unga qancha yaqinlashsam, sehrli dunyosi shuncha kengayib boryapti. O‘sha sehrlar ichida yo‘q bo‘lib ketayotgandekman... Haqiqatan juda qiziq odam u. Cho‘ntagi to‘la pul-u, restoranga borib lazzatli taomlar yeyish o‘rniga odamning g‘ashini keltirib, kunbo‘yi ichgani qatiq. Nima balo, onasi sigiru o‘zi ham bir mahallar buzoqcha bo‘lganmi, deb o‘ylayman goho. Uch xonalik xarobgina uyda turadi. Ma’muriyat odamgarchilik qilib pishiq g‘ishtdan tiklangan to‘rt xonali uy bersa, qarang, shuni ham farrosh kampirga berib yuboribdi. Yana tag‘in ko‘ngli bo‘shligini aytmaysizmi, bitta-yarimtasi shikoyat bilan kelib, arz-dod ayta turib yig‘lab yuborsa, o‘ziyam qo‘shilib yig‘layveradi. Xullas, sehrli odam. Unga hech t u s h u n o l m a y m a n . Endi t u s h u n d i m deganimda, hali aytganimday, menga tanish bo‘lmagan boshqa bir dunyosi ochilib qoladi. Tushlik vaqti ham bo‘lib qolgan edi. O‘yga berilib, ovqatlanishni paqqos unutibman. Oshxonada ilitilgan baqlajon qiymasidan boshqa h e c h vaqo q o l m a b d i . Umuman, shunaqa taomlarni uncha jinim suymaydi. Jonidilim chuchvarayu dimlama, palov. Ziralar sepilib, pista ko‘mirda pishirilgan xushbo‘y kaboblarni ham, yashirniay qo‘ya qolay, yaxshi ko‘raman. Gaplashib o‘tirib, o‘n besh, yigirma sixini t u s h i r i b qo‘yishim hech gap emas... Tarelkamda esa chaynab tashlangandek qip-qizil bo‘lib baqlajon qiymasi t u r i b d i . Yo‘q, yeyolmadim. Laboratoriyaga qaytgach, o‘y-xayollarim, bir-birini quvlashib yurgan fikrlarim yana miyamni band qilib oldi. Qiziq, miya bilan oshqozonning aloqasi yo‘q ekan-da. Bo‘lmasa biri ochlikdan karnay chalib tursa, boshqasi gupillab ishlab turarmidi... Bordi-yu, deb o‘ylar edim o‘sha paytda, bordi-yu, sarqitli qonlardan to‘rt-beshtasini bir-biriga qo‘shib ko‘rilsa-chi, unda qanaqa hid paydo bo‘larkan. Bu fikr menga kechgacha tinchlik bermadi. Ertasiga esa barcha sarqitni birlashtirib ko‘rsammikin deya o‘ylay boshladim. Bilasiz-ku, miyamga bir fikr kelsa, tinchligimni yo‘qotib qo‘yaman. Spirt to‘ldirilgan yigirma litrlik katta shisha bo‘lardi. O‘shani bo‘shatib, shishachalardagi o ’ n yetti xil sarqitli q o n n i quyib, bir-ikki chayqaltirib ko‘rdim. Kelayotgan hidga ta’rif topolmadim. Nimaga o‘xshatishni ham bilmasdim. Chayqaltiraman, hidlab k o ’ r a m a n , chayqaltiraman, hidlab ko‘raman. Burnimni kuydiradigan darajada kuchli hid bor. Lekin baribir nimaga qiyoslashni bilmayman. Qon tarkibidan kelayotgan spirt hidini kuchaytirish maqsadida yarim lit r araq quyishga qaror qildim. Eshityapsizmi, yarim litr deyapman. O‘sha paytda bu menga yangi kashfiyotdek tuyulgan edi. Lekin yarim litr araq tufayli shahar boshiga qanchalik ofatlar yog‘ilishi, qasam ichib aytamanki, yetti uxlab tushimga ham kirmagan edi. Bir gugurt chaqilishidan butun dunyoga o‘t ketishi mumkinligini kim ham o‘ylab o‘tiribdi deysiz. — Ertalab kelsam... Nazarimda, yigirma litrlik shishaning ichida kimdir o‘tirgandek, qiyofasi ham g‘ira-shira ko‘zga tashlanayotgandek. Jun bosgan oyoqlari chillashirnikidek ingichka, uzun. Oorni bamisoli tarvuz yutgandek irg‘ib chiqqan, yuzi cho‘ziq, ko‘ksiga tushib turgan soqoli mum surtilgandek qop-qora, chuqur ko‘zlari o‘rnida shisha sinig‘i yiltirab turgandek, boshida soch emas, kuya tushgan po‘stak yopishtirilgandek, ko‘kragi to‘la jun... Uzoq tikilib qoldim. Ehtimol, kechasi yaxshi uxlamaganim uchun uyqusirayotgandirman, deb ham o‘yladim... Lekin o‘yim oxiriga yetmasdan gumburlagan ovoz eshitildi-yu, peshonamga shishaning parchalari kelib urildi. Shu asnoda shisha ichidagi haligi maxluq to‘rt-besh baravar kattalashib boshi uyning shipiga yetgudek bir qiyofaga kirdi-da, yeru ko‘kni guldiratib: — Ha-ha-ha. Ha-ha-ha. Hi-hi-hi, — deya g‘alati ovozlar chiqarib kula boshladi. Qotib qoldim. Hushim o‘zimdami, yo‘qmi bilmayman. Ehtimol, tush ko‘rayotgandirman, deya o‘ylab, sal o‘zimni bosgan bo‘ldim. Bir-biriga yopishib qolgan lablarim orasidan: — Sen kimsan? — degan ovoz chiqqanday ham bo‘ldi. — Menmi? — gulduragan tovush eshitildi qulog‘imga. — Ha-ha-ha, men sarqitlar sardoriman. O‘zing dunyoga keltirdinglai meni. Maqtanchoq ustozing ikkoving bizni, ya’ni odam bolasini bir-biridan yiroqlashtiradigan, dilini xufton qiladigan illatlarni birlashtirib, yaxlit vujudga aylantirdinglar. Mana, men paydo bo‘ldim, araq ichib voyaga yetdim. Sehrgar iblis bo‘lib dunyoga keldim. Hi-hi-hi, uzoq umr ko‘rmoqchi emishlar, ko‘rib bo‘psanlar! Endi biringni byurokrat yig‘latadi, boshqangni poraxo‘r azoblaydi, uchinchingni ichi qoralik yeb tugatadi. Hammasining sardori o‘zim bo‘laman. Sen doyam bo‘lding, araq ona sutidek kamolga yetkazdi meni, mana tug‘ildim: — Ha-ha-ha. Hi-hi-hi. Ho-ho-ho. Xonaning eshigi sharaqlab ochilib ketdi. Noma’lum maxluq orqasi bilan tisarilib, tashqariga chiqa boshladi. Qiyofasi astasekin bujmayib, tobora qisqarib borardi. Bora-bora eski kalishdek, yo‘q, eski mahsidek buklandi-da, to‘satdan ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qoldi. Yo‘q, tush ko‘ryapman, deb o‘yladim. Unday desam, ko‘z o‘ngimda mana, yigirma litrlik shishaning siniqlari. Uyqu elita boshlaganini his qilib turibman. Shis ha siniqlari ko‘zimga yumshoq to‘shakdek bo‘lib ko‘rinyapti. Noma’lum maxluqning hovlidan eshitilayotgan qahqahasi xuddi ona allasiday o r o m b a x s h eshitilyapti.Kimdir qulog‘imga: — Uxla! Uxla! Uxla! — deb shivirlayotgandek bo‘ldi. Keyin nima bo‘lganini bilolmay qoldim. SEHRGARLAR JANGI IKKI YILLIK UYOU U yg‘onib ketdimmi yoki hushimdan ketib qolgan bo‘lsam, o‘zimga keldimmi, bilmadim. Har qalay, ko‘zimni ochsam, nimqorong‘ilikda yotibman. Ustozim Dar Darajaning hovlisida yotib yurganim xonaga hech o‘xshamaydi. U yerda kiyim-bosh qo‘yiladigan qora rangli shkaf, kitoblar terilgan oynali javonlar bo‘lardi. Bu yer shipshiydam. Xona o‘rtasida men yotgan karavotu yonginamdagi taxtada har xil dorilar solingan shishachalar. Qiziq, qayerga kelib qoldim ekan? O‘rnimdan turmoqchi bo‘luvdim, qo‘zg‘alolmadim. Darmonim yetmadi. Qo‘llarimga ko‘zim tushib qoldi-yu, qo‘rqib ketdim. Qo‘l emas, qabristondan kavlab olingan murdaning skeletiga o‘xshaydi. Shu darajada qo‘rqibmanki, sakrab o‘rnimdan turib ketibman. Qip-yalang‘och qilib oppoq choyshabga omonatgina o‘rab qo‘yishgan ekan. Choyshab ustimdan sirg‘alib tushib, borlig‘im ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ldi. Yo‘q, bu men emasman, degan fikr o‘tdi boshimdan, bu qachonlardir o‘lgan yigitchaning suyaklari. Badanimda na go‘sht bor, na teri. Suyaklar bir-biriga omonatgina ilinib turibdi. Tavba, shu paytda boshimga kelgan fikrni qarang. Tana kimniki bo‘lsa ham, qobirg‘alarini bir sanab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Zoologiya darsida muallimimiz odam bolasining qobirg‘asi o‘n ikkita bo‘ladi, degan edi. Bir, ikki, uch... to‘g‘ri, o‘n ikkita ekan. Tavba, ichaklar ham shundoqqina ko‘rinib turibdi-ya. Baribir bu men emasman, deb o‘yladim yana. Shunday deyapman-u, lekin boshim aylanayotganini ham sezib turibman. Yiqilib yurmayin deya shoshilib o‘rnimga cho‘zildim... Rostdan ham bu menmi yoki men emasmi? Axir, men do‘mboqqina yigitcha edimku, bordi-yu bu mening o‘zim bo‘lsam, go‘shtlarim qayoqqa ketdi, umuman bu yer qanaqa joy o‘zi, nega meni keltirib qo‘yishdi? Yoki ertaklardagiga o‘xshab devlar olib qochib, etimni shilib yeb, suyagimni quritish uchun qo‘yishdimikin? Nahotki devlar hozirgi zamonda ham bor bo‘lsa, nahotki ular ham xira yonayotgan lampochkalardan, oynasiga parda tutilgan qo‘shqavatli derazalardan foydalanishsa!.. Lekin, to‘xta-to‘xta, deya vahima ichida o‘ylay boshladim yana. Axir, men shirin qovunlar mamlakatida yashayotuvdim, shekilli. Bu yurtning barcha siru asrorini hali bilganimcha yo‘q, uning bir chekkasida, baland tog‘lar ortida, qalin o‘rmonlar ichida, ehtimolki, devlar ham yashayotgan bo‘lsa! Demak, etlarimni o‘shalar shilib olgan bo‘lishi ham mumkin. Vahimali o‘ylarim kuchayib borayotgan edi, «Akbariy!» degan mayingina ovoz eshitilganday bo‘ldi. Tavba, bu qanaqasi bo‘ldi-a? Axir, bu oyijonimning ovozi-ku, xuddi o‘shaning o‘zginasi. Ko‘zlarimdan duvillab yosh to‘kilib ketdi. — Akbariy... Bu gal ovoz juda yaqindan eshitildi. Yo‘q, oyijonim emas, shekilli. Ovoz erkakniki ham, xotinniki ham emas, qisirbo‘g‘oz bo‘lib chiqyapti. Bu ovoz ham erkak, ham ayol chaqirayotganga o‘xshaydi. — Dadajon! — deya behol shivirladim. Xonadagi karavotu derazayu xira yonayotgan lampochkalar gir aylanib, aralash-quralash bo‘lib ketdi. Uchib ketayotgandek bir holatni tuydimu o‘zimdan keta boshladim. Ko‘zlarim ochiq, lekin hech narsani sezmasdim. Xayriyat, butunlay o‘zimdan ketmadim. Uyqu elita boshladi. Ko‘zlarimni yumib, uyqu bilan uyg‘oqlik o‘rtasidagi bir holatda uzoq yotdim. — Akbariy, — haligi ovoz yana takrorlandi. Tepamda bir qiz turganday, qiz emas, tongda ochilgan atirgulga o‘xshaydi. Anvoyi gullarning mast qiluvchi hidi dimog‘imga gupillab urildi, vujudimga quwat quyilib, ko‘zimni kattaroq ochdim... nahotki... yo‘g‘-e, men tush ko‘rayotgan bo‘lsam kerak... — Uyg‘ondingizmi, — qizning ovozidagi kuchli hayajon shundoqqina sezilib turibdi. — Uyg‘ondim, — deya shivirladim. — Meni ko‘ryapsizmi? — Ko‘ryapman. — Taniyapsizmi? — Tanigandekman... — o‘sha, xuddi o‘shaning o‘zi. Bekorga «meni taniyapsizmi ?» — deb so‘rayotgani yolq. Avtobusda ko‘rganim, ishqida kuyib-yonib jinni bo‘lib qolayozganim, asl ismini yashirib, meni begona kampirga maktub yozishga majbur qilib, sharmanda qilgan jodugar qiz mana shu bo‘ladi! Yo tavba. Biz nega bu yerda uchrashib qoldik, men qayerda yotibman o‘zi? — Meni taniyapsizmi? — takror so‘radi qiz. — Yo‘q, — dedim awal chekkan iztiroblarim esimga tushib. — Avtobusda tanishgan edik-ku? — Eslay olmayman. — Uyimizga ham kuzatib boruvdingiz. — Hech narsa esimda yo‘q, — dedim qizga xomush tikilib. — Demak, hali xotirangiz tiklanmabdi. Siz yotib turing, m e n k a t t a d o k t o r l a r n i c h a q i r a y , s u y u n c h i olay. Uyg‘onishingizni butun shahar kutyapti. Qiz shoshilib chiqib keta boshlagan edi, behol bir ovoz bilan: — To‘xtang, — deya iltijo qildim, — men hali butunlay uyg‘onganim yo‘q, tush ko‘rayotganga o‘xshayman, qayting. Qiz g‘oyat betoqat edi. Shunday bo‘lsa ham qaytib, k a r a v o t n i n g oyoq t o m o n i g a o m o n a t g i n a o ’ t i r d i . A l l a n a r s a l a r n i gapira boshladi. Aytayotganlari goh qulog‘imga kiryapti, goh yo‘q. Qizning ko‘zi tashqarida, mendan jirkanyaptimi, qo‘rqyaptimi, shunga o‘xshash holat gul bargidek chiroyli, beg‘ubor yuzlarida, munchoqdek qora ko‘zlarida yaqqol ko‘rinib turibdi. O‘zim ham g‘alati ahvoldaman. Goh o‘zimdan ketib, goh yana kelib turibman. Qizning hayajon to‘la, uzuq-yuluq so‘zlaridan shuni angladimki, men b u n d a n roppa-rosa ikki yil oldin «Sarqitlar» laboratoriyasida behush bo‘lib yiqilibman. Doktorxonaga olib borganlaridan keyin ham o‘zimga kelmabman. Qilinmagan dori-darmon qolmabdi, xurrakni g u m b u r l a t i b qo‘yib, uxlayveribman. Oxiri Handalak shahrining katta-katta professorlari to‘planib, rosa uch kun maslahat qilishganidan so‘ng, hamkasbimiz uyqu kasaliga chalinibdi, bu kasalga yo‘liqqan odam ba’zan besh-olti yillab ham uxlashi mumkin, degan xulosaga kelishibdi-da mana shu yerga yotqizib qo‘yishibdi. Ikki yildan buyon xurrak tortar emishman. Gu Li bo‘lsa, uning nomi shundayligini men keyinroq bildim, o‘sha biz tanishgan paytda meditsina texnikumining kechki kursida ta’lim olarkan. Bitirgach, mana shu ruhiy bemorlar shifoxonasiga ishga kelib meni tasodifan ko‘rib qolibdi. Kim biladi, rost so‘zlayaptimi yoki yolg‘onmi, har qalay, meni shu ahvolda ko‘rib, ikki-uch bor yig‘lab ham olibdi. Bechoraning ota-onasi yo‘q, qarindosh-urug‘i bo‘lmasa, shu holicha o‘lib ketsa, unga kim ham qayg‘urardi, deb qo‘rqib ketgan emish. Ikki yildan buyon meni sun’iy ravishda ovqatlantirisharmish, ko‘pincha kechalari yonimga navbatchi ham tayinlashar ekan. Goho t u s h i m d a gapirib ham y u b o r i b m a n . G a p l a r i m n i n g hammasini magnitafon lentasiga yozib olishibdi. Eng yomoni, shunciay bo‘ptiki, men o‘sha sandiroqlagan paytlarimda bu qizning ismini aytib chaqirgan emishman. Bugun Gu Li yana navbatchi ekan. Asta-sekin o‘zimni yo‘qota boshladim. Ehtimol, yana uyquga ketgandirman. Kim biladi deysiz, uyog‘i yana nima bo‘ldi ekan. Ehtimol bir kun, ehtimol yana bir hafta uxlagandirman. G‘ovur-g‘uvur eshitilib keyin uyg‘ondimmi yoki uyg‘onganimdan so‘ng g‘ovur eshitildimi, har qalay, men o‘zimni yana uyg‘oq holda ko‘rdim. Eshik sharaqlab ochilib, t o ’ r t - b e s h kishi, xuddi bir narsadan q u r u q qolayotgandek, bir-birini itarib kirib kela boshlashdi. Ko‘zimni yumib, o‘zimni uxlaganga solib oldim. — Gapirgandek bo‘ldi, o‘z qulog‘im bilan eshitdim, — deyapti bir ayol. — Mening nazarimda tikka turib yurgandek ham bo‘ldi, — deyapti boshqa ayol. — Bu mumkin emas, — dedi bir erkak do‘rillagan ovoz bilan, — kuni kecha yuragi to‘xtash oldida edi. Bu mumkin emas. Ovoz egasi yaqinimga kelib, ko‘ksimga allaqanday apparat qo‘yib, nazarimda yurak urishimni o‘lchab ko‘ra boshladi. Apparat temirdan shekilli, muzdekkina ekan, etimni seskantirib yubordi. Buning ustiga qitig‘im ham kelyapti deng. Kulib yuborishdan o‘zimni arang tiyib turibman. — Mo‘jiza! — dedi erkak sekin boshini ko‘tarib. — Yurak urishi normaga yaqinlashib qopti, mo‘jiza! Nafas olishi ham tezlashyapti, normaga yaqin, mo‘jiza! Hozir tomirini ham ko‘ramiz... yo‘q, tomir sust, demak hali-beri uyg‘onmaydi. O‘n kun, ehtimol, o‘n besh kun kerak bo‘lar. Hamshira, qani bemorga sharbatdan yalatib ko‘ring-chi. — O q s h o m b e r u v d i m , — dedi b i r i n c h i b o ’ l i b gapirayotgan ayol. — Yana bering, — buyruq berib chiqib keta boshladi erkak. Nazarimda boshqalari ham chiqib ketdi, shekilli, xona jimjit bo‘lib qoldi-yu, xiyol o‘tmay yana yengil-yengil tashlangan oyoq tovushlarini eshitdim. Sharbat olib qaytdi, shekilli, deb o‘yladim. Bir ko‘zimni xiyol ochib, asta mo‘ralagan edim, hay-hay, huriliqo deysiz, yoshi ham o‘n yetti-o‘n sakkizlarda bo‘lsa kerak, do‘mboqqina, yuzlari sutga chayqab olganday oppoq qiz qo‘rqa-pisa yaqinlashib kelyapti. Qiziq, o‘tgan safar o‘sha ishqida kuyib-yonganimni ko‘rganday bo‘luvdim shekilli, umuman bu ko‘rayotganlarimning qaysi biri tushu, qaysi biri haqiqat, bilolmay qoldim... Yaqinlashib kelayotgan qiz yonimga cho‘kib, quyilib, shakar boylab qolgan qiyomdan asta-sekin labimga surta boshladi. Birinchisini yutdim, ikkinchisini yutdim, oh-oh, shunaqangi shirin, shunaqangi totliki! Shu paytda, negadir, hazillashgim kelib qolsa bo‘ladimi! O‘lay agar, qizlar bilan hazillashishni juda, juda ham yaxshi ko‘raman. Xap etib barmog‘ini tishladimu lablarim bilan mahkam qimtib oldim. — Voy-dod! — qiz sakrab o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘luvdi, ikki qo‘llab bo‘ynidan quchoqlab ham oldim. Hali aytuvdim-ku, ozib ketganimdan o‘zim o‘zimdan qo‘rqib ketdim deb, sho‘ring qurg‘ur hamshira qiz ham meni allaqachon o‘lib qolgan yigitchaning so‘ngagi yoki arvohi deb o‘yladi shekilli, shunaqangi dodlab eshik tomon yugurdiki, asti qo‘yaverasiz. Chakki qildim, deya o‘yladim, asta o‘rnimga cho‘zilib oldim. Ketma-ket yugurib kelayotgan doktoru hamshiralarning, qani-qani, yo‘g‘-e, uyg‘onmagandir, yolg‘on, bo‘yningga osilmaydi, deganlari qulog‘imga elas-elas chalinib turibdi. Erkak doktor boshimni, yuzlarimni dag‘al qo‘llari bilan ohista-ohista silay boshladi. Men shu paytda, negadir, olislarda qolib ketgan dadajonimni ko‘rayotgandek edim. G‘alati bo‘p ketdim, yuragim gupillab ura boshladi... Dadajonim ham ko‘pincha boshimni ana shunday silaguvchi edi. Hali-hali esimda, qamoqqa olib ketishlaridan bir kun oldin yarim tunda uyg‘onib ketdim. Tepamda, dadam, boshimni ohista silayapti. Uxla, o‘g‘lim, uxla, deydi... — Bemor, siz uyg‘ondingizmi ? — sekin so‘radi doktor. Ovozi ham xuddi dadamnikiga o‘xshaydi-ya, chindan ham dadajonim bo‘lsa-ya, degan shirin umid «yarq» etib boshimdan o‘tganday bo‘ldi. Ko‘zlarim charaqlab ochilib ketdi: — Suv, — dedim ohista. — Siz uyg‘ondingizmi? — Uyg‘ondim. — Suv keltiringlar, — shunday deb doktor sakrab o‘rnidan turib ketdi-da, xonani gir aylanib, mo‘jiza, deya barmoqlarini qisirlata boshladi, — aytmadimmi, shu bugundan qolmay uyg‘onadi deb. Hozirgina aytgan edim, mana uyg‘ondi. Men hamisha to‘g‘ri gapirganman, diagnoz qo‘yishda yanglishmaganman. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Ikki yil uxlaydi, dedim, mana ikki yil uxladi. Bugun uyg‘onadi, dedim, mana uyg‘ondi. Tomchilab suv ichirishdi. Yostig‘imni ko‘tarib qo‘yib, bizni ko‘ryapsizmi, deb yana so‘rashdi. Ko‘ryapman, dedim. Ko‘nglingiz nima istaydi, deyishdi. Suv, dedim. Yana tomchilab ichirishdi. Boshingiz aylanmayaptimi, deyishdi. Aylanyapti, dedim. Tura olasizmi, deyishdi. Yo‘q, dedim. Ko‘zingizni yummang, deyishdi. Uyqum kelyapti, dedim... Doktor ko‘ksimga muzdekkina apparatini qo‘yib, yurak urishimga quloq solardi. Yuragim qattiq urayotganini o‘zim ham eshitib turibman. Apparat qo‘ymay ham tinglasa bo‘laverardi. — Yaxshi, — dedi doktor boshini ko‘tarib, — yaxshi! Tomirimni ushlab ko‘ra boshladi. Barmoqlarining uchida sehr bor ekanmi, butun borlig‘im bo‘shashib, lco‘z o‘ngimni qorong‘ilik qoplab oldi... Qiziq, o‘zim uyquga ketib boryapman-u, xayolan Gu Lini a x t a r a m a n . N e g a k o ’ r i n m a y d i , nega h a l i g i hamshiralarga qo‘shilib buyoqqa kirmadi ekan? Hozir yarim tun-ku. Ehtimol uxlab qolgandir. Oh, shu daqiqalarda uni yana bir bor ko‘rganimda edi. MATBUOT KONFERENSIYASI oshgoh mahali bo‘lib qolgan ekan. Buni men quyosh ancha ko‘tarilib qolganidan payqadiin. Yotgan xonam ipakdek mayin nurlarga limmo-lim to‘Iib ketibdi. O‘zim ham nurlar ichida yengil uchib yurgandekman. Bamisoli jazirama issiq kuni sharshara yonida o‘tirgandekman. Suv zarralaridan qanday orombaxsh hid taralsa, nurlar ham xuddi shunday hid ufurayotgandek. Vujudimga orom, quwat bo‘lib larayotgandek. Derazalami ochib qo‘yishgan ekan, hovli to‘la gul, umuman bu o‘lkada gulsiz hovli bo‘lmaydi. Shinam hovlilar konkursi o‘tkazilganda eng awalo gulga e’tibor berishadi. Tavba, yeganlari qovunu, hidlaganlari gul-a... Gul hidini rosa sog‘ingan ekanman. Ko‘ksimni to‘ldiribto‘ldirib hidlay boshladim. Yo‘q, siz nima desangiz deyavering-ku, lekin menimcha, gul hidi tarkibida kishini erkalovchi, vujudiga orom berib, ruhini charog‘on qiluvchi allaqanday zarralar borligi aniq. Kayfiyatim yaxshilanib, qalbimga quvonch quyilayotganini sezib turibman. Yo‘q, deyman o‘zimga-o‘zim, o‘lgandan o‘lmagan yaxshi ekan. Sehrgar Iblisga duch kelgan kunim nobud bo‘lganimda bu anvoyi gullarni hidlash qayoqda edi, bu zavqlar, bu shavqlar qayoqda edi!. . Demak, ikki yil uxlabman-da? Yo‘g‘-e, odam bolasi ham ikki yil uxlaydimi, qiziq, hech aqlim yetmayapti... Agar chindan ham ikki yil uxlagan bo‘lsam, rosa mazza qilibmanda, deya o‘zimcha kulib ham qo‘ydim. Tashqarida nima gap ekan, ustozim Dar Daraja qayerda yuribdi, ertakni sevadigan, aytib bermasam uxlay olmaydigan n a b i r a s i Mu Ti m e n s i z q a n d a y y a s h a y a p t i e k a n . Laboratoriyadagi ishlarimiz nima bo‘ldi, deya o‘ylayotgan edim, lekin oxiriga yetkazolmadim. Nega desangiz, xuddi shu paytda eshik ovozsiz ochilib, yengil-yengil qadam tashlashib, uzun-qisqa bo‘lishib, katta-kichik doktorlar, erkagu xotin aralash-quralash bo‘lib kirib kela boshladilar. Ularga ko‘zim tushishi bilan, negadir, xafa bo‘lib ketdim. Men Gu Lini k u t a y o t g a n edim. Oralarida o ’ s h a n i ko‘rmaganim uchun xafa bo‘lgan bo‘lsam kerak. Kirsa karavotimning oyoq tomoniga o‘tkazib qo‘yib, atirguldek chiroyli yuzlariga, uzun-uzun kipriklariyu munchoqdek qora ko‘zlariga to‘yib-to‘yib boqaman deya shirin orzularga berilib yotgan edim. Hech bo‘lmasa qo‘llaridan ushlayman, deya ko‘nglimdan o‘tkazuvdim. Orzu hamma vaqt ham ro‘yobga chiqavermas ekan-da!.. Shoshilib kirib kelishlarini qarang. Xuddi bir narsadan quruq qolayotgandek bir-birlarini itarishib, turtib kelishyapti. Sizga aytaman deb, esimdan chiqib qolibdi. Bu yerdagi doktorlar bizning mamlakatdagi doktorlarga o‘xshab oq xalatu chuchvara nusxa qalpoq kiyishmaydi. Boshlariga qovunning yarim pallasiga o‘xshatib tikilgan qalpog‘u egniga yana o‘sha qovunning po‘chog‘iga o‘xshash matodan xalat tiktirib kiyishadi. Uzoqdan qarasangiz, odam emas, qovun dumalab kelayotgandek tasawur paydo bo‘ladi. Umuman, bu o‘lkada qovun xudoyu urug‘i payg‘ambar! Kirib kelayotganlarning hammasi doktoru hamshiralar bo‘lsa kerak, deb o‘ylovdim. Yo‘q, ko‘pchiligi m u x b i r l a r ekan. Bosh doktor q a d d i m n i ko‘taribroq qo‘ygach, kayfiyatimni, o‘zimni qanday his qilayotganimni so‘ragan bo‘ldi-da, tashrif buyurganlarni devor tomonga qator turg‘izib qo‘yib, leksiyasini boshlab yubordi. Mening xorijiy mamlakatdan kelib, professor Dar Daraja laboratoriyasida tajriba o‘kazayotganim, kutilmaganda behisob hidlarni kashf qilganim, ketma-ket unvonlar olganimni aytgach, to‘satdan qattiq qo‘rquv natijasida miyamning qaysi bir burchagida kuchli tormozlanish yuz berib, uzoq davom etadigan uyquga ketganligimni ham aytib o‘tdi. Men endi qutulgan bo‘lsam kerak, chiqib ketishsa, tinchgina yotib, orom olaman, shirin-shirin xayollar s u r a m a n , deb t u r g a n edim, yo‘q, u n d a y b o ’ l m a d i . Leksiyaning ikkinchi qismi boshlanib ketdi. Men yotgan xona meditsina ilmiy tekshirish institutiga qarashli bo‘lib, bu yerda ilmiy kuzatishlar va qaltis tajribalar ham olib borilar ekan. Kasalxonaga tushganinulan so‘ng o‘n besh kun o‘tgach, ilmiy kengash chaqirilib, mening ustimda kuzatishlar olib borish uchun yettita ilmiy xodimga ish taqsimlanibdi. Bittasi yurak urishimni, bittasi yegan taomlarimning tarkibini, bittasi nafas olishimni, bittasi tirnog‘im bilan sochimning o‘sish tezligini tekshirish bo‘yicha kuzatishlar olib boribdi. Va eng quvonchlisi shunda bo‘libdiki, shu yetti yosh olimning hammasi ham ilmiy kuzatishlarini nihoyasiga yetkazib, fan nomzodi darajasiga yetishishibdi. Ushbu ishlarga sifatli rahbarlik qilgani uchun bosh doktorga professorlik unvoni berilibdi. — Ofarin! — deya qarsak chalib yuborishdi to‘planganlar. — Professor Chan Gal, — deya murojaat qildi bir qulog‘i yo‘q muxbir, — sizga savolim bor edi. Shogirdlaringiz ilmiy ishlarni yoqlashga bir oz shoshilmadilarmikan? — To‘g‘ri, — dedi professor, — shoshilganlari rost. Negaki, bemor o‘lib qolgudek bo‘lsa, bu bizning sohamizda tez-tez uchrab turadigan tabiiy bir narsa, ilmiy ishlar chala qolib ketishi mumkin edi. — Yana bir savol. Bemor tashqariga chiqarib tashlaydigan quyuqlik va suyuqlik masalasida. — Xo‘sh? — Shuni tekshirish uchun nomzodlik dissertatsiyasi yoqlash shartmidi? — Ruxsat bersangiz, — dedi professor shoshilib, — shu savolingizni ochiq qoldirsam. Boshqa muxbirlar ham ishga tushib ketishdi. Savol degani laylakqordek yog‘ilaverdi. Keyin bilsam, o‘sha kuni bu yerda professorning tashabbusi bilan matbuot konferensiyasi o‘tkazilayotgan ekan. Xonada bo‘lgan suhbat televizor orqali Handalak shahriga ko‘rsatilib turilgan ekan. — Hurmatli bemor, boshingizni sal ko‘taring, — deya iltimos qildi yana bir muxbir. Boshimni ancha ko‘tardim. — Baxtiyor kishidek kulib turing. Kulimsiray boshladim. — Bir-ikki savol bermoqchiman. Otingiz Akbar Akbariy edi, shekilli. Qani, ayting-chi, o‘zingizni qanday his qilyapsiz? — A’lo darajada. — Uyquga ketishdan oldin qanday voqea, qanday ruhiy silsila yuz berganini aytib bersangiz? — Aytolmayman. — Sabab? — Bari bir tushunmaysiz. — Qancha muddat uxlaganingizni his qilib turdingizmi ? — Yo‘q, xuddi oqshom uyquga ketgandekman. — Demak, ikki yillik muddatni sezmabsiz-da? — Sezmadim. — Tush ko‘rdingizmi? — Ha. — Nimalarni ko‘rdingiz? — Oyijonim, ukalarim, dadam... ustozim Dar Daraja... hamma-hammalarini. Oishlog‘imizdagi o‘rtoqlarim, mol boqib yurganim, yaylovlar, qiyqirishib cho‘milganimiz, loyqa suvli a n h o r l a r , h a s h a r g a c h i q q a n i m i z d a b r i g a d i r qulog‘imdan cho‘zgani... keyin tushimda nuqul qovun yeyayotgandek bo‘laverdiin. — Tushda sog‘inish hissi ham paydo bo‘larkanmi? — Ha. — Ko‘proq kimni sog‘indingiz? — Sizdan boshqa hammani. — Charchab qoldingiz, shekilli, suhbatimizni yakunlaylikmi? — Yaxshi bo‘lardi. — Handalak shahri mehnatkashlariga nimani istaysiz? — Qpvunlar keyingi paytda bemaza bo‘lib ketyapti, shuni oldini olishsa. — Boshqa istagingiz yo‘qmi? — Ustozim Dar Darajani sog‘indim. Agar mumkin bo‘lsa, tezroq ko‘rishsak. M u x b i r u d e v o r t a g i d a q a t o r t u r g a n d o k t o r va hamshiralar yalt etib bir-biriga qarashib oldi. Bir gap borga o‘xshaydi. Yo vafot qildimikan, degan fikr o‘tdi boshimdan. — U kishini hozircha ko‘rolmaysiz, — tushuntirgan bo‘ldi bosh doktor. — Hega ko‘rolrnas ekanman? — Sababini... keyinroq bilib olasiz, — chaynalibroq dedi Chan Gal, — ehtimol, boshqa biron kishi bilan uchrashishni xohlarsiz? « S a r q i t l a r » l a b o r a t o r i y a s i d a birga i s h l a y d i g a n o‘rtoqlarimning nomini aytgan edim, ularga ham ruxsat bo‘lmadi. Ustozimning nabirasi Mu Ti esimga kelib qoldi. Rostini aytsam, o‘sha ko‘zlari chaqnab turadigan, tillari burro bulbulcha bilan gaplashganimda tani jonim yayrab ketardi. Bolalarning ko‘zi tiniq, toza bo‘ladi. Sizga qanaqaligini bilmayman-u, lekin men bolalarning ko‘ziga tikilganimda dam olaman, h u z u r qilaman. Ruhimda charog‘onlik, dilimda ravshanlik paydo bo‘ladi. Va o‘sha bolalarga o‘xshab sakrab-sakrab o‘ynagim kelib ketadi. Ustozim Dar Darajani bolajonligining boisi ham shundan bo‘lsa kerak. — Qizaloqning yoshi nechada? — so‘radi eshikning tagida, boshqalarga qo‘shilmay, g‘oyat jiddiy bo‘lib turgan bir kishi. — Yoshimi... yoshi, agar men bu yerda ikki yil yotgan bo‘lsam, — darmonsiz emasmanmi, arang gapira boshladim, — demak, yoshi to‘qqizda ekan. — Yoshi to‘qqizda bo‘lsa... kirishi mumkin, — deb qo‘ydi jiddiy kishi. Gapirishga holim qolmagan edi. Oulog‘im shang‘illay boshladi. Tik turganlarning hammasi gir aylanib ketdi. Boshim bir tomonga og‘ib tushdi. Ko‘zlarimni yumib oldim. Bir ozdan so‘ng vujudimga yana kuch oqib kelayotgandek bo‘ldi. Uxladimmi, uxlaganim yo‘qmi, bilolmasdim. Ko‘zimni ochsam, tashrif buyurganlarning hammasi devorga suyanganlaricha tek qotib turishibdi. Awaliga bular devorga ishlangan surat bo‘lsa kerak, degan fikr keldi boshimga. Xayriyat, barchalari birdan harakatga kelishdi-yu, bu fikrimdan tezgina qaytdim. Oralarida bu gal intizor kutganim Gu Lini ko‘rib qoldim. Xuddi biron siri oshkor bo‘lib qolishidan qo‘rqqandek allaqanday xijolatlik ichida, uyalibgina turardi. Bo‘yniga ovoz yozadigan ’apparat osib olgan bir yigit iljaygancha men tomonga bir-ikki odim tashladi. — Xayriyat, tezgina uyg‘ondingiz, — dedi negadir quvnoq bir ohangda, — gaplasholmay quruq qaytib ketishdan qo‘rqib turuvdim. Suhbatingizni kunduz soat uchda eshittiramiz. Progranimaga kiritib qo‘yganman. Mana, mana bu trubkaga gapirasiz. Yaxshisi, o‘zim ushlab tura qolay... Xo‘sh, hozir kayfiyatingiz qalay? Tavba, ko‘rib turibdi-yu, yana so‘raydi-ya! — Gijinglagan otdekman, — dedim jahlim chiqib. — Bir-ikkita savol bersam, maylimi? — Maylingiz. — Sizni ming xil h i d n i bir-biridan ajrata oladi, deyishyapti, shu to‘g‘rimi? — To‘g‘ri. — Uxlaganingizda tush ko‘rdim dedingiz, o‘shanda ham hid sezdingizmi? — Yo‘q. — Yashil o‘tloqlarni ko‘rdim dedingiz-ku? — O‘tloqlarning hidi yo‘q edi. — Demak, kishi uxlaganda, tush ko‘rganda hidni tuymas ekan-da? — Shunaqa bo‘lsa kerak. — Hozir-chi? Hozir hidlarni farqlayapsizmi? — Farqlayotganga o‘xshayman. — Demak, muborak burningizning hid olish qobiliyati ikki yillik uyqudan so‘ng ham saqlanib qolgan deb hisoblasam bo‘ladimi? — Bilmadim. — Sinab ko‘rishga ruxsat berasizmi? — Ixtiyoringiz. — Professor Chan Gal, — deya murojaat qildi muxbir, — bemoringizni sinab ko‘rishimga ruxsat berasizmi? Yo‘q, yo‘q, tashvishlanmang, ko‘p urintirmayman. Professor Akbar Akbariy, agar malol kelmasa, ko‘zingizni yumib tursangiz. Yaxshisi, mana bu ro‘molchani bosib qo‘yaman. Xafa bo‘lmaysizmi? Hozir, hozir... Yana andak sabr qiling. Mana, bo‘ldi... Qani ayting-chi, mening qo‘limdagi narsadan nimaning hidi kelyapti? Tashqaridan gul uzib kelganlarini aniq sezib turardim. Hega desangiz, uzoqdan kelayotgan chinnigul bilan rayhonning aralash hidi bir-biridan ajraldi-yu, chinnigulning, faqat chinnigulning o‘ziga xos bo‘lgan ojiz hidi endi shundoqqina burnimning ostida to‘lqin ura boshladi. — Oo‘lingizda chinnigul turibdi, — deb qo‘ydim. To‘planganlarning «0’y-o‘-o‘» deb yuborganlarini aniq eshitdim. Ehtimol, bir-birlariga ma’noli qarab ham olishgandir. Muxbir yana savol bermoqchi bo‘luvdi, ko‘nmadim. Charchab qoldim, topishmoq aytishni yanagi safarga qoldiraylik, deb iltimos qildim. Xayriyat, insofli yigit ekan, darrov ko‘na qoldi. TUTINGAN SINGLIM SHUMXABAR KELTIRDI M u Tidan bari bir bir haftagacha darak bo‘lmadi. Bu o‘rtada men ancha darmonga kirib qoldim. Awal karavotimning poyasini ushlab atrofini aylanib ko‘rdim. Keyin devorga suyana-suyana xonada yura boshladim. Uyg‘onganimning yettinchi kuni qo‘lini tishlab olganim hamshira qiz yordamida hovlidagi gulzorga chiqib, anchagina istirohat ham qildim. Ko‘zimning tinishi, boshimning aylanishi asta-sekin kamayib borardi. Men soqchilar nazoratiga tushib qolgan ekanman. Qovog‘i soliq bir yigit kun bo‘yi poylab o‘tiradi. Yozilgani chiqsam ham ruxsat olaman. Aytdim-ku, gulzorga chiqib istirohat qilib keldim deb, o‘sha kuni ham undan nariga o‘tmayman, deb tilxat yozib berganman. Bunchalik ta’qib qilinishimning sababiga hech tushunolmasdim. Qovog‘i soliq soqchidanku, biron gap chiqmaydi-ya. Hamshiralar bo‘lsa, bilmaymiz deya nuqul yelka qisishadi. Haligacha ustozimdan ham, birga ishlagan hamkasblardan ham darak yo‘q. Yo meni allaqachon o‘ldiga chiqarib yuborishdimikan. Jodugar qiz Gu Li bo‘lsa yana suvga tushgan toshdek yo‘q bo‘lib ketdi... Keyinchalik ehtimol men uni tushimda ko‘rgandirman degan xayolga ham bora boshladim. Ha-ha, shunday bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Axir shu kunlarda tushim bilan o‘ngimning farqi qolmadi-ku. Bir xayolim bu yerdan qochib qolish ham bo‘ldi. Lekin fikrimdan tezda qaytdim. Hali uncha kuchga to‘lgan emasman. Yugursam, nari borsam, ikki yuz metrga y u g u r a m a n . Anovi qovog‘i soliq poyloqchining bo‘lsa oyoqlari uzun, xuddi tozi itnikiga o‘xshaydi. To‘rt hatlab yetib olishi hech gap emas. Buning ustiga yonida to‘pponchasi ham bor. Yuragimga vahima solish uchun bo‘lsa kerak, bar zamonda ko‘rsatib qo‘yadi. G‘ilofidan oladi-da, latta bilan uyoq-buyog‘ini obdan artadi. Keyin o‘qdonini chiqarib, o‘qini kaftiga qoqadi-da, sanab yana joyiga soladi. Goho devordagi pashshalarni mo‘ljalga oladi. O‘ng ko‘zini qisib, bir oz jim turadi-yu, otmaydi. Bu mashg‘ulotlarini menga ko‘rsatib, ko‘z-ko‘zlab qiladi. Ya’ni, agar qochmoqchi bo‘lsang seni pashshadek otib tashlayman, demoqchi bo‘lsa kerak-da. Obbo, to‘pponchangdan o‘rgildim seni, deb qo‘yaman goho. Boringki, mana shunaqa ahvolga tushib qoldim-da. Yuragim tars yorilay deydi. Goho boshimni choyshabga burkab, yig‘lab-yig‘lab olaman deng... Qiziq, nega kishi yig‘laganda yuragi yozilar ekan? Yelkasidan bosib turgan g‘am yuki yengillashib, dili ravshanlashar ekan, tavba, nega shunday bo‘lar ekan-a? Faqat odam bolasi emas, goho it ham, otlar ham yig‘laydi. O‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Oiziq, ko‘z yoshi nima o‘zi, nimadan paydo bo‘ladi u? Nega ayollar ko‘p yig‘laydi-yu, erkaklar kam yig‘laydi. Oyijonim yig‘laganda dadam yelkasini silkitib kulganini bir necha bor k u z a t g a n m a n . O ’ s h a n d a men ham yig‘lavorayyig‘lavoray deb turardim. Lekin baribir yig‘lamasdim... Shu kunlarda esa to‘yib-to‘yib yig‘layapman. Tavba, hali aytganimday, yig‘lagan sari dilim ravshanlashib boradi deng. Yoki ko‘z yoshi bilan kishining dilidagi g‘arnu tashvishlar ham tashqariga oqib chiqib ketarmikan? Ko‘z yoshi dillardagi g‘ubormikan, g‘ammikan, nega uning ta’mi s h o ’ r t a k k i n a - y u , hidi achigan qatiqdan olinadigan zardobnikiga o‘xshash bo‘ladi, nega? Uyg‘onganimning yigirma ikkinchi kunimidi, yigirma uchinchi kunimidi, uyog‘ini surishtirsangiz, hisobdan ham adashib ketganman, ishqilib choshgoh mahali edi, shekilli. To‘satdan olam charog‘on bo‘lib, olamni yoqimli kuylaru xushbo‘y hidlar qoplab ketganday bo‘ldi. Ostonada kulimsiragancha m e n i n g jajji singlim, bu dunyoga kelganimdan beri birdan-bir ovunchog‘im, narigi dunyoda qolib ketgan singlim Muattarning o‘rnini bosib yurganim Mu Ti turardi. Olamdagi charog‘onlik labidagi tabassumdan, muattar hidlar qo‘lida ushlab turgan guldastadan ekan. -MuTi! — Akajon! Bir-birimizni achomlashib, issiq bag‘rimizda erib ketgandek bo‘ldik. Men entikaman, u yig‘laydi. Men yig‘layman, u kulimsirab xo‘rsinadi. Qovog‘i soliq soqchi ham unchalik insofsiz emas ekan, ikkovimizni xoli qoldirib, hovliga chiqib ketdi. — Obbo Mu Ti-ey, kap-katta qiz bo‘p qopsan-a? — Uchinchida o‘qiyapman, aka. — Nega daraklaring yo‘q? — Ruxsatnoma olish qiyin bo‘ldi. — Qanaqa ruxsatnoma? — Voy, bilmaysizmi? — Hech narsani bilmayman. — Axir siz nazoratdasiz-ku. Bobom ham tavbaxonada. — Nimalar deyapsan, to‘xta-to‘xta... Yo‘q, singlimni to‘xtatib bo‘lmadi. Yuragi to‘lib turgan ekan, hammasini to‘kib soldi. Ishlar chatoq, hamma narsa chappasiga aylanib ketibdi. O‘sha qiyofasini bir martagina k o ’ r g a n i m S e h r g a r Iblis b a x t l i - s a o d a t l i t u r m u s h kechirayotgan, bir-biriga ahilu mehribon Handalak shahri mehnatkashlarining boshiga ketma-ket ofatlar yog‘dira boshlabdi. Birini byurokrat, birini poraxo‘r, birini chaqimchi, birini fitnachi qilib va yana: — Ha-ha-ha, — Hi-hi-hi, — Ho-ho-ho — deya kulib yurgan emish va yana davom etib quyidagilarni ham aytar emish: — Men jamiki sarqitlardan yig‘ilgan maxluqman. Otam — Dar Daraja, onam — yigirma litrlik qorindor shisha, doyam Akbariy, sut o‘rniga araq ichib voyaga yetganman... Ha-ha-ha, sarqitlarni tugatmoqchi emishlar, tugatib bo‘psanlar, hi-hi-hi... Shahar soqchixonasi «Sarqitlan> laboratoriyasidagi ishlarni o‘rganib, nihoyat hamma aybni ustozim ikkovimizga ag‘darib, bizni qamoqqa olishga qaror qilibdi. O‘sha kungi tuzilgan aktda taxminan mana bunday so‘zlar ham bor ekan: «Shu ikki ilmsiz, xayolparast olim sarqitlar qonidan olingari zararli mikroblarni bir joyga to‘plamaganda ushbu Sehrgar Iblis paydo bo‘lmas edi. Shu bilan birga quyidagilarni ham malum qilamiz: laboratoriyadagi har xil imtihonlardan yiqilib kelgan qobiliyatsiz ilmiy xodimlar bu jinoyat yuz berayotganini ko‘raturib, tegishli organlarga ma lumot bermaganlar. Handalak shahar Qonunlar majmuasining 286-modda, A punkti bilan Dar Daraja va Akbar Akbariylar ustidan boshlangan tergovga, laboratoriya xodimlari ham tortilsin...» Albatta, Mu Ti bu ayanchli voqeani sizga qanday aytgan bo‘lsam, shu tarzda hikoya qilgani yo‘q. Yig‘lab, piqillab, ba’zi bir jumlalarini chala-chulpa qilib so‘zladi. Lekin men sizga t u s h u n a r l i bo‘lsin u c h u n ularni tartibga solib so‘zlayapman. Oxirida shuni ham aytmoqchimanki, yo aytmay qo‘yaqolaymi, yo‘q, yaxshisi aytaman, bechora Mu Ti ham tirik yetim bo‘lib qolibdi. Aytuvdim shekilli, otasi mening Lkdamga o‘xshab araqxo‘rlikka berilib, nobud bo‘lib ketgan. Onasi esa, ya’ni men uylarida turganimda qoshiq bilan vilka ushlashni o‘rgatib qo‘yaman deya biqinimni chimdib olgan Gul Nora opamni ham o‘z otasi Dar Darajaning jinoyatlariga sherik hisoblashib, qamab qo‘yishibdi. — Kim bilan turibsan? — sochlarini silab so‘rayman Mu Tidan. — Bitta kampir bilan, — xo‘rsinadi singlim. — Kampirni uyga olib kelib oldingmi? — Yo‘q. Men kampir xolamnikiga bordim. — Unda uylaring qarovsiz qolgandir? — Voy, aytmabman, uyimizni sotib yubordik. — Nega? — Voy, nega deysiz-a, akajon. Oyim bilan dadajonimni ko‘rgani borganimda pul kerak bo‘ladi-da. Soqchilar biram insofsizki, kirayotganda ham pul so‘rashadi, chiqayotganda ham. Xuddi tilanchilarga o‘xshab kaftini ochib turishadi. Undan keyin ruxsatnoma olish ham qiyin. Bir dasta pul kerak. Uyni sotdik. Bobojonimni tergov qilayotgan bitta mo‘ylovli amaki, uyni menga arzonroqqa sotsalaring bobojoningni jinoyatini engillatib beraman, aslida unda ayb yo‘q, hamma ayb Sehrgar Iblisda, dedi. O‘shanga sotdik. — Yengillatib berdimi, axir? — Ha. — Qanchaga yengillatdi? — Esimda yo‘q. — Qo‘y, yig‘lama, — deya singlimni bag‘rimga bosib erkalab qo‘ydim. — Men eson-omon chiqib olsam, hammalarining ta’zirini beraman. O‘sha Sehrgar Iblisni ham ushlab, shishaga kiritib yuboraman. — Yo‘q, akajon, unga yig‘lamayapman. Bularning hammasiga ko‘nikib ketdim endi. Men sizga yig‘layapman. — Menga?! — Endi sizni ham tavbaxonaga jo‘natishadi. — Nega? — Sizniyam bobomga qo‘shib sud qilishgan. — Unda men uxlab yotuvdim-ku. — Bilmasam. Sizga ham bobomga qancha berishgan bo‘lsa, o‘shancha berishgan. — Yig‘lama! — Yo‘q, akajon, endi mening bu dunyoda hech mehribonim qolmadi. Kim meni erkalaydi, kim mening ko‘nglimni ko‘taradi. Bobojonim qo‘g‘irchoqlar yasab berardi, siz ertaklar aytib berardingiz... Ko‘chada hamma bolalar meni masxaralab, kalaka qilishyapti. — Oaysi bolalar? — U, tomog‘iga pistaning po‘chog‘i tiqilib qolgan bola bor edi-ku? — Manqami? — Ha, o‘sha. Hech kun bermaydi. Darsda o‘tirganimda sochimning uchiga sichqonning o‘ligini bog‘lab qo‘ygan ekan, qo‘rqib ketdim. — Shoshmay tursin, men uni shunday boplayki... — Keyin anovi... haligi... bor edi-ku? — Oaysi? — Haligi sochini qirdirb oldirib, boshini yiltiratib yuradigan bola-chi? — Xa Makchami? — Ha, o‘sha. Ko‘chaga chiqdim deguncha bobosi qamalgan, akasi kelgindi, deb ko‘z ochirmaydi... Uyga kirib, rosa yig‘layman. Suhbatimiz shu yerga yetganda qovog‘i soliq soqchi kelib, vaqtlaring tugadi, deya ogohlantirib qo‘ydi. Bir-birimizning mehrimizga qonmagan edik. Lekin nachora, tartibga bo‘ysunishga majburman. MU TIGA ATAB ERTAK TO‘OIDIM Y ig‘lab-yig‘lab xayrlashdik. Yo‘q, meni yig‘loqi deb o‘ylamang. Eng og‘ir paytlarda ham ko‘zimga bir tomchi yosh kelmasdi. Buni sizga aytuvdim ham, shekilli. madorim quriganidanmi, asablarim qaqshab, o‘zimni tutolmaydigan bo‘lib qolganman. Boshim ham likillaydigan bo‘lib qolgan. Sal qizishsam, bas, shamolda qolgan boshoqdek likillashga tushadi. To‘g‘ri, singilcham bilan yig‘lab-yig‘lab xayrlashdik. Lekin yig‘lab tursam ham dilimning bir chekkasida chiroq yonib turgandek edi. Bu chiroq singlimning qo‘lidagi ruxsatnoma desam ham bo‘ladi — roppa-rosa yigirma kunga berilgan. Yana-tag‘in har uchrashuv bir soatdan deng. Endi har kuni uchrashadigan bo‘lib qoldim. Miriqibmiriqib suhbatlashamiz. Goho o‘sha birga turgan buvisi chuchvara pishirib berib yuboradi. Oh-oh, joni-dilim xamir taom. Chuchvara, manti, lag‘mon, tandir somsa... mana shunaqalarga ko‘zim tushganda o‘zimni tomdan tashlaydigan odatim bor. Bir marta deng, singilcham keltirgan chuchvaradan ko‘p yeb qo‘yib, bo‘kib qolsam bo‘ladimi! Oorin degani do‘mbiradek shishib berdi. Doktorlar qo‘rqib, har tomonga yugurib qolishdi. Bechora Mu Ti bo‘lsa dag‘-dag‘ qaltiraydi deng. Shunday qilib, har kuni uchrashadigan bo‘ldik. Goho: — Bobomizning oldiga bordingmi? — deb so‘rayman Mu Tidan. — Aytdim-ku, yanaga oyga ruxsat berishadi deb, — kuladi singilcham. — Mening uyg‘onganimni bobomizga bildirsak bo‘lardi. — Oyijonimga ham, bobomga ham xat orqali ma’lum qilganman. — Javob ham olganmisan? — Voy, sizga darrovgina javob kela qolarmidi? — Handalakda mening haqimda qanaqa gaplarni aytishyapti? Hech eshitmadingmi? — Voy, nega eshitmay, uning niyati pok, odamlarga yaxshilik qilmoqchi edi, deya sizga achinishyapti. Keyinchi, aka, qo‘shnilarimiz bobomga ham achinyapti. U bizning umrimizni uzaytirmoqchi, sarqitlarni tugatib, baxtli-saodatli qilmoqchi edi, biz bo‘lsa uni qamab o‘tiribmiz, ochiqda bo‘lganda bo‘lardi, deyishyapti... Uyqudan uyg‘onganingizni relevizorda ikki marta ko‘rsatishdi... Aka, ertak to‘qib qo‘yaman devdingiz, boshlang endi. — Hech narsa esimga kelmayapti, — deyman xijolat bo‘lib. — Bo‘lmasa eskilaridan aytsangiz ham mayli, — yolvorib turib oladi Mu Ti. Sut bilan lcirgan jon bilan chiqadi deb eshitgan edim. To‘g‘ri ekan. Mu Ti ertakni yaxshi ko‘rardi, uylarida yashab turgan paytlarimda biror narsa aytib bermasam, yarim kechasigacha biqinimga turtgani-turtgan edi, buni sizga aytuvdim ham, shekilli. Shu odati haligacha qolmabdi-ya. Aksincha, kuchayibdi. Bo‘lmasa, o‘zimiz qay ahvoldamizu... — Yanagi safar aytib beraman, — deya uzr so‘ragan bo‘laman. — Aldasangiz-chi ? — ko‘zlarini sho‘x-sho‘x chaqnatib deydi singilcham. — Yo‘q, bu gal aldamayman. Xullas, mana shunaqa gaplar. Ba’zan ma’noli, ba’zan ma’nosiz suhbatlar bilan bir soatni o‘tkazamiz. Singlim ketgach, yana xonada yolg‘iz qolaman. Goh ustozimni o‘ylab xayolan gaplashgan bo‘laman. Goh o‘zimning ayanchli ahvolim haqida tubsiz o‘ylarga berilaman. Ba’zan qovog‘i soliq yigit bilan gaplashishga takror va takror u n n a b ko‘raman. — Soat necha bo‘ldi? — deb so‘rayman. — Bilmayman, — deydi qovog‘i soliq. — Bugun haftaning qaysi kuni? — Bilmayman. — bu yerda Gu Li degan hamshira qiz ishlardi, hozir ham bormi? — Bilmayman. — Demak, men qattiq nazoratda ekanman-da? — Bilmayman. — Darmonga kirishimni kutyapsizlarmi? — Bilmayman. — Darmonga kirsam boshqa joyga ko‘chirsanglar kerak? — Bilmayman. — Nega siz navbat almashmaysiz? — Bilmayman. — Bilmayman degan so‘zdan boshqasini ham bilasizmi? — Bilmayman. — Nega bilmaysiz? — Bas qil, — qovog‘i soliq menga qarab shunday xo‘mrayadiki, ko‘zlarining o‘rnida bamisoli o‘qlangan to‘pponchasining og‘zi ko‘ringandek bo‘ladi. Jim bo‘lib qolaman. Yuraman, o‘tiraman. O‘zimga-o‘zim latifalar aytib qiqirlab kulaman. Kunlarim shu yo‘sin o‘taverdi. Lekin har qancha urinmay, bari bir, ertak to‘qiyolmayman. Lekin singilcham uchun to‘qishim kerak. Uning bir nafaslik quvonchiga jonimni berishga tayyorman. Yana ikki yil uxla, singling quvonadi, desalar, mayli, uxlayveraman. Faqat Mu Tining ko‘zlaridagi mung o‘rnida quvonch ko‘rsam, beg‘ubor dilidagi g‘ussalar o‘rnida sevinch gullari ochilsa bas, hammasiga tayyorman... Ertak to‘qiy boshladim. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan... Bu bo‘lmaydi. Boshqasini to‘qiyman. Hayvonlar haqidagisini yaxshi ko‘rardi u. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, juda qadim zamonda, hayvonlar odamlarga o‘xshab gaplashadigan, daraxtlaru giyohlar ashula aytadigan vaqtlarda qalin o‘rmon ichida bir Ouyoncha yashagan ekan. Ko‘p quvnoq va buning ustiga o‘yinga ham usta ekan. Har kuni o‘tloqlarda chopqillab o‘ynar, o‘z tilida quvnoq ashulalar aytar, qaytib kelgunicha onasi qizil sabzilardan, barra karamlardan ovqat tayyorlab qo‘yarkan. Bir kuni yam-yashil maysalarda o‘ynab yurgan ekan, yig‘lab o‘tirgan Tulkiga ko‘zi tushib qolibdi: — Ha, Tulkixon, nima bo‘ldi? — so‘rabdi Ouyoncha. — Oyog‘imga tikan kirib ketdi, — battarroq yig‘labdi Tulkixon. Quyon oyoqqa kirgan tikanni olishga juda usta ekan. Ko‘z yumib-ochguncha tikanlarning barchasini olib tashlabdi. Xursand bo‘lgan Tulkixon: — R a h m a t , Q u y o n c h a , men h a m bir k u n i bu yaxshiligingni qaytararman! — deya minnatdorchilik bildiribdi. Quyoncha yana o‘ynashda davom etibdi. Sakrabsakrab bir mahal katta chinor tagiga borib qolibdi. Qarasa qo‘ng‘ir junli Ayiq dodlab yig‘layotgan emish. — Ha, Ayiqpolvon, nima bo‘ldi? — so‘rabdi Quyoncha. — Mana bu daraxtning kavagida asal bor ekan. Olib yeyman devdim arilar betimni, ko‘zlarimni chaqib shishirib yubordi, yo‘limni topib yurolmayapman! — deb yana yig‘lashga tushibdi u, Quyoncha tabobatdan ham xabardor ekan. Qanday qilsa yuzidagi shish qaytishini donishmand bobosidan eshitgan ekan. Bargizo‘t degan giyohning yaprog‘idan olib, Ayiqning yuziga yopgan ekan, birpasda shishi qaytib ketibdi. Ko‘zlari charaqlab ochilgan Ayiq behad xursand bo‘libdi: — Rahmat, Quyoncha, vaqti kelib men ham senga bir yaxshilik qilarman! — deb minnatdorchilik bildiribdi. Quyoncha yana o‘rmonlarni to‘ldirib ashulalar aytib, quvonchini ichiga sig‘dirolmaganidan sakrab-sakrab o‘yinlarga tushib yo‘lida davom etibdi. Bir mahal bunday quloq solsa, changallar orasida Bo‘ri uv tortib yig‘layotgan emish. — Bo‘rivoy, nega yig‘layapsan? — so‘rabdi Quyoncha. — Oyog‘im qopqonga ilinib qoldi! — yana uv tortibdi Bo‘ri. — Yordamlashib yuboraymi? — yuragi achishib so‘rabdi Quyoncha. — Tez bo‘l, tezroq, — yolvoribdi Bo‘ri. Ziyrak Quyoncha oyoq qopqonga ilinganda qanday bo‘shatish yo‘llarini yaxshi hilar ekan. Ko‘z ochib-yumguncha Bo‘rivoyni bandilikdan ozod qilibdi. Bo‘ri xursand bo‘lganidan minnatdorchilik uchun so‘z topolmas emish. — Yaxshiligingni hech unutmayman! — debdi nihoyal Quyonchaning uzun quloqlaridan o‘pib. Quyoncha qilgan ishlaridan mamnun bo‘lib sakrab-sakrab qaytayotgan ekan, yo‘lda kattakon bo‘g‘ma Ilonga duch kelib qolibdi. — Ochman, seni yeynian! — deb Quyonchani quvlashga tushibdi. Ouyoncha bir amallab tepalikka chiqib olibdida, bor ovozi bilan do‘stlarini yordamga chaqira boshlabdi. «Tulkixon, Ayiqpolvon, yordam beringlar, bo‘g‘ma Hon meni yeyay deyapti». Quyonchaning ovozini eshitgan Tulkixon, Bo‘rivoy, Ayiqpolvon darhol yetib kelishib, yovuz Ilonni k a l t a k l a b o ’ l d i r i s h i b d i . Balodan e s o n - o m o n qutulganliklari uchun shukronasiga bir xursandchilik qilmoqchi ham bo‘lishibdi. O‘sha paytlardagi hayvonlar Handalak shahri odamlariga o‘xshab xursandchilik vaqtida araq ichisharkan. Oyog‘i chaqqon Quyonchani yarimta araq keltirish uchun o‘rmon magaziniga jo‘natishibdi. Ouyoncha darhol aytganlarini hozir qilibdi. Tulkixon kosagul bo‘pti, ichkilikni bargdan yasalgan piyolalarga quyib, mazza qilib ichib olisbibdi. Ammo araq ichlarini kuydira boshlabdi, gazak yegilari kelib qopti. Shunda Bo‘rivoy T u l k i x o n g a t i k i l i b d i , T u l k i x o n z i m d a n Ayiqpolvonga nazar solibdi, uchovlarining boshlaridan bir fikr o‘tibdi: Quyonchani tappa bosib, bo‘g‘ib o‘ldirishibdida, biri oyog‘idan, biri biqinidan tishlab, lom-mum qilib yuta boshlashibdi. Quyonchani eson-omon yeb bitirgach Tulkixon lunjidagi qonlarni artib: — Chakki bo‘ldi-da! — debdi. — Ha, kayf bilan xunuk isli qilib qo‘ydik! — deyishibdi qolgan hayvonlar ham. O‘sha zamonlarda yirtqichlar tez-tez mana shunaqangi bazmlar qurishib ojiz hayvonlarni tutib yeb turishar ekan. Yeyishar ekan-u, ammo suyaklarini ochiqqa tashlab ketmas, to‘plab bir joyga ko‘mib qo‘yish odat bo‘lgan ekan. Bular ham Quyonchaning suyagini qabrga ko‘mib, ustiga tuproq tortishibdi. Tepasiga oq marmardan, u zamonlarda oq marmarlar juda serob ekan, ha, oq marmardan qabr toshi ham qo‘yishibdi, qabr toshiga esa mana bunday yozuvlarni ham bitib qo‘yishibdi: «Do‘stimiz Quyoncha! Sen ko‘p mehribon, rahmdil bir hayvon eding: ormondagi barcha hayvonlarga qo‘lingdan kelgancha yaxshilik qilarding. Sen yaxshilik va quvnoqlik timsoli eding. Sening porloq xotirang qalbimizda abadiy saqlanajak. Alvido, mehribon do‘stimiz! O‘rmondagi o‘rtoqlaring». Quyonchaning qabri olis o‘rmonda haligacha saqlanib turgan emish! Ertagim tayyor bo‘lgach, endi singlimning kelishini betoqat kuta boshladim. Odatda kunning ikkinchi yarmida kelardi Maktabdan qaytgach kampir buvisi ild<ovlari ovqat pishirishadi. Hozir o‘choqqa olov yoqishgan bo‘lsa ham ajab emas... To‘satdan, bu mamlakatga kelganimdan buyon to‘satdan bo‘ladigan voqealar ko‘p bo‘lyapti o‘zi, forma kiygan ikki soqchi shaxdam qadamlar bilan kirib kela boshladilar. — Akbar Akbariy siz bo‘lasizmi? — Xuddi o‘ziman, — dedim xursand bo‘lishimni ham. xafa bo‘lishimni ham bilmay. Oldimga tuguncha tashlab, kiyining, deya farmon berishdi. Tugunchani yecha turib, yuragim shuv etib ketdi — mahbuslarga beriladigan kiyimlar. — Hammomga boramizmi? — so‘radim har ehtimolga qarshi. — Gap qo‘shmang, — yana buyruq bo‘ldi. Boshqa iloj yo‘q, kiyindim. — Oldimga tushib yuring, — deb aytishgan edi, ko‘nmadim. Singlimga ertak to‘qiganman. Kelsin, aytib beray, deya iltimos qildim. — Yur deyapman! — yelkamga turtdi bittasi. — Singlimga ertak to‘qiganman deyapman, — nazarimda baqirib yubordim, shekilli. Ikki soqchi ikki yonimga kirdida, oyog‘imni yerga tekkizmay olib chiqib ketishdi. Usti berk qovunnusxa mashinaga chiqarishib: — Mana endi ertagingni bemalol aytaverasan, — deb qo‘yishdi. ROSA KALTAK YEDIM ashina ko‘rinishidan qovunnusxa bo‘lsa ham, asli qalin tunukadan yasalgan ekan. Hatto o‘tiradigan kursisi ham muzdekkina temir. Ichi biram sovuqki, bir nafasda etim junjikib, tishim takillay boshladi. Bizning mamlakatda b u n a q a n g i m a s h i n a l a r d a odatda f e r m a n i n g molini tashishardi. Bu yerda esa... Nima ham deya olardim. T a v b a x o n a g a t u s h g a n i n g d a n keyin o s t i n g g a atlas ko‘rpachayu biqiningga paryostiqlar qo‘yib berishsinmi?! Chidashdan boshqa ilojing yo‘q, mulla Akbariy. Oo‘shqanotli pastak-pastak ikki darvozadan o‘tgach, meni pastga olib anchagacha shu yerda, ochiq havoda ushlab turishdi. Aftidan ichkarida mening haqimdagi hujjatu qarorlarni titkilab ko‘rishayotgan bo‘lishsa kerak. Nihoyat tarvuzdek dum-dumaloq bir kishi yurib emas, dumalab chiqib keldi-da, qarshimda to‘xtab: — Xorijiy mamlakatning fuqarosi Akbar Akbariy o‘zlari bo‘ladilarmi? — deb so‘radi. Nazarimda ovozi ham og‘zidan emas, boshqa joyidan chiqqandek bo‘ldi. — Xuddi shunday, — dedim shosha-pisha. — Xush ko‘rdik, — dedi yana tarvuznusxa juda yumshoq ohangda. — Rahmat, — dedim, negadir dilim ravshan tortib. — Qadamlariga hasanot, — awalgidan ham yumshoq, ham yoqimli ohangda dedi tarvuznusxa. Men ham iliqqina javob qaytaraman deb endigina og‘iz juftlagan ham edimki, yelkamga shunaqangi mushtladiki, tilimni tishlab qoldim. — Oldimga tush, sehrgar! Turta-turta uzun koridor bo‘ylab haydab ketdi. Nihoyat, oxiridagi bir xonaning eshigini qiya ochib, yelkamdan qattiq itarib yubordi. Munkib borib peshonam bilan xonaning narigi devoriga urildim. Miyam yorilmadi, shekilli, bo‘lmasa til t o r t m a y o m o n a t i m n i t o p s h i r g a n b o ’ l a r m i d i m . Anchagacha cho‘zilib yotdim. Xona ichi yorishib kelmoqda edi. Torgina ekan. Burchak-burchakda uch-to‘rt odam o‘tirgandek. Bittasi juda g‘alati ko‘rinyapti. Soqoli uzun, mum surtilgandek qop-qora. Yuzi ingichka, cho‘ziq, xoh W r i n g , xoh ko‘rmang afti mast bo‘lgan takaning o‘zginasi deysiz. Nigohimiz ikki-uch bor to‘qnashib qoldi. Ha-ha, takaning o‘zginasi, deya o‘ylay boshladim. Taka qiyofali asta o‘rnidan turib, men tomonga kela boshladi. Qo‘lida guppi chopon, yo‘l-yo‘lakay taxlab kelayapti. Yana bir balo bo‘ladiganga o‘xshaydi deb yuragimni hovuchlab turibman. — Boshingni ko‘tar, — dedi tepamga kelib. Lekin boshimni ko‘tarishimni kutib o‘tirmay, o‘zi haligi buklangan choponini qo‘yib berdi. Yumshoqqina ekan tanimga rohat yugurgandek bo‘ldi. — O‘-o‘... Peshonang g‘urra bo‘libdi-ku, — dedi engashib, — hechqisi yo‘q, yosh ekansan, to‘yinggacha tuzalib qolasan. Ranging yomon oqarib ketibdi-ku, bola? — Qo‘rqdim, shekilli. — O o ’ r q m a . bu yerdagilar yaxshi odamlar. Suv ichasanmi? — Mayli. — Lekin ko‘p ichma. Yosh ekansan. Kechasi tagingni ho‘l qilib cjo‘yasan. Qorin qalay? Mana shu savol berilgandan keyingina kunbo‘yi ovqat yemaganimni esladim. Mu Ti, hoynahoy, dimlama manti olib kelsa kerak, deb tushlikni ham yemovdim. Juda ochiqqan edim. — Qorinda hech vaqo yo‘q, — dedim tortinibroq. Hamxonalarim yomon odamlar emas ekan. Bittasi ikki burda qotgan non, bittasi bosh barmoqdekkina keladigan sariyog‘, bittasi bir parcha qovun qoqi, yana birovi esa bir dona piyoz ham beribdi. Teskari o‘girilib, hammasini pokpokiza tushirib oldim. Soqolli amaki uzatgan yelim idishdagi suvning qolgan-qutganini ham qo‘ltillatib ichdim-da, labimni arta turib, hammalariga qulluq qilib qo‘ydim. — Endi jindek mizg‘ib ol, — dedi soqolli amaki xuddi dadamdek mehribonlik bilan, — bari bir ranging haliyam oppoq, murdanikiga o‘xshaydi. Yo bir chektirib qo‘yaymi? — Rahmat, — dedim qishloqchasiga qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, — men chekmayman. — Lekin yaxshi qilasan. Bu zormanda hozir o‘zimizga yetishmayroq turibdi. Shunchalik mehribonlikka javoban nomiga bo‘lsa ham jindek uxlay desam, qani endi qurmag‘ur kela qolsa. Ko‘zimni chirt yumib birpas yotdim, ikkipas yotdim, yo‘q, uchqur xayollarimni jilovlay olmadim. Ehtimol, tagim qattiqlik qilayotgandir, deb o‘yladim. Axir quruq polda yotibman-ku. Uxlay olmaganligimning sababi undan ham emas, shekilli. Dilimning qayeridadir g‘ashlik borligini his qilib turibman. Bordi-yu ular yomon odamlar bo‘lsa-chi, meni aldab uxlatib, biror narsa qilib qo‘yishsa-chi? Dimog‘imga gupillab yomon hidlar urilyapti. O‘zingizga aytganman, odam bolasining hidiga qarab xulqi-axloqidagi yomonlik bilan yaxshilikni farqlay olaman. Bu odamlarning qonida ham allaqanday buzilish borga o‘xshaydi. Bir narsa qilib qo‘ygudek bo‘lsalar, professorlik unvonimni qo‘shib ko‘mib yuborishsa-ya. Ko‘zimni sekin ochdim. — Ha, bolakay, uxlolmayapsanmi? — murojaat qildi taka qiyofali amaki. — Hechqisi yo‘q, asta-sekin o‘rganib ketasan. Men ham bir haftagacha uxlayolmay rosa qiynaluvdim. Senam joy tanlar ekansan. Mana bu — mening yonimdagi ho‘kizga bo‘lsa baribir. Boshi yostiqqa yetdi deguncha gumburlatib xurrakni otaveradi. Hamxonalarim bir oz uyoqdan-buyoqdan gaplashib o‘tirgan bo‘lishdi-da, joylarida birin-ketin uyquga ketishdi. To‘rttoviniyam xurragi bor ekan. Umrim bino bo‘lib bunaqangi nag‘machilarni bir joyga jam bo‘lib, bir-biri bilan musobaqa o ’ y n a g a n i n i hech k o ’ r m a g a n d i m . Bittasi bo‘g‘izlangan moldek xirillayapti. Ikkinchisi paq-paq-pac| deya ovoz chiqaryapti. Uchinchisining ichidan karnay desam karnayga, surnay desam surnayga o‘xshamaydigan g‘alatig‘alati shovqinlar otilib chiqyapti. To‘rtinchisi, xoh ishoning, xoh ishonmang, xuddi olov o‘chirayotgandek puf-puflab turibdi. Bittasi kimnidir masxara qilayotgandek xiringlab kulib-kulib qo‘ysa, boshqasi piqillab yig‘lashga tushadi deng. — Xur-r-r-rrr! — Paq-paq-paq! — Chiy-chiy-chiy! — Puf-puf-puffif, — degan ovozlar to‘lib boryapti. Yarim kechasiga borganda musobaqa yana ham avjiga chiqib ketdi. Qani ayting-chi, shunaqangi paytda odam bolasi uxlay oladimi? Yo‘q, deysizmi? Demak, men ham uxlash uyoqda tursin, o‘ttiz ikki tishimni birdan egovlashayotgandek azoblanib chiqdim. — Qalay, qo‘zi bola, yaxshi uxladingmi? — deb so‘radi taka soqolli nonushtadan so‘ng. — Ha, — deb qo‘ydim. — Beriroq kel, bunday bir gaplashib o‘tiraylik. Yaxshiroq t a n i s h i b olaylik. S u h b a t l a s h i b o ’ t i r m a s a k , z e r i k i b qoladiganga o‘xshaymiz. O‘sha to‘nni tagingga solib ola qol. O‘z-o‘zingga berganman... Mana bu, boshqa gap. Oldin akalaringni tanishtirib qo‘yay. Yuragida yoli bor yigitlar bular. Keyinchalik senga asqotib qolishi mumkin. Mana bu akangning oti G‘ir Rom, poraxo‘rlik orqasida qo‘lga tushib, sudlangan. Ajoyib poraxo‘r edi. Oh-oh, uning ochiqda yurganini ko‘rsang, oyisidan ham, dadasidan ham pora olardi. Poraxo‘rlik haqida kitob ham yozgan. Yozganmisan? — Ha, — deb qo‘ydi barmoqlari bilan nimanidir hisoblab o‘tirgan kishi. — Mana bu akang bo‘lsa ajoyib ig‘vogar. Oldin mahallani, ketidan butun qo‘ni-qo‘shnilarni gij-gijlab urishtirib qo‘ygan. Oxirida o‘z xotinining ustidan yozib, qo‘lga tushib qolgan. Xotini chaqib berganga o‘xshaydi. Buyam ig‘vogarlarga qo‘llanma yozgan. Nechta qo‘llanma yozuvding? — Yettita, — deb qo‘ydi boshini o‘rab suhbatga quloq solayotgan kishi. — Ana ko‘rdingmi, qo‘zi bola. Handalak shahrida adolat qolmadi o‘zi. Bo‘lmasa shaharning bosh ig‘vogari bo‘laman deb turgan bu odamni mukofotlash o‘rniga bu yerga tiqib qo‘yisharmidi... Oldin hammamiz ham sal boshqacharoq edik. Bu akang budkada gazeta sotardi. Men bo‘lsam kushxonada qassob edim. Eshitgandirsan, shaharda sarqitlar yig‘indisidan paydo bo‘lgan Sehrgar Iblis izg‘ib yuribdi. Iblis hammamizni mana shu ko‘yga solib qo‘ydi... Lekin yomon bo‘lmayapti, shekilli. Mazza qilib yashayotuvdik. To‘g‘rimi, ig‘vogar? — To‘g‘ri, — deb qo‘ydi ig‘vogar. — Sen nima deysan? — deb so‘radi taka soqolli hamon barmoqlarini bukib nimalarnidir hisoblab o‘tirgan G‘ir Romdan. — Gapingni tasdiqkib bersam, qancha berasan? — boshini ko‘tarmay so‘radi G‘ir Rom. — Ana ko‘rdingmi, qanaqangi yigit bu, — deb qo‘ydida, taka soqolli gapini davom yettirdi, — xo‘sh, qo‘zi bola, sen o‘zi asli Handalakdanmisan? Yo‘q, deysanmi"? E-ha, unda hech gapdan xabaring yo‘q ekan-da. Shaharda sehrgar paydo bo‘lganini ham eshitmagandirsan? — Eshitganimcha yo‘q. — E-ha, hamma narsadan orqada qolib ketibsan unda. Uning paydo bo‘lishi yaxshimi-yomonmi o‘zimiz ham bilmaymiz. Sehrgar esa hushimizni olib qo‘ygan. Men bo‘lsam, eshityapsanmi qo‘zi bola, katta o‘g‘ri bo‘lib qoldim. Bu yerga k e l g u n c h a oltita m a g a z i n n i t a l a g a n m a n . Qara-ya, hammasidan bexabar qolibsan. Aytishingga qaraganda, hali sizlar tarafga Sehrgar Iblis bormabdi-da. Borganda-ku, og‘zingga bir puflab seni ham muttahamga aylantirib qo‘yardiya. Ehtimol muttahamdirsan? Bu yerga bekorga olib kelishmagandir. Qani, nomai a’molingni gapirib ber-chi? Yuragimda vahima qo‘zg‘aldi. Singlim Mu Tining gaplari to‘g‘riga o‘xshaydi. Demak, Sehrgar Iblis odamlarni zaharlav boshlabdi. Hammasiga men aybdorman. Agar o‘sha qonlarni b i r l a s h t i r m a g a n i m d a . . . fan dolctori bo‘lmay ketay, kashfiyotlarga berilmay ketay, deya o‘zimni qarg‘ashga tushdim. Pokiza shaharning ustidan nopok suv quyib qo‘ydim-a. Endi umrbod vijdon azobida qiynalaman. Vijdon azobiga odam bolasi qancha chidashi mumkin, baribir bir umr chidolmaydi-ku. Undan lco‘ra o‘zimni-o‘zim yo‘q qilib qo‘ya qolganim yaxshi. Bordi-yu, ochlik e’lon qilib, berganlarini yemay, birato‘la narigi dunyoga ravona bo‘lib qo‘ya qolsam-chi. Ha-ha, yaxshisi, shunday qilaman. — Uxlab qoldingmi? — ovozini xiyol ko‘tarib dedi taka soqol. — Nomai a’molingdan gapir, deyapman. Sen ham bizga o ’ x s h a b Sehrgar I b l i s n i n g tuzog‘iga ilingan bandamisan yoki jinoyatchilardan bo‘lasanmi, oting nima o‘zi? — Mendan so‘rayapsizmi? — dedim ochiq iqror bo‘lishimniyam, bo‘lmasligimniyam bilmay ikkilanib. — Ha, sendan so‘rayapman. — Otim Akbar Akbariy. — A?! — Ig‘vogar prujinali qo‘g‘irchoqdek sakrab o‘rnidan turib ketdi. — Qayerliksan? — shoshilib so‘radi taka soqolli. — Soyboshi mamlakatidanman. — Nima-nima? — bu gal poraxo‘r sapchib turdi. — Professor Dar Darajaning shogirdimisan? — bu savolni to‘rtovlari birdan berganday bo‘ldi. — Ha, o‘shaman! — Sehrgar maxluqni dunyoga keltirgan doya tag‘in sen bo‘lmagin? — Xuddi o‘shaning o‘ziman. — Ablah, — degan ovoz eshitildi uyning to‘rt burchagidan, — josus, sehrgar! — Xayriyat, o‘lmagan ekansan, — deb sekin o‘rnidan tura boshladi taka soqolli, — o‘lganingda armonimdan chiqolmay qolardim. Demak, bizga o‘xshaganlarning boshiga falokat yog‘dirgan jodugarni yaratgan sen ekansanda? O‘g‘irlik, muttahamlik urug‘ini narigi dunyodan sen olib kelgan ekansan-da? Barchamizni sehrgarga bandi qilib berib, tomoshamizni ko‘rib yurgan ekansan-da?! Shu paytda, ishonsangiz, qo‘rquv nimaligini bilmasdim. O‘zimni-o‘zim vijdon azobidan qutqarish maqsadida oiimga mahkum qilganim uchunmi, endi hech narsadan tap tortmasdim. O‘rnimdan turib, ko‘kragimni kerdim: — Ha, men bo‘laman! — Professorlik unvoni kamlik qilib qolibdi-da, yana kashfiyot qilmoqchi bo‘libdilar-da?! — Ha, cho‘ntagimni pulga to‘ldirmoqchi edim. — Mana senga pul! Bilmadim, qaysi biri urdi ekan, chakkamdan olov chiqib ketganday bo‘ldi. Beshinchi mushtdan keyin yiqildimmi, oltinchi zarb yiqitdimi, bilolmay qoldim. Qarshilik ko‘rsatishga holim kelmasdi. Dumalatib xonaning u burchagiga, goh bu burchagiga olib borayotganlarini elaselas eslayman, xolos. Sarqit balosiga yo‘liqqanlari uchun mendan o‘ch olayotganlari aniq edi. Armonlaridan chiqib olsin deb tek turib berdim... Ikki marta ko‘zimdan olov chiqib ketganday bo‘ldi. Keyin nima bo‘lganini bilolmay qoldim. HOSHIMJONNING SEHRLI OALPOQCHASI YORDAMGA KELIBDI O i sha k u n i o ’ l m a g a n i m n i kasalxonada o‘zimga kelganimdan keyin bildim. Lekin o‘lgandan battar bo‘libman. Buni menga shifokorlar aytib berishdi. Ikki ko‘zim o‘rnidan irg‘ib chiqqan, vujudimda nechtaki suyak bo‘lsa, hammasi singan, besh-olti joyda etlarim ham uzilib ketgan ekan. Qaytadan dunyoga kelishim bir mo‘jiza bo‘libdi. Singan suyaklarimning bu qadar tez bitishi esa ikkinchi mo‘jiza deb baholanib, Shirin qovunlar mamlakatida katta shov-shuvlarga sabab bo‘libdi, tez darmonga kirib ketishimning sababiga esa doktorlar haligacha tushunishmayotgan emish. Bir gruppalari bu q o v u n s h a r b a t i n i n g xosiyati desa, i k k i n c h i l a r i — yigitchaning vujudida allaqanday sehrli quwat bor, degan taxminni aytishibdi. Xullas, men bu yerda ham yettita yosh olimning nomzodlik dissertatsiyasiga mavzu bo‘libman. Bittasi singan suyaklarimning bitish tezligini, bittasi uzilgan etlarimning asliga qaytish jarayonini... E, boringki, yettovi yetti tomonimdan ilmiy kuzatishlar olib boribdi-da. Uch oy deganda men yana gijinglagan toychoqdek sakray boshladim. Miyamga o‘rnashib olgan o‘sha shum fikr, ya’ni yuz bergan, berayotgan tartibsizliklar uchun o‘zim-o‘zimdan o‘ch olishim, o‘zimni eng oliy jazoga mahkum etishim kerak, degan o‘y meni hech tark etmayapti. Yarim kechasi edi shekilli, uyqum qochib, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imni, kattakichik o‘rtoqlarimni bir-bir eslab, goh kulib, goh xo‘rsinib yotgan edim. Kimdir otimni aytib chaqirayotgandek bo‘laverdi. O‘rnimdan turib, chiroqni yoqdim, atrofga alangladim, hech kim yo‘q. Menga shunday tuyulgandir, dedim-da, qaytib o‘rnimga cho‘zildim. Yana o‘sha ovoz takrorlandi. Oiziq, juda tanishdek, ilgari eshitgandekman. — Kimsan, axir, qo‘rqib ketyapman, — deb qo‘ydim. — Qo‘rqma, — dedi ovoz. — Qo‘rqmay desam ham qo‘rqib ketyapman. — Men Sehrli qalpoqchaman. — A?! — Tanimadingmi? Yaxshiroq o‘yla. Meni taniysan. — O‘lay agar, hech narsaga tushunmayapman. — Qasam ichma. Hoshimjonni tanirsan? — Katta tagoblik maqtanchoqnimi? — Maqtanchoq dema uni. — Nima dey bo‘lmasa? — Dunyoda unaqangi rostgo‘y, unaqangi kamtar bola yo‘q. Meni boshiga kiyib, d u n y o bo‘ylab sayohatga chiqqanini, hoynahoy, eshitgandirsan? — Eshitganman. Birga o‘nni qo‘shib so‘zlab ham bergan. To‘xtaboyev degan yozuvchi u haqda kitob ham yozgan. — O‘sha kamtarin o‘rtog‘ing sayohatdan qaytgach, meni senga sovg‘a qilgan edi, esingdami? Menga uncha ahamiyat bermading. Erkalab ko‘ksingga bosmading. Katta Tagobdagi hovlilaringni sotib, Soyboshiga ko‘chib ketayotganlaringda meni molxonadagi to‘sinning tagiga qistirib ketding, eslaysanmi? Xafa bo‘lmadim, negaki, o‘sha paytda oldingga qo‘ygan katta maqsading yo‘q edi. Og‘ir sharoitga ham tushmagan eding. Sevgan mashg‘uloting ko‘chani changitib to‘p tepishu yakkayu yagona orzuing narigi mahalla komandasini yutish edi. Shu ham orzu bo‘pti-yu! Odam bolasi katta-katta maqsadlar bilan yashashi shart. Loaqal insoniyatning beshdan birini baxtli-saodatli qilaman deb eng shimarishi kerak. O‘sha paytlarda maqsading kichkina edi, to‘g‘rimi? Shu sababli men o‘zimni sendan tortdim, sehrimni oshkor qilmadim. Narigi mahalla komandasini mening yordamimsiz ham yutishing mumkin edi... Eshityapsanmi? — Eshityapman, — dedim hamon aqlim hech narsaga yetmay. — Ammo, hozir maqsading yuksak, olijanob niyatlaring bor, — davom etdi Sehrli qalpoqcha. — Handalak shahri fuqarosini sarqitlardan qutqarmoqchisan. Umrini uzaytirmoqchisan, shundaymi ? — O‘lay agar, shunday qilamiz deb orzu qiluvdim, — dedim negadir o‘pkam to‘lib. — Oasam ichma. Bu maqsadingga burningning hid olish quwati bilangina erisha olmas eding. Nima bo‘lganda ham burun burun-da. Boz ustiga qovun tushiradigan odating bor. Mana hozir ham bir aravasini tushirib, jabrini tortib yotibsan. Men kelib sehrli yordam ko‘rsatmaganimda seni uch oy oldin ko‘mib yuborishgan bo‘lardi. — Men o‘shanda o‘lganmidim? — O‘lim to‘shagida eding. — Ahvolim nochorligini sen qayoqdan bilding? — Men sehrliman. Kimningki niyati olijanob, maqsadi ulug‘ bo‘lsa va bu dunyoda mening borligimga qattiq ishonsa, o‘shaning yordamchisiman. Men xalqning orzulari, armonlari va pok niyatidan to‘qilganman. Yomon niyatli odamlarning ko‘ziga ko‘rinmayman. Yaxshi niyatlilarni murodu maqsadiga yetkazaman. — Mening ham maqsadim yaxshi edi, — tushuntirmoqchi bo‘ldim. — Demak, sen ham murodingga yetasan. — Sen o‘zi bu yerga qanday kelib qolding? — Sen kelgan yo‘ldan keldim. — Hoshim yaxshi yuribdimi? — Yuribdi hammani kuldirib. — Oyijonim, ukalarim... — gapimni tugatolmadim. O‘pkam to‘lib turgan ekan, ho‘ngrab yig‘lab yubordim. Oyijonim, m e h r i b o n i m , meni izlab zor-zor yig‘lab yurgandirsiz. Bilaman, har kuni yo‘limni poylaysiz. Toyloqqinam bugun hoynahoy kelib qolar deb ko‘pincha ko‘cha eshikka chiqib o‘tirasiz. Kechki ovqatdan ataylab bir tovoq olib qo‘yasiz. Tunlari uyg‘onib ketib, men yotadigan o‘rinni paypaslab ko‘rasiz... Oyijonim, mehribonim, men ham sizni sog‘indim, do‘mboq ukam Asqarni, uyquchi Azlarni, tili burro singilchamni ko‘rgim kelyapti. Qani endi, qush bo‘lib uchsam-u, oldilaringga qo‘nsam. Oyijonim, bag‘ringizga otilib, yuzlaringizcian o‘psam. Qatiq hidi kelib turadigan sochlaringizdan silasam. Lekin ilojim yo‘q, darvozasi berk dunyoga tushib qolganman. Chiqarib yuborishlarini so‘rab, kimga yolvoraman, kimdan najot so‘rayman, bilmayman. Men najot so‘ramoqcln bo‘lganlar o‘zi najotga muhtoj bo‘lsa, boshimni qayoqqa urayin? Oyijon, men institutcla o‘qib, olim bo‘lgach, katta katta maoshlar olib, sizni xursand qilmoqchi, ukajonlarimga chiroyli-chiroyli kiyimlar hadya qilib sevintirmoqchi, dadajonim qaytguncha sizlarni ehtiyot qilmoqchi edim, Oyijon, oyijonim... Kechiring, umidsizlikka chakki berildim, eng muhimi mana o‘lmay qoldim. O‘zingiz tiriklik — eng katta baxt, der edingiz. Mana tirikman, demak baxtliman. Qolganini bir amallab to‘g‘rilab olamiz. O‘y surib ketib, qalpoqchani paqqos unutib yuborishimga oz qopti. O‘zi sal shunaqaroqligimni sizga ilgari ham aytuvdim. O‘yga berilsam hamsuhbatim buyoqda qolib, butunlay begonalar ortidan ham ergashib ketaveraman. — Sehrli qalpoqcham, — deya xo‘rsindim, — kechir meni. O‘y surib ketibman. Sen qayerdasan o‘zi? Men seni ko‘rmayapman-ku! — Yostig‘ing ostidaman. Shosha-pisha yostig‘imni ko‘tardim. Rost, oyning nuridek mayin ipakdan to‘qilgan Oalpoqcha xuddi quyoshning bir p a r c h a s i d e k yal-yal y o n i b t u r i b d i . H a l i x u r s a n d bo‘layotuvdim, endi dovdiray boshladim. Nima qilishimni bilmasdim. Ouvonchim zo‘rligidan yuragim gursillab ura boshladi. Yig‘laymi, kulaymi, olamni boshimga ko‘tarib qichqiraymi — hammasiga ham loyiq voqea sodir bo‘lmoqda edi... Ehtimol’tush ko‘rayotgandirman, degan bemaza fikr boshimga keldi-yu, qo‘rqib ketdim. Tush ko‘rayotganim uchun emas, yo‘q, mabodo tush ko‘rayotganim rost bo‘lsa, uyg‘onsam Sehrli qalpoqchadan ajralib qolaman, deb qo‘rqdim. Axir, mana o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz, men hozir yordamga juda, juda ham muhtojman. Ahvolim nochor, bu darvozasi berk dunyodan o‘z aqlim, o‘z kuchim bilan chiqib ketolmaydiganga o‘xshayman. Sizga aytuvdim, shekilli, robotlar tekshirib ko‘rishgan, aqliy rivojlanishim to‘rtinchi sinf o‘quvchisi darajasida. Shunday bo‘lgach, Sehrli qalpoqehaning yordamiga muhtojman. Tushimmi-o‘ngimmi ekanligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Qalpoqchani boshimga avaylab kiyib, navbatchi doktorlar o‘tirgan xonaga asta kirib bordim. Ikkita doktor uxlab qolmaslik uchun bo‘lsa kerak achchiq-achchiq ko‘k choy i c h i b , g u r u n g l a s h i b o ’ t i r i s h g a n e k a n . N a q peshonalariga p e s h o n a m n i urib olay dedim liamki, sezishmadi. Doktor, menga uyqu dori kerak, deb ovoz chiqardim. Ikkovlari bir-birlariga alanglashib olishdi. — Gapirgandek bo‘ldingmi? — so‘radi birovi. — Yo‘q, qorning quldiradi, shekilli, — deb qo‘ydi boshqasi. Demak, meni ko‘rishmayapti. Oalpoqcha chindan ham sehrli ekan. Oldin birinchisining, ketidan ikkinchisining piyolasidagi choyini ichdim-da, choynagini ham olib ko‘zdan xoliroq joyga berkitib qo‘ydim. — Iye, choynak qani? — dedi bittasi. — Tavba, piyolalar ham yo‘q bo‘lib qoldi, — dedi boshqasi hangu mang bo‘lib. Birovining yelkasiga mushtladim, boshqasining biqinini qonatgudek chimdib oldim. Ikkovini ham yomon ko‘rib qolganman. Menga atalgan dorilarni nuqul tashqariga chiqarib chayqov qilishadi. — Meni turtma! — Nega chimdiysan bo‘lmasa! — deya ikkovlari tikkama tikka bo‘lib ketishdi. Tashqariga otildim. Xursandligimni aytsangiz, go‘yo daryoman-u, qirg‘oqqa sig‘may to‘lqin urayotgandekman. Qushman-u, poyonsiz fazolarda qanot qoqayotgandekman. Sakrayman, irg‘ishlayman. Tong otib qolgan ekan, odamlar g‘imirlab qolibdi. Farroshlar changitib ko‘cha supuryapti. Oovunnusxa, handalaknusxa avtobuslar g‘izillab uyoqbuyoqqa o‘tib turibdi. Kimdir bozorga oshiqadi, kimdir turtinib-surtinib korxonasiga shoshadi. Farroshning qo‘lidan uzun dastali supurgisini olib, ho‘ nariga borib ko‘chani changitib supura boshladim. — Iye, iye! — deb yoqasini ushlab qoldi farrosh. O‘rta yoshli bir kishi obkashda ikki chelak qatiq olib ketayotgan ekan, kaltak-paltagi bilan olib, yelkamga ildimda, yugurgilab ketdim. — Yo, tavba, yo tavba! — deya orqamdan chopa boshladi qatiqchi. Oayoqqa ketyapman, nega bunday qilyapman, o‘lay agar, bilmayman. Ustozim Dar Darajaning darvozasiga peshonam tekkandagina o‘zimga kelganday bo‘ldim. Ha, aytganday, singlim Mu Tini ko‘rgani oshiqqan ekanman. Ular bu yerdan ko‘chib ketgan degan javob bo‘ldi ichkaridan. O‘sha ovoz yana, qayerda yashashlarini bilmayman, deya ta’kidlab ham qo‘ydi. Dami chiqib ketgan ballondek bo‘shashdimqoldim. Bamisoli qalbimdagi quvonchni kimdir qo‘li bilan sidirib olgandek. Ko‘cha eshik oldida sada yog‘ochdan yo‘nilgan kursi bo‘lardi. Kechqurunlari ko‘pincha ustozim ikkovimiz o‘tirib, achchiq-achchiq choy ichib, miriqib suhbatlashardik. Xayriyat, kursini ko‘chirib tashlashmabdi. U n d a n nazarimda haligacha ustozimning hidi kelib turgandek, o‘tirib o‘y surib ketdim... Xo‘sh, mulla Akbar, endi nima qilmoqchimiz, deb so‘radim o‘zimdan. Shu qochgancha qochib ketaveramizmi yoki ko‘ngillari boshqa b i r o r n a r s a n i x o h l a y a p t i m i ? Bugun bir a m a l l a b singilchangizni topib, diydoriga to‘yarsiz. Ertaga ustozingiz bilan ham u c h r a s h a r s i z . Xo‘sh, u n d a n k e y i n - c h i ? Shifoxonada qidiruv boshlanadi. Ehtimol, boshlangandir ham. Sizni xavfli qochoq deb e’lon qiladilar. Suratingizni ming joyga yopishtirib, ushlab kelganga muncha, daragini aytganga shuncha, deb mukofot atashadi... Umuman, qochib, berkinib yurgan yaxshimi yoki qilingan xatoni bo‘yinga olib, m a r d o n a v o r t u r i b bergan yaxshimi? Qochoqlardan odamlar n a f r a t qiladi. Oochib yurib ko‘rsatilgan qahramonlikning kimga keragi bor. Xo‘sh, mulla Akbar, gapirsinlar, shahar fuqarosini og‘ir ahvolga tushirib, Sehrgar Iblisning qo‘liga topshirib qo‘ygan azamat o‘zlari bo‘ladi-ku! — Xo‘sh, sen qanday maslahat berasan, Qalpoqcham? — so‘radim oxiri. — Mulohazang to‘g‘ri, — fikr bildirdi qalpoqcham, — men qochoqlarga yordam berolmayman. — Shifoxonaga qaytaymi? — Jinoyat qilganmisan, axir? — Sehrgar Iblisni dunyoga keltirgan men bo‘laman. — Demak, endi jazosini ham tortishing shart, boshqa ilojing yo‘q. — Unda sen nega kelding bo‘lmasa? — Senga dalda bo‘lgani. — Shuncha muddatga qanday chidayman? — Ehtimol, bir yil ham yotmassan. — Men Sehrgar Iblis bilan jangga kirishmoqchi edim, iloji bo‘lsa, bugun boshlasam devdim. — Hammasiga ulgurasan. — Yordam berasanmi, ketib qolmaysanmi? — Yoram bergani kelganman. Qalpoqcham, xaloskorim, deya irg‘ishlay-irg‘ishlay yana shifoxonaga jo‘nadim. Vaqtida yetib boribman. Andak kechiksam, rasiya orqali qidiruv e’lon qilib yuborishmoqchi ekan. — Qayerlarda yuribsan? — yer tepindi soqchi. — Yozilgani chiquvdim, — deb qo‘ya qoldim. — Odam degani ham to‘rt soat yoziladimi? OOVUNTOG‘ USTIDA SURATGA TUSHDIM ehrgar Iblis shahar fuqarosi boshiga ofatlar yog‘dirib, bir-birlari bilan jiqqamusht urishtirib qo‘ygach, endi ishni dalada boshlabdi. Qovunchi dehqonlarni ishyoqmas qilib sehrlabdi. Qovunlar chopiqsiz, suvsiz qolib, gulgulligicha, xamak-xamakligicha so‘liy boshlabdi. Eng yomoni, shaharda qovun yetishmayotgan emish, bir tilimi falon pul emish. Qalloblar ko‘payib ketib, ichsang lablaringni bir-biriga yopishtirib qo‘yadigan sharbatlarga suv aralashtirib sotadiganlar ham chiqib qolibdi. Qovun qahatchiligi men yotgan shifoxonada ham sezilib turardi. Ilgarigidaqangi q a n d u asal qoqilar qayoqda deysiz. Po‘chog‘iga ham zor bo‘lib qoldik. Rahbarlar maslahatlashib, bizni qovun chopig‘iga olib chiqishga qaror qilishibdi. Menga o‘xshagan baquvvatbaquwat yigitlardan anchasini to‘plab, Sha Kar tumaniga olib ketishdi. Tavbaxonani sizga ta’riflab o‘tirmayman, yashasa bo‘ladigan. Yana shuni ham aytib qo‘yayki, bizni bu yerga parvarishlab, buqadek semirtirgani yoki bo‘lmasa belimiz og‘rib qolsa, qo‘li yumshoq hamshiralarga massaj qildirgani emas, ishlatgani olib kelishgan. Kurort emas, buni o‘zimiz ham yaxshi bilamiz. Bizni safga turg‘azib qo‘yganlar xuddi shu mazmunda ma’ruza aytishdi. Oxirida: — Xo‘sh, yaxshi ishlaymizmi? — deb so‘rashdi. — Ishni qalpoq qilib kiyib qo‘yamiz, — deya javob qaytardik. Beshta brigada tuzilib, har biriga bir gektardan poliz ajratib berildi. Rahbarlarning tashvishlanganlaricha ham bor ekan. Palaklarni o‘t o‘rab ketibdi. Har g‘umaylar o‘sibdiki, kesib olib, poyasini ketmonga dasta qilsa bo‘ladi deng. Pechak o‘tni aytmaysizmi, supradek joydan ikki qop to‘ladi. Oh-oh, bu o‘tlar qishlog‘imizda bo‘larmidi, bir egatidan mahallaning molini to‘yg‘izsa bo‘lardi-ya. Sho‘ring qurg‘ur qovun palaklar sarg‘ayib yotibdi. — O‘g‘it ber! — Suv quy! — Tagimni chop! — deya yolvorishayotganga ham o‘xshaydi. Nima desangiz ham men d e h q o n bolasiman-da. Achinmay turolmayman. Bittadan egat bo‘lib berishdi. Kunlik norma shu ekan. Ish boshlandi, nazarimda yomon boshlanmadi, shekilli. G‘ayrat bilan besh, o‘n ketmondan urilgandek ham bo‘ldi. Ishboshilar marzaga o‘tirib, sigaret chekishga tutindilar. Shu payt chopiqchilardan biri qo‘lidagi ketmonni irg‘itdi-da: — G‘irt ahmoq ekanmiz, — deb qo‘ydi. — Nega? — savol berishdi sheriklari. — Xo‘jayinlar maza qilib karta o‘ynashyapti. —To‘g‘ri, — gapni ilib ketdi uchinchisi, — ertalab yetti kosa qaymoq oldirib kelishuvdi, o‘shani issiq non bilan yeyishavotganga o‘xshaydi. — Ehtimol, pivo ham ichishayotgandir? — Oh-oh, tavbaxona tomondan qovurdoqning hidi kelyapti, bittagina jazidan berishsaydi. Mana shunaqangi gaplardan keyin chopiqchilar, biz ham ishlamaymiz, dam olamiz, hech bo‘lmasa bironta o‘yin topib o‘ynaymiz, deya m a s l a h a t qila bosliladilar. Bittasi ketmonlarning dastasini chiqarib, ot qilib minib, poyga o‘ynaymiz, degan edi, boshqasi qattiqlik qiladi, yumshoq joylarimizni yara qilib qo‘yadi, undan ko‘ra bir-birimizni ot qilib minib, ikkita-ikkitadan bo‘lib olib, kim o‘zar o‘ynaymiz, orqada qolgani yutqizgan bo‘ladi, deya taklif kiritgan edi, hammalariga ma’qul bo‘ldi, shekilli, qarsak chalib yuborishdi. Men ham oriqqina bir yigitchani endigina minaman deb turgan edim, qo‘ltig‘imda turgan Qalpoqcham: — Minma, — deya shivirlab qoldi. — Nega minmas ekanman, axir bu mazza-ku, — deya so‘radim men ham shivirlab. — Bularning hammasini Sehrgar Iblis sehrlab qo‘ydi. — Oachon? — Hozirgina. — Meni hammi? — Seni ehtiyotlab qoldim., Hozircha es-hushing joyida, qo‘rqma, sehr senga ta’sir qilmaydi, afsun o‘qib qo‘yganman. Ho‘ ana, Sehrgar Iblis bittasini ot qilib minayapti, chapdan uchinchisi. — Yo‘g‘-e, — dedim rangi-qutim o‘chib, — Axir bu o‘zimiz bilan kelgan chopiqchilardan-ku? — Iblising chopiqchi qiyofasiga kirib oldi. — Hozir men uni bo‘g‘ib tashlayman. — O‘zingni bos, mulla Akbar, uni hozir na bo‘g‘a olasan, na daf qila olasan. Juda ojizsan. Vaqti-soati kelar, jangga jahding bilan ishla. Peshonangdan ter shovillab quyilsin. Ana shu ter seni sehrdan ehtiyot qiladi. Nega angrayib qolding? Ketmon chop deyapman, chop tezroq! Qovun paykalni «ot»larning kishnashi, «chavandoz»laming qiyqiriqlari qoplab ketgandek bo‘ldi. Bunday qarasam, hay-hay, «ot»lar tumshug‘ini oldinga cho‘zib, qushday yuguryaptiki, «chavandoz»lar engashib olib tizginlarini siltab-siltab shunaqangi qamchi uryaptilarki, ishonsangiz, havasim kelganidan o‘zimning ham to‘rt oyoqlab yugurgim kelib qoldi. Beixtiyor kishnab ham yubordim. — Ketmon chop, — degan ovoz eshitildi yana qo‘ltig‘imdan. Joni-jahdim bilan ketmonga yopishdim. Chopiqni sog‘inib qolgan ekanman, ketmon chopmoq — olmoq-solmoq, qo‘sh haydamoq — bormoq-kelmoq, xamir qomioq — jon chiqmoq, deya xirgoyi ham boshlab yubordim. Ochig‘ini aytib qo‘ya qolay, men ketmonni yomon chopaman.Tengqurlarim orasida menga yetadigani yo‘q edi. G‘o‘za chopiq deysizmi, ariq kavlash deysizmi, molxonadan tuynukcha orqali tashqariga gung otish deysizmi — hammasida ham qishloqning oldi yigitlaridan edim. Lekin shuni ham aytib qo‘yayki, ketmon chopayotganda shoshmaslik kerak. Belni g‘oz tutib, dastani o‘rtarog‘idan ushlab, bir me’yorda ursangiz, ham toliqmaysiz, ham ishingiz unumli bo‘laveradi. Poygachilar negadir ashula boshlab yuborishdi: To‘rvangga yem solganman, Tez-tez xabar olganman. Yoling tarab turganman, Chu, tulporim, chu! Sharbat ichgan bedovsan, Suvdan kechgan bedovsan, Ishdan qochgan bedovsan, Chu, tulporim, chu! Qarasam, poygachilarning ashulasiga, sakrab-sakrab «ot» choptirishlariga mahliyo bo‘lib boryapman. O‘zimni ehtiyotlash uchun men ham xirgoyi qila ketdim: Paykallarda qovun ko‘p, Har egatda yemish to‘p, Pishsa yeymiz xo‘b , Chop ketmonim, chop tezroq! Ketmon chopsang nahorda, Qovun yesang saharda, Uzum pishsa bahorda, Chop ketmonim, chop tezroq! Soqchilar muzdek-muzdek pivo ichishib, tol soyasida uxlab qolishgan ekan. Uyg‘onib qarasalarki, mana shunaqa ahvol, qo‘rqib ketishibdi. Poygachilarni turtib-turtib paykal ichidan olib chiqa boshladilar. Hammalarini qator turg‘azib qo‘yishdi. Bittasi safda turgan joyida ham yer tepinib, kishnab yuborsa bo‘ladimi! Soqchilar bu qanaqa tartibsizlik, qanaqa ahmoqchilik, kap-katta odamlarsizlar, uyat emasmi, deya do‘q urishgan edi, poygachilar bir og‘izdan biz hech narsa qilganimiz yo‘q, deb tomb turib olishdi, ko‘zlaringizga shunday ko‘rinayotgandir, deb ta’kidlab ham qo‘yishdi. Q a n c h a d a n - q a n c h a p a n d u n a s i h a t l a r d a n keyin chopiqchilarni yana iishga tushirdilar. Bari bir nafi bo‘lmadi. Awal ozgina eshak mindi o‘ynaylik, keyin ishlaymiz, deb turib olishdi. Shu o‘yin tugagach, endi charchadik, yotib dam olamiz, deya ko‘m-ko‘k maysalar ustiga cho‘zilib, gumburlatib xurrak otishga tushdilar. Ertasiga ham, indiniga ham shu ahvol davom etaverdi. Bu o‘rtada mening dovrug‘im oshgandan-oshaveradi. Birinchi kun to‘rt norma bajargan ekanman. Ertasiga o‘n bir kishining ishini qilibman. Bora-bora kuniga bir gektar yerni ag‘darib chopadigan bo‘ldim. Awaliga bu yerda chiqadigan devoriy gazetada, keyinchalik boshqa gezatalarda ham mening haqimda suratli maqolalar bosila boshlandi. «Sehrli ketmon», deb bir yozishdi, «Bir kunda o‘ttiz norma», deb yana yozishdi. To‘g‘ri, o‘ttiz normaga yetkazib ish bajargan kunlarim ham bo‘lgan. Lekin astagina qulog‘ingizga aytib qo‘yay, bu ishlarning hammasini bir o‘zim bajarmadim. U c h - t o ’ r t n o r m a s i m e n i k i bo‘lsa b o r d i r . Q o l g a n i madadkorim Qalpoqchamniki edi. Goho shunday paytlar ham bo‘lardiki, bir o‘zim k e t m o n u r a m a n - u , chap tomonidan o‘n, o‘ng tomonidan yana shuncha ketmonning ovozi eshitilaveradi. Bamisoli bir paykalda butun brigada ishlayotgandek. Unum ham shunga yarasha. Bir enlamni boshlasam, egat oxiriga yetguncha o‘ttiz enlam bo‘lib qoladi deng. «Sehrli ketmon», deb maqola yozishgan kunlarda xuddi shunaqa bo‘lgan edi. O‘sha muxbir awaliga «Traktor odam» deb yozmoqchi ham bo‘libdi-yu, keyin bu yigitni men traktor deb ta’riflasam, uning kerosin quyiladigan joyi yo‘q, ko‘rsat desalar og‘zi bilan burnini ko‘rsatamanmi, deb o‘ylab, o‘z f i k r i d a n qaytibdi. O‘zim ham hali aytganimdek chakana ter to‘kmadim. Goho kechalari ham paykalda yotib qolishga to‘g‘ri kelardi. Uch, nari borsa to‘rt soat uxlayman, xolos. Bir kuni paykal boshida yonboshlab yotgan edim, soqchilardan biri halloslagancha keldi-da, tezda yurar ekansiz, katta xo‘jayinlar yo‘qlashyapti, deb olib ketdi. Ichkari kirsak, boshlig‘imiz yonida undan ko‘ra savlatliroq yana bir boshliq o‘tiribdi. Shunaqangi basavlatki, asti qo‘yaverasiz. Nafas qisish lcasali bor ekanmi yoki haddan tashqari semirib ketganidan nafas olishi qiyin bo‘lyaptimi, har qalay bir ko‘zini xiyol qisgancha, burnidan hushtak chalayapti. — Keldingmi, o‘g‘lim? — deya boshlig‘imiz ilkis o‘rnidan turib ikki qo‘lini baravar uzatdi. Aytgandek, sizga aytaman deb yodimdan ko‘tarilibdi, boshliq bilan men xuddi ota-boladek bo‘lib ketganmiz. U meni o‘g‘lim deydi, men bo‘lsam, oppoq dada, deb chaqiraman. Ko‘rishish uchun basavlat kishiga ham qo‘l uzatmoqchi bo‘luvdim, u negadir endi bu ko‘zini ham yumib oldi. Otashkurakdek cho‘zilgan qo‘llarim havoda muallaq qoldi. Qo‘rqa boshladim. Bir balo borga o‘xshaydi. — Choy ichasanmi? — so‘radi boshlig‘im. — Maylingiz, — dedim sekin orqamga tisarilib. Boshlig‘im gapni uzoqdan boshladi. O‘zimdan qolar gap yo‘q emish, Shirin qovunlar mamlakati qovunsiz yashay olmas ekan. So‘nggi ikki yil ichida hosildan baraka ketib, aholining bir qismi ich qotish kasaliga chalinibroq turgan emish. Yordamchilardan esa, o‘zim ko‘rib turganimdek, umid yo‘q emish. Tekshirish u c h u n lcelgan basavlat rahbardan yaxshi bir maslahat chiqibdi. Ya’ni... — Ya’ni, — deb boshlig‘im ikki ko‘zini yumib hushtak chalayotgan basavlat rahbarga bir qarab oldi, — ya’ni, sening mehnat qilish qobiliyating beqiyosligiga endi hech birimizda shubha qolmadi. Hatto eng katta idoralar ham tan berib, senga faxriy yorliq, pul mukofoti berib yuborishibdi. Ya’ni, bularni senga haliroq, tantanali ravishda topshiramiz. Ya’ni, mehmon bo‘lib lcelgan rahbarimizning maslahati bilan, sen bilan shartnoma tuzamiz. — Shartnoma?! — dedim hayron bo‘lib. — Ha, shartnoma. Ya’ni, aytmoqchimanki, xo‘p, bizga ellik gektar qovun poliz birkitilgan, shundaymi? — Shunday. — Ya’ni, bir o‘zing shuncha yerni chopiqdan chiqarding, sug‘ording, o‘g‘itlading, shundaymi? — Shunday. — Ya’ni, o‘ttiz kishining ishini bajaryapsan, ya’ni, endi uyog‘i nima bo‘ladi? — Bilmayman. —Ya’ni, sen, o‘g‘lim, awalgi g‘ayrat bilan ishlamasang, endi buyog‘i rasvo bo‘ladi. Yordamchilardan umid yo‘q, hammasi masxaraboz, nayrangboz bo‘lib qoldi. Bilmadim, bu balo ularga qayerdan yopishdi ekan... Gektaridan o‘ttiz tonnadan qovun olamiz deb qo‘shni xo‘jalik bilan shartnoma tuzib qo‘yganmiz. Xabaring bordir? Endi buyog‘i nima bo‘ladi? — Bilmayman. — Ya’ni, sen bilan shartnoma tuzamiz. Shu ellik gektar yerdagi q o v u n n i n g hosilini yig‘ib olguncha o‘zing parvarishlab herasan. Ya’ni bir o‘zing deyapman. Ya’ni bir o‘zing o‘ttiz yordamchining ishini bajarishni davom yettirsang, sen butun jinoyatingni bir yilda yuvib tashlagan bo‘lasan. Shartnoma tuzamizmi! Xuddi shu paytda e’tiborli rahbar ikkovi ko‘zini barobar ochib: — Bu fikrni men aytdim, — dedi-da, bir qo‘zg‘alib yana ko‘zlarini yumib oldi. Qani, o‘zingiz insof bilan ayting-chi, bunaqangi shartnomaga yo‘q deb bo‘ladimi? Axir men chekkan mashaqqatlarimga, tinimsiz qilgan mehnatlarimga mukofot olyapman-ku! Yo‘q, bu shartnoma emas, mukofot, eng katta mukofot! Tunu kun tinimsiz ishlab, ozib-to‘zib yuzimda burnimning o‘zi qoldi-ku, axir, nahotki yo‘q desam! — Roziman, — dedim shoshilib. E’tiborli rahbarning ko‘zlari yana ochilib ketdi: — Bizni uyaltirib qo‘ymaysanmi? — Uyaltirsam... — dedim dadil turib, — muddatimga yana shuncha qo‘shib bersalaring ham mayli. Gapim ikkoviga ham ma’qul bo‘ldi, shekilli, o‘sha kuniyoq shartnomaga uchovlashib qo‘l qo‘yib yubordik. Uyog‘i ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bir g‘ayratimga o‘n g‘ayrat qo‘shilib ketdi. Qalpoqcham ham yeng shimarib ishga kirishdi. Gektaridan shartnomadagi o‘ttiz tonna o‘rniga o‘ttiz uch tonnadan qovun yetishtiribman deng. Qo‘shni xo‘jalikning a’zolari hasharga kelishib, bir ming olti yuzu ellik tonna qovunni bir joyga uyushib, bamisoli katta bir tog‘ barpo qilishdi. Tavbaxonadagi boshliqlarimiz, shu atrofning kattakichik rahbarlari to‘planishgan ekan, meni qo‘yarda-qo‘ymay, qovuntog‘ ustiga chiqarib, suratimni olishdi. Keyin... shunaqangi izzatu ikrom bilan kuzatishdiki... mayli, uyog‘ini keyin aytib berarman. Hatto o‘sha kuni bitta yengil mashina ham sovg‘a qilib, katta yo‘lga chiqib olgunimcha karnaysurnay chalib, qo‘llarini sillcitib turishdi. XXIII SEVGILIMNI AXTARIB andalak shahriga qarab o‘qdek uchib boryapman. Qo‘lini rulda, ko‘zini yo‘lda. Xayolim esa, eh-he, qayoqlarda kezmayapti deysiz! Shunday xursandmanki, qanaqangi xursandligimni shunaqangi xursand bo‘lgan odamgina tushunadi. Axir, o‘zingiz o‘ylang, kuni kecha qay ahvolda edim, yengil mashinaga ega bo‘lish yetti uxlab tushimga ham kirmagan edi. Mashina emas, qo‘g‘irchoq deysiz. Ichlarini ham xuddi kelin-kuyovlarni FHDYOga oboradigan mashinadek yasatishibdi. Hammasi mehnatim tufayli bo‘ldi, deb o‘ylab boryapman, ha-ha, mehnatim tufayli! Joni-jahdim bilan ishlab, rekord ustiga rekord qo‘ymaganimda bu hurmatlar qayoqda edi. Qishlog‘imizdagi brigadirimizga rahmatlar aytgim kelyapti, mehnatga meni o‘sha o‘rgatgan. Hozir yonimda bo‘lganda peshonasidan cho‘lpillatib o‘pib olgan bo‘lardini... Yo‘l chekkasida ikki yigit o‘tirishgan ekan. O‘rinlaridan turib, barobar qo‘l ko‘tarishdi. Olsam olib ketay dedinida, mashinamga tormoz berdim. Handalakka ketishyotgan ekan, orqa o‘rindiqqa o‘tqazib oldim. — Menga qara, gapni bas qilaylik, — dedi o‘tirishi bilan novcharog‘i, — sen o‘sha Akbar Akbariyning yonini olaverma. Josus dedimmi, tamom-vassalom! — Yo‘q, u qahramon. Mana bu suratini qara, tog‘dek qovun uyubdi-ya! — e’tiroz bildirdi pakanarog‘i. — Josus deyapman! — Qahramon deyapman! — Biqiningdan darcha ochib qo‘yaman! — Josus degan tilingni sug‘urib olaman... Tavba, bu qanaqasi bo‘ldi-a? Orqamga bir nazar tashlab oldim. Tuppa-tuzuk yigitlar. Ataylab yo‘limga chiqarib qo‘yishdimikan? Biron ishkal chiqarib, yana orqamga qaytarib olib ketishsa-ya! Men emish Shirin qovunlar mamlakatini zaharlash uchun o‘zim bilan sarqitlar mikrobini olib kelib, undan Iblis degan maxluqni yasab, qo‘yib yuborgan emishman. Josus emishman. Buni novcha yigit aytyapti. Hammasi bema’ni gaplar bular. Akbariy o‘zi bilan pok niyat, olijanob maqsad olib kelgan. Niyati o‘zimizning vujudimizda bo‘lgan sarqitlar mikrobini tugatish edi. Umrimizni uzaytirish edi, bu gaplarni pakana yigit aytyapti. — Yo‘q, bari bir, josus u! — O‘zing josussan, ablah! — Kim ablah! — Ichi qora, marazsan. — Mana senga maraz! Don talashgan jo‘jaxo‘rozlardek tepkilashib ketishdi. N i m a q i l i s h n i bilmay q o l d i m , a j r a t s a m m i , qo‘yib yuborsammi... Yo‘q, bir gap chiqarishmoqchi bular. Aralashib bo‘lmaydi. Mashinamni shartta to‘xtatdim-da, urchiyotgan baqadek bir-birining ustiga mingashib olishan ekan, oyoqlaridan tortib, pastga tushirib, tezgina jo‘nab ketdim. Shu paytda yuragim qoq ikkiga bo‘lingandek bo‘ldim. Yarmiga quvonch, yarmiga g‘ussa quyildi. Quvonchim s h u n d a n iborat ediki, demak, meni deb kimlardir yeng shimarib jang qilyapti. G‘ussamning sababi shunda ediki, pokiza nomimga ozgina bo‘lsa ham shu Iblis tufayli dog‘ tushirib olgan ekanman. Demak, yuzimning bir tomoni kundek yorug‘u bir tomoni tundek qora ekan. Handalak markazidagi chorrahaga kirganda ikkilanib qoldim. Rulni qayoqqa bursam ekan. Awal sevgilim Gu Lini axtarib topib, qutulib kelganimni aytib maqtansammi yoki singlim, tirik yetim bo‘lib bo‘zlab yurgan Mu Tini qidiraymi. Buyoqda ishq otashi, uyoqda akalik mehri, uff... — Hov ovsar, — qichqirdi chorrahadagi soqchi, — mashinani ol, biror yoqqa! — O‘ti o‘chib qoldi, — deb bahona qildim. Mu Tilar yashaydigan tarafga burildim. Baxtimga ishim o‘ngidan keldi. Osongina topib oldim. Bilmadim, bu sof tasodifrnidi yoki taqdirning taqozosimi, qarang, ho‘ birda men ishqu muhabbat bayon qilib xat yozganim Gu La xolam bor edi-ku, esladingizmi, Mu Tini ana o‘sha kampir qiz qilib olgan ekan. Oh, uchrashuv daqiqalaridagi quvonchimizni ko‘rsangiz! Yo‘q, bularni men sizga keyinroq bafurja ta’riflab beraman. Shoshilib turibman, har narsa bo‘l ay, to‘rqovoqqa tushgan bedanadek betoqatman. Ko‘z o‘ngimdan Gu Lixonning gul-gul yashnab turgan qiyofasiyu, o‘lib qolasiz deb juda qo‘rqqan edim, xayriyat uyg‘ondingiz, degani quloqlarim ostida kumush qo‘ng‘iroqdek jaranglab turaverdi. Ha, u meni sevadi, sevmasa bu gaplarni aytmas edi. Huzuriga shoshilishim kerak. O‘sha kuni, bilmadim, o‘ng tomonim bilan turgan ekanmanmi, qaysi ishni ixtiyor qilsam, o‘ngidan kelaverdi. Sevgilimni topish ham u n c h a qiyin bo‘lmadi. O‘zi ishlaydigan shifoxonaning orqasidagi katta gulzorda dev qomatli bir yigit bilan chaqchaqlashib o‘tirgan ekan. Yigitga ko‘zim tushgach, voy tavba, odam bolasining gavdasi ham shunaqa katta bo‘ladimi, deb o‘yladim. Yelkalari shunaqa kengki, har bittasida bittadan odam o‘tirib, choy ichsa bo‘ladi. Bilaklaridagi mushaklari besh kilolik qadoq toshdek irg‘ib chiqqan. Mo‘ylovini aytmaysizmi, og‘zi qayerdaligini bilib bo‘lmaydi. Bu odam bolasi emas, dev, degan fikr o‘tdi b o s h i m d a n , b u n a q a n g i u l k a n gavdani shu o‘lkaga kelganimdan buyon ikkinchi bor ko‘rishim. Bittasini Chinor Chinoriy deb atashardi. Uni sizga tanishtirganman... Bu barzangi ehtimol o‘shaning o‘g‘lidir, vajohatini qarang, hayhay, yaqiniga borgani yurak betlamaydi-ya! Boshimga qalpoqchani kiyib, asta yaqinlashayotgan edim, xayriyat, clevqomatli xayrlasha boshladi: — Gap shu, — dedi o‘rnidan turib, — kutaman. — Oo‘ying shunaqa gaplarni, — deb qo‘ydi Gu Li nozlanib. Devqomatli sevgilimning nozik qo‘lchalaridan beozorgina o‘pib, jo‘nab ketdi. O‘pdi. O‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Rashk degan narsa yomon bo‘larkan, lovillab yonib ketdim. Bir xayolim, axir men ko‘zga ko‘rinmaymanku, katta tayoqni olib, barzangini savalab qolay ham dedim. Lekin fikrimdan tezgina qaytdim. Nega desangiz Qalpoqcham faqat xayrli ishgagina yordamlashaman, deb ogohlantirib qo‘ygan. Buyuk ishlar oldida uning marhamatidan ayrilib qolishdan qo‘rqardim. Gu Li shirin xayollarga tolgancha gulzor o‘rtasida tek turib qoldi... Bas boylashib aytamanki, bunaqangi go‘zal, bunaqangi latofatli, bunaqangi ma’suma qizni ikki dunyoda ham topolmaysiz. Qiz emas, kinolarda ko‘rganim — suv parisining o‘zginasi. Yuzidan nur yog‘ilyapti, har yonog‘ida bittadan qizil gul ochilib turibdi. Qomatining nozikligini aytmaysizmi, atirgulning novdasiga o‘xshaydi... Boshimdan qalpoqchamni oldim. — Voy! — qiz orqasiga tisarildi: — Voy-voy! — Oo‘rqmang, bu menman, — dedim o‘zim ham andak cho‘chib. — Akbariy?! — Xuddi o‘ziman. — Voy, qayoqdan paydo bo‘lib qoldingiz? — Xayol surayotgan ekansiz... — Anovi barzangi sizni ko‘rmadimi ishqilib? — Ko‘rsa-chi? — Chivindek ezg‘ilab tashlaydi-ya. — Ehtimol men uni ezg‘ilab tashlarman. — Siz-a? — Ha, men. — Mamlakatning yetti marta chempioni bo‘lgan yigitniya? — Menga desa o‘n marta bo‘lmaydimi. Qiz shunaqangi xandon otib kuldiki, kulgisi ham shunday beg‘ubor, shunday samimiy ediki, nazarimda uning yuzida hozirgina ochilgan anvoyi gullar to‘lqin urayotgandek edi. Ha, u gul edi. Qarshimda tongda ochilgan gulning o‘zginasi turardi! — Qanioqdan qutuldingizmi? — dedi qiz kulgidan to‘xtab. — Qutuldim. — Katta muddatga ketuvdingiz, shekilli? — Mehnatda qahramonlik ko‘rsatdim. — Oovun tog‘ ustida tushgan suvratingizni ko‘rdik, — sevgilimning yuzida faxru iftixor gullari ochilganday bo‘ldi, — lekin boplabsiz, qoyil! Faqat ko‘pchilik ishonmadi. Odam emas, sehrgar bo‘lsa kerak deyishyapti. Rostdan ham sehrgar emasmisiz? Bu gal men xandon otib kuldim. Shunaqangi qattiq kuldimld, daraxtdagi qushlar gur etib uchib ketishdi. Vaqt keldi, deya o‘ylay boshladim kulgi ichida, ishqda yonganimni hozir bayon qilaman. Yo hozir, yo hech qachon! Dadil bo‘l, Akbariy, muhabbating, baxting, mana qarshingda turibdi. Andak sustkashlik qilsang, barzangi ilib ketadi. — Gu Lixon... Shu haligi... — Nima haligi? — Haligi... Men sizga uylangani keldim. — Nima?! — qoshlari kerilib ketdi sevgilimning. — Nimalar deyapsiz, esingiz joyidami? Tavba, hozirgi zamon yigitlariga hayronsan, bir jilmayib qo‘ysang, darrov uylanish payiga tushib qolishadi-ya, tavba! Men, ya’ni Akbar Akbariy hoziroq borib tushimni suvga aytishim kerak ekan. Undan keyin men Sehrgar Iblisning dunyoga kelishida bosh aybdor h i s o b l a n a r k a n m a n . Oolaversa, professorlik unvonidan mahrum bo‘lgan, ilmsiz bir darvish ekanman. Va yana uysiz, joysiz, sanqib yurgan bir darbadar ham emishman. Bu ahvolda birovga ishq bayon qilgandan ko‘ra soyga borib toshimni terishim kerak ekan... Tosh teradigan ahmoq yo‘q, meni Akbar qaysar deydilar. Qaysarlar avlodidan bo‘laman. — Gap shu, — dedim qat’iy qilib, — men sizga uylanaman. — Siz-a? — Xohlasangiz Sehrgar Iblisni bir haftada ushlab, qopga solib beraman. O‘yinchoq qilib o‘ynab yurasiz. — Siz-a?! — Xohlasam professorlik unvonimni uch kunda qaytarib olaman. — Siz-a?! — Xohlasangiz sizga a tab oltindan qasr qurib beraman. Oiz yana xandon otib kuldi. Lekin, e voh, bu gal uning yuzlarida anvoyi gullar ochilmadi, masxara tikanaklari bo‘rtib chiqqandek boidi. Kulgidan to‘xtab, endi hazilni bas qilaylik, uchrashuvga bormoqchi edim, kechga qolyapman, deya jo‘nab keta boshladi. O‘lsam o‘laman, ammo ortingdan qolmayman, dedim-da, izma-iz ketaverdim. Orqasiga bir qaradi, ikki qaradi, nihoyat, uf tortib: — Qanaqa shilqimsiz o‘zi? — deb qo‘ydi. — Shunaqa shilqimman, — dedim men ham o‘sha ohangda. — Nahotki joningizga achinmasangiz? — Nega achinar ekanman? — Axir u sizni o‘ldirib qo‘yadi, — chinakamiga rahmi kelayotgandek bir ohangda dedi qiz. Hatto shu gapni aytayotganda yig‘lab yuboray ham dedi, shekilli. Ma’lum bo‘lishicha sevgilim haligi barzangi bilan kinoga tushishga so‘z berib qo‘ygan ekan. Ikkita bilet olib, kutib turaman, debdi. Ehtimol, o‘sha biletga biz tusharmiz, dedim. Oaysarligim uchun qiz meni bir jazolamoqchi, barzangiga kaltaklatib ta’zirimni bermoqchi bo‘ldi, shekilli, o‘zingizdan ko‘ring, dedi-da, indamay ketaverdi. Indamaganligi uchun sekingina qo‘ltig‘idan olib, yonma-yon bo‘lib boraverdim. Oramizdagi jimlikdan foydalanib, qalpoqcham bilan shivirlashib ham ketyapman: «Azizim, yordam berasanmi?» — Beraman. — Axir bu xayrli ish emas-ku? — Gu Lixon barzangini sevmaydi. Qo‘rqqanidan borayapti. — U meni o‘ldirib qo‘ysa-chi? — Qo‘rqma, boshingni cho‘yandan, badaningni temirdan, mushtingni po‘latdan qilib qo‘yaman. Oldin shahid bo‘lganlarning ham o‘chini olasan. — Oldin o‘lganlar ham bo‘lganmi? — Gu Lixonga gap qo‘shgani uchun beshta yigitni urib o‘ldirib qo‘ygan. — Barzangi-ya? — Ha. Shivir-shivirimiz xuddi shu yerga yetganda uzilib qoldi. Gap bilan bo‘lib barzangi kutib turgan joyga yetib borganimizni payqamay qolibman. — Bu mishiqini qayerdan ilashtirding? — guldiragan ovoz bilan so‘radi barzangi. Bechora Gu Lixon xuddi och bo‘riga duch kelgan qo‘zichoqdek dir-dir qaltirayotganini ko‘rib turibman. Unga ham qiyin. Bir tomoni barzangidan qo‘rqsa, bir tomoni menga achinyapti ham, shekilli. Boshini gunohkorona egib jimgina turaverdi. — Qani, tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi, — buyurdi menga barzangi. — O‘zing shiqillat, — dedim oldinga bir odim tashlab. — Nima! — Yo‘qol! — dedim yer tepinib. Endi uyog‘ini aytmay qo‘ya qolay. Yetti musht u urdi, vettita men tushirdim. Sakkizinchi zarbani yeganda barzangi yerga quladi. Rashk alami yomon bo‘larkan, harchand o‘zimni bosay desam ham bosolmayman. Dumalatib olib, mana bu nohaq kaltaklanganlar haqqi, mana bu sevgi yo‘lida qurbon bo‘lganlar haqqi, deya tepkilab uyoqqa olib boraman, buyoqqa olib kelaman. Oxiri yoqasidan olib turg‘azdim-da: — Sevishganlar o‘rtasiga yana tushasanmi, qora tikanak? — deb so‘radim. — M-m-m-men... — duduqlandi barzangi. — Tavba qildim de! Qulog‘ining ostiga yana bir tushirdim-da, qani endi jo‘nab qol, deya yer tepindim. Yo tavba, hali uning lcuchi ko‘p ekan, shunaqangi shataloq otib qochdiki, agar yugurish bo‘yicha musobaqa bo‘lganda, yana bir bora chempion bo‘lardi deyavering. Bir chekkada yoqasini ushlab, hangu mang bo‘lib turgan Gu Lixondan: — Qalay? — deb so‘radim. — Balo ekansiz-ku, — tan berdi sevgilim. — Ishqingiz menga kuch bag‘ishladi, shekilli, — deya hazillashdim. So‘ng qo‘ltig‘idan olib, kinozalga boshladim. Shu yoshga kirib, qiz bola bilan birinchi marta kinoga tushishim edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘zimdan-o‘zim ter lab ketaverdim. BU BOBNING MAZMUNI ICHIDAGI GAPLARDAN MA’LUM BO‘LADI uni bilan tikanga ag‘anagandek uxlayolmay chiqdim. Demak, deyman o‘zimga-o‘zim, sevgilim menga uchta shart qo‘ydi: birinchisi qanday bo‘lsa ham Sehrgar Iblis bilan jangga kirishib, yengib, qaytadan onasining qorniga — yigirma litrlik shishaga kiritib yuborishim kerak. Ikkinchidan protessorlik unvonimni tiklab olishim zarur, uchinchidan bitta imorat solishim shart. Ana undan keyin qo‘sh karnaylar chaldirib, to‘ylar qilamiz, kuyov sarpolarni kiyib olib, jo‘ralarim bilan yor-yorlar aytib, o‘yinlarga tushib, qiyqirishib, to‘yxonaga kirib boramiz... Yo‘q, mulla Akbar, to‘yga hah ertaroq, andak sabr qilsinlar... Awalo ustozlari haqida o ’ y l a b k o ’ r d i l a r m i ? U kishi t a v b a x o n a d a janoblarining aybi bilan yotibdi-ku? Uni qutqarish uchun esa... Uff, nima qilsam ekan, har qancha o‘ylasam ham aqlliroq bir reja fikrimga kelmayapti. Robotlar haqqa o‘xshaydi. Aqliy rivojlanishim... mayli, uyog‘ini aytmay qo‘ya qolay. — Azizim, — deya niurojaat qildim Qalpoqchamga, — ustozimni qutqarishga yordamlashasanmi ? — Yo‘q, — keskin qilib dedi qadrdonim. — Nega? — Oonunga qarshi borolmayman deb boshidayoq aytganman. Xayrli ishgagina ko‘maklashaman. — Uff, endi nima qildim? — Uxla, to‘yib uxlasang, boshingga biron fikr kelib qolar. Uxlashga yana harakat qildim. Ko‘zlarim yumuq, miyani esa yog‘langan motordek gupillab ishlab turibdi. Kimdandir yuzgacha sanasang uxlab qolasan deb eshituvdim. Mingacha sanadim hamki, qani endi ko‘z qurg‘ur ilina qolsa. Sanoqni qaytadan boshlayman deyotgandim, xayriyat, tong otib qoldi. Turib, muzdek suvga yuvinib, yaxshigina nonushta qildim. So‘ng singlim Mu Ti, onamdan ham mehribonroq bo‘lib qolgan Gu La xolam bilan anchagacha chaqchaqlashib o‘tirdik. Nima bo‘lganda ham avvalgi ishimga kirib, laboratoriyaga yaqin bo‘lishim kerak, deb qadrdon institutimga, menga unvon bergan, nomimni Shirin qovunlar mamlakatiga tanitgan mehribon jamoamga otlandim... In son umrini uzaytirish ilmiy tekshirish instituti. Bu dargoh avvallari gullarga ko‘milib yotardi. Atrof yog‘ tomsa yalagudek toza, ozoda, daraxtlar yarmigacha oqlangan, devorlar turli ranglarga bo‘yalgan, yo‘lakchalar supurilgan, xiyobonlarga suvlar sepilgan — bamisoli jannatning bir parchasidek ko‘zga tashlanardi. Endi bo‘lsa, yo tavba, shunaqangi xarob bo‘ptiki, ta’rifiga so‘z topilmaydi. Yo‘laklarda chiqindilar uyulib yotibdi, devorlar qulagan, kimdir gulzorga nowos bog‘lab qo‘yibdi. Gulzor o‘rtasidagi faworacha hovuziga to‘kilgan axlat tog‘ barobar bo‘lib ketibdi. Direktorimiz Ustun Ustuniy ishdan olinib, o‘rniga begona odam kelibdi. Yo‘q, butunlay begona emas, uni ko‘rganman, sizga ham tanishtiruvdim, shekilli. Bu yurtga yangi kelganimda amaldorlar farzandi o‘qiydigan fakultetga o‘g‘lini joylashtirish uchun kelib, imtihon komissiyasi raisiga «Ushbu lavozimni o‘g‘lingizga meros qilib qoldiraman» deya katta gapirib ketganligi haqida sizga hikoya aytib beruvdim. Esladingizmi, ana shu odam, ya’ni Shar Manda institutimizga rahbar bo‘lib tayinlanilxli. Buni men keyinroq bildim. Hozir esa qabulxona kotibasi qarshisida turganim uchun gapni s h u n d a n b o s h l a b k e t a v e r a m a n . Kotiba ro‘parasiga kichkinagina oynani qo‘yib olib qoshiga o‘sma qo‘yyapti. Mashg‘ulotiga shunday berilibdiki, kirgan bilan ham chiqqan bilan ham ishi yo‘q. Onda-sonda xirgoyi qilib, chiroyli oyoqlarini likillatib qo‘yadi. — Kechirasiz, men direktor huzuriga kirmoqchi edim, — dedim nihoyat toqatim tugab. — Direktor band, — deb qo‘ydi qizgina. — Qachon bo‘shaydi? — Bilmayman. — Zarur ishim bor edi. — Navbatga qachon yozilgansiz? — shunday deb qizgina to‘nkarilgan piyolaning orqasiga yana o‘sma siqa boshladi. — Oanaqa ro‘yxat? Qanaqa navbat? — hayron bo‘lib so‘radim. — Oanaqa ro‘yxat bo‘lardi, — jerkib berdi kotiba, — boshlig‘imiz huzuriga kiruvchilar ro‘yxati-da! Tavba, ertalabdan beri nuqul ovsarlar kelyapti-ya! — Navbatga yozilishim shartmi, yozilsam qachon kelaman ? — Uch oydan keyin. — Nima?! — Karmisiz! — Kar-ku emasman-a, lekin ishim juda zarur edi. — Unda boshliqqa biron yaxshilik qilasiz... Ehtimol, o‘g‘illaridan birontasining ko‘nglini ovlarsiz. — O‘g‘illaridan?! — Qizlariga sovg4a qilsangiz ham bo‘ladi. — Oizlariga?! — Nabiralari q i m m a t b a h o o‘yinchoqlarni yaxshi ko‘radi... Kumush toychoqmi, oltin g‘ildirakli aravachami... — Oltindan dedingizmi? — Bo‘lmasa evaralariga biron yaxshilik qilishga unnab ko‘ rasiz. Bog‘chaga olib borishga, yo‘q, odam tayinlangan ekan. Kechqurun ot-ot qilib mindirishga... qarang, bundan ham kech qolibsiz. Loy ishlariga qalaysiz? — Durustman. — Duradgorlikka-chi? — Qo‘limdan kelmaydi. — Bo‘lmasa, yaxshi yigit, gap bunday: boshlig‘imiz evaralariga atab shahar tashqarisida imorat tiklayaptilar Besh-o‘n kun qarashib berasiz. Kelishdikmi? — To‘xtang, — deya jahl bilan o‘rnimdan turib ketdim, — axir men professor Akbariy bo‘laman. Awal bu yerda ishlaganman. — Professor bo‘lsangiz... unda o‘n besh kun ishlab berasiz. — Esingiz joyidami! — Gap qaytarganingiz uchun yana besh kun qo‘shaman Yigirma kun ishlab berganingizdan keyin kelasiz. — Awallari bunaqa emas edi. — Siz ko‘rgan tollar kesilib ketgan. — Byurokrat bo‘lib ketibsizlar. — Haqorat qilmang! Bo‘lmasa hozir soqchi chaqiraman Chaqirsang chaqiraver dedim-da, shartta borib direktorning charm qoplangan eshigini zarb bilan ojchdimu o‘zimni ichkariga urdim. Hech kim yo‘q. Bir o‘zi qornini stolga bergancha, aniqrog‘i, ikki qo‘llab stolni qo‘choqlagancha gazeta o‘qib o‘tiribdi. Menga ko‘zi tushishi bilan asta-sekin boshi ko‘tarilib, ko‘zlari shiftga qadaldi-yu, tek qotib qoldi. Qat-qat bo‘lib tushgan baqbaqasiga tikilib bir oz turdim-da: — Assalomu alaykum, — deb qo‘ydim. — Imm, — degan ovoz eshitildi qat-qat baqbaqaning yonidan. — Men Akbar Akbariyman. — Ihhh... — Iltimos bilan keluvdim. — Im-m-m. — Qalay, eson-omon yuribsizmi? — Ih-h... — Men yana o‘z ishimga kirsam deb keldim. Shar Manda o‘ng qo‘li bilan chiqib ket deya ishora qilgandek bo‘ldi. Ehtimol, meni tanimayotgandir, deb yana ismimni takrorladim. Bu gal ikki qo‘llab ishora qildi. Xo‘rligim kelib, yig‘lavoray-yig‘lavoray deya sekin orqamga qaytdim. Oiz qoshlariga oro berishni tugatib, endi labiga bo‘yoq surtayotgan ekan: — Oalay? — deb so‘radi oynadan ko‘zini olmay. Boshqa ilojim qolmagan edi, tartibga bo‘ysunishga majbur bo‘ldim. Nima bo‘pti, besh-o‘n kun ishlab bersam o‘lib qolarmidim, qaytaga jismonan chiniqaman-ku. O‘sha zahotiyoq institut avtobusida Shar Manda imorat qurayotgan joyga jo‘nab ketdim. Borganimdan so‘ng dilim ancha yorishganday bo‘ldi. M e n - k u oddiygina bir yigitchaman-a, u yerda shunaqangi katta olimlar hashar qilishayotgan ekanlarki, asti qo‘yaberasiz. Biri ishtonini tizzasigacha qaytarib olib, loy tepgan, biri obkashda suv tashigan, uchinchisi inqillab guvala dumalatgan, qarang, bu yerda ham og‘ir ishdan qochganlar topilibdi. Katta ilmiy xodimlardan biri Shar Mandaning nabirasining ko‘tliklarini yuvib berishni o‘z zimmasiga olibdi. Har kuni o‘n mahal yuvib, oftobda quritib, dazmollab ham berar ekan. Boshqa biri nabiralaridan to‘rttasini o‘ynatib yurishga rozilik beribdi. Bir qarasangiz pechen’e chaynab berayotgan, bir qarasangiz ikkitasini yelkasiga mindirib olib, to‘rt oyoqlab chopqi 1 layotga n... Sizni zeriktirib qo‘ymaslik uchun gapimni cho‘zmay qo‘ya qolay. O‘n uch kun deganda yigirma ming g‘isht qo‘yib berdim. O‘n to‘rtinchi kuni direktor huzuriga kirishga ruxsat bo‘ldi. Kim biladi, birinchi bor kirganimda Shar Manda biron kasalga chalingan ekanmi yoki o‘n uch kunlik mehnatim evaziga bo‘ldimi, har qalay bu gal meni o‘rnidan turib qarshiladi. Ouchoqlashib ko‘risharkan, peshonamdan o‘pib ham qo‘ydi. Institutga menga o‘xshagan iste’dodli olimlar hozir juda, juda ham zarur emish. Agar shahardagi qaysi bir idoradan ishlashi mumkin degan qog‘oz olib kelsam, bugunoq ishga tushishim mumkin ekan. Sehrgar Iblisga q a r s h i u m u m s h a h a r k u r a s h i b o s h l a n g a n , burningizning hid olish quwati zo‘r deb eshitganman, o‘sha fazilati hali ham bor bo‘lsa, bizga ko‘p yordamingiz tegadi, deya qo‘shimcha ham qilib qo‘ydi... Ma’lumotnoma beradigan idoraning boshlig‘i menga o‘xshab burni katta, o‘zi ham dum-dumaloq, peshonasi do‘ng bir amaki ekan. Arzi-dodimni eshitgach, stolni anchagacha chertib o‘tirdi-da, nihoyat ko‘zini xiyol qisib . — Xo‘sh, qancha berasan? — deb so‘radi. — Ma’lumotnoma olish uchun pul to‘lashim zarurmi? — Bo‘lmasa nima deb o‘ylovding? — Pulim yo‘q-ku. — Unda ma’lumotnoma ham yo‘q. — Ilgari bunaqa emas edi, shekilli, — dedim hayron bo‘lib. — Sen, bolakay, teskari tashviqot yuritma, — ovozini xiyol b a l a n d l a t i b dedi a m a k i , — x o h l a s a n g s h u , xohlamasang ana katta ko‘cha. Buni ham Sehrgar Iblis zaharlabdi, deb o‘yladim-u, qo‘loyog‘im bo‘shashib o‘tirib qoldim. Endi nima qildim? Shartta o‘rnimdan turib, aftiga tupurib chiqib ketaymi, unda m a ’ l u m o t n o m a n i qayerdan olaman, o‘sha zormanda bo‘lmasa ishga kirolmayman-ku? Ishga kirolmasam yuzim qoraligicha qolaveradi. Qora yuz bilan ustozimga qandaj ro‘baro‘ bo‘laman. — Xo‘sh, qancha so‘raysiz? — dedim o‘zimni bosib. — Besh yuzdan kamiga bermayman. Ana shundan so‘ng mol bozoridagi dallol bilan sotuvchi o‘rtasida qanday savdolashish bo‘lsa, biz ham shunday qildik O‘zim ham gapga chechan bo‘lib ketdim, shekilli, buning ustiga bozorga ko‘p borib, dallollarning hunariga razm solaverib, ko‘zim ham xiyla pishib qolgan ekan. Qo‘llarim siqib olib, shunaqangi silkitdimki, naq yelkalarini uzib olayozdim. Oxiri, uch yuzga ko‘nib: — Ha, mayli, pulni chiqaraqol, deb qo‘ydi. Cho‘ntagimda hemiri yo‘qligini to‘satdan eslab qoldim. Axir, o‘zingiz o‘ylang, kechagina tavbaxonadan qaytgan odamda pul nima qilsin. Bir-birimizga tikilib qoldik. Amakining ko‘zi to‘la g‘azab, o‘q bo‘lib otilay deb turibdi. Men bo‘lsam, xijolatdan qochgani joy topolmayman. Ma’lumotnomani bugun beravering, pulini ertaga keltirib beraman, deya shu yolvordim, shu yolvordim, mayli, hovlingizda dehqonchiligingiz bo‘lsa, borib chopib beray, o‘g‘il-qizlaringizning ko‘tligini yuvay, degan gaplarni ham aytdim. Amaki cho‘yandan quyilgan haykalday qotib turaverdi. Na ovoz chiqaradi, na tirikligini bildirish uchun biron harakat qiladi. Jimgina oitimga burildim. Endi nima qildim? O‘ylayo‘ylay tavbaxonadan sovg‘a qilingan yengil mashinani sotishga qaror qildim. Ilgari ham aytuvdim, shekilli, Shirin qovunlar mamlakatida odamlar piyoda yurishni afzal ko‘rganlari sabab mashinaning bozori kasod. Yap-yangi narsani kepak bahosiga pullashga to‘g‘ri keldi. Dushanba kuni ertalab yana afti cho‘yandek sovuq amakining huzuriga kirib bordim. — Mana! — dedim pulni stol ustiga tashlab. Oalbiga Sehrgar Iblis makon qurgan amakining sovuq yuzida iliqlik paydo bo‘ldi, labida tabassum ko‘rindi, ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketgandek bo‘ldi. Ma’lumotnomani qo‘limga tutqaza turib, omad yor bo‘lsin, deb qo‘ydi. O‘sha kuni yana bir to‘siqqa duch keldim. Institutning kadrlar bo‘limiga men ismini bilmaydigan yoshi elliklardagi bir ayol rahbarlik qilarkan. Unga ro‘para kelish uchun bir shisha qimmatbaho atir yo bir kiyimlik yaltiroq mato berish shart ekan. Sovg‘alarimni olgach: — Siz ilgari bu yerda ishlarmidingiz? — deb so‘radi. — Ha, — deb qo‘ydim. — Yana o‘sha ishingizni davom ettirish niyatingiz bormi ? — Ha. — Pasportingizni propiskaga qo‘yib keling, — shunday deb opamiz men keltirgan atirning qopqog‘ini ochib, chuqur-chuqur hidlay boshladi. Yo‘q, pasport stolida ham ishim yurishmadi. Nazarimda qayerga borishni ixtiyor qilsam, Sehrgar Iblis o‘sha yerga mendan oldinroq yetib, ishim tushishi mumkin bo‘lganlarni sehrlab, qalbini muzga aylantirib qo‘ymoqda edi. — Ma’lumotnoma deyapman, — deyarli baqirib dedi pasport stoli boshlig‘i. — Qanaqa ma’lumotnoma? — deyman yig‘lamoqdan beri bo‘lib. — Nima balo, karmisan, mahalladan deyapman. M a h a l l a d a n bo‘lsa, m a h a l l a d a n d i r - d a , dedim-da, oyog‘imni sudrab bosib, holsiz, darmonsiz bir holatda mahallaga jo‘nadim. Komitetning raisi yoshi yetmish beshlarga borib qolgan, qulog‘i og‘ir bir kishi ekan. Oyog‘iga bod kelib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Gu La xolamnikida turaman, shu uyga propiska qilmoqchiman, men ham yashasam bemalol yetadigan joy bor, degan gapni naq uch soat tushuntirdim. Oxiri: — Endi berasizmi? — deb so‘radim. — Nimani? — deb qo‘ydi chol buvam. — Ma’lumotnoma. — Oanaqa ma’lumotnoma? — Propiskada turish uchun. — A?! — Pro-pis-ka. — A?! Bemalol o‘tirib olib, qayta boshdan tushuntira boshladim. Bilmadim, bir soatdan keyinmi, ikki soatdan keyinmi harqalay maiumotnoma berishga ko‘nganday bo‘ldi. Lekin q u r u q k e l g a n i n g chakki b o ’ l i b d i , tekinga o l i n g a n ma’lumotnomaning xosiyati bo‘lmaydi, hech bo‘lmasa kirasiga oyoqlarimni uqalab qo‘yasan, deb turib oldi. Bilasizku, bunaqangi ishlarga suyagim yo‘q. Yengimni shimarib, ishga tushib ketdim. Barmoqlaridan tortib, sonigacha qirsillatib uqalay boshladim. O‘ng oyog‘ini tugatsam, chap oyog‘ini tutadi deng. Oxiri charchab: — Boidimi? — deb so‘radim. — Yo‘q, — boshini sarak-sarak qildi chol, — endi belimni ham uqalab qo‘yasan. Qo‘ling yengil ekan, bo‘tam, oyoqlarimga jon kiritib yubording. Senga ma’lumotnomani s h u n a q a n g i z o ’ r i d a n b e r a m a n k i . . . Barakalla... Sal yuqorirog‘idan boshla... bu ma’lumotnoma bilan dunyoning narigi chekkasiga borsang ham gaping o‘taveradi... ha, ha, ana shu yerlarini qattiqroq bos. Bay-bay, qo‘lingni sehri bormi deyman, tanim rohat qilyapti-ya. Bos, bosaver... Uchto‘rt kun uqalasang, xudo xohlasa, oyoqqa turib qolaman. Ana undan keyin... ma’lumotnoma o‘zi yaxshi narsa-da. Odamning obro‘yiga obro‘ qo‘shadi, tilini uzun qiladi, martabasi baland bo‘ladi. Bir hafta deganda chol oyoqqa turib, menga, shu uyda yashasa bo‘ladi, mazmunida ma’lumotnoma yozib berdi. Boringki, oltmish to‘rt kun davomida turli idoralardan o‘ttiz ikkita ma’lumotnomani undirguncha igna yutgan itdek ozib ketdim. Darmonim’ketib, o‘rnimdan turolmaydigan bir ahvolga tushib qoldim. Bu holimni ko‘rib, Sehrgar Iblis bir necha bor qah-qah urib kulganini sezganday bo‘ldim. Demak, butun ishlarimni o‘sha Iblis orqaga surmoqda edi... Mashaqqat ketidan rohat keladi, deganlari rost ekan. Oltmish beshinchi kuni «Sarqitlan> laboratoriyasiga katta ilmiy xodim sifcitida ishga joyhishib oldim. Kimsan, professor Akbar Akbariy bo‘lib ketdim yana. YORUG‘ YUZ BILAN I s h l a y o t g a n i m i z n i n g u c h i n c h i k u n i edi, shekilli. «Sarqitlarga qarshi kurash shahar komiteti»ga chaqirib qolishdi. Awaliga yana bir balo bo‘lmasa go‘rga edi, deya qo‘rqib, tovonimgacha muzlab ketcii. Nima bo‘lgandayam shu kunlarda ko‘rganimdan battari bo‘lmas, deb o‘zimga taskin berdini. Yoshi endigina qirqlarga borgan bo‘lsa ham, sochi oppoq oqarib ketgan, yuzi yetilib pishgan handalakdek dum-dumaloq, yonoqlari taram olmadek qip-qizil, lablari hozir-hoziroq bir gap aytib yuboradigandek g‘alati qimtinib turadigan Nari Beri ismli bir kishi idoraga boshliq ekan. Meni chaqirganlarida qanchalik hayron bo‘lgan bo‘lsam, Nari Beri degan ismni eshitganimda ham shunchalik ensam qotdi. Tavba, deb qo‘ydim o‘zimcha, odam bolasining ismiyam shunaqa bo‘ladimi? Keyinchalik oqko‘ngil, fe’li keng, saxovatli va o‘taketgan darajada qo‘rqoq bo‘lgan bu odam bilan yaqinlashib ketgaeh, g‘alati ismining ma’nosini so‘ragan edim, e, og‘ayni, hamma narsani bilaman desang, paq yorilib o‘lasan, deb qo‘ya qoldi. Xullas mana shu odam idoraga boshliq ekan. — Ismingiz Akbar Akbariy, shundaymi? — deb iliqqina qarshi oldi boshliq. — Shunday, — deb qo‘ydim. — Hidlar bo‘yicha mutaxassis edingiz, shekilli? — Ha, uncha-munchasini bilamiz. — Qanchagacha hidni farqlay olasiz? — O‘zim sanaganim yo‘q, odamlar mingga yaqin deb aytishadi. — Ofarin, — Nari Beri kaftlarini bir-biriga ishqab qo‘ydi, — mana bu axborotnomada, hurmatli professor, sizning haqingizda iliq so‘zlar bitilgan. Yozishlaricha, siz odamning aftiga qarab bu yolg‘onchi, bu chaqimchi, bu ig‘vogar, deb ayta olar emishsiz, rostmi? — Aftiga qarab emas, — deya e’tiroz bildirdim, — qonini hidlab ko‘rib bilaman. — Analiz uchun awalo o‘sha odam qonidan bir-ikki tomchi olib ko‘rar ekansiz-da? — Unday emas, yaqiniga borib, hidlab ko‘rsam bas, kimligini darrov aytib beraman. — Ofarin, — Nari Beri kaftlarini yana ishqadi, — xabaringiz bor, shaharimizda Sehrgar Iblis paydo bo‘lib, yaxshi odamlarimizni zaharlab qo‘yyapti. Oldimizda ikki vazifa turibdi: biri sarqit bilan zaharlangan do‘stlarimizni qutqarish, ikkinchisi zaharli mikroblarni tarqatib yurgan Sehrgar Iblisni ushlash. Toki shahar erkin nafas olsin, toki yurtimizga awalgi osoyishtalik yana qaytsin. Bizga yordam berishingiz kerak. Bo‘yin tovlashga haqqingiz yo‘q. Negaki, o‘sha Sehrgar Iblisning paydo bo‘lishida sizning hissangiz bor ekan. To‘g‘rirog‘i, bosh aybdorlardan biri ekansiz. Mana bu qog‘ozlarda shunday deb qayd qilingan. Demak, yordamlashasiz. Qo‘rqmang, yolg‘iz emassiz. Soqchilar, sud, prokuratura va yana qanchadan-qancha jamoatchilik v a k i l l a r i h a m bu i s h g a s a f a r b a r e t i l g a n . X o ’ s h , yordamlashasizmi ? — Bo‘lmasam-chi, — dedim ishonch bildirgani uchun xursand bo‘lib. — Ishga qachon tushasiz? — Siz xohalagan paytda. — Bo‘lmasa ertadan boshlaymiz, kelishdikmi? Xayrlashib chiqib ketayotgan edim, Nari Beri kulimsirab, andak xijolat bo‘lgannamo meni to‘xtatdi. Mening ham qanaqa odamligimni aytib bera olasizmi, deb so‘rab qolsa bo‘ladimi! Xijolat bo‘lganimni ko‘rsangiz. Bugun-erta senga boshliq bo‘ladigan, taqdiringni hal qiladigan odamning yuziga qarab, sen falonsan, deb aytib bo‘larkanmi... Ancha mahal chaynalib turdim. Men rostgo‘y odamni yaxshi ko‘raman, deb boshlig‘im yana qistashga tushdi. — Siz oqko‘ngilsiz, — dedim burnimni to‘ldirib uchto‘rt bor havo simirgach. — Yana? — Yana rahmdil hamsiz. — Yana? — Xo‘sh... ochiq aytaveraymi? Xafa bo‘lmaysizmi? — Xafa bo‘lmayman. — O‘taketgan darajada qo‘rqoqsiz. — Yana? ’ — Ozgina amalparastligingiz ham borga o‘xshaydi. — Rost aytdingiz, — deya Nari Beri elkamga qoqib qo‘ydi, — shunaqa qusurlarim borligini o‘zim ham sezaman. Ourmagur, lavozim degan narsa yaxshi-da. Hurmat, e’zoz, imtiyoz, yolvorib turgan ko‘zlar... Xullas, shu illatdan kaminada ozgina bor. Lekin, iltimos, buni birovga ayta ko‘rmang. Bo‘lajak boshlig‘im endi gapni boshqa yoqqa burib yubordi. Ya’ni ertaga kirishishim kerak bo‘lgan ishda fidoyilik kerak bo‘lar ekan. O‘zimizdan kechmaguncha maqsadga erisha olmas emishmiz. Men, ya’ni Akbar Akbariy rostgo‘y ekanman, bu yaxshi ekan, lekin rostgo‘ylikning ham o‘rni va payti bo‘larkan. Rost deb hamma gapni aytaverish ham odobdan emas emish... Bu gaplarni nima uchun aytayotganligini hech tushunmasam ham ma’qul deya boshimni qimirlatib jim turaverdim. Xayrlashib chiqishim bilan ustozim Dar Darajaning huzuriga ravona bo‘ldim. Shahar tashqarisidagi tavbaxonada a r q o n t o ’ q i y d i g a n k o r x o n a d a sex b o s h l i g ’ i b o ’ l i b ishlayotganligini nabirasi Mu Tidan eshitgan bo‘lsamda, oldiga borishga yurak qurg‘ur betlamayotgan edi. Yuzim qora, v i j d o n i m azobda edi. E n d i - c h i , e n d i m a n a qilmishlarimni mehnatim bilan yuvdim. Xizmatni ham b o s h l a b y u b o r d i m . Eng m u h i m i xayrli ishga bel bog‘laganman. Sehrgar Iblisni ushlab, onasining qorniga kiritib yubormaguncha, uyquni ham, oromni ham tark etaman, deya qasam ichganman. Yana qovun tushirib qo‘ymaslik uchun ustozim bilan maslahatlashib olishim kerak edi. Tavbaxona darvozasiga yetgach, boshimga Oalpoqchamni kiyib, ko‘zga ko‘rinmaydigan bo‘lib oldim-da, eshik oldidagi soqchilar stoli ostidan emaklab o‘tib ketdim. Ustozim, Mu Ti aytganidek, arqon to‘qiydigan sexda emas, plastmassadan qo‘g‘irchoq yasaladigan sexda ishlar, boshliq ham emas, shunchaki oddiy bir ishchi ekan. Bir qo‘g‘irchoqni bitkazib, parma bilan kindigining o‘rnini teshayotgan paytida uchratdim. Boshimdan Qalpoqchamni olib, to‘satdan ko‘z o‘ngida paydo bo‘ldim. — A?! — dedi-yu, bechora qo‘lidagi qo‘g‘irchoqni yerga tushirib yubordi. O‘zim ham g‘irt tentakman-da. Professor degan n o m i m bor, h a l i g a c h a bolaligim qolmaydi. Hazillashgim kelayotgan edi, ko‘nglimning shu maylini hech bosolmadim, boshimga qalpoqchani kiydim-u, yana ko‘zdan g‘oyib bo‘ldim. Tavba, deb qo‘ydi ustozim. Uch minut chamasi bir ko‘rinib, bir yo‘q bo‘lib turaverdim. E, tavba, ustozim sherigiga gapira boshladi, ajoyib bir shogirdim bo‘lardi, shu kecha tushimga kiruvdi. Hozir ham ko‘zimga u c h - t o ’ r t marta k o ’ r i n g a n d a y bo‘ldi-ya. Yana t u s h ko‘rayotgandirsiz, usta, deb qo‘ydi hamkasbi. — Yo‘q, o‘ngingizda ko‘ryapsiz, — dedim boshimdan Qalpoqchamni olib. — Akbariy! — qichqirib yubordi ustozim. Bilmadim, necha fursat achomlashib, necha fursat hiqillashib yig‘ladik ekan, bir-birimizning bag‘rimizda erib ketganimiz uchun smena tugaganini ham, odamlarning, hoy, endi bas qilinglar, deganini ham payqamay qolibmiz. Ustozim bu yerda ixtirochi bo‘lib ketibdi. Aytuvdim-ku, joni-dili bola-yu, sevgan mashg‘uloti bolalarga qo‘g‘irchoq sovg‘a qilish deb. Hatto o‘shanda sizga, maoshining yarmi shu qo‘g‘irchoqlarga sarflanadi, deb jindek zorlanuvdim ham. Boringki, qo‘g‘irchoq sexiga o‘z ixtiyori bilan o‘tibdi-yu, ketma-ket yangiliklar yarataveribdi. Odimlab yuradigan, biqinini qitiqlasangiz qiqirlab kuladigan, peshonasini silasangiz o‘n oltita so‘zni bemalol aytadigan qo‘g‘irchoqlari Shirin qovunlar mamlakati ko‘rgazmasida Oltin medal olibdi. Ixtirochilarga boshlig‘u o‘ziga alohida xona, maxsus ustaxonayu o‘n yettita yordamchi... Eh-he, bu yerda hurmati shunaqa oshib ketibdild, ta’rifiga so‘z yo‘q. O‘zim haqimda gapirib bermoqchi bo‘luvdim, hammasidan xabarim bor, gazetalardan o‘qib-bilib turibman, faqat shu vaqtgacha biron marta xabar olmaganing uchun xafa edim, deb qo‘ydi. — Sizdan uyaldim, — deya o‘zimni oqlamoqchi bo‘ldim. — Nega uyalasan? — nazarimda hayron bo‘lib so‘radi ustozim. — Vijdonim azobda edi. Sarqitli qonlarni birlashtirmaganimda o‘sha la’nati Sehrgar Iblis paydo bo‘lmasdi. Siz bu yerda yotmasdingiz. — To‘g‘ri, katta xatolik bo‘lgan, — ustozim chuqur xo‘rsindi-yu, o‘yga toldi, shekilli, ancha mahal jim bo‘lib qoldi, — lekin, bo‘tam, masalaga chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, sencLi ayb yo‘q. Sen g‘o‘r eding, xatoga yo‘l qo‘yishing tabiiy edi. Bu o ’ r i n d a m e n h u s h y o r b o ’ l i s h i m , sarqitli q o n l a r n i birlashtirishning xunuk oqibatlari haqida seni qayta-qayta ogohlantirib turishim darkor edi. Afsuski, mana shu narsa xotiramdan faromush bo‘lgan ekan. Lekin sen yo‘l qo‘ygan xatoning zamirida ham, garchi juda xunuk bo‘lsa-da, buyuk bir kashfiyot bor. O‘zing yaxshi bilasan, jin, alvasti, jodugar, sehrgar, iblislar haqida deyarli hamma xalqlarda o‘ziga xos bir tasawur, o‘ziga xos bir tushuncha bor. Har bir xalq bu maxluqlarga o‘zicha ta’rif ham bergan, obrazini ham yaratgan. Lekin hech biri bularning qanday shart-sharoitda, qay yo‘sinda paydo bo‘lishini aytib berolmagan. Sen uni kashf qilding, ya’ni, o‘n yetti illat birlashganda bir Iblis paydo bo‘larkan. Lekin ming afsuski, bu Iblisni biz qo‘ldan chiqarib yubordik. — Ushlash mumkinmidi? — shoshilib so‘radim. — Albatta, mumkin edi. — Hozir ham ushlasa bo‘ladimi? — Bo‘ladi, — ishonch bilan dedi ustozim. — Nega bo‘lmasa ishga kirishmayapsiz? — Axir men bu yerdaman, ixtiyor o‘zimda emasligini ko‘rib turibsan-ku. Payt lceldi deb o‘ylab, men ham a n c h a - m u n c h a sehrgardan qolishmasligimni ustozimga bayon qildim. Sehrli Qalpoqchamni o‘n bir marta boshimga kiyib, yana o‘n bir marta oldim. Dovdirab qolgan ustozim anchagacha o‘ziga kelolmay angrayib turdi-da: — Bu senmisan, Akbariy? — deb so‘radi. — Xuddi o‘ziman, — deb qo‘ydim. Shu paytda ustozimning ham bolaligi tutib qolsa bo‘ladi mi, qo‘yarda-qo‘ymay Qalpoqchamni uch bora boshiga ldyib ko‘rdi. Oiziq, hech qanday mo‘jiza yuz bermadi. Sening vujudingda mo‘jizalar mavjudligini birinchi bor uchratgandayoq payqagan edim, dedi-yu, jim bo‘lib qoldi. Ustozimni qochishga unday boshladim. Qalpoqchamni birgalashib ldyib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lamiz, shaharning xoliroq bir go‘shasida yashab, Sehrgar Iblisga qarshi birgalashib kurashamiz, deya qayta-qayta taklif qildim. Ustozim bosh chayqab, mening qamalishim qonuniy bo‘lgan, qochishim esa qonunga zid, imkoniyati bor odam qonunni oyoqosti qilaversa... jamiyat ostin-ustin bo‘lib ketadi, deya oyoq tirab turib oldi. — Axir, Sehrgar Iblis odamlarni bulg‘ayapti-ku, — dedim qichqirmoqdan beri bo‘lib. — Sehrgar Iblisga qarshi kurashmaymiz deyayotganim yo‘q, nega qizishasan, bo‘tam, — shoshmasdan, o‘zi bilan o‘zi gaplashayotgandek bir ohangda davom etdi ustozim, — lekin har bir ishning natijasi qo‘llanilgan usulning afcalligi bilan o‘lchanadi. Gazetalardan o‘qib turibman, professor Dar Mon issiqni issiq kesadi, sovuqni sovuq kesadi, yomonlikni jazolash orqali tugatish mumkin degan fikrga borib, Sehrgar Iblis zaharlagan ldshilarni jazoga tortmoq kerak, degan g‘oyaga qattiq yopishib olilxli. Ehtimol u ham o‘z yo‘licha to‘g‘ridir. Lekin, bo‘tam, bu fikrga men uncha qo‘shilmayman. Oo‘lingga qaynoq suv to‘ldlsa, muzdelc loy bossang, taning rohat qiladi. Sovqotib turganingda bir piyola qaynoq choy ichsang vujudingga rohat quyiladi. Yomonlikni yaxshilik bilan, zulmatni nur-ziyo bilan daf qilmoq kerak. Aytmoqchimanki, yolg‘onchilik kasaliga mubtalo bo‘lgan bemomi rostgo‘y odamning qoni, qaynoq naiasi va pok niyati bilan davolamoq kerak. — Poraxo‘rni-chi? — deya shoshilib so‘radim. — Uni mehnatkash odamning qoni va men yaratgan noyob suyuqlikdan bir tome hi qo‘shish orqali davolasa bo‘ladi. — Siz shunday suyuqlikni yaratganmisiz? — Suyug‘ini ham, quyug‘ini ham allaqachon sinovdan o‘tkazib qo‘yganman. — Menga aytmagan edingiz. — Bu sirni hech kimga ayta olmas edim. — O‘sha dorilar qayerda hozir? Sehrgar Iblis topib olgan bo‘lmasin tag‘in? — Tashvishlanma, topolmaydi. — Bobojon, ishga tezroq kirishaylik, toqat qilolmayapman. — Sabr qil, bo‘tam, bizning ishimizda hali aytganim usuldan tashqari yana sabru toqat ham katta rol o‘ynaydi... Xo‘sh, nima deyayotgan edim? Ustozim o‘zi rahbar bo‘lgan laboratoriyaning erto‘lasiga ikkita temir sandiqni liq to‘ldirib noyob dorilar joylagan ekan. Yerto‘laga tushishning siru asroridan erinmasdan meni voqif eta boshladi. Hali insoniyat tatib lco‘rmagan, tatib ko‘rsa barcha illatdan bora-bora qutulishi mumkin bo‘lgan Noyob dorilar sehrli sandiqlarda saqlanayotgan ekan. Ularni bu yerga, mana shu qo‘g‘irchoqlar uymalashib yotgan xonaga bir amallab beshikast keltirish haqida uzoq maslahat qildik. Nihoyat bir qarorga kelgach, yana suhbatimizning awaliga qaytdik. Ustozim nabirasi Mu Tini surishtira boshladi. Rangro‘yi qanaqa, ishtahasi tuzukmi, kiyim-boshi ozodaginami, kechalari turib olib yig‘lamayaptimi, onasi bilan yozishib turibdimi... mana shunaqa savollar beryapti-yu, savol orasida o‘zi yum-yum yig‘lab ham olyapti. — Yig‘lamang, hammasi joyida, — deyman o‘zim ham yig‘iga qo‘shilib. — Yuragim to‘lib turuvdi, — xo‘rsindi ustozim, — qo‘y, menga tegma, bir ichimni bo‘shatib olay. Qo‘g‘irchoq yasab, minglab bolalarni sevintirsam-u, o‘z jigarimni g‘am lashkariga talatib o‘tirsam. Ha, bo‘tam, Sehrgar Iblisni tezroq ushlashimiz kerak. O‘sha mal’un qo‘lga tushmaguncha bu olamda na quvonchu, na biron nurli kun bo‘ladi. Hammasini o‘g‘irlab qo‘yadi u. Xo‘p, endi jo‘na, tezroq borib, nabiraginamni erkalab qo‘y. Ko‘ngli cho‘kmasin, bobong tez kunda chiqadi, de. SEHRGAR IBLIS IORORNOMA ’>0 unday qilib «Sarqitlarga qarshi kurash komiteti»ga mas’ul sekretar bo‘lib tayinlandim. Oarang-a, deyman o‘zimga-o‘zim, yaqinginada eshak minib uyma-uy xat tashib yurgan yigitcha shunaqangi katta lavozimga ko‘tarilib ketsam-a. O‘zi omadi bor bola ekanman-da. Nimani orzu qilsam, andak nari-beridan keyin ishim o‘zo‘zidan yurishib ketaveradi-ya. Yumshoq kreslo, qo‘shaqo‘sha telefonlar, minut sayin choy dam lab beraymi deya eshilib-buralib kirib turadigan, sochini kalta kesib, labini bo‘yab olgan sohibjamol qizlar, eh-he, tashqarida boqilgan toychoqdek gijinglab turgan yengil mashinani aytmaysizmi! Oh-oh, hozir maqtanchoq o‘rtog‘im Hoshim to‘satdan kelib qolarmidi. Bu dabdabayu bu hurmatu e’zozni ko‘rib, bilmadim, qay ahvolga tushar ekan... Rostdanam, kelib qolsa-ya! Yo‘q, kelolmaydi. Axir men Sehrli qovunning ichida yashayapman-ku. Uning ichi osmondek keng-u, ammo darvozalari berk. Kirolmaydi. Eh, kirganda soz bo‘lardi-da. Ochiq iqror bo‘lib aytishim kerak, xizmatim og‘ir, juda ham og‘ir. Sarqitlarga qarshi kurashuvchi mahalliy komitetlardan axborotlar qabul qilaman. Chora ko‘rishlarini so‘rab, militsiya, sud, prokuratura organlariga taqsimlayman. O‘zimga ham maxsus uchastka birkitilgan. «Inson» institutini nazorat qilib boraman. Ko‘pincha janjalli masalalarni hal qilishda ham ishtirok etaman. Ig‘vogar o‘z aybini bo‘yniga olmayotgan bo‘lsa, bu qusur kuchayib, kasallikka aylanib, boshqalarga ham yuqish ehtimoli tug‘ilsa, darrov meni yordamga chaqirishadi. Ousurlik kishining yaqiniga borib u c h - t o ’ r t h i d l a y m a n - u , og‘ayni, sen ig‘vogarsan, deb peshonasiga yorliq yopishtiraman. Boshlig‘im Nari Beri sal g‘alatiroq odam. Masalan, ko‘chaning o‘ng tomonidan yurish boshlasa, oxiriga yetguncha chap tomoniga o‘tib olganini o‘zi sezmay qoladi. Nutqining boshida birovni yomonlasa, oxiriga borib maqtab yuboradi. Eitalab chiroyli degan narsasini kechqurun xunuk deb turib oladi. Shuning uchun ham otini Nari Beri deb qo‘yishgan bo‘lsa kerak. Lekin xarakterining bu belgisi har kuni emas, onda-sonda namoyon bo‘ladi. Har kuni namoyon bo‘ladigan xislati oqko‘ngilligu rahmdillik. Ishni qalpoq qilib kiyib yuboradi, desam ishonavering. O‘zigayam, boshqalargayam tinim yo‘q. Ko‘pincha kechalari ham qolib ketadi. Bir kuni Sehrgar Iblis xususida gaplashib o‘tiruvdik, u t u g ’ d i r g a n jinoyatlarga qarshi k u r a s h d a n c h a r e h a b qolayotganligini aytib, jinoyatchiga emas, jinoyatchini yuzaga keltirayotgan illatga qarshi kurashmog‘imiz kerak edi, deb qoldi. Agar Sehrgar Iblisni qo‘lga tushirib beradigan odam topilsa, oltindan bo‘yi barobar haykal qo‘yardik, deya qo‘shimcha ham qilib qo‘ydi. Demak, oltindan haykal menga qo‘yilar ekan-da, deya o‘yladim-u, indamay qo‘ya qoldim. Ammo tushlik paytigacha Iblis xayolimdan nari ketmadi. Tushlik paytida esa... Men uni ko‘rdim, ha-ha, ko‘rdim. Oshxonaning mendan ham kattaroq rahbarlar ovqatlanadigan xilvat burchagidan odam bolasi chiday olmaydigan badbo‘y hid anqiy boshladi. Burnimni o‘sha yoqqa to‘g‘rilab, chuqurroq nafas oldim. Yigirma litrlik shisha yorilib, ichidan soqolini silkitib Sehrgar Iblis chiqib kelganda ana shunday yoqimsiz hid taralgan edi. O‘sha paytda uning qiyofasi butunlay boshqa, qo‘rqinchli edi. Hozir esa kelishgan bir yigit qiyofasida o‘tiribdi. Ehtimol u emasdir, degan filer o‘tdi boshimdan. O‘sha, deya shivirladi qo‘ltig‘imda turgan Oalpoqcham, qo‘rqma, uning sehri senga ta’sir qilmaydi. Yaqinrog‘iga borib o‘tirdim. Oshxonalardan ham maza qochdi, deya gapira boshladi Iblis qarshisidagi xo‘randaga, hammasi o‘g‘ri bo‘lib ketgan, ustilaridan yozish kerak. Yana ham yaqinroq o‘ringa o‘tdim. Xuddi shu paytda o‘tli nigohlarimiz to‘qnashib qoldi. Ko‘zlarimizda g‘azab chaqnay boshladi. Barmoqlarimiz mushtga tugilib kelmoqda edi. — Akbar Akbariy bo‘ladilarmi,- — menga qarab zaharli bir tabassum qildi Iblis. — Xuddi o‘ziman, — shunday deb ustiga bostirib bora boshladim. — Sarqitlarni tugatmoqchi edilar, shekilli? — Gapirma, Iblis! — Handalak shahri fuqarosining umrini uzaytiraman deb niyat qiluvdilarmi? — Hozir bo‘g‘ib tashlayman seni! — bor kuchimni to‘plab ustiga tashlandim. Qiziq, juda qiziq bo‘ldi-ku! O‘tirgan o‘rnida yo‘q bo‘lib qoldi. Qornim bilan stolga urildim. Xo‘randalar kulib yuborishdi. Badbo‘y hid deraza tomondan kela boshladi. qochdi, ha, qochdi u. Derazadan sakrab, ko‘chaga o‘tdim. Qiziq, na rang bor, na shakl. Ammo dimoqni achitadigan badbo‘y hid hamon anqib turibdi. Orachora Iblisning: — Xo-xo-xo, — Hi-hi-hi, — Heh-heh-heh, — deya kulayotgani ham eshitilib turibdi. Hid orqasidan quvlashga tushdim. Bora-bora faqat mengagina tanish bo‘lgan qo‘lansa bo‘y shunday kuchaydiki, o‘ngga yugurishni ham, chapga yugurishni ham bilolmay qoldim. O‘qchib-o‘qchib ishxonamga qaytdim. Xafa emas edim, qalbimda quvonch surnaylari chalina boshladi. Axir men uni ko‘rdim, oldimga solib quvladim, demak, mendan qo‘rqar ekan. Bugun yetolmadim, lekin ertaga albatta quvib etaman, shunday emasmi... Kotiba qizlar ish stolim ustiga bir dasta xat keltirib qo‘yishgan ekan, navbat bilan o‘qiy boshladim. «AXBOROTNOMA No 1 Biz kim imzo chekib, axborotnoma bituvchilar «Sarqitlarga qarshi kurash shahar komiteti» operatiu gruppa a zolaridirmiz. Binobarin, quyidagilarni qayd qilamiz: «Inson» instituti «Vitaminlar» laboratoriyasidan shikoyat tushgan edi Zudlik bilan o‘sha yerga yetib bordik. Malum bo‘lishicha, laboratoriyada inson umrini uzaytirishda vitaminlar qanday rol o‘ynashi o‘rganilar ekan. O n to‘rt olim yigirma yettita chol va kampir ustida ilmiy tajribalar olib borib, xiylagina yaxshi natijalarga erishayotgan ham ekan. Laboratoriya mudiri professor Dar Monning fell to‘satdan aynibcU. «A» vitaminidan bir kiloyu ikki yuz gramini o‘g‘irlab sotibf tushgan pulini nabirasining xatna to‘yiga sarflabdi. Ombor mudiri «V» vitaminidan yetti yuz gramini chayqov qilib, tushgan puliga xotinini kurortga jo‘natibdi. Ilmiy xodimlar rahbarlardan qolgan vitaminlarni o‘zlari yeb qo‘ya qolishibdi. Ko‘zbo‘yamachilik boshlanibdi. Bemorlarga «A» vitamini o‘rniga arpaning talqonidan, «V»ning o‘rniga quritilgan bedaning kukunidan malham tayyorlab berishibdi. Ustida tajriba olib borilayotgan qariyalardan bir qismi ichburug‘ kasaliga, bir qismi ichqotish kasaliga chalinibdi. Xulosa: laboratoriya xodimlarini Sehrgar Iblis zaharlab qo‘ygan. Ming afsuski, xodimlar buni bo‘yinlariga olishmadi. Yesak sening vitaminingni yebmizmi, o‘zimiz tayyorlagan mahsulotni yedik~da, deb turib olishdi. Komissiya a zolari: Ur Bon Qur Bon Os Mon». Boshlig‘im N a r i Beri a x b o r o t n o m a bilan t a n i s h g a c h , stolni m u s h t l a b , o ’ r n i d a n t u r i b ketdi: — D a h s h a t ! Shifokor b e m o r n i n g dorisini yeb qo‘ysa-ya, dahshat! Hujjatlarni darhol q o n u n organiga jo‘nating. Ta’zirini berib qo‘yish kerak bu m u t t a h a m l a r n i n g . Tekshiruv aktlarini q o n u n organlariga negadir jo‘natgim kelmadi. Takror va t a k r o r aytamanki, o d a n i l a r n i n g ana shu ahvolga t u s h i b qolishlarida bosh a y b d o r m e n i n g o‘zim bo‘laman. Ustozim h u z u r i g a yugurdim. Plastmassadan turli qushlar yasab, birini bulbuldek sayratib, birini sakratib, o‘zini ovuntirib o‘tirgan ekan. Shu darajada hayajonda edimki, salom-alik o‘rniga, bobojon, dorilar qachon tayyor bo‘ladi, deya qichqirib yuborayozibman. — Dorining ming xili allaqachon tayyor bo‘lgan, bo‘tam, — bosiqlik bilan dedi ustozim, — tinchlikmi? Muncha entikmasang? — Mana o‘qing, — axborotnomani qo‘liga tutqazdim. O‘qigan sari, tavba, ustozimning yuzida osoyishtalik, xotirjamlik ko‘paya boshladi. O‘zi juda g‘alati odam-da ustozim, bunaqangi aqlli odamni ikki dunyoda ham topolmaysiz. Fikrining chuqurligi, xayolotining kenghgi, ixtiro ketidan ixtirolarni o‘ylab topishi, ming kishi hal qilolmaydigan jumboqni ham bir daqiqada hal qilib qo‘yishi... goho bu odam emas, sehrgar deb ham o‘ylab ketaman-u, darhol fikrimdan qaytib, yo‘q, bu chinakam inson, menga o‘xshab ishi yurishmaganlarning baxt-saodati uchun yaratilgan u, deb qo‘yaman. Ha, u odamlarga baxt ulashish uchun lcelgan bu dunyoga. — Dar Moniyning ahvoli chatoq ekan-da, — dedi nihoyat ustozim boshini ko‘tarib. — Juda chatoq, — dedim shosha-pisha. — Uni qutqaramiz, — ustozim o‘ychan bir holatda so‘zini davom yettirdi. — Odam bolasining organizmi, xususan uning qoni juda g‘alati bo‘ladi. Bu qonlarda goho turli kasalliklar belgisi tug‘ilganidayoq paydo bo‘ladi, to‘g‘rirog‘i, o‘sha qon bilan tug‘iladi. Bu mikroblar yaxshi sharoitga tushib qolsa, kuchayib, kasallikka aylanadi, nobop sharoit bo‘lsa, rivojlanmay, o‘sha organizm o‘sha qon o‘lganda birgalashib o‘lib ketishi ham mumkin. Dar Moniyning qoni va ruhida o‘g‘irlik va qalloblikka moyillik bor ekan. Sehrgar Iblis uni osonlikcha o‘z tomoniga ag‘darib olibdi... O o ’ r q m a , u n i davolaymiz. Q a n i , ayt-chi, o‘g‘irlikning aksi nima? — To‘g‘rilik, albatta. — Qalloblikning aksi-chi? — Halollik, rostgo‘ylik... — Barakalla, bo‘tam. Hamkasblarimizni to‘g‘rilik va halollik dorisi bilan davolaymiz. Bunday sehrli dorini men bundan o‘ttiz yillarcha oldin yaratgan edim-u, ishlatib ko‘rmagandim. Endi sinab ko‘ramiz. Qani, temir sandig‘imni ochay-chi, mana, bor ekan. Mana bu shishachani olgin-da, laboratoriyaga borib, shoyigulning bargidan qaynatib, suyuqlik tayyorla. O‘sha suyuqlikka bu doridan bir tomchidan tomiz. Darmoniy bilan odamlarga ichir. Tuni bilan uxlamay ustozim buyurgan suyuqlikni tayyorlab, tomizg‘idan qo‘shib, o‘g‘irlik va qalloblik kasaliga giriftor bo‘lganlarga ichirib yubordim. Uchinchi kuni, yo‘q, to‘rtinchi kuni ekan, Dar Moniy boshliq o‘n to‘rt ilmiy xodim idoramizga birin-ketin kirib kela boshladilar. — Sarqitlarga qarshi kurashadigan idora shu yerdami? — so‘radi Dar Moniy. — Shu yerda, — deb qo‘ydim. — Boshlig‘i qayerda? — Ichkarida o‘tiribdi. Birgalashib ichkari kirdik. Surg‘uchlangan konvertda xat keltirishibdi. Adolatli boshlig‘im Nari Beri avval ichida, so‘ng ovoz chiqarib o‘qiy boshladi: «IQRORNOMA Biz kim, o‘z aybi va yo‘l qo‘ygan xatosiga iqror bo‘lib ushbuni yozuvchi vitaminlar laboratoriyasining yuzi qaro xodimlari bo‘lamiz. Chindan ham o‘g‘irlik va qalloblik yo‘liga kirib. tasarrufimizdagi bemorlarning umriga zavol bo‘la boshlagan ekanmiz. Bemor haqqini yeyish shifokor uchun eng sharmandali bir hoi ekanini tushunib turib shunday qilgan ekanmiz. Idorangiz xodimlari shoyigul atridan tayyorlab jo‘natgan Noyob doridan ichgach, to‘satdan o‘zimizga kelib, g‘oyat tubanlashib ketganimizni angladik. Jinoyatimiz g‘oyat og‘ir. har qanday jazoga loyiqmiz. Xohlasangiz qallob sifatida hammamizni jazolang. xohlasangiz aftimizga qorakuya surtib, eshakka teskari mindirib, bular bemor haqqini yegan o‘gri, qallob, deb jar chaqirtiringlar. Jinoyatimizga chin dildan iqror bo‘lganimizni hisobga olib, aybimizni yuvish uchun muhlat bersalaring yaxshi bo‘lardi. Shoyigul bargiday shifo topganimizni hisobga olib, shahrimizning butun ko‘chalariga, xiyobonu yo‘lakchalariga shu noyob guldan bir million tup ko‘kartirib, ~qishin-yozin qarab turishni zimmamizga olmoqchimiz. Toki shahrimiz fuqarosi shu gulning xushbo‘y atridan hidlab, kayfi chog4 bo‘lib yursin...» Aytuvdim-ku, boshlig‘im ko‘p aqlli va tadbirkor deb. «Iqrornoma»ni o‘qib bo‘lgach, uni olib kelganlarga o‘z mulohazasini darrov bildirmadi. Sizlar boraveringlar, kengash chaqirib, maslahatlashib olamiz, deya javob berib yubordi. Kengash boshlig‘imning, gul ekish kerak, degan fikrini ma’qulladi. U m u m a n , bizning idoramizda boshliqning aytgani-aytgan, degani-degan. Yo‘q, degan odamning, qishloqcha qilib aytadigan bo‘lsak, kosasi oqarmaydi. O‘sha yili bahorga borib Handalak shahrida bir million t u p shoyigul ko‘karib, yozbo‘yi odamlarning ko‘zini quvontirib, kayfini chog4 c}ilib turdi. Kechirasiz, men jinday ilgarilab ketdim, shekilli. Aytmoqchi bo‘lgan muhim gapim qolib ketibdi. Sehrgar Iblis zaharlagan odamlarni birinchi bo‘lib bizning komitet davolagani butun mamlakatga ovoza bo‘lib ketdi. G‘oyat aqlli, g‘oyat tadbirkor boshlig‘im Nari Beri nomiga tabrigu maqtovlar laylakqordek yog‘ila boshlagach, shahar ma’muriyati jamoatchilik talabini hisobga olib, uni uchinchi darajali katta qovun mukofoti b i l a n t a q d i r l a d i . Va... t a b i i y k i , m e n i h a m q u r u q qoldirishmadi, tashakkurnoma yozilgan bir varaq qog‘oz berishdi. XXVII XIYOBONDA MUSHTLASHUV I shqu muhabbat bobida ishim hech yurishmayapti. Kimga yoiiqib qoldim o‘zi, odammi yoki otasi alvasti-yu, onasi shaytonu o‘zi shaytonbachchami ? Bir qarasang, juda mehribon, kamtar, hamma gapga tushunadigan, mo‘minqobil qizaloqqa aylanib qoladi. Yana bir qarasang, voy xudoyim-ey, shunaqa tund, shunaqa qaysar, shunaqa aldamchiki... — Gu Li, — deyman yolvorib, — nega siz bunaqasiz? — Qanaqaman? — deydi betimga qaramay. — Axir men sizni sevaman, deyapman. — Sevsangiz nima qilay, ashula aytib beraymi? — Nahotki men bechoraga rahmingiz kelmasa ! — Qaysi birlaringga rahm qilaman, sizdaqadan yana o‘ttiztasi bor! — Anuv kuni o‘nta devdingiz-ku? — Yana yigirmatasi qo‘shildi. — Hammamizni ahmoq qilib yurgan ekansiz-da. — Voy, nega unday deysiz? — To‘xtang, — deyman yo‘lini to‘sib, — bugun yo ha, yo yo‘q deysiz. — Anuv kuni aytganman. — Nima degansiz? — Sehrgar Iblisni qo‘lga tushirganingizdan keyin javob beraman deganman. — O‘shanda xo‘p deysizmi? — O‘ylab ko‘raman. — Qo‘lga tushirolmasam-chi? — So‘lagingizni oqizib, orqamdan umrbod ergashib yuraverasiz. — Iblisning qo‘lida o‘lib ketsam-chi? — Unda yigirmangizdan keyin darrov erga tegaman. — Er ham tayyor ekan-da? — Bo‘lmasa nima deb o‘ylovdingiz. Mana, o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz, shunaqa gaplardan keyin oshiq qalbida bo 4 ron ko‘tarilmaydimi? Rashk qo‘zg‘ovchi bu so‘zlar oshiq dilini vayronaga aylantirmaydimi? O‘lsangiz o 4 layering, deb tursa, oigandan battar bo‘lmaysizmi? Yo‘q, deyman o‘zimga-o‘zim kechalari uyg‘onib ketganda, bu savdoni endi bas qilaman, boshqasini tanlayman. Tavba, ertalab o‘rnimdan turib, ke, yana bir unnab ko‘ray, deyman-u, qaytadan yo‘llarini poylashga tushaman. Bugun yana oyoqlarim o‘z o‘zidan Gu Li ishlaydigan shifoxona tomon burilib ketaverdi. Qiziq, borgim yo‘qqa o‘xshaydi-yu, oyoq qurg‘ur ixtiyorimga bo‘ysunmayotgandek. Tanish skameykaga o‘tirib, ish vaqti tugashini kuta boshladim. Bir mahal, yo rabbiy, nahotki... Yo‘g‘-e, xipcha belli, yelkasi keng, xushro‘ygina bir yigit sevgilimni qo‘ltig‘idan olib, chaqchaqlashib chiqib kelyapti. Suhbatga shunday berilibdilarki, yonginamdan o‘tib meni payqamadilar. Qiqirlashib kulganlari-chi, kula turib birbirining yelkasiga turtib qo‘yganlari-chi! Tamom bo‘ldim, na oyoqda darmonu, na yurakda quwat qoldi. Borlig‘imdan sovuq ter quyilib ketdi. Rashk alangasidan yonganimdan emas, yo‘q, sevgilimni chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan Sehrgar Iblis qo‘ltiqlab ketayotganidan yonib ketdim. Nahotki, u o‘z qiyofasini shunchalik tez o‘zgartirgan bo‘lsa. Oshxonada ko‘rganimda keng peshonasi yiltiroq, silliq yuzi toshdan yo‘nilgandek sovuq, yelkasi chiqqan, beli andak bukriroq edi. Endi bo‘lsa sochlarini jingalak qildiribdi, o‘rmalab ketayotgan qo‘ng‘izchadek bejirim mo‘ylovcha qo‘yibdi. Yuzlariga moylar surtib, sovuq yiltirashini yo‘qotibdi. Har qanday qiz bir ko‘rganda yuragi taka-puka bo‘lib, oshiqu beqaror bo‘ladigan darajada yoqimli qiyofaga kirib olibdi... Shartta o‘rnimdan turdim. Bugun yo o‘laman, yo uni o‘ldiraman. Orqalaridan ergashdim. Ustiga tashlanganim bilan foydasi yo‘q, yana ko‘zdan g‘oyib boiadi-yu, qornim bilan yerga yiqilganim qoladi. Nima qilsam ekan, panada turib, boshiga tosh bilan tushirsammi? Koshki bu shahardan tosh topib bo‘lsa! Oaltiray boshladim, rashkdan, g‘azabdan bo‘lsa kerak. Chorrahaga yetkanda ikkovlari to‘xtab qolishdi. Sehrgar Iblis sevgilimning nozik qo‘lchalarini kaftlariga olib, ochiqib qolgan buzoqcha enasini emgandek cho‘lpcho‘lp etib do‘mboq barmoqchalarini so‘ra boshladi. Qizgina esa qitig‘i kelgan odamdek qiqirlab kulib, ora-chora qo‘ying, uyalaman, deya noz qilyapti-yu, ammo qo‘llarini tortib olmayapti. — Tort qo‘lingni! — beixtiyor qichqirib yubordim. Gu Li atrofiga bir alangladi-yu, qarindoshlarimdan birontasi ko‘rib qoldi, deb o‘yladimi, ura solib qochishga tushdi. Iblis ikkimiz yuzma-yuz qoldik. — He-he-hyo, — deb qo‘ydi raqibim. — Kulma! — dedim yer tepinib. Sehrgar Iblis ekanini payqab turganimni mutlaqo sezdirmasligim kerak, degan fikr o‘tdi boshimdan. — Nega orqamdan ergashding, — ovozini xiyol ko‘tarib so‘radi Iblis. — Sen u qizga tega ko‘rma, — dedim qat’iy qilib, — men sevaman uni. — He-he-he! — Kulma! — Hi-hi-hi! — Hozir bo‘g‘ib tashlayman seni, — ustiga bostirib bora boshladim. Har qancha yaqinlayman desam ham hech iloji bo‘lmadi. Ikki qo‘limni otashkurakdek cho‘zib yurib boryapman, u esa mening tezligimga teng tisarilib boryapti. Shu alpozda yurib shahardagi tarix muzeyi hovlisiga kirib qolganimizni payqamay qolibman. — To‘xta, — dedi nihoyat Iblis tilga kirib, — bari bir yetolmaysan. Ammo istasam men senga bir hatlab yetib olishim mumkin. Bo‘g‘ib o‘ldirishim ham hech gap emas. Lekin hali-beri o‘ldirmayman. Negaki sen, garchi ashaddiy dushmanim bo‘lsang-da, meni dunyoga keltirgan, boshimni silagan doyam bo‘lasan. Sut o‘rniga araq berib katta qilgansan. Awal bu dunyodagi yaxshilikni tugataman, so‘ng Yaxshilik va Oahramonlik ramzi sifatida sening o‘zingni bo‘g‘aman. Ha-ha, hali-beri o‘ldirmayman seni... — Meni bo‘g‘moqchimisan? — dedim Sehrli qalpoqcham yonimda turgani esimga tushib, dadillashib. — Ha, seni! — Ehtimol, menga qazigan go‘ringga o‘zingni tiqarman. Ha-ha, go‘rkoving o‘zim bo‘laman. Dunyodagi barcha r a z i l l i k , b a r c h a q a b o h a t ramzi sifatida seni go‘rga tiqmagunimcha yeganim harom! Yana shuni ham aytib qo‘yay, sevgilim Gu Liga tega ko‘rma. Biz u bilan ahdu paymon qilganmiz. Turmush qursam, narigi dunyoga olib ketaman. — Ahdu paymoningizni allaqachon buzib qo‘yganman, he-he-he! Ey, baxtiqaro oshiq, gapimga quloq sol. U qiz endi meni sevadi. Es-hushini olib qo‘ydim. Turgan gapki, bir qizga ikki yigit uylana olmaydi. Ikkimizdan birimiz undan voz kechishimiz kerak. Xohlasang, halol turib jang qilamiz. — Senda halollik ham bormi hali? — Muhabbat xususida quvlik ishlatmayman. — Bari bir sen Iblissan. — Odamlar o‘rtasida menga o‘xshagan iblislar kam deysanmi? — Gapga usta ekansan. — Iblisning gapga no‘noq bo‘lganini eshitganmiding? Ke, yaxshisi, halol turib jang qilamiz. Kurash tushasanmi, mushtlashasanmi yoki qilichbozlikni tanlaysanmi, ayt! — Uchoviga ham tayyorman. — Bo‘lmasa gap bunday. Mana bu tangani osmonga otamiz. Raqam bor tomoni yerga to‘nkarilib tushsa, awal men uraman. Raqami osmonga qarab tushsa, mayli, sen uraqol. Yetti martadan uramiz. Ortig‘iga nazarimda ikkovimiz ham yaramaymiz, shekilli. Ma, tangani sen otaqol. Besh tiyinlik mis chaqa ekan. Bosh barmog‘im ustiga qo‘yib, osmonga pirillatib otgan edim, omad menga kulih boqmadi. — Navbat meniki! — qichqirib yubordi Iblis va q u l o c h k a s h l a b chakkamga tushirdi. Xayriyat, sehrli qalpoqcham oldinroq ishga tushib vujudimni poiatdek qotirib qo‘ygan ekan. Zarbi chivin chaqqanchalik ham bo‘lmadi. Yana urdi, yana... Hech narsa sezmay turaverdim. Navbat menga kelgan edi. Bor kuchimni mushtimga to‘plab, qulochkashlab tushirmoqchi bo‘luvdim, to‘satdan, ha-ha, to‘satdan, atrof burqsab bir sasidi-yu, Iblis yo‘q bo‘ldi-qoldi. Muzeyning kunbotar tarafidagi nuragan devor ustidan: — He-he-he, — degan qahrli qahqahasi eshitildi. Turgan joyimda qotib qoldim. Tentak ekanman, deya o‘ylay b o s h l a d i m . T e n t a k b o ’ l m a s a m , halol t u r i b mushtlashamiz deganiga ishonarmidim. Yuragimni vahima bosdi. Iblis to‘g‘ri Gu Lixonning yotoqxonasiga borib chaqchaqlashib o‘tirgan bo‘lsa-ya! Yo‘q, haligi gapim gap. O‘lsam o‘lamanki, lekin sevgilimni unga bermayman. Meni chalg‘itish uchun muzeyning hovlisiga boshlab kelgan ekanda, obbo shayton-ey! Oyoqni qo‘lga olib, tan ish yotoqxonaga yugurdim. Iblis yo‘q! Gu Li ashula aytib, oshxonada sho‘rva pishiryapti. It quvgan soqovdek halloslab kirganimni ko‘rib, bir nafas hangu mang bo‘lib qoldi: — Tinchlikmi?! — Tinchlik emas, — dedim o‘pkam og‘zimga tiqilib. — Voy o‘lmasam, hannnayog‘ingiz qonu-ku! — qo‘rqib so‘radi qizg‘ina. — Mushtlashdingizmi? — Ha, haligi yigitingiz bilan. — Voy o‘lmasam, shunday madaniyatli yigit sizni urdimi? — Uning kimligini bilasizmi o‘zi? — Bilaman. Shahar sog‘liqni saqlash Vazirligida inspektor bo‘lib ishlaydilar. — Yolg‘on! — Voy, unday demang. Yaxshisi, yuring, yotoqqa kiraylik. Chakkangizdan qon oqyapti. D6ri surib, bog‘lab qo‘yaman... Voy xudoyim-ey, shunday madaniyatli yigit sizni urib o‘tirsayaf — Hozircha dorini qo‘yaturing. Eng awal gapimga quloq soling. O‘sha olifta gorzdrav inspektori emas, shahrimiz boshiga ofatlar yog‘dirayotgan Sehrgar Iblisning aynan o‘zginasi bo‘ladi. Bilmas ekansiz, sehr ishlatib, qiyofasini tez-tez o‘zgartirib turadi. — Tuhmat qilyapsiz, — sevgilim gaplarimga parvo qilmasdan yog‘och cho‘mich bilan sho‘rvasini shopiraverdi. — Oasam ichaman, — dedim negadir xo‘rligim kelib. — Qasamingiz ham jonimga tegib ketdi, — shunday deb Gu Lixon kastryulni ikki q u l o g ’ i d a n ko‘tarib, yotoqxonasiga kirib keta boshladi, — yuring, yarangizni bog‘lab qo‘yaman. — Kerak emas! Qalbimda tug‘ilgan xo‘rlik alamga aylanib, alam ichida yonib tashqariga chiqib ketdim. Shu paytdagi holatimni ming aytsam ham bari bir tasawur qilolmaysiz. Iblisga aldanib, kaltak yeganim, sevgilimning menga ishonmay ashaddiy dushmanim bilan apoq-chapoq bo‘lib barmog‘ini so‘rdirib o‘tirishi... dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘lib ketdi. Ikki qo‘limni og‘zimga ko‘vacha qilib yotoqxonaning derazasiga q a r a b , m a l h a m i n g b o s h i n g d a n q o l s i n , kostryulkadagi sho‘rvang to‘kilib oyog‘ing jizg‘anak bo‘lsin, o‘sha Iblis bilan qapishib q o ’ s h m o z o r bo‘lgin, deb baqirmoqchi bo‘ldim-u, lekin ovozim chiqmadi, shekilli, indamay qo‘ya qoldim. Duch kelgan tomonga qarab keta boshladim. Qalbim bo‘m-bo‘sh edi. Borlig‘imni horg‘inlik qopladi. Qiziq, shu paytda yana oyijonimni ko‘rgim kelib qoldi. Sog‘inib yurgan edim. Ko‘ksiga boshimni qo‘yib, yum yum yig‘lagim, qo‘y taylog‘im, kuyinma, degan mehribon ovozini eshitgim keldi. Xo‘rlik ko‘z yoshiga aylandi, shekilli, ko‘zlarimdan yosh oqa boshladi... Hiqillashni bas qil, deya o‘zimga da Ida bera boshladim. Erkak kishiga ko‘z yoshi emas, qahqaha yarashadi. Sen yigitsan, erkaksan! Ustozing Dar Darajaning, erkak kishi bu dunyoga qiynalish va go‘zalliklar yaratish uchun keladi, degan hikmatini unutina. Sen Yaxshilik Yomonlik ustidan tantana qilsin uchun jang qilyapsan. Boshingni baland ko‘tar. O‘zim bilan gaplasha-gaplasha ustozim yashab turgan tavbaxonaga qarab yo‘l oldim. — Tinchlikmi? — rang-quti o‘chib so‘radi ustozim. — H a m m a y o g ’ i n g qonga b e l a n g a n , nima bo‘ldi o‘zi? Mushtlashdim? Kim bilan? — Iblis bilan... Gapim chala qoldi. Ustozim sakrab turib, chakkamdan oqayotgan qon dan bir tomchi oldi-da, qo‘lbola laboratoriyasida tekshirib ko‘rish uchun shoshilib yerto‘laga tushib ketdi. Oanday tez tushgan bo‘lsa, yana shunday tezlik bilan yugurib chiqdi. Oonimni Sehrgar Iblis zaharlab qo‘yibdi! Xayriyat kelganim, bo‘lmasa, ertalabgacha do‘mbira bo‘lib shishib ketar ekanman va unda mening hayotimni saqlab qolish amrimahol bo‘larkan. Ustozim teskari ag‘darib olib, bilagimga, orqamdagi yumshoq joylarimga qayta-qayta ukol qildi, o‘n to‘rt xil dori ichirdi, isitmam ko‘tarilayotganini ko‘rib, latta ho‘llab peshonamga bosdi-da, yonimga o‘tirdi. — Bobojon, — deyman xo‘rsinib, — shu la’nati Iblisni bir yo‘la gumdon qilib qo‘ya qolsak bo‘lmaydimi? — Hali ertaroq, bo‘tam. Iblisda na rang bor, na shakl, demak, unda vujud yo‘q. Ouvlasak odamlarning qalbiga berkinadi, eshityapsanmi, odamlarning qalbiga deyapman. Demak, eng oldin uning berkinadigan joyi — odamlar qalbini poklab, go‘zallikka limmo-lim to‘ldirib olmoq zarur, ya’ni, bo‘tam, aytmoqchimanki, shahrimiz fuqarosi qalbini razolatni qabul qilmaydigan darajaga yetkazib olishimiz darkor. Ana shundan keyin Sehrgar Iblisni quvlashga tushamiz... — Ushlasa bo‘ladimi, axir? — Bo‘ladi deb bir necha bor aytganman. — Ustoz, bir narsa so‘romoqchi edim, Sehrgar Iblis zaharlagan odamlarni davolash usulini asosan siz topdingiz, to‘g‘rimi? — To‘g‘ri. — Noyob dorini ham siz yaratdingiz. — Bunisi ham to‘g‘ri. — Lekin nomingizni oshkor qilishni istamayapsiz. Odamlar bilishga qiziqyapti. Kattayu kichik bir xilda qiziqyapti. — Bilmagani ma’qul, bo‘tam. Qani, menga ayt-chi, yovvoyi sigirni ushlab birinchi marta sog‘gan odamning nomi tarixda qolganmi? — Yo‘q, — Birinchi bor tandirga non yopgan ayolning ismini bilamizmi? — Bilmasak kerak. — Otashkurakni ixtiro qilgan ustaning nomini-chi? — Uniyam hech kim bilmaydi. — Demak, bo‘talog‘im, bularning hammasini xalqning o‘zi kashf qilgan, deb qo‘ya qolamiz. Modomiki shunday ekan, bo‘talog‘im, ikkalamiz yaratayotgan kashfiyotni ham biz yaratganligimizni hech kim bilmay qo‘yaqolgani yaxshi. Xalq yaratdi, tamom-vassalom! Biz xalqning bir zarrasimiz. Yana o‘sha xalqqa qo‘shilib ketamiz. Biron harakatimi? bilan xalq ulug‘lansa, eng katta mukofot shu. Shaxsan menga oltindan c]o‘yiladigan haykalning hech keragi yo‘q... Endi, bo‘tam, uxla, tomirlaringdagi zaharlangan qon bilan men yuborgan Noyob dori o‘rtasida kuchli olishuv ketyapti Isitmangning boisi shundan. Vujudingdagi qo‘riqchi askarlar tashqaridan kirgan zahar bilan olishyapti. Noyob dori ularga ko‘maklashyapti. Uxlasang, o‘sha askarlarning kuchi yana oshadi. Uxla, bo‘tam, uxlayqol. XXVIII IG‘VO OG‘USI 4 shn kuni anchagina lcaltak yegan ekanman. Buning ustiga qonim ham xiyla buzilibdi. Ustozim uch marta almashtirib tashlagandan keyin isitmam pasayib, asta-sekin o‘zimga kela boshladim. Qiziq, o‘sha bir o‘zimdan ketib, bir o‘zimga kelib yotgan kunlarim keehasi ham, kunduzi ham nuqul tush ko‘raman. Oyijonim, bosh tomonimga o‘tirib, yum-yum yig‘layotgan bo‘ladi. Bolaginam, toylog‘im, ko‘zingni ochgin, men keldim, hech bo‘lmasa, ko‘zingni bittasini och, deya yolvoradi. S o c h l a r i m d a n silab, yuzlarimdan o‘payotgan bo‘ladi. Eshityapsanmi, o‘g‘lim, deydi yana, dadangdan xat keldi, senga salom aytibdi. Kuzgacha borib qolarman, delxli. Boshingni ko‘tar, jon bolam, yumshoqqina qovoq somsa keltirdim. Hech bo‘lmasa bittagina yegin... Oyijonimning ovozi uzoqlashib ketadida, tepamda ukalarim paydo bo‘lgandek bo‘ladi. Ikkovi ikki tomonimga o‘tirib olib, oyog‘imdan, qo‘llarimdan ohistaohista silay boshlaydilar. Tomirlarimga rohat quyilganday, vujudim orom allasida chayqalayotgandek bo‘ladi. Bir vaqt qarasam, xuddi ot kishnagandek gumbiratib kulib o‘rtog‘im Hoshim kirib kelayotgan bo‘ladi. Ob-bo, ishyoqmas-ey, besho‘n kun dam olay debsan-da. Topgan bahonasini qarang, eshakdan yiqilib tushgan emishlar. Bekor aytibsan, o‘zing kalla tashlagansan. Yangi bo‘shangan ayolga o‘xshab cho‘zilib yotaverasanmi, tur o‘rningdan. Sochlaringni qaychilab qo‘yaman, alvastining buvisiga o‘xshab ketibsan... Shu so‘zlarni aytib o‘rtog‘im yana xonani boshiga ko‘tarib kuladi. Kulgi ovozidan uyg‘onib ketaman-u, uyoq-buyoqqa alanglayman... ustozimning qo‘g‘irchoqlar yasaydigan ustaxonasida yotgan bo‘laman. — Bobojon, — deyman ohista. — Uyg‘ondingmi, bo‘tam, — ustozim o‘rnidan turib, men tomonga kela boshlaydi, — qo‘y go‘shtidan achchiqqina qaynatma sho‘rva tayyorladim, birgalashib ichamiz, terlaysan, badaningdagi so‘nggi zaharni ana shu olib chiqib ketadi. Keyin qarabsanki, gijinglagan toychoqdek bo‘lib qolibsan. Yigirma yetti kun deganda ustozim aytgandek gijinglagan toychoqdek bo‘lmasam ham, har qalay xiyla darmonga kirib qoldim. O‘zi men ilgari ham ancha-muncha kasalni pisand qilmasdim. Isitmam qirqqa ko‘tarilgandayam qor demay, muz demay, yalangoyoq bo‘lib olib yaxmalak uchib yuraverardim. Shamollash degan kasalni men mana shu Handalak shahrida eshitdim. Ishga chiqqanim yaxshi bo‘pti. Men mas’ul sekretar bo‘lib ishlayotgan idora ostin-ustin bo‘lib ketishiga sal qopti. Gul Barg tumani mehnatkashlari boshiga Iblis ofat yog‘diribdi. Kelishim bilan darhol katta kengash chaqirildi. Adolatli boshlig‘im Nari Beri: — Mana, professor Akbar Akbariy ham sog‘ayib, safimizga qaytdi, — deya gap boshladi, — o‘ylaymanlci, endi ishlarimiz tezlashib ketadi. Fuqaro bizdan madad kutyapti. Qarshilik bo‘lmasa, joylarga borib, tekshiruv o‘tkazib kelgan komissiya a’zolariga navbat bilan so‘z bersak. Birinchi komissiya raisi pak-pakana, chorpahil, yapaloq boshi tanasiga cho‘kib ketgan, o‘ngdan qarasangiz ham, chapdan qarasangiz ham yetilib pishgan sallaoshqovoqq i o‘xshab ko‘rinadigan bir kishi ekan. O‘rnidan turib, gapini topolmadi, shekilli, ancha mahal jim qoldi. Oxiri: — Chatoq, — deb qo‘ydi. — Nimasi chatoq? — so‘radi Nari,Beri. — Juda chatoq. — Nimasi chatoq, axir? — Hammasi chatoq. Ig‘vo xatlarini kim vozganligini hech aniqlab bo‘lmadi. — Ekspertiza qildirmadingizmi? — Ekspertiza ojizlik qilyapti, mana shunisvam chatoq. — Xatlarni Sehrgar Iblisning o‘zi yozgan bo‘lmasin tae’in? — Xuddi shunday bo‘lishi ham mumkin. — Iblis, Iblis... Jonimga tegib ketdi bu so‘zlar, — stolni qattiq mushtladi Nari Beri, — o‘tiring. Ikkinchi komissiya raisi, so‘z sizga. Gapning lo‘ndasini gapiring. Ikkinchi komissiya raisi oyog‘idan tortib boshigacha bir xilda yo‘nilgan, yuziga sariq sepkil toshgan, sochi ham sariqqa moyil, xoh ko‘ring, xoh ko‘rmang palak tubida qolib, behad semi rib ketadigan bir xil sariq bodringlar bo‘ladiku,xuddi o‘shani eslatadigan bir kishi ekan. O‘rnidan turdida, og‘zini shiftga qaratib: — Uf-f-f, — nafas chiqardi. — Uf tortmang, — ogohlantirib qo‘ydi Nari Beri. «Bodring»ning tepa qismidan yana haligi ovoz chiqdi: _ U-f-f-f-f! — Gapiring deyapman. — Uf, aslini olganda hurmatli komitet boshlig‘i, uf, g a p i r a d i g a n h e c h gapim yo‘q. T e k s h i r i b k o ’ r g a n shikoyatlarimizdan birontasi ham tasdiqlanmadi. — Ochiqroq gapiring. — Uf — Gapirasizmi-yo‘qmi? — Uf — Ichingiz gazga to‘lib ketgan mi deyman? — U-f-f-f! — O‘tiring, — jahli chiqib ketdi adolatli boshlig‘imning. Navbat komitet a’zolariga kelgan edi. Aytuvdim-ku, oramizda qonunshunoslar ham ko‘p deb. Bular ham laylakqordek yog‘ilib turgan dumaloq xatlar xususida o‘z fikrlarini bayon qilishlari lozim ekan. Ammo adolatli boshlig‘im, xafa qilib qo‘ymaslikxichun, yana bir komissiya raisini tinglashga qaror qildi. Bu rais, aytsam ehtimol ishonmassiz, lekin gap navbati kelib qolgani uchun aytishga to‘g‘ri kelyapti... Uning qaddi-qomati, o‘quvchi bolalarning kundaligiga sinf rahbarlari yozib qo‘yadigan kattakon savol alomati bor-ku, xuddi o‘shanga o‘xsharkan. Bo‘y novcha, q o ’ l - o y o q i n g i c h k a , kalla k a t t a , s h u k a t t a kalla qo‘qonjo‘xorining boshidek xiyol egilib ham turibdi. — Bir boshdan boshlaymi? — deb so‘radi-da, javob kutmasdan gapira ketdi. — Mening a’zolarimga yozdi-yozdi boshlangandan buyon Gul Barg tuman fuqarosi qancha moddiy zarar ko‘rganligini aniqlash topshirilgan edi. Aytaveraymi ? — Aytavering. — Hammasinimi? — Buncha gapni cho‘zdingiz! — Yozdi-yozdi boshlangach, masalan aytaylik, ishchi smena brigadiri ustidan, brigadir sex boshlig‘i ustidan, sex boshlig‘i ombor mudiri ustidan, ombor mudiri eng katta boshliq ustidan imzosiz xat yozib, mana shu zavod, ya’ni qovun urug‘idan yog‘ ishlab chiqaradigan sexlar butunlay to‘xtab qolgan. Zararini ham aytaymi? — Ayting. — Hisoblash mashinasiga solib ko‘rdik. Shu uch oy davomida yetti million zarar ko‘rishibdi. Ma’naviy zararini ham aytaymi? — Obbo, muncha ezmalik qildingiz? — Imzosiz xatlar odamlarda hadiksirashni, xavfsirashni avj oldirgan. Mana shu zararni ham EHM ga solib hisoblab ko‘rdik. Ochig‘ini aytsam, buning zarari ham haligidan kam emas. Xullas, mening hisobimga qaraganda, 14 million so‘mga borib qoladi. — Yangi pul bilanmi? — luqma tashladi o‘tirganlardan biri. Hammalari «0’-o‘-o‘»lab yuborishdi. — Aybdorni ushlash kerak edi, — deb qo‘ydi soqchilik vakili. — Tergov o‘tkazmasdan qanday ushlaysiz, — e’tiroz bildirdi prokuratura xodimi. Sudya ham biron fikr aytmoqchi bo‘ldi shekilli-yu, aytadiganini aytmay bir qo‘zg‘alib qo‘ya qoldi. Navbat menga kelgan edi. Shartta o‘rnimdan turib, uch kun muhlat beringlar, hammasini o‘zim tinchitaman, deya katta gapirib yubordim. Biri yelkasini qisdi, boshqasi xo‘mrayib qo‘ydi, uchinchisi qani, ko‘raylik-chi, deganday to‘itinchisi bilan ko‘z urishtirib oldi. — Majlis yopiq, — o‘rnidan tura boshladi Nari Beri. — Xatlarni keltiring, — buyurdim yordamchilarimga. Ko‘z yumib-ochguncha stolim ustida imzoli, imzosiz, oq siyohda, ko‘k siyohda, o‘ng qo‘lda, chap qo‘lda, yirik harfda, mayda harfda, savodli, savodsiz yozilgan xatlar tog‘ bo‘lib uyulib ketdi. Yengimni shimarib, o‘qishga kirishdim. Sochini kalta qirqtirib, labini bo‘yab olgan qizlar ko‘k choydan achchiq-achchiq damlab berib turishdi. Xatlarni o‘qigan sarim burnimning buyuk xislatiga qayta-qayta tan berib borardim. Bir yuzu o‘n to‘rt xatning hammasidan ig‘vogar odamning qonida bo‘ladigan achigan piyozning bidiga o‘xshash yoqimsiz hid ufurib turganligini aniqladim. Xatlardan ufurib turgan hidlarga qarab egasini qanday topsa bo‘lar ekan, deya o‘ylay boshladim. O‘yim oxiriga yetgani yo‘q edi, stolimdagi qo‘shaloq telefonlar barobariga jiringlab qoldi. Trubkani ko‘tarishga ulgurmadim. Ichkaridan adolatli boshlig‘im hovliqib chiqib keldi: — Ketdilc, — dedi o‘zini ochiq eshikka urib, — Gul Barg tumanida mushtlashuv boshlanib ketgan emish. Bo‘ling, tezroq. Mashinalarga o‘tirib, mushtlashuv bo‘layotgan mavzega uchib ketdik. Ko‘chalarda yurish qiyinlashib qopti. Goh sirena signalini chalib soqchilikning uchqur mashinasi quvib o‘tadi, goh butun olamni vahimali ovozga to‘ldirib, o‘t o‘chiruvchilarning qizil mashinasi bizni chekkaga surib qo‘yadi... Vahima qilganlaricha ham bor ekan. Ko‘chalarda, xiyobonlarda janjal avjiga chiqib ketibdi. Yo‘q, bari bir men sizga ko‘rganlarimni ta’riflab berolmaydiganga o‘xshayman... Chollar chollar bilan, kampirlar kampirlar bilan, zulfi gajakdor ayollar zulfi gajakdor ayollar bilan, qizaloq qizaloq bilan, chaqaloq chaqaloq bilan yoqa siqishib, bir-birining sochidan yulishib yotibdi. Jo‘jaxo‘rozdek tikkama-tikka olishayotganlar, raqibining yelkasiga minib olib, qulog‘idan cho‘zayotganlar, ojizrog‘ini tagiga bosib, paxsaga loy tepgandek tepkilayotganlar... Yo‘q, ta’riflay olmayman dedimmi, demak, ta’riflay olmayman... Ora-chora menga, faqat mening o‘zimgagina tanish bo‘lgan: — Ha-ha-ha, — He-he-he, — Hi-hi-hi! — degan ovozlar ham eshitilib qolyapti. Demak, Sehrgar Iblis shu o‘rtada, tantana qilyapti u, odamlarni oralab, bir-biriga gij-gijlayapti. — Hoy, menga qara, soqoling go‘rda chirigur, — deb bir chol boshqa cholning soqolidan torta boshladi, — men qachon mahallaning yetmishta laganini sotib yebman, nega bunday deb yozding? — O‘zing-chi, bukri! — deyapti boshqasi. — Machitga borib joynamoz o‘g‘irlab keldi, deb yozibsan-ku, qachon o‘g‘irlabman? — Men lagan sotdimmi-a? — Men joynamoz o‘g‘irladimmi-a? — Soqolingni yulib olaman! — Tilingni sug‘urib olaman!.. Narigi ko‘chada kampirlar dahanaki jangga kirishib ketishibdi: — Sochimni qo‘yvor deyapman, — deydi ozg‘in kampir. — Yo‘q, awal bo‘ynimga qo‘yib berasan, — deyapti semiz kampir. — Men qudamnikiga borganda moxorasining go‘shti yo‘q, xudo ursin qurumsoqni, dedimmi-a? — O‘zing-chi, o‘zing, kelini ko‘rpaga kirganda deraza ostida o‘tirib, tong otguncha poylab chiqadi, deb yozibsanku. Oachon poyladim, sharmanda? — O‘zing sharmandasan. — To‘yda qilgan to‘yanamni ber hozir. — Uch kiyimlik atlas qarzsan. Awal to‘lab qo‘y... Berigi to‘dada olifta kiyinib, chiroyli galstuklar taqib olgan xushro‘ygina ikki yigit bir-birini bo‘g‘ib turibdi: — Oo‘lingni ol, deyapman! — Tavba qil, deyapman! — I c h a g i n g n i b o s h i n g g a salla q i l m a s a m m i sen tuhmatchini. — Imzosiz xat yozishni ko‘rsatib qo‘yaman senga. Men o‘quvchilarimni savodsiz qilib qo‘ygan emishman. Ilmsiz emishman. O‘zing savodsizsan, ablah. - Kim ablah ?! Ajratib qo‘yish qo‘lingdan kelmagandan keyin tomoshabin bo‘lib turish ham madaniyatli yigitning ishi emas, deb o‘yladimda, narigi ko‘chaga o‘tdim. Vujudimni vijdon azobi qiynay boshladi. Axir o‘zingiz insof bilan ayting, bog‘chadan qo‘g‘irchoq o‘g‘irlading deb bir-birining boshiga nohaq tuhmat yog‘dirib, bir-birining betiga chang solgan ikki qizaloqqa duch kelganda, nohaqlikka c hi day olmay ikkovi ham yum-yum yig‘layotganini ko‘rib, qay odam chiday oladi, axir. SOBIO IG‘VOGARLAR OASAMI "VJ Aj O i sha kuni, goh janjallashayotganlarni ajratib, goh orachira o‘zim ham kaltak yeb yurgan paytimda komitetda yana bir favqulodda majlis bo‘lib o‘tibdi. Meni topisha olmagach, o‘zlari o‘tkazib qo‘ya qolishibdi. Ikki soat chamasi davom etgan bu yig‘inda qonunshunoslar, meditsina xodimlari, shahar ma’muriyatining mas’ul rahbarlari ham ishtirok etib, ig‘vo mikrobini o‘ldiradigan kuchli dorini hozir qamoq muddatini o‘tayotgan keksa olim Dar Darajagina yarata olishi mumkin, degan xulosaga kelishibdi. — Shogirdi o‘zimizda ishlaydi-ku, — deb luqma tashlabdi kengash qatnashchilaridan biri. — Shogirdi ham chakki emas. Lekin shogird, bari bir, shogird-da, — degan javobni aytibdi adolatli boshlig‘im. Buni menga kengashning qarorini yozgan qizlardan biri aytib berdi. Bir tomoni, ustozimning buyuk aqli, beqiyos tadbirkorligiga ehtiyoj sezilgani, yana bir tomoni, yangi qo‘g‘irchoqlar ixtiro qilib Shirin qovunlar mamlakati yarmarkalarida o‘n yetti oltin va kumush medal olgani hisobga olinib, muddatidan oldin chaqirib olishga qaror qilishibdi. O‘sha zahotiyoq uni tavbaxonadan olib kelib, sizga maxsus uy qurib bergunimizcha, mayli, hozirclia nabirangiz Mu Ti, sevimli shogirdingiz Akbariylar bilan birga Gu La kampirnikida yashab turavering, deyishib va o‘sha zahotiyoq yana mashinaga o‘tqazib, «Inson» institutiga olib kelib, laboratoriya mudirligini o‘ziga qaytarib berishibdi. Qarang-a, bir kunda qanaqa ishlar bo‘lib ketishi mumkin ekan. Hatto, oy oxirlab qolganiga qaramay, bir oylik maosh ham yozib berishibdi. Boringki, elyotar paytida qaytib kelsam, Gu La xolamning hovlisiga odam demagani sig‘may ketibdi. O‘rtadagi katta yog‘och so‘rida yumshoq yostiqlarga suyangancha ustozim o‘tiribdi. Awaliga yana biron sehrli voqea yuz bergan bo‘lsa kerak deb, hangu mang bo‘lib turdim. Bilasiz-ku, o‘zimni tez o‘nglab oladigan odatim bor. — Ustoz! — deya qichqirib quchog‘iga otildim. Oh, o‘sha paytdagi mening xursandchiligimni ko‘rsangiz. Dunyodagi barcha quvonch, barcha shodlik qalbimga yig‘ilgandek, barcha yorqin nurlar ruhimga to‘planib chiroq bo‘lib yonayotgandek. Mana endi, deyman o‘zimga-o‘zim, ustozim ikkimiz laboratoriyaga o‘tirib olib, shunaqangi sehrli dorilar yasaylikki, ey Iblis, endi onangni uchqo‘rg‘ondan ko‘rasan. Oo‘ni-qo‘shnilar, tezroq biron unvonga ega bo‘lish umidida yurgan katta-kichik shogirdlar, ilmiy saviyasi menikidan ancha past, lekin tirishqoqlikda olamni lol qoldiradigan oriq-semiz ilmiy xodimlar, institutimizning sobiq direktori — hamma-hammalari to‘planishibdi. Yangi direktor Shar Manda karavotning eng yuqorisiga chiqib, cho‘kkalab o‘tirib olib, nutq so‘zlash uchun tayyorgarlik ko‘ryapti. Mening yordamim tufayli qalloblik balosidan qutulib olgan professor Dar Mon bir chekkaga katta o‘choq qurib, palov damlamoqchi bo‘lsa kerak, yengini tirsagigacha shimarib olib, zirvak tayyorlayapti. Mu Tini ko‘rsangiz! Echki boladek sakrab, o‘zini xoh u to‘daga, goh bu to‘daga urib, bobosi sovg‘a qilgan katta qo‘g‘irchoqni qiqirlatib kuldirib, bulbuldek sayratib, hammani o‘ziga qaratib yuribdi. Gu La xolam-chi, voybo‘y, tuya sandiqqa berkitib qo‘ygan shunaqangi chiroyli kiyimlari bor ekanki, o‘sha liboslarga burkanib, gul-gul yashnab ketibdi. Shu darajada shoshilib, shu darajada hovliqib qolibdiki, qo‘lidagi oppoq dasturxonni goh uzun stol ustiga yozib, goh yana yig‘ib oladi deng. Gapni qisqaroq qilib aytadigan bo‘lsam, o‘sha oqshom xo‘b chiroyli ziyofat bo‘ldi-da. Shar Manda bir soatu o‘n minutlik nutq so‘zladi. Shogirdlar eson-omon qutulib kelganligini tabriklab, ustozimga shohona chopon kiydirib yuborishdi. Nihoyat hamma tarqab, to‘yxonadek yashnib ketgan hovlida yana o‘zimiz qoldik. Mu Ti bobosining tizzasiga boshini qo‘yib, mushuk boladek beozorgina xurrak tortib uxlashga tushdi. Gu La xolam idish-tovoqlami yuvish bilan mashg‘ul. Ustozim ikkimiz bo‘lsak, shirin suhbatga berilganmiz. — Obbo, bobojon-ey, — deyman hamon quvonchdan entikib, — zap qutilib kepsiz-da? — Mehnat hamisha kishining yuzini yorug‘ qiladi, — deydi ustozim, — mana, ikkimiz ham qattiq ishlagan edik, yuzimiz yana yorug‘ bo‘ldi... Shunday qilib, bo‘tam, Iblis ig‘vogarlikni avj oldirib yuboribdi-da. Behisob xatlar tushdi dedingmi? Fursatni o‘tkazmay hoziroq borib o‘shalar bilan tanishishim zamr. Xatning mazmuniga qarab ig‘vo zahrining ko‘p yo ozligini belgilasa bo‘ladi. Va o‘shanga qarab dori ham tayyorlaymiz. Qani, ketdik! — Yarim kechasi-ya?! — Meni bu yerga uxlagani olib kelishgani yo‘q. Tur o‘rningdan, idorangga boshla meni. Ustozim hech qachon ikkita gapirmaydi. Gapini qaytargan shogirdning kosasi ham hech qachon oqarmaydi. Birgalashib borib, mening idoramdan xatlarni oldik-da, «Sarqitlan> laboratoriyasiga qaytdik. Ustozim ertasiga kech kirgancha muk tushib xat o‘qidi. Men mahalladan-mahallaga o‘tib, kuchayib borayotgan ig‘vo janjalini tinchitish bilan ovora edim. Kelsam, ustozim xatlarni dasta-dasta qilib bir-biridan ajratib qo‘yibdi. — O‘tir, — deb buyurdi menga. — Ovqatlanib olsam devdim, — dedim ishlashga ra’yim kelmay. — Ovqatni keyin yeysan, — jerkib dedi ustozim, — u m u m a n , bunaqangi narsalarni bilib qo‘ysang zarar qilmaydi. Meni ham sizlarga bog‘lab berib qo‘ygani yo‘q. Bir oyog‘im yerda, bir oyog‘im go‘rda bo‘lib qolganman. O‘tir deyapman. Qalay, janjal bosilay deyaptimi? — Kuchayib borayotganga o‘xshaydi. — Shu kechadan qoldirmay tinchitamiz uni. — Aytganingiz kelsin, bobojon. — Quloq sol, bo‘tam. Awal ham aytgan edim, ish boshlashdan oldin awal uning usulini, yo‘sinini belgilab olmoq kerak. Men xatlarni quyidagicha yo‘sinda tur va navlarga ajratib chiqdim. IG‘VOGARNING JINSIY BO‘LINISHI: a) erkak ig‘vogar b) xotin ig‘vogar d) erkakligi yoki xotinligi noma’lum bo‘lgan xunasa ig‘vogar. IG‘VOGARNING HUDUDIY BO‘LINISHI: a) tuman ig‘vogari; b) mahalla ig‘vogari; d) xonaki ig‘vogar. XATLARGA TO‘KILGAN OG‘UNING MIQDORIGA OARAB QUYIDAGICHA XULOSAGA KELDIM: a) chayondek chaquvchi ig‘vogar; b) ilondek avrovchi ig‘vogar; d) mushukdek beozor suykaluvchi ig‘vogar. IG‘VOGAR VUJUDIDA IG‘VO ZAHRINING TOTLANISH PAYTLARI: a) umumxalq tantanasi kuchayganda; b) atrofda xayrli ishlar avj olganda; d) ezgu niyatli kishilar niyatiga etay-etay deb turganda. IG‘VOGARNI HARAKATGA KELTIRUVCHI OMILLAR: a) ichi qoralik; b) ko‘rolmaslik; d) hasadgo‘ylik. — Xullas, bo‘tam, sening Sehrgar Iblising bizga ancha ish orttirib qo‘ygan. Uni tugatish ikkovimizga ham oson bo‘lmaydi. Ammo qo‘rqma, o‘limdan boshqa hamma narsaning iloji bor. Eng muhimi, muvaffaqiyatga ishonch bilan yashash kerak. Burningning hid olish quwati haliyam joyidami ? — O‘n barobar kuchaygan. — Sehrli Oalpoqchang ham yoningdami? — Hamisha xizmatimga tayyor. — Demak, bo‘tam, navbatdagi ishlarning qahramoni endi sen bo‘larkansan. Menga ig‘vo bitgan odamlarni, ya’ni Sehrgar Iblisning tuzog‘iga ilingan baxtiqarolarning ismfamiliyasi, turarjoyini aniqlab berasan. — Hozir jo‘naymi? — Xayrli ishni paysalga solib bo‘lmaydi. O‘sha kechasi tong otguncha uxlamadim. Sizga aytdimmi, yo‘qmi, har qanday hid ham kunduzga qaraganda kechasi aniqroq seziladi. Oqshomgi shabnam kunbo‘yi ko‘tarilgan changu g‘uborni pastga bosib, havoni musaffolab qo‘ygani uchunmi yoki tunda olam yuziga qo‘nadigan shudring tarkibida hidni kuchaytirib beruvchi biz bilmaydigan allaqanday modda bormi, ishqilib, tundagi hid kunduzgisiga qaraganda o‘n barobar kuchli bo‘ladi. Gapimga ishonmasangiz, kunduz kirgan bog‘ingizga tong paytida ham bir qadam ranjida qilib ko‘ring. Gullaru giyohlar taratayotgan xushbo‘y atirdan mast bo‘lganingizni o‘zingiz ham sezmay qolasiz. Ana o‘shanda bulbul nega kunduzi emas, tong paytida sayrashining sababiga ham tushunib olasiz. Chunki qush zoti faqat mast bo‘lgandagina sayraydi... Kechirasiz, boshqa yoqqa chalg‘ib ketdim. Xullas, xatlardan ufurib turgan hidlarga qarab egalarini topishim uncha qiyin bo‘lmadi. Oarang, bor-yo‘g‘i o‘n uchta ig‘vogar bor ekan. O‘n uch ig‘vogar hammayoqni ostin-ustin qilib yuboribdiya! — Ofarin, — dedi ustozim yelkamga qoqib, — umuman, sen ham ancha-muncha sehrgardan qolishmaydiganga o‘xshaysan. — Keltirgan ma’lumotimni komitetga topshiraymi? — deb so‘radim maqtovdan andak taltayib. — Chora ko‘rishlarini so‘rabmi? — Ha. — Oamab qo‘yishsa-chi ? — Handalak shahri qonunlar majmuasining 764moddasi bilan albatta qamashadi. — Axir, u s h o ’ r i n g q u r g ’ u r l a r d a ayb y o ’ q - k u ! Bechoralarni Sehrgar Iblis yo‘ldan urgan. Buni ikkovimiz ham ko‘rib turibmiz. Yo‘q, bo‘tam, awalgi gapim gap. Biz qorong‘ilikni yorug‘ nur bilan daf qilamiz. Yomonlikni esa yaxshilik bilan. Hamonki ig‘vogarning qonida ichiqoralik, ko‘rolmaslik, hasadgo‘ylik singari zaharlar bor ekan, demak, biz uni oqko‘ngil, do‘st muvaffaqiyatidan quvonadigan, havasmand odamlardan olingan qonlarning kuchli birikmasi orqali davolaymiz. — Ustoz, — deya qo‘limni ko‘lcsimga qo‘ydim, — bitta iltimosim bor. — Sening o‘zi iltimos qilmagan kuning yo‘q-ku. — Yo‘q, bunisi boshqacharoq. — Qani, eshitaylik-chi. — Ming xil clorilar tayyorlayapsiz. Lekin hammasini mendan yashirincha tayyorlayapsiz. To‘g‘rimi? — To‘g‘ri. — Hech bo‘lmasa ig‘vogarlikka qarshi Noyob dori tayyorlaganingizda tepangizda tursam. O‘rgansam. — Hozirgacha o‘rganganing kamlik qilyaptimi? — ustozim qoshlarini g‘alati chimirib, bir oz jim turdi-da, kulib qo‘ydi. So‘ng o‘zimni savolga tuta boshladi, — burningning hid olish quwati juda lcuchli, shundaymi? O‘sha sehrni menga ham o‘rgat, deb hech iltimos qildimmi? — Yo‘q, albatta. — Sehrli Oalpoqchang ham bor, shundaymi? — Xuddi shunday. — O‘shani menga ham berib tur, deb hech so‘radimmi? — So‘rasangiz yo‘q demasdim. — Barakalla, yo‘q demasding. Buni o‘zim ham yaxshi bilaman. Lekin olganim bilan uning sehridan foydalana olmasdim. Negaki, mening ruhiy holatimga uning sehri to‘g‘ri kelmasdi... Har bir kishining o‘zgalardan berldtadigan hech bo‘lmasa bitta siri bo‘lishi kerak. Oondagi sarqitlar zahrini kesib, parchalab tashlaydigan Noyob dorilar siri o‘zim bilan ketishi shait. Ehtimol men ham senga o‘xshagan sehrgardirman. Sehrimni oshkor qilsam til tortmay o‘lib qolarman... Hayotim chirog‘i so‘nish oldidan, inshoollo, bu sirni senga aytaman, albatta, aytaman. Bo‘tam, tur endi, dorini tayyorlashga kirishamiz, lekin asosiy unsurini ban bir aytolmayman. Qisman xabardor qilishim mumkin. Shunday qilib, Akbariy, mana bu suyuqlikka, ya’ni asosiy elementga yetti xil gulning bargidan, pok niyatli kishining nafasidan, chaqaloqning quvonchidan, egizak tuqqat ayolning sutidan, tongda tushgan shudringning tomchisidan tog‘ ohusining ko‘z yoshidan, sevishganlarning shirin ohidan oz-ozdan qo‘shiladi... — C h a q a l o q n i n g q u v o n c h i n i qo‘l bilan u s h l a b bo‘lmaydi-ku? — deb so‘radim hayron bo‘lib. — Buning sirini ham keyinroq aytaman. O‘sha kechasi o‘n uch ig‘vogarga ustozim tayyorlagan Noyob doridan uch tomchidan ichirdim. Oradan uch kun o‘tgach, ertalab idoraga borsam, yana navbatdagi mo‘jiza yuz beribdi. Sobiq ig‘vogarlar adolatli boshlig‘im Nari Berining xonasida qator tizilishib, uyat ish qilib qo‘ygan yosh boladek boshlarini solintirib turishibdi. Rangi-ro‘yhiri bir ahvolda. Bir xillari bezgak tutayotgandek dag‘-dag‘ qaltirab ham qo‘yishyapti. Boshlig‘im ovoz chiqarib qo‘lidagi xatni o‘qiy boshladi: «SOBIQ IG‘VOGARLARNING OASAMI O‘zimizni ig‘vogar deb atagani tilimiz bormayapti. Lekin iqror bo‘lib aytamizki, o‘sha 347 imzosiz xatni yozgan ham, fuqaroni uch oy davomida enka~tinkasini chiqarib yuborgan ham o‘zimiz bo‘lamiz. G‘oyat jirkanch ahvolga tushib qolganimizni professor Dar Daraja, professor Akbar Akbariylar tayyorlagan Noyob doridan uch tomchidan ichgach sezib qoldik. Lanat bo‘lsin og‘uli o‘tmishimizga! Yuragim’iz kir, ichimiz to‘la achchiq dud ekan. Biz sobiq ig‘vogarlar, qasam ichib aytamizki, endi dunyoda qancha yaxshilik bo‘lsa hammasini olqishlab yashaymiz. Biz suvdan quruq chiqmoqchi emasmiz. Jinoyatimizga loyiq jazo berishingizui so‘raymiz». Tadbirkor boshlig‘im Nari Beri ig‘vogarlarga chora ko‘rish masalasini yakka o‘zi hal qilishga botinolmay, kunduz soat ikkiga komitetning shoshilinch majlisini chaqirdi. Uzoq fikr olishuvdan so‘ng nihoyat qarorga quyidagi so‘zlar yozildi: Sobiq ig‘vogarlaming o‘z aybiga iqrorligi inobatga olinsin; Jazo tariqasida: a) uch yil davomida qovun yeyish taqiqlab qo‘yilsin; b) har bir ig‘vogarning yuziga qorakuya surtilsin; ro o‘zlari zaharlagan qalblardagi g‘ubor ko‘tarilmagunclia ushbu qorakuya hech artib tashlanmasin. ESIZ, ESIZ OULOOLAR ’Nj u La xolamning vayron bo‘lay-vayron bo‘lay deb turgan kulbasida ahilgina oila tashkil qilib oldik. Uztozim, Mu Ti, xonadon egasi, xullas, to‘rttovimiz yashaymiz. Odam bolasi hamisha kimningdir mehriga, kimningdir erkalovchi bir og‘iz so‘ziga muhtoj bo‘lib yasharkan. To‘rttovimiz ham mehrga, muhabbatga tashna, yolg‘izlik balosidan qochgani joy t o p o l m a y yurgan b a n d a l a r e k a n m i z . Buni biz kechqurungi suhbatlar paytida payqab qoldik. Suhbatimiz ko‘pincha ustozimning yakkayu yolg‘iz qizi Gul Nor kelinoyim, shahrimiz fuqarosi boshiga yog‘ilayotgan ofatni ertaroq daf qilish, laboratoriyada tayyorlanayotgan Noyob dorilarning ta’sir quwati haqida borardi. Gu La xolamning peshonasiga farzand bitmagan ekan. Oarang, haligacha hovlisida na biror marta karnay chalinibdi, na biror marta yor-yor ovozi eshitilibdi. Yuragi to‘la armon emish. Gu Lixon ikkimiz o‘rtamizdagi muhabbat mojarosidan xabar topgach, og‘zi qulog‘ida, sevinib ketdi. Xudo xohlasa, o‘zim bosh bo‘laman, deb katta to‘yga tayyorgarlik ham ko‘ra boshladi. Bilasiz-ku, ikki joyda ishlayman. Oyning oxiriga borib naq bir chamadon pul olaman-u, shundoqligicha xolajonimga keltirib beraman. Ayol zotining qo‘liga pul tushsa, magazindan chiqmas ekan. Xolajonim ham kunbo‘yi do‘kondan-do‘konga o‘tib, kelin-kuyovlarga, ya’ni Gu Lixon ikkimizga sarupo tanlaydi. Uyog‘ini surishtirsangiz, bo‘lajak keliningiz bilan ham aloqamiz yaxshi bo‘lib ketgan. Yigit kishining shuhrati qiz bolaning ko‘zini ko‘r, qulog‘ini kar qilib qo‘yadi deyilardi. Rost ekan. So‘nggi ikki oy ichida Handalak shahrida obro‘yim shunaqa oshib ketdiki, ishonsangiz, o‘nlab qizlar nomimga xat yozib, turmush qurmagan bo‘lsangiz yaxshisi meni tanlay qoling, deya yolvora boshlashdi. Yo‘q, kulmang, rost aytyapman. Mana shunaqangi xatdan cho‘ntagimda o‘ntasi turibdi. O‘sha Sehrgar Iblis bilan tarix muzeyida mushtlashganimizdan so‘ng bir oygacha Gu Lixonni ko‘rolmadim. Mehr ko‘zda deganlari rost ekan. Asta-sekin ko‘nglim sovub kelayotgan edi, uni ishxonamiz oldida ko‘rib qoldim. Bir marta ko‘rgan bo‘lsam, o‘lay agar, bu gaplarni sizga aytib o‘tirmagan bo‘lardim. Eitalab ham o‘taverdi, kechqurun ham o‘taverdi. Ba’zan to‘xtab, men ishlab o‘tirgan xonaning derazasiga o‘g‘rincha nigoh ham tashlab oladi deng. Bir kun tushlikdan qaytib, idoramiz oldidagi uzun skameykada s h u n c h a k i hordiq c h i q a r i b o ’ t i r g a n edim, chiroyli sumkachasini yelkasiga osib olgan ko‘yi oldimdan o‘ta turib, xuddi meni tasodifan ko‘rib qolganday bir ahvolga tushdida, ko‘zlarini katta-katta ochib, bir oz tikilib turgach: — Mirzolar boshlig‘iga salom, — deb qo‘ydi. — Salom, — dedim men ham beparvogina. — Bu yerda nima qilib o‘tiribsiz? — so‘radi yana. — Tishimni kavlab o‘tiribman, — dedim. Chindan ham tishimni kavlayotgan edim. — Yoningizga o‘tirsam maylimi? — Slcameyka hukumatniki. Xohlagan odam o‘tirishi mumkin. — Siz shu yerda ishlaysizmi? Voy, binosi biram chiroyli ekanki! Oarasam, q i z g i n a n i n g men bilan suhbatlashgisi, allaqanday bir gapni aytgisi bor. Ha, qo‘lga tushding-ku, deb o‘yladim-da, o‘zimni beparvolikka solaverdim. Savoliga sovuqqina qilib yo ha, yo yo‘q deb qo‘yaman. O‘zim hech narsa so‘ramayman. Go‘yo suhbati ensamni qotirayotgandek burnimni xunuk jiyirib ham turibman. — Kasal bo‘libsiz deb eshitdim? — deb so‘raydi yana. — Ha, bir-ikki chuchkurib oldik. — Endi tuzukmisiz axir? — Otdekman. — Anuv olifta haqidagi gapingiz... chindan ham Sehrgar Iblis ekan u. Uchrashdik deguncha barmog‘ingni so‘raman deydi. So‘rsa shishib ketadi deng. O‘paman deb bir-ikki xarxasha qiluvdi, yuzlarimga yara toshib ketdi. Bir marta qo‘ltig‘idan olmoqchi bo‘luvdim, ko‘nglingizga yomon gap kelmasin, katta idoradan kelganman degani uchun shunday qiluvdim, ishonasizmi, vujudi yo‘q ekan. E, tavba, rang bor, shakl bor, o‘zi esa yo‘qdek ekan. Kiyim-boshlari nimaga osilib turganiga haligacha hayronman. Shunaqa qo‘rqdim, shunaqa qo‘rqib ketdimki, kasal bo‘lib yotib qoldim. Munday borib, ahvol so‘ray ham demadingiz. — Mendan boshqa yana o‘ttizta ahvol so‘raydiganingiz bor edi, shekilli? — Voy, o‘sha gapimga ishonganmidingiz? — Xo‘p, xayr, — dedim o‘rnimdan turib. Gu Lixonning xayrlashgisi yo‘q ekan. Idorangizga kirib ketay, telefoningizning nomerini yozib olaman, deya ortimdan ergashdi. Idora davlatniki, xohlagan odam kirishi mumkin, deb qo‘ydim. Sochini kalta kesdirib, labini bo‘yab olgan chiroyli qizlardan biri choy damlab keltirgan edi: — Bu kim, — deb so‘radi lablari pir-pir uchib . — Yordamchilarimdan bittasi, — deb qo‘ydim. — Chiroyli ekan. — Yana to‘rttasi bor. — Hammasi ham shunaqa chiroylimi? — Xunuklarni biz ishga olmaymiz. Suhbatimiz ana shu yerga yetganda taqqa to‘xtadi. Gu Lixonning chiroyli qoshlari g‘alati chimirilib, b u r u n kataklari kengaydi. Entika boshladi. Ozor berishni to‘xtatsam bo‘lardi, lekin bilasiz-ku, joni-dilim hazil. Hazil qilmagan kunim yaxshi uxlay olmayman ham. Fotovitrina tashkil qilmoqchi bo‘lib idoramizdagi o‘n bir qizning oltiyu to‘qqiz hajmli suratini oldirib qo‘ygan edim. Tortmadan olib Gu Lixonning oldiga tashladim. — Bu nima?! — rang-quti o‘chib so‘radi qizgina. — Suratlar. — Oanaqa suratlar? — Qizlarniki. — Oanaqa qizlarniki deyapman? — Bilasizmi, — dedim xuddi xijolat bo‘layotgandek ko‘zlarimni olib qochib, — bilasizmi... kelganingiz yaxsbi bo‘ldi. Bir kishining maslahatiga muhtoj bo‘lib turuvdim. Shu qizlarning hammasi menga turmushga chiqish uchun muhabbat izhor qilib suratlarini berib yuborishibdi. Bir yo‘la o‘n bir qizga uylanolmayman-ku, to‘g‘rimi?.. Qaysi birini tanlashga esa boshim qotib turuvdi. Gu Lixon, jon singlim, o‘zingiz yordamlashib yuboring. Siz qaysisini desangiz, o‘shanga uylanishga roziman. Bugundan qolmay, javob berishim zarur ekan. Xo‘p vaqtida keldingiz-da, xudo xohlasa, o‘zingiz yor-yor aytib, go‘shangaga ham o‘zingiz olib kirasiz... — Uylanmoqchimisiz?! — sekin o‘rnidan tura boshladi Gu Lixon. — Ha, uylanmoqchiman. — Tanlab beraymi? — Tezroq bo‘ling, telefonda bo‘lsa ham javobini aytishim kerak. — Eng chiroyligidan bo‘lsinmi? — Ha, eng chiroyligidan. Gu Li qaltiroq qo‘llari bilan suratlarni taxlab, qog‘ozga o‘radi-da, mana senga chiroylisi, deya aftimga shunaqangi urdiki, o‘n bir surat o‘n bir tomonga pirillab uchib ketdi. Ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Yig‘lagancha chiqib keta boshladi. Orqasidan yugurdim. Qani endi, to‘xta deganimga ko‘nsa, qani endi, hazillashdim, deganimga ishonsa! Yo‘q, qiz bolaning qalbidek nozigi bo‘lmas ekan. O‘sha kuni kechgacha yig‘ladi. Men ham kechgacha yotoqxonasida o‘tiraverdim. Bir kosa sho‘rva hamma narsani hal qildi. Yig‘layotganida bekor o‘tirib zerikkanimdan kostryulkasiga sho‘rva solib qo‘yuvdim. Pishirib olib keldim. Hiqillabhiqillab bir-ikki ho‘pladi-da: — Hazilingiz qursin, — deya miyig‘ida bilinar-bilinmas kulib qo‘ydi. — Endi to‘ygacha hecham hazil qilmayman, — dedim men ham yumshaganidan xursand bo‘lib. O‘sha kundan buyon oramiz yaxshi. Uch-to‘rt kun ko‘rishmasak, tipirchilab qolamiz. Kinolarga ham tez-tez boradigan bo‘ldik. Oxirgi marta borganimizda men uning chap tomonida o‘tirgan edim. O‘ng qo‘lim bilan shamolda qolgan varrakdek dir-dir qaltirab turgan tizzasini ohista silamoqchi bo‘luvdim: — Uyatsiz! — deb qo‘ydi. Ustozim i k k i m i z n i n g ishlarimiz bo‘lsa, hay-hay, shunaqangi avj olib ketdiki, agar shu sur’at davom etsa, bahorgacha Sehrgar Iblisni butunlay mahv etib, u zaharlagan qalblarning hammasini poklab olishimiz hech gap emasga o‘xshab qoldi. Omonsiz olishuvimiz bir daqiqa bo‘lsa ham to‘xtamasdi. O‘limi yaqinlashayotganini sezgan Sehrgar Iblis goh u mahallada, goh bu mavzeda hunar ko‘rsatmoqda edi. Bir kuni ertalab ustozim bilan bozorga qovun xarid qilgani ketayotgandik, yakshanba kuni edi, shekilli, ha-ha, oyning uchinchi yakshanbasi edi, lcutilmaganda ko‘chalarda, magazinlarda, xo‘jalik mollari do‘konlarida, chakana-ulgurji savdo qiluvchi bazalarda ur-yiqit boshlanib ketdi. Birov inqillab shkaf ko‘targan, boshqasi gilam orqalagan, uchinchisi bir toy chitni lco‘tarishga qurbi kelmay, sudrab ketayotgan, to‘rtinchisi ikki qo‘ltig‘ida ikki mis samovar, qayoqqa yurishni bilmay, kaltak yegan quyondek ko‘cha o‘rtasida garang turib qolgan... — Obbo Iblis-ey, — dedi ustozim uf tortib, — obbo la’nati-ey, bu kecha yana uxlamabdi. Odamlarni molparast qilib qo‘yganga o‘xshaydi. — Molparast bo‘lsa yomonmi? — deb so‘radim jo‘rttaga. — Yomon, — yana uh tortib bosh chayqadi ustozim, — molparastlik hatto ig‘vogarlikdan ham yomon. Bu mikrob qalbiga tushgan odamning ko‘zi och bo‘lib qoladi. Bugun cho‘ntagidagi pulga xarajat qiladi. Ertaga iloji qolmagach, yo o‘g‘irlik qiladi, yo poraxo‘rlikka beriladi. Narsalar ko‘ziga yana ham chiroyliroq bo‘lib ko‘rinaveradi. Meni ol, meni olsang, baxtli bo‘lasan, deb o‘ziga chorlayveradi. Hali aytganimdek, puli yetmasa, yomon yo‘lga takror va takror kiravenidi. O‘g‘irlik, ta’magirlik asosiy mashg‘uloti bo‘lib qoladi. Jinoyat shilimshiq qurtday tanasiga mahkam yopishib oladi. Ha, bo‘tam, molparastlik mikrobi xavfli mikrob. Eng xunugi shundaki, men bu kasallikka qarshi hali dori ishlab ulgurmagan edim... Ke, qayta qolaylik, qovunxo‘rlikni boshqa vaqtda qilarmiz. Laboratoriyaga borib, biron narsa o‘ylab topmasak bo‘lmaydi, shekilli. Laboratoriyada uch kechayu uch k u n d u z o‘tirdik. Molparastlik ochko‘zlikdan kelib chiqadimi yoki ochko‘zlik molparastlikka sabab bo‘ladimi — mana shuning formulasini topolmay rosa xunob bo‘ldik. Oxiri, ochko‘zlik, maqtanchoqlik, shuhratparastlik — molparastlik degan xulosaga keldig-u, ana shuning mikrobini o‘ldiruvchi dori tayyorlashga kirishdik. O‘zingizdan qolar gap yo‘q, dori ham bamisoli damlangan palovdek bir gap. Dam tovog‘ini ertaroq ko‘tarsangiz gurucli yetilmay qolganidek, shishaning tiqinini ham ertaroq olsangiz dori ham obi-tobiga yetmay qolishi mumkin. Yana uch-to‘it kun muddat bor edi. Shu fursatdan foydalanib, o‘sha yoqqa, u tumanning nomini sizga aytmayman, nomi siz yashab turgan tumanga ham, bizning tumanga ham juda o‘xshab ketadi. Keyinchalik biron ishkal chiqsa, yoqamdan olib, hali sen bizning bobolarimizni molparastlikda ayblaydigan bo‘ldingmi, deb lunjimga tushirib qolmasligingiz uchun shunday qilyapman... O‘sha yoqqa borib, molparastlik balosiga giriftor bo‘lganlaming so‘nggi ahvolini kuzatib qaytmoqchi bo‘ldim Bir mahallar mollari tirband bo‘lib yotgan magazinlar endi ship-shiydam. Qishloqcha qilib aytadigan bo‘lsak, sichqonlar hassa tayansa bo‘ladigan bo‘lib qolibdi. Bir xil do‘konlarning peshtaxtayu eshik, derazalarigacha ko‘chirib ketishibdi. Xonadonlarda g‘urur to‘la suhbatlar: — Xayriyat, ulgurib qoldim, — deyapti bir ayol. — Nima oldingiz, qo‘shni? — so‘rayapti boshqasi. — Yetti yuzta piyola, aylanay. — Voy, bor-yo‘g‘i shumi? — Nega endi bor-yo‘g‘i shu bo‘larkan. Unday demang, qo‘shnijon. Bir yuzu yigirmata choynak, olti yuzta taqsimcha, to‘qsonta patnis, o‘n to‘rtta mis samovar, yettita qozon, xudo xohlasa, to‘y qilsak, hammasi o‘zimdan chiqadigan bo‘ldi. O‘zlaring-chi, qo‘shnijon? — Bilasiz-ku, cholim o‘lgur xudo urgan landovur. — Voy, quruq qoldilaringmi? — Quruq desa ham bo‘ladi. — Voy sho‘rim. Odamlarga qaysi yuz bilan ko‘rinasiz endi? Nimangiz bilan maqtanasiz? — Boriga shukur qiladiganga o‘xshaymiz, ovsinjon. Landovur cholim oltita gilam, yetmishta dasturxon, ikki yuz metr pardalik to‘r, uchta beshik, yettita sumak, to‘qsonta cho‘yan obdasta olishga arang ulguribdi. Landovur-da, landovur bo‘lmasa ertaroq navbatga turmasmidi. Obdastani boshimga uramanmi, desam, tahoratimga suv isitib berib yurarsan, deydi-ya! Landovur bo‘lgandan keyin shunaqa ekan-da... Eshitdingizmi? — Nimani eshitaman? — Bo‘tako‘z xonim bor edi-ku, haligi erining qulog‘ini tishlab olgan ayol-chi? — E, esladim, prokurorning xotinimi? — Ha-ha, o‘sha. Lekin erini juda boplabdi-da. Bir amallab ko‘ndirib, eski shahardagi mebel do‘konini tag-tugi bilan sotib olishibdi. — Yo‘g‘-e! — Voy qo‘shnijon, ishonmaysiz-a, o‘z ko‘zim bilan ko‘rib qoldim. Magazinning orqasidagi hovlisiga ko‘chib borib olib, maza qilib yashashyapti. Biram mebellarki, naq yetti mashina chiqadi-ya. — Qanday baxtli ayol-a! — Menam shuni aytyapman-da, qo‘shni. Olti yuzta piyolam bor, deb bu dunyodan shunday o‘tib ketish odamga alam qilarkan. Kishilarda q o ’ s h a - q o ’ s h a mashinalar, qo‘sha-qo‘sha oltin taqinchoqlar, sandiq-sandiq kiyimliklar... Yo‘q, bu kecha men ham c h o l i m n i n g qulog‘ini tishlayman, gapimga ko‘nmasa, tishlab uzib olaman. Suhbat shu yerga yetganda tashqariga chiqib ketdim. Bordi-yu, quloq t i s h l a s h orqali m o l p a r a s t ayollar molparastlik nafsini qondiradigan bo‘lsa, bu usul molparast erkaklarga ham ma’qul kelib qolsa-chi? Unda xotinlarning qulog‘ini tishlashga o‘tadi, shundaymi? Keyin-chi, keyin uyog‘i rasvo bo‘ladi! Bir hafta o‘tar-o‘tmas erkak xotinning, xotini erining qulog‘ini uzib olib, yer yuzida quloqsiz t u m a n yuzaga keladi... Men mana s h u n d a n qo‘rqib ketganimdan ayollar suhbatini chala tashlab, laboratoriyaga qarab yugurdim. Garchi dori me’yoriga yetmagan bo‘lsa ham, o‘sha kechadan qoldirmay, emlashni boshlab yubordim. Va har galgidek bu safar ham, ba’zi bir dilsiyohliklarni hisobga olmaganda, natijasi chakki bo‘lmadi. Bir hafta o‘tar-o‘tmas tuman hududida aholidagi ortiqcha mollarni sotib oladigan yettita magazin tashkil bo‘lganini eshitdim. Diqqat qilgan bo‘lsangiz, dori me’yoriga yetmagan boisa ham, ba’zi bir dilsiyohlikni hisobga olmaganda, degaii gaplarni aytib yubordim. Bularni gapning sovuti uchun aytganim yo‘q. Oradan besh-o‘n kun o‘tgach, o‘sha tumanga borib kelgan komissiya a’zolari o‘z aktlarida noma’lum sababga ko‘ra bir kechada yuzga yaqin erkak va xotinning qulog‘i o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib qolibdi, degan vahimali so‘zlarni ham qayd qilib kelishdi. Ba’zi bir dilsiyohlik deganda men mana bu quloqsiz bo‘lib qolganlarning ayanchli ahvolini nazarda tutgan edim. Esiz, esiz quloqlar, deyman o‘zimga-o‘zim, hammasiga men aybdorman... SEVGILIMNI KIM O‘G‘IRLADI U yga sal g‘alatiroq bo‘lib qaytdim. Xursandmanmi, xaf’amanmi, o‘zim ham bilmayman deng. Dilimning bir chekkasida shodiyonalik, c h a r o g ’ o n l i k , boshqa chekkasida qop-qora ko‘lanka bordek. O‘zi men ko‘pincha shunaqa boiaman. Yuragimning yarmi kulib tursa, yarmi yig‘lab turgandck bo‘laveradi... Aslida-ku, Shirin qovunlar mamlakatiga kelganinidan buyon bunaqangi zo‘r tantana, bunaqangi hurmatni ko‘rmagan edim-a. Ikki xil sarqit balosidan qutulgani uchun men nomini tilga olmagan tuman fuqarosi shu balolarni daf qilganimizga atab men bilan ustozim sharafiga katta sayil uyushtirmoqchi bo‘lgan, ma’muriyat xursandchilik bilan rozilik bergan ekan. Buni men o‘tgan hafta eshituvdim-u, hazil qilishayotgan bo‘lsa kerak deb o‘ylovdim. Rost ekan. Ertalab ustozim ikkovimizga maxsus yasatilgan mashina jo‘natishibdi. Oaysarlikda bu dunyoda ustozimga teng keladigan yo‘q. Dabdabani, maqtanchoqlikni, behuda shov-shuvlarni jinim suymaydi, meni tinch qo‘yinglar, bo‘lmasa yana tavbaxonaga qaytib ketaman, qaytaga ishlash uchun o‘sha yer qulayroq edi, ana, kerak bo‘lsa, Akbariyni olib boraveringlar, deb laboratoriya eshigini berkitib oldi. Maxsus yasatilgan mashinada bir o‘zimni olib ketishdi. Saylgohga shahar maydoni tanlangan ekan. Darvozaga yaqinlashishimiz bilan o‘n to‘rtta karnay birdaniga chalinib, yeru k o ’ k n i zirillatib yubordi. M a s h i n a d a n sakrab tushmoqchi bo‘luvdim, maydonni aylanib chiqamiz, sizni bir ko‘rishga mushtoq bo‘lgan minglab ixlosmandlaringiz bor, o‘shalarni xafa qilish yaramaydi, deb qo‘yishmadi. Ochiq mashinaga turg‘izib qo‘yishdi. Oh, o‘sha paytdagi qiyqiriqlar, mashinaga yog‘ilayotgan dasta-dasta anvoyi gullar... Shu daqiqalarda yonimda Gu Lixonim bo‘larmidi! Oayerda u, nega ko‘rinmayapti? Loaqal maqtanchoq o‘rtog‘im Hoshim ham yo‘g‘-a. Oyijonim, ukalarim, qani endi shu yerda bo‘lsalaring-u, Akbariyning ko‘ksida to‘lqin urayotgan quvonchlarini, dengizdek chayqalayotgan sevinchlarini birgalikda baham ko‘rsalaringiz... Guldastalarga ko‘milib ketgan ekanman, orasidan meni arang topib olib, maxsus tayyor la ngan yog‘och supaga olib, chiqishdi. Miting qilishmoqchi ekan. Oator mikrofonlar suvdan tumshug‘ini chiqargan o‘rdaklardek men tomonga bo‘ynini cho‘zib turibdi deng. Notiqlar birin-ketin so‘zga chiqib, ming xil hikmatning tilsimotini ochgan ustozim Dar Daraja va uning g‘oyat iste’dodli shogirdi sifatida meni tilga olishib, sha’nimizga maqtovlar yog‘dira boshladilar. Shoirlarni ham taklif qilishgan ekan. Galma-galdan bo‘ynini cho‘zib turgan mikrofonlar yoniga kela boshladilar: — Iblis bilan jang qilib, Ahvolini tang qilib, Oalbimizni poklagan Dar Daraja bor bo‘lsin! — deya she’r o‘qiy boshladi Sharqiy Shimoliy degan bir shoir, qarsak bosilishini bir oz kutib turdi-da, yana kelgan joyidan boshlab yubordi: — Dar Daraja norni bor, Hovlisida tomi bor. Sharaf to‘la jomi bor, Shunday ustoz bor bo‘lsin! Atala suyuq bo‘lar, O‘rmonda ayiq bo‘lar, Dengizda qayiq bo‘lar, Dar Daraja bor bo‘lsin! Bu shoirning ismi nega sal g‘alatiroq, deb so‘radim o‘zim qatori yog‘och supaga ko‘tarilgan yoshgina bir yigitdan. She’rlari poyma-poy bo‘ladi, ehtimol shuning uchundir, deya shivirlab qo‘ydi yigit. Eng oxirida Taka-Tum degan shoir mikrofon yoniga keldi. — Burnida sehr bordir, Oalbida mehr bordir, Ko‘zida qahr bordir, Omon bo‘lsin Akbariy! Ming bir hidni biladi, Aytganini qiladi. Yaxshilikni tiladi, Onion bo‘lsin Akbariy! Iblisga hujum qildi, Ovozini jim qildi. Ham o‘zini gum qildi, Onion bo‘lsin Akbariy! Molparastlik balosi Bor ekan-ku, davosi. Soflandi yurt bavosi, Onion bo‘lsin Akbariy!.. Bilasiz-ku, maqtovlarga uncha hushim yo‘qroq. Hoshim bo‘lsa boshqa gap — hozir bir qop semirgan bo‘lardi. Men kamtargina bo‘lib, u y a l i n q i r a g a n n a m o qimtinibgina o‘tiraverdim. She’rxonlikdan so‘ng mukofotlash marosimi boshlandi. Ustozimga birinchi darajali, menga esa uchinchi darajali Katta Oovun mukofoti berilib, besh yil davomida tekinga qovun yeyishimiz, yil faslining istalgan pallasida, ko‘nglimiz tusagan qovunni so‘rab olishimiz mumkinligi e’lon qilindi. Xuddi mana shu paytda, katta maydonda gulduros qarsaklar chalinayotgan bir daqiqada, dahshatli dovul ko‘tarildi-yu, chang-to‘zon bilan kelib, saylgohga dadasining ortidan ergashib kelgan ba’zi bolalarni quyunga o‘rab osmonga olib chiqib keta boshladi. Gap nimadaligini anglab yetmasimizdan shunaqangi yomg‘ir urib berdiki, bamisoli maydon ustidan katta daryo shovullab quyilayotgandek bo‘ldi. Sarosimada qolgan odamlar o‘zlarini duch kelgan tarafga ura boshladilar. Taka-Tum degan shoir ikkovimiz o‘zimizni taxtadan yasalgan supa ostiga oldik. Bir mahal chiqsak, yo robbiy, saylgohda hech kim qolmabdi. H a r joy-har joyda paydo bo‘lgan k o ’ l o b l a r yuzida notiqlarning nutqi yozilgan qog‘ozlar, bolalar tashlab qochgan yelim qo‘g‘irchoqlar suzib yuribdi. Sehrgar Iblisning bunaqa qiliqlari borligini ilgari hech ko‘rmagan edim. Dilim vayron bo‘ldi-yu, shaloplatib suv kechib maydondan chiqib ketdim. Xullas, hali aytganimdek, uyga yuragimning yarmi kulib, yarmi yig‘lagan bir holatda qaytdim. Gu La xolam bilan Mu Ti sergo‘sht palovni damlab, kelishimni kutib o‘tirishgan ekan. Gulzor o‘rtasidagi karavotga yonboshlab, sen je, men je qilishib, oshni tushirdik, ketidan qovun so‘ydik. — Endi boshlang, — dedi Mu Ti idish tovoqlarni yuvib qaytgach. — Nimani boshlayman? — dedim o‘zimni bilmaslikka solib. — Voy, har kuni nimani boshlayman deysiz-a! — Bilmaganimdan keyin so‘rayman-da. — Ertakni boshlang, deyapman. — Kecha aytuvdim-ku. — Aytganingiz yo‘q. — Aytganman. — Unday demang yig‘lab yuboraman, keyin yupatolmay qiynalasiz. — Ertagim tamom bo‘lgan. — Yolg‘on, mingta ertagim bor, oyijoning muddatini o‘tab kelguncha bemalol yetadi, degansiz. Boshlang. Oyijonimni sog‘inib turibman, yig‘lab yuboraman... — Qovunning ichiga tushib ketganimni aytib beraymi ? — Uni aytgansiz. — Eshak kitob o‘qib aqlli bo‘lganini boshlayman bo‘lmasa. — Voy, uniyam yuz martalab aytgansiz. — Iblis haqida aytaman. — Topib olganingiz eshak bilan iblis ekan-da? Oyijon, oyijonim... Mu Ti juda shayton qiz-da. Yosh bolaning ko‘z yoshiga toqat qilolmasligimni bilib olgan. Aytganini qilmasam, yig‘lashga tushadi. Hech yupatib bo‘lmaydi. Nima balo. ichida ertakni yutib yuboradigan apparat bormi deyman, na kunduzi tinchlik beradi, na kechasi. Aytmasam bo‘lmaydi, shekilli. Ehtimol, men to‘qib-chatib aytadigan ertaklar intizor qalbiga orom berar, axir mening o‘zim ham qarindoshlarimni sog‘inib, zor-intizor yuribman-ku... — Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Ming gektar keladigan katta bog‘i bo‘lib, dunyodagi barcha go‘zal gullardan ekib, ta’riflab bo‘lmaydigan darajada chiroyli oshyon yaratgan ekan. Jahonda qancha qush bo‘lsa, hammasidan namuna keltirib, bog‘ida parvarishlar ekan. Uning xotini Malika faqat qush go‘shti yer ekan. Kunlardan bir kun so‘yilish navbati kichkinagina bir sayroqi qushga kelibdi. Oassob pichog‘ini q a y r a b b o r a y o t g a n e k a n , q u s h c h a tilga k i r i b , e, shahanshoh, deya yolboribdi, biz qushlar aslida Malikaga yemish uchun bu yerga keltirilganmiz. Qushchilar bizni yaxshi parvarish qilishdi. Men sizdan mingdan-ming roziman. Faqat so‘yilishim oldidan ruxsat bersangiz, borib Vatanimni bir ko‘rib kelsam. Bu gapni eshitib, podsho hayron qolibdi. Nahotki, qushcha uchun men yaratgan bog‘dan ko‘ra ham go‘zalroq Vatan bo‘lsa, deb o‘ylabdiyu, qushchaga javob berib, orqasidan boshqa bir uchqurroq qushni jo‘natibdi. Orqasidan bor-chi, uning Vatani men yaratgan gulzordan chiroyliroqmikan, agar chiroyli bo‘lsa, undan namuna olaylik, deb tayinlabdi. Qushcha bir kun uchibdi, ikki kun uchibdi, nihoyat, yetti kun deganda jazirama bir sahroyu biyobonga yetibdi. Ourib yotgan changalzorlar orasida shoxlarini chaqmoq urib sindirgan qari t u t d a r a x t i bor e k a n . Q u s h c h a d a r a x t n i n g o‘rgimchaklar in qurgan iflos kavagiga kirib, oh, mening aziz Vatanim, oh onajonimning nigohi tushgan qadrdon kavakcham, oh, otamning ovozini eshitgan kulbam, oh, ukalarim bilan chirqillashib katta bo‘lgan hovlim, seni ko‘rdim, endi o‘lsam armonim yo‘q, deb tinmay dumalar emish. Kulbasi bilan yig‘lay-yig‘lay xayrlashibdi-da, yana podshoning huzuriga parvoz qilibdi... Poyloqchi qush bo‘lgan voqeani oqizmay-tomizma\ shahansbohga so‘zlab beribdi. Sbunda shahanshoh bir oz o‘ylanib turibdi-da, har bir kishiga, har bir jonzotga birovning gulzoridan o‘zining changalzori afeal ko‘rinarkanda, kavakdekkina bo‘lsa ham, har birining o‘z Vatani bo‘lishi kerak ekan-da, debdi... — Keyin nima bo‘libdi? — so‘radi Mu Ti ertagim tugashi bilan. — Uyog‘ini bilmayman, — deb qo‘ydim o‘yga tolib Nega desangiz, o‘zim ham shu paytda Soyboshini eslab ketgan edim. — Oushchani so‘yishibdimi? — Bilmayman. — Men Malika bo‘lganimda qushchaga javob berib yuborardim. — Unga achinyapsanmi? — Judayam. — Menga-chi? — Voy, sizga nega javob berar ekanman. — Axir, mening ham olislarda qolib ketgan Vatanim bor. — Sizga hecham ham javob bermaymiz. Oyijonim kelguncha yonimda bo‘lasiz. Siz ketsangiz, hamma meni xo‘rlab qo‘yadi. Akasi sehrgar edi, deb kalaka qilishadi. Yo‘q, hecham ketmaysiz. Siz sehrgar ham emassiz, to‘g‘rimi? — Sehrgarman. — Yolg‘on, hecham sehrgar emassiz, yaxshisiz. Hamma akalardan ham mehribonroqsiz... Ko‘cha eshil<ni kimdir ot lceldisiga do‘pillatib qoldi. Ustozim bugun kelmayman, laboratoriyada tunab qolaman, degan, bu ldm bo‘ldi ekan? Shiddat bilan qoqayotganidan jiddiyroq bir gap borga o‘xshaydi. Ishqilib, tinchlik bo‘lsin-da. Eshikni ochmasdan turib, kim u, deb so‘ragan edim, uchastka soqchisiman, degan javob qaytdi. Eshikni ochib ulgurmasimdan: — Professor Akbar Akbariy bo‘lasizmi? — deb so‘radi haligi ovoz. — Xuddi o‘ziman, — deb qo‘ydim. Sizdek hurmatli odamni bevaqt bezovta qilganim uchun qayta-qayta uzr so‘rayman, deb gap boshladi tungi mehmon. Gapiga qaraganda, bundan to‘rt kun avval, kech paytida h a m s h i r a l a r yotoqxonasidan men Gu Lixonimni ergashtirib, to‘g‘rirog‘i, qo‘ltiqlab olib chiqib ketgan e k a n m a n . Chiqib ketishim bilan qishloqdan q i z n i n g o t a - o n a l a r i kelibdi. D u g o n a l a r i sabr qilib turinglar, qizlaringiz hozir kelib qoladi, deyishibdi. Oiz kechasigacha qaytmabdi. Ertasiga ota-onasi kasalxonaga borgan ekan, farzandlari u yerda ham yo‘q emish. Ehtimol, tungi poezdga o‘tirib, bizni ko‘rgani qishloqqa ketgandir deb o‘ylab, o‘sha yoqqa ham borib kelishibdi. Yo‘q emish. Ota-ona tashvishga tushib, bugun ertalab soqchilikka murojaat qilgan ekan. Men qasam ichmadimu, lekin ichgandan ham battarroq qilib Gu Lixonni besh k u n d a n buyon ko‘rganim yo‘q, yotoqxonasiga ham bormadim, cledim. Militsioner mendek hurmatli yigitning gapiga albatta ishonnayotganligini va mening toifamdagi kishilar hamisha rost so‘zlashimizni bildirib, menga, ya’ni professor Akbariyga malol kelmasa, uchastka idorasiga bir minutgagina borib kelishimni iltimos qildi. Bu gaplarni u shunday odob va nazokat bilan aytdiki, xo‘b deyishdan o‘zga ilojim qolmadi. Uchastka idorasida talaygina erkagu xotinlar o‘tirishgan ekan. Men bu yerda birinchi d a f a bo‘lajak qaynatamu qaynonam bilan ham ko‘rishib oldim. Ikkisi ham juda yosh, qaynotam mendan ko‘ra ham, qaynonam qizi Gu Lixondan ham ko‘hliroq ko‘rinadi. Ammo ikkovlari ham menga yeb yuborgudek bir alpozda tikilishdiki, tovonlarimgacha muzlab ketgandek bo‘ldi. Hay-hay, erta-indin kuyov bo‘laman deb turgan yigitga bunday qarash uyat-a, deydigan odam yo‘q. Soqchi burchakda qimtinibgina o‘tirgan qizlardan birini turg‘izib: — Bu o‘rtoqni taniysizmi? — deb barmog‘i bilan meni ko‘rsatdi. Qulog‘iga chaqaloqning shapalog‘idek oybaldoq taqib yuradigan bu qizni eslagandek bo‘ldim. Gu Lixonga qo‘shni xonada yashar edi, shekilli. — Ha, — deya kelinchaklardek iymanibgina dedi qiz. — Kim ekan? — Professor Akbar Akbariy bo‘ladilar. — Birinchi marta qayerda ko‘rgansiz? — Dugonam Gu Lining xonasida. — Tez-tez borib turarmidi? — Ha. — Oxirgi marta qachon ko‘rgansiz? — Aytdim-ku. — Yana ayting. — Aytdim-ku, chorshanba kuni edi, deb. Bu kishi bordilar-da, dugonam bilan birpas chaqchaqlashib o l tirishgach, so‘ng qo‘ltiqlashib chiqib ketishdi. Soqchi boshqa qizni turg‘izdi. Bunisiniyam tanigandek bo‘ldim. Dugonasi nima degan bo‘lsa, o‘sha gaplarni takrorladi. So‘ng o‘sha daqiqalarda professorning qo‘llarida bir dasta yangi uzilgan gul ham bor edi, deya qo‘shimcha qilib qo‘ydi. Ana xolos, buyog‘i necha puldan tushdi endi, tavba, e tavba! Qani, o‘zingiz insof bilan ayting-chi, mening o‘mimda mana shu holatga tushib qolsangiz, o‘zingizni qanday tutar edingiz? Sehrli Qalpoqchani boshga kiyib, xayr-ma’zurni nasiya qilib, juftakni rostlab qolarmidingiz yoki yigit kishiga qochish yarashmaydi, mardonavor turib haqiqatni himoya qilmoq kerak, deb oxirgi daqiqagacha olishgan bo‘larmidingiz? Agar yigit bo‘lsangiz, so‘nggisini tanlardingiz, shunday emasmi? — Shaharda Sehrgar Iblis kezib yurganidan xabaringiz bormi? — so‘radim soqchidan. — Buni hamma biladi, — deb qo‘ydi uchastka boshlig‘i — Sehrgar Iblis bilan olishayotganimni eshitgandirsiz? — Eshitganmiz, bugun sizga mukofot ham berishdi. — Sehrgar kun sayin qiyofasini o‘zgartirib turibdi. — Bundan ham xabarimiz bor. Har joy-har joyga yashirincha kamera qo‘yib, biz ham kuzatamiz o‘sha maxluqni. — Sehrgar Iblis mendan o‘ch olish niyatida qiyofamga kirib, sevgan qizimni yo‘ldan ozdirib ketgan bo‘lsa, nega uning iziga tushish, orqasidan quvish o‘rniga vaqtni o‘tqizib men bilan adi-badi aytishib o‘tiribsiz? Soqchi yigit aftidan mendan bunaqangi javob chiqishini kutmagan ekan. Boshiga to‘qmoq urilgandek dovdirab qoldi. Goh menga qaraydi, goh xijolat ichida o‘tirganlarga tikiladi. Bo‘lajak qaynonam bilan qaynotam bo‘lsa, Sehrgar Iblisning nomini eshitishlari bilan xo‘rsinishga tushishdi. Qalblaridagi vahimani ko‘tarish uchun dalda beradigan so‘zlar aytishim kerak deb o‘ylab, shu kechadan qoldirmay, qizlaringni topib boraman, deya eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdim. O‘zim ham shu paytda xiyla dovdirayotgan edim. Axir menga ham oson emas edi-da, shunday emasmi? Nima bo‘lganda ham ustozim huzuriga borib maslahat olishim darkor. Oyoqni qo‘lga olib, laboratoriyaga yugurdim. Ustozim ishlaydigan x o n a n i n g chiroqlari yoniqligi ko‘chadan ham ko‘rinib turardi. Xonaning eshiklari, negadir, lang ochiq. Hovliqib ichkari kirdim. Ustozim eski divanda cho‘zilib yotgan ekan. Oriq qo‘llari shalvirab osilib tushgan, ko‘zlari olayib, tepasiga tortib ketgan, qulog‘imni ko‘ksiga bosgan edim... yo‘q, yo‘q... aytolmayman... — Bobojon! — deya baqirib pastga, qorovullar oldiga qarab yugurdim. XXXII TUHMAT O orovullar oldiga otilib tushdim-u, shumxabarni ^ ketkazgach, yana yugurib izimga qaytdim. Ustozimn i n g oriq q o ’ l l a r i h a m o n d i v a n d a n pastga osilib yotardi. Ko‘ksiga olib qo‘ymoqchi bo‘lgan edim, pastcla, qo‘li osilgan joyda bir varaq g‘ijimlangan qog‘oz yotganini ko‘rib qoldim. Yuragim bir narsani sezdi-yu, shosba-pisha o‘qiy boshladim. «Aziz hamshaharlar! Hammangizni bir xilda sevardim. Sizlarga orzu qilganim darajada yaxshilik qilishga ulgurmadim. Alvido! Hamma rrierosimni suyukli shogirdim Akbariyga vasiyat qilaman. Akbariy, po‘lat sandiqlardagi noyob dorilarga hushyor bo‘l. Al...» Bechora ustozim so‘nggi so‘zini oxirigacha yozolmabdi. Dorilarga hushyor bo‘l, debdi. Nega endi eng so‘nggi so‘zi shu bo‘ldi ekan? Demak, bunda bir sir bor. Odamlar to‘planmasdan ularni ko‘zdan xoliroq joyga olishim kerak. Yugurib yerto‘laga tushdim. Chindan ham ikki po‘lat sandiq shu yerda ekan. Yerto‘la ichida faqat ustozim ikkovimiz biladigan yana bir yerto‘la bor. U shunday siru sinoat bilan ishlanganki, ichiga Sehrgar Iblis ham kirolmaydi. Po‘lat sandiqlarni o‘sha yerga berkitib chiqdim. Qaytib chiqsam, allaqachon odamlar to‘planib bo‘lishibdi. Ustozimning osilgan qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, oq doka bilan iyagini bog‘lab, olayib qolgan ko‘zlari o‘rniga uch tiyinlikdan ikkita sariq chaqa ham bosishibdi. Keyin... keyin ana shunday paytda nimalar qilinishi zarur bo‘lsa, o‘shalami bajara boshladilar. «Tez yordam» chaqirildi, ertasiga ekspertiza boshlandi, indiniga ko‘mish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ketidan boshqa rasm-rusumlar ham bajarildi. Keyin... keyin men, mana, ish stolimda yum-yum yig‘lab o‘tiribman. — Yig‘ini bas qiling! — dedi ichkaridan chiqib kelgan adolatli boshlig‘im Nari Beri. — Yuragim kuyib ketyapti, — deyman bosh chayqab. — Yig‘lash bilan qaytib kelganda, yig‘lay-yig‘lay otaonamni tiriltirib olardim... Nima o‘qiyapsiz? — Nima bo‘lardi, xat-da. — Xatligini ko‘rib turibman, qanaqa xatlar? — Iblis yana ishkal chiqarganga o‘xshaydi. — Hammamizni o‘ldirib qutuladi, shekilli, bu Iblisingiz. — Endi poraxo‘rlikni avj oldiribdi. — Poraxo‘rlik?! — Ha. — Yana gumonsirashlar, yana tergov... Shunday deb, adolatli boshlig‘im toqati butunlay tugagan odamday uh tortib, boshini sarak-sarak qilib qo‘ydi. — Turing, sizni Bo Dom tuman prokuraturasidan so‘rashyapti. — Meni-ya! — dedim kapalagim uchib. — Nima ishlari bor ekan? — Bir kelib-ketsin deyishyapti. Boshqa iloj yo‘q. Qonunshunos organlar bilan hazillashib bo‘lmaydi. Ular bilan bo‘ladigan hazilning tagi albatta zil bo‘ladi. Nega chaqirishdi ekan, deya o‘ylay boshladim, yo‘lyo‘lakay, nega mening o‘zimga emas, boshlig‘imga qo‘ng‘iroq qilishadi? Yoki Gu Lixonga bog‘liq biron gap chiqib qoldimikan? Soqchilik axtarayotgan edi, siz aralashmang, o‘zimiz shug‘ullanamiz, deyishgan edi-ku? Prokuratura idorasi bir qavatli ko‘rimsizgina binoga joylashgan ekan. Yo‘lakchalari ham tor, qorong‘i, eshigiga charm qoplangan ekan, mushuk tatalagan bo‘lsa kerak, titilib ketibdi. Handalak shahridagi hamma idoralarda b o ’ l g a n i kabi bu yerda ham q a b u l x o n a s e k r e t a r i qo‘g‘irchoqdekkina qiz bola ekan va shu kecha-kunduzda ko‘pchilik idoralarda rasm boiganidek meni sovuqqina qarshi oldi. — Prokuror chaqirtirgan ekan, — deya kelganimni ma’lum qildim. — Familiyangiz? — aftimga qaramay so‘radi «Qo‘g‘irchoq». — Akbar Akbariy... «Qo‘g‘irchoq», aftidan ichida prujinasi bo‘lsa kerak, dik etib o‘rnidan turib ketdi: — Voy, professor Akbar Akbariy siz bo‘lasizmi? Men sizni chol kishi bo‘lsangiz kerak deb o‘ylab yurardim... Qarang-a, sizni kutyaptilar. Yo‘q, to‘xtang, bir narsa so‘rasam maylimi? — So‘ray qoling. — Siz haqiqatan shunaqamisiz? — Oanaqa ekanman? — Burningizning ichida hidlarni analiz qiladigan zavod bormi? Hanima qizlar shunaqa deyishyapti. — Zavod emas, laboratoriya bor, — deb ichkari kirib ketdim va to‘satdan hangu mang bo‘lib qoldim... Prokurorlik kursisida menga ham, qisman sizga ham awaldan tanish bo‘lgan «Halollik va rostgo‘ylik tajriba instituti»ning huquqshunoslik fakultetida muallimlik qiladigan, bir kampir nabirasini o‘qishga olib kelganda, keltirgan pulingiz oz, konkurs shartiga to‘g‘ri kelmaydi, deya yig‘latib chiqarib yuborgan kishi, ha, ha, xuddi o‘sha Oq Sochli o‘tirardi. Tavba, poraga kelgan pulni tarozida tortib oladigan odam qanday qilib prokuror bo‘lib qoldi ekan? Boshimdan ana shunday fikrlar o‘tayotganda miyam lovillab kuygan bo‘lsa ajab ham emas. Nega desangiz, awal peshonamdan, so‘ng burnimdan ter chiqib ketdi. — Nega serrayib turibsiz? — qo‘rs bir ohangda so‘radi Oq Sochli. — Nima qilay bo‘lmasa? O‘yinga tushib beraymi? — deya men ham qo‘rs javob qaytardim. To‘g‘ri-da, u prokuror bo‘lsa, men ham kichkina odam emasman, professor degan unvonim bor, obro‘li tashkilotning mas’ul kotibiman! — Xo‘sh, eshitaman? — Chaqirtirgan ekansiz. Uchastka soqchisi tekshiruv o‘tkazib, qizni Akbar Akbariy o‘g‘irlagan, degan xulosaga kelibdi. Laboratoriyadagi ba’zi xodimlarning yozishicha va tekshiruv paytida bergan guvohliklarga qaraganda, professor Dar Darajani men bo‘g‘ib o‘ldirgan emishman. — Yolg‘on! — qichqirib yubordim. — Bu yer shovqin soladigan joy emas, — tahdid ohangida dedi Oq Sochli. — Tuhmat bu! — Tuhmatligini isbotlab bersangiz... ikkovimizga ham yaxshi bo‘lar edi. — Qani, o‘sha xatni menga ko‘rsating-chi. — Haqqim yo‘q. — Xo‘p, kim yozganligini ayting bo‘lmasa. — Aytolmayman. Shahar qonunlar majmuasining bir yuzu o‘n to‘rtinchi moddasiga binoan tergov tugaguncha sizni hibsga olishga majburman. Akbar Akbariy, siz hibsga olindingiz. — Nima?! — Seijant Da G‘al, — deya murojaat qildi halidan buyon bir chekkada ikkimizning suhbatimizni kuzatib o‘tirgan yigitchaga. — Akbariyni yettinchi xonaga olib boring. Bu qanaqasi bo‘ldi-a? Qizni men o‘g‘irlamaganimni hamma biladi-ku, o‘zim ham bilaman-ku. Borib-borib men mehribon ustozimni bo‘g‘amanmi? Tuhmat bu, bo‘hton bu! Oip-qizil yolg‘on bu!! — O‘zing poraxo‘rsan! — deya qichqirdim Oq Sochliga qarab. — Olib chiqing! — dedi prokuror xuddi boshini uzib tashlang degandek bir ohangda. Nahotki bekordan-bekorga qamalib ketaversam, buyuk ishlarni amalga oshirayotganimni hisobga olishmas ekanda! Tuhmatchi haq-u, rost so‘zlaganim uchun men nohaq ekanman-da! Yo‘q, ancha-munchaga men ham taslim bo‘ladiganlardan emasman. Oo‘ltig‘imdan shoshilib Sehrli Qalpoqchamni olib boshimga kiydim. — Olib chiqing deyapman! — o‘shqirib takrorladi Oq Sochli. — Yo‘q bo‘lib qoldi-ku, kimni olib chiqaman? — rangquti o‘chib dedi Da G‘al. — Lavashang, qochirih yuborgan bo‘lsang o‘zingni qamayman. Ikkovlari birin-ketin ko‘chaga yugurib chiqib ketishdi Qo‘g‘irchoq qiz prokurorga qaynoqqina choy dam lab kirgan ekan. Bostirib-bostirib ikki piyolasini ichdim-cla, so‘ng men ham tashqariga chiqa boshladim. Uyoq-buyoqni bir o‘ylab, hozirgi ahvolimni baholab olishim kerak edi. — To‘g‘ri qildimmi? — so‘radim Qalpoqchamdan. — Juda to‘g‘ri qilding, — degan ovoz keldi peshonam tarafdan. — Men qochoq bo‘lib qoldim-ku? — Boshqa ilojing yo‘q edi. — Buyuk ishlarni amalga oshirmoqchi edim. — Endi o‘zim yordamching bo‘laman. — Ko‘p narsaga aqlim yetmaydi axir? — Maslahat mendan bo‘ladi. — Rost aytyapsanmi? — Yolg‘onchini yomon ko‘raman. — Eng awal sevgilim Gu Lixonni axtarib topsak bo‘lardi. — Kuyunma, bexavotir joyda yashayapti u. — Uni kim olib qochganini bilasanmi? — Sevgilingni Sehrgar Iblis berkitgan. — Xotin qilib olgan bo‘lsa-ya! — Tashvishlanma, Iblisda vujud yo‘q. Erlik qilolmaydi u. Sendan o‘ch olish uchun qildi bu ishni. — Bari bir awal sevgilimni qutqarsak bo‘lardi. — Qutqarsak, unga andarmon bo‘lib, buyuk ishlardan chalg‘ib qolasan. Ustozingning vasiyatlarini bajarmagan bo‘lasan. — Demak, awal shahar fuqarosi qalbini poklab olishimiz zarur ekan-da? — Ustozing tayyorlab ketgan Noyob dorilarning kuchi ketib qolishi ham mumkinligini unutma. — Ishni nimadan boshlay bo‘lmasa? — Ovqatlanishdan. — Qalpoqcham, azizim, kel, peshonangdan bir o‘pay. — Qo‘y, so‘laging oqib, tag‘in popugimni kir qilib qo‘ymasin. Donishmand o‘rtog‘im Hoshimning bir mahallar aytgan gapi to‘g‘ri ekan — qorin to‘q bo‘lsa, miya yaxshi ishlarkan. Buni men shahardagi eng go‘zal restoranga borib, qozon boshida o‘tirib olib, qovurilgan jo‘jalardan, dimlab pishirilgan go‘shtlardan, ichiga yong‘oq mag‘zi solib tayyorlangan t u x u m d o ’ l m a l a r d a n to‘yib-to‘yib yeb olganimdan va begimso‘ydi qovunidan yarim pallasini pokpokiza tushirib olganimdan keyin bildim. «Komitet»ga qaytib, tortmadagi poraxo‘rlar xususida yozilgan aktlaru axborotnomalarni bir boshdan o‘qib, Handalak shahrida o‘n yettita ashaddiy poraxo‘r davru davron surayotganligini aniqlab, turarjoylarigacha belgilab oldim-da, ustozimning noyob dorilari berkitilgan yerto‘laga qarab jo‘nadim. Siz nima desangiz deyavering-ku, lekin ustozim chindan ham buyuk olim, buyuk inson edi. Buning ustiga, yashirmay qo‘yaqolay, sehrgarlikdan ham unchamuncha xabardor edi, shekilli. Yer yuzida to‘qson yetti yil yashab, shundan sakson yilini insoniyatning ruhi va qalbini poklaydigan mo jizakor dorilar yaratishga bag‘ishlaganiga men yerto‘ladagi po‘lat sandiqchalarni ochib ko‘rgandan keyin yana bir karra ishonch hosil qildim. Illatlarning deyarli hammasini qayta-qayta tahlil qilib, birining ikkinchisiga qiladigan ta’sirini o‘rganib, shu illatlar mikrobini tashiydigan zarralarni parchalay oladigan dorilar tayyorlab, Yomonlikni Yaxshilik albatta yengadi, deya o‘zining buyuk xulosasini ham yozib ketgan ekan. Bilmadim, ustozim bir vaqt kelib, dorilar menga o‘xshagan chalasavod shogirdlar qo‘liga tushib qolishi mumkinligini bashorat qilgan ekanmi, ularni qay yo‘sinda qo‘llash haqida ko‘rsatmalar ham yozibdi. Masalan, qizg‘anchiq, ko‘zi och odamga qarshi ishlatiladigan dorini qorni to‘q, uyi molu mulkka limmo-lim to‘lgan paytda berilgani ma’qul, deb ta’kidlaydi. Shunda qizg‘anchiqning qornidagi ovqat zahar bo‘lib tuyularkan-u, uyidagi tekinga to‘plangan molu mulk bamisoli ajdarholarga aylanib, yutaman deya qo‘rqita berarkan. — Zo‘r-a! — deb so‘rayman boshimda turgan Qalpoqchamdan. — Qoyil! — Jeb qo‘yadi Qalpoqcham ham tan berib. — Shunday odam o‘lib ketdi-ya. — O‘z ajali bilan o‘lgani yo‘q, Sehrgar’Iblis uni bo‘g‘ib qo‘ydi. — Sen bilarmiding? — andek bo‘lmasa qichqirib yuborayozdim. — Afsuski keyin xabardor bo‘ldim. — Demak, bari bir Yomonlik Yaxshilikdan ustun kelilxli-da? — Jang qurbonsiz bo‘lmaydi, Akbariy, — nasihat qilishga o‘tdi Oalpoqcham. — Ustozing qurbon bo‘ldi, lekin sen borsan, men borman, qalbi go‘zallikka limmo-lim to‘lgan minglab odamlar bor. Birgalashib o‘sha Iblisni albatta mahv etamiz. Endi tezroq bo‘l, oladiganinigni ol-da, yerto‘lani tark et. Bo‘lmasa, bu yerni ham Sehrgar Iblisga fosh qilib qo‘yasan. jazo O i n yettita ashaddiy poraxo‘rni ajratib oldim dedim-u, u l a r n i n g k i r d i k o r l a r i n i sizga batafsil so‘zlab o‘tirmadim. Shikoyatlar siyoh bilan emas, bamisoli ko‘z yoshi bilan bitilgandek. Har bitta so‘z o‘rnida ajdarho domiga duch kelgan odamning ko‘zlari mo‘ltirab turgandek. O‘sha shikoyatlarni o‘qiyotganimda, ishonsangiz, poraxo‘rlar menga ham a j d a r h o bo‘lib ko‘rinaverdi. Tekshiruv komissiyasi qayd qilgan aktlarda shunaqangi raqamlar keltirilganki, hay-hay, yuragingiz orqaga tortib ketay deydi. Yuragingiz orqasiga tortib ketmasligi uchun ularni aytmay qo‘ya qoldim. — Poraxo‘rlik mikroblarini parchalaydigan Noyob dorilarni ichirib bo‘lgach, qoida bo‘yicha natijasini uch kundan so‘ng bilishim kerak edi. Uch kungacha bekor o‘tiramanmi dedim-da, Sehrgar Iblis hamlasi tufayli qalbi va ruhida quvlik, shubha, gumonsirash, yolg‘onchilik, chaqimchilik singari mikroblar endigina bolalay boshlagan kishilarni aniqlab ustoz vasiyat qilgan sehrli dorilardan ularga ham ichirib yubordim. Baniyati shifo bo‘lsin, savobi ustozimga tegsin, degan gaplarni ham aytib qo‘ydim. Bu mashg‘ulotimga berilib ketib, andak bo‘lmasa davolayotganim poraxo‘rlarni paqqos u n u t i b yuborayozibman. Taxminan bir haftadan so‘ng bekatda avtobus kutib turgan edim, o d a m l a r n i n g shivir-shiviri, vahimali gaplari qulog‘imga chalinib qoldi. — Eshitdingizmi? — deydi bittasi. — Nimani eshitaman? — deydi boshqasi. — Juda xunuk bo‘pti-da. — Ochiqroq ayting axir. — Prokuror qo‘shnimiz bor edi-ku? — Oq Sochlimi? — Ha, barakalla. Ana o‘shaning peshonasiga, terisining ostiga hech o‘chirib bo‘lmaydigan qilib bosma harflar bilan «PORAXO‘R» deya sehrli yozuv bitib ketishgan emish. — Sovunlab yuvib tashlamabdi-da? — Sovun bilan ham, ishqor bilan ham xo‘b ishqalab yuvishibdi. Oarang, qancha ko‘p yuvishsa, haligi harflar shuncha ko‘p yaraqlarmish. Sehrli ekan-da. — Chatoq bo‘pti-ku! — Yo‘q, men sizga boshqa narsani aytmoqchiydim. O‘sha prokurorning ikki qo‘li sonlariga yopishib cjolgan emish. — Yolg‘onni ham qotirib tashlaysiz-da. — Ertalab o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Avtobus kelib, suhbat bo‘linib qoldi. Shu daqiqadan boshlab mening bir tashvishimga o‘n tashvish qo‘shildi. T a v b a , m e n i c h i r g a n s e h r l i d o r i l a r n i n g xosiyati boshqacharoq edi, shekilli? Yoki mendan boshqa yana bir sehrgar yashirincha ish olib boryaptimikan? Nima bo‘lganda ham hamma ishimni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘shalardan xabar olishga qaror qildim. O‘n yettovining ham uyiga kirib chiqdim. To‘g‘ri, yuz foiz to‘g‘ri! Hammalarining ham peshonalarida «PORAXO‘R» degan sehrli yozuv, ikki qo‘li sonlariga yopishgan! Binning uyiga «Tez yordam» kepti, boshqasinikida xonaki tabib allaqanday dori tayyorlayapti, uchinchisinikiga duoxon domla cho‘kka tushib olib, dam solyapti. Bittasi qo‘y so‘yib, mahallaga xudoyi oshi ham t o r t i b d i . B a r c h a s i n i n g uyida m o t a m , bola-chaqasi tashvishda... Lekin o‘ziyam g‘alati bo‘pti-da. «PORAXO‘R» degan yozuv, shaxtyorlarning yer ostiga tushganda peshonasiga taqib oladigan chirog‘i bor-ku, bamisoli ana o‘shanga o‘xshab yonib turibdi deng. Va yana, uf, endi buyog‘ini qay til bilan bayon qilsam ekan, lekin aytmasdan ham ilojim yo‘q-da... va yana ikki tirsak ikki biqinigayu kaftlar songa yopishib qolganini aytmaysizmi! Odam bolasining qo‘llari qo‘l holida turganda chiroyli ekan, tanaga yopishganda juda xunuk ko‘rinarkan... Biron xatoga yo‘l qo‘ydim, shekilli, deb o‘ylab, ustozim qoldirib ketgan yozishmalarni yana bir ko‘zdan kechirib chiqishga qaror c]ilib, yeito‘laga jo‘nadim. Yo‘q, hammasi to‘g‘ri ekan. Yozishmalar orasidagi mana bu xatga ko‘zim tushib qoldi. TAVSIYANOMA Ushbu shishachadagi dori poraxo‘rlik kasaliga mubtalo bo‘lganlarga ichiriladi. Agar dorini qabul qilgan shaxsning qonida poraxo‘rlik mikroblari yo‘q bo‘lsa, hech qanday belgi bermaydi. Agar poraxo‘rlik mikroblari to‘qimalarga allaqachon singib ulgurgan bo‘lsa, uch~to‘rt kun o‘tgach, ul shaxsning peshonasida «PORAXO‘R » degan sehrli yozuv paydo bo‘lib, bora~bora pora olgan qo‘llari sonlariga yopishib qoladi. Davolashning ikkinchi bosqichi quyidagidan iborat: qon va mhi poraxo‘rlik mikrobi bilan zaharlangan shaxs o‘z peshonasidagi yozuvni ko‘rib, jirkanch o‘tmishidan hazar qilsa, tavba-tazarru boshlasa, unda qulichaning o‘ng tarafida turgan doridan yana bir tomchidan beriladi. Peshonadagi yozuv asta~sekin yo‘qolib, qo‘llar yana o‘z holiga qayta boshlaydi. Eslatma: so‘nggi dori bemoro‘z qilmishiga iqror bo‘lganidan keyin beriladi. Xayriyat, xatoga yo‘l qo‘ymagan e k a n m a n , deya o‘zimga-o‘zim tasalli berdim. Q o ’ s h i m c h a tashvish ortganidan xafa bo‘lib, hammasini bir yo‘la tayyorlab qo‘ya qolmaydimi, bosqichli bo‘lishiga balo bormidi, deya ustozimdan andak xafa bo‘ldim. Ammo boshlagan ishni oxiriga yetkazish kerak. Marhum ustozim shunday deb vasiyat qilgan. Sehrli Qalpoqcham yordamida yo‘l-yo‘lakay doktor qiyofasiga kirib, boshimdan Qalpoqchamni olib, ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lib ham oldim-da, Oq Sochlining huzuriga kirdim. Qilgan jinoyatiga iqror qildirmoqchi edim. — Hm-m-m-m, — dedi bir oz o‘ylanib turgach, — doktorman deng? — Ha, doktorman, — deb qo‘ydim. — Gunohimga iqror bo‘lsam, tuzylib qolamanmi? — Peshonangizdagi la’nat tamg‘asi o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. — Bordi-yu, hech qanday gunohim yo‘q bo‘lsa-chi? — Unda peshonangizdagi yaltirab turgan la’nat tamg‘asi bo‘lmas edi. Oo‘lingiz ham soningizga yopishmagan bo‘lardi. — Xo‘sh, hurmatli doktor, agar bilsangiz ayting-chi, mening jinoyatim nimadan iborat ekan? — Tekshiruv komissiyasining alcti bilan tanishtirishdimi? — Tanishganman. Boshdan-oyoq tuhmat. — Guvohlarning ko‘rgazmasi-chi? — Bo‘hton deyapman-ku, nima, qulog‘ingiz og‘irroqmi deyman. — -Komissiya uyingizdan o‘n bir kilo oltin topgan, to‘g‘rimi? — Bunisi to‘g‘ri. — Oayerdan olgansiz? — Topib olganman dedim-ku. — Ko‘chada yotgan mi kan? — Yo‘q. Ariqning ichiga tashlab ketishgan ekan. — Prokuror bo‘lmasingizdan oldin institutda ishlardingiz, shekilli? — Ha. — Huquqshunoslik fakultetidami? — Ha, deyapman-ku, anqov tergovchiga o‘xshab hadeb savol beraverar ekansiz-da. Doktor bo‘lsangiz, doktorligingizni qiling. — O‘qishga kiruvchilardan pora olarmidingiz? — Yo‘q. " — Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. — Tuhmat qilyapsiz. — Bir k a m p i r n i puli kamligi sababli y i g ’ l a t i b chiqargansiz. — Yolg‘on. — Demak, aybingizga iqror bo‘lmaysizmi? — Aybim yo‘q deyapman, qanaqa odamsiz o‘zi. Ko‘rib turibsiz, savdolashib o‘tirishga o‘rin qolmadi. O‘rtog‘im Hoshim bo‘lganda, bu kuningdan battar bo‘l, deya yer tepingan bo‘lardi. Men madaniyatli yigit bo‘lganim sababli, afsus, endi o‘zingizga jabr bo‘ladi-da, deb qo‘ya qoldim. Oq Sochli kirganingdayoq doktor emas, tergovchi ekanligingni darrov sezganman, sendaqadan ko‘pini ko‘rganman, deb peshonasidagi yozuvni ko‘z-k< <kz qilmoqchi b o ’ l g a n d e k , boshini b a l a n d r o q k o ’ t a r i b menga bir chaqchayib qo‘ydi... Esingizda b o ’ l s a k e r a k , t a v b a x o n a d in q u t u l i b kelganimdan so‘ng, ishga kirishim uchun ma’lumotnoma so‘rab, bir idoraga boruvdim. Savdolasha-savdolasha yarim mashinaning puliga arang ko‘ndirdim, degandim. O‘sha bechora ham poraxo‘rlar ro‘yxatiga tushib qolgan ekan. Iqror bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash maqsadida uyiga jo‘nadim. Sho‘ring q u r g ’ u r n i n g ahvoli juda chatoq. Shunaqangi ozib ketibdiki, yuzida uzun burnidan boshqa narsa qolmabdi. Oq Sochliga qaraganda oriyatliroq ekan. Peshonasidagi sehrli yozuvni berkitish maqsadida belbog4 bilan tang‘ib olibdi. Huzuriga sudya qiyofasida kirgan edim. Gapni cho‘zib o‘tirmasdan savol-javobni boshlab qo‘ya qoldim. — Peshonangizdagi la’nat tamg‘asini olib tashlashimni istaysizmi? — Buni doktorlar ham eplayolmayapti, — uh tortib dedi Do‘ngpeshona. — Men olib tashlayman, hukmni o.’qib bersam tamom, yozuv o‘z-o‘zidan o‘chadi-qoladi. — Hukmni tekinga o‘qiysizmi? — Yo‘q, albatta. — Xo‘sh, qancha so‘raysiz? — Faqat, rost gapni aytsangiz bas, so‘raydiganim shu. — Men hamisha rost so‘zlab kelganman. — Idorada ishlaganingizda maiumotnoma sotganmisiz? — Hech qachon. — Akbar Akbariy degan yigit ma’lumotnoma so‘rab kelgani esingizdami? — Unaqa yigitni umrimda ko‘rgan emasman. — Rost gapiryapsizmi? — Xudo ursin agar, rost gapim shu. Bundan ham ish chiqara olmadim, o‘zi poraxo‘rlar ta’riflab boimaydigan darajada qaysar ham bo‘larkan. Oarang, yaxshilik qilaman deb jonimni jabborga beryapmanu, ha mayli, qani, mahalla komitetining raisinikiga boraychi, deb o‘yladim, chol kishi emasmi, ehtimol, ichirgan sehrli dorim yaxshi ta’sir qilib, aybiga iqror bo‘lib o‘tirgandir. Chol kishi qo‘lsiz yashay olmaydi. Bilasiz-ku, kishi keksayganda mishig‘i ko‘proq oqadigan bo‘lib qoladi. Qoilari soniga yopishib yotgan bo‘lsa, uning mishig‘ini kim ham artib qo‘yardi. Raisnikiga qadam bosishim bilan o‘zimning asli holimga, Akbar Akbariy qiyofamga yana qaytib oldim. — Assalomu alaykum, — deb ovoz berdim yonginasiga o‘tirayotib. — Vaalaykum... — dedi rais nursiz ko‘zlarini mo‘ltillatib. — Qalay, tuzukmisiz, otaxon? Belning og‘rig‘i bosildimi? — Bel-ku bir navi-ya, lekin qo‘l chatoq bo‘lib qoldi, bolam. — Nima bo‘ldi o‘zi? — Sonimga yopishib qolsa-ya! — Peshonangizda g‘alati yozuv bormi? — Senga ham ko‘rinyaptimi? — Shamchiroqdek yonib turibdi, otaxon. — Qariganimda shunaqa tuhmatga qolib o‘tiribman, bolam. Komissiya tekshirib, nomimni yomonga chiqarib, nazarimda peshonamdagi yozuvni o‘shalar yopishtirib ketganga o‘xshaydi. Tavba, ma’lumotnomani tekinga berasan, deb qiyin-qistovga olishadi-ya. Tekinga berilgan tna’lumotnomaning xosiyati bo‘lmaydi, deb shuncha aytsam ham tushunmadi. Ma’lumotnoma qancha qimmatga berilsa, uning qadri ham shuncha baland bo‘ladi, bolam. Yana ma’lumotnomaga keldingmi? Xo‘sh, qancha olib kelding? — Pulim yo‘q, otaxon. — Bo‘lmasa, yana belimni uqalab qo‘yasan. — Anov kuni uqalovdim-ku? — Yana uqalaysan. Bu gal qo‘limniyam qo‘shib u q a l a y s a n . Biram z i r q i r a b o g ’ r i y a p t i k i . K e c h a l a r i uxlayolmayapman. Turishim ham qiyin bo‘p qoldi. O‘rnimni ho‘l qilib qo‘yyapman. Nega serrayib turibsan? Boshla, yaxshi uqalasang, ma’lumotnomaning zo‘ridan beraman. — Demak, ma’lumotnomangizni bari bir tekinga bermas elcansiz-da ? — Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi, bolam. — Agar, haq olmasdan bitta ma’lumotnoma bersangiz, peshonangizdagi yozuvni o‘chirib, qo‘llaringizni soningizdan ajratib ketaman. — Sehrgar bo‘p qoldingmi? — Ha, shunaqa bo‘p qolganman. — Qani, avval sehringni bir ko‘rsat-chi, bo‘lmasa. — Yo‘q, awal ma’lumotnoma berasiz. — A y t d i m - k u , bolam, tekinga m u s h u k o f t o b g a chiqmaydi, deb. — Bermaysizmi? — Ko‘p pachakilashaverma, kampirimni chaqiraman, boshingga tayoq bilan tushiradi. Tayoq yegandan ko‘ra yemagan yaxshi, buni o‘zim ham bilaman. Lekin amakini shu ahvolda tashlab ketish ham odobdan emas-da. — Oxirgi so‘zingizni ayting, — dedim o‘rnimdan turayotib, — Yo‘qol ko‘zimdan! Nazarimda amaki xayrlashuvga boshqa so‘z topolmadi, shekilli. Tamom o‘la-o‘lguncha peshonasidagi yozuv shamchiroqdek parpirab yonaveradi endi. Vijdoni shol bo‘lmaganda-ku, yozuvga ko‘zi tushib, uyatdan yuragi yorilib o‘lardi-ya! Demak, deya ustozimga o‘xshab ko‘rgan maydachuyda voqealarimdan katta xulosa chiqara boshladim, Sehrgar Iblis eng awal bu sho‘ring qurg‘urning vijdonini bulg‘ab qo‘ygan ekan. Lekin shu zahotiyoq bu xulosamni o‘zim inkor qildim. Ehtimol, boshqalari allaqachon o‘z qilmishlariga iqror bo‘lib o‘tirishgandir... XXXIV jazo davom etadi I nstitutimizning direktori Shar Manda Shirin qovunlar mamlakatidagi eng katta poraxo‘r deb ta’riflangan edi. Kulmang, men buni ichimdan to‘qib chiqarayotganim yo‘q. Tekshiruv komissiyasining aktlarida shunday deb qayd qilingan. Eng kattasi bo‘lgani sabab, sehrli dorining eng k o ’ p i n i ham o ’ s h a n g a i c h i r i b y u b o r u v d i m . Uyiga kirayotganimda, tavba qildim-ey, har qalay rahbarlarning salobati bosar ekan-da, oyoqlarim qaltirab, oldinga yurish o‘rniga, orqamga tisarilib ketaverdim. Qarasam, bo‘lmaydigan. Qalpoqchamni kiyib, ko‘zga ko‘rinmaydigan bo‘lib oldim. Ichkari kirsam... eh-he, ishlar zo‘r, Shar Mandani g‘o‘lani o‘ragandek oq choyshabga o‘rab, xona o‘rtasiga yotqizib qo‘yishibdi. Peshonasidagi sehrli yozuv shunaqa yorqin yonyaptiki, qorong‘i xonani charog‘on qilib turibdi. Avvaliga anchagacha hayron bo‘lib turdim. Nega desangiz, Shirin qovunlar mamlakatiga kelganimdan buyon boshiga salla o‘ragan mullalarni hech ko‘rmagan edim Hammasi Soyboshi mamlakatida qolib ketgan, deb yurardim. Bu yerda ham bor, qirilib bitmagan ekan. To‘rt midla cho‘kka tushib olib, beshiktervatdek tebranishib, men bilmagan duolarni o‘qib, direktorimning peshonasiga dam solishyapti. Bittasi: «Yo sattor, yo g‘affor, suf!» deb suflasa, «Yo kulliy,’ yo hulliy, kuf!» deydi-da, yana duo o‘qishga kirishib ketadi deng. Shar Manda qaysi hiring ko‘p o‘qisang, pulni ham mo‘lroq olasan, deb tayinlab qo‘ygan bo‘lsa kerak, mullalar o‘rtasida chinakam musobaqa bormoqda edi. To‘rttoviyam ko‘zini yumib olgan. Bir xilda chayqalishib, goho boshlarini boshlariga urishtirib ham olishyapti: — Yo sattor, yo g‘affor, suf! — Yo kulliy, yo hulliy, kuf! Jazavasi tutib qoldi shekilli, bitta mulla o‘rnidan turib, o‘yinga tushib ketdi. Ko‘zlarining soqqasi quturgan itnikidek irg‘ib chiqqan, og‘zidan ko‘piklar ham sachrayapti. Boshqa bir mullaning qorni ham temirchilarning damidek katta ekan, ichi havoga to‘lami deyman, har puflaganda hatto derazalarning pardasigacha pirpiratib yuboryapti: — Ku-f-f-f-f-f-f-f-f-f!!! Nazarimda mullalarning orasida Sehrgar Iblis ham o‘tirganga o‘xshaydi. Nega desangiz, xonada odam bolasi toqat qilolmaydigan darajada badbo‘y hid bor va yana mullalarning qiroati avjiga chiqqanda, goho: — Ha-ha-ha, — He-he-he, — Hi-hi-hi! — degan menga, faqat mengagina tanish bo‘lgan ovozlar ham eshitilayotgandek. Mullalarning tovushi o‘ti o‘chib qolgan motordek astasekin pasayib borib, so‘ng taqqa to‘xtadi. O‘zlari esa, qalay, qoyil qildikmi, degandek bir-birlariga qarab olishdi. Oorni katta mulla dam chiqaraverib terlab ketgan ekan, yonidan hoshiyasiga ipakli popuk taqilgan ro‘molchasini chiqarib, yuzlarini artarkan, shilq etkazib, mishig‘ini ham qoqib oldi. O‘yinga tushgan mulla o‘tirib suv icha boshladi. — Xudo xohlasa, — deya entika-entika gap boshladi qorni katta mulla, — xudo xohlasa, peshonangizdagi la’nati yozuv bir haftaga qolar-qolmas daf bo‘ladi. Kecha aytuvdimku, insu jins tegibdi, deb. Bu kecha tushimda ham ayon b o ’ l d i . B o s h i n g i z g a bir q o r a q a r g ’ a q o ’ n i b o l i b , peshonangizni cho‘qiyotgan emish. Lekin janoblari, yettita mozorga yettita qo‘y so‘yishni unutmasinlar. — Kecha uchtasini so‘ydirdim, — deb qo‘ydi Shar Manda. — Barakallo, yettita maschitga yettita joynamoz jo‘natsinlar. — Pirim, — deya murojaat qildi Shar Manda, — joynamozlarni o‘zingizdan berib yubora qolsam. — Baayni muddao bo‘lur edi, — sheriklariga o‘g‘rincha nazar tashlab oldi qorni katta mulla, so‘ng kalta qo‘llarini baland ko‘tarib fotiha o‘qiy boshladi, — iloyo omin, shahrimizning eng obro‘li, eng martabali, eng saxiy fuqarosi Shar Mandani o‘zing panohingda asragin. Nogihoniy boshiga yog‘ilgan falokatni o‘zing daf qilgin. Saxiy qo‘llari yana o‘z o‘rniga qaytsin, peshonalaridagi shaytonning ko‘zidek yarqirab turgan anavi bema’ni yozuv tezda daf bo‘lsin, oblohu akbar! — Oblohu akbar, — Oblohu akbar! — deyishib qolgan mullalar ham yuzlarini silab olishdi. Ikki c h i n n i kosada l i m m o - l i m suv t u r g a n edi. Mullalardan biri undan qanday foydalanishni tushuntira boshladi. Shar Manda birinchi kosadagi suvdan har kuni uch ho‘plamdan ichib, ichayotganda, baniyati shifo, deb qo‘yishi kerak ekan. Ikkinchi kosadagi suv bilan to ado bo‘lguncha peshonasini yuvib turishi va soniga yopishgan qo‘llarini tez-tez namlab qo‘yishi zarur ekan, ana shunday qilinsa, xudo xohlasa, bir haftaga bormay, sen ko‘r, men ko‘r boiib ketar ekan. — Inshoollo! — deb qo‘yishdi duoxonlar barobariga. Cho‘ntaklariga pul tushib, qo‘llariga tugun tekkach, mullalar jo‘nab ketishdi. Navbat endi menga kelgandir deb, suhbatga chog‘lanayotgan edim, yo‘q, yana bo‘lmadi. Eshikdan yoshi saksonda desammi, to‘qsonda desammi, ishqilib nechadaligini hech bilib bo‘lmaydigan bir kampir bismillo deya kirib kela boshladi. Shunchalik qaribdiki, beli boshini ko‘tarolmay, yergacha egilib qopti. Nazarimda yurib emas, emaklab kirib kelayotgandek edi. Boshlab kirgan ayollarckm biri ostiga yumshoq ko‘rpacha yozib, orqasiga paryostiq qo‘yib berdi. — Iloyo omin, — kampir ham fotiha o‘qidi, — qadam yetdi, balo yetmasin! Voy, Shar Manda, nima bo‘ldi senga? — Ko‘rgilik ekan, buvi, — xo‘rsinib dedi Shar Manda. — Peshonangga chiroq osib olibsanmi? — Chiroq emas, yozuv. — Qani, o‘qi-chi, bolam. Menam bir eshitay-chi, nima deb yozishibdi? — Tilim bormaydi, buvijon. — Ha mayli, o‘qimasang o‘qimay qo‘ya qol. Hammasini eshitdim. Qo‘ling ham taningga yopishib qolgan emish. Insu jinslarning ishi bu. Voy tavba, uch-to‘rt kundan buyon tushlar ko‘raman-a. Bir alvasti seni minib olib, ko‘chalarda choptirib yurgan emish... Xudo xohlab, pirlar madadkoru aziz-avliyolar qo‘llab yuborsa, hammasini daf qilamiz. Faqat dilingdan parvardigorning nomini qo‘ymasang bo‘lgani. Xolajonim bajarmoqchi bo‘lgan yumushning nomi « k o ’ c h i r i q » d e b a t a l a d i m i yoki « a l a s - a l a s » d e b yuritiladimi, rostini aytsam, bilmas ekanman. Sinchiklab kuzata boshladim. Kampirning amri farmoni bilan uyning yetti burchagiga yetti sham yoqildi. Hazrati Bahovuddin pirimga yetti tanga atab olib qo‘yildi. Eski latta yoqilib, alangasini kampir xolamiz direktorning boshi uzra silkita boshladi va to‘xtamay g‘alati bir ohangda javrab ham turdi: — Alas-alas, Eski palas. Alas-alas, Cho‘pga ixlos. Alas-alas, Jinmisan? Alas-alas Insmisan? Alas-alas, Oora devlar, Alas-alas, Sariq devlar, Alas-alas Daf bo‘ling. Alas-alas Xap bo‘ling. Su-f-f-f... Kampir xolamizning og‘zida tishi yo‘q ekan. Qattiq suflab yuborgan edi, tupugi chiqib, direktorimizning peshonasida parpirah yonib turgan sehrli yozuvga tegsa bo‘ladimi. Bir xayolim artib qo‘yay ham dedim-u, o‘zimni fosh qilib qo‘yishdan qo‘rqdim. — Oora qo‘y so‘yilganmi? — to‘satdan esiga tushib qoldi, shekilli, dag‘dag‘a bilan so‘radi kampir xolamiz, — tezda terisini olib kelinglar, sovub qoladi. Voy, uying kuymagurlar, tez deyapman! Yordamlashib turgan ayollar qora qo‘yning hozirgina shilib olingan, hali sovub ham ulgurmagan terisini sudrab kirishdi. Shar Mandani o‘shanga o‘rab, kampir xolam qo‘liga yetti xil daraxtning novdasini oldi-da, yengil-yelpi ura boshladi: — Ko‘chiriq qildim, Uchiriq qildim. Qochiriq qildim, Qoch, qora devlar! Qoch-qoch deyapman, Ko‘ch-ko‘ch deyapman. Uch-uch deyapman Qoch, sariq devlar! Alvastimisan, Ko‘r, xastamisan, Yo qasddanmisan, Chiq-chiq, chiq, tezroq! Dard berdi xudo, O‘qildi duo, Bo‘ldi mustajo, Chiq-chiq-chiq tezroq! Direktorimizning a’zoi badaniga in qurgan insu jinsu devu parilarni quvib chiqarish marosimi naq bir soatga cho‘zilib ketdi. Bilmadim, shu fursat ichida insu jinslar u k i s h i n i n g v u j u d i n i tark etdimi, yo‘qmi, lekin qora q o ’ c h q o r n i n g terisini k o ’ t a r g a n l a r i d a peshonasidagi «PORAXO‘R» degan sehrli yozuv yana ham charaqlab, sonlariga yopishgan qo‘llari yana ham chuqurroq botibdi. Hechqisi yo‘q, dedi kampir xolam, o‘rnidan turayotib, qora qo‘chqorning qoni, xudo xohlasa, o‘zini ko‘rsatadi. Mullalarga o‘xshab xolamiz ham davolashning qolgan qismini yaratgan egamning o‘ziga havola qildi. Egam xohlasa, dedi, yetti kundan keyin qo‘llaring yozilib, peshonangdagi yozuvni maloikalar o‘chirib tashlaydi. So‘yilgan qo‘yning go‘shti, yog‘ini katta dasturxonga tugib, kampir xolamga berib yuborishgach, nihoyat, eski latta va kuygan sham hidi anqib turgan xonada Shar Manda ikkovimiz yolg‘iz qoldik. — Assalomu alaykum, — dedim xonasiga kirganimdaqangi qilib qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib. — Nima?! — Direktorim ovoz qayoqdan kelyapti ekan deya uyoq-buyog‘iga alanglab qo‘ydi. — Kimsan? Qayerdan gapiryapsan ? «Kimsan?» deganidayoq yana adoyi tamom bo‘ldim. O‘ziyam direktorimizning salohiyati zo‘r-da. Yotgan joyida ham otni hurkitaman deydi-ya! Boshliq-boshliq ekan-da, bari bir dovdirab qoldim. Akbariy, degani cho‘chib: — Men professor Dar Daraja bo‘laman, — deb yuboribman deng. — Dar Daraja?! Shar Mandaning ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi. — Axir u o‘lgan edi-ku? — Men uning arvohi bo‘laman. — Arvoh?! — Ha, arvohiman. — Tavba, ovozing o‘xshamayapti-ku? — O‘lganimdan keyin qabrda yotganda shamollab ovozim shunaqa bo‘p qoldi. — E, tavba, qanaqa kunlarga qoldim o‘zi! Hoy, kim bor? — Chaqirmay qo‘ya qol, eshikni ichidan berkitib qo‘yganman, hech kim kirolmaydi. Oo‘rqma, senga yaxshilik qilgani keldim. Shartimga ko‘nsang, peshonangdagi anavi la’nat tamg‘asini o‘chirib ketaman. — O b b o , h a m k a s a b a - e y , bu y o z u v n i h a l i siz yozganmidingiz? Ammo tirik bo‘lganingizda ta’ziringizni berib qo‘yardim-da. Ha mayli, bo‘lari bo‘ldi endi... Xo‘sh qanaqa shart qo‘ymoqchisiz, ayting, hammasiga roziman. Ko‘chaga chiqolmay qoldim, hamkasaba. — Shirin qovunlar mamlakatidagi eng katta poraxo‘r ekanligingni tan olib, tavba qilishing kerak. — Men-a?! — Ha, sen. — Tuhmat qilyapsan, arvoh! — Peshonangdagi yozuv qora qilniishingni tasdiqlab turibdi-ku! — Uni jinlar yozgan. — Yo‘q, men yozganman. — Sen?! — Ha, men. — Ablah, o‘lmaganingda seni o‘zim bo‘g‘ib o‘ldirgan bo‘lardim. — Oo‘ling yo‘q-ku, sonlaringga yopishib yotibdi-ku? — Bari bir seni o‘ldirardim. — S h u n d a y qilib, p o r a x o ’ r l i g i n g n i b o ’ y n i n g g a olmaysanmi? — Men hech qachon poraxo‘r bo‘lgan emasman, xudoga shukur, diyonatimni yutganim yo‘q. — Bo‘lmasa, senga boshqa bir shart qo‘yaman. Oo‘lingda Akbar Akbariy degan yigitcha ishlaydimi? — Bo‘lsa bordir. Unaqa mishiqilar institutda to‘lib yotibdi. — O‘sha mishiqi tavbaxonadan qutulib kelib, o‘z o‘rnimga tiklab qo‘ying, deb yolborganda yigirma ming g‘isht quydirgansan, to‘g‘rimi? — O‘sha yigitcha hozir qo‘limga tushganda uni ham senga qo‘shib bo‘g‘gan bo‘lardim. — Nega? — G‘ishtning loyini yaxshi pishitmagan ekan. Ustalar devor urayotganida yarmi uqalanib ketibdi. — Ishqilib, quyib berganmidi, axir? — Ha deyapman-ku, arvoh! — Hozir o‘sha yigitcha imorat solmoqchi. Sen ham borib unga yigirma ming g‘isht quyib berasan. — Men-a, institutning shavkatli direktori-ya? Axir, bu men uchun borib turgan haqorat-ku, xo‘rlik-ku. — Akbariy uchun haqorat emasmidi? — Im-m... — Professor Dor Bozning senga ishi tushganmidi? — Menga hammaning ishi tushib turadi. — O‘sha professordan biror narsa ta’ma qilganmisan? — Hozir buning nima ahamiyati bor? — Dor Bozga bir yil davomida nabirangni ko‘tligini yuvdirgansan, to‘g‘rimi? — O‘z ixtiyori bilan yuvgan. — Sen ham o‘z ixtiyoring bilan borib, professor nabirasining ko‘tligini bir yil yuvasan. — Bu g‘irt ahmoqlik-ku, borib turgan xo‘rlik-ku, arvoh, esing joyidami ? — Professor uchun xo‘rlik emasmidi? — Im-m... Shar Manda oin uch marta «Im-m»lab olgandan keyin, suhbatni to‘xtatdim. Hamonki o‘z qilmishiga, aybiga iqror emas ekan, mullayu duoxonlarga peshonasiga puflatib yotaversin, dedim-da, eshigini qarsillatib yopib chiqib ketdim. Shunday qilib desangiz, «Komitet» aniqlagan o‘n yetti poraxo‘rdan yettitasi borib turgan qaysar ekan. Aybiga iqror bo‘lmadi. Peshonasidagi «PORAXO‘R» degan yozuv abadul-abad qolib ketdi. uyousizlik B iror ishga qattiq berilib ketganingda kunning o‘tgani bilan ishing bo‘lmay qolarkan. Haftaning yetti kuni bir-biriga chaplashib ketganidek, fasllar ketidan fasllar kelayotganini ham payqamay qolarkansan. Qarang, quvdiquvdi, qochdi-qochdilar bilan bo‘lib, yozning kelganini ham bilmay qolibman. Umuman, Handalak shahrida umrim tez kechayotganga o‘xshaydi. Kelganimga necha yozu necha qish bo‘ldi, buning ham hisobini unutib yuborganman. Xullas, yana yoz kelib, pishiqchilik boshlanib, bozor rastalariga handalagu qovun-tarvuzlar uyulib ketibdi. Qovun-tarvuzlarini aytmay qo‘ya qolay, ular haqida sizga ko‘p gapirganman. Tarvuzlari esa hay-hay, bittasini so‘ysangiz, butun mahallaga yetadi. Ba’zan shunaqangi kattalari ham uchraydiki, etini qirtishlab olib, ichini mashinaga garaj qilsa bo‘ladi. Handalaklari esa, voy-bo‘y, s h u n a q a n g i xili k o ’ p k i , uch y u z d a n ortiq desam ishonavering. Qishda pishadigan navini ham yaratishgan. Gupillab qor yog‘ib yotishiga qaramay polizlarda handalaklar pishib, olamni xushbo‘y hidga to‘ldirib turadi. Ayniqsa, daraxtning ustida pishadigan xili juda g‘alati bo‘larkan. Awaliga men bu nokning kattasi bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. O ’ s h a n d a s h a h a r t a s h q a r i s i d a g i bir o s h n a m n i k i g a mehmonga boruvdirn. Uy egasidan ruxsat olib, bittasini so‘yib ko‘rsam, yo‘q, handalak ekan. Bay-bay-bay, shunaqa shirinki, tilni yoraman deydi... Oqpishar o‘riklari, tillarang uzumlari, tog‘ ohusining ko‘zidek qop-qora olichalariyu har bittasi yong‘oqdek bo‘lib pishadigan giloslar. Ko‘chalarning ikki tarafiga qator ekilgan behiyu noklarni aytmaysizmi! Meni olmaysanmi degandei< yil bo‘yi sarg‘ayib yotishadi. Anjirlarni bu yerda go‘shti shirin bo‘lsin deb ko‘pincha mollarga berisharkan. Olxo‘riyu g‘aynolilari shunaqangi serhosilki, yarmini kompotu shinni qilishga ulgurib, qolganini ariqlarga oqizib yuborishadi deng. Hatto ayollar urishib qolsa, bir-birini, «xudoyo olxo‘ring mevani ko‘p qilib, yig‘ishtirolmay qiynalib o‘lgin» yolvi «xudoyo moling anjir yemay ta’ziringni bersin», deb qarg‘ashar ekan. Boringki, Handalak afsonalarda ta’riflangan jannatning o‘zginasi edi. Eson-omon o‘z mamlakatimga qaytib borsam, o‘rtoqlarimga, jannatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deya maqtanaman deb ko‘nglimning bir chekkasiga tugib ham qo‘yganman. Sehrgar Iblis paydo bo‘ldi-yu, hamma narsa izdan chiqdi. Hatto daraxtlar ham meva tugmay qo‘ydi. Hozir bozorlardan ham fayz ketgan. Dehqonlar endi bu yerga meva sotgani emas, xarid qilgani kelishadi. Ko‘pincha so‘raganini topolmay, qopchig‘ini quruq qo‘ltiqlab qaytadi. Shunday bo‘lsa ham, bugun men qovunga rosa to‘ydim. Bir m i r i s h k o r n i n g hosilini m a s h i n a d a n tushirishga y o r d a m l a s h i b y u b o r u v d i m , y o r i l g a n i d a n ikkitasini qo‘ltig‘imga qistirib, yaxshi yigit ekansiz, osh bo‘lsin, deya yelkamga ham qoqib qo‘ydi. Birini yeb, ikkinchisini judolik tufayli dillari vayron bo‘lib o‘tirgan Gu La xolam bilan Mu Ti singlimga sovg‘a qilaman deya xiyobondan o‘tib borayotgan edim, kutilmaganda narigi tarafdan burqsib sasiyotgan hidni sizib qoldim. Gap nimadaligini anglab yetmasimdan, o‘sha tomondan munkillagan bir chol chiqib kela boshladi. Sehrgar Iblis dedim-u, yuragim shuv etib ketdi. Qalpoqchamni boshimga kiyishga ulgurmadim. Endi hojati ham yo‘q. Negaki, u allaqachon meni ko‘rib bo‘ldi. Eski kalishini shaloplatib, meni mo‘ljalga olib kelmoqda edi. Shunaqa qarib, ozib-to‘zib ketibdiki, igna yutgan itdek bo‘lib qolibdi. Bel bukchaygan, yelka turtib chiqqan, jag‘laridan et qochib, iyak osilgan, peshonadagi tirish ko‘payib, eski maxsi qoplangandek bir holga kelgan. Agar Iblis bo‘lmay oddiy bir odam bo‘lganda, o‘lay agar, qo‘ltig‘idan olib, uyigacha kuzatib qo‘ygan bo‘lardim. Qo‘limdagi qovunni skameykaga qo‘yib, har ehtimolga qarshi, tayyor bo‘lib turdim. Hassasi bilan tushirib qolishi ham hech gap emas edi-da, to‘g‘rimi? — Ha, yigitcha, qayoqdan kelyaptilar? — ilondek vishillagan ovoz chiqardi. — Bozordan, — deb qo‘ydim. — Oovun olibdilar-da? — Ha, qovun oldik. — Bittasini allaqachon qorinlariga joylab ham olganga o‘xshaydilar. — Shunaqa bo‘ldi. — Meni taniyaptilarmi? — Sehrgar Iblissan, qiyofangni yana o‘zgartiribsan, ablah! — Hay-hay, keksalarni haqorat qilish y;ixshi emas. Ko‘rib turibsan, bir oyog‘im go‘rda, bir oyog‘im yerda bo‘lib qoldi. — Ikkoviyam go‘rda bo‘ladigan kun yaqin. — Qo‘y, unday dema, bo‘talog‘im. Aslida men sening oldingga yaxshi niyat bilan ketayotgan edim. Bir necha kundan beri axtaraman, nima balo, sen ham sehrgarmisan deyman, goh ko‘zga ko‘rinasan, goh yana yo‘q bo‘lib qolasan. Ha, bo‘talog‘im, ko‘rib turganingdek, qarib qoldim. Sehrimning ham ta’siri unchalik bo‘lmayapti. Ustozing ikkovingga bas kelolmaydiganga o‘xshayman, sehrgarlilcda mendan zo‘rroq ekansizlar. Tayyorlayotgan dorilaring sehrimning kuchini kesib qo‘yyapti. — Aql hamma vaqt sehrdan ustun kelgan, — deb qo‘ydim. — Gap qo‘shmay tur, bo‘talog‘im. Adashib ketyapman. Ana, adashib ham ketdim, shekilli. O‘zi xotira ham sal chatoqroq bo‘lib qolgan... Men sening oldingga yarashaylik deb keldim. — Yarashaylik?! — Ha, ke endi yarashib qo‘ya qolaylik. — Ustozimni bo‘g‘ib o‘ldirgan makkor iblis bilan-a? — Ustozingni men bo‘g‘ganim yo‘q, o‘zi o‘lib qoldi. Umuman, biz iblislar qotillikni qattiq qoralaymiz. Odamlar qalbida yomonlikni avj oldirib yashashimiz uchun yaxshi sharoit yaratamiz-u, lekin qotillik qilmaymiz. Ustozingni men bo‘g‘madim. Ishxonasiga kirsam, eski divanda cho‘zilib yotgan ekan. Darmonim qurib qolgan edi, qonidan ozgina ichay deb barmog‘ini so‘rgan edim... o‘z-o‘zidan uxlab qoldi. — Demak, o‘ldirgansan! — G‘alati yigit ekansan-da, aytyapman-ku, men chiqib ketayotganda hali tirik edi. Shu paytda o‘zim o‘zimdan xafa bo‘lib ketdim. Qarshitnda yovuz dushmanim turganini bila turib, u bilan adi-badi aytishib o‘tiribman-a. Undan ko‘ra ustiga shartta tashlanib, bo‘g‘ib qo‘ya qolganim yaxshi emasmikin, deb o‘yladiin-u, tezgina bu fikrimdan qaytdim. Axir, unda vujud yo‘q, bo‘g‘ganimda quruq havoni bo‘g‘amanmi? Uni ustozim aytganidek, jismonan emas, ruhan o‘ldirish kerak. Iblis ilondek vishillab yana gapira boshladi. Yarashsak, menga sevgilim Gu Lixonni qaytarib berar ekan. Buning evaziga men Handalak shahrini uning ixtiyoriga berib, tashqariga chiqib ketishim yoki u sehrlagan odamlarga Noyob dori ichirishni to‘xtatishim darkor ekan. Kishilarning cialbi va ruhida sarqitlarni avj oldirib, qariganida huzurhalovatda yashamoqchi ekan. Meni xiyonat yo‘liga boshlamoqchimisan, dedim qaltirab. Shunday qattiq hayajonlandimki, uyog‘iga gapirolmay qoldim. Bo‘lmasa, deya yana vishillashga tushdi Iblis, shaharni qoq ikkiga bo‘lib olamiz. Yangi shahar qismi senga-yu, eskisi menga bo‘la qolsin. Sen ham o‘z bilganingcha, men ham xohlaganimcha yashayveramiz. Shunda senga, hozir aytganimdek, ikkita yaxshilik qilaman. — Sendan yaxshilik ham chiqadimi? — Chiqadi. Noming qotilga chiqqan, shundaymi? — Qani, gapiraver-chi. — Shu tufayli qochoq bo‘lib yuribsan, to‘g‘rimi? — Bu tuhmatni ham sen o‘ylab chiqargansan. — Albatta, men o‘ylab chiqarganman-da. Bo‘lmasa kim deb o‘ylovding? Shartimga ko‘nsang, tuhmatdan qutulib o l i s h i n g g a y o r d a m l a s h i b y u b o r a m a n . Birgalashib, «Sarqitlarga qarshi kurash komiteti»ni tugatib, idorasiga o‘t qo‘yamiz-da, ana undan keyin shaharning o‘zimizning chekimizga tushgan qismida yallo qilib yashayveramiz. — Iblis, — qat’iy bir ohangda dedim, — sen dunyodagi barcha razolatdan tashkil bo‘lgan Yomonlik ramzisan, shundaymi ? — Xuddi shunday, — qo‘lidagi hassasini do‘qillatib yerga urdi Iblis. — Men senga qarshi kurashyapman, to‘g‘rimi? — To‘ppa-to‘g‘ri, — yana hassasining do‘qillagan ovozi eshitildi. — Demak, men Yaxshilik ramziman. Tarix fanida ozgina xabaring bo‘lsa, qani ayt-chi, o‘tmishda Yaxshilik Yomonlik bilan hech yarashganmi? Ikkovlarining shartnoma tuzganini biron kitobda o‘qiganmisan ? Bilib qo‘y, Yaxshilik Yomonlikka qarshi hamisha jang qilgan... — Lekin hech qachon yenggan ham emas, — iblisona bir ohangda kulib qo‘ydi Sehrgar. — Endi yengiladigan vaqting keldi. Qara, hammayoqda go‘zallik gullari ochilyapti. Yaxshilik askarlari qo‘llariga qilich olib, safga tizilyaptilar. Razolat qo‘shinini qirib tashlaymiz endi. Sen berkinadigan qora qalblar poklanib, yashashing uchun joy topolmay qolasan, o‘lasan endi! — Yarashmaysanmi? — teskari o‘girilib so‘radi Iblis. — Hech qachon! — Shartnomaga qo‘l qo‘ymayman degin? Shoshmay tur, hali bulbuligo‘yo bo‘lib sayrashni senga ko‘rsatib qo‘yaman! Sehrgar Iblis cho‘ntagidan xaltacha olib, engashib yerga bir hovuch kukun to‘kdi-da, gugurt chaqib yubordi. Shuncha vaqtlardan buyon u bilan olishib, sehrini qanday amalga oshirishini hech ko‘rmagan edim. Odam bolasi har qancha hushyor bo‘lmasin, uning ojiz tomonlari ham boiar ekan-da. Yugurib borib, olovlanib kelayotgan kukunni tepkilab tashlash o‘rniga, qani, qanday yonar ekan, yonganda ichidan nima chiqar ekan, deb kuzatib o‘tiribman-a! Kukun pov etib bir vondi-yu, to‘satdan tutunga aylanib burqsiy boshladi. Ko‘z yumib-ochguncha butun xiyobonni achchiq dud qoplab ketdi. Qiziq, o‘zi achchig‘-u, shiringina ta’mi borga o‘xshaydi. Tutun orasida Sehrgar Iblisning o‘zi ham erib ketgandek yo‘q bo‘lib qoldi. Qovunni qo‘ltiqlab, uyga jo‘nadim. Achchiq dud mendan oldin uyga yetib kelgan, boringki, butun mahalla, butun shahar ko‘kish tuman ichida qolgandek edi. Odamlar buni sezmas, qaytaga kayflari chog‘, bir xillari xirgoyi qilib, ashula ham aytishardi. O‘sha kechasi shaharda hech kim uxlamadi, barchasi kayfiu safoga berildi. Kimdir ichkilik ichipti, kimdir baqirib ashula aytipti, kimdir qo‘llarini laylak-laylak qilib silkitib o‘yinga tushyapti. Ertasiga ham, indiniga ham boringki, bir hafta o‘tsa hamki, hech bir zot ko‘z yummadi. Oorong‘i t u s h i s h i bilan u y q u s i r a g a n , a l l a n a r s a l a r n i gapirib sandiroqlagan odamlar ko‘chalarni to‘ldirib yuborardi. Bir xil k o r x o n a l a r d a ish taqqa t o ’ x t a d i . T o ’ x t a m a g a n korxonalarning ham unumdorligi pasayib, sifat degan narsa qolmadi. «Sarqitlarga qarshi kurash komiteti» shahar ma’muriyati bilan maslahatlashib, tadbir ustiga tadbir belgilardi. Dorixonalardagi uyqu dorilari tekinga tarqatildi. Aksiga yurib, uyqu dorilari uyqusizlikni daf qilish o‘rniga avj oldirib yubordi. Bir kishi uyqusirab boshqa odamning uyiga kirib boribdi-da, qozondagi ovqatini pok-pokiza tushirib, xotini solib qo‘ygan o‘rinda uxlamoqchi bo‘libdi. Uy egasi bunday qarasa, o‘rnida bir barzangi yotgan emish. Kimsan, nega mening o‘rnimda yotibsan, desa, barzangi, men tush ko‘ryapman, dermish. Tush ko‘rayotgan bo‘lsang, nega o‘z xotining bilan emas, mening xotinim bilan yotibsan, desa, og‘zini kap-kap ochib, esnab, tush ko‘rgandan keyin sening xotining bilan yotdim nimayu, o‘zimning xotinim bilan yotdim nima, bari bir emasmi, dermish. Jajji singlim Mu Ti maktabdan ham xunuk xabarlar keltira b o s h l a d i . Bitta m u a l l i m u y q u s i r a b h a m m a o‘quvchilarning kundaligiga ikki baho qo‘yibdi-da, so‘ng bo‘rni g‘arch-g‘arch qilib chaynay boshlabdi. O‘quvchilar nega unday qilyapsiz, deyishsa, bu qand-ku, sizlar ham yeyaberinglar, shiringina ekan, dermish. Direl<tor bilan ilmiy bo‘lim mudirasi o‘quvchilarga, saf tortinglar, deb buyuribdida, qo‘ltiqlashib chiqib, bir-birlariga suyanib, tek qotib qolishibdi... Uyqusizlik hammaning xotirasini izdan chiqarib qo‘ygan edi. Shahar ma’muriyati ham dovdirab qolganga o‘xshaydi. Nima qilayotganini o‘zi ham bilmasdi. Goh karnaychilarni to‘plab, gumburlatib karnay chaldirar, goh hamma atala qilib ichsin, orom beradi, deya farmon chiqarar edi. «Komitet» a’zolari ham, adolatli boshlig‘im Nari Beri ham adoyi tamom bo‘lishdi. Bir xili idorani topib kelolmas, topib kelgani qaytayotganda adashib, butunlay boshqa mahallaga o‘tib ketar edi. Shaharning yakkayu yolg‘iz hukmdori Sehrgar Iblisning o‘zi bo‘lib qoldi. Uning mazax aralash qahrli kulgisi endi hamma joydan eshitilib turardi. Bamisoli, xo‘sh, Yaxshilik timsoli bo‘lgan yigitcha, ahvoling qalay endi, deb so‘rayotgandek. O‘zim ham shu darajada shoshib, dovdirab qolgan edimki, ishni nimadan boshlashni bilmasdim. Ustozimdan meros qolgan temir sandiqni o‘n uch kun titkilab, bari bir uxlatadigan dori borligini aniqlay olmadim. O‘n to‘rtinchi marta titkilayotgan edim: — Ovsar ekansan, — deya ovoz berib qoldi boshimda turgan Oalpoqcham. — Nega unday deysan, azizim, — dedim xafa bo‘lganday bir ohangda. — Ustozingdan faqat bitta sandiq meros qolgan mi? — Yo‘q, ikkita edi. — Nega unisini ham ochib ko‘rmaysan? Oarang, ikkinchi sandiqni birinchi sandiqning ostiga ko‘mib yuborganim esimdan chiqib ketgan ekan. Shoshganda labbay topilmas deb shuni aytsalar kerak da! Sehrgar Iblis bilan olib borilayotgan jangda olishuv kuchayib, so‘nggi bosqichga ko‘tarilganda uning sehrini daf qilish uchun qaysi doridan, qay yo‘sinda foydalanishni donishmand ustozim yozib ketgan ekan. Sandiqdagi ikki yuzga yaqin neylon xaltachalarda kukun dorilar turibdi. Har birining ustiga dorining nomi, qo‘llanish usullari bitilgan yorliq ham yopishtirilgan. «Uxlatadigan» deb nomlangan xaltachani oldim-da, 0,7 gramm tutatilsa, butun shaharni uxlata oladi, degan yozuvni yo‘l-yo‘lakay o‘qib, tashqariga otildim. O‘sha paytda shoshganimdanmi, gugurt topolmay qiynalganimni ko‘rsangiz. Kunduz soat uchlarga borganda bir amallab o‘t yoqdim-u, alanga ustiga xaltachadagi Noyob k u k u n n i n g hammasini to‘kdim. Paydo bo‘lgan achqimtir dudning chindan ham sehrli quvvati bor ekan. Bir zumda shahar ustini tumandek qopladi-yu, tentirab yurgan odamlarni joy-joyida uxlatdiqo‘ydi. O‘zim ham uyqusizlikdan rosa qiynalib yurgan edim. Yo‘q, Iblisning sehri tufayli emas, Qalpoqcham afsun o‘qib, meni sehr ta’sir c}ilmaydigan qilib qo‘ygan. Uyqusizligimning sababi odamlarning ahvoliga achinib, vijdon azobidan qiynalganimdan edi. Xullas, rosa uyqusiragan edim, Gu La xolamning ichkari uyiga kirib olib, roppa-rosa ikki kechayu ikki kunduz gumburlatib xurrak otibman deng. Varanglab chalingan karnay ovozidan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni yiribyirtib ko‘chaga chiqsam... e, xayriyat-ey, hayot o‘z iziga tushib olibdi. Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek. Birov ishga ketyapti, birov qaytyapti, kimdir o‘g‘ilchasini yetaklab bog‘chaga oshiqayapti. Oradan yetti kun o‘tgach, sizga ham, menga ham tanish bo‘lgan shahar maydonida katta tantana bo‘lib o‘tdi. Fuqaro boshiga yog‘ilgan ofat paytida jonbozlik va alohida qahramonlik ko‘rsatgani uchun «Komitet»ning barcha a’zolariga maqtov qog‘ozlari, adolatli boshlig‘i Nari Beriga esa ikkinchi darajali Katta qovun mukofoti topshirildi. Meni esa hech kim eslamadi. sehrgar iblisning diplom o‘g‘irlagani T o‘g‘ri, o‘sha kuni meni hech kim eslamadi. Lekin xafa bo‘lganim yo‘q. Aslini olganda men bu turgan-bitgani mashaqqatdan iborat bo‘lgan goh qayg‘uli, goh quvonchli bo‘layotgan ishlarimni ikkinchi darajali Katta qovun mukofotini olish uchun qilayotganim yo‘q. Vijdon azobidan qutulish, asirlikda yotgan sevgilimni qutqarish, ustozimning vasiyatlarini o‘rniga qo‘yish niyatida bajaryapman. Ustozim orzulari ushalmay olamdan ko‘z yumadi. O‘sha kishining ruhini shod etmoq uchun Handalakda so‘nggi illat qolguncha yeng shimarib olishishim shart. Uyog‘ini surishtirsangiz... ha, mayli, siz surishtirmang-u, men ham gap xaltamni ochmay qo‘ya qolay. Esingizda bo‘lsa kerak, hikoyamning boshrog‘ida «Inson» institutida beshta laboratoriya ishlab turadi, shulardan biri «Olimlap> laboratoriyasi, deb aytgan edim. Keyinchalik o‘sha yerdagi xodimlar bilan qalin o‘rtoq bo‘lib ketganman, umr insonga uni so‘nggi daqiqagacha himoya qilish sharti bilan beriladi, degan hikmatni o‘shalardan eshitganman. Ishlari gumbur edi. Musobaqada -g‘olib chiqib, ikki bora pul mukofoti ham olishgan. Sehrgar Iblis paydo bo‘lishi bilan zaharlashni mana shu yerdan boshlagan ekan. Avvalgi direktorimizni boshiga tuhmat yog‘dirib, asta-sekin jinoyatga ham o‘rgatib, ishdan oldiribdi. Keyin birovga aytsangiz ishonmaydigan fojialar yuz beraveribdi. Sehrgarning o‘zi olim qiyofasiga kirib olibdida, bu yerda birmuncha muddat direktorlik ham qilibdi. Lavozimga o‘tirishi bilan shumligini boshlab, tuni bilan uxlamay, o‘zi ko‘pincha sehrini tunda ainalga oshiradi, professoru dotsentu, boringki, barcha olimlarning unvoni, ilmiy darajasi yozilgan diplomlarini o‘g‘irlab, hech kim topolmaydigan joyga berkittiribdi. Olimlarning qalbidagi unvonparastlik cho‘g‘ini puflab alanga oldirib: — Ha-ha-ha. — He-he-he. — Hi-hi-hi, — deb kulib ham qo‘yibdi. Bu ishlarni u yaxshi samaralar berayotgan ilmiy ishlarga xalaqit berish uchun qilgan ekan. Va tez kunda niyatiga ham yetibdi. Shunaqangi katta janjal boshlanibdiki, o‘z ustilarida tajriba o‘tkazilayotgan kishilar qo‘rqib ketib, tajribalaring ’boshingdan qolsin-ey, deya ko‘rpa-to‘shagini ko‘tarib, uyuylariga jo‘nab ketibdilar. Bir xonadan: — Mening unvonimni sen o‘g‘irlagansan! — Yo‘q, sen menikini o‘g‘irlaganga o‘xshaysan. — Uyimga pistirib kirayotganingni xotinim ko‘ribdi. — Diplomim kelgan kuni hamma tabriklaganda sen tirjayib turuvding, — degan ovozlar eshitilarmish. Boshqa bir eshigi qiya ochiq turgan xonadan esa: — Dissertatsiyangni birovga yozdirgansan, to‘nka! — O‘zing-chi, rahbaringning uyiga sovg‘a tashiyverib abjag‘ing chiqib ketdi-ku, eski arava! — Endi hammamiz teng bo‘ldik. — Sen bilan teng bo‘lguncha, o‘lganim yaxshi, — degan yo‘g‘on-ingichka ovozlar quloqqa chalinib qolarmish. Uchinchi bir xonada bo‘lsa: — Endi unvonsiz qanday yashayman? — Ichim kuyib ketyapti, og‘ayni! — Naq o‘ttiz yil urinib, zo‘rg‘a oluvdim-a! — Dadam o‘lmaganda ham boshqa gap edi. Hammasini o‘sha to‘g‘rilardi. — Oaynotam yana bitta diplom topib bermasa, qizini taloq qilaman, — mazmunidagi oh-vohlar eshitilarmish. Ilmiy xodimlarning ishni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, janjallashishga tushib ketganini ko‘rgan Sehrgar Iblis tanasiga sig‘may semirib: — Ha-ha-ha. — He-he-he. — Hi-hi-hi, — deya qotib-qotib kular emish. Olimlardan biri hushyorroq ekan. Azizlar, debdi, bu ahvolda bir-birimizni yeb tugatadiganga o‘xshaymiz. Undan ko‘ra, yuqoriga iltimos qilib xat yozaylik. Kelib, unvonimizni tiklab berishsin. Taklif oqilona bo‘lgani sabab, hammalari ma’qullashibdi, birgalashib quyidagi xatni yozishibdi: «ILTIMOS NOM A «Sarqitlarga qarshi kurash shahar komiteti»ga! Eshitishimizcha, Sehrgar Iblis zaharlagan barcha shaxslarga yordam qo‘lingizni cho*zayoigan emishsiz. Biz ham yordamingizga rnuhtoj bo‘lib qoldik. Allaqanday mo‘jiza yuz berib. bir kechada barchamizning unvon, ilmiy darajamiz qayd qilingan diplom va shu diplomlar berilganligi haqida turli lashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar o‘z~o‘zidan yo‘q bo‘lib qoldi. Yuqoridagi iashkilotlarga xat yozsak, sizga hech qachon diplom ham, ilmiy daraja ham berilgan emas, degan mazmunda javoblar kelmoqda. Institutimizning direktori endi hammang teng bo‘lding. Hamonki maqsading ishlash bo‘lsa, yengni shimarib ishlayvermaysanmi, deb bizni haqorat qildi. Unvonsiz, ilmiy darajasiz qanday ishlaymiz! Zudlik bilan yordam berishlaringizni so‘raymiz. Unvonidan ayrilgan bir guruh olimlan>. «Akt Mb 246 Biz tubanda imzo chekuuchilar, «Sarqitlarga qarshi kurash shahar komiteli»ning vakillaridirmiz. Binobarin, quyidagilarni qayd qilamiz. «Olimlar» laboratoriyasiga kelib tekshiruv o‘tkazdik. Xodimlarning qalbini Sehrgar zaharlab qo‘ygani shundoqqina ko‘rinib turibdi. Buni biz ilmiy ishlar taqqa to‘xtab, olimlar bir-birining ustidan bo‘hton yozayotganligidan bilib qoldik. Inson umrini uzaytirish o‘rniga o‘zlari bir-biriarining umriga zavol bo‘lmoqdalar. Yo‘qolgan unvon va ilmiy darajalar tiklanguncha ishlab turishlarini maslahat bergan edik, o‘n bir olim bir ovozdan ilmiy darajasiz, unvonsiz ishlaydigan ahmoq yo‘q, deb turib olishdi. Xulosa: Sehrgar Iblis barchalarining qalbi va ruhidagi unvonparastlik tuyg‘usini avj oldirib yuborgan. Shahar dorixonalarida unvonparastlik kasalini davolay oladigan dorilardan qolgan bo‘lsa bu yerga ko‘proq jo‘natilishini so‘raymiz. Ur Bon, Qur Bon, Os Mon». ...Bu voqealar ustozim ikkimiz tavbaxonadaligimizda yuz b e r g a n e k a n . S e h r g a r Iblis niyatiga yetgach, ya’ni janjallashayotganlarning qalbidagi insof va adolat tuyg‘usini h a m yig‘ishtirib olib, n e y l o n xaltachaga solib, i n s t i t u t ostonasi ostiga ko‘mibdi-da, o‘z o ’ r n i g a a n u v k u n i ta’riflab b e r g a n i m Shar M a n d a n i d i r e k t o r l i k k a ko‘tarib, k o ’ z d a n g‘oyib bo‘libdi. T a v b a x o n a d a n qaytgan kezlarimda Shar Mandaga duch kelib, qanchalik qiynalganimni sizga aytib b e r g a n m a n . Agar y o i i m t u s h i b «Komitet»ga borib q o l m a g a n i m d a , a ’ z o l a r k u y i b - p i s h i b majlis qilib, laboratoriyadan tushgan navbatdagi shikoyatni muhokama qilayotganlari ustidan chiqmaganimda men bu voqealarni sizga ipidan-ignasigacha so‘zlab o‘tirmagan bo‘lardim... Qalpoqchamni kiyib, ko‘zga ko‘rinmas bo‘lib olgan emasmanmi, majlisning borishini kuzatib, bir chekkada jimgina o‘tiraverdim. O‘yu xayollarga berilib, andak mudrab ham qolgan e k a n m a n , bir mahal bunday qarasam, muhokama tugallanay deb qolibdi. — Oamash kerak, — deyapti bittasi. — Unvonparastlik... jinoyat emas, — deyapti boshqasi. — Buni ma’naviy jinoyat deb ta’riflashimiz kerak, — deyapti uchinchisi. Janjalni tinchitib, ilmiy ishlarni yana avj oldirib yuborish komitet boshlig‘i Nari Berining o‘ziga yuklandi. Ishim boshimdan oshib yotibdi, deganiga ham qarashmadi. Bunaqangi qaltis paytda o‘zingiz aralashmasangiz bo‘lmaydi, bir-birlarini nobud qilib qo‘yishlari mumkin, deyishdi. Har qalay, ko‘pchilik ekan-da, boshlig‘im yo‘q deyolmadi. Bir xayolim boshimdan Qalpoqchamni olib, o‘zimni ko‘rsatib, qo‘ya qoling, o‘zim tinchitib kelaman, degirn ham keldiyu, lekin, ha, qochoq, nega qonun organlariga chap berib yuribsan, deya tutib berishlari ham mumkin edi-da. Shundan qo‘rqib fikrimdan qaytdim. Sobiq boshlig‘imning mashinasida bo‘sh o‘rin bor ekan, yoniga o‘tirib oldim. Nima desangiz deng-ku, lekin mening adolatli boshlig‘im g‘oyat ishchan, g‘oyat tashkilotchi odam. Bir vaqt kelib, men ham rahbar bo‘lib qolsam, tajribasidan foydalanaman, deya necha bor ko‘nglimdan o‘tkazganman. Institutimiz direktori peshonasiga «Poraxo‘n> degan sehrli yozuv yozilib, ko‘chaga chiqolmay qolgandan buyon bu dargoh rahbarsiz edi. Nari Beri shuni hisobga oldimi, mayda-chuyda rahbarlar bilan pachakilashib o‘tirmay, shikoyat yozganlarni to‘plab: — Nega ishlamayapsizlar? — deb do‘q-po‘pisa qildi. — Unvonsiz ishlab bo‘larkanmi? — awalgi gaplarini takrorlashdi xodimlar. — Hamma ishlayapti-ku? — Biz hamma emasmiz! — Maqsad nima o‘zi? — Ilmiy darajamiz qaytarilsin! — Ilmiy clarajani qaytarish uchun attestatsiya o‘tkazamiz bo‘lmasa. — Ikki dunyoda ham rozi emasmiz. — Nega rozi emassiz? — Ko‘plarimiz qarib qolganmiz. Kallada ro‘zg‘or tashvishidan boshqa hech narsa qolmagan. — Qarigan bo‘lsangiz unvonning nima keragi bor? — Ehtimol, qabr toshimizga yozdirish uchun kerakdir. — Faqat shuning uchunmi? — Yo‘q, albatta, — Nimaga bo‘lmasa? — Qaysi birimiz qaysi birimizdan zo‘rroq, ustunroq ekanligimizni bilib turish uchun. — Zo‘rligingizni ishda, amalda ko‘rsatsangiz bo‘ Imaydimi ? — Bo‘lmaydi. — Nega? — Hali aytdik-ku, qarib, ishga yaramaydigan bo‘lib q o l g a n m i z . Yaroqsizligimizni ilmiy d a r a i a l a r i m i z u unvonlarimiz berkitib turadi. — Unda bir xillaringizni ishdan bo‘shat shga to‘g‘ri keladi. — Bo‘shatib bo‘psiz. Ustingizdan yozaverib, onadan yangi tug‘ma qilib tashlaymiz. — Meni-ya?! — Yo‘q, bo‘shatmoqchi bo‘lganni. — Xo‘sh, siz nega qo‘l ko‘taryapsiz? — Shar Mandani sudga berilishini talab qilaman. — Sabab? — Professorlik diploming yo‘qolgan emas, mening sandig‘imda turibdi, ko‘nglimni xushlasang qaytarib beraman, deb bir yil davoniida menga nabirasining ko‘tligini yuvdirib xo‘rladi. — Qaytarib berdi mi, axir? — Ko‘tlikni chala yuvar ekansan, dazmol bosishni bilmas ekansan, deb bermadi. Bir vaqt kelib, Handalak shahri tarixi yozilayotganda o‘n uchinchi iyul, kunduz soat 3 da yana bir mo‘jiza yuz berdi, bu mo‘jiza professor Akbar Akbariyning ajoyib va g‘aroyib burni tufayli bo‘ldi, deya qayd qilishlarini juda-juda ham istar edim. Agar shunday qilinmasa, tarixiy haqiqat buzilgan bo‘ladi. Nari Beri ilmiy xodimlar bilan dahanaki jang qilayotganda, kutilmaganda, dimog‘imga g‘alati-g‘alati hidlar urila boshladi. Shu vaqtgacha bunaqangi hidni hech tuymagan edim. Xushbo‘y, yoqimli va yana ipakdek mayinligi ham bordek. Aytuvdim-ku, har qanday hid ham burnimga ko‘rinmas ip bog‘lab, qayerdan taralayotgan bo‘lsa, o‘sha yerga sudrab ketaveradi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Institut darvozasi yonida xom g‘ishtdan tiklangan bir zina bor edi. O‘shaning kavagidan neylon xaltacha topib oldim. Sehrgar Iblis xodimlar qalbidan sidirib olgan insof tuyg‘usini mana shu yerga berkitgan ekan. Xazina topgan gadoydek sevinib ketdim. Shoshilib xaltachalarni oldim-da, dahanaki jang ketayotgan xonaga kirib, bog‘ichini yechib, bir-ikki silkitdim. Bilmadim, insof ilmiy xodimlarning og‘zidan ldrdimi, har qalay, yana bir mo‘jiza yuz berdi. Xodimlar xuddi shokolad o‘g‘irlab qo‘lga tushgan yosh boladek birbirlariga xijolatomuz tikilib qolishdi. — Rostini aytsam, shu paytda o‘zimdan-o‘zim uyalib ketdim, — deya gap boshladi birovi. Burnim xuddi remontdan chiqqan mashinadek yana ravon ishlab qoldi. Oayerdandir qora tush bilan chiriy boshlagan qog‘ozning aralash hidi kelaverdi. Burnimga bog‘langan ko‘rinmas ip hovlidagi chinor ostiga yetaklab ketdi. Qarang, Sehrgar Iblis bu yerga diplomlarni ko‘mgan ekan. Keyinchalik kavlab olib yana bir ishkal chiqaraman, deb niyat qilgan ekanmi, shunaqangi avaylab ko‘mibdiki, asti qo‘yaverasiz. O‘rtadagi uzun stol ustida qadrdon diplomlari to‘satdan paydo bo‘lib qolganligini ko‘rgan xodimlar ancha mahal yelka qisishib, hangu mang bo‘lib turishdi. So‘ng asta-sekin o‘zlariga kelib, qo‘llariga olishib, biri o‘pib, biri ko‘ziga surtib, boshqasi bag‘riga bosib, entika boshladilar. — Rahmat sizga, — dedi professorlardan biri Nari Beriga qo‘l uzatib. — Ofarin! — dedi boshqasi. — Rahbar degan mana bunaqa bo‘pti! — degan ovozlar ham eshitila boshladi. O‘z tashakkurlarini bayon qilishning boshqacha yo‘lini topa olmadilar, shekilli, Nari Berini qo‘llarida ko‘tarib, osmonga ota boshladilar. Ilmiy ishlarimizga rivoj berganingiz uchun, inson umrini uzaytirishga yo‘l ochganingiz uchun, degan ovozlar institut darvozasidan chiqib ketganimdan keyin ham anchagacha eshitilib turdi. Keyingi safar borganimda «Olimlan> laboratoriyasidagi ishlar yana awalgidek avjlanib ketganini ko‘rib, o‘zimda yo‘q sevinib, omon bo‘lgur burnimni qayta-qayta silab qo‘ydim. XXXVII o‘lim t o ’ s h a g i d a B oshga tashvish tushganda yetti yot begonalar ham aka-ukalardek inoqlashib, bora-bora bir-biriga suyanadigan, ko‘rmasa turolmaydigan bo‘lib qolarkan. Biz ham shunaqa bo‘ldik. Bo‘lmasa men qayoqdayu, Mu Ti qayoqdayu, Gu La xolam qayoqda edi. Sehrgar Iblisning shahar boshiga ofatlar yog‘dirishi bir-birimizga yaqinlashtirgan bo‘lsa, hammamiz uchun qadrdon bo‘lgan ustozim Dar Darajaning dunyodan ko‘z yumishi bizni payvandlab qo‘ydi. Endi q u v o n c h i m i z h a m , g‘amu tashvishimiz ham o‘rtada. Mening andak xafa bo‘lganimni ko‘rsa Gu La xolam tuni bilan uxlayolmaydi. Mu Tini ko‘chada bitta-yarimta bola yig‘latgudek bo‘lsa, qulog‘idan cho‘zmaguncha mening ham ko‘nglim joyiga tushmaydi. Bamisoli bir ariqdan suv ichib, bir havodan bahra olib, bir quyoshdan nur emib o‘sayotgan daraxtlarga o‘xshaymiz. Shamol kelsa, tengdan chayqalamiz, quyosh chiqsa bir xilda qarsak chalamiz. Prokuror qamamoqchi bo‘lganda qochib kelgan kunim xolajonim bilan singlim, to‘g‘ri qilibsiz, ustozni siz o‘ldirganingiz yo‘q, Gu Lixonni ham olib qochgan emassiz, haqiqat yuzidagi qora parda olib tashlanguncha, berkinib yurganingiz ma’qui, deyishib, qanday qilsam qo‘lga, tushmasligim haqida talaygina maslahatlar ham berishdi. Mening ham sal kun sehrgar ekanligimni allaqachon bilib olishgan. Mendek qahramon bilan (Iblis bilan olishayotganim u c h u n shunday deyishsa kerak-da) bir uyda yashayotganlaridan pinhona faxrlanib, xudo xohlasa, bizning ham nomimiz tarixga kirib qolsa, ajab emas, deyishib birbirlariga ko‘z qisib qo‘yganlarini necha bor kuzatganman. Boringki, i n o q q i n a y a s h a b t u r i b m i z . Bora-bora ustozimning vafoti tufayli qalbimizga og‘ir tosh bo‘lib cho‘kkan g‘ussa ham ko‘tarilib, uyimizda hazil-mutoiba, qahqahayu qiyqirib kulishlar ham paydo bo‘lib qoldi. Lekin har bir narsaning ham vaqti-soati bo‘larkan-da. Ko‘rib turibsiz, Sehrgar Iblisni butunlay mahv etishga qurbim yetmayapti. Sevgilimni axtarib ertaklardagi qahramonlarga o‘xshab yo‘lga chiqay desam, o‘zingiz ham necha bor eshitdingiz, Sehrli Qalpoqcham ruxsat bermayapti. «Yo‘q, bugun yo‘lga chiqasan, — deb qoldi kutilmaganda boshimda turgan Qalpoqcham, — sevgilingning hayoti xavf ostida. Uni tezroq qutqarishing zarun>. O‘zimning ham yuragim bir narsani sezayotgandek kechadan buyon betoqat edim. Hatto shu kechasi g‘alati-g‘alati tushlar ham ko‘rib chiquvdim. — Bugun o‘zing to‘qigan ertakning qahramoni bo‘lasan, — yana gap qo‘shdi Qalpoqcham, — hozir tarix muzeyiga borasan-da, ichkari zalda osig‘liq turgan po‘lat sovutni ustingga kiyib, o‘sha yerdagi qilich bilan qalqonni ham olasan. So‘ng sirkka o‘tib, eng uchqur otlardan birini tanlaysan, yo‘lga ravona bo‘lasan. — Bu juda qiziq-ku? — dedim hayron bo‘lib. — Bittayarimta mashinani kira qila qolsak bo‘lmaydimi? — Bo‘lmaydi, — e’tiroz bildirdi Oalpoqcham, — sevgiling seni ertaklardagi qahramonlar qiyofasida kutyapti. Hamonki sevgilimning orzusi shu ekan, bajo keltirishim shart. Sovut kiyish ekan-ku, yelkangda tog‘ni ko‘tarib borasan desalar ham rozi bo‘lardim. Faqat uni salomat ko‘rsam, tongda ochilgan atirguldek tiniq yuziga bir nigoh tashlasam, Akbariy degan yoqimli kuydek yoqimli ovozini eshitsam bas! Shahardan chiqayotganimda kun peshindan oqqan edi. Vaqtliroq chiqsam ham bo‘lardi-yu, la’nati sovut bilan dubulg‘ani kiyishni bilmas ekanman. Ko‘p vaqtim shunga ketib qoldi. Mayda-chuyda po‘lat halqachalardan to‘qilgan shim, ustiga tunuka qoplangan baland poshnali etik, zanglagan qilich, mis qalqon, boringki yelkamdagi yuk naq yetti pudcha kelardi. Yetti pud yuk bilan otga minish qiyin bo‘larkan. O‘ng oyog‘imni ko‘tarsam, chap oyog‘im yerga kirib ketayotgandek bo‘laverdi. Demak, deyman o‘zimgao‘zim, ertakdagi qahramonlarga ham oson bo‘lmagan ekan. Ishqilib yo‘lda bitta-yarimta dev uchrab qolmasa bo‘lgani. Bordi-yu uchrab qolsa... ha mayli, uyog‘i yana bir gap bo‘lar. Har narsaga qiziqaveradigan ermaktalab bolalar shahar chekkasigacha hurmatu e’zoz bilan kuzatib qo‘yishdi. Sirkda bugun yangi tomosha bo‘lsa kerak, yo‘q, kinoga surat olishyapti, otni o‘g‘irlab ketayotgan bo‘lmasin, qara, aftini berkitib olibdi. Amaki, nayzangizni bir ushlab ko‘ray, degan gaplarni ham aytib borishaverdi. Boringki, shahardan chiqqunimcha naq peshin bo‘ldi-da. Katta yo‘l to‘satdan uchga bo‘lindi. Ko‘chalarning boshlanishiga, avtoinspektorlarning ishi bo‘lsa kerak, temir taxtachalar osilgan. Bir taxtachada «Borsa kelmas» deb, ikkinchisida «Borsa kelar» deb, uchinchisida «Ehtiyot bo‘l, yo‘lda remont ketyapti» deb yozib qo‘yilgan. Demak, men chindan ham ertak qahramoniga aylanibman, degan fikr o‘tdi boshimdan. Ertak bo‘lsa ertakdir-da, dedim-da, xuddi o‘sha qahramonlarga o‘xshab, eng xatarlisini — «Borsa kelmas»ni tanladim. Uyog‘iga yana bir gap bo‘lar, deya tasalli berdim o‘zimga. Yozning qoq o‘ltasi emasmi, quyosh shunaqangi qizdirib berdiki, bamisoli olov yoqilgan t a n d i r n i n g ichida qolgandek bo‘ldim. Ertalab ko‘k choyni ko‘p ichgan e k a n m a n , ter demagani sharillab quyilib berdi. Mishig‘imning oqqanini aytmaysizmi. Ro‘molchamni olib, artib olay desam, cho‘ntak la’nati sovutning ostida qolib ketgan ekan. Xuddi shu paytda o‘chakishgandek yelkamda, kuraklarim ostida chumolimi, burgami o‘rmalay boshladi. Biron joyingiz qichishsa-yu, uni qashiy olmasangiz, bunaqangi qo‘lning nima keragi bor! Biron kishi hozir yelkamni qashib qo‘yganda, o‘lay agar, ostimdagi otni sovg‘a qilgan bo‘lardim. Hech bo‘lmaganda, mishig‘imni artib qo‘yishganda ham mayli edi. Bitta-yarimtasi bilan jangga kirishib qolsam, ho‘ yigitcha, men bilan olishguncha awal mishig‘ingni artib ol, deya kamsitishi mumkin edi-da, shunday emasmi? Oarshi tomondan sertuproq yo‘lni changitib bir otliq kela boshladi! Boshida mis qalqonu qo‘ltig‘ida nayza. Dadil bo‘l, Akbariy, nayzangni o‘ng qo‘lga ol, qiliching chap yoningda, deya shivirlab otning boshini tortdim. Suvoriy qiyofasida kelayotgan yovuz dushman Sehrgar Iblisning aynan o‘zi bo‘lishi ham mumkin. Ko‘z yumib-ochguncha ostidagi otni eshakka aylantirib, o‘zi yosh bola qiyofasiga kirib oldi. Demak, o‘sha! Obbo la’nati-ey, quvligini qarang, bir soniyada h a m m a s i n i o ’ z g a r t i r i b y u b o r a d i - y a . Chuchvarani xom sanabsan, Iblis! — To‘xta, — deya hayqirdim eitaklardagi qahramonlarga o‘xshab. Shunday kuchli ovoz chiqardimki, atrofdagi daraxtlarning shoxlari silkinib ketgandek bo‘ldi, — to‘xta, ablah! — Men sizga nima qildim, amaki? — yig‘lamsiragan bir ohangda so‘radi Iblis. Ustomonligini qarang, yig‘lamsirab meni chalg‘itmoqchi boiyapti. — Bu safar halol jang qilamiz, — deya na’ra tortdim yana, — tanla: qilichbozlikmi yo nayzabozlikmi? — Unday demang, amaki, qo‘rqib ketyapman. — Endi alday olmaysan meni, mal’un! Nayzangni tezroq qo‘lga ol! — Nayza emas, amaki, baliq ovlaydigan lcaltak bu. Uchiga to‘r bog‘lab, soyning ichkarirog‘iga tashlaydigan kaltalc. — Yolg‘on! — Jon amaki, meni o‘tkazib yuboring. Darsdan kechga qolaman. Ona tilidan uy vazifasini qilganim yo‘q edi. Brigadirimizga aytsam, mayli, bora qol, dedi. Jon amaki, o‘lay agar, qo‘rqib ketyapman. — Qalqoningni qo‘lingga ol, o‘zingni himoya qil. Halol turib olishamiz. — Boshimdagi qalqon emas, somon shlyapa bu. Oyim oftobdan saqlaydi deb ertalab boshimga kiygizib qo‘yuvdi. Har narsa bo‘lay, o‘g‘irlaganim yo‘q. Dadamniki. Eshak o g ’ z i n i o s m o n g a qilib h a n g r a b y u b o r d i . Nimaningdir boshlanishiga ishora bo‘lsa kerak. Bola qiyofasiga kirib chalg‘itayotgan Sehrgar Iblis hozir menga tashlanib qolishi ham mumkin. Yo‘q, oldin men hamla qilishim kerak. Nayzani o‘ng qo‘ltig‘imga qisib, chap qo‘limdagi mis qalqon bilan yuzimni to‘sdim-u, etigimning temir poshnalari bilan bedovning biqiniga niqtadim... Qiziq voqea yuz berdi. O‘lay agar, juda g‘alati bo‘ldi! Ot ikki odim o‘ngga, ikki odim chapga tashlab, «Andijon polkasi»ga o‘xshash bir kuyga moslab o‘yinga tusha boshladi. Goli orqa, goh oldingi oyoqlarini ko‘tarib, g‘alati-g‘alati qiliqlar ham qilyapti. O‘yinchi otni tanlab olgan ekanman! Jangga kirish o‘rniga, ko‘rsatayotgan hunarini qarang! Esizgina, qulay fursatni qo‘ldan boy berib qo‘ydim-a. Ot hunarini ko‘rsatib bo‘lguncha dushman qarab turarmidi. Eshagini choptirib, ko‘zdan yo‘q bo‘ldi-qo‘ydi... Yana yoiga tushdim. Lekin negadir bahri-dilim ochilib borayotganini sezib turardim. Yo‘lning ikki tomoni ketguncha poliz, o‘ngda qovun, chapda tarvuz paykallari. Goho yo‘l sabzi, piyoz singari rezavorlar gurkirab o‘sayotgan paykallar orasidan o‘tib qoladi. Pomidor terayotgan, baqlajon uzayotgan bolalarga duch kelib qolaman. Kechki salqin tusha boshladi. Tog4 tomondan yengil-yengil epkin ham esgandek bo‘ldi. Epkin o‘zining ko‘rinmas qanotlarida tog‘ gullari atrini olib kelib, atrofga purkayotganga o‘xshaydi. Xushbo‘y hidlar ruhimni erkalab, qalbimga quvonch quya boshladilar. Ashula aytgim kelib qoldi... Handalak shahrida shuncha yashab, uning atrofida qalin o‘rmonzorlar borligini bilmagan ekanman. Ouyoshning yuziga tun o‘zining qop-qora pardasini yopayotgan pallada o‘rmonzor ichiga kirib bormoqda edim. Ko‘z yumibochguncha s h u n a q a n g i quyuq qorong‘ilik tushdiki, nazarimda tubsiz chuqurlikka tushib ketgandek bo‘ldim. Na yer ko‘rinadi, na osmon. Xayriyat, ot jonivor o‘zi yo‘l topib ketaverar ekan. Sal o‘tmasdan behisob cjushlarning chag‘ir-chug‘uri tinib, men nomini bilmaydigan allaqanday yovvoyi hayvonlar o‘kirib, qorong‘ilik qa’rini vahimali s h o v q i n g a t o ’ l d i r i b y u b o r i s h d i . T a x m i n a n yarim kechasigacha shu ahvolda yo‘l bosdim... Bir payt ostimdagi bedov yurishdan to‘xtab, kishnab yubordi. Mudray boshlagan ekanman, ko‘zlarim yaraqlab ochilib ketgandek bo‘ldi. Bedov dir-dir qaltiramoqda edi. Yuragim urib ketdi. Urmasdan ham iloji yo‘q ekan, nega desangiz ikki tomonimda ikkitadan to‘rtta yirtqich tishlarini takillatib, irillashib turardi. Bularning bo‘ri ekanligini darrov angladim. Tog‘li yigit emasmanmi, bu yirtqichning ko‘zlari tunda oltingugurtning alangasiga o‘xshab ko‘mko‘k yonishini ilgari ko‘p ko‘rganman. Odam qattiq qo‘rqqanda yo adoyi tamom bo‘ladi, yo o‘n barobar kuchayib ketadi. Men kuchayib ketdim. Bir qo‘lda qilich, bir qo‘lda nayza, ustimda sovut, xo‘sh, nega kuchaymas ekanman? Otga tashlanadigan bo‘lsa, uning tovonigacha halqali yopqich o‘rab tushgan. Qilichni sug‘urib, xiyol egilib, irillab turgan maxluqlardan binning boshiga tushirdim. Yo bo‘yni uzildi, yo miyasi tarvuz pallasidek ikkiga bo‘linib ketdi. Ishqilib, yerga bir narsa dumalab tusbganday boidi-da. O‘ldirganim, aftidan, to‘daning boshlig‘i ekan, qarang, hatto yirtqichlar ham boshliq bo‘lmasa, jur’atsiz bo‘lib qolar ekan. Irillasha-irillasha qorong‘ilik qa’riga singib ketishdi. Bir xayolim o‘ljamning terisini shilib, singlim Mu Tiga qunduzli pal’to tiktirib beray deb ham o‘yladim-u, lekin keyin otga minolmay shu yerda qolib ketishdan qo‘rqdim. Tongotar paytida o‘rmondan chiqib oldim. Kimsasiz dashtu yaydoq biyobon boshlandi. Qovunning ichiga joylashgan kichkina bir mamlakatga shunaqangi poyonsiz cho‘lning nima keragi bor ekan. Xudoning o‘ylamasdan ish tutganiga ham ba’zan xafa bo‘lib ketasan-da. Xo‘p. cho‘lni-ku ermak uchun yaratib qo‘yilxli, har joy-har joyiga bir tup-yarim tup daraxtmi, yoki qo‘qqaygan bir imoratmi tiklab qo‘ysa asakasi ketmas edi-ku. Bir kechayu bir kunduz suvsiz, ochu n a h o r yo‘l bosdim. Xayriyatki, Sehrli Qalpoqcham o‘ngga, chapga, endi to‘g‘riga yurasan, deya yo‘l ko‘rsatib boryapti. Bo‘lmasa xuddi quyunga duch kelgan xasdelc bir joyda aylanaverishim ham hech gap emas edi. Bosgan yo‘lim uncha olis emas edi, shekilli. Hali aytdimku, otning o‘yinchisini tan lagan ekanman deb, na qamchi urib bo‘ladi, na biqiniga niqtab. Unday qilsangiz ham, bunday qilsangiz ham bari bir o‘yinga tushadi. Otdan tush, — shivirladi bir payt Qalpoqcham, axtarayotgan temir qasring oyog‘ing ostida. Bandi bo‘lgan sevgiling mana shu yerda. Buyog‘i endi bamisoli ertaklardagi kabi bo‘ldi. Og‘zi eshik bilan berkitilgan g‘isht zinadan pastga tushdim. Peshonam temir eshikka urildi. Qalpoqcham afsun o‘qigan edi, katta bir zalda paydo bo‘lib qoldim. Zalning aylanasi katta-kichik temir eshiklar. Yana afsun o‘qilgach, eshiklardan biri ochilib, o‘zimni oltindan yasalgandek yaraqlab turgan tanobiy xonada ko‘rdim. Xonaning qirq burchagiga qirqta sham yoqilgan. Devorlariga s h a y t o n l a r n i n g m i , jinu alvastilarningmi surati ishlangan. Birining boshida shox, boshqasi qip-yalang‘och, sap-sariq sochi tovoniga tushib turibdi. To‘rdagi shamshod yog‘ochidan ishlangan qubbali so‘richadan xushbo‘y hid taralgandek bo‘ldi. — Gu Lixon, — deya qichqirib yubordim. — Akbariy, — degan ojizgina ovoz eshitildi. To‘rt hatlab borib, sevgilim ustidagi oq shohi choyshabni otib tashladim. Men ishqida yonib yurgan Gu Li ismli qizdan i c h - i c h i g a b o t i b ketgan m u n c h o q d e k ikkita ko‘z, angishvonadek kichkina buruncha, tirish bilan qoplangan peshona qolibdi. Shunaqa ozilxliki, chaqaloqdek kichkina bo‘lib qolibdi? — Bu sizmisiz, Gu Lixon? — O‘zimman, Akbariy. — Ko‘zlarimga ishonmayman. — Sizni xuddi shu qiyofada kelishingizni orzu qilgan edim. Xaloskor qo‘llaringizda qilichu qalqon, zabardast yelkangizda po‘lat sovut, onion bo‘lgur boshingizda dubulg‘a, qarang, birani yarashibdiki, shunaqa yarashibdiki! Boshqacha qiyofada kelsangiz, har narsa bo‘lay, tanimas edim... Meni Iblis aldadi. Sizning qiyofangizda kelib, boshimni aylantirdi... O‘sha kuni, voy xudoyim-ey, mayli, Akbariy kelsalar muhabbatlarini qabul qilay, to‘yga ham rozilik beray, o‘zlariniyam rosa qiynab yubordim, deb o‘tiruvdim. Voy xudoyim-ey, biram aldandimki!.. To‘yga rozi bo‘lsangiz, mayli, to‘y oldidan bir aylantirib kelay, dedi-ya. Voy xudoyim, ovoziyam xuddi siznikiga o‘xshardi... Kelganimdan buyon har kuni barmog‘imni so‘radi. Oarang, hammasi shishib ketdi. — Kuyinmang, — deya ko‘nglini ko‘tardim sevgilimning, — tirik qopsiz, menga mana shuning o‘zi kifoya. — Yo‘q, Akbariy, endi men uzoq yashamayman. Tanimda bir tomchi qonim qolmagan. Hammasini Iblis so‘rib oldi. Hayriyat, o‘limim oldidan sizni ko‘rdim. Endi armonim mizdagi... mozorda bir tup majnuntol bor, o‘shaning ostiga qo‘yinglar... Keyin har zamonda o‘zingiz xabar olib turing. Gul olib lceling. Qizilidan bo‘lsin, sarig‘ini xushlamayman. Ayriliq, judolik ramzi u... Sizdan ajralishni hecham istamayman, hecham! Sizni sevardim, qattiq sevardim. Bilasiz-ku qiz bola darrov xo‘p demaydi... Sovutingiz biram yarashibdiki. Oilich ham o‘zingiznikimi? — Yo‘q, muzeydan oldim. — Keling, meni bit o‘ping. — Oo‘ying, odam uyaladi, — dedim chindan ham uyalib. — Akbariy... Gu Lixonning kichkina boshi bir tomonga og‘ib tushdi. O‘zidan ketib qoldi, shekilli. Oq shohi choyshabga o‘radimda, shoshilib tashqariga olib chiqdim. Ha, shoshilishim kerak, Sehrgar Iblis ham kelib qolishi mumkin. Bir amallab otga o‘ngardimu yana yo‘lga ravona bo‘ldim. s h u h r a t mayi kbariy, ukaginam, ruxsat bersang, endi senga senlab gapiraman. Sizlaganda allaqanday begonalik sezilib turarkan. Aslida birinchi ko‘rganimdayoq yaxshi ko‘rib qolgan edim. Yaxshi ko‘rmasam ishga olarmiuim. Jon uka, o‘zingni ko‘rsat. Maslahatlashib oladigan gapimiz bor. Senda ko‘zdan yo‘q bo‘lib qoladigan sehr borligini, burningning hid olish quwati zo‘rligini allaqachon payqaganman. Lekin hech kimga aytgan emasman. Professor Dar Daraja tayyorlab ketgan Noyob dorilar kaliti ham sendaligini faqat mening o‘zim bilaman. Jon uka, o‘zingni ko‘rsat. Payqagandirsiz, bu gaplarni mening sobiq boshlig‘im Nari Beri aytayapti. Suhbat, agar shuni suhbat deb atash mumkin bo‘lsa, Gu La xolamning hovlisidagi katta so‘rida kechayapti. Xolam ichkarida choy damlash bilan ovora. Men so‘rining shundoqqina chekkasida oyoqlarimni likillatib o‘tiribman. Adolatli boshlig‘im men o‘tirgan tarafga emas, butunlay boshqa tomonga qarab gapiryapti. Negaki meni ko‘rmaydi. Qalpoqchamni kiyib olganman. Hoynahoy, qarshimda bo‘lsa kerak, deb taxmin bilan so‘zlayapti. Qani, yana bir nafas tinglay-chi, gapning oqovasi qayerga borib to‘xtarkan. — Mayli, ukaginam, o‘zingni ko‘rsatmasang ham, gaplarimga diqqat bilan quloq sol. Kechadan boshlab sening haqingdagi qidiruv bekor qilindi. Mana, Bo Dom tuman prokuraturasidan berilgan hujjat, o‘zing choy ichib o‘tirgan piyolaning ostiga bostirib qo‘yyapman, ko‘rib turgandirsan. Bu rasmiy hujjatda, asosli dalillar bo‘lmagani sababli professor Akbar Akbariy ustidan quzg‘atilgan jinoiy ish to‘xtatilsin, deyilgan. Uyog‘ini surishtirsang, seni qamash haqidagi orderga imzo chekkan Oq Sochlining o‘zi sal anaqaroq ekan. Peshonasidagi «Poraxo‘n> degan sehrli yozuvni o‘chirolmay, shu holda odamlarga ko‘rinishga uyalib, uyida kuchala yegan itdek bukchayib yotibdi. Jon ukam, kel, o‘zingni ko‘rsata qol. Maslahatli gap bilan keldim. Bilaman, mendan xafasan. Xafa bo‘lishga haqqing ham bor edi. Sehrgar Iblis zaharlagan odamlarni, aslida, sen davolading-u, mukofotini men olaverdim. O‘sha paytda ko‘zim ko‘r, qulog‘im kar ekan. Akbariyning sehrgarligi unga eng katta mukofot-ku, deb o‘ylabman. Xatoyimni bo‘ynimga olib keldim. Ukaginam, meni kechir, kechirdingmi? Awalgi kuni Handalak shahar ma’muriyatining katta zalida majlis bo‘ldi. Komitetimizning ishini chidab bo‘lmas darajada qoniqarsiz deb topishdi. Bir oy muhlat berildi. Shu fursat ichida Iblisni yo‘q qilib tashlamasak, komitetni tarqatib, meni ishdan haydaydigan bo‘lishdi. Ukaginam, ahvolim nochor. Katta boshimni kichkina qilib, yolvorib keldim. Bugundan e’tiboran, «Komitet»ga o‘zing raissan. Men yordamching bo‘la qolay. Ertalab ma’muriyat buyruq chiqardi. Mana o‘sha qog‘oz, buniyam piyolang ostiga bostirib qo‘yyapman. Bas, o‘zingni ko‘rsataqol. Yaqinginamda o‘tirganga o‘xshaysan. Piyolangdagi choy tez-tez tugab, yana toiib qolayotganini ko‘rib turibman. Bilib qo‘y, agar ishdan ketsam, och qolgan bola-chaqamning gunohi bo‘yningda bo‘ladi. O‘z bolasini o‘rtaga qo‘ygandan keyin ishonmay bo‘ladimi. Dadam ham gapiga birovni ishohtira olmasa, hoy o‘rtoq, beshta bolam bor-a, deb qo‘yardi. ’ Boshimdan qalpoqchamni oldim. — Ukaginam, — adolatli boshlig‘im... agar keltirgan qog‘ozi qalbaki bo‘lmasa, demak, endi adolatli yordamchim bo‘ladi-da... qulochini keng yozib o‘rnidan turdi. Achomlashib ko‘rishdik. — Ishqilib mendan xafa emasmisan? — dedi uch daqiqa chamasi bag‘riga bosib, yuz-ko‘zlarimdan to‘yguncha o‘pib bo‘lgach. — Xafa emasman, — dedim peshonamda qolgan tupuk yuqini ro‘molcham bilan arta turib. — Atir mahallasidagi ayollar modaparastlik kasaliga duchor bo‘lib, erlarini o‘ldirib qo‘yayozganda, o‘shanda ham o‘zing davolagansan, to‘g‘rimi? — To‘g‘ri. — Tol Dol ko‘chasidagi erkaklar rashk kasaliga mubtalo bo‘lib, xotinlarini do‘pposlayotganda hammadan oldin sen yetib boruvding. — Bunisiyam to‘g‘ri. — Shak Shup nomli maktabdagi qizlar chaqimchilikka berilib bir-birlarining sochini yulayotganda... — Bunda ham Sehrgar Iblisning qo‘li bor edi. — Yo‘q, kamtarlik qilma, ukaginam. Sehrgar Iblis bilan sen olishgansan. Janggohda sen turib berding-ku, ammo mukofotlarni menga berishavergan. Mana o‘sha mukofotlar, xaltaga solib olib keldim. O‘zingga nasib qilgan bo‘lsin. O‘zi Iblis aralashgandan buyon hayotimiz shunaqa bo‘p qoldi. M e h n a t qilgan bir chekkada qolib, qo‘l qovushtirib turganlarga qo‘sha-qo‘sha mukofot berishaveradi. Xolangga ayt, xaltachani sandiqqa solib qo‘ysin. — Menga m u k o f o t kerak emas, — dedim qo‘limni qishlog‘imizdagi odobli yigitlarga o‘xshab ko‘ksimga qo‘yib. — Chin ko‘ngildan aytyapsanmi? — Chin ko‘ngildan. — Rahmat, ukaginam. O‘zim ham shunday deb aytarsan deb o‘y lagan edim. Rahmat! Aslida sening burning bilan sehring eng katta mukofoting. Menda esa bola-chaqa ko‘p. Hech bo‘lmasa shularni taqib chiqsam, go‘shtni navbatsiz olaman-ku... Oani, ketdik bo‘lmasa. To Nari Beri o‘tiradigan katta xonaga kirib, yumshoq kresloga cho‘kkanimcha uning gapiga goh ishondim, goh ishonmadim. Faqat uyoq-buyoqdan tanish-bilishlarim telefon qilib qutlay boshlaganlaridan keyingina unchamuncha dadillik paydo bo‘ldi. Qizlar ham achchiq-achchiq choy damlab kelishyapti. Raisbop deganlari shu bo‘lsa kerakda! Avval men bilan elkamga u r i b g a p l a s h a d i g a n hamkasblarim ham endi xonamga sal tortinibroq kirishyapti. Qarang-a, deyman o‘zimga-o‘zim, omad kelsa shunaqa bo‘larkan-da. Bo‘lmasa, kuni kecha bu dunyoda yo‘qdek edim. Egilib salom berishlaru qo‘l qovushtirib turishlarini qarang! Amaldorlik kursisining sehri borga o‘xshaydi. Bo‘lmasa choylar bunaqa achchig‘u tabassumlar bunaqangi yoqimli bo‘lmasdi. Yo‘q, kursining sehri borligi aniq. O‘tirishim bilan, nazarimda, aqlim ham ko‘payib ketgandek bo‘ldi. Salobatu salohiyatim oshganga o‘xshaydi. Buni men tashqariga chiqib kirayotganimda xodimlarning devorga qapishib qolayotganidan sezib qoldim. Ha, bu mamlakatda amaldorlik kursilarining sehri bo‘larkan. Aqlingga aql, jur’atingga jur at qo‘shib berarkan. Qani endi, shu sehrli kursilardan bittasini Soyboshi mamlakatiga ham olib ketsam. Bir umr mazza qilib yashardim-da... O‘zim ham ishchangina yigit emasmanmi, darhol tushayotgan shikoyatu arznomalami qaytadan ko‘rib chiqib, xodimlarimga ish taqsimlay boshladim. Eng muhimi, aziz o‘ltoqlar, dedim, shahrimiz fuqarosi qalbini yomonlikni qabul qilmaydigan darajada poklab olishimiz darkor. Buning uchun birinchidan, deb davom etdim, Iblisning nazari tushgan kishilar vujudidagi zararli mikroblarni batamom tugatishimiz zarur. Shuni unutmangki, Sehrgar Iblis qora yuraklardan, nopok qalblardan q u w a t olib turibdi. Agar biz ustozim vasiyat qilib ketgan Yaxshilik va Ezgulik dorisi bilan barchani emlab, qalblaridagi shoyon tuyg‘ularini mavj urdirsak, ana undan keyin bu dunyoda Iblis berkinadiga.il pana joy qolmaydi. Uni qanday ushlashni esa, aziz o‘rtoqlar, keyingi suhbatimda aytib beraman. Nutq so‘zlayotgan paytimda o‘zim ham naq bulbuligo‘yo bo‘lib ketdim-da. Bir soatu o‘n daqiqa gapiribman-u, birortasi churq etmasa-ya! — Xo‘sh, chora ko‘rilmagan yana nechta shikoyat qoldi? — deb so‘radim adolatli yordamchimdan. — Yettita, — shoshilib dedi Nari Beri. — Yettovini tugatsak shahar butunlay poklangan bo‘ladimi? — Agar sehrli yordamingni ayamasang... Shikoyatu uning izidan borib ko‘rilgan chora-tadbirlarni talabchan bir rahbar sifatida qayta-qayta surishtirdim, chuqurroq o‘rgandim. Bilasiz-ku, chora ko‘rildi, tadbir belgilandi, deb ko‘pincha yopdi-yopdi qilib ketadigan sovuqqon xcxlimlar ham uchrab turadi. Ayniqsa, Iblis aralashayotgan shu kunlarda undan battarrog‘i ham bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday bo‘ldi ham. Shikoyatlarclan birini o‘qiy turib, uning mana bunday yakuniga ko‘zim tushib qoldi: AKT No 246 Biz kim, tubanda qo‘l qo‘yib, akt tuzuvchilar, «Komitet» a zolaridirmiz. Binobarin quyidagilarni qayd qilamiz: «Inson» instituti yozuvchilar laboratoriyasidan tushgan shikoyatni tekshirgani borib, sinchiklab o‘rgangach, shunday xulosaga keldik. Laboratoriyada o‘n bir yozuvchi adabiyotning inson umrini uzaytirishdagi xizmatini o‘rganish bilan mashg‘ul. Eshiklarning tepasiga «Ma naviyati boy odamning umri ham uzoq bo‘ladi», «Estetik zavq odamni yoshartiradi», «Sanat asari ruhiy olamni yoritadigan chiroqdir» singari hikmatli so‘zlarni ham yozib qo‘yishgan. Avvaliga ish juda silliq ketgan. Yozuvchilar o‘zaro ahiL mehribon bo‘lishgan. Bir-birining istedodiga tan berib, ma muriyat tomonidan beriladigan yillik mukofotlar va Shuhrat mayini qobiliyatlariga yarasha adolat bilan taqsimlashgan. Sehrgar Iblis bu yerda ham ko‘rinish berganu Insof chirog‘ini puflab o‘chirib ketgan. Sen o‘zi aslida yozuvchi emassan, degan ertasiga ishga kelib Dumbul Dumbuliy hamkasbiga, Eski Shaharga borib, kosibchilik qilsang yaxshi bo‘lardi. Sen~chi, sen o‘zingni yozuvchiman deb yuribsanmit deya sekin o‘rnidan turgan Daroz Daroziy, kecha bitta asaringni o‘quvdim, mag zava ichgandek haligacha ko‘nglim ayniyapti. Bu yilgi mukofot meniki, degan shoir Sharqiy Shimoliy, butun olam meni olqishlayapti. Ehtimol qarg‘ayotgandir. — javob qaytargan shoir Taka~Tumt — aslida bu bemaza satrlaring uchun seni kaltaklash kerak edi. Xudo xohlasa, Shuhrat mayi bilan Katta qovun mukofotini o‘zim olaman. — O‘tgan yil oluvding~ku? — Bu yil yana olaman. — Avvalgi yili ham seniki bo‘luvdi? Insofing yo‘q ekan. — Xo‘sh, o‘sha sen aytgan narsa hozir qaysi birimizda bor? — mazmunidagi gaplar ham ko‘payib ketdi. O‘sha paytda shahar omborxonasidan ikki yuz litrlik yog‘och bochkada Shuhrat mayi va bir talay Katta qovun mukofoti keltirilgan ekan. Yozuvchi va shoirlar bu meniki bo‘ladi, deb bochkaning ustiga hammalari chiqib olishibdi. Mukofot solingan xaltacha qo‘ldan-qo‘lga o‘taverib titilib ketibdi. Bir yildan buyon ahvol shu ekan. Xulosa: Sehrgar Iblis barchalarini shuhratparastlik kasaliga mubtalo qilib ketgan. Zudlik bilan chora ko‘rilishini so‘raymiz. Komissiya azolari: Ur Bon, Qur Bon, Os Mon. Aktni o‘qib bo‘lgach, rosa xafa boidim. Nega desangiz men shoirlami ham, yozuvchilarni ham joni dilimdan yaxshi ko‘rardim. Kitoblarini o‘qib, mazza qilardim. O‘rtog‘im Hoshim ham ularni l)ehad sevardi. Shuhratparastlik kasaliga duchor bo‘lishgan bo‘lsa, endi uyog‘i nima bo‘ladi, kitob yozish o‘rniga bochkani dumalatib, xaltani talashib yurishaveradimi! Obbo Sehrgar Iblis-ey, borib-borib mening eng sevgan kishilarimga hamla qildingmi! Yo‘q, hah shoshmay tur!.. — Shahar omborida Kamtarlik mayi bormi? — so‘radim adolatli yordamchimdan. — Siz so‘rasangiz yo‘q deyishmaydi, — tushuntirdi Nan Beri. Yashirmayman, ustozim vasiyat qilib ketgan Noyob doridan hali anchagina bor. Bir-ikki tomchi ichirsam bu kasallik ham ko‘z yumib-ochguncha dal bo‘lishi mumkin. Ammo ularni ehtiyot qilyapman. Kelajak avlodga ham oz-ozdan qoldirish niyatim bor. Shahar omborxonasidan yuz litrlik yog‘och boskani to‘ldirib Kamtarlik mayidan oldim-da, yordamchim ikkovimiz kasallik avj olgan joyga yetib bordik. Aktda yozganlaricha bor ekan. Shuhrat mayi to‘ldirilgan bochkani h a m o n d u m a l a t i b yurishibdi. D u m b u l Dumbuliy p a h l a v o n n a m o kishi ekan, boshqalarini urib, kaltaklab, xaltadagi Katta qovun mukofotining hammasini bir o‘zi ko‘ksiga taqib olibdi, yaraqlab turibdi. — Sizga ko‘plik qilmaydimi? — deb so‘radim. — Yana shuncha bo‘lsa ham ozlik qilardi, — javob qaytardi Dumbul Dumbuliy. — Adolat bilan taqsimlasalaring yaxshi bo‘lardi. — Siz aytgan narsa bu yerda hech qachon bo‘lgan emas. — Nega unday deysiz? — Laboratoriyaning awalgi mudiri rasvo odam edi. — Tushuntiribroq ayting, — deya rahbarlarga xos bir vajohat bilan o‘shqirib qo‘ydim. To‘g‘ri-da, qarshilarida turgan yigit «Komitet» raisi ekanligini bilib qo‘yishsin. — Tushuntiribroq aytsam, o‘rtoq «Komitet» raisi, laboratoriyamiz awalgi mudirining yelkasida qichima kasali bor edi. Ma’muriyat tomonidan yuboriladigan Shuhrat mayini kim yelkasini qashib qo‘ysa, o‘shanga berardi. Hatto yelka qashish bo‘yicha konkurs ham o‘tkazib turardi. Bir marta konkursda men ham g‘olib chiqdim. Lekin bari bir bermadi. Nega bermaysan, desam, onam o‘lganda nega fotihaga bormading, deydi... Uni o‘tgan hafta ishdan olib, o‘rniga o‘zim niudir bo‘lib oldim. — Sobiq mudir qayerda hozir? — Kecha o‘ldi. — O‘ldi?! — Ha. Rahbarlikdan ketgandan ko‘ra o‘lganim yaxshi deb, o‘zini osib qo‘yibdi. Bir xayolim «Komitet» raisi sifatidagi cheklanmagan huquqimdan foydalanib, Dumbul Dumbuliyni ishdan olib, yangi mudir tayinlay ham dedim-u, lekin fikrimdan tezgina qaytdim. Ko‘rinib turibdiki, hammasining ham qalbi va ruhini Sehrgar Iblis allaqachon zaharlab bo‘lgan. Unisi bo‘ldi nimayu, bunisi bo‘ldi nima. Bari bir Shuhrat talashib, bochkani dumalatishaveradi. Barchasini davra stoli atrofiga o‘tqazib, Kamtarlik mayidan bir qadahdan quyib berdim. — Bu nima o‘zi? — sal xavotirga tushib so‘radi Sharqiy Shimoliy. — Ichsangiz... obro‘yingiz oshadi, — deb tushuntirmoqchi bo‘ldim. Sharqiy Shimoliy bir-ikki ho‘plam yutdi-yu, uchinchi ho‘plamini og‘ziga olib, lunjini ancha mahalgacha ari chaqib olgandek shishirib turdi-da, so‘ng xuddi etikdo‘zlarga o‘xshab: — P-uf-f-f! — deya yonboshiga purkab tashladi. — Nega unday qildingiz? — Achchiqroq ekan. — Men ham icholmayapman, — shunday deb shoir Taka Turn ham qo‘lidagi qadahni do‘q etkazib stol ustiga qo‘ydi. Ana shundan so‘ng Kamtarlik mayi to‘ldirilgan qadahlar ketma-ket do‘qillab stol ustiga tushaverdi. Kutilmaganda stol ostidanmi, deraza tarafdanmi, ishqilib juda yaqin joydan. — Xah-xah-xah, — Hi-hi-hi, — He-he- he! — degan qahrli kulgi ovozi eshitildi. Etlarim jimirlab ketdi. Demak, Sehrgar Iblis shu o‘rtada. Mening ustimdan kulyapti u. Xo‘sh, yigitcha, ahvoling qalay endi, deb so‘rayapti. Ularning qalbiga endi kirolmaysan, u yerda abadul-abad o‘zim yashayman, deyapti... Davra stoli atrofidagilarni shundayligicha qoldirib, yo‘lyo‘lakay Qalpoqchamni kiydim-da, ustozimning dorixonasiga yugurdim. Shuhratparastlik kasalini daf qiladigan Noyob dorilarni, hali aytdim-ku, kelajak avlod uchun ehtiyot qilyapman, deb. Ular meni kechirar. Endi ishlatmasam bo‘lmaydi, shekilli. O‘sha kuniyoq gulobga qo‘shib, hammalariga bir qultumdan ichirib yubordim. Ertasiga xabar olgani kelsam, ta’siri bo‘lmabdi. Yana ichirdim. Indinisiga kelgan edim, e tavba, nima bo‘lyapti o‘zi?.. Qalblarida allaqachon Kamtarlik tuyg‘ulari mavj urib, yeng shimarib kitob yozishga tushib ketishgandir, ehtimol bitta-yarimtasini menga ham bag‘ishlab yuborishar, deya shirin orzular ham qilgan edim. Qayoqda, ish chappasiga aylanib ketibdi. — Yo‘q, Shuhrat abadul-abad meniki bo‘ladi! — Senilci yetarli-ku! — Bari bir lcamlik qilyapti. — Mehnatni biz qilib, Shuhrat seniki bo‘larkanda, — degan ovozlar endi ko‘cha tomondan ham baralla eshitilib turibdi. Mukofot to‘la xalta hamon talash, bochka o‘rtada, dumalatib yurishibdi. Goh yettovlari, uchtasiga Noyob dori yaxshi ta’sir qilgan ekan, men qoldirib ketgan Kamtarlik mayidan oz-ozdan ichishib, dunyoning ishlarini qarang, deyayotgandek miyig‘larida kulishib o‘tiribdi... Nima deyayotgan edim, ha, goh yettovlari baravariga bochka ustiga chiqib olishadi, goh bir-birlarini itarib, yerga qulab tushishadi... Noyob dori sob bo‘lgan. Kamtarlik mayini ichira olmayapman, uf, endi nima qildim? Nahotki Iblis bu olishuvda mendan ustun kelayotgan bo‘lsa? « K o m i t e t » n i n g s h o s h i l i n c h majlisini c h a q i r d i m . Muhokama qila-qila, nihoyat Noyob donning shuhratparastlikni daf qila oladigan yangi navi topilguncha ularga tegmaslik va «Yozuvchilap> laboratoriyasi chor atrofiga «Ehtiyot bo‘ling, xavfli zona, yuqumli kasal bor!» deb taxtachalar osib qo‘yishga qaror qildik. maotanchooning oonida mag‘zavaning hidi bor E rtalab idorada adolatli yordamchim bilan galdagi ishlarimiz xususida fikrlashib o‘tirgan edik, ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan bir voqea yuz berib qoldi. Ko‘zlarimizga ishonmay, angrayib qoldik. Nari Beri qo‘rqib ketdi, shekilli, ko‘kragini keng ochib, ko‘ksiga tuflashga tushdi. Keksagina bir odam yelkasiga davangirday yigitni mindiribdi. Yigitning ustiga yoshgina juvon chiqib olgan. Eng tepada olti-yetti yoshlardagi bola. Qariyaning qo‘ lida ichiga besh-o‘n kitob, bir kunlik ovqat, ikki litrlik termos b e m a l o l joy b o ’ l a d i g a n p o r t f e l , y i g i t n i n g q o ’ l i d a magnitofon, ayol ixchamgina charm sumkasini silkitib turibdi. Bolakay uch g‘ildirakli velosipedchani osiltirib olgan. Tavba, sirk tomoshasi boshlanadi, shekilli, deb turgan edim: — Sarqitlarga qarshi kurashadigan idora shu yermi? — deb so‘rab qolcii qariya. — Shu yer, — deb qo‘ydim. — Professor Akbar Akbariy siz bo‘lasizmi? — Men bo‘laman. — Ayting, mana bu tekinxo‘rlar yelkamdan tushishsin, — dedi qariya entikib. — Sizga aytadigan arzi-dodim bor. — Tushmaymiz, — barobariga oyoqlarini silkitib qolishdi tepadagilar, — ertalabki sayr tugagani yo‘q hali. — Ana, ko‘rdingizmi! — xo‘rsinib dedi qariya. — Har kuni ahvol shu. Men bularni boqishim, kiyintirishim, o‘ynatgani ham olib chiqishim kerak. O‘lsam o‘lib bo‘ldim! — Ota bo‘lganingdan keyin majbursan, — do‘rillagan ovoz bilan dedi yigit. — Shikoyat qilgan qaynotani jinim suymaydi, — fikrini bayon qildi juvon. — Gapni has qilsalaring-chi, — oyoqlarini silkitib qo‘ydi bolakay. Anchagacha gap nimadaligini anglay olmadim. Lekin bu dunyoda poyoniga yetib bo‘lmaydigan hech narsa yo‘q. Sal o‘tinasdan hamma narsa ayon boidi-qo‘ydi. Oariya professor ekan, dars berarkan. Yelkasidagilar o‘g‘li, kelini, nabirasi bo‘lib, minib olganlariga sal kam bir yil bo‘pti. Ishlashmas emish. Ovqatni yotib olib yeyisharmish. — Ey, miyasi aynigan chol, bitta biz emas, boshqalar ham shunaqa, nega ular indamaydi-yu, sen inqillayverasan, nima, topgan pulingni narigi dunyoga olib ketmoqchimisan, — deya luqma tashlab qo‘ydi yigit. Jahlim chiqib ketdi: — Oani tush, hammang, — deya yer tepindim. — Baqirma, — deb qo‘ydi yigit. — Mo‘yloving bir qarich bo‘p qopti-yu, haligacha otangning yelkasiga minib yurgani uyalmaysanmi? — Mo‘ylovga til tekkizma, biqiningdan dare ha ochib qo‘yaman. — Siz-chi, kelinoyi, — deya ayolga murojaat qildim, — siz nega minib oldingiz, uyat emasmi? — Voy, nimasi uyat ekan? — Har qalay chol kishini.... — Hecham-da, men cholni minganim yo‘q, erimni minib turibman. — Bari bir uyat-da. — Voy tavba, buning nimasi uyat ekan? Mahallamizdagi hamma kelinlar erini minib yuribdi-ku. Tavba, tag‘inam men insofli ekanman, boshqa ayollarga o‘xshab ustilariga to‘qimmi yoki egarmi urganim yo‘q. — Hali erini egarlab minib yurganlar ham bormi? — Voy, erlarini minib, kim o‘zarga poyga o‘ynayotgan ayollar haqida eshitmadingizmi? — Tavba! — deb yoqamni ushlab qo‘ydim. Va shu zahotiyoq butun vujudim zirqirab ketganini his qildim. Sehrgar Iblisning ishi bu! Bo‘lmasa, odam odam bolasini minib, poyga o‘ynaydimi? Sho‘ring qurg‘ur erkaklar, ayolini yelkasiga mindirib olib, magazinga desa, magazinga, to‘yga desa, to‘yga, chorlarga desa, chorlarga yuguraverib qiynalib ketishgandir. Oiziq, Iblisning bu qilg‘ilig‘ini nima deb ta’riflasa bo‘larkin? Nomi nima uning, dangasalikmi, tekinxo‘rlikmi, o‘zidan boshqani hurmat qilmaslikmi, noyob dorining qaysi xilidan ishlatsam bo‘larkin? Bir fikrga kelolmadim. Qarasam qariya beli tolib, battarroq inqillay boshladi. Yordam berish u c h u n albatta uyingizga b o r a m a n , turaijoyingizni ma’lum qilib keting, deya ko‘nglini ko‘tarib, kuzatib qo‘yishdan boshqa ilojim qolmagan edi. — Ketdik, — dedi yigit oyog‘i bilan qariyaning biqiniga niqtab, — meni choyxonaga tashlab o‘tarsiz. — Yo‘q, — dedi xotini chiroyli boshini chayqab, — awal men modalar uyiga kirib o‘tishim kerak. — Uf-f! — xafa bo‘lib dedi bolakay. — Velosiped poygasidan kechga qolyapman axir. Adolatli yordamchimning aytishicha, qariya yashab turgan Shaf Tol tumanidan dangasalik va maqtanchoqlik kasali boshlanayotgani haqida uch-to‘rt marta shikoyat tushgan, komissiya borib tekshirib, aktlar tuzib, ba’zi bir tadbirlarni belgilab ham kelgan ekan. Demak, deya afsuslana-afsuslana davom etdi Nari Beri, loydasi bo‘lmagan e k a n - d a . Tezroq oldini olmasak, kasallik avj olib, boshqalarga ham yuqishi m u m k i n . Xususan, men xotinimning minishini hecham istamayman, yelkamda qitig‘im bor. — Bo‘lmasa tumanga o‘zingiz borib kelasiz, — deya gapni bo‘ldim. — Men-a?! — qo‘rqib ketganday bo‘ldi Nari Beri. — Ha, siz! — Axir, Sehrgar Iblisning ishi-ku bu. Men uning oldida ojizman. — Hech bo‘lmasa sharoitni o‘rganib qaytasiz. — Unda bir-ikkita yordamchi olaman. O‘zim qo‘rqaman. — Ixtiyoringiz. Nari Beri o‘rinbosarlarim orasida eng sadoqatlisi. Ishni ham yaxshi biladi. Tashkilotchiligini aytmaysizmi, yo‘qni bor qiladi deb shunaqalarga aytishsa kerak. Jindek betayinligini, ya’ni ertalab Nariyu peshindan keyin Beri bo‘lib qolishini hisobga olmaganda, umuman yaxshi rahbarlardan. Bolajonligini aytmaysizmi? Uyiga o‘yinchoqmi yoki bolalariga biron tansiq yegulikmi ko‘tarib bormasa, uxlay olmas emish. Chevarlikdan xabari bor. Chaqaloqlariga o‘zi kiyim-bosh tilcadi. Goho ishxonamizdagi ayollarga o‘g‘il qizlarining ajoyib fe’l-atvori, qiliqlari, aytgan aqlli gaplari xususida so‘zlab, kunni kech qiladi. Ba’zan o‘g‘illaridan birini ishxonaga ko‘tarib kelib qoladi. Bog‘chadan kechga qolgan emish. Divanga o‘tqazib o‘yinchoqlarga ko‘mib tashlaydi-da, har zamonda boshini ko‘tarib: — Dingiringdan o‘rgilay, — deb qo‘yadi. Uch kun deganda tekshiruv ishlarini tugallab qaytdi. Rangi bir ahvolda. Uxlamagan bo‘lsa kerak, ko‘zlari ham ich-ichiga botib ketibdi. — Rasvo, — dedi bir qo‘ltiq qog‘ozni stolim ustiga tashlab. — Nimasi rasvo? — deb so‘radim qog‘ozlarni nari surib. — Shaf Tol tumanini aytyapman. — O‘sha yoqqa borib kelganingizni men ham bilib turibman. Gapiring! — Gapirolmayman, ukam. — Nima balo, Iblisning o‘ziga ducli kelib qoldingizmi deyman? — Qaytaga ducli kelsamu o‘sha Iblising terimni shilib olsa bunchalik ezilmagan bo‘lardim. Odamlarga achinib ketyapman, ukam. Hammasini dangasayu maqtanchoq qilib qo‘yibdi. — Nega endi Iblis meniki boiarkan? — Uni sen yaratgansan-da. Ha, mayli, bir-birimizni ayblaydigan payt emas. Xullas, o‘sha Iblising a w a l bir ko‘chani, ketidan uch-to‘rt kvartalni zaharlabdi. Kishilar dangasaligu maqtanchoqlikdan huzur qiladigan darajaga borib qolishibdi. Ko‘chada tizza bo‘yi chang, axlat, oh-oh, ozodaligini qarang, deb maqtanishadi. Daraxtlar suvsizlikdan quriy boshlagan. Oh-oh, gurkirab o‘sishini qarang, deyishadi. Erkaklar maishatgayu ayollar o‘yinkulgiga beri lib ketibdi. Oh-oh, ishchanligimizni qarang, deyishadi. Gapiraveraymi ? — Tezroq bo‘ling. — Sehrgar Iblis maktablarga ham tumshug‘ini suqibdi. O‘quvchilar dars tayyorlamay qo‘ygan. Kundaliklar duniini gajak qilib turgan «2»larga to‘lib ketibdi. Bitta qizaloqdan, nega hech bo‘lmasa bironta ham uch olmacling, deb so‘rasak, voy amaki, uchdan ikki yaxshi, ikkitasini qo‘shsa to‘rt bo‘ladi, deydi. Muallimlar ham shunaqa ishyoqmas bo‘lib qolibdiki, sinfga kirganda nuqul uxlab o‘tirisharmish. U xonadagi xurrak bu xonaga bemalol eshitilib turarkan. O‘yinqaroqlik ham avj olibdi. Bitta maktabda muallimlardan ayollar va erkaklar futbol komandasi tuzilib, ayollar erkaklar darvozasiga o‘n sakkizta to‘p uribdi. Bo‘lmagan gap, deyishibdi erkaklar, hech qachon ayol zoti erkakning darvozasiga to‘p urgan emas. Ko‘zbo‘yamachilik qildilaring... Shunga q a r a m a s d a n , bu m a k t a b yil oxiriga borib, o‘zlashtirish 160, davomat 200 foiz bo‘ldi, deb axborot beribdi. Yolg‘on deya xulosa yozdik biz. Negaki, bir bola maktabga bir kunda ikki marta bormaydi. Maqtanchoqlik ham evi bilan-da!.. Ukam, mabodo uyqung kelib qolgani yo‘qmi? — Nima? — dedim hushyor tortib. — Ko‘zlaring yumilib ketyapti, — dedi-da, Nari Beri negadir kulib qo‘ydi. — Men... keltirgan faktlaringizni e h a y n a b hazm qilayotuvdim, — deya o‘zimni oqlagan bo‘ldim. Nega desangiz chindan ham shu paytda uyqu elita boshlagan edi. — Davom etaveraymi? — Oulog‘im sizda. — Yo‘q, yaxshisi ukaginam, mana bu aktlaru mana bu gazetalar bilan o‘zing tanishib chiqa qol. Aytgan boshqayu ko‘z bilan ko‘rgan boshqa, shunday emasmi? Mana, tunianda chiqadigan gazetadan bir dastasini olib keldim. Maqtanchoqlik kasali aftidan gazetadan boshlanganga o‘xshaydi. — Yo‘g‘-e! — deb qo‘ydim ishonqiramay. — Ma, o‘qi, yoki o‘zim o‘qib beraymi? Gazetalaming hammasini o‘qib chiqishga toqatim yetmadi. Masala ravshan. Sehrgar Iblis o‘sha atrofning yagona hokimi bo‘lib olib, bilganini qilibdi. Maqtanchoqlikning bundan yuqori bosqichi bo‘lmasa kerak. Shartta o‘rnimdan turib, Qalpoqchamni boshimga kiydimda, oyoqni qo‘lga olib, z a h a r l a n g a n dahaga y u g u r d i m . Yaxshi b i l a m a n k i , dangasaning qonidan achigan zardobning, niaqtanchoqnikidan kir sovun ko‘pigining hidi keladi. Buni men, go‘ring to‘la nur bo‘lgur, ustozimning laboratoriyasida ishlab yurgan paytlarimda qayta-qayta tekshirib ko‘rganman. Lekin ikkovi qo‘shilganda qanaqa hid berishini sinovdan o‘tkazmagan ekanman. Shaf Tol dahasiga borib ana shuni bir aniqlab, shunga loyiq dori ishlatish niyatida, hozir aytganimdek, oyoqni qo‘lga olib jadal borayotgan edim, to‘satdan... Iblis bilan bo‘ladigan uchrashuvlarimiz hamisha to‘satdan bo‘ladi o‘zi, ha-ha, to‘satdan yo‘l chekkasidagi shoxlari singan qari chinor ortidan menga, faqat mengagina tanish bo‘lgan qo‘lansa hid anqib qoldi. Iblis shu yerda, deb o‘yladim-u, boshimdan Qalpoqchamni olib, Oalpoqcham borligini unga hech qachon sezdirmaganman, chinorni aylanib o‘tdim. Nasha chekib, yoki ko‘knori kapalab mast bo‘lib olgach, xayol otiga minib, chayqalib o‘tiradigan qari bangilarni hech ko‘rganmisiz, Iblisni men xuddi shu ahvolda uchratdim. Peshonasidagi tirish yana ham quyuqlashibdi. Yuzidagi et endi butunlay tugab, jag‘ suyaklari paqqos ochilib qopti. Ko‘zlarini yumgan ko‘yi chayqalib, xirgoyi qilyapti: Sarqitlardan jamuljam bo‘lgan Iblisman, Oahrli, ko‘zi qonga to‘lgan Iblisman. Go‘zallik bog‘ini payhon etib bu dam, Yaxshilik gulini yulib otgan Iblisman. Hali uncha yaqiniga ham borganim yo‘q edi. Xirgoyisini to‘xtatib, bir ko‘zini xiyol ochdi-da: — Akbariymisan? — deb so‘radi ilondek vishillab. — O‘shaman, — deb qo‘ydim. — Tag‘in nega kelding? — Iblis inqillab o‘rnidan tura boshladi. Xayriyat, tugabdi. Butunlay tugabdi, degan fikr o‘tdi boshimdan. — Ikkovimiz qo‘l qo‘ygan shartnomaga ko‘ra bu atrof menga tekkan edi-ku? Bu yerda o‘zimga chiroyli makon qurib oluvdim. Qara, anavi qarta o‘ynab o‘tirgan so‘laqmonday yigitlarni, hammasini dangasa qilib qo‘yganman. Anavi maqtanchoqlarni ko‘ryapsanmi, bular ham mening askarlarim edi. Tegma ularga, shartnomani buzsang, ko‘zingni o‘yib olaman. — Qanaqa shartnoma? — dedim hayron bo‘lib. — Anovi kuni qo‘l qo‘yuvding-ku? — Qo‘l qo‘yganim yo‘q. — Qo‘ygansan. — Qo‘yganim yo‘q deyapman! — asta-sekin ustiga bostirib bora boshladim. Iblis vishillab tisarilishga tushdi. Shu paytda qo‘llari qaltirab, jag‘lari och bo‘rinikidek takillab ketdi: — Bu tumanni menga berinaysanmi? — Yo‘q! — Bilib qo‘y, yana sevgilingni olib qochib ketaman. — Endi olib qocholmaysan. — Ustingdan ananim uyushtiraman. — O‘shaningdan ham qo‘rqmayman. — Fuqaroni senga qarshi qilib qo‘yaman. — Hozir bo‘g‘aman seni! — jahl bilan ustiga tashlangan edim, xuddi suvga sakragan baqadek qornim bilan yerga tushdim. Iblis yana yo‘q bo‘lib qoldi. Xayriyat, atrofda hech kim ko‘rinmaydi. Bo‘lmasa suvsiz yerda cho‘milayotganimni ko‘rib, ustimdan rosa kulishgan bo‘larmidi. Turasolib ustozimning sandiqlari berkitilgan yerto‘laga yugurdim. Rahmatli dangasalik bilan maqtanchoqlik qo‘shilganda paydo bo‘ladigan kasallikni davolaydigan tomizg‘i, tutatqi dorilardan boshqalarga qaraganda mo‘lroq tayyorlab ketgan ekan. Tomizg‘isiga tegmadim-u, tutatqisini olib, zaharlangan mavze ustidan uch kun tutatdim. To‘itinchi kuni natijasini tekshirgani borib, eng avval yelkasiga uch dangasani mindirib kelgan qariyaning eshigini qoqmoqchi bo‘luvdim, to‘satdan eshigi sharaqlab ochilib ketdi. Qo‘lida anovi kungi ko‘rganim katta portfel, qariyaning o‘zi chiqib kelayotgan ekan. — Yelkangizdagi... o‘g‘lingiz qani? — deb so‘rabman deng, assalomu alaykum deyishning o‘rniga. — Ishga ketgan, — deb qo‘ydi qariya. — Keliningiz-chi? — Hovli supuryapti. — Nabirangiz qayerda? — Men turguncha bog‘chasiga ketib qopti. — O‘zingizga yo‘l bo‘lsin? — Professor Akbar Akbariyga rahmat aytgani boryapman. Bir xayolim o‘sha professor Akbar Akbariy mening o‘zim bo‘laman, deyin ham dedim-u, yigit kishining kamtar bo‘lgani yaxshi deb o‘ylab, indamay qo‘ya qoldim. to‘yga, to‘yga, to‘yga B olaligimda baxt ham, baxtsizlik ham qo‘shaloq bo‘ladi, degan gapni ko‘p eshitardim-u, o‘sha paytda bolalik qilib mazmuniga yaxshi tushunmas ekanman. Bordi-yu tushunganimda ham nima qilardim, to‘g‘ri emasmi? Baxt bilan baxtsizlikning farqiga bormaganingdan keyin to‘yib qovun yeding nimayu qulog‘ingning tagiga shapaloq yeding nima, unisiniyam, bunisiniyam bir to‘yib uxlasang, unutasan-qo‘yasan. Kechirasiz, boshqa yoqqa o‘tlab ketdim,. shekilli. Aslida men sizga qorong‘i tunlarim ortda qolib, charaqlagan kunlarim boshlanayotganligini aytmoqchi edim. Hech jahonda yigit tomonga qiz tarafdan sovchi kelganini eshitganmisiz? O‘zim ham eshitmagan edim. Bugun ertalab menga sovchi keldi. Yo‘q, kulmang, rost aytyapman. Yana kimdan deng, sevgan qizim Gu Lidan, Gu Lidan! Gu Lidan!!! Xafa bo‘lmang, buni men butun dunyo eshitsin deb ataylab takrorlayapman. Yaxshisi hammasini bir boshdan boshlay qolay. Uyog‘ini surishtirsangiz, bu quvonchimni sizga aytmay kimga ham aytardim. Voqeaning bismillosi ertalab Gu La xolam oyog‘imdan tortqilab uyg‘otishidan boshlandi. Bilasiz, uyqum qurg‘ur qattiq. Goho qulog‘imning ostida gumburlatib zambarak otishsa ham uyg‘onmaydigan odatim bor. Bu gal ham shunaqa bo‘ldi, shekilli. Gu La xolam oyog‘imdan tortib vodoprovodning tagiga sudrab ketayotganida uyg‘ondim. — Qayoqqa oboryapsiz? — dedim Ko‘zimni ochib. — Suvga pishmoqchiman, — dedi xolam nafasi qisilib, — voy, bolaginam-ey, uyqung biram qattiqki, uch soatdan buyon ovora bo‘laman! Tur, tezroq yuvin. Xudo xohlasa, baxting kulib boqqanga o‘xshaydi. — Nima bo‘ldi o‘zi? — Avval yuvin, keyin aytaman. Yuviqsiz odamga aytiladigan gap emas, tez bo‘l! Ko‘z yumib-ochguncha bet-qo‘limni yuvib, karavotga chordana qurdim. Kecha kechqurun Gu Lixonning otaonalari biznikiga vakil jo‘natishibdi. Bugun xolajonim hech yoqqa ketmay tursin ekan. Qizning ota-onalari kelib, men bilan Gu Lixon xususida gaplashib olmoqchi ekanlar. Qizlari, tegsam o‘sha meni Sehrgar Iblis changalidan qutqargan pahlavon yigitga tegaman, bo‘lmasa bu dunyodan toq o‘taman, deb sovchilarni qaytarayotgan emish. Umuman, sog‘lig‘i ham yaxshi emas emish. Mehribon ota-ona yakkayu yolg‘iz qizlarining hayotini saqlab qolish uchun ham, mayli, taqdiri qo‘shilgan bo‘lsa, o‘sha yigitga bera qolaylik, deyishibdi. Biz tarafdan sovchi bormayotganligi sabab toqatlari toq bo‘lib, o‘zlari kelishga qaror qilishibdi. . — Kerak emas, — dedim hovliqib o‘rnimdan turib. — Nega unday deysan, taylog‘im, — hayron bo‘ldi xolajonim, — yo ko‘ngling sovub qoldimi? — Xolajon, o‘lsam ham o‘shani deyman. Faqat ularni ovora qilmaylik. Sovchilikka o‘zingiz bora qoling. Xolajonim miyig‘ida kulib, boshini sarak-sarak qildi. — O‘sha shaddod qiz seni rosa qiynagan, to‘g‘rimi? — To‘g‘ri, xolajon. — Kechalari oh chekib, to‘lg‘onib chiqarding. — Bunisiyam rost. — Bolaginam, endi navbat bizga keldi. Qizi borning... yo‘g‘-e, o‘g‘li borning nozi bor deganlaridek, darrov xo‘p demaymiz. Qiz bola... yo‘q, yigit kishi darrov ko‘na qolmasligi kerak, o‘zini sipo tutishi zarur. O‘lib turgan ekan, bir marta borganimizdayoq xo‘p deya qolishdi, deyishsa, qizning... yo‘q, yigitning sha’niga yomon bo‘ladi... Qo‘rqma, to‘yni xudo xohlasa, albatta qilamiz. Lekin, jon bolam, kichkina lavozimdi emassan. Mavqeimizni ham ushlab turishimiz darkoi. To‘ygacha men nima desam, shuni qilasan. Endi tur, bolam, bozorga borib, ul-bul olib kel. Tag‘in dasturxoni quruq ekan, deb ustimizdan kulib ketishmasin. Begona yurtda boshingni silagan ayol onangdan ham aziz bo‘lib qolarkan. Xolajonim ham shunday. Gapini ikki qilolmayman. To‘rva-xaltani ko‘tarib bozorga jo‘nadim. Yukim og‘ir bo‘lib qolsa, qaytayotganda ko‘tarishib kelar, deya singlim Mu Tini ham ergashtirib oldim. Tashqariga chiqishimiz bilan Mu Tining savollar xaltasi og‘zi ochilib ketdi: — Aka, endi to‘y bo‘ladimi? — Albatta bo‘ladi. — To‘yda menga yangi kiyimlar olib berasizmi? — Xohlaganingcha. — Aka, to‘y kuni men qayerda o‘tiraman? — Kelinoyingning yonida. — Kelinoyim chiroylimi? — Juda ham. — U meni urishmaydimi ? — Hecham. — To‘ydan keyin kelinoyim men bilan yotadimi? — Ikkovimizning o‘rtamizda yotadi. — Ertak aytib beradimi? — Aytib bersa kerak. — Aka, to‘yimizga Gul Saf degan qiz bor-ku, o‘shani aytmaymiz. Akasiga kelin olganda meni aytmagan. Undan keyin ola Ko‘z degan bola bor-ku, o‘shaniyam aytmaymiz. Ko‘chaga chiqdim deguncha mushuk bo‘lib miyovlab meni qo‘rqitadi. Aka? — Nima deysan? — To‘ydan keyin kelinoyim chaqaloq tug‘ib beradimi? — Shunaqa bo‘lsa kerak. — Ikkita tug‘adimi yo bitta tug‘adimi? — Qaydam. — Ayting, ikkita tug‘sin. Bittasi qiz, bittasi o‘g‘il bo‘lsin. Qizini sochiga lenta taqib, o‘zim o‘ynatib yuraman, xo‘pmi? — Xo‘p. — Aka, to‘ydan keyin kelinoyimni olib o‘zingizning mamlakatingizga ketib qolmaysizmi? — Ketmayman. — Ketsangiz-chi? — Ketsam sen bilan Gu La xolamniyam olib ketaman. — Raketada uchamizmi? — Shunaqa bo‘lsa kerak. — Raketa gaz chiqaradimi? — Qaydam. — Men gazning hidini juda yomon ko‘raman. Ko‘zimdan yosh oqib ketaveradi. Aka, ko‘z yoshi qayoqdan paydo bo‘ladi? — Ko‘p gapirgandan... Mu Ti yana ikki yuzu ellikta savol berishi ham mumkin edi-yu, bozorga yetib qoldik-da. Qaytayotganda savol bermasin deb ataylab yigirma metrcha oldinda keldim. Kelsak... sovchilar allaqachon tashrif buyurishgan ekan. Bir-birimizni darrov tanidik. Qizlari yo‘qolib qolganda soqchilik idorasida, Gu Lini Iblis berkitgan joydan qutqarib kelgan kunim hovlilarida uchrashgan edik. G‘alati bo‘lib ketdim. Oyoqlarim kalovlanib qoldi. Xayriyat, o‘zimni yo‘qotmadim. Bo‘lajak kuyov qaynotasi bilan qaynonasiga qanday salom bersa, men ham ana shunday qildim-da, ichkariga o‘tib ketdim. Odam bolasi juda g‘alati bo‘lar ekan. O‘zi haqidagi gapni o‘zi yo‘q paytida qanday aytilishini bilgisi kelaverar ekan. Buning ustiga, o‘zingiz yaxshi bilasiz, Qalpoqcham qo‘lga tekkandan buyon gap poylamasam turolmaydigan bo‘lib qolganman. Ko‘zga ko‘rinmaydigan bo‘lib olib, sekin yonlariga chiqdim. Munozara poyoniga yetay deb qopti. Yana bir necha daqiqadan so‘ng bitim ham tuzilsa, ajab emas. Gap navbati xolajonimga kepti: — Endi... bir narsa deyishimiz juda qiyin, — deyapti xolam qoshlarini chimirib, kampirlarga xos bir tamanno bilan, — o‘g‘lim katta lavozimga ko‘tarilib ketgandan buyon, hoy singil, ishonasizmi, har qizlardan sovchi kelyaptiki, otasi ministru onasi bog‘chaga mudira emish. Xudoning bergan kuni ahvol shu. Ba’zi kunlari sovchilardan qochib, eshikni berkitib, tomga chiqib yotibmiz... Yana-tag‘in kim biladi... Bittasi deng, hoy singlim, yo tavba, dang‘illama imorat, yengil mashina, omonat daftarchada pulimiz bor, hammasi kuyovga atalgan, deydi-ya. Oanaqa zamonlarga qoldik o‘zi! Yana-tag‘in o‘g‘limning o‘zi biladi... Endi gap navbati bo‘lajak qaynonamga tegdi: — Opoqijon, unday demang, boshingizga urasizmi, o‘sha betayin qizlarning molu dunyosini. Yigit kishining moli yerda, xudo o‘ziga bersin. Mashoyixlar, tengi chiqsa bir kosa suv bilan so‘ratib her, degan ekanlar. Xudoga shukur, biz ham eldan kam emasmiz. Qizimizni ham yaxshi bilasiz. Ikki yil uyingizda ijarada turgan. Nima qilaylikki, qalbida m u h a b b a t guli g ’ u n c h a l a b q o p t i . Hoy o p o q i j o n , o‘g‘lingizning ham qizimda ko‘ngli bor. Ko‘ngli bo‘lmasa, Sehrgar Iblisning makoniga borib, uch kechayu uch kunduz qilichbozlik qilarmidi. Xo‘p deya qoling, xo‘p demasangiz, ostonangizda yotib olaman. — Shunday deysiz-u, singiljon, hali biz to‘yga tayyor emasmiz-da, — luqma tashlab qo‘ydi xolajonim. — Xudo xohlasa, sizlarni hecham urintirmaymiz, — qasam ichganday bir ohangda dedi bo‘lajak qaynonam. — Hali... kuyovning sarpolari ham tayyor emas. — O‘zimiz qilamiz, deyapman-ku! — Baribir qizga ham ul-bul narsa olishga to‘g‘ri keladi. — Hech narsa kerak emas. Ikki sandiq qilib o‘zim tayyorlab qo‘yganman. — To‘y jo‘natishga hali-beri qurbimiz kelmaydimi deb qo‘rqaman. — Voy opoqijon-ey, halidan buyon nima deyapman. Hammasini o‘zimiz qilamiz. Xudoga shukur, kuyovingiz ilg‘or qovunchi. O‘tgan yili mukofotga o‘ttiz ikki tonna qovun oldik. Puli naqd ikkita to‘yga yetadi-ya! Hoy, dadasi, gapirsangiz-chi! — Baribir senga yetkazib gapirolmayman, — deb qo‘ydi bo‘lajak qaynotam. Umuman u ham menga o‘xshab juda kamgap odam ekan. Kelganidan buyon dasturxonning popugini o‘ynab, boshini xam qilib o‘tiribdi. Uyatchanligini aytmaysizmi, xuddi mening o‘zginam-a. Kuyov bilan qaynotaning tuprog‘ini bir joydan oladi deganlari shu bo‘lsa kerak-da. Xolajonim, baribir yon bermay turib oldi. Shoshilish yaramaydi, buni umr savdosi deydilar, qarindosh-urug‘lar bilan biz ham bir maslahatlashib ko‘raylik, degan javobni qildi. Qarindosh-urug‘ emish, bu dunyoda uning uchinchi sinfda o‘qiydigan Mu Tidan boshqa yana kimi bor ekan, hech aqlim yetmay qoldi. Ertasiga ham, indiniga ham javob shunga yaqinroq bo‘laverdi. Yuragim tars yorilib ketay dedida. Xuddi berkinmachoq o‘ynayotgan bolalarga o‘xshaymiz. Qayerga yashiringanini bilamiz-u, ammo o‘yin shartini buzmaslik uchun, ataylab topa olmayotgandek bo‘lib ko‘ririamiz. Bir oy deganda xolajonim andak yumshab, mayli yoshlar bir uchrashsin, yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelsa, taqdirdan qochib bo‘larmidi, dedi. Qiziq, uchrashuv belgilangan kuni allaqanday behalovat bo‘la boshladim. Ko‘rishib yurgan bo‘lsak, qiz allaqachon rozilik berib, shirinlikka intilgan chaqaloqdek o‘zi menga t a l p i n a y o t g a n bo‘lsa, nega e n d i bu y u r a k q u r g ’ u r t e m i r c h i n i n g bosqonidek gursillab urib qoldi ekan. Uchrashuvimiz ruhiy bemorlar shifoxonasining orqasidagi katta gulzorda bo‘lishi kerak edi. Uzoq kutmadim. Gulzor chekkasiga yengil mashina kelib to‘xtadi. Ikki ayol birinketin tushdi-da, birovi oppoq shohilarga o‘ralib, bamisoli suv parilariga o‘xshab ko‘rinayotgani men tomonga yura boshladi. Bu sevgilim edi! Zim-ziyo t u n d a to‘satdan charaqlab oftob chiqib, atrof qanday yorishib ketsa, hozir ham shunday bo‘ldi. Olam charog‘on nurlarga limmo-lim to‘lib ketdi. Nurlar ichida oppoq bo‘lib ochilgan atirgul suzib kelmoqda edi. O‘zi bilan dunyodagi barcha gullarning mast qiluvchi xushbo‘y atrini olib kelayotgandek. — Akbariy! — Gu Lixon. Bir-birimizga tikilishib qoldik. Birdan og‘zimizning tanobi qochib, jilmayishga o‘tdik. Bunaqangi paytda navbatdagi qadam qanaqa bo‘lishini bilmas ekanman Yugurib borib, qo‘lidan ushlashim kerakmidi, ishqilib, bilmas ekanman-da. Battarroq iljaya boshladim. Qizning gul-gul yashnab turgan yuziga allaqanday soya qo‘nganday bo‘ldi. Uzun kipriklari pirpiraganini ko‘rdim. Bodom qovoqlari osilib tusha boshladi. Boshini egib oldi. — Men roziman, — dedim nima deyishimni bilmay, — mayli uylansam uylana qolay. — Kimga?! — qiz boshini keskiri ko‘tardi. — Kimga bo‘lardi, sizga-da. — Voy, menga nega uylanar ekansiz? — Axir o‘zingiz sovchi yuboribsiz-ku. Ota-onalaringiz, xolayu tog‘alaringiz... rosa qatnashdi. Sevgilimning qop-qora ko‘zlarida allanarsa chaqnaganday bo‘ldi. Yuzidagi haligi ko‘lanka tugunchaga aylandi, sadafdek oppoq tishlarining bir-biriga urilganini eshitdim. — Hech qanday sovchi yuborgan emasman. — Yuborgansiz. O‘zingiz uchrashuvga mendan rozilik so‘rabsiz-ku? — Hecham-da, — Gu Lixonning gilosdek chiroyli lablari xunuk tortildi. Ko‘zida gulga qo‘ngan shudringdek yiltirab yosh tomchisi ko‘rindi. — O‘zim ishlaydigan kasalxonaga o‘tib ketayotgan edim. Nari turing, kechga qolyapman. — Gu Lixon! — Nari turing deyapman!! Shunday dedi-da, yonginamdan o‘tib, tushib kelgan mashinasi ho‘ narida turgan ekan, borib o‘tirib oldi. Hazil qilayotgan bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim, chinga o‘xshaydi. Mashina jo‘nab ketdi. Atrofni qorong‘ilik qoplagandek bir daqiqa chamasi hech narsani ko‘rolmay qoldim. Ishni buzib qo‘yganga o‘xshayman. Ha-ha, deya mashinam turgan tomonga qarab telbalarcha yugura boshladim. Sensiz dunyom qorong‘i bo‘ladi, sen mening quyoshimsan! Xayriyat, shofyorim voqeani kuzatib turgan ekan. — Ularning... mashinasi qayoqqa ketganini bildingmi? — dedim entikib. — Bildim. — Quvsak yeta olamizmi? — Bo‘lmasam-chi. Allaqachon shahar tashqarisiga chiqib olishibdi. Yo‘lning kengroq joyidan quvib o‘tdig-u, mashinamizni ko‘ndalang qilib, oldini to‘sdik. Hali shoshganimcUm sevgiliniga atalgan bir quchoq gulni mashinamda qoldirib ketgan ekanman. O‘shani olib, oldilariga tushib bordim. Yonida o‘tirganlardan uyalmadim ham. Gu lixon, hazil qilaman deb, qovun tushirib qo‘ydim, shekilli, bilasiz-ku, shunaqa odatim bor. Agar meni mana shu mashinaning g‘ildiraklari ostida o‘lishimni istamasangiz, bir minutga tushing, uzrimni aytay. deya yolvordim. Yonida o‘tirgan ayol eslikkina ekan, sekin turtib: — Tushaqol, — deya shivirladi. Mashinadan tushayotganda yana olani charaqlab ketdi. Osmondagi qushchalar qo‘shiq boshlab yuborgandek bo‘ldi. Butun dala sakrab o‘yinga tushayotgandek. Hazilingiz qursin, deya shivirladi qulog‘imga. Qulog‘im lovullab yonib ketdi. Egilib, oyog‘ini o‘pmoqchi bo‘luvdim, sochimdan tortib, uyat bo‘ladi, deb qo‘ydi. Men yo bor edim, yo yo‘cj edim. U pardek yengil edi, men Rustamdek pahlavon edim Uyat, nomus yer qa’riga kirib ketgandi. Ikki qo‘limga ko‘tarib olib, gir-gir aylanar edim. Osmon aylanardi, yer aylanardi... Biz yo bor edik, yo yo‘q edik. Baxt deb atalmish ilohiy bir to‘lqin ichida erib ketgan edik. — Gu Lixon! — Akbariy! — Rozimisiz? — Roziman, Akbariy... Ertasiga tomonlar yana betaraf joyda uchrashib, to‘y lcunini belgilashdi. Yigirma sakkizinchi avgust, esingizdan chiqmasin, yigirma sakkizinchi deyapman! Ey, vot-vov karnaychilar, yig‘loqi surnaychilar, talca-tum nog‘orachilar, barcha-barchangizni taklif qilaman. Akbariynikiga to‘yga, to‘yga, to‘yga!!! Ey, jajji singlim Mu Ti, atlas ko‘ylak seniki! Ey, xolajonim, doka ro‘mol sizga. Ey, do‘stlarim, nimaiki topgan bo‘lsam, hammasi sizga. To‘yga, to‘yga, to‘yga!!! iblis o o ’ l g a t u s h d i I kid kun bo‘ldiki, Qalpoqcham yo‘q bo‘lib qolgan. Yuragim to‘la g‘ashlik, vahima. Xuddi, yovuz dushman oldida qurolsiz qolgan askardek ojiz sezyapman o‘zimni. Nahotki butunlay ketib qolgan bo‘lsa, nahotki buyuk ishlarimni yakunlayotganimda yonimda turishni istainagan bo‘lsa! Axir uning so‘nggi yordamiga juda, juda ham muhtoj edim-ku! Qalpoqcham bo‘lmasa, burnim yaxshi ishlamasa, ustozim Noyob dorilarni vasiyat qilib ketmasa, men kim edim, eshakka qiyshiq minib, uyma-uy gazeta tarqatib yurgan shunchaki bir yigitcha edim, shunday emasmi? Aqlimning o‘n chandon ko‘payib ketishi ham, katta martabaga erishib, ketma-ket qahramonliklar ko‘rsatib, begona mamlakatda dovruq taratishim ham shular tufayli emasmidi? Ikki kundan buyon yuragimga qil sig‘maydi. Oovog‘iin ayron xaltadek osilib ketgan. Qiziq, idoradagi xodimlaming lcayfiyati rahbaming rang-ro‘yiga qarab belgilanarkan. Awalgi kuni behad xursand edim. Hammalari shod, xurram, huzurimga turli yumushlar bilan kirib chiqayotgan sochi kalta qirqilgan qizlarning yuzida tabassum, la hi da kulgi, adolatli yordamchim Nari Beri bo‘lsa, kunbo‘yi oyoqlarini lildllatib, allaqanday kuyni xirgoyi qilib o‘tiruvdi. Bugun bo‘lsa, barchasining betida ma’yuslik o‘rmalab yurgandek, bir-ikld marta kulmoqchi bo‘lib harakat qiluvdim, xunuk tirjaygan bo‘lsam kerak, choy olib kirgan qiz tezgina yuzini teskari o‘girib oldi. Ichida, huv vajohating qursin, degan bo‘lsa ham ajab emas. Tushlikka chiqmoqchi bo‘lib turuvdim, xonamning eshigi ovozsiz ochilib yopildi-yu, «Akbariy», degan ovoz eshitildi. Yuragim hapriqib ketdi. Shiringina e n t i k i b oldim. Qalpoqcham qaytib kelgan edi! — Qayerlarda yuribsan? — dedim xuddi tartibsizlik qilgan o‘g‘lini urushgan otadek bir ohangda. — Bunaqangi odating yo‘q edi-ku? — Sening foydangni ko‘zlab yuribman. — Foydangni ko‘zlab yuribman?! — Bo‘lmasa-chi! Aytmabmidim, rahbarlikka yaramaysan deb. Aytganim keldi. Kunbo‘yi boshing majlisdan chiqmaydi. Maqtanganing maqtangan. Bugun radiodan gapirasan, ertaga televizorga chiqasan. Nima, gazetalarning sendan boshqa ishi yo‘qmi? Hammayoqni surating bosib ketibdi-ku. — O‘zlari qo‘yishmayapti-da. — Maqtanchoq bo‘l, evi bilan bo‘l-da. — Maqtangim kelsa nima qilay, axir, — o‘zimni oqlay b o s h l a d i m , — odam, m a s a l a n , yelkasi qichiganda qashiyolmay turolmaydi-ku! — Senga xushxabar keltirdim... Dushmaning o‘lim to‘shagida yotibdi. — Iblismi? — Meni boshingga kiy-da, darhol o‘sha yoqqa jo‘na. — O‘zing boshlab borasanmi? Yo‘l ko‘rsatasanmi? — Yo‘q, bu gal burningdan foydalanasan. Ishlamasdan zanglab ham ketdi, shekilli. Rostdan ham anchadan beri burnimdan foydalanmay qo‘ygan edim. Qadrdon Qalpoqcham haq gapni aytganligim tashqariga chiqqanda bildim. Hid olish quwati juda pasayib ketibdi. Havoni simirsam, hidlar aralash-quralash bo‘lib ketyapti. Bolaligimda, quduqdan har kuni suv tortib turish kerak, bo‘lmasa suvi qurib qoladi, deganlarini eshituvdim Bu gapni burnimga ham aloqadorligini o‘sha paytda payqamagan ekanman. Sal qolibdi-ya, burnimni ishdan chiqarib qo‘yishimga. Saratonning qaynoq havosini o‘ttiz marta qayta-qayta simirganimdan keyin, xayriyat, hie! tanlaydigan ko‘z ilg‘amas mashinachalar ishlab ketdi, shekilli. Shaharning kunbotar tomonidan menga, faqar mening o‘zimgagina tanish bo‘lgan qo‘lansa hid anqiy boshladi. So‘ng bu hid ip bo‘lib burnimga bog‘landi-yu, sudrab ketdi. Shahardan chiqaverishda araqdan bo‘shagan shishalar saqlanadigan omborxona bor ekan. O‘ziyam naqd bir gektarcha keladi deng. Shishalarni shunaqangi uyib tashlashibdiki, tepasiga uncha-muncha alpinistlar ham chiqa olmaydi, desam ishonavering. Sehrgar Iblis shu yerda ekan! Salqin bir joyga eski palosni to‘shab, ustida cho‘zilib yotibdi. Igna yutgan itdek har zamonda ing, ing deya ovoz ham chiqaryapti. — Yaqiniga bora ko‘rma, — shivirladi boshimda turgan Qalpoqcham, — o‘zingni sezdirib qo‘yasan. — Xo‘sh, nima qilay bo‘lmasa, — deb shivirladim men ham. — O‘zing ham aqlingni ishlat-da! — jerkib bergandek bo‘ldi Qalpoqcham. Umuman, uning fe’li bugun sal aynibroq turibdi. Aslida so‘nggi savolim o‘rinsiz bo‘ldi. Bunaqangi paytda nima qilishim kerakligini o‘zim ham bilardim-ku. Ustozimning sandig‘i saqlanayotgan yerto‘laga qarab yugurdim. Hammasi yopig‘liq ekan. Shoshmayotgan bo‘lsangiz o‘sha yozuvni sizga ham o‘qib berishim mumkin. «SO‘NGGI BOSQICH DORILARI Bu bosqichda shahar fuqarosi qalbidagi Yaxshilik tuygulari avj oldirilib, Yomonlik mikrobini qabul qilmaydigan darajada kuchaytiriladi. Ushbu Noyob dori tarkibida dunyodagi barcha Yaxshilik, barcha Gozallik, barcha Nafislik, barcha Yorqinlik jamlangandirkim, Yomonlikning har qanday zarralarini eritib yuborgusidir. Xaltachadagi kukunning teng yarmi tutatilsin. Shahar fuqarosi ikki kun davomida uning dudidan nafas olib tursin...» Xaltachani oldim-u, darhol ishxonamga yugurdim. Nima bo‘lganda ham «Komitet» raisiman. Tobelarim bilan maslahatlashib olmog‘im darkor. Fuqaroni ikki kun dud ichida ushlab turishning o‘zi bo‘lmaydi. Buning uchun maxsus ruxsat olish kerak. Raisman-u, lekin hokimi mutlaq emasman. Favqulodda majlis chaqirdik. Iblis qiyofasini o‘zgartirib oramizga kirib olishi ham m u m k i n edi. Xodimlarimni ostonadan yakka-yakka o‘tkazib, har birini hidlab ko‘rdim. Eshikni ichidan qulflab, yoniga poyloqchi tayinladim. Kengashimiz g‘oyat maxfiy o‘tishi, Iblisga qarshi so‘nggi hamla tayyorlanayotganligi sir tutilishi darkor edi. Iblis ham anoyi emas. Garchi o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsada, tayyorgarligimizdan xabar topsa, u ham harakatga tushib qolishi mumkin. Axir, hatto ilon ham o‘limi oldidan vujudidagi so‘nggi zaharni purkashga harakat qiladi-ku! Kukunni tutatishni fuqaroning dam olish kunlarida shanba bilan yakshanbada o‘tkazadigan bo‘ldik. Bu fikr o‘zimdan chiqdi. O‘ziyam o‘sha paytda juda aqlli bo‘lib ketuvdim-da. Soqchi yordamchimga ikki kun davomida hech kimni shahardan tashqariga chiqarmaysiz, deb topshiriq berdim. Xayrli ishning yakunida ko‘pincha boshliqlar ishtiroki zarurligini bilardim. Qishlog‘imizda cho‘chqaxona qurilganda uning lentasini qirqishga qishloq raisini topib kelganlarini eslab qoldim. Garchi men hozir Shirin qovunlar mamlakatida ish lco‘rayotgan bo‘lsam-da, rahbarlar ko‘nglini ovlash hamma joyda bir xil natija bersa kerak, deb o‘ylab, shahar ma’muriyatining boshlig‘i Nor Vonni so‘nggi gugurtni chaqishga taklif qildim. Iltimosim bajonidil qabul qilindi. Kukunni tutatish uchun shaharning qoq o‘rtasidagi tekis bir maydon tanlangan edi. O‘sha yerga faqat ikkovimiz bordik. — Ishqilib... portlab ketmaydimi, — cho‘chibroq so‘radi Nor Von. — Portlamaydi, — deya dalda berib qo‘ydim. Boshliq bir oz ikkilanib turdi-da, gugurt chaqib yubordil<. Tarashadan chiqqan olov ustiga Noyob kukunni o‘zim sepdim. Bir-birimizga qarab ma’noli jilmayishib oldik. — Hidi yoqimli ekan, — deb qo‘ydi Nor Von. Chindan ham, tong paytida gulzorga kirganingizda qiyg‘os ochilgan gullar orasidan anvoyi hidlar ufuradi-ku, bamisoli ana shunga o‘xshab ketdi. O‘zim ham to‘yib-to‘yib nafas ola boshladim. Yer bag‘irlab borayotgan tutun bir nafasda shahar yuzini qoplab ketdi. Bamisoli oydin kechayu, ipakdek mayin, inson m e h r i d e k iliq, s h u d r i n g tomchisidan toza, qo‘yosh nuridek yorqin bir holat paydo bo‘lgandek. Goho ko‘kish, goh sarg‘ish to‘lqin urayotgan tumanlik shahar ustida ikki kun suzib yurdi. — Oh-oh, bu yoqimli hid qayerdan keldi ekan! — Oo‘shni, havoda asalning ta’mi bormi? — Dunyodagi barcha xushbo‘y atirni shahrimiz boshidan qo‘yishayotganga o‘xshaydi. — Kimgadir yaxshilik qilgim kelyapti. — Qp’shni, bir mahal sizni ranjituvdim, meni kechiring, — mazmunidagi suhbatlar ham qulog‘imga chalinib turibdi. Ustozim ikkimiz boshlagan buyuk ish buyuk natija bilan tugallanayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rib turardim. O‘zimda yo‘q shodman. Ishonsangiz, olam menga torlik qilayotgandek. Eng baland tepalikka chiqib: «Handalak shahridagi og‘aynilar, Sarqitlardan butunlay xalos bo‘ldingiz. Endi erkin yashaysiz. Umringiz ham uzoq bo‘ladi», deya hayqirgim kelardi. Aniqrog‘i, allaqachon hayqira boshlagan ham ekanman. — O‘pkangni bos, — maslahat berdi Qalpoqcham, — hayqirishga hali erta. — Nega erta bo‘larkan? Asosiy ishni bajarib bo‘ldim, qo‘y, endi bir-ikki kun yayrab olay. — Iblis-chi? — U endi o‘ladi, ehtimol allaqachon o‘lgandir ham. — Akbariy, azizim, chuchvarani xom sanama. U haliberi o‘lmaydi. Kuch yig‘yapti. Oyoqqa tursa, yana boshingga falokatlar yog‘diradi. Uni zudlik bilan ushlash kerak. — Axir unda vujud yo‘q-ku, qanday qilib ushlayman, nima bilan ushlayman? — Aqlingni ishlat. — E, mehribon Qalpoqcham, to‘rtinchi sinf darajasida ma’lumoti bor o d a m n i n g aqli h a m m a narsaga ham yetavermaydi. — Professorlik unvoning bor-ku? — Unvonga til tekkizma, jon o‘rtoq, — deya jerkib berdim. — Iblisni uyqusida ushlash kerak, qayerda uxlashini men aniqladim. — Rostdanmi? — Onasining qornida uxlarkan. — Shishaning ichidami? — Ikki kechayu ikki k u n d u z kuzatdim. Kunbo‘yi qayoqlardadir sanqib yuradi-da, kechga tomon araqdan bo‘shagan shishalar omborxonasiga borib, ko‘zdan yo‘q bo‘lib qoladi. Awalgi kuni bir baqaloq shishaning ichiga kirib ketayotganini ko‘rib qoldim. Bugun ertalab esa boshqa bir shishaning ichidan chiqib kelayotganini kuzatdim... — Bo‘ldi! — deya o‘rnimdan turib ketdim. — Buyog‘iga «Komitet» raisi sifatida o‘zimning ham aqlim yetadi. Oalpoqcham, azizim, kel yana bir achomlashaylik. Demak, deya mulohaza yurita boshladim, idoramga qaytib, yumshoq kresloga o‘tirib olib. Shishaning ichida uxlar ekanda. Undan odam bolasi chiday olmaydigan qo‘lansa hid kelardi, demak, bu hid aynigan araq bilan ivigan sarqitli qonning qorishmasidan paydo bo‘layotgan ekan-da. Ana kashfiyot-u, mana kashfiyot! Uni endi qo‘lga tushirsa bo‘ladi. Burnim yana ish beradi. Lekin to‘xta, deya peshonamni ushkb bir oz o‘ylanib qoldim. Shahardagi shishalarning hisobi yo‘q. Qaysi birini hidlab chiqaman ularning. Bordi-yu, barcha shishalarni tugatib, bitta yo ikkitasinigina qoldirsam-chi ? Ha, ha, shunday qilaman, xuddi shunday! Yana maxfiy kengash chaqirdim. Boshqa ilojim yo‘q edi. Boshliq sifatida, mana bunday qilinglar, deya buyruq chiqarib qo‘ya qolsam ham bo‘lardi-yu... lekin masalan, o‘ltog‘im Hoshimga o‘xshagan palapartish ish tutadigan yigitlar bo‘lsa shunday qilishi hech gap emas edi... lelon men ancha puxta bo‘lib qolganman. Kengashning yaxshi tomonidan biri shuki, masalan, biron ishning pachavasini chiqarib qo‘ysang, aybni kengash qatnashchilariga to‘nkab turaverasan... — Demak, araqdan bo‘shagan shishalarni gum qilish kerak ekan-da! — savol berdi kengash qatnashchilaridan biri. — Xuddi shunday, — deb qo‘ydim. — Bo‘shamaganlarini-chi? — deb so‘radi boshqasi. — Ularniyam! — Shirinliklar quyilgan shishalarni nima qilamiz? — Ularga tegilmasin, ichidan badbo‘y hid chiqarmaydi ular. Ichilmagan shuncha araqni to‘kib, shishalarni sindirsak, uning zararini kim to‘laydi, degan savol ham tushdi. Komitet o‘z bo‘yniga oladi, deya yotig‘i bilan tushuntirmoqchi bo‘ldim-u, lekin o‘ylab qarasam, masalaning nozikroq tomoni yo‘q emas ekan. Nor Vonga qo‘ng‘iroq qilib, undan ruxsat olishga to‘g‘ri keldi. Endi shahardagi shuncha shishani qanday yig‘ib olish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Kengash chaqirganim yaxshi bo‘lgan ekan, birin-ketin foydali t a k l i f l a r n i o‘rtaga tashlayverdilar. Men bu mamlakatga kelmasimdan oldin mana shu shaharda shisha yig‘ish bo‘yicha bot-bot konkurslar o‘tkazilib turarkan. Bir yuzu beshinchi maktabning o‘quvchilari uch yil davomida konkurs g‘olibi degan sharafli nomga muyassar bo‘lishibdi. Hatto ular o‘sha paytlarda bo‘sh shishalarnigina emas, araqning yarmi ichilgan shishalarni ham egasining qo‘lidan tortib olib nom chiqarishgan ekan. Bir kechayu bir kunduz davom yettirish sharti bilan umumshahar konkursi e’lon qilindi. Manfaatdorlikni ham yo‘lga qo‘ydik. Qaysi maktab yoki qaysi bola shishani ko‘p yig‘sa, o‘sha maktab yoki bolaga bir yil davomida t e k i n g a q o v u n yeyish h u q u q i b e r i l a d i g a n b o ’ l d i . Ma’muriyat boshlig‘i N o r Von, barcha magazin va omborxonalar eshigi lang ochilib qo‘yilsin, shishani berkitgan odam uch yildan besh yilgacha ma’muriy jazoga tortiladi, degan ko‘rsatma ham berib yubordi. Umuman, bu ishga bolalarni jalb qilib yaxshi qilgan ekanman. Natijasi kutganimdan ham a’lo bo‘ldi. Haligi nomini eslatib o‘tganim maktab o‘quvchilari chindan ham balo ekan. Ishga shunaqangi muhabbat bilan kirishdilarki, araq yuqi shishalar uyoqda tursin, hatto shaharda o‘n to‘rtta kashanda bor ekan, o‘shalarning qo‘lidagi nos shishilargacha yig‘ishtirib ketishibdi. Shaharning tashqarisida 21 ta ekskavator tinmay yer qazib turardi. Bir kechayu bir kunduzda ishni yakunlagandek bo‘ldik. Araq hidi kelib turgan shisha urug‘i borki, yer qa’riga kirib ketadi... Shaharning to‘rt dahasiga araq hidi ufiurib turgan to‘rtta yigirma litrlik shisha qo‘yishga buyruq berdim va o‘sha buyruqda har shisha yaqiniga yashirincha suratga oladigan telekameralar qo‘yilsin, har bir kamera yonida maxsus poyloqchilar tursin, poyloqchilar rasiya orqali men bilan aloqada bo‘lib, ruxsatimsiz biror harakat qilishmasin, deya ko‘rsatib ham o‘tdim. Sehrgar Iblis tunash uchun shu shishalardan biriga albatta yaqinlashadi, deya qattiq ishonar edim. Lekin gap nimadaligini hech kim bilmasdi. «Komitet» raisi jinni bo‘lib qolganga o‘xshaydi, bo‘lmasa bunaqangi poyma-poy b u y r u q l a r b e r a v e r m a g a n b o ’ l a r d i , d e b o‘ylayotganlar ham yo‘q emasdi. Nihoyat el yotar paytida o‘zim poyloqchilik qilib turgan, bo‘sh shishalar saqlanadigan shahar omborxonasi hovlisini menga, faqat mening o‘zimgagina tanish bo‘lgan qo-’lansa hid qoplab ketdi. Sehrgar Iblis paydo bo‘ldi. Ha-ha, xuddi o‘shaning o‘zi! Odamning rahmi keladigan darajada munkayib qolibdi. Nazarimda yurib emas, ilondek sudralib kelmoqda edi. O‘pka ham ishdan chiqqanga o‘xshaydi. Xirxir qilib yo‘talib ham turibdi. Hovli o‘rtasida to‘xtab, xuddi uyini o‘g‘ri urib ketgan odamdek hayrat va vahima ichida ancha mahal angrayib turdi. Ich-ichiga botib ketgan yelkalari ko‘tarilib tushayotgani shundoqqina ko‘rinib turardi. Hovli o‘rtasiga qo‘yganim yigirma litrlik shishaga yaqinlashib, og‘zini hidlab ko‘rdi. Bir emas, bir necha bor hidladi. Har hidlaganda, haligi eshak o‘zi nam qilgan joyni o‘zi hidlab, tumshug‘ini osmonga ko‘tarib burnini jiyiradiyu, ana o‘shanga o‘xshash qiliqlar qila boshladi. Keyin shoshilib, shishaning ichiga kirib ketdi. — Og‘zini berkit! — s h i v i r l a d i boshimda turgan Oalpoqcham. Har ehtimolga qarshi rezinka tiqin olib yurgan edim. Jon holatda tashlanib, shishaning og‘zini berkitdim. Rezinka ustidan yelim to‘kib, tunuka qopqoq bosdim. Ana shundan keyingina shishaning ichiga ko‘z tashlashga botina oldim... Yo rabbiy, men hozirgina ko‘rib turgan qiyofa endi yo‘q edi! Ustozim laboratoriyasida shisha portlaganda birinchi daf a ko‘rganim — qora soqoli o‘sib ko‘ksiga tushgan, tarvuzdek dum-dumaloq qorni irg‘ib chiqqan, qovurg‘alari orasidan ichak-chavog‘i ko‘m-ko‘k bo‘lib turgan olako‘z, katta burun, yiltiroq peshonali maxluq yana ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ldi. O t a s h k u r a k d e k oriq qo‘llari bilan allaqanday harakatlar qilyapti. Chillashirnikidek ingichka oyoqlari tepinyapti. Bir narsalar deb baqirayotganga ham o‘xshaydi, shishaning og‘zidagi yelim allaqachon qotgan bo‘lsa kerak, ovozini eshitolmayapman. — Qalpoqcham, — deya entikib ketdim, — ke, peshonangdan oxirgi marta o‘pay! — Yo‘q, endi sening peshonangdan men o‘paman! — deb qo‘ydi qadrdonim. — Dunyodagi barcha Razolat, barcha Yomonlik ramzi bo‘lmish Sehrgar Iblisni sen qo‘lga tushirding. Onasining qorniga kiritib yubording. Yaxshilik Yomonlik ustidan, mana, g‘alaba qildi! Oadrdonimsan! Seni o‘zim o‘paman! menga haykal oo‘yganlari T 7 " omitet» idorasiga odamlar ertalabdanoq to‘lqinI V to‘lqin bo‘lib yopirilib kela boshladi. Tunda bo‘lgan voqea allaqachon ovoza bo‘lib ketgan, hatto shahar radiosi mening ruxsatimsiz ertalab so‘nggi axborotda jindek tushuntirish ham berib o‘tgan ekan. Tuni bilan mijja qoqqanim yo‘q. Iblis qamalgan shishani kattaroq yana bir shishaning ichiga solib, uning ham og‘ziga rezinka tiqib, yelimlagan edim. Sutdan og‘zi kuygan qatiqni puflab ichadi, deganlaridek, Iblisni qochirib yuborishdan juda qo‘rqardim. Qiziq, shishalar ichiga qancha berkitsam, Iblis shuncha aniqroq ko‘rinyapti deng. Dahshatli nigohini menga xanjardek tikib o‘tiribdi. Qani endi, ilojini topsa-yu, chiqib meni tilka-pora qilib tashlasa. Chiqolmaydi endi. Negaki, haligacha hech zot o‘z onasining qornini o‘zi yorib chiqqan emas. — Odamlarga nima dey? — so‘radi adolatli yordamchim. Uyqusirab turganim uchun biron fikr aytishdan ojiz edim; — Xo‘sh, nima maqsadda kelishibdi o‘zi? — Obbo, ukaginam-ey, — yelkamga sekingina urib qo‘ydi Nari Beri, — nahotki shuni ham tushunmaydigan bo‘lsang. Avvalo seni, o‘zlarining jasur xaloskorlarini qutlashmoqchi. So‘ngra Poraxo‘rlik, ta’magirlik, Ig‘vogarlik, Manfaatparastlik, Byurokratlik, Shuhratparastlik, Dangasalik, Maqtanchoqlik... O‘zing aytganingdek, o‘n yetti illatdan tashkil topgan Sehrgar Iblisning qiyofasi qanday bo‘lar ekan, shuni bir ko‘rsak deyishyapti. — O‘zingiz qanday maslahat berasiz? — Menimcha, hozircha Iblisni ularga ko‘rsatmay turganimiz ma’qul. — Nega? — Afti juda xunuk ekan. Bir xillar qo‘rqib, o‘zidan ketib qolishi mumkin. — Har qalay, odamlarga biror narsa deyishim kerak ku, axir? Qarang, eshik-derazalarni sindirib yuboray deyapti. — Bo‘lmasa, ukaginam, o‘zing birrov chiqib, ko‘rinish bera qol. Uyqusirab turganim uchun har qanday maslahatni ham qabul qilishga tayyor edim. Eshikdan chiqishning iloji bo‘lmadi. Deraza rafiga ko‘tarilib, qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, to‘planganlarga egilib uch bora salom berdim. Yiqilib tushsam, qo‘lma-qo‘l ko‘tarib ketishlaridan qo‘rqib, tezgina orqamga qayta qoldim. Tashakkur eshitishdan ko‘ra ham muhimroq ishlarim bor. Endi Iblisni nima qilaman, k o ’ m a m i z m i , k u y d i r a m i z m i yoki sayroqi b e d a n a n i to‘rqovoqqa solib, daraxtga ilib qo‘yganlaridek, katta shishani balandroq joyga chiqarib, bepul tomosha tashkil qilamizmi? Ana s h u l a r haqida o‘ylardim. «Komitet» a’zolarini yig‘ishning iloji bo‘lmadi. Eshik oldiga to‘plangan odamlarni yorib o‘tishning imkoni bo‘lmayapti, deb bahona qilishdi. Tavba, topgan gaplarini qarang. Kirgani qo‘rqyapmiz, deb rostini aytib qo‘ya qolishsa bo‘lmasmikin. Xayriyat, shahar ma’muriyatining katta-kichik rahbarlari tashrif buyurib qolishdi. O‘n besh chog‘licha bor. Meni galma-galdan quchoqlab, tabriklaganlaridan so‘ng, shisha qo‘yilgan xonaga boshladim. Awaliga cho‘chinqirab turishdi. Ba’zi birlarining labiga uchuq chiqqanini ham bemalol ko‘rib turardim. — Bay-bay-bay! — dedi Nor Von orqasiga tisarilib. — Afti yomon xunuk ekan-e! — Sarqitning yuzi chiroyli bo‘ladi deb o‘ylabmidingiz? — luqma tashlab qo‘ydi boshqasi. Bularning kelgani yaxshi bo‘lgan ekan. Meni qiynayotgan savolga o‘zlari javob topishdi. Umuman, rahbarlarning miyasi o‘zlariga tobe bo‘lgan fuqaronikiga qaraganda ham tez, ham yaxshi ishlaydi. Buni men ko‘p sinab ko‘rganman. Sehrgar Iblisni hozircha kuydirish ham, ko‘mish ham kerak emas. Illatning afti naqadar xunuk bo‘lishini fliqaro ko‘rib, o‘zicha xulosa chiqarib tursin uchun shaharning qoq o‘rtasiga oynadan uy qurib, shishani o‘shaning ichiga qo‘yilsin, degan oqilona taklif ldritishdi. Oradan uch kun o‘tgach, shisha aytilgan joyga qo‘yildi ham. Menga baribir tinchlik bo‘lmadi. Shuhrat yuld og‘ir bo‘larkan, qiynalib ketdim. Muxbirlardan qochgani joy topolmay qoldim. Hatto chet eldan kelganlari ham savolga tuta boshladilar. Ko‘pincha tiliga tushunmayman. Taijimon axtarishga to‘g‘ri keladi. Oxiri bo‘lmadi. Nikoh to‘yimizga tayyorgarlik ko‘rishim kerak, degan bahona bilan boshimga Qalpoqchamni ldyib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldim. Bu shaharda to‘ylar g‘oyat katta dabdaba bilan o‘tadi. Ayniqsa, menga o‘xshagan obro‘li yigitlarnikiga mehmon degani yog‘ilib ketishi turgan gap. Siz qanaqaligingizni bilmayman-u, lekin men o‘lik chiqqanga o‘xshab sovuq o‘tadigan to‘ylarni yomon ko‘raman. Qo‘sh karnaylar chalinib, nog‘oralar gumbirlab turganiga nima yetsin! Gu Lixon ikkimiz menga abadul-abad birkitilgan mashinada taklif qog‘ozlari tarqatib yurgan edik. Adolatli yordamchim Nari Beri boshqa bir mashinada quvib o‘tib, yo‘limni to‘sdi. — Obbo, ukaginam-ey, — deya mashinasidan tushib, qulochini keng yozgancha men tomonga kela boshladi, — bu dunyoda bormisan o‘zi? — Borga o‘xshaymanmi? — deb men ham mashinamdan tushdim. — Bunday bir idoraga kirib o‘tay ham demaysan-a? — Men ta’tildaman-ku. — Mashinangga javob her. Shofyoringga ayt, kelinbolani olib ketaversin. Mening mashinamga o‘tiramiz. — Tinchlikmi? — Tinchlikka-ku tinchlig-a, lekin idoraga bir kirib o‘tmasang bo‘lmaydi. Obbo, ukaginam-ey, xuddi suvga cho‘kkan toshdek yo‘q bo‘lib ketding-a. — Qaynotamnikida edim. — To‘ydan oldin borib olibsan-da? — Qovun uzishayotgan ekan. Besh-o‘n kun qarashib yubordim. — Qani, ketdik. Obbo akangni ukasi-ey, ajoyib kunlar keldi-da. Sezyapsanmi, shaharda g‘ubor degan narsa qolmadi. Xuddi o‘zing tayinlab ketganingdek qildik. Ta’tilga chiqishim oldidan Sehrgar Iblis tarqatgan zaharli mikroblardan uyoq-buyoqda berkinib qolgani bo‘lsa, keyinchalik avj olib ketmasin degan fikrga borib, Handalak shahrini kir sovunning ko‘pigi aralashgan xlorli suv bilan uch kun davomida muttasil yuvib turish haqida ko‘rsatma berib ketgan edim. Topshirig‘im yaxshi bajarilibdi. Ertalab shaharga qadam qo‘ygandayoq buni sezgan edim. Ko‘chalar ozoda, yog‘ tomsa yalagudek, eshik-derazalar yaraqlaydi. Daraxtlarda g‘ubor yo‘q. Xiyobondagi gullar har bittasi c h i n n i kosaday b o ’ l i b o c h i l i b yotibdi. O d a m l a r n i aytmaysizmi? Kayfiyat baland, chehralar gulgun, bamisoli har birining qalbidan quyosh chiqqanday. — Ayniqsa, ukaginam, senga qo‘yiladigan haykalning loyihasi rosa katta munozaraga sabab bo‘ldi-da, — to‘xtamay gapirirb boryapti Nari Beri. — Menga haykal ham qo‘yishmoqchimi hali? — Sehrgar Iblisni kim qo‘lga tushirsa, o‘shanga oltindan haykal qo‘yiladi, deb e’lon q i l i n u v d i - k u , esingdan chiqdimi? Nor Von bir so‘zli rahbarlardan. Iblis shishali uyga qo‘yilgan kuniyoq barcha haykaltaroshlarni to‘plab, kengash o‘tkazdi. Men ham ishtirok etdim. Biri, Noyob dorini yaratgan professor Dar Darajaga qo‘yish kerak, dedi. Boshqasi h a m m a islmi Sehrli qalpoqcha hal qildi, tiklanadigan haykal o ’ s h a n i k i bo‘lishi zarur, dedi. Birinchisi e’tiroz bildirib, sen o‘zi Sehrli Qalpoqchani hech ko‘rganmisan? Uning qiyofasini qanday tiklaysan, degan gapni aytdim. Uchinchisi, og‘aynilar, deya hammasini o‘tqizib qo‘ydi. Masalaga adolat yuzasidan qaraydigan bo‘lsak, haykalni professor Akbar Akbariyning burniga qo‘yish kerak, kulmailglar, bir shaharda fanga qilgan xizmatlari inobatga olinib, itga haykal qo‘yishgan, boshqasida baqaga! Xo‘sh, it bilan baqaga haykal qo‘yilganda, nega endi burunga qo‘yish mumkin emas... O ’ z i n g yaxshi b i l a s a n , u k a g i n a m , N o r Von k e n g fikrlaydigan odam. Qarasa munozara cho‘zilib ketadigan. Yaxshisi konkurs e’lon qilaman, deya kengashni yakunlab qo‘ya qoldi. Oh, ukaginam, shunaqangi salobatli haykal qo‘yildiki... — Allaqachon bitdimi ham? — Kecha ustiga oq choyshab yopib qo‘ydik. — Oachon ochmoqchisizlar? — Bir tomoni shuni ham maslahatini qilaylik deb seni axtarib yuribman. O‘zi to‘ylaring qachon? — Yigirma sakkizinchi avgustda. — Bo‘lmasa yigirma yettida ochamiz. Shu kun senga ma’qulmi, axir? — Menga bari bir. To‘yga xalaqit bermasa bo‘lgani... Sehrgar Iblisni nima qildilaring? — Senga qo‘yilgan haykalning ostiga o‘ttiz metr chuqur qazib, o‘sha yerga ko‘mib yubordik. — Ko‘mayotganlaringda tirikmidi? — Qotirilgan baqadek surati qolgan ekan. — Haykal chindan ham oltindan bo‘ladimi? — Yo‘q, sariq misdan ishlanadi. Lekin ustiga oltin suvi yugurtiriladi. Gap bilan bo‘lib «Komitet»ga kelganimizni ham sezmay qolibmiz. Kelmasam ham bo‘lmas ekan. Garchi dam olishda bo‘lsam-da, men imzo chekishim zarur bo‘lgan qog‘ozlar uyulib ketibdi. Hamma idoralarda bo‘lgani kabi bizda ham boshliq imzo chekmaguncha qog‘ozlar kuchga kirmaydi, o‘lik bo‘lib yotaveradi. Kunduz soat uchgacha shular bilan mashg‘ul bo‘ldim. Butun xayolim menga qo‘yilgan haykalda bo‘lib qoldi. O‘sha kuni Sarqitlar tugashi munosabati bilan umumshahar saylini ham o‘tkazishmoqchi ekanlar. Kunbo‘yi haykal qanaqa ekan, sayl qanday o‘tar ekan, deya o‘ylab vurdim. Keyin negadir o‘zimdan-o‘zim uyala boshladim. Xuddi birov qitiqlayotgandek, g‘ashim ham kelayotgandek. Bir xayolim Qalpoqchamni boshimga kiyib, juftakni rostlab qolay ham devdim-ku, lekin ko‘pchilikning yuziga oyoq qo‘yish odobdan emas, deb bu fikrimdan qaytdim. Yigirma yettinchi lcuni tongotarda gumburlab chalinayotgan karnay ovozidan uyg‘onib ketdim. Bir emas, o‘nlab karnaylar chalinmoqda edi. Nog‘ora, zarb bilan urilayotgan childirma ovozlari ham qo‘shilib ketyapti. Nonushta qilishga arang ulgurdim. Meni olib ketish uchun bir yo‘la ikkita mashinani yasatib jo‘natishibdi. Qiziq, mashinaga chiqayotganimda ikkilanishim yanada kuchaya boshladi. Bunaqangi tantanalarning nimaga keragi bor edi, deya uf tortib oldim. Gu La xolam bilan Mu Ti yonimda edi. Xolam: — Bolaginam-ey, hech bo‘lmasa shu bugun qovog‘ingni ochib o‘tirsang-chi, — deya urishib berdi. Shahar quvonch va shodlik to‘lqini ichida chayqalar, quyosh ham odatdagidan mo‘lroq, yorqinroq nur to‘kmoqda edi. Odamlar yasangan, hammasining qo‘lida Yaxshilik ramzi sifatida dasta-dasta gul, hatto qizaloqlar ham chakkasiga gul qistirib olishibdi. Bir-ikki joyda Sehrgar Iblisning suratiga ko‘zim tushib qoldi. Nari Beri to‘g‘ri aytgan ekan — oftobda quritilgan baqaning o‘zginasi! Surat osilgan taxtachaning ustiga X harfiga o‘xshash chiziq tortib qo‘yishibdi. Nimaga bunday qilishganiga hech tushunolmadim. Bundan keyingi voqealarni ta’riflashga ojizlik qilsam kerak. Bilasiz-ku, gapga juda no‘noqman. Buning ustiga sizga hilcoya aytaverib, shirali so‘zlarimning hammasini tugatib bo‘lganman. To‘satdan nasha elitgan bangidek garang bo‘lib qoldim. O d a m l a r n i n g meni tabriklab, aytayotgan olqishlarini yo eshityapman, yo eshitmayapman. Faqat ularga qarab ma’nosiz iljayganimni his qilaman, xolos. Haykal atrofiga odam sig‘may ketibdi. Butun ’shahar bo‘lmasa ham har qalay yarmi ko‘chib chiqqanga o‘xshaydi. Ma’muriyat rahbarlari ham shu yerda ekan. Qay biri o‘pdi, qay biri quchoqlab, bag‘riga bosdi, buniyam eslay olmayman. Gu Lixonga ko‘zim tushib qoldi. Onasi bilan birga kelishibdi. Ularning ham qo‘lida guldasta, boshqalarga qo‘shilib silkitishyapti. «Onasi» degan so‘z tilimga keldi-yu, negadir, oyijonimni eslab ketdim. Oh, hozir shu yerda bo‘larmidi! Qaysar ukalarim, tili shirin Muattar singlim yonginamda turishsa, qanday soz bo‘lardi-ya! Dadajonim-chi, men bu yerda guldastalarga ko‘milib, quvonchdan mast bo‘lib turgan paytimda u qorong‘i xonaning bir chekkasida ma’yus tortib, mung‘ayibgina o‘tirgandir! Loaqal maqtanchoq o‘rtog‘i Hoshim bo‘lgandayam bir navi edi-ya! Haykal ustidan nurdek yonib turgan oq choyshab sidirilib tushib ketdi. Endi uni sizga qanday ta’riflasam ekan. Fotograf olib kelmabman, essizgina, suratini oldirganimda, sizga hozir ko‘rsatgan bo‘lardim... Ustozim Dar Darajaning bo‘yi mendan balandroq, yonginasidaman, bir vujuddek qapishib k e t g a n m i z . Boshimda p o p u k l i q a l p o q c h a . Y u z i m handalakdek dum-dumaloq, negov qovoqdek burnim ko‘ksimga soya tashlab turibdi... Odam o‘zining haykalini o‘zi ko‘rganda xuddi o‘zining murdasini ko‘rgandek g‘alati bo‘p ketarkan. Yana garangsiy boshladim. Ma’muriyat boshlig‘i Nor Vonning so‘zlari qulog‘imga arang kiryapti. Anchagacha nima to‘g‘risida so‘zlayotganini ham anglay olmay turdim. Faqat yakunlovchi qismigina esimda qoldi: ... Shu munosabat bilan buyuraman: a) ushbu haykal professor Dar Daraja, professor Akbar Akbariy va yaxshilik ramzi bo‘lmish Sehrli Qalpoqchalarning haykali deb qabul qilinsin; b) haykal ochilgan ushbu kun, ya’ni yigirma yettinchi avgust Yaxshilik Yomonlik ustidan g‘olib kelgan kun sifatida har yili bayram qilinsin va bu bayramning nomi «Yaxshilik bayrami» deb atalsin; d ) Sarqitlarni tugatishda, Sehrgar Iblisni qo‘lga tushirishda mislsiz qahramonliklar ko‘rsatgani hisobga olinib, professor Akbar Akbariyga umrbod tekinga qovun yeyish huquqi berilsin. Qovun bilan uzluksiz ta’minlab turish majburiyati shahar savdo idorasi zimmasiga yuklatilsin; e) professor Akbar Akbariy bilan meditsina hamshirasi Gu Lixonlarning ertaga o‘tadigan nikoh to‘ylari xarajati shahar ma’muriyati hisobidan bo‘lsin va uni tartibli o‘tkazish madaniyat bo‘limi zimmasiga yuklatilsin... Nor Von nutqini oxiriga yetkazolmadi. Olomon gurillab kelib, meni qo‘liga ko‘tardi-da, urra, deb osmonga ota boshladi. Oxirgi marta shunaqangi qattiq otdiki va o‘zim ham shunaqangi yuqorilab ketdimki, nazarimda boshim osmonning shiftiga paqillab tekkandek bo‘ldi. Keyin ipi uzilib ketgan varralcdek salanglab qaytib tusha boshladim. Bitta-yarimta yulduzga urilib ketib, oyog‘imni sindirib olmay, deya qo‘rqib, ko‘zlarimni chirt yumib olgan edim. Bir kun tushdimmi, ikki kun tushdimmi, ehtimol, bir oy tushgandirman, hali aytdim-ku, nasha elitgan bangidek garang edim deb. Ko‘zimni ochsam, yakka o‘zim torgina bir xonada yotibman. Ertalabki payt, quyosh endigina ko‘tarilib kelayotgan bo‘lsa kerak, xonaning ichi yorqin nurlarga to‘lib ketibdi. Eshik qiya ochilib, tirqishidan sevgilim Gu Lixonga o‘xshab ketadigan qiz qo‘rqa-pisa mo‘ralay boshladi. o n a j o n i m bag‘rida erib k e t d i m K eyin haligi qiz menga qarab kela boshladi. Hamon cho‘chinqirab turibdi. Kim bo‘ldi ekan, qayerga tushib qoldim? — Kechirasiz, — dedim boshimni ko‘tarishga harakat qilib. Lekin boshini og‘ir edi. O s m o n d a n salanglab tushayotganimda bitta-yarimta meteoritga urib olgan bo‘lsam kerak, lo‘qillab og‘rib ham turibdi. — Kechirasiz, men professor Akbar Akbariy bo‘laman. Siz kimsiz? — Qiz angrayib qoldi. Men so‘zlarimni yana takrorladim. — Tavba, pochtachidan professor chiqqanini endi eshitishim, — shunday deb qizgina zipillagancha chiqib ketdi. Keyin... keyin, ho‘ birda ikki yil uxlab uyg‘onganimda xonamga katta-kichik doktorlar yopirilib kirgan edi-ku, xuddi o‘shanga o‘xshash manzara takrorlandi. Faqat o ’ s h a n d a kirgan d o k t o r l a r n i n g yelkasidagi xalatlar begimsuydi qovunining po‘stiga o‘xshab yo‘l-yo‘l edi, hozir esa hammasiniki oppoq! Tavba, qayerga kelib qoldim ekan? — Xayriyat, o‘zingizga kelibsiz, — dedi doktorlardan biri, — meni ko‘ryapsizmi? — Ko‘rayapman. — Taniyapsizmi? — Ha. — Kimga o‘xshar ekanman? — Nari Berining xotiniga o‘xshab ko‘rinyapsiz, — dedim ataylab. Nega desangiz uning so‘roqlari menga hecham yoqmayotgan edi. Doktor boshini chayqab, orqasiga tisarildi. Boshqasi yaqinrog‘imga kelib, o‘ng qo‘lini ko‘tardi: — Qo‘limni ko‘ryapsizmi? — Ha. — Barmoqlarimni-chi? — Ularniyam. — Nechta ekan? — Yuztacha bor, — deb bunisiga ham qo‘rs javob qaytardim. To‘g‘ri-da, qarshilarida«Komitet» raisi, Handalak shahrining qahramoni turganini bilib qo‘yishsin! Shartta o‘rnimdan turib, mening mashinamni chaqirib beringlar, deya buyruq ham berdim. Bir-birlariga ma’noli qarab olishgach, boshlarini xam qilgancha, birin-ketin chiqib keta boshladilar. — Lekin shunday bo‘lsa ham, — deya qichqirdim orqalaridan, — barchangizni to‘yga taklif qilaman. Yigirma sakkizinchi avgust, esingizdan chiqmasin. Xuddi shu paytda m e n i n g aqlim goh yetib, goh yetmaydigan yana bir voqea yuz bera boshladi. Koridor tarafdan oyijonimnikiga o‘xshash ovoz eshitildi. Qarang, odam yuz yil yo‘q bo‘lib ketsa ham onaizorining ovozini darrov tanir ekan. «Ko‘zini ochdimi, gapirdimi», deyotgani va boshqa ovozning: «Sabr qiling, hali alahsirab turibdi, yana o‘zidan ketib qolishi mumkin», deyotganini aniqravshan eshitib turibman. — Oyijon! — deya qichqirib yubordim. — Bolaginam, Akbaijonim, — eshik sharaqlab ochilib ketdi. Oyijonim, ha, oyijonimning o‘zginasi! Ko‘zi to‘la yosh, quchog‘ini keng yoyib kirib kelmoqda. Boshim sal aylanib turganiga ham qaramay, o‘rnimdan turib ketdim. Birbirimizning quchog‘imizga otildik. Bilasizmi, odam bolasining bu dunyoda kechirgan eng baxtli, eng saodatli daqiqalari onasining ko‘ksiga bosh qo‘yganda bo‘larkan. Men baxtli edim! Oyijonimdan sigirning suti bilan o‘choqqa yoqilgan tappining hidi kelib turardi. Yuzimni silayotgan qo‘llari hamon dag‘al, jiqqa yoshga to‘lib turgan ko‘zlarida quyosh porlab turibdi. Oyijonim edi bu! Onaizorimning o‘zginasi edi bu! — Yot, bolam, toliqib qolasan! — deyapti. — Oyijon , ko‘rishganimiz yaxshi bo‘ldi, — deyman entikib, — sizsiz baribir to‘y menga tatimas edi. — Qo‘y, aljirama, jon bolam. — Rost aytyapman, oyijon. Yigirma sakkizga to‘y. Gu Lixonga uylanyapman. Butun xarajatni... — Qo‘y, meni qo‘rqitma endi, yotaqol, toylog‘im... Yonginangda o‘tiraman, hecham ketmayman. Eshakning ustida uxlab qolib, jarga qulab tushganingdan buyon behush yotibsan. Qirq kun bo‘ldi-ya! Naq yuraklarimni ado qilding, endi qo‘rqitma meni, o‘zimning uyquchi o‘g‘lim. Uyquni buncha yaxshi ko‘rmasang... Eshik yana sharaqlab ochildi. O s t o n a n i n g narigi tomonida hovliqqan, entikkan bir ahvolda ukalarim Asqar, Akbar, bulbulchadek sayrab yuradigan singlim Muattar turishardi. Kirsakmi, kirmasakmi deya ikkilanashayotganga o‘xshaydi... Keyin, yo‘q, keyingi voqealarni yana bir uchrashganimizda so‘zlab beraman. MUNDARIJA X. To‘xtaboyev. Nabiralarimga ochiq xat SHIRIN QOVUNLAR MAMLAKATI I bob. Men Akbar qovunchi bo‘laman II bob. Oyijonim burnimni kesib tashlamoqchi boigani III bob. Shisha ichidagi jinlar IV bob. Imtihonda oyog‘im osmondan kelgani V bob. Eshak — «jiguli» emas VI bob. Handalak shahri VII bob. Adolatli konkurslar VIII bob. Temir odam bilan kalla urishtirganim IX bob. Professor Dar Daraja bilan uchrashdim X bob. Umrni uzaytiradigan institut XI bob. Sarqitlar qabristoni XII bob. Chinakam kashfiyot XIII bob. Ishq dardiga davo bormi XIV bob. Jodugar qiz aldab ketdi XV bob. Sehrgar iblisning dunyoga kelishi SEHRGARLAR JANGI XVI bob. Ikki yillik uyqu XVII bob. Matbuot konferensiyasi XVIII bob. Tutingan singlim shumxabar keltirdi XIX bob. Mu Tiga atab ertak to‘qidim XX bob. Rosa kaltak yedim XXI bob. Hoshimjonning sehrli qalpoqchasi yordamga kelilxli 159 XXII bob. Qovuntog‘ ustida suratga tushdim XXIII bob. Sevgilimni axtarib XXIV bob. Bu bobning mazmuni ichidagi gaplardan ma’lum bo‘ladi XXV bob. Yorug‘ yuz bilan SEHRGAR IBLIS XXVI bob. Iqrornoma XXVII bob. Xiyobonda mushtlashuv XXVIII bob. Ig‘vo og‘usi XXIX bob. Sobiq ig‘vogarlar qasami XXX bob. Esiz, esiz quloqlar XXXI bob. Sevgilimni kim o‘g‘irladi XXXII bob. Tuhmat XXXIII bob. Jazo XXXIV bob. Jazo davom etadi XXXV bob. Uyqusizlik XXXVI bob. Sehrgar Iblisning diplom o‘g‘irlagani XXXVII bob. O‘lim to‘shagida XXXVIII bob. Shuhrat mayi XXXIX bob. Maqtanchoqning qonida mag‘zavaning hidi bor. 297 XL bob. To‘yga, to‘yga, to‘yga XLI bob. Iblis qo‘lga tushdi XLII bob. Menga haykal qo‘yganlari XLIII bob. Onajonim bag‘rida erib ketdim Adabiy-badiiy nashr XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV SHIRIN QOVUNLAR MAMLAKATI YOKI SEHRGARLAR JANGI Ertak-roman Birinchi jild Muharrir Aziz Said Rassom Baxtiyor Muhamedov Tex. muharrir Yelena Demchenko Musahhih Dilrabo Mingboyeva Kompyuterda sahifalovchi Rostislav Yesaulenko IB No 4152 Bosishga 23.02.2006 y.da ruxsat etildi. Bichimi 84x108 1/32. Bosma tobog‘i 10,5 + 0,125 vkl. Shartli bosma tobog‘i 17,43 + 0,21 vkl. Adadi 5000 nusxa. Bahosi kelishgan narxda. Buyurtma N? 45. «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazida tayyorlandi. «Yoshlar matbuoti» bosmaxonasida bosildi. 700113 Toshkent, Chilonzor-8, Qatortol ko‘chasi, 60. nashriyotdan O‘zbekiston xalqyozuvchisi, Xudoyherdi To‘xtaboyevnitanimagan odam bormi? Uning asarlari kirib bormagan biror xonadon topiladimi? U kishini kattayu kichik biladi, hurmat qiladi, nomini qalbida e’zozlab tilga oladi. Nega desangiz U hammaning yozuvchisi, yetti yoshdan yetmish yoshgacha — birdek qadrdon. U kishining chop etilgan ilk asari «Shoshqaloq»qa ham yil to‘libdi. Shupaytga qadar adib 8 ta romanyozdi. Yuzlab hikoyalarni qoraladi. Rossiyada, Turkiyada, Fransiyada, ja’mi 27 tilda kitoblari tarjima qilinib, nashr etildi, yozuvchilarimizichida birinchilardan bo‘lib kitoblari adadi J milliondan oshdi. «Sariq devni minib» asaridagi quvnoq topqir, sodda, xayolparast o‘zbek bolakayinidunyo bolakaylari Gelberri Fin, Buratino, Chippolino va boshqa antiqa qahramonlar safiga sevib qo‘shib qo‘ydilar. U hozir ular bilan basma-bas quvlashib, o‘ynab-kulib, kechalari ularga bizni ulg‘aytirgan ertaklarni aytib turibdi. Bugun quyosh o ’zgacha nur taratayapti. Yurtimizda ulug4 ishlarga qo 7 urilgan. Bugunning bolalari ertangi kunimizni yanada obod, saodatli.fayzli, barakali qilish ishtiyoqida o‘y surib, olis-olislarga zavq bilan termilayaptilar... Qo‘llaridan kitob tushganiyo‘q. lloyo, hech qachon tushmasin. «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazi har safar xayrli ishga kirishar ekan, avvalo bolakaylarimizni ma 9naviy dunyosida ezgulik va faxr olovini yoqa oladigan asarlarni chop etishga e’tibor qaratadi. Alalxusus Xudoyberdi To‘xtahoyevning to‘rt jildlik kitoblari ay nan ana shu ma’naviy ehtiyojdan kelib chiqqan holda nashrga tayyorlandi. Ushbu jildlar ilk marotaba yangi imloda chop etiladi O‘ylaymizki, «Shirin qovunlar mamlakatiyoki sehrgarlar jangi», «Jannati odamlar» «Mungli ko‘zlar»9 «Besh bolaliyigitcha» asarlarim qamrab olgan kitoblar nafaqat bolakaylarimizga, balki bolaligini sog‘inishni unutmagan ota-onalarga, aka-ukalarga, opa-singillarga ajoyib tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.
Manba:
Nomi | Shirin qovunlar mamlakati |
Muallif(lar)i | Xudoyberdi To'xtaboyev 1932 |
Yaratilgan vaqti | 01.06.1986 |
Nashr yili | 2022 |
Nashr parametri | 2022 |
Nashriyoti | 2022 |
Qo‘llanish sohasi | adabiyotshunoslik |
Adabiy turi | Liro-epik |
Janri | roman |
Voqea vaqti va joyi | 1974 |
Matn tipi | muhokama |
Uslubi | Badiiy |
Auditoriya yoshi | Umumiy |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | adabiyotshunoslik |
Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Kamoliddin |