Kontekst:
Hurmatli o‘quvchi! Siz darslikning 1-qismida xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek mumtoz va jahon adabiyoti namunalari bilan tanishdingiz. Mazkur 2-qismda esa XX asr o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari bilan tanishasiz. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yil Buxoro shahrida tug‘ildi. Dastlab eski maktabda, keyin Mirarab madrasasida, XX asr boshlarida Istanbulda tahsil oldi. U yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullandi. O‘sha davrda «Munozara», «Hind sayyohi bayonoti» singari nasriy asarlari hamda «Sayha» («Chorlov») nomli she’riy to‘plami chop etildi. 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha Samarqandda bosilgan «Hurriyat» gazetasiga muharrirlik qildi. 1918-yil Fitrat Toshkentga keladi va asosan, adabiy, ilmiy-ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1921-yil Buxoroga taklif etiladi. Shu davrda Fitrat tashabbusi bilan 70 nafar turkistonlik iqtidorli yoshlar Germaniyaga o‘qishga yuboriladi. Fitrat 1923–1924-yillarda Moskva va Leningradda yashadi, Sharq tillari institutida ishladi. U yerda turk, arab, fors tillari va adabiyotidan dars berdi. Leningrad dorilfununining professori bo‘ldi. Shu yillarda «Abulfayzxon», «Bedil», «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi asarlar yozdi. Fitrat maktab o‘quvchilari uchun «Adabiyot qoidalari» darsligini, tilshunos olim sifatida o‘zbek tilining qoidalari to‘g‘risida «Sarf», «Nahv» kitoblarini yozdi. Uning musiqashunoslik sohasiga doir «Shashmaqom», «O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi», «Sharq musiqasi» kabi tadqiqotlari ham bor. 1937-yil asossiz ravishda «xalq dushmani» degan ayblov bilan qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘ida otib tashlandi. Mustaqillik davrida Abdurauf Fitrat ijodi keng ommaga qayta yetkazildi. Uning hayoti va ijodi to‘g‘risida ayrim ilmiy risolalar yozildi. Abulfayzxon – Buxorodagi o‘zbek xonlarining so‘nggisi; qirq-ellik yoshlarda. Ulfat – xonning xo‘jasaroyi ; qirq-ellik yoshlarda. Davlat to‘qsoba – xonning yaqin xizmatchilaridan. Qozi Nizom – Buxoroning qozi kaloni. Ellik-oltmish yoshlarda. Hakimbiy – xonning inog‘i, so‘ngra otalig‘i; ellik-oltmish yoshlarda. Rahim qo‘rchi – so‘ngra to‘qsoba, so‘ngra otaliq. Hakimbiyning o‘g‘li; o‘ttiz-qirq yoshlarda. Mir Vafo – Rahimxonning hukmronlik tarixiga bag‘ishlangan «Tuhfayi xoniy» asarining muallifi. Hakimbiyning odami, ellik-oltmish yoshlarda. Donyolbiy – Hakimbiyning ukasi; qirq-ellik yoshlarda. Ibrohim inoq – so‘ngra otaliq; oltmish-yetmish yoshlarda. Tog‘ayqulbek – mang‘it beklaridan. Xo‘ja Kalon – mashhur xo‘jalardan. Oxund – Buxoroning katta mullasi. Nodirshoh – Eron shohi. Rizoqulixon – Nodirshohning o‘g‘li. Mirzo Mahdi – shohning bosh kotibi. Aliqulixon, Husaynxon, Ahmadxon – Eronning qo‘shin boshliqlari. Bundagi voqealarda birinchi parda bilan ikkinchi parda orasida yetti yil, ikkinchi, uchinchi pardalar bilan to‘rtinchi, beshinchi pardalar orasida bir yil zamon o‘tkandir. Shuning uchun kimsalarning yoshlarini yozg‘anda qirq-ellik, oltmish-yetmish deb o‘n yillik ochiqlik qoldirildi. Abulfayzxon – Buxoroda hukmronlik qilgan Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili. U 1747-yil vaziri Rahimbiy otaliq fitnasi tufayli butun oila a’zolari bilan yo‘q qilib yuborilgan. Shundan so‘ng Buxoro taxtiga yangi sulola – Mang‘it amirlari kelgan. Shu vaqtdan e’tiboran Buxoro xonligi «Buxoro amirligi» deb yuritila boshlagan. Abdumo‘minxon – Abulfayzxonning o‘g‘li, 15 yashar. Yo‘ldosh, Ergash – qalandar kiyimli tilchilar, Hakimbiyning odamlari. Qorovullar, xizmatchilar, jallodlar, cholg‘uchilar. Kecha. Buxoro arkida. Abulfayzxonning uyi shohona to‘shalib, bezangan. O‘rtada osilg‘an muhtasham «Chil charog‘»ning butun shamlari yonib turadir. Uyning o‘rtasida, kichkina kursichaning ustidag‘i shamdonchada yonib turg‘an shamning oydinlig‘i ostida Ulfatxo‘jasaroy, Mir Vafo ham Qozi Nizom taxta o‘ynab turalar. Tashqarida chalinib turg‘an cholg‘ular birozdan keyin sekinlashar, so‘ngra bitar. Kisht! E..., otimiz ketdi-ku! Podshohi olam eson bo‘lsalar, yana ot topilar. Tangri xoqonimizg‘a esonlik bergay. Omin! Shu kecha tushimda xoqonimizni ko‘rdim, bo‘z bir otg‘a mingan, qo‘llarida qilich, yiroqlarg‘a qarab turg‘anlar edi. Xudo xohlasa, yiroq yerlargacha borib, ko‘b o‘lkalarni olarlar. Nafas muborak, omin. Kisht! Mana, emdi ish qiyinlashdi! Hammalari taxtag‘a tikilalar. Abulfayzxon ichkari uylaridan juda og‘ir bosib chiqar, o‘tirg‘anlarg‘a qarab yurar, hammalari turib qo‘l qovushturalar. Qani, kim kuchli? Xoqonimizning ikkala qullari ham yaxshi o‘ynaylar. Sen qaysi tomonda?! Men xoqonimizni olqab tomosha qilib turaman, hech bir yoqqa qo‘shilg‘anim yo‘q. Xon qaytib, katgach chiqar. Yonboshlab, bir qo‘lini boshig‘a tirkab uzanar. Kuchli bir qayg‘u ostida ezilib turg‘ani ko‘rinadir. Kisht! Kim o‘tdi?! Mir Vafo qulingiz o‘tdilar. Xon boshini qimirlatar. O‘yinchilar taxta boshidan turib, uyning eski yoqasidag‘i ko‘rpalarga o‘tiralar. Xizmatchi kirib, taxtani hamda kursicha bilan shamdonni olib chiqar. Farhod otaliqni ko‘rdingizmi? Hazratimning buyruqlari bilan borib ko‘rgan edim. Nima qildingiz? Otaliq qulingiz bilan uzun so‘ylashdim, hazratim buyursalar, hammasini arz qilayin. Aytingiz. Bordim, ko‘rishdim, so‘yladim: «Siz xoqonimizning eng ishonchli qullari bo‘lasiz. Xoqonimizning muborak mijozlarig‘a yoqmayturg‘an ishlar qilar ekansiz. Eron qo‘shini Qarshidan qaytgandan so‘ngra, sizning yurishturishingiz boshqacha bo‘lg‘an ekan», – dedim. «Eron qo‘shinini Qarshidan qaytarg‘an yolg‘iz sen emassan», demadingizmi?! Uni ham aytdim. «Nodirshoh tomonidan yuborilg‘an qo‘shinning Qarshidan qaytishi uchun sizgina emas, Hakimbiy inoq ham ko‘b tirishdilar», – dedim. Nima dedi?! Otaliq qulingiz bu so‘zimga kulibgina qaradilar. «Eron qo‘shini ikki-uch bekninggina tirishmagi bilan yurtimizdan chiqmadi», – dedilar. Xoqonimiz juda yaxshi biladilarkim, Nodirshoh qo‘shinining tuprog‘imizdan chekilishiga Hakimbiy inoq qullari ko‘b tirishdilar. Otaliq shuni ko‘rmak istamaylar chog‘i! Otaliq deylarkim, Eron qo‘shinini tuprog‘imizdan biz chiqarmadik, o‘zi chiqdi. Nima... O‘zimi chiqdi?! Otaliq qulingiz shunday deylar: «Eronning, – deylar – yangi to‘p, miltiqlar bilan yaroqlang‘an qo‘shini bizning qo‘shinimizni buza olg‘an bo‘lsa ham, o‘zbekning botirlig‘iki bilg‘ani uchun hurkib turar edi. Bizga yordam uchun Xiva qo‘shinining ham Buxorog‘acha kelganini eshitg‘ach, butun qo‘rqdi, ustalik bilan urushni yotqizdi-da, qaytib ketdi. Bu ishda menim-da, Hakimbiy inoqning-da ayricha xizmatimiz Xiva qo‘shini Buxorog‘a kelgancha urushni uzatib turmoq bo‘ldi. Men Eron qo‘shinini qaytardim deb, kattalik qilmag‘anim kabi, xonimizdan yashiring‘ina Nodirshohg‘a elchilar yuborib, xabarlashib-da turmadim». Kim Nodirg‘a elchi yuborg‘an ekan?! Otaliq qulingizning so‘zlariga ko‘ra, Hakimbiy inoq shunday qilg‘an bo‘lsalar kerak. Ul menga do‘st bo‘lsa, nega bukungacha qizini yubormaydir?! Uni ham so‘radim. Nima dedingiz?! «Molimizni, jonimizni xoqoni olamning muborak oyoqlarida qurbon qilmoq hammamizg‘a lozimdir. Shuni qilmag‘anda, sultonimizning chin qullari bo‘la olmaymiz. Siz shuncha kundan beri bittagina qizingizni tortiq qilmay turasiz», dedim. Otaliq bu so‘zni eshitg‘ach, yomon qizidilar. «Xong‘a yaxshi ko‘rinmak uchun qiz qurbon qilg‘uchilar ko‘b, shularning qizlarini oldira beringiz», dedilar. O‘zi yubormaydir. Yuborg‘anlarg‘a so‘z ham otadir. Yomonning bir qilig‘i ortiq! «Biz xon hazratlarig‘a o‘zimizni qurbon qildik, emdi nomusumizni ham istamasinlar», dedilar. Men aytdimki... Bas!.. Yegan tuzlar ko‘r etsin uni... Kimni tuproqdan ko‘tarib kursiga chiqarsak, tezgina boshimizg‘a chiqmoqchi bo‘ladir. Xoqoni olam! Ularni yana tuproqqa qaytarmoq sizning qo‘ling‘izdadir. Yaxshikim, bularning o‘limi qo‘limizdadir. Yo‘qsa, oz zamonda bizni eshak qilib minmak istaylar!!! Xoqonimizg‘a ma’lumdirkim, podshohlik qon bilan sug‘orilaturg‘an bir og‘ochdir. Qon oqib turmag‘an yerda bu og‘ochning qurib qolishi aniqdir. Tur joyingdan. Tez ket. Besh daqiqadan keyin Farhod otaliq boshini keltirasan. Qanday istasang, shunday ishla! Men tinchg‘ina turayin deb akamni o‘ldirdim. Emdi bir-ikki buzuqbosh chiqib, menim tinchlig‘imni buzmoq istaylar! Qo‘yaman sizni! Xoqoni olam! Otaliq eski bir qulingizdir. Kichkinagina bir erkalik qilg‘ani uchun uni o‘ldirmak nechuk bo‘lar ekan? Farhod otaliqni eski bir qulimmi, dedingiz?! Hazratim karomat qildilar. Farhod otaliq xitoy qipchoqning boshlig‘idir, bilmaysizmi?! Hazratim yaxshi biladirlar. El boshlig‘i bo‘lg‘an beklarim meng‘a qul bo‘lmaylar, ular o‘z ellarig‘a tayanib, tutash menga yomonlik qilmoqchi bo‘lalar. Tavba qildim! Buxoroda el boshliqlari bo‘lmaganda, men tinchg‘ina xonlik sura olar edim. Menim butun qayg‘ularim shulardandir. Otam sotib olg‘an qullar mana Ulfat bilan Davlat. Ko‘ringiz-chi, men chizg‘an chiziqdan chiqadirlarmi? Albatta, chiqmaylar. Emdi kimni otaliq qilishimiz kerak, siz shuni aytingiz, boshqa gaplarni qo‘yabering! Tangri xoqonimizg‘a esonlik bergay. O‘zlari yaxshi biladirlar. Hazratim, albatta, yaxshiroq biladirlar. Mang‘itlardan Hakimbiy inoq, qalmoqlardan Jiyanqulibiy, kenagaslardan Ibrohimbiy qullari bor. Jiyanqul bo‘lmaydir. Hakimbiy bilan Ibrohim kenagasdan bittasini qo‘yarmiz. To‘xta, domullo! Menim yonimda har kun maqtab turg‘aning Hakimbiy inoq Nodirshoh bilan nechun xabarlashadir?! Bu so‘z to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Boya qozining Farhod otaliqdan keltirgan xabarlarini eshitmadingmi?! Farhod boshliq o‘zining o‘limini bilg‘an bo‘lsa kerak. Qutilmoq uchun shunday so‘ylagandir. Men boshqa joylardan ham eshitdim, to‘g‘ri so‘yla! Hazratim eson bo‘lsinlar. Inoq qulingiz bunday ishni o‘ylamag‘an bo‘lsalar kerak. Menim hech xabarim yo‘q. Shuni juda yaxshi bilamankim, inoq qulingiz xoqonimizning muborak xizmatlarini har narsadan ortiq ko‘radirlar. To‘qsobani chaqir, kelsin. Davlat to‘qsoba kelar. Yotishda kimlar bor?! Ibrohimbiy bilan Rahim qo‘rchi bor. Ikkovini ham olib kel. So‘ngra bizga bazm qilib ber! Davlat to‘qsoba chiqar. Mana shul Davlat bilan Ulfat kabi o‘nta odamim bo‘lsa edi, Buxoroni tinchg‘ina saqlar edim. Ishning yo‘llarini bilalar, teran tushunalar. Yomonlik, yog‘iylikni esa sira o‘ylamaylar. Hazratim, marhamat qilsalar, hamma qullari ham shunday ishlaylar. Davlat to‘qsoba chog‘ir bilan piyolalarni kirg‘izadir. Ketidan uch tanburchi, bir rubobchi, ikki naychi, bir dafchi3, birda o‘yinchi qiz kirarlar. Hammalari o‘tirg‘ach, bazm boshlanadir. Davlat uch piyoladan chog‘ir tarqatadi. Bazm bitkach, o‘yinchi, cholg‘uchilar qulluqlab chiqarlar. Ulfat piyolalarni chiqarar. Rahim qo‘rchi, otangiz qalay? Hazratimni duo qilib turadirlar. Yaqinda Erondan sizga qo‘noqlar kelganmi?! Hazratim karomat qildilar. Mir Vafo telbalanadir. Kim ekan ular?! Qarshi urushida Eron qo‘shinidan bir-ikki kishi bizning tomong‘a tutilg‘an edilar. Inoq otam ularni ozod qilg‘an edilar. Shular savdo uchun Buxorog‘a kelgan ekanlar. Yaxshilikni unutmag‘anlarini ko‘rsatgali otamni kelib ko‘rdilar. Tuzuk... Yaxshilik, albatta, unutilmaydir. Biz Farhod otaliqqa shuncha yaxshilik qildik, bittasini ham bilmadi. Yana bizg‘a xiyonat qila boshladi. Eng so‘ng o‘z boshini yeydi. Rahim qo‘rchi bilan Ibrohimbiy shoshqin tinglaydilar. Farhod otaliqni o‘rindan tushirdik. O‘z jazosini yaqinda ko‘rar. Uning o‘rnida, Ibrohimbiy, seni otaliq qildik. Rahim qo‘rchi, senga ham to‘qsobalik berdik. Inoq, otang ham yaqinda katta mehribonchilik ko‘rarlar. Ikkalasi turib, qulluq qilarlar. Hazratimg‘a arzim bor. Ayt! Otaliq o‘rni juda katta o‘rin, men bajara olmayman. Nega bajara olmaysan, uning nimasi bor?! Farhod otaliq kabi o‘tkir bir odamning bajara olmag‘ani bir ishni men qanday bajararman?! Nimasi bor, nimani bajara olmaysan?! Xoqonimizni rozi qilmoq juda qiyin bir ish bo‘lib qolg‘an. Nima deganing bu?! Shul Ulfat bilan Davlatni rozi qilmasam, siz quvonmaysiz, bu ikkisini rozi qilmoq-da mumkin emasdir. Devona bo‘ldingmi?! Devona emas, to‘g‘riman, to‘g‘rilikning devonalikdan yomonroq natijalar berganini bilaman. Yana to‘g‘rilikdan ayrila olmayman, xoqonim! Shul ikki odam bo‘lmaganda, siz Farhod otaliqni yo‘q qilmoq fikriga tushmas edingiz. So‘zni uzatma, qabul et! Qozi Nizom bilan Rahim qo‘rchi ko‘zlari bilan uni qabul etdirarga tirisharlar. Buyrug‘ingizni qaytarmoq qo‘limdan kelmaydir, qabul etaman. Biroq bir kun menim ham o‘limimg‘a hukm chiqararsiz, xoqonim! Qabul etdingmi?! Qabul etdim. Emdi chiqib, saqlovda yotingiz. Erta bilan yorliqlaring‘iz chiqar. Ikkalasi ham duo qilib, chiqib ketarlar. Bular chiqqach, Ulfat xo‘jasaroy qizil o‘rtuk bilan o‘rtulgan bir taboqni ko‘tarib kelar, xonning oldig‘a qo‘yar. O‘zi ikki odim keyinga borib, qo‘l qovushtirib turar. Och ustini! Ulfat o‘rtukni olar, taboqda Farhod otaliqning qong‘a bo‘yalg‘an oq soqolli boshi ko‘rinar. Xo... xo... xo... eng so‘ng o‘lim... o‘lim janjalimizni bitirdi. Butun janjallarni o‘lim bitiradir. Xoqoni olam eson bo‘lg‘aylar. Buni chiqarib, «Chil duxtaron» qudug‘iga tashlat. Yeganlari tuzni o‘ylamag‘anlarning jazolari shuldir. Sizga javob emdi. Tangri hazratimg‘a esonlik bergay. Ikkovi ham duo qilib, turib ketalar. Shul tiriklikdan-da bezdirdilar meni. Bir dushmanimning qoni qurimayin, yana bittasi chiqib qoladir. Bu Ibrohim ahmoq ham meni tinch qo‘ymay turg‘andek ko‘rinadir. Qachong‘acha o‘ldiraman bularni! Ortiq hech kimning menga ishonchi qolmadi... Bularning o‘zi yo‘lg‘a kelib, menga dushmanlik qilmoqni tashlasa, nima bo‘lur! Yo‘q... yo‘q. Bularning o‘zi yo‘lg‘a kelmaydir. O‘ldiraman, o‘ldiraman. Dunyoda bitta dushmanim qolmag‘ancha, qon to‘kaman. Ulfatning so‘zi to‘g‘ri! Podshohlik qon bilan sug‘orilaturg‘an bir og‘ochdir. Kel, Ulfat, o‘tir. Qanday qilib o‘ldirding?! Xoqonimizning ishlari bor, deb keltirdim. Bir uyga kirgizdim. Unda yoshirinib turg‘an ikki kishi birdan chiqib yopishdilar. Biroz talashg‘andan so‘ng, yiqitib, boshini kesdilar. Hech kim onglamadimi? Kimsa onglag‘an emas. Ibrohim kenagasni otaliq qilmoqchi bo‘lib, o‘ziga so‘yladik. Uning ham tusi boshqacha-ku! Nima dedi? Ko‘b ahmoqliklar qildi. Sening uchun ham ma’nosiz so‘zlar so‘yladi. Hakim inoqning o‘zini otaliq qilsak bo‘lmaydirmi? Xoqoni olam! Hakim inoqning Nodir1 bilan xabarlashib turg‘ani aniq. Shu tobda uni boshiga qo‘yib bo‘lmaydir. Shuning o‘zi bo‘la bersin, to‘g‘rilik bilan ishlasa, turadir. Yo‘qsa, Farhod otaliq izidan bora qoladir-da! Ulfat, men bu ishlardan bezdim. Bu odamlarning bittasi ham menga to‘g‘ri qaramaydir. Farhod otaliq yomonlik qildi. Hakim inoqning qilg‘an ishlarini ko‘rib turibsan. Ibrohimni odam deb o‘ylasam, bu ham buzuqqa o‘xshaydir. Qon to‘kmakdan-da bezdim. Akamni o‘ldirdim. Ko‘b do‘stlarimni o‘ldirdim. Meni bir ota kabi asrag‘an Farhod otaliqni boshini oyoqlar ostida ko‘rdim. Uf... ko‘zlarim qong‘a to‘ldi. Kechalar uxlay olmayman. Ko‘zlarimni yumg‘ach, butun o‘lg‘anlar, o‘ldirg‘anlarim meni aylantirib olalar, siralanib, yonimdan o‘talar. Meni qo‘rqitalar, menga kulalar!.. Xoqonim, bularni o‘ylamangiz. O‘liklarni esingizdan chiqaringiz. Yotoqqa kirgach, Qur’ondan bir oyat o‘qib yotingiz. Bular hammasi o‘tg‘usidir. Yaqinda dushmanlaringizning hammasini bitirarmiz. Hozir emdi boshqa ishlarimizni ko‘raylik. Yana nima ish? Farhod otaliqning qizini keltiraylikmi? Erta bilan kishi yuborursan. Men emdi charchadim, biroz uxlayin. Sen ham ket, ishlaringni ko‘r. Bittasini yubor, choponimni olsin. Tanburchilarg‘a ayt, ikki tanburni kamoncha qilib bir «Husayniy» chalsinlar. Xo‘b bo‘libtur. Ulfat chiqar. Xon salla, choponini chiqara boshlar. Xizmatchi kelib, xonning salla, choponini olib, bir chetg‘a qo‘yar, Xonning kecha kulohini berib, shamlarni o‘chirib chiqar. Xon kulohini kiyib, yotoqda uzanib yotar. Tashqarida ikki kamonchining «Husayniy» cholg‘ini eshitilar. Cholg‘i sekinlanib bitganda, xon uxlagan bo‘lur. Biroz so‘ngra xonning o‘ldirilg‘an akasining xayoli qonli kafan bilan ko‘rinadir. Akam... Nechun keldi... Yo‘qol... ket... Ket... ket!... Yo‘qol... kelma... Yo‘qol... kelma... Voy... Urma! Tovushni eshitgan Davlat to‘qsoba bir shamdonchani ko‘tarib, yugurib kirar. Hazratim qo‘rqdilarmi?! Biroz qo‘rqdim chog‘i! Shamni qo‘yib ket. Suv tayyorlang, tarat qilaman. Bular u dunyoda ham menga qarshi birlashg‘ang‘a o‘xshaylar. Meni tinch qo‘ymaylar, chog‘i! Eski bir gilam bilan ikki-uch eski ko‘rpa to‘shalg‘an o‘rtacha bir uy. Chetdagi bir kat uzra Abulfayzxon ko‘ylakchan yotqon, uxlaydir. Kat yonida bir kursicha uzra qo‘yilg‘an shamdonchaning shami yonib turadir. Birozdan keyin Qurbongul bir oftoba suv olib kelar, oftobani toshnov yonig‘a qo‘yib, o‘zi sekingina qaytib, xonning yuziga qarar. Uxlaydir... sho‘rim qursin. Dunyoning qora chiziqlarini o‘qimoq uchunmi keldim men! Xudoning soyasi deb, podshohlarning uyiga sig‘indim. Bunda ko‘rganlarimni hech ko‘z ko‘rmasin. Menim shuncha yig‘lashlarimga qaramayin, shul xon akasini o‘ldirdi, uning taxtig‘a chiqdi. Karmina begini bola-chaqalari bilan tutib, keltirib qamadi. So‘ngra bitta-bitta hammasini bo‘g‘dirib, quduqqa tashlatdi. Bu kun esa o‘zini Rahimbiy qamab qo‘yibdir. Erta, albatta, o‘ldirar. Buning joyida o‘zi «soyayi xudo» bo‘lur. Bir-ikki yildan keyin yana bittasi chiqar. Uni ham sag‘anag‘a jo‘natib, «soyayi xudo»likni o‘ziga olar. Bizda esa bu qora kunlarning qayg‘usi qoladir. To‘g‘risini aytganda, yana o‘zimiz tinch. Xudo soyasida bo‘lmaymiz, o‘ldirilmaymiz-da. Och qornim, tinch qulog‘im. Ko‘zim ko‘rmasin-ey! Uch-to‘rt yil xudo soyasi bo‘l. So‘ngra qamal, so‘ngra o‘l... Menga nima kerak shular? Azonlar o‘qildi. Xonni uyg‘otay, namozin o‘qisin. Xon bolam, arslonim... turmaysizmi? Hah... kimdir Kimdir? Senmi, Qurbongul?! Men, men. Qo‘rqitdimmi sizni? Yo‘q, yo‘q... Nechun kelding? Azon o‘qildi, suv keltirdim, tarat qilmaysizmi? Nima gaplar bor, Qurbongul? Tinchlik, arslonim! Bular har so‘rag‘animda mana shunday tinchlik, tinchlik deb meni dunyodan xabarsiz qoldirdilar. Men qamoqda, taxtim boshqalar qo‘lida, bola-chaqalarim bilmadim qayerda. Yana tinchlik ekan. Bilmam bular tinchsizlik deb nimani deylar. Qanday tinchlik? Ulfatdan xabaring bormi? Ulfat qochgan, uni axtarib turarlar. Davlat to‘qsoba bilan Jiyanqulbiy, Xo‘jaqulbiy, Karimbiy, Bahrinbiyni tutib qamadilar, ertagacha o‘ldirar ekanlar. Meni nima qilar ekanlar, ongladingmi? Nega yig‘laysiz, arslonim?! Nima bo‘lsa, xudoning buyrug‘i bilan bo‘lar. Tunov kun podsho bibiyim ulug‘ eshong‘a ko‘p pul yuborib, siz uchun duolar oldilar. Albatta, shular bir ish qilar. O‘g‘illarim qayda?! Omon-eson, tinch. Podsho bibiyim bilan birga turalar. Oh... o‘g‘illarim, sizni kimga topshirarman emdi?! Nega yig‘laysiz, arslonim? Xudo ursinkim, bolalaringizg‘a hech bir narsa bo‘lgan yo‘q, ular tinch o‘tiribdurlar. Qo‘y meni o‘z holimda. Budan keyin shul «tinch» so‘zini menim yonimda aytma! Dunyoda hech bir ma’nosi bo‘lmagan bu so‘zni sen eng yomon ma’nolarda ishlatib turasan. Men qamaldim – tinch, bolalarim qamoqda – tinch. Ulfatni axtaralar, Davlatni o‘ldiralar, yana tinch! Bu qanday «tinch», bu qanday tinchlik... Oh, bolalarim, siz nega kichiklikda baxtsizlikka uchradingiz! Bunga menmi sabab bo‘ldim? Koshki dunyoga kelmagan bo‘lsa edim. Rahimbiy kelar. Qurbongul bir chetda qo‘l qovushtirib turar. Rahimbiy boshini ko‘tarur. Xon hazrat, nega yig‘laysiz?! Hech! O‘tiringiz, o‘tiringiz. Nega bolalarim esimga keldilar. Boshg‘a ish tushkach, eng ahmoq chora yig‘lamoqdir. Yig‘lamangiz! Men sizga nima yomonlik qildim?! Hech! Otangiz menga otaliq edi. Bobongiz, meni taxtga o‘tqizib, otaliq bo‘ldi. O‘zingiz Erondan kelgach, bot otaliq qildim. Butun hukumat ishlarini sizga topshirdum, yana Nodirshohning o‘yinlarig‘a berilib, meni qamatdingiz! Nodirshoh oldida men bilan sizning nima oyirmamiz bor?! Bu kun meni tushirgan ekan, erta sizni ham tushirmasmi?! Xon hazrat! Dunyoda har kim o‘z kuchiga qarabg‘ina o‘rin tutadir. Bu tirikchilikning eng o‘tkir buyrug‘idirkim, bunga bo‘ysunmag‘anlarning dunyodan chiqib ketishlari lozim bo‘ladi. Siz Buxoroni idora qilarlik kuch ko‘rsata olmadingiz. Davlatimizning buyuk, buyuk teraklarini o‘z qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz, butun ishni menga emas, bir ahmoq mug‘ambil bo‘lg‘an Ulfatg‘a topshirdingiz. Taxtdan tushkaningizning sababi shuldir. Nodirshohning esa bu ishdan xabari yo‘qdir. Nodirshoh sizni tushirg‘an emas. Nodirshohning bu ishlardan xabari yo‘q, deganingiz yolg‘on emasmi? Yolg‘on emas. Nega Erondan qo‘shin olib keldingiz? Kattaqo‘rg‘ondan chiqqan Ibodullabek fitnasini bosdirmoq uchun. Emdi meni nima qilasiz, o‘ldirasizmi? Yo‘...q, tangri saqlasin bu ishdan. Otaliq, meni o‘ldirmangiz. Xonlikni sizga bag‘ishladim. Ayting, meni o‘ldirmaysizmi? Ayting! Sizni o‘ldirmayman, xonlik ham menga kerak emas. O‘g‘lingiz Abdumo‘min xonni sizning o‘rningizda erta xon ko‘taraman. Meni nima qilasiz? Siz shu hafta orasida Eronga, Nodirshoh oldig‘a borarsiz. Uh... Xudoga shukur! Meni o‘ldirmangiz. Men hajga boraman, hajga. Undan so‘ngra qayoqqa borsangiz, bora berarsiz. Hozirda men sizdan bir narsani so‘ramoq uchun keldim. So‘rangiz. Pullaringiz qayda? Xazina o‘z qo‘lingizda-ku! Sizning o‘z xazinangiz? Menim o‘z pullarimning hisobi Ulfatdadir. Shundan so‘rangiz. Ulfatning qayda ekanini bilmaysizmi? Bilmayman. Hay, siz o‘tiringiz. Yaqinda Erong‘a borarsiz. Bolalarimni sog‘indim. Shularni menga yuborsangiz, ko‘rib qo‘yay. Xo‘b, Qurbongul bilan yuborurman. Kel, sen bilan yuboray. Tong ota yozdi. Tarat qilay emdi. Tangridan boshqa kimsam qolmadi. Ko‘rasizmi, hamma iskanjalar pul uchun ekan. Xon taratni bitirayozganda, Abdumo‘min to‘ra bilan ukasi kirib salom berarlar. Ha, o‘g‘illarim, keldingizmi? Qalaysan, o‘g‘lim?! Shukur. Sen qalay? Onang qayda?! Uyda. Hammangiz bir uydami? Ha, bir uyda. Xon kichkina o‘g‘lini quchoqlab, manglayidan o‘par, katta o‘g‘lini quchoqlab, boshini uning umuzig‘a qo‘yib yig‘lar. Otajonim, nega yig‘laysiz? Bizni nima qilarlar emdi? Hech, o‘g‘lim, hech. Ketingiz emdi, onangizning yonida turingiz. Insonlar – dunyoning uyalmoq bilmagan hayvonlari! Biringizning ko‘z yoshlari biringizning shodlik bog‘chalarini sug‘oradi. Biringizni motam ingrashlari yana biringizning to‘y cholg‘ularini kuylatadi! Bir-biringizning borliqlarini yeb, hirslaringizni to‘ydirmoqdan qachong‘acha bezmaysiz! Namozimni o‘qib olayin. Bu kim?.. Sen kimsen?! Ulfat!.. Men, Ulfat qulingizman, xoqonim! Oh... Ulfat, nega bunday kelding? Qo‘rqmangiz, sizga xizmat uchun. Bilasizmi, Rahimbiy meni tutib o‘ldirmak uchun tirishadi. Men qochib yuribman. Qayda eding? Men Eron qo‘shinida edim. Ishimiz nima bo‘lar! Meni Erong‘a yubora ekanlar, to‘g‘rimi? Nodirshohga Rahimbiy ham, Hakimbiy ham sizni o‘ldirmaslik uchun so‘z bergan ekanlar. Nodirshohni buyrug‘i bilan Rahimbiyga qo‘shilib kelgan Eron qo‘shini sizni omon-eson olib qaytarg‘a shohdan buyruq olg‘on ekanlar. Qachon borarmiz emdi! To‘xtang, hali ish buzilib qolg‘an. Nima bo‘lg‘an? Nodirshohning o‘lim xabari kelgan. Nima... Nima... Nodirshoh o‘lganmi? O‘ldirilgan. Kim o‘ldirg‘an uni?! E, voy... Menim baxtim qaro ekan! Eron eli yog‘iqib, uni o‘ldirganlar. Bu xabar Buxorog‘a kelgandan so‘ng, Rahimbiy sizni yubormoq fikridan qaytqon. Emdi men nima qilaman? Eron qo‘shini sizni omon-eson qo‘lig‘a olmasa, Buxorodan ko‘chmaydir. Buni shu kun Rahimbiyga bildirdilar. Nima degan u? Hanuz bir narsa demagan, biroq Eronning qo‘shin boshliqlari Rahimbiy sizni o‘ldirib qo‘ymasin, deb qo‘rqalar. Sizni, ishqilib, qochirmoq uchun meni yubordilar. Shu tobda men bilan qochasiz. Kelingiz, shahardan chiqib, Eron qo‘shinig‘a qo‘shilamiz. Qanday qilib qochaman? Qochmoqning qanday-mandayi yo‘q, mana shu yo‘lga kirib olsangiz, qochib qutularmiz. Menga ishoningiz, hech qo‘rqmangiz. Bolalarni, nima qilayin? Vaqtimiz oz qolg‘an. Yuringiz, tez qochaylik. Bir balo chiqmasin. Bolalarim nima bo‘lalar? Buxoro taxtig‘a Chingiz bolalaridan boshqa kishi chiqarilmaydir. Shuning uchun Rahimbiy katta o‘g‘lingizni xon ko‘taradir. Sizning ularga ishingiz bo‘lmasin. Turingiz, bot qochaylik emdi. Men qochg‘ach, bolalarimni o‘ldirmaylarmi? O‘ldira olmaylar. O‘g‘lingizni xon ko‘tarishdan boshqa choralari yo‘qdir. Yuringiz, tez qochaylik. Kiringiz, tez kiringiz! Yo‘q, qochmayman. Qochsam, bolalarimni o‘ldirarlar. Uf!.. Nega bunday qilasiz? Shu tobda bittasi kelib, shu holni ko‘rsa, ikkimizni ham o‘ldiralar. Men Eronda nima qilarman? Undan kuch yig‘ib qaytarmiz-da, yana Rahimbiy bilan urusharmiz. Eron sizga yot emas, bobolaringizdan nechalari Buxorodan Eronga ko‘chganlar. Kelingiz, tez qochaylik. Kiringiz tez! Oh... bolalarim! Sizni kimga tashlab ketaman? Nega bunday qilasiz. Kelib ikkovimizni ham o‘ldirarlar! To‘xta biroz, Ulfat! Bolalarimni chaqirib, bir ko‘ray! Ey-voy, bitdik, shu tobda kelib, bizni o‘ldirarlar, baribir bolalaringizni ko‘ra olmaysiz! Nega ko‘ra olmayman? Ko‘ra olmaysiz, chunki... Xon! Odamlar kelalar. Keling, qochamiz. Keling, tez keling. Men qochdim, keling. Keling, xon. Xon ham yugurib, teshikka kirmakchi bo‘lg‘ach, uch jallod katta pichoqlar olib kelalar. Ulfat qochar. Jallodlar qotib qolg‘an xonni kelib tutarlar. Bu nima? Kim keldi bu yo‘ldan? Kim keldi bu yo‘ldan? Ulfat kelgan edi. Meni qochirmoqchi bo‘ldi, ketmadim. Jallodlar shoshib bir-birlarig‘a qaraylar. Chop, bekga xabar ber, qorovul bersinlar, shu uyning orqasig‘a borub, axtararsiz. Biz ikkimiz bu kishining ishini ko‘raylik. Ikkala jallod pichoqlarini ko‘tarib, xonga hujum qilarlar. Nega meni o‘ldirasiz? Voy-dod! O‘g‘lingiz buyurdilar. O‘g‘lim... Yo‘q... U buyurmas... Voh, o‘ldim. Oh, nega qochmadim... Bolalarim... O‘ldim... Ulfat... Jallodlar pichoqlarini qinlariga solib, xonning so‘ng so‘lishini kutib turarlar. Shu tobda Ulfat qishloqli aftida, katta bir pichoq qo‘lida, teshikdan chiqar, sekingina jallodboshiga yaqinlashib, pichoqni suqib yuborar. Jallodboshi «vah» deb yiqilg‘ach, Ulfat ikkinchi jallodg‘a hujum qilar. Ul qichqirib qochar. Ulfat xonning o‘ligi ustiga kelar. Yuraksiz xon, qochmadi, o‘ldi. Muhrini olay. Yo‘lda kerak bo‘lur. Xonning kissasidan muhrini tez olib, yugurib teshikka borib yo‘qolar. Oyoq tovushlari kelar. Qolg‘an jallod bilan besh kishi qilichlar chekib kirarlar. Mana shundan keldi. Uch kishi yugurib kirarlar. Qolg‘anlar: «Biz tashqaridan boraylik», – deb chopib chiqarlar. Ulfat xo‘jasaroy, Davlat to‘qsoba bilan yana ikki-uch bekning o‘liklari osilg‘an, o‘tqizib bo‘g‘dirilg‘an, qong‘a bo‘yalib yotg‘an bir holda turadir. Chetda qoramoy chirog‘i tutunlar sochib yonmoqda. Birozdan keyin Rahimbiy yolg‘iz kelar. Og‘ir bir yurish bilan yurib, o‘liklarning har bittasiga es qo‘yib qarab, zindonni bir aylanib chiqar, Rahimbiy ketgach, manzara o‘zgarib, sahnaning beri yonida Buxoro arkining Salomlik ayvoni ko‘rinadir. Ayvon ostidag‘i taxtning har tomonida qiymatli qolinlar, ko‘rpalar to‘shalgan, shamlar, chilchirog‘lar yonib turadir. Rahimbiy rasmiy kiyimi bilan kamarlik, qilichlik holda bir tomondan ko‘rinib, sekinlab taxtg‘a yaqinlashar. Bir oyog‘ini taxtning bosqichig‘a qo‘yib, tizzasiga tayanib so‘ylar. Yo‘limizning ozi qoldi. Manzilga erisha yozdik. Abulfayzxon ketdi. Uni yoqlag‘onlarning-da ruhlariga fotiha o‘qib keldim. Emdi kim qoldi? Chumchuq kabi kichkina bir xon! Shunday olasan, kallasini uzib tashlaysan!.. Ruhing shod bo‘lg‘ay, otam. Sen bitirmagan ishni men bitirdim. Yo‘q, bularning hammasi sen ekkan urug‘larning mevasidir. Sen menga yo‘l ko‘rsatmasa eding, sen Nodirshoh bilan do‘stlashib, meni unga yubormasa eding, bu ishlar bo‘lmas edi. Bo‘lg‘anda ham, juda qiyinchilik bilan bo‘lar edi. Mir Vafo kelar. Yo‘ldosh qalandar kelibdi. So‘zi bor ekan. Boshqa bir yo‘l bilan olib keldim. Keltiringiz. Mir Vafo panada turgan Yo‘ldoshni chaqirar. Yo‘ldosh shul burung‘i qalandar afti bilan kelib, duo qilar. Omin, tezroq bu oyog‘ingizni ikkinchi bosqichga qo‘yib, taxtg‘a chiqqaysiz. Ollohu akbar. Ha, tentak, nima gap? Yaxshilik, bek! Sizning xon bo‘lishingiz to‘g‘risida odamlar bir-birlarig‘a so‘ylashib turadirlar. Nima deylar? Odamlar rozi, xonlik otaliq bekning haqqi deylar. Biroq beklar, el boshliqlari bu ishga ko‘nmaylar. Chingiz avlodi bo‘lmag‘an kishi xon bo‘la olmas, deylar. Mana shu so‘zlar boshqa odamlarni biroz tushuntiradi. Shunga bir chora qilishingiz kerak. Qanday chora?! Buning chorasi qulay. Mullolardan bir fatvo olasiz. Shuning bilan bitadi. Uni qilamiz. Yana qiziq bir gap bor. Erondan keltirgan qo‘noqlaringiz boshimizg‘a bir balo chiqarmasalar, yaxshi edi. Nima qildilar? Buxoroni mang‘itlardan tozalash kerak, deb so‘z tarqatar ekanlar. Bir necha beklarimizga kishilar yuborib, «Siz ishga kirishingiz, biz yordam qilamiz» deganlar, Abdumo‘minxonni arkdan qochirib, so‘ngra siz bilan urushmoqchi ekanlar, degan xabarlar bor. Ahmoqlar. Buxoroda nima ishlari bor ekan?! Nodirshoh o‘ldirilgan, yurtlari buzulib turadir. Borib o‘z ishlarini tuzatsinlar. Bek, Abdumo‘minxonning ishini bir yoqlik qilmasangiz, yana bir janjal chiqar. Siz buni chiqarib yuboring, Oxun bilan Qozi Nizomni menim yonimg‘a chaqiring. O‘zingiz Eron qo‘shinig‘a borib, sardorlarg‘a ayting, o‘zlarini ko‘rmak istayman, kelsinlar. Donyolbiy kelar. Mir Vafo bilan qalandar unga salom berib chiqarlar. Bu qalandar kim? Tanimaysizmi? Tanishg‘a o‘xshaydir. Bir kecha otam bilan o‘turg‘animda kelgan edi-ku. Ha... Bu bor ekan. O... Shuning so‘zlarini eslaysizmi? Karomati bor ekan. Boya aytsangiz edi, duosini olar edim. Hay, yana kelar. Ibrohim kenagasni keltirdilar. Qani? Saqlovda turibdur. O‘, bola! Saqlovga chiqib ayt, Ibrohim otaliqni keltirsinlar. Xizmatchi ketar. Qo‘llarini bog‘lab, keltirganlar. Bechora, qarib qolg‘an. Ko‘zi ko‘rmaydimi? Yo‘q, ko‘rmaydi. Bechoraning duosini olsangiz, yaxshi bo‘lur. Albatta, unga hurmat qilamiz. Otaliqning qo‘llarini och! Otaliq amak, o‘tiringiz, qalaysiz? Ko‘zim ko‘rmaydir. Siz kim bo‘lasiz? Tanimadingizmi? Men, Rahimbiy. Ha, tanidim, tanidim. Xudog‘a shukur, yaxshiman. Hali meni ham tanimasangiz-chi, otaliq! Siz Donyolbiy emasmi? Topdingiz. Qalaysiz, uka? Ko‘rishaylik-ey... Eskilardan yolg‘iz siz qolibsiz. Rahmatli akalaringiz o‘lganlar ekanlar. Ha, tangri yorlaqasin, o‘ldilar. Hay, dunyo shunday ekan, bitta kelib, bitta ketar ekan-da. Otaliq amak, meni qutlamaysiz? Sizni nega qutlay ekan, jiyanim? Dushmaningizni o‘ldirdim. Siz o‘ldirmaganda, o‘zi o‘lmasmi edi? Shunday ekan, siz nega unga yog‘iqib shuncha urushdingiz?! U elg‘a yomonlik qildi, yurtni taladi, hukumat ishlariga qaramadi. Kecha-kunduz chog‘ir ichib yotdi. Men uning shul ishlarig‘a qarshi bo‘lib urushdim. Men nima qildim?! Siz bu ishlarni o‘zingiz uchun qilasiz-ku chog‘i! Qaydan bildingiz?! Rahmatli otangizning Nodirshoh etagiga yopishqonini bilar edim. Siz ham Nodirshohga bordingiz. Uning qo‘shinini keltirdingiz. Abulfayzxonni o‘ldirg‘andan so‘ngra, butun ishni o‘z qo‘lingizga olib turibsiz. Abdumo‘min to‘rani xon ko‘targanimizdan xabaringiz yo‘qmi, amak? Abdumo‘min to‘ra o‘n besh yashar bir bola. Uni xon ko‘tardingiz nima, ko‘tarmadingiz nima! Siz bo‘lg‘anda, nima qilar edingiz?! Men bo‘lg‘anda, Abulfayzxonni tushirg‘ach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim. Mana, el boshliqlaridan bittasi – siz. Elingiz kenagas! Buxoroning tubchak, buyuk bir eli. Kelingiz, bunday ma’nosiz so‘zlarni qo‘yingiz, birgalashib, kengashib ishlaylik, Abdumo‘minxonning hukumatini biriktiraylik. Men juda yaxshi bilaman: siz shu kun erta Abdumo‘minni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini olarsiz. Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki ul haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, sizku Buxoro taxtini olarsiz. Abdumo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir. Oxund bilan Qozi Nizom salom berib kelarlar. Marhamat qilsinlar. Otaliqni tanimadingizmi? Kenagas otaliqmi? Ko‘rishaylik-ey. Ikkalasi borib ko‘rishgach, o‘tirarlar. Otaliq, xudoga shukur qilingiz. Bekning g‘ayratlari bilan dushmanlaringiz yo‘qoldilar. Emdi qolg‘an umringizni shu kishining ko‘lagasida tinchg‘ina o‘tkararsiz. Ibrohimbiy javob bermaydir. Bir-ikki shar’iy masala bor. Shuni so‘ramoq uchun sizlarni chaqirdim. Marhamat qiling, taqsir! Shul to‘rt-besh kunlik janjalimizda Abulfayzxon bilan yana bir necha kishi o‘ldilar. Ha, taqsir. Bularning o‘limiga men sabab bo‘ldim. Shuning shariatda hukmi nima bo‘lsa? Taqsir, ho taqsir, masalan, «bolvoyi om»da o‘lganlarning qotili hech kim bo‘lmaydir. Ular bolvoyi omga sabab bo‘ldilar, shariatning hukmi shudir, taqsir. Abulfayzxon hukumat ishlarini bajara olmadi. Shuning uchun hukumatni boshqa kishig‘a topshirmog‘i kerak bo‘ldi. Buni qilmag‘ach, jazosini ko‘rdi. Bizning oramizda bir so‘z bor: Chingizxon avlodidan bo‘lmag‘an kishi xon bo‘la olmaydir, deylar. Bu to‘g‘rida shariatning hukmi nima bo‘lsa? Shariatda bunday bir narsa yo‘qdir. Kimning qo‘lidan ish kelsa, shu xon bo‘la beradir. Shul eski masala to‘g‘risida rivoyat berasizmi, taqsir? Albatta, beramiz. Erta shuni yozib keltiringiz! Xo‘b bo‘lubdir. Rahmatli Rajabxon bilan birlashib, Abulfayzxonga qarshi urushg‘animizda shunday kengashgan edikkim, Buxorog‘a borib kirsak, butun mullolarni bir madrasag‘a solib, o‘t qo‘yamiz-da hammasini yondiramiz. Elimizni buzib, rasvo qilg‘an shular. Bular diningizni tuzatamiz deb, dunyomizni murdor1 qildilar. Nima qildik biz?! Siz Qozi Nizom emasmi? Ha, men Qozi Nizom. Tunov kun Abulfayzxonni «soyayi xudo» deb oyoqlarini o‘pmag‘an edingizmi? Abulfayzxon xotinlar bilan ichishib yotg‘an bir kechaning ertasida, uning oldig‘a kelib: «Bu kecha tushimda payg‘ambarni ko‘rdim, sizni so‘rab yubordilar», – deb, chopon kiyganingizni unutdingizmi? Tunov kun sizga chopon bergan soyayi xudoning o‘limiga bu kun fatvo berasiz, hech uyalmaysizmi? Tushingizda Abulfayzxonni so‘rag‘an payg‘ambar, yana bir yo‘la tushingizga kirib, uni so‘rasalar, nima deysiz? Bular oz emish kabi, Chingizxonning yosog‘ini ham yo‘q qilmoqchi bo‘lasizmi? Otaliq aka, shariatning hukmi shu ekan-da. Men shariat-mariatni bilmayman. Ishingizni to‘g‘rilamoqchi bo‘lsangiz, qurultoy chaqirasiz. Bularning so‘zi yarim chaqag‘a arzimaydir. Mir Vafo kelar. Eron sardorlari keldilar. Otaliqni siz qo‘noq qilingiz. Bu kishiga yaxshi qarashib, hurmat ko‘rsatingiz. Siz sardorlarni keltiringiz. Men Eron sardorlarini chaqirdim. Eron qo‘shini Buxoroda qola bersa, yaxshi bo‘lmaydi. Buxorodan chiqib ketishlarini taklif qilaman. Ko‘b yaxshi qilasiz, bek. Kelgan qo‘noqning ketishi yo‘qmi? Buxoroda nima ishlari bor? Bu kecha menim so‘zimni tinglamay, yana Buxoroda qolmoqchi bo‘lsalar, bu to‘g‘rida erta sizlar bilan boshqacha kengasharmiz. Albatta, erta shul rivoyatlarni olib kelarsiz. Xo‘b bo‘libdir Ketasizmi emdi? Ketaylik, bek. Xo‘b. Oxund bilan Qozi Nizom chiqadi. Mir Vafo bilan Eron sardorlari Husaynxon, Ahmadxon kelarlar. Salomdan so‘ng o‘tirmasdan so‘ylasharlar. Chaqirg‘an ekansiz, keldik, bek! Xush keldingiz. Sizni chorlatganimning sababi shul: aziz qo‘noqlarimiz bo‘lg‘an Eron qo‘shini biz uchun ko‘b musofirchilik chekdilar. Shukur, mana o‘lkamiz tinchlanib qoldi. Eshitishimizga ko‘ra, podshohimiz Nodirshoh shahid bo‘lg‘anlar. Endi bu aziz qo‘noqlarg‘a xizmatlarig‘a yarasha jaldular berib, yurtlarig‘a qaytarsak, bizdan rozi bo‘lurlarmi? Bek, qarorimiz boshqacha edi. Bizga Abulfayzxonni omon-eson Erong‘a erishdirmak xizmati topshirilg‘an. Siz Abulfayzxonni bizga qachon topshirsangiz, biz shul daqiqada chiqib keta berarmiz. Xonni topshirmay ekansiz, Eron qo‘shini ham yota beradir. Nodirshoh o‘lmaganda, men Abulfayzxonni, albatta, siz bilan yuborar edim. Bu kun Nodirshoh o‘lgan. Eronda Abulfayzxonning hech kimga kerakligi yo‘q. Shuning uchun xonni sizga topshirmoqning ma’nosi qolmag‘an. Nodirshoh o‘lgan bo‘lsa, Eron tirikdir. Eron podshohi «Abulfayzxonning jonini qutqaringiz» deb, o‘z qo‘shinig‘a buyurg‘an. Biz uning shul buyrug‘ini yeriga kelturarmiz. Mayli. Bizning xon sizga shuncha lozim ekan, chiqarib berar edim, biroq u kishi shu kun ertalab o‘zlarini o‘ldirganlar. O‘liklarini sizga chiqarib bermak unumsizdir. Nima, Abulfayzxon o‘ldimi? Shu kun erta bilan o‘zlarini pichoqlab o‘ldirdilar. Aziz qo‘noqlarim! Abulfayzxon o‘ldi. Nodirshoh o‘ldi. Sizning bunday yot o‘lkada boshsiz, tilaksiz turishingiz foydasiz bir ish. Elimiz Nodirshohning o‘lganini eshitsa, sizni tinch qo‘ymasa kerak. Xazinadan sizlarga yigirma ming tangadan pul beraylik, qo‘shiningizg‘a ulashib beringiz-da, yurtingizga qarab keta beringiz. Bek! Biz bu ishdan bir narsa onglayolmadik. Xonni kim o‘ldirgan? O‘zimi, dushmanlarimi? Bu ochiq bilinmadi. Biz qo‘shinimizg‘a qaytib, kengasharmiz. Qanday bir qarorga kelsak, sizga bildirarmiz. Xo‘b, qachon bildirarsiz? Erta bildirsak kerak. Xo‘b bo‘ladir. Shunday qilingiz. Xudo hofiz, bek! Xudo hofiz. Eron sardorlari chiqib ketarlar. Siz O‘rdag‘a boringiz. Abdumo‘minxonni ko‘ringiz. Eron sardorlari sizdan fotiha olib, yurtlarig‘a qaytar ekanlar, deb bu yoqqa yuboringiz. O‘zingiz keta beringiz. Xo‘b. Emdi ikkinchi bosqichni bosmoq kerak. Bu qo‘g‘irchoqni yo‘q etmasak, boshimizg‘a bir balo chiqg‘usidek ko‘rinadir. Eron sardorlari buning ham o‘lganini eshitsalar, o‘zlari qochib ketarlar. Biz tutmoqchi bo‘lsak ham turmaslar. Abdumo‘min kiyinib, toj qo‘yg‘ani holda kulib kelar. Bek bobo, meni chaqirdingizmi? Ha, o‘g‘lim, sizni chaqirdim. Eron sardorlari yurtlarig‘a qaytar ekanlar. Sizni ko‘rib, fotiha olarlar. Qani? Kelarlar. Siz taxtg‘a chiqib o‘tiringiz. Eron sardorlari kelganda: «Nechun ketasiz, bizning Buxoroda qolsangiz bo‘lmasmi!» – deb qarang. Ular: «Yo‘q, ketamiz», – deylar. So‘ngra bularga yigirma ming tangadan pul berilsin, deb menga buyuringiz. Xo‘b. Bay, ba...y, yaxshi sharbat ekan-da. Siz tomoq yedingizmi? Ha, yedim. Bir piyola ichasizmi? Hay, ichaman. Biroz achchig‘mi? Biroz... Albatta, foydali dorilar soling‘andur. Erta Qozi Nizomga mirasadlik o‘rini bersangiz bo‘lurmi? Bo‘lur. Yuragimni yondirib yubordi, bu nima edi? Menga bir narsa bo‘lmadi-ku! Voy, yondim. Bek bobojon, bu nima edi? Yondim. Jim turingiz, hech narsa qilmaydir. Voy yondim... biroz suv beringiz! Yondim. Biroz suv beringiz! Jallod! Meni ham o‘ldirdingmi?! Ko‘k gumburlar, qattiq bir yel esib, shamlarni o‘chirar. Shu tobda taxtning bir chetidan, yigirma yashar eronli aft bir Xayol chiqar. Sochi orqag‘a qaytarilib, bo‘yni to‘g‘risidan kesilgan, boshi yalang, egnida kafan, og‘ir yurib, Rahimbiyning qarshisig‘a borib turar. Rahimbiy juda qo‘rqib, qattiq titrar. Bu kim!.. Kim bu!.. Xayol qo‘li bilan imlagach, parda ochilib, o‘liklar turg‘an boyagi zindon ko‘rinar. Surati adli Xisravon in ast: Zulm dar olami g‘araz din ast. Ojizonro dihan g‘utta ba xun, To shavad xilvati havas gulgun. Adl in rang tuxmi ra’fat kosht, V-ey agar zulm teg‘ mebardosht. Bu kim?.. Ey qora kuch, qurib ketgur taxt! Hech gunohi bo‘lmag‘an bolalardan, tog‘ kabi yigitlardan, millionchalari sen uchun qurbon bo‘lub ketarlar. Insonlar tomonidan yaratilg‘an minglarcha tangrining eng buzuqboshi, eng shumi, eng qop-qora saodat – sensan. Ostingda qolg‘anlarni ezguchi bir falokat yuki bo‘lg‘aning kabi, ustingga chiqqanlarning borliqlarini yondirg‘uchi bir olov tepasidirsan! Kim bu? Sen fazilatlik bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarini bo‘g‘izlading. Bu tizim Bedildandir. Xusravlar adlining shakli shunday: G‘araz olamidagi kishilarning dini zulmdir. Zaiflarni qonga sho‘ng‘itishadi, Toki havas kiyimi rang-barang bo‘lsin deb. Ey, zulm tig‘i o‘rtadan ko‘tariladigan bo‘lsa, Adolat shu tarzda yuksaklik urug‘ini ekadi. Bola xanjari bilan otalarni yiqitding. Do‘stlarni bo‘g‘ishtirding, o‘rtoqlarni urushtirding. Dalaning erkini, shaharning tinchini, erlarning g‘ayratini, xotinlarning ismatini1 talatding. Otamdan qochib, o‘ziga sig‘ing‘anim holda uyalmayin, boshimni kesdirgan Afrosiyobingdan mana shu kimsasiz bolani og‘ulatib yiqitqon Rahimxoningg‘acha minglarcha yirtqich xoinlarni sen yaratding, sen yashatding. Ey insonning dushman tangrisi, qachong‘acha bu ongsizlar to‘dasini o‘zingga ham topindirib, ham qurbon qilarsan?! Ey boyqushlar qafasi, bunday dev ishtiholiq hayvonlarning qo‘li bilan qachong‘acha dunyolarni bir-biriga urib turasan?! Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘masini chuqurdan chuqurg‘a yumalatmog‘ingning zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?! Afrosiyob, deydir. Otamdan qochdim deydir. Sen kimsan?! Men... Sening kabi bir zolim qo‘lida mana shuning kabi hech bir narsani bilmayin, onglamayin, bo‘g‘izlang‘an bir mazlum –Siyovush!... Ey qora yurakli boyqush, bundan senga qolg‘an vayronani qutlamoq uchun keldim. Insonlik dunyosi, esini bir joyga to‘plab, o‘z ishiga o‘zi ega bo‘lg‘ancha, sen ham, sening kabilarning ham ixtiyoringizdadir. Istaganingizcha hukm sura olarsiz. Siyovush... Siyovush. Abdurauf Fitrat ijodining ma’lum bir qismini dramatik asarlar tashkil etadi. Ular orasida 1924-yilda chop etilgan «Abulfayzxon» fojiasi alohida o‘rin tutadi. Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» fojiasi birmuncha keskin voqealarni tasvir doirasiga olgan asarlar sirasiga kiradi. Asarni mudhish bir ta’kid, ya’ni asarda Ulfat obrazi tilidan aytilgan «Podshohlik – qon bilan sug‘orilaturg‘on bir og‘ochdir» asosiga qurilgan desak ham bo‘ladi. Chunki toj-u taxt orzusi ko‘zlarni ko‘r, qalblarni nochor qilishi mumkin. Bunga asardagi bir qancha voqealar ham dalil bo‘la oladi. Xususan, tarixiy dalillarga ko‘ra, Abulfayzxon taxtga o‘tirish uchun akasining bahridan o‘tgan edi. Xon yon-atrofidagi ikkiyuzlamachi xoinlar dastidan, qolaversa, o‘zining nihoyatda kaltabinligi tufayli mag‘lubiyatga uchraydi. Asarning bosh g‘oyasi ham zulm asosiga qurilgan tuzumning oxir-oqibat inqirozga yuz tutishini ta’kidlashga yo‘naltirilgan. Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat o‘yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha shaxmat o‘yini aqlli va bekorchi odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi. Shunga ko‘ra, xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning maishat-u turli o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga ishora qilinadi. Kunlar o‘tgan sayin Abulfayzxonni marhumlar ruhi bezovta qila boshlaydi: qo‘rqinchli tushlar ko‘radi. Xon atrofi borgan sari sotqinlarga to‘lib boradi. Zero, bunga faqatgina uning o‘zi aybdor edi. Hatto eng ishonchli odamlaridan biri Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do‘stlashadi. O‘g‘lini yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir tarafdan urushmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni egallab olishi bularning barchasi millatparvarlik, vatanparvarlik nuqtayi nazaridan oqlab ham, yoqlab ham bo‘ladigan hodisalar emas. Hakimbiy obrazida Abulfayzxon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon bo‘ladi. Hakimbiyni Ulfat orqali Abulfayzxon o‘z huzuriga chaqiradi. Hakimbiy borishdan bosh tortadi va «Jo‘yborga borib Xo‘ja Kalonning uylariga qo‘nsinlar, elning kattalarini chaqirsinlar», deb muzokara uchun joy tanlaydi. Buning sababini ham Hakimbiy nutqidan bilib olish mumkin: «Xonning buyrug‘i Arkdan Mirarabgacha yurmaydir». Bu gap Abulfayzxonning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi naqadar zaifligini anglatadi. Uchinchi parda Nodirshoh va o‘g‘li Rizoqulixon suhbati bilan boshlanadi. Nodirshoh: «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir», deya Hakimbiy va uning o‘g‘li Rahimbiyga ishora qiladi. Chunki Hakimbiy Nodirshohdan o‘g‘lini taxtga o‘tqizish va’dasini olib ulgurgan edi. Fojianing keyingi sahifalarida xonning afsus-nadomatlari, yig‘lash-siqtashlari – umuman, nochor ahvoli beriladi. Yurt boshqaruvini qo‘lga olgan Rahimbiy Abulfayzxonni uy qamog‘ida saqlaydi. Fitrat shu o‘rinda Abulfayzxon bilan Rahimbiyni uchrashtiradi. Bu epizodda mahkum xon Rahimbiy va uning yaqinlariga qilgan yaxshiliklarini sanaydi. Rahimbiy esa xonni «Davlatimizning buyuk, buyuk teraklarini o‘z qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz», deb xonning johilona siyosatini qoralaydi. Har kim o‘z fikrida haqqa o‘xshab ko‘rinadi... Keyinroq Ulfat lahm qazib xon yoniga keladi. Xon esa qochishga jur’at etolmaydi. Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi uchun kuyingan kishilar Ibrohimbiy obrazi orqali tasvirlanadi. Ibrohimbiy haqiqat tarafida, u xalq manfaatini ko‘zlaydigan odam. Shuning uchun elga yomonlik qilgan, hukumat ishlariga qaramagan, «kecha-kunduz chog‘ir ichib» yotgan Abulfayzxon siyosatini ham, ish boshiga kelgan Rahimbiyni ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Fitrat o‘z orzu-istaklarini uning tilidan bergandek taassurot qoldiradi. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi. Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir». Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi. Toj-u taxt bevafo va o‘tkinchi. Fitrat Ibrohimbiy tilidan shu haqiqatni bayon qiladi. Darhaqiqat, oxirgi sahnada Rahimbiy oldida ramziy obraz – Xayol paydo bo‘ladi. Fitrat o‘zi anglab yetgan va anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun Xayolni: «Sen fazilatli bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola pichog‘i bilan otalarni yiqitding...», deya so‘zlatadi. Xayol asardagi eng kuchli va eng teran obrazlardan biri. Fojiadagi obrazlarning o‘zaro ziddiyatlarini, tarixiy haqiqat kim tomonida ekanini tushunish uchun asarni sinchiklab o‘qish va ayni damda o‘sha davr tarixini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Fitrat «Abulfayzxon» fojiasi uchun Buxoro tarixidagi o‘ta ziddiyatli bir zamonni tanladi. XVIII asrda Buxoroda hukm surgan ashtarxoniylar sulolasi tugab, ular o‘rniga mang‘it amirlarining kelish hodisalarini qalamga oldi. Fitrat real tarixiy shaxslar bilan birga to‘qima hamda ramziy obrazlardan unumli foydalandi. Abdurauf Fitrat «Abulfayzxon» fojiasida ma’lum bir tarixiy davr fojialarini badiiy talqin qilish bilan birga o‘zi yashab turgan ziddiyatlarga to‘la muhit – zulm, zo‘ravonlik va bosqinchilikka asoslangan tuzumning mohiyatini ham qaysidir ma’noda ochib berishga muvaffaq bo‘ldi. «Kecha va kunduz» romaniga tugal badiiylik baxsh etgan eng muhim omil shundaki, Cho‘lpon xalq hayotining badiiy tahlilini ham, ijtimoiy hayot haqidagi o‘zining mulohazalari va xulosalarini ham biron o‘rinda yalang‘och aytishga urinmaydi – bularning bari romanda jonli odamlar, ularning taqdiri, xarakterlari mantiqi vositasida ochiladi». «Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u XX asr o‘zbek adabiyotini yangi pog‘onaga ko‘tarib, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmasdan, xalqda «Vatan», «Millat», «Istiqlol» tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga ham mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zga so‘zlar bilan aytganda, u xalqda hurriyat tuyg‘usini uyg‘otdi, uning ko‘zidagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi. Uning fuqarolik jasorati xuddi shundadir». «Milliy adabiyotimizda zamonaviy nasrchilik endigina shakllanayotgan pallada ijod qilgan Cho‘lponning ijodiy izlanishlari nasrimizning poetik arenasini boyitishga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Cho‘lpon o‘z ijodi bilan nasriy janrlarning turfa imkoniyatlarini namoyon qildi, turli poetik usul va vositalarni dadil tajriba qilib, ularning milliy adabiyotimizda o‘zlashib qolishiga puxta zamin hozirladi». Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi... Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi. Birinchi ko‘ringan ko‘klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash’asini beradi. Bultur ekilib, ko‘p qoshlarni qoraytirgan o‘sma ildizidan yana bosh ko‘tarib chiqdi... Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! Erkaklarning gullik do‘ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro‘mol popuklari bilan hazillashib o‘ynagan salqin shabada... ko‘klam nash’asi bilan sho‘xlik qiladi. Hayot nega bu qadar go‘zal va shirin bo‘ladi bahorda? Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko‘ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan; endi ustiga poxol to‘shalgan aravada bo‘lsa ham, allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan edi. Qish ichi ham keti uzilmagan sovchilar bir-ikki haftadan beri kelishdan to‘xtaganlar, endi tashqari eshikning «g‘iyt» etishi – bir-ikki ayolning astagina bosib, paranjisini sudrab kirib kelishiga dalolat qilmas, hali endigina o‘n beshga qadam qo‘ygan bu yosh qizning go‘dak ko‘nglini uncha cho‘chitmas edi. Ko‘k terish bahonasi bilan bir-ikki marta keng hovlilarga, shahar ichida bo‘lsa hamki, dala-tuzlarga chiqib kelganidan beri ko‘ngli qirlarni, dalalarni, ishqilib olis-olis joylarni yana ko‘proq tusay boshlagan edi. Otasi bomdoddan kirmagan, onasi sigir sog‘ish bilan ovora, o‘zi kichkina sahnni supurib turgan vaqtida tashqari eshikning besaranjom ochilishi Zebining ko‘nglini bir qur seskantirib oldi. Bir qo‘lida supurgisi, bir qo‘li tizzasida yerga egilgan ko‘yi eshik tomonga tikilib qoldi. Otasining odatdagi tomoq qirish va yo‘talishlar bilan, katta eshikning og‘ir zanjirini sharaq-shuruq qilib tushirib, namozga chiqib ketganiga hali ko‘p o‘tmagan edi. Halol-haromni ko‘p ham farq qilmayturgan bu odamning avrodda o‘tirish odatlari, hatto hammadan keyin qolib, machit shamlarini puflab chiqish rasmlari bo‘lardi. Aytgandek, eshikdan shoshilib kirib kelgan – yoshgina, o‘zi tengi bir qizcha bo‘ldi. Hali tuzuk-quruq odam qatoriga kirib yetmagan bu qizchani katta xotinlarning oriyat paranjisiga burkaganlar, paranjining uzun etaklari katta bir tugundek uning qo‘ltig‘ini to‘lg‘azardi... O‘rangan qiz ichkari eshikdan hatlar-hatlamas paranjini irg‘itdi va o‘zining bolalik ruhi bilan yugurganicha borib Zebini quchoqladi. Ikkalasi quvona-quvona ko‘rishdilar. Supurgi yetgan joyidan nariga o‘tmasdan yerga yonboshladi... Ikkala yosh – yuzlari kulgan, ko‘ngillari yozilgan – qo‘ltiqlashib ayvonga bordilar va Zebining otasi turib ketgan so‘rining chekkasiga o‘tirishdilar. Salti erta saharda munaqa halloslab kelishining sababini hali aytgani yo‘q edi, ular ko‘rishgan hamon, yosh qizlarning o‘z oralarida o‘taturgan mahram1 gaplarini gaplashib, tikayotgan kashtalari, piltaga kirgan do‘ppilari to‘g‘risida bir-birlariga kalta-kalta ma’lumot berishgan edilar. Salti endi gap ochdi: Erta saharlab chopganim bekorga emas... Men ham sezganman... Yuragim bir qur seskanib ham oldi... Nimaga, o‘rtoqjon? O‘zingiz bilgan sovchilar balosi-da... Qish ichi keti uzilmadi. Menam bezganman, jonim qaqa... shuning uchun bir qishloqqa chiqib kelsammikan, deb edim... Nimasini aytasiz... Ariqdagi suv ham muzning tagidan chiqdi-ku. Zebining yuzini, shu topda, butun qish ichi to‘planib qolgan horg‘inlikning asarlari egallagan edi. Uning ikkala yuzi, ayniqsa, ko‘rpaning katta-katta qavig‘iga tikilgan andishalik ko‘zlari hovur bosgan oynakning betiga o‘xshardi. Aksincha, Saltining yuzlari charaqlagan yulduzday, sernash’a, quvnoq va har qanday andishadan yiroq bo‘lib, ko‘nglining chuqur burchaklaridan chiqib kelgan sevinch to‘lqinlarini aks ettirardi. Shu uchun u Zebining so‘ng so‘zlaridagi og‘ir ma’yuslikni payqay olmadi. Uning ko‘zlari Zebida bo‘lsa ham, nazarlari boshqa yoqlarda edi. Enaxonni bilasiz-a? Yoyilma soydagi o‘rtog‘im bor-ku? Zebi boshini ko‘tarib, o‘rtog‘iga qaradi, shu qarash uning nechikdir Enaxonni eslolmay turganini ko‘rsatardi. So‘ngra Salti ta’rif qildi: O‘tgan kuz biznikiga mehmon bo‘lib kelishdi-ku kelinbibisi bilan birga? O‘shanda necha marta kishi yuborib chaqirtirdim, bormadingiz, otangiz javob bermadi... Zebi bosh tebratdi: Ha, ha... bildim, bildim. O‘zini ko‘rganim yo‘q-ku, eshitib bilaman. Ana o‘sha qiz o‘sha safar kelganida meni aytib ketib edi. Bahorlashib bir borib kelaman, deb yurib edim. Yaqinda yana aytib yuboribdi. Shunga teng-to‘shlarim bilan bir borib kelmoqchiman. Sizni ham olib boraman... Qachon? Zebining bu kalta savolidan Salti ko‘p narsani angladi. Bu savol Zebining iloji bo‘lsa shu kun paranjisini qo‘liga olib shu yerdan uzoqlashmoq uchun talpinganini ko‘rsatardi. Shu uchun Salti: Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! – dedi. Va ikki yosh bola nihoyasiz quvonchlar ichida yana bir-birlariga chirmashdilar... Odatda, onaning ko‘ngli yumshoq bo‘ladi. Zebining onasi – Qurvonbibi Saltidan haligi chaqiriqni eshitgandan keyin darhol rozilik berdi: Mayli, o‘ynab, yozilib kelinglar. Qish ichi yuraklaring g‘ash bo‘lgandir... Yosh narsalar, – dedi. Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi. Bu ona qizining saodatidan boshqa narsani bilmaydirgan onalardan edi. Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo‘lsa, hammasini shu birgina qizi uchun istar va orzu qilardi. Lekin... Onaning rozilik so‘zlariga bu birgina «lekin» elchib kelganidan, bechora qizlar sevinish to‘lqinlarini yana bir qur ko‘tarishga fursat topolmadilar. Hamma jim qoldi. Har kim o‘z oldida bir narsa topib shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi – o‘z otasini, Qurvonbibi – o‘z erini, Salti – qovog‘idan doim qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rardi. Bu bulutli havoni ochmoq faqat onaning vazifasi edi: Otasi bomdoddan kirsin, – dedi u Saltiga qarab, – men o‘zim yotig‘i bilan aytib ko‘ray, yo‘q demas, – so‘ngra Zebiga yuzlandi: – Sen, qizim, uyga joy qil, o‘rtog‘ingni o‘tqiz, dasturxon sol. Biz, otang bilan, choyni so‘rida ichib, haligi gapni gaplashamiz. Ikkala qiz ham og‘iz ochmay jim qolishdi. Chunki Razzoq so‘fining mijozini ularning ikkalasi ham yaxshi bilardi. So‘figa eng ma’qul bir masalani bo‘lsa ham uqtirib roziligini olmoq uchun yo o‘zining piri, yoki katta bir davlatga ega bo‘lish kerak edi. U odam o‘z tenglaridan hech birining hech qachon hech bir gapini tinglagan emasdi. Ayollardan maslahat, ayniqsa, o‘z xotinidan bir taklif eshitmoq uchun Razzoq so‘fining qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bo‘lardi... Shuning uchun Zebi ko‘zlari andisha bilan kengayib ochilgani holda indamasdan joylarni yig‘a boshladi. U o‘rinlarni yig‘ishtirib, nonushta joylarini tayyorlab bo‘lgandan so‘ng o‘choq boshida choynaklarga choy tashlarkan: Otamdan darak yo‘q-ku? – deb so‘radi onasidan. Qurvonbibi bir ko‘cha eshigiga, bir yonboshdagi daraxtlar orasidan ko‘tarilib kelayotgan quyoshga, bir o‘choqboshidagi qiziga qaragandan keyin: – Bilmadim, avrod cho‘zilibroq ketdimikin? Sen choyni jindek qo‘yib turib, chala qoldirgan yerlaringni supuratur, kelib qolar, – dedi. Zebi shu topda yana qaytib qo‘liga supurgi olishni istamasa-da, o‘rtog‘ining «bu qiz enasining gapiga kirmas ekan», degan o‘yga borishini o‘ylab, indamasdan supurgini qo‘liga oldi va bir qo‘lini bir tizzasiga qo‘yib, sahn betini supura boshladi. Zebining choy damlab kelishini kutib, uyda – dasturxon boshida o‘tirgan Salti ikkala qanoti ochiq turgan eshik orqali bu holni ko‘rganidan keyin o‘rnidan turib, o‘rtog‘ining yoniga chiqdi. Zebi uni uzr aytib qarshi oldi: O‘rtoqjon, – dedi, – otam avrodda o‘tirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo‘lmang-a? Bu so‘nggi kalta jumlaning aytilishidagi samimiyat bir-biri bilan yaqin o‘rtoq tutishgan yosh qizlardagina bo‘ladi. «Xafa bo‘lmang-a?» deb turgan vaqtida Zebining yuzini ko‘rishkerak edi, bir qo‘lida supurgi, bir qo‘li tizzasida, supurgi ham yerdan uzib olingan emas, faqat bosh yuqori ko‘tarilgan-u butun vujud Saltining ixtiyorida! Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni quchadi! Zebining yuzlaridagi – oyday tiniq va quyoshday yorug‘ bu holat moddiy haqiqatlar qadar ochiq ko‘rinardi. O‘rtog‘ining bu samimiyatini Salti ham ko‘z bilan ko‘ribgina emas, ko‘ngil bilan sezib anglagan edi. Shuning uchun u Zebining so‘ziga javob ham berib o‘tirmasdan, birdaniga uning qo‘lidagi supurgiga yopishdi. O‘z ko‘nglida, supurgini olib, biroz supurishib bersa, haligi samimiyatga yarasha javob bergan bo‘lardi. Zebi supurgini qo‘ldan oldirdi, lekin o‘rtog‘i supura boshlagandan so‘ng: Voy, bu nimasi! Qo‘ying, o‘zim supuraman! – deb yana supurgiga yopishdi. Salti bermadi, bu olmoq istadi; Salti qochdi, bu quvladi; shunday qilib, sahnni supurish o‘rniga bu ikki o‘rtoq butun hovlini boshlariga ko‘tarib, shovqinlar va qiyqirishlar bilan dunyoni buzib, bir-birlarini quvlashib ketdilar... O‘z uyining qabristonlar qadar jim-jit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z ko‘ngli qadar tund va xo‘mraygan bo‘lishini istagan Razzoq so‘fi xuddi shu ola-to‘polon ustiga kirib keldi! Eshikdan kirar-kirmas ovozining boricha: Bu nima qiyomat!!! – deb shovqin solishi ikkala yosh qizni, chaqmoq tekkan daraxtday, turgan joylarida qotirib qo‘ydi. Yo‘qsa, so‘fi erining dindor xotini bo‘lgan Qurvonbibi ham «bas endi!» deb ozmuncha qichqirmagan edi... Agar bu sovuq so‘fi kirib kelgan bo‘lmasa, ikki yosh qizning qish bo‘yi to‘plangan ko‘ngil g‘ashliklari biroz sho‘xlik bilan ancha yozilgan bo‘lardi. Zotan, ularning o‘zlarini unutar darajada bir-birlari bilan bu xilda o‘ynashuvlari o‘sha g‘am-g‘ashlar purjinasining bo‘shalishi, siqintilar oqimining to‘g‘onini buzib, oldinga tomon yo‘l solish emasmidi? Bunday telbalarcha ko‘pirib-toshuvlarni to‘xtatmoq uchun ham, albatta, telbalarcha hayqirishlar, chaqmoq qadar quvvatli zarblar lozim bo‘lardi... Razzoq so‘fida unday quvvat ortig‘i bilan bor. Bu odam, jadidnamo bir hamshahrining deganidek, «ko‘rgazmaga qo‘yilaturgan antiqa maxluqlardan edi». Aytishlaricha, uni ona qornidan sihat-salomat tushirtirgan va birinchi daf’a yo‘rgaklagan kampir hazilkashligi va sho‘xligi bilan xotin-xalaj o‘rtasida dong chiqargan Hamro enaymish. Bolani yo‘rgaklaganidan keyin hali u qadar odam kepatasiga kirmagan yuzlariga tikilgan va mana bu so‘zlar bilan erkalatganmish: Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo‘lib tushdingiz? Kim ozor berdi sizga? Ayting! Qovog‘ingizni ochsangiz-chi! Yorug‘ dunyoga keldingiz! Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying!.. O‘shanda kulmagan Razzoq so‘fi undan keyin ham kulmay o‘tdi. Kulish bilan yig‘lash orasida katta farq bor. Kulish bilan kulmasdan tekkina jiddiyat saqlab turish orasida ham anchagina masofa bor. Shu uchun Razzoq so‘fining kulishlarini kulish, deb bo‘lmaydi… Kulmasdan chidab bo‘lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish – kasal odamning kulishiday og‘ir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko‘ngilga uruvchi bo‘lardi. Bir kun Zebining juda jiddiy bir chehra bilan: Otam kulmas ekan-da! – deganini eshitib, Qurvonbibi koyib bergan edi. Shu haqiqatni aytgani uchun qizidan alayna-oshkor koyingan Qurvonbibi, bu haqiqatni o‘zi o‘z ko‘nglida necha marta takrorlagan bo‘lsaykin?.. Til bilan birovning aybini aytish oson, o‘z tili bilan o‘z aybini aytadiganlar juda kam, Qurvonbibi har qancha so‘zga epchil xotin bo‘lsa ham, uni bu kamlar orasiga qo‘shib bo‘lmaydi. Qurvonbibi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, Razzoq so‘fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi. Tashqari olamda, ya’ni o‘z hovlisidan tashqarida uning doimiy va birdan bir vazifasi: o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa – «hovva-hovva», demak, o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa – «yo‘q, yo‘q», degan ma’nida bosh chayqash bo‘lardi... O‘zbekda axir har bir erkak o‘z xotinini – o‘z halol juftini qizi yo o‘g‘lining nomi bilan atab chaqiradi. O‘z xotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinining ismi Maryam, qizining ismi Xadicha bo‘lsa, mo‘min-musulmon: – sharm-u hayo yuzasidan bo‘lsamikan? – xotinini «Xadicha» deb chaqiradi... Bizning so‘fi mo‘min-musulmonning bu urfiga ham amal qilmaydi, u o‘z halol jufti Qurvonbibini hamma vaqt «Fitna» deb chaqiradi: «Fitna, sallamni ber!», «Fitna, qiz o‘lguring qani?», «Fitna, puldan uzat!» Uning ma’lum bir kasbi, hunari yo‘q. Na savdo-sotiq qiladi, na dehqonchilikka urinadi, na kosib-hunarmandlik peshasini tutadi. Shu bilan birga, dasturxoni nonsiz, qozoni issiqsiz qolmaydi... Otasi kirib kelganidan keyin Zebining ko‘nglida o‘ynagan iztirob va hayajonlar Razzoq so‘fining «Nima bu qiyomat!» degan qiyomatidan qo‘rqinchliroq edi. Sovuq bir so‘fining nazdida, bu qadar vahimali bo‘lib ko‘ringan oddiy va tabiiy bir bolalik o‘yini qafas darichasining ochilishini kutgan vaqtida darichaga kattakon bir qulf urilayotganganini ko‘rgan bir qushning iztirobidan kam bo‘larmidi? G‘aflatda qolganlarning boshiga tushadigan tayoq yomon zil ketadi, deydilar. Bu ikkala qiz o‘yin va sho‘xlik havasi bilan g‘aflatda edilar. So‘fining og‘ir zarbi bilan o‘zlariga kelgach, oldilarida zo‘r bir tog‘ turganini ko‘rib, ixtiyorsiz cho‘chib ketdilar. Bu tog‘dan o‘tish kerak edi, holbuki, bu tog‘ – munaqa yosh bolalar o‘ta oladigan tog‘lardan emasdi. Ikkalasi ham iztirobning bu og‘ir yukini bir-birlarining ko‘zlarida o‘qidilar... So‘fining baqirishidan so‘ng biroz shoshib turgach, ular yugurgancha uyga kirdilar va o‘zlarini eshikli derazaning panasiga olib, Razzoq so‘fining harakatlarini kuzata boshladilar. Ko‘zlari so‘fida bo‘lsa, quloqlari Qurvonbibining og‘zida edi. Uning gapiradigan gaplari ularning ko‘ngillarida tugilgan og‘ir va chigal tugunchakni yo yechib yuborajak, yoki yana battarroq chigallashtirib, ikki yosh narsani – yana necha oy! bir-biridan ajratib tashlayajakdi… So‘fi bular uyga kirib olguncha eshik oldida bo‘zaribgezarib turdi. Bular uyga kirganlaridan keyin sallasini Qurvonbibiga uzatib, ustidagi malla yaxtagini olisdan turib kartga irg‘itdi. Yosh narsalar o‘ynashsa, nima bo‘libdi? Muncha endi zabtga oldingiz? – dedi Qurvonbibi. Gapirma… Qurvonbibi jim bo‘ldi. So‘fi kart tomonga qarab yurdi. Kart ustiga dasturxon yozilib, bir mistovoq non bilan piyolada qiyom qo‘yilgan edi. So‘fi kartga chiqib o‘tirgandan keyin Qurvonbibi o‘choqdan choyni olib keldi. So‘fining bu avzoyini ko‘rgandan keyin ikki qizning borqadar umidi ham uzilib bo‘ldi. Zebi bu umidsizlikni yashirolmadi: O‘ynashmay o‘laylik, endi otam hech qayerga chiqarmaydi... Salti ham o‘z tashvishini anglatdi: Nima qilamiz endi? Siz bormasangiz, men ham bormayman... Enaxon toza koyiydi-da. Tek o‘tirgan bo‘lsak ko‘ngli yumsharmidikan? – dedi Zebi. Salti indamadi. Birozdan so‘ng yana o‘zi ilova qildi: Ko‘ngli o‘lsin, yumshagan vaqtini ko‘rganim yo‘q! Katta-katta xarsangtoshlarni soy bo‘yiga devlar tashlashgan, deydi... Eng kattasini otamning ko‘kragiga tashlab qo‘yib, «Mana shu sening ko‘ngling!» deganmikan, yashamagurlar! Bu gap Saltiga ta’sir qildi, shekilli, «pix-x» eta kulib yubordi. Zebining munga chinakam achchig‘i kelgan edi, qo‘lini uzatib, o‘rtog‘ining og‘zini to‘sdi. Voy, anovi qizni! Yana besh battar qilasiz ishni! – dedi. Salti zo‘r bilan o‘zini bosib oldi. Ikkalasi yana – ko‘zlarini miltillatib – chol bilan kampirga tikildilar. Boyadan beri eriga qarab jim o‘tirgan kampirning endi astagina kulimsirashi bularga jon kirgizdi. «Ko‘rdingizmi?» deganni qilib ikkalasi bir-biriga qarab olishdi. Chinakam, Qurvonbibi, so‘figa yoqadigan bir so‘z topganday, dadillik va bemalollik bilan kulib turib gap boshladi: Men Zebini bir joyga jo‘natib yotirman... So‘fi bu safar baqirmasa hamki, dag‘al bir ovoz bilan so‘radi: Qayerga? Nega? Oydinko‘ldagi Xalfa eshonimizning kichik qizlari birikkita o‘rtog‘ini «Bahorlashib ketinglar», deb chaqirtirgan ekanlar. Shularning bittasi Zebi, yana bittasi uning o‘rtog‘i Saltanatxon ekan. Saltanatxon aravani qo‘shtirib qo‘yib, o‘zi Zebini aytgali kelibdi. «Yo‘q», desak qanday bo‘ladi? Xotini nima desa, «yo‘q» deydigan so‘fi bu safar birdaniga «yo‘q» demasdan, xayolga ketdi. Qizlar Qurvonbibining bu tadbiridan xursand bo‘lib, yana umidlana boshlagan edilar. Qurvon xolam bopladi! – dedi Salti. Enam gapga usta. Eshondan tushganini ko‘ring. «Eshon», desangiz, otam o‘lganini ham bilmaydi... Xudo muni eshonlar uchun yaratgan. Salti Zebining bu gaplarini eshitgandan keyin so‘fining «xo‘p» deb javob berishiga ishonib ketdi. Bir qo‘lini o‘rtog‘ining bo‘yniga tashlab, uni quchoqlar ekan: Bo‘ldi, o‘rtoq, endi! Jo‘naymiz! – dedi. Sanamasdan sakkiz demay turing hali! Otam osonlik bilan ma’qul gapga ko‘nadigan odam emas. Jim turib qolishini ko‘ring: hali ham churq etmaydi. Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: Nimaga indamaysiz? Xo‘p, deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari borki... O‘zlarini bo‘lsa, o‘zingiz bilasiz, – dedi. So‘fi negadir: Bilaman, Fitna, bilaman! deb qo‘yib, yana jim bo‘ldi. Endi Qurvonbibi yana ham jiddiylashdi: Bo‘lmasa, «yo‘q», deng. Saltanatxonga javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi. Shundan keyin so‘fining tili aylandi: Shoshma, Fitna, «yo‘q», dema, mayli, bora qolsin... Qachon keladi? Indinga erta bilan yo kechqurun. Eshon oyimning ra’ylariga qarasin. So‘fi o‘rnidan turdi. Kartdan tushib, kavshini kiyarkan: Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin, – dedi. Nomahramlarga ovozini eshittirsa, rozi emasman. Bu safar odamga o‘xshash gapirib, Qurvonbibini quvontirgan Razzoq so‘fi shu so‘zlardan so‘ng yana o‘z jimligiga qaytdi. Biroz so‘ngra sallasini kiyib, yaxtagini qo‘liga olgandan so‘ng: Xurjunni ber, Fitna! Bo‘lmasa, ikkita qop ber! – deb qoldi. Qurvonbibi qopni uzatarkan, erining qo‘liga shu topda biroz pul tushganini, endi kattaroq xarid qilish uchun bozorga ketayotganini va haligi zo‘r iltifotning ham pulning kuchi bilan bo‘lganini angladi... So‘fi tomoq qirib eshikdan chiqarkan, uydagi ikki sho‘x qiz yana bir-biriga chirmashgan edi... Qafasning darichasi ochildi! Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib: «pirr» eta uchmoqdan, keng ko‘klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o‘tirmasdan, shundoq bosh ustiga tashlab, chimmatni «xo‘ja ko‘rsin»ga tutgan bo‘lib yugurish kerak, xolos... Saltilarnikida kechgacha safarga tayyorlanib – birozgina patir bilan somsa yopib, ko‘cha eshigining chap biqinidagi katta kundadan aravaga hatlagan vaqtlarida kun botib borardi. Arava shahar ichidan chiqib, dala yo‘liga kirganda, kechaning qora pardasi yer betini o‘ragan edi. Qor ostidan chiqqan yerlar, bahorning salqin havosi va yoqimli shabadasi ostida mudrashib yotardilar. Oy hali chiqmagan; faqat kechaning qorong‘isiga o‘chakishgan sanoqsiz yulduzlar tepada turib mash’allarini yondirganlar, xuddi peshona oldida ko‘ringan eng yorug‘ bir yulduz, piyoz to‘g‘rab yotgan kelinchakning ko‘zlariday, pirpirab yonardi. Qizlar jim edilar. Aravakash zerikdi, shekilli, astagina ashula boshladi. Uning ashulasi ham xirgoyidan nariga o‘tmaganidan keyin Salti ko‘tarildi: O‘lmasxon, bormisiz? Durustroq aytsangiz-chi! Saltining yana bir o‘rtog‘i – Qumri uning so‘zini quvvatladi: Ha, rost, shunday yaxshi ovozingiz bor ekan, sho‘xsho‘x aytmaysizmi? Keng dalada qancha cho‘zsangiz, shuncha ketadi varanglab... Yigitcha kuldi. U qorong‘ida sekingina orqasiga qayrilgan edi. Orqa safdagi qizlar chimmatini ko‘tarib o‘tirganlaridan ularning yuzlarini sal-pal ko‘rsa bo‘lardi. Kulimsirab turib, qizlarga biroz qaragach: Orangizda dong‘i ketgan ashulachingiz bor turib, menga osilganlaring qiziq! – dedi. Biz, «suv bo‘lmasa tayammum»ga yaraydigan ashulachilardan... Qizlar hammasi Zebiga qarashdilar. Har tomondan har xil ovozlar chiqdi: Ha, rost! Chinakam, indamay o‘tirganimizni qaranglar-a! Ashulachi oramizda-ku. Zebi «churq» etmasdan o‘tirardi. Uning munday qilishi ham shu xil taklifdan qo‘rqqanidan edi. Albatta, yosh narsaning ko‘nglida o‘ynash, kulish va xushvaqtlik qilish mayllari boshqa har narsadan ko‘ra kuchlik keladi. Lekin Zebi shunday bir otaning qizikim, uning qo‘lida har qanday kuchli mayllarini ham yuganlab tutmoqqa, ko‘ngilning har bir havas va tilagini ko‘ringan joyida bo‘g‘ib tashlamoqqa to‘g‘ri keladi ham. Zebi shunday qilishga o‘rganib qolgan. Shuning uchun ham yigitning og‘zidan o‘z ismini eshitgach, badani durkirab ketdi. So‘ngra qizlar tomonidan aytilgan so‘zlar uni iztirobga tushirdi. Nima deyishni bilmas edi. O‘ylabroq javob bermoq uchun ko‘ngilning talvasaga tushmasligi darkor. Holbuki, ko‘ngil tashvishda va shu sababli talvasada... Aravakash u yog‘dan turib: Ha, barakalla, bor ekansizlar-ku! O‘rtaga olinglar ashulachini! – degandan keyingina Zebining tillari qaldiradi: Gaplashib ketaylik. Shunday qorong‘ida!.. Jin urarmidi? – dedi bittasi. Yaxshi emas, shunday zim-ziyo qorong‘ida... Gaplashib ketaylik... Shirin-shirin gaplardan... Aravakash uning so‘zini ilib oldi: Shirin-shirin gap o‘rniga shirin-shirin ashuladan bo‘lsin, opa. Ta’rifingizni eshitib, jigarlarimiz laxta-laxta qon bo‘lib ketgan... Salti tegishdi: Voy, tovva-e! Laxta-laxta qon bo‘lganmi? Jabr bo‘lgan ekan... Aravakash ham bo‘sh kelmadi: Qon bo‘lgan yuraklarni bir nafasda yozish sizlarning qo‘lingizda, opalar! Biz ham dunyoga kelib bir yayraylik-da! Yana indamasdan o‘tirgan Zebiga endi bu safar Salti yalindi: O‘rtoqjon, bir narsa desangiz-chi. Hamma baravar tashna ekan... Zebi o‘rtog‘ini astoydil koyib berdi: Sizdan kelgan gap shumi, hali? Otamning aytganlarini o‘z qulog‘ingiz bilan eshitib edingiz-ku! Eshitib-netib qolsa, nima bo‘ladi? Bilib turib... Salti o‘rtog‘ini to‘xtatdi: Bilaman, o‘rtoqjon, bilaman! Otangizning gaplarini bir emas, ikki qulog‘im bilan eshitdim. Odamlar ichida, ko‘pchilik orasida qistasam, mendan xafa bo‘ling. Bu yer dala joy bo‘lsa, odam asari bo‘lmasa, kechasi – qorong‘i bo‘lsa, bir-ikki juft aytib bermaysizmi? Nomahramga eshitdirib-a? Zebi bu so‘zni chin ko‘ngildan chiqarib va jerkib turib aytgan bo‘lsa ham, qizlar hammasi birdan kulishib yubordilar. Yana har xil ovozlar ko‘tarildi. Shu ham nomahram bo‘libdimi? Shu O‘lmasjon-a? Nomahram o‘la qolsin... Zebi chinakam ranjigan edi. Yig‘lamsirashga yaqin bir ovoz bilan Saltiga: Munaqa qilishingizni bilsam, kelmas edim... – dedi. Qizlar ishning bu tomonga aylanganiga hayron bo‘lishib jim qoldilar. Aravakash: Ey, tovba! Ey, tovba! – deb o‘z-o‘ziga so‘zlanib, otni qattiq-qattiq besh-olti qamchiladi. Ot qadamlarini ildamlatib, aravani guldur-guldur g‘ildirata boshladi. Hamma jim bo‘ldi. Faqat Salti bilan Zebi ikkovi bir-birlari bilan pichirlashib so‘zlashardilar. Bu pichirlash natijasida, Salti o‘rtog‘ini tinchlatishga muvaffaq bo‘lgan, buning ustiga yana, qizlar «yor-yor» boshlaganda, uning qo‘shilajagi to‘g‘risida so‘z olgan edi. Bir marta boshlangandan keyin undan narisi o‘zi keta beradi, deb o‘ylardi Salti. Darrov qizlarga tomon burildi: Qani, qizlar, o‘zimiz «yor-yor» boshlaymiz! Ha, balli! – dedi aravakash. Qizlardan javob kutib o‘tirmasdanoq Salti o‘zi boshlab yubordi. «Uzun-uzun arg‘amchi-yo... Qizlar qo‘shilishdi: Halinchakka, Chakan ko‘ynak yarashar Kelinchakka. Chakan ko‘ynak yengiga Tut qoqaylik...» Bir-ikki bayt o‘tgandan keyin Zebining tiniq, g‘uborsiz, jonon piyoladek jaranglab chiqadigan chiroyli va o‘tkir ovozi qo‘shildi. Bu ovoz, peshona ustida pilpillagan eng yorug‘ yulduz singari boshqa ovozlardan ochiq ajralib turardi. Shu choqqacha «yor-yor»ga quloq berib, indamasdan, asta-asta otini qamchilab ketayotgan aravakash bu ovoz chiqishi bilan og‘ir bir «uh» tortdi, qo‘lidagi qamchisi daraxtdagi kuzgi yaproq singari zo‘rg‘a-zo‘rg‘a barmoqlariga osilib qoldi... Arava yakka qanotli kichkinagina bir eshik oldida to‘xtab, aravakash bola qamchi sopi bilan eshikni qoqqanda va ichkaridan bir kampirning ingichka va jonsiz ovozi «Kim u?» deb so‘raganda, odamlar bir uyquni urgan edilar... Kampirchaning so‘rog‘iga aravakash hazillashib javob berdi: Shahardan bir arava mehmon olib keldim, ena! Uyingiz kuydi toza! Ikki kunda bor-yo‘g‘ingizdan ajralib qoqlanasiz endi! Qani, bo‘ling, eshikni oching! Qornimiz o‘lgudek och... Qizlar kuldilar. Kampir qizlarning kulishini eshitganidan keyin mehmonlarning kimligini angladi: Ha-a-a, Saltanatxonlardir? – dedi u. Shu so‘z bilan birga kichkinagina zanjirining shiriqlab tushgani va eshikning g‘ichirlab ochilgani eshitildi. Kampircha eshikni ochar-ochmas sevinchilamoq uchun ichkariga yugurgan edi. Aravakash: Qani, tushinglar endi, opalar! – deb muzaffarona bir ovoz bilan qichqirdi. Faqat uning bu chaqirig‘i foydasiz edi. Chunki zanjirning zaif shiriqlashi quloqlarga kirar-kirmas, qizlar o‘zlarini aravadan tappa-tappa tashlay boshlagan edilar. Yorug‘idan ko‘ra tutuni va buruqsashi ko‘p fonarchani ushlagan kampir bilan birga Zebilar tenglik bir qiz «Voy, o‘layin, uxlab qolibman! Voy, o‘layin, ko‘zim uyquga ketibdi!» deb, ho‘... allaqayerdan uzr aytib chiqib keldi. Bu yoqdan: Voy, aylanay! Enaxon! Jonim o‘rtog‘im! Bormisiz? deb paranjisini qo‘liga olib Salti yugurdi. Quchoqlashib ko‘risha ketdilar. Boshqa qizlar bilan naridan beri qo‘l uchini tekkizib ko‘rishgach, Enaxon yana Saltiga yopishdi va ikkalasi qo‘ltiqlashib ichkariga tomon yurdilar. Ikkala o‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir-birlariga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi... Faqat ko‘chada – arava ustida boshqa hangomalar bo‘layotgan edikim, bulardan haligi ikki baxtlining hech bir xabari yo‘g‘idi: Saltining onasi bilan katta onasi uni o‘zi tenglik yosh qizlar bilan birga olis joyga yuborarkan, ehtiyot tomonini ham unutmagan edilar. Uning oyisi o‘z qaynonasiga: Yosh qizlarning o‘zlarini yuborib, bo‘ladimi, qalay? Bitta-yarimtamiz birgalashmasak bo‘lmas? – deb o‘zining eslik xotin ekanini bildirgan vaqtida, qaynonasi juda keskinlik bilan javob bergan edi: Albatta, aylanay! O‘zlari yolg‘iz borishadigan bo‘lsa, javob yo‘q!.. Tandir oldida kuyib-pishib, shabnam donalariday yirik-yirik terlarga botib, Zebi bilan birga patir yopayotgan Saltiga bu maslahat juda yomon qattiq tekkan va u ham darhol o‘z ovozini eshittirgan edi: Bizni bo‘ri yermidi? Yosh narsalaga qarilarni aralashtirib nima bor? Siqilib o‘lmaydimi odam?.. Maslahat natijasida qaynona bilan kelin uyda qoladigan bo‘lib, ikki-uch oydan beri bularnikida yashaydigan qarindoshlardan Savribibi degan kampir qizlarga ko‘z-quloq qilib berilgan edi. Bu qari kampirning qo‘shilganiga qizlar xafa bo‘lmagan, balki, aksincha, sevingan edilar. Bu kampir, aravaga oyoq qo‘yar-qo‘ymas, qizlarning o‘rtasiga joylanib olib, Zebining tizzasiga bosh qo‘ygani holda uyquga ketgan va shu bo‘yicha qishloqqa kelib yetganda ham ko‘zini ochmagan edi... Qizlar o‘zlarini tappa-tappa aravadan tashlab, eshikdan ichkariga kirarkan, Zebi sekingina kampirni uyg‘otdi: Enajon, turing, kelib qoldik! Enajondan javob bo‘lmadi. Zebi o‘sha past ovoz bilan yana bir uyg‘otdi, enajon hali ham jim edi. Aravaning oldi tomonidan kelib, aravakash ham yordamlashdi: Ho‘... xola, turing, kelib qoldik! Erkak kishining kuchlik ovozi bilan kampir ko‘zini ochdi, lekin uyqusirab turib: Hozir aylanay... xo‘p, turaman... – degandan keyin yana uyquga ketdi. Zebi kamoli hayron bo‘lganidan aravakashning nomahramligini ham unutib, haligi tangriqosh nazari bilan unga qaradi. Bu vaqtda oy anchagina yuqori ko‘tarilib qolgan edi. Aravakash yumshoqqina kulimsiradi. Yosh yigitning bu yosh shirin tabassumini oy yorug‘ida alayna ko‘ra olgan yosh qiz butun badanlaridan muloyimgina durkirash kechganini payqadi va qizarib, teskari qaradi... U qarash aravakash yigitchaga ham boshqacha ta’sir qilgan bo‘lsa kerak, kampirni turtib uyg‘otmoq uchun qo‘lini yuqori uzatdi. Shunda kampirning boshidagi qo‘l boshqa bir qo‘lning o‘ziga kelib tekkanini boyagidan kuchliroq bir durkirash bilan sezdi. Erkak zoti bilan birinchi marta bu xilda uchrashgan yosh qiz shu paytda biroz gangragan edi. Shuning uchun qo‘lini darrov tortib olmasdan, o‘ziga kelganidan keyin, birdaniga jerkib tortdi. Faqat yosh yigitning kuchli qo‘llari uni mahkam ushlab, kampirning boshidan pastroq tushirdi va ikkala yosh, shu bo‘yicha, turgan joylarida turib qoldilar... Ichkarida o‘tirgan baxtli mehmon o‘zidan baxtli izmon bilan birga, ho‘... ancha vaqt o‘tgandan so‘ng yo‘qolgan ikki mehmonni izlab, ko‘chaga chiqqan vaqtida, ko‘chadagi ikki yosh vujud qo‘llarini bir-birlaridan hanuz ajratib ololmagan edilar. Kampir esa ikki yoshning bu talvasali uchrashuviga quruq gavdasi bilan guvoh bo‘lib, hali ham shirin uyquda dang qotib yotardi... Mehmonlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o‘tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar. Aravakash ichkaridan chiqqan ikki non bilan bir piyola qatiqni ichib oldi-da, otni tashqariga bog‘lab, o‘zi arava ustiga cho‘zildi. Uyqusi qochgan edi... Miyasida, umrida birinchi martaba o‘laroq, ajib va shirin xayollar aylanardi. Ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi oyni o‘ylar va boyagiday shirin-shirin kulimsirardi... Ichkaridagilar ham dong qotdilar. Faqat, oralarida, xuddi ko‘chadagi yosh yigitcha singari uyqusi ochilgan, ko‘kragidagi yangi, begona va shirin hislarni anglayolmasdan hayron bo‘lgan birov bor edi. U ham ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi «toy»ni o‘ylar va yuzlari anorday qizarardi... Mehmonlarga qo‘lidan kelgancha yaxshi dasturxon solib, qo‘ni-qo‘shni qizlar va kelinchaklarni chaqirtirib, allaqaylardan tori uzilgan dutorlarni topdirib kelgan va ularni xursand qilmoq uchun tirishib-tirmashgan Enaxon o‘z ko‘nglida yana xijolat tortishdan qutulmadi. Qadrli mehmonlarini yana allaqanday ziyofatlar, mehmongarchiliklar, takalluflarga ko‘mib tashlamoqchi bo‘lardi. Uncha narsa bo‘lmaganda ham, odamlar singari, tuzukroq bir siylab yuborishni, albatta, lozim, deb o‘ylardi. O‘z qo‘lida bunday qudrat yo‘qligini o‘ylab, noumidlikka tushar, bo‘g‘ilardi... Boyadan beri shu to‘g‘rida o‘ylanib, oqqan suvga xashak tashlab o‘tirgan kelinning yuzlarida xuddi shu paytda bir yoqimli kulimsirash paydo bo‘lgan edi. O‘rnidan turib, haligi shirin kulimsirashi borgan sari ochilgani va yoyilgani holda Enaxonga yaqin bordi: Xafa bo‘lmang, aylanay! – dedi. Men ilojini topdim. Boylarnikiga o‘xshagan g‘alati ziyofat qilib jo‘natamiz mehmonlarimizni! Enaxon bu ilojning nimaligini anglayolmaganidan hayron bo‘lib kelinbibisiga qarar, hali yuzi kulmas edi. Nechuk? – dedi u va kelinbibisining ko‘zlariga baqrayib tikilgani holda uning ikkala qo‘lini qo‘llari orasiga oldi. O‘zimizning kuchimiz yetmasa, teng-to‘shlarimiz, o‘rtoqlarimiz bor. Ularga aytib chaqirtiramiz... Enaxonning yuzi birdaniga ochildi. Lablariga keng bir tabassum yoyildi. U kelinbibisi topgan ilojni anglagan edi: Mingboshining qiziga aytmoqchimisiz? O‘sha chaqirsin, deysizmi? Yo u, yo bo‘lmasa kichik xotini Sultonxon-chi? Bo‘larmikin? Shu yergacha ular ikkovi bir joyda to‘xtashib so‘zlashmoqda edilar. Keyin: Bo‘ldirishni menga qo‘yib bering. Ishingiz bo‘lmasin. Ishqilib, mehmonlarni xursand qilsam, bo‘ldimi? – dedi. Shundan so‘ng ikkalasi bel ushlashib, uyga tomon yura boshladilar... Biz shu kechaga mingboshi tog‘aning qizi bilan kichik xotinini chaqirtiraylik. Kecha chaqirtirganimizda kelmasalar, bugun chaqirtirsak, albatta, kelishadi. Siz nima deb o‘tiribsiz! Zebixonning ovozi, ashulalari undan kattaroqlarni ham sudrab keltiradi. Siz xotirjam bo‘ling. Men o‘zim g‘izillab chiqib kelaman. Bu kecha bitta-yarimta ashula eshitib, suhbatni ko‘rishsa, ertaga, albatta, chaqirtirishadi. Ikkalasi, yuzlari yulduzday charaqlagani holda, darichadan ichkariga hatlagan vaqtlarida Zebining «Qora sochim» kuyiga aytayotgan ashulasi quloqlarni shirin-shirin qitiqlamoqda edi... Dasturxon yig‘ilgandan keyin bazm boshlandi; shundan keyin hamma o‘zini unutdi, hamma yosh bolaga aylandi. Uch ovozlik qizga yana bir nechtasi qo‘shilib, yalla ohangi ko‘klarga ko‘tarilgandan keyin qishloqning past-past, yiqiq-yoriq devorlaridan osongina oshib o‘tib, bitta-yarimta yigit-yalang ham to‘plana boshladi. Ular xira yongan chirog‘chaning yorug‘i zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yetadigan joylarda –ayvonning ikki yonida cho‘nqayib o‘tirishgan, nafaslarini ichlariga olgan edilar. Ular orasida Xolmat bilan aravakash bola ham bor, ular ikkovi katta tut yog‘ochiga suyanib, tikka turardilar. Xolmat havas bilan qiziqib qarasa-da, uning ko‘ngli tamom betaraf edi, faqat aravakash yigit shuncha to‘polon-yalla orasida Zebining ovozidan boshqa ovozlarni, nechukdir, farq etolmasdi. U ovozni eshitishi bilan ko‘nglining chuqur joylaridan xuruj qilib kelgan allaqanday totli bir sevinchini yashirolmadi: Zebinisaning ovozini aytaman, Xolmat aka... – dedi u, o‘zi shu so‘zni aytganidan keyin, negadir, biroz qizara tushib, yerga qaradi. Chakki emas! – dedi Xolmat. So‘ngra so‘radi: – Oti Zebinisami? Ha, Zebinisaxon! Yigitchaning shu «xon» degan qo‘shimchasida «mening Zebinisam» degan ma’noda bir maqtanish, bir g‘urur ohangi bor edi. Bu ohang juda ochiq eshitilgan bo‘lsa kerakki, Xolmat darhol fahmiga bordi va «a, haromi-ey!» deganday qilib unga qaragach: Yurakdan urgan ekan-a!.. – dedi. Yigitcha bu so‘zdan o‘ng‘aysizlandi va tona boshladi: Yo‘g‘-e, ovozi soz deyman-da, ovozi! – dedi, lekin tili gapirgani bilan yuragi «yolg‘on, yolg‘on» deb turganini o‘zi ham bilar, Xolmatning ishonmasligiga aqli yetardi. Shuning uchun masalani chuqurlashtirmasdan, so‘zni boshqa tomongaroq burishni ep ko‘rdi: Ovoziga nima deysiz, chinakam qiyomat-a? – dedi Xolmatga Ha, ovozi joyida. Saltanatxondi o‘rtog‘imi? Eng yaqin o‘rtog‘i. Kimning qizi o‘zi? Razzoq so‘fi degan bir odamning... Razzoq so‘fi? Ha, Razzoq so‘fi. Xudo bergan lekin so‘figa! Xaridori ham ko‘pdir? Sovchining ko‘pligidan ostonasi yeyilib ketgan, deydilar... Bilmadik, qaysi toleyi balandga nasib bo‘lar ekan! Xudodan tilab turing, «noumid shayton», degan gap bor... Shu so‘zlarni ayta turib, Xolmat ham yigitchaga shayton qarashi bilan qaradi. Bu vaqtda ashulachi qizlar yalladan to‘xtadilar, ingichka-yo‘g‘on ayol ovozlaridan iborat kuchlik bir xorning: Bor bo‘lsinlar! – degan olqishi yuksaldi. Erkaklar o‘z olqishlarini ichlarida saqlamoqqa majbur edilar. Ularning to‘planganlarini bir-ikkita kampirdan boshqa hech kim bilmas edi. Yalla bitgach, ba’zi qizlar o‘rinlaridan turib, u yoq-bu yoqqa jilishdilar, ba’zilari o‘choq boshiga choy olgali ketdilar, ba’zilari joylarini almashtirib, yaqin ko‘rgan o‘rtoqlarining yonlariga o‘tib o‘tirdilar. Endi erkaklar ham o‘zlarini orqaroq olmoqqa majbur edilar, ular ham jilishdilar. Mehmonlardan Qumrixon birdaniga tutning tagiga borib qolib, u yerda ikki erkakning o‘ziga qarab kulib turganini ko‘rgach, «voy, o‘la qolay!» deb, uyalib orqaga qaytdi. Yana Saltining yoniga borib o‘tirgach, pichirlabgina: Tevaragimizni shundoqqina qishloq yigitlari o‘rab olishibdi. Bilmasdan tutning tagiga borib qolsam, ikkitasi menga qarab baqrayib turibdi... Bittasi o‘zimizning aravakashmi... Bu vaqtda bu ikkala qizning nimalar deb pichirlashayotganidan vasvasaga tushgan Zebi sekingina bo‘ynini cho‘zib, gapga quloq soldi. U faqat Qumrining so‘zini – «bittasi o‘zimizning aravakash...» degan so‘nggi so‘zini eshitib oldi. Yuragi o‘ynadi... va darhol burilib tashqariga qaradi. Chirog‘ning xira yorug‘ida kampirlarning ivirsib yurganlarini ko‘rdi. Boshqa hech narsa ko‘rinmasdi. Yurak o‘ynashi bosilmadi. Lablari titramoqqa boshlagan edi... Birdaniga o‘rnidan turdi; qizlar yo‘l bo‘shatdilar, ularni oralab o‘tdi. Ayvondan chiqib olguncha hammaning ko‘zi unda edi, ayvondan sahnga tushgach, qizlar yana o‘z suhbatlariga mashg‘ul bo‘ldilar. Sahnda uni poyloqchi kampir qarshi olib, peshonasidan o‘pdi: Ilohim, yomon ko‘zdan saqlasin, bolam! – dedi. Ikkala ko‘zidan yana bir martadan o‘pgach, ichkari uyga tomon burildi. Ha, xola, uyda nima qilasiz? – deb so‘radi Zebi. Uxlayin, bolam, men qari narsa, yarim kechagacha o‘tirolamanmi? Sizlar yosh-yalang, o‘ynab-kulib ko‘ngillarni yozinglar. Men orom olay... Poyloqchining bu xislati hammaga ma’qul edi. Ayniqsa, shu topda ko‘ngli allaqaylarga tortayotgan Zebi uchun bir xil ezma kampirlardan ko‘ra bu – kamgap, seruyqu kampir yaxshi edi. Yuragi urgan holda bitta-bitta bosib, qorong‘ilikka kirdi. U ham tut tagiga – katta so‘rining yoniga borayotir edi. Qorong‘ida turgan aravakash yigit yorug‘ tomondan kelayotgan qizni tanidi, birdaniga: Ana, o‘zi kelayotir! – deb qichqirdi. Uning bu qichqirishi ixtiyorsiz bo‘lgan edi. Allaqachonlar masalaning fahmiga borib qolgan Xolmat shu topda yigitchadan yiroqlashuvni ep ko‘rdi. Unga ma’nolik qarash bilan kulimsirab qarab, yelkasiga bir-ikki urgach: «Umidsiz shayton», dedim-ku, uka... Mana, biz ketdik... – dedi va quyuq qorong‘ilikka kirib, yo‘q bo‘ldi. Yigit esa Xolmatning bor-yo‘g‘ini farq etolmaydigan holdaydi. Shunday paytlarda og‘izdan ixtiyorsiz chiqishi lozim bo‘lgan «bor bo‘ling», «o‘lmang» kabi minnatdorlik so‘zlari ham esga kelmasdi. U, yuragini hovuchlagani holda, ixtiyorsiz, qari tutning yo‘g‘on badaniga yopishdi... Zebi yigitchaning «Ana, o‘zi kelayotir!» degan so‘zlarini eshitgan edi. Agar esi o‘zida bo‘lsa, u ham Qumri singari «Voy, o‘la qolay!» deb qaytib ketishi kerak edi. Holbuki, u o‘zini bilmasdan va hech narsa o‘ylayolmasdan, telba qadamlar bilan bitta-bitta bosib, ilgari yurardi... Uning oyoqlari allaqanday yomon bir kuchning afsuniga ilashganlar, o‘sha kuchning sudragan tomoniga borardilar. Yosh qiz o‘z ko‘nglining birinchi marta o‘ziga begonalashganini, o‘zidan boshqa bir kuchning ko‘ngliga egalik qilganini sezardi... Zebi tegrasiga bir ko‘z yugurtib olgach, qadam bosishini sekinlatib, katta tutning o‘ng tomonida to‘xtadi. Yigitcha chap tomonda edi. Ikkalasi ham anchagacha jim qoldilar. Qaysi biri oldin gap boshlashni va nima deyishni bilmasdi. Nihoyat, yigitcha bir gap topgan bo‘ldi. Bugun sahar... aravani qo‘shamanmi? Nimaga? Ketmaymizmi? Zebi javob berolmay qoldi... Bu savolga javob bo‘lgunday bir so‘z uning shu topda juda yomon g‘ovlab ketgan miyasiga yaqin kelmasidi. So‘zga-so‘z qaytarmoq uchungina: Shoshiltirib nima qilasiz? – dedi va so‘zlarning o‘z og‘zidan uzilib tushib borganini sezdi. Shu topda o‘z ovozi ham o‘ziga yot edi, shu so‘zlarni aytayotgan ovoz uning o‘z qulog‘iga soyning narigi betidan kelayotganday eshitilardi. Yigitcha o‘zini to‘xtatib olgan edi. Endi u dadillanib va kulib turib, qo‘lini tutning o‘ng tomoniga uzatdi. Faqat ikkalasining orasi ancha yiroq bo‘lganidan boshqa bir qo‘l uning qo‘liga urinmadi. Holbuki, Zebi birovning qo‘l uzatganini payqaydigan holda emas edi. Yigitcha Zebidan muqobala ko‘rmagach, qo‘lini tortib oldi va endi, bu safar bo‘ynini egib, ikki ko‘zi bilan qizni axtararkan, quvnoq bir ovoz bilan. Hali bir-ikki kun o‘ynaymizmi? Otga dam beramizmi? – dedi. Zebidan javob bo‘lmagach, ilova qildi: Xayr, mayli, sizlar qachon «qo‘sh», desanglar shunda qo‘shaman. Zebi tutga suyangan, o‘zining qayda turganini unutayozgan, shuncha gapga bir og‘iz javob bermasdan, og‘ir o‘ylarga tolgan edi. U shu topda o‘zining yaqin kelajakdagi qora kunlarini, qay rangda ko‘rinishi ma’lum bo‘lmagan baxti, toleyini o‘ylardi. Uning butun baxti Razzoq so‘fining johil vujudiga bog‘li emasmi? O‘sha sovuq so‘fi shu quvnoq jonni va sayroq qushchani istagan vaqtida baxtli yoki baxtsiz eta olmaydimi? Uning bir og‘iz «ha» yoki «yo‘q» deyishi qiz bechoraning behad quvnab yayrashiga yoxud xazon yaprog‘iday bir nafasda so‘lib, nobud bo‘luviga yaramaydimi? Qiz sho‘rlik, u bir umr qovog‘i o‘yig‘liq va yuzi kulmas otadan hech bir xayriyat kutmaydi. Otasi to‘g‘risida o‘ylagan vaqtida o‘zini o‘limga mahkum bir odam, otasini mahkumaning jallodi kabi ko‘radi... va titraydi! Bu qishloq sayohati, aravakash yigitcha bilan tasodifan tanishib qolishi, shu tanishuv orqasida ko‘nglida sezgani besaramjomliklar bechora qizni haligidek qora o‘ylarni o‘ylashga majbur qilgan edi. U xil qora o‘ylar uning uchun yangi emas, albatta. Yoshi balog‘atga yetib uylari sovchilarning qatnov yo‘llariga aylanganidan beri u sho‘rlikning qora o‘ylarga botmagan kuni yo‘q! Faqat shirin bir umid bilan, ko‘zda ko‘rilib, qo‘lda tutilgan – naqd bir umid bilan birga kelgan qora o‘ylar qiz bechorani yomon ezib tashlaydi! Bir-ikki kundan beri ashula, o‘yin deganda o‘zini bilmas darajada berilib ketishi, shu iztiroblarning hordig‘ini chiqarish uchun emasmi? Ko‘ngliga og‘ir tashvishlar solgan yigitchaning shunday yonginasida juda shirin xayollar bilan birga juda qora o‘ylarga botib turgan vaqtida birdaniga ayvon tomondan bir ovoz eshitildi: Hay, nima bu hammayoq jimjit bo‘lib qoldi? Zebinisaxon qanilar? Saltanatxon, aylanay, o‘rtoqjoningizni topmaysizmi? Yana bir ovoz eshitildi: Rost-a, hammayoq muzlab ketdi! Hay, qizlar, sizga nima bo‘ldi? Birdan bir necha ovoz ko‘tarildi: Zebinisaxon, Zebinisaxon! Qizlar o‘rinlaridan turib, u yoq-bu yoqqa yurishib qoldilar. Bu qichqirishlar har qanday og‘ir uyqudan uyg‘otishga yarardilar, Zebi ham yarim mastlik holatidan seskanib uyg‘ondi va apil-tapil javob qildi: Mana men... Hozir boraman... hozir... Faqat bu safar uning ovozi kasal odamning ovozi singari darmonsiz va jonsiz chiqardi. Yigit buni angladi va tezgina: Boring, bemalol o‘yin-kulgingizni qiling! Hech narsadan qo‘rqmang, hech bir g‘am yeya ko‘rmang! – dedi. So‘ngra darhol o‘zini tutning panasiga oldi. U yoqdan bir-ikki qiz yugurib kelib, Zebini yetaklab ketishdi. Shularning biri mingboshining kichik xotini Sultonxon edi. Bu safar faqat o‘yin bo‘ldi. Yosh juvonlar va qizlarning hammasini deyarlik tortdilar. Shaharliklardan yaxshi o‘ynagan Qumri bo‘ldi. Qishloq qizlaridan ikki-uchtasi yaxshi o‘ynadilar. Mingboshining qizi bir-ikki aylanib to‘xtadi, kichik xotini esa ko‘nmadi, uni ko‘p ham zo‘rlay olmadilar. Zebi esa dutorchilar va ashulachilar bilan birga yengil-yengil yallalar qilib turdi. O‘yin tamom bo‘lib, palov dasturxoni yozilganda, oy ancha balandga ko‘tarilgan edi. Oshdan so‘ng qishloq qizlaridan o‘ziga durustroq bir dehqonning qizi o‘rnidan turib: Ertaga mehmonlarni biz kutamiz, – dedi. Shundan keyin mingboshining kichik xotini Sultonxon katta kundoshining qizi bilan gapni bir joyga qo‘yib, o‘rnidan turdi va Enaxonga tomon yuzlanib: Bo‘lmasa, mehmonlaringiz indinga biznikida bo‘lishadi, – dedi, – tuzukmi? Endi bizga ruxsat! U kundoshining qizi bilan birga ayvondan pastga tushib, kavshini kiya boshlagach, boshqa qizlar ham bitta-bitta o‘rinlaridan turdilar. Shunday qilib, bu qiyomat yig‘in kecha yarim bo‘lganda, «guv-guv» bilan tarqaldi. Abdulhamid Cho‘lpon adabiy merosining ma’lum qismini nasriy asarlar tashkil etadi. O‘z davri adabiy hayotida shoir sifatida tanilgan Cho‘lpon she’rlar bilan birga «Qurvoni jaholat», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kechalarda» kabi hikoyalar yozadi. 30-yillarda «Kecha va kunduz» romani ustida jiddiy ishlaydi. Adib bu asarni, nomidan ma’lum bo‘lganidek, ikki qismli qilib yozishni rejalashtiradi. 1936-yil romanning birinchi qismi alohida kitob shaklida bosilib chiqdi. Ikkinchi qismining taqdiri noma’lumligicha qoldi. Adib qatag‘onidan keyin uning boshqa ijod namunalari kabi ushbu romanni ham uzoq yillar o‘quvchilar nazaridan berkitildi; uni o‘qish taqiqlandi. Oradan yarim asr o‘tgach, kitobxonlar e’tiboriga qayta taqdim etildi. Mustaqillik yillarida esa roman adabiyotshunos olimlar tomonidan jiddiy o‘rganildi. «Kecha va kunduz» romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asarda Cho‘lponning hayotda orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy mahorati jamlandi. Shuning uchun romanni o‘qiganda uni shoirona ko‘ngil egasi yozgani, ko‘p o‘rinlarda yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi. Cho‘lpon XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy muhiti, xususan, chorizmning bosqinchilik siyosatining ichdan yemirilib borayotgani, mahalliy amaldorlarning razil qilmishlarini real aks ettiradi. Muallif millatparvar adib sifatida o‘zbek xalqining turmushida boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviyma’rifiy o‘zgarishlarni, yuragini o‘rtagan hayotiy muammolarni zo‘r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy bir oilaning ma’naviy muhit tasviri bora-bora romanning badiiy matni mohiyati-negizida o‘zlik va dunyoni anglash, ma’rifat va hurlik kabi millat taqdiriga bog‘liq haqiqatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Nasriy asarlarda ijodkorning tasvirlagan voqea-hodisalarga nisbatan nuqtayi nazari muhim sanaladi. Bu jihat muallifning bosh badiiy g‘oyasi uchun xizmat qiladigan obrazlar tizimida, yaqin tarixdagi ijtimoiy tuzumga tegishli masalalarning badiiy muhokama qilinishida ko‘rinadi. Shunga ko‘ra romanni to‘liq o‘qigan o‘quvchi e’tiborga molik bir qancha o‘ziga xos badiiy qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi. Ularning muomala-munosabatlari, oralaridagi ziddiyatlar, davr voqeligini baholashlari juda ishonarli badiiy talqin etiladi. Xususan, romandagi Akbarali mingboshining o‘z baloyi nafsiga o‘ralashib, aysh-u ishratga berilishi, Miryoqub epaqaning ijtimoiy-ma’naviy tarafdan dinamik o‘sa boshlash jarayoni ko‘rsatiladi. Oxir-oqibat beg‘ubor bir qiz Zebining ayanchli qismati kitobxon qalbini larzaga soladi. Darvoqe, yuqorida siz o‘qigan parcha romanning boshlanish qismidan olingan. Roman uchun tanlangan «Hamal keldi – amal keldi» degan epigrafga ham diqqat qilgansiz, albatta. Hamal – shamsiy yil hisobiga ko‘ra bahorning birinchi oyi, unda muzlar erib, tabiat qish uyqusidan uyg‘onadi; yerga urug‘ qadaladi va ko‘katlar unib o‘sa boshlaydi. Shunda «yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon» yugura boshlaydi. Adib xuddi shu holatni juda ta’sirchan, tabiiy va maroq bilan shoirona tasvirlaydi. «Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g‘amli yuzlari kuldi, o‘zlari horg‘in-horg‘in oqsalar-da, bo‘shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog‘ochlarning uchlarida yakka-yakka qushlar ko‘rina boshladi...» Tasvir endi o‘n besh yoshga qadam qo‘ygan yoshgina Zebining bahor fasliga mos ochila boshlagan ko‘ngil mayl-istaklariga borib taqaladi. Zebi barcha yoshlarga o‘xshab o‘ynab-kulishni, dala-qirlarga chiqishni –kengliklarni orzu qiladi. Eshigini taqillatib hovliga kirgan dugonasi Saltanatning ko‘ngli ham Zebining kayfiyatiga mos bahor nafasiday pokiza, top-toza. Zebi dugonasining taklifidan juda mamnun. Yozuvchi shu mamnuniyatni: «Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni quchadi!» deya shoirlanib yozadi. Ammo Zebining otasi Razzoq so‘fining tundligi, qovog‘idan qor yozib turishi romanning birinchi sahifalaridayoq o‘quvchi e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Zebi, Saltanat, Qurvonbibilar bir taraf, Razzoq so‘fi o‘z tabiatiga ko‘ra tarozining ikkinchi pallasida turadigan qahramon sifatida beriladi. Muallif ta’biricha, Razzoq so‘fi «o‘z uyining qabristonlar qadar jimjit, xonaqohlar qadar unsiz, o‘z ko‘ngli qadar tund va xo‘mraygan bo‘lishini» istaydi. Uning ruhiyatidagi «bulutli havo» tabiatdagi bahoriy uyg‘onishga, yoshlikning zangor quvonchiga zid qo‘yiladi. Hayotdagi ijtimoiy-maishiy qarama-qarshiliklar, insonlararo konflikt roman voqealarini qiziqarli bayoniga xizmat qilishi tabiiy. Eng qizig‘i shuki, Razzoq so‘fi bomdod namozidan uyiga kirgan mahali hovlisida qizlarning quvalashib shovqin solayotgani ustidan chiqadi. «Bu nima qiyomat!» – so‘fining mana shu gapi bahonasida yozuvchi ortga qaytib bir yo‘la Razzoq so‘fi o‘tmishi va xos tabiati bilan o‘quvchini tanishtiradi. Razzoq so‘figa doir tasvirlardan badiiy qahramonning individual qirralari ochila boradi. Uning kamgapligi, «indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam» ekaniga urg‘u berilar ekan, undagi o‘ziga xoslik qisqa nutqi vositasida ham kuchaytiriladi. So‘fi «o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa – «hovva-hovva», deb tasdiqlaydi; «o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa – «yo‘q, yo‘q», degan ma’noda» inkor etib boshini chayqaydi. Razzoq so‘fining turmush tarzi, oilaviy tutumi ham, xotinini «Fitna» deb chaqirishi, Eshon boboga ixlos qo‘yishlari, qishloqqa qaytishga taklif qilib kelgan o‘gay akasi bilan muomala-munosabatlari – bularning barchasi Cho‘lponning iste’dodli nosir sifatidagi mahorat egasi ekanini ko‘rsatadi. So‘fining «Nima bu qiyomat!» degan gapi Saltanatning taklifiga ko‘ra Zebining qishloqqa – Enaxonning uyiga mehmon bo‘lib borish masalasini yana ham chigallashtiradi. Ruxsat tegishi yo tegmasligi muammosi o‘rtaga qalqib chiqadi. Oraga so‘fining tilini biladigan Quvonbibi tushib, vaziyatni yumshatadi. So‘fi bir shart qo‘yib ko‘nadi: «Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin. Nomahramlarga ovozini eshitdirsa, rozi emasman». Ushbu gap romanning muhim ochqich jumlalari sirasiga kiradi. Chunki Zebining keyingi taqdiri tasvirida, roman voqealarining o‘zaro bog‘lanishida uning shirali ovoz bilan ashula aytish detali katta ahamiyat kasb etadi. Mehmondorchilikka borish uchun ruxsat tegishini adib bir jumla bilan «Qafasning darichasi ochildi» deya ifodalaydi. Qishloqqa qarab yo‘lga chiqilar ekan, aravakash O‘lmasxon o‘zicha qo‘shiq xirgoyi qiladi. Gap tabiiy ravishda Zebining ovoziga borib taqaladi. Garchand otasining tanbehini esida tutsa ham, Saltanat qo‘yarda-qo‘ymay Zebini qizlarning ashulasiga qo‘shilishga ko‘ndiradi. E’tibor berish lozim bo‘lgan jihat shundaki, adib «ovoz» so‘zi yoniga bir nechta sifatlashlarni keltirish bilan cheklanib qolmasdan, uni «eng yorug‘ yulduz»ga qiyoslaydi. Bu badiiy usul esa tasvirning tiniqlashuvini ta’minlaydi. Ta’kidlash lozimki, Cho‘lpon o‘z ijodida oy, quyosh, yulduz kabi osmon jismlaridan juda unumli foydalandi. Qizlarni aravasiga ortgan O‘lmasxon shahardan qishloqdagi manzilga kechqurun yetib boradi. Adib bu orada ham bir necha marta o‘ziga suyukli ramz va detallarga murojaat qiladi. O‘lmasxon bilan Zebini bir muddat uxlab yotgan kampir oldidagi hayajonga to‘la daqiqalari va yosh yigitning tabassumini ham «oy yorug‘i»da ko‘rsatadi. Qizlar ichkari kirgandan keyin aravada qolgan O‘lmasxon «ajib va shirin xayollar» og‘ushida «ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi oyni» o‘ylaydi. Ichkaridagi holat tasvirida ham shunga monand manzara gavdalantirilgan: qalbidagi «yangi, begona va shirin hislarni» anglayolmay «hayron bo‘lgan birov» ham «ko‘kdagi oyga qarab, yerdagi «toy»ni o‘ylar va yuzlari anorday qizarardi...». Tabiiyki, hamma uxlaganida yolg‘iz uyg‘oq qolgan va haligi sof tuyg‘ularni boshidan kechirayotgan Zebi ekanini o‘quvchi hech qiynalmasdan tanib oladi. Bunday lirik his-tuyg‘ular ifodasiga uyg‘un tasvir Cho‘lpon nasriga xos uslubning bir qirrasini namoyon qiladi. Muhtaram o‘quvchi! Romandan olinib sizga taqdim etilgan parcha yuzasidan bir qadar tahlillar berildi. Shu mulohazalar sizda romanni to‘liq o‘qishga rag‘bat uyg‘otgan bo‘lishi tabiiy. Asardagi Zebining qismatiga yondosh voqea-hodisalar, ayniqsa, ijtimoiy hayotga tegishli tasvirlar ham sizni befarq qoldirmasa kerak. «Erkin Vohidov she’riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamon va makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o‘tgan va o‘tayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tug‘yonli, goh iftixorli yo‘llarining manzara va ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she’riyatida to‘la mujassamdir». «Erkin Vohidov dilbar rubobiy taronalari, asr armoni, fig‘oni darajasiga ko‘tarilgan dostonlari qatori g‘oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, ayni paytda istehzo, kinoya-kesatiqlar, o‘tkir ijtimoiy pafos bilan yo‘g‘rilgan hajviyoti, benazir tabassumi bilan ham elimiz uchun ardoqlidir». Nazrul Islom Bu dunyoga Shoir bo‘lib tug‘ildi. Ilhom otli pok ziyoga Go‘dak qalbi yo‘g‘rildi. Nigohidan Sehrli nur Borliqqa nur taradi. Koinotga u tahayyur Ko‘zi bilan qaradi. Tunlar unga berdi xayol, Shavq atadi kunduzlar. Gullar g‘azal aytdi xushhol, Ertak aytdi Yulduzlar. Ulg‘aydi u, O‘smir bo‘ldi, Yetdi yigit yoshiga. Ishq otli qush kelib qo‘ndi Yosh shoirning boshiga. U ham yondi bag‘ri kabob, Ham ochildi chun bahor. Hijron berdi totli azob, Visol etdi baxtiyor. Goh shodlik, Goh alamidan Dil chashmasi ochildi. Shoirni u tug‘ilmasdan Gado qilgan edilar. O‘z yurtida O‘z yurtidan Judo qilgan edilar. Uning hassos qalamidan Ishqiy baytlar sochildi. Bu dunyoga Nazrul Islom Shoir bo‘lib tug‘ildi. Ibtidodan yoniq ilhom Shu’lasiga yo‘g‘rildi. Yetti asr avvalgidek Bo‘lsa edi zamonlar, Balki, Xusrav Dehlaviydek Bitar edi dostonlar. Tug‘ilsaydi Shoir agar Yarim ming yil ilgari, Bitar edi ruboiylar Mirzo Bobur singari. Agar Necha zamon o‘tib Kelmasa bu davronlar, Bedilona g‘azal bitib Tuzar edi devonlar. O‘zga edi ammo fursat, O‘zga edi el dardi. Zamon uning Yonib turgan Yuragini so‘rardi. O‘rab uning naq yurakdek Ona Hindistonini, Zobitlar oq o‘rgimchakdek So‘rardilar qonini. Bir tomonda, Yovni emas, Bir-birini beomon – So‘yar edi taqvodan mast Hindu bilan musulmon. Bir tomonda Na uy ko‘rib, Na bir to‘shak, och, xarob, Ko‘chalarda hayot qurib, O‘lim topgan behisob. Ganga oqar ko‘zyosh bo‘lib, Jamuna lim bo‘lib qon. Bori butun bardosh bo‘lib Najot kutar Hindiston. Har nechakim zo‘r iste’dod, Nazrul Islom O‘z qalbini Toshqin ilhom, Bayroq qilib ko‘tardi. U nega, Xalqing yotsa chekib faryod, Yuragida to so‘nggi dam Isyon o‘ti so‘nmadi. Yaramasang kuniga. Haqsizlikka ko‘ndi olam, Shoir esang, Ammo shoir ko‘nmadi. Shoir bo‘lib Ko‘rgilik bu, dedi hindu, Nega kelding hayotga, Taqdir, dedi musulmon. Eling yotsa dardga to‘lib, Lekin Kelolmasang najotga?! Zo‘rlar zulmiga u Ne shoirsan, Tan bermadi hech qachon. Tashbihlarning O‘zni o‘tga otdi aniq, Bormi asli keragi, Bo‘lmasa el g‘ami – darding, Joni borki, kurashdi. Umri uning Yuraging – el yuragi?! Mangu yoniq Nazrul Islom Qo‘shiqlarga tutashdi. Hind xalqining Zardobini yutardi. «So‘yla, inson, So‘yla, qadding Ko‘tarib baland. Yuksaklikda sening qadring Himolay monand. So‘yla, Sening poyingdadir Bu ulug‘ zamin. So‘yla, otib zolim asr Dard-u alamin. Sen o‘tmishni supurguvchi Kuchli bo‘ronsan, Osmonlarga ot surguvchi Sohibqironsan. Sen chaqmoqsan, Qaro zulmat Bag‘rini yoqqan. Sen Indrasan, Ko‘kda ismat Chirog‘in yoqqan. Sen Shivasan, koinotni Barbod qilguvchi. Sen Gangasan, bu hayotni Obod qilguvchi. Sen – Durganing tosh yuragi, Shafqat bilmaysan. Sen – Krishna qo‘lidagi Kuylagan naysan. Izmingdadir cheksiz fazo, Zamin-u zamon, Bu olamga ega tanho O‘zingsan, inson! Tangrilarni to osmon Ko‘targan ham sen, Sajda qilgan, Yana isyon Ko‘targan ham sen. Ham shafqat-u Beozorlik Yashar qoningda. Ham fidoyi isyonkorlik Yonar joningda. So‘yla, inson, So‘yla, qadding ko‘tarib baland. Yuksaklikda sening qadring Himolay monand. Qullik senga ko‘p maloldir, Ammo ne uchun Boshing egik, Isyon she’ri Mushoira – Minbaridan yangradi. Kim dedi: Bu she’rmas sira, Tiling loldir, Qomating zabun? Tangrilarga bo‘ysunmagan, Bermagan bardosh, Bandasiga bugun nega Egadirsan bosh? Sababkormi yolg‘iz taqdir Holingga saning? Bilasanmi, do‘sting kimdir, Kimdir dushmaning? Asriy g‘aflat yetar endi, Ey, mazlum inson! Uyg‘onmoqning vaqti keldi, Bosh ko‘tar, uyg‘on! Bosh ko‘targil, Ming yil to‘kkan Ko‘z during haqqi. Qo‘zg‘al, Asriy qullik bukkan G‘ururing haqqi. Qo‘zg‘al, Buyuk Tojmahalning Shukuhi uchun. Qo‘zg‘al, Ulug‘ bobolarning Pok ruhi uchun. Erk bongin ur, Sen intiqom – Tablin baland chol. Tug‘ilgansan ozod, mudom Ozod bo‘lib qol». Kim dilidan angladi. Yurt og‘zida bu she’r bahsi, El tilida bahosi, «Qani she’rda gullar raqsi? Qani bulbul navosi?» «Bu she’r Sharqqa xosdir, nahot? Na ishqiy, na rindona… Bunday ash’or Sa’diyga yot, Hofiz uchun begona». «Ul kun Budda: «Mard agar sen Dardni ichga yut, degan. Ul yuzingga ursalar sen, Bul yuzingni tut, degan». U dunyoda baxting ta’min Bu dunyoda cheksang g‘am». Shunday deya bergan ta’lim Ul… Ustodi mukarram. Malomatga qoldi endi Shoir bitib haq doston. Hindu uni «jobon» dedi, «Kofir» dedi musulmon. «Bu isyonni, bu nifoqni Chiqarmoq ne zohirga. Siyosat-la o‘ynashmoqni Kim qo‘yibdi shoirga». «U hali yosh, Hali go‘dak, Zarra parvo etmaydi. Es-hushi yo‘q hayiqqudak, Jon qadriga yetmaydi». «Ha, zulm bor, Haqsizlik bor, Barchaga bu ayondir. Ammo buni zinhor-zinhor Aytib bo‘lmas zamondir». «Hamma bilar, Inson erkin – Yashashi shart poyidor. Biz ham aytsak bo‘lar, lekin Uyda bola-chaqa bor…» Kalkutta, 1926-yil. Kalkuttani Quchdi g‘ulu, Bosh ko‘tardi olomon. Qutlug‘ jang, deb turdi hindu, G‘azot, dedi musulmon. Barahmanlar dovul qoqdi, Fatvo berdi Imomlar. Ko‘cha to‘lib qonlar oqdi To‘qnashganda imonlar. Farzandidan ona ayr-u, Otasidan – qiz, o‘g‘lon, Budda haqqi, Bos, der hindu, Alqasos, der musulmon. Hindu ishi tahqir bo‘ldi, Muslim ishi – tahdidlar. Butxonalar vayron bo‘ldi, Yakson bo‘ldi Masjidlar. Rikshami bu, sohibmi bu, Gadomi yo zodagon – Farqsiz, Faqat – Bir yon hindu, Bir yon esa – musulmon. Sirtga chiqdi Asrlik kin Va ming yillik kudurat. Ikki jondosh el aro din Yana soldi adovat. Aslida-ku Hayot og‘u, Turmush o‘zi – zimiston. Aybdor emas bunga hindu, Gunohkormas musulmon. Aslida-ku… Beiztirob Ho‘plab qora qahvoni, Derazadan oq tan janob Kuzatar mojaroni. U ko‘p xursand, Labda kulgu, Ko‘zi chaqnar komiron. Musulmonni yanchar hindu, Hindni esa musulmon. Janob shodon, Ushalmoqda Niyatning eng ulug‘i. Hosil berdi shu tuproqda Ekkan nifoq urug‘i. Bo‘lmasin, deb qilar orzu, Bu nizoga hech poyon. Mayli, Ko‘proq o‘lsin hindu, Ko‘p qirilsin musulmon. Nazrul Islom Olomonga Qaradi-yu oh chekib – O‘zni otdi tik maydonga Yoqasini chok etib. Faryod qildi: «Ne vahshat bu, Bas, xaloyiq! Al-omon! Qotillikni to‘xtat, hindu, G‘azotni qo‘y, musulmon – Bizlar axir Birodarmiz, Farzand Odam Atoga! Haq oldida barobarmiz, Ayting, Ne bor nizoga! Xunrezlik qil demagan-ku Axir Veda Va Qur’on! Tig‘ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? Farq – kim mehrob, kimsa butga Sig‘inib bosh qo‘yadir. Shu farq uchun Yoqib o‘tga El bir-birin so‘yadir. Bas, adovat! Bas, endi kin, Jangni qo‘ying, odamlar! Sizning asli yovingiz kim – Bilib qo‘ying, Odamlar! Ular Uzoq yurtdan kelib, Yerga bukib shonimiz, Bizni bizga Dushman qilib, So‘rmoqdalar qonimiz. Bosqinchining Qadimdanoq – Falsafasi ayondir. El ichida bo‘lsa nifoq, Demak, zolim omondir. Ular Mazlum vatanida Bo‘lmasin der sobitlar. Jaholatning gulxanida Isinadi zobitlar. Eldan omad ketsa, dastlab Hamjihatlik yo‘qolgay. Bunday elni, Sirtmoq tashlab, Har bosqinchi yiqolgay. Bu adovat Nahot, mangu? Nahot, bitmas bu qiron? Do‘st bo‘lolmas Nahot, hindu – Jigariga musulmon? Sen hindmisan, Muslimmi yo, Birlik chog‘i bu choqdir. Bosqinchini, eng avvalo, Hind bahriga uloqtir. So‘ng ushalgay Barcha orzu, Yashar ozod, tinch, omon Vatanida ega hindu, Yurtida bek – musulmon». Nazrul Islom bo‘ldi mahbus, Ming baloga taqaldi. Tunda uydan oldilar. El uchun El ko‘zidan uzoq, maxsus Jon tikkan shoir Bir xonaga soldilar. El dushmani ataldi. Ishi qiziq bu jahonning, Hukm o‘qildi. Hakamlar hukm etdilar: Bosh egib u Shoirni ul g‘alayonning Asta borar hibs tomon. Sababkori, dedilar. Ajab! Aybnomani tinglang, hatto – Soqchi – bir yon hindu, Faryod qilar toshlar ham, Bir yon esa musulmon. «Hindu bilan muslim aro Uni turtar musulmon ham, Qutqu solgan – shul odam!» Siltalar hind havoldor. Olis yurtdan kelgan birov Qirpichoqda o‘ldi akam, Ayb qo‘ydi beandisha! Senda ekan ayb, murdor! «Nazrul Islom – Ko‘p azoblar chekdi hindu, Xalqiga yov, Ko‘p qon to‘kdi musulmon. Nifoq istar hamisha». Sen kabilar yo‘qolsa-ku, Bu dunyoda Yashar edik Bor qabohat, Tinch, omon… Bu dunyoda bor yolg‘on. Asta qadam tashlar mahbus Ammo bunday O‘ylaridan ogoh yo‘q. Yovuz tuhmat Soqchilar ne bilar, Bo‘lmagandi hech qachon. Afsus, Nazrul Islom nomi oxir Jaholatda gunoh yo‘q. Tutqunlikda «Onajonim, Menga bu kun Sendan o‘zga dilxoh yo‘q. Zindondaman, Bilmam, nechun, Menda zarra gunoh yo‘q. Gunohkorman Na Ollohim, Na vijdonim oldida. Faqatgina… Bir gunohim Onajonim oldida. Kechir, onam! Ko‘zingda g‘am, Azob bo‘ldim joningda. Bukun bayram, Men bukun ham Bo‘lolmadim yoningda. Odamlardek Beozor, tek Yashab yursam netardi. Menga tole, Senga tinchlik Balki, nasib etardi. Bulbullarga, Gullarga mast Yozsam faqat g‘azallar, Balki, meni Mirshablarmas, Izlardi yosh go‘zallar. Menga ham yor sokinlig-u, Sening ham yo‘q bu darding; Men – uylik, Sen – kelinlig-u Nabiralik bo‘larding. Oh, u yo‘l berk, Menda yo‘q erk, Tirik umrim – aftoda. Ne qilayki, Odamlardek Yasholmadim dunyoda. Lek ko‘nglimda nolish emas, Allanechuk dilshodlik. Garchi jismim Bandi qafas, Ruhimda bor ozodlik. Tug‘ilishdan qul emasman, Qullik yot bu jonimga. Erk istagi Suting bilan Kirmish mening qonimga. Meni otash, girdoblarga Otgan o‘shal istagim. Onajonim, Azoblarga Qo‘ydi seni yuragim. Meni kechir, Faqat sendan Bukun uzr so‘rayman. Uzr so‘rab, umid bilan Xayolimni o‘rayman. Rozi bo‘lgin, Gar o‘g‘loning Yurak qo‘rin asrolsa. Bir kun ona Hindistonning Xizmatiga yarolsa». Nazrul Islom tor zindonning Necha ming yil Tuynugidan qaraydi. Manglay tering Ko‘rib zangor sof osmonning To‘kib yerga, qolding och. Bir parchasin Sen olamga Yayraydi. Ipak berib Unda O‘zing o‘tding yalang‘och. Erkin qanot qoqib Bebaho – fil suyaklaring, Qushlar uchib yuribdi. Bahring aro – to‘la dur. Bunda G‘avvos qilib go‘daklaring, Shoir ko‘kka boqib Kelgindilar oladur. Havas qilib turibdi. Yurtim, Qushlar bilan uchay desa, Bitmas matonating, Qani uning qanoti? Sen – mujassam bardoshsan. Bir olamdir Fil singari Orzu esa… Zo‘r qudrating, Yetarmikan hayoti? Fil singari Nazrul Islom Yuvoshsan. tor zindonning Ona o‘lkam, Tuynugidan qaraydi. Bir kun seni U falakdan Ozod ko‘rgim keladi. Hindistonning Istibdodning zanjirini Toleyini so‘raydi. Barbod ko‘rgim keladi. «Mayliga, Ko‘tarasan Men tutqun bo‘lsam, Sen ham qadding, Sen ozod bo‘l, Yo‘l olarsan erk sari. Onajon! Himolayning ortidagi Ming qiynoqda Ozod vatan singari». Mayli, o‘lsam, Nazrul Islom Yurtim, Zindonda band, bor bo‘l, U zax yerni quchardi. Bo‘l omon. She’ri esa qushlar bilan Umrim yetsa, Osmonlarda uchardi. Mehring tayanch, Kengliklardan oshar edi Seni yayrab kuylarman, Qalb shukuhi shoirning, Bu kun esa, El dilida Mushkul, ayanch Yashar edi Qismatingni o‘ylarman. Isyon ruhi shoirning. O‘z umrini qilgandi u She’ri bilan jovidon. O‘qir edi Uni hindu, Yodlar edi Musulmon. Shoir bandi, She’ri biroq Uchar edi beto‘siq, Himolaydan oshib Uzoq – Ketgan edi bu qo‘shiq. Dunyo bo‘ylab Dovruq soldi Nazrul Islom erk sasi… Hindistonda esib qoldi Ozodlikning nafasi. Ozodlik Bayroq qilib, El qo‘zg‘aldi – Nazrul Islom ismini. Tor zindondan uni oldi, Ammo faqat Jismini. Nazrul Islom Ozod, Ammo El qanoti qayrildi, Yosh, navqiron, Tirik siymo – Shoiridan ayrildi. Nazrul Islom She’ri butun Hindistonda yangrardi. Ammo shoir uni bugun Na tinglar, Na anglardi. Shoirini qo‘ymay – Qo‘lda – El ko‘tarib eltardi. Na quvonar Shoir bundan Va na parvo etardi. Bir yonidan quchar hindu, Bir yonidan musulmon. Ammo Hushdan ayrilgan u, Unga yotdir bu jahon. Tabriklaydi Uni Tokur, «Ozodliging muborak!» Ro‘znomalar qutlov yozur. Bular unga ne kerak? U na uyg‘oq Va na uxlar, Hissiz boqib turardi. Ruhi uning Oliy ruhlar Dargohida yurardi. Shoir topdi Erk chinakam, Ozod bo‘ldi tamoman. Bir yo‘l unga dardi olam Barbod bo‘ldi tamoman. U bir yo‘la Sho‘rishlardan, Savdolardan qutuldi. Jabr-u jafo ko‘rishlardan, Nizolardan qutuldi. Qutuldi u sig‘olmagan, Sig‘dirmagan jahondan, Xolis bo‘ldi Ham zindondan, Ham zindondek zamondan. Ham tark etdi Qirq yil o‘tdi, Uzoq qirq yil. Bu dunyodan begona – Nazrul Islom Yashar bedil, Yashar darvish, Devona. Qirq yil ichra Nelar ko‘rib, Nelar chekdi Hindiston. Ammo ko‘zi Ochiq turib, G‘ofil o‘tdi yoniq jon. Bosqinchilar Yurtdan ketdi – El g‘azabi Quvoldi. Shoir Ko‘tarolmay Dardlar yukin, Zamin qalqib turibdi. Nazrul Islom Ruhi bukun Olam kezib yuribdi. Ilhom chog‘i Dil zamindan Ko‘k toqiga o‘rlaydi. Bir yo‘l uni El dardidek og‘ir yuk. Bu dunyoda qoldi tani, Behush, beruh va buyuk. Buni Na his etdi, Na ko‘rdi, Na quvondi. Nazrul Islom Bu dunyoda Yetmish besh yil Yashadi. Ammo O‘ttiz ikki yoshda Bu dunyoni Tashladi. Shoir umri Qoldi she’rda, Qoldi Yoniq dostonda. Bitganlari uning – yerda, Ruhi esa – osmonda. Nazrul Islom Ruhi mendan Shunda hisob so‘raydi. Shoir bo‘lib Elga bukun Darkormisan, der menga. Fidolikka xalqing uchun Tayyormisan, der menga. Der: «Shoirlik – yurakda qon – Silqib turgan jarohat. Tilamasman senga, o‘g‘lon. Osuda baxt, Farog‘at. Tilamasman bir zum orom, To tiriksan, Bedor bo‘l. Azob bersin senga ilhom, She’r dardida bemor bo‘l. Taqdiringdan senga dunyo Rohatlarin so‘rmasman. O‘z qismatim senga ammo Sira ravo ko‘rmasman. «Saqla, – deydi, – yurak qo‘ring. Dil otashing so‘nmasin. Umring ado bo‘lmay turib Cho‘g‘ing ado bo‘lmasin». Sobit-u sayyorada Inson o‘zing, inson o‘zing. Mulki olam ichra bir Xoqon o‘zing, sulton o‘zing. Sen balo, ham mubtalo, Xayr ila kin, rost-u riyo, Fitnagar olam aro Fatton o‘zing, qurbon o‘zing. Sobit o‘z ma’vosida, Sayyor fazo dunyosida, Koinot sahrosida Karvon o‘zing, sarbon o‘zing. Goh adolat bog‘ida, Piri adovat gohida, O‘z diling dargohida Shayton o‘zing, g‘ilmon o‘zing. Shams – dil taftingdadur, Sayyoralar kaftingdadur, Keng jahon zabtingdadur, Bog‘bon o‘zing, posbon o‘zing. Xormisan yo gulmisan, Tojdormisan yo qulmisan, Chug‘zmisan, bulbulmisan, Nolon o‘zing, xushxon o‘zing. Bu yorug‘ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur, Senga mehmonxonadur, Mehmon o‘zing, mezbon o‘zing. Bu hayot o‘rmon ekan, Jon borki, qasdi jon ekan, Bunda qatl oson ekan, Sirtlon o‘zing, jayron o‘zing. Bunda oq birla qaro, Zulmat, ziyo, shoh-u gado Jang qilurlar doimo, Ul yon o‘zing, bul yon o‘zing. Bu hayot ummon ekan, Ummon abad gardon ekan, Qatradek sarson ekan, Sarson o‘zing, gardon o‘zing. Mash’ali fikrat – sening, Ham changali vahshat sening, G‘ayrat-u g‘aflat sening, Javlon o‘zing, uryon o‘zing. Onaizoring – zamin, Tanho yo‘g‘-u boring – zamin, Xasta bemoring – zamin, O‘g‘lon o‘zing, darmon o‘zing. Qilding-u oyda xirom, Ham yerda qon to‘kding harom, Ushbu holingdan mudom Xandon o‘zing, giryon o‘zing. Bag‘rida yotquchi – sen, Ne’matlarin totquchi sen, Tig‘ bo‘lib botquchi – sen, Paykon o‘zing, qalqon o‘zing. Minding ilm narvoniga, Chiqding funun osmoniga, Bu jahon ayvoniga Arkon o‘zing, vayron o‘zing. Marsga to‘p otquchi – sen, Zuhroni uyg‘otquchi – sen, Uyquda qotquchi – sen, Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing. Zarrani ijod etib, Dahshat balo bunyod etib, Oqibatni yod etib Hayron o‘zing, hayron o‘zing. Kelding olamga, demak, Etmas uni so‘rmak, yemak, Yerni etmog‘ing kerak Bo‘ston o‘zing, rizvon o‘zing. Bog‘i arz obod erur Sendin agar imdod erur, Yo‘qsa, u barbod erur, To‘fon o‘zing, to‘g‘on o‘zing. So‘zga ham poyon bo‘lur, Yozsam yana devon bo‘lur. Rustami doston bo‘lur, Doston o‘zing, devon o‘zing. Sen hilol, yulduz, salib, Tavrot, Zaburdin yuksalib, Boymisan yoki g‘arib Komron o‘zing, yakson o‘zing. Bo‘lmasin subhing qaro, Bor bo‘l mudom borliq aro, O‘zni etgil doimo Inson o‘zing, inson o‘zing. Kim farangi, kim habash, Irq, qon talash, imon talash, Shulmi insondek yashash, Armon o‘zing, afg‘on o‘zing. Ey, sen Erkin, sen bukun Yozding dilingdan bir tugun, Sen kim-u ne dahri dun, Biyron o‘zing, nodon o‘zing. Mamlakatga mamlakat, Millatga millat bo‘lsa qasd, Qilguvchi so‘ng oqibat Armon o‘zing, afg‘on o‘zing. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon, Ul shirin yolg‘onga mendek Aldanib qolg‘on yomon. Umrimiz aldoq jahonda Aldanib o‘tgay va lek So‘nggi qiynalg‘on yomondir, So‘nggi qiynalg‘on yomon. Aytgali achchiq azobing Bo‘lsa dildosh yaxshidir, So‘z demay o‘tli alamni Joningga solg‘on yomon. Jonga solg‘on ham na sozdir, Elga so‘ylab men kabi Shoiri devonayi ishq Nomini olg‘on yomon. Gar qilich kelsa boshingga, Qo‘rqma, Erkin, rostni ayt, Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon. «Ruhlar isyoni» dostoni Erkin Vohidov ijodida muhimm o‘rin tutadi. Doston o‘tgan asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahrali taqdiriga bag‘ishlanadi. Shoirga qalbidagi fojiadardini ifodalash uchun Nazrul Islomning achchiq qismati vosita bo‘lgan. Chunki o‘sha davrda O‘zbekiston ham sobiq Ittifoqning mustamlakalaridan biri bo‘lib, o‘zbek xalqining erki va mustaqilligi o‘z qo‘lida emas edi. Mustamlakachilar tomonidan o‘zbek millatining ming yillik an’ana va urf-odatlari, milliy qadriyatlari, ilm-u urfonining toptalishi, yo‘q qilinishi, ma’rifatparvarlarni xalq dushmani sifatida qamalishi va qatl etilishi, so‘z erkinligining yo‘qligi shoirni ushbu mavzuga qo‘l urishga undagan, albatta. Chunki yurt boyligi yetarli bo‘lsa-da, xalqining mehnatiga yarasha farovon yashamasligi, kamsitilishi, nazar-pisand etilmasligi Erkin Vohidovga ham Nazrul Islomday tinchlik bermadi. Shu bois Erkin Vohidov nafaqat o‘zini, barcha erksevarlarni qiynayotgan dil tubidagi dard-sitamlarni Nazrul Islom tilidan baralla aytishga jazm etdi va bunga erishdi. Dostonda Vatanining ingliz mustamlakachilaridan ozod bo‘lishini orzu qilgan va mana shu yo‘lda o‘z umri hamda erkini baxshida etgan vatanparvar Nazrul Islomning tutqunlikdagi hayoti, his-tuyg‘ulari badiiy tasvirlanadi. Ona yurtida zulm va zo‘ravonlik, irqchilik, erksizlikning avjiga chiqishi, mustamlakachilar tomonidan hind xalqi qonining zulukdek so‘rilishi, ayovsiz ezilishi, och-nochorligi shoir qalbini junbishga keltiradi. Dostondagi «Isyon qo‘shig‘i»da Nazrul Islom hind xalqini asriy qullikka qarshi kurashga, o‘z ozodligi uchun bosh ko‘tarishga da’vat etadi: So‘yla, inson, So‘yla, qadding ko‘tarib baland. Yuksaklikda sening qadring Himolay monand... Uyg‘onmoqning vaqti keldi, Bosh ko‘tar, uyg‘on!.. Ammo bu she’rni eshitgan olomon da’vatkor shoirni xalq tinchini buzuvchi dushmanga chiqardi. Olomonning o‘z shoirini anglab yetmagani, unga ergashmagani mustamlakachilarga juda qo‘l keldi va shoir ozodlikdan mahrum etiladi. Malomatga qoldi endi Shoir bitib haq doston. Hindu uni «jobon» dedi, «Kofir» dedi musulmon. Dostondagi qator mavzularni yoritishda shoir turli xil afsona hamda rivoyatlardan foydalanadi. Dostonning uchinchi faslidagi «tutqunlik» mavzusida Nazrul Islomning zindondagi o‘y-xayollari, insoniy his-tuyg‘ulari mohirona va ishonarli tarzda bayon etiladi. Shoir onasini g‘am-qayg‘uga qo‘yganligidan iztirob chekadi. Nazrul Islom o‘zini gunohkor hisoblamaydi, agar gunohi bo‘lsa, u ham faqat onasining oldidagi farzandlik burchini ado eta olmaganida va xalqini ozodlik sari boshlaganida, deb biladi. Aslida, haqiqat ham shundan iborat. Onajonim, Menga bu kun Sendan o‘zga dilxoh yo‘q. Zindondaman, Bilmam, nechun, Menda zarra gunoh yo‘q. Gunohkorman Na Ollohim, Na vijdonim oldida. Faqatgina… Bir gunohim Onajonim oldida. Kechir, onam! Ko‘zingda g‘am, Azob bo‘ldim joningda. Shuningdek, shoir jafokash hind xalqining tinimsiz og‘ir mehnat qilishi, och-yalang‘och, uysiz, joysiz kun ko‘rishi va yurt boyliklarining huzurini kelgindi mustamlakachilar ko‘rayotganini o‘ylab yurak-bag‘ri o‘rtanadi. Necha ming yil Manglay tering To‘kib yerga, qolding och. Sen olamga Ipak berib O‘zing o‘tding yalang‘och. Bebaho – fil suyaklaring, Bahring aro – to‘la dur. G‘avvos qilib go‘daklaring, Kelgindilar oladur. Shunday bo‘lsa-da, shoir tushkunlikka tushmaydi, ona yurti va o‘z xalqining ozodlikka erishishiga ishonadi, mana shu umid unga kuch bag‘ishlaydi. Dostonning so‘nggi faslida erksevar shoirning va hind xalqining orzusi ro‘yobga chiqqanligi tarannum qilinadi. Biroq tutqunlikdagi qattiq qiynoqlar, azob-uqubatlar shoirning bu baxtli kunlar shukuhidan benasib etadi. Erkin Vohidovning «Ruhlar isyoni» dostoni shoir adabiy merosining, umuman, XX asr o‘zbek dostonlarining eng sara namunalari qatorida turadi. Rauf Parfi 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab o‘rta maktabda o‘qidi. Keyin ToshDUning filologiya fakultetida tahsil oldi. Shundan so‘ng Rauf Parfi adabiy jarayonga faol aralashdi. Respublikaning nufuzli adabiy nashriyotlarida, turli gazeta va jurnallarda faoliyat ko‘rsatdi. Shoirning «Karvon yo‘li» nomli birinchi she’rlar to‘plami 1968-yilda nashrdan chiqdi. Shundan keyin uning «Aks-sado», «Tasvir», «Xotirot», «Ko‘zlar», «Qaytish», «Sabr daraxti», «Sukunat», «Tavba», «So‘nggi vido», «Sakina» kabi she’riy to‘plamlari chop qilindi. Rauf Parfi she’rlari yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Shoir ijodida inson erki, Vatan ozodligi, Turkiston yodi, muhabbat tuyg‘usi kabi adabiy mavzular yetakchilik qiladi. Shoir o‘z quvonchlari, dard-u alami ifodasida, ko‘pincha, tabiat unsurlariga murojaat qiladi. Tarjimon sifatida u Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Tvardovskiyning «Zaytun novdasi» asarlari va boshqa ko‘plab jahon adabiyoti namoyandalarining she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Rauf Parfining o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan hissasi yuksak baholanib, unga 1999-yil «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi. Shoir 2005-yilda Toshkent shahrida vafot etdi. Tong otmoqda, tong o‘qlar otar, Tong otmoqda, quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar, Boshlarida yashil chambarak. Tong otmoqda, musaffo tongga Yuragini tutar odamlar. Shu tong uchun kelgan jahonga, Va shu tong deb o‘tar odamlar. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Tomchilar tomchilar sochimga. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar Ham qayg‘umg‘a, ham quvonchimga. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Men unga ochaman bag‘rimni. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Asta unutaman yomg‘irni. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Oxir meni asir etar ul. Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Yog‘a boshlar qog‘ozga ko‘ngil. Osmon – falakda Kunduzning kitobi o‘qildi. Tars yorildi qovun palakda, Oltin shaftolilar to‘kildi. Dalalarda mudraydi uyqu, Dala yotar kutib quyoshni. Ariqlarda doim uyg‘oq suv, Polizlarga ketadi shoshib. Yoz sha’niga qo‘shiq to‘qilar, Chigirtkalar chirillar chunon. Yomg‘ir yog‘ar, go‘yo yog‘ilar Issiq tuproq ustiga marjon. Yoz yomg‘iri iliqdir biram, Shitir-shitir uning qo‘shig‘i. Bir shirin hid taralar yerdan, Va yurakka ketar qo‘shilib. Yana qaytib keldim... Qaytib keldim yana. Chang to‘zgan Yo‘limizni sog‘indim, ona. Tom ustida maysalar o‘sgan Uyimizni sog‘indim, ona. Aziz dargoh ostonasida Sizni qalbim bilan quchayin. To‘yib-to‘yib sopol kosada Muzdek quduq suvin ichayin. Har bir narsa yaqindir menga, Har bir narsa menga qadrdon. Qarab qoldingizmi yo‘limga Issiq nonlar uzib tandirdan? Koyimangiz meni bu safar, Unutdi deb uyni, dalamni, Ne chora bor, dil yonsa agar, Dil sog‘insa turkiy olamni. O, qishloqning munis chiroyi, Achchiq piyoz to‘g‘rayin o‘zim. Dil sog‘inib yig‘ladi doim, Hozir, mayli, yig‘lasin ko‘zim. Targ‘illanib bormoqda osmon, Oppoq hidga to‘lmoqda bag‘rim. Aytingiz-chi, bormi sog‘-omon, Shahlo ko‘zli mening targ‘ilim? Og‘ushimda zangori sezgi, Kiprigimda suyuq hayajon. Ko‘zlarimda yumaloq sevgi, Salomatman men ham, onajon. Qaytib keldim yana. Chang to‘zgan Yo‘limizni sog‘indim, ona. Tom ustida maysalar o‘sgan Uyimizni sog‘indim, ona. Go‘yo baribirdir yaxshi va yomon, Yurak, senga borar ko‘chalar ochiq. Sachrab yonarsan-u, bo‘lmassan tamom, O‘tkinchi g‘amlarga achchiqma-achchiq. Yurak, yo‘llaringda turganman takror, Rosa sayraganman sening to‘g‘ringda. Kim bilar, aqlimga kelding necha bor, Necha bor so‘zladim sening yo‘g‘ingda. Balki, aldaganman vahima yutib, Sen-da tashvishlarga solgansan, balkim. Bugun-chi, degayman o‘zimni tutib: Sen haqsan, baribir, mening yuragim. Shul osmon ostida kezgaymiz hali, Mantiq axtargaymiz izg‘ib izma-iz. Darkor bo‘la qolsang yiqilgil, mayli, Faqat yiqilmasin sho‘rlik dunyomiz. Mayliga, hayqiray iymonim haqqi, Ko‘klarga termulib solayin uvvos. Men faqat Turkiston atalgan yorqin, Bir butun Vatanni istayman, xolos. Garchi tutqinman-ku erkin sehringga, Unda sobit turar maqsud — manzilim. Qolib ketmasaydim sening mehringdan, Qolib ketmasaydim yo‘lda uzilib. Ajoyib diyorsan, qalbim, na chora Shodlik va hasratning maskani sanda. Ovoz ber, kuyingni eshitib zora, Eslab qo‘yarlar-ku hech bo‘lmaganda. Aytgil, kuylarmanmi bir kun, yuragim, Aytgil, kuylarmanmi boqmay o‘zimga. Seni jarroh kabi sovuqqon va jim Yulib qo‘yarmanmi qog‘oz yuziga. U payt aldamasding ko‘zimga boqib, Shodumon dardingni aytarding butkul. Ungacha ilhomlar kelmagay oqib, Ungacha dunyoni anglamak mushkul. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining betakror she’rlari bilan o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lgan shoirlardan biri Rauf Parfidir. Rauf Parfi she’riyat maydoniga XX asrning 60-yillarida kirib keldi. Birinchi kitobi «Karvon yo‘li» deb nomlanadi. Ta’kidlash lozimki, shoirlar uchun birinchi kitob juda muhim bo‘ladi. Shoir ahli o‘zlarining birinchi kitoblari bilan o‘quvchilarini topishi yoki, aksincha, yo‘qotishi ham mumkin. Rauf Parfi taqdiriga she’riyat muxlislarining suyukli shoiri bo‘lishdek baxt bitilgan edi. «Rauf Parfi she’riyati» degan ta’birning o‘ziyoq shoirning adabiy merosi, go‘zal she’rlari, ijodining umumpafosi to‘g‘risida mulohazalar yuritishga undaydi. Shoir she’rlarida Vatan, ona, inson, tabiat mavzulari yetakchilik qiladi. Muhtaram o‘quvchi! Siz shoirning ulkan ijodiy merosining bir qismidan bahra oldingiz. «Tong otmoqda», «Yomg‘ir yog‘ar», «Yoz kechasi», «Yana qaytib keldim...», «Yurak» she’rlari ijodkorning nechog‘li favqulodda iste’dod sohibi ekanligidan, tabiat lirikasi bilan inson «men»i uyg‘un va hamohang shaklda tarannum etilganidan darak berib turibdi. «Tong otmoqda» she’rida shoirning umidlari, yorqin tuyg‘ulari ifodasini topgan. E’tibor berilsa, bunda quyosh zambarakka, uning zarrin nurlari o‘qlarga qiyoslangan. Quyoshdan tinimsiz o‘qlar yog‘iladi go‘yo. Aslida, bu o‘xshatish bejiz emas. Fizik qonuniyatlarga ko‘ra, nurning zarralar ko‘rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o‘sha zarralar oqimi – o‘qlardan yaralangandek ko‘rinadi. Keyin shoir nigohi tabiat hodisasidan insonlarga ko‘chadi. Har kuni saharda uyg‘ongan odam musaffo tong bilan qarshilashadi. Tong pokizaligi odamlar yuragiga ko‘chadi. Bu she’rning juda sodda zohiriy ma’nosini shunday tahlil qilish mumkin. Ammo Rauf Parfi she’rlari bir marta o‘qib qo‘yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she’rlar sirasiga kirmaydi. Shoir o‘z qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini «Yomg‘ir yog‘ar» she’rida ham ko‘rish mumkin. Kim hayotida yomg‘irga duch kelmagan? Kim ham yomg‘ir ostida qolib ketmagan? Qo‘lida shamsiyasi bo‘lmagan har qanday odamning sochlariga, boshiga yomg‘ir tomchilari tomchilaydi. Kayfiyati chog‘ odam bundan huzur topishi, aks holda, asabiylashishi ham mumkin. She’rdagi «Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar» misrasi olti marta qaytariladi. Bunday takror misoli yomg‘irning yog‘ish tovushini eshitishga, yomg‘irning yerga tushish harakatini tasavvur etishga yordam beradi. Xo‘sh, shoir tasvirlayotgan yomg‘ir ostida qolgan «men»ning kayfiyati qanday? U qayg‘udami yoki quvonchdami? Bu jumboq keyingi bandlarda ochiladi. She’rning lirik qahramoni yomg‘irdek go‘zal tabiat hodisasiga butun vujudi bilan qo‘shiladi. Chunki u: «Men unga ochaman bag‘rimni», – deb e’tirof etadi. Demak, uning qalbida o‘zgacha bir zavq-shavq paydo bo‘ladi. Buning ta’sirida yomg‘ir unutiladi. Yomg‘irga lirik qahramon asir bo‘ladi. Eng muhimi, ushbu ruhiy vaziyat ortidan she’r tug‘iladi. Shu bois shoir: «Yog‘a boshlar qog‘ozga ko‘ngil», – deb o‘z she’riga nuqta qo‘yadi. «Men bunday vaziyatda qog‘ozga she’r yozdim» deyishi juda sodda va she’riyatning ramzli tilidan ancha yiroq tushgan bo‘lar edi. She’rga «ko‘ngil»ning qo‘shilishi uning badiiy quvvatini oshiradi. Chunki she’riyatda shoirning o‘z ko‘ngli bilan suhbatlari, muloqot va bahslari ko‘p kuzatiladi. She’r – ko‘ngil hodisasi. Rauf Parfi o‘z she’rida so‘z, misra, tovushlar takroridan maydonga keladigan takrir, tavze’ hamda o‘zaro qarshilantirishdan paydo bo‘lgan tazod kabi badiiy san’atlardan unumli foydalangan. Odatda, bahor fasli shoirlarga ilhom beradi. Ammo Rauf Parfining sizga taqdim etilgan bitta she’ri – yoz fasli sha’niga to‘qilgan qo‘shiq. Shoir yoz kechasidagi tabiat manzarasini o‘zgacha nigoh bilan kuzatarkan, qulog‘iga shiraga to‘lib g‘arq pishgan qovunning tars yorilishi eshitiladi. Bir mahal uning ko‘zlari pishib to‘kilgan shaftolilarni ko‘radi. She’rda shoir jonlantirish, tashxis san’atini qo‘llagan holda dalalarni insondek uxlatadi. Unga zid o‘laroq, oqar suvlar hamisha uyg‘oq. Shuning uchun suv ariqlar bo‘ylab polizga shoshib ketayotgandek bo‘ladi. Tundagi sokin-jimlikni, odatda, chigirtkalarning «qo‘shig‘i» buzadi. Chigirtkaning g‘alati kuyi ham shoirni o‘ziga tortadi. «Chigirtkalar chirillar chunon» – bu misradagi «ch» tovushining nazokati mitti hasharotlar kuylayotgan kuy nafosatiga qo‘shiladi. She’rning oxirgi bandida shoir yozadi: Yoz yomg‘iri iliqdir biram, Shitir-shitir uning qo‘shig‘i. Bir shirin hid taralar yerdan, Va yurakka ketar qo‘shilib. To‘g‘risi, yozda yog‘adigan yomg‘irning gashti, ayniqsa, yomg‘ir suvining tafti bo‘lakcha. Shoirning nozik qalbi bu haroratni ham sezib turadi. Eng muhimi, she’rning oxirgi bandidagi ta’kid. Yomg‘irdan keyin yerdan tuproq hidi keladi. Shoir ko‘ngil ko‘zi bilan ranglarni ko‘radi, hidlarni sezadi. Chunki bularning barcha-barchasini shoir o‘z yuragidan o‘tkazadi. Shu bois tabiatda kechayotgan bunday dinamik voqelik shoir tuyg‘ulariga, yuragiga qo‘shilib ketadi. Muhtaram o‘quvchi, sizga taqdim etilgan «Yana qaytib keldim» hamda «Yurak» she’rlarining mazmun mohiyatini, shakliy qirralarini, unda qanday tasviriy vositalar, badiiy san’atlar qo‘llanganini yuqoridagi tarzda talqin qilishga harakat qilib ko‘rishingiz maqsadga muvofiqdir. Bunday tahlil jarayonida, albatta, she’rning sizga ma’qul kelgan nuqtalariga, har bir bandni ohangdor qiladigan unsurlarga diqqat qaratish talab etiladi. She’rni yod olish, undagi lirik qahramon o‘rniga har kim o‘zini qo‘yib, tasavvur qilib sharhlashi ham yaxshi samara beradi. XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafakkuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir tamoyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi. Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yodidan chiqmaydigan tarixiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991yil 1-sentabrida O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. Barcha o‘quv dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti» deb atalishi tabiiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘nalishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi. Bu holat o‘zbek adabiyoti tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi. Mustaqillik davri adabiyoti bo‘yicha «Maktab kutubxonasi» ruknida barcha ijodkorlarni qamrab olgan maxsus antologiyalar tuzish rejalashtirilgan. O‘zbek she’riyati istiqlol yillarida o‘ziga xos yangi adabiy-estetik hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi. Badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit yuzaga keldi. Adiblar o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qarashlari, individual his-tuyg‘ularini bor holicha taqdim qila boshlashdi. Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida yetakchilik qildi. Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. O‘zbek adabiyoti tarixida yurtning go‘zal tabiatini, osmono‘par tog‘larini, dala-dashtlarini, bepoyon qirlarini, bebaho ma’danlarini madh etgan she’rlar ko‘p yozildi. Tabiiyki, bu muazzam va muqaddas Vatan borlig‘i faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas. Abdulla Oripov bir she’rida: «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‘lsa, kechirma aslo!» deb xitob qildi. Zotan, bu ko‘hna zaminda O‘zbekistonning ma’naviy muhitini, ob-havosini, shon-sharafini, shuhratini dunyoga tanitib turgan, eng muhimi, Vatan timsoliga aylangan ulug‘ siymolari bor. Bu ulug‘larning nomi yurtning uzoq-yaqin tarixi sahifalarini bezaydi. Ular orasida jahon ilm-faniga, ma’naviyat va adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlari, Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda, «sirli olam toqiga ilk narvon» qo‘ygani ham, «she’riyat mulkida shoh-u sulton» bo‘lgani ham, dushmanlarga qarshi «ko‘ksi qalqon» vatanparvarlari ham mavjuddir. O‘z vaqtida Vatan ozodligi, hurligi va erki ramziy ravishda shoirlar ijodining asos-negiziga joylandi. Nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyoti tarixida Vatan haqida she’r yozmagan shoir kamdan-kam topiladi. Albatta, ularning badiiy saviyasi, ta’sir quvvati, yuraklardan joy olishi turlicha. Ayrim holatlarda shoir Vatan so‘zini she’rida qo‘llamasdan ham el-yurtiga mehrini izhor qilishi mumkin. Ba’zan ayni so‘zning beto‘xtov takrori she’riyat muxlislarining ixlosini qaytaradi. Har kim Vatanni o‘zicha tushunadi, o‘zicha suyadi, sog‘inadi, o‘zicha kuylaydi; Vatani bilan faxrlanadi. O‘z tuprog‘idan, gulidan, gulistoni-bo‘stonidan,oshyoni-dilistonidan ajralgan bulbulning fig‘oni falakka chiqadi. Odamning o‘z yurtiga mehr-muhabbati yoki ayriliq sog‘inchi ana shunday an’anaviy obrazlarda ham ifoda qilinadi. She’riyatdagi Vatan haqidagi badiiy so‘z shoir tabiatiga, ruhiyatiga, dunyoni anglashi va anglatishiga daxldor so‘zdir. Ko‘pincha, shoirning o‘zligi, ichki «men»i bilan tashqi ijtimoiy muhit bitta lirik qahramonda jamlanadi. Vatan o‘sha obrazda namoyon bo‘ladi va, aksincha, shoirning o‘z dunyosi yoki yaratgan qahramoni Vatan timsoliga aylanadi... To‘g‘risi, har qanday adabiy hodisalar, she’riy asarlar o‘z-o‘zidan go‘zallik kashf etmaydi. She’riyatning ta’sir quvvati uchun shoirlarning iste’dod darajasi va shu iste’dodni namoyon etish uchun sog‘lom adabiy muhit muhim sanaladi. Mustaqillik davri she’riyati mazmunan yangilanib borayotgan she’riyat sanaladi. Shu bilan bir qatorda, turli she’riy shakllar bo‘yicha tajribalar ham qilindi. She’rda ta’sir quvvati, har bir shoirning o‘z o‘quvchisiga o‘z aytar so‘zi va o‘ziga xos uslubi bo‘lishi lozim. Bu dunyoga bir qo‘shiq, Berib ketgin, shoirim – Marhumlar uyg‘onsinlar, Uxlolmasin tiriklar. Bu o‘tkir va o‘ziga xos poetik tabiatli to‘rt misrada shoir o‘z zamondoshlarining badiiy jihatdan yuksak, ta’sirli, umrboqiy she’rlar yozishga chaqirayotgandek taassurot qoldiradi. Shunday she’riy namunalarni o‘z tarkibida jamlagan o‘nlab shoirlarning to‘plamlari aynan istiqlol yillarida dunyo yuzini ko‘rdi. Mustaqillik yillarida qator katta va yosh avlod ijodkorlarining o‘nlab she’riy kitoblari nashr etildi. Tabiiyki, bu she’riy ko‘ngil izhorlarida har bir shoirning o‘z badiiy olami, mahorati va his-tuyg‘ulari aks etgan. O‘quvchi jahonshumul o‘zgarishlar davrini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan katta avlod shoirlari ijodida istiqlolga shukronalik, yoshlarda esa faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan she’rlarga duch keladi. Yigirmanchi asr, xayr, alvido, Kezdik yo‘llaringni, so‘qmoqlaringni. Yashadik umid ham tahlika aro, Chekdik rohatingni, qiynoqlaringni. Ba’zida kun yorug‘, ba’zan oy qaro, Totdik tahqirlaring, ardoqlaringni, Ne-ne talotumlar, quyunlar ko‘rdik, Ne-ne tomoshalar, o‘yinlar ko‘rdik... Yigirmanchi asr... Dunyo charx urib, Insonlar boshiga yog‘ildi ofat. Daryo-daryo qonlar oqdi ayqirib, Ellarni qurshadi qirg‘in, qabohat. Mustabidlar o‘tdi davronlar surib, Bo‘yinlarga solib zanjir, asorat, Do‘stlar, qanday og‘ir asr bo‘ldi bu, Odamzod bariga chidadi, yohu!.. Jahannam elchisi – atomni ko‘rdik, Mahshar gulxanini ko‘rdik qalovda. Olovga sig‘indik, olovda yurdik, Najot farishtasin ko‘rdik olovda. Insof, diyonatdan yuzni o‘girdik, Butun bir dunyoni tutdik garovda, Xayriyatki, bizni Xudo asradi, Etmadi dunyodan judo, asradi... Yigirmanchi asr... Munavvar etdi To‘garak jahonni aqliy mo‘jiza. Inson ilmi olis yulduzga yetdi, Inson qadam qo‘ydi to‘lin oy uza. Bir zum yuraklarning g‘ubori ketdi, Xayollar yorishdi nurday pokiza. Ko‘rdik olamshumul kashfiyotlarni, Koinot ortida koinotlarni... Dunyoni kashf etib, dunyoni bildik, Tadqiq eta oldik yomg‘irni, qorni, Falak peshtoqiga bayroqni ildik, Bildik borliq aro har neki borni. Jumboqlar ustiga qancha egildik, Ochdik zarradagi buyuk asrorni, Lekin yuraklarda iltijo yashar: Qachon o‘zligingni bilgaysen, bashar?! Millionlarning fikr-u andishasida Bobolar zikri bor, bobolar xuni, Nazar sol, dunyoning qay go‘shasida Hamon hukmrondir qabohat tuni. Kunduz kechib mehnat nashidasida, Kechalar vasvasa buzar uyquni, Dohiylar o‘tdilar, g‘oyalar qoldi, Bulutlar ketdilar, soyalar qoldi... Xalqim, bu asrda qaram eding, qul, Bulutlar ortida tole yulduzing, Otildi, chopildi, kuyib, bo‘ldi kul Ne-ne azizlaring, o‘g‘loning, qizing. Bardosh berolmadi, quridi butkul Peshonangga bitgan bitta dengizing, Orol qulligimiz qurboni bo‘ldi, Olam bu shikvaning1 hayroni bo‘ldi... Yigirmanchi asr... Armonlar bilan Necha bor tug‘ildik, necha bor o‘ldik. Ollohni tark etib, bo‘ldik yuztuban, Millatdan yuz burib, yuz qaro bo‘ldik. Xayriyatki, bugun ozoddir Vatan, Yana qayta boshdan umidga to‘ldik. Yana tong nuriga qorishdi dunyo, Ko‘zimiz o‘ngida yorishdi dunyo... Istiqlol, ey mening asriy murodim, Ko‘zlarim ustiga qo‘yaber qadam, Niholdek qomating ko‘rdi, avlodim, Ma’yus ruhimizga ufurdi ko‘klam. Ollohdan yetishdi bo‘yla imdodim, Asrim, tutib berding yelkangni sen ham, Sen ham saxovating aylading zuhur, Mustaqillik uchun senga tashakkur!.. Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin Sumbula suviday tiniq bir Ayol Dunyoni asraydi balo-qazodan. Yurtning ro‘zg‘orida sen baraka, bol, Qaldirg‘och niyatli, umri ozodam! Yerni uyqu devi aldab, muzlatar, Jonini ilitgay Qavs yaxobi. Qarri, soqov yerni qayta so‘zlatar Dehqon yuragining mayin oftobi. Oyog‘ingda tilla kavushchalarmas, Kirza etik ko‘rdim cho‘yanday og‘ir. Sumbul sochlaringga shivirlab ming sas, Har yil oshiq bo‘lar ko‘klamgi yomg‘ir. Har yil shonalagan g‘o‘za boshiga Egilding, unutib polaponingni. Men ko‘rdim: balxi tut bolang qoshida Og‘ziga dur tutgan saratoningni. Sendan rozi ketar shu ko‘hna ketmon, Boshingdan ter quyar, chopiq qilarsan. Erkaklar qocharlar shiyponni chog‘lab, Nozigim, sen qachon hordiq bilarsan? Ro‘zg‘or – g‘or deydilar. Shu tubsiz g‘orda Ravshan bir chiroqday yurasan, bekam! Shu g‘orni butlagil deb bir-u borda Joningni qirq bitta yaratmish egam... Tunlar bez-bez og‘rir, oh, barmoqlaring, Dutor pardasida uyg‘onur nola. Allaga shaylansa gul dudog‘laring, Mustaqil Vataning yetar kamola. O‘g‘ling elga ega bo‘lib ulg‘aysin, Qizlaring malika bo‘lib ulg‘aysin. Shoh-u gadoga ham oq sut bergan zot, Mustaqil Vatanni baxt nuri chaysin. Endi uying to‘ri o‘zniki bo‘lg‘ay. Noning butun bo‘lg‘ay, o‘zlig‘ing bo‘lg‘ay! Endi og‘zingdagin oldirma, xalqim, Mustaqillik yorug‘ yuzliging bo‘lg‘ay! Ko‘zing qaro sening, qoshlaring qaro, Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq. Qo‘lingdagi ta’na toshlaring qaro, Menga g‘amgin boqib turishlaring oq. Unutishing – qaro, hijroning qaro, Sog‘inching oppoqdir, xatlaring – oppoq. Qarodir yurganing o‘ch-mehr aro, Menga tashlab ketgan dardlaring – oppoq. Shommi yo saharmi – vaqtimdir qaro, Sen deb to‘kayotgan yoshlarim oppoq. Sening ham, mening ham baxtimdir qaro, O‘ttiz to‘rt yoshingda sochlaring oppoq. Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir, Oq-qaro bo‘yoqlar bizning bog‘larda... Men million bo‘yoqni bilardim, axir, Ikkimiz baxtiyor bo‘lgan chog‘larda. «Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim» Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim, Sen chekkan g‘am, hasratda kuydim. Suydim sening Oqdaryongni ham, Hamda Qoradaryongni suydim, Ey, qalbimning onasi, Vatan! Sen bobolar bitgan baytdirsan, Muhabbatim qo‘shib ayturman. O‘tmishingga yo‘l solib goho, Kelajaging bilib qayturman, Ey, qalbimning onasi, Vatan! Sen o‘tgan yo‘l — yuragim yo‘li, Iztirob yoshlari cho‘kkan yo‘l. Bobolarim jasoratiga Guvoh — alvon qonga cho‘mgan yo‘l, Ey, qalbimning onasi, Vatan! Bu yo‘llardan borurman, qadim Bitiktoshlar chiqar qoshimga. Ular so‘zin ko‘chiraman jim Yuragimning bujur toshiga, Ey, dardimga darmonim, Vatan! Isming aytib chiqar kurtaklar, Isming aytib chiqadi quyosh. Isming aytar jangchi yuraklar Kurash chog‘i tugasa bardosh, Ey, qalbimning onasi Vatan! Bolakaylar qog‘ozdan yasab Oqizgan kemachalarday, So‘lim tonglar, ol tonglar yasan Oqib chiqar kechalaringdan. Sen umrimning tongisan, Vatan! Men ko‘ksingga boshimni qo‘ydim, Sen chekkan dard, hasratda kuydim. Suydim sening Oqdaryongni ham, Hamda Qoradaryongni suydim, Ey, qalbimning onasi, Vatan! Shamollarning shokilasi daraxtlarning bo‘ynidadir, Tog‘lar toshin dil izhori irmoqlarning o‘ynidadir, Oshiq bulbul sir, xandasi g‘unchalarning qo‘ynidadir, Aytar so‘zim suvratini, Momo yerim, o‘zing berding. Maysalaring shivirlashdi, tizlar cho‘kdim, quloq berdim, Bilmay bosib chumolini, gunohimga so‘roq berdim, Vatan ne deb so‘rganlarga bir kaftgina tuproq berdim, Menga Vatan siyratini, Momo yerim, o‘zing berding. Turnalarning tumorlari yaratganning o‘zidadir, Kimki poklik axtaribdur – halol topgan tuzidadir, Gar gunohi, savobi bor bandasining izidadir, Pokdomonlik jur’atini, Momo yerim, o‘zing berding. Quyosh ko‘kda sen deb yashar, oy boshingda o‘rgiladi, Ko‘rdim har tun ming-ming yulduz etagingga nur eladi, Chimdimgina loying bilan qaldirg‘och beshik beladi, Bu dunyoning hayratini, Momo yerim, o‘zing berding. Senda ungan har bir giyoh Yaratganga sano aytar, Ko‘kka yetgan teraklar ham kuni bitsa senga qaytar, Muhammadga ummat Mahmud kafti kuyib duo aylar, Oshiqlikning qudratini, Momo yerim, o‘zing berding. Dil porasi, ko‘z qorasi sen o‘zingdirsan, Mening ko‘nglim sen, aslida, sen ko‘zimdirsan. Tomirimda tomir yoygan ilk so‘zimdirsan, Ilk og‘rig‘im, ilk yomg‘irim, naysonim, Vatan. Qir ustida yonboshlagan bobom chaylasi Bu dunyoda kimlarningdir orzu-havasi. Dimog‘imda — yulduz isi, shabnamlar isi, Momom ekib ketgan kashnich, rayhonim, Vatan. Quloq solsam shivirlagay hatto toshlaring, Oy-u quyosh, kamalaklar ko‘z-u qoshlaring. Beshigimni tebratgandir qaldirg‘ochlaring, Oy-u quyosh ko‘rpa solgan ayvonim, Vatan. Bo‘ronlari tulporlarga tunlar yol bo‘lgan, Bir o‘g‘loni chinor, biri majnuntol bo‘lgan. Temurlari ot minganda jahon lol bo‘lgan, Jahonlarga timsol shoh-u sultonim, Vatan. Valilardan ibrat so‘ylar qadim sahrolar, So‘ndi qancha saltanatlar, qancha tug‘rolar. Maqbaralar aytsin lekin, aytsin Zuhrolar: Yer ostidan suhbat aylar hanuz Kubrolar, Termiziylar bedor yotgan qo‘rg‘onim, Vatan. Ne tong edi — izg‘irinlar zahrini totding, Dasturxonda muztar qoldi qand-u naboting. Shahidlaring nomlaridir har bir raboting, Abadiy yod erur asli adabiyoting, Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim, Vatan. Gard qo‘nmasin toki sening kipriklaringga, Kipriklarim kiprik qilay ko‘priklaringga. Malham bo‘lmoq uchun asriy og‘riqlaringga Bulutlaring suzib yurar ko‘k, qirlaringga, Uyg‘oq ruhlar osmonida posbonim, Vatan. Naqshlaring qutuldilar kishan-bandlardan, Xatlar oldim yuragimga Naqshbandlardan, Afrosiyob bilan tengdosh kuy, ohanglardan. She’rlarimga ranglar oldim Samarqandlardan, Gohi moviy, gohi zangor dostonim, Vatan. Ulug‘laring xokini men yuzlarga surtay, Dilimdagi eng muqaddas so‘zlarga surtay, Onamdayin aziz non-u tuzlarga surtay. Ozod bo‘lgan oyatlaring ko‘zlarga surtay, O‘z yurtiga qaytib kelgan Qur’onim, Vatan. Men dunyoni ne deb aytay? Bu bir ko‘hna bog‘, O‘z bilganin sayrar bunda har qumri, har zog‘. Aslo sening bag‘irlaring ko‘rmayin men dog‘, Yulduzlarga osmon bo‘lgan, ey nurli tuproq. Osmonlari yer-u, yeri osmonim, Vatan. So‘qmog‘ingda men bir epkin yo bir nasimman, Yaproq sening, xas bo‘lsam gar sening xasingman. Jayronlaring ko‘zlarida qolar so‘zingman, Mening borim sen bilandir, yo‘g‘im sen bilan, Katta yo‘lga chiqqan ulug‘ karvonim, Vatan. Manglayga kaft qo‘yib olisga boqsam, Edildan ko‘rinar bo‘ylaring, o‘zbek. Tush kabi jimirlab ming yil oqsa ham, Noming aytar Enasoylaring, o‘zbek. Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli, Kimningdir kamoli, kimning zavoli. Sargashta kun ko‘rding ohu misoli, Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek. Dili qonga to‘lib, ko‘zlari – yoshga, Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga: «Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa...» Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek. Bir zamon olovni iloh bilgan el, Quyoshga qarashni gunoh bilgan el. Har bir bosqinchini qo‘noq bilgan el, Yovga so‘qmoq bo‘lgan ko‘ylaring, o‘zbek. Ismingni ayirib kechdi asrlar, Xonlikni beklikka bo‘lgan ne sirlar? Kentlarga sochilgan o‘rda, qasrlar... Qumdan qorilganmi loylaring, o‘zbek. Dil qo‘zg‘alsa, elni to‘xtatib bo‘lmas, Sel qo‘zg‘alsa, gilni to‘xtatib bo‘lmas, Zanjir uzgan qulni to‘xtatib bo‘lmas, Tig‘ bo‘ldi har bitta mo‘ylaring, o‘zbek. Bo‘yningdan ketgan yo‘q hali dor izi, Qo‘y, qora kunlarning o‘chsin qorasi! Sen borsan – Temurning ulug‘ vorisi, Osmoningga qaytdi oylaring, o‘zbek. Katta qishloq ekan Parij, London, Rim, Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim. Dunyo go‘zali – sen, qadoqqo‘l singlim, Go‘zaldir o‘ngigan ko‘ylaging, o‘zbek. Haftalab yo‘l qarab sarg‘aymas Kumush, Tog‘ni talqon qildi bobomeros musht, Tin oldi davonga boqib Alpomish, Tog‘larni qo‘pordi yoylaring, o‘zbek. Qo‘lingni ko‘zimga suray, otajon, Yoningda ul bo‘lib yuray, otajon, Yaxshi kunlaringni ko‘ray, otajon, Sovimasin qo‘lda choylaring, o‘zbek. Onajon, havoli bog‘lar muborak, Handalak band bergan chog‘lar muborak, Kelin yuzidagi dog‘lar muborak, Bug‘doylarga to‘lsin uylaring, o‘zbek. Sumbula – to‘kinlik, to‘ylar mavsumi, Bir qo‘zg‘alib olar bog‘bonning xumi. Asli, bir satrdir she’rim mazmuni: To‘ylarga ulansin to‘ylaring, o‘zbek! Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nasriy asarlar o‘z ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy jihatdan tasvir imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Nasriy asar uchun har qanday hodisani u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar – badiiy tasvir vositalari, obrazli tafakkur, insonning barcha ruhiy kechinmalari e’tiboriga ko‘ra aks ettirish muhim sanaladi. Epik ko‘lamdor roman yoki qissalarni o‘qib, ma’lum bir davrning ijtimoiy-tarixiy hayoti, insonlarning turmush tarzi, o‘y-kechinmalari, ishq-muhabbatdek bebaho his-tuyg‘ularini tasavvur qilish mumkin. Ayni damda badiiy asar o‘z muallifining dunyoqarashi, iste’dodi, shaxsiyatining kimligidan ham darak beradi. Abdulla Qodiriy: «Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida, asosan, o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi», deb juda o‘rinli fikrni yozgan edi. Mustaqillik davri o‘zbek nasri tarkibidagi ayrim namunalar bilan muhtaram o‘quvchilar quyi sinflarning «Adabiyot» darsliklari orqali tanishgan edi. Ammo uni yaxlit tasavvur qilish uchun bugungacha davom etayotgan adabiy jarayondan ham boxabar bo‘lishlari lozim. Istiqlol yillarida tarixiy va zamonaviy mavzuda romanlar, dunyo adabiyoti tajribalaridan o‘rgangan holda yaxshi qissa va hikoyalar yozildi. Hech shubhasiz, bu davrda yangicha yo‘nalishlar, adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan yosh adiblarning yangi nomlari paydo bo‘ldi; inson tabiatidagi ziddiyatlarni noan’anaviy usulda tasvirlashga e’tibor kuchaydi; insonning sirli dunyosini badiiy tadqiq qilish jihatidan o‘zbek nasri yuksaldi. Eng yaxshi asarlarda jahon adabiyotining tasvir tamoyillari bilan o‘zbekona milliy tafakkur uyg‘unlashdi. Ijod – murakkab ruhiy-ijtimoiy hodisa. Adiblar o‘z shuurida pishib yurgan asarlarni qog‘ozga tushirishga ba’zida ijtimoiy-siyosiy muhitdagi erksizlik tufayli imkon topa olmasliklari ham mumkin. Sho‘ro zamonida ijod erkinligining cheklab qo‘yilishi bunga misol bo‘ladi. Biroq istiqlol iste’dodli yozuvchilarga qalbida uzoq saqlanib kelgan mavzularning badiiy talqini uchun imkon berdi. Xususan, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev kabi adiblar istiqlol yillarida mustabid tuzum davrida yaralangan qalbida qolib ketgan voqealarni «Sarob», «Qorako‘z majnun», «Oftob oyim», «Muzqaymoq», «Bandi burgut» kabi asarlarida bayon qildi. Aziz o‘quvchilar, bu hikoyalarning ayrimlarini o‘qigan bo‘lishingiz mumkin. Mustaqillik davri o‘zbek nasrida insoniy qadriyatlarni e’zozlash, milliy urf-odatlarni qadrlash, mashhur tarixiy shaxslar hayotini badiiy talqin etish, zamon qahramoniga munosib obrazlarni tasvirlash kabi tamoyillar yetakchilik qiladi. Badiiy asar qayta va qayta murojaat qilinadigan adabiy manba bo‘lishi uchun serqatlam ma’no va o‘ziga xos ramzlar tilini talab etadi. Shunda adabiyot to‘g‘risidagi oddiy, jo‘n va sodda tasavvurlar yangicha nazariy qarashlar bilan boyib boradi. Badiiy asar ma’lum bir zamonda muayyan ijodkor tomonidan yoziladi. Biroq u hamma davrlarda yashayotgan insonlar tabiatiga mos kelishi, o‘y-kechinmalariga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Keyingi yillarda o‘zbek adabiyotining nasr yo‘lida shunday badiiy puxta asarlarning yozilayotgani quvonarlidir. Xususan, tasvirlar suvratdan siyratga, oddiy ma’lumotdan inson kechinmalariga – obrazli qilib aytganda irmoqdan ummonga ulanayotgandek taassurot qoldiradi. O‘z asarlarida ezgulik va qabohatning mangu kurashini, inson qalbidagi cho‘ng iztirob va surur chizgilarini yonma-yon taqdim etayotgan iste’dod egalari, imkoni boricha, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotini dunyoga olib chiqish, zamonaviy o‘zbek nasrini jahon adabiyotining durdonalari qatoriga qo‘shish orzusida ijod qilmoqda. Istiqlol davri nasrida o‘tgan asrdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning, mash’um sho‘rolar siyosati davridagi ziddiyatlarni, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashning o‘ziga xos talqinlari ham maydonga keldi. O‘tgan asrdagi insoniyatni larzaga solgan mudhish hodisalardan biri – bu Ikkinchi jahon urushi. Ayni paytda, afg‘on urushi xunrezliklari to‘g‘risidagi mavzu ham adiblar nazaridan chetda qolgani yo‘q. Afg‘on urushi mavzusida kichik hikoyalar, e’tiborli qissalar yozildi; hujjatli-publitsistik asarlar bitildi; yirik hajmli romanlar ham shu mavzuga bag‘ishlandi. Mustaqillik davri nasrida inson va tabiat masalasi adiblar tomonidan ko‘p qalamga olindi. Zero, tabiat og‘ushidagi minglab, millionlab xilqatlarning o‘z fazilati, fitrati, xususiyati bor. Inson esa ular ichida eng go‘zal, eng mukarram, barchasi ichra gultoj sanaladi. Inson tabiatiga xos qandaydir fazilat yoki qusurlarni yozuvchilar o‘z asarlarida hayvonot olami tili bilan ham bayon qiladi. Ot va inson munosabatlari to‘g‘risida maxsus asarlar bitildi. Bularning barchasidan maqsad – inson. Hayvonlarning insoniy fazilatlari ko‘rsatilgan asarlarda odamlarning hayvondek tubanlashgan vaziyatlari namoyon bo‘ladi. Istiqlol yillarida turli ovozga mansub adiblarning o‘nlab kitoblari nashrdan chiqdi. Ularning ayrimlari roman, boshqalari qissa va hikoyalardan tarkib topgan. To‘g‘risi, mustaqillik davri o‘zbek nasrini tugal tasavvur qilish uchun iste’dodli yozuvchilarning asarlaridan namunalar topib o‘qish zarur. Bu asarlar Sizga ma’naviy ozuqa beradi hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishda ko‘maklashadi, albatta. Zamona arg‘umog‘i poygada yutib chiqishga otlangan uchqur samanday shiddat bilan olg‘a chopadi. Faqat uning samandan farqi bor: samanni chavandoz boshqaradi, bu arg‘umoqning esa chavandozi, egar-yugani yo‘q, yaydoq, bir o‘zi, boshi og‘gan tomonga chopadi, oyog‘i tashlangan yerga tushadi. U birovni mindirish u yoqda tursin, yoniga ham yo‘latmaydi, har qanday saman horib-toladi, arg‘umoq esa ne-ne asrlar, yillar o‘tibdirki, charchash nimaligini bilmaydi, to‘xtamasdan yelgani yelgan... Uni «Vaqt» deb atardilar. Sohibqiron o‘zini ana shu purqudrat Vaqt bilan bahs boylashishga qodir deb hisoblar, uning bilan birga chopishga tirishar, ortda qoldirib ketishni o‘ylardi. Chindan ham, u Vaqtdan o‘zg‘irlik qilganday edi: keyingi to‘rt yil mobaynida baland Hindikush tog‘idan oshib o‘tib Hindistonni fath ayladi... Qo‘shinlarni Oqshahar tomonga yuborishga farmon qilgandan keyin Amir Temur xushmanzara Egridir ko‘li sohilida biroz istirohat etmoqchi bo‘ldi. Serdaraxt joylar unga yoqib qoldi. Shimolga qarab yoyilgan zilol suvli ko‘l xoriqulodda1 fayzli va go‘zal edi. Darhol shohchodir tikdilar, ipak ko‘rpachalar tashlangan shohona so‘rini shundoqqina ko‘lning bo‘yiga olib tushdilar. Kunbotish tomonda, sohildan ichkariroqda kichik malika To‘kal xonimning, ikki yonda esa kanizaklarning saropardalari joylashdi. Yigirma ikki yoshli kichik malika har kuni uyqudan turganlarida kanizakdan suv to‘la oltin obdastani olib o‘zi Sohibqiron qo‘llariga quyib beradi. Odatda, Sohibqiron saharlarda so‘rida parqu bolishga yonboshlagancha, tong otishini kuzatardi. Oldindagi yastanib yotgan tiniqlashib borayotgan poyonsiz shaffof ko‘lga boqarkan, Sohibqironning bahri-dili ochilar, baxmalrang suvlarning yoqimli rangi xiralasha boshlagan ko‘zlariga quvvat bag‘ishlardi. Kunchiqish tomonga qarab cho‘zilgan, ko‘lga chiroyli yoqaday yarashgan, atrofiga gullar ekilgan, eni uch qadamlik shinam uzun yo‘lkada kezish unga rohat bo‘lib ko‘rinadi... Muhammad Churog‘a dodxoh yiroqdan sayr-u tomosha ixtiyor etgan Amir Temurning allaqachon saropardadan chiqib, ellik qadamlar narida sohilda ohista kezib yurganini ko‘rdi. Boshida murassa toj, egnida zarbof to‘n, belida oltin kamar yaraqlardi. Sohibqiron og‘irligini bir oyog‘idan ikkinchi oyog‘iga tashlab qadam bosar, dodxoh nazarida, bu odam bir paytlardagi baland bo‘yli, chorpahil, oyoq-qo‘llari uzun pahlavonkelbat Temurbek emas, yillar zalvoridan yelkalari biroz chiqqan, sezilar-sezilmas cho‘kkan ko‘pdan buyon saltanat yukini yelkasiga dadil ortmoqlagan kadxudo, mo‘ysafidlik shartlarini inkor etishga qodirman, Vaqtni yengib bo‘lmasa-da, uni ham tiz cho‘ktira olaman, deb urinayotgan Amir Temur edi. Muhammad Churog‘a dodxohning dili orziqdi. Eh-he, mana shu ro‘baro‘dagi odamning joni, chindan ham, temirdan ekan! Urush degan baloyi ofatning turgan-bitgani besaranjomlik, vayronagarchilik, qirg‘in, jang, dod-voy, faryod, suron-u g‘alayondan iborat. Dodxoh bundoq qarasa, Sohibqironning yigirma yilga yaqin umri shiddatli safarlarda kechibdi... Ha, borgan joylarida «Turon tursa, bo‘ron bo‘ladi!» maqolini taomilga kiritib keldilar. Bundoq jahongirlikni hali olam ko‘rmagan. Safarda, janglarda aslo halovat yo‘q, hamisha jon-ruh azobda, ko‘ngillar iztirobda, askardan to podshogacha barchasida it yotish, mirza turish holati yuz beradi. Sohibqiron bu qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga chidaydi, yo‘q, u ana shu mashaqqatlar uchungina tug‘ilganday... Biron yerda yozg‘irib, noliganini eshitmaysiz. Urushning beti qursin, deydi, faqat urushning oldini olaman degan sari urush chiqib kelaverganiga, uni tugata olmaganiga yoqa tutib qoladi... Dodxoh Sohibqironning nima maqsadda chorlaganlari vajini o‘zicha tusmollashga urinardi: «Amir Sohibqiron Rum taqdiri haqida so‘zlashmoqchilar, nazarimda. Katta-kichik qal’alarni olish demasa, Rumda janglar deyarli to‘xtadi. Agar shu haqda so‘z ochilsa, uning ajoyib taklifi bor...» Sohibqiron yo‘lkadan burilgan dodxohni ko‘rib ortiga qaytdi. So‘riga borib o‘ltirdilar. Rum qaysari betob bo‘libdur, – dedi Amir Temur. Afsus... Xiyla darmonsiz ermish. Darhol tabiblar yubortirdim. Yaxshi taomlar, doru darmonlar buyurtirdum. Ha, iztiroblar uni tinch qo‘ymaydir, Amir Sohibqiron. Mamat, undan xabar olib turibsenmu? Hamisha boxabarman, Amir Sohibqiron. Ne dard ilashg‘on erkan? Tabiblar ne deydir? Zayyiqi nafas va xunok marazi birlan og‘ribdur. Zo‘riqish kuchli, nafasi qisar emish. Amir Temur o‘ylanib qoldi, keyin: Xudo shifo bersun – dedi. Yildirim Boyazid butun Rum boyliklarini jamuljam etmish edi. Qaramon shahzodasi amir Muhammad esa o‘n ikki yil Bursada zindon azobini tortibdur. Ozod etib, Qaramonni o‘ziga in’om qildum. Hm-m... Sulaymon Chalabiyga Edirnani tobshurdim... Qandoq bo‘larkin... O‘zimizda chaqmoqdek shahzodalar ko‘p... Sohibqiron dodxohga qarab jilmaydi: Mulk yetmay qoladur degan tashvishdasen-da, Mamat. Mulk... mulk... Muhammad Churog‘a dodxoh dilidagini aytib yuboray dedi-yu, hali fursat yetmaganini bilib tiyildi, boshqa hech narsa demadi. Sohibqironning bugun qandaydir qulfi-dili ochilay deb turibdi, shekilli, qani, kutsin-chi. Dodxoh ko‘pdan, Rum yurti parchalab yuborilmay, yaxlit holida saqlanib, amirzoda Xalil Sultonga tobshirilishi lozim, degan fikrni ko‘ngliga tugib yurardi. Ammo buni hech kimga aytmagan. Rostdan ham, Turonda shahzoda Muhammad Sulton, Xurosonda Shohrux Mirzo, Rumda Xalil Sultonlar bu ulug‘ saltanatning uch purviqor ustunlariday Amir Sohibqiron qanotida tursalar, uzoq yillar mamlakat dorilomon-u el-ulus farog‘atda yashaydi. Amir Temur ko‘l tomondan ko‘zini oldi. Mulk... – dedi yana Amir Temur. Mulk Ollohnikidur. Lekin uni boshqarish, obod etish biz bandalarga tobshurilg‘on... O‘n besh yoshlarda ekanimda padari buzrukvorim Tarag‘ay bahodirning – unga parvardigor o‘z jannatini ato etsun – gapirg‘onlari esimda: «Bobolardan eshitg‘onmen, bobolarim bobolaridan eshitg‘on ekanlar. Bu hikmatlar Buyuk Turk xoqonligini boshqarg‘on Bumin xoqon, Istami xoqon zamonlaridan nasldan naslga o‘tib keladur, o‘g‘lim, – degandilar ul zot. Ajdodlarimiz ulug‘larining parokanda yurtni ko‘rib, aytg‘on ushmundoq fig‘onli so‘zlarini hamisha yodingda tutg‘il: «Jabrdiyda turk bek bo‘ladurg‘on o‘g‘il bolasi bilan dushmanga qul bo‘ldi, suluv qiz bolasi bilan cho‘ri bo‘ldi... Davlatli xalq eding, davlating qani? Xoqonli xalq eding, xoqoning qani? Tepangda turk osmoni, pastda turk yeri bo‘lsa...» Padari buzrukvorim o‘sha paytlarda Turon zaminida yuz berayotg‘on boshboshdoqliklardan, har shahr-u qasabada bir hokim ekanidan, birlashish yo‘qligidan dillari ozor chekib o‘ksinardilar, «Mana bu bechora xalqning qornini kim to‘yg‘izadi?..» – deb tashvish chekardilar. Ko‘rdingmu, Mamat? Davlatli xalq ekanmiz! Xoqonli xalq ekanmiz! Kichikligimdan otamning o‘sha alamli so‘zlari ko‘nglimga o‘rnashdi, o‘sha davlatni barpo etishni niyat qildim... Muhammad Churog‘a dodxoh davlat borasidagi bunday so‘zlarni ilk bor eshitmoqda edi. Sohibqiron hech qachon bu haqda, uni qurdim, buni tuzdim, deb og‘iz ochganmas. Maqtanishni aslo yoqtirmaydi. Chindan-da, bu qiziq. Nechog‘liq farovon so‘zlar! Demak, davlat tuzish fikri rahmatli ulug‘ bobomiz Tarag‘ay bahodir janoblariga tegishli ekan-da? Yana nimalar deganlar ul tabarruk zot? Aytg‘onlari ko‘p: «Davlat tuzgil, chunki davlat elni tutguvchi, qo‘riqchi, millatning soqchisi, tuproqning egasi ekanini unutmagil! Avomunnos el1, miskin holidin hamisha xabar olg‘il, xalqning tomog‘ini to‘q tutgil!» – derdilar. «Faqat mol-mulkka bog‘lanib qolma!» – deb uqtirardilar. «Yuqoridagi ko‘z ochib ko‘rganing ko‘k osmonga, pastdagi ilk qadam qo‘yg‘oning qo‘ng‘ir yerga hamisha sadoqatli bo‘l!» – deb tayinlardilar padari buzrukvorim... Amir Temur yana ko‘l uzra olis-olislarga tikildi. Sohilga yaqin yerda ko‘l tepasida bir gala qush g‘ujg‘on o‘ynashib, goh u tomonga, goh bu tomonga xuddi katta to‘p yumalaganday uchishar, bir-biridan ajralishmas, goh yiroqqa ketishar, ko‘p o‘tmay chug‘urlashgancha ortga qaytishardi. O‘sha nasihatlarni kechagina eshitg‘ondaymen. Ularni bir lahza ham yodimdan chiqarg‘onim yo‘q. Ajab, qarasam, hash-pash deguncha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassallam yoshidan ham o‘tib, oltmish sakkiz yoshga qadam qo‘yib turg‘on ekanmen. Saltanat masnadig‘a o‘ltirdim-u, rohat-farog‘at to‘shagida uxlashdan voz kechdim, tun uxlamadim, kunduz o‘ltirmadim. O‘n ikki yoshimdan jahongashtalik qismatim bo‘ldi, ranj-u mehnatlar tortdim. Har xil tadbirlar qo‘lladim, g‘anim favjlarini sindirdim. Amirlar va askarlarning isyonlarini bostirdim, ulardan achchiq so‘zlar ham eshitdim. Lekin sabr-u bardosh etagini tutdim, o‘zimni bilib bilmag‘onga, ko‘rib ko‘rmag‘onga soldim. Bari bilan murosaga bordim, ularni tinchitdim. Boshlarini biriktirdim. Parokanda mingquroq yurtni birlashtirib, unga «Vatan» deb ot qo‘ydim. O‘layotg‘on xalqni tiriltirib tarbiyat etdim, yalang‘och xalqni kiyimlik qildim, kambag‘alni boyga aylantirdim, oz xalqni ko‘paytirdim. Qilich ko‘tarib jang maydoniga otildim, olamni qilich zarbi birla oldim, dunyoda nom chiqardim. Jahongirlik rutbasig‘a ega bo‘ldim. Turon davlatini barpo ayladim!.. Amir Temur biroz tin oldi. Muhammad Churog‘a dodxohning dilidan esa shunday so‘zlar kechdi: «Bu davlatda hozir yosh bolaning boshiga bir laganda o‘n tilla qo‘ysa, u Sultoniyadan Samarqandgacha borsa, bir tilla kamaymaydur! Barchasiga o‘zim shohidman. Ha, Amir Sohibqiron adolatni mahkam tutdi. Zero, «Kuch – adolatda» so‘zlari uzugining ko‘zida porlab turibdur. Adolatga xiyonat qilmadi, bu borada, Xudo shohid, hatto o‘z farzandlarini ham ayagani yo‘q. Parvardigori olam mundoq davlat ato etdikim, beadad shukr, Yer yuzi podshohlarini mute’ qildi, tizzasi borni cho‘kkalatdi. Haqning unga yuklagan vazifasini ado etmak maqsudi bo‘ldi, Olloh bergan umrni tug‘ilgan yurti Turon dovrug‘ini olamga yoyishga baxshida etdi. Dunyo bir uzuk esa, Samarqand – firdavsmonand dor us-saltanani uning yoqut ko‘ziga aylantirdi...» So‘zlaringiz rostdur, jonim sizga Qurvon, Amir Sohibqiron! Ularni ko‘z qorachug‘i bilan ko‘zlarimiz oqiga yozsak arziydi! Barini jumlayi jahon ko‘rib turibdur! – dedi dodxoh Amir Temurda baland so‘z havosi paydo bo‘lganini payqab. U ko‘pdan bunday holni kuzatmagandi. Sohibqiron o‘z o‘tgan umrini eslaganidan mamnun-u masrur odamday favqulodda hayajon-u tug‘yonga chulg‘angandi: Xalloqi bezavolga sallamno! Mamat! Har lahzada ulug‘ bobolar ruhini sezamen, ular madadidan kuch olamen! Bari elimning baland osmonida parvoz etib yuribdur. Barini qalbim ko‘zi birlan ko‘rib turamen! Kimki ularni yurak-yuragidan his etsa, o‘sha shu tuproqning fidoyi o‘g‘lidur, Turon elining asl farzandidur! Ilohi, bari bizga madadkor bo‘lsun! Bukun Eron-u Turonda, jumlayi jahonda bizga muxolifat tug‘ini ko‘targuvchi kuch yo‘qdur. Bor sa’y-harakatim, shariat-u millat ravnaq topsun, din-u davlat dasti falaklarga yetsun, deyman. Tangri taolodan umidim shulkim, agarchi gunohim ko‘b turur, ammo bir jihatdin menga rahmat degaykim, zolimlarning qo‘llarini mazlumlardin qisqa qilibdurmen. Va qo‘ymadimkim, mening davrimda zo‘ravondin zaif ozor yegay! Zero, olamni adl-u ehson bila obod etibdurmen! Amir Temur biroz to‘xtab nafas rostladi. Ha... yodimga tushdi. Yaqinda Eron imomlarining ulug‘lari-yu Turon sohib ixtiyorlari, Shomning nomdor ulamolari-yu Iroqning dongdor fuzalolari, dars-u fatvo as’hoblari-yu zuhd-u taqvo arboblari – barchasini bir majlisda jam etdim. Ko‘pdan o‘ylab yurg‘on niyatimni amalga oshirdim. Barchasiga dedim: «O‘tgan asrlarda ulamolar hukmdorlarga ezgulik va adolat bobida yo‘l-yo‘riqlar aytib, yaxshi-yaxshi kengashlar berg‘onlar, nomunosib harakatni man etg‘onlar. Sizlar nega hech irshod qilmaydursizlar va bajarishim vojib-u lozim yumushlarni menga aytmaydursizlar?» Turonlik bir ulamo dedi: «Tangriga sanolarki, Sohibqiron hazratlarining o‘zlari hammamizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadurlar, bizlarga o‘xshagan o‘zi shunday so‘zga muhtojlar nasihatlariga aslo ehtiyojlari yo‘qdur». Darhol unga e’tiroz bildirdim: «Sha’nimga tahsinlar aytishingiz, mizojimga muvofiq xushomad so‘zlar nisor aylashingiz menga xush kelmaydur. Yaratgan Egam bizga shundog‘ shavkat-u ulug‘lik ato etdiki, u har xil takalluflarga ehtiyojmand emasdur. Bas, hech nimani yashirmay, ko‘nglingizdagilarni ro‘y-rost aytingizlar». Shundan so‘ng barchasi dillarini ochib, mamlakat ahvolidan ko‘rgan-bilganlarini so‘zladilar... Ofarin, Amir Sohibqiron! So‘ng buyurdim: bir guruh diyonatli va nomdor ulamolardan tanlab, ularning har birini devoni a’lo tarafidin mamlakatning turli puchmoqlariga nomzod qilsunlar, toki ular tayin etilg‘on tomonga jo‘nab, saltanat ishlarining tagiga yetsunlar, dorug‘a va devondin nimakim voqe’ bo‘lubdur, menga sharh etsunlar. Agar bironta mazlum kasga zulm yetsa yoki biron ojiz-u nochorga zo‘ravonlik etilg‘on ersa, zarar-u ziyon tikonini mazlumlar oyog‘idan chiqarsunlar, ko‘zdan yoshini oqizishga qo‘ymasunlar. To shu vaqtgacha jahongirlik sarhadlarida zo‘r sa’y-harakat ko‘rgizdik, endi podshohona niyat etagidin tutarmiz, himmat uldurkim, xaloyiq, ulus rafohiyat1 va farog‘atda kun kechirg‘ay, olam obodon va ma’mur bo‘lg‘ay! Ofarin, Amir Sohibqiron! – ma’qulladi dodxoh. Ofarin! Qutlug‘ niyatlariga yetsunlar, ilohi! Parvardigor Sohibqiron ko‘ngliga favqulodda ilhom nurlarini yog‘dirgan edi, Muhammad Churog‘a dodxoh hayratga tushgancha tinglashda davom etdi: Shukrkim, Alloh taolo menga farzandlar ato qildi, temuriylar sulolasi halqasida har biri o‘z maqomiga egadur. Barchasig‘a yurt ulashmak bizning vazifamiz, bo‘ynimizda turg‘on zalvarli yukdur, Mamat! Arjumand farzandimiz shahzoda Muhammad Sulton saltanat valiahdidurlar. Suyukli jigargo‘shamiz Shohrux Mirzo Xurosonda, nabiram Pir Muhammad ibn Jahongir Balx-u Qandahorda qaror topdilar. Sheroz-u Isfahonlar Pir Muhammad ibn Umarshayx, Rustam ibn Umarshayxlar tasarrufidadur. Ardoqli nabiramiz Xalil Sultonga Barda’a, Ganja tamomi Armanzamin, Gurjistonni, ularga qo‘shub Trabzonni tobshurmak niyatidadurmiz... «Oh, oh, kech qolibmen! – o‘yladi ichida dodxoh. Avvalroq aytishim lozim edi, kalovlanib yurdim, yurdim, taklifimni o‘z fursatida aytolmadim. Xudo poshsho egam, deganlar. Hali ham kech emas...» U o‘z taklifini aytish niyatida qat’iyat bilan so‘zga og‘iz ochmoqqa chog‘langandi, Sohibqiron so‘rab qoldi: Bilasenmu, nelarni o‘yladim? Ikki nabiram bor: Ulug‘bek Mirzo va Ibrohim Sulton. Ikkisi ham to‘qqiz yoshda, tilla bolalar-da! Umidim katta... Ollohning o‘zi asrasun. Ular ham o‘sib-ulg‘ayib voyaga yetadurlar, chetda qolmasunlar. Bas, Ulug‘bek Mirzog‘a Toshkand, Sayram, Ashpara va Jeta viloyatini to Xitoy sarhadigacha, Ibrohim Sultong‘a Andijon, Axsikat, Taroz, Koshg‘ar va Xo‘tanni farmon birla mulk qilib berg‘aybiz... Ko‘nglimga tugib qo‘ydim. Yana bir gapni aytay. Samarqandga qaytgach, ko‘zimning tirigida Konigilda beshta nabiramning to‘ylarini o‘tkazishni o‘ylab qo‘yg‘onmen. Saltanatning barcha puchmoqlaridan, mamlakatlardan mehmonlar chorlag‘aymiz! Muhammad Churog‘a dodxoh allanechuk bo‘ldi. Unga titrabroq aytilgan «ko‘zimning tirigida» so‘zlari g‘alati ta’sir qildi. Dodxoh Sohibqirondan avvallari bunday kalomlarni hech qachon eshitmagan. Bu nima deganlari, Amir Sohibqiron? Undog‘ demasunlar, Hazrat... Xudoning bandasidurmiz, Mamat... Hali ish ko‘p... Aytdim-qo‘ydim-da. «Gapim qayerga keluvdi?» deganday dodxohga qaradi-da, davom etdi: Ha... Abu Bakr Mirzo ibn Mironshohni esa Bag‘dod imoratig‘a yuborg‘aymiz. Mamat, Haq taolo bizni aziz etib, rub’i maskun mamlakatlari tizginini qo‘limizg‘a tutqazdi. Endi istaymenki, jahon ahli g‘azab va qahrimiz asoratlaridan aziyat chekkanlariday, saxovat va marhamatlarimizdan ham bahramand bo‘lib rohatlansunlar. Sultonlar Xudo soyasidurlar. Shu sababdan ular goho qahr-u g‘azab otashi olovida g‘animlar vujudi xashagini yondiradurlar, kulga aylantiradurlar, goho marhamat va ehson maqomida turib, fuqaro ko‘ngli shabistonini lutf-u karam charog‘i birla nurafshon etadurlar... Mana, o‘zing shohidsen, Bag‘dod ahli zafarqarin askarlarimizga muxolifatlik, dushmanlik oqibatida, isfahonliklarga o‘xshab o‘z shaharlarini ham, shirin jonlarini ham halokatga badal qildilar. Qilmishlari intiqomini ko‘rdilar. Ammo Bag‘dod islom shaharlarining onasi: ilm-u fan u yerdan jahonga yoyilg‘on, mazhablar ham o‘shal yerda dong taratg‘on. Ardoqli nabiram Abu Bakr Mirzog‘a buyurdimki, Amir Qora Yusufni daf etg‘onidan so‘ng, Bag‘dod imoratiga mashg‘ul bo‘lg‘ay, jahd ila botroq obodon etg‘ay. Qahrimiz tufayli xarobaga aylang‘on ul zaminni insof-u adolat humosiga qo‘nimgoh qilmak lozim, viloyat buzug‘ holga tushmasun, u joy vayronalarini obodlik holiga qaytarsun, toki jahon ahli qattiqqo‘llig-u g‘azab-intiqomimiz qaysi darajada, ezgu ishlarimiz-u ehsonimiz qay maqomda erkonini ko‘rib qo‘ysunlar! Zero, Turon mamlakatida mashhur mavze’larni imorat qilduk, bas, endi Eron-u Iroq, Shom-u Ozarbayjonlarda ham bizdan baqa’oti xayr binolar, podshohona osorlar, xisravona yodgorliklar boqiy qolsun! Ofarin, Hazratim! Oraga jimlik cho‘kdi. Ko‘l tepasida endi qaydandir tag‘in bir gala qush paydo bo‘lgan, lekin to‘pga qo‘shilmas, o‘zlaricha gurillashib parvoz qilishar, chug‘ur-chug‘urlari baralla eshitilib turardi. Birdan hammasi shimol yoqqa uchib ketdi. Xiyla hayallagan qushlar birozdan keyin qaytib, yana jimib qolgan osmon qatini to‘ldirdi, Sohibqironning ko‘ngli yorishdi. Mamat! Inshoolloh, dorilomonliq zamonlari yetishmakda! Ollohga shukr! – davom etdi Amir Temur qushlardan ko‘z uzib. Xitoy safaridan qaytgach, taxtni valiahd shahzodaga tobshursam, o‘zim jinday oyoqni uzatib rohat-farog‘atda umr kechirsam deyman... Xohlag‘on vaqtimda Toshkandga borsam, xohlag‘on vaqtimda Keshg‘a otlansam, Buxorog‘a, Termizg‘a, Andijong‘a, Xorazmg‘a yo‘l tutsam... Men ham bir odamday do‘st-u yoronlar bilan ulfatchilik qilsam, Sirdaryoning bo‘ylarida yalangoyoq kezsam, yurtimda emin-erkin yursam, yotsam, uxlasam... Ko‘nglimda o‘zlariga xuddi shuni tilar edim, oh, oh! Dilimdagini so‘zladilar! Ilohi, baraka topsunlar, Amir Sohibqiron! – jilmaydi dodxoh. Axir ulug‘ yoshga yetmakdalar. Bibixonim janobi oliyalari ham shunday orzudalar... Hazratim endi orom olib, ulug‘ saltanat rohat-farog‘atini ko‘rsunlar, o‘z emgaklarining mevalaridan totsunlar, tokaygacha ot yo‘rttirib, tog‘ oshib, cho‘l kezib, mashaqqatlar girdobig‘a o‘zlarini otib yuradurlar? Jonlari nechta?.. Yurt tashvishlarini esa zakiy va dono chaqmoqtabiat shahzoda o‘g‘limiz Muhammad Sultonning qudratli yelkalariga ortsunlar, deydilar... Shundog‘ fikrlarga boramen-u, o‘ylanib qolamen: payt kelib, bizlar boqiy dunyoga rihlat qilgach, ahvol ne kechguvsi? Odatda, har bir saltanat tabiatida parchalanishga ichki moyillik bo‘ladur, sal himo berilsa, ko‘rinishidan qal’aday mustahkam tuyulg‘on har qanday saltanat ham birpasda chok-chokidan so‘kilib, parokandalikka yuz tutmog‘i oson. Xudo saqlasun! Tunlar uxlamay, kunduz o‘ltirmay barpo etg‘on davlatim taqdiri qandoq kechadir, deb o‘ylab chiqamen. Farzandlar shunchalar zahmat chekib, uqubatlar tortib tiklag‘on ulug‘ saltanatning, bobosining qadriga yetarmu ekanlar, yo‘qmi? Yoki... taxt talashishlar, o‘zaro nizolar botqog‘iga botib, or-nomusni unutib jahonga afsona bo‘ladirlarmu? Mana, O‘rusxon-u To‘xtamishxon bir-biri bilan savash qurdilar, o‘rtada Oltin O‘rda davlatiga zavol yetdi-ku. Eronda Muzaffariylar ham shundog‘ patarat topdi. Haligina ko‘tarinki bir kayfiyatda o‘ltirgan Sohibqiron dodxohga qandaydir xomush tortib qolganday tuyuldi. Samarqandga qaytgach, qurultoy o‘tkazurmen, unda barcha yurt olg‘on farzandlarimg‘a shundog‘ demakni o‘ylab qo‘ydum: «Har biringiz ittifoq bila o‘z ishingizg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aysiz. Raoyo va fuqaro-yu miskin holatidin g‘ofil qolmag‘aysiz. Va qilichning sopini mahkam tutg‘aysiz, ki olam buzulmag‘ay va musulmonlarg‘a zahmat yetmag‘ay. Umidim ulkim, necha yilliq sa’y-mehnatim zoye ketmag‘ay!..» Aytsunlar, Amir Sohibqiron, aytsunlar! – hapriqdi Muhammad Churog‘a dodxoh, muloqotning bunday tantanavor boshlanib, ma’yus ohangga chulg‘anib borayotganidan hayratda. Sa’y-mehnatlari aslo zoye ketmagay! O‘h-ho‘, qanday aqlli farzandlaringiz bor! Shohrux Mirzo, Xalil Sulton, Abu Bakr Mirzo, Umar Mirzo... Ulug‘bek Mirzo... Ammo baxtimiz dastavval jahon amirzodasi, saltanat chamanining ardoqli guli, zamona bahodiri, aqlli va pahlavon valiahd shahzoda Muhammad Sultondadur! Bosgan qadamidan yer titraydi, tog‘lar sado beradi! Aytgan so‘zidan ko‘ngillar obod, farishtalar mamnun! Uni Ashparaga yuborganingiz, Samarqandni ishonib topshirganingiz, mana endi Hulokuxon taxtini in’om etganingiz, ayniqsa, Rum fathi uning nomiga bitilgani nur ustiga a’lo nur bo‘ldi... Ilohi, aytg‘oning kelsun! Sohibqironning chehrasi biroz ochildi. Valiahd shahzoda nomi aytilganda hamisha uning ko‘ngli yashnab ketardi. Eronda edi, shekilli, qaysidir shaharda bir nokasning unga pichoq urganini eshitganda, to shahzodaning to‘rt muchasi sog‘ ekani haqida aniq xabar olmaguncha, ko‘z ko‘zga tushmaguncha o‘zini qayerga qo‘yarini bilmagandi. Bir kuni bahor, navro‘z kirg‘on pallalar edi, Mamat, Misr qishlog‘i yonidagi Bog‘i Davlatobodg‘a borayotg‘ondim. Qishloqqa kirishda tomorqada ishtiyoq bilan egilib-bukilib daraxt o‘tqazayotg‘on, munkayib qolg‘on bir cholga ko‘zim tushdi. U sakson yoshlarda edi. «Bobo, – dedim salomdan keyin. Yoshingiz bir joyga yetibdur. Xudo umr ato etsun. Ammo ekayotg‘on daraxtingiz mevasidan totib ko‘rish uchun besh-olti yil kerak bo‘ladi-ku...» «Noumid shayton... Chol qaddini rostlashga urindi va manglayidagi terni artdi. Uning mevasi nasib etadi, o‘g‘lim, Xudo xohlasa!» Shunday degach, chol ishida davom etdi. Men o‘z yo‘limga ketdim. Nariroq borg‘onda, Mamat, o‘z-o‘zimdan to‘xtadim: bir kunlik umri qoldimu yo‘qmi, uyog‘ini surishtirmay, ertangi kunga umid bog‘lab shijoat bilan nihol o‘tqazayotg‘on munkaygan cholga havasim keldi. Ha, mening xalqim shundoq, hech qachon uning qaddi bukilmaydur, ko‘ngli cho‘kmaydur! Turon elining dunyodan umidi bor, men ana shu elning o‘g‘limen!.. Bilasenmu, bag‘oyat mutaassir bo‘ldim. Dinor to‘la hamyonni unga shartta berib yubordim. Birdan chol meni chaqirib qoldi. Qaytdim. U salmoqlab hamyonni ko‘rsatarkan, kulib dedi: «Ekayotg‘on daraxtingiz mevasidan totish uchun besh-olti yil kerak, degan edilar. Mana, daraxtimni ekiboq, mevasini totib turibman, Xudoga shukr!..» E, qoyil-e! Donishmand chol ekan... Ha, donishmandlar donishmandi ekan o‘sha oqsoqol bobo! Toj-taxtimning yagona vorisi, valiahd shahzoda Muhammad Sulton ham ekkan niholimdur, – dedi Amir Temur ko‘ngli iyib. Men ham o‘sha choldek niholim mevasidan bahramand bo‘lib turibmen. Xudo xohlasa, shahzodam purviqor chinorday ildiz yozib, uzoq yillar Turon yurtini emin-u omonlikda saqlag‘ay! Ollohim, unga e’timodimni barqaror qilg‘il! Ilohi, barqaror qilg‘il! – takrorladi dodxoh ham. Ular duoga qo‘l ko‘tardilar. Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuzaga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi ning ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albatta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bami soli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon» (Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namunalarni o‘qigansiz, albatta. Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada mual lif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelik ning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi. Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yana bir e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin» nomli tragikomediya ham mavjud. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi, chuqur o‘yga toladi. O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida bosqich sanaladi. Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Mustaqil mamlakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarining ulkan mutafakkir shaxslar bo‘lganini juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni anglatishda dramatik asarlar so‘z san’atining boshqa janrlariga qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. Sahnadagi qahramonlar ning so‘zla ridan ta’sirlanadi va ularning xatti-harakatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi; ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi chegara yo‘qoladi. Aktyorlar sahnadan odamlar orasiga tushib keladi; tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi. Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamoloti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi. Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolisligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazilatlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi. Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramonlarining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni tomoshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi kerak. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishini yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning lar tabiati ham o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obraz dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut, yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining umrboqiyligini ham belgilaydi. Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yoshlarining ma’naviyati yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mustahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda. Atrofi qamish chiy bilan o‘ralgan, dov-daraxtsiz yaydoq hovli. Bir yonda bahaybat duradgorlik dastgohi, tegishli asbob-anjom; yerda eski imoratlardan chiqqan uzun-qisqa taxta-yu tunuka qirqimlari, nam latta o‘rab simga tortilgan egma-qayishqoq tol novdalari-yu yirik-yirik mum palaxsalari va qirindi-payraxalar aralash-quralash bo‘lib yotibdi. Ish chala, chala ishlar... Qarshi tarafda tayyor mahsulot – katta-kichik qayig‘-u qayiqchalar qator qilib chetanga suyab qo‘yilgan. Biri qora moyga bo‘yalgan, biri qizil, biri kumushrang; chetroqdagilari hali bo‘yoq ko‘rmagan – ajralib turibdi. Hovlining to‘rida – ro‘parada g‘aribgina, pasqam bir kulba. Eshigi nimochiq, derazalari lang. Zehn solib qaralsa, eshik ham, deraza qasnoqlari ham qayiqqa mengzab ketadi, allanechuk qayiqsimon namoyishda. Uyning chap tomonida bo‘g‘otga tirab qo‘yilgan narvon ham shunday; aslida-ku u eski bir qayiq bo‘lib, to‘nkarilgan-u orqasiga taxta qoqib zina yasalgan, xolos. Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u xiyla haybatdor, hashamatli, ikki uchida baliqsimon bezaklari ham bor. Ana shu qayiqning qoq belida kontoparlar kiyadigan soya boni serbar allaqanday movut qalpoq cho‘qqayib ko‘rinadi. Suvda qalqib turgan kabi u goh baralla ko‘zga tashlanadi, goh «cho‘kib» ketadi... Tong bo‘zara boshlagan palla. Bir maromdagi xurrak tovushi. Tom ustidagi qayiqqa jon kirib daf’atan chayqalib ketadi-yu undan soch-soqoli o‘siq, yoshini bilib bo‘lmaydigan bir qariya bosh ko‘taradi. U ko‘kragida yotgan qalpoqni hafsalasizgina boshiga qo‘ndirib, tevarak-atrofga vazmin alang lab nazar soladi. Orol bobomiz mana shu kishi. Qum, qum... yer-u osmon qum-a, tavba! Yo‘-o‘q, suv bu, suv! Qara, oftobda shishaday yalt-yult qilyapti jonivor!.. Orol qaytib kelibdi! Orolim! Bir kecha da suvga to‘libdi, yashasin, dod! Ana – mavjlari! Ana – to‘lqinlar! Vah, qayiqlar ham suzib yuribdi!.. Bir, ikki, uch... yetti, sakkiz, to‘qqiz... Iye, shoshma, suv nega buncha sarg‘ish? Ana, mavjlari ham, to‘lqinlar ham sap-sariq!.. Ha-a, bo‘ldi, bo‘ldi – loyqalangan. Loyqalanib-loyqalanib to‘ladi-da suv! Ammo... xuddiki qum deysan, qumning o‘zginasi-ya!.. Ko‘zingni yiribroq qarasang-chi, kallavaram, qum bo‘lmay nima u axir?! Orol suvga to‘lganmish! Suvlari mavjlanib yotganmish! Sen yasagan qayiqlar suzib yurganmish!.. Har erta shu ahvol-a! Tushingni ana – qumga, qumliklarga ayt! He, esini yegan telba chol! Oroling seni tashlab ketganiga necha zamonlar bo‘ldi-ku! Endi qaytmaydi u, ey nodon! Sen esa bir ovulda bir o‘zing so‘ppayib o‘tiribsan. Qo‘ni-qo‘shni ovuldoshlaring allaqachon ko‘ch-ko‘ronini ko‘targan, hovli-joylari boyo‘g‘liga makon bo‘lib yotibdi, ana! Lekin – har birining tomida bittadan qayiq. Sen yasagan qayiqlar, shogirdlaring yasagan qayiq. Suvga tashna, suvga ilhaq. Suzadigan suv bo‘lmasa, mavj-u to‘lqinlar bo‘lmasa, yasagan qayig‘ing kimga kerak?! Quyosh! Bugun ham chiqibdi. Har kuni chiqadi. Charchamaydi, erinmaydi. Qarimasmikan shu? Qariydi, qariydi. Qishga borib bu ham qariydi. Senga o‘xshab qoladi – harsillab, qarashlari xira tortib... Ammo ko‘klam kelganda tag‘in charaqlab ketadi-da. Yasharib... Senchi, sen ham qaytib yashararmikansan? Tavba de, tavba de! O‘zingni quyoshga teng ko‘rding-a, manglayi qora! Yoshlik chog‘laring, Orol bo‘ylarida Oykumushning belidan quchganlaring yodingdan chiqibdi-da, noshukur?! Ha-a, esingni tanib, ko‘rgan-bilganing – Orol bo‘ldi. Ko‘m-ko‘k mavjlararo otang qayiqda eshkak eshib borayotir, sen uning qo‘ynida... Shundan oting «Orolbola» bo‘lib ketdi. Keyin-keyin – Orolboy, endilikda – Orol bobo. O‘zingning oting-chi, o‘zingning chin oting nima edi? E, kimning esida bor deysiz! «Orol» bo‘lsa kerak-da... Ishqilib, yoshingni yashading, oshingni oshading endi, birodar... Uff! Nechaga kirdim o‘zi? Xuddi ming yildan buyon borman-u yana ming yil o‘lmaydigandekman-a! Yo‘-o‘q, Orolboy, hozirlikni ko‘ravering, bugun bo‘lmasa, ertaga... Yoshligingiz ham, umringiz ham Orol bilan ketgan, qaytmaydi endi u! Uff!.. Yirikkina! Xudoyim bu kecha ham siylabdi. Qulluq, qulluq! Qariya bir qo‘lida qalpog‘i, bir qo‘lida baliqni osiltirib tom qirg‘og‘iga keladi va avaylabgina qayiq-narvondan hovliga tushadi. Yonboshdagi o‘choq taraf yurib, baliqni qozonga soladi-da, ustunga ilig‘liq sochig‘ini yelkasiga tashlab uy orqasiga o‘tib ketadi. Duradgorlik dastgohining bir chetida tushlik dasturxon: non bo‘laklari, uch-to‘rt dona oqqand, qora qumg‘onda choy. Orol boboning shogirdlari – o‘spirin yigitlar Jumaboy, Tilovbergan, Genjamurod – birovi dastgoh qirrasiga suyanib non kavshamoqda, birovi yerga cho‘nqayib sopol kosadan xo‘rillatib choy ichayotir, kalta-kulta taxtadan qo‘lbola kursi yasab olgan, yana biri bekorchilikdan hushtak chalib o‘tiribdi. Yagona buklama brezent o‘rindiqda Orol boboning o‘zi, ensasini qashlab o‘y suradi. Ha, shaytonni chaqiryapsanmi? Shaytonni? Nega?.. Hushtak chalish – shaytonni chaqirish bilan barobar. Shunday gap bor, eshitmaganmisan? Hamma chaladi-ku hushtakni... Bilib-bilmay chalsa kerak-da. Senga o‘xshab. Ovulingizda shayton qoptimi, Orol bobo, hammasi har yoqqa to‘zib ketgan-ku! Shayton degani hamma joyda bor, hamma joydan topiladi. Odamzodning ichida bo‘ladi-da u. Sezdirmaygina kirib, in qurib oladi... Bizning-chi, bizning ham ichimizda bormi? Qaydam deysan... Ichida borini har kim o‘zi biladi. Masalan, mening ichimda shayton-payton... hech narsa yo‘q. Shuning uchun hushtak chalib uni chaqirayotgandirsan-da. A, bobo? Sizlarda shayton nima qilsin, bolam! Badniyat ko‘ngilda bo‘ladi u. Sizlarning dillaring oqchorloqning to‘shidek beg‘ubor! Yo‘qsa, menga o‘xshagan bir devonaga qo‘shilib, bekordan-bekor qayiq yasab o‘tirarmidilaring!.. Hatto qo‘l chaygali bir ko‘lmak topilmasa, Orolimiz huv olislarga ketib qolgan bo‘lsa... Bir kuni qaytib keladi, deysiz-ku o‘zingiz doim? Albatta qaytadi! Men ko‘rolmasam, sizlar ko‘rasizlar o‘sha kunni, xudo xohlasa! Bu yasagan qayiqlaring nima uchun axir!.. Baliq yeb bunaqa totlisini ko‘rmaganman, rosti! Ha-a, baliqdan baliqni ajrata bilasan, sen bola! Qulboy qarmoqning nevarasisan-da, iliging baliq moyiga to‘la. O‘sha bobong men yasagan qayiqlarni minib ov ovlagan... Eshitganman. Otam aytgan. Lekin siz har kuni bunaqasini qayoqdan olasiz-a, Orol bobo? Xudo beradi, bolam, xudo! Xudo?! O‘z-o‘zidan beraveradi mi, bekordan-bekor?.. Bu qum sahroda qayoqdan toparkan u? Ollohimning karomati beadad, o‘g‘lim! Kerak bo‘lsa, mana shu qumingni zarga aylantiradi. Kerak bo‘lsa... Nimaga bo‘lmasa Orolni to‘ldirmayapti? Ha, nega quritib qo‘ydi uni? Tavba deb gapiringlar, bolalarim. Xudo emas, sen bilan menga o‘xshaganlar boshiga yetdi Orolning. G‘azabini qo‘zg‘adik-da. Hali aytdim-ku, shayton oraladi ichimizga, vasvasa soldi. Ana shuni quvsang, ana shundan xalos bo‘lsang, bir kun qarabsanki, Oroling suvga limmo-lim to‘lib turibdi-da! Qani, yigitlar, qo‘zg‘aldik! Bekorchidan xudo bezor... Omin, Orolimiz suvga to‘lsin, suvlari baliqqa to‘lsin, Ollohi akbar! Men peshinimni o‘qib olay, sizlar... Tilov, sen bola bo‘yog‘ingni oxiriga yetkaz, xo‘pmi? Sen, Jumaboy, anovi o‘lchab qo‘yilgan taxtalarni arralab turasan. Genja qarashar... Amet... Ametimizdan bugun ham darak yo‘g‘-a? Nima bo‘ldi ekan? Keyingi vaqtda mashqi pastroq ko‘rinadi o‘zi shu bolaning... Kim bilsin, har erta orqalaringdan yetib boraman, deydi-yu, keyin esa... Xuddi shu choq chetan eshik ochilib, sheriklaridan tikroq, dadilroq yigit – Ametning o‘zi ko‘rinadi. Xizrni yo‘qlasak bo‘larkan... Kel, Ametboy, tinchlikmi? Assalomu alaykum. Uyda yumush ko‘payib ketdi, oqsoqol... Mayli, bularingga bosh-qosh bo‘lib tur-chi, gaplasharmiz. Buningizning ichiga hali siz aytgan shayton kirib olgan bo‘lmasin tag‘in, Orol bobo! Tilingni tiy, bola! Alhazar! Chol o‘choq og‘zida turgan sopol oftobasini olib, uyning panasiga g‘oyib bo‘ladi. Shogirdlar topshirilgan yumushlarga unnab ketishadi. Tilovbergan bo‘yoq chelagini ko‘tarib, chetanga suyab qo‘yilgan qayiqlar tomon yuradi. Jumaboy bilan Genjamurod bir chetga uyilgan taxtalarni saralamoqqa kirishadi. Birgina Amet hovli o‘rtasida bekor qaqqayib turibdi. O‘ychan, allanechuk taraddudda. Ha, shayton, sen-chi?.. Bu yoqqa kelinglar-da. Gap bor! U bolalarni girdiga yig‘ib, qo‘lida uzun bir kaltak, yerga aji-buji shakllar chizgan bo‘lib allanimalarni uqtira boshlaydi... Kallang joyidami, Amet, shuncha shishani qayoqdan olasan axir?! Xomxayol, xomxayol! Uch kun uyda o‘tirib, topib kelgan gapini qara buning! Nima, shisha zovuting bormidiki... Egri jiydaning tagidan o‘tmaganmisan, mabodo? Ana – ovulni shisha bosib yotibdi! Hech kimga keragi yo‘q, egasiz! Asta ko‘chirib olaverasan-da... Xo‘p, ko‘ndik, sen aytganday bo‘laqolsin, mayli. Lekin bu bepoyon sahroni bir ovulginadan chiqqan shisha bilan qanday to‘ldirasan, shunisidan gapir! Sidirg‘asiga shisha to‘shab chiqish shart emas, oshna, tushunsang-chi. Har-har joyga tashlab ketilsa kifoya, ko‘zni qamashtirib, suvday yaltirab yotaveradi. Keyin, chor tarafni shishaga to‘ldirasan deyayotganim yo‘q-ku, axir. Faqat Orol tomoni bo‘lsa bas... Umuman, shu masxarabozchilik kimga kerak o‘zi?! Sho‘rlik cholni aldab, laqillatganday bo‘lib... Hech kim uni aldamoqchi, laqillatmoqchi emas, jo‘ra, o‘ylab so‘zla! Ko‘ngil ovlash deydilar buni, bilsang! Mana, senu menga shuncha hunar o‘rgatdi, ustozimiz, ko‘rib ko‘zi bir quvnasin, armonda ketmasin degan niyatda edim- da, xolos... Bilamiz, bilamiz, cholning senga mehri bo‘lakcha, shogirdlarining zo‘risan. Lekin erta-indin o‘zing huv bir yoqlarga chog‘lanib turibsan-ku, bu yog‘i necha puldan tushdi?.. Men hech qayoqqa bormayman! Ketar bo‘lsam ham... Mayli, senlar qo‘shilmasang qo‘shilma, shu ishni bir o‘zim bajarmasam, nomard sananglar meni! Katta ketmang, katta ketmang, Ametboy! Yolg‘iz o‘zingiz... Ana ko‘rasizlar! Men sizlarni oshna, og‘ayni deb yursam!.. Yigitlar deyman... mana, Ametboyimiz kelib, saflaring to‘ldi. Qo‘sh-qo‘sh bo‘lib anovi ikki qayiqni tomga qo‘ndirib kelsalaring-chi, a? To‘g‘ri, to‘g‘ri. Qurib yotganiga necha kun bo‘ldi! Shunday qilinglar, chirog‘larim. Xuddi shu farmoyishni kutib turgandek, aslida xufya maslahatlari chala qolganidan norozi shogirdlar darhol qanot chiqarib, chetanga suyab qo‘yilgan tayyor qayiqlar sari yurishadi. Kimnikiga eltamiz, bobo? Qizg‘ishini-i... Pirnazar eshkakning tomiga qo‘yaylik shuni... Pirnazar – tog‘a qavming-da, a? Qay go‘rga ko‘ch ko‘targan o‘zi shu? Nukusga. Baland uylarga. Katta o‘g‘li o‘sha yoqda-ku, amaldor! Yo‘q! Eshkakka xiyonat qilib juftak rostlaganga qayiq yo‘q! Buni Najim muallimning tomiga o‘rnatasan. Uqdingmi? Qorasini-chi, qorasini? O‘zim bo‘yaganman... To‘qliboy polvonnikiga olib boraylik? Xiyonat qilmagan u! Ota-bobosining ovulini tashlab salqin tomonlarga qochgan bachchag‘arni aytasanmi? Hah, mug‘ombir! Otaginangning oshnasi edi-da u, shundaymi? Bir serkaning ustidan otam u bilan rosa urushganlar, o‘zim ko‘rganman! Qo‘y, qo‘y... Biri u yoqqa tortadi, biri bu yoqqa... He, g‘irromlar! G‘irrom ustaning qo‘lidan chiqqan qayiqqa suv kiradi, bilib qo‘yinglar! Suv deysiz, suvning o‘zi qani?! Suv – bo‘ladi! Suv – keladi!.. Kelmaydigan bo‘lsa nega qayiq yasab o‘tiribsan, xo‘sh? Ol, ko‘tar! Eltib buni huv ovuldan chiqaverishdagi Jang‘il momoning kulbasiga tiklab kelasanlar. Gap shu! Jang‘il momo deysizmi? Uning o‘lib ketganiga ming yil bo‘ldi-ku!.. Yana ming yil bo‘lsin! Jannati kampir edi. Boyoqishning choli Orolga cho‘kib ketgan... Ming yil emish! O‘zlari nechaga kirdilar, yigit? Bu yil o‘n to‘qqizga to‘laman. Barakalla, o‘n to‘qqizga to‘ladigan azamatning gapini qarang! Bo‘l! Narigi boshidan ol-chi, qani! Ovulingizning tomlari qayiqmozor bo‘lib ketdi-ku, Orol bobo! O‘v-o‘v! Men senlarga necha bor aytdim, manglayi qora! Qo‘ltig‘ingga ol axir, qo‘ltig‘ingga! Nima bu, Orol bobongning tobutimidiki bo shing ga qo‘yib olding?! Shayton uribdi senlarni, shayton! He!.. Shogirdlar qayiqni apil-tapil qo‘ltiqlab olishadi-da, chetan eshik sari yurishadi. Hovli o‘rtasida Orol bobo yolg‘iz. Titrab turibdi. Nima jin urdi-ya bularni, tavba! To‘g‘ri-da axir, sen qariyaga-ku xudoyim g‘oyibdan rizq yetkazib turibdi, buginalar nima qiladi ertaga? Nima yeb, nima ichadi? He, xudbin, noinsof chol! Kechki payt. Hovli kimsasiz. Ota-o‘g‘il – qo‘lida «diplomat» portfel, bashang kiyingan Qalimbet, uning ortidan kundalik engil-boshda Orol bobo kirib keladi. Qo‘y, Qalimbet, qarigan chog‘imda sarson qilib yurma odamni. O‘z uyim – o‘lan to‘shagim debdilar... Hamma jihozi muhayyo! Mehmonxona-yu oshxonalarini ko‘rdingiz... Bir boshga yana nima kerak, to‘g‘rimi? Kichikroq bo‘lsayam obodgina hovli. Yozlarda karavotni qo‘yib olib... Kimniki o‘zi u? Sizniki-da, ota, sizniki! Sizga deb olindi. Meniki?! Sotib oldingmi? Kimdan, qanchaga? Uzumini yeng-u, bog‘ini so‘ramang. Hukumat bobo qurgan uni! Puli to‘lansa bas, qurib beraveradi. Qarigan chog‘ingizda bir suyuntiraylik dedik-da sizni. O‘tiring bunday, o‘tiring... Yurasizmi endi bu cho‘lu biyobonda! El-ulus bizni ayb qilyapti-ku, shundoq o‘g‘il-qizlari shaharlarda davron surib yuribdi-yu, otalari huv bir ovloqda qarovsiz qolib ketgan, deb... Cho‘l-u yobon deysan... Onang mana shu yerda yotibdi, bobo-momolaring shu yerda... Ularni tashlab men qayoqqa ketardim, o‘g‘lim, o‘ylab gapiryapsanmi? Onangning mozorini ziyorat qilmagan kunim dunyo ko‘zimga qorong‘i... Bu yoqda qayiqlarim, Orol... Eski ashula! Orol, Orol! O‘zingiz bilasiz-ku, ota, u endi hech qachon o‘zaniga qaytmaydi, to‘lmaydi. Qayiqlaringiz ham birovga keraksiz... Nima?! Qaytmaydi, to‘lmaydi... Siz qayoqdan bilibsiz, xudomisiz?! Ha, to‘lmaydi! To‘ldirolmaysan uni! Hech biring! Olim-u ulamong ham, boshqang ham! Chunki baring foydani ko‘zlaysan! Orol g‘irrom emas, senlar g‘irrom, ha! Xudo senlarga insof bergan kuni u o‘z-o‘zidan suvga to‘ladi! Xudoyim to‘ldiradi uni, bilib qo‘y! O‘sha kunni ko‘rib o‘lsam armonim qolmasdi.. Mayli, mayli, otajon, qattiqroq ketibman, tavba qildim. Lekin gapning bori ham shu-da, axir. Odam ertasini o‘ylab ish tutgani yaxshi. Xudo ko‘rsatmasin-u, ertaga bir kun... Biz sharmanda bo‘lib qolmaylik deyman-da. Gap bu yoqda degin? Sharmanda bo‘lmaysan, qo‘rqma... Mana, o‘zing boshlading, o‘g‘lim. Mabodo bir kun ajalim yetib, suv kelganini ko‘rmay ketar bo‘lsam, aytib qo‘yay, jasadimni qayiqqa solib, Orolga eltib tashlaysan! Mayli, baliqlarga yem bo‘lay! Mayli... Iye-iye, ota, bu nima deganingiz?! Axir, musulmonchiligimiz qayoqda qoladi unda? Bir musulmon bo‘lsa menchalik bo‘lar, Qalimbet! O‘g‘limmisan, mana shu aytganimni bajarasan, gap tamom! Vasiyat bu, xudoyim ham kechirar... E, otaboy, qo‘ying halitdan shu sovuq gaplarni! Siz hali ko‘p yashaysiz, ko‘p! Yangi uylarda davron qilib, a!.. Qalay, ma’qul keldimi o‘zi sizga? Yaxshi, yaxshi... Lekin... Hay, o‘zingdan gapir. Ishlar jilyaptimi axir? Ishlarim yomonmas, ota. Yomonmas-u, shu keyingi vaqtda unchalik yaxshiyam emas. Orqaga ketgandayroq. Bir xizrsifat odam maslahat berib qoldi deng. Borib otangizning ko‘nglini obdon ovlab, duosini olib kelsangiz, bari yurishib ketadi, deydi... Shunday dedimi o‘sha xizrsifating? Bo‘pti, mana, duosi bizdan: iloyim, ishlaring birdan yurishib ketsin! Shunga keldim de? Bunaqa duo emas-da, ota! Qanaqasidan bo‘lsin, ayt?.. Qulog‘ingga quyib olgin, bola: chinakam g‘ayrat bilan, toza ko‘ngil bilan qilingan ish hyech qachon orqaga ketmaydi – duosi o‘zi bilan bo‘ladi uning! Bir damlik sukut. Ha, aytganday, eshitdingizmi – Gulxadichamiz deputat bo‘lmoqchi! Deputat? Qanday deputat? Jo‘qorg‘i Kengesga! Uniyam duo qilib qo‘yish kerakmi? Nima deb? Jo‘qorg‘i Kengesga o‘tsin debmi, undan narigami?.. O‘zimizdan chiqqani yaxshi-da, ota. Foydasi tegib turadi: sizga ham, menga ham, o‘ziga ham... Menga?! Nima, Orolni to‘ldirib beradimi? To‘ldirib berar... gap bilan! Qizingiz mahmadona-ku, shuning uchun saylanyapti-da. Navzanbilloh, navzanbilloh... Qo‘zi-qo‘chqorlaring yaxshi yuribdimi? Bir olib ham kelmaysan, nevaralarimni ko‘rmaganimga necha zamon bo‘ldi.. Hozir, hozir... Mana, ko‘ring... Qani, toping-chi, manavi kim? Kamolingmi? Voybo‘-o‘, arslondek bo‘lib ketibdi-ku! Tuftuf, yomon ko‘zlardan asragaysan iloyim! Shuginani qavatimga qo‘yib ketmading-da, Qalimbet. To‘ng‘ich nevara – bobosiniki degan udumlar bo‘lgich edi... Nima, ovulma-ovul tezak terib yursinmidi!.. Qayiqsoz qilardim. Zo‘r qayiqsoz usta! Bunisini taniyapsizmi? Kim?.. Gulzira-ku, Gulzira! Yaxshilab qarang... Qiz maxluqning shaytoni bo‘larmish, qulog‘idan tortib o‘stiraverarmish... Cho‘zilib qolibdi qizing. Omon bo‘lsin, omon bo‘lsin. Mana bunisi-chi?.. Buningni taniyolmadim, rosti. Ko‘rmagan ekanman. Kenjatoying bo‘lsa kerag-a? Ha, oti ham Kenjabek. Umrini bersin iloyim. Keling, endi dunyoga sayohat qilamiz! Mana bu yer Arabiston, Saudiya Arabistoni... Ka’bamiz shu yerda, qarang... Bunisi – Hindiston, bunisi – Pokiston... Mana – O‘zbekistonimiz! Orolni toping-chi, qani, ko‘raylik... Mana, mana! Shuginami? Orol mi? E-e, ko‘tar! Shugina!.. Sizga qolsa, butun dunyo Oroldan iborat bo‘lsin-da, a? O‘-o‘rtasida bitta qayiq – yakka, tanho qayiq, unda – siz... Tur, jo‘na, uy-puying kerak emas menga! Qalimbet mulzam o‘tira-o‘tira, dastgoh ustidan «diplomat»ini yulqib olib planshetni joylaydiyu otasi tomon bir o‘qrayib, hovlini tark etadi. Orol boboning hovlisi. Qulog‘iga qalam qistirgan, bo‘ynida metr o‘lchagich tasma – qariya dastgoh qoshida taxta chamalash bilan mashg‘ul. Dastgohning narigi boshida eski tranzistor g‘o‘ng‘illab turibdi. Tashqaridan otning kishnagani, tepingani eshitiladi. Hayal o‘tmay chetan eshikni g‘iyqillatib, qo‘lida bejama qamchi, g‘o‘ddayganroq bir kishi – Ametning otasi O‘tagan maxsum kiradi. Hormang, oqsoqol, hormang! Assalomu alaykum. O‘taganboyga o‘xshaydimi? Keling, keling, inim. Qo‘shqo‘llashib ko‘rishadilar. Orol bobo xos o‘rindig‘idan, O‘tagan maxsum qo‘lbola kursidan joy oladi. Qani, baxayr? Sizni bi-ir ziyorat etaylik deb... Xush kelibsiz, hoji maxsum, xush kelibsiz! Kulyapsiz-da, boboy? Kulganim yo‘q, kulganim yo‘q. Ilgari kimsan – mulla Gulboyning o‘g‘li, O‘tagan maxsum edingiz. Qayta-qayta haj qilib, mana, hoji bo‘ldingiz. «Ham hoji, ham maxsumman» deb el-ulusga yoygan o‘zingiz-ku, biz nima deylik?! Mayli, mayli... Hammayoqni qayiq qilib yuboribsiz-ku! Zo‘r, zo‘r. Bu o‘ramlarga qo‘lingiz tushmaganiga ko‘p bo‘ldimi deyman, maxsum, ko‘rmagan ekansiz-da? Ota-bobomizdan qolgan hunar, qo‘limizdan boshqa ish kelmasa... Bekorchi hunar deng... Zo‘r, zo‘r. Shogirdlar ko‘rinmaydi? Bir yumushga jo‘natuvdim, hozir kepqolishadi. Huv anovinisini o‘g‘lingiz, Ametboy yasagan. Qarang, qandoq bejirim! Mullazodalardan ham usta chiqarkan, duppa-durust qayiqsoz bo‘lib qoldi bola! O‘shanga keluvdim, oqsoqol. Men uni Leningradga yubormoqchiman. Akasining oldiga. To‘g‘ri-da, qachongacha tezak bosib, laylak haydab yuradi bu yerda! Laylak haydab deysizmi? Laylak qoptimi, inim! Laylagu g‘ozigacha qirilib bitgan.. Boyo‘g‘lining makoni deng! Bosh boyo‘g‘li – o‘zlari... Yumronqoziqdan kelsangiz-chi, maxsum! Shuni aytaman-da, yumronqozig‘-u bitta siz qolgansiz bu biyobonda! Nasiba-da, maxsum, peshonaga yozilgani shu ekan... Leningradga jo‘nataman, dedingizmi? Nima qiladi u yerda Amet? Bu yerda nima qiladi? Bu yerda..mana, qayiq yasaydi! Yasagan qayig‘i kimning dardiga shifo, oqsoqol?! O‘sha yoqlarga borsin, tayinli bir ishning boshini tutsin, pul topsin deyman-da! Tayinli ish... Nima ish ekan, nimaga yubormoqchisiz uni? Salat kesishga. Sallat? Nima degani u? Nega kesadi? Salat... Shu, o‘t-po‘t-da. Ko‘kat deymiz-ku... Shoshmang, Amet kelib-kelib o‘t kesadimi? Ametimiz-a?! Qayiq yasaydi-ku u, qayiqsoz usta! Qayig‘ingizni yeb bo‘lmasa! Salatni esa to‘g‘rab-to‘g‘rab, maza qilib tushiriladi. Shuginani o‘zlari to‘g‘rab yesa bo‘lmasmikan, maxsum, nimasi qiyin? Bo‘lmaydi, oqsoqol, bo‘lmaydi. U yoqlarda birov kesib beradi, birov yeydi. Restoran deganini aytyapman-da. Keyin shuni kesgani uchun pul ham oladi? Xuddi shunday! Qayiq yasagani uchun esa shamataloq ham olmaydi!.. Navzanbilloh, navzanbilloh.. Qaytaga, uy-uyidan ul-bul ko‘tarib kelib sizni boqadi, shundaymi? Unaqa minnatni qo‘ying, maxsum. Men shogirdlarim olib kelgan nonning ushog‘iga ham sheriklik qilmayman... O‘zim yasagan qayiqlarni g‘ajib-g‘ajib kun ko‘ryapman desangiz-chi!.. Qo‘ying-e, oqsoqol! Iya, nega? Xudo bergan rizqim bor, inim! Men baliq go‘shti yeyman, bilsangiz! Opqoching-a, opqoching! Tush-push ko‘ryapsizmi deyman. Shu dasht-u biyobonda baliqni kim berarkan sizga?! Xudo! Hoji bo‘lmasak ham, maxsum bo‘lmasak ham – beradi. Kuniga bittadan. Bizniki ana shunday, hoji maxsum, kunbayi! Chetan eshik ochilib, orqama-ketin yigitlar ko‘rinadi. O‘tagan maxsum qamchinini havoga sermab o‘rnidan turadi-da, Amet tomon bostirib boradi. Sen bolaga nima degan edim?! Qani, oldimga tush-chi! Qaytib shu yerga qadam bossang!.. Hay, hay! Shaytonga hay bering, maxsum!.. E-e, aljirama, tentak chol! Amet avval Orol boboga, so‘ng sheriklariga o‘kinchli bir nazar tashlaydi-da, sekin burilib otasining izidan chiqadi. Ammo shu zahoti qaytib kiradi. O‘rtoqlari bilan bir-bir quchoqlashib xo‘shlasha boshlaydi. E qo‘y-e, Amet, bo‘lmading, oshna! Amet ko‘cha tarafga imo qilib, g‘amgin yelka qisadi: nachora, otam!.. Anuv ishni boshlab qo‘yib, endi qochish ekan-da, a? U yog‘ini o‘zlaring... Ketaver, ketaver, bir hisobi bo‘lar. Yaxshi bor, do‘st! Amet gunohkorona bosh egib, xos o‘rindig‘ida xomush qotgan Orol boboning qoshiga keladi. Chol uni bo‘ynidan quchib, bir muddat so‘zsiz qoladi. Ta’sirli holat! U yoqlarda faqat o‘t kesish bilan bo‘lib yuraverma, bola. Yaxshi-yomonni ko‘r, bil, xo‘pmi? Bizlarni unutsang unut, Orolni esdan chiqarma, Orolimizni!.. Tashqaridan O‘tagan maxsumning dag‘dag‘ali ovozi eshi tiladi: «Ame-et!..» Amet tag‘in barchaga bir-bir xomush bosh silkib chiqadi-da, shalvirabgina chetan eshik tomon yuradi. Orol bobo o‘rindig‘iga cho‘kkancha mung‘ayib qolgan. Yigitlar ham parishonhol serrayib turibdi. Tashqarida otning kishnashi, tepingani, qamchi tovushi.. Borib-borib huv do‘zaxiy pirga o‘xshab bir o‘zim sho‘ppayib qolmasam deng... Shogirdlar tushunmay unga anqayib qaraydi. Pirning qirq muridi bor ekan. Sizlarga o‘xshagan shogirdi. Qirq yil ichida kamaya-kamaya, oxiri shulardan bittaginasi qolibdi. Ameting misoli birin-sirin tashlab ketgan-da. Pir o‘sha qolgan murididan so‘rabdi: «Bularing nega bunday qildi ekan?» Murid chaynala-chaynala aytibdi: «Ular sizning ta’limingiz bilan Mangu kitobni o‘qiy digan maqomga yetdi. U kitobda esa...» «Gapir-gapir», deb qistabdi pir. «U kitob sizni do‘zaxiy deb yozgan ekan, ustoz...» «Bilaman, – debdi pir. Haqrost, shunday yozilgan. Ammo men jannatdan ham ulug‘rog‘ini ko‘zlaganman-da... Ular-ku jannat ilinjida ketibdi, xo‘sh, sen nega qolding?» «Chunki o‘sha kitobni o‘qishni sizdan o‘rganganman-da, pirim», debdi murid. Qarang, qanday oqibatli ekan-a shogirdi!.. Yigitlar rivoyatdan ta’sirlangandek o‘yga toladi. Bobo-o, jannatdan ham zo‘r deyapsiz, qanaqa joy u? Bor, o‘g‘lim, shunday joy bor. Haq, haqning dargohi deydilar uni. Bandasi umidvor-da. Mana, bobong ham umid bilan yashayapti-ku!.. O‘sha hovli. Tun. Osmonda yulduzlar charaqlaydi, erinibgina oy suzadi. Shamolning bir maromda uvullashi; olislardan chiyabo‘rilarning «hi-hi, hi-hi»lagan tovushi sado beradi. Boshiga serbar oq qalpoq ilgan bir ko‘lanka harsillay-harsillay kulba biqinidagi qayiq-narvonga tirmashib, tomga chiqib borayotir. Orol bobomiz! Tom ustiga chiqib olgach, u bir muddat nari-beri borib keladi. Osmonlarga qaraydi, oy-u yulduzlarni tomosha qilgan bo‘ladi. So‘ng asta kelib qayig‘iga o‘rnashib o‘tiradi-da, tevarak-atrofni yana bir qur ko‘zdan kechirgach, ikki yondagi eshkaklarni qo‘lga oladi. Eshkak esha boshlaydi. Avvaliga sustroq, bir maromda, keyin esa navqiron bir g‘ayrat bilan. Shamol uvullashi-yu chiyabo‘rilarning «hi-hi»lashi nogahon suv shovqiniga – mavj-u to‘lqinlar sasiga aylanib-qorishib ketadi. Shalop-shulup, shalop-shulup... Oy yog‘dusida charx etayotgan dengiz qushlari – chag‘ala-yu oqchorloqlarning suvga to‘sh urib uchishlari, kumush qanotlari nim qorong‘ilikda yalt-yult akslanib ko‘zga chalinadi... Chol bir zamon eshkak eshishdan tinib, timirskilay-timirskilay qayiq ichidan uzun allanimani oladiyu uzoqni chamalab uni havoga – «suv» ga uloqtiradi. Shalop-shulup... «Baliqchi» kaftlarini quloq pana qilib pastga engashgan – nimadir sasni eshitmoqchi... Sukunat, sukunat... Bir payt qayiq chetida ko‘ndalang yotgan egma xoda qimirlab ketib, shalop-shulup tovush chiqaradi. «Baliqchi» shosha-pisha xodani «suv»dan ko‘taradi. Naqd tumshug‘idan ilingan laqqa oy yorug‘ida bilanglab turibdi!.. Berganingga shukr! Berganingga shukr, Tangrim!.. So‘ngra u baliqni qarmoqdan uzib, qayiq ichiga tashlaydi. Ov ashyolariyu eshkaklarni joy-joyiga qo‘yib saranjomlagach, qayiq bo‘ylab ohista cho‘ziladi. Ko‘ksi uzra tanish oq qalpoq!.. Berganingga shukr, Egam! Berganingga shukr!.. Tun. Ko‘kda yulduzlar charaqlaydi, erinibgina oy suzadi. Shamolning bir maromda uvullashi, olislarda och chiyabo‘rilar sasi... Hovli. Kunduz kuni. Uch shogird – Jumaboy, Tilovbergan va Genjamurod qayiq yasash yumushlari bilan band. O‘choq ustidagi yarmi kesilgan bochka idishdan qoramtir dud ko‘tariladi – mum eritilmoqda. Shoshib-hovliqib Qalimbet kirib keladi. Odatdagidek, qo‘lida «diplomat». Otam qani?.. Ho‘v ukalar! Qani, yuguringlar! Ovulning og‘ziginasida moshinamiz qumga botib qoldi, chiqarishvoringlar. Ha, barakalla!.. «Jip» deng tag‘in! Shunday moshinaki botib qolganidan keyin ahvolni bilaver-da! Orol bobo amriga mahtal shogirdlariga «mayli, borib qarashinglar» degandek ishora qiladi. Usti-boshini qoqa-qoqa, ular hovlidan chiqib ketishadi. Cholning o‘zi indamay o‘choqboshi tarafga yuradi. Ke, Qalimbet, shovqin solib yuribsan?.. Bir o‘ynab berasiz endi, otaboy, zo‘r syurprizimiz bor sizga! Bir hajga borib kelsangiz-chi, a? Hamma bizni izza qilyapti-ku: shundoq puldor-u badavlat o‘g‘illari, qizlari bo‘laturib, otalarini hajga jo‘natmayapti, deb. Buniyam huv anovi xizrsifat maslahatgo‘ying aytgandir? Topdingiz, u ham shunday degan edi. Qulluq, qulluq. Lekin otang hech qayoqqa bormaydi, ovora bo‘lma. Iye, iye! Hajga ham-a? Hajdan bo‘yin tovlagan mo‘minni endi ko‘rishim! Ota, o‘ylab gapiryapsizmi o‘zi? Axir, haj muborak har bir musulmonga... Bilamiz, bilamiz – farz. Bilsangiz, nega bunday oyoq tirayapsiz? Ba’zilar hatto ot minib, pul ko‘tarib chopib yursa-yu, siz bo‘lsangiz... Chol qo‘lidagi kosovni «qozon» chetiga qo‘yib, o‘rindig‘iga kelib joylashadi. Hajga qilgan-kechgan gunohlaridan tavba etmoqqa borilardi chog‘i, shundaymi axir? Iye, albatta, buning uchun ham... Unda otang qaysi gunohini yuvgali borsin, xo‘sh? E, e, Orol bobo, kufr ketgandaysiz, begunoh banda bor ekanmi bu dunyoda?! Shoshma, og‘zimga urmay tur... Yolg‘on gapirganimni yo birovga firib berib ish bitirganimni bilasanmi? Gapir, gapir, eshitganmisan hech? Yo‘q... Birovning haqiga xiyonat qilgan joyim bormi, ayt? Ota... Kimsaning moli yo jufti haloliga ko‘z olaytirganimni-chi? Quloq-pulog‘ingga chalingan chiqar?.. E, ota, izzaga qo‘ymang-da odamni. Faqat shular uchungina haj qilinmas... Ha, nima uchun borilar ekan bo‘lmasa? Shunchaki sayr-u tomoshagami? Yo nomchiqarargami? To‘g‘ri, unaqalarini ham bilamiz. Ana – o‘zimizning O‘tagan maxsum. Yil sayin qatnaydi. Nima, avliyo bo‘lib qoptimi u? O‘shao‘sha, kelib tag‘in gunohga botgani botgan... Yo‘q, o‘g‘lim, haj ziyoratining shartlari, qonun-qoidalari bor. U yerga obdon hozirlik ko‘rib, riyozat-u mashaqqatlar chekib boriladi! Eski zamonlarning gapini qo‘ysangiz-chi, ota. Mashaqqat chekib nima foyda? Hozir tap-tayyor samol yot, oppa-osongina borib kelinaveradi. Bu ham Tangrining marhamati-da, axir! Qulluq, qulluq. Ammo... tavba qildim, tavba qildim, ko‘nglida bir toza niyat-u chin ixlosi bormiyo‘qmi, duch kelgan odam haj ekan deb jo‘nayversa... Xuddi to‘yga otlanganday... Ziyorati qabul bo‘larmikan?.. Axir, bandasi poklanib, tozalanib bormaydimi unaqa joylarga?! Men ham shuni aytyapman-da, ota! Haligina o‘zingiz isbotlab berdingiz: birovga yomonlik qilmagansiz, xiyonat qilmagansiz, ko‘z olaytirmagansiz... Siz bormay kim borsin hajga?! Rosti, bir-ikki daf’a chog‘lanib ham ko‘rganman. Yurak dov bermadi-da: o‘zing kim bo‘psan-u, hajni orzu qilsang deganday. Biz-ku bir xashaki banda, haj ziyorati nasib etmagan ne-ne ulug‘ zotlar o‘tgan, o‘g‘lim! Lekin ichimdagi bir sirni senga aytsam: ba’zan xuddiki borib kelganga o‘xshayman! Niyati bilan-da... Ana endi chinakamiga borib kelasiz, otaboy! Mana, hamma hujjatingiz tayyor! Mana... Iya, bir og‘iz so‘ramadingku, Qalimbet, mensiz qanday qilib?.. U yog‘i bilan ishingiz bo‘lmasin, otaboy. Biz kirishdikmi, bitmaydigan ish yo‘q! Baribir oldimdan bir o‘tishing kerak edida, axir... O‘tsam-o‘tmasam, endi masala hal! Azzabazza bittasining o‘rniga gaplashganman-a!.. Nima? Birovning o‘rniga?! Yo‘q-yo‘q, bormayman! Minba’d! Birovning o‘rnini tortib olib hajga jo‘nash!.. O‘ylab qildingmi shu ishni, Qalimbet? Gunoh-ku bu axir, gunohi azim! He, ko‘chadagi bittasi borgandan ko‘ra – siz, mening otam borgani yaxshi emasmi?! Yo‘q dedimmi, yo‘q! Kim ning o‘rnini olgan bo‘lsang, o‘shaning o‘ziga eltib topshirasan, gap tamom! Xudoyim o‘zi kechirar, otangning sig‘ina digan ziyoratgoh-u ibodatgohi ham mana shu o‘zi tug‘ilib o‘sgan tashlandiq ovuli bugun qurib qolgan bo‘lsayam, umrini bergani – Orol! Shundan o‘zga hech narsa kerak emas unga, bilib ol, bola! Orol, Orol... Hah, Orol otaginamdan! Ishni buzdingiz-ku, boboy, endi nima qildig-a?.. Talay zamon mum tishlab qoladilar. Bu orada chol o‘choqboshiga borib, olovini tortib keladi. Qalimbet, huv birda ko‘rsatgan matohingni menga tashlab ketsang-chi, a? Nevaralarimni sog‘inganda tomosha qilib o‘tirardim. Mayli, anovi uy ham, haj safari ham seniki, o‘zingga siylov... Yo‘-o‘q, bo boy... Bo‘pti, men ketdim unda. Iya, qayoqqa? Onangning oldiga, mozorga. Ertalab xabar ololmagan edim... Mendan nima gunoh o‘tdi, ota? Aybim – sizni hajga jo‘natmoqchi bo‘lganim-u yangi uy tortiq qilganimmi?! Beayb – parvardigor, mening ham bir gunohim bor bu dunyoda. Nimaligini aytaymi? Seni, sendaylarni dunyoga keltirganim!.. Ota-a!.. Orol bobo qalpog‘ini boshiga bosib, hovlidan chiqib ketadi. Miyasi aynib qopti bu cholning... Gul, o‘zingmisan? Hech gapga unamayapti-ku bu qaysaring. Shahar yaqini dan yap-yangi hovli olib berdim, mana, hajga to‘g‘rilab qog‘ozlarini keltirib o‘tiribman – qani, ko‘nsa! O‘zing bir yo‘lini topmasang bo‘lmaydi, singil. Senga mehri bo‘lakcha, yaxshi ko‘radi... Oqshom. Orol bobo odatdagi o‘rindig‘ida; horg‘in, behafsala ko‘rinadi. Yonboshdagi qo‘lbola kursida omonatgina bo‘lib qizi Gulxadicha o‘tiribdi; tizzasida sumkachasi, o‘ta zamonaviy kiyingan. Shogirdlar ish bilan mashg‘ul. Ora-orada ota-bola tomon qarab qo‘yishadi. Deputatlikka chog‘langanmishsan, shu rost mi? Ering boshingda, bu yoqda jujuqlaring – nima keragi bor edi, qizim? Ha, Jo‘qorg‘i Kengesga. Bo‘lasanchi bo‘lasan deb qo‘yishmadi-da, ota... Lekin boshim qotib qolgan. Ustimdan yoza-yoz! Iya! Nima deb yozadi, kim? O‘lgur raqiblarim-da, dushmanlarim! Senda dushman nima qilsin? Ajab gaplarni gapirasan-a! Birga ot surib yurganlar dushman bo‘lmay nima? Bari o‘zim deputat bo‘lay, bu qolib ketsin deydi, yaramaslar! Qanday aybing bor ekan, xo‘sh? E-e, sizni aytib yozadi-da!.. Meni?! Men nima qipman ularga? Birortasini tanimasam, bilmasam... «Tuqqan otasini bir go‘rlarga tashlab qo‘ygan, qaramaydi, borib holidan xabar olmaydi! Shunday oqpadar inson deputat bo‘lishi mumkinmi?» va hokazo. Ishqilib, oyog‘imdan chalsa, badnom qilsa bo‘ldi ularga! Men hech kimga arz qilganim yo‘q-ku, jonim qizim... Senlardan biror narsa kerak emas, o‘z holiga qo‘ysalaring... iya, tinchgina yursa kifoya otalaringga. Shunday-shunday gap deb, to‘g‘risini tushuntirmaysanmi o‘shalarga? Kimga tushuntiraman? Saylovchilargami? Xalqqami? Xalqingiz tushunmaydi baribir! Ishonmaydi-da... Shuginani tushuntirolmasang, shunga ishon tirolmasang, deputat bo‘lib nima qilasan, qizim?! E-e, siz ham tushunmayapsiz, ota. Qo‘ymayapti-da axir! O‘zimga qolsa-ku, allaqachon tuf deb yuborardim. Bezorim chiqib bo‘ldi o‘zi! . Kim qo‘ymayapti, kim? O‘sha saylovchilarmi? Ular ham... Kuyovingiz, kuyovingiz! Bu yoqda og‘am – Qalimbet. Bizneslariga yordam bo‘larmish... Obbo-o! Erkakman deb beliga kamar boylagan azamatlar bir zaifani o‘rtaga solib, shuning soyasida... Suf-e senlarga!.. Hay, meni yo‘qlab qolibsan? Shu gapni aytgani keldingmi yo? Rang-ro‘yingizni qarang, otajon, ko‘rgan kishining rahmi keladi-ya! Rangimga nima qipti, Gulxadicha? Soppa-sog‘man, hyech bir joyim og‘rimasa... Shunday bo‘lsayam bir-ikki kun dam olib kelsangizmi devdim. Zo‘r bir joyga olib borsam sizni... Vuy, bog‘larini ko‘rsangiz – gulu gulzor!.. Qanaqa joy ekan u? To‘ppa-to‘g‘ri jannat bo‘lmasin tag‘in!.. Undan ham zo‘r! Hozir... Rohat Sobirovna! Rohat Sobirovna! Chetan eshik ochilib, qo‘lida yaltiroq qutisi, yasan-tusanda Gulxadichadan qolishmaydigan oq xalatli juvon – Rohat Sobirovna kiradi. Voy-bo‘-o‘, hammayoq qayiq-ku! Suvimiz qani, suv?.. Assalomu alaykum, otaxon, bormisiz? Shundoq pustinyada bir o‘zingiz-a! Ne ponimayu, ne ponimayu. Gulyaxon, adangizni biroz charchatib qo‘yibsizmi deyman-a, o‘rtoq? Qani, boshladikmi? Tilingizni ko‘rsating-chi, otaxon... Tilimni?.. Birovga og‘zingni ochib tilingni ko‘rsatish noqulay-ku, qizim? Mazax qilganday gap-da bu. Ko‘rsating, ko‘rsatavering, ada, bu kishi do‘xtir-ku! Sug‘urib olmaydilar, qo‘rqmang. Nima? Nima deding? Bir so‘z aytganday bo‘lding... Gulxadicha «jim o‘tiring endi» degan kabi uni sekingina turtib qo‘yadi. Chol battar mulzam, tishsiz milklari orasidan arang tilining uchini chiqaradi... Do‘xtir qutisidan olgan igna-yu bolg‘achalarini ishga solib, bemorni obdon tekshirib ko‘rgach, savolga tutadi. Ko‘p tush ko‘rasizmi, otaxon? Masalan, nimalar kiradi tushingizga? Ha, unda-bunda ko‘rib turamiz. Har xil tush-da, qizim... Ko‘pincha rahmatli kampirim kiradi tushimga, mana buning onasi. Oyingizlarmi? Oyim, oyim, Rohat Sobirovna. Otaxon, ayting-chi, tushlaringizda baliq ham tutasizmi? Nega endi tushimda ekan? Tushimda emas, o‘ngimda tutaman baliqni. Har kecha! Har kecha deysizmi? Zo‘r-u! Qayerdan ovlaysiz uni, suvdanmi? Suvdan bo‘lmay qumdan ovlanarmidi u jonivor?! Suvdan-da, albatta. Orol suvlaridan! Orol deganingiz olis-ku, otaxon, juda olisda! Qanaqa qilib borasiz u yerga har kecha? Nima desam ekan sizga? Aytganim bilan baribir ishonmaysiz-da, qizim. Hech kim ishonmaydi bunga... Rohat Sobirovna Gulxadichani chetga imlab, uning kiftiga hamdardona qo‘l tashlaydi. Vsyo yasno. Simptomi nalitso. Opketamiz, deputatim! Tayyorlang... Ukolmi? Bo‘lmasa ko‘ndirolmaysiz, tochno! Da, ukol! Ota... iya, ada... Do‘xtir opa aytyaptilarki, sizni ukol qilmasa bo‘lmas ekan. Qo‘rqmang, qo‘rqmang, bilagingizga. Bittagina, xolos. Hecham og‘rimaydi, mana ko‘rasiz... Mening nimamni ukol qilasan, qizim, hech joyim og‘rimasa... Ana – aftingizga qarang! Gapirib o‘tirgan gaplaringiz-chi!.. Ey-y, hammang jonimga tegding! Birovi «Deputat bo‘lsang – bo‘lganing, yo‘qsa, to‘rt tomoning qibla» deb shart qo‘ysa! Unisi «Deputatlikka chiqmasang, senday singlim yo‘q» deb siyosat qilib tursa!.. Nima qilay? Nima qilay axir, ayti-ing?! Mayli, mayli, senga shu kerak bo‘lsa, ma, qilaqol ukolingni... Gulxadicha otasining bilagidan tutib turadi, Rohat Sobirovna abjirlik bilan ignasini sanchadi. Hayal o‘tmay Orol bobo o‘rindiqqa cho‘zilib qoladi. Bolalar hang-u mang, tashvishga tushib qolgan, o‘zaro pichir-pichir. Ho‘ opa, bobomizni nima qildingiz? Gulxadicha o‘girilib ham qaramay, «e, ishingni qil» degan kabi ular tomon jahl bilan qo‘l siltaydi. Chaqiravering. Og‘a-a! Og‘a-a! Bo‘ldi, tayyor! Qalimbet va haydovchisi paydo bo‘lib, cholni qo‘ltig‘idan ko‘targancha tashqariga sudraydi. Gulxadicha bilan Rohat Sobirovna bir-birining yelkasiga qo‘l tashlashib ularning ortidan yuradi. Shogirdlar beixtiyor chopib borib yo‘lni to‘smoqchi bo‘ladi. Iye, og‘a, qayoqqa opketyapsiz bobomizni?! Enangning uyiga! Opketmaysiz, yo‘q! Nari tur-e, maymoq! Tilov uchib ketib, bir chetga ag‘nab qoladi. Bolalar sarosimada, noiloj tek qotgan. Chudak! Nastoyashiy chudak! Namozshom payti. Jumaboy va Genjamurod qayiqsozlik bilan band. Odatdagi yumushlar: o‘lchash, taxta qirqish, yelimlash, bo‘yoq-so‘yoq... J u m a b o y (tuyqus ishdan bosh ko‘tarib). Bobomizni qayoqqa opketdi-ya bular? Ota – ularniki, xohlagan joyiga olib ketaveradi-da. Soppa-sog‘ odamni ukol qildi-ya, tavba! Genjamurod Qiladi! Kerak bo‘lganda qarab o‘tirmaydi. O‘zim ko‘rganman! Japaq amakimni bilarding-a, do‘xtirlar uni mana shunday ukol sanchib, moshinaga bosib ketishgan, esimda. Amaking to‘rt tumanga nomi ketgan bir jinni-sang‘i edi-da! Bobomiz axir... Bobong nima, sog‘ ekanmi? Hamma uni «devona, savdoyi» deb yuradi-ku!.. Aytib qo‘y, o‘shalaringning o‘zi devona, o‘zi savdoyi! Shuni gap deb ko‘tarib yurgan sen ham sog‘ emas, Genjaboy! O‘zing ham shu! Tilovning ham... Boboning girdida yurganlarning barini el-ulus shunaqa deb o‘ylaydi, bilsang! O‘ylayversin! Qani, birortasi kelib o‘zimga shunday deb ko‘rsin-chi!.. Bir o‘ram eski sim ko‘tarib hovliga Tilovbergan kiradi. Juma-a, ovulingda shisha degan matoh qolmabdi-yov! Amet bilib aytgan ekan: kecha ertalab bu yoqqa kelayotib, Jang‘il momoning tomiga chiqib qarasam, rostdan ham Orol taraf suvga to‘lganday, oftobda charaqlab ko‘zni oladi! Men ham ko‘rdim. Xuddi suvning o‘zi! Shu ish Ametning xayoliga qayoqdan kepqoldi ekan-a?.. Bilasan-ku, kitobni ko‘p o‘qigan u. O‘ziyam kallali. O‘tagan maxsumning bolasi-da, mullazoda! Mullangning bolasi bugun allaqaylarda salat kesib yuribdi. Kallali emish!.. Kim nima desa desin, baribir zo‘r ish bo‘ldi shu. Malades Amet! Bobong ko‘rmaganidan keyin bu hammasi bir pul, oshnam! O‘sha kishi uchun qilindi-ku, to‘g‘rimi? Shunday, shunday... Xuddi shu choq chetan eshik g‘iyqillab, Orol bobomiz ning o‘zi paydo bo‘ladi! Bir lahza hayratda qotgan shogirdlar guvva borib, talasha-tortisha uning bo‘yniga osiladi: «Keldingizmi, bobojon, keldingizmi?», «Ustoz, ustoz!», «Sog‘inib ketdik sizni, bobo!..» O r o l b o b o (ularni baravar bag‘riga bosib, ko‘zlari jiqqa yosh). Chirog‘larim!.. Sherlarim, burgutlarim... Shogirdlari cholni ko‘tarib kelib, e’zoz bilan xos o‘rinne dig‘iga o‘tqazadilar. O‘zlari yon-verida cho‘nqayib, alla chuk achinish aralash unga ko‘z tikadilar. Nima bo‘ldi sizga, bobojon, buncha qolib ketdingiz? E, so‘ramanglar, bolalarim Qochdim, qochib keldim! Ko‘rdilaring, «mazangiz yo‘q, mazangiz yo‘q» deya nima balodir qilib uyiga olib ketdi-yu, qamab qo‘yganday ahvolga soldi-ya meni! Anovi do‘xtir dugonasi kunda ikki mahal ukol qilib ketadi, uxlaganim uxlagan, ko‘zlarimni ocholmayman! Deputatligiga kerakmish-da kasofatning... Sizlarni sog‘indim-u qo‘ygan poyloqchilarini ham dog‘da qoldirib, bugun ko‘zni ishqay-ishqay yo‘lga tushdim... Hay, o‘zlaringdan gapiringlar, qani? Ametboyimiz ko‘rinmaydi?.. Bola ketibdi-da baribir. Atta-ang, atta-ang. Yaxshigina usta bo‘lib qoluvdi-ya, kasofat! Kasofatingizning o‘rnini bildirmayapmiz lekin, bobo! Ana, siz yo‘g‘ingizda bir emas, ikkita qayiq yasab qo‘yganmiz! Barakalla, chirog‘larim, barakalla! Xo‘sh, yana nima yangilik? Siz birdan ketib qoldingiz, mana, bugun birdan kelib qoldingiz – yangilik shu! Baravariga kulib yuborishadi. Asr payti kep qol gandir, men namozimni o‘qib olay endi...! Chol o‘choqboshidan oftobasini olib, uy orqasiga o‘tadi. Yigitlar qaytib ishga tutinadi. Jumaboy qandaydir taxtani aylantirib ko‘zdan kechirayotganida uning bir uchi dastgoh adog‘ida turgan tranzistorga tegib ketadi-yu sho‘x yalla yangraydi. Qoraqalpoqlarning mashhur «Dembermas»i!.. Ana shu tarona asnosi hovli qorong‘ilashib, keyin yana asta yorisha boshlaydi. Tong! Uzoqlardan kelayotgan dengiz shovqinlari boyagi qo‘shiqqa qorishib, uni bosib ketadi. Ana – to‘lqinlar bir-biriga urilib shaloplashi, jonsarak mavjlar shiviri, eshkaklar ning bir maromdagi g‘ichir-g‘ichiri... Ana – chag‘alaylar ning betinim chug‘ur-chug‘uri-yu suvga to‘sh urib uchayotgan oqchorloqlar sasi... Yer-u osmon g‘ayrioddiy, g‘ayritabiiy bir yog‘dular, charog‘onlik qo‘ynida... Tom boshidagi ona qayiqda Orol bobomiz tik turibdi. Qalpog‘i qo‘lida, quvonchdan ko‘zlari chaqnab har yonga alanglayotir. Chetan ortidan shogirdlar sasi eshitiladi: «Ko‘rdi! Ana, qaranglar – ko‘rdi!» Mana, keldi! Axiyri keldi! Suv, suv!.. Orolimiz suvga to‘ldi, odamlar! Yashasin, dod! Shu kunni ko‘rdim-a! Endi o‘lsa armonim yo‘q... Omonating olsang ham roziman, bariga roziman! Shukr, shukr... Chol shunda bir qalqiydi-yu oyoqlari mayishib, bo‘shasha-bo‘shasha, baayni suvga cho‘kayotgan misol, qayiq ichida ko‘rinmay ketadi. Atrofni sukunat chulg‘aydi – purhikmat, tantanavor bir sukunat!.. Chol qayiq ichiga «cho‘kib» ketgach, andak sukunatdan so‘ng, chamasi, chetan ortida bu manzarani – nima bo‘lishini kuzatib-poylab turishganmi, birin-ketin shogirdlar kirib keladi. Ular hovli o‘rtasida saf tortib, tomboshiga baqraygancha qotib qolishadi. Bir vaqt chetan eshik og‘zida yelkasiga safarxalta osgan notanish libosli yigit paydo bo‘ladi. Amet! U ohista yaqinlashib, uch o‘rtoqni orqasidan birvarakay quchib oladi. Amet! Senmisan? Osmondan tushdingmi, nima balo?.. Keldim. Ko‘nglim bir nimani sezganday bo‘laverdi... To‘rt o‘rtoq yig‘lamsiragancha quchoqlasha ketadi. Sizlarni... Orolni unutolmadim, jo‘ralar. Keldim. Bobomiz qani? Yuragi yorilib o‘lib qoldi... Ko‘zlariga ishonmagan-da! Men, hammasiga men aybdor!.. Endi nima qildig-a, bolalar, nima qildik? Yuringlar. Olib tushish kerak... Birin-birin qayiq-narvonga tirmashib, tomga chiqa boshlaydilar. Aytib edim-ku, bu ishimiz ning oxiri zil bo‘lib chiqadi, deb!.. Qo‘y endi sen ham shu paytda!.. Har ne bo‘lgandayam murodiga yetdi-ku bobomiz! Suvni ko‘rganday bo‘lib ketdi... Yigitlar tomda qayiqni qurshab, baravariga unga engashadilar. Amet beixtiyor cholning qalpog‘ini olib, boshiga qo‘ndiradi. Bobojon, o‘lmang! Ko‘zingizni oching... Kechiring, ustoz, beoqibat shogirdingizni kechiring... Bo‘ldi!.. Qani, oldik! Tomboshida to‘rt o‘g‘lon – to‘rt shogird qayiq-tobutni dast ko‘tarib turibdi! G‘oyibona vidolashuv... Kelganing chinmi, Amet bolam? Bobongning o‘lishini kutib yurganmiding yo?.. Unday demang, bobojon, unday demang. Keldim, mana. Butunlay keldim. Bilib qo‘y, Orol chaqirdi seni, Orolimiz! Ishonmasang, ana – atrofga boq, suvning o‘zidan so‘ragaysan! Sizlarni tashlab qayoqqa ham borardim, bobo?! Ota bolasi emas, Orol bo‘lib qayt dim de? Barakalla, chirog‘im! Bobongning vasiyati – anovi qalpoqni hech qachon boshingdan qo‘ymagaysan! Ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsin, bobo, sizdan meros bu qalpoq hamisha boshimda tug‘!.. Bizlarni kechiring, bobojon... Men sizni bugun bildim, Orol bobo! O‘zimni ham endi taniyapman. Sarkashroq bolangizning qiliqlaridan o‘tarsiz, bobojon... Bunday bo‘lib chiqishini kim o‘ylabdi deysiz, Orol bobo! Biz sizni bir suyuntirmoqchi edik-da... Bu dunyodan, sizlarning baringizdan rozi bo‘lib ketyapman, qaroqlarim, yig‘lamanglar, men uchun ko‘zyoshi qilib yurmanglar. Sizlar bor ekansiz, bobongiz o‘lmagan, o‘lmaydi. Sizlar bor ekansiz, Orol o‘lmaydi, Orolimiz tirik! Toabad bor bo‘lgay, omin! Qayiq-tobut nogahon bir silkinib, boshlar uzra ohista ko‘tarila boshlaydi. Yuksala-yuksala, ko‘k dengizi sari suzib ketadi... To‘rt o‘g‘lon osmonga qo‘l cho‘zib, uni go‘yo kuzatib qolgan... Uzoqlardan kelayotgan dengiz shovqinlari tobora kuchayadi. Ana – to‘lqinlar bir-biriga urilib shaloplashi, jonsarak mavjlar shiviri, eshkaklarning bir maromdagi g‘ichir-g‘ichiri... Ana – chag‘alaylarning betinim chug‘ur-chug‘uri-yu suvga to‘sh urib uchayotgan oqchorloqlar sasi... Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois Yaltaga ko‘chib o‘tadi. A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran o‘rgandi; odamlar orasida bo‘ldi, ularning dard-u holini tingladi. O‘z davrining ijtimoiy-maishiy hayot tarzi, insonlararo turli muomala-munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri, o‘tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko‘chdi. Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi. Ayni damda, uning qissa va sayohatnomalari sevib o‘qiladi. «Chayka», «Vanya amaki», «Uch opa-singil», «Olchazor» kabi qator pyesalari teatr sahnalarida qo‘yilgan. A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va adiblar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Adib 1904-yilda vafot etgan. Keksa bankir xonada u yoqdan bu yoqqa borib kelar, bundan o‘n besh yil ilgari mana shunday kuz oqshomida ziyofat berganini eslardi. Ziyofatga ko‘plab aqli salim, orif mehmonlar tashrif buyurishgan va ko‘p maroqli suhbatlar bo‘lgandi. Darvoqe, kechada o‘lim jazosi haqida bahslashdilar. Mehmonlar orasida ancha-muncha olimlar va muxbirlar ham bor edi, ularning aksariyati o‘lim jazosiga norozilik bildirishdi. Ular jazoning bu usulini eskirgan, nasoro diniga e’tiqodda bo‘lgan xalqlar uchun badaxloq hamda sharmandalik deb topishdi. Kechada yig‘ilganlarning ayrimlari o‘lim jazosi umr bod qamoq jazosiga almashtirilishi lozim deyishdi. Fikringizga qo‘shila olmayman, – dedi bank sohibi. Kamina na o‘lim, na umrbod qamoq jazosini boshidan o‘tkazgan, vaholanki, agarda arriori1 mulohaza yuritadigan bo‘lsak, qatl umrbod qamoq jazosidan axloqiy va insoniyroq dir. Jallod mahkumning jonini bir necha daqiqada tanidan judo qilsa, umrbod tutqunlik uzoq-uzoq yillar davom etadi. Ayting-chi, ularning qaysi biri insoniyroq – bir necha soniyada o‘ldiradiganimi yoki yillar davomida jonini zulukdek so‘rib yotadiganimi? Jazoning har ikkalasi ham insoniylik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi, – ta’kidladi mehmonlardan biri, – chunki ularning har ikkalasi ham inson hayotini so‘ndirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Hukumat – Xudo degani emas. Modomiki, u istagan taqdirda ham, tortib olgan narsani egasiga qaytarib berolmaydi-ku! Mehmonlar orasida yigirma besh yoshlardagi huquqshunos ham bor edi. Bu borada u o‘z fikrini shunday bayon etdi: – O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlardim. Har holda, yashamoq – o‘lmoqdan afzalroqdir! Davrada qizg‘in bahs boshlanib ketdi. O‘sha kezlari bir muncha yosh, shu bois serdiqqat bo‘lgan bankir quyushqondan chiqib ketib, stolni mushtlagancha yosh huquqshunosga tashlandi: – Bekorlarni aytibsiz! Hoynahoy, siz umrbod qamoq jazosini yengil hisoblayotgandirsiz. Keling, garov o‘ynaymiz: siz kazematda1 besh yil ham o‘tira olmaysiz! Buni jiddiy aytyapsizmi? keskin javob qildi yosh huquqshunos. Bo‘pti, o‘ynaganim bo‘lsin. Men u yerda besh yil emas, o‘n besh yil o‘tira olaman! O‘n besh yil! Nahotki? Siz-a? – xitob qildi bankir. Janoblar, men garovga ikki million tikaman! Roziman! Siz millionlaringizni, men bo‘lsam o‘z erkimni tikaman! dedi huquqshunos. Shunday qilib, aqlga sig‘maydigan ahmoqona garov o‘ynaldi. U paytlari millionlarining hisobiga yetmayotgan bemulohaza taqdir arzandasining garovdan boshi osmonda edi. Ziyofatda bankir huquqshunosning ustidan kulgancha dedi: – Hoy yigitcha, es-hushingizni yig‘ib oling. Haliyam kech emas. Kamina uchun ikki million pul shunchaki arzimagan narsa, siz bo‘lsangiz zindonda hayotingizning eng gullab-yashnagan uch-to‘rt yilini yelga sovurasiz. Zero, kazematda siz undan ortig‘iga chiday olmaysiz! Yanayam aytaman – umringizning uch-to‘rt yilini yo‘qotasiz. Shuniyam unutmangki, ey notavon banda, o‘z inon-ixtiyori bilan o‘zni mahkum etish majburiy qamoq jazosiga qaraganda, nihoyatda mashaqqatli kechadi. Xohlagan paytingizda ozodlikka chiqish huquqi sizda saqlanib qolayotganligi bandilikda kechadigan hayotingizga muttasil og‘u solib turadi. Sizga rahmim kelganidan aytyapman bu gaplarni! Shu topda bankir xonada betinim u yoqdan bu yoqqa borib kelar, shularni eslab, o‘zini savolga tutardi: – Garovning nima keragi bor edi o‘zi? Huquqshunosning o‘n besh yil umrini yo‘qotishi, kaminaning ikki millionini ko‘kka sovurishidan kimga foyda-yu kimga ziyon? Bu narsa odamlarga o‘lim jazosining beshafqatligini anglatadimi yoki umrbod qamoq jazosining afzalliginimi? Yo‘q, aslo unday emas! G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom... Shundan so‘ng u o‘sha oqshom tag‘in nimalar bo‘lganini xotiriga keltira boshladi: o‘shanda barcha mehmonlar ning guvohligida garov o‘ynalib, uning shartlariga ko‘ra, yosh huquqshunos bankirning chorbog‘idagi xilvat go‘shada qamoq muddatini qattiq nazorat ostida o‘tashi lozim edi. Huquqshunos o‘n besh yil davomida ostona hatlab chiqmasligi, odamlar bilan uchrashmasligi va ular bilan muloqot qilmasligi, yaqinlari va do‘stlaridan xat-xabar olmasligi kerak edi. Ammo-lekin uning cholg‘u chalib xirgoyi qilishiga, xohlagancha kitob o‘qib, yozib-chizishiga, musallas ichib, tamaki chekishiga ruxsat berilardi. Tashqi dunyo bilan esa devordan ataylab ochilgan chog‘roq deraza orqali, unda ham lom-mim demasdan aloqa natishi, ehtiyojlarini bir enlik qog‘ozga yozib, talab qilishi o‘r mumkin edi, xolos. O‘ziga kerakli barcha kitoblar-u musiqa notalari, musallas-u tamaki, yemag-u ichmak va hokazolarni istagancha so‘rashga haqqi bor edi. Garovda qamoq muddati 1870-yil 14-noyabr kunduz soat 12 dan 1885-yil 14-noyabr kunduz soat 12 gacha belgilanib, huquqshunosning garov shartlarini ozgina buzishi, aytaylik, muddat tugashiga ikki daqiqa qolganda kazematni tark etishi bankirning unga ikki millionni to‘lash majburiyatidan soqit qilar edi. Huquqshunosning yozma talabnomalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tutqunlikning dastlabki yilida u uzlatda qattiq iztirob chekkan. U bandilikka solingan xonadan kecha-yu kunduz musiqa ovozi eshitilib turgan. Bandi musallas va tamakidan bosh tortadi. «Sharob, – deb yozadi u, – ishtiyoqni battar alangalatadi. Zotan, ishtiyoq mahbusning ashaddiy dushmanidir. Zero, xushbo‘y va xushta’m musallasdan so‘ng kimsasizlikda zerikib o‘tirishdan-da rasvo holat bo‘lmasa kerak. Tamaki bo‘lsa, katalakday xonaning havosini buzib yuboradi». Tutqunlikning birinchi yilida huquqshunosga, asosan, yengil-yelpi mazmundagi kitoblar – chigal sujetli ishqiy romanlar, jinoiy va fantastik ruhdagi hikoyalar, komediyalar va shunga o‘xshagan narsalar yetkazib berib turildi. Ikkinchi yili musiqa va qo‘shiq sadolari tinib, yurist mukka tushib olib, nuqul mumtoz asarlar mutolaa qila boshladi. Beshinchi yilga borib qamoqxonadan yana ohang va navolar taraladigan, endi mahbus sharob berishlarini so‘raydigan bo‘ldi. Uning uzlatdagi hayotini zimdan kuzatganlar u yil bo‘yi faqat yeb-ichgani, to‘shakka uzala tushib yotib olib, dam-badam homuza tortib qo‘ygani, dilgirlikdan o‘zi bilan o‘zi tillashib o‘tirganini aytishdi. Endi u mutlaqo mutolaa qilmay qo‘ygandi. Ba’zan kechalari u tuni bilan uxlamasdan allanimalarni yozib chiqar va tongga yaqin bitiklarining hammasini mayda-maydalab yirtib tashlardi. Goho uni yig‘lab o‘tirgan holda ko‘rishardi. Oltinchi yilning ikkinchi yarmidan boshlab tutqun falsafa, tarix hamda xorijiy tillarni o‘rganishga qat’iy bel bog‘ladi. U mazkur fanlarni o‘zlashtirishga shunchalik jidd-u jahd bilan kirishib ketdiki, hatto bank sohibi unga qo‘llanma va darsliklarni yetkazib berib turishga ham ulgurolmay qolardi. Keyingi to‘rt yil mobaynida huquqshunosning talabiga muvofiq olti yuz jilddan iborat har xil kitoblar xarid qilindi. Ushbu fanlarni o‘rganish jarayonida bankir undan quyidagi mazmunda noma oldi: «Birodari aziz! Ushbuni sizga olti xorijiy tilda yozmoqdaman. Ularni o‘z sohasining zarshunoslariga ko‘rsatishingiz ni so‘rayman. Yaxshilab o‘qib chiqishsin. Basharti ular nomalarimdan xato va kamchilik topa olishmasa, unda chorbog‘ingizda miltiqdan ikki marta o‘q uzib, ma’lum qilishsin. Bu kaminaning sa’y-harakatlari besamar ketmaganligini anglatadi. Qadimda buyuk daholarimiz turli tillarda ijod qilishgan, biroq ularning qalblarida yagona maslak o‘t bo‘lib yongan. Kamina daho insonlar bilan hamfikr, hammaslak bo‘lish maqomiga yetganidan o‘zini arshi a’loda his etmoqda!» Huquqshunosning xohish-istagiga binoan, bankirning chorbog‘ida miltiqdan ikki marta o‘q uzildi. Bandilikning o‘n birinchi yilidan boshlab huquqshunos Muqaddas Kitobni o‘qishga tushdi. Qiyin tushuniladigan olti yuz jildlik kitobni to‘rt yilda tushirib tashlagan ziyolining bir yildan beri risolani o‘qib chiqolmayotganidan bankir taajjubda edi. Muqaddas Kitobdan so‘ng u «Dinlar tarixi» va «Ilohiyot»ni qo‘lga oldi. So‘nggi ikki yil mobaynida huquqshunos nihoyatda ko‘p mutolaa qildi – qo‘liga nima tushsa o‘qiyverdi. Bir qarasang, u tabiiy fanlarni o‘rgana boshlagan, bir qarasang – Bayron va Shekspir asarlariga yopishib olgan. Ba’zan u bir vaqtning o‘zida kimyo va tibbiyotga oid darsliklarga qo‘shib bironta roman yoki bo‘lmasa falsafa va ilohiyot qo‘llanmalarini keltirib berishlarini so‘rardi. Huquqshunosning mutolaasi halokatga uchragan kema parchasiga yopishib olgan kishi holatiga o‘xshardi. Shularni eslab bank sohibi teran xayolga cho‘mdi: «Ertaga choshgohda u ozodlikka chiqadi. Shartga ko‘ra, kamina unga ikki million to‘lashim lozim. Agar garovda yutqazib qo‘ysam, rasvoyi jahon bo‘laman». O‘n besh yil ilgari u yiqqan sarmoyasining hisobiga yetmas, pulni po‘choqcha ko‘rmasdi, endi bo‘lsa u o‘zidan «Pullarim ko‘pmi yoki qarzlarim?» deb so‘rashga yuragi dov bermasdi. Gardkam birja o‘yinlari, qaltis oldi-sotdi operatsiyalari hamda keksayganda ham qutula olmayotgan, salga tutab ketish odati bora-bora hamma ishlarini chaparasta qilib tashladi va bebok, o‘ziga bino qo‘ygan kalondimog‘ boyvachcha birja qog‘ozlarining har ko‘tarilib tushishidan dag‘-dag‘ titraydigan o‘rtamiyona bankirga aylandi. Ming la’nat o‘sha garovga! tushkunlikdan boshini changallagancha o‘zidan yozg‘irib oldi u. Shu paytgacha nega o‘la qolmadi-a? U endigina qirqqa kirdi. Bor-budimdan ayirib, mening davlatimga uylanib oladi-da, rohat-farog‘atda yashab, meni har ko‘rganida: «Iqbolimni sarbaland etdingiz, endi sizga yordamlashishni burchim deb bilaman!» – deb qitig‘imga tegadi. Yo‘q, bunga toqat qilolmayman! Xonavayron va sharmisor bo‘lishdan qutulishning birdan-bir yo‘li – huquqshunosning o‘limidir!» Soat tungi uchga jom urdi. Bankir jim qoldi: butun boshli uy orom og‘ushida, faqatgina chorbog‘dan daraxt yaproqlarining so‘lg‘in shitirlashi quloqqa chalinadi. Qariya sas-sadosiz po‘lat sandiqdan o‘n besh yildan buyon qulflog‘lik turgan eshik kalitini oldi-da, paltosini kiyib tashqariga chiqdi. Chorbog‘ qorong‘i va sovuq edi. Yomg‘ir yog‘ardi. Shiddat-la esayotgan rutubatli shamol vahimali shovullab, daraxt shoxlarini silkitib o‘ynardi. Bankir chor-atrofga zingil qarash qildi, biroq u na oyoqlari ostidagi yerni, na oppoq haykalchalarni, na chekkadagi ovloq uyni ko‘rardi. U huquqshunos hibsda saqlanayotgan binoga yaqinlashib, qorovulni ikki marta chaqirdi – javob eshitilmadi. Aftidan, qorovul yomg‘irdan qochib o‘choqboshigami, gulxonagami kirib olib uyquni urardi. «Basharti yovuz niyatimni amalga oshira olsam, – deya o‘yladi bank sohibi, – shubha daf’atan qorovulga tushadi». U zim-ziyo tun qorong‘ida pillapoyalarni bir-bir bosib tushib, asta dahlizga kirib bordi. So‘ng gugurt chaqib, chog‘roq yo‘lakka o‘tdi. U yer ham kimsasiz edi. Yalang karavot hamda cho‘yan pechkadan bo‘lak hech vaqo yo‘q edi. To‘g‘ridagi eshik qulflog‘ bo‘lib, surg‘ich bilan muhrlab qo‘yilgandi. Gugurt cho‘pi yonib tugadi, keksa bankir hayajondan dag‘-dag‘ qaltirab, derazadan ichkariga mo‘raladi. Xonani sham shu’lasi xira yoritib turar, huquqshunos bo‘lsa, stoldan bosh ko‘tarmay o‘tirar edi. Bu yerdan uning yelkasi, orqasiga osilib tushgan sochi va uzun qo‘llarigina ko‘rinib turardi, xolos. Stol ustida, uning ikki yonidagi oromkursilarda va gilamda kitoblar tartibsiz sochilib yotardi. Oradan besh daqiqacha vaqt o‘tdi, biroq tutqun qimir etmayotgandi. O‘n besh yillik qamoq uni tosh qotib o‘tirishga o‘rgatib qo‘ygandi. Bankir derazani chertdi, ammo tutqun bunga javoban loaqal qimirlab ham qo‘ymadi. Shunda bankir qulfning ko‘zidagi muhrni avaylab buzib, kalitni teshikka tiqdi. Zanglab yotgan qulf bo‘g‘iq shiqirlab ochildi. Huquqshunos hozir hayratdan qichqirgancha o‘rnidan turib ketadi, deb o‘ylagandi bank sohibi, lekin oradan uch-to‘rt daqiqa o‘tsa hamki, hech qanday ovoz eshitilmadi. Nihoyat, qariya ichkariga kirib bordi. Stol yonida oddiy odamlarga mutlaqo o‘xshamagan alomat banda tosh qotib o‘tirardi. Sochlari ayollar sochidek o‘sib, jingala-jingala bo‘lib ketgan, soqol-mo‘ylabi baroqlashib, ustuxonini yupqa teri sirib turgan skeletdangina iborat edi u. Yonoqlari ich-ichiga botib ketgan, rangi murdaday oppoq, belidan yelkalarigacha cho‘zilib kambar tortgan tanasi hamda uzundan-uzun soch-soqolli boshini tutib turgan qo‘llar shunchalik ingichka va qoqshol ediki, unga ko‘zi tushgan kishining qo‘rquvdan yuragi tars yorilishi tayin edi. Sochlariga oq oralab qolgan, zero, butun andomi qarimsiq tus olgan bu odamning endigina qirqqa kirganiga aql bovar qilmasdi. U shu o‘tirishida uyquga ketgandi... Quyi solingan boshi qarshisida mayda harflarda yozilgan bir varaq qog‘oz yotardi. «Sho‘ring qursin! – dedi ichida bankir. Uxlayapti. Ehtimolki, shu topda tushida garovga tikilgan million-million pullarni ko‘rayotgandir! Bu tirik murdani dast ko‘tarib to‘shakka yotqizaman-da, paryostiq bilan og‘iz-burnini yopib turaman – joni uziladi. O‘shanda eng adolatpesha ekspertiza ham u zo‘rlab o‘ldirilganini aniqlay olmaydi. Darvoqe, u nimalar haqida yozganini o‘qib ko‘ray-chi...» «Ertaga kunduz soat o‘n ikkida kamina ozodlikka chiqib, yana odamlar orasida yashash huquqini qo‘lga kiritaman. Ammo-lekin ushbu zindonni butunlay tark etib, oftobni yana o‘z ko‘zim bilan ko‘rish baxtiga erishishdan oldin sizga quyidagilarni yetkazib qo‘yishni lozim topdim. Pok vijdonim hamda Yaratganning guvohligida sizga shuni aytmoqchimanki, endi men sizlarning minglab jild-jild kitoblaringizda foniy dunyoning noz-ne’matlari-yu rohat-farog‘atlari deya maqtalgan hurlik, sihat-salomatlik, to‘y-u tomoshalar-u, shod-u xurramliklar – hamma-hammasiga tupurdim! Uzlatda kechgan o‘n besh yil davomida kamina bu o‘tkinchi dunyo hayotini miridan sirigacha o‘rgandim. To‘g‘ri, uzoq yillar men na quyoshni, na odamlarni ko‘rdim, ammo-lekin sizlarning kitoblaringizdan ajoyib musallaslar no‘sh etib, diltortar navolar tingladim, o‘rmon va yobonlarda ohular-u g‘izollar ortidan quvdim, ofatijon xonimlarning ko‘nglini ovladim... Daho shoirlarning sohir xayolotidan ofarida bo‘lgan hur-u g‘ilmonlar uzoq oqshomlarda huzurimga tashrif buyurishar va aql-u hushimni sarmast etib, tong otguncha menga ertaklar so‘zlab chiqishardi. Sizlarning kitoblaringizdan men Monblan va Elbrus cho‘qqilarini zabt etar; erta-tongda quyoshning ufq ortidan ko‘z uqalab chiqib kelishini, kechga borib osmon-u ummonlarni hamda baland tog‘ cho‘qqilarini lolarangga bo‘yab yuborishini sehrlangancha tomosha qilar edim; yuksak qoyalarga chiqib olib, yildirimning bulutlarni tilkalashini vahima bilan kuzatardim, u yerdan turib yamyashil o‘rmonlar va o‘tloqlar, daryolar-u ko‘llar, kentlar va qo‘rg‘onlarga zavqlanib boqar, ularning poyimda yastanib yotishidan lol-u musaxxar bo‘lar, pari-paykarlarning sehrli ovozi-yu cho‘ponlarning sibizg‘a sozi ruhimga orom bag‘ishlar va kamina bilan ilohlar haqida suhbat qurgani xonamga uchib kirgan farishtalarning oppoq harir qanotchalarini yaq qol his etardim... Kitoblaringiz sahifalaridan o‘zimni tubsiz jarliklarga otgan bo‘lsam, sabr-qanoatim, chidam-bardoshim bilan mo‘jizalar yaratar, bu ham yetmaganday, o‘zimni bebok va o‘tyurak chog‘lab, kent-u qishloqlarga o‘t qo‘yar, odamkushlik qilar, katta-katta mamlakatlarni zabt etib, xalqini qirg‘inbarot etar, pirovardida yangi-yangi ilohiy ta’limotlarning targ‘iboti bilan shug‘ullanar edim... Kitoblaringiz aqlimni charxlab, idrokimni o‘tkirladi. Tinim bilmas va yaratuvchan inson zakovati asrlar mobaynida bunyod etgan narsalarning hammasi bosh chanog‘imda ixcham holga kelib yig‘ildi. Endi kamina o‘zimni sizlarning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk ekanligimga ishonch hosil qilmoqdaman... Bundan buyon men bu dunyoning jumla noz-ne’matlaridan nafratlanaman. Ularning hammasi o‘tkinchi, haqir, turgan-bitgani sarob ekan. Sizlar, ya’ni o‘zini ilm-u hikmatda, dunyoni anglab yetishda barkamollikka erishgandek chog‘layotgan mutakabbir bandalar qanchalik kibr-u havoga berilmang, ajal sizlarni yerto‘la va yer ostidagi sichqon-u kalamushlarga qo‘shib, yer yuzidan supurib tashlaydi, ortingizda qolayotgan avlod-u ajdodlaringiz yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar kurrayi zamin bilan birgalikda kunpayakun bo‘ladi... Boylik, hasad, hirs-u havas barchangizning ko‘zingizni ko‘r, shuuringizni shafaq qilib qo‘ygan. Sizlar yolg‘onni haqiqat, hamoqatni nafosat deyishga o‘rganib qolgansiz. Mabodo falakning gardishi bilan daraxtlarda, olma, po‘rtaxol va nok o‘rniga qurbaqa, kaltakesak va ilonlar osilib tursa; atirgullar firdavs bog‘larining iforlarini emas, balki badbo‘y ter isi taratib turishidan qanchalik irganib-jirkanganingiz kabi, kamina ham Arshi a’loni yolg‘onchi dunyoning hoy-u ha160 vaslariga almashtirib o‘tirganingizdan bag‘oyat taxayyuldaman. Endi ichingizda kaminani yo‘q deb hisoblayveringlar!!! Sizlarning hulvo misol botil turmushingizga nisbatan qal bimda uyg‘ongan cheksiz nafrat va jirkanchimning isboti o‘laroq taqdirning buyuk ne’mati va katta omad deb orzu qilgan ikki millioningizdan butunlay bosh tortaman. O‘sha garovga tikilgan pullarga haqdorlik huquqidan o‘zimni mahrum etish maqsadida muddatidan besh soat burun bu yerdan qochib chiqib, o‘rtamizdagi shartni atayin buzaman...» Bank sohibi nomani o‘qib chiqib, uni joyiga qo‘ydi, so‘ngra huquqshunosning peshonasidan o‘pdi-da, ko‘zlariga g‘ilt-g‘ilt yosh olib, xonadan chiqib ketdi. U ilgari hech qachon, hatto gardkam birja o‘yinlarida yutqizib, katta talofatga uchraganda ham, hozirgidek o‘zidan bunchalik nafratlanmagandi. Bankir uyiga qaytib kelib, o‘zini to‘shakka tashladi, biroq kuchli iztirob va ko‘zlaridan oqayotgan yoshlar unga tinchlik bermasdi. Ertasiga ertalab uning huzuriga chopa-chopa kelgan qorovul va malaylarning rang-qutlari o‘chgan, sarosimada edilar. Ular bandining derazadan bog‘ga, u yerdan darvoza orqali noma’lum tarafga qochib ketganini aytishdi. Bank sohibi malaylari bilan darhol chorbog‘ning etagidagi xilvat go‘shaga yetib keldi va huquqshunosning qamoqdan qochganiga ishonch hosil qildi. Ortiqcha gap-so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun u huquqshunosning garov shartnomasini buzganligi haqidagi qog‘ozni olib uyiga qaytib keldi-da, uni po‘lat sandiqqa solib qulflab qo‘ydi. Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqaligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hikoyalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalar ni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli ba yon qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniqsa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘q qisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq ang lashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emasmi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul uchun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga keladi. Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davomida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina ning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk o‘zimni sizlar ekanligimga ishon ch hosil qilmoqdaman...» – deb ta’kidlaydi. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab yetadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi. A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga sharqona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qarashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi. Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdirini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi. XX asrdagi mashhur turk yozuvchilaridan biri Rashod Nuri Guntekin 1889-yil Istanbulda tug‘ilgan. Istanbul universitetining turk tili va adabiyoti bo‘limini tamomlagan . XX asrning 20-yillarida uning bir qancha hikoyalari bosilib chiqadi. Katta epik janrga qo‘l urgan yozuvchi dastlab «Sirli qo‘l» romanini yozadi. Keyinchalik «Xazonrezgi», «Tamg‘a», «Yashil tun» nomli romanlari nashr qilinadi. Ammo dunyo adabiyotida Rashod Nuri Guntekin «Choliqushi» romani bilan shuhrat qozondi. Adibning bu romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Rashod Nuri Guntekindan ko‘plab hikoyalar, roman va dramatik asarlar meros bo‘lib qoldi. Turkiyada adibning yigirma to‘rt jilddan iborat asarlari bosilgan. Adib 1956-yilda vafot etgan. To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. «Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi», – degan edi u. Hech esimdan chiqmaydi: sho‘xligimdan, sergapligimdan bezor bo‘lgan murabbiyalarim meni o‘rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o‘tqazib qo‘yishgan edi. Mudira aytgandek, men «dars paytida qo‘shnilarimni gapga tutmaslikni, o‘qituvchimizning so‘zlarini odob bilan tinglashni o‘rgangunimga qadar» u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim. Bir yonimda kattakon yog‘och ustun bor: nimaiki qilinsa pinagini buzmaydigan va ora-sira pakkimning uchi bilan u yer-bu yeriga ozor berganimda mardona chidab turadigan vazmin, uzun, gung qo‘shni… Aleksi opa vazifani tushuntirib bo‘lgandan so‘ng bizni yozishga qo‘yib berdi. Oldingi partalarga husn berib turgan og‘ir tabiatli peshqadam o‘quvchi qizlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi. Ularning yonida o‘tirmasam ham, nimalar yozayotganlarini kiftlari ustidan ko‘rib turganday bo‘lar edim: «Ilk xotiramda qolgan birdan-bir narsa mehribon onajonimning kichkina karavotcham ustiga egilgan oltin sochli aziz boshi, menga mehr-u muhabbat bilan kulimsiragan havorang ko‘zlaridir...» tarzida shoirona bir yolg‘on... Aslida esa, onalar oltin va havoranglardan boshqa ranglarda ham bo‘ladilar. Faqat so‘rlarning1 o‘quvchilari qalamidan shunday ranglarga bo‘yalib chiqish u bechoralar uchun bir majburiyat, biz uchun esa odat edi. Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayrilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Lekin onamning oltin sochli, havorang ko‘zli bo‘lmaganini aniq bilaman. Shunday bo‘lgandan keyin, uning asl qiyofasini o‘zgartirib tushuntirishga va bundan mamnun bo‘lishga hech qanday kuch meni majbur qilolmaydi... Bu yerda fransuz katolik tarbiyaxona murabbiyasi. O‘sha kuni har qancha o‘ylasam ham, faqat shu narsalarnigina yozganim esimda: «Men baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman... Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda... Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog‘imni chaqib olgan arini... Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Mehribon Husayn bilan Istanbulga kelganimizni... Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman... Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas... o‘zim yaxshi ko‘rgan ko‘lda, quyuq yaproqlar orasida cho‘milib yurgan vaqtlarimdagiday eski xotiralar emas... Dengizday poyonsiz bir ko‘l... «Ichida katta-katta yaproqlar, atrofida daraxtlar bo‘lsa, bu ko‘l qanday qilib dengizday katta bo‘lishi mumkin?» deyarsizlar... Xudo haqqi, yolg‘on so‘zlayotganim yo‘q, o‘zim ham sizlarga o‘xshab hayronman... Ammo, asli da, shunday bo‘lgandan keyin ilojim qancha?..» Inshom sinfda o‘qilganda, dugonalarim men tomonga o‘girilishib, qahqaha urib kulib yuborishdi. Bechora Aleksi opa ularni tinchitish uchun anchagina zahmat chekdi. Mening otam Nizomiddin nomli bir suvori mayori edi. Onamga uylangan yili uni Diyorbakirga jo‘natishgan. Shu ketganicha Istanbulga boshqa qaytib kelmagan. Diyorbakirdan Musulga, Musuldan Xonikinga, u yerdan Bag‘dodga, Karbaloga o‘tgan... Bir yerda aqalli bir yil ham turmagan. Onamni menga o‘xshatishadi. Onam otamga tushgan yili oldirgan bir rasmi bor, xuddi mening o‘zginam. Faqat bechora onam sog‘liq jihatidan menga hech o‘xshamas edi. Juda zaif ekan. Bitmas-tuganmas yo‘llarga, tog‘larning qattiq havosiga, dalalarning jaziramasiga chidash beradigan sog‘lig‘i yo‘q ekan. Keyin, aftidan, tag‘in bir kasali ham bo‘lgan. Bechoraning er bilan bo‘lgan butun hayoti shu kasallikni yashirish bilan o‘tgan... Nima qilsin, otamni juda yaxshi ko‘rar ekan. Meni zo‘rlab erimdan ajratishadi, deb qo‘rqar ekan... Otam Istanbuldan hamon uzoqlashib borar, har bir safari oldidan onamga: – Seni hech bo‘lmasa bir mavsumgina, mayli, ikki oygina onangning yoniga yuborib turay. Onang bechora ham qarib qoldi... Kim bilsin, seni ko‘rgisi kelib, yuragi ezilib o‘tirgandir, – desa, onam: – Shu yog‘ini ham pisanda qilibmidik? Istanbulga birga qaytamiz, demabmidik? – deyarkan. Gap kasaliga borib taqalsa: – Mening hech qanaqa dardim yo‘q... Picha charchadim, xolos... Tunov kuni havo biroz o‘zgardi-da, shundan bo‘ldim, o‘tib ketadi... – deyar ekan. Ammo Istanbulni ko‘rgisi kelganini otamdan hamisha yashirib kelar ekan. Tavba, yashirib bo‘larmidi. Uyquga ketganidan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas otamni uyg‘otar, Qalandardagi chorbog‘imizni, naryoqdagi chakalakni yoxud Bosfor suvlarini ko‘rganligini aytar ekan... Jindakkina uyqu ichida o‘tgan bir necha daqiqaga shu qadar uzun tushni sig‘dirish – u yerlarni odam juda ham ko‘rgisi kelgan bo‘lishidan emasmikan? Buvim harbiy vazirlikka, saroy mulozimlarining oldiga borib, otamni Istanbulga qaytarishlarini har qancha iltimos qilsa ham, har qancha yig‘lab-siqtasa ham, bu yolvorishlar hech qanday naf bermagan. Nihoyat, onamning kasali og‘irlashganidan so‘ng otam hech bo‘lmasa uni Istanbulga olib borib qo‘yish uchun bir oyga ruxsat so‘ragan-u, javobni ham kutib o‘tirmasdan yo‘lga chiqqan. Tuyalarga ortilgan kajavalarda o‘tirib, cho‘ldan o‘tganimiz xuddi bugungiday esimda. Bayrutga yetib, dengizni ko‘rishimiz bilanoq, onam biroz jonlanganday bo‘ldi. Qo‘ngan uyimizda onam meni ko‘rpasiga o‘tqazib, sochlarimni taradi, qo‘llarimning kirligi ni, tugmalarimning tushganligini ko‘rib xafa bo‘ldi, boshini bag‘rimga bosib yig‘ladi. Bir-ikki kundan keyin o‘rnidan turdi. Sandig‘idan yangi kiyimlarini olib yasandi. Kechqurun otamni kutib olgani pastga tushdik. Otam menda qo‘rs tabiat askar taassurotini qoldirgan edi. Lekin o‘shanda onamning turib yurganini ko‘rib, suyunganidan yugurib keldi-da, onamni endigina yura boshlagan go‘dak boladay qo‘llaridan ushlab yig‘ladi – men buni hech esimdan chiqarmayman... Bu bizning birga kechirgan so‘nggi kunimiz bo‘ldi. Onamni ertasi kuni ochiq sandiq yonida, boshi kiyimlar bo‘xchasi ustiga qo‘yilgan, lablarida qon qotib qolgan holda topishdi – onam o‘lib qolgan edi. Olti yashar bolaning ancha-muncha narsaga aqli yetishi kerak. Lekin men hech nimani uqmaganday parvosiz yuraverdim. Biz tushgan uyda odam ko‘p edi. Hali ham esimda, bir necha kungacha kattakon bog‘da bolalar bilan bo‘g‘ishib yurdim, Husayn bilan ko‘chalarda, dengiz bo‘ylarida aylandim, jome hovlisiga kirib, qubbalarni tomosha qildim. Onamni begona yerga qo‘yganimizdan so‘ng, Istanbulga qaytish otamning yuragiga sig‘madi... Innaykeyin, buvim, xolalarim bilan ko‘rishishdan qochdi, shekilli ham... Shunga qaramay, meni ularning oldiga yuborishni o‘z burchi deb bildi. Nazarimda, kun sayin o‘sib borayotgan qiz bolani kazarmada, askarlar qo‘lida tarbiyalash yaxshi bo‘lmaydi, deb o‘ylagan bo‘lsa ham kerak. Buvimdan judo bo‘lganimizda to‘qqiz yoshlarda edim. Otam ham ittifoqo Istanbulda edi. Otam bechorani bu safar Tripolidan Albaniyaga ishga o‘tkazishibdi. Shuning uchun Istanbulda atigi bir hafta qoli shi mumkin edi. Buvimning o‘limi uni mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Beva ofitser to‘qqiz yashar qizini yetaklab tog‘-u toshlar orasida sargardon bo‘lib yurolmas edi. Meni siqilib qoldi deb qo‘rqibmi, xolalarimga tashlab ketishga negadir ko‘ngli chopmadi. Nimani o‘ylagan bo‘lsa o‘ylagandir, har holda, bir kun meni yetaklab borib kemaga o‘tqazdi. Istanbulga o‘tdik. Ko‘prikda yana aravaga tushib, uchi-keti ko‘rinmagan o‘rlardan oshdik, bozorlardan o‘tdik, keyin bitta kattakon g‘ishtin bino oldiga kelib to‘xtadik. Bu yer umrimning o‘n yilini qamoqda o‘tkazishim kerak bo‘lgan so‘rlar maktabi edi. Bizni eshik yonidagi pardalari, derazalari yopiq, olaqorong‘i bir xonaga olib kirishdi. Hamma narsa avvaldan gaplashib qo‘yilgan bo‘lsa kerak, birozdan keyin qora kiyimli bir xotin kirdi-yu, to‘g‘ri mening ustimga kelib engashdi. Boshidagi oq ro‘molining uchlarini g‘alati bir qushning qanotlari singari sochlarimga tegizib turib, yaqindan yuzimga tikildi, betlarimni siladi. Maktabga qo‘ygan birinchi qadamim yangi bir bema’nilik, yana bir yaramaslik bilan boshlanganini eslayman. Otam mudira opa bilan gaplashib turganida, men xonani aylanib uni-buni kovlashtira boshladim. Bir vazaning rangli rasmlariga barmog‘imni tegizib ko‘rmoqchi bo‘luvdim, u tushib chil-chil bo‘ldi. Otam qilichini sharaqlatib o‘rnidan sapchib turdi, jahl bilan qo‘limdan tortdi. Singan vazaning egasi mudira opa esa, aksincha, kulardi. Qo‘llarini silkitib, otamni tinchlantirishga harakat qildi. Maktabda bu vazaga o‘xshash yana qancha narsalarni sindirishim turgan gap. Uydagi bevoshligim u yerda ham davom etdi. Murabbiyalarimiz chindan ham malak kabi sabrli xotinlar edi yoki mening yaxshi tomonlarim bor edi. Yo‘qsa, mening dastimdan bu qadar ozor chekishlari mumkinmi, qalay? Sinfda sira tinmay to‘polon qilar, u yoqdan bu yoqqa o‘tib yurardim. Hamma singari zinadan tushish mening odatim emas edi. Albatta, biror burchakka biqinib olib, sinfdoshlarimning tushishlarini poylar, keyin panjara yog‘ochiga otga minganday sakrab chiqib olib, o‘zimni pastga qo‘yib yuborardim. Yoki oyoqlarimni juftlashtirib zinalardan sakrardim. Bog‘da qurigan daraxt bo‘lardi. Payti keldi deguncha o‘shanga tirmashib chiqib olganimni, po‘pisalarga quloq solmay tanaffus oxirigacha shoxdan shoxga irg‘iganimni ko‘rgan muallimam: «Bu odam bolasi emas, choliqushi»1, – deb koyigan edi. Ana shunday qilib, o‘sha kundan boshlab asl nomim unutildi-yu, hamma meni «Choliqushi» deb ataydigan bo‘ldi. Bilmayman, bu ism keyinchalik qanday qilib oilamizga ham o‘tdi-yu, Farida otim bayram kiyimi singari juda kam qo‘llanadigan rasmiy ot bo‘lib qoldi. «Choliqushi» mening o‘zimga ham yoqardi, nimagaki bu nom ko‘p mahal jonimga ora kirardi. Biron nojo‘ya harakatimdan shikoyat qilishsa, bahuzur yelkalarimni uchirib: «Na chora... Choliqushining qo‘lidan boshqa nima kelardi», – deyardim... Avgustning oydin kechalaridan biri. Chorbog‘ga bir to‘da mehmon kelgan edi. Bular orasida Narimon nomli yigirma besh yoshlardagi bir tul xotin ham bor edi. Uning onda-sonda chorbog‘ga kelgan kunlari katta voqea hisoblanardi. Dunyoda o‘zlaridan boshqa hech kimni yoqtirmaydigan xolalarimdan tortib xizmatchi qizlarga qadar – hamma bu xotinga mahliyo bo‘lib qolgan edi. Narimonning eri bundan bir yil avval o‘lgan. Narimon erini juda ham yaxshi ko‘rardi, deyishadi. Shuning uchun u hamisha qora kiyib yurar ekan. Lekin menga shunday tuyuladiki, bu xotinning sarg‘imtir chehrasiga juda ham yarashib tushgan qora kiyimi aza tamom bo‘lgandan so‘ng yechilguday bo‘lsa, uning quruqligi oshkor bo‘lib qoladi. Narimonning menga qilgan muomalalari it mushukni erkalaganiga o‘xshardi. Lekin men unga hech elikmas edim. Oramiz ancha sovuq edi. Menga qilgan iltifotlarini juda sovuq qarshilardim. O‘rtamizdagi sovuqlikning hali ham davom etganiga qaramay, tan berishim kerak: Narimon o‘lguday chiroyli edi. Menga yoqmaydigan bir narsasi bo‘lsa, u ham nozu karashmalarga o‘chligi edi. Xotinlar ichida-ku o‘zini uncha-muncha yaxshi tutardi-ya, lekin, mabodo oraga bitta-yarimta erkak aralashib qolguday bo‘lsami, ana unda yuzi o‘zgarar, ovozi, qahqahalari, qiliqlari butunlay boshqa tus olardi. Qisqasi, maktabimdagi yeng ichida ish ko‘radigan dugonalarimning yana ham savodi chiqqanrog‘i... Eri haqida gap ochilguday bo‘lsa, bu xotinning: «O, mening hayotim bitdi!» deb yolg‘on taassurot qoldirishga harakat qilishi jon-jonimdan o‘tib ketardi. U shunday qilganda ich-ichimda g‘azabga kelar, «ko‘zga yaqinroq birontasi uchrasin, ko‘ramiz», deb o‘ylardim. Chorbog‘imizda Narimonga teng keladigan hech kim yo‘q edi. Latta Najmiyani esa, tabiiy, odam soniga qo‘shib bo‘lmaydi. Xolalarim sochlari, boshlari oqargan qari xotinlar. Goh uning, goh buning oyoqlarini tushashdan boshqa gaplari yo‘q. U holda, u holda... Men Narimonning chorbog‘ga mazaxo‘rak bo‘lib qolgani ning sababini seza boshlaganday edim. U esi past bo‘lamni ko‘z ostiga olib qo‘ygan edi. Yo tegmoqchimikan? Unday deb o‘ylamayman. O‘ttizga yaqinlashib qolgan tul xotinning yigirma yoshlardagi yigitchaga tegish harakatiga tushishi – pastkashlikning borib turgani... Agar u bunday pastkashlikdan qaytmasa, bema’ni xolalarimda tajribasiz bolalarini kalxatga oldirib qo‘ymaydigan ko‘z topilarmikan? Komronni esi past dedim-a? Yo‘q, qizishganimdan aytdim... Yo‘qsa, u nima qilayotganini yaxshi biladigan sariq chayon. Narimon bilan gaplashganda o‘zini pinhon tutishga tirishadi, lekin mendan qochib qutula olarmikan? Bo‘lam qayerda bo‘lsa ham, o‘sha xotinning pinjiga kirib oladi. Goho hech narsadan bexabardek yonlaridan o‘tib ketaman. Ana shunday kezlarda ovozlarini pasaytirishadi yo gapni boshqa yoqqa burib yuborishadi... «Nima qilishsa qilishavermaydimi, senga nima?» deyarsizlar. Menga nimami? Komron dushmanim bo‘lganda ham, har holda, bo‘lam... Qandayligi noma’lum bo‘lgan bir xotin uni buzar ekan-u, men qarab o‘tiramanmi?.. Nima to‘g‘risida gapirayotgan edim?.. Ha, avgustning oydin kechalaridan biri... Mehmonlar chorbog‘ oldidagi ayvonda o‘rinsiz yoqilgan katta lampaning yorug‘ida hangomalashib o‘tirishgan edi. Narimonning muzika notalari singari o‘lchovli, ohangdor qahqahalari asabimga tekkani uchun bog‘ga chiqib, bir burchakda, qorong‘i daraxtlar tagida xayol surib o‘tirgan edim. Azamat shoxlaridan bir qismi qo‘shni bog‘ga osilib tushgan bitta qari chinor bor. Bechoraning yeyishga yaraguli mevasi bo‘lmaganiga qaramay, salobati uchun yaxshi ko‘rardim. Ustida, xuddi supada yurganday, hech qo‘rqmasdan yuriladigan yo‘g‘on, soyabon shoxlariga chiqib aylanar, yoxud o‘tirardim. O‘sha kecha ham shunday qildim, anchagina baland shoxiga chiqib o‘tirdim. Birozdan so‘ng qulog‘imga yengil oyoq tovushi, orqasidan esa bo‘g‘iq qahqaha eshitildi. Darhol ko‘zlarimni ochib, quloqlarimni ding qilib turdim... Nima desam bo‘ladi. Bo‘lam baxtiyor tul bilan men tomon kelardi... Qarmog‘iga baliq yaqinlashganini ko‘rgan baliqchi sin gari boshdan oyoq diqqatga aylandim. O‘tirgan yerimda shovqin solib yubormasaydim, deb o‘takam yorilardi. Behuda qo‘rquv! Ular o‘zlaridan shu qadar ketishgan ediki, o‘tirgan yerimda bong ursam ham eshitishmas edi. Narimon oldinda, bo‘lam esa arab malayday to‘rt-besh qadam orqada kelardi. Devor orasidan o‘tib, nari ketishga madorlari yetmagani uchun men chiqib olgan daraxt tagiga kelib to‘xtashdi: – Keling, jujuqlarim! Keling, qo‘zilarim!.. Sizlarni menga Olloh nasib qildi. Birozdan so‘ng ko‘rishamiz... Bu go‘zal oydin kechada sizlarda unutilmas bir xotira qoldirish uchun qo‘limizdan kelganicha g‘ayrat qilamiz! Xuddi shu choq bir chigirtka chirillay boshlamaydimi? Dod deyman! Bo‘lamning baxtiyor tulga aytayotgan gaplarini eshitolmay qoldim... Qo‘limdan kelsa: «Hoy, notavon, nimadan qo‘rqasan? Bu yerlarda kim bo‘lardi?.. Ovozingni chiqarsang-chi!» deb baqirardim. Komronning «Narimon, azizim, malagim», degan so‘zlarigina qulog‘imga chalindi. Dag‘-dag‘ titray boshladim. Yiqilib tushmaganimda ham, sharpa qilaman, yaproqlarni shitirlatib yuboraman, deb qo‘rqar edim. Bu orada Narimon xonimning ham bir-ikkita so‘zini eshitdim... «Iltimos qilaman, Komronbey, iltimos qilaman», – deyardi. Nihoyat, ovozlar tindi. Narimon sekin-sekin devor tomon yurdi, qo‘shni bog‘da boshqa birov bor-u, uni ko‘rmoqchi bo‘lganday, oyoqlarining uchiga turib qaradi. Komron esa uning orqasida nima qilishini bilmayotganday turardi... Bo‘lamning birdan u tomonga yurganini, qo‘llarini ko‘targanini ko‘rdim... Yuragim qinidan chiqib ketayozdi, «axiyri aqli boshiga keldi, bu yomon xotinga shapati otadi», deb o‘ylayman. Komron shunday qila qolsa, men ham ho‘ngrab o‘zimni daraxtdan tashlayman, u bilan umrbod yarashaman. Lekin u maxluq bunday qilmadi. Qizlarnikiga o‘xshash oppoq qo‘llari bilan Narimonni o‘ziga tortdi… Yo Rabbiy, bu qanday razolat, qanday razolat-a! Butun vujudim dag‘-dag‘ titrardi. Biroz avval ularga g‘alati bir o‘yin ko‘rsatib qo‘yishga qaror qilgan bo‘lsam, endi meni sezishmasin deb o‘takam yorilardi. Haqiqiy qushga aylanib, bu shoxlardan ko‘kka parvoz qilishni, osmondagi oy manzilida g‘oyib bo‘lib, bu dunyodagi odamlarning yuzlarini ko‘rmaslikni nechog‘liq istar edim!.. Lablarimni barmoqlarim bilan siqib turganimga qaramay, og‘zimdan bir ovoz chiqdi. Bu faryod bo‘lsa kerak. Lekin pastdagilar tushunguncha faryodim qahqahaga aylandi. Uyatsizlarning o‘sha damdagi talvasasini, qo‘rquvini bir ko‘rsangiz edi! Birozgina oldin oyoqlarini oy yog‘dusi kabi yerga tegizmay yurayotganday tuyulgan baxtiyor tul endi daraxtlarga urilib, qoqinib-suqinib qocha boshladi. Xolavachcham ham shunday qilmoqchi bo‘ldi. Lekin Narimon izidan bir necha odim bordi-yu, keyin nima o‘ylasa o‘ylagandir, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib qaytib keldi. Men qiladigan boshqa ish topolmaganim uchun hamon kular edim. U mashhur «Qarg‘a bilan Tulki» ertagidagi tulki singari, daraxt tagida u yoq-bu yoqqa yura boshladi. Nihoyat, uyatni bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib: – Farida, jonginam, biroz pastroqqa tusha olasizmi? – dedi. Men kulgini to‘xtatib, jiddiy ohangda: – Nima ishingiz bor? – dedim. – Hech... Senga gapim bor edi-da... Mening esa siz bilan gaplashadigan gapim yo‘q... Rohatimni buzmang. Farida, hazilingni qo‘y... Hazilimni? Nega qo‘yar ekanman? Lekin haddingdan oshyapsan... Sen pastga tushishni xohlamasang, men tepaga chiqishim mumkin. Ana xolos, bunisiga nima deysan! Yo‘lda ketayotganida kichkinagina ko‘lob suvni ko‘rib esankirab qoladigan, hatlashga qaror berishdan avval tuflilariga, suvga uch-to‘rt marta qarab oladigan, kursiga o‘tirish oldidan shimining tizzalarini barmoqlarining uchi bilan ushlab yuqori tortib qo‘yadigan nozik, nozanin bo‘lamning daraxtga chiqmoqchi bo‘lganiga, qo‘y, kulma! Shu kecha Komron chindan ham vahshiylashgan edi. Pastdagi shoxlardan biriga osilib chiqdi, keyin yana ham yuqori chiqish harakatiga tushdi. Shu kecha u bilan daraxt ustida yuzma-yuz kelish fikri nimagadir meni hayiqtirardi. Uchrashsak, falokat yuz berardi. Uning yashil ilon ko‘zlarini yaqindan ko‘rsam, daraxt shoxlari orasida potirlashib bir-biri bilan olishgan ikki yirtqich qushga aylanamiz. Ko‘zlarni o‘yib, pastga otamiz. Yo uni, yo o‘zimni. Lekin, nima uchundir, bu yomonlikni ravo ko‘rmadim. Joyimda to‘g‘rilanib, keskin tovush bilan buyurdim: – To‘xtang o‘sha yerda! U parvo qilmadi, javob ham bermadi. Chiqib olgan shoxi ustida to‘g‘rilanib, yana ham yuqoriga qaray boshladi. To‘xtang, oqibati yomon bo‘ladi! dedim. Bilasizki, men Choliqushiman. Daraxtlar mening koinotim. Bu joylarga mendan boshqa odamning oyoq bosishiga ko‘zim yetmaydi. Haqiqatan ham, bu qanaqa gap edi? Nochor hazilga oldim. Yaqinlashsa, yana ham yuqori chiqish taraddudiga tushib: – Bilasizki, sizni hurmat qilaman, – dedim. Sizni daraxtdan yiqilishga majbur etsam, juda yomon xafa bo‘laman. Hozirgina she’r o‘qigan ovozingiz birdaniga «Voydod!» «Voydod!» deb baqira boshlasa, fojia bo‘ladi. Uning ovozini taqlid eta turib, qahqaha urib kulib yubordim. Bo‘lmasa ko‘rishamiz! – dedi Komron. Qo‘rquv unga dalda, chaqqonlik bag‘ishladi. Tahdiddan hayiqmay, ostimdagi shoxlarga tirmasha boshladi. Daraxtda quvlashmachoq o‘yinini boshladik. U yaqinlashdi deguncha, men yuqori chiqaman. Shoxlar hamon ingichkalashib boradi. Bir qur devor ustiga sakrab tushib qochmoqchi ham bo‘ldim. Biroq sakrashga qurbim yetsa ham, sakramayman, nimagaki, bir yerimni mayib qilib olguday bo‘lsam, bo‘lam o‘rniga mening dodlash ehtimolim bor. Har holda, nima bo‘lsa ham, shu kecha bir-birimizga yaqin kelmasligimiz kerak. Siyosatni o‘zgartirib so‘radim: – Men bilan nega bunchalik gaplashmoqchi bo‘lganingizning sababini bilsak bo‘ladimi? Savolimni eshitib, u ham o‘zgardi, jiddiy tus olib: – Sen bilan hazillashyapmiz-u, lekin masala juda muhim, Farida... Sendan qo‘rqyapman... – dedi. Shunaqami? Nimadan qo‘rqasiz? Sho‘xlik qilishingdan... O, har kungi ishim-ku bu! Bugungisi boshqa kunlardagiga o‘xshamaganidan... Bugun biron favqulodda narsa yuz berdimi? Komron juda charchagan, uzukkan edi. Shimi ham esiga kelmay, shoxlardan biriga o‘tirdi. Hamon hazillashayotganday ko‘rinsa ham, aslida, yig‘lab yuboradigan ahvolda edi. Unga achinganim uchun emas, u bilan gaplashishga toqatim qolmagani, undan tezroq qutulgim kelgani uchun: – G‘am yema, – dedim, – qo‘rqadigan hech narsa bo‘lgani yo‘q, ko‘nglingni to‘q tutaver... Bor, mehmonlaring oldiga, ayb bo‘ladi. Farida, shunchaki so‘zmi yo ontmi? So‘z ham, ont ham... Xohlaganing... – Ishonsam bo‘ladimi? Meningcha, ishonish kerak... Axir, burungiday yosh bola emasman-ku... Farida... – Innaykeyin, hayronman: mening nima deyishimdan qo‘rqasan? Men-ku daraxtda o‘z yo‘limcha o‘tiribman... Qaydam, ichimda hech ishongim kelmaydi... Katta bo‘lib qolganimni, esi kirgan qiz bo‘lganligimni senga aytishdan, albatta, bir maqsad bor... Bor, suyukli bo‘lam... Ortiq uzukma... Ba’zi narsalar borki, bularni yosh bola ham sezadi... Lekin ulg‘ayib borayotgan yosh qiz hech farqiga bormaydi... Bor, ko‘nglingni xush qil... Komronning vahmi sekin-sekin hayratga aylanib borayotganday ko‘rinardi. Meni albatta ko‘rgisi kelgandek, boshini ko‘tarib: – Gaplaring butunlay boshqacha-ya, Farida, – dedi. Gap cho‘zilsa, keti ko‘rinmasligi mumkin. Shuning uchun yasama g‘azab bilan baqirib berdim. Bas endi!.. Gapni cho‘zaversang so‘zimni qaytarib olaman... Tushunsang-chi! Po‘pisam uni qo‘rqitdi. Shoshib-pishib daraxtdan tushdi-da, Narimon ketgan tomonga qarab yurishdan uyalganday, bog‘ning etagiga qarab ketdi. Baxtiyor tul o‘sha kechadan so‘ng chorbog‘da ko‘rinmadi. Komronga kelsak, uzoq vaqtlargacha mendan hadiksirab yurdi, men buni sezdim. Komron Istanbulga tushganda, har safar menga hadyalar olib qaytardi. Bitta rasmli yapon soyapari, shoyi ro‘molchalar, ipak paypoqlar, yuraksurat pardoz oynasi, chiroyli qo‘l sumkasi tortiq qildi... Bolalik sho‘xliklarini tashlamagan qizdan ko‘ra ko‘proq yetilgan qizga yoqadigan bu narsalarning menga hadya qilinishida qanday ma’no bor edi? Choliqushining ko‘zlarini bo‘yashdan, janjallarining oldini olib, sho‘xligiga to‘sqin bo‘lishdan boshqa nima ham bo‘lardi? Birov seni esdan chiqarmasa, zavqlanish mumkinligini tushunadigan yoshga yetib qolgan edim. Yana bu chiroyli narsalar o‘zimga ham yoqardi. Lekin bu hadyalar menga manzur bo‘lganini na Komronga, na boshqalarga bildirgim kelmas edi. Buning ustiga, nozik qamishlar terilgan, qiyiq ko‘zli yapon qizlarining suratlari bilan bezalgan soyaparimni yerga, tuproqqa tushirgan paytlarimda olmasam, xolalarim: – Farida, senga berilgan hadyalarni shunday qadrlaysanmi? – deb ta’na qilishardi. Sumkaning yaltiroq, yumshoq terisiga barmoqlarim tekkanda, hamisha hurmat hissi tuyardim; bir kun ana shu sumkaga qo‘limdagi ho‘l mevalarni solmoqchi bo‘lganday bir harakat qilib, xolalarimni rosa jag‘illatdim. Yana ham hushyorroq bo‘lganimda, Komronning bu hadi gidan yana ham ko‘proq foydalanar, turli do‘q-po‘pisa bilan uni yana nimalar... nimalar olib berishga majbur etardim. Lekin o‘zim shu qadar yaxshi ko‘rgan bu narsalarimni yirtgim, sindirgim, keyin oyoqlarim ostiga olib yig‘lab turib depsigim kelardi. Bo‘lamga bo‘lgan kekim, nafratim hech tarqalmas edi. Boshqa yillar maktabning ochilishi kunlari yaqinlashgan sari boshim og‘rir, ko‘zlarim tinardi. Ammo o‘sha yil bu uydan, bu odamlardan uzoqlashadigan kunimni intizorlik bilan kutdim. Maktab ochilgan haftaning yakshanbasida murabbiyalar bizni yag‘itxona tomonga olib chiqishdi. Murabbiyalar ko‘chada yurishni juda yomon ko‘rishadi, lekin o‘sha kuni nima bo‘ldi-yu qorong‘igacha qolib ketdik. Men eng orqada ketayotgan edim. Qanday bo‘lganligini bilmayman. Bir mahal qarasam, dugonalarim bilan mening o‘rtamdagi masofa juda uzayib ketibdi. Meni odatdagicha oldinda ketayotibdi deb o‘ylashgan bo‘lishsa kerak, hech yoqdan meni yo‘qlovchi ovoz chiqmadi. Bir payt yonimga bir ko‘lanka kela boshladi. Qarasam Mishel: – Senmisan, Choliqushi? Nega yakka o‘zing sudralib ketyapsan? O‘ng oyog‘imning boldiriga chandilgan ro‘molchani ko‘rsatdim. Hali o‘ynab turib yiqilganimda, oyog‘imni yaralab olganimdan bexabarga o‘xshaysan-a? Mishel yomon qiz emas edi. Holimga achindi. Xohlaysanmi, senga yordam qilay? Har holda, meni opichib olish fikring-ku yo‘qdir?.. Tabiiy, yo‘q... Iloji yo‘q-da... Faqat qo‘ltiqlab olishim mumkin, xo‘pmi? Bunday emas... Qo‘lingni yelkamga qo‘y... Mahkamroq ushla... Men ham belingdan ushlab olaman... Og‘rig‘ing picha kamayadi... Qalay, yurganingda joning uncha og‘rimayaptimi? Aytganini qildim. Haqiqatan, ahvolim ancha yengil tortdi. Mersi Mishel, sen juda ajoyib qizsan, – dedim. Biroz yurganimizdan so‘ng Mishel: – Bilasanmi, Farida, bu ahvolda yurganimizni dugonala rimiz ko‘rishsa, nima deb o‘ylashadi? – deb so‘radi. – Nima deb o‘ylashadi? Farida ham oshiq bo‘libdi... Mishelga dardini aytyapti, deb o‘ylashadi. Birdan to‘xtadim. Gaping rostmi? – deb so‘radim. Albatta... Unday bo‘lsa, qo‘ltig‘imdan chiq. Shu buyruqni bera turib, askar komandiriday jiddiy tus oldim. Mishel meni hamon qo‘yib yubormay: – Eski safsata, – dedi. Nahotki shunga ham ishonsang? Safsatami? Nega? – Qizlar sening qanaqaligingni bilishmaydimi? Nima demoqchisan? Hech senda bunday mojaro bo‘lishi mumkin emasli gini... Birov bilan yurish ehtimoling yo‘qligini... Nega endi?.. Meni xunuk deb o‘ylaysanmi? Yo‘q... Xunuk demayman... Aksincha, chiroylisan ham... Faqat o‘lguday laqmasan, og‘zing bo‘sh... Meni shunday deb o‘ylaysanmi? Mengina emas, hamma ham shunday deb o‘ylaydi... Sevgi bobida Choliqushi chinakam gurd deyishadi. Turkchasini ammo uncha yaxshi bilmayman-u, lekin fransuzchasiga «gurd» degani osmaqovoq, suvqovoq, bolqovoq ma’nolarini beradi. Qaysi biri bo‘lsa ham, yomon narsa... Zotan, pastak bo‘yim, bo‘liq gavdam bilan bu qovoqlardan biriga anchagina o‘xshab ham ketishim mumkin... Shu holda Choliqushidan keyin menga yana gurd degan laqab qo‘yilsa, ko‘p yomon bo‘ladi! Nima qilib bo‘lsa ham, odamni sharmanda qiluvchi bu xavfning oldini olish kerak. Mishelning o‘zidan o‘rgangan bir qiliqni qildim – boshimni yelkasiga qo‘ydim, tagdor qilib yuziga qaradim, keyin g‘amgin kulimsirab: Mayli, sizlar shunday deb o‘ylay turinglar, – dedim. Nima deyapsan, Farida? Mishel taqa-taq to‘xtadi, menga ajablanib qaradi. Men bo‘ynimni qisib tasdiqladim. Afsuski, shunday, – dedim. Keyin yolg‘onimni osonroq hazm qilinishi uchun bir oh ham urib qo‘ydim. Mishel bu safar hayratidan ayyuhannos tortib yubordi: – Ajoyib!.. Juda ajoyib, Farida!.. Afsuski, hech ishongim kelmaydi. Bechora Mishel sevgi savdosiga shunchalar ishqiboz ediki, buni boshqalarda sezdi deguncha, yuragi suyunchlarga to‘lib ketardi. Faqat, o‘zi aytganidek, ishonishga, ochiq-oshkor sevinishga botinolmasdi. Beadabgarchilik qilib qo‘ydim. Nomusim uchun buni oxiriga yetkazishim kerak. Shunday, Mishel, men ham birovni yaxshi ko‘raman, – dedim. Faqat yaxshi ko‘rasan xolosmi, Choliqushi? Shubhasiz, uning ham mayli bor, grand gurd. Boya uning menga aytgan gurd so‘zini men ham oldiga «katta» sifatini qo‘shib o‘ziga hadya etdim-u, «bu sensan, sening oting bu» deyish esimga kelmas edi. Demak, yolg‘on boshlanar-boshlanmas o‘zimni tanitishga muvaffaq bo‘libman, naqadar baxt! Mishel endi meni zo‘r mehr bilan suyab borardi. Aytib ber, Farida... Aytib ber, qanday bo‘ldi? Demak, sen ham, a? Qanday ajoyib narsa, a, shunday emasmi? Albatta ajoyib!.. Kim u?.. Yaxshi ko‘rgan yigiting juda ham chiroylimi? Juda chiroyli! Qayerda ko‘rding? Qanday tanishding? – ... Bas, ko‘p yalintiraverma. O‘zim ham yalintirmayin deb o‘lib turibman. Lekin nimani to‘qib gapiraman? Ana shunisini bilmayman. Sevgili kishing bo‘lganda shoshib qolasan, chunki uning visolini eslashning o‘zi naqadar qiyin, naqadar qiyin... Bo‘la qol, Farida... Yashirma... Bo‘lmasa men bilan hazillashibsan-da. Birdan shoshib qoldim. Hazilmi? Xudo saqlasin... Men osmaqovoq yo suvqovoqmanmi?.. Bo‘lmasa shunday bir ishq savdosini to‘qiyki, o‘zing hayron qolgin?.. Mishelga sevgan kishim bilan maqtanish uchun kimning otini aytsam sizga manzur bo‘ladi? Komron!.. Bo‘lam bilan ishqibozlik qilishamiz... O‘tgan yil maktab dahlizida men ko‘rgan sarg‘imtir yigit bo‘langmi? Xuddi o‘sha... – O, qanday chiroyli, a! Men sizga aytdim-ku, Mishel sevish uchun yaratilgan qiz edi... Komron shu mahalgacha maktabga ikki yo uch marta kelgandir... Mishel, jigar hidi dimog‘iga urgan mushuk singari, yosh yigitning hidini bilib darrov dahlizga yugurib chiqqani, bizni poylagani qiziq emasmi axir? Yulduzlar chiqdi. Kuz kirib qolganiga qaramay, havo odam dimog‘iga ekin bo‘ylarini urib turgan yoz havosiga o‘xshardi. Vujudim butun og‘irligi bilan Mishel yelkasiga tushdi, sochlarimiz, betlarimiz bir-birimiznikiga yopishdi. Men o‘zim to‘qigan afsonani hikoya qila boshladim. Bundan ham chiroyliroq kecha edi, – dedim. Eshik oldidagi odamlardan uzoqroqqa ketdik... Men oldinda, bo‘lam ikki-uch odim orqada... U menga ajoyib narsalar so‘zlardi. Ammo nimalar so‘zlaganini takrorlamayman. Chunki xohlamayman... Chigirtkalar biram chirillashdiki... Yurdik, yurdik... Oy yog‘dusida hovuzga aylangan maydonlardan daraxtlar orasidagi qorong‘i joylarga kirib ketamiz. Keyin yana oydin maydonlarga chiqamiz... Birozdan so‘ng tag‘in qorong‘ilikka sho‘ng‘iymiz. Bog‘inglar muncha uzun ekan, Farida? Xato qilib qo‘yishdan juda qo‘rqaman. Yo‘q, uncha uzun emas-u, o‘zimiz sekin-sekin yurdik-da... – dedim, keyin hikoyamning u yog‘ini aytdim. Axiri yo‘limiz oxiriga ham keldi... Bog‘ning etagida qo‘shnimizning devoriga osilib tushgan kattakon chinor bor. O‘shaning tagiga kelib to‘xtadik. Men oyoqlarimning uchida turib, o‘zimni qo‘shnimizning bog‘iga qarayotganga soldim... Rolimni juda yaxshi o‘ynayotgan bo‘lsam kerakki, gapirib turib titrar, ovozim bo‘g‘zimga tiqilib qolar, ko‘zlarimga yosh kelar edi... Keyin nima bo‘ldi, Farida, keyin? Keyin daraxtdan bir qushning sharpasi keldi.. Juda yomon qush ekan... Qo‘rqib qochib ketdik... Ortiq ko‘z yoshlarimni tutolmas, boshimni Mishelning ko‘ksiga qo‘yib olib, piq-piq yig‘lar edim... Bu yig‘i qancha cho‘zilar ekan, bilmayman... Xayriyat, yo‘q bo‘lib ketganimizni axiyri sezishdi... Baqirib-chaqirib bizni izlay boshladilar. Mishel ularga ovoz qildi. Ketyapmiz, lekin tez yurolmayapmiz, – dedi. Choliqushining oyog‘i lat yebdi... Yasha, Mishel!.. Men ham xuddi shuning uchun yig‘layapman... Endi tezroq yurib ketishimiz mumkin. O‘sha kecha hamma uxlagandan keyin ham o‘rnimda yig‘lab yotdim. Lekin shunisiga aminmanki, bu safar yoshlar rol tufayli emas, o‘z-o‘zimga achinganim tufayli to‘kilmoqda edi. Modomiki, dugonalarimga o‘zimning gurd emasligimni isbot etish uchun bitta yolg‘on to‘qishga qaror bergan ekanman, dunyoda boshqa odam topilmagandek, nega endi bo‘lamni, dunyoning hech jinim suymaydigan insoni bo‘lgan Komronni tilga oldim? Ertalab uyg‘onar-uyg‘onmas Mishelni qo‘lidan ushlab bir chetga tortaman-u, kechqurungi rimning hammasi yolg‘onligini aytaman, deb ko‘nglimga gaplarini tugib qo‘ydim. Lekin, netayki, ertalab uyg‘onganimda jahlim tarqalgan, xijolatpazligim ham meni tark etgan edi. Menga har mahalgidan boshqacha ko‘z bilan qarab, kasal bolaga qilinadigan muomalani qila boshlagan Mishelga haqiqatni aytishga botina olmadim. Mening gapim sekin-sekin dugonalarim orasiga tarqaldi. Mishel ularga qattiq tayinlagan bo‘lsa kerak, hech kim menga bu gapning uchini chiqarmasdi. Faqat qarashlaridan, kulishlaridan nima demoqchi ekanliklarini bilib turardim. Bu narsa menda g‘alati g‘urur tug‘dirardi. Sho‘xligimni, yaramasligimni bir necha vaqtgacha tashlashga majbur bo‘ldim. Endi har kim menga bo‘lasini yaxshi ko‘rib qolgan qiz, deb qarar edi... Shunday bo‘lgandan keyin kap-katta qizning go‘dak bola singari hatlab, sakrab o‘ynashi, yaramasliklar qilishi juda ham yarashmagan narsa-da! Afsuski, sut bilan kirgan jon bilan chiqadi, deydilar. Kechqurunlari oxirgi tanaffusda Mishelning qo‘liga osilib, unga yangi to‘qigan uydirmalarimni aytar, shu bilan birga, o‘zim ham shayton vasvasasiga uchib borar edim. Yana bir sayohatdan endi qaytib kelgan edik. O‘sha kuni Mishel nima uchundir biz bilan sayrga chiqmadi. U meni eshikda kutib oldi, qo‘limdan ushlab, meni bog‘ning bir burchiga yugurtirib olib keldi. Senga bitta gap topib qo‘ydim, – dedi. Ham suyu nasan, ham xafa bo‘lasan... Bugun sening malla bo‘lang maktabga keldi!.. Albatta, seni yo‘qlab kelgan-da... Koshkiydi, sen ham men bilan qolgan bo‘lsang. Ishongim kelmas edi. Muhimroq sabab bo‘lmasa, Komron meni nechun axtarib kelsin? Mishel, har holda, yanglish ko‘rgan bo‘lsa kerak. Lekin shubhamni o‘ziga aytmadim. Yolg‘ondakamdan ishongan bo‘lib: – Yigit ko‘ngil bergan qizini ko‘rgani kelishidan ham tabiiyroq narsa bo‘lishi mumkinmi? – dedim. Ko‘rmaganingga xafa bo‘lding-a? Albatta. Mishel betimni siladi. Xafa bo‘lma, yana keladi, – dedi, – modomiki, yaxshi ko‘rar ekan... Shubhasiz... O‘sha kuni kechqurun ovqatdan so‘ng Matild opa meni chaqirdi-da, zar tasma bilan bir-biriga bog‘langan rasmli ikkita qand qutichani uzatib: – Bularni senga bo‘lang olib keldi, – dedi. Matild opa hech jinim suymaydigan xotin. Ammo qutichalarni uzatayotganida bo‘yniga osilib betlarini o‘pishdan o‘zimni zo‘rg‘a ushlab qoldim. Demak, Mishel xato ko‘rmagan. Meni bo‘lam yo‘qlab kelgan ekan. Dugonalarim orasida mening cho‘pchagimga shubha bilan qarovchilar bo‘lsa, bu ikkita qutichani ko‘rgandan keyin ular ham fikrlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Naqadar yaxshi! Qutichalarimning biri likyorli rang-barang konfetlar, ikkinchisi esa zar qog‘ozlarga o‘ralgan shokoladlar bilan to‘la edi. Uch-besh oy ilgari bo‘lganda, bu narsalarni eng yaqin dugonalarimdan ham zo‘r ehtiyot bilan yashirgan bo‘lardim. Ammo o‘sha kecha dars tayyorlash soatida qutichalarim sinfda qo‘ldan qo‘lga ko‘chib yurdi. Qizlar esa, har qaysisi o‘z insofiga qarab, qutichadan bitta, ikkita, yo uchtadan konfet olishdi. Ba’zilari uzoqdan tagdor ishoralar qilardi. Men o‘zimni uyalayotganga solib, yuzimni chetga o‘girar, kular edim. Qanday yaxshi-ya! Mishel, afsuski, tagidagi zar qog‘ozlari ko‘rina boshlagan qutichalarimni o‘zimga qaytarib berayotib: – Bu qutichalar, odatda, kelin qizlarga beriladigan shirinlik qutichasi bo‘ladi, Farida, – deb pichirladi. O‘zim to‘qigan ertak menga juda qimmatga tushdi, lekin nachora? Oradan uch kun o‘tdi. Imtihon uchun bir geografiya kartasini bo‘yayotgan edim. Menga bo‘yoqchilik hech to‘g‘ri kelmaydi. Uncha epim bo‘lmagani uchun har gal ranglarni bir-biriga aralashtirib yuborar, qo‘llarimga, lablarimga rang tegizib olardim. O‘sha kuni ham shu ahvolda ishlab turganimda darvoza bonning qizi sinfga kirib, bo‘lam meni ko‘rgani kelganini, hozir qabulxonada kutib turganini aytdi. Nima qilishimni bilmay, kursida o‘tirgan o‘qituvchimizga alanglab qaray boshladim. Bu hali-hali esimda. Bor, Farida, kartangni qo‘y, o‘sha yerda turaversin... Mehmonning oldiga chiq, – dedi. Kartalarni-ku, joyida qoldiraman, juda soz... Ammo mehmonni qaysi qiyofada ko‘rgani chiqaman? Yonimdagi dugonam fartugining cho‘ntagidan kichkina oynakcha chiqardi-yu, meni ermak qilayotganday, ro‘paramga qo‘yib qo‘ydi. Yuzim bilan og‘zimning ahvoliga maymunlar yig‘laydi. Xat yozganda ruchkani og‘zimga solish odatim bo‘lgani uchun mo‘yqalamni ham og‘zimga solibman. Lablarimda sariq, qizil, ko‘k ranglar yo‘l-yo‘l bo‘lib yotardi. Bularni na ro‘molcha bilan artib, na suv va na sovun bilan yuvib chiqarishning iloji yo‘qligini, bunday qilguday bo‘lsam, butunlay surkab yuborishim mumkinligini bilardim. Komronning-ku ahamiyati yo‘g‘-a, uning oldiga qaysi alfozda chiqishni xohlasam, o‘sha alfozda chiqaveraman-u, lekin keluvchining kimligini bilib, piq-piq kulishayotgan dugonalarim ko‘zida men ko‘ngil bergan, hatto unashilish oldida turgan qizman. Xudo o‘z jazosini bersin! O‘sha yil Komron maktabga bir necha bor qatnadi. Shunchalik ko‘p keldiki, eshik har safar ochilganida meni dahlizga chaqirgani kelishayotganday tuyulib, yuragim o‘ynay boshlar edi. U menga keltirgan shokoladlar, pirojniylar, pastalar bilan butun sinf ta’minlanib turdi, desam bo‘ladi. Ochko‘zlikda ham tirishqoqligi qadar mashhur bo‘lgan sinfdoshlarimdan Mari Pirlantajiyan qand-qurslarimni oppoq yirik tishlari orasida g‘ajirlatib yeydi-da, yashirishning epini qilolmagach, hasad bilan: – Jigarso‘xtangki shunday ajoyib narsalar keltirgandan keyin, o‘zing ham rosa jigaridan uribsan-da, – deydi. Afsus, bu mojaro jonimga tega boshladi. Ba’zida o‘zimcha o‘ylanib ketaman: gap tashuvchi bolaning og‘zini yopish uchun keltirilayotgan bu narsalarni dugonalarimga boshqacha qilib ko‘rsatishim hayosizlik emasmi? Innaykeyin, Komron nega endi maktabga shuncha tez kelib turibdi? Har safar «Shu tomonlar-da turadigan bir kasal o‘rtog‘imni ko‘rgani kelib edim-da. Taqsin bog‘ida biroz mashq eshitib ketay deb edim-da...» kabi sabablar ko‘rsatadi. Boshqa bir kun hech narsa so‘ramasam ham: – Otamning Nishontoshida bir qadrdon do‘stini ko‘rib kelyapman... Otam u kishini ko‘p yaxshi ko‘rardi, – dedi. O‘zimni tutolmasdan birdaniga hamla qilib: – Oti nima? Nima ish qiladi? Manzili qanday? – dedim. Bo‘lam shoshib qoldi. Shu darajada shoshdiki, bironta yolg‘on ism, yolg‘on adres ham tiliga kelmadi. Rangdan rangga kirib, kulib turib: – Nima qilasan so‘rab? Seni nimasi qiziqtiradi? – kabi so‘zlar bilan meni aldashga tutindi. Bunda muhim bir masala borday: – Kelasi hafta boshlarida borib xolamdan so‘rayman, – dedim. Komron bu gapimni eshitib, beshbattar qizarib ketdi. Zinhor so‘ray ko‘rma! Onamga og‘zingdan chiqarma!.. U kishi bilan ko‘rishishimni hech xohlamaydi, – deb yolvora boshladi. Zaharli chayon, meni hech alday olmaysan... Sening yuragingda nimalar borligini bilaman. G‘azab bilan o‘rnimdan turdim, u zo‘rlik bilan ushla moqchi bo‘lgan qo‘llarimni cho‘ntaklarimga yashirdim. Na otangizning do‘stlari va na o‘zingizning do‘stlaringiz meni qiziqtiradi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz... O‘rinsiz laqmalik qildim, xolos, – dedim-u, tashqariga chiqib ketdim. O‘sha kundan keyin Komron har safar maktabga kelganda turli xil bahonalar qilib, oldiga chiqishdan bosh tortdim. Har safar olib kelgan qutichalarini sinfda yo bog‘da yirtib ochadigan, ichidagilarining bir donasiga ham qo‘l urmay, bolalar ustiga sochib yuboradigan bo‘ldim. Haqiqat oyday ravshan edi. Baxtiyor tul mutlaqo shu atroflarda turishi kerak. O‘sha kechadan keyin, albatta, pisandalari shunday bo‘lgan. Bo‘lam tez-tez unikiga boradi, shu orada meni ham yo‘qlab turadi. Xohlagan axloqsizliklarini qilishaversin... Menga nima, faqat ikki o‘rtada meni o‘yinchoq qilishlari jon tomirimni sug‘urardi. Shu narsa esimga tushdi deguncha badanimni o‘t olar, alamimdan yig‘lab yubormaslik uchun lablarimni tishlab qonatar edim. Narimonning qayerda turishini uydagilardan so‘rab bilib olish hech gap emas, lekin bu xotinning otini tilga olish men uchun chidab bo‘lmaydigan narsaday tuyulardi. Dam olish kunlarining birida uyga borgan edim, mehmonlardan biri Najmiyaga: – Ilgari kuni Narimondan xat oldim, juda baxtli emish, – deb qoldi. Kichkina laychani hovuzda cho‘miltirgani olib chiqib ketayotgan edim. Shu so‘zlarni eshitdim-u, eshik oldida to‘xtadim, yerga cho‘kkalab kuchukchani quchog‘imdan sekin qo‘yib yubordim. Baxtiyor tul haqida bir narsa so‘rash fikrim yo‘q edi, lekin qulog‘imga birov paxta tiqib qo‘yibdimi? Mehmon hamon so‘zlardi. Eridan juda xursandga o‘xshaydi, bechora bu gal zora baxtli bo‘lsa... Najmiya odam ovozini takrorlaydigan hammom gumbaziga o‘xshab: – Ha, ha. Bu gal zora baxtli bo‘lsa bechora, – deb, mehmonning so‘zlarini takrorladi-yu, ahmoqona bir tarzda gapga xotima berdi. Chorasiz bir zarurat boshimga tushdi. Hazil-mutoyiba qilib: – Xonim afandi yana erga tegdilarmi? – deb so‘radim. Qaysi xonim afandi? Sizga xat yozgan xonim. Narimon xonim. Mehmon o‘rniga Najmiya javob berdi: – Voy, xabaring yo‘qmi? Qachonlari-yu... Narimon bitta injenerga tekkan... Besh-olti oydan beri eri bilan Izmirda turadi... «Bu gal zora baxtli bo‘lsa, bechora...» degan tilakni men ham uchinchi marta takrorlab, kuchukchani quchog‘imga oldim-u, tashqariga pirillab chiqib ketdim. Lekin hovuzga bormadim: chetanlar, bog‘ to‘siqlari ustidan sakrab o‘tib, bog‘ atrofida gir aylana boshladim. O‘sha yoz sayohatga chiqdim. Uzoqqa emas, Taqirdog‘iga... Ma’lumki, Xudo menga xolalardan mo‘lroq narsa bermagan. Shulardan biri ham Taqirdog‘ida. Eri Aziz pochcham xolamga uylanganidan beri o‘sha yerda dehqonchilik qiladi. Mujgon degan mendan uch yosh katta qizlari ham bor. Qarindoshlarimning bolalari ichida hammasidan ko‘proq o‘shani yaxshi ko‘raman. Mujgon – xunuk qiz. Lekin men bunga parvo qilmayman. Oramizda uch yosh farq bo‘lishiga qaramay, men uni yoshligimdan beri katta opam o‘rnida ko‘rib, o‘rganib qolganman. Hozir farqimiz juda kamayib qolgan bo‘lsa ham, hamon unga avvalgiday qarab «opa» deb gapiraman. Mujgon opam mening tamom aksim. Men qanchalik sho‘x, qanchalik olov bo‘lsam, u shunchalik og‘ir, vazmin. Buning ustiga, sal zug‘mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bitta shuning o‘zi desam bo‘ladi. Ba’zan nasihatlariga parvo qilmay, xohishlariga qarshi chiqsam hamki, yana bo‘ysu nishga to‘g‘ri keladi. Nega? O‘zim ham hayronman. Odam bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom, o‘shanga qul bo‘lib qoladi. Mujgon Oysha xolam bilan birga necha yilda bir marta Istanbulga kelar, bir necha hafta chorbog‘da qolar, yo boshqa xolalarimnikida mehmon bo‘lar edi. O‘sha yoz Taqirdog‘idan meni chaqirib xat keldi. Oysha xolam Basima xolamga yozgan xatida: «Sizdan-ku umidim yo‘g‘-a, lekin Faridani yozgi kanikulida, albatta, yuborsangiz, hech bo‘lmasa, ikki oygina turib ketsa. Kutamiz. Bilasiz-ku, biz ham xolamiz. Kelmasa, pochchasi ham, men ham, Mujgon ham juda qattiq xafa bo‘lamiz», – debdi. Basima xolam bilan Najmiya Taqirdog‘ini dunyoning bir burchagida deb hisoblashar, olis yulduzlarga qaraganday ko‘zlarini suzishib: «Bo‘lmagan gap! Shuncha joyga qanday borib bo‘ladi» deb vahima qilishardi. Men yasama bir hurmat bilan huzurlarida egilib: – Ijozat bersalaringiz, u yerning borib bo‘lmaydigan joy emasligini isbot qilish zahmatini bo‘ynimga olsam, – dedim. Dugonalarim orasida yozgi kanikul kunlarida oilalari bilan birga sayohatga chiqadiganlar va qaytgandan keyin bizga og‘iz ko‘pirtirib maqtanadiganlar bo‘lardi. Demak, maktab ochilganda bizga ham mundoq qadni ko‘tarib gapirish imkoni tug‘iladi. Bulturgi sevgi savdosiga bu yil sayohat hikoyasi qo‘shilsa bormi, ajoyib dabdaba bo‘lar edi. Qani endi, men ham portfelimni qo‘limga olsam-u, romanlarda yozilgan amerikalik qizlar singari yakka o‘zim kemaga tushib jo‘nab qolsam. Lekin xolalarim bu orzumni vahimali chinqiriq bilan qarshilab, yonimga bitta odam olmasdan yo‘lga chiqishimga rozi bo‘lmadilar. Shunda ham «Qorong‘ida panjaradan dengizga qarama... Kema zinapoyalaridan yugurib tushma» kabi og‘ir nasihatlari bilan ta’bimni rosa tirriq qilishdi, go‘yo Taqirdog‘iga qatnaydigan tog‘oraday paroxodning Transatlantika kemalari singari sakson metrli zinapoyalari borday... Mujgonni ko‘rmaganimga ikki yil bo‘lgan edi. Shu orada o‘sibdi, yetilibdi, gaplashishga odamning yuragi betlamaydigan darajada kerik salobatli bo‘lib qolibdi. Shunga qaramay, bir zumda apoq-chapoq bo‘lib ketdik. Pochchamning uyi dengiz bo‘yidagi baland qirlikda. Mujgon opam ba’zi joylari tik devorga o‘xshagan bu qirdan dengiz bo‘yiga tushishimni xavfli hisoblab, avvallari bunga yo‘l qo‘ymay keldi. Keyin esa men uchun hech qanday xavf yo‘qligiga o‘zi ham ishondi. Soatlar bo‘yi qumda yotar, suv betida tosh yumalatar, dengiz bo‘yida uzoq-uzoqlarga ketib qolar edik. Dengiz bu mavsumda nihoyatda chiroyli, sokin bo‘lsa ham, lekin nash’asiz edi. Ba’zan soatlar o‘tardi, lekin sathida na bir yelkan va na nafis tuman parchasi ko‘rinardi. Kechki paytlarda dengiz odamning yuragini chiqarib yuboradigan darajada kengayib, sho‘ppayib qolardi. Xayriyatki, men bu tahlikani oldindan sezib qolar, dengiz bo‘yidagi qoyalarni qahqahalarim bilan gurillatar edim… Kechqurun ovqatdan so‘ng Mujgon ikkimiz uy oldiga chiqdik. Gaplashib yurib dengiz tomonga ketdik. Sening bir darding bor, Farida, hech gapirmaysan, – dedi Mujgon. Biroz ikkilanib turganimdan so‘ng: – Kunduzi aytgan behuda gapingni hech miyamdan chiqara olmayapman, ko‘nglim xijil, – deb javob berdim. Mujgon shoshib so‘radi: – Nima devdim? «Men orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku», – deding. Mujgon yumshoqqina kuldi. – Ana xolos, senga nima kuygulik? Men Mujgonning qo‘llarini ushladim, ko‘zlarimni jovdiratib, mungli tovush bilan: – Nima, sen xunukmisan, opa? – deb so‘radim. U yana kuldi, meni erkalab betimga asta shapati urdi. Xunuk ham emasman, chiroyli ham... O‘rtachaman deyayin-u, shu bilan gapni tamom qilaylik... Senga kelsak, bilasanmi, yoshing o‘sgan sari odamning hushini oladigan darajada ochilib boryapsan! Qo‘llarimni Mujgonning yelkasiga qo‘ydim, uni o‘pmoq chiday burnimni burniga taqab: – Meni ham o‘rtacha deyaylig-u, shu bilan bu masalani bitiraylik, – dedim. Qiyalikning chetiga kelgan edik. Yerdan tosh to‘plab dengizga ota boshladim. Mujgon ham menga qo‘shildi, lekin boyaqish tosh otishni bilmasdi – qo‘lida quvvati yo‘q edi. Men otgan toshlar osmonda bir zumgina ko‘rinmay ketardi-da, keyin fosforday yaltirab borib, suvga o‘qday otilib kirib ketardi. Uniki esa kulgili bir alfozda yumalab borib, qirg‘oq toshlariga urilar yoki etakdagi qumlarga tushardi. Biz ichagimiz uzilguday bo‘lib kular edik. Nima ham deysiz, oy yog‘dusiga cho‘milgan dengizning ikki yosh qizga bag‘ishlangan ilhomi shugina bo‘lmasligi kerak edi, lekin nachora. Birozdan keyin Mujgon charchab kattakon toshga o‘tirdi. Men ham turgan yerimga cho‘kkaladim. Mujgon maktabdoshlarim to‘g‘risida har xil savollar bera boshladi. Men ham Mishel to‘g‘risidagi bir necha voqeani aytib berdim. Keyin tilimni tiyolmay, o‘z uydirmalarimni aytishga kirishdim. Buning nima hojati bor edi? Ajabo, Mujgonga shu narsalarni aytib berishga meni majbur qilgan narsa shunchaki bir sho‘xlik ehtiyojigina edimi? Qaydam. Noo‘rin ish qilayotganimni sezib, tilimni shuncha tiyishga urinsam ham, hech epini qilolmay so‘zlar edim. Mujgonga aytib bergan narsalarim dugonalarimni bo‘ri ertagidagi singari qanday aldaganim hikoyasidan iborat edi. U mahal rol talabi bilan o‘zimni qayg‘uli holga solardim, lekin bu safar bunga majburiyat bo‘lmasa ham, nima uchundir yana o‘zimni qayg‘u og‘ushiga tashladim. Ovozim asta-sekin mung olib, boqishlarim telbalanib bordi. Mujgonning yuziga qarashdan qo‘rqib, ko‘zlarimni olib qochar edim. Uning goh etaklari, yo tugmalarini o‘ynar, goh boshimni tizzasiga qo‘yib, nuqul dengizga, uzoqlarga tikilardim. Hikoyamning qahramonini avval Mujgondan yashirishga tirishdim-u, keyincha buni ham og‘zimdan chiqarib yubordim. Mujgon sochlarini silab, so‘zlarimga jimgina quloq solib o‘tirardi. So‘zimni bitirib, dugonalarim haqida yolg‘on-yashiq narsalar aytganim aybligini bo‘ynimga olganimda, u nimalar dedi deng? Bechora Faridaginam! Komron chindan ham jigaringdan urib qolibdi! Jinim qo‘zg‘adi-yu, birdan o‘zimni Mujgonning ustiga tashladim, uni qurib qolgan o‘tlar ichida yumalatib tortqilay boshladim. Nima deding, opa, nima deding? Men unaqa sariq chayonni... Mujgon o‘lib-tirilib o‘zini qutqazishga tirishar, tipirchilardi. Qo‘yvor, qo‘yvor deyman senga! Usti-boshimni yirtasan! Odamlar ko‘rsa sharmanda bo‘lamiz, Xudo xayringni bersin, bunday qilma, – deb yolvorardi. So‘zingni qaytarib ol... Xo‘p, qaytarib oldim. Nima desang qilaman, lekin meni qo‘yib yubor. Ammo yuz-xotir uchun emas, meni aldab qo‘yish uchun emas... Juda soz, yuz-xotir uchun emas, seni aldash uchun emas... Chindan... Mujgon o‘rnidan turib, ust-boshini qoqa boshladi. Farida, chindan ham jinni bo‘libsan, – dedi kulib. Men o‘rnimdan turmagan edim, titrab turib: – Xudodan qo‘rqmay menga qanday tuhmat qilding-a, opa! Men hali yoshman, – dedim. Ana shundan keyin o‘zimni to‘xtatolmay yig‘lab yubordim. O‘sha kuni kechasi juda yomon bezovta bo‘lib chiqdim. Negadir uyqum kelmas, alahlar, to‘rga ilingan kattakon baliq singari u yoqdan bu yoqqa o‘zimni otar, to‘lg‘anar edim. Xayriyatki, kechalar qisqa edi. Tong yorishguncha Mujgon yonimdan jilmadi. Ichimda bir narsa o‘zgarganday o‘zimdan o‘zim dahshatli bir qo‘rquv, nafrat his etardim. Dam-badam yosh boladay Mujgonning bo‘yniga tashlanar: «Nega bunday deding, opajon?» deb ho‘ngrar edim. U yana ham battarroq hujumga uchrashdan qo‘rqqani uchun na «ha», na «yo‘q» deyar, indamay sochlarimni silar, boshimni bag‘riga bosib, meni yupatishga tirishar edi. Tong yorishar payt uning ham asab tori uzildi, jahli chiqib meni koyib berdi: – Jinni, yaxshi ko‘rish aybmi? Qiyomat qo‘pgani yo‘qku!.. Juda bo‘lmasa uylanarsizlar, shu bilan olam guliston... Uxla, bezor qilib yubording-ku! Men bunaqa odobsizlikka toqat qilolmayman. Mujgon opamning jahli bu safar ham bo‘ynimni egib qo‘ydi. Bundan tashqari, u bilan gap talashib o‘tirishga o‘zimda ham majol qolmagan edi. Musyo Segenning butun kecha bo‘ri bilan olishib, saharga yaqin o‘zidan ketib qolgan echkisi1 singari holdan ketgan edim. Ko‘zim ilingan paytda, Mujgonning yana shirin til bilan: – U ham senga beparvo qaramas, – deganini eshitgan bo‘lsam ham, bunga qarshi isyon ko‘tarishga qurbim yetmay uxlab qoldim. Aziz o‘quvchi, siz taniqli turk adibi Rashod Nuri Guntekinning «Choliqushi» romanidan olingan parchani o‘qib chiqdingiz. Parcha romanning boshlanish qismidan tanlangan. Guvohi bo‘lganingizdek, romanning bosh qahramoni – Fransuz bolalar ertagi nazarda tutiladi. Farida. Barcha voqea-hodisalar uning tilidan bayon qilinadi. Faridaning dard-u alamlari, quvonchlari, iztiroblari – barcha qalb kechinmalari o‘quvchi yuragidan joy oladi. Asarni o‘qish jarayonida siz uning samimiyati, ochiq ko‘ngilliligi, shijoati, to‘g‘riligi, sadoqat va boshqa fazilatlari uchun yaxshi ko‘rib qolasiz. Asardagi joziba, shiddatli bayon uslubi, Farida ning betakror qirralari har kimning diqqat-e’tiborini obrazi o‘ziga tortadi. Roman boshlanishida Farida es-hushini tanigan kunlardagi kayfiyatni, atrof-muhitga, odamlarga, yaqinlariga munosabatlarini bayon etadi. Fransuz tili muallimasi Aleksi opaning taklifiga ko‘ra boshqa tengdoshlari kabi u ham bolalik xotiralarini yozadi: «Men baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman... Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda... Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog‘imni chaqib olgan arini... Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Mehribon Husayn bilan Istanbulga kelganimizni... Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman... Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas... Faridaning bu inshosi boshqa o‘quvchilarga ham o‘qib eshittiriladi. Mazkur parchadagi tasvirlar, birinchidan, roman muallifining o‘z qahramonini boshqalardan ajratib ko‘rsatishi, ikkinchidan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘riso‘z, badiiy tafakkur tarziga ega ekanini boshidanoq ma’lum qilishi uchun zarur edi. Faridaning o‘z e’tirofiga ko‘ra: «Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim», – deb yozadi u. Roman Faridaning shu «boshqacha»ligi tafsilotlari asosiga qurilgandir. Ayniqsa, Faridaning maktabdagi o‘qish yillari va shu muhitda turli sarguzashtlarni boshidan kechirgani, ba’zan turli qiziqchilik uchun atay hazillar boshlashlari – bularning barcha-barchasi roman sahifalari miqdori ko‘paygan sari o‘quvchining ushbu shaddod qahramon to‘g‘risidagi tasavvurini to‘ldirib, yaxlitlashtira boradi. Bolalik va yoshlikning beg‘ubor damlaridagi yoshgina qizning birovlar xayoliga kelmagan ishlarga bosh urishi, deylik, daraxtlar ustida bamisoli chaqqon mushukdek shoxdan shoxga sakrab o‘tishlari obraz tabiatining individualligini namoyon qiladi. Muallifi sekin-asta Faridani romanning asosiy motivi bo‘lgan ishq-muhabbat yo‘nalishiga yo‘naltira boradi. Faridani bo‘lasi Komron bilan uchrashtiradi. Hamma bolalar bilan bemalol janjal-g‘avg‘olar ko‘taradigan Farida Komronga yo‘liqqanida boshqacha bo‘lib qoladi, hamma bolalarga qiladigan qiliqlarini qila olmaydi. «Qarindosh bolalar orasida faqat bittasidan tortinar, o‘shandangina hayiqar edim. U Basima xolamning o‘g‘li Komron edi. Ammo uni bola deyish uncha to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo, yoshi mendan ancha ortiq, qolaversa, juda odobli, vazmin. Bolalarga qo‘shilishni yoqtirmaydi. Qo‘llarini cho‘ntaklariga suqib olib, yo dengiz bo‘yida o‘zi yolg‘iz aylanib yuradi, yo bo‘lmasa daraxtlar soyasida kitob o‘qib o‘tiradi. Komronning sochlari jingalak, sarg‘ish yuzi esa nozik, oppoq, yarqiroq. Shunchalar yarqiroqki, yuragim chopsa-yu, quloqlariga yopishib olib, yaqindan betlariga qarasam, xuddi oynadagi kabi o‘zimni ko‘rishimga ishonaman». Adib shu zaylda Komronning tabiati va tashqi qiyofasi – portretini Faridaning qalami bilan chizib ko‘rsatadi. Albatta, bu qiyofa, tasvirlar Faridaning qalb oynasiga solib qaralishida hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q. O‘rni-o‘rni bilan bu tasvirlar orasiga Faridaning istehzolari, piching va kinoyalari qo‘shiladi. Bunday ruhiy-psixologik tasvir yo‘sini obraz tabiatini, ichki kechinmalarini, boshqalardan farqli xarakterini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Romanda berilishicha, Komron bilan Narimon degan bir tul ayol o‘rtasidagi munosabatlarni Farida ulkan bir daraxt tepasida o‘tirib tomosha qiladi. Eng qizig‘i, qalbiga muhabbat mehmon bo‘layotgan qizlar Faridaning shunday go‘zal va bebaho tuyg‘udan bebahra ekanini o‘ylayotgan bir mahallarida u g‘alati kayfiyatga tushadi. Barcha sinfdosh qizlar bu o‘zgarishni darrov sezishadi. Farida o‘zining ham boshqa qizlarga o‘xshagan qalb egasi ekanini anglatish uchun Komron bilan Narimon o‘rtasidagi uchrashuv sahnasiga o‘z laqabini qo‘yib gapirib beradi. Demak, yozuvchi sekin-asta shu ikki qahramonni allaqanday poetik rishtalar vositasida bir-biriga yaqinlashtira boradi. Yozuvchi Faridaning o‘n besh yoshlik paytidagi ajib bir ziddiyatni, ya’ni sho‘xlik-o‘jarliklari qolmaganini, ammo go‘zallashib borayotganini «Fe’li bo‘ri bolasiga o‘xshasa-yu, yuzi rassom chizganday chiroyli bo‘lsa!» degan bir kimsaning ta’biri bilan ta’kidlaydi. Farida o‘z dugonalari, xususan, Mishel ismli qiz bilan sirlashadi, kerak bo‘lsa, uning ko‘zi oldida sevishganlar rolini ham ijro qiladi. Shunday ijrolardan keyin Farida o‘ylanib qoladi: «Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa, kim biladi, uning o‘zi qanday ekan?» Darhaqiqat, roman shunday olovli, o‘tli muhabbatning tarixidan ham so‘zlaydi. Farida bilan Komronning o‘zaro yaqin lasha borishi uchun adib Mujgon obrazidan ham foydalanadi. Farida o‘zining Komronga munosabatlarini, barcha qilg‘iliklarini so‘zlab berganida, Mujgon Komronning ham Faridaga befarq emasligini aytadi. Farida bundan jahllanadi, xayolga beriladi. Roman boshlanishidagi yosh qizning hayot yo‘li bora-bora Birinchi jahon urushi davridagi turk xalqi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy muammolar foniga olib o‘tiladi. Roman faqatgina Farida bilan Komron orasidagi ishq-muhabbat bayonidangina iborat emas, balki oddiy xalqning turmush tarzi, boshidan kechirgan mashaqqatlari, insonlararo murakkab munosabatlarini haqqoniy yoritishi jihatidan ham muhim sanaladi. Muhtaram o‘quvchi! Farida bilan Komron o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zbek adabiyoti tarixidagi, ayniqsa, avval o‘tgan sinflarda o‘qilgan asarlarning aynan shunga yaqin qahramonlari qismati bilan qiyoslash ham o‘rinli bo‘ladi. Xususan, Otabek bilan Kumush yoki Anvar bilan Ra’no o‘rtasidagi go‘zal insoniy fazilatlar «Choliqushi» romani bosh qahramonlari tabiatida ham qaysidir shaklda o‘z ifodasini topgan. Bunday tasavvur o‘quvchida badiiy adabiyotni boshqa xalqlarning asarlari va ulardagi obrazlar bilan qiyosiy o‘rga nish malakasini hosil qiladi. Qolaversa, «Choliqushi»dan olib taqdim etilgan bu parchadagi joziba siz azizlarda romanni to‘la o‘qishga rag‘bat uyg‘otishi ham tabiiy.
Manba:
Nomi | Adabiyot |
Muallif(lar)i | Abdulla Ayizov 1962 |
Yaratilgan vaqti | 20.11.2023 |
Nashr yili | 2015 |
Nashr parametri | - |
Nashriyoti | Toshkent, Ozbekiston |
Qo‘llanish sohasi | adabiyotshunoslik |
Adabiy turi | Dramatik |
Janri | adabiy maktub |
Voqea vaqti va joyi | - |
Matn tipi | detektiv |
Uslubi | Badiiy |
Auditoriya yoshi | 18 yoshgacha |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | adabiyotshunoslik |
Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Kamoliddin |