Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

XX asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega bo‘lgan adib O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov, aytish mumkinki, XXI asr o‘quvchisining ham sevimli adibi bo‘lib qoladi. Jonli va hayotiy tasvirlar, sof o‘zbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar o‘rtasidagi suhbatlar mutolaasi o‘quvchini o‘z ta’siriga oladi. Nafaqat millat, balki chin insoniylik tarannumi yozuvchi asarlarida yetakchilik qilishi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo‘ladi. Xoh jiddiy, xoh hajviy bo‘lsin O‘tkir Hoshimov asarlarida hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oilamizni, do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o‘xshamagan onamizni ko‘ramiz... Bir inson umrini qamragan roman bo‘lsin, qator novellalardan iborat qissa yoki hikoya bo‘lsin, janridan qat’i nazar, O‘tkir Hoshimov asarlarida dunyoning ishlari mujassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun katta hayotiy xulosa berishiga ishonamiz. Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat ba’zilarining ismi o‘zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bog‘langan. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munasabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi, Onajonlar! Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan oqqanda birdan uyg‘onib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz... Avvaliga chiqillab turgan soat ham bora-bora tinib qolgandek bo‘ladi. Uy jimjit, deraza jimjit, qorong‘i asmon jimjit. Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar og‘ir sukunat cho‘kadiki, quloqlaringiz shang‘illab ketadi. Zildek yuk ustingizga yopirilib, vujudingizni yerga mixlabtashlaydi; tanho, ojiz bir narsaga aylanib qolasiz. Go‘yo butun dunyo bir taraf-u siz o‘zingiz bir taraf... Shunday paytda mening ko‘z o‘ngimda to‘satdan onam paydo bo‘ladi. Qorong‘i xonaning bir burchidan chiqib keladi-da, ma’yus jilmaygan ko‘yi boshim ustiga egiladi. Yillar zahmatidan dag‘al tortgan barmoqlari bilan peshonamni silagandek bo‘ladi... O‘pkam to‘lib, o‘zimni tutolmayman. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha o‘rnimdan turib ketaman. Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom bo‘lardi. Erta bahorda qiyg‘os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: "Bodom yolg‘iz bo‘lgani uchun meva qilmaydi", deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga ko‘loblatib suv separ, kunbo‘yi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo‘shilib ajib bir tarovat taratar, atror jimjit bo‘lib qolar edi. Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan to‘lgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqardi. Oyim oyga tikilib turib ohista pichirlar edi: Oymomaxon xulla, Qanotlari tilla. Subhon Ollo sizga, Umr bersin bizga... Shunday deb boshimni silardi. Oymoma esa bu sehrli qo‘shiqni yana bir eshitgisi kelgandek, muallaq to‘xtab qolar, yulduzlar o‘ychan ko‘zlarini tikib muloyim boqib turishar, onam ertak aytar edi. Toshar orasiga kirib g‘oyib bo‘lgan baxtsiz qizcha yig‘lab-yig‘lab qo‘shiq aytardi: Ochil-ochil, oq toshlar-a, Men onamni ko‘rayin-a, Diydoriga to‘yayin-a. Qarang, oyi, yetti og‘ayni orasidagi eng yorug‘ yulduz meniki... Mayli, o‘g‘lim. O‘sha yulduz seniki. Anavi to‘rtinchisi meniki. Ko‘rdingmi, yaxshi o‘smay qolgan. Yetimlarga rahm qilish kerak. Yulduzlar sirli ko‘z qisishar, tillaqoshdek ingichka oy sirli mo‘ralar, shabada sirli shivirlar, sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar, osmon ham, yer ham sirlarga to‘la edi. Goho-goho osmonda birdan yulduz uchib qolardi. Hozirgina yonib turgan yulduz to‘satdanlop etardi-yu, ingichka, nurli iz qoldirib g‘oyib bo‘lardi. Onam cho‘chib tushardi: Esiz... Bir bechoraning joni uzildi-ya... Yuragim shuv etib, onamning pinjiga kirardim. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin! ...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Bilmadim, ehtimol o‘sha oq, oydin kechalarda onam ilk bor qolimga qalam tutqazgandir. Yulduz to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolarigan qo‘shilib, yurakni ezuvchi ohangga aylanadi... Oq surp yaktak kiygan, mosh-guruch soqoli o‘ziga yarashgan go‘rkov yuziga fotiha tortib o‘rnidan turadi: Bo‘ldi endi, bolam! Bunaqada o‘zingizni oldirib qo‘yasiz. Dunyoning ishlari shu ekan, iloj qancha? To‘shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar... Bunaqa beozor o‘lim har kimga ham nasib etavermaydi. Nami qurib ulgurmagan tuproq uyumiga tikilgancha o‘ylayman. Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech nimani talashmasdi. Ehtimol, tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o‘tirishni xohlamagandir. Ehtimol... Ko‘rdingizmi, deydi qariya o‘ychan ohangda, o‘sha kuni kechasi bilan jala quyib chiqdi. To qabrga qo‘ygunimizcha tinmadi. Qo‘yishimiz bilan charaqlab oftob chiqdi. Bunaqa ruhi pok odamlar kam bo‘ladi, bolam, men bilaman-ku. Ehtimol, shunday hamdir. Balki, odamlarning dardiga sherik bo‘laverib ko‘nikib ketgan bu nuroniy qariya kerakli paytda har kimga ana shunday tasalli so‘zini aytar. Rahmat sizga, otaxon. Ertami-kechmi har kimning ishi tushadigan mana shu qo‘llaringiz uchun rahmat. O‘rtanib turgan yurakka suv sepa biladigan mana shu hamdard qalbingiz uchun rahmat. Faqat ... Hamma gap yomg‘irda bo‘lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin yomg‘ir emas, muttasil tosh yog‘sa ham rozi edim ... Bir hafta bo‘ldiki, do‘stlarim, tanish-notanishlar eshikdan ma’yus kirib kelishadi. Do‘stlarim jimgina o‘tirib, jimgina chiqib ketishadi. Boshqalar ohista so‘raydilar: Necha yoshda edilar? Men aytaman... Aytaman-u o‘ylayman: onaning yosh-qarisi bo‘ladimi? Mehrning yosh-qarisi bo‘ladimi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi? Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas. Tush ko‘rsam, onam chiroq ko‘tarib yurganmish. Yuzini aniq ko‘rmasmishman-u, ammo qo‘lidagi chiroq xira nur sochib turganmish. Ko‘zingga qara, bolam, chuqur bor-, dermish nuqul. Qarasam, chuqur yo‘q. Uyg‘onsam, onam ham yo‘q... Ba’zan ish bilan, ba’zan majlislar bilan, gohida ulfatchilik bilan uyga kech qaytardim. Bir kuni Namangandan mehmonlar kelib qolishdi. Uyga borishga ko‘nmay, o‘zimni restoranga sudrashdi. Yarim kechagacha qolib ketdim. Uyga qaytganimda kayfim bor edi. Darvozani onam ochdi. Sovuqda mushtdekkina bo‘lib dildirab turibdi. Onam ma’yus jilmaydi: Uyqu qatta, bolam? O‘-o‘tiribman. Ertasiga tahririyatda navbatchilik cho‘zilib ketdi. Qarasam, yana onamning chirog‘i yoniq. Men nodon, onamning kam uyqu bo‘lib qolganiga, yarim kechagacha yuramanmi, tongotar qaytamanmi, onamning chirog‘i muttasil lipillab turishga xo‘p ko‘nikkan ekanman. Qaysi kuni ishdan keyin moskvalik mehmonlarni aeroportga kuzatib qo‘yadigan bo‘ldim. Samalyot kechikib uchdi. Yarim kechada uyga qaytsam ...hamma yoq jimjit. Hamma o‘z oromi bilan ... Tushimda onam chiroq ko‘tarib yurganmish. Do‘stlarim: "Juda siqilib ketdingiz, aylanibkelamiz", deb toqqa sudrashdi. Allamahalgacha o‘tgan-ketgandan gaplashib o‘tirdik. Qiziq, har gal bosh ustiga bosib tushgudek mag‘rur qad kerib turgan tog‘larni, ulkan novvot parchasidek qirrador qoyalarni ko‘rganda hayot abadiy emasligini o‘ylayman. Qorong‘i osmonda yana ham qoraroq soyadek qilt etmay turgan bu qoyalar bizga o‘xshaganlarning necha-nechasini ko‘rdi ekan?.. Faqat ularning tili yo‘q ... Kechasi tunagan joyimiz sovuq edi. Anchagacha uxlay olmadim. Tashqarida teraklar shitirlaydi. Qayerdadir, yaqin joyda daryo shovillaydi. Bir mahal qulog‘imga dilni orziqtiruvchi mungli tovush chalindi: "Haq-qu, haq-qu ..." Bir zum sukunat tushdi-da, ancha olisdan yana o‘sha tovush takrorlandi: "Haq-qu, haq-qu ..." Bola edim, go‘dak edim. Onam aka-ukalar haqida g‘alati bir cho‘pchak aytib bergan edi. Emishki, bir zamonlar ikki aka-uka yashagan ekan. Birining oti Ilhaq, ikkinchisiniki Ishoq ekan. Ikkalasi bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q, juda noahil ekan. Ularninng ko‘nglini olaman deb ikki o‘rtada onalari adoyi tamom bo‘pti. Shunda qodir Xudoning qahri kelibdi-yu , ikkovining ham ko‘zini ko‘r qilib, qushga aylantirib qo‘yibdi. Shundagina aka-uka bir-birini ko‘rmasa turolmasligini, bir-biriga kerak ekanligini tushunibdi. O‘shandan beri ikkalasi kechalari bo‘zlab bir-birini chaqirib chiqisharmish-u topolmas emish .. . Tashqarida hamon terak barglari shitirlaydi. Daryo shovullaydi. Mana shu shovullagan sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: "Ilhaq! ls’hoq!.." Bechora onam! O‘sha iztirobli afsonani aytayotganingda inidan mo‘ralagan qaldirg‘och bolasidek ko‘rpadan bosh chiqarib yotgan besh bolang bir-biri bilan inoq bo‘lishini shunchalik xohlaganmiding!... Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. Bir kuni gapdan-gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik: Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa qo‘yyapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi? Sandiq qatta, bolam? Qarzlarim bor. O‘shanga beraman-da . Akamning qovog‘i osildi: Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi? Mening ishimga aralashib nima qilasan? Keyin gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Bu suhbatni butunlay unutib yuborgan edim. Qaysi kuni ertalab hovlida aylanib yursam, qo‘shinimizning yetti yashar qizchasi Nilufar chiqib qoldi. Oppoq sochpopuk taqib, atlas ko‘ylak kiyib olibdi. Nilufar kattalardek jiddiy bosh chayqadi: Men shirinlik yemayman. Tishim tushgan. Keyin yana o‘sha jiddiy ohangda qo‘shib qo‘ydi: Bultur poshsha buvim menga tufli olib beruvdilar. Tug‘ilganimda. Qizcha o‘ylanib qoldi. Keyin-chi, Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga ko‘ylak ... Qo‘limdan shirinliklar tushib ketdi. Gazetachining ishi bir tomondan uloqchi otga, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga o‘xshaydi. Uloqchi otdek manzilga yuguradi-yu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch tortadi... Navbatchi edim. Xonada yolg‘iz ishlab o‘tirsam, farrosh kampir Vera xola kirdi. Kuldoningiz bo‘lmasa, ayting, uydan obkeb beray! Mulzam bo‘ldim. Yo‘q, yo‘lakning devorida "Farrosh mehnatini hurmat qiling" degan yozuv ilib qo‘yilgani uchungina emas. Gap shundaki, farroshning ishi qanaqa bo‘lishini yaxshi bilaman, o‘zimning boshimdan o‘tgan. Oyim farrosh edi. Shunday hovlimizning yonida bolalar oromgohi bo‘lardi. Oyim kun chiqmasdan turib yo‘lkalarni supurardi. Biz aka-ukalar suv sepamiz. Aslida suv sepish unchalik qiyin emas. Yo‘lka chetidagi ariqchaga tushib olasiz-u tog‘oracha bilan sepib tashlayverasiz. Keyin oyim bandiga uzun tayoq bog‘langan burgan supurgi bilan supurib ketaveradi. Ertalab suv muzdek bo‘lgani uchun oyog‘ingiz sovqotib, kesilib ketadi. Ammo gap bunda ham emas. Hammasidan yomoni tong otmasdan turish. O‘zi yarim kechagacha ko‘cha sang‘ib rosa holdan toyamiz. Endi shirin uxlab yotganda oyim sekin turtadi: Bo‘la qol, o‘g‘lim, hali zamon kun yoyilib ketadi. O‘zing tengi bolalar oromgohlarda maza qilib uxlab yotganida sen suv sepib yo‘lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. Shundanmi, vaqti-vaqti bilan "shaytonlik" qilaman. Goh boshim og‘rib qoladi, goh oyog‘im... Oyim negadir ko‘proq meni avaylaydi. O‘rnimga o‘zim bilan bir ko‘rpada tepishib yotadigan Abduvohid degan o‘rtog‘immi, akammi turib ketadi. Ba’zan dadamning jahli chiqadi. "Nima, buningni boshida shoxi bormi, ishlasin-da", deydi ... Katta akam institutga kirganida beshinchimi-oltinchimi sinfda o‘qir edim. Akam talaba bo‘lganidan keyin oyimning kasbi unga yoqmay qoldi. Oxiri ochig‘ini aytdi: Oyi, qo‘ying endi shu ishingizni... Oyim o‘yga toldi. Dadamdan ham, akalarimdan ham sado chiqmadi. Nimagaligini bilmayman-u, o‘sha kuni negadir qaytadan go‘dak bolaga aylanib qolgandek bo‘ldim. Kichikintoylik paytimda onam bir yoniga ukamning beshigini qo‘yib, bir yonida meni olib yotardi. Qish kechalari sandalga tiqilib yotarkanman, yalinaman: Oyi, cho‘pchak aytib bering. Shunday qilib, oftob bor ekan. Lekin yer yuziga sira chiqqisi kelmas ekan. Har kuni ertalab Xudoga nola qilarkan. Yer yuzida iflos narsalar ko‘p, hech ko‘rgim kelmaydi, der ekan. Xudo uni ovutarkan. Sen chiqavergin, yer yuzini iflos narsalardan tozalaydigan odamlar bor, der ekan. Shuning uchun kim yer yuzini tozalasa, o‘sha eng yaxshi odam bo‘larkan. Yer yuzida yomon odamlar bor. Ularniyam ko‘rgim kelmaydi, der ekan. Xudo uni ovutarkan. Sen chiqavergin, qancha ko‘p nur sochsang, yer yuzida yomon odamlar shuncha kamayadi, der ekan. Bo‘ldi, endi uxla. Yettinchi lampaning piligi pasaytirib qo‘yilgan, uy ichini tanchadan chiqqan ko‘mir hidi, lampamoy isi tutgan... Nim qorong‘i. Sira uyqum kelmaydi. Oyi, obkashniyam ayting. Qadim zamonda bir yigit bo‘lgan ekan. O‘zi yaxshi yigit ekan-u, bir kuni onasini xafa qilib qo‘yibdi. Ertalab ko‘chaga chiqsa, qo‘shni kampir ikki bukilib obkashda suv olib ketayotganmish. Yigit yugurib borib kampirning qo‘lidan obkashni olmoqchi bo‘libdi. Kampir bo‘lsa, rahmat o‘rniga yigitning yelkasiga obkash bilan rosa uribdi. Keyin xo‘rsinadi. " Sen, debdi kampir yigitga, birovning ko‘nglini ovlashdan oldin o‘z onangning ko‘nglini og‘ritmaslikni o‘rgan". Dunyoda yaxshi odamlar ko‘p. Judayam ko‘p. Ammo sen adangni, opangni, akalaringni yaxshi ko‘rmasang ... Sizniyam, deyman uning gapini bo‘lib . Meniyam... deydi onam kulib. Oyimni jahli chiqmaydi. Uyimizniyam, deydi ma’qullab. Endi o‘tmaydi. Sukunat cho‘kadi. Xayol suraman. Yuz qavatli uy qanaqa bo‘lishini o‘ylayman-u , sira ko‘z o‘ngimga keltirolmayman. Toshkentni yaxshi ko‘rish uchun o‘zimizning Do‘mbirobodni yaxshi ko‘rgin, xo‘pmi? Negadir xo‘rsinadi. Butunlay uyqum o‘chib ketadi. O‘zimizning Qonqusdan ham kattami? Uyqu qayoqda? Nuqul daryolarni o‘ylayman. Akam olib chiqqan! Baribir, deydi oyim o‘ychan ohangda. Qonqusniyam yaxshi ko‘rgin. Nega? Undan o‘zimiz suv ichamiz. Oyim tag‘in kuladi. Albatta. Mushuk cho‘loq bo‘lib qoldi. Bo‘ldi, endi uxlaymiz. Xo‘p... Katta bo‘lsam, ka-a-atta shaharlarga boramanmi? Nim qorong‘i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman. Goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. Beshik g‘ichirlaydi. Ukam yig‘lay boshlaydi. Oyim darrov uyg‘onadi. Beshikni ohista tebratib, alla aytadi. Oyim ukamga alla aytadi-yu, ohangiga men uxlab qolaman... Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasiz-u o‘zini ko‘rmaysiz. O‘ylab qarasam, oyim go‘dakligimda qayta-qayta aytib bergan mana shu ikki afsona hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan. Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman. Kavkaz tomonda ko‘p bo‘ladi. Juba deyishadi, jurabi deyishadi. Oyim xuddi noyob narsaga ega bo‘lgandek, uzundan-uzoq duo qiladi. Shunday mehribon o‘g‘li borligini aytib qo‘shnilarga maqtanadi. Uning oyog‘i kasal. Salqin tushishi bilan shishib ketadi, og‘riydi. Qo‘ni-qo‘shnilar ahvol so‘rasa, ularniyam, o‘ziniyam yupatadi. Lekin onamning oyoq og‘rig‘i faqat keksalikdan emas. Buni boshqalar bilmasa ham, men bilaman. Yaxshi bilaman. Bolaligimda ko‘p kasal bo‘lardim: qizamiq, bezgak... Shuning uchun oshxonadagi mixda ko‘k qarg‘aning patidan tortib , gultojixo‘rozgacha ilig‘lik turardi... Ayniqsa, tomoq og‘rig‘i yomon qiynaydi. Oyog‘im zaxga tegishi bilan tomog‘im og‘rishga tushadi. Oyoq bilan tomoqning nima aloqasi borligini haliyam tushunolmayman. ...O‘shanda necha yoshligim esimda yo‘q. Biroq juda kichkina edim. Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o‘ynab terlab ketdim. Terlab turib muz yedim. Kechqurun isitma ko‘tarildi. Quv-quv yo‘talaman. Oyim tomog‘imni achchiqtosh bilan chayib ko‘rdi, bo‘lmadi, turshak qaynatib suvini ichirdi, bo‘lmadi... Oxiri tomog‘im xippa bo‘g‘ilib qoldi. Og‘riqni sezmayman-u nafas olishga qiynalaman. Hushimdan keta boshlaganimni es-es bilaman. Qulog‘im ostida onamning chirqillab yig‘lagani, hadeb bir gapni qaytarayotgani eshitiladi: Voy, endi nima qilaman! Voy, bolam o‘lib qoladi! Keyin meni shosha-pisha ko‘rpachaga o‘radi. Bir mahal onamning qo‘lida ketayotganim esimda bor. Gupillatib qor yog‘ayotganini his etib turardim-u, biroq yuzimga qor tushmas edi. Onamning issiq nafasi urilib turar, u sirg‘anib-sirg‘anib borar, og‘ir hansirar edi. Xira chiroq miltirab turgan allaqanday uyga kirdik. Ko‘z o‘ngim yana qorong‘ilashib ketdi. Oyim hamon chirqillaydi. O‘lib qoladi! Bolaginam o‘lib qoladi! Vahima qilmang, poshsha dardni bergan Xudo davosiniyam beradi. Bu Hoji buvining ovozi ekanini g‘ira-shira idrok etdim. Hoji buvi boshimni tizzasiga qo‘yib chalqancha qilib yotqizdi. Doka o‘ralgan barmog‘ini og‘zimga tiqdi. Ko‘nglim ag‘darilib, tipirchilagancha yig‘lar, ammo Hoji buvining qo‘lidan chiqib ketolmasdim. U tomog‘imga nimadir qildi. Dod solib qo‘lini tishlab oldim. Qiziq, birpasdan keyin ahvolim yengillashdi. Ko‘zimni ochsam, Hoji buvi jilmayib turibdi. Keyin tepamga oyim engashdi. U hamon hansirar sochlari to‘zg‘ib ketgan, yuzi jiqqa ho‘l edi. Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga oyog‘imni tiqib o‘tirdim. Hoji buvi allaqanday taxir suyuqlik ichirdi. Keyin oyimga qaradi-yu, birdan xitob qildi. Oyim talmovsirab, goh menga, goh Hoji buviga qarar edi. Kavshandozda turgan oyimning kalishini endi ko‘rdim. Kalishning ichi qorga to‘la edi. Qarg‘aning miyasini chaqib surmasangiz, cho‘loq bo‘lib qolasiz. Oyim tanchadan oyog‘ini chiqardi. Ikkala oyog‘i qip-qizil go‘sht bo‘lib ketgan edi. Qorda o‘zi isib ketarkan. Hoji buvi uning oyog‘ini uqalab ko‘rdi. Ertasiga u yotib qoldi. Uzoq yotdi. Dadam bir joydan qarg‘a olib keldi. Hoji buvi qo‘lidan kelgancha dori-darmon qildi... Keyin oyim tuzaldi. Biroq salqin tushishi bilan oyoqlari shishib, azob beradigan bo‘lib qoldi... Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelardim. U xuddi noyob narsaga ega bo‘lgandek, uzoq duo qiladi, birpasda hamma qO‘shnilarga ko‘z-ko‘z qilib chiqadi, shunday "mehribon" o‘g‘li borligini aytib maqtanadi. Shunda qor gupillab yog‘ib turgan mudhish kecha, onamning qip-qizil go‘shtga aylanib ketgan oyoqlari ko‘z o‘ngimga keladi-yu, indamay chiqib ketaman. Kuz kirganini qishloq bolasining qo‘lidan bilsa bo‘ladi. Yong‘oq hali "paqqa" bo‘lib ajralmasdan turib, daraxtga tarmashib ketamiz. Xom yong‘oqning po‘stini tozalash oson emas. G‘adir-g‘udir g‘isht topib, ishqalayverasiz, ishqalayverasiz. Oxiri sap-sariq yong‘oq ajralib chiqadi. Ammo qo‘lingiz ham xina qo‘ygandek sarg‘ayib ketadi. Loy bilan ming marta ishqalab yuvsangiz ham foydasi yo‘q. Pishmagan yong‘oqning bitta yaxshi tomoni bor: og‘ir bo‘ladi. Uchi bilan dum tomonini yaxshilab ishqalab yog‘lasangiz, zoldirdek sip-silliq soqqaga aylanadi. Ana undan keyin "soqqa quvar" o‘ynayverasiz. Soqqa qancha kichkina bo‘lsa, shuncha yaxshi. Manaman degan yong‘oqqa qars etib uriladi-yu, o‘ziga uncha-muncha yong‘oq tegmaydi. Tuproq orasiga yashirinib yotaveradi. O‘yin-ku o‘z yo‘liga. Yong‘oqning yana bitta fazilati bor: qorinni to‘q tutadi. To‘rttasini yeb olsangiz, yarim kun kekirib yurasiz. ...Endi o‘ylab qarasam, o‘sha urush endi tugab, og‘irchilikning zabri ketmagan yillarda yaxshiyam meva-cheva bo‘lgan ekan . Odamlarning joniga shu ora kirgan ekan-da. Erta ko‘klamda sumalak, ketidan ismaloq, keyin qarabsizki, tut pishadi. Ermon buvaning tuti! Mayiz deysizmi, shinni deysizmi, hammasi tutdan bo‘ladi. Bundan keyin olma, uzum, kuzda yong‘oq. Ham ovqat, ham o‘yin. Bir kuni Xo‘ja, Toy, Vali to‘rtovlashib rosa soqqa quvar o‘ynadik. Jimitdekkina soqqam bilan bir do‘ppi yong‘oqni yutib oldim. O‘yinga jo‘raboshimiz ham aralashgan edi, uyam bir cho‘ntak yong‘og‘idan ayrildi. Kechqurun og‘zim qulog‘imga yetgudek bo‘lib bir do‘ppi yong‘oq ko‘tarib keldim. Qarasam. oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapti oyim o‘g‘irda tolqon qilyapti. Nima uchundir onam tez-tez tolqon qilardi. Sababini keyin tushunganman. Non ko‘pligi uchun emas, kamligi uchun tolqon qilisharkan. Tolqon to‘yimli bo‘ladi. lkki qoshiq yeb, ustidan olma choy ichsangiz, darrov nafsingiz qonadi. Yong‘oqni ko‘tarib oshxonaga kirdim-u do‘ppini uzatdim. Bilaman, yong‘oqli tolqonning ta’mi boshqacha bo‘ladi. Yog‘ mazasi kelib turadi. Onam do‘ppi to‘la yong‘oqni qo‘limdan olib, yelkamga qoqdi: Bor, sabr qilib turgin, hozir yong‘oq tolqon qilib beraman. Supadagi xontaxta oldiga borib o‘tirdim. Dasturxonda to‘nkarib qo‘yilgan ikkita piyola bilan choynakdan bo1ak narsa yo‘q edi. Zum o‘tmay oyim boyagi tovoqda tolqon ko‘tarib keldi. Bir qoshiq tolqon yeyishim bilan to‘satdan soqqam esimga tushib qoldi. U cho‘ntagimni qarayman yo‘q, bu cho‘ntagimni qarayman yo‘q. Oyim soqqamniyam qo‘shib chaqib qo‘ygan bo‘lsa-ya! Og‘zimda tolqon bilan oshxonaga yugurdim. Bir chekkada yarimta g‘isht, yonida tesha yotibdi. Po‘choqlar orasini titkilab, yutadigan soqqamning yaltiroq po‘chog‘ini topdim. Alamimdan chinqirib yubordim: Soqqamni nima qilib qO‘ydingiz? Supa tomondan onamning ovozi keldi: Nima bo‘pti? Oyim sekin tepamga keldi. Oyim negadir kuldi: Qayoqdan bilaman. Qo‘y, bolam, akang boshqasini topib berar. Oyimning kulishi battar alam qildi. Oyim boshimni siladi. Bilmabman-da, o‘g‘lim. O‘zing do‘ppisi bilan berding. Yur, choyingin ich! U qo‘limdan tutib yana supaga olib chiqdi. Oldimga tolqonli tovoqni surib qo‘ydi. Qorning ochib ketdi-ku! Tovoqni nari surdim. Tolqon yer bilan bitta bo‘lib sochildi-da, tuproqqa qorishib ketdi. Birdan oyimning ko‘zida g‘azab chaqnadi. Shapalog‘ini yozib quloq-chakkamga yaqin keltirdi. Qo‘rquvdan ko ’zimni yumib oldim. Yo‘q, urmadi . Biroq labi titrab pichirladi: Non-ku, bu, ahmoq! Gunoh bo‘ladi-ku! U sekin yerga tushdi. Sochilgan tolqonni kafti bilan sidirgan edi, tuproq aralashib chiqdi. Onam boshini ko‘tarib menga qaradi. Ko‘zlarida alam, ta’na bor edi. Birpasdan keyin opam, akalarim dasturxon atrofida yig‘ilishdi. Har bittasiga yarim qoshiqdan tolqon yo tegdi, yo tegmadi. Keyin dadam keldi,oyim oshxonadan bug‘ chiqib turgan bir lagan lavlagi ko‘tarib chiqdi. Lavlagi shirin narsa-yu, har kuni yegandan keyin jonga tegadi. Baribir non emas. Tolqon qilmadingmi? Qo‘rquv ichida oyimga qaradim. Bilib qoy, non ko‘r qiladi seni! Tez-tez yurib ko‘chaga chiqib ketdi. Men oyimga qaradim. U bo‘lsa hamon bosh ko‘tarmay o‘tirar, ko‘zlarida iztirob bor edi. Onamning jahli chiqqanini kamdan-kam ko‘rardim. Ammo bu gal juda qattiq achchiqlandi. Opamnikiga ketayotgan edik. Tor ko‘chaga burilishimiz bilan yig‘i ovozi eshitildi. Ko‘cha chetida uch yoshlardagi bola yerga dumalab tajanglik bilan chinqirar, oppoq ko‘ylagi, ishtonchasi qora tuproqqa belangan edi. Ikki1anibroq to‘xtatdim. Onam inqillab-sinqillab eshikni ochib tushdi. Uvishgan oyoqlarini uqalagancha oqsoqlana-oqsoqlana orqaga, bola yig‘layotgan tomonga qarab ketdi. Men ham beixtiyor ergashdim. Bola hamon yerga dumalar, har dumalaganda quloqni teshib yuborgudek chinqirar edi. Uning tepasida o‘zi ham o‘pkasini arang bosib turgan yoshgina juvonga endi e’tibor berdim. Olib bersam bunaqa qilyapti. Bola hamon chinqirib yig‘lar, xarxasha qilar edi: Issig‘idan! Issig‘idan obering! Unaqasini qayoqdan topaman Juvonning yulqib ko‘tardi. Orqasiga bir-ikki shapatiladi. Hoy, qizim, bola-ya bu, bola-ya! Bola yig‘idan to‘xtamadi. Ammo avvalgidek tipirchilamasdi. Uning shunchalik jahlini chiqargan "sovuq manoj" oqib kO‘ylakchasining oldini shalabbo qilgan, boshdan oyog‘igacha loy edi. Bor, olib kel mashinangni. Hozir u-utaga boramiz. Di-ditga tushamiz-a? Rostini aytsam, bolani shu ahvolda mashinaga o‘tqazgim kelmadi. Chet eldan keltirilgan yangi parolon g‘ilof olgan edim. Hammasini rasvo qilib yuboradi endi. Noiloj mashinani tislantirib olib keldim, qovog‘imdan qor yog‘ayotganini o‘zim ham sezib turardim. Onam yoniga o‘tirgan juvonga tushuntirdi: Bunaqada bola xuyli bo‘lib qoladi, qizim. Aldab-suldab ovuting-da. Ana, di-ditga tushdik. Bola endi yig‘lamas, ammo o‘pkasi to‘lib to‘xtovsiz hiqillar edi. Meni ona-bolaning qayoqqa borishi emas, o‘rindiqning qancha joyi loyga belangani ko‘proq o‘ylantirardi. Ayol chimirilib o‘tirganimni sezdi shekilli, xijolat chekib shosha-pisha qo‘l siltadi. Shu yerda trolleybusga chiqamiz. Katta rahmat , baraka topinglar. Qarasam, xuddi o‘zim o‘ylagandek: o‘rindiqning yarmi loyga belanibdi. sizga nima? Yig‘lab-yig‘lab ovunadi. Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig‘lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam odammi? Indamadim. Ammo baribir o‘shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo‘q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan. bizning o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi. Hali maktabga qatnamasdim. Mahallamizdan ikki chaqirimcha narida allaqanday bolalar uyi bor edi. Katta bolalarning aytishiga qaraganda, o‘sha yerda tez-tez kino bo‘lib turarkan. Bir kuni akalarim qo‘shni bolalar bilan pichir-pichir qilishayotganini eshitib qoldim: Eshitdinglarmi, bugun kino kelarmish. Akalarim kinoga borsa, men qarab turarmidim. Shu kuni nima yumush buyurishsa, oyog‘im olti, qo‘lim yetti bo‘lib yugurib yurdim. Yong‘oqqa bog‘lab qo‘yilgan echkini ikki marta sug‘ordim, hovlidagi supaga to‘shalgan bo‘yra ustiga yoyilgan turshaklarni qush talamasin deb qo‘riqlab o‘tirdim... Hatto rogatkamning rezinkasini uzib, ukamga ishtonbog‘ qilish uchun berdim. Kechqurun qulog‘imni ding qilib turgan edim, ko‘chada qo‘shni bolalar chaqirib qolishdi. Akalarimga ergashib yugurdim. Akamning Damin degan o‘rtog‘i meni ko‘rib so‘radi: Sen qayoqqa? Damin o‘ylanib qoldi. Bo‘lmasa, botinkangni kiyib chiq, dedi oyog‘imga qarab. Hammamiz yalangoyoq edik. Botinkani nima qilaman? Chop, kiyib chiq! Biz kutib turamiz. Otilib hovliga kirdim. Oyim cho‘nqayib o‘tirib, echki sog‘ayotgan ekan. O‘tirgan joyida shu saratonda botinka nimaga kerak bo‘lib qolganini surishtirdi. Oyimning javobini ham kutmay bostirmaga yugurdim. Eski lash-lushlar qalashib yotgan sandiqni kavlashtirib, poshnasi qiyshayib ketgan botinkamning bir poyini topdim. Aksiga olib ikkinchisi yo‘q edi. Hammayoqni ag‘dar-to‘ntar qilib tashladim. Mana, nihoyat ikkinchisi ham topildi. Ikki poy botinkani ikki qo‘limda ushlagancha ko ’chaga chopdim. Chiqsam... Akalarim ham, bolalar ham yo‘q. Meni kutishga va’da bergan Damin hammani boshlab ketganini tushundim. Yalangoyoq tuproq sachratgancha katta ko‘chaga yugurdim. Yo‘q, hamma yoq jimjit edi... Hovliga qaytib kirdim-u botinkalarni yerga uloqtirgancha yig‘lab yubordim. llgari hech qachon bunaqa alam bilan yig‘lamagan bo‘lsam kerak, oyim qo‘rqib ketdi. ... To‘rtinchi sinfda o‘qiyotganimda yana bir voqea bo‘ldi. Bir sinfda o‘qiydigan, bir partada o‘tiradigan o‘rtog‘im bor edi. Uning dadasi urushdan qahramon bo‘lib kelgan, o‘zining oti ham Qahramon edi. Otasi qahramon bo‘lgani uchunmi, o‘qituvchilar uni yaxshi ko‘rishardi. Maktabimiz hovlisida yong‘oq ko‘p bo‘lardi. Katta tanaffusda o‘qituvchilarning ko‘zini shamg‘alat qilib, yong‘oq qoqardik. Faqat issiqxona yonidagi yong‘oqqa kesak otishga hech kim jur’at qilmas, oyna sinsa, oqibati yaxshi bo‘lmasligini bilardik. Bir kuni katta tanaffusda Qahramon o‘sha yoqqa boshlab qoldi. lssiqxonaning oynasi sinadi. Shunaqa qo‘rqoqmisanl Qahramon kuldi. Bunday qilamiz. Sen qarab turasan. Men qoqaman. O‘qituvchi ko‘rinib qolsa, hushtak chalasan. Yong‘oq, hech qoqilmagani uchun bo‘lsa kerak, g‘uj -g‘uj bo‘lib yotardi. Qahramon bir kesak otgandayoq o‘ntachasi duv etib to‘kildi. U ikki cho‘ntagini to‘ldirib oldi-da, kattaroq kesakni olib, yana otdi. Bu safar mo‘ljali xato ketdi shekilli, qars etgan tovush eshitildi. Issiqxona oynasi chil-chil sindi. Nima bo‘lganini anglab yetgunimcha, Qahramon lip etib g‘oyib bo1di. Shu payt birov qo‘limdan mahkam ushlab tortdi. Qarasam, sinf rahbarimiz. Maktabdagi eng badjahl o‘qituvchi shu edi. Qo‘rqib ketdim. Nima qilding? U qo‘limni qo‘yib yubormay, sudrab ketdi. O‘qituvchilar xonasiga olib borsa kerak, deb battar qo‘rqib ketdim. Biroq u idoraga emas, sinfimizga yetaklab kirdi. Qiy-chuv qilayotgan bolalar bir zumda jimib qolishdi. O‘qituvchi partalar orasidan yetaklab o‘tib meni doska oldiga turg‘azib qo‘ydi. Sekin Qahramonga qaradim. Begunohgina bo‘lib derazaga qarab o‘tiribdi. Tomog‘imga bir nima tiqilib turar, gapirsam yig‘lab yuborishimni bilar edim. Labimni tishlagancha bosh chayqadim. Iltijo bilan o‘rtoqlarimga qaradim. Hamma jimjit edi. Sen-chi? Sen ham ko‘rmadingmi, Qahramon? Qahramon sekin o‘midan turdi. Uning nima deyayotganini yaxshi eshitmasdim. Faqat bitta gap qulog‘im ostida jaranglab turardi:"Ko‘rdim, o‘zi otdi". Oranglarda hech bo‘lrnasa bitta mard bor ekan. O‘tir, Qahramon. U menga yuzlanib davom etdi. Dadangga borib ayt, hoziroq oynani joyiga keltirib qo‘ysin. Ko‘zimga yosh quyilib kelar, butun sinfga, butun maktabga eshittirib hayqirgim kelardi: .Men emas, o‘zi otdi, o‘zi sindirdi! Ishonmasanglar cho‘ntagini qaranglar! Shunday degim kelardi-yu, negadir ovozim chiqmasdi. Sinfdan otilib chiqib ketdim. Ko‘chaga chiqqandan keyingina yig‘lab yubordim. Uyga kelib entika-entika hammasini oyimga aytib berdim. Oyim boshimni silagancha, ohista yupatdi: Qo‘yaver, o‘g‘lim. Ba’zan shunaqasi ham bo‘ladi. Faqat o‘zing unaqa qilma. Ko‘rdingmi, yolg‘on gapirgani uchun o‘rtog‘ingni yomon ko‘ryapsan. Agar yolg‘on gapirsang seniyam hamma yomon ko‘rib qoladi. ... Talaba edim. Farishtadek go‘zal, farishtadek pokiza bir qizni sevib qoldim. Oy sutdek yorug‘ nur sochgan oqshomlari uzoq sayr qilardik. Bizning "o‘z" xiyobonimiz, "o‘z" anhorimiz, "o‘z" o‘rindig‘miz bor edi. Keyin ... negadir u mendan o‘zini olib qochadigan bo‘lib qoldi. Xayol suradi, ko‘zini yashiradi... Aybim nimaligini bilolmasdim. Hasratimni eng yaqin do‘stimga aytardim. Do‘stim bilan tanaffus paytlari to‘rt tiyinlik talabalik somsasini bo‘lishib yerdik. Paxtaga, hasharga chiqqanda bir kosada sho‘rva ichardik, biznikiga kelganida bir ko‘rpada yotardik. Do‘stim onamni "oyi" deb atar edi. Oyim ham uni "beshinchi o‘g‘lim" derdi. Shunday qilib, hamma sirlarimni shu do‘stimga aytardim. Do‘stim ishning ko‘zini biladigan yigit edi."Qo‘yavering, derdi u yupatib, qizlaring shunaqa noz-firog‘i bo‘ladi. Nimaga noz qilayotganini o‘ziyam bilmaydi. Siz indamay yuravering, bir kuni o‘zi bosh egib keladi..." Do‘stim to‘g‘ri aytardi. Men endi oqshom sayllari o‘rniga kutubxonada o‘tiradigan bo‘ldim. Imtihonlar yaqinlashib qolgan edi. Bir kuni qiroatxona yopilguncha o‘tirdim. Ko‘chaga chiqdim-u o‘sha o‘zimizning xiyobondan o‘tgim keldi. lliq yoz oqshomi edi. Osmonda to‘lin oy pokiza nur sochar, yulduzlar xushchaqchaq porlar, bog‘ ustida shabada shodon shivirlar edi. Suv bo‘yidagi o‘zimizning o‘rindiqqa yaqin keldim. Keldim-u juda tanish, juda jarangdor kulgini eshitib, taqqa to‘xtadim. Bu kulgini bir chaqirim naridan ham tanir edim.lchimda bir nima uzilib ketgandek bo‘ldi. Xuddi o‘sha joyda, yaqindagina men bilan o‘tirgan o‘rindiqda o‘sha qiz o‘tirardi. Mening o‘rnimda esa... do‘stim o‘tirar, qizning yelkasidan quchib, ko‘ksiga tortar, qiz esa undan o‘zini olib qochgandek bo‘lar, mening bag‘rimda qanday kulgan bo‘lsa, uning quchog‘ida ham shunday g‘amza bilan nozlanar edi... Odam bir yo‘la ham muhabbatidan, ham do‘stidan ayrilib qolsa og‘ir bo‘larkan... Uyga qaytdim-u hovli o‘rtasidagi supaga muk tushib yotib oldim. Hozir hech kimni, hatto onamni ham ko‘rishga toqatim yo‘q edi. Ancha yotdim. Bir mahal ko‘cha eshik tomonda do‘stimning ovozi keldi: Assalomu alaykum, oyi! G‘azabdan butun vujudim qaltirar, ammo o‘rnimdan turolmas, oyimning u bilan aylanib-o‘rgilib ko‘rishganini eshitib yotar edim. Keyin uning xushchaqchaq tovushi eshitildi: Iya, bizning o‘rtoqqa nima bo‘ldi? Bilmayman, sakrab turib basharasiga musht tushirdimmi yo ustimga egilganida urib yubordimmi... Shunisi esimdaki, u so‘lagi sachrab ketgan labini artib qandaydir g‘ayritabiiy, behayo iljaydi-da, indamasdan chiqib ketdi. Nariroqda oyim karaxt bo‘lib turardi. Negadir madorim qurib yana yotib qoldim. Osmonda xoin oy kezar, behayo iljaygancha nurini sochar, xiyonatkor yulduzlar xoinlarcha ko‘z qisishar, xiyonatkor shamol xoinona qiqir-qiqir kular edi. Bir mahal tepamga onam keldi. O‘zimni uxlayotganga solib ko‘zimni chirt yumib oldim. U anchagacha yonimda o‘tirdi-o‘tirdi-da, sekin pichirladi: Qo‘yaver, o‘g‘lim, ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi. Faqat sen ... Gapining davomini eshitmadim. Eshitishni xohlamasdim ham. "Nima men?! U ko‘zing bu ko‘zingni o‘yaman desa, eng sirdosh kishilaring xiyonat qilsa, do‘sting xiyonat qilsa, nima qilish kerak?! Birov xiyonatni shunchaki kasbga aylantirib olgani uchun, birov ishini bitirib olish uchun, birov hasad qilgani uchun, xiyonat qilaveradimi? Shuning uchun bu dunyoni yolg‘onchi dunyo deyishadimi? Unday bo‘lsa, yashashning nima ma’nisi qoldi?! Qani ayting, nimaga ishonish kerak, kimga ishonish kerak? Yuragim gursillab urgancha xayolan shunday deb hayqirdim. Biroq vujudimni o‘rtagan savollarga javob topolmasdim. Onam esa jimgina peshonamni silab o‘tirar, qo‘llari bilinar-bilinmas titrayotganini sezib turardim. Shunda to‘satdan yana yosh bolaga aylanib qoldim. O‘shanda akamning o‘rtog‘i a1dab ketganida, sinfdosh o‘rtog‘im tuhmat qilganda ... onamning yupatishlariga ovungandek ... Qalbimning zulmat bosgan qaysidir burchagida ojiz, ammo ishonchli bir nur yilt etdi. Onang-chi, onang hech qachon xiyonat qildirni senga? Biron marta, aqalli bir marta xiyonat qildimi? Har kim har kimning ko‘ziga cbo‘p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o‘z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir. Onamning bilinar-bilinmas titrab turgan qo‘llarini tutdim-u sekin labimga bosdim. Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi: O‘tirsang-chi, bolam. Birpas o‘tirgin. Bo‘ldi, ketdim. Onam ko‘zimga hamon ma’yus termilib o‘tirardi. Ajablandim. Nega? Yaqinda men o‘laman. Onam bu gapni xuddi:"Qo‘shninikiga chiqib kelaman", degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim. Qo‘ysangiz-chi, oyi. Shunday dedim-da, chiqdim ketdim. Oradan ikki hafta otdi-yu... Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman. O‘ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada ... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda ... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q! Bugun kitobim chiqdi. Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini onamga atar edim. Har gal bir xil so‘z yozib berardim: "Birinchi o‘qituvchim onamga". Onam kitobni ko‘rishi bilan ko‘zlari quvonchdan porlab ketar, uzundan-uzoq duo qilar, peshonamdan o‘pib, yakkash bitta gapni takrorlar edi: Sen mening suyangan tog‘imsan, o‘g‘lim ... Keyin xuddi birov olib qo‘yadigandek, kitobni yostig‘ining tagiga yashirardi. Shunda men kitobim chiqqani uchun o‘zimdan ko‘proq onam quvonganini bilib turardim. Bir kuni mahallaning narigi chekkasida turadigan nonvoynikiga kirib qoldim. (Nima yumush bilan borganim esimda yo‘q.) Qarasam, yog‘och so‘rida kitobim yotibdi. Varaqlari titilgan, oftobda sarg‘ayib ketgan. Qiziqib qo‘limga oldim. O‘qisam, o‘zimning dastxatim:"Birinchi o‘qituvchim onamga". O‘shanda nima uchun bunday ahvolga tushganimni bilmayman. Xuddi birov meni masxara qilayotgandek bo‘lib ketdi. Kelib onamga to‘ng‘illadim: Kitobni yetti mahalla nariga tashlab keling, deb berganmidim sizga? Onam aybdor qiyofada ma’yus jilmaydi. "Bitta o‘qib beraman",dedi. Hozir olib kelaman. Chindan ham, o‘sha kuni kitob qaytib keldi... Har gal kitobim chiqsa, onam bir gapni aytardi: Sen mening suyangan tog‘imsan, o‘g‘lim ... Bilmagan ekanman, men onamning emas, onam mening suyangan tog‘im ekan. Tog‘im to‘satdan qulab tushdi. Bugun yangi kitobim chiqdi. Birinchi nusxasini emas, bitta nusxasini emas, oltmish ming kitobning hammasini onamga bag‘ishladim. Lekin... Qachondir uning ismi bo‘lsa bo‘lgandir. Biroq mahallada hech kim uning otini bilmaydi. Hamma Shayx deb chaqiradi. Aytishlaricha, urush paytida bir beva xotin besh-olti yoshlardagi bolasi bilan shu yerga kelib qolgan. Insofli odamlar bevaga choyxona yonboshidagi pastak hujrani ajratib berishgan. Bola baribir bola-da. Bahorda hujraning tomiga chiqib varrak uchirayotgan ekan, varrak havolagan sayin qiziqib ketib ipni torta-torta tisarilib boribdi-yu, tomdan chalqanchasiga yiqilib tushibdi. Sho‘rlik onaning dod-faryodiga choyxo‘rlar yopirilib chiqishsa, bolaning boshi yorilib, qonga belanib yotganmish. Hoji buvi uning boshiga kigiz kuydirib bosibdi, qorakuya suribdi, haytovur, bola tuza1ib ketibdi. Faqat esi aynibroq qolibdi. O‘shandan buyon hech kim uning biron marta yig‘laganini ko‘rmagan. Qachon qarasangiz, iljayib turadi. Iljayganda ham tilining uchi og‘ziga sig‘may doim chiqib turadi. Shundan bo‘lsa kerak, onda-sonda ustara tegadigan do‘rdoq labining ikki cheti oqarib yotadi. Urushdan keyin onasi vafot etadi-yu, Shayx yolg‘iz qoladi. Eski choyxona buzilganida ularning hujrasidan ham nom-nishon qolmadi. Biroq Shayx ko‘chada qolgani yo‘q. Mahaladagi hamma uy Shayxniki.Uning uchun hamma eshik ochiq.U biznikiga ham tez-tez kelib turadi. Onam bilan uzoq-uzoq gaplashganini ko‘rardim-u, onam bu devona bilan nimani gaplashishiga aqlim yetmasdi. Jamiki to‘y, jamiki ma’raka Shayxsiz o‘tmaydi. Uning o‘z vazifasi bor: samovar qo‘yadi. Xotinoshida mahalla otini, nikoh-u bazmlarda to‘yboshi erkaklar Shayxning xizmatiga muhtoj. Uch choynak famil, bir choynak ko‘kidan bolsin. Shayx shoshilmaydi. Ishini bilib qiladi. Odamlar ranjimaydi. Shayxning puxtaligini bilishadi. Shuncha yildan beri bironta to‘yda choynak darz ketmagan, biron mehmon choysiz qolmagan. U faqat pivo ichadi. Ko‘p emas, ikki shishagina. To‘y egalari Shayxning ulushini alohida ajratib qo‘yishadi. To‘y tarqashi oldida, xizmatini qilib bo‘lgandan keyin Shayx shishani og‘ziga qo‘yib pivo ichib oladi-da, birdan o‘yinga tushadi. Yoqavayron bo‘lib, og‘zidan ko‘pik sachratib xo‘p o‘ynaydi. Odamlar qarsak chalgan sayin balandroq sakraydi: Bo‘sh kelma, Shayx! Shunday maqtovlar. Shayxni battar jazavaga soladi. Har tepinganda yer zirillab ketadi. Ba’zan hangomatalab yigitlar Shayxni o‘rtaga olib qolishadi. Shayx tilini chiqarib iljayib qo‘yadi. .. Voy ko‘nglingning ko‘chasidan o‘rgildim! Seni ko‘rgan qiz infarkt bo1ib "Grudnoy xirurgiya"ga tushadi-ku! Shayx xafa bo‘lmaydi. Umuman, xafa bo‘lishni bilmaydi. Iljayadi. Onamning yigirmasi bo‘layotgan edi. G‘ira-shira tong otayotganda eshikdan ko‘ylakchan Shayx lapanglab kirib keldi. Ammo Shayx hovli burchagida turgan samovarlar tomonga yurmadi. Hech kimga qaramay bir hallab ayvon zinasidan chiqdi-yu, oyimning xonasiga yo‘naldi. Keyin onamning xonasiga kirdi-yu, to‘satdan o‘zini yerga otdi. Oyi! U har "oyi" deganda boshini yerga urar, yerni mushtlar edi. Birpasda peshonasi momataloq bo‘lib ketdi. Umrida yig‘lamagan Shayxning nolasi hammani karaxt qilib qo‘ygan edi. Kimdir ko‘tarmoqchi bo‘lgan edi, Shayx siltab yubordi. Anchadan keyin u gandiraklab o‘rnidan turdi. Hech kimga qaramay hovliga tushdi-yu, indamay chiqib ketdi. Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug‘orayotgan edim, yap-yangi "Moskvich" kelib to‘xtadi. Mashina eshigi ochilib, zabardast gavdali yigit tushib keldi. Taniy olmadim. Hormang, dehqonchilik katta-ku! Shunda hayratdan baqirib yubordim: Iya, Toymisan? Ha, xuddi o‘sha Toyning o‘zi. Faqat shuncha boy, bunaqa uzun qo‘l-oyoqlarni qayoqdan oldi ekan? Yaqindagina buloqdek oqib turadigan burnini eplolmay mashaqqat chekadigan bola edi. Uzun oyoqlarini kattakatta bosib hovliga kirdi-yu, onamga duch keldi. Qiziq, onam uni darrov tanidi. Voy, o‘zimning o‘g1im kelib qolibdi-ku! Onam peshonasidan o‘payotganda Toy ikki bukilib turdi. Yuring, bir aylantirib kelay. Toy onamni oldingi o‘rindiqqa o‘tqizdi. Yarim soatcha aylantirib keldi. Onamning yosh boladek birovning mashinasiga tushib "kataysa" qilishi menga erish tuyildi. Ammo onam xursand edi. Toy keyin ham o‘tgan-ketganda biznikiga tez-tez kirib turadigan bo‘ldi. Uni har ko‘rganimda bolaligimni eslayman. Kichkinaligimizda oramizda eng bo‘sh-bayov bola shu edi Uyimizning orqasida kattagina maydoncha bo‘lardi. Uzoq-yaqindan mol boqishga kelgan bolalar shu yerda yig‘ilib shovqin-suron solib o‘ynardik. Toy hammadan uzoqdan Beshqo‘rg‘ondan o‘ziga o‘xshash yuvosh, shoxsiz sigirini oldiga solib kelardi. Har faslning o‘z o‘yini bor: erta bahorda chillak, varrak, yozda futbol, kech kuzda lanka tepish ... Faqat ikkita bola o‘yinga ko‘p qo‘shilmasdi. Bittasi ko‘zlari doim javdirab turadigan Xo‘ja, yana biri Toy. Xo‘janing o‘zi o‘yinga uncha qiziqmas, Toyning esa o‘z yumushi bor edi. Nega deganda zimmasida mol boqish vazifasi bor. Birovning daydi sigiri, birovning shaytonga dars beradigan echkisi zum o‘tmay ekin oralab ketadi. Shunda mo‘ylovi qorayib, do‘rillab qolgan jo‘raboshimiz buyuradi: Toy! Galing keldi, echkini qaytar! Negadir Toyning navbati hammanikidan tez kelaverardi. Sigiri xuddi o‘rgatib qo‘ygandek egasidan nari ketmaydi. Ammo boshqalarning moliga ham kimdir qarashi kerak-ku. Toy burnini tortib qo‘yadi-da, indamay polizga qarab yuguradi. Dikonglab sakrayotgan takani qaytarib kelguncha biron buqacha dumini xoda qilib jiydazorga yugurgilab qoladi... O‘ynab-o‘ynab charchaganimizdan keyin hammamiz tol soyasida dam olamiz. Jo‘raboshimiz dadasi urushdan olib kelgan shinelni o‘tga yoyib, ustiga yonboshlaydi-da, maza qilib esnaydi: Toy, biz charchadik. Bir mizg‘ib olmasak bo‘lmaydi. Sen navbatchisan, mollarga qarab turasan. Toy burnini jahl bilan tortadi-yu , indamaydi. Bir kuni u astoydil yalindi: Meni Toy demanglar. O‘zimning otim bor Toyir. Jo‘raboshimiz quvlik bilan hammaga bir-bir qarab qo‘ydi. Uch kungacha hammaning molini yaxshilab boqsang, Toy otingni o‘zgartiramiz. Ammo kechqurun sigirimning yelini tirsillab tursin, bildingmi? Chindan ham Toy uch kungacha sidqidildan xizmat qildi. Biz maza qilib futbol tepdik. To‘rtinchi kuni jo‘raboshimiz "majlis" to‘pladi. Bugundan boshlab uning oti Xo‘tik. Yana bir yil harakat qilsang, o‘sib Eshak bo‘lasan. Hammamiz xaxolab kulib yubordik. Toy bolalarga birma-bir qarab chiqdi-da, burnini tortdi. Indamay yer chizib o‘tiraverdi. Chillak o‘yinining shafqatsizroq bir qoidasi bor: yutqazgan bola zuvlab nafasi yetmay qolsa, bir oyoqda hakkalaydi. Qoqilib ketsami, ikkinchi oyog‘i yerga tegsami, tamom! Tag‘in tayoq bilan chillakni urib sanaladi-da, yana chillak otiladi. Chillak borib tushgan joydan qaytadan zuvlash shart. Bir gal Toyni salkam yarim chaqirim joydan zuvlashga majbur qildim. Turgan gapki nafasi yetadi. U chap oyog‘ini ko‘targancha hakkalab sakray boshladi. Ammo o‘n qadam ham yurolmadi. Har sakraganda burni buloqdek qaynaydi. Qayta-qayta artgani bilan foydasi yo‘q. Bolalar xaxolaydi. Ayniqsa, men huzur qilib kulaman . Oxiri bo‘lmadi Toy yiqilib tushdi. Ayniqsa, sen yomonsan! Shovqin-suron bilan bo‘lib onamning chaqirganini eshitmay qolibman. Bir mahal qarasam, tepamda onam turibdi... Tur, bolam, onam Toyning boshini siladi. Etagini ko‘tarib, uning burnini artdi. Nariroqqa bordim . Nega ukangni yig‘latasan? Nega qiynaysan bola bechorani? Yog‘ochning boshini qurt yemay o‘lsin. O‘shandan keyin ko‘p o‘tmay Toylar ko‘chib ketishdi. Qayoqqaligini bolalar surishtirishmadi ham. Toy... o‘sha o‘zimizning Toy shunday yigit bo‘lganiga hamon hayron edim. Onam vafot etganda Toy onasi Niso xolani boshlab keldi. Keyin ham ko‘p yelib-yugurdi. Kunora keladi. -Bizga xizmat bormi? deb mashinasini to‘g‘rilab turadi. Qaysi kuni ishdan kelsam, eshik oldida yana Toyning mashinasi turibdi. Qarasam, ayvonda Toy bilan Niso xola o‘tirishibdi. Sochlari oqarib ketgan Niso xola men bilan aylanib-o‘rgilib ko‘rishdi. Shunga bir xabar olay, deb keldim. Toyirjonni qandoq yaxshi ko‘rardilar-a!.. Niso xola ko‘zimga tikilib ohista so‘radi: Bilasiz-a? Niso xola ko‘zimga yana diqqat bilan tikildi. Keyin ma’yus tortib jimib qoldi-da, xo‘rsindi. Toyirjonning chillasi chiqmagan... Xudoning ham bandalariga atagan azobi ko‘p ekan. Bir kechada kasalga chalinib qoldim. Ko‘kragimga yomshn yara chiqib, qirq kun "ol ket, ol qo‘y" bo‘lib yotibman deng... Ayni qahatchilik. urush, birov birovga holing nima kechdi, deyishi mahol... O‘zim-ku, mayli, bolam o‘lib qoladi, deyman. Dokaga angishvonadek yog‘mi, nonmi o‘rab chaqaloqning og‘ziga solib qo‘yishadi. Shunda deng, bir kuni Poshsha opam kelib qoldilar. Aylanib-o‘rgilib. Toyirjonni bag‘rilariga bosib emizdilar. Shu yerdan Beshqo‘rg‘onga saratonda kuyib har kuni uch marta qatnaydilar. Qirq kun shunday qildilar. Bir ko‘kragini siz emasiz, bittasini Toyirjon. Yosh g‘iltillagan ko‘zini ro‘molining uchi bilan artdi. Nima bilan rozi qilishimni bilmayman. So‘rasam, urishib berdilar." Vay, gapingiz qurmasin, ovsin, ona sutiyam sotiladimi" deydilar ." Birovga yaxshilik qilib, ketidan tama qilgan odamning savobi gunohga aylanadi", deydilar... Qandoq edilar-a! Niso xola ro‘molining uchini g‘ijimlagancha o‘yga toldi. Men ham, shu paytgacha o‘zim bilmagan ko‘kaldosh ukam Toyirjon ham bir nuqtaga tikilib qolgan edik. Har qaysimiz o‘z oyimiz bilan band edik, biroq hammamiz bir odamni onamni o‘ylardik. Otamning jahli yomon edi. Badjahl bo‘lib aka-ukalardan, birontamizni chertgan emas. Biroq onam: " Hoy , ehtiyot bol, adangning jahllari yomon", deb shunchalik uqtirib qo‘yganki, otamizni ko‘rishimiz bilan hammamiz yuvosh tortib qolardik. Tirikchilik vajidan bo‘lsa kerak, otam kechalari soat tuzatardi. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yda kimning soati buzilsa, biznikiga olib kelar, otamning hujrasida katta-kichik soatlar muttasil chiqillab turar edi. Onam bizni bu hujraga hech yo‘latmasdi. Bir kuni ukam ikkalamiz u yerga kirsak, stol ustida kichikroq piyolaning og‘zidek keladigan zanjirli cho‘ntak soati yotibdi. Qopqog‘i, oynasi ochilgan, murvatlari bir chekkaga tartib bilan terib qo‘yilgan. Aka-uka o‘zimizcha "ustachilik" qildik. Soatning yurishidan darak yo‘q. Bir mahal narigi uyda onamning sharpasini sezib qoldig-u , sekingina sirg‘alib chiqib ketdik. Kechqurun otam hujraga kirishi bilan xunob bo‘lib qichqirdi: Soatga kim tegdi? Qo‘lida biz "tuzatgan" soat. Mili yo‘q. Egasiga nima deyman! Ukam ikkalamiz churq etmay mo‘ltirab o‘tiribmiz. Yaxshi hamki akalarimiz ko‘chada, bo‘lmasa, hamma ayb o‘shalarga tushishi aniq. Ko‘p o‘tmay ovqat keldi. Ukamga yog‘och qoshiq, menga temir qoshiq tegdi. lkkalamiz qoshiq talashib qoldik. Ukam u yoqqa tortadi, men bu yoqqa. Ikki orada kosa dumalab, dasturxonga sho‘rva to‘kildi. Boyagi xunobgarchilik ustiga bunisi ham qo‘shildi-yu, biz bir yoqda qolib otam onamni tushirib qoldi. Aka-uka pildirpis bo‘lib, in-inimizga kirib ketdik. Onam sho‘rlikning qovog‘i ko‘karib chiqdi. Achindik. Ammo nachora? Ertalab tursam, otam ishga ketgan, hovli tomondan ayol kishining shang‘illagani eshitilyapti. Ovozidan tanidim: qo‘shnimiz Mo‘min akaning xotini. Mo‘min aka-ketmonchi. O‘zi ham mo‘mingina odam. Xotini boshqacharoq. Katta-yu kichik hamma uni Kelinoyi deb chaqiradi. Kelinoyining qiziq odati bor. lchida gap yotmaydi. Uyida qaysi sholchaga xokandozdan cho‘g‘ tushib, qanchajoyi kuygani, qaysi o‘g‘li sholg‘omni yomon ko‘rishi, qaysi qizining sochiga sirka oralagani hammasini birpasda mahallaga yoyib chiqadi. U qo‘ymasa, mana man qoydim! Ketaman! Ketgandayam uyini vayron qilib ketaman! Tushundim. Bundan chiqdi, Kelinoyi eri bilan urishgan. Uyida sal janjal chiqsa, albatta, oyisinikiga "ketadigan" bo‘lib qoladi. Tomosha ko‘rish uchun asta mo‘raladim. Shu savil qurib qolmasin, deb qoshimga qo‘ya qoluvdim. Ha, moshkichiri jindak tagiga olib, qotib ketibdi. Shungayam ota go‘ri, qozixonami? Pardoz-andoz qilgandan ko‘ra ovqatingga qarasang o‘lasanmi? Qirmochmi, balomi, zahringga yeyavermaysanmi, yergina yutgur! Xah , onamni so‘kkan tillaring tanglayingga yopishgur! Tag‘in nima deydi , deng? Aybni menga to‘nkaydi: tiling bir qarich, deydi. Voy, tilimni gapirgan tillaring joyida qiyma-qiyma bo‘lsin-a. Yeldek kelib , seldek olmasa aslo rozimasman! Og‘zi-burningdan laxta-laxta qoning kelgurni, nega qarg‘amas ekanman? Ketaman! Olti bola bilan qayoqqa borasiz, ovsinjon? Oyiginamning tor qorniga siqqan keng uyiga sig‘maymanmi? Birov mani ko‘kragimdan itarmas. Mana shu ajalning tig‘i parroniga uchragur bilan turgandan ko‘ra ... Kelinoyi birdan jimib qoldi. Kipriklarini og‘ir-og‘ir pirpiratib onamga uzoq tikildi-yu, ovozi pasaydi. Qarasam. o‘tin o‘lgur qolmabdi. Bolalar o‘qishda, adasi ishdalar. Ko‘zliroq sarjin ekan, tesha bilan urganimni bilaman... Onam qovog‘ini silab qo‘ydi. Men turgan joyimda qotib qoldim. Onam yolg‘on gapirardi. Yolg‘on gapirardi-yu, negadir bu menga juda yoqar edi. Maniki bo‘lsa, bir paqir suv olib kelmaydi, qo‘lginang sinib akashak bo‘lgur. Uyim-joyim deb bo‘ynini egmaydi, bo‘yniginang kesilgur, eshshak! Xudoyo bo‘yniginang hazrati Alining qilichida kesilmasa, u dunyo bu dunyo rozimasman-a! Ortiq qarab turolmadim. Negadir yig‘lagim keldi. Hozir ham eri sal qovog‘ini solsa, melisa bilan qo‘rqitib, "o‘n besh sutkani" pesh qiladigan ba’zi xotinlarni ko‘rsam, onamning qanoatini, Kelinoyining qarg‘ishlarini eslayman. Ishdan charchab qaytdim. Bilamanki, bunaqa paytda televizor ro‘parasiga o‘tirsangiz, tamom. Bahona o‘zidan o‘zi topilaveradi. Bosh qurg‘ur toliqqani, yangi film boshlangani ... Yaxshisi, xonaga kirib ishlash kerak. Hech bo‘lmasa kitob o‘qish ... Jurnalning yangi sonini varaqlab o‘tirsam, eshik taqillab , qassob qo‘shnimizning qizi Guli kirib keldi. Shunday dedim-u yana jurnalni o‘qishga tushdim. Ko‘p o‘tmay Guli ishini bitirdi shekilli, eshik oldiga bordi. Ammo chiqib ketmadi. Menga qarang, dedi eshik tutqichini ushlab. Rostini aytsam, esankirab qoldim. Bu qizning falsafa fakultetida o‘qiyotganini eshitgandim, mahalladagi eng "modniy" qizlardan ekanini, jinsi shim kiyib yurishini bilardim-u kechagina ko‘chada cherta o‘ynab yurgan qizaloqdan bunchalik ilmoqli savol kutmagan edim. Beixtiyor jurnalni bir chekkaga surib qoyib unga tikilib qoldim. Avvalgidek sansirashni ham, sizlashni ham bilmasdim. Guli kresloga o‘tirarkan, qoshini chimirdi. Indamay bosh silkidim. Unaqa bo‘lsa nimaga ko‘zingizning oldida bo‘p turgan sarqitga qarshi kurashmaysiz? Ko‘rdimki, ro‘paramda cherta o‘ynab yurgan qizaloq emas, jiddiy odam o‘tiribdi Kechirasiz, dedim sizsirab. Kulib yubormaslik uchun labimni tishlab, uni yupatgan bo‘ldim. Keladi-da, xaridorlar! Yaxshi qiz ekansizki, sovchilar keladi. O‘qituvchi deydi. Boshimga uramanmi! Onasini elchi qilishga balo bormi? Jinimdan yomon ko‘raman shunaqa lattachaynar yigitlarni. Bildimki, Gulining o‘z "yigiti" bor. Yana yupatdim. Sovchi degani keladi. So‘raydi, surishtiradi... So‘ramasayam hammasini biladi. Xona jimjit bo‘lib qoldi. Shunda g‘alati xayollarga bordim. Sovchi desa muncha hurkmasa bu qiz! Axir ota-onasi oyoq-qo‘lini bog‘lab birovga berib yuboradigan zamon emas-ku, hozir shuni o‘yladim-u bir vaqtlar sovchilar bizning ham eshigimizning "turmugini buzgani" yodimga tushdi. Erta bahor edi. Kunlar ilib qolgan, ammo yerdan hali qishning zahri ketmagan, unda-munda yovvoyi sarimsoqlar nish urgan, tol novdalari sarg‘ish rang olib, hushtak yasashga yaroqli bo‘lib qolgan... Opam ishda, akalarim maktabda. Bir o‘zim zerikkanimdan darvoza oldida cho‘zilib yotgan xariga minib olgancha, burnimni tortib-tortib akamning qalamtaroshida hushtak yasab o‘tirardim. Kuchugim oyog‘im ostida o‘zini oftobga toblab yotar, ora-chora itpashshalarni quvib, dumini tishlar, ammo pashshalar tutqich bermay uchib ketar, zum o‘tmay, yana qo‘nib g‘ashiga tegardi. Bir mahal kuchugim dik etib turdi-yu, akillagancha yugurgilab qoldi. Ellik qadamcha narida kelayotgan ikki xotinni ko‘rdim. Biri paranji yopinib olgan, past bo‘yli, qo‘lida hassa-tayoq, oqsoqolanib qadam tashlaydi. Yana biri yoshroq, boshiga g‘ijim ro‘mol o‘ragan, atlas ko‘ylagining ustidan baxmal nimcha kiygan. Har ikkalasining qo‘lida tugun borligini ko‘rdim-u darvozadan baqirib kirdim. Sovchi xotinlarni uzoqdanoq taniydigan bo‘lib qolganman. Albatta qo‘lida tuguni bo‘ladi. Keyingi paytda uyimizga bunaqa xotinlar serqatnov bo‘lib qolgan: kunora har xili kelib ketadi. Oyim ayvonda cho‘kkalab o‘tirgancha un elayotgan ekan. Elakni supraga o‘rab, hujraga yugurdi. Zum o‘tmay qo‘lini yuvib chiqdi-da, mehmonlarni kutib olish uchun shoshildi. Oyimdan oldinroq men yetib bordim. Mehmonlar darvozaga yaqin kelib qolishgan, kuchugim ularning atrofida gir aylanib vovullar, goh unisiga, goh bunisiga "hujum" qilar edi. Ayollar itga qarab-qarab sekin yurib kelishardi. Kuchugimga pakana xotin xunukroq ko‘rindi shekilli, paranjisining etagiga yopishdi. Kuchuk bo‘lsa meni ko‘rib ruhlanib ketdi, pakana xotinga koptokdek otildi. Ammo xotin pakana bo‘lsayam balo ekan! Hassasi bilan mo‘ljallab bir tushirgan edi, kuchuk oqsoqlangancha angillab qochib qoldi. Ancha nariga borib, orqa oyog‘ini yaladi. G‘ijim ro‘molli ayol ko‘rishayotganda nima uchundir oyimning sochini hidlagandek bo‘ldi. Onam pakana xotinning paranjisini qo‘lga oldi. Aylanib-o‘rgilib, uyga boshladi. Atlas ko‘ylakligi esa negadir lip etib oshxonaga kirib ketdi. Zum o‘tmay chehrasi yorishib chiqib keldi. Akamning qalamtaroshini joyiga qo‘yish bahonasida sekingina sirg‘alib uyga kirdirn. Oyim yaqinda ko‘milgan tancha o‘rniga qo‘yilgan xontaxta atrofiga darrov ko‘rpacha yozdi. Tokchadan patnis oldi. Patnisda nimalar borligini aniq bilaman: turshak, chaqilgan yong‘oq, jiyda, oltita zog‘ora non, bitta likopchada maydalab qirqilgan kalla qand. Qand tanqis bo‘lsa ham oyim bu mehmonlarga atalgan deb ko‘p tayinlagani uchun biz bolalar unga tegmasdik. Mehmonlar fotiha o‘qishdi. Oyim choy quyib uzatdi. Oyim indamadi. Olib o‘tiringlar, dedi anchadan keyin dasturxonga imo qilib. Bolalar katta bo‘lgandan keyin ota-ona zimmasidagi qarzini uzgisi kelib qolarkan. Bizning o‘g‘limiz ham yaxshi, mo‘min-qobil yigit. Muallim... U, "endi siz gapiring", degandek atlas ko‘ylakli ayolga sekin burilib qaragan edi, sochining uchiga taqilgan so‘lkavoylari jiringlab ketdi. Oyim hech qaysi sovchining dilini og‘ritmas, ammo sovchilar tugib kelgan nonni sindirishga yo‘l ham qo‘ymasdi. Hozir ham shunday qildi. Odilxoja desangiz hamma biladi. Mahmud bukrining yonidagi hovli. Meni Odilxoja-yu Mahmud bukur ham, Muborak chevar-u "Zinger" mashinasi ham qiziqtirmas, ikki ko‘zim qandda edi. O‘zimning borligimni bildirib qo‘yish uchun qalamtaroshni qo‘limdan tushirib yubordim. Oyim yalt etib qaradi-yu, pastki labini tishlab, bilinar-bilinmas bosh chayqab qo‘ydi. Bu "uyat bo‘ladi, chiqib ket" degani edi. Qanddan umidimni uzib chiqib ketishdan bo‘lak choram qolmadi. Yarim soatdan keyin sovchilar ketishdi. Kuchugimning alami ichida qolgan ekan shekilli, oyimning hayhaylashiga qaramay, sovchilarni ancha joygacha "kuzatib" keldi. Uch kundan keyin sovchilar tag‘in kelishdi. Sochining uchiga so‘lkavoy taqqan paranjili xotin bilan yana o‘sha novcharog‘i. Bu safar novcha xotin qarg‘ashoyi ko‘ylak kiygan, bo‘yniga dur osib olgan edi. Oshxonada ovqat qilayotgan opam darvozadan kirib kelayotgan mehmonlarga ko‘zi tushishi bilan tomorqaga qochib ketdi. Bu safar sovchilar uzoqroq o‘tirishdi, oyim ularni moshxo‘rda bilan mehmon qildi. Kechki ovqatdan keyin opam idish-tovoqni yuvish uchun oshxonaga chiqib ketganida oyim dadamga qaysi kungi sovchilar tag‘in kelishganini aytdi. O‘g‘liyam muallim emish. Uningiz yo‘q, buningiz yo‘q deb o‘tirmaymiz, boriga baraka qilib to‘y qilaveramiz, deyishyapti. Dadam anchagacha indamadi. Surishtirib ko‘rish kerak, dedi oxiri. Shu bilan gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Dadam eski paxtaligini kiyib, kechqurungi smenaga ishga jo‘nadi. Biz aka-ukalarga jon kirdi ."Qushim boshi" o‘ynadik, o‘rta barmoqni topish o‘ynadik. Oxiri oyindan o‘q chiqdi. "Oshxo‘rakam kaptar" o‘ynayotganimizda akamning boshi ukamning boshiga qattiqroq urilib ketdi shekilli, ukam arillab yig‘lay boshladi. Oyim bilan opam koyib-koyib, joy solib berishdi. Hamma uxlab qoldi. Men bo‘lsam anchagacha uxlolmay yotdim. Bir mahal tashqarida chaqmoq chaqdi. Ketidan momaqaldiroq gulduradi. Sharillab jala quyib yubordi. Ko‘zimni yumib yotsam ham qayerdan o‘tishini bilaman. Burchakda, sandiqning oldidan, keyin kavshandoz yaqinidan o‘tadi. Opam bilan onam yana joylariga kelib yotishdi. Opam deraza tagiga, oyim ukamning yoniga. Men bo‘lsam chakkaga quloq solib yotibman. "Chak-tik-puk", "chak-tik-puk ..." Chakillayveradi , chakillayveradi, xuddi soatga o‘xshaydi. Faqat ohangi har xil: "chak-tik-puk. .." Endi ko‘zim ilingan ekan, opamning xo‘rsinganini eshitib yana uyg‘onib ketdim. Shoh ham keladi, gado ham. Birovning eshigiga umid bilan kelgan odamni xafa qilish gunoh. Oyimning uyqusi o‘chib ketdi shekilli, ovozini ancha balandlatib gapira boshladi. Oy desa oyday, kun desa kunday, yakka-yu yagona qizi bor ekan. Bir kuni uch joydan uch sovchi kepti. Sahoba sovchilarning dili og‘rimasin. deb uchalasigayam rozilik berib yuboribdi. Keyin nima qilishni bilmay, Xudoga nola qipti. O‘zi bitta-yu bitta qizim bo‘lsa, uch joyga so‘z berib qo‘ygan bo‘lsam, endi nima qilaman, deb yig‘labdi. Shunda Xudoning rahmi kelib bir kechada sahobaning sigiri bilan echkisiniyam qiz qilib qo‘yibdi. Uchala qiz bir xil emish. Uch sovchi uch qizini to‘y-tomoshalar bilan olib ketibdi. Shunda sahoba Xudoga yana nola qipti. Qaysi biri o‘zimning qizim ekanini endi qayoqdan bilaman, debdi. Xudodan nido kepti: eshikdan kirib borganingda salom berib kutib oladigan, erini, qaynota-qaynonasini, qayn-bo‘yinlarini hurmat qiladigan qiz o‘zingning qizing. Hech kimni hurmat qilmaydigan, shaltoq qiz sigiring. Hech kimni hunnat qilmaydigan og‘zi shaloq qiz echking bo‘ladi, debdi. Har xil xotinlar o‘shandan tarqalgan emish. Biri esli-hushli, chaqqon, biri shaltoq, biri adabsiz ... Kennoyiga o‘xshaganmi? Bu shunday kutilmaganda bo‘ldiki, oyimning cho‘pchagi shartta kesilib qoldi. Keyin opam ikkovlari sharaqlab kulib yuborishdi. O‘rnidan turdi-da, piligi pasaytirilgan lampali tokcha oldidan o‘tib kelib, meni quchoqladi. U yuzimdan, bu yuzimdan o‘pdi. Opam urishib beradi, deb qo‘rqib turgandim. O‘pgani uchun judayam yaxshi ko‘tib ketdim ... Ertasiga choydan keyin oyimning mahsi kiyayotganini ko‘rib , mehmonga otlanayotganini sezdim-u darrov ergashdim. Onam bir zum ikkilanib turdi-da, rozi bo‘ldi. Ona-bola yo‘lga tushdik. Yomg‘ir kechasi tinib qolgan, ammo yer hamon ko‘pchib yotibdi. Oyoq bossangiz bir botmon loy yopishadi. Avval jiydazordan, keyin Qonqus ustiga tashlangan yakkacho‘pdan o‘tdik. Lopillab turgan yakkacho‘pdan o‘tayotganda qo‘rqdim-u o‘tib olgandan keyin shunday suv bo‘yida o‘sib yotgan sambittollarga angrayib qoldim. Sambittol zo‘r! Hushtak yasasa ham bo‘ladi, "ot" qilib o‘ynasa ham ... Yur, tezroq, dedi oyim qo‘limdan tutib ... Nihoyat guzarga yetib keldik. Choyxonada odam yo‘q hisob, eski namat tashlangan so‘rida bir chol oftobda mudrab o‘tiribdi, yonida tumshug‘i chegalangan choynak, sopol piyola ... Keyin devorlari nurab ketgan otxona oldidan o‘tdik. Qovurg‘asi sanalib qolgan uchta ot dumi bilan pashsha qo‘rib charchoq qiyofada boshini solintirgancha mudraydi. Otxona hovlisining burchagiga uyib qo‘yilgan go‘ngdan hovur ko‘tariladi. Ikki betida tollar, teraklar o‘sib yotgan loy ko‘chadan yana ozgina yurgan edik, obkashda suv ko‘tarib kelayotgan semiz xotin ko‘rindi. Semiz xotin obkashni yelkasidan oldi. Ustiga chambarak tashlangan ikki paqir suvni yerga qo‘ydi. Harsillab oyim bilan ko‘rishdi. dedi onam semiz xotinga iltijoli termilib. Semiz xotinning rangi o‘chib ketdi . Bukur bo‘lsa Xudo qilgan! Shunday dedi-yu, sharaq-shuruq qilib ilgakni ilgancha obkashni ko‘tardi. Shartta burilib ketdi. Sirg‘alib-sirg‘alib borarkan, obkashi bilan qo‘shilishib orqaga burildi. U hamon sirg‘angancha obkashini lapanglatib ketayotgan ayolga anchagacha qarab turdi-da, qo‘limdan tutdi. Bu yerga nima uchun kelganimizni tushungandek bo‘ldim. Kecha dadam "surishtirib ko‘rish kerak"degan edi. Bundan chiqdi oyim sovchilarni qo‘ni-qo‘shnisidan bilib olmoqchi. Choyxona ro‘parasida pastak tomiga qora qog‘oz tashlangan, derazasining ko‘ziga yaltiroq xitoy qog‘oz yopishtirilgan sartaroshxona bor ekan. lchkarida kim borligini bilmadim-u, biroq do‘kon eshigi oldidagi yog‘och xarrak bo‘sh edi. Uch-to‘rt qadam yurgandan keyin oyim to‘xtab qoldi. Ikkilanib qoldim. Sochimni oldirib borsam, akalarim, jo‘raboshi, albatta, boshimga shapatilab "ustara haqi" olishadi. Ochiq eshikdan sekin mo‘raladim. Ichkarida mijozlar yo‘q, oldiga kir peshband taqqan sartarosh devor tomonga qarab choy ichib o‘tirgan ekan. Kechagi yomg‘irda bu yerdan ham chakka o‘tgan shekilli, hujraning xomsuvoq qilingan devoriga uzun-uzun zaxkash iz tushib qolgan. Oyim eshikdan mo‘ralab sekin yo‘taldi. Sartarosh yelkasi osha burilib qaradi. Mo‘ylovi tekis qaychilangan qisiqroq ko‘zli kishi ekan. Shundagina uning bitta oyog‘i yog‘och ekanini ko‘rdim. Nosrang galife shimining yog‘och oyog‘idagi pochasini qayirib qo‘yibdi. U taxtalarining orasi ochilib yotgan polni do‘pillatib yaqin keldi. Devorga tirab qo‘yilgan xira toshoyna ro‘parasiga o‘tirdim. Oyim boshimdan do‘ppimni yechdi-da, boya sartarosh o‘tirgan kursiga joylashdi. Sartarosh qutichadan yaltiroq mashinasini oldi. Chakkamga mashinani tirab shiq-shiq qilgancha sochimni olishga tushdi. "Za Rodinu" deb atakaga borsang ham ixraysanmi? Oyimdan panoh kutib , aksini oynada ko‘rish umidida mo‘raladim. Biroq ko‘zgu shunaqangi xira ediki, o‘zimning yuzimni zo‘rg‘a ko‘rardim . Siz shu yerlikmisiz? Ayollari chevar ekan. Muborak chevar. Qadimdan shu yerda turishadi. Ota-bobosi bog‘bon o‘tgan. Katta uzumzori bo‘lardi. Shibilg‘oni deysizmi, shakarangur deysizmi, echkiemarmi hammasi shu bog‘da bo‘lardi. Ana uzum-u mana uzum! Urushning kasofati bilan ko‘plari yo‘q bo‘p ketdi. Qo‘li qisqalik qip qoldi bechoralaning. Sartarosh gapirgan sayin g‘ayratga kirar, g‘ayratga kirgan sayin mashinani tezroq shiqirlatar, unga sayin sochim ko‘proq yulinar edi. Ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Onam yengil tortib, xo‘rsinib qo‘ydi. Endi sochimning orqasini olishga navbat keldi. Sartarosh kaftini botirib, nuqul boshimni pastga egadi. Boshim egilgan sayin paydar-pay burnimni tortaman. Maktabda malimlik qiladi. Urushga bormaganmi? Shilt etib bumimni tortdim. Ammo meravoy bela! Nima, quda bo‘lmoqchimisizlar? Tag-zoti ko‘rgan, buning ustiga kimsan, malimni kuyov qilasiz-u jon demaysizmi, singil! O‘zingiz kimning oilasi bo‘lasiz? Oyim hammasini batafsil aytdi. Dadamni, asli qayerdan kelib chiqqanimizni. Yulduzinglar yulduzlaringga to‘g‘ri kepti! dedi sartarosh mashinani puflab-puflab tozalar ekan. Qutulganimga shukr qilib, dik etib o‘rnimdan turdim. Onam do‘ppimni boshimga kiygazib , sartaroshga pul berdi. Uyga qaytishimiz bilan bir burda zog‘orani oldim-u ko‘chaga yugurdim . Maydonchada o‘ynab yurgan Toy, Vali, jo‘raboshi hammasi paysalga solmay "ustara haqi" olishdi. Ayniqsa jo‘raboshi o‘rta barmog‘i bilan chertganda boshim og‘ridi. Lekin chidab turdim. O‘zim olib kelgan yangilik bilan hammani qoyil qoldirmoqchi edim . Yaqinda biznikida to‘y bo‘ladi! Keyin quda buvi menga ko‘ylak tikib beradi . "Zinger" mashinasi bor! Lekin to‘y bo‘lmadi. Bir oydan keyin ham, bir yildan keyin ham ... Bir-ikki marta opam , " kerakmas", deb yig‘laganini , oyim , "ko ’nglingdagini ayt bo‘lmasa", deganini eshitib qoldim. Tanish sovchilar hamon tez-tez kelib turishar edi. Bir kuni ertalab tursam , oyim yo‘q. Tushga yaqin xomushroq qaytdi. Ertasiga opam ishga ketganida, nonushta ustida dadamga qiziq gap aytdi. Urug‘ida jinni bor ekan. To‘laganxonning katta amakisi uch-to‘rt marta jinnixonaga tushgan ekan. Sovchilar yana kelsa javobini berib yubor. Bir narsani hech tushunmasdim. O‘shanda onam sovchilarning kelib chiqishi qayerdanligiyu, avlodida yomonotliq odamlar bor-yo‘qligini, kasb-kori nima-yu, qarindoshlarida kasallar boryo‘qligini nima uchun bunchalik surishtirganiga hech aqlim bovar qilmasdi. Bu savdolar, bu savollar bora-bora yodimdan chiqib ketdi. Biroq kunlardan birida g‘a1ati voqea bo‘ldi. Tahririyatda ishlab o‘tirsam, egnidagi kiyimidan tortib taqinchoqlarigacha juda yarashgan ko‘hlik ayol kirib keldi. Anchagacha gapni nimadan boshlashni bilolmay uyalib o‘tirdi-o‘tirdi-da, oxiri dardini ochdi. Ammo ajrashmasak bo‘lmaydi. Xudo haqi, bunaqa masalalarga aralashishni jinimdan yomon ko‘raman. Ko‘hlik juvonga to‘g‘risini aytdim, o‘z hayotingizni o‘zingiz hal qiling, dedim. Ayol bir zum yerga qarab turdi-da, iltimos qildi. Uch kundan keyin eshikdan har jihatdan mukammal yigit kirib kelib o‘zini tanishtirganida hayron qoldim. lkkovlari bir-biriga shu qadar munosib ediki, shunday oilaning ajrashmoqchi ekaniga achinib ketdim. Gapni nimadan boshlashni bilmay garangsib turgan edim, Islomning o‘zi muddaoga o‘tdi. Bolamiz yo‘qligiga xafaman. Ammo choramiz ham yo‘q! Uchrashib ko‘ringlar axir. Islom ma’yus jilmaydi. Butunlay esankirab qoldim. Nega axir? Bir-birlaringni sevsangiz. Munosib bo1sangiz ... Men vrachman, dedi Islom yana bo‘g‘iq ovozda. Xotinimning o‘g‘il tug‘ishidan qo‘rqaman. Nazirani sevardim. Xudbinlik qildim. Boshida aytishim kerak edi. U nimanidir, juda muhim narsani aytishga ikkilanar edi. Mening buvam dadamning otasi "shz" bo‘lgan. Bu naslga otadigan dard. Ota avlodida bo‘lsa o‘g‘ilgami, nevaragami, xullas, kimgadir otadi. O‘tmasa-chi! O‘tsa-chi! Islom mahzun qiyofada boshini quyi soldi. Ruhiy xasta bola bilan umrbod ezilib yuradimi?! Yana allanimalar deb ko‘nglini ko‘targan bo‘ldim. lslom mahzunlik bilan jilmayib o‘tirdi-o‘tirdi-da, indamay chiqib ketdi . ... Shunda chakka o‘tgan o‘sha kecha, erta bahorda oyim bilan loy kechib, Qa’niga borganimiz, keksa sartarosh, yana ko‘p narsalar yodimga tushdi. Onamni qo‘msash aralash sog‘inch tuyg‘usi vujudimni sirqiratib yubordi. Shu paytgacha o‘zim tushunmay yurgan ko‘p haqiqatlarni anglagandek bo‘ldim. Qaysi kuni metro stantsiyasi oldida Gulini ko‘rib qoldim. Yonida baland bo‘yli,jingalak sochli yigit. Mo‘ylovi o‘ziga xo‘p yarashgan. U Gulining jajji sumkachasini ko‘tarib olgan. Guli uni qo‘ltiqlab kelar, yigit xushchaqchaq bo‘lsa kerak, allanimalarni gapirar, Guli xandon otib kular edi. Uch kundan keyin Gulini ko‘chada uchratdim. To‘y qachon? Guli qizardi. Ammo quvonchini yashira olmadi. Guli "yo‘q" degandek bosh chayqadi. Guli hayron qolib chiroyli kipriklarini pirpiratdi. Guli birdan jiddiy tortdi. Qoshini chimirdi. Nima deganingiz bu? Surishtirib ko‘ring. Guli ko‘zimga tikilib turdi-da, sekin-sekin orqasiga tisarila boshladi. Nariroqqa borib birdan yugurib ketdi. Chamasi meni, esdan og‘ib qolgan, deb o‘yladi. Agar dunyoda ikkita beozor odam bo‘lsa bittasi Ermon buva. Agar dunyoda ikkita beozor odam bo‘lsa yana bittasi Ermon buvaning kampiri Habiba buvi. Mabodo dunyoda ikkita yuvosh sigir bo‘lsa bittasi Ermon buvaning ola sigiri. Agar shunaqa sigir dunyoda bitta bo‘lsa shu sigirning o‘zi. Ermon buvaning chap oyog‘i oqsoq: hassa bilan yuradi. Sigirining o‘ng shoxi singan. Ola sigirning shoxi qanday singanini hech kim bilmaydi. Ammo Ermon buvaning oyog‘i nega oqsoqligini hamma biladi. Biladi-yu, hamma har xil gapiradi. Oyimning aytishiga qaraganda. Ermon buvaning oyog‘i bosmachilar bilan urushda singan emish. Dadam bo‘lsa boshqacha tushuntirgan. Qishloqni bosmachi bosganida Ermon buva daraxtga chiqib ketayotganda yiqilib oyog‘i cho‘loq bo‘p qolganmish. Xullas, nima bo‘lgandayam u oqsoqlanib yuradi. Bahor paytlari ola sigirini yetaklab kelib qoladi. Qo‘lida hassa, sigirining butun shoxiga tuguncha ilib qo‘yilgan. O‘tloqqa yetganidan keyin sigirning shoxidagi tugunchani oladi-da, o‘zini qo‘yib yuboradi. Belidagi qiyiqchasini tol soyasiga tashlab "bismillohu rahmonur rahim" deb maysa ustiga yonboshlaydi. Ola sigir shundaygina uning yonida poyezddek pishillab o‘tlashga tushadi. Ora-chora shu ishim ma’qulmi, degandek egasiga qarab-qarab qo‘yadi. Shunaqa yuvosh sigirki, bolalar tagiga kirib emsa ham hoy, nima qilyapsan, deb qayrilib qaramaydi. Biroq bolalar Ermon buvani ham, sigirini ham qattiq hurmat qilishadi. Hatto jo‘raboshimiz ham buvani ko‘rishi bilan yuvosh tortib qoladi, ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: Assalomu alaykum, buvajon, deb salom beradi. Baribir uning ovozi salmoqli chiqmaydi: xotinlarnikidek ingichka, ammo nihoyatda mehribon. Uni har ko‘rganda oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi. Nega deganda Ennon buvaning sochi ham, soqoli ham, hatto ko‘ziga qayrilib tushgan olsiq qoshlarigacha oppoq. Oppoq yaktak, lozim kiyib yuradi. Habiba buvi kiyimini doim top-toza qilib yuvib, dazmollab beradi, yaktagining delvagay yoqasidan ko‘rinib turgan ko‘kragidagi tuklariyam oppoq. Faqat ikki yuzi qip-qizil. Oyimning aytishiga qaraganda, farishtali odamning yuzidan nur yog‘ilib turarmish. Farishtaning qanaqa bo‘lishini bilmayman-u, ammo Ermon buvani yaxshi ko‘raman. Judayam yaxshi ko‘raman. U yonboshlab yotgancha yaktagining cho‘ntagidan nosqovog‘ini chiqarib bir otim nosni tili tagiga tashlaydi-da, ko‘zlarini qisib bahor oftobiga tikilgancha hassasini chertib xirgoyi qiladi: "Tolda chumchuq sayraydi, Ko‘rsam ko‘nglim yayraydi ..." Shunda endi yo‘lga kirgan ukam ishtonchan chopqillagancha uning yoniga keladi. Ermon buva xirgoyisini to‘xtatadi. Ukamning buti orasiga qo‘l cho‘zib hazillashadi: Nosdan bering, otam, nosdan bering. Ukam qitig‘i kelib qiqirlab kuladi. Ermon buva tirnoqlari qiyshayib ketgan barmoqlarini hidlagan bo‘ladi-da, ataylab aksa uradi. Ukam huzur qilib qiqirlaydi. Nariroqqa qochib boradi-da, tag‘in buvasiga "nos bergisi" kelib qoladi. Qaytib keladi. Keyin hammasi yangitdan boshlanadi. Bir mahal oyim maydon chekkasida turib meni imlab chaqirayotganini ko‘raman-u yuguraman. Oyim qo‘lidagi obdastani uzatadi. Bilaman, obdastada iliq suv bor. Bir qo‘lim bilan obdastaning bandidan. ikkinchi qo‘lim bilan jo‘mragidan tutib halloslab chopib kelaman. Barakalla! Umringizdan baraka toping. Poshsha qizim sizlarning rohatingizni ko‘rsinlar. Shunday deydi-da, bir qo‘lida hassa, bir qo‘lida obdasta panaga o‘tadi. Bir ozdan so‘ng yuz-qo‘lini artib qaytib keladi. Qiyiqchani joynamoz qilib o‘t ustiga tashlaydi-da, pichirlab uzoq namoz o‘qiydi. Bolalar jimib qolishadi. Nihoyat u cho‘kkalab o‘tirgancha ovozini chiqaradi. Ollohu akbar. Bolalar-u qizlar chuvillashib baravar salom berishadi. Ermon buva alik oladi-da, chordana qurib o‘tiradi. Boyagi tugunni shoshilmasdan yechadi. Dasturxonda zog‘ora nonmi, arpa nonmi bo‘lgan kuni hammamizga bayram. Ko‘pincha unisiyam bo‘lmaydi, bunisiyam. Biroq tut-mayiz albatta bo‘ladi. Tut-mayizni yeb olsangiz darrov qorningiz to‘yadi. Shunaqa shirin, shunaqa mazali! Men bir kaft mayizni og‘zimga tashlayman-u uyga g‘irillayman. Oyim albatta choy damlab qo‘ygan bo‘ladi. Olma choymi, boshqami, ishqilib choy-da! Shunday qilib hammamiz birgalashib ovqatlanamiz. Oxirida Ermon buva dasturxonga fotiha o‘qiydi. Ana undan keyin Oltmishvoyning ta’rifi boshlanadi. Oltmishvoy Ermon buvaning o‘g‘li. Habiba buvi ko‘p tuqqan. Hammasi chillasi chiqmasdan o‘lib ketgan. Ammo Oltmishvoy boshqacha yigitda! Bittayam kasal bo‘lmagan. Menday paytida otni egarlab o‘zi choptirgan. Jo‘raboshimizday bo‘lganida ketmon bilan bir tanob yerni hashpash deguncha ag‘darib tashlagan. Oltmishvoy ana shunaqa yigit! Avvaliga Habiba buvi oltmishta tuqqani uchun Oltmishvoyning oti shunaqa deb o‘ylagan edim. Yo‘q, keyin tushundim. Oltmishvoy Ermon buva oltmishga kirganda tug‘ilgan ekan. Nosqovog‘idan kaftiga mo‘lroq solib tilining tagiga tashlaydi. O‘ziyam Azob dengiz degancha bor-da, tasadduq! Bir shamol tursa bormi, har suv ko‘tariladiki tog‘dek keladi. Ammo mening Oltmishvoyim azobdan qo‘rqmaydi. Rosa savalayapti, pashist demaganni! Komandiri mazasi yo‘q bola ekan! Oltmishvoy giroy bo‘lib o‘ldi, deb yozibdi .. , Ermon buva birdan jimib qoladi . Oppoq quyuq qoshining tagidagi ko‘zlari negadir yiltirab ketadi. Kuladimi, yig‘laydimi hech kim bilmaydi. Qo‘sha-qo‘sha orden taqib kirib keladi. O‘shanda kamandiriga xat yozaman. Oltmishvoyga aytib turaman, o‘zi yozadi. Sen bola, deyman, mazasi yo‘q bola ekansan, deyman. Mana, Oltmishvoyim keldi-ku, giroy bo‘lib kirib keldi-yu, deyman. Ermon buva sukutga cho‘kadi. Bolalar ham, qizaloqlar ham jimib qolishadi. Ermon buva nosini tupuradi. Kaftining orqasiga labini artib sigiriga qarab qo‘yadi. Keyin hassasini chertib xirgoyi qiladi: "Tolda chumchuq sayraydi, Ko‘rsam ko‘nglim yayraydi ..." Ermon buva qo‘shiq aytadi. Men bo‘lsam unikiga oyim bilan borganim, Oltmishvoyning suratini ko‘rganimni eslab ketaman. Aslida Ermon buvaning uyi hammamizniki. Ayniqsa, tut oqarishi bilan qishloqning hamma bolasi Ermon buvanikiga ko‘chib boradi. Uning devori juda past. Eshak minib o‘tsangiz, hovlisi ko‘rinib turadi. Lekin bu hovliga devorning keragiyam yo‘q. Eshik doim ochiq turadi. Kirib borishingiz bilan doka ro‘molini u yoqqa tashlagan, bu yoqqa tashlagan Habiba buvi peshvoz chiqadi. O‘sha zahoti bolalar tutga tarmashadi. Tut ham egasiga o‘xshagan. Hovlining yarmini egallab yotadi-yu, ammo tik o‘sganmas. Shoxlari tarvaqaylab ketgan. Bemalol osilib chiqaverasiz. Shunday bo‘lsayam. Habiba buvi bolalarni tutga chiqarmaydi. Hozir buvangni chaqiraman. Zum o‘tmay ayvon yonboshidagi pastak hujradan hassasiga tayanib Ermon buva chiqadi. Habiba buvi qirq yamoq bo‘lib ketgan chodirni olib chiqadi. Kamida o‘ttizta bola qaldirg‘ochdek tizilib chodirning to‘rt tarafidan ushlab turadi. Ermon buva oqsoqlagancha tut tagiga boradi-da, inqillab-sinqillab shoxga minadi. Habiba buvi pastdan turib uzun tayoq uzatadi. Ermon buva "bismillo" deb tayoqni bir urishi bilan duv etib tut yog‘iladi. Tut bo‘lgandayam shunaqangi tutki, har bittasi pilladek keladi. Bolalar chodirni qo‘yib yuborgancha qiy-chuv qilib o‘rtaga tarmashadi. Yuqorida Ermon buvaning ingichka tovushi keladi. Qarabsizki, hammamiz tutga to‘yib olamiz. Ayvonda esa uchta kattakon xum qatorlashib turadi. Har bittasi mendek keladi. Habiba buvi shinni pishirib shu xumlarga to‘ldirib qo‘yadi. Qish bo‘yi qachon kelsangiz, shinniga to‘yasiz. Shunday qilib. Ermon buva har qachon Oltmishvoyni gapirganida oyimga ergashib ularnikiga borganim esimga tushadi. Ayni tut pishig‘i edi. Ermon buva tut qoqib berdi. Habiba buvi yuvib tozalab sopol laganga to‘ldirib keldi. Maza qilib yedik. Keyin Habiba buvi kuyunchaklik bilan tushuntirdi. Yuringlar, choy ichamiz. Oldinma-keyin tizilishib pastak hujraga kirdik. Tokchalarga eski barkashlar bezak qilib qo‘yilgan xonaga kirishim bilan eng avval nonga ko‘zim tushdi. Bunaqangi chiroyli nonni birinchi ko‘rishim edi. Ustiga sedana sepilgan, qip-qizil patir non. Qiziq, nonni negadir devorga mixlab qo‘yishibdi. Bir chekkasi kemtik. Oyi-i, non! Bildimki, onam uyalyapti. Endi Habiba buviga tarmashdim. Bilaman, dunyoda Habiba buvidan saxiy odam yo‘q. Devordagi nonni ko‘rsatdim. Buvi, no-o-on! Qiziq, negadir Habiba buvi bu safar saxiylik qilmadi. Bu non Oltmishvoy akangniki. Ko‘rdingmi, bir chetini tishlab ketgan. Kelganida yana bitta tishlaydi-da, qolganini senga beraman. Ana, Oltmishvoy akang ham senga qarab turibdi. Qarasam, nonda chindan ham Oltmishvoy akaning tishlagan izi ko‘rinib turibdi. Nonning tagida esa o‘zining surati. Surat negadir sarg‘ayib ketgan. Suratda dengizchilarning kokildor shapkasini kiygan qopqora yigit jilmayib turibdi. Oyimga qarasam, qovog‘ini solib turibdi. Indamay qo‘ya qoldim. Tashqariga chiqqanimizdan keyin onam dashnom berdi. Nonni Oltmishvoy akangga atab qo‘yishibdi, bildingmi? Oltmishvoy akangdan qoraxat kelgan, tushundingmi? Nimani tushundim, nimani tushunmadim, bilmayman-u, ammo Ermon buvaning gaplariga ishongim keladi. Erta-indin Oltmishvoy aka giroy bo‘lib ketadi. Ermon buva uning komandiriga xat yozdiradi. Sen yaxshi bolamas ekansan, deydi. Mana, Oltmishvoyim giroy bo‘p keldi-ku, sen bo‘lsang uni o‘ldi deyapsan, deydi ... Keyin ola sigirni sotib to‘y qilishadi. Ermon buva Oltmishvoy akaning ta’rifini rosa keltirganidan keyin har kuni aytadigan afsonasini boshlaydi. Shu cho‘pchagi menga hech yoqmaydi: qo‘rqaman. Ammo hadeb qaytaravergani uchun yodimda qolgan. Qiziq, negadir jo‘raboshimiz xuddi shu cho‘pchakni yaxshi ko‘radi. Ermon buva jon deb rozi bo‘ladi. Aytmoqchi, Ermon buva hech qaysimizni otimizni bilmaydi. O‘g‘il bolalarning hammasi uning uchun qoravoy, qizlarning hammasini oti popuk. Bundan tashqari hech kimni sen demaydi, hammani sizlab gapiradi. U nosni yana otib oladi-da, afsonasini boshlaydi: Bir bor ekan, bir yo‘q ekan ... Bir-biri bilan qo‘shni turadigan ikkita yurt bor ekan. Popuk birovning ukasi bo‘lsayam, etagini qayirib yonida o‘tirgan bolaning burnini artishga majbur bo‘ladi. O‘rtaga g‘alamis aralashib ikki yurtning orasini buzibdi. U yurtning ichiqora odamlari o‘z podshosini yo‘ldan uribdi." Bu yurtda shunaqangi yaylovlar borki ot minib uch kun choptirsangiz u boshidan bu boshiga yetolmaysiz", debdi. Bosib olsangiz xazinangiz oltinga to‘ladi-, debdi. Bu yurtning ichiqora odamlariyam o‘z podshosini ko‘ngliga g‘ul-g‘ula solibdi. "U yurtda shunaqangi bog‘-rog‘lar borki, jannatga o‘xshaydi-, debdi. Bosib olsangiz xazinangiz oltinga to‘ladi, debdi. Ermon buva nosini tupurib birdan Toyga ko‘zi tushib qoladi. Buniki qaynab chiqaveradi. Toy jahl bilan "shilq" etib burnini tortadi. Zum o‘tmay yana oqib ketganiga parvo qilmaydi. Ermon buva bo‘lsa berilib hikoya qiladi. Tag‘in qanaqa lashkar deng! Har bittasi mening Oltmishvoyimga o‘xshagan norg‘il yigitlar emish. Yigitlarning mo‘ysafid otalari, keksa onalari g‘amboda bo‘lib qolishibdi. Urushdan kimga foyda-yu, kimga ziyon, deyishibdi. Urush qilib xazinasini boyitadigan podsholar-u bolamizni ajalning og‘ziga yuboradigan bizmi, deyishibdi. Ammo kambag‘alning dodini kim eshitardi, tasadduqlar! U yurtning lashkari bu yurtnikiga ot suribdi. Bu yurtning lashkari u yurt ustiga bostirib boribdi. Shunday qilib desangiz, qirg‘inbarot boshlanibdi. Ne-ne oydek qizlar oyoqosti bo‘pti, beshikdagi bolalar onasidan, onalar bolasidan ayrilibdi. Popukday qizlar, nozaninday juvonlar, norasida bolalar Xudoga nola qilishibdi...Podsholar bir-birining yurtini bosib olaman desa bizda nima gunoh, deyishibdi." Nimaga bizni onamizdan judo qilasan, akamizdan ayirasan?" deyishibdi. Lekin ularning nolasi Xudoga yetib bormabdi. Ermon buva jimib qoladi. Xazinasini oltinga to‘ldiraman deb urush ochgan u yurtning podshosini ham, bu yurtning podshosini ham yomon ko‘rib ketaman. Onalarni bolasidan, bolalarni onasidan judo qilgan u yurtning g‘alamis odamlarini ham, bu yurtning g‘alamis odamlarini ham yo‘q qilib tashlagim keladi. Shosha-pisha ishtonni ko‘taraman. Barakalla, tasadduq! U yurt ham , bu yurt ham vayronaga aylanibdi. Yo tavbangdan ketay, tasadduqlar, ne-ne daryolar qurib ne-ne bog‘lar kultepaga aylanibdi. Boringki, yilt etgan bitta giyoh qolmabdi. Tikkaygan bitta daraxt qolmabdi. Jamiki parrandalar-u darrandalarga qiron kepti. Oxiri daraxtlar-u o‘t-o‘lanlar, daryolar-u qushlar Xudoga nola qipti: "Urushni qiladigan-ku odamlar, bizda nima gunoh ", debdi ." Sen bizni odamlar uchun yaratgan eding-ku, nimaga odamzod bizga qiron keltiradi ?" debdi. "Odamzodning fe’li shunaqa yomon bo‘lsa biz nima qilaylik", deb yig‘lashibdi. Ana o‘shanda Olloyi taoloning qattiq qahri kepti. U yurtni ham, bu yurtni ham cho‘l-biyobonga aylantirib tashlabdi. U yurtda ham, bu yurtda ham, bironta qimirlagan jon, na bitta daraxt, na bitta o‘t-o‘lan, na bir tomchi suv, hech nima qolmabdi. O‘shandan buyon oftob ham shu yurtlarni chetlab o‘tarmish. Shamol yaqiniga bormasmish. Qush uchmasmish. U yurt ham, bu yurt ham zimistonga aylanib qolgan emish. Ermon buva nosini tupurib chuqur xo‘rsinadi . "Ana shunaqa gaplar, degandek ma’noda bosh chayqab qo‘yadi. Meni Oltmishvoyim ham pashistni jazosini beraman deb qilich o‘ynatib yuribdi-da. Bo‘lmasa Azob dengizda suzish osonmi! Alpomishnikiga o‘xshab qirq gaz keladi. Qaytib kelgandan keyin o‘sha qilichni sizga beraman . ... Ermon buva va’da qilgan Oltmishvoy akaning qirq gazli qilichi menga nasib etmadi. Uning o‘zi ham, qilichi ham urushdan qaytmadi. O‘sha yili birinchi qor tushgan kuni Ermon buva yana bitta afsona aytib berdi. Bu cho‘pchakni atigi bir marta aytgan bo‘lsa ham negadir xotiramda saqlanib qoldi. Kechqurun Ermon buvaning ayvoniga to‘plandik. Tashqarida gupillab yirik-yirik qor yog‘ar, ayvon oldiga o‘zimiz tut qoqib yegan qirq yamoq chodir tutib qoyilgan, sovuq edi. Hammamiz sandalga oyoq tiqib o‘tiribmiz. Oyoq iligani bilan badandan muz o‘tib ketgan. Sandal ustiga bir qop ko‘sak uyub tashlangan. Ermon buvaning aytishiga qaraganda o‘n pud ko‘sakni chuvish zimmamizga tushgan emish. Ertagacha chuvib bo‘lmasak, brigadir Haydar shamol xafa bo‘larmish. Ko‘raklar sovuqda muzlab qolgan, ushlasangiz qo‘lingizni uzaman, deydi. Ikkita tokchaga bittadan lip-lip chiroq qo‘yilgan. Chiroqlarning piligi lipillagan sayin xotinlarning devordagi bahaybat soyalari ham afsonaviy devlardek sakrab-sakrab ketadi. Xotin-xalaj indamay ko‘rak chuviydi. Bir qopi tugashi bilan Ermon buva ikkinchi qopni eski dasturxonga ag‘daradi... Qo‘lim akashak bo‘lib qoldi. Buning ustiga ko‘rak tikandek qotib qolgan. Paxtasini sug‘urib olguncha tirnog‘ingiz orasiga kirib qonatib yuboradi. Ermon buva menga qarab-qarab qo‘yadi. Oxiri onamning ham toqati toq bo‘ldi. Ermon buva sokin bosh chayqadi. U qishda ham delvagay ochib yuradigan yaktagining cho‘ntagini uzoq kavlashtirib nosqovog‘ini topdi. Tagiga uch-to‘rt urib nos otdi. Shunday deb men eshitmagan afsonani aytib berdi. Odamlar qal’a ichiga berkinib olishibdi. Yov shaharni o‘rab olib kutaveribdi, kutaveribdi. Oxiri qal’a ichidagilar ham, yov ham holdan toyibdi. Qamalda qolganlarning ochlikdan sillasi quribdi. Odamlar oqsoqol oldiga borib, bo‘ldi endi, shaharning darvozasini ochib beramiz, deyishibdi. O‘zimiz och, bolalarimiz yalang‘och, otlarga yem yo‘q, o‘tin yo‘q, deb nolishibdi. Ammo oqsoqol dono kishi ekan. Paxta degani jannatdan chiqqan, menga ishoninglar, tasadduqlar, debdi. Buni qarangki, chol aytgan gap to‘g‘ri chiqibdi. Paxtaning mornig‘ini askar bolalarning yarasiga bosishibdi. Tolasini yigirib bo‘z to‘qishibdi, kiyim tikishibdi, chaqaloqlarga yo‘rgak qilishibdi, chigitni yog‘ini eritib go‘sht qovurishibdi. Kunjarasini otlarga berishibdi. G‘o‘zapoyani yoqib uylarni isitishibdi. Sichqonning ini ming tanga bo‘lib ketibdi. Tomog‘ini taqillatadi Ana, ko‘rdinglarmi paxtaning xosiyatini, tasadduqlar. Qani, kampir, shinnidan opke. Bir maza qilaylik! Habiba buvi ildam o‘rnidan turib xumga sapol piyolani botiradi. Yana bir marta ... Keyin yana bir marta. Birpasda ayvonni tut shinnining isi tutib ketadi ... ... O‘sha birinchi qor tushgan kuni Habiba buvini oxirgi marta ko‘rayotganimni bilmagan ekanman. Hali yangi yil kelmasidan ketma-ket qor yog‘ib qahraton sovuq boshlandi. Shunday kunlardan birida ertalabki choydan keyin onam to‘satdan so‘rab qoldi. Quvonib ketdim. Ermon buvanikiga bo‘ladi-yu, yo‘q deymanmi? Onam ohista bosh chayqadi. O‘tini yo‘qmish. Ko‘mir oborib beramiz. Bultur o‘zimizning o‘tinimiz qolmaganida qanaqa ahvolga tushganimiz esimdan chiqqanmas. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu yil dadam ko‘mirni yaxshilab g‘amlab qo‘ygan edi. Dadam ishda, akalarim maktabda. Opam echki sutini sotish uchun shaharga ketgan . Uyda oyim, ukam qolgan. Ukamni amallab beshikka tiqdik. Oyim aldab-suldab uxlatdi. Oshxonaga kirib qopga ko‘mir soldik. Men og‘zini ochib turdim , oyim xokandoz bilan soldi. Sandalga yirik ko‘mir bo‘lmaydi. Albatta kukunidan solish kerak. Tez cho‘g‘ oladi, uzoq turadi. Onam har gal xokandozni bo‘shatganida qop-qora chang ko‘tariladi. Bir zumda oyimning ham, mening ham og‘iz-bumimiz qorayib ketdi. Keyin kichikroq paqirga men ko‘mir to‘ldirdim . lkkalamiz yo‘lga tushdik. Onam burni yerga tekkudek bo‘lib enkaygancha qorda chuqur-chuqur iz qoldirib yurib ketdi. Ketidan men ergashdim. Kichkinagina chelak avvaliga yengil tuyilgan edi. Ellik qadamcha yurmasimdan juda og‘irlashib ketdi. U qo‘limdan bu qo‘limga olaman, bu qo‘limdan u qo‘limga olaman, sirg‘anib-sirg‘anib ketaman. Bu ham yetmagandek, qo‘limga so‘zak kirib ketdi. Paqirning bandi kaftimga chippa yopishib qolgan. O‘ng qo‘limdan chap qo‘limga olayotganimda terimni shilib olayotgandek bo‘ladi. Qopning tagini ham sichqon teshgan ekan: qor ustida bora borgancha qop-qora iz tushib bordi. Nihoyat Ermon buvaning ochiq eshigi oldiga keldik. Bu safar buvining shinnisiga umid bog‘lamadim. Oyim ikkalamiz darrov izimizga qaytdik. Oyimning qo‘lida paqir, paqir ichida bo‘shagan qop ... Qorda tushgan ko‘mir izini dadam ko‘ribdi shekilli, kechqurun oyimdan so‘radi: Kimga ko‘mir berding? Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi. Ko‘miri yo‘q ekan, oborib berdim. Dadam oyimni urishmadi. Chatoq bo‘pti, dedi sekin. Onam bosh chayqadi. Mana, uyi isib qoldi. Ajabmas, erta-indin tuzalib ketsa ... Lekin Habiba buvi tuzalmadi... Indini ertalab ishga ketgan dadam yarim yo‘ldan qaytib keldi. Ukamni tizzasiga o‘tkazib choy ichirayotgan oyim hayron bo‘lib dadamga qaradi: Tinchlikmi? Dadam negadir ko‘zini yashirdi: Odamzodning ahvoli shu ekan-da, dedi xo‘rsinib. Ukamni siltab ko‘rpachaga o‘tkazdi-yu, ikki kafti bilan yuzini to‘sgancha o‘kirib yubordi. Kim bilibdi shunaqa bo‘lishini! Dadam, uning ketidan ukamni ko‘targan oyim. uning ketidan men Ermon buvanikiga yugurdik. Birpasda tumonat odam to‘planibdi. Zebi xola u yoqdan bu yoqqa yugurgan. lsroil moylov hovlidagi qorni kuragan. Sepkilli xola bilan Kelinoyi onamlab yig‘lashgan ... Ermon buva kimni ko‘rsa javdirab qaraydi. Yaktagining delvagay yoqasidan ko‘rinib turgan oppoq tuk bosgan ko ’ksiga mushtlagancha ovozi yanayam ingichkalashib, nuqul bitta gapni qaytaradi: Bittagina bolasini ko‘rolmay ketdi-ya! Oltmishvoyning diydoriga to‘yolmay ketdi-ya! Yo‘q. U yig‘lamaydi. Faqat ingraydi. Titrab-titrab ingraydi. Bosh yalang bo‘lib olgan. Oppoq sochlari, oppoq soqoli. oppoq ko‘ksini muzday qor zarralari qoplagan. Doim odamlarga buyruq berib o‘rganib qolgan brigadir Haydar shamol ham tut tagida cho‘kkalab o‘tirgancha peshonasiga mushtlab yig‘laydi. Ustiga paranji yopilgan tobutni hovliga opchiqishganida ayniqsa qiyomat bo‘ldi. Oyim dodlagancha tobutga yopishdi. Erkaklar tobutni ko‘tarishganida oyim besh-olti qadam yugurdi-yu, kalishi sirg‘anib ketib chalqanchasiga yiqildi. Yig‘lab yubordim. Onamning ko‘zi olayib ketgan, chamasi meni tanimas edi. O‘sha kundan boshlab onam g‘alati bo‘lib qoldi. Bir nuqtaga tikilib o‘tiraveradi, o‘tiraveradi. Birov gapirsa eshitmaydi. Faqat ukam yig‘laganida hushi joyiga keladi ... U Habiba buvining kiryuvdisi, yettisida yelib-yugurib xizmat qildi. Ma’rakaga borganida oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lib yuradi-yu, uyga kelganda yana g‘alati bo‘lib qoladi. Habiba buvining yigirmasiga Ermon buva sigirini sotdi. Dadamning aytishiga qaraganda, Haydar shamol o‘rtaga tushib, shu ishni qilmang, desa ham Ermon buva ko‘nmabdi. " Kampirim bechora dunyoga kelib nima ko‘rdi. Hech bo‘lmasa o‘zi ko‘rmaganni arvohi ko‘rsin, Oltmishvoyim kelganida amallab boshqa sigir olarmiz", debdi. Sigirni Dalavoy suv tekinga sotib olganmish ... O‘shandan keyin onam sal o‘nglangandek bo‘ldi. Har kuni Ermon buvanikiga qatnaydi, goh yaktagini yuvib, sandal ustida quritib beradi, goh lavlagi sharbatiga holvaytar pishiradi... Nuqul bitta gapni qaytaradi: " Buvangga jabr bo‘ldi, bolam, buvangga jabr bo‘ldi..." Bir kuni dadam yangi gap topib keldi. Ermon buva kampirining qirqida ham yurtga osh berarmish. Odamlar o‘rtaga tushib yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan ekan, ko‘nmabdi. " Qirq degan xotinlarning ma’rakasi bo‘ladi. Kampirimning arvohi shod bo‘lsin", debdi. Xuddi o‘sha ma’rakadan uch kunmi-to‘rt kun ilgari g‘alati voqea bo‘ldi. Yakshanba bo‘lsa kerak, dadam ham, akalarim ham uyda edi. Bir mahal hovli tomonda gurji kuchugim bir-ikki akilladi-yu, negadir jimib qoldi. To‘satdan eshik ochildi. Ostonada yaktak kiyib olgan Ermon buva paydo bo‘ldi. Tashqarida qor yog‘ayotgan bo‘lsa kerak, uning yalang boshi, yaktagining yelkasi qorga ko‘milgan edi. Qiziq, qo‘lida hassa yo‘q. U ostona hatlab chiqqanidan keyingina oyoq yalang ekanini ko‘rdim. Uning katta-katta oyoqlari qip-qizil go‘sht bo‘lib ketgan, negadir lozimining pochasini qayirib olgan, to‘pig‘igacha qoplagan tuklariga kir qor yopishib qolgan edi. Dadam bilan akalarim ham, oyim bilan men ham hayratdan qotib qoldik. Ikkovlari mozor boshiga ketishdi. Oyimning yuziga bir zum tabassum qalqidi-yu, keyin dahshat ichida dadamga qaradi. Keyin o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lini dutor qilib cherta boshladi. Birdan menga ko‘zi tushdi-yu, g‘ayritabiiy. ingichka ovozda kulib yubordi. Oltmishvoy akangiz keldi. Keldi... dedi ovozini pasaytirib, Keyin to‘satdan xaxolab kula boshladi. Uning bunaqangi bor ovoz bilan kulganini hech qachon eshitgan emasdim. Go‘shti chiqib ketgan oyoqlarini gursillatib yerga urgancha yana qo‘shiq aytdi: Tolda chumchuq sayraydi, Ko‘rsam ko‘nglim yayraydi. Hammamiz sehrlangandek qotib qolgan edik. Ermon buva xo‘p o‘ynadi. Yalang oyog‘ining boldiriga yopishgan loy aralash qorlar namatga sachrab ketdi. Keyin u charchab, cho‘kkalab qoldi Kavshandoz tomonga qarab yuziga fotiha tortdi . -llohi omi-i-in! Yurtimiz tinch bo‘lsin, illo-billo qirg‘inbarot bo‘lmasin. Ollohu akbar! Ertasiga uni jinnixonaga olib ketishdi. Haydar shamol bilan dadam birgalashib oborishdi. Dadamning aytishiga qaraganda, Erman buva jinnixonaning eshigidan kirayotganda ham qibla tomonni qidirib cho‘kkalab olganmish. Osmonga qarab iltijo qilganmish. Ollohu akbar! deganmish. Oyim odamsiz turolmasdi. Qo‘shni kelinchaklar, yetti mahalla narida turadigan kampirlar hammasi yig‘ilishib gangir-gungir suhbatlashib o‘tirishardi. Shuncha gap qayoqdan topilishiga ba’zan hayron qolaman. Har kuni ertalab gazeta olib keladigan pochtachi tatar xotin eshikdan qayta qolmaydi. Albatta, oyimning oldiga kiradi. Oyim har galgidek uni yupatadi: Qo‘ying, jon bolam, sabr qiling. Eringiz yomon bolamas. Razvodg‘a biram! Alimentg‘a dabitsa itam! Unaqa demang, o‘rgilay. bolangizni tirik yetim qilmang. Sudg‘a biram. Oyim ishonch bilan tushuntirdi: Mana, mem aytdi dersiz. Eringiz sizni jonidan yaxshi ko‘radi. Ko‘nglim sezib turibdi. Bugun-erta apoq-chapoq bo‘lib ketasizlar. Pochtachi ketishi bilan oqsoqlanib qo‘shni kampir kirib keladi. Yo‘q, quloq solmadi. O‘laman sattor, mana shu qirchang‘ini olaman, deb turib oldi. Mana, oxiri nima bo‘ldi ... Kecha itni kunini boshimga soldi, aylanay! Xotin olgandan keyin ona kerak bo‘lmay qolarkan. Shuni oldi-yu o‘g‘lim ham aynidi-qoldi, qoqindiq. Og‘zidan bol tomib sizni maqtadi boyaqish. Siz uning tilini bilmaysiz, o‘rgilay! Ko‘nglim sezib turibdi... Oyimning "sezgir ko‘ngli" qiziq. Hamisha yaxshilikni "karomat" qiladi. Har gal shunaqa gaplarni eshitganimda bolaligimda ro‘y bergan voqeani eslayman. Urush tugagan paytlar edi. O‘shanda go‘dak tasavvurimga sig‘magan narsani keyin tushunganman: Urush bitib odamlarning yarasi yangilangan damlar ekan. Birovning eshigida surnay, birovnikida aza tovushi eshitilardi ... Bir kuni akam eshikdan baqirib kirdi. Turgan joyimda tirrakdek qotib qoldim. Lo‘lilar haqida shunaqa gaplar eshitgan edikki, nomi qulog‘imizga chalinishi bilan sichqonning ini ming tanga bo‘lib ketar edi. Lo‘li ko‘chada yurgan bolani qopiga solib ketarmish. Uyda kattalar bo‘lmasa, bolalarni bo‘g‘ib o‘ldirarmish-da, hamma narsani ship-shiydon qilib g‘oyib bo‘larmish. Akam bilan ketma-ket xuddi quvlagandek, qopqora lo‘li xotin kirib keldi. Uzun, isqirt ko‘ylagining ustidan nimcha kiygan, shokilasi osilib yotgan qo‘sh ko‘zli xurjunini yelkasidan oshirib tashlab olgan, sochlarining uchiga so‘lkavoy taqqan, oyog‘ida eski qizil etik ... Dahshat ichida oyimning pinjiga tiqildim. Uyda dadam yo‘q-ku, endi nima qilamiz? Hovlining allaqaysi burchagida yotgan mushukdekkina gurji kuchugimiz g‘azab bilan akillagancha lo‘liga qarab yugurdi. Lo‘li xotin bir lahza to‘xtadi-yu, qiyshiq tayog‘ini itga o‘qtaldi. Sarosima ichida oyimga qaradim: tezroq haydab yuborsa-chi! Oyim lo‘liga diqqat bilan qarab turdi-da, birdan yuzi yorishdi. Oyim ayvondan ildam tushdi. Hovlining o‘rtasiga kelib qolgan lo‘li bilan aylanib-o‘rgilib ko‘rishdi. Gurji kuchugimiz hamon to‘xtovsiz akillar, lo‘lining atrofida gir aylanar edi. Isib ketganidan keng ko‘ylagining yoqasini g‘ijimlab yelpingan edi, bo‘ynidagi ikki shoda munchoq marjon ko‘rinib ketdi. Qulog‘idagi tilla oybaldog‘ini ko‘rdim-u, negadir "o‘g‘irlab olgan", degan xayolga bordim. Tag‘in qo‘rqib ketdim . Hozir boshlaydi. Akalarim qulog‘imga quygandek, "poli keldi-poli keldi", deb fol ocha boshlaydi-da, avrab-avrab hammamizni o‘ldirib ketadi. Lo‘li menga qayrilib ham qaramadi. Qop-qora qo‘llarini keng yoydi. Pirlar madadkor bo‘lsun. Dushmaning xor-u zor bo‘lsun, bacham! Oyim ham yerga cho‘kkalagancha unga qo‘shilib fotiha o‘qidi. Akam xabar bergan bo‘lsa kerak, bir zumda hovliga Hoji buvi, uch hovli narida turadigan kelinchak Xayri opa kirib kelishdi. G‘animing bo-or! Vujudimni yana qo‘rquv bosdi. Ammo nima uchundir oyim xotirjam edi. Akamdan xavotirdaman. Ming yerimga pichoq ursa bir yerimdan qon chiqmaydi. Hamma qaytyapti, akam bechoradan darak yo‘q. Oyim urushga ketgan tog‘amni ko‘p gapirardi. Dadamni kasalligi tufayli urushga olishmagan, ammo oyim har ikki gapning birida akasini eslab yig‘lardi. Hozir ham shuni gapirdi. Tushundim, fol ochirmoqchi. Bor, bolam, o‘ynab kel, dedi oyim mening hamon qo‘rqib turganimni ko‘rib. Biroq men sehrlangandek o‘rnimdan jilolmay qoldim. Lo‘li shoshilmasdan xurjuniga qo‘l suqdi. Kirligidan guli bilinmay ketgan tuguncha oldi. Hoji buvi bilan Xayri opa ham oyimning ikki tomoniga jimgina cho‘kkalashdi. Qop-qora barmoqlari bilan tugunchasini yechgan edi, bir hovuch tosh chiqdi. Qo‘shni qizaloqlar sopalak o‘ynaydigan mayda toshlarning o‘zi. Faqat rangi har xil: oq, qora, ko‘kimtir ... U toshlarni to‘da-to‘da qilib qo‘ydi-da, ko‘zlarini yumib allanimalarni pichirlay boshladi. Uning yumuq kipriklari pirpirab-pirpirab qo‘yar, s hunda yuzidagi ko‘kimtir xoligacha qimirlab ketganga o‘xshar edi. Endi qo‘rquv o‘rnini allaqanday qiziqish egalladi-yu angrayib qoldim. Hammamiz xuddi mo‘jiza kutgandek qotib qolgandik. Hozir allanima bo‘lishi , nimadir ro‘y berishi kerakdek edi. Kaftining orqasi bilan bir turtgan edi, to‘dalanib turgan toshlar har yoqqa sochilib ketdi. Oppoq bir tosh dumalab oyimning oyog‘i oldiga keldi. Bisotimizda bitta yaltiroq qoshiq bor edi. Oyim uni kumush qoshiq, deb maqtardi. Akam eson-omon kelsa bosh-oyoq kiyim qilib beraman. Lo‘li qoshiqni shosha-pisha xurjuniga yashirishini kutib turardim. Ammo u shoshilmadi. Qoshiqni bir chekkaga qo‘yib, Hoji buviga yuzlandi. Bu safar lo‘li nimchasining cho‘ntagini uzoq kavlashtirdi. Keyin yong‘oqdek keladigan olti qirrali tosh oldi. Lo‘li hech nimani eshitmagandek, toshning u yog‘ini aylantirdi, bu yog‘ini aylantirdi. Uning qop-qoraqo‘li bilinar-bilinmas titrar, allaqandaychiziqlar tortilgan toshga tikilib to‘xtovsiz pichirlar edi. Hoji buvining ko‘zlarida, hamisha ma’yus boquvchi ko‘zlarida cho‘g‘ yaraqlab ketgandek bo‘ldi. Joni omonmi ishqilib? Kutasan. Ancho kutasan. Boyadan beri nafasini ichiga yutib o‘tirgan Xayri opa endi chidab turolmadi shekilli, hayqirib yubordi: Asqar akam-chi? Asqar akam qachon keladi? Jon xola, bir ko‘ring! Asqar akamga nima bo‘lgan? Gospitaldan bir xat keldi-yu, daraksiz ketdi. Jon xola, bir ko‘ring ... Lo‘li unga sinovchan qarab qo‘ydi-da, tag‘in shoshilmasdan hurjunini kavlashtirib, kaftdek ko‘zgu oldi. Xayri opa oynaga tikilib cho‘kkalagancha qotib qoldi. Lo‘li boshqa bir oynacha oldi. Xayri opa ko‘zguga qarab qotib qolgan, go‘yo qimir etsa fojia roy beradigandek edi. Nihoyat, Acha xola o‘zi tutib turgan ko‘zguni etagiga artib xurjuniga tiqdi. Qachon ko‘raman? Acha xola o‘ylanib qoldi: Yo‘l ko‘rdem , yo‘l! Kuyoving keladu. Oy to‘lganda, uxlamay osmonga qaro. Ko‘rason! Nafasingizdan aylanay, xolajon! O‘sha kuni uyimizda bayram bo‘ldi. To‘rt xotin o‘tirishib olma choy ichishdi. Oyim ertalab yopgan zog‘ora nonini, Xayri opa tolqonini. Hoji buvi bir hovuch tut mayizini o‘rtaga qo‘ydi. O‘sha kuni yana bir sirni bilib oldim. Bir haftadan keyin oy to‘ladi. Uch qo‘shni oyga tikilib xolaning romini amalda sinab ko‘rishadi. Kutilgan kechada Hoji buvi bilan Xayri opa biznikiga chiqishdi. Dadam ishda edi. Anchagacha u yoq bu yoqdan gaplashib o‘tirishdi. Keyin bolalarga supaga joy solib berishdi. Akalarim uxlab qolishdi. Men esa nima bo‘lishini kutib poylab yotar edim. Nihoyat, uch ayol bodom tagidan yaydoq joyga borib, tizilishib o‘tirishdi. Chigirtkalar chirillar, osoyishta osmonda to‘lin oy sutdek mayin, sutdek iliq nur sochar edi. Oyim, Hoji buvi, Xayri opa oyga tikilgancha qotib qolishgan, hech qaysisi churq etmas, chamasi har biri o‘zi izlagan odamni oydan topgisi kelar, oydan topishiga umid qilar, ishonar edi. Oradan ancha vaqt o‘tdi. Hamon chigirtkalar chirillar, allaqayerda kaltakesak chirqillab qolar, hovli burchagida ora-chora echki ma’rab qo‘yar, faqat oy, sehrli oy jimgina nur sochar, uch ayol esa unsiz qotib qolishgan , o‘zi ham, soyasi ham qilt etmas, uchovi ham shu o‘tirishda oyga tikilgancha haykalga aylanib qolgandek edi. Yotib-yotib zerikdim. Boshimni ko‘taray desam oyimdan qo‘rqaman. Endi ko‘zim ilinayotgan ekan hayajonli hayqiriqdan cho‘chib ketdim. Boshimni ko‘tardim-u ikki qo‘lini oy tomonga cho‘zgancha iltijo qilayotgan Xayri opaga ko‘zim tushdi. Asqar akam! Xayri opa nafasi qaytgandek sapchib o‘rnidan turdi. Doka bilan boshini bog‘lab olibdi! Boshini bog‘lab olgan Asqar akani ko‘rish umidida jon holatda oyga qaradim. Yo‘q, oy hamon muallaq qotib turar, nim qora dog‘lardan boshqa narsa ko‘rinmas edi. Nasib etsa, Asqarjon kelsa, shunaqa to‘ylar qilingki. Xayri opaning o‘sma tortilgan qoshlari, rangsiz chehrasi chiroyli, juda chiroyli ekanini birinchi marta payqadim. U nuqul kular, yig‘lab turib kular, hadeb bir gapni qaytarar edi. ... Uch ayol yangitdan choy qo‘yishdi. Acha xolani maqtab-maqtab gangur-gungur suhbatlashishdi. Chindan ham Acha xolaning foli to‘g‘ri chiqdi. Bittasi to‘g‘ri chiqdi. Qor tushgan kuni tog‘am keldi. Qo‘ltiqtayog‘ini do‘qillatib kirib keldi ... Hoji buvi Acha xola aytganidek o‘g‘lini kutdi. Yigirma yilcha kutdi. Ancha oydin kechalar o‘tdi. Keyin ... uni mahalla ko ’mdi. Oydin kechada Xayri opa aniq-tiniq ko‘rgan Asqar aka ham kelmadi... Lekin nima uchundir Acha xolani hech kim ayblamadi. Tog‘am eson-omon kelganida oyim bosh-oyoq sarpo qilolmagani uchun Acha xola ham og‘rinmadi. U onda-sonda xurjunini ko‘tarib kelib qolar, oyim aylanib-o‘rgilib kutib olar edi. Negaki, oyimning o‘zi odamsiz turolmas, har doim xonasi gavjum bo‘lar edi. Eshikdan kim kirib kelmasin , uning ko‘ngli doim yaxshilikni sezib turgan bo‘lardi. Bir galgisi ayniqsa oshib tushdi. O‘zim bilan bir sinfda o‘qigan bola prorab bo‘lib mahallaning boyvachchasiga aylandi-qoldi. Shayton yo‘ldan ozdirdimi, boshqami, ishqilib. bosar-tusarini bilolmay qoldi. Qo‘sha-qo‘sha imoratlar soldi. Oxiri lop etib qamalib ketdi. Bir kuni ishga ketayotsam, shu yigitning onasi oyimning oldida o‘tirib hasrat qilyapti . To‘xtavoyim tuhmatga uchradi, o‘rgilay. Bolaginamning xusumatga yo‘liqqaniga qanday chidayman! O‘zimning qon bosimim bor. Erta-indin o‘lib ketsam, tepkilab ko‘madiganimdan ayrilib qoldim , aylanay. To‘xtavoy erta-indin kelib qoladi. To‘xtavoyingiz qanday yaxshi bolaki! Mana, meni aytdi dersiz. Erta-indin eshikdan kirib keladi. Koshkiydi-ya! To‘xtavoyning onasi yig‘lamsirab fotiha tortdi. Oyimning hamma "karomatlari"ga chidasam ham, bunisiga chidolmadim. Kechqurun ishdan kelganimda shundan gap ochilgan edi, koyib berdim. Ko‘pchilikning haqiga xiyonat qilgan qallobni maqtab o‘tiribsiz. Oyim ko‘zimga diqqat bilan tikilib qoldi. Qadamini o‘ylab bosadigan bo‘ladi. o‘ziga-o‘zi gapirayotgandek sekin qo‘shib qo‘ydi. Qon bosimi bo‘lsa, ertaga pur etib dumalab ketsa, shunga suyunasanmi? Ona-ku bu ... Shunaqa qahring qattiqmi? Oraga noqulay sukunat cho‘kdi. Negadir Acha xolani, o‘sha oydin kechani, o‘sha olma choyni esladim ... "Domimiz"ning birinchi qavatida Klava xola degan kampir turadi. Hech kim uni otasining ismini qo‘shib "Klavdiya Falonchiyevna" deb atamaydi. Klava xola hamma uchun Klava xola. Bechora hayotda omadi yurishmagan xotin. Zavodda o‘ttiz yil ishlagan. Yoshligida beva qolgan. Yolg‘iz o‘g‘lini deb umrini o‘tkazgan. Aytishlariga qaraganda, o‘g‘lini rejim bilan ovqatlantirib, rejim bilan uxlatib o‘stirgan ekan. Bitta farzanddan ham buyurmadi. O‘g‘li uylanishi bilan xotininikiga ko‘chib ketdi. Shundan keyin Klava xola asabiyroq bo‘b qoldi. Eshik tagida o‘tirib, uzzukun hammaga dashnom bergani-bergan. Ba’zan kichkina qizalog‘im eshikdan hasrat qilib kirib keladi. Surishtirsam, kasalxonaga tushibdi. Buyragi xasta ekan. Bechoraning hammaga dashnom berib o‘tirishiyam bir davlat ekan. Butun "dom" zerikib qoldi. Ikki haftacha o‘tgandan keyin Klava xola bilan yonma-yon turadigan qo‘shnimiz eshik taqillatib keldi. lkki yuzini qo‘shnilardan yig‘dik. Berdim. Oradan bir oycha o‘tgach, Klava xola qaytib keldi. Podyezd tagidagi o‘rindiqda shumshayib o‘tiribdi. Rangi bir holatda. Odamlarga dashnom beradigan holiyam yo‘q. Klava xola inqillab o‘rnidan turdi. Pulingni qaytaraman. Pensiyamdan beraman. Yig‘ib-yig‘ib. Shunday shaddod kampirning ta’zim qilib turishi g‘alati ta’sir qilib ketdi. Tuzukmisiz, o‘zi? Operatsiyadan yaxshi chiqdim, Klava xola ma’yus jilmaydi. Hayron bo1dim. Kimga? Beixtiyor yoniga o‘tirib qoldim. Operatsiya qilmasdi. Qilsayam, yarim yildan keyin o‘ladigan qilib kesardi. Rostini aytsam , tovonimdagi jonim hiqildog‘imga keldi. Kim o‘sha vrach? Familiyasi nima? Garangsib qoldim. Nima, vrach sizdan rostdan ham pul so‘radimi? Faqat seshanba kuni operatsiya qilamiz, deydi-da,jumaga qoldiradi, juma kuni operatsiya qilamiz deydi-da, seshanbaga qoldiradi. Odammisan demaydi. Oxiri palatadagi kasallar o‘rgatishdi. 300 so‘m bersangiz, darrov stolga oladi, deyishdi. Pul berishim bilan muomalasiyam o‘zgardi, o‘ziyam boshqacha bo‘p qoldi. Undayam nafs bor. Bir og‘iz rahmat degan so‘zingga muhtojmi. Kasalxonaga yotishga yo‘llanma olaman desang, qo‘lingga qarab turadi-ku. Buku butun boshli operatsiya. Dunyoda har xil ablahlik bor. Lekin bemorni davolash uchun pora olish ... Oradan ikki haftami, uch haftami o‘tgach, jiyanimning to‘yi bo‘ldi. Nevropatolog bo‘lib ishlaydigan uzoq qarindoshim bilan yonma-yon o‘tirib qoldik. Klava xola esimga tushdi. Qarindoshimga bor gapni aytib berdim. Men uning tutaqib ketishini kutib turardim. Qiziq, qarindoshim tutaqmadi. Xotirjam yelka qisib qo‘ya qoldi. Sholi kurmaksiz bo‘lmaydi. Qolaversa, vrachlarga ham qiyin. O‘n olti yil eshakdek o‘qib, 140 so‘m oladi. Na kechasi tinchlik bor, na kunduzi. O‘sha 140 so‘m savil qolgurni savdo xodimi bir kunda topadi. Undan keyin ... Qo‘lidan tutmaguncha nima deysan? Pora berdim, deb qaysi mard aytadi. Aytsa o‘zi qiya bo‘p ketadi-ku. Butunlay esankirab qoldim. Nahotki oliy ma’lumotli vrach o‘zini chayqovchi bilan tenglashtirsa! Axir davlat uni o‘n olti yil bekorga o‘qitdimi, bekorga stipendiya berdimi? Unaqa bo‘lsa, ana, xalatini yechib tashlasin-da chayqovchilik qilsin! Yo‘q, men bu gaplarni aytganim yo‘q. Biroq, qarindoshim qizarib-bo‘zarib ketganimdan hammasini tushundi. Yaxshisi, ertaga oldimga bor. Bir tekshirib qo‘yaman. Qarindoshim yana bir marta muloyim jilmayib qo‘ydi. Qadahdagi konyakni ichib, limon bilan gazak qildi. Shunda beixtiyor tag‘in bolalik xotiralari yopirilib keldi. Achinska degan do‘xtir lop etib yodimga tushdi. Doim oppoq xalat kiyib yuradigan, oppoq siyrak sochlari nuroniy yuziga qandaydir fayz bag‘ishlab turadigan bu odamning asl familiyasi Achinskiy ekanini keyin bilganman. Uni birinchi marta ko‘rganda rosa qo‘rqqanman. Kichkina edim, hali maktabga qatnamasdim. Kuzda yelkamga yara chiqdi. Oyim qizil piyozni qo‘rga ko‘mib bosdi. Ne azob bilan yara yorildi-yu, yonidan yana ikkitasi chiqdi. Endi piyoz ham, xamirturush ham yordam bermay qo‘ydi. Butun badanimni yara bosib ketdi. Tag‘in har bittasi tuxumdek keladi. Oxiri dadam oyimga "Achinskaga opchiqmasang bo‘lmaydi", dedi. Ertasiga oyim meni yetaklab do‘xtirxonaga obordi. Akalarim: "Achinska mana bunday nina bilan ukol qiladi", deb qo‘rqitib qo‘ygani uchunmi. katalakdek xonaga kirdim-u dori hidini sezib hiqillab yig‘lab yubordim. Xonadagi kursilarda bir yo‘talgan, bir shilpiq ko ’zini hadeb kir qiyiqchaning uchiga artayotgan kasallar tizilib o‘tirishardi. Har kim meni o‘zicha yupatar, men bo‘lsam battar yig‘lardim. Shu payt eshigiga parda tutilgan ichkari xonadan sochi oppoq, yupqa ko‘zoynak taqqan xalatli kishi chiqib keldi. U o‘zbekchani buzibroq talaffuz qilib. Achinska degani shu ekanini bildim-u, battar qo‘rqib ketdim. Oyimning pinjiga tiqildim. Shilpiq ko‘zli kishi o‘rnidan turgan edi, do‘xtir qo‘li bilan imo qilib to‘xtatdi. Shunda ko‘zoynak ortidagi ko‘m-ko‘k ko‘zlarida qandaydir erkalovchi tabassum paydo bo‘ldi. Achinska qo‘limdan tutgan, beixtiyor ergashdim. Derazasiga oppoq parda tutilgan xonaga kirdik. Oyim ko‘ylagimni yechdi. Do‘xtir hozir ukol qiladi deb, kapalagim uchib ketdi. Biroq u ukol qilmadi. Barmog‘i bilan yaralarni avaylab, paypaslab ko‘rdi. Keyin allaqanday jigarrang sassiq dori surdi. Agar shundayam tuzalmasa qon quyamiz, deb oyimga tushuntirdi. Chiqib ketayotganimizda yana bir jilmayib qoydi. ... Qishda shu odam bizga yana bir yaxshilik qildi. Esimda, o‘sha yili qish juda qattiq keldi. Bilmadimu, ehtimol, o‘tin-ko‘mirimiz bo‘lmagani uchun shunday tuyilgandir. Harqalay, deraza u yoqda tursin, eshig-u devorlarni ham qirov bosib yotar, hammamiz chopon, telpak kiyib uxlardik. Tanchaga oyoq tiqqan bilan befoyda: sandal pisillaydi. Ko‘rpa tekkan joyini chayondek chaqadi. Ichidan issiq o‘rniga sovuq chiqayotgandek. Ustiga-ustak bir kuni kichik akam ko‘chadan hamma yog‘i shalabbo bo‘lib keldi. Bolalar bilan Qonqusda yaxmalak uchayotgan ekan, sirg‘anib muzning yorig‘idan anhorga tushib ketibdi. O‘rtoqlari amallab tortib olishibdi-yu, yugurib uyga yetib kelguncha kiyimlari tarashadek muzlab qopti. Oyim darrov uni ko‘rpaga o‘radi. Tog‘olcha bilan turshak qaynatib ichirdi. Ammo kechqurunga borib, akamning isitmasi ko‘tarilib ketdi. Hadeb yo‘taladi. Kechasi uning alahlashidan men ham uyg‘onib ketdim. U nuqul o‘zini u yoqdan-bu yoqqa tashlar, lov-lov yonib ketdi, olovni o‘chiring, deb tipirchilar edi. Ertasiga ertalab dadam arrani egovladi. Katta akamni ergashtirib, tashqariga chiqib ketdi. Men ham tagi ko‘chgan etigimni kiyib ularning ketidan yugurdim. Kun sovuq, osmondan zahardek achchiq zarralar yog‘ilar edi. Dadam bilan akam qalin qorni g‘arch-g‘urch bosib, tomorqaga chiqishdi. Shunday devor yonida o‘sgan, yangi qurigan qayrag‘och tagiga borishdi. Qor ustiga qop yozib, cho‘kkalab o‘tirgancha, qayrag‘ochga arra solishdi. Daraxt shoxidagi qorlar duv etib to‘kildi. Biroq qayrag‘ochning po‘sti muzlab qolgan arra hadeb sirg‘anib ketadi. Hech iz tushmaydi. Unga sayin dadamning jahli chiqadi. Arra bir oz botganidan keyin ish yana qiyinlashdi. Akam har arra tortganida, butun gavdasi bilan nari borib, beri keladi. Arra hadeb kamalakdek qiyshayadi."Jingjing" deb ovoz chiqaradi. Dadam yakkash dashnom beradi: Arrani siltab tortma. Jon bormi, o‘zi! Akam sho‘rlik birpasda terlab ketdi. O‘zi terlab ketgan-u qo‘li sovqotadi. Dam-badam kuh-kuhlab, kaftini isitadi. Burnini tortadi ... Nihoyat, qayrag‘och gursillab yiqildi. Tarvaqaylab o‘sgan shoxlar yerga urilishi bilan atrofga qor sachrab ketdi. Ana endi mengayam ish topildi. Mayda shoxlarni tesha bilan chopa boshladim. Ish ayni qiziganda, kutilmagan voqea ro‘y berdi. Biri oq, ikkinchisi qizg‘ish jiyron ot bumidan bug‘ chiqarib, tepamizda gijinglab turar, boshini siltab-siltab, suvlig‘ini shiqirlatardi. Notanish odamlar kelganini payqamay qolgan gurji kuchugim allaqayerdan paydo bo‘ldi-yu, aybini oqlash uchun bo‘lsa kerak, qor ichida bir ko‘rinib , bir ko‘rinmay pildiragancha atrofini aylanib akillay boshladi. Otlar itga ko‘zini olaytirib qarab qo‘yar, pishqirib, pashsha qo‘rigandek dumini silkitardi. Jiyron mingan charm paltoli Dalavoyni darrov tanidim. Uni hamma tanir, hamma qo‘rqardi. U hali nalugchi bo‘lmagan, lekin odamlar uni "nozik" joyda ishlaydi, deyishardi. Oq otli kishi esa pochapo‘stin kiygan, tulki telpagini bostirib olgan, qovog‘i soliq edi. Negadir dadamning rangi o‘chib ketdi. Arra qo‘lidan tushib qorga ko‘milib qoldi. Avval Dalavoy bilan, keyin pochapo‘stinli kishi bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishdi. lkkovlari ham egarda o‘tirgancha, istar-istamas qo‘l cho‘zishdi. Dalavoy ingichka sarg‘ish mo‘ylovini chimchilab dadamga bir qarab qo‘ydi-yu, mehmonga yuzlandi. Borib turgan jinoyat-ku bu! Dadam butunlay dovdirab qoldi. Mana qarang, qurib qolgan. U gapining rostligini isbotlash uchun bilakdek shoxni maxsi-kalishli oyog‘i bilan bir tepgan edi. qars etib sindi. Ko‘rdingizmi, qurib qolgan. Kuzda kesib olmoqchi edim-u, vaqt bo‘lmadi. Bor oyingga ayt, choy qo‘ysin, mehmonlar keldi, degin. Akam ikkalamiz tizzagacha qorga botib, oldinma-ketin uyga yugurdik. Gurji kuchugim ham qorda ko‘milgancha ketimizdan chopdi. Oyim hamon isitmalab yotgan kichik akamning boshida mung‘ayib o‘tirgan ekan. Oyim sakrab o‘rnidan turib ketdi. Bu ko‘rgulik ham bor ekan. U birpasda hujradan turshak, jiyda, ikkita zog‘ora olib chiqdi. Sandal ustiga yamoq dasturxon yozdi. Zum o‘tmay uyga rangi o‘chgan dadam, ketidan Dalavoy bilan pochapo‘stinli mehmon kirib kelishdi. Oyim Dalavoyga peshvoz chiqdi. Dalavoy piymasining qorini qoqqan bo‘ldi-da, kigiz ustidan yurib , sandal chetiga bordi. Dalavoy chang paltosining ich cho‘ntagidan qog‘oz oldi. Ruchkani siyohdonga botirgan edi, qirs etgan ovoz chiqdi. U jahl bilan yana botirdi. Peroga siyoh o‘rniga muz ilashib chiqdi. To‘satdan oyim yig‘lab yubordi. Sovuqni ko‘rmaysizmi? Manavinisi uch kundan buyon ol ket, ol qo‘y bo‘lib yotibdi. Bolaginamdan ayrilib qolaman, shekilli. Dalavoy ruchkani yana muzlagan siyohdonga botirgan edi, onam uning qo‘liga yopishdi. Dalavoy ijirg‘anib, qo‘lini siltab tortdi. Kulrang ko‘zlari qisilib ketdi. Uning yuzida boyagi yalinchoq ifodadan agar ham qolmagan, ko‘zi g‘azabdan chaqnar edi. Tiqib ko‘r, o‘tirib ko‘r birpas! Dalavoy beixtiyor o‘rnidan turib ketdi. Esankirab qolgan mehmonga bidir-bidir qilib gapira boshladi: Eshitdingiz, o‘rtoq Toshev? Guvoh bo‘lasiz? Xizmat burchimni bajarayotganimda haqorat qildi. Aktga shuniyam qo‘shamiz. Daraxtni katta xolang ekib qo‘yganmas! Dadamning mo‘ylovi titray boshladi. U qattiq g‘azablansa, mo‘ylovi titrab ketardi. Yetti pushtingni quritib yuboraman! Bu gapniyam eshitdingiz-a? Dalavoy eshik tomon tisarilib borarkan, mehmonga qarab, gapini tasdiqlatib oldi. Onam iltijo bilan Dalavoyning yelkasiga osildi. Iloyo martabangiz bundan ham ulug‘ bo‘lsin! Dalavoy bir siltab uning kaftini yelkasidan olib tashladi. Onam endi pochapo‘stinli kishiga yolbora boshladi. Boyadan beri ko‘zini ocholmay yotgan kichkina akam olazarak bo‘lib, atrofga javdiray boshladi. Tashqarida tuyoqlarning bo‘g‘iq dukiri eshitildi. Uy ichi o‘lik chiqqandek jimjit bo‘lib qoldi. Dadam hamon mo‘ylovi uchgancha pishqirib nafas olib, uy o‘rtasida turar, oyim ostonaga o‘tirib qolgan, katta akam deraza oldida turgancha tashqarini tomosha qilardi. Beshik g‘ichirlab, ukam g‘ingshiy boshladi. Biroq onam o‘rnidan turmadi. Dadam uy o‘rtasida anchagacha qotib turdi-da, indamay chiqib ketdi. Bir ozdan keyin tomorqa tomondan boltaning qarsillagan ovozi keldi. Qayrag‘ochning cho‘g‘i ham o‘riknikiga o‘xshagan baland bo‘larkan. Sandal isishi bilan jon kirib, yuzimiz qizarib qoldi. Faqat dadamning qovog‘i ochilmadi. Onam akamning boshidan jilmas, nuqul xo‘rsinar, "o‘zing asra", deb qo‘yardi. Kechki ovqatni opam qildi. Qorong‘i tushgandan keyin akamning ahvoli og‘irlashdi. U endi alahlamas, havo yetishmayotgandek qisqa-qisqa nafas olar, dam-badam cho‘chib tushar edi. Onam unsiz yum-yum yig‘lar, dadamga iltijoli termilardi. Oxiri bo‘lmadi. Dadam eski choponini kiydi , boshiga telpagini bostirdi. Oyim qayoqqa degandek qaragan edi, qisqagina qilib: Achinskaga! Yarim kechada qor kechib kelarmidi? Dadam eshikni qarsillatib yopgancha chiqib ketdi. Uy ichiga yurakni sirqiratuvchi sukunat cho‘kdi. Hujradagi soat chiqillaydi, akamning qisqa-qisqa nafas olishi eshitiladi. Derazaga quruq qor uchqunlari zirillab uriladi. Allaqaysi teshikdan huvillab sovuq kiradi. Issiq sandal elitdi shekilli, uxlab qopman. Bir mahal tashqarida itning akillashi, dadamning "yot" deb baqirshidan uyg‘onib ketdim. Kimdir yo‘lakda gursillatib yer tepindi. Og‘zidan bug‘ chiqib turgan dadam kirib keldi. Ketidan uzun shinel kiygan, qulog‘ini sharf bilan o‘rab olgan Achinska kirdi. Oq xalati bo‘lmasa ham, ko ’zoynagidan tanidim. Dadamning mo‘ylovi, vrachning qoshi qordan oppoq bo‘lib ketgan edi. Oyim darrov o‘rnidan turdi. Salom berdi. Achinska shinelini yechib, yelkasiga qo‘ngan qorni kavshandozga qoqdi. Qulog‘ini o‘rab olgan sharfni yechgan edi, oppoq siyrak sochlari peshonasiga yoyilib tushdi. Sandal chetiga cho‘kkalab qo‘lini tanchaga tiqdi. Dadamning qo‘lida kichkina jomadon borligini endi ko‘rdim. Achinska qo‘lini bir oz isitgach, muzlab qolgan ko‘zoynagini ro‘molchasi bilan artdi. Onam samovarni yangilash uchun darrov oshxonaga yugurdi. Vrach akamning ko‘ylagini yechib, "alyo-alyo" qilib ko‘rdi. Sekin bosh chayqab qo‘ydi. Qiyofasi jiddiy edi. Keyin jomadondan yaltiroq quticha oldi. Ukol qilish uchun dori to‘ldirayotganda akam hozir dod soladi, deb turgan edim, biroq u akamning ishtonini tushirib, ukol qilganida akam dodlamadi. G‘ingshib qo‘ydi, xolos. Chamasi og‘riqni payqamadi ham. Yakshi bala. Tuzaladi. Chindan ham ko‘p o‘tmay, akam ko‘zini ochdi. Biroq, vrach ikkinchi ukolni qilayotganda yig‘lab hamma yoqni buzib yubordi. Achinskaning jahli chiqmadi. Vsyo, vsyo, dedi jilmayib Ugil bala yig‘lamaydi. Keyin dadam ikkovlari sandal chetida o‘tirib, choy ichishdi. Urush g‘alaba bilan bitgani, endi non ko‘payishi, yana allanimalarni gapirishdi. Ko‘zim yumilib ketayotgan bo‘lsa ham vrach akamni yana nima qilishini bilgim kelib, chidab o‘tirardim. Dadam gap orasida bugun o‘tgan voqeani ham aytib berdi. Achinska qoshini chimirib, bir zum o‘yga toldi Kom-ko‘k ko‘zlariga jiddiyat cho‘kdi. Biroq qo‘l siltab qo‘ya qoldi. Nihoyat u sarg‘ish qog‘ozga o‘ralgan allaqanday dorini majbur qilib akamga ichirdi. Yana to‘rt-beshta shunaqa qog‘ozlardan qoldirdi. O‘rnidan turayotgan edi, dadam onamga imo qildi. Onam hujraga ildam kirib ketdi-da, zum o‘tmay, og‘zi bog‘langan chog‘roq xalta ko‘tarib chiqdi. Achinska shinelining bir yengini kiygan joyida turib qoldi. Qantak o‘rikniki. Qoq quruq. Bo‘yrada quritganman. Bittasiyam yerga tushmagan. Achinska yengi kiyilmagan qo‘li bilan xaltani nari surdi. lsitma tushadi. Yakshi buladi. Endi dadam astoydil yalina boshladi: Yo‘q demang, do‘xtir. O‘z qo‘lim bilan quritganman. Chodirga qoqib quritganman. Gapga oyim aralashdi. Dadam shosha-pisha unga ergashdi. Yana sukunat cho‘kdi. Ammo endi bu boyagidek ko‘ngilni g‘ashlovchi jimjitlik emas edi. Ertasiga kech uyg‘ondim. Katta akam maktabga ketgan, kichik akam sandal chetida yostiqqa suyanib o‘tirgancha, sutchoy ichar, dadam bilan oyim tumshug‘idan chak-chak suv tomayotgan eski samovarni o‘rtaga qo‘yib gaplashib o‘tirishardi. Qor tingan, tashqarida quyosh charaqlab ketgan shekilli , uy ichi yop-yorug‘ edi. Endi sutchoyga zog‘ora non botirib yeyishga kirishgan edim, tashqarida kuchugim jon holatda akillay boshladi. Eshik sharaqlab ochildi-yu, ostonada Dalavoy paydo bo‘ldi. U kechagi charm paltosida, kechagi piymasida edi. Dadam bilan oyim bir seskanib tushishdi. Hozir janjal bo‘lishini bilib, mening ham yuragim orqaga tortib ketdi. Biroq hech qanaqa janjal bo‘lmadi. Dalavoy ostonada turib, negadir jilmaydi. Shunda uning judayam qo‘rqinchli odam emasligini payqadim. Dadam rangiga qon yugurib, asta o‘rnidan turdi. Oyim darrov dasturxonga jiyda, yong‘oq keltirib qo‘ydi. Dalavoy bu safar piymasini yechib chiqdi. Onam yangi ko‘rpacha bo‘lmagani uchun sandal to‘ridagi ko‘rpachaning orqasini o‘girib. qaytadan yozdi. Dadam mehmonning orqasiga yostiq qo‘ydi. Dalavoy piyolani aylantirib-aylantirib, choy ho‘plarkan, menga qarab ko‘zini qisdi. Shunda undan allaqanday qo‘lansa hid kelayotganini payqadim. Dadam uzrli qiyofada yelkasini qisdi. Dalavoy negadir yana kuldi. Axir jahon bedarvoza emas, tartib bor, zakun bor ... Endi, ukam biz bir po‘ristoy odammiz. Bunaqa qonunlarni tushunmasak, bu yoqda bolalar sovuqda qoldi. Boyadan beri indamay choy quyib uzatayotgan onam endi gapga aralashdi. Bu odam bilmabdilar-da, jon ukam , gunohlaridan kecha qoling. Dalavoy oyimga qaramadi, dadamga tikilgancha, jiddiy tortdi. Katta odam. Qamatmaguncha qo‘ymayman, deyapti. Ikkalamizni askarblyat qildi, deyapti. Oyimning rangi bir zumda o‘zgarib ketdi. Dadam bo‘lsa, taqdirga tan bergandek, hamon boshini quyi solib o‘tirardi. Hozircha ko‘nmay turibdi-yu, ko‘nadi. Ko‘rinmay qayoqqa borardi. "Qurug‘i"dan obkeb beraman, dedim. Birdan oyimning yuzi yorishdi. Dik etib o‘rnidan turdi-da, hujraga kirib ketdi. Dalavoy onamning ketidan qarab qoldi. Dadam bo‘lsa hamon dasturxon qatini o‘ynab o‘tirar, barmoqlari bilinar-bilinmas titrar edi. O‘sha zahoti onam xalta ko‘tarib chiqdi. Bu kechasi Achinska olmay ketgan o‘sha turshak to‘la xalta edi. Adasi o‘z qo‘llari bilan quritganlar. Bittasiyam yerga tushmagan. Dalavoy goh onamga, goh xaltaga qarab, talmovsirab turdi-da, birdan qah-qah otib kulib yubordi. Bir zumda kulrang ko‘zlaridan yosh tirqirab chiqdi. U ko‘rpachani mushtlab-mushtlab kular, boshi ham, gavdasi ham muttasil silkinar, sarg‘ish yuzi sholg‘omdek qizarib ketgan edi. Oyim og‘zini lang ochgancha, bir dadamga, bir Dalavoyga qarab qolgan, negadir nuqul ko‘ylagining yoqasini g‘ijimlardi. "Qurug‘i" desam, turshak obchiqibdi. Qarang, oka! Qarang! Qurug‘i desam ... Qurug‘i desam ... U dadamga qaradi-yu kulgisi kesildi. Dadamning qiyofasi shiddatli, yuzi qizarib-bo‘zarib ketgan edi. Dalavoy butunlay jiddiy tortdi. Dadam birovdan qattiq g‘azablansa, padaringga la’nat deb so‘kar, ammo biron kimsani bunchalik qo‘pol haqorat qilganini eshitmagan edim. Onam ham, yostiqqa suyangan akam ham, men ham qotib qoldik. Shunday dedi-yu, hatlab o‘rnidan turdi. Dadam ham sapchib turib ketdi. Oyim dod solib, dadamning yo‘lini to‘sdi. Dalavoy shiddat bilan charm paltosining cho‘ntagiga qo‘l suqdi-da, allaqanday qog‘ozni dasturxon ustiga uloqtirdi. Umringni turmada chiritmasam, Dalavoy otimni boshqa qo‘yaman! Oyim bekorga dod solgan ekan. Dadam Dalavoyga tashlanmadi. Piymasini kiyib chiqib ketguncha, uy o‘rtasida turaverdi. Faqat g‘azabdan pishqirib nafas olar, mo‘ylovi uchib-uchib qo‘yar edi. Tashqarida it akilladi. Keyin jimlik cho‘kdi. Qamatmay qo‘ymaydi. U hamon g‘azabdan titrab turgan dadamga iltijoli termildi. Mayli, sholchani sotamiz. Kuzda opamni uzatamiz, deb dadam bir sholcha olib kelgan edi. Oyim shuni gapirganini tushundim. Nega?! Porani harom odam beradi, bildingmi! Porani harom odam oladi! Bildingmi?! Porani imonsiz odam imonsiz odamga beradi! Tushundingmi?! Nega men o‘z imonimni sotib poraxo‘rga yalinishim kerak? Nega? U esdan og‘ib qolganga o‘xshar, har gal " Nega?" deganda, dasturxonni mushtlar, Dalavoy tashlab ketgan qog‘oz ham, jiyda-yong‘oqlar ham har yoqqa sochilib ketgan edi. Qamasin! To‘piga solib otib yuborsin! Beshikdagi ukam cho‘chib ketdi shekilli, chirillab yig‘lay boshladi. Oyim mahzun qiyofada cho‘kkalab o‘tirgancha, ko‘krak tutdi. Dadam tirsagini sandal chetiga tirab, kaftlari bilan yuzini to‘sib , uzoq o‘tirdi. Qo‘li hamon bilinar-bilinmas titrar edi. Nihoyat, jahl bilan o‘rnidan turdi. Onam vahima ichida unga termildi. Ariza yozdiraman. Shunday dedi-yu , eski choponini kiyib, chiqib ketdi. Peshinga yaqin tekis qilib yozilgan allaqanday xat ko‘tarib keldi. Keyin bilsam, dadam to‘g‘ri qilgan ekan. Uni ikki-uch hafta sudrab yurishdi-yu hammasi tinchib ketdi. Faqat Dalavoy keyinroq, nalugchi bo‘lganidan keyin boshqa yo‘l bilan qasdini oldi. Biroq Achinskaning yordam berganini dadam ko‘p yillar hammaga gapirib yurdi. Mening go‘dak shuurimga esa pora dunyodagi eng harom narsa, degan tushuncha mixlanib qoldi. To‘g‘ri, keyin ham, poralar-u poraxo‘rlarning har xilini ko‘rdim. Birovga orden berish uchun pora oladiganlarni-yu yaxshiroq uydan joy olish uchun pora beradiganlarni ham, birovning bolasini institutga olib kirish uchun pora oladiganlarni-yu o‘zining chalasavod bolasini o‘qishga joylash uchun pora beradiganlarni ham ko‘rdim. Birovga kamyob narsani navbatsiz to‘g‘rilash uchun pora oladiganlarni-yu o‘sha narsani boshqalarga uch bahosiga pullash uchun pora beradiganlarni ham, birovni amal stoliga o‘tqazish uchun para oladiganlarni-yu o‘sha kursiga o‘tirib, berganini o‘n hissa qilib qaytarib olish uchun para beradiganlarni ham ko‘rdim. O‘zining qizi tengi xodimini dachasiga sudraydigan ipirisqi amaldorlarni-yu, ishini bitirish uchun begona to‘shakka bemalol yotadigan ayollarni ham, pora olib qiya bo‘lib ketganlarni-yu yana pora berib, qutulib chiqish yo‘lini topadiganlarni ham ko‘rdim. Shunda dadamning titrab-qaqshab aytgan gaplari naqadar rost ekanini tushundim. Hamma-hammasini tushundim. Faqat... Ko‘p qavatli uyimizning birinchi qavatida turadigan so‘qqabosh Klava xolaning ma’yus ta’zim qilib turganini ko‘rganimda, bir narsaga hech aqlim yetmadi. Nahotki, odam tirik qolish uchun ham pora berishi kerak bo‘lsa! Uzoq qarindoshim bo‘lmish o‘sha vrachning gapini eshitganimda, battar hayron bo‘ldim. Nahotki, tirik qolish uchun majburan birovga pora berish ham jinoyat hisoblansa? Xo‘sh, bo‘lmasa nima qilsin? O‘lib ketsinmi?! Nahotki, o‘lim to‘shagida yotgan odamdan nimadir tama qilish imon degan tushunchaga sal bo‘lsayam to‘g‘ri kelsa?! Xayolimga shunday iztirobli savollar yopirilib kelganida, beixtiyor o‘sha qahraton qish, o‘sha izg‘irinli kecha, ko‘zoynagini yiltiratib jilmayib turgan Achinska, namat ustida qolib ketgan o‘sha bir xalta turshak xotiramga tushadi. Bayram qanaqa bo‘lishini bilasizmi? Bilmasangiz bilib qoying! Bayram degani shuki, hammamiz yasanamiz. Bu birinchidan. To‘g‘ri, dadam hammamizga baravar bosh-oyoq kiyim qilib berolmaydi. Lekin hech bo‘lmasa, bittadan ohorlik kiyamiz. Undan keyin oyim albatta palov, juda bo‘lmasa, shovla pishiradi. Bu ikkinchisi. Nihoyat, bayram degani shuki, men onamga ergashib , albatta, tog‘amnikiga boraman. Tog‘amning men tengi o‘g‘li bor. Maza qilib obaki yeymiz. Iloji bo‘lsa, "Tarzan" kinosiga tushamiz. Tarzanni bilasizmi? Xuddi maymundek daraxtdan-daraxtga sakraydi. Yo‘lbarsdan ham, arslondan ham qo‘rqmaydi. Jo‘raboshimiz aytgan, o‘zi ko‘rgan. Mana, bugun oyim non yopyapti. Arpa non unchalik oppoqmas. Ammo juda mazali. Ana, non isi kelyapti. Oyim menga atab ataylabdan kulcha yasagan. Kulcha nondan oldin pishadi: kichkina-da! Ana, oyim rapidani qo‘liga kiyib, to‘nkarilgan zambil ustiga chiqdi. Bo‘lmasa tandirning tepasiga bo‘yi yetmaydi. O‘sha yerdan turib buyurdi. Shu ondayoq cho‘g‘dek issiq, qip-qizil non do‘ppiga tushdi. Jiyaklari titilib ketgan do‘ppimni changallagancha ko‘chaga yugurdim. Nega yiqilar ekanman! Orqamdan kuchugim ham yugurgilab qoldi. Biladi-da, o‘ziniyam ulushi borligini. Ikkalamiz oldinma-ketin chopishib. Shirin arig‘ining bo‘yiga keldik. Issiq nonni suvga tashladim-da, o‘zim pastga qarab chopib ketdim. Gurji kuchugim ham oyog‘imga o‘ralashib yugurdi. Ellik qadamcha yurgandan keyin qoqigullar ochilib yotgan qirg‘oqda kutib o‘tirdim. Ana, bizning non oqib kelyapti! Tandirdan yangi chiqqan nonni oqizoq qilib yemagan bo‘lsangiz, yeb ko‘ring. Meni aytdi dersiz, maza qilasiz! Bir oyoqlab suvga tushib, nonimni tutib oldim-u ushatib yedim. Ana rohat-u mana rohat! Usti muzday, ichi issiq. Bir burdasini o‘zim yeyman, bir burdasini kuchugimga beraman. Kuchugim nonini mendan oldin yeb bo‘ladi. Yeb bo‘ladi-da, boshini goh u tomonga, goh bu tomonga tashlab mo‘ltirab qo‘limga qaraydi. Dumini likillatib-likillatib qo‘yadi. Ikkalamiz maza qilib ovqatlandik. Keyin shunday sohilga yotib, tip-tiniq suv ichdim. Kuchugim ham oldingi oyoqlari bilan cho‘kka tushib qip-qizil tili bilan shapillatib suv ichdi. Uyga qaytsak, dadam bodom tagida turib, endi xaltasini ochayotgan ekan. Ur-re! Manavi senga! Xaltadan poshnasi past yaltiroq amirkon kavush chiqdi. Oyim eski kalishini yechib, kiyib ko‘rgan edi, kavush lop-loyiq keldi. U yoq-bu yoqqa yurib ko‘ruvdi, kavushi g‘archillab ketdi. Tutundan bo‘g‘ilgan opam oshxonadan ko‘zini ishqalab chiqdi. Opamning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. Katta akamga yol-yol ko‘ylak, kichik akamga chiyduxoba shim tegdi. Endi bizning navbat! Yo‘q, dadam xaltasiga qo‘l suqqan edi, bu safar ukamning sovg‘asi chiqdi. Dengizchilar kiyadigan ko‘ylak! Chetida tasmasiyam bor. Ko‘zim yonib ketdi. Qani, dedi u do‘ppini boshimga kiygizib. Rostdan ham do‘ppi boshimni bir chekkasida qolib ketdi. Allanima "tirr" etdi. Qo‘rquv ichida do‘ppiga qaradim. Yo‘q, yirtilmabdi. Dadam qaytadan kiygizgan edi, boshimni xiyol qissayam, loyiq kelgandek bo‘ldi. Kichik akam hozirjavoblik bilan gap suqdi. Opam uning yelkasiga bir tushirdi. Dadam qo‘l siltadi: Keyin ... Keyin olinar. Nima, men yosh bolamidim ... Aka-ukalar bir zumda ko‘chaga otildik. Bo‘lmasa-chi, qanaqa yasanib olganimizni hamma ko‘rib qo‘ysin-da . ... Ertalab kimdir sekin yelkamga turtayotganini payqab uyg‘onib ketdim. Hali ko ’zimni ochmasimdanoq dimog‘imga o‘sma hidi urildi. Qarasam, tepamda oyim jilmayib turibdi. Qoshi qalin, qopqora. Jim, dedi u barmog‘ini labiga bosib. Tez yuvin. Tushundim. Demak, tog‘amnikiga boramiz. Ukamni tashlab ketamiz. Bo‘lmasa, oyimni qiynab yuboradi. Besh qadam yuradi-da, opiching, deb xarxasha qiladi. Yo‘q uzoq. Ukam, boshi devor tomonda, bir oyog‘i mening qornim ustida maza qilib uxlab yotibdi. Yuvinib kelib, apil-tapil choy ichdim. Opam juda mehribon. Oyim yo‘g‘ida hammamiz opamning pinjiga tiqilamiz ... Guzarga chiqqanimizdan keyin, eng katta niyatimni sekin aytdim:Oyi, kinoga tushsam maylimi? Tarzanga? U g‘archli kavushiga chang qo‘ndirmaslik uchun tuproq ko‘chadan avaylab borarkan, orqasiga qaramasdan so‘radi: Kim bilan tushasan? Hafsalam pir bo‘lib to‘xtab qoldim. Bundan chiqdi, ammamnikiga borarkanmiz-da. Ammamnikida men tengi o‘rtog‘im yo‘q. Ammamnikiga ketyapmizmi? -dedim qovoq-tumshug‘im osilib. Oyim burilib qaradi:Yo‘q, opangnikiga. Yana qanaqa opamnikiga boramiz? Qiziq, qanaqa katta opam? O‘zi bitta opam bor-ku. Oyimga ergashib borarkanman, allanimani g‘ira-shira tushungandek bo‘ldim. Besh-olti kun oldin ammam kelgan edi. U oyim bilan pichir-pichir gaplashgan. Demak, O‘qchi degan joyga ketyapmiz. O‘qchi degani ikki tomoni boloxonali uylar bilan o‘ralgan tor ko‘cha ekan. Bizning tomonlarda allaqachon hamma yoq ko‘karib ketgan, bu yerda bo‘lsa ko‘cha zax, ikki chetda qopqora suv jilg‘a bo‘lib oqib yotibdi. Ancha yurdik. Tez-tez temirchilik do‘konlari uchraydi. Bayram bo‘lsayam, ba’zilari quruq. Sandalda olov gurillaydi. Taraq-turuq avjida: yaqiniga borib bo‘lmaydi. Oxiri tagidan qoramoydek loyqa suv oqib yotgan, chetidagi panjaralari liqillab turgan yog‘och ko‘prikdan otdik. Oyim dam-badam to‘xtaydi. Hali u eshikni taqillatadi, hali bunisini. Eri peravodniy ... Birov yo‘q, deydi, birovi yelka qisib eshikni berkitadi, bir xili eshikni umuman ochmaydi. Shuqada rcharchadimki,oyog‘imni qimirlatishga madorim qolmadi. Xuddi, hov birda, uydagi opamga sovchi kelganida Qa’niga borganimizdek. Kelmasam bo‘larkan. Qaytaga uyda Xo‘ja bilanmi, Vali bilanmi maza qilib chillak o‘ynab yurgan bo‘lardim. Kun isib ketgan, suv ichgim kelardi. Oyimning o‘zi ham ko‘cha chetidagi jo‘mrakdan ikki marta suv ichdi. Suv ichish oson bo‘lsayam mayli ekan. Odamlar paqirini ko‘tarib , qatorlashib navbat kutib turadi... Bayram bo‘lgani uchunmi, yasangan-tusangan o‘tkinchilar tuzuk-quruq gaplashmaydi. Hamma qayoqqadir shoshadi. Bir mahal paranji-chachvonli xotinga duch keldik. Oyim yana o‘sha yalinchoq ohangda so‘radi:Hoy, baraka topgur, Bashoratxonni tanimaysizmi? Paranjili xotin to‘xtadi. Chachvonini yuzidan olgan edi, qo‘rqib ketdim. Bunaqangi cho‘tir xotinni birinchi ko‘rishim edi. Negadir xayolimga cho‘tirini berkitish uchun paranji yopinib yursa kerak degan o‘y keldi. Nechta eshikni taqillatdim, hech yerda yo‘q. Bo‘lmadi, cho‘tir xotindan ham ish chiqmadi. Tag‘in ikkita katta-kichik ko‘prikdan o‘tdik. Yurib-yurib, choyxona oldidan chiqib qoldik. Bayram sharofati bilan choyxona ayniqsa gavjum bo‘lib ketgan, so‘rilarda erkaklar chordana qurib, sabzi to‘g‘rab o‘tirishar, to‘rqovoqlardagi bedanalar avjiga chiqib sayrar, havoda jizza hidi kezar edi. So‘ragin, peravodniyni uyi qaysi, degin, Bashor degan xotini bor, degin, xo‘pmi? So‘ri oldiga bordim-u, to‘xtab qoldim. Har kim o‘zi bilan o‘zi ovora, qayrilib ham qaramaydi. Askiya.... Qiyqiriq... Sho‘ppayib turib-turib qaytib keldim. Oyim urishmadi. Yana ketaverdik. Kattakon tilla zirak taqqan, yalpoq gulli ko‘rpabop matodan ko‘ylak kiygan, qalin qoshli juvon duch kelganida oyim tagin so‘radi: Hoy, opovsi, Bashoratxonni ... Man namedonam! Oxiri oyim ham holdan toydi. Ko‘cha chetidagi yapasqi xarsang ustiga o‘tirib, tugunini yechdi. Kecha yopgan arpa nonidan olib olgan ekan. Shundan bittasini ushatib, ona-bolayedik. Tag‘in chanqay boshladim. Oyi, suv, dedim hiqillab. Hozir topib olamiz. Non quvvat berdimi , yana avvalgidek yo‘lga tushdik. Bir mahal onam to‘xtab qoldi. Qarasam, rostdan ham Beshyog‘och! Bundan chiqdi, aylanib-aylanib yana shu yerga kelib qolibmiz-da. Bozor oldidagi maydonda odam ko‘p edi. Yasangan qizlar, papiros tutatgan yigitlar ... Daraxt soyasida bir oyoqli kishi qo‘ltiqtayoqqa suyanib turibdi. Oldida eski kursi, kursidagi savatda obaki. U ingichka bo‘ynining tomirini o‘ynatib, ovozi boricha baqirardi: Obaki dandon Lablari xandon Chaynama, shimi, Chaynama-a-a! Birpasda chanqoq ham esimdan chiqib ketdi. Oyim bir zum ikkilanib turdi-da, qo‘limdan yetakladi: Yur. Parvardaga o‘xshatib kesilgan obakini og‘zimga soldim-u maza qilib so‘ra boshladim. Saqichga o‘xshagan yumshoq, ammo juda shirin. Qandolatchi qo‘ltiqtayog‘iga suyanib, cho‘ntagidan papiros olarkan, shubhalanib oyimga qaradi: Nima edi? Eri peravodniy. Ashxobodda yer qimirlaganda kasallarni olib kelgan. O‘qchida ko‘prikning oldida turadi, deyishuvdi. Nechchi uy? dedi qandolatchi papiros tutatib. Siznikiyam shundan bo‘ldi-ku. Atrofdagi hangomatalab tomoshabinlar xaxolab kulishdi. Oyim mulzam bo‘lib sekin burildi. Ikkovlashib yana o‘sha zaxkash, ikki chetida qop-qora suv jilg‘a bo‘lib oqayotgan ko‘chaga kirdik. Oyoqda zo‘rg‘a tursam ham , dam olaylik deb oyimga xarxasha qilishga qo‘rqar edim. Boyagi odamning gapi oyimni xafa qilganini bilib turardim. Yurib-yurib yana o‘sha omonat panjarali yog‘och ko‘prikdan o‘tdik. Oyim ro‘paradan kelayotgan, sumka ko‘targan xotinni to‘xtatdi. Shu yerlikka o‘xshaysiz. Oyim uning qo‘lidagi sumkasiga, bayram bo‘lsayam yasanmasdan eskiroq qarg‘ashoyi ko‘ylak kiyganiga qarab, shu yerlik deb gumon qilgan bo‘lsa, ehtimol. Xotin shoshilib turgan ekan shekilli, "gapingizni ayting" degandek qoshini chimirdi. Oyim uning ko‘ziga tikilib qaradi-da, ko‘nglida umid uyg‘ondi shekilli, ovozi dadillashdi: Kerak edi-da. Ertalabdan beri qidiramiz, aylanay. Bilmagan joyning ko‘chasi ko‘p deb shuni aytar ekan-da. Ayol oyimga tikilib turib negadir ovozi titrab ketdi. Ayolning qo‘lidan sumkasi tushib ketdi. O‘sha zahoti ko‘zidan tirqirab yosh chiqib ketdi. Biluvdim-u ishomnovdim. Ammam aytsalar, ishonmagandim! U hadeb oyimni o‘par, nuqul bitta gapni qaytarardi. Dimog‘imga binafsha hidi urildi. U baquvvat qo‘llari bilan meni mahkam quchoqlab olgan, yoshli ko‘zlari bilan qayta-qayta ko‘zimga termilib qarar, nuqul o‘par edi. Shundagina uning katta xotin emas, yoshgina ekanligini, allaqayeri uydagi opamga o‘xshab ketishini payqadim. Bashor opam bir qo‘lida meni ko‘targancha egilib, ikkinchi qo‘li bilan sumkasini yerdan oldi. Yosh bolamas, o‘zi yuradi. Shu kuzda maktabga boradi-ku. O‘zim zo‘rg‘a topib oldim-ku! Kap-katta bola opamning qo‘lida ketayotganimdan, botinkam ko‘ylagini loy qilib yuborganidan uyalib tipirchiladim. Charchab qopsan, ukam. Ko‘rib turibman. Bashorat opam shaxdam-shaxdam qadam tashlar, oyim unga arang yetib borar, ikkovlari hayajondan entikib, gaplashib borishardi. O‘ziyam sizni bir marta ko‘ruvdim-da .. . Ancha bo‘p ketdi . O‘shanda jamalaksoch qizcha edingiz. Opamning uyi chindan ham ko‘prik yaqinida ekan. Biroq yana bitta tor ko‘chaga kirish esimizdan chiqibdi. O‘sha tor ko‘chadan o‘tib, kaftdekkina hovliga kirib qoldik. Hovli o‘rtasida bir tup tut bor edi. Tut hali pishmagan, ammo ancha oqarib qolgan, shoxiga belanchak ilib qo‘yilibdi. Tut tagiga kelgandan keyingina opam meni yerga qo‘ydi. Singlim deyaver. Mo‘ralab qarasam , belanchakda atlas ko‘ylakcha kiygan qizaloq yotibdi. Sekin tebratib ko‘rdim. Opam yoshli ko‘zlariga tabassum qalqib, yana bir marta boshimni silab qo‘ydi-da, uy tomonga qarab qichqirdi: Dadasi! Oyim keldilar! Zum o‘tmay oynaband ayvonning eshigi sharaqlab ochildi-da, yelkasiga beqasam to‘n tashlagan kishi chiqib keldi. Beqasam to‘nli kishi oyim bilan quyuq so‘rashdi. Onam uning peshonasidan o‘pib ko‘risharkan, menga o‘girildi: Pochchangga salom bermaysanmi? Pochcham xuddi katta kishi bilan so‘rashgandek, qo‘l berib ko‘rishdi. Deraza tepasidagi mixga ilingan laganchaga o‘xshash qora karnaydan musiqa yangrar edi. Yonbosh tomonda esa zanjirli osma soat. Soatning tepasi mushukning boshiga o‘xshatib ishlangan. Kapgir u yoq-bu yoqqa borib kelgan sayin mushukning ko‘zi ham u yoq-bu yoqqa mo‘ralaydi. Bunaqa soatni dadamning hujrasida ham ko‘rmaganman. Opam eski sholcha to‘shalgan yerga darrov ko‘rpacha yozdi. Xontaxta qo‘yib, dasturxon bezadi. Piyolamga mushtdek novvot solib choy quyib berdi. Kun bo‘yi piyoda yuraverib , charchadimmi, karnaydan hadeb yangrayotgan musiqa elitdimi, uxlab qolibman. Bir mahal opam peshonamni silab uyg‘otdi: Tur, jonim, qorning ochib ketdi-ku. Ko‘zimni ochsam dasturxonda ustiga ko‘k piyoz sepilgan bir lagan moshkichiri turibdi. Oyim, opam, pochcham gangir-gungir suhbatlashib o‘tirishibdi. Opamning qistovi bilan uch-to‘rt qoshiq moshkichiri yedim-u tag‘in uxlab qoldim. Keyin yana uyg‘onib ketdim. Anchagacha qayerdaligimni bilolmay, shiftga tikilib yotdim. Xira chiroq yonib turar, allaqayerda soat chiqillardi. Devordagi "mushuk soat"ni ko‘rgandan keyingina Bashor opamnikida yotganimni angladim. Yonboshimga o‘girilgan edim, karavot g‘ichirladi. Qarasam, yonimda boyagi atlas ko‘ylakli singilcham yumshoqqina bo‘lib pishillab uxlab yotibdi. Uyg‘otib yubormay deb, tag‘in ko‘zimni yumib oldim. Avval xo‘rsiniq, ketidan ayol kishining hiqillagan yig‘isi eshitildi. Turmush qurganimizga uch yil bo‘lyapti. Kuyovingizga nima deyishimni bilmayman. Otam bor deyman-u borolmayman, onam bor deyman-u ko‘rsatolmayman. Onam o‘lgandan keyin nima deb borishni o‘zim ham bilmadim. Bir zamonlar dadam bilan oyimning turmushi buzilgan bo‘lsa, mening aybim nima, oyijon... Oyim adamning dilini og‘ritgan bo‘lsa bordir, ammo menda nima gunoh? Turmush o‘lgur shunaqa ekan. Odam bu dunyodan nima obketadi? Boradigan joyi bo‘yradek yer... Adangizning jahli tez bo‘lgani bilan ko‘ngli bo‘sh. Uch-to‘rt kundan keyin o‘zingiz boring. Kuyovniyam oboring. Siz qiz bo‘lasiz, u kishi ota. Mening kelganimni aytmay qo‘ya qoling. Eski ginalarni unutinglar. Bormoqchiyam bo‘luvdim ... Opam taraddudlanib jimib qoldi. Ming qatla shukr, adangiz borlar, singlingiz, qo‘sha-qo‘sha ukalaringiz bor, qaddingizni ko‘tarib yuring, jon bolam. Oyim bilan opam hamon dardlashar, «mushuk soat" bir me’yorda chiqillar, yonimda yumshoqqina bo‘lib singilcham pishillab uxlab yotar edi. Yana ko‘zim ilindi-yu qotib uxlab qopman . ... Ertasiga hovlimizga mahallaning tabibi Hoji buvi, Xayri ona, Mo‘min akaning xotini Kelinoyi, Valining oyisi Zebi xola, Sepkilli xoia, Xolposh xola to‘planishdi. Oyim aytib kelganmi, bayram bahona bo‘lganmi, unisini bilmayman. Oyim garmdori gulli piyolada qo‘shnilarga choy quyib uzatar ekan, og‘zini to‘ldirib maqtanar edi: Qizim berdi! Qarang, piyolasining chiroyliligini qarang! Voy, o‘rgilay sizlardan, shunday qizim bor ekan-u, men ahmoq bilmay yurganimni qarang! U bog‘-rog‘lar, u oq uy-olabargaklar desangiz! Qo‘sha-qo‘sha gilamlar! Bir radiosi bor, sandiqdek keladi. Qizimning chaqqonligini ko‘rsangiz. Birpasda bir guruch, bir go‘sht qilib, chigit bosgandek osh damlab keldi. Kuyovimni aytmaysizmi, peravodniylarning boshlig‘i ekan. Biram odobli, biram aqlli ... Oyim opamning hovlisidagi tutdan boshqa qaysi bog‘ni, eski sholchadan boshqa qaysi gilamni, moshkichiridan boshqa qaysi palovni aytayotganini bilmasdim-u, lekin hamma gapiga ishongim kelardi. Undan sizga nima foyda! Bolalarim bu yoqda otasining bag‘rida yayrab yursin-da, qizim u yoqda tirik yetiro bo‘lib yursin ... Shuyam diyonatdamni? Bunaqa gapingizni bir aytdingiz, ikkinchi qaytarmang, ovsinjon. Boshqa xotinlar oyimning so‘zini ma’qullab chuvillashdi: To‘g‘ri aytasiz! Adasi men borganimni bilmay qo‘ya qolsinlar. Qiz bo‘lib u kelmaydi-yu, ona bo‘lib sen borasanmi, deb dillari og‘riydi... Erta-indin qizimning o‘zi keladi. Bashor opam ertasiga emas, uch kundan keyin keldi. Dadam bodom soyasida cho‘kkalab o‘tirgancha, arraning tishini egov bilan qayrar, oyim oshxonada, men esa supada ukam bilan kurash tushayotgan edim. Gurji kuchugim darvoza tomonga yugurdi. Ko‘k shoyi ko‘ylak kiygan Bashor opamni darrov tanidim. Opam kuchukni ko‘rib , darvozadan kiriboq to‘xtab qoldi. Dadam bir zum tikilib qaradi-da, garangsibroq o‘rnidan turdi. Kuchukni haydash bahonasida opam tomon chopdim. Opam uch-to‘rt qadam bosdi-yu, ko‘zida yosh bilan hayqirib yubordi: Keyin oshxonaga qarab qichqirdi. Bashor opam dadamning quchog‘iga o‘zini otdi. (Uning ko ’zida hech qachon yosh ko‘rmagan edim.) Bormisan, oppoq qizim. Opam dadamning bag‘ridan chiqishi bilanoq oyim quchoqlab oldi. Boyadan beri nariroqda bola ko‘tarib iljayib turgan pochchamni endi ko‘rishdi. Dadam pochcham bilan ham quchoqlashib ko‘rishdi. Singilcham birpasda qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Opam, aka-ukalar birinchi jiyanimizga girgitton bo‘lib qoldik. O‘sha kuni dadam o‘z qo‘1i bilan osh damladi. Hatto pochcham ikkovlari jinday-jinday vino ham ichishdi . ... O‘shandan keyin bironta bayram shunchalik esimda qolgani yo‘q. Akalaring bo‘lishi ham yaxshi, ham yomon. Yaxshiligi shuki, bolalardan kaltak yemaysan. Arifmetikadan ikki olmaysan. Yomonligi shuki, nuqul akalaringning kiylmini kiyasan. Masalan, mana bunday. Katta akamga etik oberishadi. Bir yilmi, ikki yilmi otgandan keyin katta akamning oyog‘i katta bo‘lib ketadi. Etik kichkina akamga otadi. Kichkina akamning oyog‘iyam bir joyda turavermaydi-da. O‘sadi, etik sig‘maydi. Ana endi etik bizniki! Faqat bizga yetib kelguncha etikning tagi Naim sartaroshning iyagidek sip-silliq bo‘lib ketadi. Aslida, buyam yomonmas. Qishda yaxmalak uchishga maza. Ammo tagining ko‘chib ketgani yomon. Cho‘lda bir oy yurib chanqagan tuyadek suv demaganni yamlamay yutadi. Bora-bora ukamga dabdalasi chiqqan etik tegadi. Telpak masalasi ham shunday. Katta akamdan kichkina akamga, kichkina akamdan menga, mendan ukamga yetib borguncha, telpakmas, taqiri chiqqan bir parcha teri qoladi. Valiga maza! Akasi yo‘q, ukasi yo‘q. Zebi xola unga doim yangi kiyim olib beradi. Shunday deyman-u, dadamga ham qiyin. Hammamizni baravar yasantira olmaydi. To‘g‘ri, gohi-gohida biz kichkinalarning ham g‘amini yeb turishadi. Kuz kunlaridan birida shunday quvonchli voqea bo‘ldi. Kechasi hamma yotganda dadam bilan oyim maslahatlashib qolishdi. Rostini aytsam, gap poylaydigan odatim bor. Poylamoqchi emasdim-u o‘zlari gaplashib qolishdi. Eshitish kerakmi, kerak! Salqin tushib qoldi, dedi oyim o‘ychan ohangda. Ayniqsa, kichkinalarga qiyin. Dadam anchagacha indamadi. Chamasi, qayerdan pul topishni o‘ylardi. Tushundim. Bundan chiqdi. Qoraquloqni sotishmoqchi. Erta bahorda echkimiz odatdagidek ikkita tuqqan edi: biri erkak, biri urg‘ochi. Urg‘ochisining o‘zi oq, qulog‘i qora. Aka-ukalar unga Qoraquloq deb ot qo‘yganmiz. Echkimga achindim. Yaxshi, yuvoshgina edi. Chamamda, oyim ham shuni o‘ylardi shekilli, sekin gap qo‘shdi: Qochirib olsak bolalarga sut mo‘lroq bo‘larmidi? Bultur ham maktabga akasining choponini kiyib bordi. Ha, demak, pufayka meniki bo‘ladi. Negaki, ukam hali maktabga bormaydi. Yengining uchiga charm qoplanganidan olaman. Sinfimizda faqat Valida shunaqa pufayka bor. Zebi xola naqd to‘rt yuz so‘mga obergan. Valining o‘zi aytgan. Bozar kuni Tezakopga olib tushaman, dedi dadam ishonch bilan. Biroq dadam juma kuni shamollab yotib qoldi. Shanba kuniyam o‘rnidan turolmadi. Kechqurun yana echki sotishning maslahati bo‘ldi. Onam mung‘ayib qoldi. Voy, men borishni bilamanmi?-deddi bo‘shashib. Hammayam senga o‘xshagan odam-da! Ja bo‘lmasa, bitta-yarimta dallolning qo‘liga o‘n so‘m bersang, sotib beradi. Ammo besh yuzdan kamiga ko‘nma. Zotli mol, degin. Ertasiga tong qorong‘isida oyim meni sekin turtib uyg‘otdi. "Nimaga, qayoqqa" , deb o‘tirmadim. Bilaman, akalarim haydashib borsayam bo‘lardi-yu, unda pufaykadan quruq qolaman-da. G‘ingshibroq bo‘lsayam turdim. Oyim echkini sog‘ib bo‘lguncha tong yorishdi. Keyin u Qoraquloqni yetakladi, men tol xivich olib, orqasidan yo‘lga tushdim. Qoraquloq ham uyqusirab turgan ekan shekilli, indamay ketaverdi. Faqat darvoza oldiga borganda onasi bilan akasi tomonga qarab qisqagina ma’rab qo‘ydi: xayrlashdi, chamamda. Tuproq ko‘chadan boryapmiz. Oldinda oyim, ketidan echkim, uning ortidan men. Echkim tuproqni changitib, dik-dik qilib boradi. Ora-chora ko‘chaga to‘kilgan yong‘oq xazonlarini chimdib, kalta dumini likillatib-likillatib qo‘yadi. Xivich bilan urmasam ham o‘zi ketaveradi. Men ko‘chaga to‘kilgan yong‘oqlarni terish bilan ovoraman. Kechasi shamol bo‘lganga o‘xshaydi: rosa yong‘oq to‘kilibdi. Birpasda ikki cho‘ntagim to‘lib chiqdi. Oyim ora-chora to‘xtab, norozilik bilan orqasiga qarab qo‘yadi. Tezakop deganiyam, juda olis ekan-da! Avval qora moy hidi anqib turgan temir yo‘ldan o‘tdik. Keyin mashinalar g‘izillab borayotgan ko‘chalar chetidan yurdik. Oyog‘imda oyoq qolmadi. Nihoyat bozorning temir panjarali darvozasidan ichkari kirdik. Voy-bo‘! Shuncha odam qayoqdan kelgan? Hamma yoq qiy-chuv, hamma shoshgan! Ana, bir chekkada guvillab olov yonyapti. Qozondan qizigan yog‘ning oppoq tutuni chiqib turibdi. Vuy, anavi baliqni! Mening bo‘yimday keladi-ya! Yog‘och ustundagi mixga jag‘idan ilib qo‘yishibdi. Kir xalat kiygan mo‘ylovli kishi kapgirni o‘ynatib baqiradi: Kep qoling, laqqa baliq! Laqqa baliq! Qatidan qovurib beray? Undan nariroqda kattakon doshqozonda osh damlab qo‘yilibdi. Zarchava solingan, sap-sariq. Og‘zimning suvi kep ketdi. lye, ana kabob! Qopqora kabobpaz bidir-bidir qilib xaridor chaqiradi. Qarang, hidiga odam mast bo‘ladi-ya! Yoymachilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga o‘tirib olishgan. Angishvonadan tortib elakkacha, sichqon tutadigan qopqondan tortib isiriqqacha hammasi bor. Qo‘ltiqtayoqli askar jikkak chol bilan savdolashib sumak olyapti. Kun salqin bo‘lishiga qaramay, ko‘ylakchan bo‘lib olgan ozg‘in bola bir quti papirosni ko‘z-ko‘z qilib, bor ovozi bilan baqiradi. Shovqin-suronlar-u turli hidlardan boshim aylanib ketdi. Unisi turtadi , bunisi surtadi, bu ham yetmagandek oyimga dag‘dag‘a qilishadi. Nihoyat mol bozoriga keldik. Ana bozor-u mana bozor! Ko‘ziga qon to‘lgan, burnidan temir halqa o‘tkazilgan buqalar, dumbasining og‘irligidan yurolmay qolgan, shoxi qayrilib ketgan qo‘chqorlar, biri olib, biri qo‘yib, paydar-pay hangrayotgan eshaklar ... Ayniqsa, anavi qorasi zo‘r ekan. Sir hangrashda ketma-ket ulab, yetti marta hangradi. Tag‘in bor hangraganda quloqlari dikkayib, dumi xoda bo‘lib ketadi. Burun kataklari kerilib, ikki biqini kirib-chiqib, kirib-chiqib turadi. Oxiriga borganda o‘pkasi to‘lgandek, ovozi xazinlashib qoladi-yu, ammo o‘sha zahoti bir pishqirib oladi-da, yangi kuch bilan qaytadan hangray boshlaydi. Oyoq ostini tezak bosib ketgan. Shuning uchun bozorni Tezakop desa kerak-da. Kech qolganimiz uchun bizga eng chekkadan tovuq bozorining yonidan joy tegdi. Biroq bu yerda ham ko‘p turolmadik. Janjalning ustidan chiqib qoldik. Shundaygina oldimizda tarashadek ozg‘in, peshonasi tirishgan, tajangligi aftidan ko‘rinib turgan kishi qizil babaq xo‘rozning oyog‘idan bog‘langan ipdan tutib, cho‘kkalab o‘tirar, dam-badam nos otib, o‘zicha allakimni so‘kar edi. Baquvvat oyoqlari uzun-uzun xo‘roz esa bo‘ynini cho‘zib, atrofga olazarak qarar, chamasi boshqa xo‘rozlar bilan urishishga bahona qidirardi. Shu payt ayvoni katta oq kalaminka shapka kiygan, cho‘michdek burnining teshigidan juni chiqib turgan kishi xo‘rozning tepasida to‘xtadi. Tajang kishi asabiylik bilan boshini ko‘tardi. Nosini tupurib, kaftining orqasiga labini artdi. Ko‘zmi, po‘stakning teshigimi? Burni cho‘tnichdek xaridor pinagini buzmadi. Bumi cho‘michdek xaridor yana pinagini buzmadi. Chan pul o‘zu? Shunda kutilmagan voqea bo‘ldi. Tajang kishi babaq xo‘rozni oyog‘idan yulqib ko‘tardi-yu, xaridorning boshiga tushirdi. Xo‘rozning qiyqirig‘i bilan xaridorning dodlashi baravar eshitildi. Boshidagi ayvoni keng shapkasi uchib, tezak ustiga tushdi. Xo‘rozning qizil patlari hamma yoqqa to‘zib ketdi. Xaridor silliq boshini changallagancha odamlar orasiga sho‘ng‘idi. Zum o‘tmay, shopmo‘ylov militsionerni bashlab keldi. Tuyadek xo‘roz bilan urde! Bosh yorilg-o-on! Nima gap, xaloyiq? Juda tomoshaning davomini ko‘rishni xohlardim-u, oyim qo‘ymadi. Odamlar, mollar orasidan o‘tib, nari ketdik. Ana, nihoyat bizning echkiga ham xaridor topildi. Peshonasiga qiyiqcha tang‘igan kishi Qoraquloqni u yog‘idan o‘tib tomosha qildi, bu yog‘idan o‘tib tomosha qildi. Suti yog‘li, sigirnikiga o‘xshaydi. Besh yuzdan kamiga bo‘lmaydi. Qiyiqcha tang‘igan kishi savdolashib o‘tirmay nari ketdi. Yana ikkita xaridor keldi. Biri uch yuz o‘n so‘mga chiqdi, ikkinchisi ikki yuz ellikdan oshmadi. Keyin echkimizni hech kim so‘ramay qo‘ydi. Turib-turib zerika boshladim, bir hovuch yong‘og‘imni u qo‘limdan bu qo‘limga olaman, bu qo‘limdan u qo‘limga olaman ... Kun isib borar, suv ichgim kelardi. Oyim ham toliqib ketdi shekilli, nuqul atrofga javdiraydi. dedi shang‘illab. Uloqchamas, echki-ku, dedi oyim ranjib. Qarang, zotli mol, onasi har yili ikkitadan tug‘adi. Ko‘p sut beradi. Suti quyuq, sigirnikiga o‘xshaydi. Bo‘g‘oz bo‘lganmi-yo‘qmi? Oyim bosh chayqadi. Ammo onasi zotli. Har yili ikkitadan tug‘adi, sersut ... Telpagini kuya yegan kishi bir zum o‘ylanib qoldi. Xo‘p desangiz, molingizni sotib beraman. Ammo cho‘talni oldindan kelishib olamiz: yigirma besh so‘m! Baraka toping, insofli odamga o‘xshaysiz ... Ammo o‘zi zotli mol... Qancha so‘rayapsiz o‘zi? Hozir bozor arzon. Qish kelyapti, yanga! Qish kelyapti! Yem tashvishi bor, pichan tashvishi bor ... Onam norozi qiyofada yelkasini qisdi. Adasi besh yuzdan kamiga ko ’nma, deganlar. U endi burilib ketayotgan edi, oyim yalindi: Xudo xayringizni bersin, bitta-yarimta insofliroq xaridor toping. Mayli, haqingizni beraman. Dallol qaytib keldi. Qoraquloqning qornini paypaslab ko‘rdi. Bolaning boshida yap-yangi do‘ppisi bor edi. Do‘ppi uning uzunchoq boshida g‘alati qiyshayib turardi. Pufaykadan ortgan pulga oyim mengayam yangi do‘ppi oberadi, degan fikr xayolimdan lip etib o‘tdi. Bo‘ladiganini ayting. Bo‘ladigani ikki yuz ellik so‘m! Eski choponli kishi uf tortdi. Kasaldan yangi turgan: sil! Oyim ham, men ham bolaga tikilib qoldik. Hali do‘ppisiga qarabman-u o‘ziga qaramagan ekanman. Bola chindan ham rangsiz, katta-katta ko‘zlari odamga ma’yus termilib boqar edi. Ovozi qizlarnikiga o‘xshagan ingichka, iltijoli edi. Nima qipti, hali terib olaveraman. Ko‘chamizda yong‘oqdan ko‘pi bormi? Sutni ko‘p beradi. Sutiyam yog‘li. Zotli mol, erta-indin qochib qolsa, bahorda maza qilib sutini ichasiz. Oyimga jon kirdi. Shuni aytaman-da! Zotli mol! Onasi har yili ikkitadan tug‘adi. Ko‘p sut beradi. Suti yog‘li, sigirnikiga o‘xshaydi. Xaridor horg‘in bosh chayqadi. Shu bolaga so‘rayapman. U tag‘in bolaga imo qildi. Bola yong‘oqlarni u qo‘lidan bu qo‘liga olar, yupqa, qonsiz lablarini pichirlatib sanar edi. Otasi frontda o‘lgan. Yaqinda onasiyam qazo qildi: sil edi bechora. Yetmish yashar kampir buvisi bilan qoldi. Men qo‘shnisi bo‘laman. Kampir bechoraning kigiz tagiga yig‘ib qo‘ygan jindek puli bor ekan. Shunga bittagina echki obering, deb yalindi. Savob uchun tushdim bozorga. Goh bolaga, goh onamga qarab karaxt bo‘lib qoldim. Bola hamon yong‘oqlarini sanar, oyim ham unga tikilib qolgan edi. Bir dam onamning ko‘zlarida yosh aylandi. Bir qo‘li bilan arqondan tutgancha ikkinchi qo‘li bilan bolaning do‘ppisi ustidan boshini siladi. Hali shunday yigit bo‘lasanki, sen ko‘rganni hech kim ko‘rmaydi, bolam! Dallol oyimning arqon ushlab turgan qo‘lini kaftiga olib silkita boshladi. Bor baraka deng! U har siltaganda oyim qoli uzilib ketgudek bo‘lib butun gavdasi bilan silkinar edi. Savob uchun tushdim bozorga, bor puli shu bo‘lsa, men nima qilay? Dunyoga kelib, nima karomat ko‘rsatdik?! Ko‘prik soldikmi , machit qurdikmi ... To‘g‘ri-ku, lekin ... Bolamga pufayka ... Zotli mol... Endi onamning gapini xaridor bo‘ldi. Bolangizni boshida otasi bor ekan, siz bor ekansiz. Jayam yangi bo‘lmasa eskiroq pufayka oberarsiz. Bu bechoraning kimi bor? Oyim bolaga bir nafas termilib turdi-yu arqonni sekin qo‘yib yubordi. Bola hamon lablarini pichirlatib yong‘oq sanar edi. Ammo rozi bo‘ling. Oyim pul changallab turgan qo‘li bilan tag‘in bolaning do‘ppisi ustidan boshini siladi. Buvingga mendan salom aytgin. Echki sotgan xotin salom aytdi, degin. Dallol bir tamonga, echki yetaklagan choponli odam bilan bola ikkinchi tomonga ketib, zum o‘tmay odamlar orasidan g‘oyib bo‘lishdi. Onam qo‘liga tuflab-tuflab pulni hafsala bilan sanadi, nimchasining cho‘ntagiga soldi. Ammo ko‘ngli to‘lmadi shekilli, o‘sha zahoti cho‘ntakdan qaytarib olib ko‘ylagining yoqasi tagiga yashirdi. lkkalamiz indamay yo‘lga tushdik. Oyim qo‘limdan tutgancha boshini quyi solib borar, chamasi boyagi bolani ham, hozir uyga borib dadamdan so‘kish eshitishni ham o‘ylar, o‘ylab o‘yiga yetolmas edi. Yana o‘sha kabobpaz, oshpaz oldidan o‘tdik. Kabob isi so‘lagimni oqizsa ham indamadim. Bilaman, endi oyim kabob obermaydi. Bozor darvozasiga yetganda onam to‘satdan to‘xtab qoldi. Men onam pulni oldirib qo‘ydi, deb qo‘rqib ketdim. Molni arqoni bilan sotib bo‘lmaydi. Voy, meni yer yutsin! Endi nima qildik-a? Bizni kutib o‘tirarmidi. Ketib bo‘ldi endi! U shunday derdi-yu, odamlarga urilib, surilib mol bozoriga shoshilardi. Ana, yana bozorga kirdik. Endi mollar xiyla kamaygan, biroq odam qalin edi. Boyagi o‘zimizning joyga qaytib keldik. Ammo endi bu yerda toychoq savdosi bo‘layotgan ekan. Topilar, axir, derdi oyim menimi, o‘zinimi yupatib. Odamlar to‘dasida anchagina garangsib yurdik. Birmahal... bir mahal mojiza ko‘rgandek taqqa to‘xtab qoldim. Atrofga alang-jalang qarayotganonam qo‘limdan siltadi. Men echkimni darrov tanidim. Qulog‘idan tanidim. Yo‘q, o‘zi oq, qulog‘i qora bo‘lgani uchunmas. Chap qulog‘ining qiyshiqligi uchun. Ertalablari echkini sog‘ishdan oldin oyim uni iyitish uchun bolasini birpas emizib olardi. Uloq onasining yeliniga bir yopishgandan keyin ajratish qiyin bo‘ladi. Shunda men uning qulog‘idan ushlab tortaveraman, tortaveraman. Har kuni tortaverganim uchun bir qulog‘i qiyshayib qolgan. Boyagi eski choponli kishi echkining arqonidan ushlab turar, telpagining quloqchinini kuya yegan dallol esa shlyapali semiz odamga qo‘lini paxsa qilib bir nimani tushuntirar edi. Faqat yangi do‘ppili bola ko‘rinmasdi ... Bu zotli mol, akam aylanay! Onasi har yili ikkitadan tug‘adi, dedi dallol shang‘illab. Suti sigirnikidan ham yog‘li. Pulingiz yoningizda ketadi, akam aylanay. siz ham. Shlyapali odam norozilik bilan bosh chayqadi. Qarang, bulling qornida bolasi bor! Allaqayoqdan boyagi yangi do‘ppili, rangsiz bola paydo bo‘ldi. Endi shuning qo‘lini halollab qo‘ymoqchiman, birodar. To‘y qilish osonmi shu zamonda. Oyimga qaradim. Uning og‘zi lang ochilib qolgan, qalin lablari pirpirar, ko‘zida yosh bor edi. Qiziq, nazarimda u kulgandek bo‘ldi. Yo‘q, uning yig‘layotganini keyin payqadim. Dunyoga kelib nima karomat ko‘rsatdik. Ko‘prik soldikmi, machit qurdikmi?. Oyim madori qurigandek qo‘limni qo‘yib yubordi. Bu odamni bolaligimdan taniyman. O‘shandan buyon uning bittayam tuki o‘zgarmagan, desam lof bo‘lmaydi. U yog‘ini so‘rasangiz, unda tukning o‘zi yo‘q: ko‘sa. U har kuni ertalab bir vaqtda darvozamiz oldidan mahalla guzari tomonga otib ketadi. Qishda kuya yegan telpak, mushtdekkina gavdasiga yarashmagan uzun kamzul, oyog‘iga kalish-maxsi kiyib yuradi. Yozda bo‘lsa dumaloq, qozonnusxa baxmal do‘ppisini bostirib oladi. Qo‘lidagi xo‘jalik sumkasi ham kamida yigirma yil sidqidildan xizmat qilgan. G‘ij -g‘ij suriladigan zanjirining tishlari to‘kilib , yakkam-dukkam bo‘lib qolgan. Bandining tasmasi bir necha joyidan yamalgan. Sumkaning ichida nima borligini yaxshi bilaman. Tishi to‘kilgan alyumin taroq, boshingizga tegishi bilan bir hovuch sochingizni yulib oladigan qo‘l mashina, qayish bilan olishaverib ixcham tortib ketgan ustara. Xullas, butun mahallaga dong‘i ketgan Naim sartaroshning jamiki ashyolari shu sumkada joylashgan. U meni yaxshi tanimaydi: o‘zining do‘koniga chiqadigan mijozlardan boshqa odam bilan ishi yo‘q. Ammo onamni qattiq hurmat qiladi. Darvoza oldidagi o‘rindiqda o‘tirgan oyimni ko‘rib, darrov to‘xtaydi. Qiziq, oyim negadir uni ko‘p ham yoqtirmaydi. Ammo dilini og‘ritmaydiyam. Shukr, deydi sekin . O‘zingiz yaxshi yuribsizmi? Ovsinim bardammilar? Yuribmiz tuproqdan tashqari! Beli og‘rib yotibdi. Oyim sidqidildan maslahat beradi. Uch kunda san ko‘r-man ko‘r bo‘lib ketadilar. Foydasi yo‘q, Naim sartarosh sumkasini beparvo silkitib qoyadi. Aslida boshqasiga uylansam bo‘larkan. Onam, "notavon ko‘ngilga qo‘tir jomashov" degandek miyig‘ida kulib qoyadi. Ammo indamaydi. "Bir mo‘min"ning ko‘nglini sindirgisi kelmaydi. Naim sartaroshning eski fanerlardan yamab yasalgan do‘koniyam yigirma yil ilgari qanday bo‘lsa, hozir ham o‘shanday mahalla choyxonasiga yopishib qo‘nqayib turibdi. Faqat vaqt o‘tishi bilan toliqib bir tomonga qiyshayib qolgan. Besh yil burun avtobus bekatining ro‘parasida yangi oynaband sartaroshxona ochildi. Ammo Naim sartarosh unga o‘tmadi. "Man tahoratsiz tig‘ ushlaydigan yosh bolalar bilan ishlamayman", deb turib oldi. Mahalladagilar ham uning fe’lini bilishgani uchun indamay qo‘ya qolishdi. Shu Naim sartaroshning deng, birdaniga meni jini suyib qoldi. Bir kuni ertalab darvoza oldidagi o‘rindiqda o‘tirsam, sumkasini ko‘tarib o‘tib qoldi. Salom berdim. U menga qaramay, "valey" deb o‘tib ketdi-yu, nariroqqa borib to‘xtadi. Siyrak sarg‘ish kipriklarini pirpiratib tikilib turdi-da, yangroq, ingichka ovozda so‘radi: Hay, manga qara, o‘zingmisan? Men indamay bosh silkitdim. Naim sartarosh ko‘p yillik qadrdonini birdan topib olgandek quvonib ketdi . Tez-tez yurib yonimga keldi. Sumkasini o‘rindiqning bir chekkasiga qo‘ydi-da, qo‘sh qo‘llab so‘rashdi. Yuziga fotiha tortib, silliq iyagini silab qo‘ydi. U sumkasini nariroq surib yonimga o‘tirdi. Uzun kamzulining cho‘ntagidan qizg‘ish nosqovog‘ini chiqarib nos otdi. Yo buniyam "ohoni" bormi? Man hammasini bilaman. Birinchi bo‘lib parovoz haydaganmish. Yolg‘on! Qachon qarasa, ko‘mirga botib yuradigan ishchi edi. Ha, nima qipti? Hakim naynovchi?! Birinchi o‘qituvchilardan emish. Man bilmasam ekan uni! Jinko‘chalik otin oyining qo‘lida birga o‘qiganmiz. O‘lguday zehni past bola edi. Olti oygacha "Haftiyak"ni tushirolmagan. Tag‘in bular "persanalniy pensaner" emish. Naim sartarosh dunyoning adolatsizligidan tutaqib ketgandek jahl bilan nosini tupurdi, silliq iyagini silab qo‘ydi. Bular Maskovga borgan bo‘lsa, manam borganman. Ularni ko‘tar-ko‘tar qilasanlar-u, mani yozmaysanlar, shunaqami? Mani suyanchig‘im yo‘q-da, a?! Qarasam , Naim sartarosh rostdan xafa bo‘lyapti. To‘g‘risi, uning o‘tmishiga o‘zim ham qiziqib qoldim. Yozaman. Moskvaga qachon borgandingiz? O‘sha bosmachilarni qiyratib yurgan paytlarimizda edida. O‘shanda sanga o‘xshagan qirchillama yigit paytim. Parkat tomonda Rustam sherday qilich o‘ynatib yursam, kamandirimiz chaqirib qoldi . Yunus chiroq bir qulog‘i yo‘q bo‘lsayam xo‘p azamat yigit edu. Ikkalamiz poyezdga o‘tirdig-u qaydasan Maskov deb jo‘nadik-vordik. O‘n kun deganda yetib bordik. Bu Maskov degani xo‘pam katta shahar ekan. Qavat-qavat uylar desang, ko‘cha to‘la trollobus, aptobus. Yer tagida poyezd yurarkan. Yonboshimizda bozor. Bizanikiga o‘xshaganmas. Hammasi paparatka joylashgan. Qaymoq bozor bir tomonda, shirmoy bozor bir tomonda. Kabobpazlar desang ertalabdan urib jigar kabob sotadi. Ammo lekin somon bozorining mazasi yo‘q ekan. Qoplari kichkina-kichkina. Bir tuyaga elliktasini ortib kelishadi. Tag‘in bir qopi falon pul. Odam ko‘pligidanmi, sartaroshxonasi tirband. Bosmachilarni bir yoqli qigandan keyin shu tomonlarga kelib do‘kon ochaman, deb ko‘nglimga tugib qo‘ydim ... Ammo maishat zo‘r bo‘ldi. Maskovda bir oy turgan bo‘sak, shu bir oy ichida Chinoq ikkalamiz xo‘p huzur qildik. Ertalab lip etib bozorga tushib bir kosa qaymoq, to‘rtta shirmoy, anjir, xolva obchiqib ko‘k choyni uramiz. Peshinda kabobxo‘rlik, kechqurun lag‘mon deysizmi, po‘stdumba solingan moshkichiri deysizmi, nima xohlasangiz muhayyo. Kechalari choyxonaga chiqamiz. Bir jo‘jaxo‘roz bedanam bor edi desang. O‘zimam Ismoil kaldan bir qoyning puliga olgandim. Shuni obketuvdim. Maskovni manman degan bedanalarini qochirdi. Qaytib kelishimizdan ikki kun oldin maylis bo‘ldi. Chinoq ikkalamiz bir chekkaga borib turdik. Shu payt desang, minbarda turgan kattalardan bittasi yugurib tushib mani quchoqlab olsa bo‘ladimi? Shunday quchoqlab u yuzimdan-bu yuzimdan o‘pdi. deydi. Mana, Chinoq bilan kep qoldik. Bosmachilarni qiyratganimiz uchun kamandirimiz o‘ynab kelinglar, deb yubordi . Obbo, san-ey, keganingga shuncha bo‘bdi-yu, nega hovliga o‘tmading, deydi. Yo‘q, shoshib turibman. Boshqa mavrudi kep qolar-, dedim. "Bo‘lmasa mana bu mukopot sanga", deb haligi odam cho‘ntagidan medal chiqarib choponimga taqib qo‘ydi. U yog‘ni o‘zing kelishtirib bir yozgin, xo‘pmi? U kaftini ochib duo qildi. Tekinga. Qaysi ish? Naim sartarosh qaytib keldi. Gazetingda mam maqtab chiqarsang, Olim parovozga o‘xshab "persanalniy pensa" oladigan bo‘lsam, soqolingni har kuni o‘zim op qo‘yaman. Esrutdingmi, og‘ritmasdan olaman. Men uch-to‘rt kungacha bu gaplarni eslab kulib yurdim-u keyin unutib yubordim. Ammo Naim sartarosh unutmagan ekan. Qaysi kuni avtobus bekatida meni ko‘rib qoldi. Ataylab poylab turgan ekan shekilli, mahkam ushlab oldi. Qachon chiqadi endi? Erta-indin chiqib qolsa kerak. Hozir tekshirishyapti, dedim nihoyatda xotirjam ohangda. Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, sudga berisharkan. Naim sartarosh bir lahza ko‘zlarini pirpiratib angrayib qoldi. Yolg‘on gapirganingiz uchun sizni, yolg‘on yozganim uchun meni. Bir lahzadan keyin orqadan Naim sartaroshning ingichka ovozi eshitildi. Hoy o‘g‘lim. To‘xtab, burilib qaradim. Men yozib topshirib qo‘ygan maqolani qaytib ololmayman. Uch-to‘rt qadam bosgan edim, Naim sartarosh pildirab kelib yo‘limni to‘sdi. Shunday qiling, jon uka. "Persanalniy pensiya" olsangiz yomonmi? Och qornim, tinch qulog‘im. Shu ishni tinchitib yuboring. Man so‘zimning ustidan chiqadigan odamman. Aytdim-ku, har kuni ikki martadan soqolingizni olib qo‘yaman. Uyingizga borib olaman. Men juda qiyin muammo ro‘parasida qolgan odamday, yelkamni qisdim. Ammo bu juda mushkul ish-da ... Sartarosh o‘sha kuni meni uyimgacha kuzatib qo‘ydi. Kuzatib qo‘ydi-yu, baribir tinchimadi. Kechasi allamahalda eshik taqillab qoldi. Chiqsam, sartarosh qiyiqchaga o‘rog‘liq bir narsani ko‘tarib turibdi. Moshkichiri. O‘z qo‘lim bilan pishirdim. Unga qora qo‘chqorning po‘stdumbasi solinardi. Bunisining mazasi yo‘qroq. Shunday bo‘lsayam. ilindim. Oling, qo‘lim qaytmasin. Mayli, sazasi o‘lmasin, deb sartaroshning sovg‘asini oldim . Ichkariga kirib qiyiqchani ochsam, ustiga ko‘k piyoz sepilgan moshkichiri. Insof bilan aytganda qoyilmaqom qilib pishiribdi. Uch-to‘rt qoshiq olgan ham edimki, oyim kirib qoldi. Iljaydim. Pora! Onam yonimdagi stulga o‘tirib qoldi. Oyim goh menga, goh "garimdori" nusxali kosaga qarab birdan rangi o‘chdi. Qarasam oyim chindan ham xafa bo‘ladigan. Ishtaham bo‘g‘ildi. Kosani nari surdim. Oyim jirkangandek, qiyiqchani ikki barmog‘i orasida qisib ushladi-da, ayvonga opchiqib tashladi. O‘sha yoqdan allanima deb o‘ziga-o‘zi gapirgani eshitildi... Biroq Naim sartaroshning porasi baribir zimmamda turibdi. U haliyam kosasini olib ketgani yo‘q. Shunga qaramay eshitishimcha, endi choyxonada Olim parvoz unday, Hakim naynov bunday, menam "persanalniy pensiya" olishim kerak, degan gaplarni aytmaydigan bo‘libdi. Odamda, harchand uringani bilan o‘zgartirolmaydigan g‘alati fe’l-atvorlar bo‘ladi. Mening ham qiziq odatim bor: birovni ranjitib qo‘ysam o‘sha odamdan ko‘proq o‘zimning dilim vayron bo‘lib yuradi. Bu odat onamdan yuqqan, shekilli. Oyim bizlarga hech qattiq gapirmas, mabodo xafa qiib qo‘ysa birpasdan keyin o‘zi yalinar edi. Faqat bir marta meni qarg‘agan, yomon qarg‘agan. O‘shanda ayb kimda bo‘laginini hali ham bimayman. Bahor kirib, oftobning iliq nurlari yelkani qizitadigan bo‘lib qolgan kunlar edi. Bodom tagida o‘tirib varrak yasashga tushdim. O‘rikning yelimi qog‘ozga yopishsa qamishga yopishmaydi, qamishga yopishsa qog‘ozga... Burnimni tortib-tortib urinib yotibman. Oyim nariroqda, tagiga po‘stak tashlab, kir yuvyapti. Dadam "kambag‘albop kiyim" deb aka-ukalarga chiyduxoba shim olib bergan. Chiyduxoba asli yaxshi narsa-yu, chillak o‘ynagandami, koptok tepgandami, bir dumalasang, ora-orasiga loy kirib ketishi yomon. Uch kunda bir yuvaverib, onamning esi ketadi. Xullas, oyim unisini olib bunisini qo‘yib, shimlarni yuvar, har siltab ishqaganda jomashovdan ko‘pik sachrar, atrofni sovun hidi tutib ketgan edi. Uning ro‘parasida Sepkilli xola to‘nkarilgan paqir ustida o‘tirardi. Sepkilli xolani yomon ko‘raman. O‘zinimas, qizini. Saini senga beraman, olsang ham olasan, olmasang ham, deydi, olmasang tugun-tersagi bilan uyingga opchiqib tashlayman, kichkinaligingda qulog‘ini tishlagansan, deydi. Saini qulog‘ini tishlagandan ko‘ra kuchugimning qulog‘ini tishlayman. Saida yomon: o ’g‘il boladan battar. Lanka tepayotganda bir urib Toyning burnini qonatgan. Sepkilli xola to‘nkarilgan paqir ustida o‘tirib nuqul hasrat qilar edi: Kechasi bilan tishim o‘lgur shunday og‘ridi , shunday og‘ridi, jonimni qo‘yishga joy topolmadim. Qani bosilsa. Ikkovlari bir zum jimib qolishdi. To‘y qilish osonmi? Hali unisi yetmaydi, hali bunisi ...

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiDunyoning ishlari
Muallif(lar)i O‘tkir Hoshimov 1941
Yaratilgan vaqti15.12.2023
Nashr yili0
Nashr parametri-
NashriyotiSharq yulduzi
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiDramatik
Janriafsona
Voqea vaqti va joyi2005
Matn tipidetektiv
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasiadabiyotshunoslik
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiKamoliddin