Kontekst:
Radiyni olish sal osonlashganidan keyin, olimlar va vrachlar radiy vositasida turli kasalliklarni davolash, hatto radiyli kosmetika vositalarini ishlab chiqarishni ham boshlab yubordi. 1910–1920-yillar orasida dunyo “radiy vasvasasi”ga yo‘liqdi, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki o‘sha paytlarda kuchli reklama va targ‘ibot kampaniyalari tufayli odamlarga radiyni go‘yoki har qanday kasallikka davo bo‘ladigan sehrli modda deb taqdim qila boshlashdi va biror mahsulot ichida radiy borligini aytib sotish modaga aylandi. Ishonasizmi, hatto radiyli tish pastalari ham sotuvda paydo bo‘ldi.
Manba:
| Nomi | Dunyodagi eng kamyob element. 21-dekabr – radiy kashf etilgan kun |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 21.12.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2020/12/21/dunyodagi-eng-kamyob-element-21-dekabr-radiy-kashf-etilgan-kun/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |