Kontekst:
Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovi Istanbulda ishlab turgan katolik bazilikasi sanaladi. U ham mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi sershovqin Istiqlol ko‘chasidan joy olgan. Ilk cherkov 1724-yilda italyan ruhoniylari tomonidan qurilgan. U 180 yil turgan, ammo 1904-yilda tramvay yo‘li o‘tkazilishi munosabati bilan buzib tashlangan va sal nariroqda joy ajratilgan. 1905-yilda yangi cherkov qurilishi boshlangan. Italyanlarning neogotika uslubidagi qizil g‘ishtdan qurilgan bino 1912-yilda ibodatga ochilgan. Bino hovlisida 2 ta turar-joy binolari ham qurilgan bo‘lib, ulardan tushgan daromad cherkov bunyodkorligida ishlatilgan. Hozirda unga kirish mana shu uylar orasidagi arka orqali amalga oshiriladi. 1932-yilda Rim Papasi Piy X Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovini kichik bazilikalar doirasida kiritadi. Cherkov oldida Rim Papasi Ioann XXIII haykali bor. U bu yerda 1932-yilda ilk xutbasini o‘tkazgan, keyinroq 10 yil davomida Rim Papasining rasmiy vakili sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda cherkov Turkiyadagi eng yirik katolik dargohlaridan sanaladi, xutbalar turk, italyan, polyak va ingliz tilida olib boriladi.
Manba:
| Nomi | Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 24.12.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2020/12/24/foto-istanbulning-mashhur-beyogli-tumanidagi-qadamjolarga-nazar/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |