1. 1. Bitta non yasash yoki bir marta ugra kesish uchun loyiq qilib yumaloqlangan xamir. U onasi kelganga qadar supradagi unni qoqib-suqib, bir zuvala xamir qilib qo‘ygan edi. Oydin, Gulsanam Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari [Oysha ona] Supra yozib, zuvala uzdi. S. Anorboyev, Yo‘lda yo‘ldosh bo‘lganlar
2. ko‘chma hma Asos, negiz; tarkib. 1952 yilda zuvalasi O‘zbekiston tuprog‘idan yasalgan birinchi piyola tortiq qilingan edi. Gazetadan Bolalikda gap ko‘p. Bir grajdanga Zuvala bo‘ladi axir har go‘dak. A. Muxtor, She’rlar Tovuqlar og‘zidan yulib olingan jonsiz urug‘ mana bugun kelajakdagi katta rejalarga zuvala bo‘lyapti. S. Mahkamov, Bir juft don
1. zuvalasi pishiq: a’zoyi badani chiniqqan
2. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.
3. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.