1. 1. Oliy sifatli, och yashil tusli qimmatbaho tosh.
Ko‘rdingmi? Bu nima? Mana bu — dur, mana bu — marvarid. Mana bu yongan — gavhar. Qolganlari — har xil toshlar, yoqut, zumrad [dedi Mirzakarimboy].
Oybek, Tanlangan asarlar
Qozikalon sandiqlarni ochib ko‘rsatdi: ba’zisida olmos, yoqut, aqiq, zumrad va marvarid, ba’zisida oltin va kumushdan yasalgan, qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangan idish-oyoqlar, ba’zilarida zeb-ziynatlar to‘la edi.
S. Ayniy, Doxunda
2. ko‘chma sft. ft. Och yashil, sabzarang.
Moldaviya dalalarining zumrad rangi bizning lalmikor bug‘doyzorlarimizni eslatadi.
N. Safarov, Olovli izlar
Voh, yuragim o‘ynardi kumush jilg‘alarning zumrad labida.
Sh. Rahmon, Yurak qirralari
Ariq bo‘yida qalin yosh tol, o‘rtasida yog‘och so‘ri. Uning tagidan shovullab oqib turadigan zumrad suvdan doim bir xilda salqin shabada esadi.
I. Rahim, Ixlos
3. 3. Zumrad (xotin-qizlar ismi).