1. 1. Chuchuk suv havzalarida yashovchi, yirtqich yoki parazit holda kun kechiruvchi halqali chuvalchanglar vakili.
Tibbiyot zulugi. Zuluk qo‘ymoq.
▬
Zuluk kichkina jonivor bo‘lib, qonni so‘rish uchun xizmat qiladi.
N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
Suvdan chiqqan zulukday, Qosh-u ko‘zi pilikday Kelin poshshaga salom.
Oq olma, qizil olma
2. ko‘chma hma Birovlar hisobiga yashovchi, ochko‘z, tekinxo‘r, shafqatsiz odam.
Xon — jallod, qozikalon — o‘rgimchak, yasovulboshilar esa zuluk edi.
J. Sharipov, Xorazm
3. ko‘chma hma Zuluk kabi qop-qora.
Onasi uning [Saltanatning] zuluk qoshlariga, to‘lishgan dudoqlariga, yuzlariga mamnun tikilib o‘tirdi.
S. Nurov, Narvon