1. 1. 1 Ayollarning ikki chakkasida, quloqlari atrofida jingalak holda osilib tushgan jamalagi.
G‘ulomjon qizning chap qulog‘ini to‘sib turgan jingalak zulfiga tikilib to‘xtadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Qora zulfim eshilgandir tol-tol, Kelgan hokim, bu so‘zlarga quloq sol.
Shirin bilan Shakar
2. 2. Umuman, qizlarning sochi, kokili.
Uning [qizning] qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to‘zg‘ib ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan.
A. Qodiriy, Utgan kunlar
Navro‘zda qizaloqlar tolbargdan kokil, binafshadan isirg‘a, qoqilardan zulf qilib, chambar taqadilar.
Gazetadan