1. Aqli, zehni o‘tkir; aqlli, dono. Mirzamuhammad Rasulovich yetti o‘lchab bir kesadigan, mulohazali, sinchkov, zukko odam edi. F. Musajonov, Himmat Eshoni sudur mamnun bo‘lib ketdi: qanday zukko shogirdi bor\ Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik Madh o‘qishar so‘zga mohirlar. She’r aytishar zukko shoirlar. E. Vohidov, Nido
1. Farosatli – zehnli – didli – zakovatli – zukko – zakiy – zol Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
2. Zehnli – zukko – zakiy – dono Bo‘yog‘iga ko‘ra (tushuncha doirasini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)