1. O‘pkaning yallig‘lanishi, o‘pkaning yuqumli kasalligi; pnevmoniya.
Zotiljam bo‘lmoq.
▬
Mamlakat grippni oyoqda o‘tkazib, zotiljamga chalindi.
O‘. Usmonov, Sirli sohil
O‘sha yillari orttirib olgan zotiljam uni og‘ir dardga chalintirib yiqitdi.
S. Karomatov, Oltin qum
Zargarov kecha shahardan juda ezilib qaytdi-yu, yana yotib qoldi. Zotiljami takrorlanib, ikkala o‘pkasi ham yallig‘lanibdi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat