1. Bir ajdoddan tarqalgan nasl, avlod; nasl-nasab.
Ha, Gulnorning tagi past-da. Otasi kim? Onasi kim? Malay, cho‘ri Zotiga tortadi, zoti past.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror fazilati, xislati bilan ajralib turuvchi, hurmatli kishi
El-ulus sizdek zotlarga g‘oyat muhtojdir [dedi Navoiy].
Oybek, Navoiy
3. Umuman, har qanday shaxs, odam.
[Majlisda) Yuqorida ismlari o‘tgan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
4. Biror tabaqa, ijtimoiy guruh kishi-si, ahli.
Olim zoti. Yozuvchi zoti. Karvonboshi Akromboyni o‘z oldiga chaqirib: — Bugun, —dedi, — xaridor zotining saroyga kirishiga yo‘l bermang
S. Ayniy, Qullar
5. Jins, nav.
Qoramol zoti.
-
6. Uloqda beriladigan mukofot.
Uloq hamon joyida yotganini ko‘rgan bakovul zotni oshirdi.
T. Murod, Ot kishnagan oqshom