Nutq a’zosinutq tovushini hosil qilishda ishtirok etadi, ularning jami nutq apparati deyiladi. Nutq apparati tuzilish nuqtayi nazaridan 4 ga bo‘linadi:1.Nafas apparati: o‘pka, diafragma,bir juft bronx,nafas yo‘li; 2.Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i: halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘ay,un paychasi; 3. Og‘iz bo‘shlig‘i: til, tanglay, kichik til,lab, tish; 4.Burun bo‘shlig‘i. Tovush hosil qilishdagi faoliyatiga ko‘ra 2 xil: 1. Faol a’zo: tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, lab; 2. Nofaol a’zo: yuqori jag‘, tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i. Quyida ularning muhimlari tavsiflanadi.
Diafragma – ko‘krak qafasi bilan qorin bo‘shlig‘i o‘rtasidagi muskul paydan iborat, nofaol nutq a’zosi hisoblanadi. Diafragma qisqarishi va kengayishi bilan nafas olish va nafas chiqarishni yengillashtirishga xizmat qiladi.
O‘pka –odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va ba’zi baliqlarning havodan nafas olish a’zosi. Odamda o‘pka bir juft, ko‘krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O‘pka passiv nutq organi hisoblanadi.
Bronx – nofaol nutq azosi, odam kekirdagining havo o‘tadigan naysimon tarmoqlari. Kekirdak o‘ng va chap bronxga bo‘linadi. O‘pkadan chiqayotgan havo bronx orqali kekirdakka uzatiladi.
Bo‘g‘iz – nafas a’zolarining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi; ovoz chiqarish va nofaol nutq a’zosi. Nafas olish va tovushnnig ravon chiqishini ta’minlaydi. Shuningdek, unli va hundosh tovushining hosil bo‘lish o‘rni.
Og‘iz–nutq tovushi hosil bo‘lishining so‘nggi bo‘limi. Old va yon tomonlari lunj bilan, yuqoridan yumshoq va qattiq tanglay, pastdan til osti muskullari bilan chegaralangan, orqa tomondan toq teshik, yani tomoq orqali halqum bo‘shlig‘iga tutashadi. Barcha unli va hdan boshqa undoshlar o‘zaro og‘iz bo‘shlig‘ida farqlanadi.
Burun –nofaol nutq a’zolaridan biri. Ovoz chiqarish va so‘zlashda rezonator vazifasini o‘taydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi). Burun bo‘shlig‘i yondosh bo‘shliqlarga bo‘linadi, ular esa burun bo‘shlig‘iga tor teshiklar orqali ochiladi. Shuningdek, burun bo‘shlig‘i nafas olish, hid bilish vazifalarini bajaradi. Burun bo‘shlig‘im, n, ng tovushlarini hosil qilishda faollashadi.
Jag‘ – odam yuz skeletidagi eng yirik suyak. Yuqori va pastki jag‘larga bo‘linadi. Jag‘nutq tovushini hosil qilishda ishtirok etuvchi nofaol a’zo.
Tanglay – passiv nutq a’zosi, burun va og‘iz bo‘shlig‘ini bir-biridan ajratib turadi. Tanglay ikkiga ajraladi: a) qattiq tanglay; b) yumshoq tanglay. Tanglayning kichik tilga tutashgan qismi yumshoq tanglay, yuqori tishdan ungacha bo‘lgan qismi qattiq tanglay deyiladi. Yumshoq tanglay til va halqum bilan birlashadi. Unlilarning hosil bo‘lishida tilning tanglayga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, undoshlarning aksariyati talaffuzida ham tanglay ishtirok etadi.
Tish – ayrim undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etuvchi a’zo. Tovushlarni talaffuz qilishda tish boshqa a’zolar, xususan, til, lab bilan qatnashadi. Shu boisdan lab-tish (f) tovushi ajratiladi. Boshqa undoshlarda ham tish ishtirok etsa-da, biroq tasniflarda u qayd etilmaydi. Mas., l, s, sh, z kabi undoshlar talaffuzida bevosita ishtirok etadi. Tish kasalligi, tishning noto‘g‘ri parvarishi noto‘gri qo‘yilgan sun’iy tishlar tovush talaffuzini buzadi.
Til – odam va umurtqali hayvonlar og‘iz bo‘shlig‘idagi muskulli organ. Odamda ovqatni chaynash, yutish bilan birga gapirishda qatnashadi.
Lab – og‘iz bo‘shlig‘ining kirish qismini tashkil etadigan muskul teri burmalari bo‘lgan faol nutq a’zosi. So‘zlashda talaffuzning to‘g‘ri va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbek tilidagi 5 ta undoshni (b, p, v, f, m) hosil qilishda qatnashadi, unlilarning lablanishini ta’minlaydi (u, o‘, o).