1. esk. Ilgari zamonlarda oqsuyaklarga, imtiyozli tabaqaga mansub shaxs; asilzoda.
Sh. Hamroyev avvaliga chor amaldorlarining, boy-u zodagonlarning kuni bitganiga ishonqiramay yurdi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Zuhra begim tegaman, desa uni oladigan zodagonlar topilar edi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Saroy zodagonlari orasida Abdullatifga qarshi fitna tayyorlanadi.
Mirmuhsin, Me’mor