Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zo‘r-bazo‘r}
So‘z bo‘g‘inlari: zo‘r--ba-zo‘r
Izoh(lar)i:
zo‘r-bazo‘r ys

1. Zo‘rg‘a, bazo‘r, arang. — Men yig‘lab yuborishdan o‘zimni zo‘r-bazo‘r tutib, maqolaning oxirini o‘qidim, — dedi Halima. H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman
Cho‘pon yigit oyoqlarini zo‘r-bazo‘r sudrab bosar ekan, endi nima qilish kerakligi haqida o‘ylar edi. O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri
Ota-qo‘zi yuragining tagidan daf’atan vulqonday qaynab kelgan g‘azabni zo‘r-bazo‘r to‘xtatib qoldi. O. Yoqubov, Diyonat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.