Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ziyraklik}
So‘z bo‘g‘inlari: ziy-rak-lik
Izoh(lar)i:
ziyraklik ot

1. Fahmi tezlik, sezgirlik. Elmurod savollarning mazmunini darrov anglab, rahbarning bunchalik odamparvarligi va ziyrakligiga juda qoyil bo‘ldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Jo‘raqul o‘zining ziyrakligi, bilimi, qobiliyati va jo‘shqin g‘ayrati bilan komandirlar e’tiborini o‘ziga tortdi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
G‘ulomjon ziyraklik qilib, Ahmad akani olib chiqib ketmaganida, xunukroq voqea ro‘y berishi turgan gap edi. R. Fayziy, Hazrati inson

Antonim(lar)i: merovlik
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.