Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ziyoratgoh}
So‘z bo‘g‘inlari: zi-yo-rat-goh
Izoh(lar)i:
ziyoratgoh [ zi-yo-rat-goh ]

1. Ziyorat qilinadigan muqaddas joy, tabarruk qadamjo (aziz-avliyolarning maqbarasi yoki tug‘ilgan, yashagan joyi). Zangi bobo ziyoratgohi bir maqbaradir. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

2. Kishilar ko‘p boradigan, yig‘iladigan mo‘tabar joy. Begimqul o‘zbek o‘g‘loni bo‘lsa ham, uning qoni Belorussiya tuprog‘iga to‘kildi. Shu boisdan uning qabri beloruslar uchun ziyoratgohga aylandi. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.