1. Tantanali mehmondorchilik, banket.
Jo‘ralaringni chaqirib, ziyofat qilib ber, jili yalang‘och bo‘lib qolmassan [dedi brigadir].
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Umuman, mehmondorchilik, mehmon qilish.
Hakimboyvachcha bir katta xitoy laganda uyilgan qirg‘ovul, kaklik go‘shti qovurmasi bilan [ellikboshini] ziyofat qildi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Taom, yemak; yeguliklar.
Shonazar ziyofat keltirdi. Hakimjon bilan Zevarxon shu vaqt-da xurjundan shaxmatni olib, ermak qilib o‘ynab o‘tirishdi.
Tohir va Zuhra