Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zir} - illa ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: zi-ril-la-moq
Izoh(lar)i:
zir ys

1. rvsh. Ish-harakatning tez, chaq-qon bajarilishini, qayta-qayta amalga oshishini bildiradigan so‘z. Xizmatkor xotin zir yugurib, choy tayyorlardi. Mirmuhsin, Umid
Mehmonlarga hali u, hali buni tashib, tashqari hovli bilan ichkari hovli o‘rtasida zir yugurdim. P. Tursun, O‘qituvchi
Nahotki ikki yildan beri bir bechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkent qishlog‘i bilan Marg‘ilonning orasi ozgina yo‘lmi axir? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. taql. s. Larzadan tebranuvchi narsalarning harakati va tovushi haqida. Portlash zarbidan oynalar zir etib ketdi. Ruhli, kuchli ko‘krakdan chiqqan bu ashula tevarakni zir ettirib yuborgudek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.