1. 1. Nikohsiz, noshar’iy jin-siy aloqada bo‘lish; fahsh.
Bir shaharda bir buzuq xotin bor ekan. Shu xotin qariganda, qiyomat vahmiga tushib, a’lamning oldiga boribdi: — A’lam pochcha, kishi zino qilsa nima bo‘ladi? — deb so‘rabdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Mana shu tabiati bilan u [Qosim yuvosh] xiyonat, zinoni bilmagan ibtidoiy davr odamlarini eslatardi.
O‘. Hakimali, Navbahor
2. ko‘chma hma Gunoh, ayb.
— Bomdod namozida yo shariatga, yoinki zino ishlarga ro‘yxushligingizni ayon qiling,— dedi mudarris Mamarajab.
S. Siyoyev, Qiz bolaning pandi
Nasriddin ham ketar sal yiroq, Yuz bermasin tag‘in bir zino.
M. Ali, Boqiy dunyo