1. tar. ar. Amir va xonlar zamonida yer ostiga qurilgan zax va qorong‘i qamoqxona.
Zulm zindondan yomon.
Maqol
Mahbuslarga to‘lib zindonlar, Adolat deb to‘kildi qonlar.
E. Rahim, Yangi qadam
2. ko‘chma hma Azob-uqubat makoni; azobxona, g‘urbatxona.
Xuroson olimlar uchun zindon [dedi Badia].
Mirmuhsin, Me’mor
Hech maslahat chiqmadi, Er va xotin bemador: Bo‘lgan edi keng dunyo Bular uchun zindon, tor.
G‘ayratiy
Gulandom dutorni olib sozlarkan, dedi: — Dutor bo‘lmasa, bu zindonda yuragim yorilib ular edim.
Oybek, Tanlangan asarlar