1. Bino va inshootlarda yuqoriga chiqish yoki pastga tushish uchun mo‘ljallab yasalgan pog‘onali qurilma va uning har bir pog‘onasi; zinapoya.
Hamdam aka ayvon zinasi oldida to‘xtadi.
S. Zunnunova, Gulxan
2. Ostona, bo‘sag‘a.
Uzoqdan darvozamiz ko‘ringanda, yuragim shuv etib ketdi. Darvoza zinasida kimdir cho‘qqayib o‘tirardi.
O‘. Usmonov, Sirli sohil
3. ko‘chma.Bosqich, pog‘ona; marta, karra.
Xonning yo‘lboshchisi bo‘lgan kishining o‘zi zulmda Azizbekdan necha zina baland o‘rinni ishg‘ol etuvchi kimsa bo‘lsa, biz qandoq qilaylik!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar