Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zimma}
So‘z bo‘g‘inlari: zim-ma
Izoh(lar)i:
zimma ot

1. (faqat jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari shaklida egalik qo‘shimchalari bilan ishlatiladi) Kimsaning gardanidagi, bo‘ynidagi ish, vazifa, mas’uliyat, burch. Agar sen bu yoqni o‘z zimmangga oladigan bo‘lsang, bu tomondan ham xotirjam bo‘laman. A. Qodiriy, Obid ketmon
Ishning og‘iri mas’ul kotibning bo‘ynida, jurnal chiqarish deyarli shu to‘rtlikning zimmasida edi. F. Musajonov, Himmat
Avval bu yumushlar Mamarayim akaning zimmasida ekan. Sharq yulduzi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. zimmasiga olmoq: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi

2. zimmasiga tushmoq: javobgar qilindi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.