Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zimdan}
So‘z bo‘g‘inlari: zim-dan
Izoh(lar)i:
zimdan ys

1. rvsh. Maxfiy suratda, yashirincha, bildirmasdan. Zimdan kuzatmoq. Payg‘amov miyig‘ida kulib, kampirga zimdan qaradi. S. Nurov, Narvon
Alimardon choyni olarkan, zimdan unga qarab qo‘ydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
[\Ashurxon] Shirmonxonning unga zimdan tikilib turganini sezib, bezovtalandi. S. Zunnunova, Olov
[Mayna] Oshiq yigitlarning ko‘zlari va iliq tabassumlari haqida zimdan o‘ylab, yana o‘zidan-o‘zi uyalib ketardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.