1. kt. Nihoyat darajada tiniq, shaffof.
Zilol suv.
▬
Yo‘l yoqasidagi ariqda zilol suv mavj urib oqmoqda.
N. Safarov, Olovli izlar
Ular [Turg‘un va Saodat] pastga tushganda, daryoning zilol suvi bo‘tana bo‘lib, qirg‘oqdan osha boshlagan edi.
O. Yoqubov, Tog‘ qizi
Zilol suvning oyinasida Ikkisining aksi jonlanar.
H. Olimjon, Ikki qizning hikoyasi