Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zikr}
So‘z bo‘g‘inlari: zikr
Izoh(lar)i:
zikr ot

1. yoki oki Zikr etmoq (qilmoq) kt. Eslamoq, yodga olmoq, qayd qilmoq. Navoiy yuqorida nomlari zikr etib o‘tilgan shoirlar bilan yaqindan tanish bo‘lgan. O‘TA
Ayniqsa quyida zikr qiladirgan holimiz bu ikki opa-singilning xarakterdagi farqlarini ochib ko‘rsatish uchun yetadir. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. din. in. Tasavvufda musulmonlarning xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosimi va shu marosimda aytiladigan musiqiy-she’riy turkum. Biz zikrdan guzarga chiqib, har yer-har yerda bo‘layotgan bazmlarni tomosha qildik. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Xalfalarni ham taklif eting, zikr oldidan ovqatlanib olishsin. Yo. Shukurov, Qasos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.