Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zig‘ir}
So‘z bo‘g‘inlari: zi-g‘ir
Izoh(lar)i:
zig‘ir [zi-g‘ir ]

1. Poyasidan tola, urug‘idan moy, yog‘ olinadigan bir yillik o‘simlik. Rais, kolxoziga plan berilmagan bo‘lsa-da, ozroq zig‘ir, kunjut ektirayotganini, bitta eski juvozni ham saqlab qolib, ishlatayotganligini aytdi. S. Nurov, Narvon

2. Shu o‘simlikning urug‘i, hosili. Kavushsimon sham-donga zig‘ir yog‘i quyilib, paxta pilik yoqilgan bo‘lsa ham, juvozxona ichi qizg‘ish qorong‘i edi. N. Fozilov, Oqim

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. zig‘ir yog‘day ko‘ngliga urmoq: qiziqishi yo‘qoldi, jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.