1. Bir-biriga xiloflik, fikriy qarama-qarshilik, akslik.
Domla gapining uchini yo‘qotib qo‘ydimi yo fikridagi oshkor ziddiyatdan xijolat tortdimi, yamlanib qoldi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. Murosaga keltirib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat.
Shuni bilamanki, sizlar bilan uning oralaringizda suv bilan o‘t orasidagi kabi ziddiyat bor.
S.Ayniy, Esdaliklar
3. Muhokama yuritishda, matn-da, nazariyada va umuman predmet, hodisalarda biri ikkinchisini inkor etadigan ikki mulohazaning mavjudligi va ular o‘rtasidagi munosabatlar.
Ziddiyat qonuni.
-