Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zero}
So‘z bo‘g‘inlari: ze-ro
Izoh(lar)i:
zero ys

1. erg. bog‘l. Chunki, negaki. [Abulmalih:] Hech kim ishqni bunchalik ta’rif qila olmagan. [Navoiy:] Zero, hech kim ishq jabrini menchalik tortmagan. Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy
Zero, qo‘lyozmalar tavsifini berish va kataloglar yaratish filologiya fanining eng murakkab, eng mas’uliyatli sohalaridan biridir. O‘TA
Zero, xalq shunday bir daryoyi azimki, u toshsa, uning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur [dedi Navoiy]. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.