Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zerik} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ze-rik-moq
Izoh(lar)i:
zerik fl

1. 1. Bekorchilikdan siqilmoq, ishsizlikdan diqqati oshmoq. Mirzayev shu kuni juda zerikdi. Bu zerikish kechqurunga borib diqqatlikka aylandi. A. Qahhor, Asarlar
Uch kundan beri yomg‘ir ezib yog‘ar, hasharchilar ishga chiqmay, zerikib qolishgandi. O‘. Hoshimov, Bir tomchi shudring
Qish chillasi uyga qamalib, zerikib o‘tiruvchi yoshlarga ish topilib qoldi. Mirmuhsin, Me’mor
— Nuri opa, zerikmadingizmi? — dedi tanchaga o‘tni ag‘darib Gulnor. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Har doim bir xil narsani qilishdan bezor bo‘lmoq. [Otabek] Uqishdan zerikkan kezlarida Hasanalining do‘koniga chiqar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Kun bo‘yi ukamni yetaklab yuraman. Zerikaman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.