Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zaytun}
So‘z bo‘g‘inlari: zay-tun
Izoh(lar)i:
zaytun ot

1. 1. Doim yashil tusda bo‘ladigan subtropik daraxt. Zaytun daraxtining bo‘yi 4—5 metrga yetib, juda sershox, sermeva bo‘ladi. Gazetadan
Yoki makon etar zaytun tagini, Yoki panoh tutar tog‘ etagini. Mirtemir

2. 2. Shu daraxtning olxo‘ri shaklidagi mevasi (undan odatda moy olinadi). Atrofdagi bog‘larda esa anjir, xurmo, zaytun, uzum pishib yotmoqda. M. Osim, Karvon yo‘llarida
Zaytun moyidan qilinadigan osh turklar uchun eng tansiq ovqatlardan. A. Hakimov, Ilon izidan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.