1. Zar, oltin bilan bog‘liq sohada ishlovchi shaxs; zargar.
2. ko‘chma Biror narsaning qadr-qimmatini yaxshi biladigan, unga yetarlicha, nozik did bilan baho bera oladigan kishi.
Biz o‘z asarlarimizni xalq uchun yaratamiz. Shu asarlarning asosiy zarshunosi bo‘lgan xalq hayot haqiqatiga zid kelgan hamma narsani qat’iyan rad etadi.
Gazetadan.
3. ko‘chma Mohir paxtakor, pillakor.
Zarshunoslar peshona teri evaziga yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatini buzmagan holda terib olishga puxta hozirlik ko‘rdilar.
Gazetadan.