Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zarif}
So‘z bo‘g‘inlari: za-rif
Izoh(lar)i:
zarif [a. za-rif – g‘oyat go‘zal; aql-zakovatli]

1. Tez fahmlaydigan, ziyrak, idrokli. Bozorchilar tojikchani biladigan bu muloyim, zarif kishidan [Muqimiydan] juda minnatdor edilar. S. Abdulla, Quvg‘inda.

2. Juda go‘zal, zebo, nafis. Bog‘lar yana xushro‘y, zarif, Yo‘llar yana ko‘p obod. T. To‘la.

3. Zarif (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.