Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zarhal} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: zar-hal-la-moq
Izoh(lar)i:
zarhal [f. zar-hal – tilla suvi, zar suvi]

1. ot Tilla, kumush yoki bronza kukunidan tayyorlangan yaltiroq bo‘yoq. Zarhal berilgan piyola. Zarhal bilan yozilgan shior.

2. sft. Shunday bo‘yoq bilan yozilgan, chizilgan yoki oltin suvi yugurtirilgan; zarrin, zar bilan qoplangan. Ichi zarrin ipak, usti qimmatbaho mayin movut bilan qoplangan bu chodirlarning zarhal chilvirlari kumush qoziqlarga bog‘langan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.

3. ko‘chma Zardek nurafshon, yarqiroq. Mana, oltin kuz yangi yerlarga ham zarhal chodirini yozdi. Sh. G‘ulomov, Bo‘z yerlik bo‘z yigitlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.