1. ot Tilla, kumush yoki bronza kukunidan tayyorlangan yaltiroq bo‘yoq.
Zarhal berilgan piyola. Zarhal bilan yozilgan shior.
2. sft. Shunday bo‘yoq bilan yozilgan, chizilgan yoki oltin suvi yugurtirilgan; zarrin, zar bilan qoplangan.
Ichi zarrin ipak, usti qimmatbaho mayin movut bilan qoplangan bu chodirlarning zarhal chilvirlari kumush qoziqlarga bog‘langan edi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
3. ko‘chma Zardek nurafshon, yarqiroq.
Mana, oltin kuz yangi yerlarga ham zarhal chodirini yozdi.
Sh. G‘ulomov, Bo‘z yerlik bo‘z yigitlar.