Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zardob}
So‘z bo‘g‘inlari: zar-dob
Izoh(lar)i:
zardob [f. zar-dob – safro; yaradan oqayotgansariq suyuqlik]

1. Qatiq yoki ivigan sutdan ajralib chiqadigan sarg‘ish suyuqlik. Sutga yoki qatiq zardobiga qorilgan xamirdan tayyorlangan non xushta’mlik xossasiga ega bo‘ladi. Fan va turmush.

2. Kasallangan yoki jarohatlangan a’zodan ajralib chiqadigan suyuqlik. Shakar qo‘shib iste’mol qilinadigan tolqon — zardobi qaynovchi barcha kishilarga davodir. Gazetadan.

3. tib. Qon va limfaning ivishidan hosil bo‘ladigan suyuqlik va undan tayyorlanadigan suyuq dori. Davolash uchun yuboriladigan dorilar o‘rtasida hozirgi kunda zardob [sivorotka] vaksinalar soni ortib bormoqda. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish.

4. ko‘chma Dard-alam. Shahzodaxon shularni o‘ylaydi, yuragiga yig‘ilib, unga tobora ozor berayotgan zardobni qanday bo‘shatish yo‘lini izlaydi. K. Yashin, Hamza.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. zardob yutmoq: Dard-alam chekmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.