Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zarba}
So‘z bo‘g‘inlari: zar-ba
Izoh(lar)i:
zarba [a. zar-ba – urish, turtki, zarb]

1. Kuchli, shiddatli, zalvarli turtki, urilish; qattiq zarb. Bokschining zarbasi. Hujumchining kuchli zarbasidan so‘ng hisob ochildi. Yer bora-bora kuchga bo‘ysunadi. Yo‘lchining zarbasi ostida to‘nkalar yalang‘ochlana, o‘zining qo‘pol, bahaybat gavdasini ko‘rsata boshladi. Tanlangan asarlar.

2. Yakson etuvchi, yo‘q qiluvchi, shikastlovchi keskin harakat, shiddatli hujum. Shiddatli zarbadan dushman talvasaga tushib qoldi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi.

3. ko‘chma Og‘ir kulfat, qattiq ruhiy shikast, ziyon-zahmat; turmush qiyinchiligi. G‘ulomjon so‘nggi zarbaning [otasi vafotining} og‘ir jarohatidan uzoq vaqtgacha tuzala olmay yurdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.