1. Qattiq urilish; shiddatli, zalvarli turtki, zarba, kuch.
Eshikni zarb bilan yopmoq.
▬
Havo to‘lqini zarbidan daraxtlar egilar, shoxlari sinib tushardi.
A. Qahhor, Oltin yulduz.
2. Qattiq urish, kaltaklash, mushtlash.
Kaltak zarbidan bola yuzini changallab qoldi.
Gazetadan.
3. Biror narsaning ritmik harakati, bir tekisda urib turishi, tepishi.
Yurak-tomir zarbi.
▬
[Suv] O‘z yo‘lida uchragan haybatli toshlarga zarb bilan urilib qirg‘oqqa halqa-halqa ko‘pik sochmoqda.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar.
4. esk. mat. Ko‘paytirish usuli, amali.
Ikkini uchga zarb qilmoq.
▬
Mexanizm ish unumini yuzga, mingga zarb urib yuboradi, degan gap rost ekan.
U. Sarimsoqov, Oltin kalit qo‘limda.
5. mus. Cholg‘u asbobini chalganda kuch va ritm bilan torlarni chertish yoki doirani urish.
Dutorchining zarbi yaxshi.
▬
Uspenskiy o‘zbek muzikasining tabiatini bilar, o‘z asarlarida uning ohang, zarb va pardalarining o‘ziga xos intonatsiya hamda ritmikasini saqlab qola olardi.
H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman.