Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zararsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: za-rar-siz
Izoh(lar)i:
zararsiz [za-rar-siz ]

1. Moddiy ziyon keltirmaydigan, bezarar.

2. Ziyon-zahmat yetkazmaydigan, beziyon; shikast yetkazmagan holda. Zararsiz dori. U ayniqsa daryo va botqoqlik yerlardan qo‘shinlarni tez va zararsiz olib o‘tish usullari bilan tanildi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. kesim vzf. Zarari yo‘q, bexatar, xavfsiz. — O‘ziga jarohat olganmi? — deb so‘radi qutidor. — Bo‘ksasi bilan qo‘lidan yaralangan bo‘lsa ham, zararsizdir [dedi Usta Olim]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.